Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore Atrof olam

Atrof olam

Published by Timur Azamov, 2023-08-21 13:54:13

Description: Atrof olam

Keywords: Atrof olam

Search

Read the Text Version

["YIL FASLLARI Aziz o\u02bbquvchilar! Bugun darsda yil fasllarini o\u02bbrganamiz. Yil davomida ro\u02bby beradigan tabiat o\u02bbzgarishlariga ko\u02bbra yil 4 faslga bo\u02bblinadi: qish, bahor, yoz va kuz. Har bir fasl 3 ta oydan iborat. fevral mart yanvar aprel dekabr may noyabr iyun oktyabr iyul sentyabr avgust O\u02bbylash uchun O\u02bbylab ko\u02bbring, nima uchun yil fasllari doim bir xil ketma-ketlikda davom etadi? Rasmda Yerda qaysi fasllar kuzatilayotganini yozing. 49","YIL FASLLARI O\u02bbZGARIB TURADI, CHUNKI... Yerning Quyosh atrofida aylanishi - yil fasllarini o\u02bbzgarishiga sabab bo\u02bbladi. Yer quyosh atrofini 365 kunda, ya\u02bcni 1 yilda aylanib chiqadi. Yozda eng Bahorda tun va uzun kun kun tyengligi Kuzda tun va Qishda eng kun tyengligi qisqa kun Yil fasllarida tabiat ham turlicha o\u02bbzgarib boradi. Masalan, qish faslida ob-havo nisbatan eng sovuq, yozda esa issiq bo\u02bbladi. Nima uchun bu sodir bo\u02bblmoqda? Yerga quyosh nurlari Yerga quyosh nurlari to\u02bbg\u02bbri tushishishi og\u02bbib tushishishi Yerda yoz Yerda qish fasli fasli Yerning quyosh atrofida aylanishi va nurlarining Yerga tushishi 50","! Rasmda ob-havoning turli haroratlari aks ettirilgan. Ob-havo haroratiga mos fasllar nomini yozing. Shu tarzda, yil davomida ob-havo va tabiat 4-marta o\u02bbzgaradi. Qishdan keyin qor Bahordan va muzlar eriydi, keyin issiq daraxtlar kurtak yoz fasli chiqaradi va gullaydi - bu bahor fasli. keladi. Yilning boshi va Keyin yana oxirida tabiatda ob-havo qish fasli. Qor yog\u02bbadi, biz issiq sovuq bo\u02bbladi, daraxt barglari kiyinamiz. sarg\u02bbayib Kuzdan keyin yana qish keladi. Bu har yili sodir bo\u02bbladi. tushadi - bu kuz fasli. 51","O\u02bbQING, ORTIQCHA SO\u02bbZNI O\u02bbCHIRING! QISH BAHOR GUL YOMG\u02bbIR QOR SOVUQ QISH KUZ QUYOSH BAHOR YOZ ISSIQ BULUT KUZ BARG MUZ ! Yil fasllarida tabiat o\u02bbzgarishi haqidagi bilimlaringizni sinab ko\u02bbring. 52","O\u02bbylash Rasmlar mazmuniga mos ob-havoni belgilang. uchun Diqqat bilan qarang, rassom qanday xatoga yo\u02bbl qo\u02bbygan? 53","Rasmda qaysi fasllar tasvirlangan? B Rasmda tasvirlangan fasllar nomlarini chiziq bilan belgilang QISH A BAHOR B YOZ C KUZ D ! Kuzating. Siz bir yil davomida bir xil joyni suratga olib, yil fasllarida tabiat o\u02bbzgarishini mustaqil kuzatishingiz mumkin. Buning uchun daraxt yoki gullar kabi asosiy manzaralarni tanlang va har oy suratga oling. Keyin fotosuratlarni solishtiring va yil davomida tabiatning qanday o\u02bbzgarishini kattalar bilan muhokama qiling. 54","SUV Aziz o\u02bbquvchilar! Bugungi darsimizda siz har kuni iste\u02bcmol qiladigan suv haqida suhbatlashamiz. Yer yuzidagi har bir tirik jonzotning hayotida suv muhim manba hisoblanadi. Yer sayyorasining 3\/4 qismi suvdan iborat. BALIQLAR O\u02bbSIMLIK HAYVON ! SUV KERAK! INSON HASHAROT QUSHLAR 55","SUV NIMA? U QANDAY KO\u02bbRINISHGA EGA? Suv bu - hidsiz, rangsiz, ta\u02bcmsiz, shaffof, suyuqlik shaklidagi modda. SUV HOLATLARI Atrofimizdagi suv suyuq, qattiq(muz) va bug\u02bb (gazsimon) holatlarda uchraydi. Bu suvning harorati bilan bog\u02bbliq. Ya\u02bcni, yuqori haroratda suyuq suv bug\u02bb, past haroratda esa qattiq holatga o\u02bbzgaradi. SUYUQ QATTIQ (MUZ) BUG\u02bb (GAZSIMON) 56","Aziz bolajonlar! Sizga suvni rangi shaffof ekanligini aniqlash uchun ! quyidagi tajribani o\u02bbtkazib ko\u02bbrishingizni taklif etamiz. Buning uchun sizga 2 ta shisha stakan, ichimlik suvi, sut va 2 ta qoshiq kerak. Shisha stakanning biriga suv, ikkinchisiga sut soling. Keyin ikkala stakanga qoshiqlarni soling. Qaysi stakan ichidagi qoshiqni ko\u02bbra oldingiz? Nima uchun? SUV QAYERDA BO\u02bbLADI? OKEAN DENGIZ K O\u02bb L MUZLIK DARYO VODOPROVOD 57","SUV NIMAGA KERAK? Insonlar hayotini suvsiz tasavvur qilish qiyin. Biz har kuni suvdan foydalanamiz. Uni nafaqat ichib, iste\u02bcmol qilish, balki boshqa faoliyatlarda ham ishlatamiz. Idish-tovoqlarni yuvish Uylarni yig\u02bbishtirish, tozalash Qo\u02bbl yuvish, yuvinish Kir kiyimlarni yuvish 58","SUVNING TABIATDA AYLANISHI Suv havzalari va Yer yuzasidan suv bug\u02bblanadi va yuqoriga ko\u02bbtariladi. Yerdan balandda havo har doim sovuq. Bug\u02bb u yerda soviydi va ko\u02bbplab suv tomchilarini hosil qiladi. Bu tomchilar va muzlardan bulutlar hosil bo\u02bbladi. Bulutdan suv yomg\u02bbir, do\u02bbl va qor shaklida yerga qaytib tushadi. Suv qizdirilganda tez bug\u02bblanadi. Ko\u02bbrinmas bug\u02bb ko\u02bbtariladi. Sovuqlik bilan aloqa qilish natijasida bug\u02bb yana suvga aylanadi. Suv tomchilari o\u02bbsib borib kattalashadi va uzilib pastga tushadi. Shu tariqa tabiatdagi suv aylanishi hosil bo\u02bbladi. Suvning bu tarzda aylanishi doimiy ravishda takrorlanadi. YOMG\u02bbIR BULUT QOR YER USTI YER OSTI SUVLARI SUVLARI Aziz bolajonlar! Siz suvning bug\u02bblanishi ! nima ekanligini yaxshi tushunishingiz uchun quyidagi tajribani o\u02bbtkazib ko\u02bbring. Buning uchun ikkita shaffof stakan oling, ularga hoshiyalar chizib, belgigacha suv quying. Bir stakanni qopqoq bilan yopib, ikkinchisini ochiq qoldirib, issiq joyga qo\u02bbying. Bir necha kundan keyin qopqog\u02bbi yo\u02bbq stakandagi suv bug\u02bblanganini ko\u02bbrasiz. Bolalar suv isitilmasa ham nima uchun kamaydi deb o\u02bbylaysiz? 59","QUSHLAR ? TOPISHMOQNI TOPING. Oddiy so\u02bbzga aylanar tili, Qafasni xush ko\u02bbrmas dili. Aziz o\u02bbquvchilar! Bugun darsda qushlar bilan tanishamiz. Qanotlari va patlari bor jonivorlar qushlar deb ataladi. Qushlarning aksariyati don, o\u02bbsimlik va mevalar bilan oziqlanadi. Ular hasharotlarni, qurt-qumursqalarni ham yeydilar. Lekin burgut, lochin kabi yirik qushlar mayda hayvonlar va qushlarni ovlab oziqlanadilar. Suvda baliq ovlaydigan qushlar ham bor. Yashash joyi va oziqlanishiga ko\u02bbra qishlovchi qushlar va ko\u02bbchmanchi qushlarga ajratiladi. Ko\u02bbchmanchi qushlarning nomlarini ayting. QARG\u02bbA LAYLAK TURNA QALDIRG\u02bbOCH BULBUL KAKKU 60","Qishlovchi qushlarning nomlarini ayting. KABUTAR ZAG\u02bbIZG\u02bbON CHUMCHUQ UKKI BURGUT CHITTAK Diqqat! Qishda qushlar oziqa topishga qiynaladi. Ularga yordam bering. 61","O\u02bbylab ko\u02bbring, qushlarga nima berishimiz mumkin? \u201cMUMKIN-MUMKIN eMAS\u201d o\u02bbyini Mumkin bo\u02bblgan ozuqalarni qushlarga bering. Qalamda chiziq chizing. QUSHLAR HAQIDA QIZIQARLI MA\u02bcLUMOTLAR Qaldirg\u02bbochlar ko\u02bbpinchauylarning peshtoqlariga uya qurib yashaydilar. Lekin ular uy parrandalari emas. Bedana uyda boqiladi. Ammo ular yovvoyi holda ham uchraydi. Bulbul eng yoqimli sayraydigan qushdir. Tuyaqush ucha olmaydi. Lekin u juda tez yuguradi. 62","Kolibri sayyoradagi eng kichik qushdir. U qushlarning vakilidan ko\u02bbra ko\u02bbproq ninachiga o\u02bbxshaydi. Dunyoda umuman qanotsiz yagona qush bu Yangi Zelandiyada yashovchi Kivi qushi. QUSHLAR QANDAY TUZILGAN? TUMSHUQ BOSH QANOT DUM PANJA PAT - TOPISHMOQDA QAYSI QUSH TASVIRLANGAN? Atlas ko\u02bbylak qanoti, Xush xabarchi odati. 63","QUSHNING TANA QISMLARI NOMINI TOPING PANJA TUMSHUQ DUM QANOT PAT QUSHLARNING YASHASH JOYI VA KO\u02bbPAYISHI Bu qushning ini. \u201cIn\u201d, \u201cuya\u201d qushlarning yashab, ko\u02bbpayadigan uyi bo\u02bblib, qushlar o\u02bbz inini daraxt shox-shabadasidan, cho\u02bbp, somon, loydan quradi. Qushlar iniga tuxum qo\u02bbyib ko\u02bbpayadilar. Qushlarning ko\u02bbpayish jarayoni 64","KO\u02bbCHMANCHI QUSHLARNI BELGILANG QUSHLAR NECHTA? 65","TOG\u02bbLAR TOPISHMOQNI TOPING. ? O\u02bbrkach-o\u02bbrkach tuyalar, Bir biriga suyalar. Qimir etmas yil, asr, Bag\u02bbrida xazina, sir. Aziz o\u02bbquvchilar! Yer yuzasi turli ko\u02bbrinishda bo\u02bblib, ba\u02bczi joylar baland, u yerda osmonga yetay deysiz. Ba\u02bczi joylari esa tekis va pastliklardan iborat. Suv havzalarining tubi esa Yerning eng past joyidir. Demak, bugungi darsda tog\u02bblarni o\u02bbrganamiz. Siz baland tog\u02bb cho\u02bbqqilarini uzoqdan ham ko\u02bbrasiz. Bizning o\u02bblkamiz yer yuzasi tog\u02bblar va tekisliklardan tashkil topgan. Yer tuzilishi TOG\u02bbLAR TEKISLIKLAR Yassi tog\u02bblar Pastekisliklar 66","Tog\u02bblarni tepalik va qoyalardan farqlash lozim, ularning ayrim jihatlari bir- biriga o\u02bbxshaydi. TOG\u02bb VA TEPALIK CHO\u02bbQQI QIYALIK TOG\u02bb ETAK TEPALIK TOG\u02bb VA QOYALAR TOG\u02bb QOYA 67","Bolajonlar, sizlar bilan tog\u02bblar haqida so\u02bbzlashar ekanmiz, bilishingiz lozimki, tog\u02bblar juda ham ulkan va baland yer yuzaligi bo\u02bblib, u o\u02bbzi bilan kuchli shamollarni va juda-juda yuqoridagi bulutlarni to\u02bbsib qola oladi. Tog\u02bbning eng baland joyi uning cho\u02bbqqisidir. Tog\u02bb cho\u02bbqqisida Cho\u02bbqqi doim qor bo\u02bblib, ular erib daryo suvlarini tashkil etadi Daryo ! AMALIY TOPSHIRIQ. 1. Tog\u02bbni yasang. Karton qog\u02bbozi buklab, tog\u02bb maketini yasang. Bo\u02bbyoqdan foydalanib, uning cho\u02bbqqisini oq, daryosini havorang, etagini yashil rangda aks ettiring. Mayda toshlardan, tog\u02bbda yashovchi hayvon o\u02bbyinchoqlaridan foydalanishingiz mumkin. Kerakli jihozlar: Karton qog\u02bbozi, bo\u02bbyoq, mayda toshlar, hayvon o\u02bbyinchoqlari. 68","2. Tog\u02bb cho\u02bbqqisiga chiqing. 3. Tepalik qismlarini yozing. 1.___________________________ 2.___________________________ 3.___________________________ 4. Topshiriq. O\u02bbzbekistondagi tog\u02bblar nomlarini yod oling: G\u02bbISOR, BESHTOR, PSKOM, HAZRAT SULTON, ZARAFSHON, CHOTQOL, ADELUNGA 69","CHO\u02bbLLAR Aziz o\u02bbquvchilar! Bugun darsda tabiat zonalaridan biriga sayohatga chiqamiz. Qayerga borishimizni - topishmoqni topish orqali bilib olasiz: Quyoshli, issiq oqim Sariq qumga to\u02bbkiladi. Sariq havoda asal kabi Sariq qush jim suzadi. Demak, sayohatimiz cho\u02bbl zonasiga! Cho\u02bbl (sahro) - yer yuzidagi eng issiq va eng quruq joylardir. Cho\u02bblda dengizlar, daryolar, ko\u02bbllar yo\u02bbq, yomg\u02bbir juda kam yog\u02bbadi. Yog\u02bbsa ham, kamdan-kam yog\u02bbgan yomg\u02bbirlar issiqlik tufayli suv juda tez bug\u02bblanib ketadi. Bulutlar ham kamdan-kam uchrab, ular qalinlashgan bo\u02bblsa, bu juda xavflidir. Chunki, shamol ko\u02bbtarilib, qumni harakatga keltiradi, chang ustunlari havoga ko\u02bbtarilib, havo harorati pasayadi. Cho\u02bbl bo\u02bbroni hayvonlar va o\u02bbsimliklar uchun katta xavf tug\u02bbdiradi. Qum bo\u02bbroni Qum bo\u02bbroni paytida kishilarga tuyalar yordam beradi 70","Tuyalar cho\u02bbl tabiatiga eng moslashgan hayvon hisoblanadi. Tuyalar uzoq vaqt davomida oziqlanmay va suvsiz yashay oladilar, issiqqa juda chidamli hayvon. Tuyaning o\u02bbrkachi bo\u02bblib, unda yog\u02bb zaxiralari mavjud. Bu unga oziq-ovqatsiz va suvsiz uzoq vaqt yurishiga imkon beradi. Bir o\u02bbrkachli va ikki o\u02bbrkachli tuyalar bor. Tuyaning balandligi ikki metrga etadi, tanasi va oyoqlarining tuzilishi cho\u02bblda yashashiga yordam beradi. BIR O\u02bbRKACHLI TUYA IKKI O\u02bbRKACHLI TUYA 71","Yantoq- cho\u02bbl o\u02bbsimligini tuyalarning sevimli ozig\u02bbi. SAHRO KEMALARI Tuyalar ko\u02bbpincha \\\"cho\u02bbl kemalari\\\" deb ataladi, chunki ular dengizni kesib o\u02bbtadigan kemalar singari, cho\u02bblda juda katta masofalarni bosib o\u02bbtadi. Odamlar ularga minib, yuk olib yurishadi. Tuya juda kuchli hayvon, u 500 kg gacha yuk ko\u02bbtara oladi. Oziq-ovqat va suvsiz uzoq vaqt yurishi mumkin. Shuning uchun ham cho\u02bblda tuyalar yuk tashishda foydalanilgan. Darvoqe, sahroda aylanib yurgan tuyalar zanjiri karvon deyiladi. CHO\u02bbL O\u02bbSIMLIK VA HAYVONOT OLAMI Cho\u02bbl juda issiq, suv oz, qum ko\u02bbp. Cho\u02bbl hayvonlari va o\u02bbsimliklari bunday qiyin sharoitlarga moslasha olgan. Biz yuqorida cho\u02bbl hayvonlari va o\u02bbsimliklaridan tuya va yantoq bilan tanishdik. 72","SAKSOVUL DARAXTI CHO\u02bbL ILONI QO\u02bbSHOYOQ CHO\u02bbL TOSHBAQASI 73","QULONLAR CHO\u02bbL ECHKEMARI TOPISHMOQLARNI JAVOBINI TOPIB RASMNI BELGILANG. U yog\u02bbi alan, bu yog\u02bbi alan, O\u02bbrtasi ola to\u02bbpolon. 1 O\u02bbzi katta, 2 Dumi kalta. Yemaklagan toshni ko\u02bbrdim, Toshdan chiqqan boshni ko\u02bbrdim. 3 74","BALIQ ? TOPISHMOQNI TOPING. Boshi boru sochi yo\u02bbq, Ko\u02bbzi boru qoshi yo\u02bbq. Tangasi bor, puli yo\u02bbq, Qanoti bor, uchuvi yo\u02bbq. Aziz o\u02bbquvchilar, bugun darsda baliqlar bilan tanishamiz. Baliqlar suvda yashovchi hayvonlar bo\u02bblib, jabralar orqali nafas oladi, ularning tanasi tangachalar bilan qoplangan, suzgichlari bilan suzadi. Baliqlar suvda yashashga mukammal moslashgan. Ularning tanalari silliq bo\u02bblib, bu ularga suzishni osonlashtiradi. Deyarli barcha baliqlarning tanasi tangachalar bilan qoplangan. Tangachalarga qarab, baliqning necha yosh ekanligini bilish mumkin. Suzgichlari va dumi baliqlarga suzishga yordam beradi. Dumi baliqni oldinga itaradi. Orqa suzgichi uning yon tomonga ag\u02bbdarilishiga yo\u02bbl qo\u02bbymaydi. Ko\u02bbkrak va qorin suzgichlari rul vazifasini bajaradi: ularning yordami bilan baliq chapga va o\u02bbngga aylanadi, suv tubiga sho\u02bbng\u02bbib, chiqadi. BEL SUZGICHI KO\u2018KRAK DUM SUZGICHI ORQA SUZGICHI QORIN SUZGICHI 75","Baliqlar jabralari bilan nafas oladi. Ular jabralarini yopib, og\u02bbizdan suv ichadi, so\u02bbngra jabralarini ochib, ular orqali suvni chiqaradi, suvdan kislorodni \u201colib\u201d qoladi. Ko\u02bbpchilik baliqlar uvildiriqlarini suvga to\u02bbkadi. Keyin har bir uvildiriqdan mayda baliqchalar chiqadi. Ular katta baliqlariga o\u02bbxshamaydi. BALIQLAR YASHASH JOYIGA KO\u02bbRA TURLARI Daryo Dengiz Akvarium O\u02bbtkinchi baliqlar (losossimonlar, bakra, daryo ugori) hayotining bir qismini dengizda, boshqa qismini daryoda o\u02bbtkazadi. 76","Baliqning tashqi tuzilishi Bel suzgich Tangachalar Yon chiziq Dum Jabra Ko\u02bbkrak suzgich Orqa suzgich Qorin suzgich Baliqning rivojlanish bosqichlari Uvildiriq Urug\u02bblangan lichinka O\u02bbsayotgan baliq Voyaga yetgan baliq uvildiriq Topishmoq Qanoti bor ucholmaydi, Suvsiz u yasholmaydi. 77","Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar Baliqlar sonini sanab yozing Video asosida baliq rasmini chizing va bo\u02bbyang. 78","Baliqlar kichik-kattaligiga qarab tartibini yozing. Topshiriq Savollarga Ha\/Yo\u02bbq deb javob bering. Baliqlar eshitadimi? Ha Yo\u02bbq Agar baliqlar ko\u02bbrmay qolsa ular yashaydimi? Ha Yo\u02bbq Baliqlar taomlanishadimi? Ha Yo\u02bbq Baliqlarning qanotlari uchadimi? Ha Yo\u02bbq 79","Yozing Kalit so\u02bbzlar yordamida gaplanri to\u02bbldiring. 1. Baliq daryoda suzadi. 2. Baliq orqali ____________________ nafas oladi. 3. Baliq ____________________ yordamida suvda cho\u02bbkmaydi. 4. ____________________ muvozanatni ushlashga xizmat qiladi. Kalit baliq, jabra, dum, suzgich, yon chiziq, pufak, suzgich. so\u02bbzlar O\u02bbyin. Topishmoq Suv tagida oltin baldoq. 80","KASBLAR Har kuni millionlab odamlar uydan biron joyga borishadi. Ular qayerga shoshilishadi? Albatta ishga. Ish nima? Ish bu mehnat. Mehnat insonga quvonch keltiradi. Ish hayotda katta rol o\u02bbynaydi. Inson mehnati tufayli mamlakat boyib boradi. Ota-onangiz ishlaydi va shuning uchun Sizda, taomlanish, kiyinish, dam olish, sayohat qilish imkoniyati bor. Qani aytingchi ota- onangizning ishi haqida nimalarni bilasiz? Kim biladi, har kuni ishga quvonch va zavq bilan borish uchun nima kerak? Buning uchun o\u02bbzingizga yoqadigan, quvonch keltiradigan kasbni tanlashingiz kerak. Bugun turli kasb egalari haqida suhbatlashib, kelajakda qaysi kasb egasi bo\u02bblishni xohlayotganingizni aniqlashga harakat qilamiz. 81","Yozishni O\u02bbqishni Hisoblashni Odob-axloqni Do\u02bbstlashishni Do\u02bbstlar bilan o\u02bbrgatadi o\u02bbrgatadi o\u02bbrgatadi o\u02bbrgatadi o\u02bbrgatadi o\u02bbynashni o\u02bbrgatadi O\u02bb Q I T U V Ch I Dori va ukollar Dorivor o\u02bbsimlik va Insonlarga shifo Tez yordam bilan davolaydi malhamlar bilan ulashadi mashinasida davolaydi yuradi Sh I F O K O R 82","Mazali taom pishiradi Shirin pishiriqlar pishiradi Nafaqat qornimizni toydiradi balkim shifobaxsh taomlar bilan davolaydi O Sh P AZ Binolar quradi Ko\u02bbpriklar quradi Yo\u02bbllar quradi Q U R U V Ch I 83","Kiyimlarni modellashtiradi Kiyimlar tikadi Ko\u02bbrpa to\u02bbshak tikadi T I K U V Ch I Doimo sog\u02bblom Har kuni badan Vatanimiz Murabbiylik turmush dovrug\u02bbini butun qiladi tarbiya bilan tarziga rioya shug\u02bbullanadi dunyoga yoyadi qiladi S PO R T Ch I 84","Tabiiy meva va Parranda va uy Bizni go\u02bbsht va sut sabzavotlarni hayvonlarini yetishtiradi parvarishlaydi mahsulotlari bilan ta\u02bcminlaydi F E R ME R Turli kasb egalari bilan Zamonaviy texnologiyalarni biladi Qulay va yangi dasturlarni hamkorlik qiladi yaratadi D A S T U R Ch I 85","\u041c\u0443\u0441\u0442\u0430\u04b3\u043a\u0430\u043c\u043b\u0430\u0448 \u041a\u0430\u0441\u0431\u043b\u0430\u0440 \u04b3\u0430\u049b\u0438\u0434\u0430 \u041c\u0443\u0441\u0442\u0430\u049b\u0438\u043b \u0431\u0430\u0436\u0430\u0440\u0438\u0448 \u0443\u0447\u0443\u043d \u0442\u043e\u043f\u0448\u0438\u0440\u0438\u049b\u043b\u0430\u0440. Savol Yuqorida tanishgan kasblaringizdan qaysi biri sizga yoqdi? Nima uchun? Izohlang. Siz yana qanday kasblarni bilasiz? 86","Yozing Kim nima qiladi? 1. Tikuvchi ko\u02bbylak tikadi. 2. ____________________ binolar quradi. 3. ____________________ sigir, qo\u02bby, otlarmi parvarishlaydi. 4. ____________________ har kuni jismoniy mashqlarni bajaradi. 5. ____________________ shirin taomlar pishiradi. 6. ____________________ zamonaviy dasturlar yaratadi. 7. ____________________ insonlarni davolaydi. 8. ____________________ bolalarga ta\u02bclim-tarbiya beradi. Kalit Oshpaz, rassom, tikuvchi, dasturchi, kosmanavt, quruvchi, so\u02bbzlar arxitektor, fermer, dehqon, sportchi, xisobchi, o\u02bbt o\u02bbchiruvchi, shifokor, kulol, o\u02bbqituvchi, harbiy, kosib, tarbiyachi, chilangar. Toping \u040e\u0439\u0438\u043d To\u02bbrtinchisi ortiqcha 87","Toping Predmetlarni nomlang. Ular qaysi kasb egasiga tegishli? . 88","TRANSPORT Transport nima? Transport - bu buyumlar yoki tirik mavjudotlarni bir joydan ikkinchi joyga ko\u02bbchirish vositasi. Transport so\u02bbzi lotin tilidan kelib chiqqan bo\u02bblib, trans- bir tomondan ikkinchi tomonga ishora qiluvchi va men ko\u02bbtaraman, olib yuraman degan ma\u02bcnolarni anglatadi. Transportning ahamiyati. Transport muhim ahamiyatga ega, chunki u bir guruh odamlarni, tovarlarni bir vaqtning o\u02bbzida bir joydan ikkinchi joyga ko\u02bbchishini osonlashtiradi. Bundan tashqari, transport samarali boshqarilsa, sayohat o\u02bbtkazish va vaqtini tejaydi. Transport turlari. Transport qayerda harakatlanishiga ko\u02bbra turlari odatda quyidagicha tasniflanadi. 89","Yer usti transportlari Suv Transport Yer osti transportlari turlari transportlari Havo transportlari Keling ular bilan yaqindan tanishamiz. Yer usti transportlari Motasikl Yuk mashinasi Tramvay O\u02bbt o\u02bbchirish mashinasi Yengil mashina Tez yordam mashinasi 90","Yer osti transportlari Metro Havo transportlari Vertalyot Samalyot Havo shari Deltaplan Biplan Dirjabl 91","Suv transportlari Qayiq Kema Yelkanli qayiq Suv osti kemasi Parom Suv motasikli Transportlarni vazifasiga ko\u02bbra quyidagi turlarga bo\u02bblish mumkin. Yo\u2018llovchi tashivchi transportlar Transport turlari (vazifasiga ko\u2018ra) Yuk tashivchi Maxsus transportlar transportlar 92","Yo\u02bbllovchi tashuvchi transportlar (jamoat transportlari) Avtobus Metro Samolyot Tramvay Taksi Marshrutka Maxsus transportlar O\u02bbt o\u02bbchirish mashinasi Tez yordam mashinasi Chiqindi tashuvchi Taksi 93","Yuk tashuvchi transportlar Kamaz Avtokran Fura Yuk kemasi Mustahkamlash Yer usti transportlari 94","Havo transportlari Suv transportlari Savol Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar Transport nima? Transportning ahamiyatini izohlab bering. Siz yana qanday transport turlarini bilasiz? Transportlarni vazifasiga ko\u02bbra turlarga ajrating? 95","Yozing Kalit so\u02bbzlaridan foydalangan holda gaplarni to\u02bbldiring. 1. Kema suzadi. 2. suzadi. 3. suzadi. 4. ___________________ uchadi. 5. ___________________ uchadi. 6. ___________________ uchadi. 7. ___________________ yuradi. 8. ___________________ yuradi. 9. ___________________ yuradi. Kalit parom, samalyot, yengil mashina, biplan, metro, motasikl, so\u02bbzlar kema, qayiq, havo shari, motaskl, o\u02bbt o\u02bbchirish mashinasi. 96","O\u2018yin. Toping To\u02bbrtinchisi ortiqcha o Samolyot o Biplan o Metro o Vertolyot Toping Rasmda aks etgan transport turining nomini toping. o Samolyot o Parom o Metro o Motasikl 97","Toping Yuk mashinasini belgilang. Toping 103 raqamiga qo\u02bbng\u02bbiroq qilganimizda qaysi taransport keladi? 98"]


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook