Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore KATALOG 21.08.2021

KATALOG 21.08.2021

Published by Davroon Nuriddinov, 2021-08-16 12:59:10

Description: KATALOG 21.08.2021

Search

Read the Text Version

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Jizzax viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida soya ekini Loyiha muallifi: Jizzax politexnika instituti Loyiha maqsadi: Soya yetishtirishning eng samarali resurs-tejamkor texnologiyasini tanlanib, ekishga yer tayyorlanib, belgilangan muddatda tuproq iqlim sharoiti uchun mos bo‘lgan navlarni ekish kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishi hamda yig‘ib-terib olish va hosilni qayta ishlashga tayyorlaydi. Loyiha joriy etish sohalari: Tejamkor texnologiya yaratish, soya ekini hosildorligini oshirish, hududlar uchun mos navlarni tanlash, qayta ishlash korxonalari uchun birlamchi toza mahsulot tayyorlash, aholini ekologik sof mahsulot va chorvachilikni ozuqa bazasi bilan taʼminlashdan iborat. 100

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini ishlov berish uchun ekologik xavfsiz nanopolimerlar asosidagi agropreparatlar Loyiha muallifi: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti Loyiha maqsadi: Respublikamizda ekin mavsumining seryog‘in kelishi, yoz oylarida esa suv tanqisligi qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va ular hosildorligiga salbiy taʼsir etadi. Noqulay ob- havo sharoitida aniq uyalab ekish, tekis ko‘chatlar yetishtirish va hosildorlikni gektariga 5 sentnergacha oshirib, import o‘rnini bosuvchi biologik faol, ekologik xavfsiz, nanopolimerlar asosidagi agropreparatlar yaratishdan iborat. Loyiha joriy etish sohalari: Mazkur biostimulyatorlar qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini, jumladan, tukli va tuksiz paxta chigiti, pomidor, bodring, sabzi, kartoshka, kabachki, shirin qalampir, qovoq, tarvuz, qovun singari sabzovot-poliz ekinlari urug‘i, bug‘doy, makkajo‘xori va boshqa donli ekinlar, loviya. No‘xat kabi dukkakli hamda yem-xashak ekinlari urug‘larini ekishdan oldin ishlov berish uchun ishlatiladi. Shuningdek, sitrus o‘simliklari, anorni ko‘chatdan ko‘paytirishda ishlatilishi mumkin. Ekologik xavfsiz nanopolimerlar asosidagi agropreparatlar mahalliy xomashyolar asosida olinadi, ekologik, iqtisodiy, biologik samaradorlikka ega. 101

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Limon ko‘chatlari, ularni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish uchun innovatsion texnologiyalaragrotexnologiyasini yaratish Loyiha muallifi: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti Loyiha maqsadi: Mahalliy limon o‘simliklarining istiqbolli ko‘chat qalamchalarini yetishtirish, ularni o‘stirishda uchraydigan kasallik va zararkunandalardan himoya qilishda fungitsid, insektitsid va stimulyatorlik xossaga ega ekologik xavfsiz biopolimer tizimli UZXITAN, xitozan va uning hosilalari asosidagi AXZ, SXZ, XZ:Su2+ va nanopolimer preparatlarini qo‘llash va zamonaviy agrotexnologiyasini ishlab chiqish, shuningdek, qo‘llanilgan preparatlarni kimyoviy tarkibi va biologik faolik o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatishdan iboratdir. Loyiha joriy etish sohalari: Mahalliy limon o‘simliklarining istiqbolli ko‘chat qalamchalarini yetishtirish, ularni o‘stirishda uchraydigan kasallik va zararkunandalardan himoya qilishda fungitsid, insektitsid va stimulyatorlik xossaga ega ekologik xavfsiz biopolimer tizimli UZXITAN, xitozan va uning hosilalari asosidagi AXZ, SXZ, XZ:Su2+ va nanopolimer preparatlarini qo‘llash va zamonaviy agrotexnologiyasini ishlab chiqish, shuningdek, qo‘llanilgan preparatlarni kimyoviy tarkibi va biologik faolik o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatishdan iboratdir. 102

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Olma qurti rivojlanish muddatlarini aniqlash qurilmasi Loyiha muallifi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Loyiha maqsadi: Olma qurtining rivojlanish muddatlari, tuxum qo‘yish kuni, qurtlarni paydo bo‘lishi va kapalaklarning uchib chiqish sanalari va ularga qarshi kurashning optimal rejalarini ishlab chiqilib, ushbu MOBIL ilova ANDROID tipidagi telefonlar uchun tayyorlangan bo‘lib, mobil ilovani respublikaning barcha viloyat va tumanlaridagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida joriy etildi. Loyiha joriy etish sohalari: Meva bog‘laridagi asosiy kemiruvchi zararkunandalardan biri olma qurtining taʼrifi, hayot kechirishi, zarari va unga qarshi kurash usullari haqida to‘la maʼlumotlarga ega bo‘ladi. Foydalanuvchi sozlash oynasidan viloyat va tumanni tanlab oladi. 103

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Eksportga mos bo‘lgan qovunni “Zar gulobi” navi Loyiha muallifi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Loyiha maqsadi: Eksport qilishga va qayta ishlashga mos nav bo‘lganligi sababli urug‘larini ko‘paytirib, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda va fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalari uchun daromad keltiradi. Loyiha joriy etish sohalari: Qovunni meva sifati yuqori, hosildor, tashishga yaroqli, un shudring kasalligiga chidamli va eksport talablariga javob beradigan “Zar gulobi” navini elita urug‘chiligini tashkil etilgan. 104


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook