Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore KATALOG 21.08.2021

KATALOG 21.08.2021

Published by Davroon Nuriddinov, 2021-08-16 12:59:10

Description: KATALOG 21.08.2021

Search

Read the Text Version

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar “Nova” ko‘ngil ochar roboti Loyiha muallifi: Mardonov Daler Loyiha maqsadi: Nova – ishlash tizimi murakkab bo‘lmagan ko‘ngilochar robot bo‘lib, nafaqat suhbatlashishga, balki musiqa ostida raqsga ham tushadi. Loyiha joriy etish sohalari: Kafe va restoranlarda robot mijoz tomonidan buyurtmani olishga va buyurtirilgan taomni yetkazib berishga qodir. 49

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Bionik qo‘l Loyiha muallifi: Firdavs Nematzoda Ne’matovich Loyiha maqsadi: Tug‘ma anomal qo‘lsiz va hayoti davomida qo‘li amputatsiyaga uchragan insonlar uchun ishlab chiqarilgan mahsus bionik robot qo‘l. Ushbu protez chet elda ishlab chiqariladigan protezlardan 10 barobar arzon. Loyiha joriy etish sohalari: Sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalarida, mudofaa sohasida faoliyat yuritgan shaxslarga, shuningdek, aholining muhtoj qismlari uchun qo‘llaniladi. 50

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar “Small Nova” Kotiba vazifasini bajaruvchi robot Loyiha muallifi: Pulatov Saidakbarxon, Ergashxo‘jazoda Saidaʼloxon, Saidaʼloyev Saidazizxon Loyiha maqsadi: Small Nova – kotiba roboti ishxona, ofislar yoki qabulxonada foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib nafaqat suhbatlashishga, balki musiqaga, raqsga tusha oladi. Loyiha joriy etish sohalari: Ofis va qabulxonalarda suhbatdosh vazifasini bajara oladi va kelgan mehmonlarni savollariga javob beradi. 51

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar “Nova Waiter” Roboti Loyiha muallifi: Pulatov Saidakbarxon, Mardonov Daler, Saidaʼloyev Saidazizxon, Ergashxo‘jazoda Saidaʼloxon Loyiha maqsadi: Nova Waiter – ommaviy ovqatlanish muassasalarida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun xizmat qiladi. Loyiha joriy etish sohalari: Kafe va restoranlarda robot mijoz tomonidan buyurtmani olishga va buyurtirilgan taomni yetkazib berishga qodir. 52

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar “VRonica” Virtual voqelik texnologiyalari orqali turar joy tanlash Loyiha muallifi: “VRonica” МCHJ Loyiha maqsadi: Virtual voqelik texnologiyalarni qo‘llab yangi uylarni tanlash va sotib olishda foydalaniladigan dastur. Oculus Go, Oculus Quest kabi zamonaviy VR platformalari uchun yaratilgan. Loyiha joriy etish sohalari: Qurilish sohasi, uy-joy sotib olish, shuningdek taʼlim sohasida o‘quvchilar uchun taqdimot tashkil etishda, turizm sohasida qo‘llaniladi. 53

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar “DEVISER” Bolalar uchun konstruktor Loyiha muallifi: Ozodov Abdulxafiz Loyiha maqsadi: Elektron konstruktori yordamida qiziquvchan maktab o‘quvchilari o‘zlarining qo‘llari bilan haqiqiy elektron moslamalarni yig‘ish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Loyiha joriy etish sohalari: Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni fizikadan, elektronika va tizimlashtirish texnikasidan bilim olishlari uchun qo‘llaniladi. 54

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Orol bo‘yi hududlaridagi yaroqsiz yerlarni “Waterbox” qurilmasi orqali suv resurslarini tejab ko‘kalamzorlashtirish Loyiha muallifi: Samiyev Luqmon Nayimovich Loyiha maqsadi: Orolning qurib qolgan hududlari ko‘kalamzorlashtirish, kichik o‘rmonlar barpo etishda taklif etilgan loyiha orqali muammolarni eng samarali va tejamkor texnologiya orqali hal etish hisoblanadi. Loyiha joriy etish sohalari: Ushbu texnologiya orqali foydalanishga yaroqsiz va quruq yerlarni yaxshilash uchun eng qulay qurilma hisoblanadi. Ushbu qurilma doirasimon va to‘rtburchak idish bo‘lib, suv bilan to‘lgan idish (odatda 15 litr miqdorda) daraxt yoki o‘simlikni rivojlantirish uchun faqatgina o‘simlik ildiziga suv (odatda 50ml atrofida) chiqaradi. Bundan ko‘rinib turibdiki bitta idish suv bilan to‘ldirilgach yomg‘ir va boshqalar. 55

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar “Elektron termometr” tana haroratini sensor orqali o‘lchaydigan uskuna Loyiha muallifi: Zaripov Bunyod Loyiha maqsadi: Import o‘rnini bosuvchi tana haroratini masofadan o‘lchash imkonini beruvchi, maxsus sensorlar yordamida ishlaydigan termometr Loyiha joriy etish sohalari: Jamoat joylarida, shifoxonalarda, bog‘chalarda, maktab hamda oliy taʼlim muassasalarida foydalaniladi. 56

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar “Braille displey” ko‘zi ojizlar uchun qurilma Loyiha muallifi: Zoirov O‘lmas Innovatsiyalar milliy ofisi xodimi Loyiha maqsadi: Ko‘zi ojiz va ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan insonlarni kompyuterdan foydalanishlari uchun maxsus klaviatura ishlab chiqish Loyiha joriy etish sohalari: Ko‘zi ojizlar, ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan. 57

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar “Innovatsion hassa” loyihasi Loyiha muallifi: Zaripov Bunyod Loyiha maqsadi: Xavf-xatardan ogohlantirish xususiyatiga ega, ultratovush sensori 30 °C burchakda to‘siq va chuqurlarni aniqlay oladigan yoshi kattalar uchun innovatsion xassa yaratildi. Loyiha joriy etish sohalari: Yoshi katta nuroniylar, ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan bemorlar uchun mo‘ljallangan 58

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar “Magic mirror” Sunʼiy intellekt texnologiyasi orqali ishlaydigan oyna Loyiha muallifi: Abdurahmonov Bekzod, G‘ulomov Komiljon Loyiha maqsadi: Sunʼiy intellektdan foydalanib insonlarning yashash, turmush tarzini yengillashtirish va zamonaviy texnologiyalarni kundalik hayotda foydalaniladi. Loyiha joriy etish sohalari: Mehmonxona, ofis va uylardagi xollarda keng qo‘llaniladi. 59

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar “LiPach” suyuq yamoq loyihasi Loyiha muallifi: Artikxodjayeva Barnoxon Alisher qizi Loyiha maqsadi: Terining shikastlanishi va mayda jarohatlarda birlamchi yordam sifatida qo‘llaniladigan suyuq yamoq. Asosiy afzalliklari - qulayligi va keng tarmoqliligi: inson harakatini cheklantirmaydi va namlikka turg‘un, teri shikastlanishi va jarohatini shakli va o‘lchamidan istisno. Loyiha joriy etish sohalari: Teri shikastlanishi va jarohatini davolash uchun dorixonalar va savdo shahobchalarida sotiladi. 60

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Elektron turniket Loyiha muallifi: Shavkat Fayzullayev Loyiha maqsadi: Elektron turniket, xavfsizlik xodimlariga ehtiyoj sezmasdan, chegaradan chiqish va kelish vaqtida xavfsizlikni tez va to‘siqsiz nazorat qilishni taʼminlash uchun mo‘ljallangan. Loyiha joriy etish sohalari: Davlat xavfsizlik xizmatini yanada kuchaytirish maqsadida kirib chiqishni tizimli boshqarish uchun mo‘ljallangan. 61

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar “Smart Doc-box” Keksalar dori-darmonlarini o‘z vaqtida qabul qilishlari uchun yordamchi qurilma Loyiha muallifi: Haydarov Humoyun Loyiha maqsadi: Imkoniyati cheklangan va yoshi katta insonlar uchun dori vositalarini o‘z vaqtida va qancha miqdorda qabul qilishlarini eslatib turish hamda yetkazib berish vazifasini bajaruvchi maxsus uskuna. Loyiha joriy etish sohalari: Tibbiyot sohasida, shifoxonalarida, keksalar uyida foydalaniladi. 62

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar “QUVNOQ OYOQCHALAR” Qandli diabet bilan kasallangan bemorlar uchun oyoq kiyim Loyiha muallifi: Bektashev Islomjon va Dilshodov Asilbek Loyiha maqsadi: Qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda sog‘lom holda o‘z oyoqlarini saqlab qolish va ularga o‘z oyoqlarida faol harakatlanish imkonini berish. Loyiha joriy etish sohalari: : Qandli diabet kasalligini barcha turlari bilan kasallagan bemorlar, oyog‘ida nogironligi bo‘lgan va kam harakat qiluvchi insonlar uchun mo‘ljallangan. 63

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar “ARM TECH” Innovatsion platforma Loyiha muallifi: Raximjonov Anvarxo‘ja Loyiha maqsadi: Kelajakda O‘zbekistonda kichik biznes va sanoat uchun mahalliy robot manipulyatorlarini ishlab chiqarishni boshlash. Chet eldan robot manipulyatorlarni olib kirishni qisqartirish. Loyiha joriy etish sohalari: Yengil va og‘ir sanoat, oziq-ovqat sanoati, interaktiv xizmatlar va maishiy sohalarda qo‘llaniladi. 64

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Istiqbolli kamyob daraxt va butalarni “In Vitro” uslubida ko‘paytirish Loyiha muallifi: O‘ralov Abdurahmon Loyiha maqsadi: Iqtisodiy tejamkorlik asosida xorijdan keltirilayotgan manzarali daraxt va butalarni o‘zimizning respublikamizda “in vitro” uslubida ko‘paytirish va yetishtirish imkoniyatlari yaratish hamda import qilinayotgan manzarali daraxt va butalarning salmog‘i kamaytirish. Loyiha joriy etish sohalari: Hududlarni manzarali daraxt va butalar bilan taʼminlash hamda manzarali o‘simliklar (daraxt va butalarni) “In vitro” uslubida ko‘paytirib, yo‘qolib borayotganlarini asrab qolish, ko‘paytirish bo‘yicha asoslangan takliflar tayyorlash. 65

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Penoblok ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan oqsilli ko‘pik Loyiha muallifi: Muxammadiyeva Dildora Loyiha maqsadi: Penoblok ishlab chiqarishda oqsilli ko‘pik yaratuvchi mahsulot asosan Rossiya va Italiya davlatlaridan import qilib olib kelinadi. Ushbu loyihani amalga oshirish hisobiga o‘zimizda ishlab chiqarish hajmini oshirish va valyuta mablag‘larini tejash. Loyiha joriy etish sohalari: Energiya tejovchi penoblok ishlab chiqarishda kamyob bo‘lgan oqsilli ko‘pik yaratuvchi mahsulot hisobiga qurilish materiali ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda, chet davlatlardan olib kelinayotgan mahsulot uchun valyuta mablag‘i tejaladi. 66

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar O‘zbekiston hududida tarqalgan SARS-COV-2 virusining genomini o‘qish Loyiha muallifi: : O‘zR FA Genomika va bioinformatika markazi. Loyiha maqsadi: O‘zbekistondagi COVID-19 variantlarining shajaradagi o‘rni va qanday mutatsiyalarga uchragani aniqlandi. Virusning evolyutsion tahlili amalga oshirildi. Bu maʼlumotlar asosida O‘zbekiston hududida tarqalgan koronavirus variantlariga qarshi milliy vaksina yaratish uchun tadqiqotlar boshlandi. Loyiha joriy etish sohalari: o‘zbekistondagi COVID-19 variantlarini va mutatsiyalarini aniqlash Respublika hududida tarqalgan viruslarni monitoring qilish imkonini beradi. Aholini ogohlantirish, qarshi kurashish choralarini oldindan aytish imkonini beradi va ko‘plab harajatlarni tejash imkoniyati oshadi. Qolaversa, O‘zbekiston hududida tarqalgan koronavirus asosida milliy vaksina yaratish orqali import xarajatlarini oldini olish mumkin bo‘ladi. 67

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar G‘o‘zada Fusarium oxysporum f. sp. vasinfectum rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan FOV genlarining RNK intenferensiyasi va viltga chidamli biotexnologik liniyalar olish” Loyiha muallifi: O‘zR FA Genomika va bioinformatika markazi Loyiha maqsadi: G‘o‘zada fuzarioz (Fusarium oxysporum f. sp. Vasinfectum) vilt zambururug‘ining jinsiy rivojlanish fazalari (mikrokanidiy, makrokanidiy, xlamidaspor) da muhim bo‘lgan FoSTUA va vertisillyoz (Verticillium dahliaye Kleb) zamburug‘ning ikkilamchi metabolitlari hisoblangan fumonizin va fuzarinlarni sintezlovchi Lae1 genlarining RNK intenferensiyasi asosida g‘o‘zaning viltga chidamli biotexnologik liniyalari olindi. Loyiha joriy etish sohalari: Gen-nokaut texnologiyasi usulidan foydalanib g‘o‘zaning vilt kasalligiga chidamli Bardosh navi yaratilgan, ushbu biotexnologik nav vilt kasalligiga 30-32 % chidamli, hosildorligi 5-8 s/ga yuqori va ertapishar ekanligi aniqlangan. 68

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Markerlarga asoslangan seleksiya (MAS) yordamida yaratilgan yuqori sifatli Ravnaq-1 va Ravnaq-2 g‘o‘za liniyalari urug‘lari Loyiha muallifi: Genomika va bioinformatika markazi b.f.d. F.N. Kushanov Loyiha maqsadi: Loyiha (FA-I5-T017) natijasida g‘o‘zaning yangi Ravnaq-1 va Ravnaq-2 navlari yaratildi va ularning har biridan 1,5 tonnadan super elita urug‘lari ko‘paytirildi. Loyiha joriy etish sohalari: 2017-yildan bugungi kunda qadar Namangan, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari va Qaraqalpog‘iston Respulikalarida yangi nav sifatida ekib kelinmoqda. Ushbu g‘o‘za navlari serhosil bo‘lib, fermerlar gektariga 40-50 sentnerdan paxta hosilini yetishtirib kelmoqda. 69

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Asalarilarning yuqori mahsuldor duragay avlodlari Loyiha muallifi: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti Loyiha maqsadi: Karpat zotli erkak asalari va mahalliy populyatsiyadagi ona asalarilarning chatishtirish yo‘li bilan, olingan yangi yuqori mahsuldor duragay (F1) avlodlarini joriy etish. Loyiha joriy etish sohalari: Yangi yaratilgan duragay avlodlarning maxsuldorligi mahalliy populyatsiyadagi asalarilarga nisbatan 20-25 % ga oshishiga erishildi. 70

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Timoptin inyeksiya uchun – immunitetni oshirish uchun dori vosita. Loyiha muallifi: Bioorganik kimyo instituti Loyiha maqsadi: Tarkibida alfa-1-timozin bo‘lgan sut emizuvchilarning ayrisimon bezidan olingan nordon polipeptidlar kompleksi Loyiha joriy etish sohalari: Ayrisimon bezning yetishmovchiligi yoki aplaziyasi. T-limfotsitlar miqdorining kamayishi yoki funksional faolligining buzilishi, hamda hujayra immuniteti pasayishining boshqa alomatlari bilan birga kechadigan yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar (kompleks davolash tarkibida): o‘tkir va surunkali yiringli- yallig‘lanish kasalliklari, (kuyish kasalligi, trofik yaralar, limfoprofilerativ kasalliklar (limfogranulematoz, limfoleykoz), revmatik kasalliklar, yeyilgan skleroz, psoriaz, qaytalovchi oftalmogerpes, saramas yallig‘lanish, surunkali piyelonefrit, glomerulonefrit, o‘tkir va surunkali gepatit. 71

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Turli xil yara va kuyishlarni davolash uchun NANODERM polimer implant-plyonkasi Loyiha muallifi: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti Loyiha maqsadi: Turli xil yara va kuyishlarni davolash uchun bakteritsid NANODERM polimer implant-plyonkasining fizik- kimyoviy va tibbiy biologik xossalarini o‘rganish va ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish. Loyiha joriy etish sohalari: Turli xil yara va kuyishlarni davolash uchun bakteritsid NANODERM polimer implant- plyonkasining ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi. Respublikaga import asosida kirib keladigan kuygan va yaralarni davolovchi preparatlarning miqdorini kamaytiradi va mahalliy xomashyo asosida polimer tarkibli yangi avlod preparati yaratildi. 72

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini quritish quyosh kompleksi Loyiha muallifi: Fizika-texnika instituti Loyiha maqsadi: : Ushbu ishlanma Respublika fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlashga mo‘ljallangan. Quyosh kompleksi ikki rejimda ishlashga mo‘ljallangan. Ko‘chatlarni o‘stirish (qishki mavsumda - issiqxona rejimi), qishloq xo‘jalik mahsulotlarini quritish (yozgi mavsumda - quritish rejimi). Loyiha joriy etish sohalari: Respublika fermer xo‘jaliklarida ushbu qurilmani ishlatish qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. 73

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Umurtqalararo disk churrasini davolashda “Sash” nomli tayanch korset Loyiha muallifi: Buxoro davlat tibbiyot instituti Loyiha maqsadi: Tayanch korseti bemorning beliga moslashtirilgan, korset fizioterapevtik vosita bo‘lib, umurtqa pog‘onasini vertikal yo‘nalishda surish orqali va harakatdagi og‘irlik kuchini to‘g‘ri taqsimoti asosida pulpoz yadroning shu yengil harakat natijasida oziqlanishini taʼminlaydi. Loyiha joriy etish sohalari: Sog`liqni saqlash vazirligi tizimida hamda farmasevtika sanoatida foydalaniladi. 74

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar “Inebrin” dori vositasi Loyiha muallifi: O‘zbekiston Milliy universiteti Loyiha maqsadi: O‘zbekistonda yovvoyi holda o‘sadigan va madaniylashtirilgan sarxushlantiruvchi lagoxilus o‘simligining suvda erigan ekstraktiv moddalari asosida qon to‘xtatuvchi va allergiyaga qarshi kurashuvchi samarali dori vositasini ishlab chiqarish. Loyiha joriy etish sohalari: Sog`liqni saqlash vazirligi tizimida hamda farmasevtika sanoatida foydalaniladi 75

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Haydovchisiz elektromobil Loyiha muallifi: “Avtosanoat Innovatsiya Markazi” MChJ Loyiha maqsadi: Haydovchisiz elektromobil transport vositasi avtomatik boshqaruv tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u inson ishtirok etmasa ham o‘zi harakatlana oladi. Loyiha joriy etish sohalari: Тurizm xizmatlari, diqqatga sazovor joylar, fabrika va sanoat korxonalari hududlarida foydalaniladi. 76

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Eko-kapsula Loyiha muallifi: “Avtosanoat Innovatsiya Markazi” MChJ Loyiha maqsadi: Eko-kapsulada yerning istalgan joyida dam olish va elektro qurilmalardan foydalanish uchun mo‘jallangan. Loyiha joriy etish sohalari: Kutish va dam olish zonalari harbiy,tibbiy maqsadlarda, geologik ekspeditsiyarda foydalanish uchun mo‘ljallangan ekologik kapsula yuqori qismida quyosh panellari mavjud bo‘lib eko-kapsulani ichki qismida o‘rnatilgan barcha jihozlarni elektr toki bilan ta’minlaydi. Kapsula ichki qismida xona haqida axborot xizmati geolokatsiya bilan jihozlangan. 77

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Yog‘och maydalagich Loyiha muallifi: “Avtosanoat Innovatsiya Markazi” MChJ Loyiha maqsadi: DAMAS LABO bazasida yog‘ochni maydalovchi maxsus texnika bo‘lib yog‘och chiqindilarini maydalash yo‘li bilan chiqindilardan ozod qiladi. Loyiha joriy etish sohalari: Qurilish boshqarmasi maxsus texnika parkining eskirgan texnikalarini almashtrishga yordam beradi. 78

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Gidravlik tozalagich Loyiha muallifi: Yusupov S.S Loyiha maqsadi: : Yog‘-moy zavodlari chiqindisi-gossipol smolasi asosida fizik- mexanik va ekspluatatsion xossalari jahon standart talablarga to‘la javob beradigan, import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan qurilish bitumlarining eng ilg‘or, eng iqtisodiy samarali texnologiyalari i va keng ishlab chiqarishga tadbiq qilindi. Loyiha joriy etish sohalari: Respublikadagi barcha qurilish tashkilotlari, «O‘zqurilish materiallari» AK, “O‘zavtoyo‘l” DAK, «Qishloq qurilish invest» IK, Navoiy tog‘ metallurgiya kombinati, shaxsiy uy-joy quruvchilar va boshqalar kiradi. 79

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Xitozan poroshok Loyiha muallifi: : Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy tadqiqot instituti Loyiha maqsadi: Organizmning zararli moddalardan va ortiqcha vazndan xalos qilish uchun Orol dengizi artemiya sistasi tarkibidagi xitozan asosida axolini mahalliy (tabiiy) poroshok vositasi bilan taminlaydi. Loyiha joriy etish sohalari: Xitozan (poroshok) semirish, ateroskleroz, gipertoniya, yurak-qon tomiri va oshqozon-ichak kasalliklariga qarshi kurashish xususiyatiga ega. 80

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Qizilmiya kukuni Loyiha muallifi: : Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy tadqiqot instituti Loyiha maqsadi: Qizilmiya ildizi shifo baxsh xususiyatlarga ega bo‘lib, ko‘plab faol moddalarni o‘z ichiga oladi, glitsirrizin kislotasi va uning hosilalarini tabiy holatida ajratib olib va biologik faol moddalar manbai bilan aholini taminlash. Loyiha joriy etish sohalari: Qizilmiya ildizi siropi nafas olish yo‘llari shamollashiga qarshi vosita bo‘lib immunitetni oshirish xususiyatiga ega. Glitsirrizin kislota: yallig‘lanishni yengillashtiradi, buyrak ustki bezlari faoliyatini rag‘batlantiradi, allergiyaga qarshi xususiyatlarga ega. U xolestirinni biosintezlaydi va erimaydigan kompleks hosil qiladi. Bu uning skelerozga karshi taʼsirning asosidir. Qizilmiya ildizidan olinadigan glitsirrizin kislotasi va uning hosilalari OITS virusiga qarshi ko‘rashishta qo‘llaniladigan vosita bo‘lib hisoblanadi. 81

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Mahalliy xomashyolardan yumshoq dori vositalari uchun asos olish texnologiyasini ishlab chiqish Loyiha muallifi: Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti Loyiha maqsadi: Yumshoq dori vositalari ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyolar (vazelin, lanolin, emulgator va x.k.) o‘rnini bosuvchi mahalliy xomashyolardan ishlab chiqariladigan asos olish. Loyiha joriy etish sohalari: Yumshoq dori vositasi ishlab chiqarish uchun mahalliy xomashyolardan asos vazelin, lanolin, emulgator va x.k, kabi mahsulotlarning importi o‘rnini bosadi. Valyuta tejalishiga erishiladi. 82

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar II tip qandli diabetda qo‘llaniladigan “Antidiabetol” (kapsula) dori Loyiha muallifi: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy- tadqiqot instituti (UzKFITI) Loyiha maqsadi: Qandli diabet xastalagini davolashda mahalliy 6 xil o‘simlik xom ashyosi asosida olingan dori vositasi (kapsula shaklida) bilan aholini taʼminlash. Loyiha joriy etish sohalari: “Antidiabetol” (kapsula) dori vositasini ishlab chiqarish aholini xorijiy preparatlardan qolishmaydigon arzon va samarador mahalliy dori vositasi bilan ta‘minlashga yordam beradi. 83

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Apikapsalvin yallig‘lanishga qarshi dori vositasi (liniment) Loyiha muallifi: Bioorganik kimyo instituti Loyiha maqsadi: Mahalliy o‘simlik xomashyosi asosida yallig‘lanishda tashqi qo‘llaniladigan samarali dori (liniment shaklida) vositasi bilan taʼminlash. Loyiha joriy etish sohalari: Apikapsalvin yuqori samarador preparat bo‘lib, u mahalliy xomashyodan olingan substansiya asosida tayyorlanganligi uchun preparatning tannarxi ancha arzonlashadi va kelajakda tayanch harakat aʼzolarini yallig‘lanishiga qarshi qo‘llaniladigan surtma preparatga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi, import o‘rnini bosadi va eksportga yo‘naltiriladi. 84

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar “Timoptin” inyeksiya va immunitetni oshirish uchun dori vosita Loyiha muallifi: Bioorganik kimyo instituti Loyiha maqsadi: Тarkibida alfa-1-timozin bo‘lgan sut emizuvchilarning ayrisimon bezidan olingan nordon polipeptidlar kompleksi bo‘lgan dori shakli: Liofillangan inyeksiya uchun kukun, Farmakoterapevtik guruhi: immunomodullovchi vositasidir. Loyiha joriy etish sohalari: Ayrisimon bezning yetishmovchiligi yoki aplaziyasi. T-limfotsitlar miqdorining kamayishi yoki funksional faolligining buzilishi, hamda hujayra immuniteti pasayishining boshqa alomatlari bilan birga kechadigan yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar (kompleks davolash tarkibida): o‘tkir va surunkali yiringli-yallig‘lanish kasalliklari, (kuyish kasalligi, trofik yaralar, limfoprofilerativ kasalliklar (limfogranulematoz, limfoleykoz), revmatik kasalliklar, yeyilgan skleroz, psoriaz, qaytalovchi. 85

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Xirurgik muolajalar uchun zarur bo‘lgan asboblar Loyiha muallifi: Nig‘matjonov Abdurashid Loyiha maqsadi: Implantlar ishlab chiqaradigan korxonamizda, investitsiyalar jalb qilib, dunyoda yetakchi bo‘lgan korxonalar bilan hamkorlikda xirurgik asboblarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilgan. Loyiha joriy etish sohalari: Implantlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonada hamkorlikni yo‘lga qo‘yib xirurgik asboblarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Respublikamizning ilmiy salohiyatini oshirish. Respublika va qo‘shni davlatlarni sifatli, innovatsion, ilmiy asoslangan xirurgik asboblar bilan ta’minlaydi. Keyinchalik Yevropa va boshqa davlatlarga eksport qilinmoqda. 86

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Infuzor eritma substansiyasi (API Loyiha muallifi: Dolimov Sherozbek Loyiha maqsadi: O‘zbekiston hududida 20dan ortiq infuzor eritmalar zavod ishlatiladigan natriy xlorid chet eldan import bo‘ladi. Ushbu mahsulotlar import qilish imkoni vaqtinchalik to‘xtasa, mamlakat farmatsevtikasi sohasida taqchillik yuzaga keladi. Loyiha joriy etish sohalari: O‘zbekistonni strategik mahsulotlar importiga bo‘lgan qaramliligi yo‘qotish. Importni qisqartirish yillik 2000-2500 tonna farmakopeya natriy xloridini ishlab chiqaradigan GMP standartidagi zavod ishga tushdi. 87

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Yashil massadan yangi ekologik omuxta yem va unga maxsus qoʼshimchalar ishlab chiqarish Loyiha muallifi: Ilhomov Akromxo‘ja Ibrohim o‘g‘li Loyiha maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida yemga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Yemning tarkibining asosiy qismi esa import hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa yemning tannarxi va go‘sht narxini oshishiga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekistondagi qoramollarni 95% kichik xo‘jaliklar va uylarda boqilib kelinmoqda. Ularni ozuqabop o‘simliklar yetishtirish uchun yer maydonlari mavjud emas. Loyiha joriy etish sohalari: Jamoamiz tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya orqali, ozuqabop o‘simliklar yetishtiriladi. O‘simliklar va uning qoldiqlarini yangi innovatsion tenologiyalar asosida qayta ishlanadi. Natijada 1 gektar yerdan 30-35 tonnadan yuqori bo‘lgan tayyor, ekologik tabiiy, sifatli, arzon yem va unga qo‘shimchalar ishlab chiqariladi o‘simlik va uning qoldiqlaridan unumli foydalanish yo‘li bilan sifatli yem texnologiyalarini joriy etish; Fermerlar va aholiga yerdan unumli foydalanish maqsadida 1 ga. yerdan 8-10 tagacha qoramol ozuqasini olish texnologiyasini joriy qilish (hozirda 3 ta qoramolga 1 ga. yer to‘g‘ri keladi). 88

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning holatini onlayn tarzda kuzatish qurilmasi Loyiha muallifi: Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Loyiha maqsadi: Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni o‘z ustidan nazorat olib borishi va kasallikning avj olishlarini va rivojlanishini oldini olishga qaratilgan. Loyiha joriy etish sohalari: Tadqiqot natijasida informatsion- amaliy onlayn resurs yaratildi, u bemorlarda kasallikning avj olishi va rivojlanishi ustidan nazorat qilish, bemorlarni informatsion-konsultativ qo‘llab quvvatlash hamda bemorlarning holatini obyektiv baholash maqsadida tibbiy kalkulyator dasturlari, vizulizatsiya va monitoring tizimini o‘z ichiga oladi. 89

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Inson tanasining anatomik tuzilishini to‘rtta tilda o‘rganadigan 3D modellashtirish yordamida raqamli dastur Loyiha muallifi: Buxoro davlat tibbiyot instituti Loyiha maqsadi: Taʼlimning barcha darajalari va bosqichlarida (maktabgacha tarbiya, maktab va barcha turdagi kasb-hunar taʼlimi va takomillashtirishlari) immersiv texnologiyalaridan foydalanishga imkon beradigan \"Immersive Education\" universal taʼlim platformasini ishlab chiqish. Loyiha joriy etish sohalari: 3D-model bilan to‘ldirilgan dasturiy taʼminotni yaratish, bu o‘qitishning yuqori darajadagi vizualizatsiyasiga model va foydalanuvchi o‘rtasidagi interaktiv o‘zaro taʼsirga erishishga imkon beradi, bu esa o‘z navbatida o‘quv materialini taqdim etishning taʼlim sifatini oshiradigan va maʼlumotni o‘zlashtiradigan ilgari erishib bo‘lmaydigan tomonlarini ochib beradi. 90

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Kursetin kurkumin kversetin dori vositasi (kapsula) Loyiha muallifi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIKIATM О‘zbekiston kimiyo va farmatsiya ilmiy tadqikot instituti A. Sultonov nomidagi (O‘zKFITI). Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy- amaliy tibbiyot markazi (RIKIATM) Loyiha maqsadi: Yangi mahalliy ishlab chiqarilgan dori vositasi - kursetin (kurkumin+kversetin) yordamida yurak ishemik kasalligi bilan xastalangan bemorlarda irsiy determinantlangan giperxolesterinemiya shakllarini personallashtirilgan tashxislab, xavf stratifikatsiyasini o‘tkaziladi va davolash texnologiyasini ishlab chiqilgan. Loyiha joriy etish sohalari: : Loyihada ishlab chiqilgan usullarni amaliyotga tatbiq etish miokard infarkti tufayli to‘satdan o‘lim, nogironlik va ish qobiliyati yo‘qotish kabi ko‘rsatkichlarini kamaytirishiga (20% gacha) olib keladi. 91

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Asetilsalitsil kislotasi tutgan tez eruvchan dori vositasi Loyiha muallifi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti Loyiha maqsadi: : Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat sifatida shamollash va boshqa infeksion-yallig‘lanish kasalliklaridagi yuqori haroratda, yurak-qon tomir kasalliklarda antiagregatik va antitromb vosita sifatida qo‘llanadi. Oshqozon kasalligi bilan og‘rigan bemorlar, bolalar va qariyalar tomonidan nojo‘ya taʼsirsiz, oson qabul qilinadigan atsetilsalitsil kislotasi dori (tabletka shaklida) vositalari bilan taʼminlaydi. Loyiha joriy etish sohalari: Germaniya va AQSHdan import qilib kelinadigan tez eruvchan aspirin o‘rinin bosuvchi, yangi texnologiyani o‘zlashtirish, valyuta tejash, import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish, o‘zlashtirilgan texnologiyalar asosida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, assortimentni kengaytirish va brendni mashxur bo‘lishiga erishish. 92

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Yodokaparin Loyiha muallifi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti Loyiha maqsadi: Buqoq kasalliklarini oldini olish uchun mahalliy o‘simlik xom ashyosi asosida aholini shifobaxsh o‘simlik dori vositalari bilan taʼminlash. Loyiha joriy etish sohalari: Yodokaparin” dori vositasi endemik va sporadin buqoq kasalliklarini oldini olish va davolash xususiyatiga ega. 93

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Bug‘doy poyasi sharbati Loyiha muallifi: Namangan muhandislik – texnologiya instituti Loyiha maqsadi: Jigar va yo‘g‘on ichak saratonini davolash uchun mahalliy o‘simlik xomashyosi asosida aholini shifobaxsh o‘simlik dori (sharbat shaklida) vositalari bilan taʼminlaydi. Loyiha joriy etish sohalari: Ushbu sharbat yangi yetishtirilgan bug‘doy poyasidan olinadi. U jigar va yo‘g‘on ichak saratonini davolashda, qon ko‘paytirishda, yurak kasalliklarini davolashda, tananing qon aylanishi, ovqat xazm qilish, asab, buyrak usti bezlari, gipofiz, gipotalamus hamda immun tizimini faoliyatini yaxshilashda qo‘llaniladi. 94

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Yurak-qon tomir va oshqozon-ichak kasalliklari profilaktikasi uchun siroplar va salqin ichimliklar Loyiha muallifi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti Loyiha maqsadi: Mahalliy o‘simlik xomashyolari asosida aholini yurak-qon tomir va oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilovchi, kasalliklar profilaktikasi uchun mo‘ljallangan shifobaxsh siroplar va salqin ichimliklar bilan taʼminlash. Loyiha joriy etish sohalari: Ushbu siroplar va ular asosida tayyorlanuvchi salqin ichimliklar qon bosimini meʼyorlashtiruvchi, ishtahani ochuvchi, kayfiyatni yaxshilovchi taʼsirlarga va immunitetni oshirish xususiyatiga ega. Ushbu siroplar va ular asosida tayyorlanuvchi salqin ichimliklar qon bosimini meʼyorlashtiruvchi, ishtahani ochuvchi, kayfiyatni yaxshilovchi taʼsirlarga va immunitetni oshirish xususiyatiga ega. 96

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Noanaʼnaviy xomashyo va sabzavotlardan sukat tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish Loyiha muallifi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti Loyiha maqsadi: Noanaʼnaviy xomashyo va sabzavotlardan yod va temir moddalari tanqisligi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar, qandli diabet, yurak qon-tomir, xastaliklariga chalingan bemorlar hamda profilatika maqsadida aholi uchun ekologik toza sukat mahsulotlari ishlab chiqish. Loyiha joriy etish sohalari: Noanaʼnaviy xomashyo va sabzavotlardan yod va temir moddalariga boy bo‘lgan sukat mahsulotlari inson sog‘lig‘i uchun ahamiyatlidir. Yuqori darajada iqtisodiy samaradorligi va foydaliligi bilan ajralib turadi. 97

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Cho‘l va yarim cho‘l yaylovlari degradatsiyaga uchragan tuproqlarning hosildorligini oshirish texnologiyalari Loyiha muallifi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Loyiha maqsadi: Cho‘l yaylovlarining tuproq unumdorligini oshirish, saqlash, tiklash, uni ekologik holatini resurstejamkor texnologiyalar asosida muhofaza qilish bo‘yicha kompleks tadbirlar o‘tkazish. Takomillashtirilgan texnologiyalarni ekinlarga qo‘llab, ozuqabob introduksiyali arid o‘simliklarning istiqbolli kolleksiyalarni to‘ldirishi va boyitish (Qorako‘lchilikka cho‘l ekologiyasi ITI bilan hamkorlikda). Loyiha joriy etish sohalari: Taklif qilinayotgan texnologiyada tuproq unumdorligini saqlanishi, yem-xashak sifatining yaxshilanishi, cho‘l-yaylov fitotsenozlarining hosildorligi va tuproq unumdorligining oshishi, saqlanishi, tiklanishiga yordam berishdir. 98

O‘ZBEKISTON OLIMLARINING 100 LOYIHASI 2017-2021-yillar davomidagi loyihalar Asalari kasalliklariga qarshi biologik faol preparatlar Loyiha muallifi: Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Loyiha maqsadi: Tadqiqotning ilmiy-tadqiqot (laboratoriya sharoitida mahsulotlar parametrlarini tahlil qilish), amaliy (aniq masalani aniq muhitga qo‘llash), reproduktiv va rivojlantirish (qo‘llash muhiti doirasida yangi uslublar, tavsiyalar ishlab chiqish) shakllaridan foydalanildi. Loyiha joriy etish sohalari: Respublikaning shimoliy va janubiy hududlarida asalari kasalliklari tarqalish monitoringi olib borildi. Asalarilar kasalliklariga qarshi mahalliy dorivor o‘simliklardan preparatlar ishlab chiqariladi. 99


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook