“Zukko kitobxon” tanlovi 7-tur “Taqriz yozish” sharti bo’yicha jamoalar tomonidan yozilgan taqrizlar Taqriz yozish uchun Sh. Boshbekovning “Temir xotin” asari tanlandi Buxoro-2023
“Benom” jamoasi tomonidan yozilgan taqriz1 Tеmir xotin” komеdiyasi badiiy saviyasi va estеtik qimmati jihatidan nafaqat Sharof Boshbеkov ijodi, balki o‘zbеk dramaturgiyasida bеtakror hodisa hisoblanadi. Bu pyеsa oldin rеspublika tеatr fеstivalida bosh sovringa loyiq topildi. So‘ngra O‘rta Osiyo rеspublikalari orasida o‘tkazilgan tеatr fеstivalining mutlaq g‘olibi bo‘ldi. Ushbu asar asosida badiiy film, opеrеtta ishlandi. Asarda muallifning xalq hayotini puxta bilishi, millatga xos ruhiy bеlgilarni o‘ta nozik ilg‘ashi yorqin namoyon bo‘lgan. “Tеmir xotin” asari chinakam istе’dod istagan hayot hodisasidan tеngsiz badiiy asar yarata olishi mumkinligini ko‘rsatdi. Qumri timsolida o‘zbеk ayoliga xos jihatlar ulkan mahorat bilan aks ettirilgan. Bu obrazda ayollarimizdagi eng yuksak insoniy fazilatlar ustalik bilan tasvirlangan. Komеdiya nihoyasiga yaqin Qo‘chqor Qumrining qo‘llarini yuziga bosganda ayol qanday holatga tushganligi ifodasi milliy ruhni aks ettirish borasida ham, o‘quvchida o‘zbеk ayolini anglash tuyg‘usini shakllantirish bobida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Komеdiyada o‘zbеk ayoli ruhiyati o‘zining chеksiz ko‘lami va yuksak ezguliklari bilan yorqin aks ettirilgan. O‘zbеk ayolining qudrati ojizligida, o‘z kuch-u imkoniyatini namoyish qilavеrmasligi, hatto, buni bilmasligida ekani mislsiz bir mahorat bilan ko‘rsatiladi. Qo‘chqor ayoliga “ko‘p o‘qishi” bilan maqtanganda Qumri erining aslida o‘qimishlilik darajasi qandayligini juda yaxshi bilgani holda uni fosh etmaydi, uyaltirmaydi. Erni yolg‘onchi qilishga o‘zbеk ayolining ichki odobi yo‘l qo‘ymasligini muallif sеzdirmay ko‘rsatgan. Bu holat tasviri asarni tushunishda ham, qahramonlar tabiatini izohlashda ham muhim 3ahamiyat kasb etadi. O‘zbеkcha o‘ylash, milliy ruhni namoyon etish asar qahramonlarining har bir gapi va xatti- harakatida ko‘zga tashlanadi. Chunonchi, Qumrining: “Aytadiganingizni aytdingiz...”, — dеgan birgina gapining tagida ulkan ko‘ngilsizlik yotganligini payqash mumkin. Ehtimol, qahramon mastlik bilan ayolini “kеt” dеgandir. Ma’lumki, o‘zbеk oilasida ayolni “kеt” dеyish – taloq qilishga yaqin bir holat. Shu bois bobolar bu so‘zni qo‘llashdan saqlanganlar. Komediyada tub mohiyatida asl masala paxta teradigan mashina yaratilish tarixi yoki Qòchqorning xotini va oilasi bilan muammmosi emas, balki òzbek xotin-qizlarini , nafaqat, xotin-qizlarni balki butun òzbek xalqini oĝir mehnatdan qutqarish va mehnatiga yarasha haq tòlash masalasi yotadi. 1 Musobaqa nizom-talablaridan kelib chiqqan holda hech bir taqriz qo‘shimcha tahrirlarsiz berildi. 1
“Maximum” jamoasi tomonidan yozilgan taqriz \"Temir xotin\" komediyasi badiiy saviyasi va estetik qimmati jihatdan oʻzbek dramaturgiyasida betakror hodisa hisoblanadi.Asarda muallif xalq hayotini puxta bilishi,millatga xos ruhiy belgilarni oʻta nozik ilgʻashi,xalqning kechinmalari, oʻsha davrning qanday ekanligini yorqin tasvirlab bergan.Bu asarda asosan xalq hayotini murakkabligi,millat tirikligining fojiali manzaralari kulgili qilib koʻrsatib berilgan.Yozuvchi asar boshidayoq Qoʻchqorning roʻzgʻordagi barcha narsada nimadir yetishmasligini aks ettiradi. Qoʻchqorvoyning uyidagi derazaning bir koʻzi yoʻqligi,choynakning joʻmragi singani kabi kemtikliklar va yetishmovchiliklar tasviri asar qahramonining gʻarib turmush tarziga koʻnikkani va boshqa turmush tarzi,hayotini oʻzgartirishni xayoliga ham keltirmaydigan odam ekanligini bilib olish mumkin. Qochqorning umr yoʻldoshiga qiladigan muomalasi oʻzbek oilasidagi oʻzaro munosabatlarni hayotiy aks ettirilganlik namunasidir. Qoʻchqorvoyda ham koʻpchilik oʻzbek erkaklari singari ayoliga oʻzini yuqori olib gapirish xislati kuzatiladi.Qoʻchqorning sodda, dovdir, baʼzida topqir,chapani,hazilkash, maqtanchoqlikka moyil shaxs ekanligi seziladi.Ichib toʻpolon qilganida uni daraxtga bogʻlab tashlashgan paytda u ayoli Qumriga \"Boʻpti,kechirdim,qoʻlni yech\",-degani ham,uning oʻsha paytdagi holatdagi mutlaqo mos kelmasligini va qahramon shaxsiyatiga mos jihatlarni koʻrish mumkin.Oʻzi tushgan har qanday holatga koʻnikadi ham,oʻzini vaziyatning egasi hisoblaydigan Qoʻchqor siyrati shu tarzda tasvirlangan. Komediyadagi Qoʻchqor deb bogʻlayveradimi? jumlasida qahramonning gapga chechanligini sezish mumkin. Asarda Qoʻchqorning ayoli Qumri onamnikiga ketaman deganida ket deyilgan soʻzning ishlatilishi qahramonning mastlik holatida aytilgan bu soʻz oʻsha davr oʻzbek oilalari uchun taloqqa yaqin holat hisoblangan.Qumrinining onamnikiga ketaman deyishi esa oʻzbek oilalari va anʼanalariga xos hisoblanib qiz ota uyidan chiqib ketgach qaytib kelishi uyat va juda ham ogʻir holat hisoblanadi.Onaning oldiga bunday paytda borish onaning qizi haq nohaqligiga qaramay kechirishi va farzandlarini yonini olishi va tushunishi tabiiy holat boʻlganligi uchun onaning oldiga borish osonroq.Qoʻchqorvoyning har doim takrorlaydigan \"rakatopsin\" soʻzi uning sal narsaga ham qizishib,lovullab ketadigan shaxs ekanligini kitobxon aniq tassavur qila oladi.Qumri timsolida oʻzbek ayollariga xos jihatlar yozuvchi tomonidan mahorat bilan tasvirlangan. Bu obrazda oʻzbek ayollariga yuksak insoniy fazilatlar tasvirlangan. 2
Komediya nihoyasiga yaqin Qoʻchqor Qumrining qoʻllarini yuziga bosganda ayol qanday holatga tushganligi ifodasi milliy ruhni aks ettirish borasida ham,oʻzbek ayolini anglash tuygʻusini shakllantirish bobida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Asarning jiddiy komediya deb atalishiga va oʻziga xos yuqoriga nuqtasi sifatida Alomatxon va Qoʻchqorning suhbatini olsak boʻladi.Alomatning soʻzlari achchiq haqiqatlar kulgi tarzida oʻz aksini topgan.Gipnozning yolgʻondan iborat boʻlishi,insonlar yolgʻonni xuddi rostday soʻzlashlari,boshqa insonlar esa uning soʻzlariga ishonishlari bu haqiqatlar oʻsh davrning mansabdor shaxslari va oddiy xalq orasidagi uchrovchi holat gapirib oʻtilgan.\"Esingizni tanibsizki,tinmay mehnat qilasiz,lekin hech birimiz ikki boʻlmaydi.Roʻzgʻor bola chaqa tashvishi deysiz,afsuski bu tashvishlarning cheki yoʻq.Ertalabdan kechgacha chumoliday gʻimir gʻimir qilasiz u,rohatini koʻrmaysiz.Kiyib olgan kiyimingizga qarang,yengil sanoat yetishtirayotgan hamma yaroqsiz neylon mahsulotlari siz va sizga oʻxshaganlarga nasib qiladi.Bu nimasi shu issiqda kim neylon koʻylak kiyadi\".Uning issiq paytda ham neylon sintetik matodan toʻqilgan kiyimni kiyishi oddiy xalqning faqat mehnat qilishi va mehnatiga esa arzimagan haq berilishi haqida aytib oʻtilgan.Paxtakorman deb koʻkrak kerasiz u koʻrpangizga paxta topolmaysiz.Oʻsha davr siyosati paxtani sovet davlatiga berilishi qishning sovugʻida ham ayollar va bolalarning paxta terimi uchun yuborilishi,paxta ishi deb atalgan koʻz boʻyamachi ishlari necha necha insonlar qamalib tuxmatlarga yoʻliqdi hattoki uyidagi koʻrpa yu yostiqlarni paxtalarini ham chiqarib berganlar boʻldi.Eng alami haqiqat paxtani yetishtirgan xalq sintetik matolardan ishlab chiqarilgan kiyimlarni kiyishga majburligi.Oʻzi yetishtirgan mahsulotdan oʻzi foydalanilmasligi xalqni oddiy ishchi kuchi sifatida koʻrilishi bu oʻsha davrning chirkin siyosati namunasi hisoblanadi.Alomatxonning aytgan soʻzlarini barchasida xalqning ogʻir turmush tarzi va davlat siyosatining qandayligi Oddiy xalq faqat brak kiyimlar kiyishi,bayramlar bayroqcha koʻtarishi,majlisda esa faqat qoʻl koʻtarish va chapak chalish dam nariga oʻtolmasligi koʻrsatib berilgan.Oddiy insonlarning bu holatlarga koʻz yumib koʻnikib yashashi,koʻpga kelgan toʻy deb beparvolik bilan yurishi qoralanadi.Xalqning chumoliday gʻimir gʻimir qilib tinmay ishlashi,biror toʻy maʼraka boʻlsa faqat poygakka oʻtirishi mehnatkash degan mansab bilan yuqori mansablarni egallay olmasligi bu holatlar asarning eng asosiy va achchiq haqiqatlar koʻrsatib berilgan qismi boʻlib,bu asarni oʻquvchi har bir shaxs buni anglaydi.Hozirgi kunda mustaqil davlatimizda har bir mehnatkashga va fermerlarga alohida eʼtibor berilmoqda.Endigi kunda taʼlim oluvchilar majburiy mehnat ozod qilinganligini koʻrishimiz mumkin. 3
“Pedagog” jamoasi tomonidan yozilgan taqriz Sharof Boshbekovning qakamiga mansub \"Temir xotin\" asarida sovet davridagi oddiy mehnatkash xalqning hayoti yoritib beriladi. Asar mazmunan qisqa bo'lsada, lekin juda katta ma'no yashiringan. Bu tragiokomediyada voqealar o'sha zamondagi hayotiy muhitdan kelib chiqqan holda yaratilib, birgina Qo'chqor obrazi orqali butun mehnatkash o'zbek xalqining hayoti yoritib berilgan. Asar Qo'chqor akaning daraxtga arqon bilan bogʻlangsn tasviri bilan boshlanadi va soʼngi parda ham xuddi shu tasvir bilan tugaydi. Ya'niki asar qahramoni tutqun, erkidan mahrum kishi ekanligiga ishora qilinadi. Bu orqali ijodkor oʼsha davrda oʼzbek xalqi qullik, qaramlik iskanjasida boʼlganini Qoʼchqor obrazi orqali yoritib beradi. Asarning bosh maqsadi oʼsha davrdagi tuzimni, oddiy kishilarning hayotini yoritib berish va yozuvchi buni Qoʼchqor Alomat, Qumri obrazlari orqali yoritib beradi. Xususan, Alomatning:\"Aft-angoringizga bir qarang, qirqqa kirgan qirchillama yigitsiz-u, ko'rgan odam sizni ellikdan oshgan, deb o'ylaydi. Qurib-qaqshab boryapsiz. Esingizni tanibsizki, tinmay mehnat qilasiz, lekin hech biringiz ikki bo'lmaydi. Ro'zg'or, bola-chaqa tashvishi, deysiz, afsuski, bu tashvishlarning cheki yo'q. Ertalabdan-kechgacha chumoliday g'imir-g'imir qilasiz-u, rohatini ko'rmaysiz. «Paxtakorman» deb ko'kragingizga mushtlaysiz-u, ko'rpangizga paxta topolmaysiz! Kiyib olgan kiyimingizni qarang, yengil sanoat yetishtirayotgan hamma brak mahsulot siz va sizga o'xshaganlarga nasib qiladi. Manavi nima? Shu issiqda kim neylon ko'ylak kiyadi?...\" kabi achchiq haqiqatlaridan anglash qiyin emas. Shuningdek asarda oʼzbek ayoolarining matonati, sabr-toqati, itoatkorligi Qumri obrazi orqali ochib beriladi. Alomat oʼzbek ayoli qilgan ishning yarmini ham qilolmadi, 7-8 talab bola tugʻmadi, kechlari beshik quchoqlab uxlamadi, har bolasi bilan ming bor kasal boʻlib ming bor sogʻaymadi. Ammo tamom boʻldi. Ammo oʻzbek ayoli hali biron marta nolimadi. Bu bilan ijodkor oʻzbek ayollarining sabr -bardoshi temirdan ham qattiq demoqchi boʻlgan. Sharof Boshbekov o'zi teran his qilgan hayotiy haqiqatlarni, davrga xos muammolarni chuqur anglagan holda taraqqiyotdan orqada qolgan, og'ir sharoitda yashayotgan, eng achinarlisi buni his qilmagan, insoniyligini unutgan, xalqimiz fojiasini Qo'chqor, Qumri, Alomat, Olimjon singari qahramonlar taqdirida badiiy ifodasini yorqin ko'rsatib bergan. 4
“Istiqlol” jamoasi tomonidan yozilgan taqriz Taniqli ijodkor Sharof Boshbekovning \"Temir xotin\" komediyasi xalqimiz uchun sevimli asarlardan biri hisoblanadi. Bu asar aslida katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Asarning bosh qahramoni Qo'chqorga Alomat nomli temir xotin har qancha xizmat qilsa ham, baribir o'z ayolidek bo'lolmaydi. Chunki temir xotin Qo'chqorning o'z ayolidek unga mehr-muhabbat berolmaydi. Hattoki, ayol qila olgan ishni robot qilolmasligi aytilgan. Bizning o'zbek xalqi ayollari bir vaqtning o'zida ham bola-chaqaga qaraydi, ham ovqat pishiradi va hokazo. Robotga esa bu ishlarni qildirishmoqchi bo'lganlarida robot qizib, buziladi. Shunday qilib, robot hech qachon inson o'rnini bosa olmasligi bu asarda yorqin ravishda ko'rsatilgan. 5
“Bilimdonlar” jamoasi tomonidan yozilgan taqriz “Temir xotin”- komedik asar. Asarni oʻqish davomida kitobxon kulguli vaziyatlar, qahramonlarning oʻzini tutishi, voqealar suyjetida aslida koʻchma maʼno, achchiq kinoya mavjudligini payqamasligi mumkin emas. Asar faqatgina Qoʻchqorning bilimsizligi, paxta terimi, Olimjonning kashfiyoti toʻgʻrisida emas. Balki, asar oʻtgan asr kishilarining qalb kechinmalarini, turmush tarzini toʻliq yoritib bergan desak mubolagʻa boʻlmaydi. Qoʻchqor-traktorchi. Bilimsiz kishi. Uning Alomatdan eshitgan gaplarini oʻzicha anglab, Qumriga tushuntirishida ham jamiyatning ahvolini tushunish qiyin emas. Albatta, Alomat gipnoz davomida aytganidek, paxta desa maktabni tashlab ketadigan jamiyatdan yana nimani ham kutish mumkin... Alomat- ,,Temir xotin\" . Soʻz avvalida shuni taʼkidlash joiz deb oʻylayman: toʻg'ri 21-asr texnika asri, toʻgʻri texnika vositasida qoʻl mehnati yengillashadi. Ammo oʻtgan asrning 60-70yillarini oʻzining yuksak mahorati,serqirra va teran fikrlash qobiliyati tufayli oʻzbek ayollarining dunyo eʼtirof etadigan darajada mehnatkashligini,sabrini, itoatkorligini oʻz asarida yuksak badiiy boʻyoqlar va tasvirlar bilan yoritib bergan Sharof Boshbekovni nafaqat oʻtgan asr balki bugungi zamonamiz qahramoni deb shubhasiz ayta olamiz. Yozuvchi balki bu asar orqali qadri oyoqosti qilinayotgan ayrim ayollarning qadr-qimmatini oshirish, kelajak avlodimizni tarbiya qiladigan yuksak saviyali ayollarni tarbiyalash gʻoyalarini ilgari surmoqchi boʻlgan. Zero, ilmli ayol- ilmli jamiyatni tarbiyalaydi. Yozuvchi temir ham eplolmagan ishni uddalagan Qumri obrazida, uning oʻzini tutishi, mehnatkashligi, uyatchanligida, soddaligida haqiqiy oʻzbek ayolini tasvirlay olgan. Asar kuldirib turib, yigʻlatadi. 6
“Intellegent” jamoasi tomonidan yozilgan taqriz Dramaturg va ssenarist Sharof Boshbekovning Oʻzbekiston xalqining paxta dalalaridagi qullarcha mehnati tasvirlangan: Hamza nomidagi davlat mukofoti va Bishkekda oʻtgan butun ittifoq teatr tanlovining gran pirisi bilan taqdirlangan \"Temir xotin\" komediyasini oʻqish jarayonida quyidagilarni uqib , taxlil qilib oʻz taassurotlarimni bayon qilishga harakat qildim .Bu asar adipga ancha shuhrat keltirgan.Oldingi vaqtlardagi yurtdoshlarimizning ogʻir mehnatlari va shu mashaqqatli mehnati evaziga oʻziga arzirli hosil tegmaganligi asarda komediya tarzida namoyon qilingan. Oʻsha vaqtdagi qishloq insonlari shu qadar sodda va omi boʻlganlarki,Qoʻchqorning Olimjon aytgan ilmiy soʻzlarni aytishgada qiynalishi, ularga tushunmasligi , temirdan yasalgan robotni xotin qilmoqchi boʻlib mullaga nigoh oʻqitishi va hokazolarda yaqqol seziladi. Qoʻchqor nafaqat sodda va omi,balki, dunyoni suv bossa toʻpigʻiga chiqmaydigan odam desam adashmagan boʻlaman. Nima boʻlishidan qatʼiy nazar koʻpga kelgan toʻy deb yashayveradi. Buni asar boshlanishidan ham bilsak boʻladi. Adib sahnani tasvirlar ekan, har bitta detalda nimadir yetishmasligini yozadi. Bularning barchasi uning beparvoligidan dalolat beradi. Bular bilan asar qahramoni Qoʻchqorni salbiy tasvirlamoqchi emasman. Uning quyidagi jihatlari ham menda katta taassurot qoldirdi. Xususan ,xotini va oʻgʻli Turobjon arazlab uydan ketayotganlarida , oʻgʻliga uyni orqalab olib ketamiz deganda, oʻgʻli esa otasiga koʻtarolmaysizov dada deganda: Bu yelga qancha ogʻir yuklarni koʻtargan bolam \" deb javob beradi . Haqiqatdan ham Qoʻchqorga oson emas chunki 7 bolani boqishni oʻzi boʻlmaydi. Chapani odam desak ham adashmaymiz . Mehnatkash yozni yoz demay, qishni qish d may dalada mehnat qiladi . Traktor haydaydi.Shugun kunim shoh kunim deya yashayveradi. Qoʻchqorning xotini Qumri haqida gapiradigan boʻlsam, unda oʻzbek ayollariga xos ibo, hayo,sadoqat , mehnatkashlik, sabr, toqat kabi barcha fazilatlar namoyindir. Ularning qilgan mehnatlariga hattoki temir ham chidolmaydi.Bu shundan dalolat beradiki, oʻzbek ayollarining sabri toshdan ham mustahkamdir. Olimjon ixtiro qilgan Alomat robot ham bardosh berolmadi, ular qiladigan mehnatga. Qumri erining koʻp ichishi , roʻzgʻorga beparvo yurishiga qaramay baribir arazlab ketsa ham eriga sadoqati tufayli yana qaytib keladi. Eri daraxtga bogʻliqligini koʻrib shuncha vaqt bogʻliq holda turgan deb oʻylab yigʻiga tushadi. Bu ham uning oʻz umr yoʻldoshiga mehr ifodasi. Asar davomida yana bir ishtirokchi ,yani Bozorvoy obrazi aytib oʻtilgan . Qoʻchqor qay vaqt chaqirmasin Bozorvoyning xotini Sharofat uni har gal bozorda ekanligini aytadi. Adib ham bekorga asar qahramonini \"Bozorvoy\"deya atamaganini bilib oldim. 7
Asarda oʻsha davr xalqining paxta terimidagi qullarcha mehnati haqida aytib oʻttim. Asar qahramoni Olimjon ham aynan xalqining mehnatini yengillatish maqsadida tun u kun mehnat qiladi. Paxta teradigan mashina yaratadi. Shuni anglab yetadiki unday azoblarga temir ham bardosh berolmaydi. Qoʻchqor aytganidek:\"Hamma paxta terimiga deyilsa bas, bolalar oʻqishni tashlashadi, bizlar ishimizni tashlab dalaga chiqib ketamiz\". Oʻsha paytda hattoki maktab oʻquvchilarini ham majburiy mehnatga jalb qilishgan. Ular sinfxonalarida bilim olish oʻrniga paxtazorlarda paxta terib yurishgan. Oʻqishga ishtiyoqi bor bolalar ham majburiy mehnat sababli oddiy qora ishchiga aylanib qolishgan. Qoʻchqor oʻzi oʻqimaganligi sababli farzandlarini oʻqitmoqchi boʻladi. Sababi farzandlarining ham umri shu paxtazorlarda ovloq qishloqlarda qolib ketishini xoxlamaydi.Shu bilan bogʻliq Konstitutsiyamizda qator oʻzgartirishlar kiritilgan. Inson huquqlarini himoya qilish boʻyichaamaldagi tizimning samarasini oshirish maqsadida Konstitutsiyada bolalar mehnatiga yoʻl qoʻymaslik masalasini alohida aks ettirish ushbu vazifalardan biri sifatida taklif etildi. Albatta Konstitutsiyamizning 37-moddadida majburiy mehnat taqiqlanishi toʻgʻrisidagi qoida belgilangan. Bularning barchasi biz yoshlarga bilim olishimiz uchun yaratilayotgan imkoniyatdir. Bu asarni oʻqir ekanman oʻzimga koʻplab xulosalarni oldim .Masalan, Qumridan oʻzbek ayollariga xos fazilatlarni oʻrgandim . Bugungi biz yoshlarning oʻqishimiz uchun yaratilgan shart sharoitlarga shukur qildim. 8
Search
Read the Text Version
- 1 - 9
Pages: