Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore Munojat Yo'lcheyeva nomidagi stipendiya Nizomi

Munojat Yo'lcheyeva nomidagi stipendiya Nizomi

Published by Asatilla Sunnatillayev, 2023-04-14 12:37:02

Description: Munojat Yo'lcheyeva nomidagi stipendiya Nizomi

Search

Read the Text Version

O‘zbekiston Qahramoni Munojat Yo‘lchiyeva nomidagi stipendiyaga nomzodlarni saralash va g‘oliblarga stipendiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining 2022-yil 8-noyabrdagi “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi va uni 2021-2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosi to‘g‘risida”gi 128-sonli qarorining 5-bandida belgilangan ilm-fan sohasida muvaffaqiyatga erishgan mashhur o‘zbek ayollari nomi bilan ataluvchi stipendiyani joriy etish va uni taqdim etish mexanizmlarini ishlab chiqish topshirig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 22- dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ilm-fan sohasida muvaffaqiyatga erishgan mashhur o‘zbek ayollari nomi bilan ataluvchi stipendiyani joriy etish to‘g‘risida”gi 422-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida buyruq ilovasiga muvofiq Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida ta’lim olayotgan talabalar uchun O‘zbekiston Qahramoni Munojat Yo‘lchiyeva nomidagi stipendiyasiga (keyingi o‘rinlarda - stipendiya) nomzodlarni saralash va stipendiya ajratish tartibini belgilaydi. 2. Stipendiyaga nomzodlarni saralash bo‘yicha tanlov komissiyasining (keyingi o‘rinlarda - Tanlov komissiyasi) xulosasiga ko‘ra Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti Kengashining (keyingi o‘rinlarda - Kengash) qaroriga muvofiq ajratiladi. 3. Stipendiya ushbu Nizom bilan belgilangan tartibga muvofiq tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining 2-kursni tugatgan bakalavriat hamda 1-kursni tugatgan magistratura talabalari uchun beriladi. 4. Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tganlar O‘zbekiston Qahramoni Munojat Yo‘lchiyeva nomidagi stipendiyaning stipendianti (keyingi o‘rinlarda - Stipendiant) hisoblanadi va ular tegishli Sertifikat bilan taqdirlanadi. 5. Stipendiantlarga Kengashining qarori bilan belgilangan miqdorda bir o‘quv yili mobaynida har oy uchun o‘rnatilgan tartibda stipendiya to‘lanadi. 6. Tanlovni o‘tkazish va stipendiyani to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti byudjetidan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 7. Ushbu stipendiya nomdor davlat stipendiyalari bilan bir vaqtda berilmaydi.

2-bob. Tanlovda qatnashish uchun talabgorlarga qo‘yiladigan asosiy talablar 8. Tanlovda qatnashish uchun talabgorlar quyidagilarga muvofiq bo‘lishi lozim: bakalavriat yoki magistratura talabasi bo‘lishi: o‘quv yili natijalari bo‘yicha umumiy fanlarni o‘zlashtirish darajasi yaxshi (4 baho 25% gacha) va undan yuqori bo‘lishi; mutaxassislik fanlari bo‘yicha barcha fanlarni o‘zlashtirish darajasi a’lo (5 baho) bo‘lishi; respublika yoki Xalqaro ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan; kamida 2 ta ilmiy maqola chop ettirgan. 3-bob. Tanlovga hujjatlarni qabul qilish 9. Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi (keyingi o‘rinlarda – Ilmiy bo‘lim) Kengashining qaroriga ko‘ra stipendiya bo‘yicha tanlovga hujjatlarni qabul qilish boshlanganligini, hujjatlarni qabul qilish muddatlari va tartibini institut web sayti, rasmiy telegram kanallarida stipendiya beriladigan yilning bahorgi semestrida e’lon qiladi. 10. Stipendiyaga talabgorlarning arizalari va tegishli hujjatlari tanlov bo‘yicha e’lon chiqqan kundan boshlab: bakalavriat va magistratura talabalaridan 10 ish kunida qabul qilinadi. 11. Tanlovda qatnashish uchun Ilmiy bo‘limga stipendiyaga talabgorning arizasi quyidagi hujjatlarni jildlagan holda taqdim etiladi: bakalavriat va magistratura talabalari tomonidan: nomzodning sinov daftarchasidan ko‘chirma (ko‘chirma fakultet muhri bilan tasdiqlanadi); tegishli fakultet dekani yoki kafedra mudiri va ta’lim muassasadagi yetakchi professor-o‘qituvchisining tavsiyanomasi (talabgorning ilmiy natijalari qisqacha bayon etilgan holda); ilmiy konferensiya va seminarlarda ishtirok etgan ma’ruza tezis/maqolalari (kamida 2 ta), nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalari ro‘yxati (fakultet muhri bilan tasdiqlanadi) va nusxasi; san’at yo‘nalishi bo‘yicha respublika va xalqaro miqyosidagi koʻrik-tanlov gʻolibligi; shuningdek, talabgorlarning institut va jamoat ishlaridagi faolligi inobatga olinadi. 12. Tanlovda qatnashish uchun hujjatlar aslining elektron nusxasi institutning [email protected] yoki [email protected] elektron pochtasiga yuboriladi. 13. Tanlovga quyidagi talabgorlarning hujjatlari qabul qilinmaydi:

ta’lim olayotgan fakultetning talabgor bo‘yicha uning ta’lim jarayonida o‘zlashtirish va tarbiyasi bo‘yicha e’tirozi bo‘lganida; ushbu Nizomga muvofiq avvalgi tanlovlarda stipendiant bo‘lganlar (ta’lim turi o‘zgargan hollarda bundan mustasno). 14. Talabgorlarning hujjatlari Ilmiy bo‘lim tomonidan qabul qilinadi. 4-bob. Tanlovga taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish 15. Tanlovda qatnashish uchun taqdim etilgan hujjatlar tanlov muddati tugagach bir hafta muddatda Tanlov komissiyasiga taqdim etiladi. 16. Tanlov komissiyasining qarori bilan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun ekspertlar belgilanadi. Ekspertlar Tanlov komissiyasi a’zolari va Institut professor-o‘qituvchilari yoki zarur hollarda boshqa tashkilotlardan jalb etilayotgan ekspertlarning roziligi bilan tayinlanishi mumkin. 17. Tanlovda qatnashish uchun taqdim etilgan hujjatlar ikki hafta muddatda ekspert tomonidan o‘rganiladi va o‘rganish natijalari bo‘yicha ekspertning xulosasi Tanlov komissiyasiga taqdim etiladi. 18. Ekspert xulosasida quyidagilar bayon etilishi zarur: tanlovga taqdim etilgan hujjatlar Nizom talablariga mosligi; talabgorni Stipendiyaga tavsiya etish bo‘yicha xulosasi. 19. Tanlovga taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda ekspert xulosasi taqdim etilgan taqdirda talabgor hujjatlari Tanlov komissiyasining yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi. 20. Tanlov komissiyasi yig‘ilishi uning a’zolaridan kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda o‘tkazilishi mumkin. 21. Tanlov komissiyasi yig‘ilishlarida ekspert xulosasi taqdim etilgan ishlar bo‘yicha talabgorlarning hujjatlari talabgorlarni taklif etilgan holda muhokama qilinadi. 22. Tanlov komissiyasining qarori oddiy ovoz yo‘li bilan ko‘pchilik ovozga ko‘ra qabul qilinadi va bayon shaklida rassiylashtiriladi. 23. Tanlovda qatnashish uchun taqdim etilgan hujjatlar Tanlov komissiyasi tomonidan tanlov e’lon qilingan yil, bahorgi semestrida ko‘rib chiqiladi. 24. Tanlov yakunlari bo‘yicha Tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan va stipendiya tavsiya etilgan talabgorlarning hujjatlari o‘rnatilgan tartibda Kengashda ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. 25. Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan va stipendiyaga tavsiya etilganlarning ro‘yxati Kengash raisi tomonidan buyruq asosida tasdiqlanib stipendiyani to‘lab berish uchun taqdim etiladi.

6-bob. Yakunlovchi qoidalar 26. Stipendiantlar bo‘yicha fakultet yoki bo‘limning institut ichki tartib qoidalarini buzganligi yoki ilmiy faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi to‘g‘risidagi taqdimnomasiga ko‘ra, Kengash qarori bilan stipendiya berilishi to‘xtatiladi. 27. Tanlovda qatnashgan talabgorlarning ariza va shikoyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. 28. Tanlovda qatnashish uchun kiritilgan materiallar qaytarib berilmaydi. Mazkur Nizom O‘zMMSI Kengashining 2023-yil fevral oydagi 7-sonli yig‘ilishida muhokama etilgan


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook