CENTER FOR ADVANCED TECHNOLOGIES OLIY TA'LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI HUZURIDAGI \"ILG'OR TEXNOLOGIYALAR MARKAZI\" FAOLIYATI VA ERISHILGAN NATIJALAR TO'G'RISIDAGI HISOBOTI
CENTER FOR ADVANCED TECHNOLOGIES MUNDARIJA Markaz haqida Eksperimental biofizika laboratoriyasi Biotexnologiya laboratoriyasi Xujayra texnologiyalari laboratoriyasi Fudomika laboratoriyasi Geofizika va nanomineralogiya laboratoriyasi Fizik-kimyoviy tadqiqotlar usullari laboratoriyasi CAT Science Accelerator FABLAB Makersapce 1
Markaz haqida 2018 yil aprel oyidan Ilg‘or texnologiyalar Markazi ilmiy-tadqiqot muassasasi maqomida Innovatsion rivojlanish vazirligi tarkibiga kiritilgan. Markaz vazirlikning texnologik maydonchasi bo‘lib, u olimlar, innovatorlar va tadbirkorlar, barcha ishtirokchilar va umuman O‘zbekiston Respublikasi uchun iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lgan qo‘shma yechimlar ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni tijoratlashtirish va transferi borasida tubdan yangi yondashish - Markazning asosiy xususiyati his oblanadi. Markazning asosiy maqsadi: istiqbolli g‘oyalar va innovatsion ishlanm alarni shakllantirishga yordam berish, shuningdek, uskunalar va infratuz ilmani almashish orqali yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni kompleks qo‘llab-quvvatlashdir. Markaz tadqiqot va innovatsiyalar sohasida yuqori standartlarni qo‘llashda yetakchilik qilishni maqsad qilgan. Mamlakatni innovatsion ekotizimini rivojlantirish va yangi “innovatsion fikrlovchi“ yoshlarni tayyorlashni, shu jumladan, fan sohasida gender tengligini qo‘llab- quvvatlashni ta’minlashda texnologik maydoncha bo‘lib xizmat qiladi. Asosiy faoliyati bo'yicha: Markaz tuzilmasida 7 ta ilmiy laboratoriya: biotexnologiya, eksperimental biofizika, fizik-kimyoviy tadqiqotlar usullari, geofizika va nanominerologiya, fudomiks, xujayralar texnologiyalari, BigData milliy laboratoriyasi, shuningdek, 2 ta bo'lim – tijoratlashtirish va texnologiyalarning transferi bo'limi va yangi axborot texnologiyalari tadqiqotlari va ilmiy-texnika ahboroti tahlili bo'limi faoliyat ko'rsatmoqda.Ilg'or texnologiyalar markazi fizika va nanomateriallar, biotexnologiyalar, biofizika, biokimyo, inson genetikasi, hujayra va to'qimalar muhandisligi, geofizika va nanominerologiya, ma'lumotlarnining katta massivlarini tahlil qilish, shuningdek, fudomiks - yangi ilmiy yo'nalish sohasida tadqiqotlar olib boradi. Hozirgi vaqtda Ilg'or texnologiyalar markazining shtatida 168 kishi, shu jumladan 141 tadqiqotchi, shu jumladan 17 fan doktori, 24 fan nomzodi va PhD. 2
Ilmiy salohiyat: Ilmiy faoliyat natijasida 250 ta dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi, ulardan 143 tasi xalqaro iqtiboslar ro'yxatiga kiritilgan (jumladan, Nature, Nature kommunikations, Ssientifik reports kabi yetakchi ilmiy jurnallarda), hozirda Markaz Nature jurnallarida nashr etilgan nashrlar soni bo'yicha butun respublika bo'yicha yetakchi hisoblanadi, hamda 13 ta darslik va monografiyalar nashr etilgan, 4 ta patentga talabnoma berilgan.2020 yil aprel oyida O'zbekistonda tarqalgan koronavirus genomining genetik ketma-ketligi birinchi marta o'rganilib, xalqaro ma'lumotlar bazasiga kiritildi.Ilg'or texnologiyalar markazi laboratoriyalarida 13 ta innovatsion mahsulot va texnologiyalar ishlab chiqildi. Erishilgan yutuqlar Xitoy Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya Instituti va “Zhifei Longkom Biopharmaseutikal”kompaniyasi bilan hamkorlikda ZF-UZ-VAK 2001 vaktsinasi uchinchi klinik tadqiqotlar o'tkazildi, ommaviy qo'llanilishiga ruxsatnoma olindi (jami sinov jarayonida O'zbekistondan 7000 ko'ngillilar ishtirok etdi).COVID-19 koronavirus infektsiyasiga qarshi 2 turdagi mahalliy vaktsinalar ishlab chiqilgan bo'lib, ulardan RENOVAK-Protein JSST nomzod vaksinalar ro'yxatiga kiritildi. Ilmiy mahsulotlarni tijoratlashtirishni ta'minlash maqsadida Markaz tomonidan“C.A.T. Science Akselerator \" va inkubator (2018 yil 11 sentyabrdagi 721-sonli VMQ,) tashkil etilgan. 2019 yildan 2023 yilgacha 5 ta akseleratsiya bosqichi o'tkazildi, unda 60 ta jamoa ishtirok etdi, 8 ta muvaffaqiyatli finalchi jamoalar moliyalashtirildi. Hozirda akseleratsiya dasturining 5-turi davom etmoqda. 3
CENTER FOR ADVANCED TECHNOLOGIES Fan, ta'lim va innovatsiyalarning integratsiyasi: ITM xodimlari tomonidan OTM talabalari uchun Markaz laboratoriyalari faoliyat yo'nalishlari bo'yicha 12 ta fan bo'yicha ma'ruza va laboratoriya mashg'ulotlari o'tkazilmoqda. Pedagogik kadrlar malakasini oshirish doirasida TDTU professor-o'qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazida “Ilmiy-innovatsion faoliyat” kursi bo'yicha ma'ruzalar o'tkazilmoqda.Molekulyar genetika yo'nalishi bo'yicha xorijiy mutaxassislar uchun trening o'tkazildi.Markaz bazasida yosh mutaxassislar tayyorlash vazifalari doirasida 160 ta bakalavriat va 86 ta magistrlik dissertatsiyalari ishlari bajarildi, respublika oliy quv yurtlarining 1-3- kurslarining 554 nafar talabalari uchun yozgi maktablar o'tkazildi, 68 nafar doktorantlar o'zlarining dissertatsiya ishlarining tajriba qismini Markaz laboratoriyalari bazalarida bajarishdi. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Markazda oliy ta'limdan keyingi ta'lim instituti tashkil etilgan va 4ta mutaxassislik bo'yicha kadrlar (tayanch doktorantura,stajyor- tadqiqotchilar va mustaqil izlanuvchilar) tayyorlanmoqda: Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim institutida 8ta tayanch doktorantura, 6ta stajer- tadqiqotchi va 6ta mustaqil izlanuvchi ilmiy ishlarni amalga oshirmoqda.Kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida Buyuk Britaniya, AQSH, Daniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Isroil, Rossiya va Belarusning yetakchi ilmiy markazlarida xodimlar uchun amaliyot muntazam tashkil etilmoqda. Jami 2018-2023-yillarda Markazning 44 nafar xodimi qisqa muddatli ilmiy stajirovkadan o'tdi.10 ta nomzodlik va 3 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi.Faol faoliyati uchun Markazning 8 nafar xodimi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi 2019-2022 yillarda \"Fan va innovatsiya\" xalqaro yosh olimlar anjumani 4 marta o'tkazildi. Anjumanlarda O'zbekiston, Rossiya, Belarus`, Ukraina, Qirg'iziston, Tojikiston, Qozog'iston, Germaniya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, AQSH va Yaponiya olimlari ishtirok etdi. 4
Tadqiqot natijalari O’zbekistonda koronavirus pandemiya 2020-yil mart oyi o’rtalarida qayd etildi. Natijada, yurtimizda SARS-CoV-2 virusini aniqlovchi PZR test sistemalariga ehtiyoj oshib ketdi. Ayni shu sababdan markaz xodimlari qisqa muddatlarda virus aniqlash uchun PZR test sistemasini ishlab chiqdilar. Keyinchalik ishlab chiqilgan test sistema Biotest LAB kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilib, 2020- 2023 yil oralig’ida jami 40 000 ta test to’plami butun O’zbekiston bo’ylab yetkazilib berildi. Shuningdek, olimlarimiz O’zbekistonda tarqalga koronavirus shtammlarini aniqlash ‘Genomic 4 surveillance’ bo’yicha ham tadqiqotlar olib borib, yurtimiza delta va omicron shtammlarining mavjudligi va ularning tarqalishini o’rgandilar. Pandemiya davrida vaksinalarni ishlab chiqish o’ta dolzarb ekanligi yana 4 bir marta namoyon bo’ldi. Shu sababdan, ham olimlarimiz virusning tashqi S oqsilining retseptorga bog’lanuvchi domeni asosida rekombinant vaksina antigenini olish texnologiyasini ishlab chiqdilar. 5
Erishilgan yutuqlar CENTER FOR ADVANCED TECHNOLOGIES O’zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi recombinant asosga ega bo’lgan vaksina ishlab chiqilib, vaksinaning xavfsizligi va immunogenligi preklinik tadqiqotlarda o’rganildi. Markaz ishlanmalari \"Dubai EXPO 2020\" xalqaro ko'rgazmasida (2022 yil 26-30 mart) taqdimoti bo'lib o'tdi. 6
Yoshlar yutuqlari CENTER FOR ADVANCED TECHNOLOGIES Laboratoriyada tayyorlan gan maktab o’quvchilaridan Biologiya xalqaro olimpiadalarida jami 7 ta medal qo’lga kiritilgan, Biotexnologiya yozgi maktablarida 45 dan ortiq talabalar amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishgan. 7
CENTER FOR ADVANCED TECHNOLOGIES Experimental biofizika laboratoriyasi Ilmiy faoliyat yo'nalishlari Charishnikova Oksana Eksperimental biofizika laboratoriyasi asosiy Laboratoriya mudiri e'tibori kasalliklar rivojlanishining molekulyar mexanizmlarini patologiya modellari yaratish orqali o'rganish (in silico, in vitro, in vivo), yangi bioregulyatorlarni izlash, shu jumladan bioinformatika usullari yordamida hujayra nishonlaribilan molekulyar o'zaro ta'siri mexanizmlarini aniqlash, moddalarning biologik faolligini tekshirish va ularning ta’sirining molekulyar mexanizmini aniqlashga qaratilgan. 8
Experimental biofizika laboratoriyasi Laboratoriya xodimlari Xodimlarining umumiy soni 31 nafar. Shulardan 1 nafar fan doktori va 5 nafar PhD ishlamoqda, 10 nafar xodim bakalavr va magistr darajasiga ega. 4 nafar tayanch doktoranti o’z ilmiy ishini olib bormoqda. Laboratoriya tarkibida 40 yoshgacha bo’lgan yosh xodimlar ulushi 94% (29), ayol xodimlar ulushi esa 55% (17)ga yetadi. Yoshlar bilan amaliy mashg'ulotlar Laboratoriya ilmiy xodimlari yosh olimlarni ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishga jalb etish, ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari magistrant va PhD doktorantlarining ilmiy ishlariga yo‘l-yo‘riq va maslahat berish, shuningdek, bakalavriat talabalarining amaliyot o‘tashlariga ko‘maklashish orqali yoshlar bilan tizimli ish olib boradi. Laboratoriya bazasida har yili ishlab chiqilgan original o'quv dasturlari asosida biofizika bo'yicha yozgi maktablar o'tkaziladi. 9
Loyihalar Loyihaning asosiy g‘oyasi: Amaliy loyiha PZ-2021030217 «Inson va hayvonlarning patologik holatlari va kasalliklarining in vitro va in vivo imitatsion modellarini yaratish » 2021-2024 yillar, loyiha rahbari PhD, Bayev A.Yu. Yoshlar loyihasi AL-21091556 Loyihaning asosiy g‘oyasi: «Parkinson kasalligining hujayra modelini ishlab chiqish» 2023 yil, loyiha rahbari MD, Nebesnaya K.S. Amaliy loyiha I-IRV-2021-463 Loyihaning asosiy g‘oyasi: «Biotexnologik maxsulotlarning ilmiy ishlanmalarini yaratish jarayonlarini monitoring qilish uchun raqamli platforma ishlab chiqish » 2021 – 2023 yillar, loyiha rahbari b.f.n., Levitskaya Yu.V. Amaliy loyiha AL-36-2105821c Loyihaning asosiy g‘oyasi: «Inson va xayvonlar patologik holatlari va kasalliklarining in silico imitasion modellarini ishlab chiqish» 2022-2025 yillar, loyiha rahbari Dsc, Razzokov J.I. 180
CENTER FOR ADVANCED TECHNOLOGIES BIOTEXNOLOGIYA LABORATORIYASI Ilmiy faoliyat yo'nalishlari Biotexnologiya laboratoriyasi quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy faoliyat olib boradi: odam va o‘simliklarning molekulyar genetikasi, gen muhandisligi, mikrobiologiya, fudomika va metabolomika. Abdullaev Alisher Abdumavlyanovich Laboratoriya mudiri 11
BIOTEXNOLOGIYA LABORATORIYASI Laboratoriya xodimlari Laboratoriya faoliyatiga 35 dan ortiq tadqiqotchilar jalb etilgan, jumladan, 2 fan doktori, 5 fan nomzodi, 8 tayanch doktorant va 5 nafarstajyor-tadqiqotchi hamda universitet talabalari ham faoliyat olib bormoqdalar. Yoshlar bilan amaliy mashg'ulotlar Laboratoriya universitetlar bilan faol ish olib bormoqda. Laboratoriya xodimlari rahbarligida bakalavr va magistrlik dissertatsiyalari doimiy ravishda olib borilmoqda, yozgi maktablar va treninglar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, xodimlarimiz maktab o‘quvchilarini biologiya fanidan xalqaro olimpiadaga tayyorlamoqda. 12
BIOTEXNOLOGIYA LABORATORIYASI Faoliyat Ilg‘or texnologiyalar markazida genetik texnologiyalar sohasida dunyoning yetakchi kompaniyasi bo‘lmish Xitoyning BGI Group kompaniyasi bilan birgalikda homilador ayollarning noinvaziv prenatal skriningi (NIFTY) yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni neonatal skrining (NBS) kattalar va bolalar irsiy kasalliklari skriningi o‘tkazish rejalashtirilgan. Ilg‘or texnologiyalar markazida genetik texnologiyalar sohasida dunyoning yetakchi kompaniyasi bo‘lmish Xitoyning BGI Group kompaniyasi bilan birgalikda homilador ayollarning noinvaziv prenatal skriningi (NIFTY) yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni neonatal skrining (NBS) kattalar va bolalar irsiy kasalliklari skriningi o‘tkazish rejalashtirilgan. Loyihalarni amalga oshirish uchun qon, plazma, to'qimalar, DNK ko'rinishidagi biologik namunalar (odamlar, hayvonlar, o'simliklar, mikroorganizmlar) to'plangan. Kelgusida Markaz negizida aholining turli genetik tadqiqotlarini o‘tkazish, jumladan, ularning genom bo‘yicha tavsifini o‘tkazish uchun mahalliy DNK bankini tashkil etish rejalashtirilgan. Bu xalqaro grantlar olish, yetakchi xorijiy ekspertlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish istiqbollarini ochadi. 13 nanominera
Loyihalar FZ-2019121924 «Molekular- genetik markerlar yordamida bakterial kuyish, kal-maraz va un shudrirng kasalliklariga chidamlilik geni bo‘lgan maxalliy olma navlarini aniqlash». Loyihaning asosiy g‘oyasi: boshqa ekinlar genomik darajada xarakterlanadi va ularning genetik xilma-xilligi kasalliklarga chidamliligi bilan tavsiflanadi. Fermer xo‘jaliklari va issiqxonalar uchun mevali ekinlar naslchilik materialining turli patogenlarga genetik chidamliligini aniqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi. PZ-202103029 «2-tip qandli diabetga moyillikni erta tashhislash uchun SNP- markerlarni genotiplash asosida test-sistemalar ishlab chiqish» . Loyihaning asosiy g‘oyasi: 2-tip qandli diabet kasalligini bir necha yuz lokuslarini NGS metodi yordamida o’zbek populyatsiyasini maqsadli sekvenlash uchun skrining panel ishlab chiqiladi. FZ-201811215 «Hujayra komponentlari asosida yurak- qon tomir kasalliklarini erta tashxislash uchun biomarkerlar panelini yaratish». Loyihaning asosiy g‘oyasi: Loyihaning asosiy g‘oyasi: 2-tip qandli diabet kasalligini bir necha yuz lokuslarini NGS metodi yordamida o’zbek populyatsiyasini maqsadli sekvenlash uchun skrining panel ishlab chiqiladi. 14
CENTER FOR ADVANCED TECHNOLOGIES IRV-2021-468 «Gen muhandisligi asosida rekombinant brazzein oqsilini olish texnologiyasini yaratish». Loyihaning asosiy g‘oyasi: Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mamlakatimizda shakar o‘rnini bosuvchi brazzein oqsilini olish texnologiyasini yaratish va bu oqsildan yanada foydalanish imkonini beradi. Bu keng ko'lamli ishlab chiqarish uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkin, shuningdek, startap loyihasini yaratish va boshlang'ich kompaniyani muvaffaqiyatli tijoratlashtirish. А-СС-202202114 “COVID-19 tashxisi qo‘yilgan bemorlarda kasallikning aniqlanishi, rivojlanishi va o‘limga olib keluvchi tendensiyalarni mashinali o‘rganish yordamida ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish”. Ishlab chiqilgan bashorat modeli quyidagilarga imkon beradi: bemorlarda Covid-19 kasalligining og'irligini bashorat qilish va shaxsiylashtirilgan davolanishni tanlash, muhim biomarkerlarni aniqlash, shuningdek, boshqa kasalliklar uchun o'xshash bashorat modellarini ishlab chiqish va ularni tibbiyotda qo'llash imkoniyatini yaratadi. 15
CENTER FOR ADVANCED TECHNOLOGIES HUJAYRA TEXNOLOGIYALARI LABORATORIYASI Ilmiy faoliyat yo'nalishlari Laboratoriyaning ilmiy qiziqishlari o’zak hujayralar (gematopoetik, mezenximal, fibroblast) bankini tashkil etish, ilmiy va tibbiy maqsadlar uchun sertifikatlangan inson va hayvon hujayralari liniyasini saqlash va to'ldirish, hujayra biotibbiyot mahsulotlarini, shu jumladan rekonstruktiv va almashtirish terapiyasi uchun muhandislik tuzilmalari uchun to'qimalarni ishlab chiqish va tadbiq qilish. 16
HUJAYRA TEXNOLOGIYALARI LABORATORIYASI Ilmiy ishlanmalar Inson va hayvon hujayralari banki To'qimalarga xos mezenximal o’zak hujayralari Charv yog'i Kindik ichakgi va platsenta Suyak iligi Gematopoetik o’zak hujayralari Kindik Qoni Birlamchi hujayra kulturasi Teri Fibroblastlar Kardiyomiyositlar Neyronlar Abadiylashtirilgan hujayra kulturasi -CHO, Hek 293, Vero va boshqalar 17
Loyihalar «O‘zak xujayralar bankini yaratishga mo‘ljallangan texnologik platforma yaratish». Loyiha rahbari Charishnikova O. S. Stomatologiya, onkologiya, onkogemotologiya, travmatologiya va jarrohlik uchun o‘zak hujayralari va to‘qima muhandislik tuzilmalari asosida mahsulotlar olish texnologiyasini ishlab chiqish. Loyiha rahbari N. A. Tsiferova. Оdam va hayvonlarning hujayra liniyalari to'plamini yaratish va saqlash. Loyiha rahbari Tsiferova N. A. 18
HUJAYRA TEXNOLOGIYALARI CENTER FOR ADVANCED LABORATORIYASI TECHNOLOGIES Tashrif O‘zak hujayralari banki konsepsiyasi, shuningdek, hujayra muhandisligi sohasidagi ishlanmalar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevga 2021-yil 19-oktyabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida \"INNO\" innovatsion texnoparki ochilishiga bag'ishlangan uchrashuvda ma'lum qilindi. 19
CENTER FOR ADVANCED TECHNOLOGIES FUDOMIKS LABORATORIYASI Faoliyat Foodomika - bu oziq-ovqat mahsulotlarini va umuman oziq-ovqat tizimini o'rganish va tahlil qilish uchun zamonaviy biotexnologiyalar va bioinformatikani qo'llashga asoslangan ilmiy yo'nalish. Bu soha oziq- ovqat tarkibiy qismlarining genetik, biokimyoviy va mikrobiologik xususiyatlarini va ularning inson salomatligiga ta'sirini o'rganadi, bu oziq-ovqat jarayonlarini optimallashtirish va ovqatlanish va aholi salomatligini yaxshilash uchun innovatsion mahsulotlarni yaratish imkonini beradi. METABOLOM VA GENOM PROFIL QONUNIYATLARINI FUDOMIKS YONDASHUVIGA ASOSLANGAN OZIQ- OVQAT XAVFSIZLIGINI OSHIRISHGA VA AHOLI SALOMATLIGINI MUXOFAZA QILISHGA YO‘NALTIRILGAN INDIKATORLARI SIFATIDA O‘RGANISH 20 nanominera
Loyihalar F-2021-156 «Metabolom va genom profil qonuniyatlarini fudomiks yondashuviga asoslangan oziq-ovqat xavfsizligini oshirishga va aholi salomatligini muxofaza qilishga yo‘naltirilgan indikatorlari sifatida o‘rganish» Loyihaning asosiy g‘oyasi: Ishlab chiqilgan tahlil usullari va standart operatsion jarayonlar oziq-ovqat sifatini nazorat qilish tizimida qo'llaniladi. Ishlab chiqilgan parhez tavsiyalari turmush sifatini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston aholisi orasida ovqatlanish va shaxsiylashtirilgan tibbiyotda qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, doimiy oziq-ovqat skriningi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sifati va texnologiyasini yanada yaxshilash uchun aholi tomonidan iste'mol qilinadigan mahsulotlar sifatini baholashga yordam beradi. ERASMUS-EDU-2022- CBHE“ECAMPUZ – O‘zbekiston olimlari uchun oziq-ovqat fanlari va texnologiyalari bo‘yicha Yevropa jahon iste’dodlar lageri – ERASMUS-EDU- 2022-CBHE” Loyihaning asosiy g‘oyasi:xalqaro loyiha Yevropa Ittifoqi hamkorligida moliyalashtiriladi. Loyiha O‘zbekistonda oziq-ovqat sanoati sohasida “Barqaror o‘sish va ish o‘rinlarini yaratish” (“Bilimlar uchburchagi, innovatsiya” kichik toifasi) bilan bog‘liq milliy ustuvorliklarni hal qilish uchun salohiyatni oshirish, barqaror vositalarni ishlab chiqish va joriy etishga qaratilgan. 21 nanominera
REP-25112021/127 O'zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibini va ularning inson sog'lig'iga ta'sirini chuqur o’rganish Loyihaning asosiy maqsadi: mass-spektrometriya yordamida O‘zbekistonda istemol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini molekulyar tarkibining keng ko‘lamli bankini yaratishdan iborat. Yuzlab mahalliy oziq-ovqat mahsulotlar tarkibini o'rganish orqali loyihamiz mamlakatda o'limga olib keluvchi asosiy sababilardan biri bo'lgan yurak-qon tomir kasalliklari ko'payishi bilan bog'liq bo'lgan ustuvor sabablarga ahamiyat berishga intiladi. Loyiha, shuningdek, oziq-ovqatning inson salomatligiga ta'sirini molekulyar asoslarini tushunish uchun, oziq-ovqat va inson bio-suyuqliklarida noma'lum molekulalarning aniqlash va ularning ma'lumot bazasini yaratish va mahalliy oziq-ovqatlarning sog'liqqa ta'sirini o'rganishga qaratilgan. Bekzod Hakimov - Fudomiks laboratoriyasi maslahatchisi. Kopengagen universiteti professori. Daniya 22
CENTER FOR ADVANCED TECHNOLOGIES Ilmiy faoliyat yo'nalishlari Laboratoriyaning maqsadi geologiya sohasining ilmiy va innovatsion Ilhom Alimuxamedov faoliyatini rivojlantirish uchun shart- Laboratoriya mudiri sharoitlar yaratish, shuningdek, laboratoriya bazasining ilmiy va innovatsion salohiyatidan samarali foydalanish orqali fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlashdan, jumladan ilg‘or innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat. 23
Laboratoriya xodimlari Laboratoriya xodimlari ilmiy va amaliy loyihalarda ko‘p yillik tajribaga ega. Laboratoriya faoliyatida 3 nafar fan doktori va 7 nafar fan nomzodi ishtirok etmoqda, 23 nafar xodim bakalavr yoki magistr darajasiga ega. 40 yoshgacha bo‘lgan xodimlar soni 15 kishi. Laboratoriyada 8 nafar ayol ishlaydi. Yoshlar bilan amaliy mashg'ulotlar Laboratoriya xodimlari geologiya sohasida kadrlar tayyorlash bo'yicha faoliyat olib borayotgan yetakchi oliy o'quv yurtlari bilan faol hamkorlik qiladi. Yozgi maktablar va amaliyotlar har yili, ma'ruzalar va amaliy mashg'ulotlar yil davomida o'tkaziladi. Bundan tashqari, Geofizika va Nanomineralogiya laboratoriyasi o‘quv jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni integratsiyalashda ishtirok etadi. 24
Faoliyat Laboratoriyada fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish bilan kesmaning yuqori qismini 3D birga, geologiyaning turli muammolarini geologik modelini qurish hal qilish bo‘yicha tadqiqotlar olib boriladi. Ayni paytda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash orqali olimlar va tadqiqotchilarni hamkorlikka jalb etish uchun zarur shart-sharoit yaratilmoqda. Akademik, universitet va sanoat fanlari bilan hamkorlikning samarali shakllari yo‘lga qo‘yildi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. arxeologiyada geofizika chiziqli ob'ektlarni tekshirish xavfli geologik jarayonlarni (ko'chkilar, bino va inshootlarning seysmik karstlar va boshqalar) o'rganish monitoringi 25 nanominera
Loyihalar IL-5221091401 «Bino va inshootlarning seysmik ta’sirga qarshilik tanqisligini baholash uchun apparat- dasturiy kompleks yaratish» Loyihaning asosiy g‘oyasi: bino va inshootlarning seysmik chidamliligi yo‘qligini baholash uchun mahalliy apparat-dasturiy kompleksni ishlab chiqishdan iborat. Rivojlanish samaradorligi, mahalliy sharoitga moslashuvi va xorijiy hamkasblarga nisbatan arzonligi bilan ajralib turadi AL-21091412 «Oʻzbekistonning intruzivlari (karbongacha): nodir va rangli metallar rudasining nanomineralogik va geokimyoviy mezonlari boʻyicha istiqbolli hududlarni aniqlash» Loyihaning asosiy g‘oyasi: Oʻzbekistondagi karbongacha boʻlgan intruziyalar (plutonik va subvulkanik) qimmatbaho va asosiy metallarning ruda tarkibini aniqlashning samarali usullari va mezonlarini ishlab chiqishga qaratilgan. ALM-202109013 «Аrxeologik yodgorliklarni tadqiq etishda innovatsion geofizik, biologik, fizik-kimyoviy texnologiyalarni qoʼllash (Dalvarzintepa, Qoratepa, Xayrabodtepa va Loylagan mozor-qoʼrgʼoni misolida)» 26
Loyihalaning asosiy go'yasi: Tadqiqot ob'ekti tuproq qatlami bilan yashiringan arxeologik ob'ektlar va geofizik maydonlar o'rtasidagi aloqalarni aniqlashdir. Tadqiqotning maqsadi - arxeologik yodgorliklarni o'rganishda geofizik, biologik, fizik- kimyoviy usullarni qo'llash, tekshirilayotgan ob'ektlarning tarixiy ma'lumotlarini tiklashdir PZ-202008288 «Geologiya yo'nalishida taʼlim olayotgan talabalarga amaliy mashgʼulotlarni oʼtkazish uchun geofizika fanidan raqamli dasturlar majmuasini yaratish» Loyihaning asosiy g'oyasi: talabalar tomonidan geologik muhitda fizik maydonlarning tarqalish jarayonlarini ko'rgazmali tasvirlash uchun geofizik usullar bo'yicha laboratoriya va amaliy ishlar majmuasini ishlab chiqish. REP-24112021/70 «Oʻzbekiston yashil iqtisodiyoti uchun kam uglerodli texnologiyalarni resurslar bilan taʼminlash» Loyihaning asosiy g'oyasi: yangi dala va laboratoriya natijalari bilan birlashtirilgan eskirgan ma’lumotlarni maxsus ArcGIS platformamizda saqlanadigan energiya muhim elementlar konlarining yangi geoma’lumotlar bazasiga birlashtirishdan iborat. 27
CENTER FOR ADVANCED TECHNOLOGIES Ilmiy faoliyat yo‘nalishlari Nazarov Xamdam Fizik-kimyoviy tadqiqotlar usullari Tursunqulovich laboratoriyasida fizika, kimyo va (laboratoriya mudiri) energetikaning zamonaviy sohalarida, jumladan, nanofizika, lazer texnologiyasi, polimerlar fizikasi, nano- va fotokataliz, qayta tiklanuvchi energiyalar va ularning sanoatda qoʼllanilishi (metallurgiya, elektron, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati, qurilish va boshqalar) boʼyicha fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalar ustida ishlar olib boriladi. 28
CENTER FOR ADVANCED TECHNOLOGIES Hodimlar Laboratoriyamizda 2 nafar fan doktori, 6 nafar fan nomzodi, 12 nafar bakalavr yoki magistr darajasiga ega xodimlar faoliyat olib bormoqda. Shulardan 40 yoshgacha boʼlgan xodimlar sonining 40% ni tashkil qiladi. Yoshlar bilan amaliy mashg'ulotlar Fizik-kimyoviy tadqiqotlar usullari laboratoriyasi ilm-fan sohasida kadrlar tayyorlashda yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan faol hamkorlik qiladi. Yozgi maktab va oʼquv amaliyot darslari doimiy tarzda tashkilllashtirib, laboratoriya hodimlari tomonidan olib boriladi. 29
Faoliyat Bizning faoliyatimiz tadqiqotlarning texnik muammolarini birgalikda hal qilish va zamonaviy texnologiyalarning transfer jarayonlarida ishtirok etishdan iborat. Shuningdek, mahsulotlarni sifatini nazorat qilish va texnologik komplekslarni modernizatsiya qilish maqsadida ilmiy ishlarni bajarishdan iborat. Bundan tashqari bizning jamoamizning faoliyati yoshlararo trening va vebinarlar orqali zamonaviy qurilmalarda ishlash koʼnikmalarni rivojlantirib ularga to'gʼri motivatsiya berish va jamoviy maqsadga erishishga yo'naltirilgan. Kelgusidagi rejalar Shahar va qishloq infratuzilmasi, yirik sanoat ob’ektlarida atrof-muhit o‘zgarishini o‘rganish bo‘yicha ko‘chma laboratoriya tashkil etish. Klinkerni murakkab qo'shimcha bilan mexanik faollashtirish asosida olingan sementdan yuqori unumdorlikka ega yangi avlod betonini yaratish. Texnik suvni tozalash va parchalash uchun funktsional materiallar asosida ishlab chiqilgan fotokatalizatorlarni sinov maydonchasida tajriba-sinovdan o'tkazish. 9 30
Qilinayotgan ishlar CENTER FOR ADVANCED TECHNOLOGIES Yuqori temperaturali oʼta oʼtkazuvchan materiallar (tasma) n ing mikro tuzilishini kompleks tadqiq qilish va ularning tok oʼtkazuvchanlik xususiyatlarini oshirish usullari. Fizik-kimyoviy usullar va lazer nurlanishi ta`sirida metall oksidlarida rivojlangan sirt shakllanish jarayonlarini tadqiq qilish; 9 31
Laboratoriya xizmatlari CENTER FOR ADVANCED TECHNOLOGIES EVO MA10 SEM Carl Zeiss skanerlash elektron mikroskop yordamida materiallarning sirt morfologiyasi, lokal element tarkibi va elementlarning taqsimlanishining tasvir koʼrinishi; Metall va qotishmalarning, polikristal kukunli materiallarning, plyonkalarning kristall tuzilishini rentgen difraktsiyasi va rentgen fazalarini XRD Empyrean (PANalytical) qurilmasida tahlil qilish; ICP—MS iSAP—Qc (Thermo Scientific) qurilmasi yordamida oʼta toza va koʼp komponentli namunalarning massa/zaryadi boʼyicha element va izotop ionlarini standartlarga nisbatan sifat va miqdoriy tahlili; Past va yuqori molekulyar ogʼirlikdagi moddalarni xromatografik ajratish va ularni Agilent 5977А mass detektorli Agilent 7890B gaz xromatografida identifikatsiya qilish; UV-3600 SE (Shimadzu) 9 32 spektrofotometrda UB va koʼrinish diapazonida materiallarning optik yutilish, oʼtkazish va qaytarish spektrlarini tahlil qilish (eritmalar, plyonkalar, shishalar, kristall koʼrinishidagi namunalar);
CAT Science Accelerator Ishtirok etish uchun ariza topshirgan startaplar 1242 ta 500 2022 2023 2024 2025 400 300 200 100 0 2021 Jamoada mentor va trekkerlar 18 ta startaplar Investorlarini topdi 54 ta startap Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan Xar yili 42 ta interfaol kurslar va seminarlar 33
CENTER FOR ADVANCED TECHNOLOGIES CAT Science Accelerator Faoliyat Ilmiy startap loyihalarni Ushbu startap akselerator yuqori texnologiyalarga ega kichik amalga oshirishda real kompaniyalar uchun Ilg’or texnologiyalar markazi qoshida amaliy yordam ko‘rsatish mavjud infratuzilma, binolar, laboratoriyalar va uskunalarni maqsadida CAT Science imtiyozli shartlarda taqdim etgan holda ishlaydi. Accelerator dasturi yaratildi. CAT Science Accelerator 5.0. dasturining 5-roundi 2023-yilda ishga tushirildi. 34
CENTER FOR ADVANCED TECHNOLOGIES MAKERSPACE-FABLAB Faoliyat Ilmiy seminarning o‘ziga xos jihati shundaki, barcha laboratoriyalar o‘z bilimlari va ishlanmalari bilan o‘rtoqlashadilar. Ilmiy ustaxona zarur ilmiy mahsulotlar va qismlarni individual mustaqil ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Ustaxonada CNC dastgohi (ЧПУ-станок), 3D printer, 3D skaner, lazerli kesgich va elektron platalarni yasash dastgohi mavjud. Markazning akseleratsiya dasturi doirasida Makerspace ilmiy ustaxonasi ilmiy mahsulotlar prototiplarini yaratish uchun startap akseleratori ishtirokchilari bilan ishlaydi. Uskunalar boshlangich o'z g'oyalarini amalga oshirishi uchun tanlangan. 35
Xalqaro jurnallarda chop CENTER FOR ADVANCED etilgan maqolalar TECHNOLOGIES Natijalar 36 12 ta xorijiy maqolalar 13 та mahalliy maqolalar 29 ta tezis: 22 ta respublika miqyosida 7 ta xalqaro 1ta monografiya 2ta o'quv qo'llanma 2ta mualliflik qo'llanmasi
Yozgi maktab CENTER FOR ADVANCED TECHNOLOGIES Markazda xar yili OTM talaba yoshlar uchun yozgi maktab dasturi ishlab chiqilgan.Unga ko'ra talabalar o'quv amaliyoti hamda amaliy mashg'ulotlar bo'yicha xar bir laboratoriyada soxaga oid yo'nalish bo'yicha o'qitiladi.Bunga ko'ra yoz oylarida laboratoriyalar yozgi maktab yo'nalishi bo'yicha rasmiy web saytlarda qabul haqida e'lon qilishadi. 37
XoXrAijLiQy AvRaOmVaAhaMllAiyHAhLaLmIYkorlar CENTER FOR ADVANCED HAMKORLAR TECHNOLOGIES HAMKORLAR 38
CENTER FOR ADVANCED TECHNOLOGIES 39
Anhui Zhifei longcom Kopengagen Universiteti BGI kompaniyasi Xitoy Fanlar Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon ekologiya va akademiyasi Shinjon geografiya instituti ekologiya va nanomine geografiya instituti 40
www.cat-science.uz [email protected]
Search
Read the Text Version
- 1 - 42
Pages: