Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore AXBOROT TIZIMLARI

AXBOROT TIZIMLARI

Published by Muxiddin Sobirjonov, 2023-08-09 10:28:11

Description: AXBOROT TIZIMLARI

Search

Read the Text Version

["sotib oluvchi sotuvchi serveri shlyuz sotuvchi banki Brouzer Tranzaktsiyani Alishtirish boshqarish Aniqlash va xisob kitob Rasm 11.1. Elektron to\u2019lovlarni amalga oshirish tizimi Ushbu rasmdan ko\u2019rinib turgandek, sotib oluvchi brouzer ya\u044cni dastur yordamida tovar sotuvchining WEB-serverida joylashgan formani tuldirib kerakli buyurtmani amalga oshiradi. Ko\u2019pgina sotuvchilarning WEB- serverlarida buyurtma qoldirish uchun muljallangan formalar mavjud. To\u2019ldirilgan forma sotuvchining serverida joylashgan ma\u2019lumotlar bazasiga kiritiladi. Elektron to\u2019lov tizimi o\u2019z ichiga quyidagi xisoblashish ko\u2019rinishlarini oladi: \uf0b7 Bank kartalari; \uf0b7 Elektron cheklar; \uf0b7 Raqamli pullar; \uf0b7 Elektron pullar. Bank kartalari katta va o\u2019rta miqdordagi to\u2019lovlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Elektron cheklar esa asosan kichik miqdordagi, tez amalga oshirilishi kerak bulgan to\u2019lovlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Elektron pullar, ya\u044cni pullarni elektron ko\u2019rinishda uzatish nazarda tutilmoqda, asosan katta miqdordagi tulovlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Bank kartalari - bu intellektual kartalarning bir turidir. Intellektual karta - umumiy termin bo\u2019lib, ishlatilish maqsadi, xizmat ko\u2019rsatish to\u2019plamlari, texnik imkoniyatlari, ishlab chiqargan instituti bilan farqlanadigan hamma kartalarni o\u2019z ichiga oladi. Intellektual kartalarning o\u2019ziga xos tomoni shundaki, ular amaliy dasturlarda ishlatiladigan ma\u2019lumotni o\u2019zida saqlaydi. Bunday kartalarni binoga kiruvchi kalit, kompyuterga kiruvchi kalit, xaydovchilik guvohnomasi sifatida ishlatish mumkin. 11.3. Interaktiv moliyaviy amallar Internet paydo bulgandan beri iqtisodiy-moliya jarayonlari global miqyosda ortib bormoqda. SHu vaqtning o\u2019zida moliyaviy muxitning dinamikasi kuchayishi uning barqarorligini susaytirmoqda, bu esa o\u2019z navbatida inkirozga uchrash darajasini oshirada. Moliyaviy muxit o\u2019z ma\u2019nosiga ko\u2019ra maksimal axborotlashgan va virtuallashgandir. SHu sababdan Internet texnologiyalari bank ishiga hamda brokirlik xizmatlariga singdirilmoqda. YAngi telekommunikatsiya qurilmalari moliyaviy operatsiyalarni tez va kam xarajatlar evaziga amalga oshirishni ta\u2019minlaydi. 151","Bank ishiga Internetni singdirish uch xil yo\u2019ldan bormoqda: \uf0b7 Bankning va boshqa xujjatlarni elektron qayta ishlash; \uf0b7 Tulov tizimini kompyuterlashtirish, ya\u044cni tulov operatsiyalarini kompyuterlar orqali amalga oshirish; \uf0b7 Bankning ishchi stantsiyalari o\u2019rtasida aloqani o\u2019rnatish uchun telekommunikatsiya tizimlaridan foydalanish. Ixtiyoriy tadbirkor o\u2019ziga xizmat ko\u2019rsatish uchun bank tanlayotganda \u201cQulay, Ishonchli, Foydali\u201d degan qoidaga rioya qiladi. Bu esa uning e\u044ctiborini beixtiyor banklarning kompyuterlashtirilganiga va Internet-bank ishiga tushadi. Internet-bank ishi bu ma\u2019lumotlar bazasi, dasturlar va boshqa qurollarning yig\u2019indisidan iborat bo\u2019lib, ma\u2019lumotlarni bir joyga to\u2019plash hamda ulardan Internetga ulangan kompyuterlardan foydalanish imkonini berish. Internet- bank ishini O\u2019zbekiston Respublikasida tashkil qilish yo\u2019nalishi va ular uchun ishlatiladigan dasturlar tijorat banklarining ravnaqiga va davlatning moliyaviy siyosatida muxim o\u2019rin tutishi lozim. SHu maqsadda bank ishi sohasida katta yutuqlarga erishgan davlatlar tajribasini o\u2019rganishimiz lozim 11.4. Elektron tijorat va elektron to\u2019lov tizimi Elektron savdo- sotiqning yaratilishiga 1970 yilda AQSH da ma\u2019lumotlarni kompyuter tarmoqlarida elektron ko\u2019rinishda - EDI(Electronic Data Exchange) va banklar orasida pullarni elektron almashishning paydo bo\u2019lishi asos bo\u2019ldi. Internetni rivojlanishi xamma savdo- sotiq bilan shug\u2019ullanadigan firmalarning hamda mijozlarning bu texnologiyaga bulgan qiziqishi tezda ortdi. Internet sub\u2019ekt darajasida elektron savdo-sotiqni rivojlanishiga olib keldi. Kichik korxonalar va shaxslar, o\u2019zlarining tijorat kelishuvlari va boshqa turdagi operatsiyalarini elektron rejimda, ya\u044cni aniq vaqt (on-line) rejimida \u2013 pul almashtirish bankomatining ishlash rejimida olib borishadi. Bankomat bilan prossing markaz o\u2019rtasida bo\u2019ladigan hamma operatsiyalar va xisob raqamlar bo\u2019yicha tranzaktsiyalar real vaqt birligida amalga oshiriladi. Elektron savdo- sotiq asosida yangi savdo- sotiq korxonalarini \u2013elektron dukonlarni yaratmoqda, rakobatning kattaligi sababli ularda yangi turdagi xizmatlar va tovarlar paydo bo\u2019lmoqda. Elektron savdo- sotiq asosiy momenti bo\u2019lib tovarlarni Internetda aylanishi xisoblanadi. Tovarning aylanishi , uni sotishga muljallangan tuliq kompleks tadbirlar asosida amalga oshirilishi lozim. Ular axborotni ishlab chiqish va ishlatish, reklama tadbirlari va shunga o\u2019xshash tadbirlardir. Tovarning Internetda aylanishining quyidagi usullari bor \uf0b7 Bannerlar orqali reklama \uf0b7 Offlayn reklama \uf0b7 Qidiruv tizimlariga va kataloglarga ro\u2019yxatga o\u2019tish orqali reklama Bannerlar orqali reklama. Banner (inglizcha banner \u2013 katta xarflar bilan yozilgan sarlavxa) reklama beruvchining WEB-saxifasi bilan giperssilka orqali bog\u2019langan 152","aniq ko\u2019rinishga ega rasmdir. Bannerlarning qo\u2019yidagi o\u2019lchovlari keng tarqalgan: 468x60, 400x50, 88x31. Offlayn reklama. Offlayn reklama bu Internet- kompaniyalarning tovarlarini radio orqali reklama qilishdir. Boshqacha qilib aytganda, Internet- kompaniyalar o\u2019zining ishlash jarayonida o\u2019z e\u044ctiborlarini asosan radio, televizion, bosma reklamaga qaratishadi. YAngi elektron markani yaratish va firma imidjini orttirish uchun radioreklama juda xam mos xisoblanadi. Sababi radioreklama auditoriyasida 35-55 yoshgacha bo\u2019lgan insonlar sanaladi. Qidiruv tizimlariga va kataloglarga ro\u2019yxatga o\u2019tish orqali reklama. Katalog \u2013 bu tovarlarni topishga oson bo\u2019lishi uchun bir tartib qilib yig\u2019ilgan va spravochnik ko\u2019rinishida chiqarilgan nashr. Kataloglar odatda bir necha katalog ostilarga bo\u2019linadi, ular esa o\u2019z navbatida direktivalarga ajratiladi. Bunday kataloglarda ro\u2019yxatdan o\u2019tish uchun kerakli ularning WEB saxifasida ko\u2019rsatilgan amallarni bajarish kerak. Elektron savdo- sotiqning barqarorligi ko\u2019p xollarda axborot oqimining doimiyligi bilan aniqlanadi. Firma Internet orqali elektron savdo- sotiq bilan shug\u2019ullansa, unda bu firma o\u2019zining raqobatbardoshligini oshiradi. SHu bilan bir qatorda firmaning xizmat ko\u2019rsata olish chegaralari ancha kengayadi. Interaktiv biznesni qullab-quvvatlanishini asosiy faktori sifatida kelishuvlarni va moliyaviy operatsiyalarni bajarish uchun juda kam vaqt ketadi. 11.5 Internet \u2013 logistika Logistika qo\u2019yidagi oqimlar bilan ishlaydi. \uf0b7 Tovar ko\u2019rinishida maxsulotlar oqimi yoki material oqim \uf0b7 Xizmatlar oqimi \uf0b7 Axborot oqimi \uf0b7 Turistlar oqimi \uf0b7 Ishchi kuchi oqimi \uf0b7 Bank maxsulotlari oqimini, sug\u2019urta oqimini, invistitsion oqimini o\u2019z ichiga oluvchi moliyaviy oqim . Biznes-logistika yuqorida aytilgan oqimlarni boshqaradi. Boshqacha qilib aytganda, berilgan vaqtda aniq tovarni talab va taklifni koordinatsiya qilish va xarakatiga yordam beruvchi su\u2019bekti ishining menejmentidir. Biznes \u2013logistika kontsepsiyasi menejmentning integral quroli sifatida 1960 y. AQSHda yaratilgan. SHu yo\u2019l bilan logistika fani , biznes-logistikani tariflovchi amaliy ishi uchun nazariy asos bo\u2019lib xizmat qiladi. Internet rejimida biznes-logistika, tadbirkor shaxs va kompyuter o\u2019rtasida birgalikdagi biznes-logistika amallari asosidagi logistikani tashkil qiladi. Bunday logistika \u201cInternet biznes-logistika\u201d yoki qisqa qilib \u201cInternet - logistika\u201d deb ataladi. Internet logistikaga kompyuter, protsessor va internet yaratilganda asos solingan. 153","Mikroprotsessor texnikasining rivojlanishi va ularni mamlakatlarda iqtisod sohasiga kirib kelishi axborot-kompyuter texnologiyalarining revolyutsiyasiga asos bo\u2019ldi. Bugungi kunda elektron axborot bozor iqtisodining asosiy elementiga aylandi. Internet ma\u2019lumotlar bazasi va banklarini, elektron shartnomalar tizimi va standartlarini yaratishga muljallangan. 11-bob bo\u2019yicha xulosalar Demak, elektron tijorat \u2013 bu Internet orqali sotish va sotib olishdir. Sotuvchilar ham, sotib oluvchilar ham, Internetdan o\u2019zlariga kerakli ma\u044clumotlar manbai sifatida foydalanishlari mumkin. Sotib oluvchi sotuvchi bilan pul o\u2019tkazish yo\u2019li bilan xisoblashishi jarayonida nakd pul ishtirok etmaydi, faqatgina sotib oluvchi xisob raqamidan sotuvchining xisob raqamiga pul ko\u2019chiriladi. Intellektual karta - umumiy termin bo\u2019lib, ishlatilish maqsadi, xizmat ko\u2019rsatish to\u2019plamlari, texnik imkoniyatlari, ishlab chiqargan instituti bilan farqlanadigan hamma kartalarni o\u2019z ichiga oladi. Intellektual kartalarning o\u2019ziga xos tomoni shundaki, ular amaliy dasturlarda ishlatiladigan ma\u2019lumotni o\u2019zida saqlaydi. Bunday kartalarni binoga kiruvchi kalit, kompyuterga kiruvchi kalit, xaydovchilik guvohnomasi sifatida ishlatish mumkin. 154","12- bob Intellektual tizimlar va texnologiyalar 12.1 Sun\u2019iy intellektning rivojlanish tarixi Sun\u2019iy intellekt haqidagi tasavvur va bu sohadagi izlanishlar \u2014 \u00abaqliy mashinalar\u00bb ishlab chiqarishga ilmiy yondoshish birinchi bo\u2019lib Stanford universitetining (AQSH) professori Djon Makkarti tashabbusi asosida 1956 yili tashkil topgan ilmiy tugarakda paydo bo\u2019ldi [24,34]. Bu tugarak tarkibiga Massachuset (AQSH) texnologiya oliygoxi \u00abElektronika va xisoblash texnikasi\u00bb kulliyotining faxriy professori Marvin Minskiy, \u00abmasalalarni universal xal qiluvchi\u00bb va \u00abmantiqiy nazariyotchi\u00bb intellektual (aqliy) programmalar bunyodkori \u2014 kibernetik Allen N\u044cyuell va Karnegi-Mellen dorilfununining (AQSH) mashxur psixologi Gerbert Seyman, xisoblash texnikasining ko\u2019zga ko\u2019ringan mutaxassislari Artur Semuel\u044c, Oliver Selfridj, Manshenon va boshqa- lar kirar edilar. Aynan shu tugarakda \u00abSun\u2019iy intellekt\u00bb tushunchasi paydo bo\u2019ldi. Ma\u2019ruzaning asosiy mazmuniga kirishishdan avval \u00absun\u2019iy intellekt\u00bb (SI), umuman \u00abintellekt\u00bb haqidagi tushunchani aniqlab olishimiz kerak. Bu tushunchani oddiy qoida asosida tushuntirish mumkindek tuyuladi, lekin biz buni kila olmaymiz. CHunki, hozircha \u00abintellekt\u00bb va \u00abSI\u00bb haqida biron-bir aniq fikr yo\u2019q. Bu tushunchani turli fan sohalarida ijod qiluvchi olimlarning talkin qilishlari turlicha, fikrlashlarida yakdillik yuk. SHu sababli bu tushunchalarning mazmunini ukuvchiga tushuntirib berishga xarakat kilamiz. \u00abIntellekt\u00bb so\u2019zi lotincha \u00abintellectus\u00bb so\u2019zidan kelib chikkan bo\u2019lib, u bilish (aniqlash), tushunish yoki faxmlash (aql) ma\u2019nosini beradi. \u00abIntellekt\u00bb so\u2019zini aniqlovchi, psixologlar tuzgan uchta tushunchani (Katta sovet entsiklopediyasi va Vesterning amerika lugatidan olingan) keltiramiz. Bu tushunchalar \u00abintellekt\u00bb tushunchasi mazmunini aniqlash uchun yordam beradi. Intellekt \u2014 fikrlash qobiliyati, ratsional bilish va shunga uxshash. Umumiy xolda esa fikrlash, shaxsni aqliy rivojlanishi sinonimi bo\u2019lib xizmat qiladi. Intellekt (aql) \u2014 uz xulkini sozlash yuli bilan xar qanday (ayniksa yangi) xolatga etarli baho berish qobiliyati. Intellekt \u2014 turmushdagi dalillar o\u2019rtasidagi o\u2019zaro bog\u2019liqlikni tushunish qobiliyati. Bu qobiliyat belgilan-gan maqsadga erishishga olib boruvchi xarakatlarni ishlab chikish uchun kerak bo\u2019ladi. YUqorida aniqlangan \u00abintellekt\u00bb tushunchasidan shunday xulosa chiqarish mumkinki, ya\u2019ni intellekt faqat insonlarga tegishli va odam aqliy qobiliyatining uziga xos o\u2019lchovidir. Psixologlar shunday maxsus usullar yaratdilarki, bu usullar yordamida tajriba orqali odamning intellektual (aqliy) darajasini aniqlash mumkin bo\u2019ldi. Natijada shu narsa aniqlandiki, intellektning individual darajasi o\u2019rtasidan surilishi (og\u2019ishi) odamning fizik imkoniyatlari darajasi kabidir. Agar o\u2019rtacha aqliy qobiliyat 100 ball deb qabul kilinsa, u xolda uta qobiliyatli insonlarda bu ko\u2019rsatkich 150, 180, xattoki 200 ballga etish mumkin. Amerikalik shaxmatchi, jaxon eks-chempioni Robert Fisherning bu ko\u2019rsatkichi 187 ball bo\u2019lgan, XIX asr yarmida yashagan angliyalik mantiqchi Djon Styuart Mill uch yoshidayok qadimgi yunon tilida gapira olgan va uning ko\u2019rsatkichi 190 ballgacha borgan. 155","SHuni qayd qilish lozimki, evolyutsiya davrida intellekt birmuncha bir tekis, inkilobiy rivojlanish davridan toki zamonaviy inson intellekti paydo bulgunga kadar bo\u2019lgan davrni bosib o\u2019tgan. Intellektning evolyutsion rivojlanishi berilgan bosqichdan birmuncha yuqori printsipial, a\u2019lo darajadagi tashkil topgan bosqichga o\u2019tish bilan davom etadi. SHuning uchun jamiyatning turli rivojlanish bosqichlarida yashagan insonlarning intellektini bir-biriga solishtirib bo\u2019lmaydi. \u00abSun\u2019iy intellekt\u00bb tushunchasiga turlicha ma\u2019no kiritish mumkin. Turli mantiq va xisoblash masalalarini echuvchi kompyuterdagi intellektni e\u2019tirof etishdan tortib, to insonlar yoki ularning kupchilik kismi orqali echiladigan masalalar majmuasini echadigan intellektual tizimlarga olib boradigan tushunchagacha kiritish mumkin. \u00abSI\u00bb tushunchasi boshidan va shu kunga kadar olimlarning bu. tushunchaga bo\u2019lgan munosabati va ularning \u00absun\u2019iy\u00bb so\u2019ziga nisbatan kelishmovchiligi tufayli karshiliklarga uchramokda. Masalan, USSR FA Kibernetika institutining sobik direktori, marxum akademik V. M. Glushkov \u00absun\u2019iy idrok\u00bb so\u2019zini kushtirnoksiz ishlatgan. Rossiya FA \u00abSI\u00bb masalalari buyicha ilmiy YIRILISH raisi akademik G. S. Pospelov fikricha, \u00abSI\u00bb hakida xech qanday so\u2019z bo\u2019lishi mumkin emas, ya\u2019ni hozir xam, yaqin kelajakda xam \u00abuylaydigan mashina\u00bb bo\u2019lmaydi. \u00abSI\u00bb tushunchasini uzgartirish kech bo\u2019ldi, - deb yozadi u. Bu narsa injener, matematik, kompyuter buyicha mutaxassislar, psixolog, faylasuflarni birlashtiruvchi juda katta axamiyatga ega bo\u2019lgan ilmiy yo\u2019nalish ekanligiga xech kimda shubxa yuk. U odamlarning maqsadi \u2014 kompyuterlarning maxsus programmali va apparatli vositalarini yaratish. Kompyuterning qobiliyati ijodiy natijalarni berib turishdan iborat.\u00bb \u00abSI\u00bb tushunchasini aniq ta\u2019riflash shuni takozo qiladiki, bu ilmiy yo\u2019nalish oyokka turish va rivojlanish bosqichidadir. Bugungi kunga kelib, shu narsa ma\u2019lum bo\u2019ldiki, \u00abSI\u00bb terminiga tabiatdagi jarayon va xodisa-larni o\u2019rganish (tadqiqot qilish) da insondagi ayrim intellektual qobiliyatlarni texnik jixatdan mujassamlashtirgan umumiy tushuncha deb qaramoq lozim. Sun\u2019iy intellekt borasida oxirgi 30 yil ichida olib borilayotgan tadqiqotlarni shartli ravishda uch bosqichga bo\u2019lish mumkin. Birinchi bosqichda (50-yillarning oxiri) olimlarning xarakati evristik (mutaxassisning tajribasi asosida) izlash nazariyasini yaratishga va faoliyat yoki intellekt darajasiga tegishli bo\u2019lgan \u00abmasala echuvchilar\u00bbni yaratish buyicha muammoni x,al qilishga karatilgan. Tadqiqot uchun instrument (asbob) bo\u2019lib EXM xizmat kilgan, har xil o\u2019yinlar, oddiy musika asarlari, matematik masalalar o\u2019ylab topilgan. SHunga uxshash masalalarni tadqiqot uchun tanlash, muammo muxit (bunday mux,itda masalani echish tarmoqlanadi)ning oddiyligi va aniqligini, etarli darajada oson tanlab olish imkoniyatini va \u00abusulga karab\u00bb sun\u2019iy konstruktsiyani tuzishni talab qiladi. Bu yo\u2019nalishda bir qancha yutuklarga erishildi. Xususan shaxmat programmalari x,ozir juda yuqori takomilga etkazildi. Bu programmalar uchun tanlab olish xarakterli bo\u2019lib, odatda teoremalarni isbotlash jarayoni, uyinning ketishi va xrkazolar juda katta sonli mkoniyatlardan tanlanadi. Har bir masalani echish \u2014 maqsadga erishishda istikboli bo\u2019lmagan imkoniyatlarni shartta olib tashlash va istikbollilarini ajratib olish evristik usul 156","(algoritm)larning takomillashganiga boglik. Lekin bunday moxiyat asosida A. N\u044cyuell va G. Saymon tomonidan yaratilgan \u00abuniversal masalalar echuvchi\u00bbni yaratishga bo\u2019lgan urinish bexuda ketdi, chunki evristik algoritmlar xar bir masalaning xususiyatiga kuchli darajada bog\u2019liq. Asosiy kiyinchiliklar masalani echish uchun yaratilgan usullarni sun\u2019iy muxitlarda emas, balki xakkoniy muxitda qo\u2019llashga urinish jarayonida sodir bo\u2019ldi. Bu kiyinchiliklar tashki dunyo to\u2019g\u2019risidagi bilimlarni ifodalash muammolari bilan, bu bilimlarni saqlashni tashkil qilish va ularni etarli darajada izlash, EXM xotirasiga yangi bilimlarni kiritish xamda eskirib kolganlarini olib tashlash, bilimlarning to\u2019laligi va bir-biriga zidligini tekshirish va shunga uxshashlar bilan bog\u2019liq. Ko\u2019rsatilgan muammolar bugungi kunda xam tula echilmagan, lekin hozirgi paytga kelib shu narsa ravshan bo\u2019lib koldiki, muammolarni echish \u2014 samarali sun\u2019iy intellekt tizimsini yaratishning kaliti ekan. Ikkinchi bosqichda asosiy e\u2019tibor (60-yillarning oxiridan to 70 yilgacha) intellektual robotlar (real uch o\u2019lchovli muxitda mustakil xolda xarakat qiladigan va yangi masalalarni echadigan robotlar) ko\u2019rishga qaratildi. Bu borada \u00abintellektual\u00bb funktsiyalarning keraqli doirasi: maqsadga yo\u2019naltirilgan xulk (xolat)ni ta\u2019minlash, tashki muxit to\u2019g\u2019risidagi axborotlarni qabul qilish, xarakatlarni tashkil etish, o\u2019qitish, odam va boshqa robotlar bilan mulokotni uyushtirish tadqiq kilindi va amalga oshirildi. Masalan, robotlarda maqsadga yunaltirilgan xulk (xolat)ni ta\u2019minlash uchun ular atrof-muxit haqida bilimlar majmuasiga ega bo\u2019lishi zarur. Bu bilimlar robotga tashki muxit modeli ko\u2019rinishida kiritib quyilishi lozim. Robotning tashki muxit modeli \u2014 bu o\u2019zaro boglangan ma\u2019lumotlar yigindisi bo\u2019lib, bu ma\u2019lumotlar moe sinfdagi masalalarni echish uchun kerak. Robotning bilimlar tizim-siga muxitning \u00abfikrdagi\u00bb uzgarishini qayta ishlab chiqarish va shu asosda navbatdagi masalani echishga imkon beruvchi algoritmlar xamda bu rejani baja-rilishini va oldindan rejalashtirilgan xarakatlarning kutilayotgan natijalarini nazorat qiluvchi algoritmlar kiritilishi kerak. Demak, intellektual robotlar bilimlar manbaiga ega bo\u2019lishi shart. Bu bilimlar manbaida bilimlar va maxsus blok (\u00abreja tuzuvchi\u00bb) saqlanadi. \u00abReja tuzuvchi\u00bb blokning zimmasiga robotning xarakati programmasini tuzish yuklangan. Bu xarakat programmasi robot tomonidan qabul qilinadi va robotning sensor (kurish vositasi) tizimsi orqali ko\u2019zatiladi. Robotning ish jarayonida \u00abechuvchi blok\u00bb bo\u2019lishi kerak. Bu blok robotning xarakati turrisidagi echimni qabul qiladi. Xar ikkala blok bilimlar manbaida saqlanuv-chi bilimlar asosida ishlaydi. Bu bosqichda ayrim muammolar aniqlandiki, intellektual robotlar yaratishda ularni xal etish zarur. SHunday muammolarga faoliyat kursatadigan muxit haqidagi bilimlarni tasavvur etish, ko\u2019z bilan kurganlarni uzlashtirish, uzgaruvchan muxitda robotlar xulki (xo-lati)ning murakkab rejalarini tuzish va robotlar bilan tabiiy tilda mulokotda bo\u2019lish kiradi. Uchinchi bosqichda (70-yillarning oxiridan boshlab) tadqiqotchilarning e\u2019tibori amaliy masalalarni echish uchun muljallangan intellektual tizimlarni yaratish muammolariga karatildi. Xar qanday intellektual tizim, uning qaerda qo\u2019llanishiga borlik bo\u2019lmagan xolda, odam-mashina tizimidir. Mashina sifatida EXM ishlatiladi. Tizimning vazifasi \u2014 157","oxirgi foydalanuvchiga u yoki bu masalani echishda uning kasbi faoliyati doirasida malakali mutaxassis (ekspert) larning yillar davomida orttirgan bilimlaridan foydalanish uchun imkoniyat yaratishdan iborat. Buning uchun EXM tarkibiga bilimlar manbai va intellektual interfeys kirishi kerak. Bilimlar manbaida xarakterli bo\u2019lgan masalalarni echish usullari haqidagi axborotlar saqlanadi. Intellektual interfeys masalani echish jarayonida oxirgi foydalanuvchi va tizim o\u2019rtasidagi o\u2019zaro munosabatni (xarakatni, ishlashni) ta\u2019minlaydigan sunggi foydalanuvchining xamma vositalarini uz ichiga oladi. Intellektual interfeysda \u00abechuvchi\u00bb va mulokot tizimsini kursatish mumkin. \u00abEchuvchi\u00bb bilimlar manbaidan keladigan ma\u2019lumotlar asosida foydalanuvchi uchun keraqli programmalarni avtomatik tarzda birlash-tiradi. Mulokot tizimsi \u2014 bu bilimlar manbaida foydalanuvchi tilidan bilimlarni tasavvur qilish tiliga utkazishni xamda teskari jarayonni amalga oshi-radigan translyator (\u00abtarjimon\u00bb)lar majmuasidir. Sun\u2019iy intellektli tizimlarga: axborot-qidiruv tizimlari (savol-javob tizimlari), xisob-mantiq tizimlari va ekspert tizimlari kiradi. Intellektual axborot-qidiruv tizimlari EXM bilan mulokot jarayonida foydalanuvchilarning tabiiy tilga yaqin bo\u2019lgan kasb tillarida sunggi foydalanuvchilar (programma tuzmaydiganlar) bilan ma\u2019lumotlar, bilimlar manbalari o\u2019rtasida o\u2019zaro mulokotni ta\u2019minlaydi. Bu tizimlar sun\u2019iy intellekt tizimlarining dastlabkilaridan bo\u2019lib, ular ustida olib borilgan tadqiqotlar xisoblash texnikasi rivoj-lanishi bilan uzviy boglik bo\u2019lgan. Xisob-mantiq tizimlari, amaliy matematika va programmalashtirish sox,asida mutaxassis bo\u2019lmagan sunggi foydalanuvchilarni, murakkab matematik usullar va shunga mos amaliy programmalardan foydalanib, o\u2019zaro mulokot shaqlida uzlarining masalalarini EXMda echishni ta\u2019minlaydi. 12.2 Sun\u2019iy intellekt rivojlanishining yo\u2019nalishlari Hozirgi vaqtda sanoat sohalari gurkirab rivojlangan mamlakatlarda (bu mamlakatlar uchun \u00abilm-xajmiy maxsulotlar\u00bb katta solishtirma ogirlikka egaligi bilan xarakterlanadi) kompyuterlarini intellektuallashtirish buyicha yaratishlarning yuqori darajada ekanligi ko\u2019zatilmokda. 80-yillarning boshigacha EXMlarni intellektuallashtirish, asosan tadqiqot, tajriba xarakteriga ega edi. Dunyoda bu tadqiqrtlarni olib borish uchun EXMlarning intellektual imkoniyatlarini kengaytirish buyicha muammo-larni echish yuli belgilandi, bu yuldagi kiyinchiliklar aniqlandi va ularni engib o\u2019tish usullari kursatildi. 1985 yilda jaxon bozorida (Rossiyadan tashqari) intellektual tizimlar 350 million dollarni (ularni yaratish narxini xam kushib xisoblaganda) tashkil etdi. 1990 yilda esa bu xisob 19 milliard dollarga chikishi ko\u2019zatildi, ya\u2019ni misli kurilmagan usishga erishildi. Bunday katta mablag\u2019ni faqat iqtisodning turli sohalari (xujalik ishlab chiqarish, xarbiy)ga intellektual tizimlarni keng qo\u2019llash orqaligina sarflash mumkin. Intellektual tizimlar (aniqrogi, amaliy sun\u2019iy intellekt tizimlar) ichida ekspert tizimlar muam-mosi ETlarni yaratish texnologiyasini va bilimlar injeneriyasini uzida mujassamlashtirgan aloxida yo\u2019nalish bo\u2019lib tashkil topdi. Gartner Group Inc (AKJ1I) firmasining ma\u2019lumotlariga kura tayyor ETlarning bozor xajmi 1986 yilda 12 million 158","dollarni, ETni yaratishning instrumental vositalariniki 15 million dollarni tashkil etgan, 1990 yilda esa bu ko\u2019rsatkichlar 350\u2014275 million dollarga etdi. IBM (AKSH) firmasi 1986 yilda xar xil bosqichda yaratilayotgan 70 ta ETga ega edi. Yirik amerika firmalari uzlarining korxonalari (Apolo Computer, Data General Sperry, DEC) da mexnat unumdorligini kutarish uchun ETlarni keng mikyosda yaratib qo\u2019llay boshladilar. DEC firmasi mutaxassislarining ma\u2019lumo-tiga kura, yaqin orada bu firmada yaratiladigan tizimlarning 30%iga yaqinini sun\u2019iy intellekt tizimlari tashkil qiladi. YApon mutaxassislari taqlif kilgan, 5-avlod EXMlari loyixasiga kura ETlar bu yangi xisoblash texnikasining asosiy qo\u2019llanish sohasiga aylanadi. 1984 yilda Buyuk Britaniyada sun\u2019iy intellekt muammosini xal qilishga yunaltirilgan T\u044cyuring instituta ishga tushdi. Evropa o\u2019zaro yordam komissiyasi bu muammoni xal qilish \u00abEsprit\u00bb loyixasini ishlab chiqayap-ti. Bu loiyxa doirasida uchta yirik kom\u044cpyuter firmalari bo\u2019lgan Compagnie Machines Bull (Frantsiya), ICh (Buyuk Britaniya) va Siemens AG (GFR)lar bilimlar bazasiga asoslangan tizimlarni yaratishga yunaltirilgan birlashgan tadqiqot institutini tuzdilar. Muammoni xal qilishga karatilgan, oxirgi yillarda yaratilgan ETlarning taxlili shuni kursatadiki, yaratuvchilarning asosiy kuch-gayrati, sanoat va konstruktor- texnologik korxonalarda samarali qo\u2019llanuvchi siste-malar yaratishga karatilgan. Bunday qo\u2019llanuvchi ET lar nafaqat an\u2019anaviy tizimlar (I avlod ETlari) masalalarini, balki boshqaruv masalalarini, berilgan axborotni, apparat va maxsulot parametrlarining xisobini echadi. SHuning uchun ishlab chiqarish-texnologik qo\u2019llanishga '' muljallangan ET (II avlod ET)larni loyixalovchilar-ning e\u2019tibori katta bilimlar bazasini, xususan metabi- limlar va ularni qo\u2019llovchi vositalarni, fikr (muloxaza) ning induktiv va xakikatga uxshash sxemalarini amalga oshirish yordamida ekspertdan bilimlarni ajratib olish jarayonini avtomatlashtiruvchi; echiladigan masalaga boglik ravishda strategiyani tanlash jarayonini avtomatlashtiruvchi; an\u2019anaviy ETlar imkoniyatlarini birlashtiruvchi integrallangan ETlarni, ma\u2019lumotlar va bilimlar bazalarini boshqaruvchi tizimlar xamda intellektual amaliy programmalar paketlarini yaratish uchun samarali vositalarni yaratishga karatilgan. II avlod ETlarida yuqorida sanab utilgan vazifalarni amalga oshirish sanoat ET lari yaratishga omil bo\u2019ladi va ularning qo\u2019llanish sohalarini kengaytiradi. ET larning keng ommalashuviga sabab, ularning formallashmagan, an\u2019anaviy programmalash uchun kiyin yoki bajarib bo\u2019lmaydigan masalalarni echishda qo\u2019lla-nishidir. Bundan tashqari u (ET) quyidagi xarakterli xususiyatlarga \u2014 bilimlarni tuplash, qayta ishlash, umumlashtirish xamda takliflarni kiritish va bu takliflarni tushuntirib berish qobiliyatiga ega. ETlarning amalda keng qo\u2019llanishiga erishilgan (AKSH, YAponiya va Evropada) bo\u2019lishiga karamay, ularni ommaviy ishlab chiqarish va yoyishga tuskinlik qiluvchi bir kator xal bo\u2019lmagan quyidagi muammolar xam bor: - ET larni yaratish shu paytgacha uzok va kiyin jarayon bo\u2019lib kolayotganligi; - bilimlar qabul qilish (olish): saralash, strukturalash, tasvirlash, sozlash va bilimlarni ko\u2019zatib borish; - xayotda kupincha echiladigan masalalar vaqt o\u2019tishi bilan turlicha echilishi takozo etiladi, ko\u2019pgina ETlar asosan uzgarmas masalalar echishga 159","mo\u2019ljallanganligi uchun ularni yuqoridagi kabi masalalarga qo\u2019llab bo\u2019lmaydi; Demak, ET larni yaratish va ulardan natijalar olish uchun xali kup ishlar kilinishi kerak. 12.3 Ma\u2019lumotlar va bilimlar Har qanday sun\u2019iy intellekt tizimining asosi bilimlar modeli va uning asosida yaratilgan bilimlar bazasidan iborat bo\u2019lib, u xam ma\u2019lumotlar, xam bilimlar bilan ishlashga yunal-tirilgan. SHuning uchun bilimlar nimasi bilan ma\u2019lumotlardan farq qilishini tushunib olishimiz kerak. Ma\u2019lumotlar \u2014 bu xabarlar bo\u2019lib, ular aniq masalani echayotganda xulosa chiqarish va shu masalani echish usulini aniqlash uchun kerak. Ma\u2019lumotlar bilan bilimlar orasida aniq bir chegara bor deb bo\u2019lmaydi, chunki ma\u2019lumotlarda xam ma\u2019lum bir bilimlar bo\u2019lishi mumkin va aksincha. Ma\u2019lumotlar maxsus dasturlar yordamida ishlanuvchi matematik modellarning rakamli parametrlarini aks ettirishi yoki biron bir sanoat tarmori sohasidagi korxonalar rejalari bajarilishining hozirgi xolatini aks ettirishi mumkin. Bu ma\u2019lumotlar qayta ishlangandan sunggina kurilayotgan tarmoq buyicha reja bajarilishining umumlashgan sonli xarakteristikasini berish, muxim joylarini aniqlash, kurilayotgan tarmoq kelajagini oldindan aytish mumkin. Bir so\u2019z bilan aytganda, yangi bilimga ega bulinadi. Ta\u2019kidlash kerakki, ma\u2019lumotlar ishlab chiqarish jarayonlariga bevosita ta\u2019sir kursatmaganligi uchun ularni \u00absust\u00bb, shu ma\u2019lumotlardan foydalanuvchi dasturlarni esa \u00abfaol\u00bb (aktiv) deyish mumkin. Bilim \u2014 xayotda sinalgan xakikatni bilish maxsuli, uning inson ongida to\u2019g\u2019ri aks ettirilishi. Ilmiy bilimlar moxiyati uning utmishdagi, hozirgi va kelajakdagi xakikatni tushunishidadir, dalillarni to\u2019g\u2019ri asoslay bilib, umumlashtirishidadir. Odamning fikrlashi xar doim bilmaslikdan bilishga, yuzakilik-dan borgan sari chukurrok va xar tomonlama bilishga tomon xarakat qiladi. Sun\u2019iy intellektli tizimlarda kurilayotgan soha to\u2019g\u2019risidagi bilimlar bilimlar manbaida tuziladi. Bu manba ma\u2019lumotlari bilimlarni va kurilayotgan sohani uzida aks ettiradi. SHuning uchun xam ma\u2019lumotlar bilan bilimlar o\u2019rtasida kat\u2019iy tafovut yuk. SHunga karamay bilimlarni ma\u2019lumotlardan farklaydigan maxsus alomatlar bor. Quyida biz shu alomatlar-ning ayrimlarini ko\u2019rib chiqamiz. 1. Interpretatsiya. Bu so\u2019z lotincha \u00abinterpretatio\u00bb so\u2019zidan kelib chikkan bo\u2019lib, sharxlash, tushuntirish, oydinlashtirish singari ma\u2019nolarni anglatadi. kompyuterda joylashtirilgan ma\u2019lumotlar faqat moe dastur orqali mazmunli talkin kilinishi mumkin. Programmalarsiz ma\u2019lumotlar xech qanday mazmunga ega emas. Bilimlar shu bilan farkdanadiki, bunda mazmunli izoxlash imkoniyati xar doim bo\u2019ladi. 2. Strukturalanganlik yoki munosabatlar sinflarining mav-judligi. Ma\u2019lumotlarni saqlash usullarining xar xilligiga karamasdan, ularning bittasi xam ma\u2019lumotlar orasidagi aloqalarni ixcham yozish imkoniyatini ta\u2019minlamaydi. Masalan, ma\u2019lumotlar bilan ishlayotganda umuman elementlar va tuplamlar uchun umumiy bir xil xabarlarni kup marta ifodalashga (yozishga) to\u2019g\u2019ri keladi. Bilimlarga utilganda, bilimlarning ayrim birliklari o\u2019rtasida shunday munosabat 160","urnatish mumkin: \u00abelement-tuplam\u00bb, \u00abtip-tip bulagi\u00bb, \u00abkism- butun\u00bb, \u00absinf-sinf bulagi\u00bb. Bu tuplamning barcha elementlari uchun bir xil bo\u2019lgan ma\u2019lumotni aloxida yozib va saqlab quyishga imkon yaratadi. Bu ma\u2019lumotni, agar kerak bulsa, tuplamning xoxlagan elementini ifodalash uchun keraqli joyga avtomatik ravishda berish mumkin. Bunday uzatish jarayonini ma\u2019lumotlarning \u00abvorislik qilish\u00bb jarayoni deyiladi. 3. Xolat aloqalarining mavjudligi. Bu aloqalar xotirada saqlanadigan yoki kiritiladigan ayrim xodisa yoki dalillarning bir-biriga (xolat) mosligini xamda o\u2019zaro munosabatini aniqlaydi. 4. Aktivlik (faollik). Bilish aktivligi inson uchun xosdir, ya\u2019ni insonning bilimlari faoldir. Bu esa bilimni ma\u2019lumotlardan umuman farklaydi. Masalan, bilimlarda karama-karshilikni paykash - ularni engib o\u2019tishga va yangi bilimlarni paydo bo\u2019lishiga sabab bo\u2019ladi. Aktivlikning rag\u2019batlantiruvchi omillaridan biri bilimlarning tulik bo\u2019lmasligidir. Bu rag\u2019batlantiruvchi omil bilimlarni tuldirish zarurligi bilan ifodalanadi. Kompyuterdan foydalanilganda dastlabki yangi bilimlar bo\u2019lib dasturlar xisoblanadi, ma\u2019lumotlar esa kompyuter xotirasida sust ravishda (xarakatsiz) saqlanadi. Ma\u2019lumotlar va ma\u2019lumotlar tuzilishi predmet sohalarining xususiyatlarini to\u2019la o\u2019lchamda ifodalamaydi. YUqorida biz xar doim ma\u2019lumotlar bilan bilimlar o\u2019rtasida aniq chegara quyish mumkin emasligini ta\u2019kidlab o\u2019tgan bo\u2019lsak xam, lekin bular o\u2019rtasida farklar bor. Bu farklar bilimlarni xarakterlaydigan xamma to\u2019rt belgini biror darajada ifodalovchi, kompyuterdagi bilimlarni modellar ko\u2019rinishida tasvirlovchi rasmiyatchilikning paydo bo\u2019lishiga olib keldi. 12.4. Bilimlarni taqdim etishning modellari Bizni o\u2019rab turgan olam to\u2019g\u2019risidagi bilimlar dekla-rativ va protsedurali bilimlarga bulinadi. Deklarativ bilimlar bu biror bir tizimda o\u2019zaro borlangan dalillardir. Xakikatan xam ruy bergan biror bir xodisa, vokea dalilga misol bo\u2019la oladi [24,34]. Protsedurali bilimlar \u2014 dalillar ustida bajarilgan amallarni (algoritmlar, dasturlar, analitik uzgartirishlar, empirik qoidalar va shu kabilarni) amalga oshirish natijasida hosil bo\u2019ladigan bilimlardir. Bilimlarning bunday bulinishi shartli xarakterga ega, chunki bilimlarni ifodalash (tasvirlash) ning aniq modellari xar xil maqsadda tasvirlashning deklarativ va protsedurali shaqllarini ishlatadi. Kompyuterning boshlanrich uchta avlodida protsedurali tasvirlash yagona, u xam masalalarni echishda qo\u2019llaniladi. Kompyuterlar uchun dasturlar bu bilimlarning saqlovchilari bo\u2019ladi, deklarativ bilimlar xar doim tobe bilimlardir. Intellektual tizimlar buyicha muta-xassislarni xar ikki bilim turi bir xilda kiziktiradi. Ekspert tizimlar sohasidagi tadqiqotlar shuni kursatadiki, bilimlarni tasvirlash uchun kupincha semantiq tarmoqlar, freymlar va maxsulot qoidalarining modellari ishlatiladi. SHuning uchun bu modellarni tularok ko\u2019rib chiqamiz. 161","1. Semantiq tarmoqlar. Semantiq tarmoqlar apparati yordamida bilimlarni tasvirlash biror bir muxitni tashkil etuvchi ob\u2019ektlar va ular orasidagi aloqalar majmuasidir. Xar xil avtorlar semantiq tarmoqlarning turli xil turlari tuzilishini taqlif kilmokdalar. Bu turlarning umumiy, asosiy funktsional elementi bo\u2019lib, ikki kiem (\u00abtugunlar\u00bb va \u00abyoylar\u00bb)dan iborat bo\u2019lgan struktura xizmat qiladi. Xar bir tugun biror bir tushunchani, ey esa ixtiyoriy ikkita tushuncha orasidagi munosabatni bildiradi. Munosabatlarning xar bir jufti oddiy dalilni bildiradi. Tugunlar moe munosabatning nomi bilan belgilanadi, yoy yo\u2019nalishiga ega bo\u2019ladi. Bunga kura aniq dalil tushunchalari orasidagi \u00absub\u2019ekt yoki ob\u2019ekt\u00bb munosabatini tasvirlaydi. Masalan \u00abRustamov institutda ishlaydi\u00bb. Bu erda \u00abRustamov\u00bb sub\u2019ekt, \u00abinstitut\u00bb esa ob\u2019ekt sifatida tasvirlanadi, ular (\u00abob\u2019ekt\u00bb va \u00absub\u2019ekt\u00bblar) \u00abishlaydi\u00bb munosabati bilan borlangan. U xolda \u00abRustamov institutda ishlaydi\u00bb dalilini aks ettiradigan semantiq tarmoqning funktsional elementi quyidagi ko\u2019rinishga ega bo\u2019ladi: Rustamov institutda->-ishlaydi. Bu tarmoqda sub\u2019ekt va ob\u2019ektni boglovchi faqat binar aloqa (munosabat) ishlatilgan. Semantiq tarmoqlarni tuzishda tugunlar orasidagi munosabatlar sonini cheklab bo\u2019lmaydi, ya\u2019ni biror bir tugun boshqa ixtiyoriy tugunlar bilan munosabatda bo\u2019lishi mumkin. Bu ixtiyoriylik natijasida dalillar tarmogini tuzish ta\u2019minlanadi. Masalan, 12.1-rasmda keltirilgan tarmoq, quyidagi tekstni tasvirlaydi: \u00abRustamov institutda ishlaydi. U institut direktori. Rustamov texnika fanlari doktori ilmiy darajaga ega, ilmiy unvoni \u2014 akademik. U institut ilmiy kengashining raisi. Bugun soat 9da Rustamov institut metodik kengashida, soat 16 da esa institut ilmiy kengashida ma\u2019ruza qiladi\u00bb. Bu tarmoqda vaqtli boglanishlar yoylar, fe\u2019llarga mos boglanishlar esa tugunlar yordamida tasvirlangan. Semantiq tarmoqlar ko\u2019rinishidagi bilimlar tasvirlanishining yaxshi tomoni shu bilan xarakterlanadiki, bunday tarmoqlar bilan kompyuterda ishlash oson kechadi. CHunki bunday tarmoqlarda ob\u2019ektlar orasidagi aloqalar aniq kursatiladi, dasturlar tuzish engillashadi. Masalan, 12.1 -rasmdagi tarmoq buyicha Rustamov qaerda, kim bo\u2019lib ishlashini va aniq vaqtlarda qaerda bo\u2019lishi va nima qilishini bilish mumkin. SHuningdek, boshqa murakkabrok savollarga xam javob topish mumkin. Masalan, \u00abBugun institut ilmiy kengashi bo\u2019ladimi va soat nechada?\u00bb Semantiq tarmoqlar va ularning modullari bilimlar buyicha muxandis tomonidan yaratiladi, boshqacha so\u2019z bilan aytganda xisob-mantiq tizimlarning yaratuvchilari tomonidan tuziladi. SHundan sung tizim sunggi foydalanuvchilarga xavola etiladi. Semantiq tarmoqlar kurilishiga bunday yondoshish foydalanuvchilarni, masa-lan, texnologik jarayonlarni loyixalash va boshqarish sohasida ishlovchilarni kanoatlantirmaydi. Amaliy dastur tuzuvchi o\u2019zaro munosabat (aloqa) boski-chida texnologik jarayonning xar bir ko\u2019rinishi uchun aloxida bu tizimning semantiq tarmorini tuzadi. Sunggi foydalanuvchi tomonidan texnologik jarayon uzgartirilsa, bilimlar muxandisiga semantiq tarmoqni uzgartirishga to\u2019g\u2019ri keladi. 162","2. Freymlar. Freymlar nazariyasini, bilimlarni freymlar bilan tasvirlash ROYASINI va \u00abfreym\u00bb termi-nini 1975 yilda M. Minski degan olim taqlif kilgan. \u00abFreym\u00bb so\u2019zi ingliz tilidan olingan bo\u2019lib, ramka, deraza, reshyotka, ichki skelet kabi mazmunlarda ishlatiladi. Freymlar nazariyasining moxiyati quyidagicha. Inson yangi xolatga tushib kolgan paytda, u uzining xotirasi-dagi freymlar deb nomlanuvchi asosiy strukturani tuzi- lishiga murojaat qiladi. YA\u2019ni bunday xolatda to\u2019g\u2019ri echimni qabul qilish uchun nimalar qilish keraqligini eslaydi. Freym \u2014 bu oldin eslab kolingan bilimlarni tasvirlash birligi. Bu birlikning detallari davr va talab takozosi bilan uzgarishi mumkin. Freym \u2014 ma\u2019lu-motlar tuzilishini ifodalaydi, uning yordamida, masa-lan, sizning xonangizdagi xolatni tasvirlash mumkin. Xar bir freym xar xil axborotlar bilan tuldirilishi mumkin. Agar okibat kutilgan natijani bermasa, bu ax-borot \u2014 kurilayotgan freymning qo\u2019llanish usullariga aloqador bo\u2019lishi mumkin. Freym kup jixatdan uzining tuzilishiga kura semantiq tarmoqka uxshash bo\u2019ladi. Freym \u2014 ierarxik tuzilgan, tugun va munosabat (aloqa) lar tarmogidir. Bu erda yuqori tugunlar umumiy tushun-chalarni ifodalasa, pastki tugunlar esa bu tushuncha-larning xususiy xollaridir. Semantiq tarmoqlardan farkli ularok, freym tizimlarda xar bir tugundagi tarmoqlar tushunchasi atributlar tuplami (masalan, ism, rang, ulcham, shaql) va bu atributlarning kiymatlari (masalan, Rustam, kuk, kichkina, dumalok) bilan beri-ladi. Atributlarni esa slotlar (tirkishlar) deyiladi. Slotlar freym ichida axborotning aniq joyini kursata-di. Masalani echish uchun axborot etarlimi yoki qaysi-lari etishmaydi, agar etarli bo\u2019lmasa ularni freymning qaeridan olishi kerak? 163","Bu kabi vazifalarni slotlar bajaradi. Atributlar uzgaruvchan xarakterga ega bo\u2019lgan xolatda slotlar shpats (oralik)larni uz ichiga oladi. Bu shpatslarga slotlarning hozirgi axamiyati (kiyma-ti)ni tasvirlovchi ayrim ob\u2019ektlar joylashadi. Munosabat (aloqa)lardan tashkil toptan freymlar tuplamini yigib freymlar tizimsini kurish mumkin. Bilimlarni freymlar yordamida tasvirlanishining matematik tuzilishini quyidagi ko\u2019rinishida yozish mumkin: { i <v1, g1> <v2, g2> ... < vk, gk>} bu erda i freymlarning nomlari, vj \u2014 slotlarning nomlari, gj \u2014 slotlarning kiymati. Slotlarning kiymati sifatida boshqa freymlarning nomlari xam bo\u2019lishi mumkin, ular freymlar orasidagi munosabat (aloqa)larni ta\u2019minlaydi. Agar boshqa freymlarga murojaat kilinayotganda, slotlar nomlari xisobga olin-masa, u xolda bir jinsdagi freymlar tarmori xosil bo\u2019ladi. Aks xolda, borlanishlar qaysi slotlardan xosil bo\u2019lgan bulsa shu slotlarning nomlari bilan ataladi va freymlar bir jinsli bo\u2019lmaydi. Bundan ko\u2019rinadiki, freymlar tarmoridan biror bir semantik tarmoqqa o\u2019tish va teskarisiga o\u2019tish xech kiyin emas. Freym: Ism Sinf: Xayvon Struktura Bosh, buyin, elementi qo\u2019llar, oyoklar... Buy: 30:220 sm Massa: 1:200 kG Dum: Yo\u2019q Til: Uzbek, rus, ingliz Freym analogi (uxshashi): Maymun Bunday freymlar bilimlar ko\u2019rinishida yig\u2019ildi. Biz biror ob\u2019ektni aniqlashni xoxlaymiz, deb faraz qilaylik. Buning uchun birnechta berilgan \u00abodam\u00bb freymidagi slotlar va bu slotlarga tegishli atributlarni ko\u2019rib chiqamiz. Muvofiklashtirish protseduralaridan boshlaymiz. Buning uchun xotiradan odam xarakteristikalarini tasvirlovchi \u00abodam\u00bb freymini chakiramiz. Xamma slotlarning shartlarini kanoatlantiradigan ma\u2019lumotlar olinganda, ob\u2019ekt odam sifatida aynan tenglashtiriladi (identifikatsiyalanadi). Agar kompyuterga kiradigan ma\u2019lumotlar \u00abodam\u00bb freymida berilgan shartlarga mos kelmasa, masalan ob\u2019ekt (sub\u2019ekt)ning massasi 300 kg va ob\u2019ektning dumi bor deyilsa, bu ma\u2019lumotlardan xulosa shuki, ko\u2019rilayotgan ob\u2019ekt odam emas. SHundan so\u2019ng o\u2019xshashlik freymining ko\u2019rsatkichidan foydalanib va xotiradan \u00abmaymun\u00bb freymini chakirib, shunga uxshash muvofiklashtirish utkaziladi. Bunday usul, xatto axborotlar tulik berilmagan xolda xam xolatning mazmunini tushunishga imkon beradi. Freymlar yordamida bilimlarni tasvirlashning afzalliklari shundan iboratki, freym xar qanday ma\u2019lumotlar tuzilishini-(qanchalik murakkab bo\u2019lmasin) tasvirlashi mumkin. Lekin ikkinchi tomondan, xattoki oldindan ma\u2019lum bo\u2019lgan predmet sohasi uchun xam freymlarni ajratib olish kiyin. Freymlar shaqli va tuzilishi qanday bo\u2019lishi kerak, nechta freymlarni ajratish kerak, freymlarni bir-biri bilan qanday bog\u2019lash kerak, 164","freymlarni bir-biri bilan bog\u2019lashda ularning xususiyatlari, xossalari sak,lanadimi va shunga uxshash muxim masalalar hozirgi vaqtda umumiy echimga ega emas. 3.Produktsion tizimlar. 70-yillarning o\u2019rtalariga kadar ekspert tizimlarda bilimlarni tasvirlash uchun bilimlarni ifodalovchi produktsiey modellar keng qo\u2019llanildi. Bu umumiylik ekspert tizimlarning 1-avlodiga xos edi (masalan, DENDRAL, MYCIN, PUFF, SECS, Rl, MDX, MEDAS va boshqalar). Produktsion (maxsuliy) qoidalar bilimlarni \u00abAGAR \u2014 U XOLDA\u00bb ko\u2019rinishida tasvirlaydi. Qoidaning \u00abAGAR\u00bb qismi bir qator shartlarni ifodalaydi, bu shartlar qanoatlantirilsa, qoidaning ikkinchi, ya\u2019ni \u00abU XOLDA\u00bb qismidagi xulosalar mazmunga ega bo\u2019ladi. Masalan: AGAR televizion tasvir tinik bo\u2019lmasa, Va vaqt o\u2019tishi bilan u pasaya borsa, Va tasvir uta ko\u2019rib bo\u2019lmaydigan darajaga etsa, \u00abU XOLDA\u00bb kineskop ishdan chikkan bo\u2019ladi, yangisi-ga almashtirish kerak. Bilimlarni qayta ishlovchi, bilimlarni tasvirlashda ishlatiladigan Produktsion qoidalarni uz ichiga oluvchi tizimlar produktsion tizimlar deb nom oldi. Ekspert tizimlarning qo\u2019llanishi buyicha produktsiyalarni \u00abvaziyat->-xarakat\u00bb, \u00abxolat-v echimni qabul qilish\u00bb, \u00abjo\u2019natish \u2014 xulosa\u00bb tarzida talqin qilish mumkin. Deduktiv xulosa tizimi uchun o\u2019ziga xoslik \u2014 bu \u00abjo\u2019natish \u2014 xulosa\u00bb ko\u2019rinishidagi talqin qilishdir. Bunda jo\u2019natishlar va xulosalar \u2014 aksioma va teoremalarni, produktsiyalarni o\u2019zi esa xulosa qoidalarini ifodalaydi. Produktsiyalar tilining asosiy elementi quyidagi konstruktsiyadir: (i), P, Pj; A \u2192 V; (j)Q. Bu konstruktsiya og\u2019zaki quyidagi tekst bilan ifodalanishi mumkin: \u00abAgar R shart bajarilsa va A shart urinli bulsa, u xolda V ishni qilish va produktsiyaning i nomerli shar-tini Q shartiga uzgartirish kerak\u00bb. Bizning yozuvdagi (i) qoidaning tartib nomeri. Ekspert tizimlar xulosalarni chiqarish buyicha uch xil bo\u2019ladi: 1) to\u2019g\u2019ri yul bilan xulosa chiqaruvchi, 2) teskari yul bilan xulosa chiqaruvchi, 3) aralash yul bilan xulosa chiqaruvchi ekspert tizimlar. Masalan, to\u2019g\u2019ri yul bilan xulosa chiqaruvchi ETlar yordamida kasallik alomatlariga kura kasallik aniqlanadi. Teskari yul bilan xulosa chiqaruvchi ETlar yordamida farazlardan (taxmin kilingan kasallikdan) bu farazni isbotlovchi yoki isbotlay olmaydigan dastlabki ma\u2019lumotlarga tomon sekin- asta boramiz. Mashxur chet el ekspert tizimlardan DENDRAL tizimi to\u2019g\u2019ri yul bilan xulosa chiqaruvchi, MYCIN esa teskari yul bilan xulosa chiqaruvchi ETdir. Aralash yul bilan xulosa chiqaruvchi tizimlarda ikki tomon-lama jarayonni amalga oshirish mumkin, lekin bu xolatda ekspert tizimning bilimlar manbaida vaziyat (xolat) bilan birlikda maqsad xam berilishi lozim. Bilimlarni tasvirlovchi qoidalarning muxim axamiyati shundaki, tasvirlash modul xarakterga ega, ya\u2019ni boshqa qoidalarga to\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri ta\u2019sir etmasdan yangi qoidalarni kushish, eskilarini olib tashlash yoki uzgar-tirish mumkin. Qoida produktsiya ko\u2019rinishida bilimlarni tasvirlashning ikkita jiddiy kamchiligi bor. Bu kamchiliklar hozirgi zamon dasturlash amaliyotida u (tasvirlash) ning imkoniyatlarini birmuncha cheklaydi. Birinchidan, uxshash qoidalar tuplamini aniqlay oladigan xamda qoidalar tuplamiga uzgartirish kiritishda yoki qoidalar o\u2019rtasidagi o\u2019zaro munosabatlarni 165","aniq-lashda foydali bo\u2019ladigan qoidalar modulligi qoidalarga asoslangan ekspert tizimlarning bilimlar bazasini tashkil etishga tuskinlik qiladi. Ikkinchidan, tuzilishning bir jinsligi kup xol-larda, bilimlarning xar xil turlarini bir sintaksisda tasvirlashga majbur qiladi va okibatda tizimdagi bilimlarning vazifasini zaiflashtiradi. Masalan, boshqa qoidalarni chakirishni boshqaradigan, yashirin xolda ishlaydigan yoki yakun yasaydigan qoidalarni yangi ma\u2019lumotni chiqarishda ishlatiladigan qoidalar-dan farklab bo\u2019lmaydi. Ekspert tizimlarda bilimlarni tasvirlash usullariga yakun yasab shuni ta\u2019kidlash lozimki, hozirgi paytga kadar ishlab chikilgan usullarda aniqlik va bir kiymatlilik yuk. Bunga bir tomondan, bilimlarni aniqlash va ularni ifodalash usullarining kupligi, ikkinchi tomondan, ulardan xar birining samaradorligi-ni baxolashda, ular bilan ishlashda eng maqsadga muvofik muolajalarni aniqlash usullarining yukligi sababdir. Bu xol bilimlarni ifodalashning umumiy nazariyasini yaratishni takozo etadi. Hozircha bunday nazariya yuk. SHu sababli bilimlarni ifodalashning u yoki bu usuliga baxo bera olmaymiz. 12-bob bo\u2019yicha xulosalar Xar qanday intellektual tizim, uning qaerda qo\u2019llanishiga bog\u2019liq bo\u2019lmagan xolda, odam-mashina tizimidir. Mashina sifatida EXM ishlatiladi. Tizimning vazifasi - oxirgi foydalanuvchiga u yoki bu masalani echishda uning kasbi faoliyati doirasida malakali mutaxassis (ekspert) larning yillar davomida orttirgan bilimlaridan foydalanish uchun imkoniyat yaratishdan iborat. Buning uchun EXM tarkibiga bilimlar manbai va intellektual interfeys kirishi kerak. Bilimlar manbaida xarakterli bo\u2019lgan masalalarni echish usullari haqidagi axborotlar saqlanadi. Intellektual interfeys masalani echish jarayonida oxirgi foydalanuvchi va tizim o\u2019rtasidagi o\u2019zaro munosabatni (xarakatni, ishlashni) ta\u2019minlaydigan sunggi foydalanuvchining xamma vositalarini o\u2019z ichiga oladi. Muammoni xal qilishga karatilgan, oxirgi yillarda yaratilgan ETlarning taxlili shuni ko\u2019rsatadiki, yaratuvchilarning asosiy kuch-g\u2019ayrati, sanoat va konstruktor- texnologik korxonalarda samarali qo\u2019llanuvchi sistemalar yaratishga qaratilgan. 166","13- bob Neyron tarmoq texnologiyalari 13.1 Neyron to\u2019rlarini tashkil qilish to\u2019g\u2019risida ma\u2019lumot Odam miyasi juda murakkab tuzulishga ega. Uning qanday ishlashini o\u2019rganish maqsadida juda ko\u2019p ilmiy izlanishlar olib borilgan va borilmoqda. Ma\u2019lumki inson miyasi katta xajmdagi axborotni tez qayta ishlay oladi. Bunga sabab millionlab miya nerv xujayralari - neyronlarning parallel ishlashidir [24,34]. Sun\u2019iy neyronlarning g\u2019oyaviy asosi xam biologik neyron xujayralari xisoblanadi. Bugungi kunda miyaning ishlashini o\u2019rganish yo\u2019lida fan erishgan yutuqlardan kelib chiqib biologik neyron quyidagicha ishlashini aytish mumkin. Nerv xujayrasi - neyron bo\u2019lib, u ma\u2019lumotlarni qayta ishlovchi eng kichik birlikdir. O\u2019z o\u2019rnida xar bir neyronda ko\u2019plab o\u2019simtalar bo\u2019ladi. Bu o\u2019simtalarning bittasidan boshqa barchalari akson deb nomlanadi va aksonlar orqali neyronga tashqi signallar keladi. Bitta o\u2019simta dendrid deb nomlanadi va u orqali neyron tashqariga signal beradi. Ko\u2019plab neyronlar bir birlari bilan ma\u2019lum arxitekturada bog\u2019langan bo\u2019ladi. Bir neyronning aksoni boshqa bir neyronning dendridiga bog\u2019langan nuqtalari sinaps deyiladi. SHu tariqa millionlab neyronlar bir-birlari bilan bog\u2019lanib ma\u2019lum bir arxitekturadagi neyron to\u2019rlarini tashkil qiladi. Bitta oldingi qatlamdagi neyron chiqish o\u2019simtasi - dendrid orqali signalni keyingi qatlamdagi neyronlarga ularning aksonlari orqali beradi. Eng birinchi qatlamdagi neyronlar signallarni ma\u2019lum organlarning retseptorlari orqali oladi. Masalan ko\u2019z, burun, teri va xokazolar. Eng oxirgi qatlamdagi neyronlar esa signallarni ma\u2019lum organlarning muskullariga uzatadi. Masalan qo\u2019l, oyoq, yuz, tovush pardalari va xokazolar. Ana shu kabi miya tuzulishini o\u2019rganishlardan kelib chiqib biologik neyronlarning funktsional analogi sun\u2019iy neyronlarni yaratishga xarakatlar qilinmoqda. Albatta, bugun erishilgan natijalar inson miyasiga nisbatan juda primitiv, lekin shilliqurt, chuvalchang miyasi darajasida deyish mumkin. Sun\u2019iy neyron tabiiy neyronning funktsiyasini bajara oladigan matematik model\u044c, apparat yoki kompyuter dasturidir. Bunda signallarning qiymati (ya\u2019ni amplitudasi)gina xisobga olinadi. Tabiiy neyronda esa nafaqat signalning qiymati, balki chastotasi xam xal qiluvchi axamiyatga ega bo\u2019lishi mumkin. Ammo 167","organizmlar miyasini bugungi o\u2019rganilganlik darajasi juda past bo\u2019lib, xozirgacha bu borada ilmiy natijalarga erishilmagan. Neyron deyilganda sun\u2019iy neyron aniqrog\u2019i, kompyuter dasturini nazarda tutiladi. Oddiy neyronni ko\u2019rib chiqaylik: Bu erda: p \u2013 kirish vektori (input vector); R\u2013 kirish elementlari soni (number of input elements); w\u2013 og\u2019irliklar vektori (weight vector); b\u2013 surilish (bias); n\u2013 kirishning og\u2019irliklarga ko\u2019paytirilgan va surilgan qiymati (wpqb); f\u2013 transfer funktsiya (transfer function); a\u2013 chiqish (output). Neyronga kirish vetori p beriladi. Kirishlarning barchasi bir xil ta\u2019sir kuchiga ega bo\u2019lmaydi. SHuning uchun ma\u2019lum kirishning ta\u2019sir kuchini boshqarish maqsadida og\u2019irlik w tushunchasi kiritilgan. Xar bir kirish qiymati p og\u2019irliklar vetori w ning mos elementiga ko\u2019paytirilib natijalar jamlanadi (ya\u2019ni wp+p1w1,1+p2w1,2 +\u2026pRw1,R). Summaga surilish qiymati b qo\u2019shiladi. b xam og\u2019irlik w ga juda o\u2019xshash, ammo uning \u00abkirish\u00bb qiymati o\u2019zgarmas 1 (bir) konstantadir (ya\u2019ni b kirish qiymati emas). Natijada transfer funktsiyaning kirish qiymati n xosil bo\u2019ladi (ya\u2019ni n+wp+b). Bu qiymat transfer funktsiya (uzatish funktsiyasi)ga parametr sifatida berilib neyronning chiqishi a topiladi. w va b neyronning sozlanadigan parametrlaridir. Ana shu parametrlar o\u2019zgartirilib neyron ma\u2019lum bir funktsiyani bajaradigan xolga keltiriladi. SHu jarayon neyronni o\u2019rgatish deb yuritiladi. Neyron to\u2019rlarning markaziy g\u2019oyasi xam ana shunda: neyronlarning w va b qiymatlarini o\u2019zgartirib, ya\u2019ni o\u2019rgatib ixtiyoriy vazifani bajaradigan xolga keltirish mumkin. Neyronni sxematik ravishda quyidagicha ifodalash mumkin: 168","Neyron kirish qiymatlarini og\u2019irliklarga ko\u2019paytmasini jamlabgina qolmasdan ma\u2019lum bir funktsiya \u2013 transfer funktsiyada xam qayta ishlaydi. Transfer funktsiya sifatida chiziqli, zinali, logarifmik-sigmoida, tangensoida funktsiyalaridan foydalaniladi. qanday funktsiyadan foydalanish aniq masalaga bog\u2019liq. Bitta neyronning funktsional quvvati juda past, lekin uning afzalliklaridan biri \u2013 ko\u2019plab neyronlar birlashtirilib, quvvati oshirilib ishlatilishi mumkin. quyida S dona neyrondan tashkil topgan 1 qatlam(layer)li neyron to\u2019r keltirilgan: R \u2013 kirish elementlari soni; S \u2013 birinchi qatlamdagi neyronlar soni; Og\u2019irliklar vektori W matritsasining qatorlari neyronlarning indeksini, ustunlari esa kirish indekslarini ifodalaydi, ya\u2019ni: w1,1 \u2013 birinchi neyronning birinchi kirishga og\u2019irligi; w1,2 \u2013 birinchi neyronning ikkinchi kirishga og\u2019irligi; w2,1 \u2013 ikkinchi neyronning birinchi kirishga og\u2019irligi; wS,R \u2013 Sinchi neyronning Rinchi kirishga og\u2019irligi. 169","Tushunish osonroq bo\u2019lishi uchun yuqoridagi detal\u044cniy sxemani quyidagi soddaroq ko\u2019rinishga keltirish mumkin: Neyronlarning bunday tarzda qatlamga biriktirilishi kirish signallarini barcha neyronlarga uzatilishi, neyronlar xar biri o\u2019zi mustaqil ishlashi va xar bir neyronning chiqishini aloxida-aloxida olish imkononi beradi. Bundan tashqari ko\u2019plab sondagi neyronlarni bitta setga birlashtirganda qo\u2019yilagan masalani echish uchun yaroqli arxitekturani xosil qilish mumkin bo\u2019ladi. Odatda uchraydigan masalalarni echish uchun bir emas ko\u2019p qatlamli neyron to\u2019rlar talab qilinadi. Ko\u2019p qatlamli neyron to\u2019rlarda birinchi qatlam kirish qatlami (input layer), oxirgi qatlam chiqish qatlami (xutput layer) va boshqa barcha ichki qatlamlar berkitilgan qatlamlar (hidden layers) deb nomlanadi. Quyida ko\u2019p qatlamli neyron to\u2019rga misol tariqasida 3 qatlamli neyron to\u2019r keltirilgan: Birinchi qatlamdagi neyronlarning og\u2019irlik matritsasi IW (Input Weights) sifatida belgilangan. Keyingi barcha qatlamlarda esa LW (Layer Weights) tarzida belgilangan. Sxemadan ko\u2019rish mumkin birinchi qatlamning chiqishi a1 ikkinchi qatlamga kirish sifatida berilmoqda va mos ravishda ikkinchi qatlamning chiqishi a2 uchinchi qatlamning kirishiga berilmoqda. Butun setning chiqishi \u2013 oxirgi qatlamning chiqishi a3dir. 170","Bu sxemani soddalashtirilgan xolda quyidagicha ifodalash mumkin: Ko\u2019p qatlamli neyron to\u2019rlar o\u2019ta kuchli funktsional quvvatga ega bo\u2019lib, murakkab funktsiyalarni approksimatsiya(ifoda)lay olishi mumkin. Xususan birinchi qatlami sigmoida va ikkinchi qatlami chiqizli transfer funktsiya bo\u2019lgan ikki qatlamli neyron to\u2019r ixtiyoriy funktsiyani approksimatsiyalay oladi. Albatta, buning uchun approksimatsiyalanishi kerak bo\u2019lgan funktsiyaning murakkabligiga xarab xar ikkala qatlamdagi neyronlar soni etarli bo\u2019lishi va ko\u2019p, lekin chekli sondagi o\u2019rgatish amalga oshirilishi kerak. Neyron to\u2019rlarda quyidagi transfer funktsiyalar ishlatiladi: Zinali (hard limit): \uf0ec0,\u0430\u0433\u0430\u0440 n \uf03c 0 a \uf03d \uf0ed\uf0ee1, \u0430\u0433\u0430\u0440 n \uf0b3 0 CHiziqli (linear): a \uf03d wn \uf02b b Sigmoida (log- a \uf03d 1 sigmoid): \uf02be 1 \uf02dn Zinali transfer funktsiya barcha transfer funktsiyalar ichida eng funktsional kuchsizi, ammo birinchi neyron to\u2019r(perseptron)da aynan mana shu funktsiyadan foydalanilgan. CHiziqli transfer funktsiyaning boshqa transfer funktsiyalardan afzalligi \u2013 chiqish doirasi katta, ammo shu bilan birga eng katta kamchiligi ixtiyoriy ko\u2019p qatlamli chiziqli neyron to\u2019rni bir qatlamli chiziqli neyron to\u2019r bilan almashtirish mumkin. YA\u2019ni faqat chiziqli transfer funktsiyalardan foydalanib neyronlarni ko\u2019p qatlamlarga biriktirish ularning funktsional quvvatini oshirmaydi. CHiziqli transfer 171","funktsiyaning aksini sigmoida transfer funktsiyasida ko\u2019rishiiz mumkin. Sigmoida transfer funktsiyali neyronning chiqishi kirishiga mos ravishda 0 va 1 oralig\u2019ida joylashadi. SHuning uchun xam bunday funktsiyalarni siquvchi funktsiyalar deb xam yuritiladi. Sigmoida transfer funktsiyali neyronlarni ko\u2019p qatlamlarga biriktirish ularning funktsional quvvatini juda oshiradi. 13.2. Neyron to\u2019rlarining tarixi Neyron to\u2019rlarning nazariy asoslari dastlab 1943 yilda U.Makkalox va uning shogirdi U.Pitts olib borgan tadqiqotlarga borib taqaladi. Neyron tushinchasi va og\u2019irlik tushinchasi shu olimlarning ilmiy izlanishlaridan qolgan. Makkalox modelining asosiy kamchiligi transfer funktsiya (o\u2019tish funktsiyasi) sifatida faqatgina zinali funktsiyadan foydalanilgan. Bu xam aslida Makkaloxning ilmiy qarashlaridan biri edi. Olim transfer funktsiya faqat ikki xolatdagina bo\u2019la olishi kerakligini, neyron xam kirish signallariga qarab ikki xolatning birida \u2013 ishlagan yoki ishlamagan xolda o\u2019z natijasini setning keyingi neyronlariga uzatishi lozimligini aytgan. Ammo keyingi tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari natijasida shu narsa ma\u2019lum bo\u2019ldiki, transfer funktsiya sifatida faqatgina zinali funktsiya emas, balki boshqa funktsiyalardan, masalan chiziqli, logarifmik-sigmoida, tangens-sigmoida kabi funktsiyalardan foydalanish xam yaxshi natijalar beradi (qaysi transfer funktsiyadan foydalanish aniq xolatlarga, muammolarga bog\u2019liq). Makkaloxning ishlarida ba\u2019zi kamchiliklarga xam yo\u2019l qo\u2019yilgan bo\u2019lishiga qaramasdan neyron to\u2019rlarning nazariyasi negizi xali xam o\u2019shandayligicha qolmoqda. Neyron to\u2019rlarning rivojlanishiga bo\u2019lgan katta turtkilardan biri neyrofiziolog olim F.Rozenblat taklif qilgan model\u044c \u2013 perseptron bo\u2019ldi. Perseptronning Makkalox modelidan farqi neyronlar orasidagi aloqalardagi og\u2019irliklarning o\u2019zgaruvchanligi edi. O\u2019zgaruvchanlik imkoniyatining mavjudligi neyron to\u2019rlarni turli muammolarni echishga \u00abo\u2019rgana oladigan\u00bb qildi. Keyinchalik Xopfild, Verbos, Koxonen, Fukushima kabi olimlar neyron to\u2019rlar ustida ilmiy izlanishlar olib bordilar va katta natijalarga erishdilar. Neyron to\u2019rlarni o\u2019rganish natijasida ularning bir qancha xususiyatlari ma\u2019lum bo\u2019ldi. Neyron to\u2019rlardan prognozlashda, jarayonlarni boshqarishda, immitatsiya qilish va taxlil qilishda foydalanish yuqori samara beradi. Neyron to\u2019rlarni boshqa usullarni tadbiq qilish qiyin bo\u2019lgan sharoitlarda \u2013 muammoni xal qilish algoritmi mavxum bo\u2019lganda, ma\u2019lumotlar noaniqligida, etishmasligida, juda katta yoki juda kichik xajmdaligida, qarama-qarshiliklar mavjud sharoitlarda tadbiq qilish oson va samarali. Bunga asosiy sabab boshqa usullardagi kabi kerakli jarayonni qonuniyatlarini aniqlab, matematik tenglamalar tuzib, echish algoritmlari ishlab chiqishning zaruriyati yo\u2019q. Neyron to\u2019rlar arxitekturasi, transfer funktsiyalar va o\u2019rgatish algoritmlari to\u2019g\u2019ri tanlansa neyron to\u2019rni tayyor ma\u2019lumotlarda o\u2019rgatish natijasida, u foydalanishga tayyor bo\u2019ladi. Neyron to\u2019rlarni o\u2019rgatish deyilganda neyron to\u2019rning o\u2019zi o\u2019z ichki parametrlarini xisoblab topib o\u2019zgartirishi tushiniladi. Buning uchun tarmoqqa 172","tanlangan kirish qiymatlari beriladi va xosil bo\u2019lgan natijalarni xaqiqiy natijalar bilan solishtirib farqi(xatolik) topiladi. SHu farq neyron to\u2019r uchun parametrlarini to\u2019g\u2019rilashiga asos va ma\u2019lumot bo\u2019ladi. 13.3. Neyron to\u2019rlarini ishlab chiqarishning turli sohalariga tadbiqi Bugun neyron to\u2019rlar o\u2019ta chuqur o\u2019rganilmagan bo\u2019lishiga qaramasdan quyidagi sohalarga qo\u2019llanilib ijobiy natijalarga erishilmoqda: - biznes \u2013 neyron to\u2019rlarning bu sohaga tadbiqi 1984 yilda adaptiv kanal ekvalayzeri yaratilishi bilan boshlandi. Bu qurilma juda sodda bo\u2019lib, bitta neyrondan tashkil topgan. U uzoq masofadagi telefon liniyalarida ovozni stabillashtirib sifatini oshirganligi sababli katta iqtisodiy muvafaqiyat qozongan; - bank moliya \u2013 ko\u2019chmas mulkni baxolashda, kredit berishda risklarni xisoblab mijoz tanlashda, qarzlarni baxolashda, kreditlarning ishlatilishini analiz qilishda, savdo portfeli programmalarida, moliyaviy analiz qilishda, valyuta qiymatini prognozlashda; - birja \u2013 valyuta va aktsiya kurslarini prognozlashda, bozorni prognozlashda, korxonalar kelajagini baxolashda; - ishlab chiqarish \u2013 jarayonlarni boshqarishda, maxsulotlar dizayni va analizida; - meditsina \u2013 o\u2019pka raki xujayralarini analiz qilishda, DNK analizida, protez loyilashda, transplantatsiya vaqtlarini optimizatsiyalashda, shifoxona xarajatlarini kamaytirishda va sifatini oshirishda, shoshilinch yordam xonalarini tekshirishda; - robototexnika \u2013 traektoriya qurishda, xarakatni boshqarishda, manipulyatorlarni boshqarishda, tasvir analizi va ko\u2019rishda, shakllar va figuralarni tanishda, ovoz analizi va sintezida; - transport \u2013 marshrutlarni optimal loyixalashda, vaqt jadvallarini rejalashtirishda, yuk mashinalari tormoz sistemalarining analizida; - avtomobil\u044c \u2013 avtomatik boshqarish tizimlarida, avtomatik xarita tizimlarida, kafolat bilan bog\u2019liq ishlar tekshiruvida; - kosmos \u2013 yuqori samarali avtopilotlar yaratishda, uchish traektoriyasi immitatsiyasi tizimlarida, uchar jismlarni boshqarish tizimlarida, uchar jismlarining kamchilik va buzuqliklarini topish va bartaraf qilishda; - mudofaa \u2013 tovush, radar, infraqizil signallarni taxlil qilishda, axborotlarni umumlashtirishda, avtomatik qurilmalarni boshqarishda; - telekommunikatsiya \u2013 tasvir va ovozni zichlash, shifrlash va boshqacha qayta ishlash jarayonlarida, avtomatlashtirilgan axboratlashtirishda, turli tillarga sinxron tarjima tizimlarida va xokazolarda. Neyron to\u2019rlarning afzalliklarini va mavjud kompyuter dastur paketlarining qulaylik va samaradorligini xisobga olib uni innovatsiya jarayonlarida qo\u2019llash istiqbolli ekanligini xulosa qilish qiyin emas. 173","13.4. Neyron to\u2019rlarini kompyuter dasturi sifatida namoyon bo\u2019lishi Neyron to\u2019rlarni loyixalash va yaratish borasida ko\u2019plab kompyuter dasturlari ishlab chiqarilgan. Ular orasida MathWorks firmasi tomonidan yaratilgan MatLab kompyuter dasturi paketi ustunliklari bilan aloxida ajralib turadi. CHunki aynan shu dastur matematik yadroga va neyron to\u2019rlar qism paketiga ega. Unda eng sodda neyron modelidan tortib, ixtiyoriy transfer funktsiyali ixtiyoriy arxitekturadagi murakkab neyron to\u2019rlarni oson va tez yaratish mumkin. Bundan tashqari paket tarkibiga teskari aloqali chiziqli boshqaruvchi, zavod kelajagini prognozlovchi va baxolovchi, funktsiyalarni approksimatsiyalovchi vositalar xam kiradi. Neyron to\u2019rlarni o\u2019rgatishning bir qancha algoritmlari xam paketda amalga oshirilgan. MatLab dasturida neyron to\u2019r modeli tuzilgach bu model\u044c ustida virtual laboratoriya sifatida foydalanib, jarayonni immitatsiya qilish mumkin. MATLAB dasturi matritsaviy amallarni qo\u2019llashga asoslangan. Bu tizimni nomi MATrix LABoratory matritsaviy laboratoriyada o\u2019z aksini topgan. MATLAB \u2013 kengayuvchi tizim, uni xar xil turdagi masalalarni echishga oson moslashtirish mumkin. Simulink \u2013dinamik tizimlarni modellashtirish, imitatsiya va taxlil qilish uchun interaktiv vositadir. U grafik blok-diagrammalarni qurish, dinamik tizimlarning ishlashini tekshirish va loyixalarni mukammalashtirish imkoniyatlarini beradi. Simulink yuzdan ortiq biriktirilgan bloklarga ega. Bloklar vazifalariga mos xolda guruxlarga bo\u2019lib chiqilgan. Bular: signallar manbalari, qabul qilgichlar, diskret, uzluksiz, chiziqli bo\u2019lmagan, matematik funktsiyalar, signallar va tizimlar. Simulink MATLAB bilan to\u2019la integrallashgan. 13 -bob bo\u2019yicha xulosalar Sun\u2019iy neyron tabiiy neyronning funktsiyasini bajara oladigan matematik model\u044c, apparat yoki kompyuter dasturidir. Bunda signallarning qiymati (ya\u2019ni amplitudasi)gina xisobga olinadi. Tabiiy neyronda esa nafaqat signalning qiymati, balki chastotasi xam xal qiluvchi axamiyatga ega bo\u2019lishi mumkin. Ammo organizmlar miyasini bugungi o\u2019rganilganlik darajasi juda past bo\u2019lib, xozirgacha bu borada ilmiy natijalarga erishilmagan. Neyron deyilganda sun\u2019iy neyron aniqrog\u2019i, kompyuter dasturini nazarda tutiladi. Zinali transfer funktsiya barcha transfer funktsiyalar ichida eng funktsional kuchsizi, ammo birinchi neyron to\u2019r(perseptron)da aynan mana shu funktsiyadan foydalanilgan. CHiziqli transfer funktsiyaning boshqa transfer funktsiyalardan afzalligi \u2013 chiqish doirasi katta, ammo shu bilan birga eng katta kamchiligi ixtiyoriy ko\u2019p qatlamli chiziqli neyron to\u2019rni bir qatlamli chiziqli neyron to\u2019r bilan almashtirish mumkin. YA\u2019ni faqat chiziqli transfer funktsiyalardan foydalanib neyronlarni ko\u2019p qatlamlarga biriktirish ularning funktsional quvvatini oshirmaydi. Neyron to\u2019rlarni o\u2019rganish natijasida ularning bir qancha xususiyatlari ma\u2019lum bo\u2019ldi. Neyron to\u2019rlardan prognozlashda, jarayonlarni boshqarishda, immitatsiya qilish va taxlil qilishda foydalanish yuqori samara beradi. 174","14 \u2013 bob Iqtisodiy sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlaridan foydalanish 14.1. Statistika sohasida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari Davlat statistikasi \u2013 mamlakat iqtisodiyotini boshqarish tizimidagi eng muhim bug\u2019inlardan biri. U jamiyat hayotidagi ommaviy xodisalarni o\u2019rganish, ularning murakkab o\u2019zaro aloqalari va hamkorliklarini aniqlash, hamda iqtisodiyotni faoliyat yuritish va rivojlanishga ilmiy asoslangan holda baho berishga qaratilgan. Davlat statistikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: \uf02d iqtisodiyotning barcha sohalari va ularga tegishli korxonalarning faoliyati haqidagi statistik axborotlarni yig\u2019ish, ishlab chiqish va turli foydalanuvchilarga taqdim etish; \uf02d hozirgi zamonaviy bosqichda jamiyat extiyojlari hamda xalqaro andozalarga mos keluvchi ilmiy asoslangan statistik uslubiyatini ishlab chiqish; \uf02d barcha rasmiy statistik axborotlar to\u2019liqligi va ilmiy asoslanganligini kafolatlash; \uf02d iqtisodiyotni boshqarish idoralarining statistik faoliyatini muvofiqlashtirish va ular tomonidan sohaviy statistik kuzatishlarini o\u2019tkazishni ta\u2019minlash; \uf02d barcha foydalanuvchilarga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy holati, iqtisodiyotning sohalari va sektorlari haqidagi rasmiy ma\u2019ruzalarni tarqatish yo\u2019li bilan ochiq statistik axborotlarga teng kirishni taqdim etish va boshqalar[18,34]. Davlat statistikasi mamlakatda statistik axborot tizimini yaratish uchun baza bo\u2019lib xizmat qiladi. Davlat statistika idoralari o\u2019z faoliyatini O\u2019zbekistonda hisob va statistika tizimida iqtisodiyotni rivojlantirishning davlat tomonidan boshqarishning muhim tayanchi ekanligiga rioya qilgan holda amalga oshiradi. Boshqaruv ob\u2019ektlari deganda tizimning me\u2019yoriy faoliyat yuritishi uchun muntazam nazorat qilish va tartibga solishni talab qiladigan element tushuniladi. Iqtisodiyotning sohalari, ularning korxonalari va tashkilotlari boshqaruv ob\u2019ektlari bo\u2019ladi (14.1-rasm). Davlat statistika idoralari, davlat boshqaruvi idoralari iqtisodiyot sohalarining faoliyati haqida xabardor qilib, vazifalar ko\u2019rinishidagi boshqaruvchi axborot qabul qilingani va boshqaruv ob\u2019ektlarining haqiqiy holatidan kelib chiqqan holda qayd etilgan, muljallangan xarakatlarida aks ettiriluvchi muhim signal vazifalarini bajaradi. Statistik axborot tizimi murakkab tizimlarning oldiga qo\u2019yilgan quyidagi barcha talablariga javob beradi: - umumiy maqsadga erishish uchun tizim elementlarining muvofiq o\u2019zaro hamkorligi nuqtai nazaridan birligi; - katta o\u2019lchamlilik; - holatning murakkabligi va boshqalar. O\u2019zbekiston Respublikasi statistika qo\u2019mitasi qoshidagi davlat statistika idoralari o\u2019z ishini umumiy tamoyillar, davlat statistikasining yagona uslubiyati va ularni tashkil qilinishi asosida bajariladi. Ularning asosiy vazifasi \u2013 mamlakatda hisob va statistika ishiga markazlashtirilgan holda rahbarlik qilishdir. Vazirlik tizimi butun respublikani qamrab olgan, davlat statistika idoralari mamlakatning barcha 175","ma\u2019muriy-xududiy tuzilmalarida mavjud. Statistik axborotlar turli-tumanligi, ommaviyligi va kelib tushishining davriyligi bilan farqlanadi. O\u2019zbekiston Respublikasi statistika qo\u2019mitasi tomonidan davlat statistika idoralariga respublika darajasidagi markazlashtirilgan rahbarlik amalga oshiriladi. U asosiy hisob \u2013 statistika markazi sifatida va O\u2019zbekiston Respublikasi xukumati, respublika vazirlik va qo\u2019mitalari, boshqa tashkilotlarni statistik axborotlar bilan ta\u2019minlaydi. Boshqaruv O\u2019zbekiston Respublikasi Iqtisodiyit tarmoqlari statistika qo\u2019mitasi va tashkilotlar Davlat boshqaruv organlari to\u2019g\u2019ri aloqa (masalalar) Davlat statistika organlari teskari aloqa (hisobot) 14.1.-rasm. Iqtisodiyotni boshqarishda davlat statistikasi idoralarining vazifalari Qo\u2019mitaga statistik axborotlarni o\u2019z vaqtida ob\u2019ektiv (to\u2019g\u2019ri) va ishonchli ishlab chiqish, ularni ko\u2019rsatilgan idoralar va keng jamoatchilikka yagona ilmiy uslubiyat asosida etkazib berish vazifasi yuklangan. Statistikaning viloyat idoralari, korxonalar va tashkilotlar bilan bevosita va doimiy axborotli muloqatda bo\u2019lib, ularga hisob va hisobotni tashkil qilishni amaliy yordam ko\u2019rsatadi va o\u2019z mintaqasida asosiy axborot manbai bo\u2019ladi. Davlat statistika idoralari statistik ishlarning yagona uslubiyati va yagonarejasi bo\u2019yicha ishlaydilar, ular tegishli yuqori idoralar tomonidan tasdiqlanadi. Bu rejaga kiritilgan vazifalar iqtisodiyot sohalariga mos keluvchi statistika sohalari bo\u2019yicha taqsimlangan. Turli sohalarda xal etiladigan statistik vazifalar nuqtai nazaridan tartibga soluvchi va so\u2019rov vazifalariga bo\u2019linadi. Tartibga soluvchi vazifalar deganda statistik hisobot ma\u2019lumotlarini vazirlikning tegishli darajasida ishlab chiqish vazifasi tushuniladi. Har bir tartibga soluvchi vazifa, qoidaga ko\u2019ra, statistik hisobotning ba\u2019zi bir aniq shakli yoki bir necha shaklining shakllanishi bilan bog\u2019lik. Bunday vazifalarni echish uchun yaqin vaqtlarga qadar axborotlarni elektron usulda ishlab chikish majmualari (AEICH) yordamida amalga oshiriladigan axborot texnologiyalaridan keng foydalanilgan. Ular qo\u2019mitaning turli darajalarida tartibga 176","soluvchi vazifalarni echishni ta\u2019minlovchi amaliy dasturlar paketlari majmuasidan iborat bo\u2019ladi. Statistika qo\u2019mitasida AEICHning ikki turi faoliyat yuritmoqda, ular shartli ravishda tizimli va mahalliy AEICH deb ataladi. Tizimli AETCHdan darajalar o\u2019rtasidagi texnik manbalar va aloqa kanallari bo\u2019yicha ma\u2019lumotlarni almashtirish bilan ushbu vazifani echishda ishtirok etuvchi turli darajalardagi namunaviy axborot texnologiyalaridan foydalaniladi. Mahalliy AEICHlar statistik vazifani avtomatlashtirilgan echimini ta\u2019minlaydi, ularda korxona va tashkilotlarning birlamchi hisobotlari darhol Statistika qo\u2019mitasi Bosh hisoblash markaziga yuboriladi. Hozirgi vaqtda AEICHlardan foydalanish asosan tizimli xarakterga ega, bu bir qator sabablar bilan belgilanadi: Birinchidan, tartibga soluvchi vazifalarni echishda Statistika qo\u2019mitasining turli darajadagi hisoblash qurilmalari ishtirok etadi. Ikkinchidan, AEICHning faoliyat yuritish texnologiyasi statistik hisobotlar quyi darajadagi korxonalar va tashkilotlardan birlamchi hisobotlarni kelib tushishidan boshlab, Statistika qo\u2019mitasining yuqori darajada yig\u2019ma hisobotlarni ishlab chiqishiga qadar bo\u2019lgan barcha bosqichlarni qamrab oladi. Bunda har bir keyingi texnologiya oldingi darajadagi texnologiyaning mantiqiy davomi bo\u2019ladi. Pochta hisoboti uchun tizimli AEICHdan foydalanishning namunaviy texnologik tadbirlari misoldida tartibga soluvchi statistik vazifalarni echish texnologiyasini namoyish qilamiz. 1-tadbir. AEICHni ishlashga tayyorlash. Magnitli diskka dasturlar va AEICH ajborot frndining barcha elementlari (kategoriyalar, lug\u2019atlar, ma\u2019lumrtnomalar va boshqalar) bilan kutubxona to\u2019plamini kiritish yuz beradi. Zarur paytda axborot fondining ayrim elementlariga tuzatishlar kiritish amalga oshiriladi. 2-tadbir. Dastlabki axborotni ishlab chiqishga tayyorlash. Birlamchi statistik hisobotlarni ko\u2019zdan kechirish va shakllarini tayyorlash, bu hisobotlarning dastlabki ma\u2019lumotlarini magnitli manba\u2019larda ko\u2019chirish amalga oshiriladi. 3-tadbir. Dastlabki axborotlarni kiritish va yozish. Mashinaga joylashtirilgan birlamchi statistik hisobotlarning ma\u2019lumotlari EHMga kiritiladi, xatolar bayonnomasini topshirish va kiritilgan axborotlarga tuzatishlar kiritish bilan nazoratning barcha turlari amalga oshiriladi. Keyin u katalog ma\u2019lumotlari bilan yagona massivga birlashtiriladi va arxivni tashkil qilish uchun nusxalar ko\u2019chiriladi. 4-tadbir. Yig\u2019ma jadvallarni ishlab chiqish, nazorat qilish, tuzatish, kiritish va bosib chiqarish. Magnitli diskda oraliq yakuniy raqamli matritsalarni shakllantirish va yig\u2019ma jadvallarni dastlabki bosib chiqarilishi yuz beradi, unda ma\u2019lumotlarning kutubxonali, matnli majmualaridan foydalaniladi. Jadvallar nazorati o\u2019tkaziladi, birlamchi ma\u2019lumotlarga tuzatishlar kiritilgan hollarda ayrim jadvallarni qaytadan hisoblash, nazorat qilish va \u00abishchi\u00bb bosib chiqarilashi bajariladi. Keyin yig\u2019ma jadval bosib chiqariladi. 5-tadbir. Materiallarni yuqori darajaga uzatish uchun tayyorlash. Oraliq yakuniy raqamli matritsalar ko\u2019rinishidagi yoki 3 va 4 \u2013tadbirlarni amalga oshirish jarayonida olingan yig\u2019ma jadvallar ko\u2019rinishidagi yuqori darajaga uzatiladigan to\u2019plamlarni magnitli manbalarga kiritish hamda uzatilayotgan axborotlar haqidagi 177","ma\u2019lumotnomalarni bosib chiqarish amalga oshiriladi. Keyin, chiquvchi to\u2019plamlarga ega magnitli manbalar, chiquvchi jadvallarning yakuniy bosib chiqarilishi hamda topshirilayotgan axborotlar haqidagi nazorat va ma\u2019lumotnomaviy ma\u2019lumotlar yuqori darajada pochta orqali jo\u2019natiladi. Bir qator AEICHlar uchun, yana, hisobot beruvchi ob\u2019ektlarni belgilangan doirasi bo\u2019yicha birlamchi hujjatlar shakllari ham jo\u2019natiladi. 6-tadbir. Past darajada olingan yig\u2019ma ma\u2019lumotlar massivlarini birlashtirishga tayyorlash. Olingan magnitli manbalarning har biri uchun navbati bilan kelib tushgan axborotlar haqidagi ma\u2019lumotnomali xabarlar beriladi, jadvallarning balansli va mantiqiy bog\u2019lanish nazorati va zarur paytda har bir birlashtirilgan hudud bo\u2019yicha tuzatishlar kiritish va ularni qayta yozish amalga oshiriladi. 7-tadbir. Ma\u2019lumotlarni jamlamagan holda manbalarni birlashtirish orqali jadvallarning dastlabki jamlanishi. Bunda bir qator AEICHlar uchun kataloglarni ishlab chiqish qismlari (vazirliklar, muassasalar, sahalar va boshqalar) bo\u2019yicha shakllantirish, ishlab chiqishning barcha qismlari bo\u2019yicha yig\u2019ma jadvallarni hisoblash va bosib chiqarish, bu jadvallarning balansli va mantiqiy bog\u2019lanishini nazorat qilish yuz beradi. Zarur paytda ularga tuzatishlar kiritish va qayta bosish, umuman hududlar bo\u2019yicha yig\u2019ma jadvallarni shakllantirish va bosish, mashina manbalaridagi yig\u2019ma axborotlar tuzilishi haqida axborot beruvchi ma\u2019lumotlarni berish bajariladi. 8-tadbir. Yig\u2019ma jadvallar, markazlashtirilmagan hisobotlarni ishlab chiqish. Bu tadbir respublika darajasidagi ko\u2019pgina AEICHlarda bajariladi va hisobotlari statistika idoralarida markazlashtirilmagan bir qator vazirliklardan yig\u2019ma jadvallar qabul qilishni ko\u2019zda tutadi. Bu holda quyidagilar amalga oshiriladi: vazirliklar bo\u2019yicha yig\u2019ma yakunlarni qabul qilish, ularni EHMga kiritishga tayyorlash, nazorat qilish va tuzatish kiritish bilan yozish hamda yig\u2019ma jadvallarini mashinada bosib chiqarish. Markazlashtirilmagan vazirliklar bo\u2019yicha tadbirlar natijasida olingan axborotlar mashina manbalariga kiritiladi, ulardan yuqorida bayon qilingan 7-tadbirni bajarishda pastki darajada olingan manbalar bilan bir qatorda foydalaniladi. 9-tadbir. Mahalliy rahbarlik idoralari uchun jadvallarni olish. Operatsiya viloyat, tuman yoki birlashma darajasida bajariladi. Birlashma darajasi axborotlarni tizimli ishlab chiqish talablarini qondiruvchi hisoblash texnikasining zarur vositalari bo\u2019lmagan bir qator statistik hududiy idoralar uchun tashkil qilinishi mumkin. Bu darajada mahalliy rahbar idoralar uchun maxsus jadvallarning ma\u2019lumolariga ega oraliq raqamli matritsalari shakllantiriladi va jadvallarni bosib chiqarish amalga oshiriladi. Ko\u2019pgina AEICHlarda yig\u2019ma jadvallarni olish va bu jadvallarni bosib chiqarish maqsadida 3-tadbirni amalga oshirish jarayonida dastlabki ma\u2019lumotlar massivi ko\u2019rinishida tayyorlangan birlamchi hisobotlarni qo\u2019shimcha ishlab chiqarish o\u2019tkaziladi. ADP yig\u2019ma guruhlashtiruvchi xarakterga ega bo\u2019lgan tartibga soluvchi vazifalarni echish uchun mo\u2019ljallangan dasturiy vositalar majmuasidan iborat bo\u2019ladi. Paket aniq aks ettirilgan modelli tizilmaga va o\u2019zaro boshqariluvchi dasturlar yordamida aloqa qilishning standart vositalariga ega hamda avtonom bajariladigan dasturlar majmuasidan farqlanadi: 178","iqtisodchilarga yig\u2019ma dasturlar olishning imkoni boricha yagona chizmasini beradi; dasturlovchilarni yangidan loyihalashtirilayotgan AEICH har biri uchun noyob dasturiy vositalarni yaratish zaruriyatidan hosil qiladi; dasturiy vositalarni o\u2019zgartirmasdan vazifalarni echishni o\u2019zgartirishga yo\u2019l qo\u2019yadi; AEICH ishlab chiqish muddatlarini qisqartiradi; AEICH loyihalashtirishni ko\u2019p turlarga ajratadi. AEICHni avtomatlashtirish uchun turli xil paketlarni ishlab chiqish asosiga quyidagilar kiritilgan: \uf0b7 turli tartibga soluvchi vazifalar uchun ma\u2019lumotlarni ishlab chiqishning ta\u2019minlovchi dasturiy modullarning yagona majmuasidan foydalanishga asoslangan tashkiliy uslubiyot birligi; \uf0b7 axborotlarni ishlab chiqishda iqtisodchilar, operatorlar mehnatining eng kam sarflanishi va EHM resurslaridan oqilona foydalanishga ega iqtisodiy texnologiya; \uf0b7 vazifalar paramentlariga qayta dasturlamasdan ayrim o\u2019zgartirishlarni kiritish imkoniyatini asoslab beruvchi statistik vazifalar qo\u2019yilishidagi o\u2019zgarishlar va qo\u2019shimchalarga nisbatan dasturiy ta\u2019minlanishning mosligi va ko\u2019p variantligi; \uf0b7 barcha tartibga soluvchi vazifalar uchun ma\u2019lumotlar ishlab chiqish jarayonini qurishning yagona uslubiyotini asoslab beruvchi turlarga ajratish va bir shaklga keltirish; \uf0b7 axborotlardan ko\u2019p marta va ko\u2019p vazifali frydalanish maqsadida ularni hisoblash tizimiga bir marta kiritishni asoslab beruvchi ma\u2019lumotlarni ishlab chiqish. ADPda tartibga soluvchi vazifalar, modullarni echishni to\u2019liq amalga oshiruvchi quyidagi namunaviy dasturlar ishlab chiqilgan: \uf0b7 birlamchi hisobotlarni kiritish, nazorat qilish va yozish; \uf0b7 birlamchi hisobotlarga tuzatishlar kiritish; \uf0b7 ma\u2019lumotlarni shakllantirish; \uf0b7 yig\u2019ma hisobotlarni bosib chiqarish. ADP asosida yuzga yaqin tartibga soluvchi statistik vazifalarni avtomatlashtirilgan holda echish uchun tizimli va mahalliy AEICHning ishchi loyihalari ishlab chiqilgan va tadbiq etilgan. Ushbu paketlar tufayli mehnat xarajatlari 2-3 martaga qisqaradi va yaqin AEICHlarni loyihalashtirish uchun qiymatli xarajatlar ancha kamayadi hamda statistik axborotlar ishlab chiqishning namunaviy axborot texnologiyalarini ishlab chiqish hisobiga ulardan foydalanish ham soddalashtiriladi. Axborot xizmatini ko\u2019rsatish vazifalarini echishni tashkil qilish. Axborot xizmati ko\u2019rsatish vazifalarini echish uchun axborot texnologiyalarining ikki turi: ko\u2019rsatkichlar bo\u2019yicha ma\u2019lumotlar banki va tayyor hujjatlar bankidan foydalaniladi. Ko\u2019rsatkichlar bo\u2019yicha ma\u2019lumotlar banki (KMB) dasturiy, texnologik, tashkiliy vositalar yig\u2019indisi ko\u2019rinishida amalga oshirilgan va statistikaning turli sohalari bo\u2019yicha ma\u2019lumotlar bazalari, ularning majmualarini yaratish uchun 179","foydalaniladi. KMB mahalliy hisoblash tarmoqlari va masofadan kirish usulida ishlashda ma\u2019lumotlarni ishlab chiqish va taqdim etishning rivojlangan vositalariga ega. Tayyor hujjatlar banki (TXB) ba\u2019zi axborotlar va jadvalli statistik materiallarga ega ma\u2019lumotlarning hujjatli \u2013 grafik bazalarini yaratish uchun qo\u2019llaniladi. TXB turli ob\u2019ektlar uchun ma\u2019lumotlar bazalariga kirishni ta\u2019minlovchi telekommunikatsion vositalarning keng servisli salohiyatidan iborat bo\u2019ladi. KMB va TXB dasturiy majmualari Lotus 1-2-3 va Excel bilan paketli interfeysga ega, buning natijasida ularning o\u2019zaro birga bo\u2019lishligi ta\u2019minlanadi. Axborot texnologiyalari ma\u2019lumotlaridan foydalanish xususiyatlarini ko\u2019rib chiqamiz. Kursatkichlar bo\u2019yicha ma\u2019lumotlar banki. KMBda axborotlarni saqlash birligi quyidagi uch tarkibiy qismlar bilan belgilanadigan miqdordan iborat bo\u2019ladi: \u00a9 ko\u2019rsatkich va uning alomati bilan; \u00a9 kuzatish ob\u2019ekti bilan; \u00a9 tadqiq qilinayotgan ob\u2019ekt bo\u2019yicha hisobotning davriyligi bilan. KMB yordamida ishlab chiqilgan statistik ma\u2019lumotlar bazalari statiskaning sohaviy boshqarmalari mutaxassislaridan iborat, ular uchun axborot usulida (iqtisodchining AIJda) ishlashi bo\u2019yicha xizmat imkoniyatlarining keng majmuasini beradi. KMB yordamida hujjat va boshqaruv respublika idoralari hamda boshqa tashqi foydalanuvchilarga xizmat ko\u2019rsatish ta\u2019minlanadi: dialog usulida so\u2019rovlar bajariladi va ma\u2019lumotlar to\u2019plamlari shakllantiriladi, buning uchun eksport vazifalari va eng ko\u2019p tarqatilgan ADPning formatlaridan foydalanadi. KMB dasturiy majmuasi yordamida respublika darajasida quyidagi ma\u2019lumotlar bazalari yaratiladi: - statistik ma\u2019lumotlarning ko\u2019p sohali tezkor bazasi, ular o\u2019z ichiga yuzlab ko\u2019rsatkichlarni, ma\u2019lumotlar bazalarining o\u2019nlab bo\u2019limlarini oladi. Ma\u2019lumotlar bazasiga keyingi ikki joriy yil va o\u2019tgan yillar statistik hisobotlarining ko\u2019rsatkichlari kiritilgan, o\u2019tgan yillar uchun ma\u2019lumotlar arxivga joylashtiriladi; - to\u2019plamlarni chiqarish va tahliliy ma\u2019lumotlarni tayyorlash bo\u2019yicha tartibga soluvchi ishlarni tayyorlash uchun foydalaniladigan sohaviy MB (sanoat, moliya, savdo, tashqi iqtisodiy aloqalar); - muammoli-muljallangan MB (umuman O\u2019zbekiston va viloyatlar bo\u2019yicha iqtisodiy islohotlar, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ta\u2019riflovchi oylar bo\u2019yicha indikatorlar). Respublika darajasida KMB muhitida ma\u2019lumotlar bazasining shakllanishi, faollashuvi va faoliyat yuritishi ma\u044clum texnologiya buyicha amalga oshadi. KMB muxitida ma\u2019lumotlar bazasidan foydalanish sanoat va moliya buyicha statistik to\u2019plam tayyorlash va raxbar idoralarga axborotlar berish muddatlarini qisqartirishga imkon beradi. KMB dasturiy majmuasi foydalanuvchilarni quyidagi vazifaviy imkoniyatlar bilan ta\u2019minlaydi: - tartibga soluvchi so\u2019rovlarni bajarish; 180","- jadvallarning chiquvchi shakllari maketlarini bayon qilish va tartibga solinmaydigan so\u2019rovlar bo\u2019yicha ma\u2019lumotlarni olish; - olingan jadvallarning kataklarni tanlash va joylarini o\u2019zgartirish orqali zamonaviylashtirish, berilgan formulalardan foydalanish bilan yangi hisoblangan kataklarni shakllantirish; - hisoblash ko\u2019rsatkichlarini shakllantirish va olish; - ma\u2019lumotlarni agregatsiyalash; - ma\u2019lumotlarni Lotus 1-2-3, Excel va boshqa elektron jadvallar formatlarida eksport qilish. Ma\u2019lumotlar bazalari ma\u2019mur tomonidan ma\u2019lumotlarga murojat qilishga tegishli parollar va huquqlar o\u2019rnatilishi tufayli ruxsatsiz kirishdan himoyalangan. KMBni ishlab chikish asosida \u00abmijoz-server\u00bb texnologiyasi tamoyillari yaratilgan, bu ma\u2019lumotlar bazalarining katta xajmlari bilan ishlash va ma\u2019lumotlarga tezkor murojat qilishda LXT sharoitlarida axborot ishlab chikishning yukori unumdorligini ta\u2019minlaydi. Tayyor hujjatlar banki (THB). U ko\u2019p bosqichli taqsimlangan tizimini yaratish uchun mo\u2019ljallangan, u Statistika qo\u2019mitasi va uning hududiy idoralari tomonidan hukumatning respublika, viloyat idoralari davlat statistika boshqarmalari hamda statistik axborotlardan foydalanuvchilar keng doiralarini zamonaviy texnologiyalar asosida statistik materiallar bilan tezkor ta\u2019minlash maqsadida ishlab chiqiladi[34,35]. TXBda taqdim etilgan axborotlar to\u2019liq matnli, jadvalli, Windows operatsion tizimiga o\u2019tish bilan hujjat ko\u2019rinishida taqdim etish grafik shaklga ega. THBning rubrikatori statistik, iqtisodiy-tahliliy, uslubiy, me\u2019yoriy va boshqa tayyor hujjatlarni o\u2019z ichiga oladi. THB telekommunikatsion vositalarning keng servisli salohiyatga ega, bu THBni aloqa kanallari bo\u2019yicha boshqarishni va uning ma\u2019lumotlar bazalari faollashuvini ta\u2019minlaydi. Foydalanuvchiga respublika va mintaqaviy bosqichida foydalanuvchi ma\u2019lumotlar bazalariga masofadan turgan holda kirishni taqdim etadi. THB SHKda ma\u2019lumotlar bazalarini yaratish va olib borishning tejamkor texnologiyasini va axborot-telekommunikatsion uzeldan foydalanishni ta\u2019minlaydi, foydalanuvchilar bilan telefon kanallari va mahalliy tarmoqda, hamda \u00abon-line\u00bb usulida ishlashga imkon beradi. THB bilan ishlashda axborotlarni qidirish ko\u2019p bosqichli rubrikator bo\u2019yicha tabiiy tilda amalga oshiriladi; foydalanuvchi so\u2019roviga javob berish bio sekunddan oshmaydi; bundan tashqari saqlanayotgan axborotlarni qiskartirilishning yuqori darajasiga erishiladi. Iqtisodiy tahlil vazifalarini echishni tashkil qilish. Iqtisodiy tahlilning vazifalari bu tahliliy ma\u2019lumotlarni axborot texnologiyalari va statistik usullarga asoslangan holda yo\u2019lga qo\u2019yishdir. Ular yordamida mamlakat va uning ayrim mintaqalari iqtisodiyoti turli sohalarining rivojlanishi doimiy va har tomonlama o\u2019rganiladi. Tahliliy majmualarda qo\u2019llaniladigan ADP tarkibiga \u00abOlimp\u00bb, \u00abMezozavr\u00bb va boshqalar kabi keng foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar kiradi. \u00abOlimp\u00bb amaliy dasturiy paketi. \u00abOlimp\u00bb paketi ma\u2019lumotlarni statistik usullar asosida qayta ishlashni avtomatlashtirishga mo\u2019ljallangan. \u00abOlimp\u00bb standart konfiguratsiyali IBM PC turidagi SHKda va MS DOS operatsion tizimi boshqaruvi 181","ostida ishlaydi. Paketdan ham yangi, ham statistik sohadagi ekspertlar foydalanishi mumkin. Hozirgi paytda \u201cOlimp\u201d statistik tahlil va ma\u2019lumotlar asosida bashoratlash uchun mo\u2019ljallangan eng yaxshi ADPlardan biridir. ADP tarkibiga asosiy dasturlardan tashqari quyidagilar kiradi: - NCALC elektron jadvali; - AIT (amaliy ijtimoiy tadqiqotlar) amaliy statistik tadqtqotlar so\u2019rovlarini tayyorlash va kiritish dasturi. Vazifaviy nuqtai-nazardan ADPga quyidagilar kiradi: ma\u2019lumotlar muharriri, ma\u2019lumotlarni grafik ko\u2019rinishida aks ettirish vositalari va o\u2019zgartirish utilitlari hamda statistik tahlil usullarini amalga oshirish dasturlari. Ma\u2019lumotlar muharriri dastlabki ma\u2019lumotlarni kiritish, ko\u2019rib chiqish va tahrir qilishni ta\u2019minlaydi. Ma\u2019lumotlarni grafik ko\u2019rinishida aks ettirish vositalari ekranga turli grafiklarni chiqarish hamda ularni bundan keyin foydalanish uchun magnit diskda saqlashga imkon beradi. Ma\u2019lumotlarni o\u2019zgartirish utilitalari ma\u2019lumotlarning matematik o\u2019zgarishlarini, navlarga ajratishning har xil turlarini, ma\u2019lumotlarni agregatsiyalashni bajaradi. \u00abOlimp\u00bb ADP dasturlari bilan statistik tahlilining quyidagi usullari amalga oshiriladi: korrelyatsion, regression, dispersion, diskriminantli, omilli va komponentli qatorlar bog\u2019liqligi jadvallarining tahlili va boshqa usullar. Dinamik ma\u2019lumotlarni tahlil qilish va bashoratlash uchun quyidagilardan foydalaniladi: \uf0b7dinamik regressiyaning modellari; \uf0b7chiziqli regressiya asosida bashoratlash modellari; \uf0b7garmonik, spektrli tahlil va chastotali fil\u044ctrlash modellari. Korrelyatsion tahlil yordamida juft korrelyatsiyalarning matritsasi, xususiy korrelyatsiyalar matritsasi hamda ko\u2019plikdagi korrelyatsiya koeffitsientlari hisoblanadi. Regression tahlil asosida bog\u2019liqliklar: to\u2019g\u2019ri chiziqli, ijobiy, salbiy, to\u2019g\u2019ri chiziqli bo\u2019lmagan shakllarini belgilash vazifasi echiladi. Komponentli va omilli tahlillar \u2013 ikkita bir-biridan tubdan farqlanuvchi statistik usullardir. Dasturda ular yagona blokka birlashtirilgan, chunki bunday birlashtirish hisoblash nuqtai nazaridan o\u2019zini oqlaydi. Komponentli tahlil tasodifiy o\u2019zgarishlar orasidagi tarkibiy bog\u2019liqlikni aniqlash uchun xizmat qiladi. Uning yordamida dastlabki ma\u2019lumotlarda bo\u2019lgan deyarli barcha axborotlarga ega hodisaning qisqa bayoni olinadi. Omilli tahlil dastlabki o\u2019zgaruvchilarni komponentli tahlilga nisbatan o\u2019zgartirishning umumiyroq usulidan iborat bo\u2019ladi va uning vazifasiga umumiy omllar sonini aniqlash, umumiy va maxsus omillar baholarini aniqlash kiradi. Vaqtli qatorlar tahlili statistik ta\u2019riflarni hisoblash, 16 vazifa bo\u2019yicha o\u2019sishlarining tahlili va ba\u2019zi moslashtirilgan parametrik modellarni o\u2019z ichiga oladi. Dinamik qator avtokorrelyatsiyasi tahlili avtokorrelyatsiya grafika yordamida bajariladi. O\u2019sish egri chiziqlarini hisoblash juft regressiyani qurish sifatida ko\u2019rib chiqiladi, unda vaqt asosiy o\u2019zgaruvchi bo\u2019ladi. CHuqurlashtirilgan tahlil bashoratlashning moslashtirilgan va mavsumiy usullarini qo\u2019llashni ko\u2019zda tutadi. CHastotali tahlil vazifalarini echish uchun chastotali fil\u044ctrlash, garmonik tahlil va spektrli tahlil usullaridan foydalaniladi. 182","AIT dasturiy vositasi so\u2019rovlar tizimini shakllantirish va ushbu so\u2019rovnomalar bo\u2019yicha ma\u2019lumotlarni kiritishga mo\u2019ljallangan. AITda noyob foydalanish interfeysi amalga oshirilgan, u AIT bilan ishlashning tez va oson o\u2019zlashtirish imkoniyatini beradi. \u00abMezozavr\u00bb amaliy dasturiy paketi. Paket interaktiv rejimdagi IBM PC XT\/AT shaxsiy kompyuterida ishlaydi, uning asosiy belgilanishi \u2013 vaqtli qatorlarning tahlilini o\u2019tkazishdir. Tadqiqotchi xohishiga ko\u2019ra mavjud raqamli axborotlarni ishlab chiqishning turli usullarini qo\u2019llab va bunda olinadigan natijalar, ularning o\u2019xshashligini tahlil qilish bilan \u201csinab ko\u2019rish\u201d zarur bo\u2019lgan vaziyatga e\u2019tibor beriladi. Paket tufayli bunday tadqiqotlar g\u2019oyatda tezkor va samarali o\u2019tadi. \u201cVaqtli qator\u201d deganda vaqt davomida qadamba-qadam qilingan ba\u2019zi bir raqamli ta\u2019riflar orasida kuzatishning izchilligi tushiniladi. Iqtisodiyotda makroiqtisodiyot darajasidagi bunday ma\u2019lumotlarga har yillik, har choraklik, har oylik ishlab chiqarish, etkazib berishlar, tashishlar, iste\u2019mol hajmlari, narxlarning indekslari va boshqa makroiqtisodiy ko\u2019rsatkichlar, korxona darajasida mahsulot ishlab chiqarish hajmlari, xarajatlar, resurslar sarflanishi, sifat ta\u2019riflarining evolyutsiyasi va boshqalar misol bo\u2019lib xizmat qilishi mumkin. ADP vaqtli qatorlar tahlili bo\u2019yicha quyidagi asosiy tadbirlarni: silliqlash, fil\u044ctrlash, hamda har xil regression bog\u2019liqliklarni amalga oshiradi. Barcha tadbirlar turli shakllarni o\u2019rnatish, grafikning istalgan parchasini oshirish imkoniyati kabi interaktiv imkoniyatlarning katta soniga ega qudratli grafik qo\u2019llab-quvvatlash bilan ta\u2019minlanadi. Xulosa qilib aytganda, statistika sohasidagi zamonaviy AAT va AATexni keng tadbiq etish barcha hisob-kitob ishlarini osonlashtiradi, mehnattalablikni kamaytiradi va mehnat unumdorligini oshirishga olib keladi. 14.2. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari Iqtisodiyotni boshqarishdagi o\u2019zgarishlar, bozor munosabatlariga o\u2019tish buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta\u2019sir ko\u2019rsatadi. Har qanday iqtisodiy ob\u2019ekt boshqarish faoliyatini asosini murakkab qurilishga ega bo\u2019lgan axborot tizimlari tashkil qiladi, ularning tarkibi, faoliyat turi korxona, iqtisodiy ob\u2019ekt, firmaning ko\u2019lamiga bog\u2019liq[29]. Boshqaruv jarayonida buxgalteriya hisobi katta rol o\u2019ynaydi, bu erda barcha axborotlarning 60% ga yaqini jamlangan. Buxgalteriya hisobining axborotli tizimlari an\u2019anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini o\u2019z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish haqi hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqarish harajatlari hisobi, yig\u2019ma hisob va hisobotlarni tuzish. SHK lar bazasida avtomatlashtirilgan ish joylarining tashkil qilingan, korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoqlarini yaratish, axborot bazasini tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda yangi talablarni ilgari surdi. Ma\u2019lumotlarni taqsimlash bazalari tizimini yaratish, turli foydalanuvchilar o\u2019rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda boshlang\u2019ich hujjatlarni avtomatik 183","shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo\u2019ldi va boshqaruv masalalarining vazifalararo majmualari vujudga keldi. Vazifalararo majmuasini tashkil qilish \u00abmateriallar\u00bb dasturi ham ko\u2019rib chiqilishi mumkin. Moddiy boyliklarning mavjudligi va harajatni hisobga olish jarayonida uchta bo\u2019lim: - omborlar; - hisobxona; - moddiy-texnika ta\u2019minoti bo\u2019limi mutahassislari faoliyat yuritadi. Dasturiy majmua o\u2019z ichiga uch qism: - omborchi moduli; - hisobxona moduli; - moddiy texnika ta\u2019minoti bo\u2019limi modulini oladi. Buxgalteriya hisobi majmualari murakkab ichki va tashqi aloqalarga ega. Ichki aloqalar buxgalteriya hisobining ayrim vazifalari, majmualari va uchastkalarining axborotli o\u2019zaro hamkorliklarini; Tashqi aloqalar \u2013 boshqaruvning o\u2019zga vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa bo\u2019limlari hamda tashqi iqtisodiy ob\u2019ektlar bilan o\u2019zaro hamkorligini aks ettiradi. Hisob vazifalari majmuasining axborotli aloqasi mashina dasturining asosida kiritilgan ishlab chiqishning uch pallasini farqlashga imkon beradi. Birinchi pallada \u2013 birlamchi hisob, birlamchi hujjatlarni tuzish, ularni ishlab chiqish va hisobning har bir uchastkasi bo\u2019yicha tahliliy hisobning qaydnomalari tuzilishi bajariladi. Ishlab chiqishning ikkinchi pallasi provodkalarini tuzish, ularni tahliliy va sintetik hisobning turli registrlari, schetlarning tartib raqamlari bo\u2019yicha qayd daftari ordenlariga joylashtirishdan iborat bo\u2019ladi. Ishlab chiqarishning uchinchi pallasi yig\u2019ma sintetik hisobini: asosiy kitobning schyotlari bo\u2019yicha hisobot, sal\u044cdo qaydnomalari va moliyaviy hisobotning shakllarini tuzishdan iborat bo\u2019ladi. Namunaviy buxgalteriya hujjatlari sohalararo va sohaviyga bo\u2019linadi. Sohalararo hujjatlar barcha korxona iqtisodiy ob\u2019ektlarda qo\u2019llash uchun yagona bo\u2019ladi. Sohaviy shakllar tavsiyanomaviy harakterga ega. Barcha birlamchi buxgalteriya hujjatlari GOST, hujjatlarning bir shaklga keltirilgan tizimlari talablarini hisobga olish bilan ishlab chiqiladi. Buxgalteriya hisobining hujjatlari turli belgilari bo\u2019yicha tasniflanadi: - belgilanishi bo\u2019yicha \u2013 farmoyish beradigan, ijroiya (oqlaydigan), hisobli rasmiylashtiruvchi, murakkab; - xo\u2019jalik operatsiyalari mazmuni bo\u2019yicha moddiy, pulli hisoblash; - aks ettirgan operatsiyalarning hajmi bo\u2019yicha yagona (birlamchi) yoki yig\u2019ma; - foydalanish usuli bo\u2019yicha: bir martali va jamlovchi; - hisobga oladigan o\u2019rinlarining soni bo\u2019yicha: bir qatorli va ko\u2019p qatorli; - tuzilish joyi bo\u2019yicha: ichki va tashqi; - to\u2019ldirish usuli bo\u2019yicha: qo\u2019ldi, hisobni avtomatlashtirish vositalari yordamida. 184","Buxgalteriya hisobining dasturiy ta\u2019minlanishiga to\u2019liq asosda bir qator axborotli ma\u2019lumotli dasturlar: \u00abMaslahatchi hisobchi\u00bb, \u00abMaslahatchi-plyus\u00bb, \u00abKafolat\u00bb, \u00abO\u2019zbekiston soliqlari\u00bb, \u00abYUridik ma\u2019lumotnoma\u00bbni kiritish mumkin. Axborotlarni to\u2019ldirish huquqiy axborotlarni tarqatishning umumdavlat tarmog\u2019i bo\u2019yicha bajariladi. Buxgalteriya vazifalarini echishni AAT lar asosida tashkil qilish: birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tuzish paytidan boshlab yakuniy moliyaviy hisobotni tuzish bilan yakunlanuvchi operatsiyalarning yig\u2019indisidir. Hozirgi bosqichda buxgalteriya vazifalarini axborot texnologiyasi asosida markazlashtirilgan holda ishlab chiqish asosiy rol o\u2019ynaydi: - foydalanuvchining ish joyida o\u2019rnatilgan kompyuterlarni qo\u2019llash, bu erda vazifalarni echish hisobchi tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi; - korxonaning turli xildagi bo\u2019linmalari iqtisodiy vazifalarini integratsiyalangan holda ishlab chiqilishini ta\u2019minlovchi mahalliy va ko\u2019p bosqichli hisoblash tarmoqlarini shakllantirish; - hisoblash texnikasida bajariladigan buxgalteriya hisoblar tarkibini ancha ko\u2019paytirish; - har xil hisoblash bo\u2019linmalari uchun korxonaning yagona taqsimlangan ma\u2019lumotlar bazasini yaratish; - birlamchi buxgalteriya hujjatlarini mashinada shakllantirish imkoniyatlari, bu qog\u2019ozsiz texnologiyalarga o\u2019tishni ta\u2019minlaydi va hujjatlarni yig\u2019ish va ro\u2019yxatga olish bo\u2019yicha operatsiyalar mehnat talabligi darajasini kamaytiradi; - buxgalteriya vazifalari majmualarini echishni integratsiyalash; - dialogli usulda amalga oshirish yo\u2019li bilan axborot xizmat ko\u2019rsatishni tashkil qilish imkoniyati. Texnologik jarayonning barcha operatsiyalari SHK da bitta ish joyida va uning tuzilishiga ko\u2019ra izchillik bilan bajariladi. SHK da bajariladigan texnologik jarayonida quyidagi uchta jarayoni: - tayyorlov; - boshlang\u2019ich; - asosiyni ajratish mumkin. Tayyorlov bosqichi dastur va ma\u2019lumotlar bazasini ishga tayyorlash bilan bog\u2019liq. Hisobchi mashinaga korxonaning ma\u2019lumotnomaviy ma\u2019lumotlarni kiritadi, buxgalteriya schyotlarining rejasi va namunaviy buxgalteriya yozuvlarining tartibiga tuzatishlar kiritadi. Boshlang\u2019ich bosqichi birlamchi hujjatlarni yig\u2019ish va ro\u2019yxatga olish bilan bog\u2019liq. Avval ta\u2019kidlaganidek hujjatlarni qo\u2019lda yoki avtomatlashtirilgan usulda shakllantirish mumkin. Hujjatlarni kiritish dasturi quyidagi vazifalarni bajarishni ko\u2019zda tutadi: - kiritilgan hujjatlarga nomer berish, ko\u2019chirmaning sanash va boshqa alomatlari bilan registrini tuzish; - kiritilgan hujjattlarga ma\u2019lumotnomaviy va shartli doimiy alomatlarni avtomatik kiritish; - xo\u2019jalik operatsiyalarining qayd etish daftarida buxgalteriya yozuvlarini avtomatik bajarish; 185","- noto\u2019g\u2019ri hujjatlarni chiqarib tashlash; - noto\u2019g\u2019ri hujjatlarni nazorat qilish va tuzatish kiritish; - birlamchi hujjatlarni bosib chiqarish. Asosiy bosqich ishning tugallovchi bosqichi bo\u2019ladi va har xil hisobot shakllarini olish bilan bog\u2019liq. Uni bajarish uchun \u00abmoddiy boyliklarning qaydnomasi\u00bb, \u00abAylanish qaydnomasi\u00bb va \u00abHisobotlar\u00bb menyusi modulidan foydalaniladi. Ko\u2019pgina firmalar dasturlarni ikki variantda: mahalliy va tarmoqli ishlab chiqaradilar. Ta\u2019kidlash kerakki, tarmoqli variantlar ancha murakkab va qimmat. Buxgalteriya vazifalari ana\u2019anaviy majmuasining tarkibi yangi boshqaruv, savdo va tahliliy modullarini yaratilishi hisobiga kengaytirilishi mumkin. Bunda asosiy tamoyillarga rioya qilish zarur \u2013 ADP lar o\u2019zaro axborotli bog\u2019langan bo\u2019lishlari kerak. Bu faqat ADPlarning butun majmuasini bitta firmadan harid qilingandagina mumkin. Kichik korxonalarda BX AT yaratishda SHK dan keng foydalanish hisobchining ish joyida axborotlarni ishlab chiqish, saqlash va uzatish bo\u2019yicha barcha tadbirlarni avtomatlashtirishga imkon beradi. Bunday BX AT larni yaratishda bir nechta yondoshishlar mavjud. Birinchi yondoshishda faqat moliyaviy hisobni avtomatlashtiruvchi tizim yaratiladi. Bunday BX AT \u2013 minihisobxonalar sinfiga kiradi. Qoida bo\u2019yicha, bu tizimda buxgalteriya hisobi bitta odam \u2013 hisobchi tomonidan olib boriladi. Ikkinchi yondashishda \u2013 moliyaviy hisobdan tashqari qisman boshqaruv tizimi ham har tomonlama avtomatlashtiriladi. Bu holda buxgalteriya hisobini ikkita odam: hisobchi va uning yordamchisi yoki kirishni cheklash yo\u2019li bilan bitta ish joyi o\u2019rnida yoki ikkita ish joylarida olib boriladi. Moliyaviy va boshqaruv hisobini zamonaviy kompyuter texnologiyalari asosida avtomatlashtirish uchinchi yondoshishda erishiladi. Bunday tizimda ishlab chiqilayotgan axborotlarning katta hajmlarida ko\u2019p foydalanuvchanlik usulidan foydalaniladi. Unda bir nechta SHKlar mahalliy tarmoqqa birlashtiriladi. Kichik va o\u2019rta korxonalardagi moliyaviy va boshqaruv hisobini qarab oluvchi buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish uchun dasturiy majmua ikkita moduldan tashkil topadi. Boshqaruv hisobining moduli. Tovar-moddiy boyliklari va arzon hamda tez eskiruvchan mollarning hisobi, tayyor mahsulotlarning hisobi, ish haqi bo\u2019yicha hisob \u2013kitoblar bo\u2019limlari uchun so\u2019mdagi va miqdoriy aks ettirilgandagi hisobni olib borishga imkon beradi. Moliyaviy hisobning moduli buxgalteriya hisobining barcha schyotlari bo\u2019yicha hisob olib borishga imkon beradi. Tahliliy registrlar va yakuniy hisob registrlari uning asosiy hisob registrlaridan bo\u2019ladi. Modullar o\u2019rtasidagi aloqani xo\u2019jalik operatsiyalarining qayd daftari orqali amalga oshiriladi. Belgilanishi bo\u2019yicha ma\u2019lumotnomalar beshta guruhga bo\u2019linadilar: - umumiy belgilanish ma\u2019lumotnomalari; - materiallar \u2013 tovar boyliklarining qayd daftari bilan bog\u2019liq ma\u2019lumotnomalar (matariallar, o\u2019lchov birliklari, harakat operatsiyalari); 186","- buxgalteriya yozuvlari bilan bog\u2019liq ma\u2019lumotnomalar (schyotlar rejasi, provodkalar); - taxliliy hisob bilan bog\u2019liq ma\u2019lumotnomalar (korxona ob\u2019ektlari, bo\u2019linmalar); - valyuta kurslari bo\u2019yicha ma\u2019lumotnomalar. Tuzilishi bo\u2019yicha ma\u2019lumotnomalar oddiy va murakkablarga bo\u2019linadi. Oddiy ma\u2019lumotnomalar andozaviy tuzilishga ega: kod, nom, qo\u2019shimcha ma\u2019lumotlar schyot bo\u2019yicha xizmatlar. Murakkab ma\u2019lumotnomalar o\u2019z ichiga ma\u2019lumotlarning kiritilganligining ikkita va undan ortiq bosqichlarini oladi. U yozuvlarning katta miqdorini ekranda joylashtirib bo\u2019lmaydigan katta hajmdagi ma\u2019lumotlar bilan ishlash uchun mo\u2019ljallangan. Dastlabki axborot bazaga birlamchi hujjatlardan kiritiladi. Avtomatlashtirish uchun hisob bo\u2019yicha quyidagi andozaviy birlamchi hujjatlardan foydalaniladi. - moddiy boyliklarning harakati, qabul qilish dalolatnomasi, yuk xati, ro\u2019yxatdan chiqarish dalolatnomasi \u2026 ; - moliyaviy \u2013 hisoblash operatsiyalari to\u2019lov topshiriqnomasi, kirish, chiqish kassa orderi va boshqalar; - asosiy vositalar; - mehnat va ish haqi (tabel, noryad); - tayyor mahsulotlar \u2013 dalolatnomasi. Birlamchi hujjatlarning axborotlari asosida tezkor axborotlarning fayllari shakllantiriladi, ularga tegishli ma\u2019lumotnomalarni axborotlari avtomatlashtirilgan usulda kiritiladi. Audit faoliyatini kompyuterlashtirish asoslari. Audit deganda korxona va iqtisodiy ob\u2019ektlar moliyaviy xo\u2019jalik faoliyatini tekshirib berish, ularning ishini iqtisodiy ekspertizasini o\u2019tkazish tushuniladi. Auditorlik faoliyatining asosiy sharti \u2013 to\u2019la mustaqillikka ega bo\u2019lish, xech kimga qaram bo\u2019lmaslik, o\u2019z ishini har bir mamlakatda yoki halqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib borishdir. Audit faoliyatining ikki turi mavjud: ichki va tashqi audit. Tashqi audit xolis firma tomonidan avvaldan tuzilgan kontrakt asosida bajariladi. Ichki audit esa shu korxonada ishlovchi xolis mutahassislar tomonidan korxona raxbarlarining buyurtmasiga binoan amalga oshiriladi. Tashqi audit quyidagi funktsiyalarga ega: \uf0b7 tekshiruv-taftish; \uf0b7 baholovchi \u2013 maslahatlashuv. Tekshiruv \u2013 taftish funktsiyasiga audit bo\u2019limi, hisobchi xodimlar, hisobot tizimi va hisob \u2013 kitob hujjatlari kiradi. Baholovchi \u2013 maslahatlashuv funktsiyasiga esa, raxbariyat faoliyati va maslahatlar kiradi. Ichki audit funktsiyalari quyidagilar: tekshiruv \u2013 taftish maslahatlashuv \u2013 bashoratlash Ichki auditning tekshiruv \u2013 taftish funktsiyasiga hisobot tizimi va hisob \u2013 kitob hujjatlari kiradi. 187","Tashqi audit deganda hisobotlarning ishonchliligi, to\u2019laligi va mavjud qonun asosida aniqlash maqsadida xo\u2019jalik sub\u2019ektining xolisona ekspertiza o\u2019tkazish va chop qilinadigan moliyaviy hisob \u2013 kitoblarni tahlil qilish, shuningdek, hisob \u2013 kitob, soliq, moliya, tashkiliy va boshqa masalalar bo\u2019yicha maslahatlashish tushiniladi[18,29]. Tashqi audit bo\u2019yicha shartnoma quyidagi buyurtmachilar bilan tuzilishi mumkin: \uf0b7 korxona egalari bilan; \uf0b7 korxona raxbarlari bilan; \uf0b7 davlat soliq xizmatchilari va mudofaa iqtisodiy ob\u2019ektlari bilan; \uf0b7 tijorat banklari bilan. Kompyuter tizimlarida amalga oshirish uchun tashqi auditning quyidagi asosiy vazifalarini ajratish mumkin: - taxrirlanayotgan muddat mobaynida raxbariyatning va moxir mutahassisligini baholash; - korxonada qo\u2019llanilayotgan hisobot tizimi va qisman hisob-kitoblarning to\u2019g\u2019riligini baholash; - hisob \u2013 kitob hujjatlarida moliyaviy \u2013 xo\u2019jalik operatsiyalarini tasdiqlashda hisobot xodimlarining faoliyatini to\u2019gri baholash; - korxona moliyaviy \u2013 xo\u2019jalik xolatini yaxshilash va voqealarning keyingi bashoratlanishi bo\u2019yicha maslahatlarning zarurligi. Ichki audit tashqi auditdan farqli ravishda korxonaning mutahassislik yoki boshqaruv bo\u2019limi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. U korxonani moliyaviy xolatini, sarf \u2013 harajat manbalarini, boshqaruv tizimi nazoratini, rezervlarni aniqlash va raxbariyatning korxona iqtisodiy samaradorligini oshirish bo\u2019yicha tavsiyalar bilan ta\u2019minlashni ichki xo\u2019jalik nazoratiga mo\u2019ljallangan. Ichki auditning vazifasini aniqlash korxona faoliyatining mazmuni, mijozlar, xodimlar, investorlarga bo\u2019lgan majburiyatlariga bog\u2019liq. Ichki auditning vazifalarini boshqarish usullari \u2013 bu rejalashtirish, hisob \u2013 kitob, nazorat va taxlildir, chunki ular yordamida harajatlar va ularni qoplash summasi hisoblanadi. Auditning umumqabul qilingan pogonalari quyidagilar: - rejalashtirish; - hisob tizimlari va ichki nazorat tizimlarini baholash; - moliyaviy hisobotlarni tekshirish; - auditorlik guvoxnoma (xulosa)sini olish. Bu pogonalarning har biriga mos keluvchi standartlar ishlab chiqilgan bo\u2019lib, ular uch guruxga bo\u2019linadi: 1. Umumiy standartlar. 2. Auditorlik tekshiruvlarini o\u2019tkazish bo\u2019yicha standartlar. 3. Hisobotlar tuzish bo\u2019yicha standartlar. Auditorlik faoliyatini kompyuterlashtirish tizimi quyidagi komponentlardan tuzilishi lozim: 1. Audit jarayonini gavdalantirish uchun iqtisodiy \u2013 matematik, iqtisodiy \u2013 tashkiliy va axborotlashtirilgan modellar; 188","2. Modellarni amalga oshirishni ta\u2019minlash uchun texnik, dasturiy, axborotlashtirilgan va boshqa vositalar. SHu tasavvurlardan kelib chiqqan holda kompyuter tizimi funktsional va ta\u2019minlovchi qismlardan tashkil topishini aytish mumkin. Funktsional qism uslubiyatlar, auditni bajarish usul va xollari majmuidan tashkil topadi hamda ular axborotlashgan va matematik modellar, standartlar, normalar va h.k.larda ta\u2019minlanadi. Ta\u2019minlovchi qism esa audit funktsiyalarini amalga oshirish uchun mo\u2019ljallangan bo\u2019lib, u axborotlashgan, dasturiy, texnik va boshqa ta\u2019minotlardan tashkil topishi kerak. Auditorlik faoliyatini kompyuterlashtirish tizimini qurishning tashkiliy formalari erishiladigan maqsadlarga bogliq, chunki auditorlik masalalarining klassifikatsiyasidan ko\u2019rinadiki, barcha tizimlar ikki sinfga bo\u2019linishi mumkin: - tashqi audit auditorlik faoliyatini kompyuterlashtirish uchun tizimlar; - ichki auditni kompyuterlashtirish tizimi. Axborotlashgan bazani tashkil qilish usullariga bog\u2019liq holda bu sinflarni kompyuterlashtirish turli xil formalarda bo\u2019lishi mumkin. Axborotlashgan baza quyidagi ko\u2019rinishda amalga oshirilishi mumkin: - lokal fayllar yig\u2019indisi \u2013 bir turdagi hisobot hujjatlari va ishlab chiqilgan standart vositalarning operatsion tizim va amaliy dasturda ifodalanishi; - ma\u2019lumotlar bazasi, maxsus kriteriy va MBBT ishlab chiqilgan dasturlarga asoslangan birlamchi hujjatlarda ifodalanishi; - qoidalar bazasi, ekspert \u2013 auditorni qoidalar va mantiqiy dasturlash vositalari yordamida ishlab chiqarilgan bilimlarni ifodalanishi. 14.3 Bank faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari Milliy iqtisodiyotning yanada rivojlanishi banklarning va bank tizimining rolini kuchaytirishni taqazo etmoqda. Bank - bu mamlakatdagi pul mablag\u2019larini boshqarish uchun yaratilgan moliya institutidir [14,18]. O\u2019zbekiston Respublikasi bank tizimining bosh maqsadi jahon talabiga mos keluvchi, rivojlangan milliy kredit tizimiga ega bo\u2019lish, xo\u2019jaliklar va aholining bo\u2019sh turgan mablag\u2019larini jalb qilish, uni samarali taqsimlash asosida aholining talablarini qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yaxshilashga erishishdan iborat. Bu maqsadga erishishni ta\u2019minlash uchun davlatimiz tomonidan mamlakatimiz bank sektorining rivojlanishini ta\u2019minlovchi zaruriy makroiqtisodiy sharoitlarni hamda bank tizimi barqarorligini ta\u2019minlash, shuningdek, bank nazorati tizimini va banklar faoliyatini boshqarish usullarini takomillashtirish, banklarning depozit, kredit va investitsiya faoliyatining yanada rivojlantirishga erishish va banklar o\u2019rtasida raqobat bo\u2019lishini ta\u2019minlashga asos yaratishdan, nobank tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish, moliya-kredit sektorining huquqiy bazasini yaxshilash, ularning moddiy-texnik jihatdan samarali ta\u2019minlanganligiga erishish kabi choralarni amalga oshirish ko\u2019zda tutadi. Mujassamlashgan bank avtomalashtirilgan axborot tizimlari (BAAT) mablag\u2019 kiritish va kredit berishning berilgan shartlari bo\u2019yicha nazorat qilinadigan mablag\u2019larni o\u2019zlashtirish, qaytarilishi va muvafiqlashtirilishini jadallashtirish vositasi bo\u2019lgan yagona dasturiy texnologik majmuadan iborat bo\u2019ladi. 189","Mujassamlashgan BAAT bank vazifalari aloqalarining butun murakkabligini o\u2019zida aks ettirilgan holda majmuaviy qamrab oladi. Bu mukammal avtomatlashtirilgan vazifalar majmuasi emas, balki murakkab tizimning xususiyalari: ierarxik tuzilishining murakkabligi, emerjmentlik, vazifaviy maqsadlarning ko\u2019pligi; stoxastik (ehtimollik) harakteriga ega jarayonlarni boshqarishni ta\u2019minlashda ishning o\u2019zgaruvchanligi va ko\u2019p vazifalikka xos bo\u2019lgan dasturlar majmuasidir. SHuning uchun ham mujassamlashgan BAAT ni ishlab chiqishda uning tarkibiy tuzilishi va mazmuniga ta\u2019sir qiluvchi ko\u2019p sonli omillar: - bankning umumiy ta\u2019riflari, hozirgi va kelgusidagi maqsadlari va uni rivojlanishining strategik yo\u2019nalishlarini, boshqaruvning vujudga kelgan tuzilishining xususiyatlari; - tizimning arxitekturasi va avtomatlashtirish kerak bo\u2019lgan vazifalarining tarkibi; - kiruvchi va chiquvchi hujjatlarning miqdori; - axborot xavfsizligiga talablarni tahlil qilish talab qilinadi. Bunday tahlil asosida bo\u2019lg\u2019usi tizimning asosiy tamoyillari ishlab chiqiladi. Murakkab tizimlarning nazariyasidan ma\u2019lumki, har qanday murakkab tizimning har xil chuqurlikka ega bo\u2019lgan ba\u2019zi bir tizimlarga ajratish mumkin. Vazifaviy tizimcha ostida ana\u2019anaviy ravishda boshqaruvning vazifaviy umumligiga muvofiq tizimning ba\u2019zi bir qismi tushuniladi. Bankda echiladigan boshqaruv vazifalari ko\u2019p jihatli bo\u2019lganligi uchun BAAT ni loyihalashtirishda dekompozitsiya alomatlarini tasniflash muammosi vujudga keladi. Bunday alomatlar sifatida quyidagilarni ajratish mumkin: vazifa, davr, boshqaruv ob\u2019ekti va boshqalar. O\u2019z tarkibining universalligi uchun boshqaruv vazifalari boshqaruv tizimlari dekompozitsiyasining eng keng tarqalgan alomatlaridan biridir. Bankni boshqarish tizimi umuman har qanday boshqarish tizimlari uchun umumiy bo\u2019lgan vazifalarni (rejalashtirish, hisob va nazorat, tahlil va tuzatish kiritishni) bajara turib, ularning boshqaruv tuzilmasining elementlari o\u2019rtasida taqsimlash xususiyatiga ega. Bu vositalar o\u2019zaro chambarchas bog\u2019liq va har doim maqsadli harakterga ega. Bankda hisob va nazorat operatsion, buxgalteriya hisoblaridan iborat, ular bir- birlari bilan yaqindan aloqada, chunki tahliliy daraja bank hisobida shaxsiy schyotlar ostida turadi. Har bir ish kuni balansini shakllantirish bilan tugashi sababli shaxsiy schyotlarning holatini o\u2019zgartiruvchi buxgalteriya aks ettiriladi. Statistik hisob ayrish ko\u2019rsatkichlarni uzoq davr ichida o\u2019zgarishi haqida ma\u2019lumotlarni yig\u2019ishga imkon beradi. Tahlil bank boshqaruvining tashqarisida, ham ichkarisida vujudga keladigan iqtisodiy vaziyatni bilib olishga imkoniyat beradigan vazifadan iborat bo\u2019ladi. Yirik banklarda ikkita mustaqil bo\u2019limlar mavjudki, ulardan biri bankning ichki holati tahlilini ta\u2019minlaydi, ikkinchisi tashqi muhitni tahlil qiladi. Rejalashtirish tahlilning ma\u2019lumotlariga asoslanib, vujudga kelgan vaziyatdan chiqish va qo\u2019yilgan maqsadlarga erishish uchun ehtimol bo\u2019lgan echimlarni tayyorlaydi. Bankning boshqaruv tuzilmasi har xil usullarda tashkil qilingan bo\u2019lishi mumkin, bu ko\u2019proq bankning kattaligiga, ko\u2019rsatilayotgan xizmat turlarining sonlari, 190","mijozlarning va bank tomonidan operatsiyalar soniga bog\u2019liq uni quyidagi turlari bor: to\u2019g\u2019ri chiziqli, boshqaruv shtabli. To\u2019g\u2019ri chiziqli shtabli. Bankning texnologiyalari bank biznesini qo\u2019llab-quvvatlash va rivojlantirishning vositasi sifatida bir qator asosiy tamoyillar asosida yaratiladi: \uf02d bank vazifalarining turli tumanliklarini ularning to\u2019liq integratsiyasi bilan qamrab olishda kompleks yondashish tamoyili; \uf02d tizimni aniq buyurtma ostida keyinchalik o\u2019stirish bilan osonlikcha konfiguratsiyalashga imkon beruvchi moduli tamoyili; \uf02d turli xildagi tashqi tizimlar (telekommunikatsiya, moliyaviy tahlil tizimlari va boshqalar) bilan o\u2019zaro hamkorlik qilishga, dasturiy texnik platformani tanlashni ta\u2019minlashga va uni boshqa apparatli vositalarga ko\u2019chirishga qodir texnologiyalarning ochiqligi tamoyili. \uf02d bank tizimi modullarini sozlash va ularni aniq bankning ehtiyojlari va sharoitlariga moslashtirishning egiluvchanligi tamoyili; \uf02d biznes jarayonlarini rivojlanganligi sari tizimning vazifaviy modulini kengayishi va murakkablashuvini ko\u2019zda tutuvchi ko\u2019lamlilik (masalan, filiallar va bank bo\u2019linmalari ishini qo\u2019llab-quvvatlash tahlilni guruhlashtirish va h.k.); \uf02d haqiqiy vaqtda ma\u2019lumotlarga ko\u2019p foydalanishlar bo\u2019yicha kirish va yagona axborot bo\u2019shlig\u2019ida vazifalarni amalga oshirish; \uf02d bank va uning biznes jarayonlarini modullashtirish va biznes jarayonlarini algoritmik sozlashning imkoniyati; \uf02d tizimli biznes jarayonlarini rivojlantirish asosida uzluksiz rivojlantirish va takomillashtirish ADP bozorining tahlili shuni ko\u2019rsatadiki, mujassamlashgan BAAT ning tizimchalari va vazifalarini amaliy ajratilishi ularni bir vaqtda uchta alomat bo\u2019yicha: boshqaruv tuzilishi, mablag\u2019larni o\u2019zgartirish va boshqaruv vazifalari bo\u2019yicha hisobga olinadi. Bank faoliyatini avtomatlashtirish xususiyatlari. BAAT ni texnik ta\u2019minlash jarayonida bank texnologiyalari apparat vositalari arxitekturasi zamonaviy talablar asosida qurilish kerak. Ularga: aloqaning turli-tuman telekommunikatsion vositalari, ko\u2019p mashinali majmualar, \u00abmijoz-server\u00bbning arxitekturasidan foydalanish, mahalliy, mintaqaviy va global tezkor tarmoqlarni qo\u2019llash kiradi. \u00abMijoz-server\u00bb arxitekturasi banklarning axborot texnologiyalarini qurilishdagi texnik echimlarga zamonaviy yondoshishning asosi bo\u2019ladi. Bu texnik ta\u2019minlanishni tashkil qilish va axborotlarni ishlab chiqishni mijoz (ishchi stantsiya) va server deb nomlangan ikkita tarkibiy qism o\u2019rtasida taqsimlanishini ko\u2019zda tutadi. Ikkala qism birlashtirilgan kompyuterlarda bajariladi. Bunda mijoz-serverga so\u2019rovlar yuboriladi, server esa ularga xizmat ko\u2019rsatadi. Bunday texnologiya tarkiblashtirilgan so\u2019rovlarning maxsus tiliga ega kasbiy MBBTda amalga oshiriladi. \u00abMijoz-server\u00bb texnologiyasining amalga oshirishini variantlaridan biri uning uch bosqichi arxitekturasidir. Tarmoqda kamida uchta kompyuter: mijoz qismi (ishchi stantsiya), qo\u2019llanishlar serveri va ma\u2019lumotlar bazasining serveri mavjud bo\u2019lishi kerak. Mijoz qismida foydalanuvchi bilan o\u2019zaro hamkorlik (foydalanish interfeys) tashkil qilinadi. Qo\u2019llanishlar serveri mijoz qismi uchun biznes tadbirlarini 191","amalga oshiradi. Ma\u2019lumotlar bazasining serveri mijoz rolini bajaruvchi biznes tadbirlarga xizmat ko\u2019rsatadi. Bunday arxitekturaning egiluvchanligi mustaqil va dasturiy resurslarni almashishidadir. Banklarda axborot texnologiyalarining dasturiy ta\u2019minlanishi. Bank vaqt bo\u2019yicha rivojlanuvchi ob\u2019ekt bo\u2019lib, axborot muhitining miqdoriy o\u2019zgarishini (ishlab chiqarilayotgan ma\u2019lumotlarning hajmini, foydalanuvchilar sonini va boshqalarni ko\u2019payishini), miqdori o\u2019zgarishlarni (echilayotgan vazifalarning turli tumanligini kengayishi, ularning harakterini o\u2019zgarishini) vujudga keltiradi. Xuddi shunday qurilgan avtomatlashtirilgan tizim ba\u2019zi bir vaqt davomida zamonaviylashtirishlarni o\u2019tkazmasdan xuddi shunday rivojlanishi kerak. Tizimning salohiyatli imkoniyatlari qoidaga ko\u2019ra, ishlab chiqarilgan asosiy dasturiy vositalarning imkoniyatlari bilan kuchli bog\u2019langan. Tizimning bunday sifati aniq ishlab chiqaruvchilarni kasbiy mahoratlariga bog\u2019langan va bittagina asosiy dasturiy vositalar doirasida kuchli turlanishlari mumkin. Keyingi yillarda bank faoliyatida ma\u2019lumotlarning xavfsizligini ta\u2019minlash muommosi kuchaymoqda. U o\u2019z ichiga bir necha jihatlarni oladi. Birinchidan, bu foydalanuvchilarning vakolatlarini epchil, ko\u2019p bosqichli va ishonchli tartibga solishishdir. Bank axborotlarining qimmatliligi ma\u2019lumotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalashga, shu jumladan, jarayonlarni, ma\u2019lumotlar holatini o\u2019zgarishlarini boshqarishni nazoratiga alohida talablar qo\u2019yadi. Ikkinchidan, ma\u2019lumotlarning yaxlitligi va bir-birilariga zid bo\u2019lmasliklarining qo\u2019llab-quvvatlash vositalarining mavjudligi. Bunday vositalar kiritilayotgan ma\u2019lumotlar o\u2019rtasidagi aloqalarni ushlab turish va nazorat qilish, hamda muvofiqlashtirilgan ma\u2019lumotlarning qo\u2019llab- quvvatlanishini ta\u2019minlovchi operatsiyalar (mavjud) majmuasi usulida kiritishni nazarda tutadi. Uchinchidan, tizimli, dasturli va apparatli tuzilishlarda ma\u2019lumotlarni arxivlashtirish, tiklash va monitoringining ko\u2019p vazifali tadbirlarini mavjudligidir [14,18]. Amaliy va iste\u2019mol xususiyatlariga nisbatan ABTning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: - vazifaviy majmuaning etarlicha kengligi; - tizimning integratsiyalashuvi; - konfiguratsiyalashishi; - ochiqligi va moslanuvchanligi. Bank tizimi tomonidan amalga oshiriladigan vazifalarning ro\u2019yxatini ikki qismga: majburiy va qo\u2019shimcha vazifalarga bo\u2019lish mumkin. Birinchilariga, qoidaga ko\u2019ra har qanday tijorat bankida bo\u2019ladigan va tizimda u yoki bu ko\u2019rinishda mavjud bo\u2019lishi kerak bo\u2019lgan faoliyat yo\u2019nalishlari kiritiladi va ikkinchilarini tanlash esa bankning ixtisoslashuviga bog\u2019liq. Bank tizimlarining funktsional masalalari. Banklararo hisob-kitoblarni avtomatlashtirish. Avtomatlashtirilgan bank tizimlarining (ABT) iste\u2019mol (vazifaviy) xususiyatlarini kengaytirish mamlakatimiz bank ishini rivojlanishining xususiyalari bilan bog\u2019liq. Agar bank xizmatlarining u yoki bu turlariga o\u2019sib boruvchi so\u2019rovlari ommaviy harakterga ega bo\u2019lsa, unda ABT bozorida bank texnologiyalarining yangi sifatlari paydo bo\u2019ladi. 192","ABTlari o\u2019z xizmatlarining keng, turli-tumanligi bo\u2019yicha mijozlarga tez va sifatli xizmat ko\u2019rsatuvchiga imkon beradi. Tizimning asosiy xizmat modullari quyidagilarni amalga oshiradi: - yuridik shaxslarga hisoblash-kassa xizmatini ko\u2019rsatish; - bank-korrespondentlari schyotlari bo\u2019yicha xizmat ko\u2019rsatish; - kredit, depozit, valyuta operatsiyalari; - xususiy shaxslar kiritmalarining har qanday turlari va ular bo\u2019yicha operatsiyalar; - fond operatsiyalari; - plastik kartochkalar yordamida hisob-kitoblar; - buxgalteriya vazifalari; - tahlil, qarorlar qabul qilish, menejment, marketing va boshqalar. Oxirgi avlod ABT \u00abMijoz-server\u00bb arxitekturasidagi tarmoqli texnologiyalarga suyanadi. Keyingi vaqtda moliyaviy tahlilning vazifalari va biznesni boshqarishning maqsadlariga katta ahamiyat berilmoqda. Moliyaviy xavf-xatarni nazorat qilishda, resurslarni boshqarishda, operatsiyalarning foydaliligini, yangi bank xizmati (mahsulot)ning mijoz va bo\u2019linmalar daromadliligini tahlil qilishga imkon beruvchi tizimlar ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilmoqda. Majmua shaxsiy sabablar bo\u2019yicha (hujjatlarni rasmiylashtirilgan buxgalteriya yozuvlari bo\u2019yicha) mablag\u2019larning haqiqiy va rejalashtirilgan harakatini amalga oshiriradi. Hujjatlar bundan keyingi nazorat operatsiyasidan o\u2019tadi, barcha parametrlar mos kelganda hujjatlarning ro\u2019yxati tuziladi va hisoblash-kassa markaziga jo\u2019natish uchun fayl shakllantiriladi. Korrespondentlik schyoti orqali o\u2019tgan hujjatlar schyotlari bo\u2019yicha tarqatiladi. Bankning operatsiya kuni dasturi-texnologik majmua sifatida bank hisobining ko\u2019p mehnat talab qiluvchi operatsiyalarini avtomatlashtiradi. (14.2-rasm). Mijozlarning shaxsiy schyotlari bo\u2019yicha operatsiyalar to\u2019lov hujjatlari bo\u2019yicha amalga oshiriladi. SHaxsiy schyotdan ko\u2019chirma esa har bir buxgalteriya yozuvlarini aks ettiradi. Bank biznesining rivojlanishi bunday qurollardan kundalik faoliyatda foydalanish zarurligiga olib keladi. \u00abImkomservis\u00bb firmasi misolida ABT ning asosiy vazifaviy tizimlarining qisqacha ta\u2019rifi ustida to\u2019xtaymiz. Filiallar faoliyatining hisobi bo\u2019yicha majmua filialning hisobxonasi va boshqa bo\u2019limlardagi ish joylarini avtomatlashtirishga mo\u2019ljallangan. \u00abBank filiallar\u00bb darajasida filiallardan olingan axborotlarni bilish, ishlab chiqish va tahlil qilish, barcha filiallar o\u2019rtasidagi hisob-kitoblar avtomatlashtiriladi. Filiallar orasidagi o\u2019zaro hamkorlik to\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri yoki bankning markaziy bo\u2019limi orqali tashkil qilinishi mumkin. Filial doiralaridagi majmua o\u2019z ichiga valyutali va so\u2019mni kassa operatsiyalarini oladi, filial bo\u2019yicha balansni ichki buxgalteriya yozuvlarini hisobga olish bilan hisoblab chiqadi. Korrespondentlik munosabatlari bo\u2019yicha hisob- kitoblarni bajaradi. Mijozlarga xizmat ko\u2019rsatish bo\u2019yicha ABT ning eng keng tarqalgan tizimchalari quyidagilardir: mijozbank, plastik kartochkalar bilan ishlash operatsiyalari. 193","\u00abYuridik shaxslarga xizmat \u00abXo\u2019jalik operatsiyalarini ko\u2019rsatish\u00bb tizimi rejalashtirish va taxlili\u00bb tizimi \u00abXususiy shaxslarga xizmat ko\u2019rsatish\u00bb tizimi \u00abBankning \u00abXorijiy valyuta bilan operatsiya operatsiyalar\u00bb tizimi kuni\u00bb \u00abTaxlil va rejalashtirish\u00bb tizimi \u00abMa\u2019muriy xujjat aylanishi va xodim hisobini olib borish\u00bb tizimi \u00abFiliallarni boshqarish\u00bb tizimi \u00abKorrespondent schetini olib borish\u00bb tizimi kirishning telekommunikatsion muhiti Filial Uzoq masofadagi mijoz Bank- korrespondent 14.2-rasm. Operatsion kun modelining tarkibi 194","Plastik kartochkalardan foydalanish mijozlarga xizmat ko\u2019rsatishning samarali shakli hisoblanadi. Plastik kartalar qisqa muddatli davlat obligatsiyalar mamlakatimizdagi davlatning qisqa muddatli obligatsiyasi ta\u2019minlanishining turlari bo\u2019yicha debetli, kreditli, debit-kreditligiga bo\u2019linadi. Uning bilan bir qator plastik kartalar asosida vazifalarni amalga oshirish ham mumkin: magnitli kartalar, smart- kartalar, lazerli kartalar, mikroprotsessorli kartalar. Mikroprotsessorli kartalar bilan ishlash eng ilg\u2019or va qimmat texnologiya bo\u2019ladi. Savdo shahobchalari tegishli dasturiy-texnik vositalar (savdo terminallari) bilan jihozlanadi. Mijoz (\u00abTimur\u00bb firmasi) mijozga og\u2019zaki xabar berish muxr imzo hisob varag\u2019idan ko\u2019chirma to\u2019lov talabnomasi bank (mas\u2019ul xodim) rad etish noto\u2019g\u2019ri to\u2019lov talabnomasida muxr, imzoni tekshirish qabul qilish ATB Bank arxivi 14.3-rasm. Bank tizimida mijozlarga oddiy xizmat ko\u2019rsatish 195","\u00abMijoz-bank\u00bb dasturiy-texnologik majmuasi \u00abbank\u00bb va \u00abmijoz\u00bb modullaridan tashkil topgan, ular bankdagi va mijozning iqtisodiy ob\u2019ektlaridagi kommunikatsion SHKga o\u2019rnatiladilar. Mijozga idoradan chiqmasdan turib andozaviy bank operatsiyalarini o\u2019tkazish imkoniyatlari beriladi. Majmua odatda to\u2019lov hujjatlarini jo\u2019natish va olish, schyotlar, buyurtmalar qimmatbaho qog\u2019ozlar bilan operatsiyalar bo\u2019yicha ko\u2019chirmalarni olish bo\u2019yicha va ma\u2019lumotnomaviy materialni olish uchun o\u2019zaro hamkorlik vazifasini bajaradi. Buni quydagi misol orqali ko\u2019rishimiz mumkin. Bank misolida O\u2019zR TIF Milliy Bankini, mijoz sifatida \u00abKvant\u00bb firmasini olamiz. \u00abKvant\u00bb firmasi Milliy Bankda o\u2019z hisob raqamiga ega bo\u2019lib, bu hisob raqamidan turli harajatlarga to\u2019lov to\u2019lashi mumkin. Naqd pulsiz yo\u2019l bilan to\u2019lov to\u2019layotganda \u00abKvant\u00bb firmasi xodimi to\u2019lov hujjatini bankka olib keladi va shu asosda bank uning hisob raqamidan ma\u2019lum summani tovar etkazib beruvchining bankdagi hisob raqamiga o\u2019tkazadi. Bu jarayonning axborot texnologiyasi 14.3-rasmda berilgan. Oddiy xizmat ko\u2019rsatishning axborot texnologiyasi quyidagi jarayonlarni o\u2019z ichiga oladi: 1. \u00abKvant\u00bb firmasi buxgalteri to\u2019lov hujjatini tayyorlaydi. Unda firmaning o\u2019z muhri va firma rahbarining imzosi qo\u2019yiladi. 2. Bu to\u2019lov hujjatini firmadan vakil bankka olib kelib beradi. To\u2019lov hujjati 4 nusxada olib kelinishi shart. 3. Bank mas\u2019ul xodimi \u00abKvant\u00bb firmasining buxgalterini qabul qilib, hujjatlarini ko\u2019zdan kechiradi. To\u2019lov hujjatida muhr va imzolar tekshiriladi. 4. Bank mas\u2019ul xodimi hujjatda xatolar yo\u2019qligiga amin bo\u2019lsa, uning hisob raqamidagi mablag\u2019i to\u2019lovni amalga oshirishga etarli, qarzlari yo\u2019q bo\u2019lsa, to\u2019lov hujjatlarining bir nusxasiga bank shtampi va imzosini qo\u2019yib, \u00abKvant\u00bb firmasi buxgalteriga beradi. 5. Qolgan to\u2019lov hujjatlari bankning bosh buxgalteri tomonidan tekshirilib, imzolanadi. Hujjat qabul qilinadi. 6. Qabul qilingan hujjatlar bankning Back-office ga beriladi. U erda hujjatlar avtomatlashtirilgan bank tizimiga kiritiladi. 7. Pullar o\u2019tkazilganidan so\u2019ng, o\u2019tgan operatsiyalar haqida \u00abKvant\u00bb firmasining xodimi tiket yoki \u00abHisob varag\u2019idan ko\u2019chirma\u00bbning bir nusxasini olishi mumkin. Ikkinchi nusxasi bankda qoladi. 8. Operatsiyalar o\u2019tqazilgandan so\u2019ng bankdagi hujjatlar bank arxiviga topshiriladi. Bank tizimida mijozlarga oddiy xizmat ko\u2019rsatish jarayonini ko\u2019rib chikdik. Endi \u00abBank-Mijoz\u00bb (R-Bank) tizimida mijozlarga masofali elektron xizmat ko\u2019rsatish jarayonini (14.4-rasm) ko\u2019rib chiqamiz. \u00abKvant\u00bb firmasi R-Bank tizimida, On-Line rejimida (\u00abon-line\u00bb ingliz tilidan \u00abhozir tizimda\u00bb degani) o\u2019z schyotlarining o\u2019zi boshqarishi, turli xildagi to\u2019lov hujjatlarini tayyorlashi , Milliy Bankdan o\u2019z hisob raqamini qoldiqlar va pul aylanishlari to\u2019g\u2019risida axborot olishi , xoxlagan davrga o\u2019z hisob raqamidan ko\u2019chirmalarni chop etib olishi, hamda boshqa moliyaviy hisobotlarni olishi mumkin bo\u2019ladi. Bu esa mijoz va bank uchun bir qancha afzalliklar keltiradi. Buni 14.1- jadvaldagi solishtirma tahlil orqali ham ko\u2019rishimiz mumkin. 196","\u00abKvant\u00bb firmasi to\u2019lov amalga oshirilganligi xaqida xabar berish rad etish \u00abbank-mijoz\u00bb tizimiga kirish Elektron xujjat Elektron raqamli imzo O\u2019z R TIF Mil.banki Elektron xujjatni tekshirish qabul qilish O\u2019z R TIF mil.banki ATB O\u2019z R TIF mil. bankining ma\u2019lumotlar bazasi 14.4-rasm. R-Bank tizimida masofaviy elektron xizmat ko\u2019rsatish jarayoni 197","14.1-jadval R-Bank tizimida to\u2019lov hujjatlarining elektron va qog\u2019ozdagi nusxasini solishtirish \u2116 Oddiy xizmat ko\u2019rsatish Masofaviy elektron xizmat ko\u2019rsatish 1. Mijozning qog\u2019oz to\u2019lov Mijoznining elektron hujjatini hujjatini to\u2019ldirish; tizimda tayyorlash 2. To\u2019lov hujjaga tashkilotning Elektron hujjatga mijozning muhrini qo\u2019yish elektron raqami imzosini qo\u2019yish 3. Mijozning mas\u2019ul shaxsining Foydalanuvchi mijozning bank serveri bankka kelishi bilan aloqa o\u2019rnatishi 4. Mijozning \u00abo\u2019z\u00bb mas\u2019ul YAngi elektron hujjat haqidagi axborot xodimiga murojat qilishi mas\u2019ul xodimga avtomat ravishda tushishi 5. Mijozning \u00abo\u2019z\u00bb mas\u2019ul xodimi Bank va mijozning o\u2019rtasidagi oloqa bilan hech kim halaqit kanalining va ma\u2019lumotlarining shifrlanishi bermaydigan holda gaplashishi 6. Mijozning mas\u2019ul xodimga Elektron imzolangan hujjatning avtomat hujjatini berishi ravishda bankka uzatilishi 7. To\u2019lov hujjatidagi muhrning va Mijozning elektron raqamli imzo namunasi kartochkasi imzosini tekshirish bilan solishtirish 8. To\u2019lov hujjatining to\u2019g\u2019ri Elektron hujjat rekvizitlarining to\u2019ldirilganligini tekshirish tizim tomonidan tekshirilishi 10. Mas\u2019ul xodim tomonidan Tizim tomonidan Mijozning karteka 2 si, Mijozning kartoteka 2 si, overdraft blokirovkalanganligini tekshirish overdraft blokirovka- langanligini tekshirish 11. To\u2019lov hujjatining qabul Elektron hujjatga QABUL QI- qilinganligi haqida yoki qabul LINDI yoki RAD ETILDI maqo- qilinmaganligi haqida mini qo\u2019yilishi 12. Mas\u2019ul shaxs tomonidan huj- Qabul qilingan hujjatni server jatni ABT ga kiritish tomonidan ABTga (qayta ishlovga) yuborishi 13. Tiket \/ kvitantsiyaning olinishi To\u2019lovning ABT balansiga o\u2019tkazilganidan s\u044bng avtomat ravishda elektron hujjatga O\u2019TKAZILDI maqomining berilishi 14. Qog\u2019oz hujjatning bank arxiviga Elektron raqamli imzosi bor elektron yuborilishi hujjatni bankning ma\u2019lumotlar bazasi arxivida saqlab qo\u2019yish 198","Biz axborot texnologiyalarining bank tizimida mijozlarga xizmat ko\u2019rsatish jarayonida qo\u2019llanilishini qo\u2019rib chiqdi. Ularning ishlashi, tuzilishi axborotlar uzatilishi va axborotlarning qayta ishlanishi jarayonlari bilan tanishib chiqdik. AT larini bank sohasida qo\u2019llash: bank xizmatlari sifatining oshishiga, bank operatsiyalarining tez va bexato bajarilishiga, hujjatlarni qayta ishlashga ketadigan harakatlarning qisqarishiga va vaqtning tejalishiga, ish samaradorligining oshishiga olib keladi. SHunday qilib, bank mijozlarga elektron tizimlar orqali ko\u2019rsatadigan xizmat turlariga: \uf02d \u00abBank-Mijoz\u00bb - mijozlarga masofaviy elektron xizmat ko\u2019rsatish dasturi; \uf02d \u00abZamonaviy mulkdor\u00bb-qimmatli qog\u2019ozlarning elektron savdosi tizimi; \uf02d plastik kartalar bilan naqd pulsiz hisob kitoblar tizimi kiradi. \u00abBank-Mijoz\u00bb (R-Bank) tizimi mijoz va bank ishini engillashtirib, vaqtni va qator harajatlarni tejaydi. Bu tizim mijoz uchun hisob raqamini o\u2019zi nazorat qilib turishga, bank bilan aloqada bo\u2019lish, xabarlar olish, elektron hujjatlarni yuborish imkoniyatini beradi. Respublikamizda elektron to\u2019lovlar hisobiga pul aylanishi tezlashadi va iqtisodiyotni barqaror rivojlanishi yuzaga keladi. Bu esa, halq turmush farovonligini oshiradi, kelajakda mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar qatoriga kirib borishini ta\u2019minlaydi. 14.4 Marketing faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari Marketing faoliyatining axborot va kommunikatsion ta\u2019minlanishi. Har bir korxonaning marketing tizimida axborot asosiy ahamiyatga ega, chunki har qanday marketing faoliyati tovarlar ishlab chiqarish bozorida vujudga kelgan aniq vaziyatli bilishga asoslanadi. Ko\u2019pgina marketing tadqiqotlari va tadbirlarining maqsadi axborotlarga erishishga qaratilgandir. Bu tadbirlarning bajarilishi marketing faoliyatining ob\u2019ekti haqidagi dastlabki bilimlarni talab qiladi, amalga oshirish jarayonining o\u2019zi esa joriy ta\u2019sirlarga tuzatishlar kiritish va bo\u2019lg\u2019uvsi marketing dasturlarini ishlab chiqish maqsadlarida ob\u2019ekt bilan teskari aloqani o\u2019rnatish uchun zarur bo\u2019lgan yangi ma\u2019lumotlarni yaratadi. Tovarni sotish bozori tomon harakatlantirishni tashkil qilish vazifasi bu erda misol bo\u2019lib xizmat qilishi mumkin, uni echishdan oldin mahsulotning taklif qilinayotgan turiga nisbatan talabni sinchiklab o\u2019rganish, iste\u2019molchilarning harid qilish qobiliyatlarini baholash, raqobatdagi firmalarning bozordagi faoliyatini tahlil qilish kerak [20,24]. Zarur marketing axborotlarining yo\u2019qligi, noaniq va muhim bo\u2019lmagan ma\u2019lumotlardan foydalanish jiddiy iqtisodiy xatolarning sababi bo\u2019lishi mumkin. Marketing axborotlaridan foydalanishdan maqsad boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida noaniqliklar darajasini aniqlashdan, kamaytirishdan iboratdir. Bu esa o\u2019z o\u2019rnida turli \u2013 tuman axborotlarning katta hajmini yig\u2019ish, saqlash, uzatish va ishlab chiqishni talab qiladi. Axborotlarga asoslanib va yangi axborot ehtiyojlarini yaratib, zamonaviy marketing axborot texnologiyalaridan foydalanmasdan, rivojlangan axborot bazasi va kommunikatsiya tizimlarini yaratmasdan samarali marketing faoliyatini yuritish mumkin emas. 199","Axborot mahsulotlari va xizmatlari marketingida kompyuter texnologiyalarini qo\u2019llash \u2013 davr talabi. Marketing ma\u2019lumotlarini doimo kuzatish va saqlash tizimida axborotlarni yig\u2019ish boshqa marketing operatsiyalari orasida katta o\u2019rinni egallaydi, chunki u axborotlarning xususiyatlari bo\u2019yicha turli- tuman manbalar bilan bog\u2019liqdir. Marketing korxonaning ishlab chiqarish va sotish faoliyatini boshqarish tamoyili sifatida tashkil qilinadi. SHuning uchun iste\u2019molchilarning talablarini qanoatlantirish va eng katta foyda olish maqsadlarida bozor ehtiyojlarini har taraflama o\u2019rnatish nuqtai nazaridan muhitning quyidagi qismlari haqidagi bilimlarga suyanadi: - tovar va xizmatlar bozori; - tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish; - ishlab chiqarish va sotish bozori bilan bog\u2019liq tashqi makroiqtisodiy ko\u2019rsatkichlar. Marketing boshqarish tizimidagi axborotlarni shakllantirish va foydalanishning asosiy tamoyillari quyidagilardir: 1. Axborotlarning muhimligi marketing muhitining holatini, vaqtning har bir lahzasida aks ettirilishini bildiradi. 2. Ma\u2019lumotlarning ishonchliligi, ishlab chiqarish, bozor va tashqi muhitni ob\u2019ektiv holati va rivojlanishini aniq katta tiklanishiga asoslangan. 3. Ma\u2019lumotlarning relevantligi axborotlarni shakllantirgan talablarga to\u2019liq mosligini va keraksiz ma\u2019lumotlar bilan ishlashdan qutilishga imkon beradi. 4. Tavsiflarning to\u2019liqligi marketing muhitining holati va rivojlanishiga ta\u2019sirini shakllantiruvchi va ko\u2019rsatuvchi barcha omillarning ob\u2019ektiv hisobi uchun muhimdir. 5. Ma\u2019lumotlarning maqsadga muvofiqligi ularni ichki va tashqi bozorlarda mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish sohasidagi aniq maqsadlar va vazifalarga qaratadi. 6. Muvofiqlashtirilganlik va axborot birligi xulosalarda ziddiyatlar, birlamchi va ishlab chiqilgan ma\u2019lumotlarda moslashtirilganlik imkoniyatini yo\u2019qotuvchi ko\u2019rsatkichlar tizimini ishlab chiqishni talab qiladi. Korxonada marketing boshqaruvining axborot tizimlari. Marketing axborot tizimlari muammo sohasining butun tarkibiy qismlarini butligi va o\u2019zaro bog\u2019liqligi asosida quriladi. MATning muammo sohasi o\u2019z ichiga ichki va tashqi axborotlar marketing tadqiqotlari va axborotlar tahlilining natijalari tizimini oladi. Ichki axborotlar tizimi \u2013 korxona faoliyati va holatining har xil tomonlarini aks ettiruvchi ma\u2019lumotlarga ega bo\u2019ladi. Tashqi axborot tizimi \u2013 buning yordamida tashqi muhitda vujudga keladigan hodisa va vaziyatlar haqida ma\u2019lumotlar olinadigan manbalar va uslubiy yo\u2019llarga mo\u2019ljallangan. Axborot \u2013 tijorat faoliyatining predmeti sifatida. Korxona marketing axborot tizimlarida kommunikatsion jarayonlarni ahamiyati va xususiyatlari axborotlarni yig\u2019ish, ro\u2019yxatga olish va uzatish hamda korxonaning bozor va ishlab chiqarish jarayonini tartibga solishdagi teskari aloqa vazifasini amalga oshirishda eng ko\u2019p darajada namoyon bo\u2019ladi. Axborotlarni yig\u2019ish va ro\u2019yxatga olish, tashkil qilish 200"]


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook