["Axborot shuningdek, resurs ham hisoblanadi. Uni qayta ishlash jarayonini xuddi moddiy resurslarni qayta ishlash jarayoni kabi texnologiya sifatida qabul qilish mumkin. Axborot texnologiyasi \u2014 ob\u2019ektning (axborot mahsulotining) holati, jarayon yoki voqeaning yangi xususiyati to\u2019g\u2019risida axborot olish uchun ma\u2019lumotlarni yig\u2019ish, qayta ishlash va uzatish vositalari va usullari majmuidan foydalaniladigan jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi \u2014 inson yoki tizimning ehtiyojini qondiruvchi mahsulot ishlab chiqarish sanaladi. Axborot texnologiyasining maqsadi esa \u2014 axborot ishlab chiqarish bo\u2019lib, uni tahlil etish va uning asosida biror bir harakatga qo\u2019l urish uchun tegashli qaror qabul qilish hisoblanadi. Ma\u2019lumki, bitta va faqat o\u2019sha moddiy resursga nisbatan har xil buyum yoki mahsulot olish mumkin. Axborotni qayta ishlash texnologiyasiga nisbatan ham shunday bahoni bersa bo\u2019ladi. Moddiy va axborot texnologiyasining asosiy komponentlarini qiyoslash 3.2- jadvalda berilgan. 3.2- jadval Moddiy va axborot texnologiyasining asosiy komponentlarini qiyoslash jadvali Texnologik komponentlar Moddiy mahsulot Axborot mahsuloti Xom ashyo va materiallar tayyorlash Ma\u2019lumotlar yoki boshlang\u2019ich axborotni yig\u2019ish Moddiy mahsulot ishlab chiqarish Ma\u2019lumotlarni qayta ishlash va yakuniy axborotga ega bo\u2019lish Iste\u2019molchilarga ishlab chiqarilgan Uning asosida qaror qabul qilish mahsulotni sotish uchun yakuniy axborotni uzatish Axborotni yig\u2019ish, uzatish, to\u2019plash, qayta ishlash, saqlash, taqdim etish, foydalanish uslublari va usullari tizimi axborot texnologiyasi deb yuritiladi. \u201cAxborot texnologiyalari\u201d keyin \u201cZamonaviy axborot texnologiyalari\u201d degan tushuncha ham fanga kirib keldi. Zamonaviy axborot texnologiyasi \u2013 shaxsiy kompyuterlardan keng foydalanishga, foydalanuvchilarning (dasturlash bo\u2019yicha mutahassis bo\u2019lmaganlar) axborot jarayonida faol ishtirokiga, \u00abdo\u2019stona\u00bb foydalanuvchi interfeysining yuqori darajada bo\u2019lishiga, umumiy va muammo mazmunidagi amaliy dasturlar paketidan keng foydalanishga, EHM hisoblash tarmoqlari tufayli ma\u2019lumotlarning uzoqdagi bazalariga kirib borish imkoniyatiga asoslangan texnologiyadir. Zamonaviy axborot texnologiyalarini yaratishning uch asosiy tamoyillari quyidagilar: 1. Kompyuterli interaktiv muloqotli ish rejimi; 2. Boshqa dasturiy mahsulotlar bilan integratsiyalashish, o\u2019zaro aloqa; 3. O\u2019zgarish jarayonlarining ma\u2019lumotlar va vazifaning quyilishi jihatidan moslashuvchanligi. 51","3.4 Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining turkumlanishi Avtomatlashtirish - bu inson ish faoliyatini mashina va mexanizmlar bilan almashtirish demakdir. U texnik, tashkiliy va iqtisodiy mazmundagi xatti-harakatlar hamda tadbirlar kompleksidan iborat bo\u2019lib, ishlab chiqarish jarayoni, boshqaruv jarayonining u yoki bu ishini amalga oshirishda inson ishtirokini qisman yoki butunlay cheklash imkonini beradi. Avtomatlashtirish qachon zarur bo\u2019ladi? Quyidagi hollarda boshqaruvni avtomatlashtirish, demak, axborot tizimini, texnologiyani avtomatlashtirish zarur bo\u2019ladi: \uf0b7 insonning fiziologik va psixologik imkoniyati mazkur jarayonni boshqarish uchun etarli bo\u2019lmasa; \uf0b7 boshqaruv tizimi inson hayoti va salomatligi uchun xavfli muhitda bo\u2019lsa; \uf0b7 boshqaruv jarayonida ishtirok etish kishidan o\u2019ta yuqori malakani talab etsa; \uf0b7 boshqarish kerak bo\u2019lgan jarayon o\u2019ta tang yoki avariya holatida bo\u2019lsa. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi (AAT) \u2013 boshqaruv vazifalarini hal etish uchun tizimli tashkil etilgan axborot jarayonlarini amalga oshirish usul va vositalari majmuidir. U hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan foydalanish asosida rivojlangan dasturiy ta\u2019minotni qo\u2019llash bazasida bajariladi. SHunday qilib, avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi texnik vositalardan, ko\u2019proq kompyuterlar, kommunikatsiya texnikalari, tashkiliy texnika vositalari, dasturiy ta\u2019minot, tashkiliy \u2013 uslubiy materiallar va texnologik zanjirga birlashgan personaldan iborat bo\u2019ladi. Ushbu harakat zanjiri axborotni yig\u2019ish, uzatish, to\u2019plash, saqlash, qayta ishlash, foydalanish va tarqatishni ta\u2019minlaydi. Demak, har qanday axborot texnologiyasining maqsadi - belgilangan tashuvchi vositada talab qilingan sifat darajasida kerakli axborotni olishdir. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasini bir qator belgilarga, xususan, axborot tizimini avtomatlashtirishni amalga oshirish imkoniyati, avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasining boshqaruv vazifalarini qamrash darajasi, texnologik operatsiyalar sinfi, foydalanuvchining interfeys turi, EHM tarmog\u2019idan foydalanish variantlari va xokazo xususiyatlariga ko\u2019ra tasniflash mumkin (3.3-rasm). Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasini amalga oshirish usuliga ko\u2019ra, ananaviy va zamonaviy axborot tizimiga bo\u2019linadi. Boshqaruv vazifalarini qamrab olish darajasi bo\u2019yicha avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasining vazifalari ma\u2019lumotlarni elektron usulda qayta ishlashni o\u2019z ichiga oladi. Bunda EHM dan foydalangan holda ma\u2019lumotlar qayta ishlash natijasida muayyan iqtisodiy masalalar hal etilib, boshqaruv faoliyatini avtomatlashtirish olib boriladi. Boshqaruv faoliyatini avtomatlashtirishda boshqaruv qarorlarini tayyorlash uchun axborot \u2013 ma\u2019lumotnoma rejimida ishlarni va doimiy hisobotni shakllantirish, xizmat vazifalarini kompleks ravishda hal etish uchun hisoblash vositalaridan (jumladan super EHM) foydalaniladi. 52","Hozirda keng tadbiq etilayotgan elektron ofis va qarorlar bo\u2019yicha ekspert madadi deb nom olgan avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi ham mazkur guruhga mansub. 3.3-rasm. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari tasnifi 53","3 -bob bo\u2019yicha xulosalar Demak, axborot texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundayki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmog\u2019i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimini yaratish iqtisodiyot, boshqarish, \u044ban va ta\u2019xlim samaradorligining muhim omili bo\u2019lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayti paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o\u2019zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bog\u2019liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog\u2019liqdir. Axborot texnologiyalari to\u2019g\u2019risida gap ketganda, qayta ishlashning materiali sifatida ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu ob\u2019ekt, jarayon yoki hodisa tug\u2019risidagi sifat jihatidan yangi ma\u2019lumot bo\u2019ladi. Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon bo\u2019ladi. Sanoat ishlab chiqarishida har qanday texnologiya mahsulotni yaratishning boshidan oxirigacha bo\u2019lgan texnologik jarayonni qamrab oluvchi tarkibiy elementlari majmuining bayonini ifodalaydi. Tarkibiy ele-mentlarining (texnologik operatsiyalar) tarkibi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi: birinchidan, mazkur texnologik jarayon asosiga nisbatan sifatli usullar va printsiplar orqali, ikkinchidan, mahsulotni tayyorlashning oxirgi jarayonidagi texnologik operatsiyani bajarish uchun jalb etish mumkin bo\u2019lgan asbob-uskuna vositalari orqali. 54","4 - bob Axborot tizimlarini boshqarish 4.1 Iqtisodiy axborot tizimi. Iqtisodiy tizimlarni o\u2019rganishda tizimli yondashuv Hozirgi kunda fan va texnikada ko\u2019p qo\u2019llaniladigan tushunchalardan biri - tizimdir. Tizim \u2013 bu tashkil etuvchilardan iborat bir butunlik degan ma\u2019noni anglatadi. Umumiy holda tizimga quyidagicha ta\u2019rif keltiramiz. Tizim - bu o\u2019zaro bog\u2019liq va yagona maqsadga erishish uchun ma\u2019lum qoida asosida o\u2019zaro munosabatda bo\u2019ladigan elementlar to\u2019plamidir. Bu elementlar to\u2019plami oddiy elementlar yig\u2019indisidangina iborat bo\u2019lmay, har bir element ham o\u2019z navbatida tizim bo\u2019lishi mumkin. Tizimlarni turli belgilarga ko\u2019ra turkumlarga ajratish mumkin. Umuman olganda, tizimlar moddiy yoki mavxum bo\u2019lishi mumkin (mavxum - inson ongi maxsuli). Moddiy tizimlar, asosan moddiy ob\u2019ektlar to\u2019plamidan tashkil topadi. O\u2019z navbatida moddiy tizim anorganik (mexanik, ximik) va organik (biologik) tizimga yoki aralash tizimga ajratiladi. Moddiy tizimlarda asosiy o\u2019rinni ijtimoiy tizim egallaydi. Bunday tizimning xususiyatlaridan biri insonlar o\u2019rtasidagi munosabatlarni aks ettirishdir. Mavxum tizimlar inson ongining maxsuli bo\u2019lib, har xil nazariyalar, bilimlar, gipotezalardan iborat. YAngi axborot texnologiyasi ham moddiy tizim elementlarini (kompyuterlar, hujjatlar, insonlar), ham no moddiy tizim elementlarini (matematik modellar, inson bilimlari va hokazo) o\u2019z ichiga oladi. SHu orada axborot texnologiyasiga ta\u2019rif berib o\u2019tish maqsadga muvofiqdir. Axborot texnologiyasi - ob\u2019ektning, xodisa yoki jarayonining (axborot maxsulotining) ahvoli xaqida yangicha ma\u2019lumot olish maqsadida ma\u2019lumotlarni yig\u2019ish, qayta ishlash va uzatish vositalari hamda usullari majmuasi (boshlang\u2019ich ma\u2019lumotlar) dan foydalanish jarayonidir. Tizimlar tuzilishi bo\u2019yicha oddiy yoki murakkab bo\u2019lishi mumkin. Oddiy tizimlarni tashkil etuvchi elementlar soni kam bo\u2019lib, sodda tuzilishga ega bo\u2019ladi. Murakkab tizimlar esa, bir nechta elementlardan tashkil topgan bo\u2019lib bu elementlar ham o\u2019z navbatida alohida tizimlarga bo\u2019linishi mumkin. Vaqt davomida o\u2019zgarishga qarab tizimlar statik va dinamik turlarga ajratiladi. Statik tizimlar ma\u2019lum vaqt oralig\u2019ida o\u2019z holatini saqlab qoladi. Dinamik tizimda esa, vaqt o\u2019tishi bilan holat o\u2019zgarib boradi. Tizimlarni qiyoslash va farqlash, ularning bir-biriga o\u2019xshashlari va farqlilarini ajratish orqali tasniflash amalga oshiriladi. Tasniflash \u2013 bu faqat borliq modeli va uni turli belgilar ya\u2019ni, kirish va chiqish jarayonlarining bayoni, ularning kelib chiqishi, boshqaruv turi, boshqaruvning resurslari bilan ta\u2019minlanganligi va hakozo bo\u2019yicha amalga oshirish mumkin. Tizimni mazkur belgiga ko\u2019ra tasniflash 4.1-rasmda keltirilgan. Sun\u2019iy tizimlar \u2013 bu inson tomonidan yaratilgan tizimlardir. Tabiiy tizimlar bu tabiatda yoki jamiyatda inson ishtirokisiz yuzaga kelgan tizimlar. Aralash tizimlar ta\u2019biy va sun\u2019iy tizimlarni o\u2019z ichiga oladi. Ergonomik tizimlar \u2013 bu, \u00abmashina \u2013 inson - operator\u00bb majmui. 55","Biotexnik tizimlar \u2013 tirik organizmlar va texnik qurilmalar kiradigan tizimlardir. Tashkiliy tizimlar \u2013 bu, zaruriy vositalar bilan jihozlangan kishilar jamoasidan tashkil topgan tizimlar sanaladi. TIZIM Suniy Aralash Tabiiy Asbob Ergonomik Jonli Mexanizmlar Biotexnik Jonsiz Mashinalar Tashkiliy Iqtisodiy Robotlar Ijtimoiy Avtomatlar avtomatlashtirilgan 4.1 - rasm. Tizimlar tasnifi Xalq xujaligi tarmoqlarining asosiy vazifasi - davr talabiga javob beradigan maxsulot ishlab chikarish. Ishlab chikarishni tashkil etish va ana shu vazifasining bajarilishini ta\u2019minlash boshqarish zimmasiga yuklatilgan. Bu esa uz navbatida moxiyatiga kura axborot jarayonidir. Axborot - boshqaruvning negizi xisoblanadi. Mazkur vaqtdagi boshqarish tizimining xolati axborot bilan belgilanadi. Boshqaruv axborot jarayoni sifatida karalar ekan, bunda kuyidagi asosiy uch boskich kuzga tashlanadi: 1. Boshqariladigan ob\u2019ekt xolati to\u2019g\u2019risidagi axborotlarni to\u2019plash, chamalash, qayd qilish, uzatish va saqlash. 2. Olingan axborotlar ustida ishlash. 3. Boshqaruvchi axborotni (boshqaruv karorini) qabul qilish. YUkoridagi boskichlarni amalga oshirish natijasida ob\u2019ekt bir xolatdan ikkinchi xolatga utadi va boshqaruv jarayonida turli axborotlar xosil qilinadi. Axborot tizimlari, deganda kuyilgan maqsadga erishish uchun axborotni saqlash, unga ishlov berish va uni uzatish maqsadida foydalaniladigan, qo\u2019llaniladigan vositalar, usullar va xodimlarning uzaro boglangan majmuasi tushuniladi. Iktisodiy tizimlar boshqarish nuktai nazaridan axborot tizimi kabi karaladi va kupincha avtomatlashtirilgan tizim, deyiladi. Bu tizimlarning asosiy vazifasi foydalanuvchilarning talabiga muvofik ravishda axborotlarni tuplash va tayyorlash, saqlash, uzatish va takdim etishdan iborat. 56","Axborot tizimlarini ikkita asosiy guruxga ajratish mumkin: 1. Axborot ta\u2019minot tizimi. 2. Maqsadli faoliyat kursatuvchi tizim. Axborot ta\u2019minoti tizimi xar kanday ABTning tarkibiga kiradi. Xozirgi davrga kelib kuyidagi avtomatlashtirilgan tizimlar paydo buldi: 1. Loyixalashtirishning avtomatlashtirilgan kismi; 2. Ilmiy izlanishning avtomatlashtirilgan kismi; 3. korxonaning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi. Maqsadli faoliyat kursatuvchi tizimlar tarkibiga: 1. Axborot qidiruv tizimi; 2. Axborot ma\u2019lumotnoma beruvchi tizim; 3. Axborot boshqaruvchi tizim kiradi. Axborot - qidiruv va axborot - ma\u2019lumotnoma beruvchi tizimlar foydalanuvchi tomonidan berilgan talabga mos ravishda tegishli axborotlarni saqlash va takdim etish uchun muljallangan. Bunday tizimlar faoliyati ikki kismdan iborat: 1. Axborotni yigish va saqlash. 2. Axborotlarni kidirish va foydalanuvchiga berish. Ma\u2019lumotlarni tarkatish usuliga kura axborot qidiruv tizimlari kuyidagi uch turga bulinadi: 1. Axborot qidirishni tartibli amalga oshiruvchi tizim. 2. Berilgan talab buyicha qidirishni amalga oshiruvchi tizim. 3. Umumlashtirilgan tizim. Axborot - boshqaruvchi tizimlardan, asosan, texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida foydalaniladi. Zamonaviy sharoitda axborot tizimi axborotlarni qayta ishlashning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni kuzda tutadi. Yirik tashkilotlarda shaxsiy kompyuterlar bilan axborot tizimining texnik tarkibiga Mayk Freym yoki Super EXM kirishi mumkin. Bundan tashqari, axborot tizimi tarkibiga inson xam kiradi, chunki ishlab chikilayotgan axborot unga muljallangan buladi va u siz bu axborotni olish yoki takdim qilish mumkin emas. Har bir tizim xossalar (xususiyatlar) to\u2019plami M bilan ta\u2019riflanadi. Tizim xossalari (xususiyatlari) t vaqt davomida o\u2019zgarib turishi mumkin H(t) M. Bunday tizimlar yuqorida ta\u2019kidlaganimizdek dinamik tizimlar, deb yuritiladi. Dinamik tizimlarda vaqt t\u2019 o\u2019tishi bilan xossalar to\u2019plami o\u2019zgarar ekan, demak tizim holati A(t) ham o\u2019zgarib boradi. H\u2019 (t\u2019) \uf0b9 H (t) M Tashqi muxit bilan bo\u2019ladigan aloqasiga qarab ochiq yoki yopiq tizimlar bo\u2019lishi mumkin. Ochiq tizimlar tashqi muxit bilan aktiv aloqada bo\u2019ladi. YOpiq tizimlarning elementlari esa tashqi muxitdan ta\u2019sirlanmaydi. Axborot tizimini ishlab chiqishdan maqsad \u2013 tashkiliy loyihalashtirish, texnologik va hokazo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini oshirishdir. 57","Tizimlar tarkibi hamda asosiy maqsadlariga ko\u2019ra farqlanadi. Quyida 4.1- jadvalda turli elementlardan iborat bo\u2019lgan va turli maqsadlarga qaratilgan bir qancha tizimlar namuna sifatida keltirilgan. 4.1 - jadval Tizimlar namunasi Tizim Tizim elementlari Tizimning asosiy maqsadi Iqtisodiy ob\u2019ekt Odamlar, jihozlar, materiallar, bino Tovar ishlab Kompyuter va hakozo chiqarish Telekommuni- katsiya tizimi Elektron va elektromexanik Ma\u2019lumotlarni qayta Axborot elementlar, aloqa tarmoqlari va ishlash tizimi hokazo Kompyuterlar, modellar, kabel, Axborot uzatish tarmoq dasturiy ta\u2019minot va hokazo Kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, Kasbiy axborot axborot va dasturiy ta\u2019minot, odamlar ishlab chiqarish 4.2. Iqtisodiy ob\u044cektni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi Tashkiliy tizim \u2013 boshqarish, shuningdek, tashkiliy tuzilma, maqsadlar, boshqarish samaradorligi va xodimlarni rag\u2019batlantirish qoidalari mezonlari uchun foydalanadigan, xodimlarning yurish-turishi va texnik vositalarning ishlatilish tartibini belgilovchi qoidalar yig\u2019indisidir. Tashkiliy tizimlar ishlab chiqarish vositalaridan foydalanuvchi kishilar jamoasining ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish uchun mo\u2019ljallangan. Oxirgisi ancha muhim holat hisoblanadi, chunki tashkiliy tizimlar texnik vositalarning o\u2019ziga xosligini, xususan, boshqaruv vositalarini hisobga olishi lozim. Tizimda boshqaruv ob\u2019ekti \u2013 bu muayyan moddiy zahiralarga ega va aniq mahsulotni olishga yo\u2019naltirilgan ishlab chiqarish operatsiyalarini bajaruvchi vazirlik, idora, korxona, tsex, ishlab chiqarish, uchastkalar, ijrochilar jamoasi yoki ayrim shaxslardir. Boshqaruv ob\u2019ektining faoliyati ishlab chiqarish jarayoni chog\u2019idagi turli holatlardagi vazifalarni amalga oshirishga bo\u2019ysindirilgan. Boshqaruv organi ob\u2019ektni boshqarish uchun tashkiliy tizimdan foydalanuvchi shaxs yoki shaxslar guruhi sanaladi. Axborot tizimlari axborot va axborot texnologiyalari kabi jamiyat paydo bo\u2019lgan vaqtdan buyon mavjud, chunki uning har qanday rivojlanish bosqichida boshqaruvga ehtiyoj bo\u2019ladi. Boshqaruv uchun esa tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborot talab qilinadi. Axborot tizimi tegishli iqtisodiy ob\u2019ektlar (ob\u2019ektlar)da faoliyat ko\u2019rsatuvchi va turlicha tuziluvchi axborotlar majmui uning axborot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimlarining asosiy vazifasi \u2013 barcha resurslarni samarali boshqarish uchun iqtisodiy ob\u2019ektlarga kerakli bo\u2019lgan axborotlarni ishlab chiqish, iqtisodiy ob\u2019ektni boshqarish uchun axborot va texnikaviy muhitni yaratishdan iborat. 58","Boshqaruv tizimini ko\u2019rib chiqish davomida boshqaruvning quyidagi uchta darajasini ajratib ko\u2019rsatish mumkin: strategik, taktik va tezkor (4.2-rasm). Ushbu har bir darajalarning o\u2019z vazifalari bo\u2019lib ularni hal etishda axborotga bo\u2019lgan ehtiyoj, ya\u2019ni axborot tizimiga nisbatan talab yuzaga keladi. Bu talablar axborot tizimidagi tegishli axborotlarga qaratilgan. Axborot texnologiyalari talablarni qayta ishlash va mavjud axborotlardan foydalanib javoblarni shakllantirish imkonini beradi. SHunday qilib, boshqaruvning har bir darajasida kerakli qarorn-i qabul qilish uchun asos bo\u2019luvchi axborot paydo bo\u2019ladi. 4.2-rasm. Boshqaruv darajasiga ko\u2019ra axborotning taqsimlanishi Boshqaruv darajasi ahamiyatligiga ko\u2019ra qancha yuqori bo\u2019lsa, mutahassislar va menejerlarning axborot texnologiyalari yordamida bajaradigan ish hajmi shuncha kam bo\u2019ladi. Biroq, bu holda, axborot tizimining murakkabligi va intelektual imkoniyatlari hamda menejerning qaror qabul qilish chog\u2019idagi roli ortadi. Boshqaruvning har qanday darajasi turli miqdor va turli darajadagi axborotga muhtoj bo\u2019ladi. Piramida asosini shunday axborot tizimi tashkil etadiki, uning yordamida ijrochi \u2013 xodimlar ma\u2019lumotlarni qayta ishlash bilan, quyi bo\u2019g\u2019indagi menejerlar esa \u2013 tezkor boshqaruv bilan shug\u2019ullanishadi. Piramida yuqo-risida \u2013 strategik boshqaruv darajasida axborot tizimlari o\u2019z rolini o\u2019zgar-tiradi va belgilangan vazifa yomon bajarilgan sharoitda qaror qabul qilish bo\u2019yicha yuqori bo\u2019g\u2019in faoliyatini qo\u2019llab\u2013quvvatlovchi strategik darajaga aylanadi. Axborot va qarorlar mazmuniga muvofiq iqtisodiy ob\u2019ektda ma\u2019lum bir darajaning axborot tizimi paydo bo\u2019ladi (4.3-rasm). Axborot tizimidagi ishlar quyidagi maqsadda olib boriladi: - axborotga bo\u2019lgan ehtiyojni aniqlash; - axborot to\u2019plashni amalga oshirish; - tashqi yoki ichki manbalardan axborot kelishini amalga oshirish; - axborotni qayta ishlash, uning to\u2019liqligi va ahamiyatini baholash hamda uni qulay ko\u2019rinishda taqdim etish; 59","Foydalanuvchilar Strategik Yuqori rahbariyat axborot Bolinma rahbarlari tizimlari Taktik axborot tizimlarI Tezkor boshqaruvning menejerlari axborot tizimlari 4.3-rasm. Axborot tizimlari turlari va boshqaruv darajalarining o\u2019zaro aloqalari - iste\u2019molchilarga taqdim etish yoki boshqa tizimga uzatish uchun axborotni chiqarish; - yo\u2019nalishlarni baholash, bashoratlarni ishlab chiqish, muqobil qarorlar va harakatlarni baholash, strategiyalarni ishlab chiqish uchun axborotlardan foydalanishni tashkil etish; - mazkur iqtisodiy ob\u2019ekt xodimi qayta ishlagan axborotlar bo\u2019yicha teskari aloqani tashkil etish, keladigan axborotlarni tuzatishni amalga oshirish. Bu barcha harakatlar iqtisodiy ob\u2019ektning axborot tizimi doirasida u yoki bu axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi. Har qanday iqtisodiy ob\u2019ekt uchun axborot ehtiyojini aniqlashdan tortib to axborotdan foydalanishgacha bo\u2019lgan tizim ishining ketma-ketligini belgilash eng muhim masala sanaladi. Bu o\u2019rinda gap, iqtisodiy ob\u2019ektda hal etiladigan masalalarni turlarga ajratish, axborotlarni olish, qayta ishlash va foydalanish davriyligini belgilash, keladigan va chiqadigan hujjatlarni standartlash, axborotlarni qayta ishlash tartibini standartlash to\u2019g\u2019risida ketayapti. Axborot tizimiga nisbatan so\u2019rovlarni, shuningdek, ularga javobning shakllanish tartibini eskirgan va eskirmagan turlarga bo\u2019lish mumkin. Eskirgan vazifalarni va axborotni qayta ishlash tartibini ajratib olish ularni shakllantirish, keyinchalik avtomatlashtirish imkonini beradi. Asosiy masala, iqtisodiy ob\u2019ektda foydalaniladigan axborot texnologiyasi buning uchun infratuzilmani ta\u2019minlay olish yoki olmasligida. Avtomatlashtirilmagan axborot tizimida axborot va qarorlar qabul qilish bilan bog\u2019liq barcha harakatlar inson zimmasiga yuklatilgan. Axborotni qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish algoritmlar doirasida hal qiluvchi qoidalarni qayta ishlashning yuzaga kelishiga olib keladi. Bu ham o\u2019z navbatida \u00absof axborot 60","tizimi\u00bbning boshqaruv axborot tizimiga, ya\u2019ni boshqaruv jarayonida qo\u2019llaniladigan ma\u2019lumotlarni yig\u2019ish, saqlash, to\u2019plash, qidirish, qayta ishlash va uzatish tizimiga aylanishiga olib keladi. Axborot tizimida boshqarish va shuningdek insonning qaror qabul qilish bo\u2019yicha ishi qisman amalga oshirilgan. Boshqaruv tizimining tuzilishi va ishlash tamoyillari Boshqarish - deb ob\u2019ektning asosiy xossalarini saqlab qolish yoki ma\u2019lum bir maqsadga erishish uchun uni rivojlantiruvchi tizimning funktsiyasiga aytiladi. Ishlab chiqarish va iqtisodiy ob\u2019ektlarning mavjudligi jamiyatning u yoki bu ehtiyojlarini qondirish bilan belgilanadi. Bunday har bir bunday ob\u2019ekt o\u2019zgaruvchan muhit (davlat boshqaruv organlari, boshqa ob\u2019ektlar) bilan muayyan munosabatlarda bo\u2019ladi va o\u2019zaro ta\u2019sirning mavjudligini hamda o\u2019z vazifasining bajarilishini ta\u2019minlaydigan ko\u2019plab turli elementlardan tashkil topadi. Iqtisodiy ob\u2019ekt \u2013 bu yon-atrofdan zaxiralar oladigan va ularni o\u2019z faoliyati mahsulotlariga aylantiradigan barqaror rasmiy ijtimoiy tuzilmadir. Iqtisodiy ob\u2019ektning muhit bilan o\u2019zaro ta\u2019siri natijasida turli xil o\u2019zgarishlar yuz beradi. Bu o\u2019zgarishlar bir-birigi o\u2019ta qarama-qarshi ikki shaklga ega bo\u2019lishi mumkin. Bular: degradatsiya (iqtisodiy ob\u2019ektning murakkablashuvi, axborotning jamlanishi), ya\u2019ni iqtisodiy ob\u2019ektning emirilishi hamda rivojlanishi. Bundan tashqari, iqtisodiy ob\u2019ekt va muhit o\u2019rtasida vaqtinchalik muvozanat ham bo\u2019lishi mumkin, shu tufayli iqtisodiy ob\u2019ekt bir qancha muddat o\u2019zgarmay qoladi yoki faqat teskari o\u2019zgarishlarga uchraydi. Ob\u2019ektda bu o\u2019zgarishlar boshqarish zururiyatini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, maqsadga yo\u2019naltirilgan ta\u2019sir ko\u2019rsatadi. Boshqarish muhim funktsiya bo\u2019lib, usiz hech bir iqtisodiy ob\u2019ekt maqsadga yo\u2019naltirilgan faoliyat yurita olmaydi. Boshqarishning maqsadi raqobat kurashida ob\u2019etni saqlab qolish, ko\u2019proq foyda olish, muayyan bozorlarga chiqish va hokazolardir. Boshqarish aniq bir iqtisodiy ob\u2019ektlarning o\u2019ziga xosligi va boshqarish maqsadlariga bog\u2019liq holda ularni barqarorlashtirish, sifat belgilarini saqlash, muhit bilan iqtisodiy muvozanatni ushlash, iqtisodiy ob\u2019ektni takomillashtirishni va u yoki bu foydali samaraga erishishni ta\u2019minlashga imkon beradi. Iqtisodiy ob\u2019ektni tizim sifatida ko\u2019radigan bo\u2019lsak, u quyidagi elementlardan tashkil topgan bo\u2019ladi. 1. Boshqaruvchi sub\u2019ekt 2. Boshqariluvchi ob\u2019ekt Bu elementlar o\u2019rtasidagi aloqa xam katta ahamiyatga ega. Iqtisodiy ob\u2019ekt deb ishlab chiqarish korxonasini olsak (aktsionerlik jamiyati, firmalar, kichik korxonalar va hokazo), boshqaruvchi sub\u2019ektga bu ishlab chiqarish korxonalarining rahbar organlari, bo\u2019linmalari kiradi (direktor, bo\u2019lim boshliqlari va hokazo). Boshqariluvchi ob\u2019ektga esa korxona tsexlari, ishlab chiqarish bo\u2019limlari misol bo\u2019ladi. Agar boshqaruvchi sub\u2019ektdan ma\u2019lum bir ma\u2019lumot boshqariluvchi ob\u2019ektga yo\u2019naltirilsa, bu aloqa \u00abto\u2019g\u2019ri aloqa\u00bb deyiladi. Korxona miqyosida bunga reja va turli xil ko\u2019rsatmalar qarorlar misol bo\u2019lishi mumkin. Agar aksincha, ma\u2019lumotlar boshqariluvchi ob\u2019ektdan boshqarish sub\u2019ektiga yo\u2019naltirilsa, \u00abteskari aloqa\u00bb deyiladi. Bunga ishlab chiqarilgan maxsulotlar miqdori va xokazo misol bo\u2019la oladi. 4.4-rasmda boshqaruvning kibernetik modeli keltirilgan. 61","Boshqarish jarayoni muayyan maqsadga erishishga yo\u2019naltirilgan. SHundan kelib chiqib boshqarish jarayonini boshqariladigan ob\u2019ektdagi jarayonga muvofiq keluvchi maqsad va hajm o\u2019rtasidagi farqni kamaytirishga intilish sifatida ko\u2019rib chiqish mumkin. Boshqarish jarayonida to\u2019g\u2019ri va teskari aloqa kanallari bo\u2019yicha tizimning boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlari o\u2019rtasida axborot almashinuvi kechadi. Oldiga qo\u2019yilgan maqsadlarni bajarish uchun tizimning boshqaruvchi qismi boshqariluvchi ob\u2019ektga axborot uzatishning to\u2019g\u2019ri kanali bo\u2019yicha boshqaruvchi ta\u2019sirlar jo\u2019natadi. Teskari aloqa kanali bo\u2019yicha boshqariluvchi ob\u2019ektdan boshqarish jarayoni holati va boshqaruvchi ta\u2019sir bajarilishi natijalari haqida axborot kelib tushadi. Demak, boshqarish mohiyatini boshqariluvchi ob\u2019ektga boshqaruvchi ta\u2019sir ko\u2019rinishida etkaziluvchi qarorlar qabul qilish uchun barcha kelib tushuvchi axborotni tizimning boshqariluvchi qismida qayta ishlash, deb izohlash mumkin. 4.4-rasm. Boshqaruvning kibernetik modeli Iqtisodiy ob\u2019ektning axborot tizimi. Axborot konturi doirasida boshqarish maqsadlari xaqida, boshqariluvchi jarayon holati xaqida, boshqaruvchi ta\u2019sirlar xaqida axborotga ega bo\u2019linadi va uzatiladi. Axborot konturi axborotlarni yig\u2019ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash vositalari, shuningdek, axborotlarni ishlovchi xodimlar bilan birgalikda mazkur iqtisodiy ob\u2019ektning axborot tizimini tashkil etadi. Bu tizim dinamik rivojlanuvchidir, chunki axborot o\u2019zgarishlarga uchraydi, uning tezligi iqtisodiy ob\u2019ekt bajarayotgan vazifalarga bog\u2019liq. Axborot tizimiga kiradigan ma\u2019lumot sifatida axborotni shakllantiruvchi axborot manbalari va ma\u2019lumotlarni yig\u2019ish tizimi, ko\u2019rib chiqiladi. CHiqadigan axborot sifatida esa qarorlarni shakllantirish va qabul qilish, ya\u2019ni axborotdan maqsadli ravishda foydalanish tizimi tahlil etiladi. Demak, axborot tizimi axborotni boshlang\u2019ich yig\u2019ish va undan ikkilamchi foydalanish tizimi bilan o\u2019zaro bog\u2019liq [13,15] 62","Axborot tizimi boshqarish tizimining asosi sanaladi. Biroq butun boshqarish tizimi u bilan tugamaydi. Qarorlar qabul qilish ishlab chiqarishga ta\u2019sir ko\u2019rsatuvchi boshqarish tizimining boshqa tomonini tashkil etadi. Axborot tizimi tushunchasi uzluksiz axborot tushunchasi va uning moddiy namoyon bo\u2019lishi bilan bog\u2019liq. Bunda axborot tizimining ikki tomoni, ya\u2019ni texnologik va mazmuniy jihatini farqlash lozim. Axborot tizimiga texnologik yondoshuv uni axborot protseduralarini(ma\u2019lumot yig\u2019ish, ro\u2019yhatga olish, uzatish, saqlash, jamlash, qayta ishlash va xakazolar) kompleks amalga oshirish bilan bog\u2019liq boshqaruv jarayonlarining biri sifatida ko\u2019rib chiqishni ko\u2019zda tutadi. Protseduralarni bajarish tashkilotning asosiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida ro\u2019y beradi. Boshqarishni avtomatlashtirish birinchi galda axborot protseduralarini bajarishga yo\u2019naltirilgan. Axborot tizimiga mazmuniy yondoshuv u yoki bu tashkilotning funktsional vazifasi bilan bog\u2019liq va aniq bir axborot birliklarining (rekvizit va ko\u2019rsatkichlar, massiv va oqimlar) tarkibi shu bilan belgilanadi. Hal qiluvchi axborot vazifalari doirasi va natijalar ro\u2019yxati axborot tizimining mazmuni bilan belgilanadi. Tashkilot axborot tizimining mazmunida, asosiy faoliyatida qanday rol o\u2019ynamasin, har bir tashkilotning tuzilishi va har bir bo\u2019linma faoliyatining yo\u2019nalishi aks etadi. Axborot tizimlariga texnologik yondoshuv axborotni protseduralar ob\u2019ekti sifatida ko\u2019rib chiqishga imkon beradi, mazmuniy yondoshuv esa axborotning ma\u2019naviy tahlili, uning qiymatini belgilaydi. 4.3. Qaror qabul qilishni qo\u2019llab-quvvatlash axborot texnologiyasi Axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiq0ilgan boshqariluvchi jarayonga maqsadli ta\u2019sir ko\u2019rsatish - qaror qabul qilish deb ataladi. Qarorning shakllanish jarayoni esa \u2013 qaror qabul qilish jarayoni deb yuritiladi. Iqtisodiy ob\u2019ektni boshqarish doirasida mehnat taqsimotiga muvofiq qabul qilinadigan qarorlar boshqaruvning u yoki bu vazifasiga kiradi. Qaror qabul qilish jarayonini ta\u2019minlash, ya\u2019ni aynan, kerakli axborotni kerakli vaqtda va kerakli joyga taqdim etish - iqtisodiy ob\u2019ekt axborot tizimining asosiy vazifalaridan biridir. SHu bois ham qaror mohiyati, uni qabul qilish jarayoni, qaror qabul qilishning barbod bo\u2019lishi iqtisodiy ob\u2019ektning axborot tizimi faoliyatiga, u erda qo\u2019llaniladigan texnologiyaga sezilarli ta\u2019sir qiladi va xatto axborot tizimining butun boshli sinfi - qaror qabul qilish tizimini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Boshqarish deb ob\u2019ektning asosiy xossalarini saklab kolish yoki ma\u2019lum bir maqsadga erishish uchun uni rivojlantiruvchi tizimning funktsiyasiga aytiladi. Tizimni boshqarish maqsadiga ma\u2019lum bir funktsiyani amalga oshirish orqali erishiladi. Bunday funktsiyalarga: \uf0b7 rejalashtirish; \uf0b7 taxlil etish; \uf0b7 nazorat; \uf0b7 xisobot; \uf0b7 karor qabul qilish funktsiyalari kiradi. 63","Rejalashtirish deb boshqarishning maqsadi va unga erishish yullarini aniqlash, xarakat rejasini tuzish va uning istikbolini aniqlashga aytiladi. Taxlil etish deganda boshqarish tizimi tuzilishini tanlash va shakllantirish, tizim unsurlari urtasidagi munosabatni va bogliklikni aniqlash tushuniladi. Nazorat deb ishlab chikarish jarayonini kuzatish va xakikatda bajarilgan ishning reja buyicha belgilanganligi tugriligini tekshirishga aytiladi. Xisobot deganda reja bajarilishining yoki uning ma\u2019lum bir boskichi bajarilishining yakuniy xisoboti, boshqarish natijalarini baxolash tushuniladi. Boshqarish tizimida asosiy funktsiyalardan biri - karor qabul qilish funktsiyasidir. Boshqarish karorini ikki xil qabul qilish mumkin: 1.YAkka xolatda. 2.Kollegial. Karorni qabul qilish va uni tayyorlash uch boskichda amalga oshiriladi: 1. Maqsadni aniqlash. 2. Karorni ishlab chikish va qabul qilish. 3. Karor bajarilishini tashkil qilish va nazorat qilish. Birinchi boskichda xolatni taxlil qilish, xolat istikbolini aniqlash muammoli vaziyatni aniqlash, maqsadni aniqlash ishlari amalga oshiriladi. Ikkinchi boskichda masala kuyiladi va karorning variantlarini aniqlash, karorni tanlash va tasdiklash ishlari bajariladi. Uchinchi boskichda karorni bajarish rejasi aniklanadi, karorning bajarilishi xisoboti beriladi, u nazorat qilinadi xamda karor bajarilishi boshkariladi. Karor qabul qilish uchun boshqarish tizimida qo\u2019llaniladigan axborot ob\u2019ektiv tulik va uz vaqtida etkazilishi kerak. Boshqaruv jarayonlari axborot texnologiyasining maqsadi karor qabul qilish bilan boglik bulgan ishlarni bajaruvchi xodimlarning axborotga bulgan extiyojlarini kondirishdan iborat. U boshqaruvning xar qaysi boskichida xam foydali bulishi mumkin. Karorlarni qabul qilishni qo\u2019llab-kuvvatlashga karatilgan axborot texnologiyasining asosiy xususiyati inson va kompyuterning uzaro munosabatini tashkil qilishning sifat jixatidan yangi usulidan iborat. Bu texnologiyaning asosiy maqsadi karorni ishlab chikish bulib, bunga interaktsion jarayon natijasida erishiladi. Bunday jarayon esa: \uf0b7 Xisoblash zvenosi va boshqaruv ob\u2019ekti sifatida kelgan karorlar qabul qilishni qo\u2019llab-kuvvvatlash tizimi. \uf0b7 kirish ma\u2019lumotlarini berayotgan va kompyuterdan xisoblashdan olingan natijani baxolayotgan boshqaruvchi zveno sifatida kelgan inson katnashadi. Interaktsion jarayon insonning xoxishi bilan nixoyasiga etadi. a) ta\u2019minlovchi kism b) funktsional kism Ta\u2019minlovchi kism tarkibiga kirgan kuyi tizimlar axborotli texnologiyaning faoliyatini belgilaydi va mikdoriy jixatdan kat\u2019iy belgilanadi. Bular kuyidagilardan iborat: \uf0a7 Tashkiliy ta\u2019minot. \uf0a7 Axborot ta\u2019minoti. 64","\uf0a7 Matematik va dasturiy ta\u2019minot. \uf0a7 Texnologik ta\u2019minot. \uf0a7 Lingvistik ta\u2019minot. \uf0a7 Ergonomik ta\u2019minot. \uf0a7 Xukukiy ta\u2019minot. \uf0a7 Texnik ta\u2019minot. \uf0a7 Mutaxassislik ta\u2019minoti. 1. Tashkiliy ta\u2019minotning asosiy vazifasi boshqarish sub\u2019ektida axborotli texnologiyani tashkil qilish maqsadga muvofik yoki muvofikmasligi tugrisida karorni ishlab chikishga karatilgan. 2. Axborot ta\u2019minoti boshqarish sub\u2019ekti faoliyatida xizmat kiluvchi barcha ma\u2019lumotlarning tuplamidan tashkil topadi. 3. Matematik va dasturiy ta\u2019minot boshqarish sub\u2019ekti masalalarining echilish yullarini ifodalaydi va tegishli dasturlardan iborat buladi. 4. Texnologik ta\u2019minot tuplangan ma\u2019lumotlarni qayta ishlash jarayonlarining boshqarish usullarini ifodalaydi. 5. Lingvistik ta\u2019minot axborotlarni ifodalashdagi tegishli belgi va algoritmik tillardan tashkil topadi. 6. Ergonomik ta\u2019minot axborotli texnologiya unsurlarining faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratadi. 7. Xukukiy ta\u2019minot boshqarish sub\u2019ekti va xodimlarning burchlari, majburiyat va xukuklarini belgilaydi. 8. Texnik ta\u2019minot avtomatlarni qayta ishlash jarayonlariga mos xolda tegishli vositalar bilan ta\u2019minlashni ifodalaydi. 9. Mutaxassislik ta\u2019minoti axborotli texnologiya tizimlarini bilan ta\u2019minlanadi. Axborotli texnologiyaning funktsional kismi u faoliyat ko\u2019rsatayotgan sohaning moxiyatiga bog\u2019lik bulib, echilayotgan masalalar tuplami orqali tashkil qilinadi. Funktsional kism tarkibiga kirgan kuyi tizimlar mikdoriy jixatdan kat\u2019iy belgilanmagan va umumiy xolda boshqarish funktsiyalari asosida tashkil qilinadi. Umumiy xolda savdo sohasida kuyidagi funktsional tizimlar mavjud: 1. Tovar aylanishini boshqarish. 2. Tovar xarakatini boshqarish. 3. Talab va taklifni boshqarish. 4. Buxgalteriya xisobi. 5. Ish xaki va mexnatni boshqarish. 6. Moddiy texnika ta\u2019minotini boshqarish. 7. Kapital kurilishini boshqarish. 8. Mutaxassislarni boshqarish va boshkalar. Axborotli texnologiya umumiy xolda ikki guruxga ajratiladi: 1. Texnik jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimi. 2. Tashkiliy boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimi (avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari). Texnik jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimlari uzluksiz xususiyatdagi ishlab chikarish sohalarida tashkil qilinadi. Bunday tizimlarda 65","boshqarish ishlari jarayonlarga urnatilgan turli xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Inson bunday tizimlarda kuzatuvchi vazifasini utaydi. Tashkiliy boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarida inson birlamchi, texnik vositalar esa, ikkilamchi vazifasini utaydi. Tashkiliy boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimi kuyidagi belgilarga kura turkumlanadi: Faoliyat kursatish darajasiga kura: 1. Umumdavlat mikyosidagi avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi. 2. Tarmoqlararo avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi (moliya). 3. Tarmoqni boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimi. 4. Korxonani boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimi. 5. Avtomatlashtirilgan ish joylari. Funktsiyalarni boshqarishni avtomatlashtirilgan darajasiga kura. 1. Axborot maslaxat beruvchi tizim. 2. Axborot qidiruv tizim. 3. Axborot ma\u2019lumotnoma beruvchi tizim. 4. Axborot ukitish tizimi. Faoliyat yuritish usuliga kura: 1.Davlat karamogidagi tizim. 2.Xujalik xisobidagi tizim. 4.4. Iqtisodiy axborot tizimlarining modellari Boshqaruv tizimi modeli. Boshqaruv tizimi o\u2019zining tarkibiy nuqtai nazaridan ko\u2019p sonli funktsional momentlardan (boshqaruv vazifalaridan) iborat bo\u2019lib, boshqarishning to\u2019liq davrini namoyon qiladi. Bular: boshqaruvni bashoratlash, rejalashtirish, dasturlash, tashkillashtirish, me\u2019yorlash, qayd etish, nazorat, tahlil etish va tartibga solish (4.5-rasm). Quyidagi uchta asosiy boshqaruv darajasi farqlanadi. YUqori daraja tizimning kattaroq yoki kichikroq ma\u2019lum bir istiqbolga mo\u2019ljallangan asosiy yo\u2019lini (rejalashtirish konturini) belgilab beradi. O\u2019rta darajada berilgan strategik yo\u2019nalishni amalga oshiruvchi tarkibi shakllanadi yoki ko\u2019rinishini o\u2019zgartiradi (tashkil etish konturi). Quyi darajada yuzaga kelgan og\u2019ishlarni bartaraf etgan holda, tizimning tegishli rejimda bo\u2019la olishini ta\u2019minlaydi. Mazkur modelda boshqaruvchi qism va boshqaruv ob\u2019ektining o\u2019zaro aloqasi aniq nomoyon bo\u2019ladi. Ular uch xil ko\u2019rinishdagi buyruq oladi, ya\u2019ni: hech bir ko\u2019rsatmasiz bajariladigan dastur; ma\u2019lum bir ehtimoliy voqealar sodir bo\u2019lgan hollarda bajariladigan tashkiliy qoidalar; atrof\u2013muhitning taxminiy ta\u2019siri va tizim faoliyatining me\u2019yoriy rejimdan chalg\u2019ish bilan bog\u2019\u2019liq bo\u2019lgan boshqaruv buyruqlari. I(v) \u2013 tashqi muxitning statsionar shart\u2013sharoitlari xaqidagi axborot; I(b) \u2013 tashqi ta\u2019sirlar haqidagi axborotlar; I(R) \u2013 boshqariladigan ob\u2019ekt harakatlari to\u2019g\u2019risidagi axborot; I(i) \u2013 boshqariladigan ob\u2019ekt holati to\u2019g\u2019risidagi axborot; 66","I(a) \u2013 tahliliy axborot; I(y) \u2013 hisobot axboroti; I(q) \u2013 bashoratlash axboroti; I(k) \u2013 nazorat axboroti; I(n) \u2013 me\u2019yoriy axborot ; W(n) \u2013 reja axboroti; W(m) \u2013 dasturiy axborot; W(p) \u2013 tartibga soluvchi axborot; W(o) \u2013 tashkiliy axborot. Quyida to\u2019liq boshqaruv davri faoliyatining amaliy mohiyatini ko\u2019rib chiqamiz. 1. Bashoratlash - bu tashqi muhitning yuzaga kelishi mumkin bo\u2019lgan holatini, boshqariladigan ob\u2019ektning o\u2019zini tutishini aniqlash maqsadida ma\u2019lumotlarni qayta ishlash hamda ular har birining ehtimolligini baholashdan iborat. 2. Rejalashtirish \u2013 bu tizimning kelajakdagi orzu qilingan holatini ishlab chiqish (rejali modelini ishlab chiqish) va ushbu holatga erishish uchun mablag\u2019larni taqsimlashga nisbatan qarorlar qabul qilishdan iborat. Rejalashtirish maqsad va mezonlarni tanlashni o\u2019z ichiga oladi. SHu maqsad va mezonga nisbatan boshqaruv samaradorligi baholanadi. 3. Dasturlash rejasini amalga oshirish, ya\u2019ni tizim faoliyatining algo-ritmini ishlab chiqish uchun boshqariladigan harakatlar ketma\u2013ketligi hamda o\u2019zaro aloqasini bayon etuvchi dasturlarni ishlab chiqishdan iborat. 4. Tashkil etish \u2013 mustahkam (bardoshli) ob\u2019ektlar yoki jarayonlar tuzilmasini o\u2019zgartirishi yoki ko\u2019rishdan, ya\u2019ni ma\u2019lum bir holatlarida bosh- qariladigan ob\u2019ektlar faoliyatini reglamentlashtirishda foydalanila-digan u yoki bu qoida, protsedura, usul, algoritmlarini belgilash yoki o\u2019zgartirish demakdir. 5. Me\u2019yorlashtirish - tizimning xususiyatlarini ifodalovchi statistik ma\u2019lumotlarni doimiy ravishda yig\u2019ish va ular asosida tizimning bir me\u2019yorda faoliyat ko\u2019rsatishini ta\u2019minlab turish. 6. Hisobga olish boshqariladigan ob\u2019ekt va tashqi muhit parametrlari majmuini qayd etishdan iborat. U yana keladigan ma\u2019lumotlarni dastlab qayta ishlash, jumladan, tasniflash, guruhlash va hokazo arifmetik hamda mantiqiy operatsiyalarni o\u2019z ichiga oladi. 7. Nazorat qilish \u2013 boshqariladigan ob\u2019ektlarning me\u2019yorida ishlashidan chalg\u2019ishi to\u2019g\u2019risidagi ma\u2019lumotlar mazmunini aniqlashdan iborat. 8. Operativ boshqarish \u2013 tasodifiy ta\u2019sirlar sababli tizim ishining me\u2019yoriy rejasidan chetlashishini bartaraf etish maqsadida qaror qabul qilish, ya\u2019ni qayta aloqa asosida tuzatish, olinadigan samaraning sifat va miqdor o\u2019lchovlari o\u2019zgarishiga ko\u2019ra boshqariluvchi ob\u2019ektga ta\u2019sir ko\u2019rsatishidir. 9. Tahlil \u2013 tizimning joriy holatini o\u2019rganishda ish samaradorligini oshirish uchun uning imkoniyatlarini tahlil etishdan iborat. 67","4.5-rasm. Boshqaruv tizimining modeli SHunday qilib, boshqaruv shakl nuqtai-nazaridan axborot jarayonini ifodalaydi. Boshqaruv mohiyati esa boshqaruv tizimidagi olingan barcha axborotni qayta ishlash, qarorlar qabul qilish hamda boshqariladigan ta\u2019sir ko\u2019rinishida boshqaruv ob\u2019ektlariga natijaviy axborotlarni berishdan iborat. Boshqarish tizimi kishilarning moddiy dunyoda biron bir jarayonni tashkil etish sohasidagi muayyan maqsadga qaratilgan faoliyatdir. Boshqarish tizimi ishlashi uchun zarur bo\u2019lgan shart-sharoitlar quyidagilardan iborat: 1. Boshqarish ob\u2019ektlarining mavjudligi. 2. Mazkur ob\u2019ekt faoliyatining maqsadi ma\u2019lum bo\u2019lishi. 68","3. Boshqarish tizimi mustaqil harakat qilishi uchun muayyan xuquqlarga ega bo\u2019lishi. 4. Boshqaruvchi ob\u2019ektning boshqariluvchi ob\u2019ekt xaqida mufassal ma\u2019lumotlarga ega bo\u2019lishi. Iqtisodiy axborot tizimining kontseptual modeli. Axborot tizimi foydalanuvchilarning talabiga muvofiq axborotlarni yig\u2019ish, qayd etish, uzatish, saqlash, to\u2019plash, qayta ishlash, tayyorlash va taqdim etishga mo\u2019ljallangan. Kontseptual nuqtai nazardan qaraganda, axborot tizimi \u2013 bu operatsiyani bajaruvchi tizim va boshqaruvchi tizim o\u2019rtasidagi vositachi sanaladi (4.6-rasm). 4.6 -rasm. Iqtisodiy axborot tizimining kontseptual modeli Axborot texnologiyasi axborot tizimi ichidagi texnologiya sanaladi. Axborot tizimi tizimdagi ma\u2019lumotlar, axborotlar bilan operatsiyani amalga oshiradi. Axborot tegishli muammoga qaratilgan bo\u2019lib qarorlar qabul qilish uchun asos bo\u2019lib xizmat qiladi. Axborot hal etilishi lozim bo\u2019lgan vazifaga muvofiq va ushbu vazifani hal etuvchi xodimning qobiliyatiga muvofiq qayta ishlanadi. Axborot tizimining funktsional modeli. Axborot tizimining funktsional modelini quyidagicha tasavvur etish mumkin (4.7-rasm). Axborot tizimi 3 3 2 2 3 13 2 2 3 3 1 - axborotni tashkil etish, saqlash va taqdim etish tizimi; 2 - axborotni kiritish, yangilash va tuzatish tizimi; 3 - axborotni iste\u2019mol qilish tizimi. 4.7 -rasm. Axborot iste\u2019mol qilish tizimi 69","Mazkur modeldan ko\u2019rinib turibdiki, axborot tizimining sohasi axborot ob\u2019ektlari majmuidan iborat axborot makonini ifodalaydi. Umuman olganda axborot makoni bir xilda emas, chunki unda axborotning yuzaga kelishi, tashkil etilishi va joylashtirilishi jihatidan farqlanuvchi axborot ob\u2019ektlarini o\u2019zida saqlaydi. Tizim orqali barcha axborotlarning yuzaga kelishini quyidagi asosiy protseduralarga ajratish mumkin: saqlash, qidirish, qayta ishlash, kiritish va chiqarish. Birinchi uchtasi ichki bosqich sanaladi, to\u2019rtinchi va beshinchilari esa mazkur tizim bilan axborot manbai va tashqi muhit o\u2019rtasidagi aloqani ta\u2019minlaydi. Iqtisodiy ob\u2019ektlar o\u2019ta murakkab dinamik tizim hisoblanadi. Bu tizimlarning dinamik modelini tavsiflash uchun jamiyatda klassik iqtisodiy kategoriya bo\u2019lgan quyidagi asosiy zahiralar bilan chegaralanamiz: moddiy, energetika va axborot. Tenglamalarni quyidagicha yozish mumkin: Mo + Dm + UME + UMI + Ume = M, Eo + DE+ UEM + UEI + UEe = E, Io + DI + UIM +UiE + UIe = I. bu erda, MO va M- mos ravishda boshlan\u044cich va to\u2019liq moddiy zahiralari; DM - faoliyat ko\u2019rsatishda moddiy zahiralarning tizim ichidagi nobudgarchiligini belgilovchi buzilish (parchalanish) potentsiali. UMe, UMI - mos ravishda energetika va axborot zahiralarining tizim ichida moddiy zahiraga aylantirishni amalga oshirsa bo\u2019ladiganligini belgilovchi almashtirish potentsiallari; UMe - moddiy zahiraning tashqaridan kelishini (UMe-musbat) yoki tashqariga uzatilishini (UMe - manfiy) belgilovchi tashqi muhit bilan almashish potentsiali. Eo va E- mos ravishda boshlan\u044cich va to\u2019liq energetika zahiralari; DE - faoliyat ko\u2019rsatishda energetika zahiralarining tizim ichidagi nobudgarchiligini belgilovchi buzilishi (parchalanish) potentsiali; UEM, UEI - mos ravishda moddiy va axborot zahiralarining tizim ichida energetika zahiraga aylantirishni belgilovchi almashtirish potentsiali; UEe - energetika zahiraning tashqaridan kelishini (UEe - musbat) yoki tashqariga uzatilishini (UEe - manfiy) belgilovchi tashqi muhit bilan almashish potentsiali; Io va I - mos ravishda boshlan\u044cich va to\u2019liq axborot zahiralari; DI - faoliyat ko\u2019rsatishda axborot zahiralarining tizim ichidagi nobudgarchiligini belgilovchi buzilish (parchalanish) potentsiali; UIM, UIE - mos ravishda moddiy va energetika zahiralarining tizim ichida axborot zahiraga aylantirishni belgilovchi almashtirish potentsiallari; UIe - axborot zahiraning tashqaridan kelishini (musbat) yoki tashqariga uzatilishini (manfiy) belgilovchi tashqi muhit bilan almashish potentsiali; YUqorida keltirilgan tenglamalar faqat birgalikda ko\u2019rib chiqilgan holda iqtisodiy tizimning to\u2019liq dinamik modelini tashkil etadi. Uchkomponentli vektor \uf0edUMe,UEe, UIe\uf0fd metobolizm vektori (tashqi muhit bilan aloqa) deb yuritiladi. Agar \uf0ed UMe, UEe, UIe\uf0fd = 0, u holda iqtisodiy tizim yopiq hisoblanadi. 70","4 -bob bo\u2019yicha xulosalar Tizim - bu o\u2019zaro bog\u2019liq va yagona maqsadga erishish uchun ma\u2019lum qoida asosida o\u2019zaro munosabatda bo\u2019ladigan elementlar to\u2019plamidir. Bu elementlar to\u2019plami oddiy elementlar yig\u2019indisidangina iborat bo\u2019lmay, har bir element ham o\u2019z navbatida tizim bo\u2019lishi mumkin. Tizimning xususiyatlari quyidagilar sanaladi: elementlar murakkabligi, maqsadga qaratilganligi, turli-tumanligi hamda ular tabiati, tarkiblashganligi, bo\u2019linishligidir. Tashkiliy tizim \u2013 boshqarish, shuningdek, tashkiliy tuzilma, maqsadlar, boshqarish samaradorligi va xodimlarni rag\u2019batlantirish qoidalari mezonlari uchun foydalanadigan, xodimlarning yurish-turishi va texnik vositalarning ishlatilish tartibini belgilovchi qoidalar yig\u2019indisidir. Boshqar Boshqarish aniq bir iqtisodiy ob\u2019ektlarning o\u2019ziga xosligi va boshqarish maqsadlariga bog\u2019liq holda ularni barqarorlashtirish, sifat belgilarini saqlash, muhit bilan iqtisodiy muvozanatni ushlash, iqtisodiy ob\u2019ektni takomillashtirishni va u yoki bu foydali samaraga erishishni ta\u2019minlashga imkon beradi. Axborot tizimi boshqarish tizimining asosi sanaladi. Biroq butun boshqarish tizimi u bilan tugamaydi. Qarorlar qabul qilish ishlab chiqarishga ta\u2019sir ko\u2019rsatuvchi boshqarish tizimining boshqa tomonini tashkil etadi. SHunday qilib, boshqaruv shakl nuqtai-nazaridan axborot jarayonini ifodalaydi. Boshqaruv mohiyati esa boshqaruv tizimidagi olingan barcha axborotni qayta ishlash, qarorlar qabul qilish hamda boshqariladigan ta\u2019sir ko\u2019rinishida boshqaruv ob\u2019ektlariga natijaviy axborotlarni berishdan iborat. 71","5- bob Ma\u2019lumotlar bazasini boshqarish tizimlari 5.1 Ma\u2019lumotlar banki tushunchasi va uning tarkibi Axborot bilan ta\u2019minlash tizimlarining rivojlantirilishi foydalanuvchilarning axborotga bo\u2019lgan extiyojlarini qondirishda avtomatlashtirilgan ma\u2019lumotlar bankiga o\u2019tish imkoniyatini yaratdi. Ma\u2019lumotlar banki \u2013 zaruriy axborotni olish maqsadida ma\u2019lumotlarni markazlashgan holda saqlash va jamoa bo\u2019lib foydalanish uchun mo\u2019ljallangan axborotli, tematik, dasturiy, tillar, tashkiliy va texnik (saqlanayotgan ma\u2019lumotlar hamda texnologik jarayonda band personalni qo\u2019shganda) vositalarining tizimi sifatida ifodalanishi mumkin. Ma\u2019lumotlar banki uni ishlashi va qo\u2019llanilishini ta\u2019minlab beruvchi dasturiy to\u2019plamlari bilan birgalikda avtomatlashtirilgan ma\u2019lumotlar banki deb ataladi[24,25]. Avtomatlashtirilgan ma\u2019lumotlar banki inson-mashina tizimidan iborat bo\u2019lib, ichki foydalanuvchilar hamda kompyuter, kommunikatsiya texnikasi asosida axborotni zaruriy qayta ishlash va uzatishni amalga oshiruvchi texnologiyaning axborot jarayonlarini o\u2019z ichiga oladi. Ma\u2019lumotlar bankiga quyidagi asosiy talablar qo\u2019yiladi: \uf02dmuammoli sohaning holatiga axborotning mos kelishi; \uf02dishlashning ishonchliligi; \uf02dtezkorligi va unumdorligi; \uf02dfoydalanishning oddiy va qulayliligi; \uf02dfoydalanishning ommaviyligi; \uf02daxborotning ximoyalanganliligi; \uf02dkengaytirish imkoniyatlarining mavjudligi. Ma\u2019lumotlar bankining tarkibi unga yuklatilgan vazifalar va echilishi kerak bo\u2019lgan masalalarning hususiyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ma\u2019lumotlar bankining asosiy vazifalari quydagilardan iborat: \uf02d axborotni saqlash va uni himoyalashni tashkil etish; \uf02d saqlanilayotgan ma\u2019lumotlarning davriy dolbzarbligini ta\u2019minlash; \uf02d foydalanuvchilar va amaliy dasturlarning so\u2019rovlari bo\u2019yicha ma\u2019lumotlarni izlash va tanlash; \uf02d olingan ma\u2019lumotlarni qayta ishlash va belgilangan shaklda natijalarni chiqarish. Ma\u2019lumotlar bankining tarkibiy elementlari qatoriga quyidagilar kiradi: 1) bir yoki bir necha ma\u2019lumotlar bazasi; 2) ma\u2019lumotlar bazalarini boshqarish tizimi (MBBT); 3) masalalarni echishning amaliy dasturlar to\u2019plami; Ma\u2019lumotlar bazasi \u2013 ma\u2019lumotlar bankining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Umumiy holda ma\u2019lumotlar bazalariga keyingi tushunchani keltirish mumkin. Ma\u2019lumotlar bazasi \u2013 zaruriy axborotni tezkor olish va modifikatsiyalash, axborotning minimal ortiqchaligi, amaliy dasturlarga bog\u2019liq emasligi, izlash usulining umumiy boshqarilish imkoniyatlariga ega, katta miqdordagi ilovalar uchun foydalanish imkoniyatlari bilan tavsiflanuvchi o\u2019zaro bog\u2019liq ma\u2019lumotlar yig\u2019indisidir. 72","Ma\u2019lumotlar bazasini qo\u2019llash ushbu imkoniyatlarni beradi: \uf02d so\u2019rovlar majmuasini amalga oshirishni soddalashtirish; \uf02d saqlanilayotgan ma\u2019lumotlarning ortiqchaligini kamaytirish; \uf02d axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish; \uf02d ma\u2019lumotlar dolbzarligini ta\u2019minlash; \uf02d amaliy dasturlarni o\u2019zgartirmasdan ma\u2019lumotlarni o\u2019zgartirish; \uf02d ma\u2019lumotlar tuzilmasini qat\u2019iyligini saqlash. Ma\u2019lumotlar bazasini samarali tashkil etish bu - ma\u2019lumotlar bazasida mantiqan o\u2019zaro bog\u2019langan massivlarni tashkil etishdir. Ma\u2019lumotlar bazasini boshqarish uchun uni tashkil etish va yuritishda ixtisoslashgan samarali dasturiy vosita - ma\u2019lumotlar bazasini boshqarish tizimidan foydalaniladi. Ma\u2019lumotlar bazasi qaytarilmaydigan ma\u2019lumotlarning yaxlitlangan jamlamasi sanaladi. Uning asosida mazkur sohaning barcha masalalari hal etiladi. Ma\u2019lumotlar bazasida ko\u2019p qirrali kirish va aynan bir xil ma\u2019lu-motlardan turli foydalanuvchilar foydalanish imkoni mavjud. Tashkil etiladigan ma\u2019lumotlar bazasining tuziliamsi muammo sohasi ma\u2019lumotlarining axborot-mantiqiy modelini aks ettirishi lozim. Ma\u2019lumotlar ba- zasidagi mantiqiy o\u2019zaro bog\u2019liqlik ma\u2019lumotlar modeli turiga muvofiq tashkil etiladi. Normativ-ma\u2019lumotnomali va boshqa ma\u2019lumotlar qoida bo\u2019yicha alohida massivlarda joylashtiriladi. Bu massivlarni yuzaga keltirish va yuritish texnologiyasi o\u2019ziga xos xususiyatlarga ega. Mazkur massivlar ma\u2019lumotlar bazasining boshlang\u2019ich yuklanish bosqichida tashkil etiladi. Operativ (tezkor) hisobot ma\u2019lumotlari ma\u2019lumotlar bazasiga vazifalarni echish reglamentiga muvofiq kiritiladi. Bu ma\u2019lumotlar ma\u2019lum davrda to\u2019planadi. Ma\u2019lum bir hisob-kitob qilingach (masalan, omborxonada qolgan tovarlarni hisob-kitob qilish), to\u2019plangan tezkor hisobot ma\u2019lumotlari yo\u2019q qilinadi yoki arxivda saqlanadi. Ma\u2019lumotlar bazasi foydalanuvchining bitta shaxsiy kompyuterida monopol joylashgan bo\u2019lishi mumkin. Bunday holatda u faqat ma\u2019lum SHK tashqi xotirasiga joylashtiriladi va axborot bazasiga bir vaqtda bir necha foydalanuvchining kirishi ta\u2019minlanadi. Kompyuter tarmog\u2019i mavjud bo\u2019lgan holda ko\u2019pchilik foydalaniladigan rejimda ishlash, \uf0b2mashina-server\uf0b2da joylashadigan markazlashgan ma\u2019lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyati tug\u2019iladi. Bunday holatda har bir foydalanuvchi o\u2019z shaxsiy kompyuteri orqali barcha foydalanuvchilar uchun umumiy bo\u2019lgan markazlashgan axborot bazasiga kirishga ruxsat oladi. Tarmoq texnologiyasida har bir foydalanuvchi o\u2019z SHKda lokal ma\u2019lumotlar bazasini tashkil etishi ham mumkin. Bu ma\u2019lumotlar bazasi faqat mazkur avtomatlashgan ish joyi uchun zarur bo\u2019lgan axborotni saqlaydi. Kompyuter tarmog\u2019ida ma\u2019lumotlar bazasini tashkil etish va jamoa bo\u2019lib foydalanish banklar, birja, investitsiya jamg\u2019armalari va boshqa bozor iqtisodiy tuzilmalarining axborot ti- zimlari samaradorligini oshiradi. 73","Foydalaniladigan texnik va dasturiy vositalar konfiguratsiyasiga bog\u2019liq holda turli ishlash texnologiyasi amalga oshirilishi mumkin. Ma\u2019lumotlarni tarmoqli ishlab chiqishning turli kontseptsiyalari mavjud, misol tariqasida\uf0b2fayl-server\uf0b2 va \uf0b2mijoz- server\uf0b2ni keltirish mumkin. \u00abFayl-server\u00bb kontseptsiyasi tarmoq operatsion tizimi yadrosi hamda markazlashgan holda saqlanuvchi fayllar joylashgan va \uf0b2fayl-server\uf0b2 uchun ajratilgan kompyuterga mo\u2019ljallangan. \uf0b2Fayl-server\uf0b2dagi ma\u2019lumotlarning umumiy bazasiga jamoa holda kirish unga xos xususiyatdir. Foydalanuvchilardan biri tomonidan fayl yangilangan taqdirda boshqa foydalanuvchilarning kirishiga qarshi ximoyalanadi. So\u2019ralgan ma\u2019lumotlar \uf0b2fayl-server\uf0b2 dan ishchi stantsiyaga o\u2019tkaziladi va ular ma\u2019lumotlar bazasini boshqarish tizimi vositalari bilan qayta ishlanadi (5.1-rasm). \u00abMijoz-server\u00bb kontseptsiyasi. Mazkur kontseptsiyaga asosan, ma\u2019lumotlarni ishlab chiqish vazifasi mijoz - ishchi stantsiyasi va ma\u2019lumotlar bazasining mashina serveri o\u2019rtasida bo\u2019lishi mo\u2019ljallangan. Ma\u2019lumotlarni qayta ishlashni mijoz so\u2019raydi va u tarmoq bo\u2019ylab ma\u2019lumotlar bazasi serveriga uzatiladi. So\u2019rov ma\u2019lumotlari o\u2019sha erda qidiriladi. Qayta ishlangan ma\u2019lumotlar tarmoq orqali serverdan mijozga uzatiladi. \uf0b2Mijoz-server\uf0b2 arxitekturasi uchun xos hususiyat - bu ma\u2019lumotlar bazasidan so\u2019rov uchun SQL dasturlash tilidan foydalanish. Bu tarmoq mijozlarining turli xildagi umumiy ma\u2019lumotlar bilan ishlash imkonini beradi (5.1-rasm). Foydalanuvchi interfeysi Foydalanuvchi interfeysi Foydalanuvchi interfeysi Foydalanuvchi interfeysi MB protssori MB protssori Ma\u2019lumotlar bazasi Ma\u2019lumotlar bazasi 5.1-rasm. \u00abFayl-server\u00bb va \u00abklient-server\u00bb texnologiyalari Ma\u2019lumotlar bazalarini boshqarish tizimi \u2013 bu ma\u2019lumotlar bazasini yaratish, yuritish va foydalanish uchun mo\u2019ljallangan dasturiy, tillar vositalarining to\u2019plamidir. Ma\u2019lumotlar bazasiga murojat qilish bilan bog\u2019liq barcha jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo\u2019ljallangan boshqarish dasturi \u2013 o\u2019zagi MBBTning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. MBBTning tarkibiga ma\u2019lumotlarni qayta ishlash dasturlarining to\u2019plami kiradi. Bu to\u2019plamni tarjimonlar (translyatorlar), talab va dasturlash tillari, muharrirlar, servis dasturlari va boshqalar tashkil qiladi. MBBTning asosiy vositalarini quyidagilar tashkil etadi: \uf0a8 ma\u2019lumotlar bazalari tuzilmalariga topshiriq berish (tasvirlash) vositalari; 74","\uf0a8 ma\u2019lumotlarni kiritish, ko\u2019rish va muloqotlar rejimida ishlashga mo\u2019ljallangan darcha shakllarini loyihalash vositalari; \uf0a8 berilgan sharoitlarda ma\u2019lumotlarni tanlash uchun talablar yaratish, shuningdek, ularni ishlash bo\u2019yicha operatsiyalar bajarish vositalari; \uf0a8 ishlov natijalarini foydalanuvchiga qulay ko\u2019rinishda bosmaga chiqarish uchun ma\u2019lumotlar bazasi ma\u2019lumotlaridan hisobot yaratish vositalari; \uf0a8 til vositalari - makroslar, qurilgan algoritmik til (Dbase, Visual Basic yoki boshalar), talablar tili (QBE- Query Example, SQL) va h.k. Ular ma\u2019lumotlarni ishlashining nostandart algoritmlarini, shuningdek foydalanuvchi topshiriqlaridagi voqealarni ishlash protseduralarini bajarish uchun qo\u2019llaniladi. SHunday qilib, ma\u2019lumotlar banki bir necha ma\u2019lumotlar bazasi, boshqarish va amaliy dasturlardan tashkil topadi. Bu elementar AT ga yuklatilgan vazifalarni bajarishda asosiy rol o\u2019ynaydi. SHu bilan birga, ma\u2019lumotlar bankining samarali faoliyati uning ta\u2019minlovchi elementlariga ham bog\u2019liqdir. Bu ta\u2019minot tarkibiga quyidagi elementlar kiradi. Texnik ta\u2019minot ma\u2019lumotlar banki va foydalanuvchilarning ish faoliyatini avtomatlashtirish imkoniyatini yaratadigan texnik vositalardan tashkil topadi. Bunday vositalar jumlasiga EHM, tashqi qurilmalar, axborotni tashish, uzatish vositalari, aloqa tarmoqlari, abonent punktlari va boshqalar kiradi. Matematik ta\u2019minot - funktsional masalalarni echish va Ma\u2019lumotlar bankini boshqarish usullari, matematik modellar va algoritmlar to\u2019plamidan tashkil topadi. Dasturiy ta\u2019minot-Ma\u2019lumotlar bankining faoliyatini amalga oshirish dasturlari va turli xil qo\u2019shimcha vazifalarni bajarish uchun mo\u2019ljallangan servis dasturlarning to\u2019plamidan iborat bo\u2019ladi. Axborot ta\u2019minoti-ma\u2019lumotlarni turkumlash va ixchamlashtirish, ifodalash va taqdim etish tizimlaridan tashkil topadi. Lingvistik ta\u2019minot - MBBTda foydalaniladigan tillar, lug\u2019atlar majmuasi orqali tashkil qilinadi. Tashkiliy ta\u2019minot - Ma\u2019lumotlar bankining kundalik faoliyatini ifodalovchi rasmiy hujjatlar, me\u2019yoriy ko\u2019rsatmalar to\u2019plamidan iborat bo\u2019ladi. YUqorida aytib o\u2019tilgandek, ma\u2019lumotlar banki inson-mashina tizimi hisoblanadi, ya\u2019ni axborot tizimidir. Hozirgi kunda ma\u2019lumotlar banklari inson faoliyatining turli sohalarida, masalan, iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarishda, ilmiy- tadqiqot ishlarini boshqarishda, ommaviy axborot xizmatlarini ko\u2019rsatishda qo\u2019llanilmoqda. Bunda ma\u2019lumotlar bankini axborot tizimi sifatida faoliyat yuritishida quyidagi ikki shaklning biridan foydalaniladi: Axborot tizimidan (AT) avtonom foydalanish. Bu shaklda AT boshqa tizim tarkibiga kirmaydi, balki mustaqil faoliyat ko\u2019rsatadi. Bunga, masalan, samolyot va temir yo\u2019l chiptalarini sotish tizimlari (\u00abSirena\u00bb, \u00abEkspress\u00bb), talab bo\u2019yicha tegishli hujjatlarni tayyorlovchi axborot - qidirish tizimlari va boshqa turdagi axborotli xazmat ko\u2019rsatish tizimlari misol bo\u2019la oladi. AT dan yirik boshqarish tizimining tarkibiy qismi sifatida foydalanish. Bunda hosil qilingan ma\u2019lumotlar va chiquvchi axborotdan tizimning boshqa bo\u2019limlarining faoliyatida ham foydalaniladi. Bunday AT ga, masalan, axborot - 75","o\u2019qitish tizimlari, loyihalashtirishning avtomatlashtirilgan tizimlari, boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari misol bo\u2019ladi. SHu kabi axborot tizimlarini bir qancha belgilarga ko\u2019ra turkumlarga ajratish mumkin. 5.2-rasmda AT ni turkumlashning asosiy belgilari ko\u2019rsatilgan. Hujjatli axborot qidirish tizimi (XAQT) hujjatlashtirilgan ma\u2019lumotlarni saqlash va qayta ishlashni amalga oshiradi. Kutubxona faoliyatining avtomatlashtirilgan tizimi XAQT ga misol bo\u2019ladi. Faktografik axborot qidirish tizimi (FAQT) raqmli va mantli ma\u2019lumotlarni saqlashda va qayta ishlashda qo\u2019llaniladi. Tashkil qilinayotgan AATning asosiy qismi FAQT turidagi tizimga misol bo\u2019ladi. Ma\u2019lumotlarni ishlash usuliga ko\u2019ra AAT ikki qismga: axborot - ma\u2019lumotnoma tizimi (AMT) va ma\u2019lumotlarni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimi (MIAT)ga bo\u2019linadi. AT ma\u2019lumotlarni ma\u2019lumotlarni ma\u2019lumotlar taqsimlash saqlash ishlash integratsiyasi XAKT FAKT AMT MIAT AFT MB Lokal Taqsimlangan 5.2-rasm. AAT ning turkumlanishi AMT talab-javob tartibida ishlaydi. Bunday tizimda tegishli axborotlar talab bo\u2019yicha qidiriladi va foydalanuvchiga qayta ishlamagan holda beriladi. Ikkinchi turdagi tizimda esa topilgan ma\u2019lumotlar tegishli dasturlar yordamida ishlanadi va foydalanuvchiga beriladi. Ma\u2019lumotlarni integratsiyalashtirish darajasiga ko\u2019ra AT avtonom va ma\u2019lumotlar bazasidan tashkil topgan turlarga bo\u2019linadi. Avtonom fayli tizimlarda (AFT) to\u2019plangan ma\u2019lumotlar o\u2019zaro bog\u2019lanmagan holatda bo\u2019ladi. SHu sababli bunday turdagi tizimlar o\u2019rniga ma\u2019lumotlar bazasidan (MB) foydalanilmoqda. Taqsimlash darajasiga ko\u2019ra AT elementlari bitta EHMda (lokal) va hisoblash tarmog\u2019ida (taqsimlangan) joylashgan turdagi tizimlarga bo\u2019linadi. 5.2 Ma\u2019lumotlar bazasini tashkil qilish tamoyillari Ma\u2019lumotlar bilan amal bajarishning ilk tizimlari axborot ishlashning an\u2019anaviy usullariga asoslanib tuzilgan edi. Har bir muayyan holat uchun tashqi foydalanuvchining o\u2019z mantiqi ishlab chiqiladi. U axborot tuzilmasi, tanlash operatsiyasi, axborotni yangilash va o\u2019chirish kabi tushunchalarni o\u2019z ichiga oladi. Ma\u2019lumotlar va dastur o\u2019rtasidagi o\u2019zaro bog\u2019liqlik yuzaga keladi: ma\u2019lumotlarni 76","o\u2019zgartirishda, yo dasturni almashtirish yoki ma\u2019lumotlarni qaytadan tuzish zaruriyati yuzaga keladi. Murakkab axborotlarni ishlab chiquvchilar duch kelgan bu va boshqa qiyinchiliklari ma\u2019lumotlar ustida amal bajarish uchun tizimlarga nisbatan standart talablarning shakllanishiga olib keldi. Asosiy talablardan biri - ma\u2019lumotlarning iloji boricha mustaqil yoki axborot tuzilmasini fizik tushunchalardan alohidaligini ta\u2019minlash. Bunda hamma ma\u2019lumotlar ko\u2019p foydalanuvchilar kirishi mumkin bo\u2019lgan holda ba\u2019zi standart ichki tuzilishli qilib saqlanadi [26]. Axborotga bo\u2019lgan talablarning turli-tumanligi, masalalar ko\u2019lamining tobora ortib borishi va boshqalar zamonaviy AT lari oldiga bir qator talablar qo\u2019ymoqda. Bunday talablar jumlasiga quyidagilar kiradi: Ma\u2019lumotlarning aniqligi. Ma\u2019lumki, ma\u2019lumotlar bazasi tegishli sohaning axborot modelini tashkil qiladi. SHu sababli ham MB da saqlanayotgan axborotlar ob\u2019ektlarning holati, xususiyati va ular o\u2019rtasida aloqalarni to\u2019liq va aniq ifodalash lozim. Aks holda tashkil qilingan MB xatarli bo\u2019lishi va zarar keltirishi mumkin. Tezkorlik va unumdorlik. Tizimning tezkorligi qo\u2019yilgan talabga javob berish vaqti bilan aniqlanadi. Bunda nafaqat EHM ning tezkorligini, balki ma\u2019lumotlarning joylanishi, izlash usullari, talabning qiyinligini va boshqa olimllarni ham hisobga olish zarur. Tizimning umumdorligi esa vaqt birligi ichida bajarilgan talablarning miqdori orqali aniqlanadi. Ma\u2019lumotlar bazasidan foydalanishning odiyligi va qulayligi. Bu talab tizimdan foydalanuvchi barcha is\u2019temolchilar tomonidan qo\u2019yiladi. SHu sababli ham MB dan foydalanishning oson, sodda va qulay usullarini yaratish muhim ahamiyatga ega. Ma\u2019lumotlarni himoyalash. Tizim ma\u2019lumotlar bazasida saqlanilayotgan axborot va dasturlarni tashqi ta\u2019sirlardan, begona foydalanuvchilardan himoyalashni ta\u2019minlashi lozim. Tizimning rivojlanishi. Tizim tarkibi doimo yangi elementlar, dasturlar bilan taxminlanishi, axborot massivlari o\u2019zgartirilishi va yangilanib borishi zarur. YUqorida keltirilgan talablarga javob beradigan MB quydagi tamoyillarga asoslangan holda tashkil qilinishi mumkin: Ma\u2019lumotlarning integratsiyalashtirish tamoyili. Bu tamoyilning mohiyatiga ko\u2019ra o\u2019zaro bog\u2019lanmagan axborotlar yagona ma\u2019lumotlar bazasiga birlashtiriladi. Buning natijasida ma\u2019lumotlar foylalanuvchi va uning amaliy dasturlariga axborot massivlari ko\u2019rinishida taqdim etiladi. Axborat massivlaridan foydalanilganda kerakli ma\u2019lumotlarni qidirish, qayta ishlash jarayonlarini boshqarish osonlashadi, ma\u2019lumotlarning ortiqchaligi kamayadi, Ma\u2019lumotlar bankii yuritish engillashadi. Ma\u2019lumotlarning yaxlitligi tamoyili. Bu tamoyil orqali MBda saqlanayotgan axborotlarning aniqligi ortadi, ya\u2019ni ularning xususiyatlari va tavsifnomalari tegishli soha ob\u2019ektlari to\u2019liq ifodalaniladi. Ma\u2019lumotlarning yaxlitligi noto\u2019g\u2019ri axborotni kiritish yoki uning ma\u2019lum bir qismini xotiradan o\u2019chirib tashlash natijasida buzilishi mumkin. SHuning uchun ham kiritilayotgan axborotlarni nazorat qilish, saqlanayotgan ma\u2019lumotlarni doimo tekshirish, maxsus tizim yordamida tiklash va boshqa tadbirlar orqali MB ning yaxlitligini taxminlash mumkin. 77","Ma\u2019lumotlarning aloqadorligi tamoiyli. Bu tamoyilning mohiyatiga ko\u2019ra MBdagi barcha axborotlar o\u2019zaro bog\u2019langan bo\u2019lib, ob\u2019ektlar o\u2019rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Axborot turlari va ular o\u2019rtasidagi munosabatlar majmuasi ma\u2019lumotlarning mantiqiy tuzilishini tashkil qiladi. Ma\u2019lumotlarning o\u2019zaro bog\u2019liqligi 5.3-rasmda ko\u2019rsatilgan. Buning natijasida ish engillashadi va tezlashadi. Fakul\u2019tet Dekanat Kafedra Kurs Guruh Muallim Fan Talaba 5.3-rasm. MB dagi axborotlarning o\u2019zaro aloqasi Ma\u2019lumotlarning etarli bo\u2019lish tamoyili. Bu tamoyilning mohiyatiga ko\u2019ra, tegishli axborotlar MBda yagona nusxa saqlanadi va ular istalgan masalani echish uchun o\u2019zaro bog\u2019lanadi hamda etarli bo\u2019ladi. Masalan, avtonom fayllardan iborat bo\u2019lgan AATda ba\u2019zi bir axborotlar takrorlansa, MB da esa ularning takrorlanishi butunlay barham topadi. 5.4-rasmda \u00abXodim\u00bb, \u00abXodimlar\u00bb \u00abMoliyalar\u00bb fayllari o\u2019rtasidagi bog\u2019lanishlar tasvirlangan. \u00abXodim\u00bb \u00abXodimlar\u00bb Fan yil mansab manzil ..... fan yil mansab manzil ... . \u00abMoliyalar\u00bb fan yil mansab manzil .... \u00abXodim\u00bb mansab ish staji ish xaki manzil ... fan yil 5.4-rasm. Ma\u2019lumotlarning etarli bo\u2019lishi Ma\u2019lumotlar bankini boshqarishning markazlashtirish tamoyili. Bu tamoyilga ko\u2019ra ma\u2019lumotlarni boshqarishning barcha funktsiyalari yagona boshqarish dasturi-ma\u2019lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) ga beriladi. Bu tamoyilga rioya qilish asosida ATdan foydalanishning samaradorligi barcha jarayonlar MBBT orqali amalga oshiriladi. Ma\u2019lumotlarning ifodalanishini qayta ishlash jarayonlaridan ajratish tamoyili. Bu tamoyilga ko\u2019ra, ma\u2019lumotlarning ifodalanishi amaliy dasturlardan tashqarida tayyorlanadi va MB da saqlanadi. Bu esa o\u2019z navbatida dasturlash 78","jarayonini engillashtiradi, dastur uchun zarur bo\u2019lgan holda axborotlarning hajmini kamaytiradi. Ma\u2019lumotlar bankii yuritishni yaxshilaydi va x.k. SHunday qilib, yuqorida ko\u2019rib o\u2019tilgan tamoyillar asosida MB ning tarkibi yaratildi, ya\u2019ni AT ning mantiqiy, fizik va dasturiy elementlari o\u2019rtasidagi o\u2019zaro bog\u2019lanish ishlab chiqiladi. YUqorida ko\u2019rsatilgandek, axborotlar ma\u2019lumotlar bazasida saqlanadi. MB - amaliy dasturlarga bog\u2019liq bo\u2019lmagan holda ma\u2019lum bir tartib asosida o\u2019zaro bog\u2019liq ma\u2019lumotlar to\u2019plamidir. Har qanday ma\u2019lumot fayli kabi, MB ham yozuvlardan tashkil topadi. YOzuvlar esa o\u2019z navbatida maydonchalardan hosil qilinadi. YOzuv tezkor va tashqi xotiralar o\u2019rtasida ma\u2019lumotlar almashish jarayonning eng kichik o\u2019lchov birligi bo\u2019lsa, maydoncha - ma\u2019lumotlarni qayta ishlashdagi eng kichik birlik hisoblanadi. 5.3 Axborotlar bazasini tashkil etish va yuritishning dasturiy vositalari Umumiy holda axbort bazasini yuritishning dasturiy vositalarga servis dasturiy vositalar, umumiy maqsad uchun universal amaliy dastur vositalari va ixtisoslashgan amaliy dasturlar kiradi. Ma\u2019lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) \u2013 axborotlar bazasini yaratish va yuritish uchun alohida axamiyatga ega. MBBT umumiy maqsadlarga mo\u2019ljallangan universal amaliy dasturiy vositalarga mansub. MBBT - bu mashina tashuvchida mantiqiy o\u2019zaro bog\u2019langan ma\u2019lumotlarni tashkil etish va yuritish uchun mo\u2019ljallangan nisbatan keng tarqalgan va samarali universal dasturiy vosita sanaladi. MBBT yagona ma\u2019lumotlar bazasida dubl qilinmaydigan ma\u2019lumotlarni integratsiya- lashni va ulardan ko\u2019p maqsadlarda foydalanishni, bazadagi barcha ma\u2019lumotlar butunligini va to\u2019g\u2019riligini ta\u2019minlaydi va ma\u2019lumotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalaydi. MBBT ma\u2019lumotlar bazasidan so\u2019rovlarni tashkil etishning moduli dasturiga ega bo\u2019lmagan foydalanuvchiga mo\u2019ljallangan qulay vositalarga ega. MBBT asosida ABni ishlab chiqish, ma\u2019lumotlar bazasini tashkil etish tuzilmasi bo\u2019yicha masalalarni tayyorlashga mo\u2019ljallangan. Bu masalalar bevosita axborot ta\u2019minotining mashina tashqarisidagi sohasi bilan bog\u2019langan. Ishlab chiqilgan ma\u2019lumotlar bazasiga muvofiq uni MBBT vositalari bilan tashkil etish va uni ishga tushirish amalga oshiriladi. Axborotlarni kiritish va nazoratlashning mahsus dasturiy vositalaridan - yirik axborot bazasi uchun birlamchi massivlarni yaratish va ma\u2019lumotlarni bazaga to\u2019plashdan oldin qayta ishlash bosqichida foydalaniladi. Bazani yaratishdan oldingi qayta ishlash vositasi kompyuterga kiritiladigan axborotning xaqqoniyligini va katta massivdagi ma\u2019lumotlarni yuklashga tayyorgarlikni avtomatlashtirilgan nazoratini ta\u2019minlaydi. Ma\u2019lumotlarni qayta ishlashning servis vositalari - axborot bazasiga xizmat ko\u2019rsatish bo\u2019yicha ko\u2019makchi vazifalarni ta\u2019minlashi lozim. Ular bazaning dasturiy vositalariga tegishli. Bular ma\u2019lumotlar fayllari va mashina axborot tashuvchi vositalari bilan ishlash bo\u2019yicha turli utilitalardir. Ularga quyidagilar mansub: nusha olish, arxivlash, tiklash, anti-virus vositalari, tarmoq utilitlari va boshqalar. 79","Foydalanuvchining amaliy dasturlari universal algoritmlash tillaridan birida yaratiladi. Bunday dasturlarda, odatda ularda ishlab chiqiladigan ma\u2019lumotlardan mustaqil bo\u2019lishi ta\u2019minlanmagan. Ayrim joylarda bitta muammoli sohasining turli masalalariga oid axborot massivlarida ma\u2019lumotlar takrorlanadi. Bu xol turli masalalar bo\u2019yicha bir hil ma\u2019lumotlarni bir necha marta kiritishga olib keladi va dastlabki ma\u2019lumotlarga o\u2019zgartirishlar kiritganda ancha muammolarni keltirib chiqaradi. SHuningdek, amaliy dasturlar MBBTda universal algoritmik tilda yaratilishi mumkin. Ma\u2019lumotlarning mustaqilligi - MBBTga qo\u2019yilgan asosiy talab, talablarning kuchli tili esa foydalanuvchining talablarini qondirishning muhim shartidir. Bu tillar assotsiativ manzillashtirish va ma\u2019lumotlar to\u2019plami bilan amallar bajarish vositalariga ega. Bu esa o\u2019z navbatida EHMlardan samarali foydalanishga sharoit yaratadi. MBBT ikki tartibda: interpretator va kompilyator tartibda ishlashi mumkin. Interpretator tartibda dasturlarning buyruqlari bosqichma-bosqich, birin- ketin bajariladi. Unda har bir buyruq nazorat qilinadi, so\u2019ngra mashina tiliga aylantirib, bajariladi. Tegishli amallar bajarilgandan keyin, ular xotiradan o\u2019chiriladi, tizim qayta ishlash bosqichiga o\u2019tadi va keyingi buyruqni bajarishga kirishadi, interpritator tartibida \u00abExe\u00bb kengaytirmali fayl hosil qilinmaydi. Bunday faylni hosil qilish uchun kapilyator tartibida foydalaniladi. Kompilyator tartibida buyruqlar bevosita bajarilmaydi, balki ular \u00abexe\u00bb faylga yoziladi. Exe faylni hosil qilish jarayoni ikki bosqichdan iborat bo\u2019ladi: boshlang\u2019ich dasturni nazorat qilish va uni obj turga aylantirish; matn muharriri yordamida dasturni exe faylga aylantirish. Exe faylning bajarilishi uchun MBBT ning mavjud bo\u2019lishi shart emas, Interpretator tartibida ishlaydigan MBBT ga dBase III Plus, FoxBase va Karat kiradi, kompilyator tartibida Clipper, panel\u044c tartibida esa Clario ishlaydi. MBBT foydalanuvchi bilan ma\u2019lumotlar bazasi o\u2019rtasidagi aloqani ta\u2019minlovchi dastur sifatida ishtirok etadi. Uning funktsiyalari menyu va dasturlar ko\u2019rinishida namoyon bo\u2019ladi. Menyu tartibi MBBTning funktsiyalari ekranda tasvirlanadi. Foydalanuvchi kursorni harakatlantirish orqali tegishli funktsiyani aniqlashi va bajarishga chaqirishi lozim. Tizim aniqlangan funktsiyalarni bajarib bo\u2019lgandan so\u2019ng yana menyu holatiga qaytadi. Dasturiy tartibda tegishli buyruqlar kiritiladi, dasturlar qayta ishlanadi va bajarishga chaqiriladi. Bu holda MBBT interpritator tartibida ishlaydi va foydalanuvchidan dasturlash tillarini bilish talab qilinadi. MBBT da foydalaniladigan dasturlash tillariga umumiy talablar bilan bir qatorda quyidagilar ham qo\u2019yiladi: - tilning to\u2019liq bo\u2019lishi; - vazifalarni bajarish uchun tegishli vositalarning bo\u2019lishi; - aniqlangan ma\u2019lumotlarni to\u2019liq qayta ishlash va boshqalar. Dasturlash tillari bir qator belgilarga ko\u2019ra turkumlarga ajratiladi. \uf02d o\u2019zgaruvchanlik; \uf02d jarayonlilik; \uf02d foydalanilayotgan matematik apparat va boshqalar 80","MBBT dagi dasturlar tegishli bo\u2019yruqlarning to\u2019plamidan tashkil topadi. Echilayotgan masalalarning qiyinligiga qarab, dasturlar oddiy yoki murakkab tuzilishiga ega bo\u2019ladi. Oddiy tuzilishga ega bo\u2019lgan dasturlarda buyruqlar ketma-ket joylashadi. Murakkab tuzilishli dasturlarda esa buyruqlar modullar holatida, ya\u2019ni asosiy modul va quyi dasturlar to\u2019plamidan iborat bo\u2019ladi. Ma\u2019lumotlar bazasini hosil qilishda modullik tamoyilidan foydalanish qulay va samaralidir. Ma\u2019lumotlar bazasini boshqarish tizimi quyidagilarga imkon beruvchi dasturiy vositalarning to\u2019plamidir. a) foydalanuvchilarni ma\u2019lumotlarni aniqlash va amallar bajarish tili vositalari bilan ta\u2019minlaydi. Bunday vositalarga ma\u2019lumotlarni aniqlash tili (MAT) va ma\u2019lumotlar bilan amallar bajarish(MABT) kiradi. Ma\u2019lumotlar tili atamasi aytib o\u2019tilganlarining har ikkalasini yoki ulardan birini anglatadi. Ma\u2019lumotlar so\u2019zi ma\u2019lumotlar tilini SI++, Paskal\u044c va h.k. kabi tillar turidan farqlaydi. Lekin ma\u2019lumotlar tili universal tilga, masalan S++, Paskalga kiritilishi mumkin. Bunday hoda dasturlashning universal tili va ma\u2019lumotlar tili tegishli ravishda (kirituvchi) til va ma\u2019lumotlarning til osti deb ataladi. b) foydalanuvchining ma\u2019lumotlar modelini qo\u2019llab-quvvatlashni ta\u2019minlaydi. Ma\u2019lumotlar modeli - ba\u2019zi ilovaga tegishli fizik ma\u2019lumotlarning mantiqiy taqdim etilishini aniqlash vositasidir. v) aniqlash, yaratish va ma\u2019lumotlar bilan mantiqiy amallar bajarish (ya\u2019ni tanlash, yangilash, kiritish va yo\u2019q qilish)ga imkon beruvchi MAT va MABT funktsiyalarini amalga oshiruvchi dasturlar. g) ma\u2019lumotlarning himoyasi va yaxlitligini ta\u2019minlaydi. Tizimdan foydalanish faqat shunga huquqi (himoyasi) bo\u2019lgan foydalanuvchigagina ruxsat etiladi. Foydalanuvchilar ma\u2019lumotlar ustida operatsiya bajarayotganlarida saqlanayotgan ma\u2019lumotlarning muvofiqligi (yaxlitligi) ta\u2019minlanadi. Gap shundaki, MBBT ko\u2019plab foydalanuvchilar jamoa bo\u2019lib ishlash rejimiga asosan tuziladi. MBBTning tasniflanishini muhim belgilaridan biri bo\u2019lgan ma\u2019lumotlar modeli (tarmoqli, ierarxik yoki relyatsion) turlaridan biri tanlash imkonini beradi. MBBT ma\u2019lumotlar bazalarining ko\u2019p maqsadli tavsifini, ma\u2019lumotlarni himoyalash va qayta tiklashni amalga oshiradi. Rivojlangan muloqot vositalari va yuqori darajali talablar tilining mavjudligi MBBTni oxirgi foydalanuvchi uchun oson vositaga aylantiradi. To\u2019liq variantda MBBT quyidagi komponentlardan tuzilishi mumkin: \uf0b7 Klaviatura orqali ma\u2019lumotlarni to\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri boshqarish imkonini beruvchi foydalanuvchining muhiti; \uf0b7 Interpretator sifatida ish yurituvchi, ma\u2019lumotlarga ishlov berish amaliy tizimini dasturlashning algoritmik tili. Interpretator dasturlarni tez tuzish va maromiga etkazish imkonini beradi; \uf0b7 Mustaqil EXE-fayl shaklidagi tayyor tijorat maxsulotiga tugallangan dastur ko\u2019rinishini beruvchi kompilyator; \uf0b7 Ko\u2019p mehnat talab qiluvchi amallarni tez dasturlovchi utilit-dasturlar (hisobotlar, shakllar, jadvallar, darchalar, menyu va boshqa ilovalar generatorlari). Xususan MBBT \u2013 bu foydalanuvchining aslahaviy qobig\u2019i hisoblanadi. MBBT tarkibida dasturlash tilining mavjudligi aniq masalalarni va aniq foydalanuvchiga 81","mo\u2019ljallangan ma\u2019lumotlarga ishlov berishning murakkab tizimlarini yaratish imkonini beradi. Ma\u2019lumotlar bazalarini loyihalashtirishda quyidagi tavsiflarni solishtirish va tahlil qilishga asoslangan MBBTni asoslab tanlab olish muhim vazifa hisoblanadi: - dasturiy texnik bazasi (EHM turi va modeli, hisoblash vositalari konfiguryatsiyasiga qo\u2019yiladigan talablar, OT versiyasi); - ma\u2019lumotlar bazalarining turlari (amaliy, muammoli, lokal, integrellashgan, taqsimlangan); - foydalanuvchilarning malakalari (MBBT bilan ishlash uchun maxsus tayyorgarlikga ega bo\u2019lmagan foydalanuvchi, mutaxassisligi dasturchi bo\u2019lmagan darajadagi ma\u2019lumotlar bazasi bilan ishlashga tayyorgarligi bo\u2019lgan muammoli sohasining mutaxassisi \u2013 foydalanuvchi, amaliy dasturchi, ma\u2019lumotlar bazalarining administratori); - ma\u2019lumotlar bazalari bilan foydalanuvchilarning muloqat qilish vositalari (dasturlash tillarini o\u2019z ichiga oluvchi ma\u2019lumotlar ustida ish olib borish va tasvirlash tili); - ma\u2019lumotlarni qayta ishlash rejimi (paketli, interaktiv, tarmoqli); - ma\u2019lumotlarni mantiqiy va fizik mustaqilligi; - ma\u2019lumotlar bazalari axborot strukturalarining asosiy xossalari (mantiqiy tuzilishi - MBBT vositalari orqali amal qiladigan va tashkiliy tuzilmasini o\u2019zgartirmasdan uni modifikatsiya qilish imkoniyati, ma\u2019lumotlar turini kengaytirgan holda qarshiliksiz ishlov berishda); - havfsizlik darajasini ta\u2019minlash va ma\u2019lumotlarning to\u2019laqonligi; - xizmat ko\u2019rsatishning standart vositalari mavjudligi (ma\u2019lumotlar bazalarini kuzatishni doimiy dasturiy modullarini va ma\u2019lumotlar lug\u2019atini, ma\u2019lumotlar bazalarini engillashtiradigan (yukini tushiradigan), qayta tashkil etadigan va qayta strukturalashtiradigan, tiklaydigan jurnalni yuritish, kiritish va hisobotlar generatorlari va h.k.); - ishlatish tavsiflari (loyihachilar haqida, sarmoya egalari haqida, moddiy- texnik ta\u2019minotga bo\u2019lgan talablar, tarqatish shakli). Tanlab olingan MBBT bir qator talablarni qondira olishi kerak. Bularga muammo sohasining barcha vazifalarini samarali bajarilishi; xotira resurslaridan samarali foydalanish uchun saqlanayotgan ma\u2019lumotlar hajmini minimallashtirish; samarali axborot qarorlarini qabul qilishga imkon yaratish; havfsizlikni ta\u2019minlash jarayonini boshqarish; xodimlarga nisbatan ma\u2019lumotlar bazalarini ishlatish bilan bog\u2019liq qulaylikni yaratilishi, EHM ni ishlatish mulojaasini soddalashtirish. Umumiy olganda zamonaviy MBBT lar quyidagi talablarga javob berishi lozim: \uf0a8 ma\u2019lumotlarning mustaqilligi; \uf0a8 talablarning kuchli tili; \uf0a8 javob (sado berish) ning qisqa vaqti; \uf0a8 ma\u2019lumotlar va kataloglarni qayta tashkil etishni qisqartirish yoki ulardan voz kechish. 82","5.4 Relyatsion ma\u2019lumotlar bazasi va uning imkoniyatlari Relyatsion model (inglizcha reletion \u2013 munosabat) o\u2019tgan asrning 70- yillari boshida Amerika olimi E.F.Kodd tomonidan yaratilgan. Modelning soddaligi va egiluvchanligi ma\u2019lumotlar bazalari tuzuvchilarini e\u2019tiborini o\u2019ziga tortdi. 80-yillarga kelib keng taraqqiy eta boshladi va relyatsion MBBTlar sanoat standarti darajasiga ko\u2019tarildi. Model relyatsion algebrasi tushunchalari tizimiga tayanadi. Bu tushunchalarning eng muhimlari jadval, satr, ustun, munosabat va birlamchi kalitlar sanaladi, bajariladigan amallar esa jadvallar bilan ish olib borishda aks etadi. Relyatsion modellarda axborot to\u2019g\u2019ri to\u2019rtburchakli jadvallar ko\u2019rinishida aks ettiriladi. Har bir jadval ustun va satrlardan tashkil topgan bo\u2019ladi va ma\u2019lumotlar bazalari ichida o\u2019zining takrorlanmas nomiga ega. Jadval real olam axborotini \u2013 mohiyatini aks ettiradi, uning har bir satri (yozuvi) esa ob\u2019ektning aniq bir nusxasini \u2013 nusxa mohiyatini aks ettiradi. Jadvalning har bir ustuni ushbu jadvalda o\u2019ziga xos nomga ega. Jadval kamida bir ustunga ega bo\u2019lishi kerak. Ma\u2019lumotlarning relyatsion modeli yuqorida ko\u2019rib chiqilgan tarmoqli va ierarxiklardan foydalanuvchi uchun qulay bo\u2019lgan jadvalli tasavvurlar va ma\u2019lumotlarga kirishning oddiy tuzilishi bilan farq qiladi. Ma\u2019lumotlarning relyatsion modeli oddiy ikki o\u2019lchamli jadval - munosabat (model ob\u2019ektlari) larning yig\u2019indisidir. Relyatsion modeldagi relyatsion bog\u2019liqdagi ikki jadvallar orasidagi mantiqiy aloqalar jadval munosabatlariga tegishli bir xil atributlarning mazmun jihatidan tengligiga ko\u2019ra o\u2019rnatiladi. Jadval-munosabat relyatsion modellarning universal ob\u2019ekti hisoblanadi. Bu relyatsion modeli turli MBBTlardagi ma\u2019lumotlarini mosligini ta\u2019minlash imkonini beradi. Relyatsion modellarni ishlash operatsiyalari munosabatlar algebrasi va relyatsion hisob-kitoblarning universal apparatidan foydalanishga asoslangan. Jadval relyatsion model ma\u2019lumotlari (ob\u2019ekti)ning asosiy turi hisoblanadi. Jadvalning tuzilishi ustunlarning yig\u2019indisi bilan belgilanadi. Jadvalning har bir satrida tegishli ustunga mos keluvchi bittadan mazmun joylashgan bo\u2019ladi. Jadvalda ikkita bir xil satr bo\u2019lishi mumkin emas. Satrlarning umumiy soni chegaralanmagan. Ustun ma\u2019lumotlarining ba\u2019zi tarkibiy qismi \u2212 atributga mos keladi. Atribut ma\u2019lumotlarning eng oddiy tuzilmasidir. Jadvalda yuqorida ko\u2019rib o\u2019tilgan tarmoqli va ierarxik modellardagi kabi ko\u2019p tarkibiy qismlari guruh yoki takrorlanuvchi guruh kabilar belgilanishi mumkin emas. Jadvalning har bir ustinining ma\u2019lumotlari tegishli tarkibiy qismi (atribut)ning nomiga ega bo\u2019lishi kerak. Ma\u2019nosi jadval satriga teng bo\u2019lgan bir yoki bir nechta atributlar jadvalning kaliti hisoblanadi. Ma\u2019lumotlar bazasini tuzishda relyatsion yondashuv munosabatlar nazariyasining terminologiyasi qo\u2019llaniladi. Eng oddiy ikki o\u2019lchamli jadval munosabat sifatida belgilanadi. Tegishli atribut mazmuniga ega bo\u2019lgan jadval ustini domen deyiladi. Turli atributlar mazmuniga ega bo\u2019lgan satrlar esa kortej deb ataladi. Relyatsion jadval-munosabati. 5.5-rasmda R relyatsion jadval munosabatining ko\u2019rinishi berilgan. R munosabat (relyatsion jadval) ning formal ta\u2019rifi uning domenlari Di (ustunlari), kortejlari Ki (satrlari) haqidagi tushunchaga 83","tayanadi. Ko\u2019plab domenlar{Di} belgilangan R munosabat deb, D1\uf02a D2\uf02a D3...... Dn domenlarini dekart (bevosita) ishlab chiqaruvchi ko\u2019plikka aytiladi. R munosabat = {K1, K2..........} A6 Atributlar (ustunlar) A1 A2 A3 A4 A5 nomi d11 d21 d31 d41 D51 d61 d12 d22 K2 korteji d62 Kortej K2 = {d12, d22, d32, d42, d52, d62} d13 d23 d33 d43 d63 Domen d D5 = {d51, d52, d53, ..... d54,..} ..... ..... ..... ..... o ..... ..... ..... ..... ..... m ..... ..... ..... ..... ..... e ..... ..... ..... ..... ..... n 5.5-rasm. R - relyatsion jadval munosabatning tasviri Jadval-munosabat ma\u2019lumotlar tarkibiy qismi atributlar (A1, A2, .....) nomiga ega bo\u2019lgan ustunlarni o\u2019z ichiga olgan d atributlarning mazmuni jadvalning asosiy qismida joylashgan bo\u2019lib satrlar va ustunlarni tashkil qiladi. Bir ustunda atributlar mazmunining ko\u2019pligi domen Di ni hosil qiladi. Bir satrda atributlar mazmunining ko\u2019pligi bir kortej Kj ni hosil qiladi. R munosabat ko\u2019plab tartibga solingan kortejlar orqali hosil bo\u2019ladi: R = { K j}, j = 1-m Kj = {d1j, d2j,.....dnj} n - munosabat domenlarining soni; munosabatlarning ko\u2019lamini belgilaydi. j - kortej nomeri; k - munosabatdagi kortejlarning umumiy soni bo\u2019lib, munosabat koordinata soni deyiladi. Jadval-munosabatining kaliti. Kortejlar jadval-munosabati ichida takrorlanmasligi zarur va ular tegishlicha yagona identifikator - dastlabki (birlamchi) kalitga ega bo\u2019lishi kerak. Dastlabki (birlamchi) kalit atributdan tashkil topgan bo\u2019lsa oddiy, bir necha atributdan tashkil topganda esa turli tarkibli deb ataladi. Munosabatda dastlabki kalitdan tashqari ikkilamchi kalit ham bo\u2019lishi mumkin. Ikkilamchi kalit - mazmuni turli satr - kortejlarda takrorlanishi mumkin bo\u2019lgan kalitdir. Ular bo\u2019yicha ikkinchi kalitning bir xil mazmuni satrlar guruhi izlab topiladi. 84","Satrlar ustunlardan farqliroq o\u2019z nomlariga ega emas, ularning jadvalda joylashish tartibi aniqlanmagan va satrlar soni mantiqan chegaralanmagan bo\u2019ladi. Satrni tartib raqamiga ko\u2019ra tanlab olib bo\u2019lmaydi. Faylda har bir satr o\u2019z raqamiga ega bo\u2019lsa ham, bu narsa satrni tavsiflamaydi. Bu raqam satr jadvaldan olib tashlanganda o\u2019zgaradi. Mantiqan satrlar o\u2019rtasida \u201cbirinchi\u201d va \u201coxirgi\u201d degan tushuncha yo\u2019q. Relyatsion tizimlarning qo\u2019llanilishi murakkab siljishlar zaruriyatini bartaraf qildi. CHunki ma\u2019lumotlar endi bir fayl ko\u2019rinishida emas, balki mustaqil to\u2019plamlar asosida tuzilib, ma\u2019lumotlarni tanlab olish uchun amaliy to\u2019plamlar nazariyasi \u2013 relyatsion algebra amallari qo\u2019llaniladi. Ma\u2019lumotlar bazalarning ob\u2019ektga \u2013 mo\u2019ljallangan modeli dasturlashning ob\u2019ektga mo\u2019ljallangan tillari paydo bo\u2019lishi bilan yuzaga chiqa boshladi. Bunday bazalarning paydo bo\u2019lishi 90-yillarga to\u2019g\u2019ri keladi. Ushbu turdagi bazalar sinflar usullarini o\u2019zida saqlaydi. Ko\u2019pincha, doimiy sinflar ob\u2019ektlarini o\u2019zlarida saqlab ma\u2019lumotlar orasida to\u2019siqsiz uyg\u2019unlashuvni hamda ilovalarda ularga ishlov berishni amalga oshiradilar. Relyatsion modellarning hozirgi zamon MBBTlarida ustunlikka erishilishi quyidagi omillar bilan aniqlanadi: 1) rivojlangan nazariyaning mavjudligi (relyatsion algebrani); 2) ma\u2019lumotlarni boshqa modellarini relyatsion modellarga keltirish apparatining mavjudligi; 3) axborotga ruxsatli kirishni tezlashtirishni maxsus vositalarini mavjudligi; 4) tashqi xotirada MB aniq ma\u2019lumotlarni fizik joylashishi haqida bilimga ega bo\u2019lmay ular bilan ishlash imkoniyatini yaratadigan MBga nisbatan standartlashgan yuqori darajadagi so\u2019rovlar tilining mavjudligi. Ma\u2019lumotlar bazalarni ishlab chiqishda 2 xil usuldan foydalanish mumkin. Birinchi usulda, avval asosiy masalalar aniqlanib, ularni hal qilish uchun baza yaratiladi hamda masalaning ma\u2019lumotlarga bo\u2019lgan ehtiyoji aniqlanadi. Ikkinchi usulda, muammo sohasining namunaviy (tipik) ob\u2019ektlari birdaniga o\u2019rnatiladi. Bu erda eng optimal usul-ikkala usulni birgalikda ishlatishdir. Bu shu bilan bog\u2019liqki, dastlabki bosqichda barcha masalalar to\u2019g\u2019risida etarlicha ma\u2019lumotlarning yo\u2019qligidadir. Ma\u2019lumotlar bazalarini loyixalashtirish jarayoni ikki bosqichga bo\u2019linadi: muammo sohasining ma\u2019lumotlarining axborot-mantiqiy modelini (MAMM) ishlab chiqish va ma\u2019lumotlar bazasining mantiqiy tuzilishini aniqlash. Axborot-mantiqiy model muammo sohasini axborot ob\u2019ektlarining majmui va ular orasidagi tuzilmaviy aloqalar ko\u2019rinishida aks ettiruvchi ma\u2019lumotlar modelidir. Muammo sohasining ma\u2019lumotlarining axborot-mantiqli modelini ishlab chiqish shu sohani tekshirish natijasida olingan tavsifigaasoslanadi (5.6-rasm). Muammo sohasining infologik modeli asosida kontseptual (mantiqiy), ichki (jismoniy) va tashqi modellar tuziladi. Ma\u2019lumotlar bankiing mantiqiy tuzilishi\u2014obektga tegishli bo\u2019lgan axborotlarning Mbda joylanishini ifodalaydi. Hosil bo\u2019lgan Ma\u2019lumotlar bankiing mantiqiy bog\u2019lanish modeli ikkinchi bosqichining natijasi hisoblanadi. Bu modelda uch turli axborot ifodalanadi: ob\u2019ekt to\u2019g\u2019risidagi xabarlar, ularning xususiyati va 85","o\u2019zaro munosabatlari. Har bir ob\u2019ekt modeli yozuv turlari orqali ko\u2019rsatiladi. Ularning xususiyatlari - yozuv maydonlari orqali ifodalanadi, munosabatlar esa -- yozuv va maydon turlari o\u2019rtasidagi aloqalar yordamida tasvirlanadi. Bunday model EHM operatsion tizimining, MBBT ning mohiyatiga bog\u2019liq bo\u2019lmaydi, yahni axborotning ma\u2019nosiga bog\u2019liq bo\u2019lmagan holda ularni ifodalash usuli va aloqasini ta\u2019minlaydi. MB loyihalash mantiqiy jismoniy ( fizik) ma\u2019lumot loyihalash loyihalash ilovada ifodalanishini loyihalash 5.6-rasm. MB loyihalash bosqichlari Mantiqiy modelni chizmali va jadvalli usullar yordamida ifodalash mumkin. CHizmali usulda ma\u2019lumotlar o\u2019rtasidagi bog\u2019lanish graflar yordamida tasvirlanadi. Bunda grafning uchlari yozuvlarni ifodalaydi, qirralari esa yozuvlar o\u2019rtasidagi aloqalarni ko\u2019rsatadi. Jadvalli usulda ob\u2019ekt to\u2019g\u2019risidagi ma\u2019lumotlar bir yoki bir nechta ustundan iborat bo\u2019lgan jadvallar orqali ifodalanadi. Hozirgi vaqtda mantiqiy modellarning po\u044conali (ierarxik), tarmoqli va relyatsion turlaridan foydalanilmoqda. Pogonali model chizmali usul asosida tashkil qilinadi. Bunda ma\u2019lumot yozuvlari grafning uchlarini ifodalaydi va xar bir yozuv oldingi po\u044cona uchlariga bog\u2019langan bo\u2019ladi. Bunday tuzilishdagi MBdan tegishli axborotlar hamma vaqt bitta yo\u2019nalish bo\u2019yicha qidiriladi va uning joylashgan o\u2019rni to\u2019liq ko\u2019rsatiladi. Po\u044conali (ierarxik) modelga asoslangan MB 1-chi va 2-chi avlod EHM lari yordamida ishlab chiqilgan. IBM firmasi 1968 yilda IMS (Information Menagement System) deb nomlangan ma\u2019lumotlar bankini tashkil qilgan. Tarmoqli model ham chizmali usul yordamida tashkil qilinadi. Lekin bunda tegishli axborotlar bir nechta yo\u2019nalish bo\u2019yicha olinishi mumkin. Tarmoqli model ierarxik modelning kengayishi hisoblanadi. Bu modelning asoschisi CH. Baxman. Tarmoqli modelga asoslangan MB \u2013 Integrated Database Menegement System (IDMS) Cullinet Software Inc. Kompaniyasi tomonidan 70 yillari ishlab chiqilgan. Ierarxik va po\u044conali Ma\u2019lumotlar bankiing afzalligi \u2014 ularning tezkorligi. SHaxsiy EHM larning paydo bo\u2019lishi relyatsion modellarning keng tarqalishiga sababchi bo\u2019ldi. Relyatsion model jadvalli usul asosida tashkil qilinadi. Bunda tegishli ma\u2019lumotlar jadvalning ustun va qatorlarida joylashadi. Ustunlar 86","ma\u2019lumotning maydonlarini, qatorlar esa yozuvlarni ifodalaydi. Bir ustunda ma\u2019lum sohaga tegishli bo\u2019lgan bir qancha ma\u2019lumotlar ko\u2019rsatiladi. Ustun va qator o\u2019rtasidagi bog\u2019lanish munosabat deb ataladi. Har bir ustun, qator va munosabat o\u2019z nomiga ega bo\u2019ladi. Relyatsion modeldagi munosabatlar quyidagi talablar orqali hosil qilinadi: \uf0b7 ustun va qator kesishgan erda joylashgan ma\u2019lumotlar element hisoblanadi; \uf0b7 munosabatlarda ikkita bir hil qator bo\u2019lmaydi; \uf0b7 ustun va qatorlarning tartibli joylashishi va nomlanishi majburiy emas. Relyatsion model bir nechta munosabatlardan tashkil topishi mumkin. Relyatsion modelning asoschisi\u2014Amerika olimi E.F. Kodd. Bu modelning ikkinchi nomi \u2013 Kodd modeli. Ma\u2019lumotlar bankii tashuvchilarda xosil qilish bosqichi fizik tuzilishni tashkil etadi. Fizik tuzilishi tashqi xotiralarda ma\u2019lumotlarni joylashtirish usullari va vositalaridan iborat bo\u2019lib uning natijasida ichki model xosil qilinadi. Ichki model ma\u2019lumotning mantiqiy modelini tashuvchilarda aks ettiradi va yozuvlarning joylashishini, aloqasini va tanlab olinishini ko\u2019rsatadi. Ichki model MBBT orqali hosil qilinadi va unga quyidagi talablar qo\u2019yiladi : \uf0b7 ma\u2019lumotlarning mantiqiy tuzilishini saqlash; \uf0b7 tashqi xotiradan maksimal foydalanish; \uf0b7 Ma\u2019lumotlar bankii yuritish xarajatlarini kamaytirish; \uf0b7 ma\u2019lumotlarni qidirish va tanlash jarayonlarining tezkorligini oshirish va boshqalar. 1 blok Foydalanuvchi interfeysi 2 blok MB protsessori 3 blok Ma\u2019lumotlar bazasi 5.7-rasm. Ma\u2019lumotlarga kirish arxitekturasi Umumiy holda ma\u2019lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari (MBBT) ikki xil guruhga ajratiladi: Professional yoki sanoat MBBTlari. Bu guruhga quyidagi MBBTlar kiradi: Oracle, DB2, Sybase, Informix, Ingres, Progress. SHaxsiy (stolga joylashtiriladiganlar). Bu guruhga kiradigan MBBT lar: FoxBase\/FoxPRO, Clipper, R:base, Paladox, Approach va Access. 87","Hozirgi vaqtda Access MBBT ning ishlab chiqarishda keng tarqalganligini hisobga olgan holda dasturning ma\u2019lumotga kirish arxitekturasini ko\u2019rib chiqamiz. Arxitektura uchta blokdan tashkil topadi (5.7-rasm). Foydalanuvchi interfes bloki. Bunga MS Access ob\u2019ektlari kiradi: jadvallar, formalar, hisobotlar va boshqalar. Ma\u2019lumotlar ombori. Bu blokda ma\u2019lumotlar jadvallarining fayllari saqlanadi (Access da mdb-fayllar). MB protsessori. MS Access MBBT 2000-da ma\u2019lumotlar disketlari MS Jet (Jo\u0131nt Engine Technol\u0131gy) ma\u2019lumotlar bazasi yadrosining yangi 32 razryadli 3.5. versiyasi qo\u2019llanilgan. Bu versiya yuqoriroq unumli va yaxshilangan tarmoq tavsiflarga ega. 5 -bob bo\u2019yicha xulosalar Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini joriy etishda axborot ta\u2019minoti muxim o\u2019rin egallaydi. Boshqaruv jarayonini aniq, etarli va tezkor axborot bilan ta\u2019minlanishi sifatli qaror qabul qilish uchun zamin bo\u2019lib xizmat qiladi. Zaruriy axborotni foydalanuvchiga tezkor taqdim etilishda ma\u2019lumotlar bazasining imkoniyatlari cheksizdir. Ma\u2019lumotlar bazasi \u2013 ma\u2019lumotlar bankining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ma\u2019lumotlar bazasi \u2013 zaruriy axborotni tezkor olish va modifikatsiyalash, axborotning minimal ortiqchaligi, amaliy dasturlarga bog\u2019liq emasligi, izlash usulining umumiy boshqarilish imkoniyatlariga ega o\u2019zaro bog\u2019liq ma\u2019lumotlar yig\u2019indisidir. Ma\u2019lumotlar bazasini yaratish va yuritishda ma\u2019lumotlar bazasini boshqarish tizimi alohida ahamiyat kasb etadi. Ma\u2019lumotlar bazasini boshqarish tizimi ma\u2019lumotlar bankining tashkil etuvchi elementi hisoblanadi. Ma\u2019lumotlar banki \u2013 zaruriy axborotni olish maqsadida ma\u2019lumotlarni markazlashgan holda saqlash va jamoa bo\u2019lib foydalanish uchun mo\u2019ljallangan axborotli, tematik, dasturiy, tillar, tashkiliy va texnik (saqlanayotgan ma\u2019lumotlar hamda texnologik jarayonda band personalni qo\u2019shganda) vositalarining tizimi sifatida ifodalanishi mumkin. Ma\u2019lumotlar banki uni ishlashi va qo\u2019llanilishini ta\u2019minlab beruvchi dasturiy to\u2019plamlari bilan birgalikda avtomatlashtirilgan ma\u2019lumotlar banki deb ataladi. 88","6 bob Kompyuter tarmoqlarining modellari va texnologiyalari 6.1 Kompyuter tarmoqlarining turlari O\u2019zbekiston Respublikasida iqtisodiy informatikani rivojlantirish tamoyillari quyidagilardan iborat: Birinchidan, zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirish, davlat muassasalari va xo\u2019jalik su\u2019ektlari, muassa va tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun axborot xizmatlarini yo\u2019lga qo\u2019yish; Ikkinchidan, iqtisodiyot, fan, ta\u2019lim, ijtimoiy sohada axborot tizimlarini shakllantirishga ko\u2019maklashish; Uchinchidan, respublikaning jahon axborot tizimlari va xalqaro tarmoqlarga ulanishni ta\u2019minlash. Axborot texnologiyalarini zamonaviy texnika yutuqlari bilan o\u2019zaro bog\u2019lash ehtiyoji global kompyuter tarmoqlarini mamlakatlararo hamkorlik dasturini amalga oshirishning ajralmas qismi qilib qo\u2019ydi. Ilmiy va maorif maqsadlari va biznes uchun ko\u2019plab kompyuter tarmoqlari tashkil etilgan. Ko\u2019proq tarmoqlarni birlashtira oluvchi va dunyo hamjamiyatiga kirish imkoniyatini beruvchi tarmoq \u2013 bu Internet. Internet foydalanuvchilarga cheksiz resurslarni taqdim etadi. Bu esa ish unumdorligini oshiradi. Unga ulangan odamlar dunyoda sodir bo\u2019layotgan hodisalar haqida qisqa muddatda ma\u2019lumotga ega bo\u2019lishadi. Quyidagi rasmlarda kompyuter tarmoqlarini hosil qilishning uch xil usullari k\u0153rsatilgan. Kompyuterlarni bir-biriga bog\u2019lashda Etherrnet, HPNA va simsiz bog\u2019lanish adapterlaridan foydalanilgan[24,25] 1) Kontsentrator yordamida tarmoq hosil qilish. Bu usulda barcha kompyuterlar tarmoq kontsentratoriga bog\u2019lanadi. Buning uchun barcha kompyuterlarda tarmoq adapteri mavjud b\u0153lishi kerak. 2) Barcha kompyuterlarda tarmoq adapteri \u0153rnatiladi. Telefon kabellari yordamida tarmoq hosil qilinadi. 89","3) Barcha kompyuterlarda simsiz tarmoq adapteri \u0153rnatiladi. Tarmoqdagi kompyuterlar bir-biri bilan signallar orqali ma\u2019lumot almashadi. SHuning uchun bu tarmoqlardan foydalana olishni o\u2019rganish maqsadida biz quyida telekommunikatsiya va Internet Explorer dan foydalanish usullarini aytib o\u2019tamiz. 6.2 Telekommunikatsiya. Global kompyuter tarmog\u2019i \u2013 Internet Keng ma\u2019noda telekommunikatsiya - bu bir-biri bilan bevosita aloqada bo\u2019la olmaydigan masofada turuvchi sub\u2019ektlar (odamlar, uskunalar, kompyuterlar) o\u2019rtasidagi muloqotdir. ( \u201cTele\u201d- uzoqdagi, \u201c kommunikatsiya\u201d\u2013 aloqa, xabar). Masalan: kemalar o\u2019rtasidagi yorug\u2019lik signallari almashuvi, telegraf, televidenie, telefon va boshqalar. Kompyuter telekommunikatsiyasining rivojlanishi Internet va Windows ning kelib chiqishidan ancha oldin boshlangan. Misol qilib oladigin bo\u2019lsak, asrimizning 80 yillarida butun dunyoda, shu jumladan, sobiq ittifoqda ham MS DOS muhitida ishlovchi BBS (Bulletin Board System) faylli serverlar faoliyat ko\u2019rsatgan. BBS abonentlari tekinga e\u2019lonlarni ko\u2019rib chiqish va yozib qoldirishi, pochta 90","ma\u2019lumotlari va fayllari bilan almashinish imkoniyatiga ega bo\u2019lishdi. Kompyuterlarning lokal tarmoqlari (LVS), bir \u2013 biridan uncha uzoq bo\u2019lmagan (bir necha yuz metr atrofida foydalanuvchilarga xizmat ko\u2019rsatadi. LVSni \u201cmijozlari\u201d (terminallari) ulangan katta bir kompyuter deb tasavvur etishi mumkin. Biroq komp\u044cterlar va LVS lar turli xil aloqa vositalari orqali xududiy va jahon (xalqaro) tarmoqlariga ulanishi mumkin. Kompyuterlarni telekomunikatsion tarmoqqa ulash uchun quyidagilar zarur: 1. Kommunikatsion jihozlar va aloqa kanali (hech bo\u2019lmaganda modem va telefon tarmog\u2019i); 2. Kommunikatsion dasturlar. Modem \u2013 bu kompyuterni xalqaro tarmoqqa ulanish imkonini beruvchi standart qurilma (Modulyator \u2013 Demodulyator). Modemning bir tomoni kompyuterga, ikkinchi tomoni telefon tarmog\u2019iga ulanadi. Modemning yagona funktsiyasi \u2013 bu kompyuterning diskret ( raqamli ) signalini, telefon tarmog\u2019ida uzatiladigan uzluksiz ( analogli ) signalga aylantirish va aksincha. Modem bilan ishlash uchun maxsus dastur ta\u2019minoti ishlatiladi. Kompyuter bilan provayder uzeli o\u2019rtasidagi aloqa vositasi sifatida oddiy yoki maxsus telefon tarmog\u2019idan foydalaniladi. Biz asosan telekommunikatsiyaning dasturli ta\u2019minotini ko\u2019rib chiqamiz va u o\u2019z navbatida ikki sinfga bo\u2019linadi. 1. Mijoz \u2013 dasturlar. Bu dasturlar sizning kompyuteringizda joylashgan bo\u2019lib, o\u2019z talablarini (savollarini ) serverga yuboradi. 2. Server \u2013 dasturlar .Bu dasturlar tarmoqning narigi uzelida joylashgan bo\u2019lib, ular sizning kompyuteringizga xizmat ko\u2019rsatadilar. Telefon tarmog\u2019iga qiyos qilganda, ATS \u2013 bu server, sizning telefoningiz \u2013 bu mijoz. Kommunikatsion tarmoqlar texnologiyasini ko\u2019pincha \u201cmijoz \u2013 server\u201d texnologiya deb atashadi. Bu tushuncha keng ma\u2019noda to\u2019g\u2019ri, lekin shu narsani esda saqlashimiz lozimki, axborotlar tizimida \u201cmijoz \u2013 server\u201d tushunchasi ma\u2019lumotlarning qayta ishlashning funktsional modelini bildiradi. Umuman olganda, server va mijozlar universal emas: tarmoqli xizmat ko\u2019rsatishning har bir turi o\u2019z serveri va mijoziga ega. Masalan, pochta serverlari va mijozlari mavjud, FTP \u2013 serverlar va FTP - mijozlar. Ko\u2019pincha server deb, serverli dasturlarga ega bo\u2019lgan kompyuterlarni ham aytishadi. SHu narsani esda saqlash lozimki, bir server - kompyuterda bir necha server dasturlar ish olib borishi mumkin. Zamonaviy telekommunikatsiyalarning rivojlanishida ikki xil jarayonni ajratish mumkin: Bir tomondan, tarmoqli xizmat turlari asta sekin Internet texnologiyalari bilan qo\u2019shilib ketmoqda. Ikkinchi tomondan, Internet vositalari grafikli texnologiyaning tarkibi bo\u2019lib kelmoqda. Hozirda eng katta global axborot tizimi bu Internet tarmog\u2019idir. Haqiqatdan olganda, Internet aniq bir tashkiliy tuzilishga ega emas. Internet tizimi hukumatlar, ilmiy, tijorat va notijorat tashkilotlari tashabbusi 91","bilan tashkil etilgan bir qancha mustaqil kompyuterlar tizimlarini birlashmasidan iborat. Internet tarixini asrimizning 60 yillarida AQSH mudofaa vazirligida hisoblash tarmog\u2019ining \u2013 ARPAnet ning paydo bo\u2019lishi bilan bog\u2019lashimiz mumkin. Bu tarmoq urush vaqtida harbiy operatsiyalarni hamda mamlakatni boshqarish uchun mo\u2019ljallangan bo\u2019lib, uning asosiy kontseptsiyasi quyidagidan iborat: Tarmoqdagi har bir kompyuter bir \u2013 biridan mustaqil ravishda muloqatda bo\u2019ladi, ular orasidagi aloqa mutlaqo ishonchsiz bo\u2019lib, xoxlagan paytda buzilishi mumkin. (Misol uchun, bombordimon qilinganda). Bunda, birinchidan, butun bir tarmoqning ish qobiliyati saqlanib qoladi, ikkinchidan esa, sog\u2019 qolgan kompyuter boshqa butun qolgan aloqa kanallari orqali tarmoqqa ulanishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tarmoqning hamma uzellari bir \u2013 biridan ma\u2019lum darajada mustaqil ishlashi kerak. SHunday qilib, Internet ning asosiy printsipi \u2013 bu tarmoqdagi har bir uzel (kompyuter)ning shu uzel bilan bevosita bog\u2019liq bo\u2019lmagan tarmoq qismlaridagi buzilishlardan hamda nuqsonlardan mustaqilligidir. Foydalanuvchining nuqtai nazaridan qaraganda, zamonaviy tarmoq \u2013 bu bir-biri bilan aloqa kanallari orqali ulangan yirik uzellarning to\u2019plamidan iborat. Har bir uzel \u2013 ko\u2019pincha UNIX operatsion sistemasi boshqaruvi ostida ishlovchi, bitta yoki bir nechta qudratli server- kompyuterlardir. Ko\u2019pincha bu kompyuterlarni bosh kompyuter yoki xost kompyuter (anglizcha \u201cxost\u201d\u2013 xo\u2019jayin ) deb atashadi. Bu uzelni uning egasi bo\u2019lmish provayder deb ataluvchi tashkilot boshqaradi (ingl. \u201cProvide\u201d\u2013 ta\u2019minlamoq so\u2019zidan olingan). Ko\u2019p hollarda alohida olingan tarmoqning nomi - bu uning provayderining nomi. Provayderlar ma\u2019lum bir turdagi xizmatlar bilan ta\u2019minlaydilar. Rossiyadagi ko\u2019p taniqli provayderlardan biriga: GlasNet ni, Relkomni, Demosni, Sovam Teleport ni kiritishimiz mumkin. CHet eldagi eng yirik provayderlar bu\u2013 CompuServe va Amerika - Online hisoblanadi. Provayderlarning darajasi, ixtisosligi va boshqa omillariga qarab, kompaniyalarning xizmat turlari va xizmat xaqlari farqlanadi. SHunday qilib Internet ga ulanish degani bu: \uf0b7 Modemga ega bo\u2019lish va kompyuterga uni ulash; \uf0b7 Provayder bilan shartnoma tuzib, u bilan telefon tarmog\u2019i yoki alohida boshqa aloqa kanali orqali muloqot o\u2019rnatish demakdir; Internet qanday ishlaydi. Bayonnomalar. Internet tarmog\u2019iga turli xil apparat platformalarida, ma\u2019lumotlar formatlarida, har xil operatsion sistemalar boshqaruvi ostida ishlovchi millionlab komp\u044cterlar va kompyuterlar tarmoqlari kiradi. Biroq hamma kompyuterlar axborot almashish paytida ma\u2019lumotni shakllantirish va uzatishning yagona kelishuvidan (bayonnomalardan) foydalanishlari kerak (YA\u2019ni yagona \u201cinterfeysdan\u201d). Bayonnoma \u2013 bu tarmoq abonentlari o\u2019rtasidagi axborot almashinuvi usullari xamda Internet ma\u044clumotlarini shakllantirish qonun qoidalari va formatlari to\u2019g\u2019risidagi kelishuvlar to\u2019plamidan iborat. Internet bayonnomalarining ikki xil turini ajratish mumkin: 92","\uf0b7 Bazisli bayonnomalar. Bu bayonnomalar kom\u044cyuterlar o\u2019rtasidagi ixtiyoriy turdagi elektron axborotlarning fizik uzatilishiga javob beradi (IP va TCP). Bu bayonnomalar bir \u2013 biri bilan kuchli bog\u2019liq bo\u2019lganligi uchun, ularni ko\u2019pincha \u201cTCP\/ IP bayonnomasi\u201d deb ham atashadi. \uf0b7 Amaliy bayonnomalar. Bu bayonnomalar Internet ning ixtisoslashgan xizmatlarining ishlashini nazorat qiladi (ta\u2019minlaydi ). Masalan: NTTR bayonnomasi (giper matnli ma\u2019lumotlarni uzatish), FTP bayonnomasi (fayllarni uzatish), elektron pochta bayonnomalari va boshqalar. Amaliy bayonnomalar bazisli bayonnomalar \u201custida\u201d joylashadi, agar TCP\/IP o\u2019rnatilmagan bo\u2019lsa, sizning kompyuteringiz tarmoqda ishlay olmaydi. Biroq, amaliy bayonnomalarning ma\u2019lum bir qismi kompyuteringizda bo\u2019lmasligi mumkin. Internet ning asosiy xizmat turlari. Bu erda biz tarmoqda faoliyat ko\u2019rsatuvchi asosiy xizmat turlariga qisqacha tavsif berib o\u2019tamiz. Keyinchalik tarmoqning eng asosiy xizmat turi bo\u2019lmish xalqaro axborot tarmog\u2019i (WWW) haqida to\u2019xtalib o\u2019tamiz. Telnet. Bu termin bilan mijozning olisdagi server \u2013 kompyuteri bilan aloqasini ta\u2019minlovchi bayonnoma va dasturlar ataladi. Aloqa o\u2019rnatilgandan so\u2019ng, olisdagi kompyuterning operatsion sistemasi muhitiga tushadi va u erda bemalol uning dasturi bilan xuddi o\u2019zining - dasturi bilan ishlaganday ishlayveradi. FTP. (File Transfer Protokol \u2013 fayllarni uzatish bayonnomasi). Olisdagi kompyuterlarning fayllari va dasturlari bilan ishlashni ta\u2019minlovchi dastur va bayonnomalar shu termin bilan ataladi. FTP vositalari serverning fayllari va kataloglarini ko\u2019rib chiqishga hamda bir katalogdan boshqa katalogga o\u2019tishga, nusxa olish va fayllarning Internet Explorer muhitida ishlashini ko\u2019rib chiqamiz. Gopher. Bu so\u2019z inglizcha so\u2019z bo\u2019lib \u201ckovlamoq\u201d degan ma\u2019noni bildiradi. Gopher \u2013 bu FTP ga nisbatan taraqqiy etgan qidirish va axborotlarni chiqarib olish vositalari bilan ta\u2019minlovchi bayonnoma va dasturlari kiradi. Gopher bayonnomalari zamonaviy navigator \u2013 dasturlarida qo\u2019llaniladi. Archie. Internet uzellarida FTP \u2013 server tarkibi to\u2019g\u2019risidagi qidirilgan axborotlarni yig\u2019uvchi va saqlovchi maxsus serverlar shunday ataladi. Agar o\u2019zimiz biladigan faylni qidirayotgan bo\u2019lsak u holda mijoz Archie ni ishga tushiramiz va u bizga FTP serverdagi mos adresni ko\u2019rsatadi. WAIS Wide Area Information Servers \u2013 bu tarmoqlardagi ma\u2019lumotlar bazasi va kutubxonalarda axborot qidiruvini amalga oshiruvchi taqsimlangan axborot tizimidir. Xususan, WAIS Internet dagi tuzilishiga keltirilmagan hujjatlarni indekslashtirish va ularda qidiruvchi tashkil etish qo\u2019llaniladi. E - mail. Bu elektron pochtaning inglizcha belgilanishi bo\u2019lib, u orqali - hamma qit\u2019alarda yashovchi insonlar bir-biri bilan elektron (ma\u2019lumotlar) xabarlar va fayllar bilan almashishadi. Usenet. Usenet tizimi \u2013 telekonferentsiyalar, yangiliklar guruhi. Elektron pochtadan farqli ravishda, Usenet mijoz xabarlarini individual adresat bo\u2019yicha emas, balki abonentlar guruhiga (telekonferentsiyalarga) yuboradi. SHu konferentsiya ishtirokchilari biror bir savolni hal qilishda teng huquqga ega. Har bir konferentsiya o\u2019z adresiga ega va biror bir mavzuga tegishli (fanga, madaniyatga, sportga va 93","boshqalar) bo\u2019ladi. SHu bilan birga muhokama qilinadigan savollar turlicha bo\u2019lishi mumkin. Ba\u2019zi ma\u2019lumotlarga ko\u2019ra, 10000 dan ortiq telekonferentsiyalar Internetda mavjud. Windows 95 boshqaruvi ostidagi telekonferentsiyalar bilan ishlash uchun Internet Explorer 6.0 navigatori tarkibiy qismiga kiruvchi Internet News qo\u2019shimchasini ishlatish mumkin. IRC \u2013 Buni telekonferentsiyalarning turlaridan biri deb hisoblasa bo\u2019ladi. (Internet Relay Chat). IRC\u2013server va IRC \u2013 mijoz yordamida klaviatura orqali jumlalarni terib, foydalanuvchilar bir- birlari bilan \u201cvirtual\u201d muloqat olib borishadi. Internet - telefoniya. Hozirgi paytda tarmoqning yangi turi - Internet \u2013 telefoniya tezda rivojlanib bormoqda. Bunda foydalanuvchilar Internet tarmog\u2019i orqali telefonlashishadilar. 6.3 Internetning afzalliklari va kamchiliklari. Internet tarmog\u2019ida ishlash Kiber faza va virtual haqiqat keng tarqalgan tushunchalar Internet tarmog\u2019i bilan bog\u2019liq. Kiber faza deb, kompyuterli kommunikatsiyalar tizimi va axborotlar oqimining butun to\u2019plamiga aytiladi. Virtual haqiqat deb, kompyuterli texnologiya yordamida ekrandagi yaratilgan real ob\u2019ektlar va turli xil xususiyatlarga ega jarayonlar obraziga (insonlar, musiqa uskunali narsalar, stanoklar, adabiy asarlar va boshqalar) bilan xuddi haqiqiy narsalar kabi ishlash mumkin . Bizning hayotimizga asta sekin kirib kelayotgan kiberfaza va virtual haqiqat, bizni butun insoniyatning axborot resurslariga umumlashtiradi, dunyoqarashimizni kengaytiradi va hayot tarzimizni o\u2019zgartiradi. SHuni esimizdan chiqarmasligimiz kerakki, axborotli texnologiyalar (shu jumladan Internet xam) inson tomonidan yaratilgan axborotlarni yig\u2019ish, saqlash, qayta ishlash va uzatishning yangi usuli hisoblanadi xolos. Fan texnikaning boshqa yutuqlari kabi Internet ham jamiyatning ko\u2019pgina masalalarini hal qiladi va ish bilan birga yangi muommolarni keltirib chiqaradi[24,25]. Ko\u2019pgina ruhshunoslar kom\u044cyuterlarning, o\u2019yinlar va kommunikatsiyalarning inson ruhiyatiga, intellektual rivojlanishiga va xulq atvorini salbiy ta\u2019sir etishini ta\u2019kidlashmoqda. Tarmoqning eng muhim tomoni shundaki, u insonlarni bir biriga yaqinlashtiruvchi, ularni o\u2019ylashga majbur etuvchi, sherigi oldida ma\u2019suliyatini ushlashga undovchi, jonli muloqotni inson hayotidan siqib chiqarmoqda. Tarmoqda yaxshi va foydali axborotlardan tashqari insonni chalg\u2019ituvchi bo\u2019lmog\u2019ur va kerak bo\u2019lmagan ma\u2019lumotlar ham bo\u2019ladi. Microsoft Internet Explorer. Bu erda biz Internet Explorerning muhim vazifalarini ko\u2019rib chiqamiz: \uf0b7 Tarmoqda axborotlarni qidirish va navigatsiya; \uf0b7 Web sahifalarni va fayllarni xotiraga olish va pechat\u044c. \uf0b7 Elektron pochtaga jizmat ko\u2019rsatish. Microsoft Internet Explorerning qayta ishlash ob\u2019ekti bo\u2019lib, Internet tarmog\u2019i resursi hisoblanadi, masalan, Web \u2013 sahifa yoki FTP katalogi. Oddiy foydalanuvchi esa bu ob\u2019ektlar ustidan standart operatsiyalarni bajaradi: \uf0b7 adresi bo\u2019yicha sahifalarni ochish va o\u2019qish, kataloglarni ko\u2019rib chiqish; \uf0b7 Internet sahifalarini qidirish; \uf0b7 Sahifalarni xotiraga saqlab qo\u2019yish va chop etish, Internet serverlaridan 94","tanlab olingan fayllarni o\u2019zining kompyuteriga nusxasini ko\u2019chirish. Word va Excel dasturlaridan farqli ravishda, navigator, foydalanuvchining nuqtai nazarida, oddiy vazifalarni bajaradi. Agar MS Word bilan o\u2019xshatish qiladigan bo\u2019lsak, navigatorning vazifasiga ochish, topish, bir joydan ikkinchi joyga o\u2019tish, xotiraga saqlash, nusxasini olish kabi buyruqlarni bajarishimiz mumkin. To\u2019g\u2019ri, Internet Explorer xam o\u2019ziga xos operatsiyani bajaradi: Elektron pochta va yangiliklar guruhi bilan ishlovchi, Internet Mail va Interent Newsni ishga tushiradi. Bundan tashqari, zamonaviy navigatorlar, ma\u2019lum bir sharoitlar tug\u2019ilganda, mijozlarga HTML yordamida o\u2019zlarining Web sahifalarini yaratishga yordam beradi. Mul\u044ctimediya Web- sahifalarini tayyorlash uchun instrumental vositalar ham mavjud. Bu vositalar bilan Web- masterlar (Web \u2013 dizaynerlar) foydalanishadi. SHunday qilib, biz WWW gipermatnli axborot tizimi va u bilan bog\u2019liq bo\u2019lgan Internet xizmati turlarini sistemali o\u2019rganishga kirishamiz. Bu va keyingi mavzuda asosiy tushunchalar bulgan Web- sahifasi, gipermatn, sayt, ss\u044blka (jo\u2019natma), resurs va resurs adreslariga qisqacha izoh berib o\u2019tamiz . Ayrim tushunchalar (masalan sayt) foydalanuvchi nuqtai nazariga yaqinlashtirilib shakllantirilgan. Internet texnologiyalari va bizning tarmoq to\u2019g\u2019risidagi qarashlarimiz tez rivojlanib bormoqda, shu bilan birga tarmoq mexanizmining vazifasi o\u2019zgarmoqda, yangi tushunchalar paydo bo\u2019lmoqda. WWW ning asosiy tuzilish elementi - bu Web \u2013 sahifa. Web \u2013 sahifa \u2013 bu o\u2019zida matnli va yoki grafikli axborotni, hamda Internetning boshqa hujjatlarga bo\u2019lgan jo\u2019natmalarini (bu jo\u2019natmalar Web \u2013 sahifalarda bo\u2019lishi shart emas) mujassamlashtirilgan WWW hujjati. Fizik nuqtai nazardan qaraganda, Web \u2013 bu .HTM va .HTML kengaytmalariga ega bo\u2019lgan, HTML tili vositalari yordamida formatlashtirilgan fayl. Web \u2013 sahifalardagi grafik ob\u2019ektlar- bu .GIF va .JPG formatdagi fayllardir. SHuni esda saqlash lozimki, Web \u2013 sahifa Interent sahifalarining xususiy ko\u2019rinishlaridan biri. Web-sahifa gipermatnli xujjat xisoblanadi. Gipermatn - bu odatdagi matnli va grafikli axborotlar bilan bir qatorda, boshqa hujjatlarga bo\u2019lgan jo\u2019natmalarni o\u2019zida mujassamlashtirgan hujjat (Bu hujjatlar berilgan hujjatning matnli qismiga yoki grafikli ob\u2019ektiga o\u2019rnatilgan bo\u2019ladi). Windows ilovasining ma\u2019lumotnoma sahifalari ham gipermatn to\u2019plami hisoblanadi. Bu sahifalar Internet sahifalari kabi tashkil etilgan: jo\u2019natmalar osti chizilgan yoki rang bilan ajratilgan, sichqoncha ko\u2019rsatkichi esa jo\u2019natmaga keltirilganda \u201cko\u2019rsatkich tarmog\u2019i ko\u2019rsatilgan qo\u2019l\u201d shaklini oladi. Web \u2013 sahifasi jo\u2019natmasiga foydalanuvchi uchun ko\u2019rinmas bo\u2019lgan URL formatidagi hujjat (dokument) adresi ko\u2019rsatiladi. Jo\u2019natma ko\u2019rsatayotgan hujjatga o\u2019tish uchun sichqonchaning chap tugmachasini bosish etarli. Web - saxifalar guruhi saytni tashkil etadi. Sayt bu Web \u2013 serverda joylashtirilgan (qandaydir biror Web-serverda) va xususiy shaxs yoki korxonaga tegishli bo\u2019lgan Web \u2013 sahifalar to\u2019plami. Bitta Web \u2013 serverda bir nechta sayt joylashishi mumkin. Ayrim hollarda sayt deb, FTP- serverdagi shaxs yoki tashkilotning katolog ostisini (podkatalog) atashadi. 95","Internet Explorerning oynasi. Internet Explorer Pusk menyusining Programm\u044b punkti yordamida yoki dastur uchun m\u0153ljallangan yorliq yordamida ishga tushiriladi. Internet Explorer ning (ochiq hujjat bilan) oynasi quyidagi rasmda berilgan: Dastur sarlavhasi Menyu qatori Uskunalar paneli Bu rasmda oynaning standart elementlarini ko\u2019rishimiz mumkin. Bular: \uf0b7 Sarlavha; \uf0b7 Menyu qatori; \uf0b7 Uskunalar paneli; \uf0b7 Holat satri; Instrumentlar paneli ostida adreslar r\u0153yxati va jo\u2019natmalar paneli joylashgan. Adres deb yozilgan joyida URL formatidagi joriy sahifaning adresi ko\u2019rsatib turiladi ( Adres so\u2019zi yonidagi ochiq maydonni endi adres maydoni deb ataymiz). SHu narsani narsani ta\u2019kidlab \u0153tishimiz kerakki, menyudagi buyruklar, tugmachalar va yozuvlarning xilma \u2013 xilligiga qaramay Internet Explorer oynasida oddiy funktsiyalarning ikki xil guruhini farqlashimiz mumkin: 1. Internetda navigatsiya ( biror bir sahifaga \u0153tish ); 2. YOrdamchi funktsiyalar (bu funktsiyalar navigatsiya jarayoniga xizmat ko\u2019rsatishadi). Bizning klassifikatsiyamizga muvofiq, Internet Explorer bir oynali ilova hisoblanadi biroq biz uning oynasining bir necha nusxasini olishimiz mumkin. [Fayl \u2013Sozdat okno] BRAUZERLAR Internet resurslarini adreslash. Internet resurslari deb, serverlarni, saytlarni, sahifalarni, kataloglarni, fayllarni hisoblasak bo\u2019ladi. Internet resurslarini adreslash uchun \u2013 URL dan (resurslarni unifikatsiyalangan ko\u2019rsatkichlari ) foydalaniladi. URLning umumiy formati: < bayonnoma > : \/\/ < server >< lokal adres > Baennoma sifatida ko\u2019pincha http, ftp, gopher ( ko\u2019rsatiladi ) olinadi. Lokal 96","adres sifatida esa yo sahifagacha bo\u2019lgan yulni (http uchun ) yo faylgacha bo\u2019lgan yo\u2019l ( ftp uchun )ko\u2019rsatiladi. Agar aniq bir sahifaga yo\u2019l ko\u2019rsatilgan bo\u2019lmasa, u holda sayt yoki Web serverning boshlang\u2019ich sahifasi tushuniladi. Agar faylga yo\u2019l ko\u2019rsatilmagan bo\u2019lsa, u holda FTP \u2013 serverning ildiz katalogi tushuniladi. WWW bilan ishlash uchun maxsus brouzerlar ishlab chiqilgan. M: Internet Explorer, Netscape Navigator, Operalar. Tarmoqda qat\u2019iy adreslashga misol keltiramiz ( fayl aniqligida ): http:\/\/WWW.sirena.ru\/ info \/ job.htm. ftp:\/\/ftp. Citfprum.ru \/ pub \/ bach.zip URL formatdagi adreslar tarmoq navigatsiyasida aniq ko\u2019rsatiladi hamda ular Web- sahifalarining gipermatni jo\u2019natmalariga o\u2019rnatiladi. Web- sahifalar, saytlar va Web cerverlar hammasi bir butun bo\u2019lib, xalqaro axborot tarmog\u2019ini (www) tashkil etadi. YUqoridagi rasmda Internet Explorer 6.0 brauzeri yordamida www.rambler.ru sayt adresi berilgan va adres bilan ishlash bosh sahifasi ekranga chiqadi Elektron pochta imkoniyatlari Internetda qidiruv. Umumiy qoidalar. Internetdagi \u201cXalqaro axborot tarmog\u2019i\u201d( WWW )\u2013 biror bir tuzulishga keltirilmagan matnli (SHu jumladan, grafikli, audio va video ) axborotlardan tashkil topgan, millionlab hujjatlar kiradi. Kerakli axborotlarni topish uchun yuzlab Web \u2013 sahifalarni ko\u2019rib chiqishga to\u2019g\u2019ri keladi. Bunda qanchadan qancha kuch va asablar sarflanadi. Asrimizning 90 \u2013 yillaridan boshlab, Interent ning ma\u2019lumot beruvchi xiz matlari rivojlana boshlandi. Bu xizmatlar foydalanuvchiga kerakli bo\u2019lgan axborotni topishga yordam berardi. Bu xizmatlarni ikkiga bo\u2019lish mumkin: universal va ixtisoslashgan. Universal xizmatlarda hujjatlarni qidirishninig odatdagi printsipi qo\u2019llaniladi. \u201c Asosiy \u201d so\u2019zlar yordamida qidirishning ma\u044cnosi shundan iboratki, hujjatlarni \u201c Asosiy \u201d so\u2019zi deb, berilgan hujjatlarning mazmunini aks ettiruvchi so\u2019zga yoki so\u2019z birikmasiga aytiladi. Masalan, dasturlash xarakteridagi adabiyotlarga xos \u201c Asosiy 97","\u201dsuzlar bu \u201cshartli utish\u201d, \u201c Makro buyruq \u201d, \u201c Uzilishlarni qayta ishlash \u201d va hokazo. Universal qidiruv xizmati \u2013 bu quyidagi vazifalarni bajaruvchi, qudratli dasturlar va dasturlar yig\u2019indisidan iborat: 1. Maxsus dastur mavjud bo\u2019lib, u WWWni tinimsiz ko\u2019rib chiqadi va ular orasida so\u2019zlarni tanlab olib, indekslarning ma\u2019lumotlar bazasini tuzib chiqadi. Bu bazaga hujjatlarning \u201c Asosiy \u201dso\u2019zlari va adreslari kiritiladi. ( Eslatib o\u2019tishimiz kerakki, indeks \u2013 bu \u201c Asosiy \u201d so\u2019zlar bo\u2019yicha tartibga solingan ko\u2019rsatkichlar to\u2019plami ). Web \u2013 server foydalanuvchi tomonidan qidiruv uchun buyruq oladi, uni qayta ishlaydi va maxsus dastur \u2013 qidiruv mashinasiga uzatadi. 2. Qidiruv mashinasi indekslarning ma\u2019lumotlar bazasini ko\u2019rib chiqadi va buyruq shartlariga mos keluvchi sahifalar ro\u2019yxatini tuzadi va Web ser - verga qaytarib beradi. 3. Web \u2013 server natijalarni foydalanuvchi uchun qulay bo\u2019lgan shaklga keltirib, mijoz mashinaga uzatadi. Mashhur va qudratli qidiruv tizimlari orasida: Alta Vista ( WWW. Alta- vista.com ), Infoseek ( WWW. inforseek.com ), Lycos (WWW.lycos.com) va boshqalarni ko\u2019rishimiz mumkin. Agar siz qidiruv olib bormoqchi bo\u2019lsangiz ma\u2019lum qidiruv serverini adresini kiritib (www.google.uz, www.rambler.ru, www.altavista.ru, www.yandex.ru ), qidiruv maydoniga asosiy suz matnini kiriting va Nayti buyrug\u2019\u2019ini ko\u2019rsating. Amaliy mexanika Qidiruvda qo\u2019yidagi kelishuvlar ishlab chiqilgan. 1. Agar buyurtma so\u2019zi bitta bo\u2019lsa, u holda shu so\u2019z bor bo\u2019lgan sahifalar tanlab olinadi. Agar so\u2019z bir nechta bo\u2019lsa, so\u2019zlar orasida probel ko\u2019rsatilib yoziladi. M: Amaliy mexanika hakida axborotlarni ko\u2019rmoqchisiz. U holda yo \u00abamaliy\u00bb yo \u00abmexanika\u00bb yoki ikkala so\u2019z bor bo\u2019lgan sahifalar tanlab olinadi. 2. Agar buyurtma so\u2019zi bir necha so\u2019zdan tashkil topgan bo\u2019lsa, u holda so\u2019zlar q\u0153shtirnoq ichida yoziladi. Bu so\u2019zlar bir butun so\u2019z sifatida qabul qilinib va shu so\u2019z birikmasi mavjud bo\u2019lgan hujjatlar ro\u2019yxatini ko\u2019rsatadi. M: \u201cAmaliy mexanika \u201d. 3. \u201c+\u201d belgisi. Agar so\u2019zlar orasiga + belgisi ko\u2019rsatilib, qidiruv berilsa, u holda shu so\u2019zlar mavjud bo\u2019lgan hujjatlar ro\u2019yxati ko\u2019rsatiladi. Bu so\u2019zlar hujjatning turli burchaklarida joylashgan bo\u2019lishi mumkin. M: Amaliy + mexanika Ixtisoslashtirilgan xizmatlar \u2013 u yoki bu mavzu bo\u2019yicha server adreslari tug\u2019risidagi ma\u2019lumotlarni o\u2019zida mujassamlashtirgan mavzuli kataloglar hisoblanadi. Universal bazalardan farqli ravishda mavzuli kataloglar mutaxassislar tomonidan tuziladi va u foydalanuvchini ishonchli axborot bilan ta\u2019minlaydi. Undan tashqari, Internet saytlari shaxsiy qidiruv mexanizmiga ega. Birinchidan bu kontekst qidiruv mexanizmi, hamda familiyalar bo\u2019yicha ixtisoslashtirilgan qidiruv. ( SHu jumladan: tovarlar bo\u2019yicha, firmalar bo\u2019yicha va hokazo ). Elektron pochta. Pochta tizimlarining soni juda ham ko\u2019p bo\u2019lib, ulardan eng ko\u2019p 98","tarqalgan, elektron pochta bilan ishlaydigan Windows ilovalariga ( prilojenie ) Internet Mail ni (MS Internet Explorer 3.0 tarkibidagi ) Outlook Explorer ni ( MS Internet Explorer 6.0 tarkibidagi ), (Novell kompaniyasining) GroupWise ni, (Qualcomm kompaniyasining) Eudora Proni kiritishingiz mumkin.Internet Mail misolida elektron pochta bilan ishlashni ko\u2019rib chiqamiz. Sarlavha qismida xizmat axborotlaridan tashqari quyidagi ko\u2019rsatkichlar mavjud: 1) YUboruvchining adresi OT: ( Kimdan ) : ( From: )); 2) Data: ( Date: ); 3) Qabul qilib oluvchining adresi Komu: ( Kimga : ( To: )); 4) Xabar mavzusi Tema: ( Mavzu: ( Subjekt: )). Elektron pochtadagi adres tarmoq kompyuterining simvolik adresiga o\u2019xshash: < Foydalanuvchining ismi > @ < Domenli nom > Masalan, glasnet.ru uzelining abonenti quyidagi adresga ega bo\u2019lishi mumkin: [email protected] Yuqoridagi rasmda elektron pochta adresi umumiy ko\u2019rinishi quidagicha yoziladi: [email protected]. Elektron pochta adresi paroli \u2018 * \u2019 (yulduzcha) k\u0153rinishda yoziladi. 6 -bob bo\u2019yicha xulosalar Tarmoqdagi har bir kompyuter bir \u2013 biridan mustaqil ravishda muloqatda bo\u2019ladi, ular orasidagi aloqa mutlaqo ishonchsiz bo\u2019lib, xoxlagan paytda buzilishi mumkin. Bunda, birinchidan, butun bir tarmoqning ish qobiliyati saqlanib qoladi, ikkinchidan esa, sog\u2019 qolgan kompyuter boshqa butun qolgan aloqa kanallari orqali tarmoqqa ulanishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tarmoqning hamma uzellari bir \u2013 biridan ma\u2019lum darajada mustaqil ishlashi kerak. SHunday qilib, Internet ning asosiy printsipi \u2013 bu tarmoqdagi har bir uzel (kompyuter)ning shu uzel bilan bevosita bog\u2019liq bo\u2019lmagan tarmoq qismlaridagi buzilishlardan hamda nuqsonlardan mustaqilligidir. Web \u2013 sahifasi jo\u2019natmasiga foydalanuvchi uchun ko\u2019rinmas bo\u2019lgan URL formatidagi hujjat (dokument) adresi ko\u2019rsatiladi. Jo\u2019natma ko\u2019rsatayotgan hujjatga o\u2019tish uchun sichqonchaning chap tugmachasini bosish etarli. Web - saxifalar guruhi saytni tashkil etadi. Sayt bu Web \u2013 serverda joylashtirilgan (qandaydir biror Web-serverda) va xususiy shaxs yoki korxonaga tegishli bo\u2019lgan Web \u2013 sahifalar to\u2019plami. bo\u2019lib, bitta Web \u2013 serverda bir nechta sayt joylashishi mumkin ekan. 99","7 -bob Kompyuter tizimlarining axborot xavfsizligi 7.1 Zamonaviy axborot jamiyatida axborot xavfsizligi Mamlakatimiz milliy iqtisodining hech bir tarmog\u2019i samarali va mo\u2019tadil tashkil qilingan axborot infratuzilmasisiz faoliyat ko\u2019rsatishi mumkin emas. Hozirgi kunda milliy axborot resurslari har bir davlatning iqtisodiy va harbiy salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo\u2019lib xizmat qilmoqda. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta\u2019minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashuvi tezligi yuksaladi, axborotni yig\u2019ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo\u2019yicha ilg\u2019or axborot-kommunikatsiyalar texnolopshtarini qo\u2019llash kengayadi. Turli xildagi axborot xududiy joylashishidan qat\u044ciy nazar bizning kundalik hayotimizga Internet xalqaro kompyuter tarmog\u2019i orqali kirib keldi. Axborotlashgan jamiyat ushbu komp\u2019yuter tarmog\u2019i orqali tezlik bilan shakllanib bormoqda. Axborot dunyosiga sayohat qilishda davlat chegaralari degan tushuncha yo\u2019qolib bormoqda. Jahon kompyuter tarmog\u2019i davlat boshqaruvini tubdan o\u2019zgartirmoqda, ya\u2019ni davlat axborotning tarqalishi mexanizmini boshqara olmay qolmoqda[31,33,34]. SHuning uchun ham mavjud axborotga noqonuniy kirish, ulardan foyddlanish va yo\u2019qotish kabi muammolar dolzarb bo\u2019lib qoldi. Bularning bari shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligi darajasining pasayishiga olib kelmoqda. Davlatning axborot xavfsizligini ta\u2019minlash muammosi milliy xavfsizlikni ta\u2019minlashning asosiy va ajratmas qismi bo\u2019lib, axborot himoyasi esa davlatning birlamchi prioritet masalalariga aylanmoqda. Hozirgi kunda xavfsizlikning bir qancha yo\u2019nalishlarini qayd etish mumkin. Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma\u2019lum. SHuning uchun ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo\u2019llanilgan. Ulardan biri \u2014 sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o\u2019qiy olmagan. Asrlar davomida bu san\u2019at \u2014 sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidentsiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o\u2019n yil oldin hamma narsa tubdan o\u2019zgardi, ya\u2019ni axborot o\u2019z qiymatiga ega bo\u2019ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatishadi, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o\u2019g\u2019irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. SHunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug\u2019iladi. Axborotni qayta ishlash sanoatining paydo bo\u2019lishi axborotni himoyalash sanoatining paydo bo\u2019lishiga olib keladi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida axborot o\u2019zining hayotiy davriga ega bo\u2019ladi. Bu davr uni yaratish, undan foydalanish va kerak bo\u2019lmaganda yo\u2019qotishdan iboratdir (7.1-rasm.). Axborot hayotiy davrining har bir bosqichida ularning himoyalanganlik darajasi turlicha baholanadi. Maxfiy va qimmatbaho axborotga ruxsatsiz kirishdan himoyalash eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Kompyuter egalari va foydalanuvchilarning mulkiy huquqlarini himoyalash \u2014 bu ishlab chiqarilayotgan axborotni jiddiy iqtisodiy va boshqa moddiy hamda nomoddiy zararlar keltirishi mumkin bo\u2019lgan turli kirishlar va o\u2019g\u2019irlashlardan himoyalashdir. 100"]
Search
Read the Text Version
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
- 6
- 7
- 8
- 9
- 10
- 11
- 12
- 13
- 14
- 15
- 16
- 17
- 18
- 19
- 20
- 21
- 22
- 23
- 24
- 25
- 26
- 27
- 28
- 29
- 30
- 31
- 32
- 33
- 34
- 35
- 36
- 37
- 38
- 39
- 40
- 41
- 42
- 43
- 44
- 45
- 46
- 47
- 48
- 49
- 50
- 51
- 52
- 53
- 54
- 55
- 56
- 57
- 58
- 59
- 60
- 61
- 62
- 63
- 64
- 65
- 66
- 67
- 68
- 69
- 70
- 71
- 72
- 73
- 74
- 75
- 76
- 77
- 78
- 79
- 80
- 81
- 82
- 83
- 84
- 85
- 86
- 87
- 88
- 89
- 90
- 91
- 92
- 93
- 94
- 95
- 96
- 97
- 98
- 99
- 100
- 101
- 102
- 103
- 104
- 105
- 106
- 107
- 108
- 109
- 110
- 111
- 112
- 113
- 114
- 115
- 116
- 117
- 118
- 119
- 120
- 121
- 122
- 123
- 124
- 125
- 126
- 127
- 128
- 129
- 130
- 131
- 132
- 133
- 134
- 135
- 136
- 137
- 138
- 139
- 140
- 141
- 142
- 143
- 144
- 145
- 146
- 147
- 148
- 149
- 150
- 151
- 152
- 153
- 154
- 155
- 156
- 157
- 158
- 159
- 160
- 161
- 162
- 163
- 164
- 165
- 166
- 167
- 168
- 169
- 170
- 171
- 172
- 173
- 174
- 175
- 176
- 177
- 178
- 179
- 180
- 181
- 182
- 183
- 184
- 185
- 186
- 187
- 188
- 189
- 190
- 191
- 192
- 193
- 194
- 195
- 196
- 197
- 198
- 199
- 200
- 201
- 202
- 203
- 204
- 205
- 206
- 207
- 208
- 209
- 210
- 211
- 212
- 213
- 214
- 215
- 216
- 217
- 218
- 219
- 220
- 221
- 222
- 223
- 224
- 225
- 226
- 227
- 228