1
Atrof olam Aziz bolajonlar! Siz bu kitob yordamida tabiat, atrofdagi narsa buyumlar va ularning tuzilishi, vazifalari bilan yaqindan tanishasiz. Kundalik hayotda zarur predmetlarni nomlashga, ulardan toʻgʻri foydalanishga oʻrganasiz. Kitobda quyidagi mavzular bilan tanishasiz: Yuvinish vositalari Oʻquv qurollari Kiyimlar
Oziq ovqatlar Mevalar Sabzavotlar Uy hayvonlari
Yovvoyi hayvonlar Qushlar Quyosh, oy va yulduzlar Yil fasllari Vaqt birliklari Yil Suv Oy Xafta
Oʻrmon Gul va daraxtlar Kasblar Transportlar
YUVINISh VOSITALARI Bolajonlar! Har kuni siz uyqudan turib ketma-ket yuvinish harakatlarini bajarasiz. Bunda sizga rasmdagi buyumlar kerak boʻladi. SOVUN SOChIQ TISH PASTASI VA ShOʻTKASI Sovun badan va kiyimlarni Sochiq artinish uchun Tish pastasi va choʻtkasi ishlatiladi. Sochiq yuz va bilan tishlar har kuni yuvish uchun ishlatiladi. Sovun kir chiqaradi. oyoq uchun alohida kamida 2-marta yuviladi. tutiladi. U bilan qoʻllarni yuvish kerak.
TAROQ MOChALKA ShAMPUN Taroq bilan soch taraladi. Mochalka bilan badan Shampun bilan soch va ishqalanib yuviladi. badan yuviladi. Mustaqil topshiriqlar: Y_ozing ___________ bilan soch taraladi. ____________ va ____________ bilan tishlar yuviladi. Shampunda ______ va ________ yuviladi. Toping Mos katakka (+) belgisini qoʻying. Yuvinish vositalari Shampun Sovun Tish pastasi
OʻQUV QUROLLARI Aziz bolajonlar! Rasmda oʻquv qurollari berilgan. Ular yordamida Siz oʻqiysiz, yozasiz, chizasiz, boʻyaysiz, qirqasiz, yelimlaysiz. Oʻquv qurollari sizga olamni idrok etishda yordam beradi. Endi ular bilan birma-bir tanishamiz. Bu kitob. Daftar. Unga yozib, Bu rangli qalamlar. xarflarni oʻrganamiz. Kitob bizga olamni Daftarni toza va tartibli Ular bilan rasm oʻrgatadi. U eng yaxshi tutish kerak. chizamiz va doʻstdir. boʻyaymiz.
Bu chizgʻich. Bu rangli qogʻoz. Bu yelim. U bilan oʻlchaymiz va U bilan narsalar u bilan qogʻoz va chizamiz. U taxtadan, yasaymiz. matolarni bir-biriga yelimdan va temirdan yopishtiramiz. qilinadi. Bu ruchka. Bu oʻchirgʻich. Bu rasm albomi. U bilan yozamiz va Unga rasm chiziladi. U bilan xatolarni va chizamiz. Ruchka ham keraksiz yozuv, har xil rangda boʻladi. chizmalarni oʻchiramiz. Mustaqil topshiriqlar: _ Yozing ___________ bilan yozamiz va chizamiz. ____________ bilan rasm chizamiz. ______ ______ bizga olamni oʻrgatadi, u eng yaxshi doʻst.
KIYIMLAR Bular kiyimlar. Ular insonlarni sovuqdan, issiqdan asraydi. Kiyimlar oʻgʻil bolalar va qiz bolalar uchun moʻljallangan. Kiyimlar ustki, ichki, bosh va oyoq kiyimlarga ajratiladi. Hozir ular bilan birma-bir tanishasiz.
OZIQ-OVQATLAR Aziz bolajonlar! Bugungi darsimizda salomatligimizning asosiy sababchilari, yaʼni oziq-ovqatlar haqida gaplashamiz. Hech bir tirik jon uzoq vaqt davomida oziq-ovqatsiz yashay olmaydi. Ammo sogʻlom boʻlish uchun pala-partish ovqatlanish yaramaydi. Sogʻlom va toʻgʻri ovqatlanish sogʻlom turmush garovidir. SHIFOKOR MASLAHATI! Agar siz goʻzal, sogʻlom va kuchli boʻlishni istasangiz, faqat foydali oziq-ovqatlarni isteʼmol qiling.
XOʻSh FOYDALI OZIQ-OVQAT NIMA? Agar, bu muzqaymoq, shirinliklar, tort va barcha turdagi shirinliklar deb oʻylayotgan boʻlsangiz Siz adashdingiz. Insonning yeydigan oziq-ovqati turli vitamin va mineral moddaga toʻyingan boʻlishi kerak. Oziq-ovqat tarkibida foydali moddalar boʻlishi kerak: oqsillar, yogʻlar, uglevodlar, vitaminlar va minerallar. Oqsilga eng boy goʻsht, baliq, tuxum va sut mahsulotlaridir. G Oʻ Sh T BALIQ TUXUM SUT MAHSULOTLARI
Uglevodlarga boy ovqatlar - non, don, shakar, sabzavotlar va mevalar. UN MAHSULOTLARI DONLAR Sh A K A R MEVA VA SABZAVOTLAR Bolalar siz foydali oziq-ovqatni har kuni isteʼmol qilishingiz kerak! 1) Oʻylab koʻring, salomatlikka zarar yetkazuvchi oziq-ovqatlarga Oʻylash nimalar kiradi? uchun 2) Rasmdagi bolalar qanday oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilishmoqda? Ular kunning qaysi qismidagi ovqatni qabul qilyapti deb oʻylaysiz?
Bolalar, sogʻlom va foydali mahsulotlardan tashqari, tarkibida turli xil zararli moddalar, kimyoviy qoʻshimchalari boʻlib, inson salomatligiga, ayniqsa, bolalarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari ham mavjud. Bu yogʻli va achchiq ovqatlar, chipslar, fast fudlar, gazli ichimliklar, saqichlar. Endi men sizga tajriba oʻtkazishni taklif qilaman. ! Pepsi-Cola bilan tajriba. Buning uchun grafin oling. Unga voronka joylashtiring, voronkaga paxta boʻlagini, uning ustidan esa Pepsi-Cola quying. Paxta boʻlagi qanday rangda? (jigarrang). Paxta boʻyaldi, demak, ichimlik tarkibida boʻyoq bor. Bu esa sogʻliq uchun yomon. Chips tajribasi. Endi chipslarni batafsil koʻrib chiqamiz. Ular yogʻli, qovurilgan, turli xil ziravorlar bilan sepiladi. Salfetka ustiga chipslarni toʻkib, ular ustidan bosing. Salfetkada yogʻ dogʻlari qoldimi? Bir grafin suv oling va ichiga chipslarni soling, qoshiq bilan aralashtiring. Suv iflos va yogʻli boʻlib qoldi. Sizningcha, siz chipslarni yeyishingiz mumkinmi, nega? ZARARLI OZIQ-OVQAT MAHSULOTLAR Sh I R I N L I K L A R Ch I P S L A R G A Z L I I Ch I M L I K FAST FUDLAR
Toʻgʻri fikrni aniqlang. 1. Gazli ichimliklar organizm uchun foydali. 2. Tuz, shakar va yogʻ mahsulotlarini koʻp isteʼmol qilish kerak. 3. Baliq goʻshtida A va D vitaminlari, oqsil bor. Parhezshunos olimlar oziqlanish piramidasini ishlab chiqqan. Piramidaning asosida koʻp isteʼmol qilinadigan mahsulotlar, yuqori qismida kam isteʼmol qilinadigan mahsulotlar berilgan. Oziqlanish piramidasini oʻrganing, koʻp yoki oz isteʼmol qilinadigan mahsulotlar nomini ayting va sogʻlom ovqatlanish haqida maʼlumot tayyorlang. Savollarga javob bering. 1. Oziq piramidasidagi qaysi mahsulotlar tarkibida oqsil koʻp uchraydi? 2. Uglevodga boy oziq mahsulotlarini bilasizmi?
«Nimalar qovuriladi?» KOTLET BALIQ K A R T O Sh K A TUXUM TOVA TOVUQ G Oʻ Sh T Q Oʻ Z I Q O R I N KOLBASA «Nimalar qaynatiladi?»
«Nima ortiqcha?» Har bir qatordagi ortiqcha oziq-ovqatni oʻchiring. MUZLATGICHDA QANDAY OZIQ-OVQATLAR SAQLAYMIZ? Muzlatgichdagi mahsulotlar nomini ayting. 1.___________________ 2.___________________ 3. ___________________ 4. ___________________ 5. ___________________ 6. ___________________ 7. ___________________ 8. ___________________ 9. ___________________ 10.__________________ 11.__________________ 12. __________________ 13. __________________ 14. __________________ 15. __________________ 16. __________________ 17. __________________ 18. __________________ 19. __________________ 20. __________________ 21. __________________ 22. __________________
Mevalar Meva (lat. fructus-meva) - oʻsimlikning suvli isteʼmol qilish mumkin boʻlgan mevasi. Meva odamlar va koʻplab hayvonlarning oziq-ovqatining muhim tarkibiy qismidir. “Meva” botanikaga oid soʻz emas, balki u maishiy va iqtisodiy atamadir. Qishloq xoʻjaligida isteʼmol qilish mumkin boʻlgan oʻsimliklarni meva va sabzavot, yongʻoq, don va boshqalarga boʻlinadi. Mevalar rezavor mevalardan kattaligi bilan farq qiladi, isteʼmol qilish vaqtida ikki barmoq bilan olinmaydi va butunlay ogʻziga solinmaydi. Meva 3 qismdan — sirtqi qism yoki poʻst (ekzokarp)dan, poʻstsimon yoki yogʻochlangan qism (endokarp) va ular oʻrtasiga joylashgan oraliq qism (mezokarp) — meva etidan iborat. Meva tarkibida turli xil vitaminlar va minerallar mavjud. Masalan, sitrus mevalari C vitaminiga boy, ularda karotin va B vitaminlari ham bor, umuman olganda, deyarli barcha mevalarda provitamin A, C, K va P vitaminlari mavjud, ular tarkibida fruktoza, saxaroza, pektinlar, kraxmal, organik kislotalar, mineral tuzlar mavjud. Antioksidant xususiyatlarga ega boʻlgan e vitamini uzum, nok, kivi, mango, shaftoli, xurmo va anorlarda koʻp.
Olma Nok Oʻrik Olxori Xurmo Shaftoli Behi Anjir Olcha Uzum Anor Banan Kivi Apelsin Ananas Limon
Mustahkamlash Mevalar Savol Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar Meva haqida nimalar bilib oldingiz? Siz qaysi mevani yaxshi koʻrasiz? Hovlingizda qanday meva daraxti bor?
Yozing Kalit soʻzlaridan foydalangan holda gaplarni toʻldiring. 1. Bogʻda __________ gʻarq pishibdi. 2. , , mevalar. 2 3. Mevalar daraxt da pishadi. 2 4. _________ bolalar bogʻbonga koʻmaklashdilar. Kalit olma, sabzi, bogʻbon, nok, piyoz, bogʻ, behi, daraxt, meva, soʻzlar bolalar, dala. Toping Oʻyin Toʻrtinchisi ortiqcha
Nomlang Birlik / Koʻplik Nok Olma Noklar Olmalar Toping Oʻxshash mevalarni belgilang
Toping
Mevalar rangini top
Yasang Rasm asosida olmani plastilindan yasang 23
Sabzavot Sabzavotlar - bu baʼzi oʻsimliklarning isteʼmol qilish mumkin boʻlgan masalan, mevalar, yormalar va yongʻoqlardan tashqari oʻsimlikning qattiq qismidir (qoʻziqorin va isteʼmol qilish mumkin boʻlgan suv oʻtlarining tanalarini ushbu toifaga kiritish mumkin). Sabzavotlar inson rasionining muhim qismidir. Aksariyat hollarda sabzavot manbai qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan sanoat miqyosida yetishtiriladigan sabzavot ekinlari hisoblanadi. Dehqonlar sabzavotlarni yetishtirish bilan shugʻullanadilar. Pomidor Bodring Baqlajon Bulgʻori Sarimsoq Rediska Kartoshka Sholgʻom 24
Gulkaram Garmdori Joʻxori Sabzi Piyoz Karam Qovoq Lavlagi Mustahkamlash Sabzavotlar Savol Sabzavot haqida nimalar bilib oldingiz? Siz yana qanday sabzavotlarni bilasiz? Hovlingizning tomorqasida qanday sabzavotlar yetishtiriladi? 25
Yozing Gaplarni kerakli soʻzlar bilan toʻldiring. 1. Qizil __________ juda achchiq. 2. sabzavotlar. 3. Lavlagi qonni koʻpaytiradi. 4. Dalada bobo _________ kartoshka va sabzilarni kavlab olishdi. Kalit dala, bogʻ, dexqon, bogʻbon, lavlagi, piyoz, sabzavot, karam, soʻzlar garimdori. Toping Oʻyin Oshga solinadigan sabzavotlarni belgilang 26
Toping Sizni yigʻlatadigan sabzavotni belgilang Topishmoq Qat-qat toʻni bor, Bir qarich toʻni bor. 27
Yasang Rasm asosida sabzini yasang. 28
UY HAYVONLARI TOPISHMOQNI TOPING. ? Soyada yotar, Uyni qoʻriqlar. (IT) Aziz oʻquvchilar! Bugungi darsimizda uy hayvonlari toʻgʻrisida suhbatlashamiz. Odamlar hayvonlarni oʻzlariga oʻrgatib, ularni uy hayvonlariga aylantirishdi. Endi inson ular uchun uy quradi, har kuni ovqat tayyorlab beradi, tozalaydi, yuvadi, kerak boʻlsa – davolaydi. Uy hayvonlariga- it, ot, sigir, tuya, qoʻy, echki, eshak, choʻchqa, mushuk, quyon kiradi. Uy hayvonlarining nomlarini ayting. IT M U Sh U K QUYON E Ch K I Q Oʻ Y Ch Oʻ Ch Q A E Sh Sh A K SIGIR OT TUYA 29
Ularni nima maqsadda boqadilar? Uy hayvonlari kishilarning hovlilarida va fermalarda yashaydi. Kishilar ularni boqadi. Bu FERMA, uy hayvonlari boqilib, koʻpaytiradigan joy. Hayvonlarni boquvchi, ferma egasiga FERMER deymiz. Uy hayvonlari kishilar uchun zarur boʻlgan mahsulotlarni beradi. Sigirdan teri, goʻsht va sut olinsa, qoʻydan teri, goʻsht, yogʻ va jun olinadi. Sigir eng yirik uy hayvonlaridan biridir. Ular podalarda boqiladi. Sigir bizga sut, sariyogʻ, tvorog, goʻsht, poyabzal, sumka, kiyim tayyorlash uchun teri beradi. Tushib qolgan harfni toping S_G_R 30
OT Xonaki ot yovvoyi otning tabiatda yoʻq boʻlib ketgan yagona kichik turidir. Ot insonning azaliy yordamchisidir. Ot odamga goʻsht, teri beradi. U yuklarni tashish uchun \"xizmat qiladi\", ot bilan muloqot qilishda kishiga quvonch keltiradi. Uy eshaklari yovvoyi eshaklarning kenja turi boʻlib, u xoʻjalik va insoniyat madaniyatining rivojlanishida muhim rol oʻynagan. Eshaklar otlardan oldin xonakilashtirilgan. Ular inson yuk tashish uchun foydalangan birinchi hayvonlar edi. Eshak nihoyatda chidamli va suvsiz va ovqatsiz otga qaraganda uzoqroq yura oladi. Tushib qolgan harfni toping __ Sh __ K Diqqat! Uy hayvonlari tepishi, suzishi, tishlashi yoki tirnashi mumkin. 31
Q Oʻ Y E Ch K I Ularning asosiy qiymati goʻshti, suti, issiq, qalin junidir. Qoʻy va echki sutidan pishloq, jundan esa issiq kiyim toʻqish uchun ip tayyorlanadi. Itlarning ajdodlari yovvoyi boʻrilardir. Itlar bir necha ming yillar davomida odamlarga sodiqlik bilan xizmat qilishgan. Ular haqli ravishda insonning eng yaxshi doʻsti deb ataladi. Itlardan himoya qilish uchun, koʻr odamlar uchun yordamchi sifatida, qoʻriqlashda, shuningdek, hamroh hayvon sifatida ishlatiladi. IT 32
Birinchi qadimgi Misrda mushuklar qoʻlga oʻrgatilgan. Ular don omborlarini, ekinlarni yoʻq qiladigan kemiruvchilardan himoya qilish uchun boqilgan. Kishilar mushuklarni hamroh, doʻst hayvon sifatida boqadilar. Tushib qolgan harfni toping M _ Sh _ K Bu qiziq! Moʻylovlar mushukka u teshikdan oʻtib keta olish yoki olmasligini aniqlashga yordam beradi. Oʻylash uchun. Ortiqcha soʻzni oʻchiring. SUT TERI TUXUM BUZOQ SUT JUN GOʻSHT PAXTA TUXUM SUT JUN GOʻSHT 33
YOVVOYI HAYVONLAR Aziz oʻquvchilar! Avvalgi darsda uy hayvonlari bilan yaqindan tanishdingiz. Ularning nomlarini, nima uchun boqilishi, foydalari haqida bilib oldingiz. Keling endi yovvoyi hayvonlar haqida suhbatlashaylik. Yovvoyi hayvonlar oʻrmon, togʻ, choʻl, dasht, daryo va dengizlarda yashaydilar. Ularning baʼzilari oʻt-oʻlanlar, don-dunlar va mevalar bilan oziqlanadi. Yaʼni ularning ozuqasi oʻsimliklardir. Ayrimlari esa boshqa hayvonlarni ovlab kun kechiradi, yaʼni ular yirtqichlardir. YOVVOYI HAYVONLAR Tabiatda mustaqil yashaydi Oʻz bolalariga gʻamxoʻrlik qilishadi. Yashash joylarini qurishadi Ular oʻz ozigʻini mustaqil topishadi. 34
OʻSIMLIKLAR BILAN OZIQLANADIGAN YOVVOYI HAYVONLAR TIPRATIKON OLMAXON KENGURU JIRAFA KIYIK ZEBRA FIL BIZON TOSHBAQA TOPISHMOQNI TOPING. ? Tuya desam, kattakon, Usti keng, bir makon. Javobini aylanaga oling. BIZON TOSHBAQA FIL BUGʻU 35
YIRTQICH HAYVONLAR AYIQ YOʻLBARS ShER TULKI BOʻRI TOʻNGʻIZ SILOVSIN GEPARD TIMSOX BILIB OLING! ! Ham oʻsimlik, ham jonivorlar bilan oziqlanadigan hayvonlar ham mavjud. Yosh biolog qaysi hayvonning terisini oʻrganmoqda? 36
KIM YASHIRINGAN? QAYSI BIRI ORTIQCHA? 37
HAYVONLAR OZUQA ZANJIRI SAVOLLARGA JAVOB BERING. Bolalar rasmdagi hayvonlar nima bilan oziqlanishar ekan ? ? Siz hayvonot bogʻiga borganmisiz? U yerda qanday hayvonlar saqlanishi mumkin? Yovvoyi hayvonlarning zarar va foydalarini bilasizmi? Qaysi ertaklarda hayvonlar ishtirok etadi? 38
Qaysi yulduz bizga issiq beradi? Quyosh – bu yulduz. U ham boshqa yulduzlarga oʻxshaydi. Biroq ulardan farqi shuki, u yer planetasiga yaqindir. Uni olovli shar ham deyishadi. Chunki u issiq gazdan tashkil topgan. Quyoshdan nur va issiq havo chiqadi. Nuri Yerni yoritsa, havosi esa, isitadi. Shuning uchun ham Yer planetasida hayot mavjuddir. Quyoshning sirtida qora dogʻlar boʻladi. Ularni “Quyosh dogʻlari” deyishadi. Quyoshning sirti shunchalik issiqki, agar raketa unga yaqin uchsa, u erib ketishi mumkin Oʻylash Planetada hayotning mavjudligi deganda nimani tushunasiz? uchun Namunadagi gapni oʻqing va davom ettiring. Namuna. Yerda odamlar yashaydi. 39
Quyosh tizimi Aziz oʻquvchilar! Bugun darsda Quyosh tizimi bilan tanishamiz. Buning uchun rasmga qarang. Nima uchun quyosh tizimi deb nomlanganini topishga harakat qiling. Quyoshga tizimida 9 ta planeta bor. Quyoshga yaqin 8 ta planetalar joylashgan. Har bir planeta quyosh atrofida harakatlanadi. Quyosh va planetalar Quyosh tizimini tashkil qiladi. Planeta nomlari va oʻzaro joylashuvi Merkuriy va Venera Quyoshga eng yaqin planetalardir. Merkuriy Venera Biz odamlar Yerda yashaymiz. Uning yoʻldoshi bor-Oy. 40
YERDA HAYOT BOR, CHUNKI... Yer haqida Aziz oʻquvchilar! Yer haqida qiziqarli maʼlumotlar sizni qiziqtiradimi? Unda maʼlumotlarni oʻqing va topshiriqlarni bajaring. 1-maʼlumot. Yerning biz koʻrib va bosib turgan joyini Yer yuzasi-qobigʻi deyiladi. Yerning tarkibida toshli jinslardan tashkil topgan qatlamlar bor. Odamlar Yerning eng ustida yashaymiz. Bu qobiq toshli, qattiq jinslardan iborat. Yerning ichiga chuqur kirib borgan sari erigan, qizigan qatlamlarga duch kelish mumkin. Bu erigan va qizigan qatlamlardan vulqonlar otilib chiqadi. 2-maʼlumot. Yer suyuq holda suv bor yagona planetadir. Shuning uchun ham Yerda odamlar, hayvonlar va oʻsimliklar yashaydi. Boshqa birorta planetada hayot borligi aniqlanmagan. Suv bor joyda hayot bor. Suv boʻlmasa, odam ham, oʻsimliklar-u, hayvonlar ham yashamaydi. 41
3-maʼlumot. Yer quyosh atrofida aylanadi. Yerning quyosh tomonga qarab turgan qismida issiq va yorugʻ boʻladi. Tun Kun ? Nega bu tomonda tun? ! Rasmlarning oʻxshash va farqli tomonlarini toping Salom bolalar! Men Tomchiman. Butun planetani aylanib chiqdim. Insonlarni, hayvonlarni va oʻsimliklarni koʻrdim. Aytingchi, tomchivoy qaysi planetani aylanib chiqibdi? ? Bu planeta nima uchun hayot bor? 42
Yer qobigʻi YER ! Yer qobigʻining ustki qatlamini koʻrsating. Qoʻshimcha savollarga javob toping va Quyosh tizimi haqidagi bilimlaringizni sinab koʻring. Quyosh planetami yoki yulduzmi? Quyoshdagi qora dogʻlarni nima deyiladi? ! Tajriba oʻtkazing. Koʻchadan ixtiyoriy maysani yulib oling. Bir qismini suvli idishga, bir qismini boʻsh idishga soling. Maysalarni 2 kun kuzating. Nima sodir boʻldi? Nima uchun boʻsh idishdagi maysalar oʻzgardi? 43
VAQT BIRLIKLARI Aziz oʻquvchilar! Bugun darsda vaqt oʻlchov birliklari bilan tanishasiz. Vaqt gʻaroyib tushuncha, uni koʻrib yoki qoʻl bilan ushlab boʻlmaydi. Vaqtni faqat sezish mumkin. Har bir inson vaqtni aniqlashni, soatni tushunishni va ulardan foydalanishni oʻrganishi kerak. Odamlar vaqtni oʻlchash bilan qadimdan shugʻullanib kelishgan. Ular Quyosh, Oy harakati va boshqa hodisalarning muayyan vaqtlarda takrorlanib turishini sezganlar va ulardan vaqtni oʻlchashda foydalanganlar. Biz vaqtni juda aniq oʻlchash uchun soatdan foydalanamiz. Qadimda vaqtni oʻlchash usullari Quyosh soati Qum soati Soat nima? Soat vaqt oʻlchov birligi, u 60 daqiqa yoki 3600 soniyaga teng vaqt oraligʻidir. 1 daqiqa 1 soatga nisbatan tez oʻtadi. Soat Soatning raqamlari va millari millari bor boʻlib, uning qizil rangli, eng uzun mili soniyani, qora rangli, oʻrtacha uzunlikdagi mili daqiqani va kalta mili soatni necha boʻlganligini koʻrsatadi. 44
Oʻylash Bir paytning oʻzida soat millari Yer yuzidagi mamlakatlarda har uchun xil vaqtni koʻrsatadi. Nima uchun? Vaqtni bilish kishilarga nima uchun zarur? Soatlarga diqqat bilan qarang, soatlarda koʻrsatilgan vaqtni chiziqlar ! bilan belgilang. ! Soatdan vaqtni aniqlash (amaliy ish). Darsga uchta (soat, daqiqa, soniya) mili bor boʻlgan katta soat olib kiriladi. Bundan tashqari turli vaqtlarni koʻrsatib turgan soatlar rasmi yoki millarini surish mumkin boʻlgan karton yoki fanerdan yasalgan soat ham boʻlishi kerak. Avval bolalarga soatning tuzilish, har bir mili nimani koʻrsatishi hamda raqamlar nimani bildirishi tushuntiriladi. Soʻngra karton soatda soat millarini har xil holatga surib qoʻyib vaqtni hisoblash mashqi bir necha bor qaytariladi. Bolalar bularni tushunib olganlaridan keyin soat dan vaqtni aniqlash boʻyicha mashqlar oʻtkaziladi. 45
SUTKA KUN VA TUNDAN IBORAT Aziz oʻquvchilar! Siz Yer sayyorasi, Quyosh, Oy va yulduzlarni oʻrganganingizda, nima uchun kun bilan tun almashishini bildingiz. Kun bilan tun sutkani hosil qiladi. Bu sutka. Yerning qaysidir qismida kun, boshqa qismida esa tun. Demak, sutka kun va tundan iborat. Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi — sutka deyiladi. 1 sutka 24 soatdan iborat. Xalq tilida sutkaga “kun” deb ham aytiladi. HAFTA KUNLARI, KECHA, BUGUN VA ERTAGA NIMA? UNI QANDAY BILAMIZ? Hafta - vaqt oʻlchov birligi. Yetti sutka (dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba) 1 haftadan iborat. Hafta deyarli barcha xalqlarda qadimdan mavjud. bu sutka bu esa hafta. 46
Har bir hafta kunining nomlari bor, buni bilsangiz kerak. Ammo hafta kunlari ish va dam kunlaridan iborat ekanligini hamma bolalar ham bilavermaydi. Koʻp mamlakatlarda ish kunlari deb dushanbadan jumagacha boʻlgan kunlar hisoblanadi. Kecha, bugun va ertaga Eng yaqin oʻtgan sutkamiz kecha, hozirgi sutkamizni bugun va kelayotgan sutkaga ertaga deymiz. 32 1 1 ! Kishining oʻsishi, vaqti oʻtishini kecha, bugun va ertasini koʻrsating. Kecha - Bugun - Ertaga - ! Uy 3 kunda qurilgan boʻlsa, kecha va bugun uyning qaysi qismi qurildi, ertasigachi? Rasmlarni mos soʻzlar bilan birlashtir. Kecha Bugun Ertaga YIL 12 OYDAN IBORAT! 47
Aziz oʻquvchi! Sutka, kecha, bugun, ertaga va hafta nima ekanligini bilib oldingiz. Endi sizni oylar va yil bilan tanishtiramiz. Oylar bir yil davomida yuzaga keladigan davrlardir. Har bir oyning oʻziga xos soni boʻlgan kunlari bor. Misol uchun, Yanvar oyida 31 kun, Fevral oyida esa 28 yoki 29 kun mavjud boʻladi. Ayrim oylar esa 30 kundan iborat. Nima uchun oylarning kunlari har xil sonda? Tunda osmonda yulduzlardan tashqari Oyni koʻrishimiz mumkin. Eʼtibor qilganmisiz? Oyning koʻrinishi har doim har xil. Toʻliq Oy Yarim oy Tugayotgan Yangi Oy Oy Oyning bu holati takrorlanib turadi. Oyning toʻlib, yangilanish davomiyligi har xil kundan iborat. Oyning bu holatlari 31 kun, 30 kunda, baʼzida 28 yoki 29 kunda kuzatiladi. Shuning uchun taqvim oylarida kunlar soni har xildir. Mana shunday oylardan 12 tasi 1 yilni tashkil etadi. Oy tajribasi: Tunda oyni kuzatib, uning ! holatini (toʻliq, yangi, yarim, tugayotgan) aniqlang va doirani Oyning koʻrinishiga mos boʻyang. 48
Search
Read the Text Version
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
- 6
- 7
- 8
- 9
- 10
- 11
- 12
- 13
- 14
- 15
- 16
- 17
- 18
- 19
- 20
- 21
- 22
- 23
- 24
- 25
- 26
- 27
- 28
- 29
- 30
- 31
- 32
- 33
- 34
- 35
- 36
- 37
- 38
- 39
- 40
- 41
- 42
- 43
- 44
- 45
- 46
- 47
- 48
- 49
- 50
- 51
- 52
- 53
- 54
- 55
- 56
- 57
- 58
- 59
- 60
- 61
- 62
- 63
- 64
- 65
- 66
- 67
- 68
- 69
- 70
- 71
- 72
- 73
- 74
- 75
- 76
- 77
- 78
- 79
- 80
- 81
- 82
- 83
- 84
- 85
- 86
- 87
- 88
- 89
- 90
- 91
- 92
- 93
- 94
- 95
- 96
- 97
- 98
- 99
- 100
- 101
- 102
- 103
- 104
- 105
- 106
- 107
- 108
- 109
- 110
- 111
- 112
- 113
- 114
- 115
- 116
- 117
- 118
- 119
- 120
- 121
- 122
- 123
- 124