Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore LIDERLAR Lotin FINAL 1707

LIDERLAR Lotin FINAL 1707

Published by Davroon Nuriddinov, 2021-08-16 13:47:20

Description: LIDERLAR Lotin FINAL 1707

Search

Read the Text Version

Odam tabiatan qiziq yaratilgan – boyligini yo‘qotsa, xafa bo‘ladi-yu, umri zoye ketayotganiga esa parvo qilmaydi. Abul Faroj *** “Ertaga” so‘zi qatʼiyatsiz kishilar va bolalar uchun o‘ylab topilgan. I.S.Turgenev *** Barcha yukni ko‘tardim, ammo burchdan og‘irroq yukni ko‘rmadim. Barcha lazzatni totib ko‘rdim, ammo salomatlikdan chuchukroq lazzatni totmadim. Eng shirin lazzat sog‘lik- salomatlikda ekanini angladim. Luqmoni Hakim *** Agar xohishing ortidan bormasang, hech qachon unga egalik qila olmaysan. Agar so‘ramasang, hech qachon javob olmaysan. Agar birinchi qadamni tashlamasang, hozir turgan joyingda qolib ketasan. Nora Roberts *** Sening muvaffaqiyating va baxting – sening ichingda yashiringan. Helen Keller *** Muvaffaqiyat siri – imkoniyat kelganda, unga tayyor bo‘lib turishdir. Benjamin Dizraeli *** Hayotingda g‘olib bo‘lishdan oldin o‘z ongingda g‘olib bo‘lishing kerak. Jon Eddison *** Optimist ham pessimist ham o‘zlaricha xaq. Tanlov esa senga bog‘liq. Harvey Makkey ***

Agar mo‘ljaldan adashsang, hech qachon buni noto‘g‘ri bajardim deb o‘ylama! Keyingi mo‘ljalni to‘g‘ri olish haqida o‘yla. Toni Alfonso *** Hayotdagi biznesimiz – boshqalardan oldinga o‘tib ketishni emas, o‘zimizdan ilgarilab ketishimizni ang­latadi. Zig Ziglar *** Men muvaffaqiyat uchun kalitni bilmayman, lekin mag‘lubiyat uchun kalitlardan eng asosiysi - har bir odamga yoqishga harakat qilishdir. Bill Kosbi *** Muvaffaqiyat - 20 % tajriba va 80% strategiya deganidir. Jim Ron *** Sen nafaqat nima deb aytishingga, balki nima deb aytmasligingga ham javobgarsan. Martin Luzer *** Maqsadlar sari har kuni kichik qadamlar ajoyib natijalarga olib keladi. Oldinga harakat qilishda davom eting. Lesli Kassidi *** Har bir odam qandaydur ish uchun dunyoga keladi. Yer yuzida yashab yurgan har bir insonning hayotda o‘z vazifasi bor. Ernest Xemenguey *** “O‘ylash – eng murakkab ish: shuning uchun ham juda kam sonli kishilargina o‘ylash bilan mashg‘ul bo‘lishadi”. Genri Ford *** Agar biz kimdandir yordam kutsak yoki kerakli daqiqani kutsak, o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Biz faqat o‘zimizdan kutishimiz kerak. Biz o‘zimiz kerak bo‘lgan o‘zgarishmiz.

Barak Obama *** Muvaffaqiyat asosiy maqsadingiz ko‘z oldingizda turganda keladi. Maqsadingiz ko‘zdan nari ketishi bilan muvaffaqiyat ham ketadi. Bernard Shou *** Donolik bilan nodonlik shu qadar yaqinki, odam donolikni qancha ko‘p daʼvo qilsa, shuncha nodon bo‘ladi. O‘tkir Hoshimov *** Gapirishni o‘rganibdimi – demak, katta bo‘libdi, jim turishni o‘rganibdimi – demak, dono bo‘libdi. Bernard Shou *** Har tong uyqudan turib, fikrla: “Bugun mening omadim keldi, - men uyg‘ondim. Men hayotman, menda mana shu bebaho inson hayoti bor va men uni behuda sarflamayman”. Dalay Lama *** Bu dunyoda eng to‘g‘ri taqsimlangan narsa – aql. Chunki shu paytgacha hali hech kim aqli kamligidan shikoyat qilmagan. Mishel Monten *** Mohirlik bilan foydalanilsa, hayot uzun. Seneka, faylasuf *** Boshqalar xohlamaganini bugun bajarsangiz, ertaga boshqalar erisha olmagan hayotda yashaysiz. Jaret Leto *** Umr o‘tkazishning ikkita usuli bor. Birinchisi, go‘yo hech qanday moʻjiza yo‘qday yashab o‘tish. Ikkinchisi, hayotdagi hamma narsa moʻjiza ekaniga ishonib yashab o‘tish. Albert Eynshteyn Kimki ilmlarni o‘rgansa-yu, ularni ishda qo‘lla­masa, go‘yoki ariq qazib, yerga ekin ekmagan yoki ekin ekib, uning hosilidan foydalanmagan odam kabidir. Alisher Navoiy ***

Agar biz o‘zimizni o‘zganing o‘rniga qo‘yib ko‘rsak, boshqalarga nisbatan rashk va nafratimiz yo‘qolgan bo‘lur edi; agar biz boshqalarni o‘zimizning o‘rnimizga qo‘yib ko‘rsak, bizdagi manmanlik va g‘urur pasaygan bo‘lur edi. Iogann Volfgang Gyote *** Bitta daraxtdan millionta gugurt donasi yasaladi. Bitta gugurt donasi bilan millionlab daraxtlarga o‘t qo‘yiladi. Shuning uchun hayotingdagi millionlab ijobiy ishlaringga taʼsir qilmasligi uchun bitta ham salbiy ish qilma. Doktor Ibrohim Fiqiy *** Sizni ulug‘likka undaydigan hech bir narsaga eʼtiborsiz bo‘lmang. Stendal *** Itga tashlangan suyak – bu rahm-shafqat emas. Rahmdillik – siz och paytingizda it bilan bo‘lishadigan suyakingizdir Jek London *** Bosilgan qadam – odatga, odat – xarakterga, xarakter esa qismatga aylanadi. Uilyam Meykpis Tekkerey *** Kam ichding – nima-yu, ko‘p ichding – nima, farqsiz, igna ham, yo‘g‘on qoziqning uchi ham ko‘zga kirar bo‘lsa, baribir ko‘r qiladi. Tohir Malik *** Imkoniyatlar keladi-ketadi; tezkor qarorlarni qabul qila olish esa juda muhim. Robert Kiyosaki *** Inson o‘z nomidan gapirganida ko‘proq mug‘ombirlik qiladi. Unga niqob bering va u sizga haqiqatni aytadi. Oskar Uayld *** O‘zingiz haqingizda gapirishga shoshilmang. Siz haqingizda suhbat siz ketishingiz bilan boshlanadi. Al-Pachino *** Men qayta va qayta muvaffaqiyatsizlikka uchradim va shuning asnosida muvaffaqiyatga erishdim. Maykl Jordan *** Insonni axloq jihatidan tarbiyalamasdan turib, intellektual jihatdan tarbiyalash, bu jamiyat uchun tahdid demakdir. Teador Ruzvelt Mening maslahatim shundan iboratki, bugun qilish mumkin bo‘lgan ishni hech qachon ertanga qoldirma. Keyinga surish – bu vaqt o‘g‘risiga imkon berishdir. Uni yoqasidan ushla! Charlz Dikkens *** G‘olib bo‘lish uchun g‘alabaga munosib ekaningizga ishonishingiz kerak.

Mayk Didka *** Muvaffaqiyatga erishish uchun atigi ikki qadam tashlash kifoya: aslida nimani istashingizni aniq belgilab olish, so‘ng shularning hammasi uchun talab qilinadigan badalni to‘lash. Banker Xant *** Qiyinchiliklar bilan to‘qnashmagan inson kuch nimaligini bilmaydi. Musibat ko‘rmagan insonga botirlik kerak emas. Taajjub, insonga xos eng aʼlo fazilatlar aynan qiyinchiliklarga to‘yingan muhitda shakllanadi. Garri Fosdik *** Boyligini yo‘qotgan ko‘p narsani yo‘qotadi; do‘sti­ni yo‘qotgan undan ham ko‘p yo‘qotadi; jurʼatini yo‘qotgan hamma narsani yo‘qotadi. Migel de Servantes *** Eslab qoling, agar tadbirkor uning shirkatida kalamushlar yo‘q deb hisoblasa, uning ko‘zi yaxshi ko‘rmaydi. Yoki undan ham yomoni, uning miyasi yaxshi ishlamaydi. Ural Suleymanov *** Muvaffaqiyat siri: boshqalar hali uxlayotgan paytda o‘qing; boshqalar bekorchilik bilan shug‘ullanayotgan paytda ishlang; boshqalar o‘ynayotgan paytda tayyorlaning va boshqalar istayotgan vaqtda orzu qiling”. Uilyam A. Uard *** Oldin bilimlarga pul tikish lozim, keyin bilimlarni pulga. Bu - har qanday rivojlanishning modeli. Mixail Proxorov *** O‘z mehnati natijasini birdaniga ko‘rmoqchi bo‘lgan odam etikdo‘z bo‘lishi kerak. Albert Eynshteyn *** Sotuv va marketing o‘rtasidagi farq shuki, sotuvda sen o‘zingda bor narsadan qutulasan, marketingda esa, odamlar xohlayotgan narsani taklif qilasan.

Ted Levitt *** Faqat fokus guruhlarga tayanib mahsulotlar yaratish juda mushkul. Odamlar ko‘pincha toki ko‘rsatmaganingcha, o‘zlariga nima kerakligini bilishmaydi. Stiv Jobs *** Inson o‘ziga yoqadigan ish bilan pul topishga urinmasa, hayotidagi eng katta xatoni qilgan bo‘ladi. Malkolm Forbs *** Raqobatchingizdan o‘rganing, chunki u sizdan o‘rganadi. Jeff O‘Liri *** Bilim va tushunish o‘rtasida katta farq bor: siz biron narsa haqida, uni haqiqatdan ham tushunmay turib, juda ko‘p narsa bilishingiz mumkin. Charlz Franklin Kettering *** Biznesda sizga ikki xil pul bilan haq to‘lashadi: naqd pul va tajriba bilan. Avval tajriba to‘plang, naqd pul keyin keladi. Garold Ginin *** Ahmoqlik va donolik ham xuddi yuqumli kasallik­lar singari bo‘ladi. Shu sababli do‘stlaringni o‘ylab tanla. Uilyam Shekspir *** Har kuni kompaniyamning 95% aktivlari mashinalariga o‘tirib uylariga ketadi. Mening vazifam – shunday mehnat sharoitlarini yaratishdan iboratki, toki keyingi kun ertalab ular yana ishga qaytib kelgilari kelsin. Ular kompaniyaga olib keladigan kreativlik raqobatbardosh afzallik tug‘diradi. Jeyms Gudnayt ***

Xalqning bir qismini doimo aldash mumkin va butun xalqni bir oz vaqt aldash mumkin, lekin butun xalqni doimo aldab bo‘lmaydi. Avraam Linkoln *** Moliya va biznes – xavfli suvlar bo‘lib, unda ochko‘z akulalar o‘z qurbonlarini qidirib aylanib yuradilar. Bu o‘yinda bilim – kuch va hokimiyat kalitidir. Nima qilayotganligingizni bilish uchun pul sarflang. Bo‘lmasa, kimdir sizni chuv tushirib ketadi. Moliyaviy savodsizlik – katta muammo. Kishilar ko‘pincha yaxshi tayyorgarlik ko‘rmaganliklari sababli xavfli vaziyatlarga tushib yuradilar. Donald Tramp *** Muvaffaqiyatga erishish uchun o‘zingizni jahondagi 98% odamlardan ajratishingiz kerak. Siz albatta, o‘sha tanlangan ikki foizga qo‘shilishingiz mumkin. Aql, meh­natsevarlik yoki puxta o‘ylangan reja hech nimani ang­­latmaydi. O‘sha ikki foiz amal qilib yashayotgan retsept, muvaffaqiyat formulasi mavjud bo‘lib, siz ham maqsadga erishish uchun undan foydalanishingiz mumkin. Donald Tramp *** Biznesda muvaffaqiyatlar kaliti – innovatsiyalarda. Ular esa, o‘z navbatida kreativlikdan tug‘iladi. Jeyms Gudnayt *** “Yaxshi rahbar qo‘l ostidagilarning o‘z ishini o‘zi kutgandan ham ancha yaxshi bajara olishi uchun ularda o‘zlari o‘ylagandan ham ko‘p qobiliyat borligini tushunishiga yordam beradi. Charlz Irvin Uilson *** Buyuk yetakchining o‘ylagan narsasini amalga oshirish jurʼati kuchli ichki ehtiros, intilishidan kelib chiqadi, lavozimidan emas. Jon Maksvell *** Muvaffaqiyat – bu boshqalar taslim bo‘lganda, siz ko‘rsatgan qatʼiyat samarasi. Uilyam Fizer *** Odamlar har doim aybni vaziyatga to‘nkashadi. Men vaziyat kuchiga ishonmayman. Bu dunyoda muvaffaqiyatga shunday odam erishadiki, kim o‘ziga kerak shart-sharoitlarni qidirsa va agar topmasa, o‘zi yaratsa. Jorj Bernard Shou *** Shunchaki bilishning o‘zi yetarli emas, bilimlarni qo‘llash kerak. Shunchaki istash yetarli emas, harakat qilmoq kerak. Iogann Volfgang fon Gyote *** Muammolar orqangizdan turtmasin, orzular oldinga yetaklasin. Duglas Everett *** Har qanday yutuq sinab ko‘rishga jazm qilishdan boshlanadi. Mixail Barishnikov

*** Noto‘g‘ri yo‘ldan yugurgilagan odam, g‘alabadan olislab ketadi; to‘g‘ri yo‘ldan odimlagan muvaffaqiyatga tezroq erishadi. Xitoy maqoli *** Mukammal bilganlaringiz chegarasidan tashqarida bo‘lgan biron narsani amalga oshirishga urinmas ekansiz, rivojlanmaysiz. Ralf Uoldo Emerson *** PESSIMIST inson har qanday imkoniyat ortida qiyinchilikni ko‘radi, OPTIMIST har qanday qiyinchilikda imkon topadi. Uinston Cherchill *** Ko‘pincha, motivatsiya uzoqqa yetmaydi, deb aytishadi. To‘g‘ri, u xuddi dushga o‘xshaydi, shuning uchun ham dushga har kuni tushish tavsiya etiladi. Zig Ziglar *** Daromadlarimiz hayot bizga taqdim etgan har qanday imkoniyatlarga bergan “ha”, deb bergan javoblarimiz soniga bog‘liq. Robert Kiyosaki *** Inson qaysi manzil tomon ketayotganini bilmasa, hech bir shamol unga yo‘ldosh bo‘lolmaydi. Seneka *** Muvaffaqiyat yo‘lidagi eng katta to‘siq – bu muvaf­fa­qiyatsizlik oldidagi qo‘rquvdir. Sven Goran Erikson *** Mehnatsiz muvaffaqiyatga intilish, bu – o‘zingiz urug‘ ekmagan yerdan hosil olishni istash bilan barobar. Devid Blay *** Hayotingiz 10 foizga siz bilan sodir bo‘layotgan hodisalarga va 90 foizga shu hodisalarga siz qanday qarashingizga bog‘liq. Jon Maksvell OLTINCHI BO‘LIM Ibratli hikoyalar Bu bo‘limda “Liderlar” kanalida eʼlon qilingan ibratli hikoyalar bilan tanishishingiz mumkin. Ushbu masal, rivoyat, hikoyalar gazeta-jurnal, kitob va internet nashrlaridan olingan. Foydalangan manbalarimiz va mualliflar haqida bilganlarimizni ko‘rsatib o‘tdik, baʼzilarini topa olmadik. Agarda aniq manba va mualliflari qayd etilmagan ayrim hikoyalar haqida maʼlumotga ega bo‘lsangiz yoki mualliflari kimligini bilsangiz, albatta, bizga xabar bering, biz buni kanalimizda yoritib o‘tamiz. Ikki o‘tinchi Bir kuni ikki o‘tinchi o‘rmonga o‘tin kesgani boribdi va kim ko‘p o‘tin chopishga o‘zaro musobaqalashishibdi. Birinchi o‘tinchi ko‘proq o‘tin chopish maqsadida tanaffussiz, dam

olmasdan ishlabdi. Ikkinchi o‘tinchi esa, maʼlum vaqt ishlagach, biroz dam olar, keyin yana ishini davom ettirardi. Birinchi o‘tinchi raqibi tomondan ahyon-ahyonda boltaning taq-tuq ovozi jimib qolayotganini eshitib, quvonchi ichiga sig‘masdi. Kun oxirida ikkalasi natijani hisoblashsa, ikkinchi o‘tinchining o‘tinlari ancha ko‘p emish. Birinchi o‘tinchi hayron bo‘lib so‘rabdi: – Qanaqasiga sening o‘tinlaring ko‘p bo‘lishi mumkin, axir sen dam olib, men esa tanaffussiz ko‘proq ishladim. Mantiqan olganda, mening o‘tinlarim ko‘p bo‘lishi kerak edi-ku! Shunda ikkinchi o‘tinchi javob beribdi: – Barchasi oddiy, dam olgan paytlarim boltamni, o‘tkirladim, shu sababli natijam samarali bo‘ldi. Sen esa tinimsiz ishlaganing uchun boltang o‘tmaslashib qoldi, kun oxiriga borib, deyarli o‘tin chopolmay qolding. Xulosa: Dam olishsiz ishlash har doim ham samara beravermaydi. Aksincha, bu xodimlarning tinka-madorini quritadi, ish sifatiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Manba: ijtimoiy tarmoqdan olingan. Sizning xulosangiz:___________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ______________________ Muzlatgichdagi ayol... Go‘sht fabrikasida ishlaydigan bir ayol ish tugagandan so‘ng muzlatgichlarni tekshirish uchun kirganda eshik bexosdan yopilib ayol muzlatgichni ichida qolib ketdi. Ayol ovozi boricha baqirib yordam so‘radi. Muzlatgich eshigini tepdi, yig‘ladi, ammo hech kim eshitmadi, yordamga kelmadi. Ish vaqti tugagani uchun hamma ishchilar uylariga ketib bo‘lishgan edi. Oradan bir-ikki soat o‘tgandan keyin muzlatgich eshigini eshik yonida turadigan qorovul ochdi. Ayol hayron bo‘lib, qorovuldan so‘radi: – Siz mening muzlatgichga qamalib qolganimni qayerdan bildingiz? Axir sex ichini tekshirish sizni vazifangizga kirmaydi-ku? – Men o‘ttiz besh yildan beri shu yerda ishlayman. Bu yerga qanchasi kelib-ketadi, lekin birortasi men eshik tagida turib, ularni kuzatishimni sezishmaydi. Guyoki men yo‘q odamman ularga... Ammo siz har kuni ertalab men bilan salomlashib, kechki mahal xayrlashib ketasiz. Birgina sizning ko‘ngil uchun hol-ahvol so‘raganingiz tufayli men o‘zimning inson ekanimni his qilaman. Ertalab salom berib, ishxonaga kirib ketdingiz, ammo ish tugagandan so‘ng sizning xayrlashib chiqib ketganingizni ko‘rmaganim uchun ichkarida biror narsa bo‘lgandir, deb xabar olib kirgandim, – dedi... Xulosa: Odamlar bir-birlarini hurmat qilib, siylab, qadrlab yashashlari shart! Zero, ertangi kunimiz ne bo‘lishini yolg‘iz Yaratgandan boshqa hech kim bilmaydi... Manba: ijtimoiy tarmoqdan olingan. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________

O‘ziga ishongan chumoli Odamlar yo‘lda ketayotsa, bir chumoli qarshisida turgan tog‘ning toshlarini yelkasiga ortib, chetga chiqarayotgan emish. Undan nega bunday qilayotganini so‘rashibdi... – Tog‘ning narigi tomonida onam bor. Onamning oldiga borib-kelishim uchun tog‘ning o‘rtasini yorib, o‘zimga yo‘l qilyapman, – deb javob beribdi. Odamlar: – Bu sening qo‘lingdan kelmaydi-ku, – deyishibdi. Shunda chumoli: – Qo‘limdan kelmaslik bahona bo‘lolmaydi, – degan ekan... Xulosa: Maqsadlar sari dadil qadam bosmas ekanmiz, har qanday oddiy narsalar ham qo‘ldan kelmaydi. Istasa va izlansa, har qanday maqsadga yo‘l bor, dangasa insonlargina bahonalar tufayli o‘zlarini to‘xtatishadi. Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olingan. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Kitob o‘qiyvering! Mashoyixlardan biri hikoya qiladi: “Bir kuni shayximga: “Ustoz, ushbu kitobni to‘liq o‘qib chiqdim, lekin xotiramda bu kitobdan hech narsa qolmadi”, dedim. Shunda ustozim bir dona xurmo berib: “Buni yegin”, dedi va birozdan so‘ng menga: “Xurmo yeganing uchun katta bo‘lib qoldingmi?” deb savol berdi. Men: “Yo‘q”, dedim. Ustozim: “Lekin bu xurmo sening badaningga singib, sening tanangda go‘sht, suyak, pay, teri, soch va tirnoqlarga aylanmoqda”, dedi. Xulosa: Shunda anglab yetdimki, men o‘qiyotgan kitob ham ongimga singib, o‘zim bilmagan holda mening lug‘at boyligimni oshirar, aqlimni ziyoda qilar, ahloqimni sayqallar hamda gapirish uslubimni go‘zal qilar ekan. Manba: ijtimoiy tarmoqdan olingan. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Hayot va qahva piyolasi Obro‘li bir oliy o‘quv yurtini tamomlagan, hozir yaxshi joylarda ishlaydigan bir guruh sobiq talabalar ustozlarini yo‘qlab kelishdi. Suhbat asnosida gap ishga ko‘chdi va ular qiyinchiliklar ko‘pligidan, turli muammolardan shikoyat qilishdi. Professor mehmonlarga qahva taklif qildi, roziliklarini olgach, oshxonaga yo‘naldi va birozdan so‘ng patnis ko‘tarib chiqdi. Unga turli xil - chinni, shisha, plastik va billur piyolalar terilgan edi. Ayrimlari oddiy, ayrimlari qimmatbaho edi. Shogirdlari piyolalarni olib bo‘lgach, professor ularga yuzlanib, shunday dedi:

– Eʼtibor beringlar, hammalaring qimmatbaho va zeb-ziynatli piyolalarni oldilaringiz. Oddiy va arzonlari patnisda qoldi. Bu aslida siz uchun meʼyordagi holat – eng yaxshisini istaysiz. Biroq shu bilan birga bu kayfiyat barcha muammolaringiz va tashvishlaringizning ildizi hamdir. Yodingizda bo‘lsin, piyola hech qachon qahvaning taʼmini o‘zgartirib, yaxshilab qo‘ymaydi. Qimmatbaho piyolalar baʼzida ichidagi qahvaning asl ko‘rinishini yashiradi ham. Hammalaring istagan narsa aslida qahva edi, piyola emas. Lekin sizlar ongli ravishda chiroyli idishlarni tanladingiz, keyin kimga qanaqasi tushdi ekan, deb bir-birlaringizning piyolangizga eʼtibor qaratdingiz. Tasavvur qiling, hayot bu - qahva; ish, pul, vaziyat, jamiyat kabilar esa - piyoladir. Ular tirikchilikni taʼminlash vositalari, xolos. Xulosa: Qanday piyolaga ega bo‘lishimiz hayotimizning mohiyati va asl sifatini o‘zgartirmaydi. Baʼzida, faqat piyolalarga eʼtibor berib, qahvaning taʼmidan lazzatlanishni unutib qo‘yamiz. Manba: ijtimoiy tarmoqdan olingan. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Yagona urinish Bir kuni ustoz o‘z o‘quvchisini kamondan o‘q uzishga o‘rgatayotgan edi. O‘quvchi kamonni va ikkita o‘qni olib, mashq bajarishga shaylandi. Biroq ustoz uning oldiga borib, undan o‘qning birini olib qo‘ydi va uloqtirib yubordi. – Nima uchun ikkinchi o‘qimni olib qo‘ydingiz? – so‘radi o‘quvchi. – Men sendan ikkinchi o‘qingni emas, birinchi o‘qingni olib qo‘ydim, chunki birinchi o‘qing baribir nishonga tegmas edi. – Ammo nima uchun? – hayrat bilan so‘radi o‘quvchi. – Chunki o‘q uzayotib, sen zaxirangda yana bitta urinish borligini anglab turgan bo‘lar eding, – dedi ustoz. Xulosa: Hayotda yana imkoniyatlarim bor-ku deb yashash xatolaringizni ko‘paytirishi mumkin. Bitta imkoniyatdan unumli foydalanib, xatoga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiling. Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olingan. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Sizni qanday yodga olishlarini xohlaysiz? Taxminan yuz yil muqaddam bir kishi ertalabki gazetaga qaradi, ko‘zi sarlavhada yozilgan o‘z ismiga tushib hayrat va dahshatda qoldi. Gazetalar adashib, uning vafot etgani haqida xabar berishgandi. U bundan shokka tushib qoldi. “Men shu yerdami yoki u yerdami?” U yana xayollarini jamlashga urindi, miyasiga kelgan ikkinchi fikr, bu - odamlarning u haqda nima deyishlarini bilish edi.

Gazetada shunday yozilgan edi: “Taqdimot o‘qildi, Dinamit Qiroli vafot etdi va u o‘lim savdogari edi. U kishi dinamitning ixtirochisi edi va o‘lim savdogari bo‘lib o‘ldi”. Bu jumlalarni o‘qib bo‘lgach, o‘ziga shunday savol berdi: “Meni insonlar shunday xotirlashmoqchimi?” U his-tuyg‘ulariga g‘arq bo‘ldi va odamlar uni bu tarzda yodga olishlarini xohlamaslikka qaror qildi. Shu kundan boshlab, u tinchlik uchun harakat qila boshladi. Uning ismi Alfred Nobel edi va u bugun buyuk Nobel mukofoti bilan yodga olinadi. Alfred Nobel o‘zining his-tuyg‘ulariga berilib, qadriyatlarini qayta belgilab qo‘yganidek, biz ham orqaga nazar tashlab, xuddi shunday qilishimiz kerak. O‘zingizdan so‘ng nimani meros qilib qoldirasiz? Sizni qanday yodga olishlarini xohlaysiz? Siz haqingizda yaxshi gaplarni aytishadilarmi? Sizni sevgi va hurmat bilan eslab qolishadilarmi? Sog‘inadilarmi? Manba: “UzBuild” telegramm kanali Tanqid haqida ibratli hikoya Bir shogird uzoq fursat mashhur rassomning qo‘lida taʼlim olibdi va kasb mahoratini egallab olgach, ustozidan oq fotiha berishni so‘rabdi. – Ijozat bersangiz, men ham mustaqil ish boshlasam, o‘rganganlarimni amalda tatbiq etsam… Ustoz javob beribdi: – Sen mening eng yaxshi shogirdimsan, juda ko‘p narsani o‘rganding. Ammo mustaqil ish boshlashingdan oldin so‘nggi maslahatim bor. Buning uchun borgin-da, eng yaxshi rasmingni chizib kel! Shogird ustozining oldidan mamnun holda chiqib, bor mahorati bilan zo‘r rasm chizibdi. So‘ng uni ustozining oldiga olib kelibdi. Ustozi rasmni ko‘rib, shogirdiga topshiriq beribdi: – Endi shu suratni shaharning eng gavjum joyiga olib borib ilib qo‘y va yoniga qizil qalam qo‘yib, shu satrlarni yoz: “Rasmdan xato va kamchilik topganlar shu qizil qalam bilan belgi qo‘ysin!” O‘z rasmining mukammalligiga shubha qilmagan shogird ustozining aytganini bajaribdi va ikki kundan so‘ng ko‘zda yosh bilan qaytib kelibdi: – Ustoz, mendan rassom chiqmaydi! Qarang, eng mukammal deb hisoblagan rasmim odamlarga yoqmabdi. Ustoz qarasa, rasmning qizil qalam tegmagan joyi qolmabdi hisobi, odamlar hammayog‘iga belgi qo‘yib tashlashibdi. Shunda ustoz shogirdiga yana topshiriq beribdi. – Endi qizil belgilarni o‘chirib tashlagin-da, shu rasmni o‘sha gavjum joyga yana ilib qo‘y, ammo bu safar rasmning yonida qizil qalam emas, mo‘yqalam bilan ranglar idishini qoldir va shu satrlarni yoz: “Rasmda xatolik ko‘rganlar mo‘y qalam bilan o‘sha xatoni tuzatib qo‘ysin!” Shogird chiqib ketibdi. Bir kun, ikki kun, bir hafta, bir oy vaqt o‘tibdi. Ammo bironta odam rasmga o‘zgartirish kiritmabdi. Shogird buni tushuna olmay turganida ustozi unga so‘nggi maslahatini ilinibdi: – Ko‘rdingmi? Odamlar shunaqa, tanqid qilish so‘ralsa, hamma o‘zini shu kasb mutaxassisi hisoblaydi, ammo tuzatishga kelganda hammalari jim bo‘lishadi. Xulosa: Unutma, biron narsani tanqid qilishdan avval o‘rniga nima bera olishing mumkinligini o‘yla. Yo‘qsa, tanqid qilma! Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olingan.

Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Tarixni o‘zgartirgan buyuklar Yigirmanchi asrning boshlarida bir Shotlandiyalik fermer uyiga qaytar ekan, botqoq yerning yonidan o‘tdi. Birdan o‘sha tarafdan yordam so‘rab baqirayotgan ovozni eshitdi. Fermer yordamga yugurdi va u yerda botqoqlik o‘zining iflos qaʼriga tortayotgan bir bolani ko‘rdi. Bola o‘zini botqoqlikning qo‘rqinchli zichligidan chiqarishga harakat qilar edi. Lekin uning har bir harakati tobora cho‘kishini tezlatar edi. Bola tirishib, qo‘rquvdan baqirar edi. Fermer daraxtning qalin bir shoxini sindirib oldi. Xaloskor ehtiyotlik bilan shoxni cho‘kayotgan bolaga uzatdi. Bola uning yordamida xavfsiz yerga chiqib oldi. Uni kuchli titroq bosgan edi, uzoq vaqt ko‘z yoshlarini to‘xtata olmadi, lekin, asosiysi, u qutqarilgan edi! – Yur men bilan, uyimga olib boraman, – taklif qildi fermer, – sen o‘zingga kelib olishing kerak, qurinib, isinib olishing lozim. – Yo‘q-yo‘q, – bola boshini chayqatdi, – meni otam kutyapti. U juda xavotir olayotgan bo‘lsa kerak. U xaloskorining ko‘zlariga tikilib turdi-da, yugurgancha ketdi... Ertalab fermer uyining oldiga boy bir izvosh kelib to‘xtaganini ko‘rdi. Izvoshga zotli otlar bog‘langan edi. Izvoshdan qimmatbaho kiyimlar kiygan bir janob tushdi va so‘radi: – Mening o‘g‘limning hayotini kecha siz saqlab qolgan edingizmi? – Ha, men, – javob berdi fermer. – Men sizga qancha to‘lashim kerak? – Meni xafa qilyapsiz, janob. Siz menga hech narsa qarz emassiz. Chunki, men oddiy odam qanday harakat qilishi kerak bo‘lsa, shunday harakat qildim xolos. – Yo‘q, men buni shunday qoldirolmayman. Chunki, o‘g‘lim men uchun juda qadrli. Istagan pulingizni so‘rang, – qistadi tashrifchi. – Men bu haqda hech narsa gapirgim kelmayapti. Xayr. Fermer ketish uchun o‘girildi. Shu vaqt uydan kichik o‘g‘ilchasi chiqib, uning yelkasiga osildi. – Bu sizning o‘g‘lingizmi? – so‘radi badavlat mehmon. – Ha, – g‘urur bilan javob berdi fermer o‘g‘lining boshini silagancha. – Keling, bunday qilamiz. Men sizning o‘g‘lingizni o‘zim bilan Londonga olib boraman. Uning taʼlim olishi uchun barcha xarajatlarni to‘layman. Agar u buni siz xohlayotganingizdek xohlasa, u holda siz ham, men ham bu qarorimizdan afsuslanmaymiz... Oradan yillar o‘tdi. Fermerning o‘g‘li maktabni tugatdi. Keyin Tibbiyot universitetini. Tez orada uning nomi “Penitsillin kashfiyotchisi” sifatida dunyoga tanildi. Uning ismi Aleksandr Flemming edi. Urush arafasida Londonning boylar uchun klinikasiga o‘pkaning o‘ta shamollashi tashxisi bilan xuddi o‘sha janobning o‘g‘lini keltirishdi. Bu gal uning hayotini qutqarib qolinishiga nima sabab bo‘ldi, deb o‘ylaysiz? Ha, Aleksandr Flemming tomonidan kashf qilingan penitsillin. Flemmingga taʼlim bergan boy janobning ismi Randolf Cherchill edi. Uning o‘g‘lini esa Uinston Cherchill deyishardi. O‘sha, keyinchalik Angliyaning premyer-ministri bo‘lgan Cherchill. Xulosa: Uinston Cherchill aytgan edi: “Qilgan yaxshiliging, albatta, o‘zinga qaytadi”. Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olingan.

Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Maqsad sari intilishdan charchama Bir odam dengiz qirg‘og‘ida sayr qilib yurardi. Uning diqqatini sal nariroqda nimanidir yerdan olib, dengizga otayotgan bola tortdi. Yaqinroq kelganda esa, bolaning qumdan dengiz yulduzchalarini olib, suvga otayotganini ko‘rdi. Yulduzchalar esa son-sanoqsiz edi. Shunchalik ko‘p ediki, millionlarcha yulduzlar qirg‘oq bo‘ylab necha kilometrlargacha sochilib yotardi. – Nega yulduzlarni dengizga otyapsan? – deb so‘radi kishi bolaga yaqin kelib. – Agar dengiz yulduzlari ertalabgacha quruqlikda qolishsa, halok bo‘lishadi, – deb javob berdi bola mashg‘ulotini davom ettirib. – Axir bu ahmoqlik-ku! – dedi haligi odam. – Atrofingga qara! Bu yerda millionlarcha dengiz yulduzlari. Sen bu harakating bilan hech narsani o‘zgartirolmaysan! Bola navbatdagi yulduzni qo‘liga oldi, bir lahza o‘ylanib, uni ham dengizga uloqtirdi va dedi: – Yo‘q, mening harakatlarim ko‘p narsani o‘zgartiradi… Mana bu yulduz uchun. Shunda u odam ham bir dengiz yulduzini olib, dengizga otdi. Keyin yana birini... Kechga yaqin qirg‘oqda yuzlab odamlar dengiz yulduzlarini dengizga otish bilan band edilar. Izoh: Siz ham hayotda yangi ish boshlaganingizda yoki katta ishlarni rejalashtirganingizda yoningizda odamlar paydo bo‘ladi, bu ishingiz befoydaligi va hech qanday samara bermasligiga sizni ishontirishni boshlashadi. Siz unga savol bersangiz, buni qayerdan bilasiz, nima, sinab ko‘rganmisiz, desangiz, yo‘q, sinamaganman, ko‘rib turibman, deydi. Ular o‘zlari omadsiz va dangasa, sizni ham shunday bo‘lishingizni xohlashadi. Agar siz ularga eʼtibor bermay, mehnat qilishdan to‘xtamasangiz albatta, natijani ko‘rasiz. Shunda ham shu odamlar sizning, oldingizga kelib aql o‘rgatishni boshlashadi. Shunday ekan, to‘xtamang, oldinga yuring, barcha muvaffaqiyatlar birinchi qadamdan boshlangan, million dollar ishlab topish uchun avval bir dollar ishlab topish kerak, keyin sekin-sekin 10, keyin 100, keyin 1000 va hokazo. Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olingan. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Bir piyola choy Xayol qiling: oldingizda bir piyola choy turibdi. Unga bir qoshiq shakar qo‘shing. Lekin aralashtirmang. Ichib ko‘ring-chi, shakarning mazasi chiqdimikan? Albatta, yo‘q. Piyolaga bir oz boqib turing-da, so‘ngra choydan ho‘plang. Qalay? Maza kiribdimi? Menimcha, yo‘q. Vaqt o‘tib, choy sovib boryapti, biroq siz hali biror ho‘plam shirin choy icholganingiz yo‘q. Bu turishda choy sovub, oxiri hech kimning ichgisi kelmay ham qoladi...

Hayot ham shunday. U xuddi bir piyola choy kabidir. Allohning sizga bergan aql-zakovati esa shakar. Agar uni ishlatmas ekansiz, shakarning mazasini bilmaysiz. Jaloliddin Rumiy Unutilgan vaʼda Bir podshoh o‘ta sovuq tunlarning birida qasriga qaytayotib, yupun kiyingan bir qari soqchiga ko‘zi tushib qoldi. Unga yaqin kelib: – Sovqotmaysizmi? – deb so‘radi. – Sovqotaman. Lekin mening issiq kiyimim yo‘q, shuning uchun chidashga majburman, – deb javob berdi qari soqchi. Podshoh unga biron xizmatkoridan issiq kiyim berib yuborishni vaʼda qilib, ichkariga kirib ketdi. Bu vaʼdadan soqchi juda xursand bo‘ldi. Lekin ichkariga kirgan zahoti podshohning soqchiga bergan vaʼdasi yodidan ko‘tarildi. Ertalab esa qari soqchi hayotdan ko‘z yumgan edi. Uning yonida qaltiroq qo‘llari bilan yozilgan bir noma turardi. Nomada shunday deyilgan edi: “Podshohim, shu vaqtga qadar har tunda sovuqqa chidab kelayotgan edim. Ammo bu kecha sizning issiq kiyim haqidagi vaʼdangiz quvvatimni oldi va meni halok etdi”. Xulosa: Birovga bergan vaʼdangiz siz o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq maʼnoga ega ekanini unutmang! Bergan vaʼdangizga xilof ish qila ko‘rmang! Sizning bu ishingiz qanchalik og‘ir natija berishi mumkinligini o‘ylang. Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olingan. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Fokus - bu kalit Agar siz bir vaqtda bitta maqsadga diqqatingizni qaratsangiz va taslim bo‘lmasangiz, uni 95 foiz imkoniyat bilan bajara olasiz. Agar ikkita maqsad xayolingizda bo‘lsa, imkoniyat 65 foizga tushadi, agar uchta maqsad bo‘lsa, 25 foiz imkoniyatingiz qoladi. Takrorlangan yolg‘on rostga aylanadi. Milliarderlar eng katta yolg‘onchilardir! Ular o‘zini-o‘zi juda ko‘p marta aldaganlar. Yaxshi niyatda, albatta! Ular xayolan qayta-qayta o‘zlarining omadli ekanliklarini, boy ekanliklarini takrorlashadi va diqqatini shunga qaratishadi. Bu takrorlashlar miyadagi maxsus filtrni yorib o‘tadi va ong ostiga yetib boradi. Qarabsizki, o‘sha affirmatsiyalarni doimiy takrorlagan oddiy shaxsga pullar kelish yo‘llari ochiladi, unga sharoit yaratib beradigan odamlarni uchratadi. Xullas, boyishga imkon paydo bo‘ladi. Xulosa: Siz hozir kimsiz va kim bo‘lmoqchisiz? Siz hozir “hech kim” bo‘lsangiz ham, affirmatsiyalarni takrorlash orqali kimdir bo‘lishga erisha olasiz! Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olingan.

Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Hech bir narsa shunchaki emas! Ikki farishta oddiy yo‘lovchi odamlar shakliga kirib, bir boy-badavlat oilaning uyida tunab qolishibdi. U oila mehmondo‘st emas ekan va farishtalarni mehmonxonaga kirgizishni xohlashmay, ularga sovuq yerto‘ladan joy berishibdi. Farishtalar endi yotish uchun joy solishayotgan ekan, katta farishta devorda o‘yilib tushgan joyni ko‘rib, uni xuddi hech narsa bo‘lmaganday qilib tuzatib qo‘yibdi. – Nimaga unday qilding? – so‘rabdi kichik farishta. Bunga katta farishta shunday javob beribdi: – Hech bir narsa shunchaki emas, shunchaki ko‘ringani bilan. Ertasi kuni ular tunab qolgani kambag‘al, lekin mehmondo‘st yigit va uning xotinining uyiga kelishibdi. Er-xotin uyida bor narsani farishtalar bilan baham ko‘rishibdi va ularga o‘z joylarini taklif qilishibdi. Qayerda ularga dam olish qulay bo‘lsa, o‘sha yerda dam olishlarini aytishibdi, o‘zlari esa yerda yotishibdi. Ertalab farishtalar uyg‘onib, hovliga chiqishsa, er-xotinning yig‘lab o‘tirganini ko‘rishibdi. Ularning yakka-yu yagona, suti bilan ro‘zg‘orga zo‘r-bazo‘r yarab turgan sigirlari o‘lib yotar edi. – Nega sen bunday qilding? – so‘rabdi kichik farishta katta farishtadan, – birinchi oilaning hamma narsasi bor edi va sen unga yordam berding, devorini tuzatding. Bu oilani esa deyarli hech narsasi yo‘q edi, lekin ular biz bilan o‘zlarida borini baham ko‘rishdi, sen esa ularning yakkayu yagona sigirini o‘lishiga yo‘l qo‘yib berding. Nima uchun ?! – Hech bir narsa shunchaki emas, shunchaki ko‘ringani bilan, – javob berdi katta farishta, – biz sen bilan yerto‘lada bo‘lganimizda, o‘sha o‘yilib tushgan devorning ortida bir xumda oltin bor edi. Uyning egasi esa xasis edi va hech kimga yaxshilik qilishni xohlamasdi. Agar o‘sha oltinlarni u topganida, bundan hech kimga foyda yo‘q edi, shuning uchun ham men u devorni tuzatib qo‘ydim. Ertasi kuni biz kambag‘alning uyida tunab qolganimizda, bu uyga o‘lim farishtasi keldi, kambag‘alning xotinini olib ketgani. Men unga sigirni berdim... Xulosa: Qissadan hissa shuki, hech bir narsa shunchaki emas, shunchaki ko‘ringani bilan! Har bir ishda bir hikmat bor. Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olingan. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Qarz Kichkina shaharchaga bir sayyoh keldi va kichkinagina mehmonxonaga kirdi. Mehmonxona egasiga 100 dollar garov puli qoldirdi va xonalar bilan tanishishga kirishib ketdi. Mehmonxona egasi qo‘liga tushgan naqd puldan zudlik bilan foydalanishga ahd qildi. U yugurib borib qassobdan qarzini uzish uchun 100 dollarni uzatdi. Qassob ham tezda borib fermerdan qarzini uzdi.

Fermer traktorini tuzatib bergan ustadan qarzini uzolmay xunob bo‘lib o‘tirgandi. Shaxdam qadamlar bilan ustaga pulni uzatdi. Usta oziq-ovqat olaverib do‘konchidan 100 dollar qarz bo‘lib qolgani esiga tushdi va do‘konchining yonida yuzi yorug‘ bo‘ldi. Do‘konchi anchadan beri do‘konini tozalab yurgan farroshning oyligini berolmayotgandi. 100 dollarni olgan farrosh ijara pulini to‘lash uchun mehmonxonaga yugurdi va xo‘jayinga pulni uzatdi. Xo‘jayin pulni olgan paytda yuqori qavatdan sayyoh tushdi va bu xonalar unga to‘g‘ri kelmasligini aytib, pulini qaytarib olib, jo‘navordi. Hech kim hech narsaga ega bo‘lmagan bo‘lsa-da, butun shaharcha qarzlaridan qutulgan va kelajakka ishonch bilan qarayotgan edi... Qissadan hissa: Boshingizga keladigan hech bir savdo behuda emas. Yaxshi kundan ham, og‘ir kundan ham hikmat izlang. Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olingan. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Hayot falsafasi ... Falsafa fanidan dars o‘tayotgan professor auditoriyaga qo‘lida stakan ko‘targancha kirib keldi. U hamma ko‘rishi uchun stakanni balandroq ko‘tardi. – Buning og‘irligini biladiganlar bormi? – 50 mg!... – 100 mg! – 125 mg! – degan javoblar yangradi. – O‘lchamasdan turib, buni aniq aytish qiyin. Lekin mening savolim shunday: agar buni bir daqiqa ko‘tarib tursam, nima bo‘ladi? – Hech nima, – talabalardan biri javob berdi. – Yaxshi. Agar bir soat ko‘tarib tursam-chi? – yana so‘radi professor. – Qo‘lingiz og‘riydi, – dedi bir talaba. – To‘g‘ri! Agar bir kun shunday tursam nima bo‘ladi? – Qo‘lingiz uvushib, hech narsani sezmaydi, muskullaringiz toliqib, joningizni azoblaydi. Keyin sizni kasalxonaga olib ketishadi. Talaba qizning kuyinchaklik bilan qaytargan javobi auditoriyaning kulgisiga sabab bo‘ldi. – To‘g‘ri. Ayting-chi, bu stakanni uzoq ko‘tarib turganimda uning vazni ortadimi? Tanim shuning uchun azoblanadimi? – so‘radi professor. Auditoriya bir ovozda “yo‘q” deya javob qaytardi. – Bu azobdan xalos bo‘lishim uchun nima qilishim lozim? – Idishni yerga qo‘ying! – To‘ppa-to‘g‘ri! Unutmang, hayotdagi muammo, tashvishlar ham shunga o‘xshaydi: qancha uzoq ko‘tarib yursang, ular seni shunchalar ko‘p qiynoqqa soladi, – fikrini yakunladi professor. Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olingan. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________

Ibratli hikoya Ikki shaharning mashhur rassomlari rasm chizishda mohirlik borasida doim tortishar edilar. Ularning biri xitoylik, ikkinchisi onado‘lilik (Turkiya) rassomlar edi. Shahar hukmdori ularning orasini ajratish uchun saroyiga taklif qildi. Ularga bir xonani ko‘rsatdi. Uning o‘rtasiga devor o‘rnatishdi. Bir qismi Xitoy rassomlariga va ikkinchisi onado‘lilik rassomlarga topshirildi. Ular o‘z mahoratlarini ishga solib rasm chiza boshladilar. Xitoylik rassomlar juda ko‘p bo‘yoqlar so‘rab, juda chiroyli suratlar chizdilar. Onado‘lilik rassomlar esa o‘zlariga berilgan xonaning bir qismini billurdek shaffof bo‘lgan moviy rangga bo‘yadilar. Belgilangan vaqt tugagach, podshoh xonani tekshirgani kirdi. Birinchi bo‘lib xitoylik rassomlarning ishlarini ko‘rib qoyil qoldi. Ular xonani ustalik bilan bezatgan edilar. Navbat onado‘lilik rassomlarga kelganda, ular oradagi devorni olib tashlashni aytdilar. Oradagi to‘siq olingandan so‘ng xitoylik rassomlar chizgan surat onado‘lilik rassomlar chizgan billurdek shaffof moviy devorlarda aks etdi. Buni ko‘rgan podshoh hayratdan lol qoldi. Buning oddiyligi va bejirimligiga tasannolar aytdi. Qissadan qissa shuki: Barcha go‘zallik va bejirimlilik, chiroyli sabr soddalik va oddiylikdadir. Inson faqat zeb-ziynat va hashamatlarga berilmasligi, sabr qilishi mukofotlarning eng oliysidir. Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olingan. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Kitoblar mazmuni Qadim zamonda bir shahzoda bo‘lgan ekan. Unga otasidan katta kutubxona meros bo‘lib qolgan ekan. Shahzoda ilmga chanqoq bo‘lgani uchun kitoblarda nimalar yozilganini bilmoqchi bo‘lib, shu kutubxonaning xodimi bo‘lgan olimni chaqiribdi va “Bu kitoblar nima haqida?” deb so‘rabdi. Olim: “Bu kitoblarda insoniyat tarixi bitilgan”, debdi. Shunda shoh olimga mana shu kitoblarda yozilgan maʼlumotlarni jamlab kelishni buyuribdi. Olim bir necha yillar mehnat qilibdi. Bir kuni saroyga 500 kitob ortilgan aravani olib kirishibdi. Olim kutubxonadagi kitoblarning mazmunini mana shu 500 kitobga joylashtirgan ekan. Shahzoda bu paytda ancha ulg‘ayib qolgan ekan. Saroydagi ishlarning ko‘pligidan bu kitoblarni o‘qib chiqishga fursati yetmasligini anglabdi va shu 500 kitob mazmunini jamlab kelishni buyuribdi. Olim yana bir necha yillar mehnat qilib, shohning huzuriga 50 ta kitob olib kelibdi. Bu paytga kelib, shoh ancha qarib qolgani sababli ushbu kitoblarni o‘qib chiqishga fursati yetmasligini anglab, mana shu 50 ta kitob mazmunini bitta kitobga jamlab kelishni buyuribdi. Olim yana bir necha yil mehnat qilib shohning buyrug‘ini bajaribdi. Lekin bu paytda shoh o‘lim to‘shagida yotgan ekan. Kitobni hatto ochib qaray olmabdi. Shunda olimga kitobning mazmunini qisqa qilib aytib berishni iltimos qilibdi. Olim unga: “Inson dunyoga yaxshilik qilish uchun kelar ekan”, debdi. Xulosa: Inson dunyoga faqat yaxshi ishlarni qilish uchun keladi. insonning qadr-qimmati uning husni, boyligi yoki martabasiga qarab belgilanmaydi, balki yaxshi ishlarni ko‘p yoki kam qilganiga qarab belgilanadi.

Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olingan. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Hayot falsafasi Bir donishmand qo‘liga bo‘sh ko‘zani olib uni toshga to‘ldiribdi. So‘ng shogirdlarini chaqirib, ularga birinchi savolini beribdi: “Ayting-chi, ko‘za to‘ldimi?” Shogirdlar: “Ha, to‘la”, deyishdi. Shunda ustoz qo‘liga no‘xatli idishni olib ko‘zaga to‘kdi. No‘xat toshlar orasidagi bo‘sh joylarga joylashdi. Ustoz shogirdlariga yana savol berdi: “Endi ko‘zam to‘ldimi?” Shogirdlar yana ko‘za to‘lganini aytishdi. Endi ustoz qum to‘la qutini oldi-da, yana ko‘zaga to‘kdi. Qum tosh va no‘xatlar orasidan o‘tib bo‘sh qolgan joylarni egalladi. Ustoz yana o‘sha savolni berdi, shogirdlari o‘sha javobni qaytarishdi. Nihoyat, donishmand suvli idishni olib uni yana o‘sha ko‘zaga quya boshladi. Ko‘za suv bilan to‘ldi. Shogirdlar ustozdan bu ishning maʼnosini so‘rashdi... Ustoz dedi: “Bundan men sizlarga aytmoqchi bo‘lgan o‘gitim: ko‘za – bizning hayotimiz, toshlar – eng aziz bo‘lgan kishilarimiz, oilamiz, sog‘ligimiz. No‘xat bo‘lsa, yoqimli, ammo judayam muhim bo‘lmagan narsalar: yaxshi ish, dang‘illama uy, mashina, qimmatbaho narsalar. Qum esa, hammaning hayotidagi to‘la mayda-chuyda narsalardir. Agar ko‘zani avval qum bilan to‘ldirsak, no‘xat va eng muhimi, toshlarga joy qolmaydi. Hayot ham xuddi shunday: vaqtingni bekorchi narsalarga sarflasang, eng asosiysiga vaqt qolmaydi. Yaqin insonlaringizga, oilangizga, sog‘lig‘ingizga eʼtibor qaratinglar, boshqa ishlarga vaqt keyin ham topilaveradi. Vaqtingizni avval toshga, so‘ng qumga ajrating. Shu so‘zlarni aytib donishmand o‘rnidan turgan ediki, shogirdlaridan biri savol berdi: “Suv nega kerak edi?” Ustoz nim tabassum bilan dedi: “Men ko‘zaga suvni qo‘shishimdan maqsad: hayotda vaqt qanchalik tig‘iz bo‘lmasin, bekor vaqt ham topiladi”, deyish edi. Xulosa: Bu hayotda bir marta yashaysiz. Shuning uchun har daqiqani qadriga yeting, mol-u davlatni deb oiladan, mehr-oqibatdan uzilib qolmang. Hayotingizda suv ko‘payib ketmasin. Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olingan. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Yangi hayot boshlashga tayyormisiz? Qizil rang to‘ldirilgan shprisni tasavvur qiling. Har kuni siz bir tomchi rangni bir chelak suvga tomizasiz.

Boshida hech qanday o‘zgarish yuz bermaydi: rang bir chelak suvda tez tarqalib ko‘rinmaydi. Ammo har kuni bir tomchidan tomizaversangiz, natijada suv avval och pushti va nihoyat, to‘q qizil rangga kiradi. Xulosa: Yangi hayot boshlash uchun siz ham muammolarga qarshi qizil rang, yaʼni ong kuchini, ichki kuchingizni har kuni oz-ozdan ishga soling. Tinimsiz o‘z ustida ishlayotganlar uchun iloji yo‘q narsaning o‘zi yo‘q. Har kuni o‘z ustingizda ishlang. Hayotingizni o‘z qo‘lingizga olar ekansiz, uni qanday oson boshqarishingiz va sizni nima kutib turganini oldindan sezasiz. O‘zingiz istayotgan hayotni har kuni erinmay barpo etishga tayyormisiz? Tayyor bo‘lsangiz, demak, siz istagan maqsadingizga erishasiz. Siz ikkilanmay yangi hayotga kirib borasiz va u sizni quchoq ochib kutib oladi. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Tafakkur qilamiz... Bir kambag‘al dehqon to‘plagan pullariga eshak sotib oldi. Uni bog‘lab qo‘yay desa arqon topa olmapti. Qo‘shnisini eshigini taqillatipti. Qo‘shni chiqib: – Menda ham arqon yo‘q edi. Biroq bir maslahat beraman, – dedi. – Mayli, ayting. – Eshagingizni bo‘ynidan qo‘lingizni o‘tkazib bog‘lagandek harakat qiling. Shunda u hech qayerga siljimaydi. Dehqon qo‘shni aytgandek qildi. Ertalab chiqib qarasa, eshak joyida turgan emish. Uni minib, ishiga bormoqchi edi. Eshakni joyidan bir qadam ham siljita olmadi. Qancha harakat qildi, lekin foydasi bo‘lmadi. Yana qo‘shnisini yordamga chorladi. Qo‘shniga bo‘lgan ishlarni aytib berdi. Qo‘shni dedi: – Bog‘lagan arqonni yechdingizmi? – Nima bog‘labmanki, uni yechsam. U yerda hech narsa yo‘q-ku bog‘langan?! – Sizningcha yo‘q. Ammo u bor deb o‘ylamoqda. Dehqon borib ko‘rinmas arqonni yechgan edi, eshak yura boshladi. Xulosa: Biror nimaga kimnidir ishontirishdan avval o‘zingizni ishontiring. Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olingan. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Qudratliman, deb xomxayol qilish – baloning boshlanishi Bir to‘rg‘ay bir filning yo‘li ustida o‘ziga uya qurib, tuxum bosdi. Fil shu so‘qmoqdan suv ichishga borar ekan. Fil suv ichishga ketayotganida uyani toptab, tuxumni ezib o‘tib ketdi. To‘rg‘ay bu

badbaxtlikni ko‘rib darhol, bu filning ishi ekanini angladi. Uchib borib filning boshiga qo‘ndi va dedi: – Shohim! Sen nima uchun tuxumlarimni pachoqlab, bolalarimni halok etding? O‘zingga nisbatan meni zaif, kuchsiz va notavon deb sanaganing uchun shunday qildingmi? – Ha, shuning uchun, – dedi fil. To‘rg‘ay buni eshitgach, uchib qushlar yoniga bordi va boshiga tushgan falokatni aytib berdi. Qushlar: – Biz filni nima ham qila olardik? Biz kuchsiz va ojizmiz, – dedilar. To‘rg‘ay ularga dedi: – Iltimos qilaman, siz men bilan borib filning ko‘zini cho‘qib ko‘r qiling. Uning boshiga men ham sho‘rish solishni bilaman. Ular rozi bo‘ldilar. To‘rg‘ay bilan uchib borib, filning ko‘zini o‘yib-o‘yib tashladilar. Shundan keyin fil na suv ichish, na bir ovqat topib yeyishning ilojini qila oldi. Turgan joyida nima topsa, shu bilan kifoyalanib kun kechiradigan bo‘ldi. To‘rg‘ay buni ko‘rgach, alamiga chidolmay, hovuz yoqasiga kelib qurbaqalarga fil ustidan shikoyat qildi. Ular: – Biz kuchli filga qarshi nima ham qila olardik, – dedilar. To‘rg‘ay: – Siz fil turgan joyga yaqin bo‘lgan bir chuqurning chetiga borib, o‘sha yerda baland ovoz bilan vaqir-vuqur qilsangiz, fil sizning ovozingizni eshitib, u yerda suv bor ekan, deb yoningizga boradi- da, chuqurga qulab ketadi, – dedi. Qurbaqalar bunga rozi bo‘ldilar. Chuqur chetiga borib vaqirlay boshladilar. Suvsizlikdan qiynalgan fil qurbaqalarning ovozini eshitib, ular tomon yo‘l oldi va chuqurga yiqilib halok bo‘ldi. To‘rg‘ay esa uchib borib uning boshiga qo‘ndi va qanot qoqib dedi: “Ey o‘z kuchiga ishonib, menga haqorat ko‘zi bilan boqqan zulmkor! Jussam kichkina bo‘lsa-da, zo‘r aql ekanimni ko‘rsatdim, sening bo‘ying daroz bo‘lsa-da, aqling qisqa ekan, xo‘sh, endi nima deysan?!” Manba: “Kalila va Dimna” kitobidan Avval kuch to‘pla Bir kuni kichkina bola otasining oldiga kelib, dedi: – Dada, mening ham sizniki singari katta, chiroyli mashinam bo‘lishini xohlayman. – Ulg‘aysang, albatta, sotib olasan, – javob berdi ota, – balki undan ham kattarog‘ini olarsan?! – Mashinaga pulni qayerdan olaman, – o‘jarligi tutdi bolakayning. – Ishlab topasan. Buni hozirdanoq boshlashing mumkin. – Buning uchun ko‘p ishlashimga to‘g‘ri keladi-ku, dada? – Hechqisi yo‘q. Sen dastavval kuch to‘plab ol, – dedi ota. – Nima? – tushunmadi bolakay. – Tasavvur qil: sen relsdan yelib boruvchi poyezdsan, – tushuntira ketdi ota o‘g‘liga, – poyezdni esa to‘xtatishning sira ham iloji yo‘q! Hattoki uning yo‘lida mahobatli devor ko‘tarilsa ham, u bu to‘siqni yorib o‘tib, yurishda davom etaveradi. Chunki u yetarlicha kuch to‘plab olgan bo‘ladi-da! Poyezd o‘zidan keyingi ergashgan vagonlarni ham yeldirib ketishi uchun uning quvvati mingta otning kuchiga teng. Biroq poyezd to‘xtagandan so‘ng, bu to‘siqlar bo‘lsa (hattoki eng kichik to‘siq ham), uning joyidan jilishi oson kechmaydi. Masalan, uning bir g‘ildiragi ostiga kichkina yog‘och bo‘lagi qo‘yilsa ham, u hech qayoqqa ketolmaydi. Hamma urinishlar befoyda. – Dada, hammasini tushundim, masalan, men biron nimaga erishishni xohlasam, o‘ylab o‘tirmay, darrov ishga kirishishim kerak, shundaymi? – Shunday, o‘g‘lim. Tezkorlik bo‘lmasa, eng arzimas narsa ham orzu-maqsadingga xalal berishi mumkin.

Xulosa: Keragidan ko‘p vaqt va kuch sarflab boshlagan yangi ishingizni aslo to‘xtatmang. Agar o‘zingiz to‘xtamasangiz, sizni hech kim, hech narsa to‘xtatolmaydi va siz poyezd singari albatta, manzilingizga yetasiz. Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olingan. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Javobi oddiy Radio eshittirishlardan birida tinglovchilarga bir savol berilib, o‘sha savolga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchiga juda qimmatbaho sovg‘a eʼlon qilindi. O‘sha savol quyidagicha: “Bir kichik qayiq bo‘lib, unga to‘rt nafar fan olimi, yaʼni fizik, kimyogar, astronom va biolog minishibdi. Bir oz vaqtdan keyin haligi qayiq chayqalib, cho‘ka boshlabdi. Zudlik bilan olimlardan biri qayiqdan tushishi kerak. Aks holda, to‘rtovi ham dengizga g‘arq bo‘lishadi. Bu muammodan qutulish uchun qaysi olim qayiqdan tushib qolishi kerak?” Ushbu savol eʼlon qilingach, radiostudiya telefon qo‘ng‘iroqlariga to‘lib ketdi. Qimmatbaho sovg‘ani qo‘lga kiritish uchun har bir ishtirokchi savolga batafsil javob berishga urinar, ilmiy jihatdan yondashib, turli javob variantlarini aytar edi. Olimlar orasidan jamiyatga foydasi kamroq tegadigani tushib qolishi kerak, deb birlari fizik olimni ko‘rsatsa, boshqasi astronomni, yana biri biologni, baʼzilari esa kimyogarni ko‘rsatardi. Ammo barchaning javobi noto‘g‘ri bo‘lib chiqaverardi. Oxiri endigina 6 yoshga to‘lgan qizcha to‘g‘ri javobni aytdi: “Qayiqdan vazni eng og‘ir olim tushib qolishi kerak!” Xulosa: Ha, javob juda oddiy bo‘lib, ilmiy yondashishga, tafsilotlarga kirishishga aslo hojat yo‘q edi. Hayotda shunday muammolarga duch kelamizki, ularni oddiy, sodda yo‘llar bilan hal etish mumkin bo‘ladi. Biroq, biz ko‘pincha ularni hal qilish uchun uzoqqa ketib qolamiz, tafsilotlariga kirishib ketamiz, o‘zimizni ko‘p urintirib qo‘yamiz. Manba: “Vaziyatlarni boshqarish sanʼati” kitobidan Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Yonimda tanho sen qolding! Daraxt o‘z tomiridan o‘sib chiqqan Niholga aytgan ekan: – Bahor chog‘i gulga burkanganimda, boshim ustida bolarilar g‘ujg‘on o‘ynab alyor aytdi. “Sizlar kimsiz?” demadim. Yoz pallasi yaproqlarim zumraddek tovlanganda, qushlar shoxlarimda panoh topib, oshiyon qurdi. “Sizlar kimsiz?” demadim. Saraton oftobi olamni yondirganda, yo‘lovchilar soyamdan bahramand bo‘lib, jon saqladi. “Sizlar kimsiz?” demadim. Kuz kelib, mevalarim g‘arq pishganda odamlar uzib, to‘yguncha tanovvul qildi. “Sizlar kimsiz?” demadim... Nogahon bir nomard tanamga bolta urgan edi, hammasi har yoqqa qochdi-ketdi! Ulardan najot so‘rasam, “Sen kimsan?” deyishdi... Yonimda tanho sen qolding!

Manba: O‘tkir Hoshimov, “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” Muomala “Kofe bering!” deb murojaat qilsangiz, kofe narxi 5 yevro bo‘ladi. “Iltimos, kofe bering!” deb murojaat qilsangiz, kofe narxi 3 yevro bo‘ladi. “Xayrli tong. Bitta kofe bering, iltimos! Rahmat sizga!” deb murojaat qilsangiz, kofe narxi 2 yevro bo‘ladi. Xulosa: Muomala – inson tarbiyasining ko‘zgusi. Muomala – munosib munosabat sababchisidir. Manba: “Liderlar” kanali aʼzosi D.Jumayeva yuborgan. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Eʼlon: “Ota-ona sotiladi…” Bu olamshumul voqea Yaponiyada sodir bo‘lgan. Ona-onalarning sotilishlari haqida... Tokio ro‘znomalarining birida navbatdagi hayratlanarli eʼlon chiqdi. Unda shunday yozilgandi: “Ota-ona sotiladi. Ota – 68, ona – 66 yoshda. Narxi: 900 yen”. Bu eʼlonni ko‘rganlar chinakam hayratga tushardi. Baʼzilar: “Eh, qanday zamonlarga qoldik-a? Ota-onalar ham endi sotilayotgan emish! Hukumat qayerga qarayapti?” Xullas, mish-mishlar qaynadi. Ana shu ro‘znoma yaqindagina avtohalokat tufayli vafot etgan ota-onasini tuproqqa qo‘ygan yosh oilaning qo‘liga tushdi. Judolikda qolgan farzandlar chuqur qayg‘uda edilar. Ular uchun ota-onani sotish istagida yozilgan eʼlon nonko‘rlikdek ko‘rindi. Sotilayotganlarning qalbida bu holatda nimalar kechayotganini o‘ylashning o‘zi bu yosh oilaga qo‘rqinchli edi. Shuning uchun ular bu ikki qariyani sotib olib, mehr-muhabbat ko‘rsatib, g‘amxo‘rlik qilishga ahd qilishdi. Ular aytilgan manzilga kelib ajablandilar. Qarshilarida hashamatli uy, yorqin ranglar taralgan hovli ko‘rinib turardi. Manzilda adashganlariga amin bo‘lib turganlarida, eshik ochilib, bir keksa kishi ularni tabassum bilan qarshiladi. – Salomatmisiz? Qandaydir tushunmovchilik bo‘lgani aniq, ammo-lekin... eʼlonda sizning uy manzilingiz ko‘rsatilgan ekan... Notanish kishi: – Hammasi to‘g‘ri! Ichkariga marhamat! – dedi hayajonlanib. Mehmonlarning o‘tirishlarini so‘rab, rafiqasini chaqirdi. – Ko‘rib turganingizdek, biz moddiy jihatdan muhtoj odamlar emasmiz. Lekin bizning merosxo‘rimiz – farzandlarimiz yo‘q. Shuning uchun eʼlon orqali o‘zimizga munosib nomzod topishga qaror qildik. Biz bu eʼlonga faqat mehr va odamiylik hissi yuqori kimsalargina javob qilishini bilardik! Ammo bunday insonlar topilishiga shubhada edik. Bu ishingiz sizlar uchun sharafdir! Sizlarni uchratganimizdan juda mamnunmiz! – deyishdi. Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olingan.

Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Halollik Hazrati Umarning xalifalik davrlarida uylariga makkalik bir do‘stlari mehmon bo‘lib keldi. Qorong‘i kecha edi. Hazrati Umar uylarida davlat ishlari bilan mashg‘ul edilar. Do‘stlaridan uzr so‘rab, biroz kutib turishini aytdilar. Davlat ishini bitirganlaridan keyin, yonib turgan chiroqni o‘chirdilar va boshqa chiroqni yoqdilar. Do‘stlari bundan hayratlanib, sababini surishtirdi. Hazrati Umar shunday javob berdilar: – O‘chirilgan chiroqning yog‘i xazinanikidir, yaʼni davlatniki. U davlat ishlari ko‘rilayotgan paytda yonsa, menga halol bo‘ladi. Sen esa mening oshnamsan, suhbatimiz ham o‘zimizga tegishli bo‘ladi. Shu sababli o‘z pulimga olingan ikkinchi chiroqni yoqib qo‘ydim. Davlatning moli xususiy ishlarga qo‘llanilsa, yorug‘lik o‘rniga qorong‘ulik va uyat bo‘ladi. Xulosa: Barcha davlat xizmatchilari shunday o‘ylashni boshlagan kuni biz jadallik bilan rivojlanishni boshlaymiz. “Liderlar” kanali aʼzosi D.Jumayeva yuborgan. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Tajriba Muvaffaqiyatlarga erishgan bir kishidan so‘rashdi: – Ushbu muvaffaqiyatlarga qanday erishgansiz? – To‘g‘ri qarorlar qabul qilish sababli, – deb javob berdi omadli odam. – Qarorlaringiz to‘g‘ri ekanini qayerdan bilgansiz? – deb so‘rashdi. – Tajriba bilan, – deb javob berdi. – Bu tajribani qanday hosil qilgansiz? – so‘rashdi. – Xato qarorlar sababli, – deb javob berdi. Xulosa: Hech qachon xato qilmaslikning iloji yo‘q, ammo shu xatoning xato ekanini anglab yetib, uni qayta takrorlamaslikning iloji bordir! Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ _________________ Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olindi.

O‘zingizga ishoning Bu bola faqat sinf emas, butun maktab bo‘yicha eng kambag‘al oiladan edi. O‘qituvchining jahlini chiqargan narsa ham shu: o‘zi nima ahvolda-yu, “Kim bo‘lsam ekan?” mavzusida yetti betli insho yozibdi. Yonida ilova-chizmasi ham bor – yilqichilikka mo‘ljallangan kattakon ferma. Insho “0” baho bilan egasiga qaytdi. Bola hayron bo‘ldi. Dars tugagach, o‘qituvchining oldiga rangi oqarib kirib, nega bunday baho qo‘yganini so‘radi. “Yozganlaring yoshingga to‘g‘ri kelmaydi. Holingga qarab, orzu qilsang bo‘lmaydimi? Sen o‘ylayotgan ferma uchun katta mablag‘ kerak. Oldin yer sotib olish zarur, keyin otlar, yem-xashak… Xullas, xom-xayollaringni qo‘yib, inshoni boshqatdan yoz”. Bola xafa bo‘lib uyiga qaytdi. Uzoq o‘ylanib o‘tirdi. Ertasiga esa yozganlarini eski holatda o‘qituvchisiga olib bordi: “Siz bahongizni o‘zgartirmang, men esa orzularimni…” Yillar o‘tdi. Endi nafaqaga chiqqan o‘qituvchi kattakon yilqichilik fermasiga hayratlangancha qarab turar, ichkarida bir paytlar orzulari uchun “0” baho olgan sobiq o‘quvchisi hashamatli uyda o‘tirardi. Ro‘parasidagi devorda, kamin ustida esa inshoga ilova qilingan yilqichilik fermasining ramkaga solingan chizmasi bor edi... Xulosa: Hech qachon birovning orzusi ustidan kulmang, sababi Ollohdan boshqa hech kim ertaga nima bo‘lishini bilmaydi. Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olindi. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Yuz dollar Bir ota qiziga kitob o‘qishni odat qildirish uchun sovrin berib o‘qitishni o‘yladi. Bir kuni qiziga: “Qizim, senga shu kitobni beraman, agar o‘qib tugatsang, yuz dollar olasan”, deb kitobni berdi. Bu taklif qizga juda yoqdi. Lekin afsuski, qizni kitob o‘qishga hech toqati yo‘q edi. U o‘zicha: “Yaxshisi, men bu kitobning mazmunini internetdan topib, bilib olaman. Otam o‘qidingmi, desa, kitob haqida gapirib beraman”, deb o‘yladi. Shunday qilib internetdan kitob haqida qisqacha matn topdi. Ikki varaqlik bu maʼlumotni yaxshilab yodladi. Albatta, otasi sezib qolmasin, deb bir hafta yurdi. Bir haftadan so‘ng: “Otajon, men kitobni o‘qidim, endi 100 dollarni berasizmi?” deb so‘radi. Otasi qizidan kitobdagi mavzulardan gapirishini so‘radi. Qizcha juda chiroylik qilib otasiga gapirib berdi. So‘ng yana: “Otajon, endi yuz dollarni berasizmi?” dedi. Ammo otasi qiziga u hech kutmagan javobni berdi: “Sen kitobni o‘qimabsan, agar kitobni o‘qiganingda ichidagi yuz dollarni ko‘rar eding...” Xulosa: Hech qachon yolg‘on gapirmaslikka harakat qiling. Har bir yolg‘on gapingiz kamida sizga yuz dollarga tushadi. Savol: Shu gapingiz shunga arziydimi? Manba: “Liderlar” kanali aʼzosi D.Jumayeva yuborgan.

Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Rizq “Nega yugurasan, qayerga qochib ketyapsan?!” deb so‘rabdi donishmand yuguraverib, harsillab qolgan bir odamdan. – Men rizqimning orqasidan quvib ketyapman. – Nega rizq oldinda deb o‘ylayapsan? Rizq seni quvib kelayotgandir, sen rizqingni tashlab qochayotgandirsan? – Men bu haqida o‘ylab ko‘rmabman. Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olindi. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Yordam berishdan qochma... Men doimiy ravishda Janubiy Koreyada chop etiladigan “Choson Ilbo” gazetasini kuzatib boraman. Bu nashrning uslubi juda yoqadi. Oddiy va tushunarli. Yoritiladigan mavzulari ham sodda tilda, ravon. Kuni kecha bir maqolani o‘qidim. Maqolaga “Koreyadagi “Makdonalds”ning 91 yoshli ishchisi nihoyat nafaqaga chiqdi” deb sarlavha qo‘yilgan. Oldi-qochdi gaplar bo‘lsa kerak, deb o‘yladim- u, ammo 91 yashar otaxonning ayrim tiniq fikrlaridan taʼsirlandim. Xullas, 1928 yil tug‘ilgan Im Kab Ji 2003 yildan beri Koreyadagi “Makdonalds”da oddiy ofitsiant bo‘lib ishlab keladi. 2003 yilda janob Im 75 yoshda edi. Tetik va barvasta chol 91 yoshida nafaqaga chiqishga qaror qilibdi. Otaxonning ayrim hayotiy gaplari ibratli: – “Shu yoshdayam chopqillab ishlashingiz hurmatga loyiq ish”, degan gapni ko‘p eshitaman. Inson tug‘ilib, es-hushli bo‘lgach, mehnatga berilishi kerak. Oddiy qilib aytsam, ishlagan tishlaydi. Ter to‘kib topganing – o‘zingniki, qadrli... – Otamdan menga bir gap meros qolgan. U menga doim aytardi: “Har odamning qiladigan ishi bo‘lishi kerak. Odam mehnat bilan odam-da”. – Kampirim mendan o‘n bir yosh kichik. Shunday bo‘lsa-da, bir-birimizni sizlab gapiramiz, hurmat qilamiz. Er-xotin yosh farqi qancha bo‘lmasin, axloqni, o‘zaro hurmatni saqlab yashash kerak, deb o‘ylayman. Kechasi soat uch yarimda uyg‘onib, gazeta o‘qiyman. Kampirim: “Nimaga bunchalik gazetaga yopishasiz”, deb yozg‘irib qoladi. Men shu yoshimda qayerga borib taʼlim olishim mumkin, maktabgami? Uyimda gazetalar yig‘ib boraman. Bu tarix-ku. Bola-chaqamga beraman shuni. – Hozir ko‘p yoshlar ishga bo‘yin bermaydi. Pul topaman, deb emas, o‘rganaman, yuksalaman, deb ishlash kerak. Birinchi qadamni yaxshi tashlash kerak. Yoningdagilarga yordam berishdan

qochma. Ana shu eng yaxshi narsa. Har ishni “mana shu mening ishim”, degan fikr bilan qilsang, hurmat topasan, yaxshi nom qozonasan... Xulosa: Doimo harakatda bo‘l, har doim o‘z ustingda ishla va albatta, bir kun buning rohatini ko‘rasan. Manba: Otabek Yuldashevning Feysbukdagi sahifasidan. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Bo‘ri bilan Turna Bo‘rining tomog‘iga suyak tiqilib qoldi va u o‘ziga yordam beradigan biron jonzotni qidira boshladi. Mana, u bir Turnani uchratib qoldi va unga, agar tomog‘imga tiqilgan suyakni tortib olsang, seni yaxshi bir tuhfa bilan xursand qilaman, dedi. Turna uzun tumshug‘ini Bo‘rining og‘ziga tiqib, suyakni tortib oldi va undan vaʼda qilingan tuhfani talab qildi. Bo‘ri unga shunday javob qildi: “Bo‘ri og‘zidan boshingni omon tortib olganingga shukr qilsang-chi, nodon, yana qanaqa tuhfa kerak senga?” Manba: “Ezop masallari Qaror – dil amri! Aytishlaricha, kichkinagina jilg‘a bepoyon cho‘lga qadar oqib boribdi. Shunda u g‘oyibdan “Xavotirlanmay oqishni davom ettir”, degan ovoz eshitibdi. Ammo oqishni davom ettirish jilg‘aga xatarli tuyulibdi. Negaki, notanish nomaʼlum qaqrab yotgan yerda oqish imkoni yo‘qolib borayotganidan qo‘rqib ketibdi. Axir, uning birdan-bir orzusi to‘lib-toshib, maroqli yashash edi. Tavakkal qilib yo‘lga tushib, xayotida nimanidir o‘zgartirmoqchi bo‘lganida, qurib-qovjirab qolish dahshati paydo bo‘lgandi. Ammo g‘oyibona tovush uni yana oqishga undardi: “Agar oqishga qaror qilmasang, hech qachon sen o‘zingni nimalarga qodir ekaningni bilolmaysan. Sen shunga amin bo‘lginki, yangi hayoting o‘zgacha - faraxbaxsh kechadi. Xotirjam holda yana oqishda davom et”. Jilg‘a ruhlanib, o‘z yo‘lini davom ettirdi. Unga oson bo‘lmadi. Sahro kun sayin qizib, jilg‘a suvlari bug‘lanib ketdi. Havoga bug‘lanib ko‘tarilgan jilg‘aning har bir tomchi suvi bulutga aylandi. Shamol bulutni bir necha kun sahro uzra har tomon surdi. Va... bir kuni bulut dengiz tepasiga yetib keldi-da, sharros yomg‘ir yog‘di. Jilg‘aning hayoti o‘zi kutganidan-da ortiq go‘zal tus oldi. Jilg‘aning yomg‘irga aylanib, dengiz og‘ushiga qo‘shilgan suvlari qudratli to‘lqinlarda mavj urar ekan, tabassum-la shivirladi: “Hayotim necha bor o‘zgargan bo‘lsa ham, endilikda o‘z orzuimga erishdim”. Xulosa: O‘z maqsadingiz sari intilishdan aslo to‘xtamang, siz maqsad sari harakat qilganingizda, butun mavjudot sizga yordam beradi. Siz esa uni tinglay olsangiz bo‘ldi. Manba: Bodo Shefer, “G‘oliblik qonuniyatlari” Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________

Imkoniyat hammaga beriladi Eʼlonda shunday yozilgandi: “Dengiz bo‘yidagi uch qavatli villa sotiladi. Basseyn va bog‘i bor. Narxi 1 dollar”. – Bemaʼnilik! – ming‘irladi daydi va gazetani irg‘itib yubordi. Ko‘chada yegulik izlab yurib, devorga osilgan eʼlonga ko‘zi tushdi: “Dengiz bo‘yidagi uch qavatli villa sotiladi. Basseyn va bog‘i bor. Narxi 1 dollar”. “Adashib yozishganmikin?” o‘yladi u va yo‘lida davom etdi. Shohko‘chaga chiqqach, katta qilib yozilgan eʼlonni ko‘rdi: “Dengiz bo‘yidagi uch qavatli villa sotiladi. Basseyn va bog‘i bor. Narxi 1 dollar”. Daydi o‘ylanib qoldi. U bunday eʼlonni qaysi ahmoq yozganini bilishga qiziqdi va tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldi. Uning cho‘ntagida bir dollaridan boshqa yo‘qotadigan narsasi yo‘q edi. Eʼlondagi manzilga borib, villaga ko‘zi tushdi. Eshik qo‘ng‘irog‘ini chaldi. Eshikni bir go‘zal ayol ochdi. – Kechirasiz, eʼlon bo‘yicha keluvdim. Bu hazilmi? – Nima deyapsiz! Aslo, hazil emas. – Narxini aytaman: 1 dollarmi? – Ha. 1 dollar. Agar sotib olishni istasangiz, marhamat, kirib ko‘rishingiz mumkin. Ko‘rganlaridan quvonchga to‘lgan daydi so‘nggi dollarini ayolga berdi va muhtasham villa sohibiga aylandi. Lekin baribir uning narxi nima uchun bunchalik arzonligini bilishga qiziqdi. Ayol unga jilmayganicha javob berdi: “Marhum erim o‘limidan oldin qilgan vasiyatida ushbu villani sotishimni va pulini uning maʼshuqasiga berishimni aytgan. Erimning vasiyatini bajarishim kerak-ku. Eʼlon yarim yil osilib turdi va birgina siz ushbu eʼlonga qiziqib keldingiz. Xayr”. Ayol shunday deb ketdi. Xulosa: Imkoniyat hammaga beriladi! Faqat amalga oshmaydigan narsa ham ro‘yobga chiqishi mumkinligiga ishonish kerak, xolos. Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olingan. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Tulki va echki Baxtsiz tasodif tufayli bir tulki o‘raga tushib ketibdi. U hech o‘radan chiqishning ilojini qilolmabdi. Bir payt tepadan echki o‘tib qolibdi. U tulkidan pastda nima qilayotganini so‘rabdi. – Ey, hali eshitmadingmi? – debdi tulki. – Yaqinda qurg‘oqchilik bo‘larmish, shuning uchun men bu yerga suv borligiga ishonch hosil qilish uchun tushdim. Balki sen ham tusharsan? Echkiga bu maslahat maʼqul kelib, pastga sakrabdi. Ammo tulki tezlik bilan uning orqasiga chiqib, oyoqlarini uning uzun shoxlariga qo‘yibdi-da, o‘radan chiqib olibdi. – Xayr, do‘stim, – debdi tulki, – keyingi safar esingda tursin: hech qachon o‘zi mushkul ahvolda qolganning maslahatiga quloq solma. Manba: “Ezop masallari” Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________ ___________ Har lahzamiz g‘animat Bir donishmand butun umri davomida baxtli yashagan ekan. U doim xursand, kayfiyati aʼlo darajada yurar, hech kim uni tushkun kayfiyatda yurganini ko‘rmagan ekan. Vaqti-soati yaqinlashib o‘lim to‘shagida yotganida shogirdlaridan biri undan so‘rabdi: – Ustoz, mana hozir ham sizga qiyin bo‘layotganini bilib turibmiz, shunday bo‘lsa ham yuzingizda tabassum bilan yotibsiz, nega har doim xursand bo‘lib yurgansiz? Sizni hech tushkun kayfiyatda ko‘rmaganmiz. Buning biror sababi bormi, ayting? Ustoz javob beribdi: – Men yigit davrimda o‘zimning ustozimdan bu haqida so‘ragan edim. Ustozim yetmish yoshni qoralagan va anchayin qarib qolgan edi. Uni daraxt soyasida o‘tirib hech bir sababsiz kulayotganini ko‘rib qoldim va hayron bo‘lib, bu haqida so‘radim. Shunda ustozim “men doim sen kabi hamma narsadan xafa bo‘lib yurar edim. Hech hayotda omadim kelmasdi, menga odamlar eʼtibor bermaydi, deb xafa bo‘lardim. Bir kun tongda o‘zimga savol berdim: “bu hayot senikimi yoki boshqanikimi, nega uni xafa holda o‘tkazishing kerak, axir atrofingda omadi kelgan insonlar talaygina. Shulardan biri bo‘lish qo‘lingdan kelmaydimi”, dedim-da hayotimni va tongni tabassum ila boshladim. Shu kundan boshlab men doim tabassum qilib yuraman. Bu mening tanlovim degan. Donishmand shogirdiga: “Har tong uyg‘onib, bugungi tanlov qanday bo‘lishi – baxtiyorlik yoki aksincha, baxtsizlik – tanlash imkoni o‘zingda. Mening tanlovim esa har bir holatimda shukr, deya tabassum qilish! Sen ham tanla”, debdi. Xulosa: Endi ertaga nasib etsa, tongni qanday qarshilashni fikr qilib ko‘ring! Manba: “Liderlar” kanali aʼzosi D.Jumayeva yuborgan. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Fikrlarimiz mahsuli Erkak avtobusda ishga otlandi. Qovog‘ini solgancha, o‘ylab boryapti: “Hayotim og‘ir, xotinim janjalkash, atrofimdagilar tovlamachi”. Yelkasining ortida esa, farishta qo‘liga yondaftar tutganicha yozib olyapti: “Hayotim og‘ir, xotinim janjalkash, atrofimdagilar tovlamachi... Juda g‘alati, yana xuddi shu gaplar. Eh... Nima ham qilardim, inson shularga buyurtma beryaptimi, demak, u amalga oshishi kerak”. Xulosa: Inson hamisha yaxshi niyat qilib yashashi kerak. Zero, o‘ylaganlari amalga oshadi. Manba: “Liderlar” kanali aʼzosi D.Jumayeva yuborgan. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________

Albert Eynshteyn hayotidan hangomalar *** Kunlardan bir kuni Eynshteyn hamrohlarini tabiat manzarasi bilan tanishtirayotib, shunday deydi: – Ro‘parangizdagi mana shu tog‘da qadimgi qasr xarobalari bor. Tik jarlik yoqasidagi so‘qmoq bo‘ylab borsangiz, tog‘ etagidagi yashil vodiyga chiqasiz. Bu so‘qmoq juda xavfli, ehtiyot bo‘lish lozim, mabodo jarlikdan qulab ketguday bo‘lsangiz, o‘ng tomonga qarashni unutmang. Ko‘z oldingizda juda go‘zal manzara namoyon bo‘ladi. *** Albert Eynshteyn “Nisbiylik nazariyasi”ni yaratgach, dunyoga mashhur bo‘lib ketadi. Olimni xalqaro anjumanlarga, universitetlarga maʼruza o‘qish uchun taklif etishadi. Har kuni yangi nazariya bo‘yicha maʼruza o‘qiladi. Bir kuni olimning haydovchisi shunday deydi: – Janob, shu qadar ko‘p maʼruza o‘qiyapsizki, shu nazariyangiz hatto menga ham yod bo‘lib ketdi. – Unda keyingi gal maʼruzani o‘zing o‘qiysan! - deydi olim. Darhaqiqat, haydovchi universitetda maʼruzani qoyil qilib o‘qiydi. Minbardan tushayotganda, tinglovchilardan biri nogoh unga savol berib qoladi. Shunda haydovchi o‘zini yo‘qotmaydi, topqirlik qiladi: – Savolingizning javobi shu qadar oddiyki, buni hatto haydovchim ham biladi, – deya Eynshteynni ko‘rsatadi. Xulosa: Hozirjavoblik va tez qaror qabul qilish har bir Lider uchun juda muhim. Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olingan. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Sichqonlar kengashi Mushukning doimiy xavf solishidan tushkunlikka tushgan sichqonlar muammolarini hal qilish uchun kengash chaqirishibdi. Ular birin-ketin bildirilgan rejalarni tahlil qilib, ularni rad eta berishibdi. Oxiri bir yosh sichqon mushukning bo‘yniga qo‘ng‘iroq osib qo‘yishni taklif qilibdi. – Qanday ajoyib fikr, – deb qichqirishibdi ular, – bu mushuk kelganda qochish uchun juda yaxshi ogohlantirish! Ular bu taklifni zavq-shavq va olqishlar bilan qabul qilishibdi. Shunda keksa bir sichqon o‘rnidan turib: – Bu rostdan ham juda yaxshi maslahat va shubhasiz, bizning muammomizni hal qiladi, – debdi, – biroq mushukning bo‘yniga qaysi birimiz qo‘ng‘iroqni ilamiz?!

Xulosa: Taklif qilish boshqa, uni bajarish boshqa. Taklif berishdan avval uni amalga oshirishning imkoni bormi-yo‘qmi, yaxshilab o‘ylab ko‘ring, agar javob yo‘q bo‘lsa, uni aytmaganingiz maʼqul. Manba: “Ezop masallari”dan Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Odob chegarasi Hoja Muhammad Bahovuddin Naqshband quddisa sirruh bir kuni shogirdlari bilan ketayotgan edilar. Birdan chiziq tortdilar-da, “Hech kim bu chiziqdan o‘tmasin”, deb yo‘lda davom etdilar. Shogirdlar chiziqdan o‘tolmay qolib ketdilar. Oradan bitta shogird ne bo‘lsa ham, ustozdan qolmayman, deya chiziqdan o‘tib, hazrat izlaridan yetib oldi. Shunda Hazrat Naqshband: – Yaxshi qilding, bir chiziqni deya qolib ketmading, – degan ekanlar. Xulosa: Baʼzi o‘rinlar borki, unda beodoblik odob sanaladi. Yaʼni inson o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lishi kerak. Manba: “Liderlar” kanali aʼzosi Akmaljon yuborgan. Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ Ikki eshik orasi Ming yil yashagan bir sahoba “Esiz-esiz, u eshikdan kirdim-u bu eshikdan chiqib ketyapman”, degan ekan. Shunaqa, bolam… Hech kim o‘lishni o‘ylamaydi. Ammo odamzodga umr o‘lchab berilgan. Shunaqalikka shunaqa-ku, odamning umri necha yil yashagani bilan o‘lchanmaydi. Bir xil odamlar bor: u eshikdan kirib, bu eshikdan chiqib ketayotganda qo‘lidan kelgancha savobli ish qiladi. Hayot degan imoratga aqalli bitta g‘isht qo‘yib ketadi. Yana bir xillari bor: o‘sha imoratdan aqalli bitta g‘ishtni o‘g‘irlab ketgisi keladi. O‘g‘irlab-ku, hech qayoqqa borolmaydi, narigi eshik oldiga borganda baribir tashlab ketadi. Ikki orada imoratni buzgani qoladi… Manba: O‘tkir Hoshimov, “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”

Baxt kaliti Bir savdogar o‘g‘lini eng katta donishmandning huzuriga baxtning kaliti - sirini bilib kelish uchun jo‘natibdi. Yigit sahroda qirq kun yo‘l yuribdi va nihoyat, ulkan tog‘ning tepasida haddan ziyod muhtasham bir qasrni ko‘ribdi. U qidirgan donishmand shu qasrda yashar ekan. Kutganiga zid o‘laroq qasr avliyo odamning xilvat go‘shasiga o‘xshamasdi. Uning ichi odamga to‘la edi: savdogarlar mollarini maqtab har tomon yugurishar, burchak-burchaklarda odamlar to‘p- to‘p bo‘lib gurunglashar, sozandalarning kichik bir dastasi qandaydir nafis kuyni ijro etar, zalning o‘rtasida esa kattakon stol, uning ustiga dasturxon tuzalgan, dasturxon esa bu yurtning eng noyob va tansiq taomlari, bag‘oyat xushtaʼm noz-neʼmatlariga to‘la edi. Donishmand shoshmasdan mehmonlar bilan birma-bir ko‘rishib chiqdi. Yigit navbati kelishini ikki soatcha kutib qoldi. Nihoyat, yigit donishmandga nima maqsadda kelganini bildirdi, lekin donishmand hozir unga baxtning kaliti - siri nimada ekanini tushuntirib berishga vaqti yo‘q ekanini aytdi. Donishmand yigitga chiqib qasrni tomosha qilishni va ikki soatlardan keyin bu yerga qaytib kelishni buyurdi. – Sendan yana bir iltimosim bor, – dedi u yigitga ichiga ikki tomchi yog‘ solingan choy qoshig‘ini uzatib, – bu qoshiqni o‘zing bilan olib yur, faqat ehtiyot bo‘l, ichidagi yog‘i to‘kilib ketmasin. Yigit qoshiqdan ko‘zini uzmagan holda qasrni aylandi, uning zinalaridan tepaga ko‘tarildi, pastga tushdi va nihoyat, ikki soat o‘tgach, donishmandning ro‘parasida yana namoyon bo‘ldi. – Xo‘sh, qalay, – deb so‘z qotdi donishmand. – Koshonadagi fors gilamlari senga manzur bo‘ldimi? Beqiyos mirishkor bog‘bonlar o‘n yildan beri ko‘zining oq-u qorasidek avaylab parvarish qilayotgan bog‘dagi gullar va daraxtlar yoqdimi? Kutubxonadagi qadimiy kitoblar va nodir qo‘lyozmalar-chi? Xijolatdan qizarib ketgan yigit bularning hech qaysisini ko‘rmaganini tan oldi, negaki, uning butun diqqat-eʼtibori donishmand unga ishonib topshirgan ikki tomchi yog‘da bo‘lgan ekan. – Bor, orqangga qayt, mening uyimdagi hamma moʻjizalarni ko‘rib kel, – debdi donishmand. – Odam qayerda va qanday yashashini bilmay turib, unga ishonib bo‘lmaydi. Qo‘lida qoshiqcha bilan yigit yana zallar va yo‘laklar bo‘ylab aylana boshlabdi. Bu gal u o‘zini ancha erkin his qilibdi va xonalarni bezab turgan hamma noyob va g‘aroyib narsalarni ko‘ribdi. U bog‘larni va qasr tevaragidagi tog‘larni tomosha qilibdi, gullar jozibasidan va mohirlik bilan joylashtirilgan haykallar-u rasmlardan bahra olibdi. Donishmandning huzuriga qaytib kelib, ko‘rgan narsalarining hammasini zavq-shavqqa to‘lib aytib beribdi. – Men senga qoshiqchada olib borib, to‘kmay qaytarib olib kel, deb bergan yog‘ qani? – deb so‘rabdi donishmand. Shu choq yigit qarasaki, yog‘ to‘kilib ketgan ekan. – Senga berishim mumkin bo‘lgan birdan-bir maslahatim ham shu, – debdi donolar donosi. – Baxtning kaliti siri ana shunda – bu dunyoni bezab turgan, unga joziba, ajiblik ato etib turgan nimaiki bo‘lsa, hammasini ko‘ra bilmoq kerak va ayni choqda o‘sha choy qoshiqdagi ikki tomchi yog‘ni ham zinhor-bazinhor unutmaslik zarur. Paulo Koelyo Sizning xulosangiz:_____________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ _____ Millionerga aylangan qorovul Yoshi o‘ttizni qoralagan bir yigit qorovullikka ishga kirish uchun Microsoft firmasi bosh idorasiga keldi. Yigit o‘zi tengi, chiroyli kostyum-shim kiygan, bo‘yinbog‘ taqqan ish beruvchi yigit bilan

suhbat qurdi, so‘ng test topshirdi. Bari ko‘ngildagidek o‘tdi shekilli, ish beruvchi yigit unga quvonchli xabar yetkazdi: - Siz ishga qabul qilindingiz. Endi bizga elektron manzilingiz nomini qoldirsangiz, qachon kelishingizni shu manzil orqali yetkazamiz. Qorovullikka qabul qilingan yigit xo‘rsindi: – Menda elektron manzil nima qilsin, axir kompyuterim yo‘q-ku! – Unda siz bilan xayrlashishimizga to‘g‘ri keladi, kechirasiz! – qisqa qilib dedi ish beruvchi kimsa. Omadi chopmagan yigit ranjib, ko‘chaga chiqdi. Bir muddat o‘y surdi, so‘ng necha puli qolganini aniqlash uchun qo‘lini cho‘ntagiga soldi. Bor-yo‘g‘i o‘n dollar qolgan ekan. U pulga qarab, yana o‘y surdi: “Qanday qilib shu pulni ko‘paytirish mumkin?!” Shu tob miyasiga bir fikr keldi. U o‘ziga tanish bir fermerdan pulining hammasiga pomidor sotib oldi va ularni uyma-uy yurib o‘z narxidan sal qimmatroq narxga sotdi. Ikki soat ichida puliga pul qo‘shildi. Endilikda yigit o‘z ishini topganidan suyunib ketdi. U ish beruvchisiz ham ish topish mumkinligini, faqat bunga bir oz aqlni ishlatish kerakligini tushunib yetdi. Qisqa kunlar ichida yigit ikki yuz dollar ishlab topdi. Kundan-kunga ishlari yurishib, daromadi cho‘g‘i ham olovlanib boraverdi. Avval arava sotib oldi. Yo‘l-yo‘lakay sabzavot va mevalarni sotib yurdi. Sal o‘tib, ijaraga mashina olib, mahsulotlarni ulgurji narxda olib kelib bozorda pullay boshladi. Yana bir oz o‘tib, ijaradagi mashinani naqd sotib oldi. Keyin... xususiy do‘kon ochdi. Yillar o‘tib, do‘koni kengaydi. Endi uning qo‘l ostida o‘nlab ishchilar faoliyat yurita boshladi. U katta biznesmenga aylangandi. Biznesmen yigit ulgurji oladigan mahsulotlarni sug‘urtalay boshladi. Hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Bir gal hamkorlikda ishlayotgan hamkasblaridan biri unga so‘z qotdi: – Kerakli vaqtda sizni topish qiyin bo‘lyapti, yaxshisi, menga elektron manzilingizni qoldiring, arzon mahsulotlar kelsa, o‘sha on xabar jo‘nataman. – Menda elektron manzil nima qilsin, kompyuterim yo‘q-ku! – javob berdi katta biznesmen. – Ishonish qiyin, – tag‘in so‘zladi hamkasbi, – sizdek katta biznesmen, katta do‘konlari bor odamda elektron manzil bo‘lmasa-ya? Agar elektron manzilingiz bo‘lganida, ishlaringiz yurishib, bundan ham katta biznesmenga aylanardingiz! Biznesmen bu lutfga kulib turib javob qaytardi: – Yo‘q, oshna, agar menda shu qurib ketgur, manzil bo‘lgandami, Microsoft firmasida qorovullik qilib yurgan bo‘lardim. Xulosa: Bugun siz uchun muvaffaqiyatsizlik bo‘lib ko‘ringan vaziyat ertaga katta muvaffaqiyatingizga zamin bo‘lishi mumkin. Eng muhimi pozitivlikni saqlab qolish va inson o‘zligini yo‘qotmasligi. Manba: ingliz tilidan Umid Ali tarjimasi Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Eng yaxshi hikoya Afrikalik bolakay tomonidan yozilgan ushbu hikoya “2005 yilning eng yaxshi hikoyasi” tanlovida g‘olib bo‘lgan ekan: “Tug‘ilganimda, men qora edim; Qora bo‘lib ulg‘aydim; Men quyoshda uzoq tursam, yana qorayaman; Hattoki o‘lganimda ham qoraligimcha qolaman. Siz, oqlar esa: Tug‘ilganingizda – qizg‘ish bo‘lasiz;

Ulg‘ayganingizda – oqarasiz; Oftobda toblanganingizda – qizarasiz; Sovqotganingizda – ko‘karasiz; Qo‘rqqaningizda – sarg‘ayasiz; O‘zingizni yomon his qilganingizda – yashil tusga kirasiz; O‘lganingizda esa bo‘zarasiz. Va siz meni rangli (qora tanli) deysiz”. Xulosa: Bu hayotda har kimning o‘z falsafasi bor. Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olingan Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Hech qachon taslim bo‘lmang!!! Mak Kallister insonlarni har qanday sharoitda ham qiyinchiliklarni yengish mumkinligiga, kurashishga ilhomlantirib keladi. Mak Kallister juda ko‘plab qiyinchiliklarni yengib o‘tgan. Uning hayoti hech qachon osuda va bir tekisda kechmagan. Juda yosh paytidayoq nafaqat tirik qolish, balki g‘olibona yashash kerakligini tushunib yetgan. 6 yoshlik paytida yuk mashinasi urib yuborishi tufayli ikki oyog‘idan ayriladi. Mak Kallister o‘zining ayanchli ahvolidan nolib yashashga hech rozi bo‘lmadi. Sportning uch turi: nogironlar aravasida basketbol, yugurish va armrestling bilan muntazam shug‘ullanishni boshladi. Bu o‘z natijalarini berib, o‘z okrugida chempionlik titullarini qo‘lga kiritdi. “Men har qanday qiyin ishni qilishim mumkin, bu mening hayot tarzimga aylangan. Kim o‘ylabdi deysiz, ikki oyog‘i yo‘q inson 50 mil masofani nafaqat yugurib, balki to‘siqlardan oshib marraga yetib keladi deb. Avariyadan so‘ng onam menga nima xohlasam shu ishni bajarishim mumkinligini aytdi, lekin shu ishni qanday tarzda bajarishim, bu men yechishim kerak bo‘lgan birinchi masala edi”. Mak Kallister uylangan va 5 nafar farzandi bor. Hozirda motivator va G‘arbiy Oregon universitetida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. “Bilasizmi, kelajakda orzuimizdagi dunyoni hozirgi yoshlar yaratishadi. Yoshlar hozir imkoni yo‘qdek tuyilgan narsalarni bajarish orqali bunga erishishadi. “Iloji yo‘q” – bu faqatgina so‘z, xolos, buni men o‘z hayotimda isbotladim”. “Siz uchun maktab, ish, bolalar tarbiyasi yoki hayotdagi qiyin bir yumushli ishlar bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lishidan, qaysi darajada murakkab vazifani bajarayotganligingizdan qatʼi nazar, siz yuksalishga imkon topa olasiz. Hech qachon taslim bo‘lmang!!!” Xulosa: Ikki qo‘limiz, ikki oyog‘imiz bor-u, baʼzida salgina muammoga duch kelsak noliymiz, omadsizligimizga kimnidir yoki nimanidir aybdor qilamiz. O‘zingizni qo‘lga oling va oldinga intiling. Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olingan

Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________ Oldingdan oqqan suv... Salqin aprel tongi. Vashington metro bekatida g‘ilofli skripka ko‘targan kishi paydo bo‘ldi. U devor yoniga borib, shoshmaygina narsalarini joylashtirdi. G‘ilofni ochib oyoqlari ostiga qo‘ydi- da, skripkasini chala boshladi. 45 daqiqa mobaynida butun vujudi bilan, zavq-shavqqa to‘lib kuy chaldi. Shu vaqt mobaynida uning yonidan mingga yaqin odam o‘tdi. Dastlabki uch daqiqada o‘rta yoshlardagi bir kishi cholg‘uchiga eʼtibor berdi, qadamini sekinlatdi va bir lahza tek turdi-da... yana yo‘liga shitob bilan ravona bo‘ldi. Bir daqiqacha o‘tgach, g‘ijjakchi ilk ish haqini qo‘lga kiritdi. Bir ayol g‘ilofga pul tashladi, lekin u to‘xtamadi. Yana qanchadir vaqtdan so‘ng bir erkak to‘xtab musiqa tingladi, biroq ko‘p o‘tmay, soatiga qaradi-da yo‘lida davom etdi. Keyin uch yoshlardagi bola kelib, musiqachiga razm solib qaray boshladi. Ammo onasi uning qo‘lidan tortib olib ketdi. Bolakay ortiga qaray-qaray onasiga ergashdi. Bunga o‘xshagan holat yana ko‘p bor takrorlandi. Birorta ota-ona bemalol tomoshaga ruxsat bermadi. Bechora bolalarning kuzatuvi bir daqiqaga ham yetib bormadi. Xullas, 45 daqiqalik ko‘cha konserti davomida 7 kishigina biroz vaqt yo‘ldan qolib musiqa tingladi, 20 kishi esa g‘ilofga pul tashlab, to‘xtamay ketdi. Cholg‘uchi shu vaqt ichida 32 dollar pul ishladi. Biror-bir yo‘lovchi dunyoga mashhur musiqachi Joshua Bellning kuylarini tinglayotganini bilmadi, his qilmadi, xayoliga ham keltirmadi. Cholg‘uchi XVIII asrning mashhur sozchisi Antonio Stradivari ishlagan skripkada kuy chalgandi. Bu asbobning bahosi 3,5 million dollar edi. Ushbu ko‘cha tomoshasidan ikki kun oldin Joshua Bell Bostonda katta konsert bergandi. Chipta narxi 100 dollar bo‘lishiga qaramay, zal liq to‘lgandi. “Vashington post” gazetasi o‘tkazgan ushbu sinov loyihasi inson tabiati haqida yana bir bor saboq beradi... Joshua Bell – dunyoga mashhur amerikalik skripkachi. Gremmi mukofoti laureti. U yoshlarga shunday maslahat beradi: “Men yoshlik paytimdanoq sezganim – inson muvaffaqiyat qozonishi uchun turli yo‘llar mavjud. Lekin har birimizda bitta yo‘l bor. Siz shu yo‘lni topishingiz lozim!” Xulosa: Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q… Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olingan Sizning xulosangiz: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ___________

YETTINCHI BO‘LIM Ushbu bo‘limda “Liderlar” kanalida eʼlon qilingan mashhur insonlarning hayot saboqlari bilan tanishishingiz mumkin. Bu maʼlumotlar gazeta, jurnal, kitoblar va internet sahifalaridan olingan, baʼzilari kanalimiz jamoasi tomonidan ingliz tilidan tarjima qilingan. Foydalangan manbalarimiz va mualliflardan bilganlarimizni ko‘rsatib o‘tdik, baʼzilarini topa olmadik. Agarda yoritilgan mavzularga oid manbalar va mualliflar haqida sizda qo‘shimcha maʼlumotlar bo‘lsa, albatta, xabar bering va biz buni kanalimizda yoritib o‘tamiz. Buyuk insonlar hayotidan Amir Temur o‘gitlari • Davlat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur. • Ishbilarmon mardlik va shijoat sohibi, azmi qatʼiy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir. • Garchi ishning qanday yakunlanishi takdir pardasi ortida yashirin bo‘lsa ham, aqli raso va hushyor kishilardan kengash-u tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir. • Hozirgi damgacha o‘tgan sultonlarning qonunlari va turish-turmushlarini donolardan so‘rab- surishtirdim. Har qaysilarining yo‘l-yo‘riqlari, turish-turmushlari, qilmishlari, aytgan gaplarini xotiramda saqladim va xush axloqlari, maʼqul sifatlaridan namuna olib, unga amal qildim. Davlatlarining tanazzulga uchrashi sabablarini surishtirdim va davlat-u saltanat zavoliga sabab bo‘luvchi ishlardan saqlandim. Naslni buzuvchi, ocharchilik va vabo kasali keltiruvchi zulm va buzuqchilikdan saqlanishni o‘zimga lozim bildim. • Kimning aqli va shijoatini sinov tarozusida tortib ko‘rib, boshqalarnikidan ortiqroq ko‘rsam, uni tarbiya qilib, amirlik darajasiga ko‘tarar edim. So‘ngra ko‘rsatgan xizmatiga yarasha martabasini yana-da oshirar edim. • Podsho saltanat ishlarida har kimning so‘zini eshitsin, har kimdan fikr olsin. Qaysi biri foydaliroq bo‘lsa, uni ko‘ngil xazinasida saqlab vaqtida ishlatsin. • Bir ishga kirishmay turib, undan qutulib chiqish yo‘llarini mo‘ljallab qo‘y. • Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin. • Shijoatli kishilarni do‘st tut, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi. • Azmu jazm bilan ish tutdim. Biron ishni qilishga qasd qilgan bo‘lsam, butun zehnim, vujudim bilan bog‘lanib, bitirmagunimcha undan qo‘limni tortmadim. • Ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o‘zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr- zulmdan uzoqroqda bo‘lishga intildim.

• Yumshoqlik qilishga to‘g‘ri kelsa, muloyimlik qildim; qattiqqo‘llik ishlatish vaqti yetsa, qatʼiy choralar ko‘rdim. Shoshmaslik kerak yerda shoshilmadim; shoshilarli ishlarni kechiktirmadim. Qaysi ishni chora-yu tadbir bilan bitirishning iloji bo‘lsa, unda qilich ishlatmadim. Manba: B.Ahmedov, “Amir Temur o‘gitlari”. Yurakka qadalgan maqola (Jorj Karlindan hikmatli so‘zlar) Jorj Karlin – (1937-2008) amerikalik yozuvchi, komik, prodyuser. Jorj Karlinning rafiqasi vafot etganda, o‘tgan asr 70–80-yillarning taniqli donishmandi va satirigi bugungi kun uchun dolzarb bo‘lgan ushbu g‘aroyib mazmundagi maqolani yozadi: “Bizning zamonamizning paradoksi shundaki, bizda baland binolar bor, ammo past bag‘rikenglik, keng yo‘llar bor, lekin tor dunyoqarash. Biz ko‘p pul sarflaymiz, lekin kamiga egalik qilamiz, ko‘p narsalar sotib olamiz, lekin juda kam zavqlanamiz. Bizda katta uylar bor, lekin kichkina oilalar, yaxshi sharoitlar mavjud, ammo vaqtimiz kam. Eng yaxshi oliy maʼlumotga egamiz, ammo kamroq aql egasimiz, bilimga egamiz, ammo vaziyatni yomon baholaymiz, bizda mutaxassislar ko‘p bo‘lsa-da, muammolar ham ko‘p, yaxshi dori- darmon mavjud, ammo salomatlik yomon. Biz juda ko‘p ichamiz, juda ko‘p chekamiz, masʼuliyatsiz vaqt sarflaymiz, juda oz kulamiz, juda tez yuramiz, g‘azablanamiz, juda kech yotamiz, juda charchaymiz, juda oz o‘qiymiz, juda ko‘p televizor ko‘ramiz va kamdan-kam hollarda ibodat qilamiz. Nolish-shikoyatlarni ko‘paytirdik, ammo ularning qadrini pasaytirdik. Biz juda ko‘p gaplashamiz, juda kamdan-kam sevamiz va tez-tez nafratlanamiz. Biz qanday omon qolishni bilamiz, lekin qanday yashashni bilmaymiz. Inson hayotiga yillar qo‘shamiz-u, lekin yillarga hayot qo‘sha olmaymiz. Ular oyga yetib borishdi va qaytib kelishdi, lekin biz zo‘rg‘a ko‘chani kesib o‘tib yangi qo‘shni bilan tanishdik. Biz kosmosni fath eta oldik, ammo (qalb) ruhiyatimizni emas. Ulkan ishlarni amalga oshiramiz, lekin eng yaxshi ishlarni emas. Biz havoni tozalaymiz, ammo qalbni ifloslantiramiz. Biz atomni bo‘ysundirdik, lekin shaxsiy noto‘g‘ri nuqtai nazarimizni emas. Manba: “UzBuild” telegramm kanali. Tarjimon Bahodir Baxtiyorovich. Bryus Lidan yetti maslahat Bryus Li (1940-1973) nafaqat jangovar sanʼat ustasi, balki faylasuf ham bo‘lgan. U asos solgan Jit Kun Do kurashi tamoyillarini oddiy hayotga ham tatbiq etish mumkin. Chegaradan chiqish “Agarda bajarayotgan ishingizga chegara qo‘ysangiz, hech qachon yuqori cho‘qqiga erisholmaysiz”. U bu so‘zlarni mashg‘ulotlarning og‘irligidan noligan shogirdlariga aytgan. Ammo hayotda ham shunday: o‘zi uchun cheklov qo‘yishdan yomonroq narsa yo‘q. Ko‘pchilik xavfsiz doira tashqarisidagi xavflarni ko‘rgach, chegaradan chiqishni istamaydi. Bunday doira ichida esa hech qanday rivojlanish, o‘sish, oldinga siljish bo‘lmaydi.

Erishib bo‘lmaydigan maqsad Bryus Lining fikricha, maqsad – inson erishib bo‘lgach, harakatdan to‘xtaydigan nuqta emas. Bu oldinga intilish jarayonidir. Yo‘l bormi, demak, maqsad ham bo‘ladi. Ayrimlar o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishgach, to‘xtab qoladilar. Butun sayyorani zabt etgan bo‘lsangiz ham, harakatda davom eting. Koinot ulkan. Bilim “Kerakli narsanigina ishlating. Ustozlardan o‘rganing”. O‘zingizni o‘z sohangizdagi barcha narsani biladigandek his qila boshlashingiz bilan navbatdagi ustozni qidirib toping. Hayot beshafqat, bilimingizni oshirib bormasangiz, ertami-kechmi o‘zingizdan ko‘ra bilimliroq raqibga duch kelasiz. Omadsizlik Omadsizlik emas, betayin maqsad insonni sindiradi. Har bir kishi xato qiladi va donolargina xatosini tan olib, uning sababini aniqlaydi. Kutilmagan xavfga tayyor turish Dushman kutilmaganda paydo bo‘lishi mumkin. Jangovar sanʼat ustasi doimo hujumni kutib yashamasligi kerak, bu uni ojiz, qo‘rquvdan ezilgan insonga aylantirib qo‘yadi. Xavfni oddiylik bilan qabul qilish lozim. Ehtimoliy noxushliklardan cho‘chib to‘siq yaratish o‘rniga yo‘lingizda davom eting, yolg‘on ishlatmang va muhim pallada o‘tgan galgi xatolarni bartaraf qilishga vaqt sarflamaslik uchun ayyorlik yo‘liga o‘tmang. O‘zlikni anglash Komillikka intilish kishi o‘zini nazorat qilishdan boshlanadi. Inson bir narsani tushunishi shart: pul uning haqiqiy maqsadini tashkil etuvchi aysbergning uchi xolos. Hayotning asosiy mazmuni o‘zlikni anglab yetishdir. Tashqi ko‘rinish hech narsani anglatmaydi Ko‘pchilik tashqi ko‘rinishiga haddan ortiq eʼtibor qaratadi. Boshqalar oldida tashqi ko‘rinishingiz yaxshi bo‘lishi muhim. Lekin bu muhim maqsadlardan ham yuqoriroqda turmasligi kerak. Bryus Li: Odam quvvatini zeb berishga emas, zakovatni oshirishga sarflagani maʼqul. Manba: https://t.me/Baxtlihayotsirlari Albert Eynshteynning mashhur fikrlaridan Albert Eynshteyn (1879-1955) – nazariyotchi-fizik, zamonaviy fizika nazariyasi asoschilaridan biri, Nobel mukofoti sovrindori. • Omadli emas, qadrli inson bo‘lishga harakat qiling.

• Dunyo unda yashayotgan yovuzlar tufayli emas, bekorchilar bois ham yashash uchun xavfli makon. • Ko‘p o‘qib, idrokini juda kam ishga solgan odam xayolparastlik illatiga yo‘liqadi. • Kichkina narsalarga oid haqiqatga ko‘z yumib ketaveradigan odamga katta masalalarga xos arzimagan ishlarni ham ishonib bo‘lmaydi. • Kecha – ustozing, bugun – yashash uchun sabab, erta – umiding bo‘lsin. Eng muhimi, serhafsala bo‘lishni va olg‘a intilishni to‘xtatma. • Oylab, yillab o‘ylayman. To‘qson to‘qqiz marotaba xulosalarim xato chiqadi. Yuzinchi marotabasida esa taxminlarim to‘g‘ri ekanini aniqlaganman. • Ilmning buyuk eshiklarini ochadigan omil idrok emas, avvalo feʼl-atvordir. • Ilmda tasavvurning ahamiyati yuqori. Mantiq sizni “A” dan “B” ga olib boradi. Tasavvurning manzillari esa chegaralanmagan. Tarjimon: Liderlar kanali aʼzosi Shuhrat Sattorov Muhammad Aliga xos liderlik va jasurlik saboqlari Muhammad Ali (1942-2016) – amerikalik professional boks ustasi, 1960 yilgi 17-yozgi olimpiya o‘yinlari chempioni, og‘ir vazn toifasida jahonning mutlaq chempioni. 2016 yilning 3 iyun kuni hayot bilan vidolashgan, 20-asrning betakror sportchisi Muhammad Alining umr yo‘li kuchli istak, yaxshilik, shukuh, obro‘-eʼtibor, odamiylik, baxtiyorlik, eʼtiqod kabi hayotiy qoida va amallarga boy bo‘ldi. Quyida uning feʼl-atvori hamda turmush tarziga xos baʼzi odatlar, amallari haqida maʼlumot beramiz. Kuchli iroda Afsonaviy boks qiroli Muhammad Alining so‘nggi 32 yillik umri Parkinson kasalligiga qarshi kurashish bilan o‘tgan bo‘lsa ham, u butun umr qaddini tik tutib, kuchli sportchilarga xos iroda bilan yashadi. Hatto bokschi o‘limidan bir necha kun oldin ham kaftini musht qilgancha, chempionlarga xos nigoh bilan kamera qarshisida suratga tushgan ekan. O‘z vaqtidagi jurʼat O‘ta mashhur sportchi sifatida Muhammad Ali tobora ommalashayotgan televizion shoularni urush, irqchilik, ijtimoiy hayot haqidagi olamshumul hamda yangi mavzular bilan yana-da rang- barang qildi. Yirik siyosatchilar ham Vyetnam urushining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekani haqida indamay turgan bir paytda, Alining chaqmoqday ovozi bu urushning insoniyat tarixidagi katta xato ekanini taʼkidladi.

Munosib maqsad “Meni ringda jang qilayotgan holatda ko‘rgan bo‘lsangiz, siz men to‘g‘rimda raqibini do‘pposlayotgan vahshiy odam degan xayolga bormang. Aslida, mening mushtlashishdan maqsadim bor. Odamlar men aytayotgan so‘zlarga quloq tutishlari uchun ham muvaffaqiyatli bo‘lishga majburman”, degan edi Muhammad Ali tarjimai holida. Ali har doim qulay vaziyatda dolzarb mavzu haqida so‘zlashni odat qilgan. Hayot sabog‘i “Men ringda Amerika uchun jang qildim va Amerika uchun oltin medalni oldim. O‘sha kuni restoranga kirib, buni nishonlashni istadim, ammo amerikaliklar meni restorandan quvib chiqarishdi. “Qora tanlisan”, deb menga ovqat berishmadi. Alam bilan sohilda kezar ekanman, Amerika uchun olgan oltin medalimni daryoga uloqtirdim. Masjidga kelib qoldim va u yerda oq tanli bilan qora tanli bir safda o‘tirganini, bir-biri bilan og‘a- inidek suhbatlashayotganini, birga namoz o‘qib, keyin bir-birini bag‘riga bosayotganini ko‘rdim. Men Islomni qabul qilishimni aytdim. Imom menga shahodat kalimasini o‘rgatdi. Men chempionlik shohsupasida turib, yig‘lamagandim, hozir yig‘ladim. Chempionligimdan ko‘ra hozir buyukroq martabada turganimni his qilib, yig‘ladim…” O‘z-o‘zini iroda qila olish Muhammad Ali o‘zini har doim idora qila olgan. U o‘z imkoniyatlariga to‘g‘ri baho bera olar, bundan kerilmas va, aksincha, o‘ziga bo‘lgan ishonchga sukut bilan quloq tutar edi. Unda qudrat va mo‘minlikni mahorat bilan uyg‘unlashtira olishdek noyob fazilat bor edi. Insonlarga yaxshilik sog‘inish Ali vaqti chegaralangan bo‘lishiga qaramasdan insonparvarlik, xayr-saxovat maqsadlari yo‘lida jahon bo‘ylab kezdi. Hatto u 1990 yilda Iroqqa borib, mamlakat rahbari bilan muzokara olib boradi va amerikalik tutqun askarlarni ozod qilishga erishadi. 2002 yilda Muhammad Ali Afg‘oniston bo‘ylab Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Tinchlik elchisi” sifatida sayohat qiladi. Baxtiyor umr siri “Men doimo odamlarga ular bir necha finjon muhabbat, bir qoshiq sabr, bir choy qoshiq saxiylik, yana bir ozgina g‘amxo‘rlikni aralashtirib, so‘ng unga baxtiyorlik va xohish uyg‘unligi hamda toza eʼtiqodni qo‘shsalar va odamlarni mana shu neʼmatlar bilan siylasalar, ulardan baxtli odam bo‘lmasligini aytgim keladi”. Tarjimon: Liderlar kanali aʼzosi Shuhrat Sattorov Jak Freskoning saboqlari Jak Fresko (1916-2017) amerikalik ishlab chiqarish injeneri, dizayner, futurolog. “Venera loyihasi” tashkilotining rahbari.

Eng boy odamlar, odatda, ahmoqlardir. Bir kuni ulardan biri mendan so‘radi: “Shunchalik aqlli ekansiz, unda nega boy emassiz?” Men shunday javob berdim: “Siz shunchalik boy ekansiz, nega aqlli bo‘lib qolmadingiz?” Aksariyat hollarda odamlarga ular bilan sodir bo‘lmayotgan hodisalar emas, balki hayotdan ko‘p narsa kutishlari ularga azob beradi. Xarobazorlarni buzish va o‘rniga maktablarni qurish uchun pul yo‘q, hattoki hamma soliq to‘lovchi bo‘lsa ham. Ammo, agar biz ikkinchi jahon urushiga sarf qilingan barcha pullarni olsak, sayyoradagi hamma uchun uy qurib, xarobalarni yer yuzidan butunlay yo‘q qilishimiz mumkin edi. “O‘zingizning EGOingizni fikr va g‘oyalar almashish maqsadida unutishni o‘rgansangiz, bu haqiqiy taraqqiyotning boshlanishi bo‘ladi... Shuni unutmangki, siz kekkaygan odamni uchratganingizda, u shunchaki yuqori mavqeini saqlab qolishga harakat qilayotgan bo‘ladi. Odamlar texnologiyadan oqilona foydalanishning ajoyib imkoniyatlarini tushunishmaydi. Kelajakda bolalarimiz o‘tmishga qaraganlarida, ular dod deb yuboradilar: “Pul tizimi poraxo‘rlikning paydo bo‘lishiga zamin yaratganini bilmaganmidingiz?” Siz javob berasiz: “Yo‘q, chunki biz ushbu tizimda ulg‘ayganmiz, biz boshqa hech narsani bilmaganmiz”. Haqiqiy dunyoda yashash uchun, haqiqiy inson bo‘lish uchun niqobingizga va odob-axloq ortiga yashirinishni bas qiling, bu niqobni yechib tashlang, haqiqiy bo‘lishga harakat qiling. Birovning rolini qanchalik uzoq vaqt ijro etsangiz, shuncha tez-tez yolg‘on bahonalarga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi. Yoki birga yashashni o‘rganamiz, yoki yolg‘izlikda halok bo‘lamiz. Ijodkorlik (kreativlik) – allaqachon maʼlum bo‘lgan elementlarni olish va ularni o‘ziga xos tarzda birlashtirishdir. Isteʼmolchilar jamiyati – muhtoj bo‘lganlaridan tashqari hamma narsaga ega bo‘lgan yolg‘iz odamlarning jamiyatidir. Agar hech narsa qilmasangiz, sizni ishontirib ayta olamanki, hech narsa bo‘lmaydi. Manba: “UzBuild” telegramm kanali, Bahodir Baxtiyorovich Kitob o‘qishning inson shaxsi shakllanishidagi o‘rni to‘g‘risida Ozod Sharafiddinov (1929-2005) – atoqli olim, yirik jamoat arbobi, mohir tarjimon, otashin publitsist. Xo‘sh, kitob odamga nima beradi? ● Birinchidan, kitob bilim beradi, dunyo haqida, turli mamlakatlarning yashash tarzi to‘g‘risida, ularning tarixi, jo‘g‘rofiyasi, iqtisodi, xalqlarning rasm-rusumlari to‘g‘risida bir umr xotirangizdan o‘chmaydigan tasavvurlar beradi. ● Ikkinchidan, “inson” degan g‘oyatda murakkab, g‘oyatda ziddiyatli, g‘oyatda tilsimli bir mavjudotning psixologiyasi, ichki dardlari, olamni idrok etishi, yashash uchun kurashi, ulug‘ligi va zabunligi, zo‘rligi va ojizligi haqida tasavvur beradi. Bularning bari sizni teran fikrlashga o‘rgatadi. ● Uchinchidan, kitob sizning tuyg‘ularingizni tarbiyalaydi, estetik didingizni shakllantiradi, tabiatingizda dag‘allik, shafqatsizlik bo‘lsa, ularni yumshatadi, qalbingizda ezgulik, oliyjanoblik yaproqlarining yozilishiga yo‘l ochadi. Ko‘p kitob o‘qigan odam kitob o‘qimaganga qaraganda, dunyoni butunlay boshqacha qimmatda va boshqacha ranglarda, boshqacha nisbatlarda qabul qiladi.

Ilon Maskning muvaffaqiyat tamoyillari Amerikalik tadbirkor, kashfiyotchi, injener va milliarder Ilon Mask – “SpaceX”, “Tesla Motors”, “SolarCity” va boshqa ko‘plab global kompaniyalar rahbari, asoschisi. Taassurotlarga boy umr egasining yagona yutug‘i uning o‘ziga xos turmush tarzi va o‘zgarmas qoidalaridir. Uning hayot yo‘li sizni ham muvaffaqiyatga olib borishi tayin. U 10 yoshida elektron hisob-kitob tizimini ixtiro qilgan, 12 yoshida video o‘yin va ish jarayoni uchun texnologiyalar yaratib 500 AQSH dollariga pullagan. Ixtirochi bolakay bugun sayyoramizning peshqadam biznesmenlaridan biri. Biz hali Yerdagi hayotimizni reja qilib yurgan bir davrda, Ilon Mask 2040 yilgacha Mars sayyorasida 80 ming kishilik shaharchani bunyod etish ustida bosh qotirmoqda. Ilon Mask jurnalist undan o‘zi haqida so‘ragandan ko‘ra, uni tashvishga solayotgan global mavzular, muammolar, muqobil energiya manbai, ekologik zararsiz transport, sayyoralararo sayohat yo‘nalishidagi loyihalar to‘g‘risida suhbatlashish istagini bildiradi. U o‘zining borligiga emas, insoniyat borlig‘iga, dardiga diqqatini qaratgan noyob davlatmand odamlardan biri. Keling, Ilon Mask tamoyili va qoidalariga diqqat qaratamiz. Ajab emas, bu sizning ham hayotingizni o‘zgartirib yuborsa. Hayotingizni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan 6 saboq 1-saboq: Tanqidni quchoq ochib kutib oling. Tanqid – mashqqa o‘xshaydi. Avvaliga u sizning madoringizni olganday tuyilsa ham, asta-sekin o‘zining mustahkam, bekam-ko‘st va sog‘lom gavdasini namoyon qiladi. Maqtovni maqtov chaqiradi, ammo tanqid muvaffaqiyatga xizmat qiladi. “Tesla Model S” elektromobili haqida kim bilandir suhbatlashsam, men uchun maqtov emas, avtomobilning suhbatdoshimga ko‘rinib turgan kamchiliklarini eshitish muhimroq”. “Odamlarning tanqidi – aslida, uning fikri. Do‘stlarimdan ham ketma-ket biror mahsulotning ularga yoqmagan jihatlarini so‘rasam, keyingi gal ular men so‘z boshlamasimdanoq xizmat yoki mahsulot yuzasidan fikrlarini bayon qiladilar”. “Sen xatolaringga yaqinroq yurishga odatlan. Shunda muvaffaqiyat sening maqsadingga aylanadi.” Amalga oshirish: Sizni bexijolat tanqid qila oladigan 5 kishining ismini yozing. Ular sizning hamkorlaringiz, do‘stlaringiz, hamkasblaringiz, ota-onangiz bo‘lishi mumkin. Ularga qo‘ng‘iroq qiling, xat yuboring va ularning ko‘magiga muhtoj ekaningizni bayon qiling. Taklifni bir oz bo‘rttirsangiz ham bo‘ladi. Yaʼni chindan ham ularning yordamiga muhtoj ekaningizni his qilishsin. “Mening xatti-harakatlarim, loyihalarim, shaxsiy qaror va munosabatim yuzasidan fikringizga muhtojman. Agar meni xafa bo‘ladi, deb o‘ylasangiz, xotirjam bo‘ling. Men tanqidlarni ham do‘stona qabul qilaman. Agar o‘ylashingiz uchun fursat kerak bo‘lsa, hozir sizni shoshirmayman”. Sizni yaxshi biladigan insonlarda siz haqingizdagi xulosalar doim bo‘ladi. Ularni shu taxlit bilib oling. 2-saboq: Haqiqatga yaqin g‘oyalarni ilgari suring (g‘oyaning asosi va qoidasini anglash). Albert Eynshteynning fikricha, inson muammoni unga sabab bo‘lgan omillar yordamida hal qila olmaydi. Ammo janob Mask bu fikrga qo‘shilmaydi. Misol uchun, odamlar akkumulyator batareyalarning har doim qimmat bo‘lganini aytishadi. Ular bu qurilmani yasash qimmatga tushishini o‘ylab ham shunday fikr yuritadilar. Biroq Ilon Maskning tajribalari, saʼy-harakatlariga ko‘ra, agar siz akkumulyatorni qismlarga bo‘lib tashlab, unga ketadigan xarajatlarga qiziqsangiz, aslida tannarx ancha arzonga tushishiga guvoh bo‘lasiz.

Maskning so‘nggi – xo‘jalik va ofislarga energiya manbasini yetkazishda katta yangilik bo‘lishi kutilayotgan “Tesla Energy” loyihasi ham aynan ana shu nazariyaga asoslangan. Biz foydalanayotgan xizmatlar va mahsulotlar aslida arzon va sodda. Biror ishni qilishdan oldin “nega buni qilishim kerak?” degan savolga javob izlang. Uning ortida turgan asosiy sabablarni toping. Ilon Mask aytadi: “G‘oya va tashabbusni, muammo va to‘siqlarni idrok qozonida oxirgi tafsilotiga qadar qaynating. Shunda ularning sababi yuzaga ko‘tariladi”. Amalga oshirish: Shaxsiy yoki kasbiy eng katta muammoni hoziroq qog‘ozga tushiring. Uni tarkibiy qismlarga bo‘lib tashlang. Keyin mana shu qismlarni qo‘lga kiritish harakatiga tushing. 3-saboq: Shovqinda turib kerakli tovushga diqqat qiling. Ilon Mask g‘oyalar orasidan kerakli maqsadga diqqat qilishni targ‘ib qiluvchi yagona milliarder emas. Uorren Baffetning “qilish mumkin bo‘lmagan ro‘yxat”i bo‘lsa, Stiv Jobsning fikriga ko‘ra, nima qilmaslik haqida aniq qaror nima qilish kerakligi to‘g‘risida yagona to‘xtamga kelishdek muhimdir. Yoki Facebook xodimi Noa Kaganning aytishicha, Mark Sukerberg Facebook foydalanuvchilarining ko‘payishiga xizmat qilmaydigan hech bir g‘oyani tan olmas ekan. Xuddi shu kabi, Mask ham mahsulot yoki xizmatning yaxshilanishiga sabab bo‘lmaydigan g‘oyani tan olmaydi. Ilon Mask aytadi: “Tesla” loyihasini amalga oshirish jarayonida reklamaga hech qachon mablag‘ sarflagan emasmiz. Uning o‘rniga mablag‘ni tadqiqot va rivojlantirishga, muhandislik va dizayn, eng yaxshi avtomobil ishlab chiqarishga sarfladik. Yaxshi mahsulot yaratishga ko‘zimiz yetmasa, loyihani yakunladik”. Rahbarlik ko‘nikmasi va hayotni izga solishga oid qo‘llanmalari bilan mashhur amerikalik konsultant Stiven Kovi ham diqqat eng muhim jihatga qaratilishi kerakligini taʼkidlaydi. Ilon Mask aytadi: “Bu saʼy-harakating natijasi kimgadir naf keltiradimi? Agar bunday bo‘lmasa, undan voz kech”. Amalga oshirish: Keyingi yil erishishing mumkin bo‘lgan 20 ta yutug‘ingni qog‘ozga tushir. Ulardan 5 ta imkoni nisbatan kam bo‘lganini olib tashla. Yana olib tashla. Ulardan haqiqatga yaqin beshtasi qolsin. Unutma, o‘zingni ko‘zing yetgan muvaffaqiyatlaringga qanchalar diqqat qaratsang, natija ham shunchalik yuqori bo‘ladi. 4-saboq: Muvaffaqiyatsizlikni imkoniyatga aylantiring (aniq rejani aniqlash orqali). Harakat qilmaslikning bosh sababi – qo‘rquv va hadikdir. Shu sababli ham, o‘zimiz xohlagan ish uchun hujjat topshirishga haddimiz sig‘maydi. Pulimizni behuda sarflashdan qo‘rqqanimiz uchun ham biznesni boshlashga botina olmaymiz. Sayyoralar bo‘ylab sayohatga olib chiquvchi kompaniya rejasi, ehtimol, siz uchun kulgilidir. Ammo Ilon Mask qo‘rquvni yengib, “SpaceX” loyihasiga mablag‘ tikishga qaror qildi. Ilon Mask aytadi: “Uch marta urinib ko‘ramiz. Agar har uchalasida 100 million dollargacha mablag‘ tikib, samoga raketa uchira olmasak, “SpaceX” loyihasidan voz kechamiz”. Natija nima bo‘ldi? Birinchi urinish 30 million dollar sarf-xarajat va omadsizlik bilan yakun topdi. Ikkinchi va uchinchi urinish 60 million dollardan xarajatlar va muvaffaqiyatsizlik bilan tugallandi. Ammo to‘rtinchi urinishda “SpaceX”ning raketasi samoni zabt etdi. Natijada, loyiha NASA‘ning 1.6 milliard AQSH dollari miqdoridagi shartnomasini qo‘lga kiritdi.

Ilon Mask muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqmaydi, deb o‘ylaysizmi? Qo‘rqadi. Ammo u maqsadli reja qilishga odatlangan. Bu esa kamida foydali muvaffaqiyatsizlik va keyinchalik undan chiqarilgan xulosa kafolatini anglatadi. Ilon Mask aytadi: “Muvaffaqiyatsizlik imkoniyatni anglatadi. Agar unga ro‘para kelmasang, demak, hali ilg‘or g‘oyalarni tatbiq qilishdan yiroqdasan”. Amalga oshirish: Agar amalga oshirmoqchi bo‘lgan loyihangizni o‘zingiz ham aniq tasavvur qila olmasangiz, miyada charx urayotgan fikrlarni tartib bilan qog‘ozga to‘king. Siz o‘zingizcha uchrashi mumkin bo‘lgan muvaffaqiyatsizlik ssenariysini yozing. Keyin bunga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan 10 ta omilni yozing. Har bir muammoning oldini olish bo‘yicha reja qiling. 5-saboq: Hadik va tashvishlarni chetga suring. Siz uchrashingiz mumkin bo‘lgan omadsizlikda o‘zingizni qanday tutishingiz mumkinligini o‘ylang. Lekin unutmang, sizga omad olib kelishi mumkin bo‘lgan ishning huzuri bundan 10 chandon ziyodroq bo‘ladi. Ilon Mask 17 yoshida biznesmen bo‘lib, o‘z kompaniyasiga ega bo‘lishni orzu qilgan. Shu orzuni amalga oshirish uchun u kam yeb, kam kiygan davrlari ham bo‘lgan. Janob Mask har kuni o‘zi uchun 1 AQSH dollaridan ko‘p bo‘lmagan mablag‘ sarflashga ahd qilgan. Qolgan mablag‘ni tajriba sifatida kelajagi uchun yig‘a boshlagan. O‘sha kunlari u asosan xot-dog va apelsin yeb kun o‘tkazgan. U buni kambag‘alligi uchun qilmagan. Janob Ilon Mask aslida bu yo‘l orqali o‘zining irodasini sinovdan o‘tkazgan. U shu orqali kun kelib, mabodo, inqirozga yuz tutgan mahalda ham, hech bo‘lmaganda 1 dollar bilan kun kechirishi mumkinligiga ishonch hosil qilgan. Shu orqali u muvaffaqiyat qarshisida pul aslida ahamiyatsiz narsa ekanini o‘zi uchun kashf qilgan. Aynan shu voqeadan keyin u biznesmen bo‘lish borasidagi qarorini hayotda sinab ko‘ra boshlaydi. Ilon Mask aytadi: “1 dollar hisobiga bir kun yashay olishimni isbotlash borasidagi tajribam hech bo‘lmasa omadsizlikda ham ochlikdan o‘lmasligimni isbotladi. Axir bir oyda 30 dollarni osonlik bilan topsa bo‘ladi-da”. Amalga oshirish: O‘zingizdan, mabodo, omadsizlikka yuz tutgan vaziyatda yana yashab, oyoqqa turish uchun kuchni qay yo‘sin topa olishingizni so‘rang. Bularni yozishdan erinmang. Agar bu vaziyatdan chiqib ketishga ko‘zingiz yetsa, loyiha yoki maqsadni amalga oshiring. 6-saboq: Imkoniyatingizni o‘z darajangizdan yuqori turgan loyihalarga sarflang. Ko‘pchiligimiz mablag‘ ko‘proq to‘lanadigan joyga yuguramiz. Biz uchun osonroq va qiziqroq mehnat tarzi muhim. Ammo bizning saʼy-harakatimiz dunyoga qanday taʼsir o‘tkazayotgani, ertangi muammolarning oldini olishda ularning o‘rni, bugun yo ertani emas, istiqbolni ko‘zlab ish tutishimiz kerakligi xayolimizga ham kelmaydi. Biznes vakili yoki boshqa biror sohada muvaffaqiyatga erishish istagidagi inson hamma kabi ufqqacha bo‘lgan masofani emas, ufqning orqa tomonida qanday manzara borligini ko‘ra olishi kerak. Ilon Mask hech qachon ko‘proq va osonroq pul topish yo‘lini izlamagan. U doim o‘zidan bir savolni – insoniyatni hozir nimalar qiynayotgani, kelajakda nimalar kutayotgani va odamlar bunga tayyor yoki yo‘qligini so‘raydi. Ilon Maskning suhbatlarini o‘qing, chiqishlarini kuzating: u hech qachon foyda to‘g‘risida og‘iz ochmaydi. U doim intervyularida o‘z loyihalarining insoniyatga tegishi mumkin bo‘lgan nafi haqida to‘xtaladi. U o‘z dunyosini emas, insoniyat dunyosini o‘zgartirish uchun muammolarga yechim izlaydi.

Ilon Mask aytadi: “Modomiki, yetarlicha asosli bo‘lgan nimanidir qilish kerak bo‘lsa, imkoniyatlar bizga qarshi bo‘lgan taqdirda ham, uni amalga oshirish kerak”. Amalga oshirish: Ayni vaqtda amalga oshirayotgan loyiha va maqsadingizni qog‘ozga tushiring. O‘zingizdan siz amalga oshirayotgan ish sizning imkoniyatlaringizdan yuqorimi yoki yo‘qligini so‘rang. Agar javob “yo‘q” bo‘lsa, unda o‘zingizga munosib bo‘lgan ishga kirishing. Tarjimon: Liderlar kanali aʼzosi Shuhrat Sattorov Bill Geytsning yoshlarga 11 maslahati O‘qimishli bo‘lish miyani bilimga to‘ldirib tashlash yoki ko‘p bilish degani emas. Bu – nimani bilishing va nimani bilmasligingni ajrata olish, degani. Bill Geyts dunyoning muvaffaqiyatli kishisi sifatida faxriy mehmon bo‘lib juda ko‘p taʼlim muassasalarida ishtirok etadi, yuqoridagi kabi fikrlar bilan yoshlarning taʼlimga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Quyida 2005 yilda uning o‘zi taʼlim olgan maktabdagi ishtiroki chog‘ida bitiruvchi o‘quvchilarga bergan 11 ta maslahatini diqqatingizga havola qilamiz. 1-qoida: Hayot ko‘rgazma emas. Demak, undan foydalansa bo‘ladi. Siz ham hayotingizni qo‘lga oling-da, uni ishga soling. 2-qoida: Dunyo sen o‘zingni qanchalar hurmat qilishing bilan hisoblashmaydi. U sendan o‘zingni hurmat qilishingdan oldin biror ishni qoyillatib qo‘yishingni kutadi. Siz ham avval hurmatga munosib ekaningizni isbot qiling. 3-qoida: Maktabni tamomlamasdan turib na o‘zingiz xohlagancha yashash, kezi kelganda, hattoki yashay olishning ham imkoni yo‘q. Shuning uchun hozir bilim oling. 4-qoida: Agar bugun o‘qituvchi talabchan ekanidan shikoyat qilsangiz, kun kelib rahbar qo‘liga tushganingizda, pushaymon yeysiz. Kelajakka maktabdan boshlab tayyorgarlik ko‘ring. 5-qoida: Ehtimol, siz o‘zingizni eng quyi ishga munosib ko‘rmassiz. Ammo sizning ota-bobongiz bu ishni boshqacha, “imkoniyat” deb nomlagan. Siz ham ishni quyidan boshlang va mehnatga nisbatan kibrli bo‘lmang. 6-qoida: Hayotda nimadadir xato qilsangiz, bunda ota-onangizning aybi yo‘q, ularni qiynamang. Xatolaringiz uchun dod-faryod solishni emas, xulosa chiqarishni o‘rganing. 7-qoida: Sizning tug‘ilishingiz ota-onangiz uchun faqat bayram emas, katta masʼuliyat bo‘lgan. Ularni asrang va qadrlang. Bu kelajakda o‘zingiz qadr topishingiz uchun kerak bo‘ladi. 8-qoida: Maktabni aʼlochilar ham, past o‘zlashtiruvchilar ham bitiradi. Yomon o‘qiydiganlarga to‘g‘ri javobni topgunlariga qadar qulay sharoit yaratib beriladi. Ammo hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlash uchun sanoqli imkon va ishonch beriladi. Shuni unutmang. 9-qoida: Hayotda choraklik, yillik imtihon, so‘rov yoki hisobot degan tushunchalar yo‘q. Hayot imtihonini ham, hisobotini ham barcha bir marta – umr so‘ngida o‘ziga topshiradi. Eng muhimi, mana shu imtihonga tayyor bo‘ling. 10-qoida:

Televizor – hayot, degani emas. Aks holda, undagi qahramonlar vaqtlarining asosiy qismini mehnat qilishga sarflagan bo‘lar edilar. O‘zingizni samarali va maqsadli mehnatga tayyorlang. 11-qoida: Muvaffaqiyatga erishish uchun avval uning haqini to‘lash kerak bo‘ladi. Bu esa vaqt hamda mashaqqatli mehnat degani. Tarjimon: Liderlar kanali aʼzosi Shuhrat Sattorov Soitiro Xondadan maslahatlar (1906-1991) Dunyoga mashhur “Honda Motor Co.,Ltd.” kompaniyasi asoschisi. Hech qachon taslim bo‘lmang! 1. Tirik ekansiz, barchasini uddalash mumkin. O‘lim – taslim bo‘lish uchun yagona bahona bo‘la oladi. Tirik ekansiz, siz uchun hadsiz-hisobsiz imkoniyatlar omili mavjud. Ulardan foydalanib, maqsadingizga yeting. 2. Hayotga real ko‘z bilan qarang. Barcha ish ham bir urinishda hal bo‘lavermaydi. Buni tushuning. Bu - qo‘lni yuvib qo‘ltiqqa artish, degani emas. Xatolar, yanglishishlar bo‘ladi va ishoning, bularning bari sizning foydangizga. Faqat buni ko‘ra biling. 3. Siz o‘zingizga baho berganga qaraganda kuchli odamsiz. Ko‘zga ko‘rinmas mayda muammolar sizni to‘xtatib qolmasin. Kerak bo‘lsa o‘n, yuz va hatto ming martalab omadsizlikka uchragan taqdiringizda ham aslo taslim bo‘lmang. 4. O‘zingizni doim tergab turing. Masʼuliyatni olishdan sira qo‘rqmang. Hammasi yaxshi bo‘ladi. Bu qaytanga o‘zingizga bo‘lgan ishonchning ortishiga sabab bo‘ladi. Kamtarlik yaxshi xislat, albatta. Lekin hamma joyda emas. 5. Buni ham inson bolasi qilgan-ku! Ha, to‘g‘ri. Shu sabab siz ham uddasidan chiqasiz! 6. Amalga oshira olmasligingizni taʼkidlashsa-da, baribir orzularingizga ishoning. 7. Yon-atrofdagilaringizga suyaning. Shunda quvvat yana-da oshadi. Yarim yo‘lda tashlab qo‘ymaydigan tanishlarning bo‘lishi, faqat muvaffaqiyatga olib boradi. 8. Yodingizdan chiqmasin! Hayotda sizning ahvolingizdan battarroq va sizga havasi keladigan insonlar son minglab topiladi. Millionlab odamlarga qiyin, lekin ular taslim bo‘lishmayapti. Ular kurashishda davom etishayapti. 9. O‘zingizga to‘g‘ri baho bering. Siz har qanday baxtga munosib insonsiz! 10. Yaxshilik qilishni o‘rganing. Bu bilan o‘zingizga ham yordam berasiz. 11. Barcha narsaning o‘z vaqti-soati bor. Vaqtida Uolt Disneyni bo‘sh tayyorlagan maqolasi uchun ishlab turgan gazetasidan haydashgan. Mendeleyev kimyo fanidan qoniqarsiz bahoga o‘qigan. Shu sabab ko‘p siqilmang. Hozircha omadingiz kelmayaptimi, demak omad kelishining o‘z vaqti-soati bor! Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olingan. Jek Ma kambag‘al insonlar psixologiyasi haqida Jek Ma (1964) – xitoylik tadbirkor, kapitalizatsiyasi 500 mlrd dollardan yuqori bo‘lgan “Alibaba Group” kompaniyasining asoschisi, “Forbes” jurnalida surati chop etilgan ilk xitoylik tadbirkor. Kambag‘al kishilar talabini bajarish juda mushkul. Ularga nimanidir tekinga bersang, bu qopqon, deb o‘ylaydilar. Ularga bu kichik investitsiya desangiz, ko‘p mablag‘ ishlab topish mumkin emas, deyishadi. Yirik miqdorda moliya kiritish taklifini bersangiz, pullari yo‘qligini ro‘kach qilishadi.

Yangi mavzular taklif etilsa, tajribalari yo‘qligidan xavotirlanishadi. Bu anʼanaviy biznes ekanini aytsangiz, bu og‘ir deydilar. Ularga bu yangi biznes-model, desangiz, piramida deyishadi. Ularga do‘kon ochish haqida gapirsangiz - erkinlik yo‘q deyishadi. O‘z bizneslarini boshlash haqida gap ochsangiz, yangi biznes rivojlanishiga hech qanday isbot yo‘qligini aytishadi. Ular ko‘plab umumiy xususiyatlarga ega: Google‘dan foydalanish, xuddi o‘zlari kabi omadsiz do‘stlariga quloq tutish. Ular universitet professorlaridan ham ko‘proq o‘yga tolishadi va ko‘zi ojiz kishilardan ham kamroq narsalar qilishadi. Ulardan nima qilishlari mumkinligi haqida so‘rang. Ular sizga javob bera olmaydi. Mening xulosam: yurakdan tezroq urishni talab qilish o‘rniga o‘zingiz tezroq harakat qilsangiz nima bo‘ladi? Xayollarga berilish o‘rniga, fikringizdagi narsani amalga oshirishingizga nima xalal beradi? Kambag‘al insonlar bitta xususiyatlari sabab omadsizlikka yuz tutishadi: ularning umri kutish bilan o‘tadi. Manba: ijtimoiy tarmoqlardan olingan. Robert Kiyosakidan 10 maslahat Robert Kiyosaki (1947) – amerikalik tadbirkor, investor, yozuvchi va notiq-motivator. Boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi yagona farq – ular vaqtlarini qanday sarflashida. Qancha pul topayotganingiz emas, ularning qanchasini saqlab qolayotganingiz muhim. Badavlat insonlar aktivlarni sotib olishadi. Kambag‘allarda faqatgina xarajatlar bor. O‘rtahollar esa majburiyatlarni sotib olib, ularni aktivlar, deb o‘ylashadi. Mehnat qilish uzoq muddatli muammolarni hal etish uchun juda qisqalik qiladi. Amin bo‘lingki, biror ishga kirishar ekansiz, do‘stlaringiz sizdan ko‘proq narsalarni talab qiladi yoki uni nima sababdan uddalay olmasligingizni tushuntirishga harakat qilishadi. Kambag‘al, omadsiz, baxtsiz va kasal odamlargina “ertaga” so‘zini tez-tez ishlatadi. Pul – suv, taom, havo va turar-joy kabi barcha narsalarga taalluqli bo‘lgan manbalardan hisoblanadi. Ammo nima uchundir ayrim olimlar pulni o‘z ijtimoiy maqomidan pastda, deb o‘ylashadi. Har bir muammo qaʼrida imkoniyatlar yotadi. Bugun – g‘oliblar qo‘llaydigan so‘z. Ertaga – omadsizlar quroli.

SAKKIZINCHI BO‘LIM Sizda qanday fikr bor? Ushbu bo‘limda “Liderlar” kanali aʼzolarining kanalimiz haqidagi fikrlari, takliflari, munosabatlari va ularning hayotiga, faoliyatiga, o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan, taʼsir qilgan jihatlar haqidagi eʼtiroflari keltirilgan. Bildirilgan fikr-mulohaza va eʼtiroflarni asl holida eʼtiboringizga havola etmoqdamiz. Kanal faoliyatiga oid barcha taklif va mulohazalarni har tomonlama o‘rganib chiqib, kelgusi faoliyatimizda amalga tatbiq etishga harakat qilamiz. Fursatdan foydalanib, kanalimizning qadrli muxlislariga, hurmatli Liderlarimizga samimiy eʼti- roflari, kamtarona mehnatimizga bergan yuksak baholari uchun o‘z minnatdorligimizni bildiramiz. *** “Kanaldagi maʼlumotlar imkon qadar kengroq va chuqurroq o‘ylashimga xizmat qilib kelmoqda, bizga taqdim etilgan eng sara fikr-mulohazalar xatolarimni kamaytirishga hissa qo‘shganligiga ishonaman, kanal kelgusida “Liderlik ensiklopediyasi”ga aylanishini taxmin qilgan va ishongan holda uning faoliyatiga muvaffaqiyat tilayman”. Botir Mardayev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati, “Liderlar” kanali aʼzosi *** Liderlar kanalining aʼzosi sifatida taʼkidlashni istardimki, bu kanal, eng avvalo, shaxs kamolotiga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Har bir o‘quvchining o‘zligini anglashida, maqsad sari intilishida har qanday uchrashi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar va qo‘rquvni yengib o‘tib g‘oliblik hissini tuya bilishga chorlaydi. Shaxsning o‘z-o‘ziga ishonchini, qatʼiyatini yuksaltiradi. Kanal masʼullarining ishni tashkil etishdagi eng eʼtirofga sazovor jihatlari, o‘quvchilarga taqdim etilayotgan materiallarda qalban yaqinlik munosabati sezilib turadi. Va bu bilan insonda birdamlik va vatanparvarlik hissini ulg‘aytirib boradi. Intiluvchanlik, samimiylik, kamtarlik, o‘z ustida tinimsiz ishlash shijoatini jo‘sh urdiradi. Eng muhimi, Liderning har qanday vaziyatda o‘z o‘rnini va atrofdagilar rolini baholay olish qobiliyatini shakllantiradi, o‘z vaqtida va tezkor qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shaxsning o‘ziga bu xususiyatlarni singdirishi - ishda, oila va do‘stlar davrasida, hattoki, raqiblar qarshisida qo‘llashi- atrofidagilarining ham shunday yorqin fikrlovchi va olg‘a intiluvchi yangi Liderlar safidan o‘rin olishlariga kattagina turtki bo‘ladi. Muxtasar aytganda, Liderlar kanali, har bir liderning g‘oyaviy ustuni bo‘lib, Jonajon, yurtimizning barqaror kelajagini taʼminlashda mayoq bo‘lib xizmat qiladi! Xusanova Muxtabar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati, yu.f.n., “Liderlar” kanali aʼzosi *** Xasanov Otabek Abdurashidovich muallifligidagi Liderlar kitobi, avvalo, kelajagiga befarq bo‘lmagan barcha insonlar uchundir. Men umrim davomida 30 yildan ortiq rahbar lavozimda ishlaganman. Rahbarlik bu avvalo masʼuliyat va ishonchdir. Liderlik lokomotiv bo‘lmoq va

jamoani ortidan ergashtirmoqdir. Lokomotiv insonlar bu har bir oilada, tashkilotda, mahallada, do‘stlar davrasida bo‘ladi. Bunday insonlarni siz yoshligidan kuzatib borishingiz mumkin. Shunday ekan, jiyanim Otabek Xasanov yoshligidan maktabda, oilasida, ishxonasida lokomotiv bo‘lib shakllanib bordi. Bugun u bizdan, ustozlaridan va hayotiy tajribasidan kuzatib borgan hamda ushbu sohadagi bilimlarini umumlashtirib Liderlar kitobini yozdi. Maqsad o‘zi kabi lokomotiv liderlar sonini ko‘paytirish. 30 yillik tajribamdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, yaxshi rahbar, avvalo, maqsadni to‘g‘ri belgilab oladi, keyin o‘zini shu maqsadga ishontiradi, so‘ng jamoani. Shuningdek, har bir rahbar biror ishni boshlashdan oldin oxiri nima bilan tugashini oldindan bilishi kerak. 70 yoshga kirib shuni ayta olamanki, o‘zingning mehnating evaziga topilgan obro‘ bu yaxshi, biroq farzanding mehnati evaziga otaga ko‘rsatilgan iltifot undan ming marta yaxshi ekan. Shuning uchun har bir inson o‘z farzandiga yoshligidan halol luqma va to‘g‘ri tarbiya berib, eng muhimi, yaxshilik qilishni ham o‘rgatish kerak, yaʼni yaxshilikni birga qilishi kerak. Ushbu kitobni o‘qiyotgan yoshlar, sizlarga maslahatim: vaqtning qadriga yetishni o‘rganing, u juda tez o‘tib ketadi, buni sizga 70 yoshga kirgan inson aytyapti, uni to‘g‘ri sarflang. Umarov Erkin Jamatovich *** Har bir ishning boshida bo‘lish va uni hayotga tadbiq etish bu haqiqiy qaxramonlik deb bilaman. Judayam ko‘p insonlardan yuzlab innovatsion fikr-g‘oyalar chiqadi, lekin uni amaliyotga joriy etishga kelganda mardlik va iroda yetmaydi yoki harakatga kelganda qo‘rqoqligini kuzatamiz. O.Xasanovning “Liderlar” kanali konsepsiyasi yaratilishi jaryonida uning kelajakdagi o‘rni va mavqeini forsayt (prognoz) qilish maqsadida bir necha “fokus” guruhlarni shakllantirgani esa taqsinga loyiq va bu ishga qanchalik jiddiy tayyorgarlik ko‘rganidir. Hurmatli kanal aʼzolari va kitobxonlar! Lider o‘zi kim? Balki bu faqatgina balandparvoz so‘zdir (yoki utopiya). Mening fikrimcha, lider - bu sog‘lom kollektiv muhit shakllantira oladigan va uni bir maqsadga olib kelishi mumkin. Qolaversa, kundalik hayotimizning turli sohalarida faoliyat yuritib kelayotgan rahbar kadrlarga eʼtibor beradigan bo‘lsak, baʼzilarida faqatgina boshqaruv ko‘nikmasining yetishmasligini kuzatishimiz mumkin. Buning asosiy sababi, eng avvalo, malakasizlik va his-tuyg‘uga (nepotizim elementlariga) asoslangan boshqaruvning qo‘llanib kelishidir. Shu o‘rinda ustozim bir gaplarini keltirish joiz: “ko‘chada kimnidir yoqtirish, sevish va yomon ko‘rish mumkin, ammo ish joyida vijdonan va sidqidildan ishlash lozim”. Nima maqsadda bu kanal shakllangan degan savol ko‘pchilikni qiziqtirishi mumkin. Davlat boshqaruvi akademiyasining asosiy vazifasi lider, yaʼni zamonaviy rahbar kadrlar tayyorlashdir. Xo‘sh “Liderlar” kanalining strategik maqsadi nimadan iborat? O.Xasanov bilan uzoq yillar mobaynida Akademiyada faoliyat yuritganmiz. Shu yerda bir sirni ochmoqchiman qadrli kitobxonlar uchun. Kundalik yangiliklarni kuzatganimizda, turli soha rahbar kadrlarining OAV vakillari bilan o‘tkazilgan savol-javoblarini tinglaganimizda, Akademiyadagi faoliyatimizga qoniqarsiz baho berganman. Akademiya o‘zining 25 yillik faoliyati davomida har tamonlama malakali kadrlar yetishtira olgan, afsuski, bir yilda bor yo‘g‘i 100 nafar magistr va 100 nafar qayta tayyorlash bitiruvchilari bilan jamiyatimizdagi sof vijdonli rahbar kadrlarga bo‘lgan talab misli dengizdagi bir tomchidek bo‘lmoqda. Ming afsuski, bu tomchi dengizga tushgandan so‘ng sho‘r suvga aylanmoqda va bu suv bilan jamiyatni sug‘orib bo‘lmaydi, chunki sho‘r suv jamiyatni quritadi. Sir emaski ekstra-aktiv institutlar jamiyatga uzoq muddatli foyda keltirmaydi, o‘z navbatida, inklyuziv institutlar rivojlanishi xalq manfaatlariga uzoq muddat xizmat qiladi. Umuman olganda, insonlarga va jamiyatimizga yordam berish har birimizning oliy maqsadimiz bo‘lmog‘i lozim. Mening fikrimcha, “Liderlar” kanali, liderlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va kundalik malaka oshirish platformasi hamda tom maʼnoda vijdonli va halol rahbarlarni birlashtiruvchi “Liderlar” klubi bo‘lmog‘i lozim, yaʼni halollik va vijdon vaksinasi ishlab chiqaruvchi laboratoriyaga aylanmog‘i lozim. Men bunga ishonaman.

Liderlar kanali aʼzosi: Karimov Dilshod *** Men Liderlar kanali ochilgan kundan unga aʼzoman. Oilam, farzandalarim birgalikda kanaldagi barcha maʼlumot va videolarni kuzatib boramiz va bir-birimizga nima xulosa qilganimizni bo‘lishamiz. Men Otabekni 10 yildan beri taniyman, uning bir ajoyib xislati bor, bu bugungi kunda ko‘pchilikda yo‘q u ham bo‘lsa, o‘rgangan va bilgan narsasini hammaga ulashgisi keladi. Ko‘proq insonlar bilim va tajribaga ega bo‘lsa, yurtimiz tezroq rivojlanadi, deydi. Ushbu kanalda ham shu ishni davom ettiryapti. Uning o‘zi davlat ishida yumushlari juda ko‘pligini yaxshi bilaman, shunda ham vaqt topib doim kanalga yangilik va maʼlumotlar joylab boradi. Eng muhimi, har bir posti inson rivojlanishi va fikrlashiga xizmat qiladi. Bitta misol, Farzandimga maktubini o‘g‘lim Javohirga ikki qayta o‘qi berganman (uning roziligi bilan o‘zim nomimdan). Shuningdek, Otam o‘gitlari rubrikasini o‘qib, u yerdagi nasihatlarni farzandlarim tarbiyasida foydalanaman. O‘ylaymanki bu kitob har bir ota-ona o‘qishi shart bo‘lgan kitobdir, sababi har bir oila vatanimiz uchun aqlli, shijoatkor va tashabbuskor Liderlarni tarbiyalaydi va ularga bu yerdagi maʼlumotlar juda ham asqotadi. Liderlar kanali aʼzosi: Boboxo‘jayev Asliddin *** Hurmatli “Liderlar” kanali aʼzolari. Men oilam bilan ushbu kanalda berilayotgan barcha videolavhalar va maʼlumotlarni doimo kuzatib boraman. Ayniqsa, onam “Rakesh” va “Farzandimga maktub” video, audio lavhalarini nabiralari bilan qayta-qayta ko‘rib, tinglab farzandlarimga doim misol keltiradi – nima uchun hayotda ilm olish muhimligini. Biz bu kanalga oilaviy aʼzomiz. O‘zim davlat tashkilotida faoliyat yuritaman va kundalik ishlarimni yuqori saviyada amalga oshirishda kanaldan olgan yangi bilimlarimdan foydalanaman. Eng muhimi, ushbu kanal farzandlarim tarbiyasiga ijobiy taʼsir ko‘rsatmoqda. “Hamma ko‘rishi shart” loyihasidagi barcha videolar menga har doim motivatsiya beradi. Kanal adminlarining kitob chiqarish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlayman. Sababi bu yerdagi foydali maʼlumotlar ko‘proq ota- onalarga yetib borish kerak, shunda ular yurtimizga, oilasiga foydasi tegadigan Liderlarni tarbiyalagan bo‘lardi. Bu kanal kelajagiga ishonaman va mamlakatimizdagi barcha oilalar shu kanalga aʼzo bo‘lishini tilab qolaman. “Liderlar” kanali aʼzolari: Maxpura onaxon va Miraziz Mamadjonovlar *** Kanal tashkilotchilari, sizlarga katta rahmat. Men bu kanalga aʼzo bo‘lgan kunimdan boshlab, kuzatganlarim, o‘qiganlarim, tinglaganlarim hayotga qarashimni mutlaqo o‘zgartirdi. Avvalo, kundalik hayotimda tartibli bo‘lishni, vaqtni tejashni va undan unumli foydalanishni o‘rgatdi. Shuningdek, men hozirda sizlar tavsiya qilgan kitoblarni o‘qib, o‘z dunyoqarashimni boyitib boryapman. Mening taklifim – kelajakda kanalga oid bir guruh tashkil qilinsa, bu guruhda barcha “Liderlar” kanali aʼzolari o‘zaro fikr almashishlari yo‘lga qo‘yilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Guruh orqali barcha o‘zining erishgan yutuqlari haqida boshqalarga ham aytib, ularni ham oldinga tortsa, liderlar safi yana-da kengayardi (albatta, bu mening shaxsiy fikrim).


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook