Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore LIDERLAR Lotin FINAL 1707

LIDERLAR Lotin FINAL 1707

Published by Davroon Nuriddinov, 2021-08-16 13:47:20

Description: LIDERLAR Lotin FINAL 1707

Search

Read the Text Version

Yana bir taklifimni aytib o‘tmoqchi edim, bir oyda bir marta viloyatlarga safar uyushtirsangiz va olis hududlardagi faol va bilimli yoshlar, yetakchilar bilan uchrashib, muloqotda bo‘lib, ular bilan fikr almashsangizlar, bu ham liderlar safi kengayishiga katta qadam bo‘lardi, deb o‘ylayman. Kanal adminlarining ishlariga omad tilayman. Ko‘plab yoshlarning hamda katta yoshdagi insonlarning hayotga qarashlarini o‘zgartirayotgan, shunday serqirra va sermazmun kanal ijodkorlariga katta rahmat! Hurmat bilan “Liderlar” kanali aʼzosi: Mirshod Nabiyev *** Qattiq urinishlardan keyin ham kutilgan natijaga erisha olmagach, o‘zimdan va atrofdagilardan hafsalam pir bo‘lib, bir ahvolda uyga qaytdim. Xayolimda esa anchadan beri tinchlik bermayotgan savollar aylanardi. “Shu paytgacha 100 dan ziyod kitob o‘qibman-u, nahotki, ularni uqmagan bo‘lsam?! Nima uchun deyarli 90 % urinishlarim besamar ketadi? O‘qilgan asarlar faqat his- tuyg‘ularni, insoniylik jihatlarimni rivojlantirish uchun foydali bo‘ldi xolosmi? O‘zi badiiy asarlarni o‘qish nima uchun kerak, vaqtni besamar ketkazish emasmikin?.. Uyga kelganimda hamma o‘z ishi bilan band, akam o‘z xonasida ko‘rayotgan videolavha ovozi zalga bemalol eshitilar, unda esa kimdir o‘z boshidan o‘tkazgan hikoya haqida gapirardi. Beixtiyor, butun diqqatim o‘sha inson hikoya qilayotgan voqeaga qaratildi, chunki unda men anchadan beri o‘zimdan ustozlarim, yaqinlarimdan javob topa olmagan savollarimga aniq ravishda javob berilardi. “Miyadagi kinoteatr”. Ha, bu mening ongimda maʼjoziy maʼnoda silkinish uyushtira olgan videorolik edi. Bu videoni ko‘rgach, uning muallifi va aytib o‘tilgan kanalga qiziqib qoldim hamda darhol aʼzo bo‘ldim. Kanalda berib borilayotgan “Hamma ko‘rishi shart”, “Hamma o‘qishi shart”, “7 savolga 7 javob”, “Bir piyola choy ustida” rubrikalari meni shunchalik qiziqtirdiki, ularning hammasini ko‘rib, o‘qib, o‘rganib chiqdim. Albatta, bu o‘rganishlardan keyin “miyamdagi silkinish va qisqa tutashuvlar” soni anchaga yetgandi. U bilimlarni amaliyotda qo‘llay boshladim. Masalan, hozirda mening har kuni shug‘ullanadigan sevimli sport turim bor. Taym-menejment haqidagi maʼlumotlar asosida men kunimni, vaqtimni o‘zimga bo‘ysundirishni, boshqarishni o‘rgandim. Qilinadigan eng asosiy ishlar ro‘yxatini bir kun oldin tuzish va uni kun yakunida tahlil qilib borish ish samaradorligimni oshiradi va o‘zimga nisbatan mustahkam ishonch hissini beradi. Kunlik ishlar ro‘yxatidan o‘zimdagi “Soft skills” va “Hard skills” xususiyatlarimni rivojlantirish uchun o‘qiladigan kitoblar va o‘rganilishi zarur bo‘lgan tajribalar ham alohida joy egallagan. Ularni kunda bajarib boraman. Eng asosiysi, endi men muvaffaqiyatsizliklardan cho‘chimayman, har mag‘lubiyatdan keyin o‘rnimdan turib yo‘limda davom etishga yetarlicha ishonchim, kuch-quvvatim bor. Bilamanki, bu mag‘lubiyatlar eng buyuk g‘alabalarim uchun zamin yaratyapti, meni yana-da kuchli qilyapti. Nimadir qila olayotganimdan va qo‘rqmasdan bu ishni bajarib ko‘rganimdan o‘zimda faxr hissini tuyaman. Kanaldagi “Liderlar yangi liderlarni kashf qiladi, biz sizlar bilan ularni kashf qilamiz, sizning fikringiz biz uchun ahamiyatli”, degan fikrlar hamisha meni urinib ko‘rishga undaydi! Va shuni tan olishim kerakki, kanal faoliyati bilan tanishgach, mansabdor shaxslarga nisbatan qarashlarim o‘zgardi, hurmatim, ixlosim ortdi. Kanal kelajagi bugungidan-da yaxshiroq bo‘lishini va o‘zi kashf etgan liderlar soni ko‘p bo‘lishini chin dildan tilab qolaman. “7 savolga 7 javob”, “Bir piyola choy ustida” rubrikalari doimiy va davomli bo‘lishini istardim. Kanal asoschisi va adminlariga chuqur minnatdorlik bildirgan holda sog‘lik-salomatlik tilayman!” “Liderlar” kanali aʼzosi: Xursanoy Mahmudova

*** Har bir inson yoshligidan o‘z oldiga to‘g‘ri maqsad qo‘yishni bilishi kerak va har bir harakati shu maqsad sari uni yaqinlashtirishi lozim. Otabekning yoshligidan bir xislati bor, yaʼni qaysi kitobni o‘qib chiqsa, albatta, tengdoshlari, qarindoshlariga gapirib berish va o‘zi uchun olgan yangi bilimlari bilan o‘rtoqlashish. Shuningdek, adashmasam 10 yoshidan kundalik tutadi, har kuni, har bir o‘qigan kitobini, u yerdan olgan yangi maʼlumotlarni doim yozib boradi. Men, sen nima qilasan bularni, deb so‘raganimda, u bir kun kelib bularni umumlashtirib o‘zimning kitobimni yozaman, degandi. Aynan ushbu Liderlar kitobini yozish uchun, u 10 yoshidan boshlab tayyorgarlik ko‘rdi. Uyimizga kirishda Buxoriy bobomizning: “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay”, degan so‘zlari ilib qo‘yilgan. Shu so‘zga har kuni kamida 10 marta duch kelamiz. Shu so‘z bizni Otabek bilan har kuni kitob o‘qishga chorlagan. Aynan ushbu so‘zlar Otabekning hayotiy shioriga aylangan. Ushbu kanalni ochganida uning birinchi aʼzolari men, farzandlarim Azamat, Azimxon va Ravshanbeklar bo‘lganmiz. Kanalga joylangan har bir video, hikmatlarni muhokama qilamiz. Farzandlarimdan har kuni ishdan kelgandan so‘ng kanalga kun davomida qo‘yilgan maʼlumotlar bo‘yicha fikrlarini so‘rayman. Ko‘pincha, ish-tashvishlari bilan farzandlarimdan uzoqda bo‘lib qolganda ham Liderlar kanali mening o‘rnimga ularga ilm va tarbiya berib boradi. Bir narsani aniq bilamanki, agar bolaga yoshligidan to‘g‘ri tarbiya, ilm berilsa va vaqt ajratilsa u o‘z natijasini beradi. Men buni oilamiz tajribasidan kelib chiqib ayta olaman. Otabekning maqsadi ushbu kanal orqali oilalarda maʼnaviy muhitni yaxshilash, ota-onaning farzandlar tarbiyasida masʼuliyatini oshirish va uning natijasida yurtimizda yosh, aqlli liderlarni ko‘paytirish. O‘ylaymanki, u maqsadiga erishadi, sababi u yoshligidan o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishgan. “Liderlar” kanali aʼzosi: Xasanov Ulug‘bek Abdurashidovich *** Kanalni tashkil qilgan admin hamda masʼul xodimlar kelajakda tarixda qolsin, deyman. Hattoki sizlarning berib borayotgan video, audiodarslaringiz maktab taʼlimi, qolaversa, barcha taʼlim tizimlarida tatbiq etilishga munosib. Yoshlarni zamonaviy fikrlash, yangilikka intilish, taʼlim va tarbiya uzviyligida o‘z bilim va qobiliyatlarini oshirib borishga undovchi motivatsiya ruhidagi ajoyib ijod va izlanishlarngiz uchun tashakkur! Hurmat bilan sizlarning mehnatlaringizni ko‘rib, qadrlab, o‘rganib boruvchi samarqandlik shogirdingiz. “Liderlar” kanali aʼzosi: Ulug‘bek Suyunov *** Hurmatli Otabek Abdurashidovich! Mazkur kanalga joylashtirib borayotgan turli xildagi dolzarb va yangiliklarga boy materiallaringiz, maqolalar, maʼlumotlar, hikmatlar, umuman, sizning o‘zingizga xos ijodiy yondashuvingiz bizni juda quvontiradi, zavqlantiradi. Men Yoshlar ittifoqi tizimida faoliyat yuritaman va bundan g‘ururlanaman. “Liderlar” kanali kasbdoshlarim va yoshlarimiz orasida keng ommalashgan. Shu sabab Buxoro yoshlari tomonidan Sizga o‘zimizning chuqur minnatdorligimizni bildiramiz! Sizlardan bundan keyin ham noanʼanaviy, kreativ mavzular va qiziqarli yangiliklar kutib qolamiz. Faoliyatingizda hamisha omad yor bo‘lsin. “Liderlar” kanali aʼzosi: G‘olibjon Ahmedov

*** Assalomu alaykum, Otabek aka va “Liderlar” kanalining mehnatkash, kreativ ijodiy jamoasi! “Liderlar” kanali shaxsan menga juda katta foyda berdi. Kanaldagi iqtiboslardan, fikrlardan o‘zimda o‘zgarish yasab, xulosa oldim. Va buni boshqalarga ham ulashishga urinyapman. Dastlab meni va do‘stlarimni qiziqtirgan mavzu “Hamma ko‘rishi shart” loyihasidagi vide- olavhalar bo‘ldi. Har bir sonini qoldirmay ko‘rardik. Juda ko‘pchilikka kanalni tavsiya ham qildik. “Hamma ko‘rishi shart” videolavhalaridagi mazmun va taʼsirchanlik odamlarni tushkunlikka tushib qolgan hollarida yoki mag‘lubiyatga uchragan paytlarida, ularni bir zumda o‘zlarini qo‘lga olishga va yana qaytadan astoydil harakat qilishga unday olgan, deb o‘ylayman. “Liderlar” kanalining kelgusidagi ish faoliyatiga ulkan zafarlar va omadlar tilab qolaman. Hech qachon izlanishdan to‘xtamanglar. Zero, sizlarning mashaqqatli harakatingiz bizlarning hayotimizga, ish faoliyatimizga o‘zining ijobiy taʼsirini berib kelayapti. “Liderlar” kanali aʼzosi: NamDU talabasi Mansurbek Odilbekov *** Assalomu alaykum. Ushbu kanalga aʼzo bo‘lganimga ko‘p bo‘lgani yo‘q, ammo berilgan maʼlumotlar juda qiziqarli. O‘zim maktabda faoliyat olib boraman. Rakesh, “Bir dona mix” videoroliklarini o‘quvchilar va ularning ota-onalariga ham namoyish etdik, ulardan yaxshi fikrlarni eshitdik. Kelgusidagi faoliyatlaringizga rivoj tilayman. Chop etilayotgan kitob o‘ylashimcha, barchamiz uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi, chunki kanalning o‘zi ham qiziqarli va foydali manbalarga boy. Demak, kitob ham eng sara va dolzarb mavzular jamlanayotgan, muvaffaqiyatlarga undovchi nashr bo‘ladi. Albatta, ushbu kitobni xarid qilaman. “Liderlar” kanali aʼzosi: Abdurashid Abdulhayevich *** Assalomu alaykum. Men Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 4-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabining 11-A sinf o‘quvchisiman. “Liderlar” kanali menga va do‘stlarimga juda yoqdi. Kelajakda yetuk mutaxassis, rahbar bo‘lib xalqimga, jamiyatga nafim tegsa deyman. Kanalni kuzatib borib, nazarimda, o‘zgardim: aniq maqsad va ishonchli kelajakka qadam qo‘ydim. Bugun ijtimoiy tarmoqlar turli-tuman kanal va guruhlar bilan to‘lib ketgan. Ko‘plab tengdoshlarim baʼzida befoyda va vaqt o‘g‘irlovchi kanallar taʼsirga tushib qoladi. Men barcha tengdoshlarim “Liderlar” kanaliga aʼzo bo‘lishini xohlardim. Kanalning faoliyatiga rivoj tilayman! “Liderlar” kanali aʼzosi: Akbar *** Liderlar kanali admini jiyanim Otabekni yoshligidan bilaman. Uning kanalini oilam bilan doim kuzatib boraman. Kanaldagi hayotiy misollari deyarli hammasi o‘z hayotidan olingandir. Sababi men uni yoshligidan taniyman, baʼzi misollarini hatto birga boshimizdan kechirganmiz. Uning tog‘asi, yaʼni otam doim aytardi: “Otabek senda Olloh bergan yaxshi xislat bor, yaʼni o‘zgalarga maʼlumot yetkaza olish va tushuntira olish qobiliyating, sen undan to‘g‘ri foydalanishing kerak”. Yoshligidan juda harakatchan va qiziquvchan bo‘lgan. Ko‘pchilik bolalar dalada qo‘y boqib

yurganimizda buning qo‘lidan kitob tushmasdi va eng muhimi yoshligidan o‘z oldiga katta maqsad qo‘yardi. Qo‘rqmasdan aytardi doim men Toshkentda Prezident oldida ishlashim kerak, buning uchun ko‘p o‘qishim kerak derdi. Ko‘pchilik uning bu gapining ustidan kulardi. Shu kulgan baʼzi bolalar hali (bugungi kunda 30-40 yoshga kirib qolgan bo‘lsa ham) qo‘y boqib yurishipti. Bugun bolalar Otabek kabi yoshligidan oldiga katta maqsadlar qo‘yishi va albatta, unga erishish uchun bor kuchi bilan harakat qilishi kerak. Men har kuni farzandlarim Sherdor va Shoxruxga Otabekni misol keltiraman, uning bosib o‘tgan yo‘lini, tinimsiz mehnatini. Mana hozir ham shuncha ishi bo‘lishiga qaramay 17 000 dan ortiq insonlarga motivatsiya berishdan va o‘zining bilimlari bilan o‘rtoqlashishdan charchamayapti. Ushbu kitob har bir yosh o‘qishi shart bo‘lgan kitoblardan biri bo‘lib qoladi, degan umiddaman. “Liderlar” kanali aʼzosi: Umarov Eldor Erkinovich *** “Liderlar” kanali menda tartib-intizomni shakllantirishda juda katta yordam beryapti. Shuningdek, oldinga intilishga motivatsiya ham beryapti. Kelajakda O‘zbekistonda birinchi raqamli kanal bo‘lishi tilakdoshiman.” “Liderlar” kanali aʼzosi: Sherzod Muslimov *** Men “Liderlar” kanalini doimiy kuzatib borishim tufayli, hayotda qanchalar ko‘p xatolar qilganimni angladim va qanday qilib, hech qachon bu xatolarni takrorlamaslikni o‘rgandim. Hammasi “Liderlar” kanali tufayli. Rahmat sizlarga! “Liderlar” kanali aʼzosi: Umidshoh *** Assalomu alaykum, “Liderlar” kanali tashkilotchilari. Men Qashqadaryo viloyati Kasbi tuman 11- Davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi direktori Kamolov Azizjon Aminovich bo‘laman. Siz ushbu kanalni tashkil qilgan vaqtingizdan hozirga qadar undagi berilayotgan har bir maʼlumotni o‘qib, kuzatib boraman. Sizdan ilhomlanib, men ham maktabimiz ota-onalari va bitiruvchilaridan iborat 700 dan ortiq kishini o‘z ichiga olgan telegramm guruhi tashkil qilgan edim. Doimiy ravishda siz berayotgan maʼlumotlarni guruh aʼzolari bilan o‘rtoqlashib kelaman. Men rahbarlik qilayotgan maktabning tashkil qilinganiga 23 yil bo‘lgan. Hozirga qadar maktabimizni 596 nafar bitiruvchi tamomlagan bo‘lsa, shundan 84 foizi oliy taʼlim muassasalariga kirishgan. Ular jamiyatimizning turli sohalarida faoliyat olib borib, Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Men ularning aksariyati bilan doimiy aloqadaman, 300 dan ortig‘i rahbarlik lavozimlarida ishlashadi va sizning liderlik borasidagi ko‘rsatmalaringizga muntazam amal qilib kelishadi. Shaxsan o‘zim garchi mendan yosh bo‘lsa-da, Otabek Xasanovning shijoatiga tan beraman va shu insondan ilhomlanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olishni niyat qilgan edim, Yaratganga beadad shukrlar bo‘lsinki, ayni damda ushbu taʼlim dargohining tinglovchisiman. Ushbu kanalning kelajagi porloq bunga ishonaman. Alloh xayrli ishlaringizda madadkor bo‘lsin. “Liderlar” kanali aʼzosi: Azizjon Kamolov

*** Assalomu alaykum, hurmatli “Liderlar” kanali masʼullari! Men bu kanalda yangi bo‘lsam-da kanal mening dunyoqarashimning shakllanishida katta rol o‘ynayapti, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Kelajakda kanal bundan ham rivojlanib, yana-da yuksalishini istayman. Sizlarga minnatdorchilik bildiraman, izlanishdan charchamanglar. “Liderlar” kanali aʼzosi: Xondamir Normurodov *** Assalomu alaykum! “Liderlar” kanali men uchun xuddi qorong‘ulikdagi sham misoli hayotimda katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Avvallari o‘zimni yolg‘iz his qilardim va o‘zimdagi ishonch hissini butunlay yo‘qotgandim. Ammo sizlardek motivatorlar tufayli men “oyning o‘n beshi qorong‘u bo‘lsa, o‘n beshi yorug‘” ekaniga amin bo‘ldim. Menda yangi orzu-maqsadlar, umid va ishonch paydo bo‘ldi. Nasib qilsa, Otabek Xasanov, siz bilan shaxsan uchrashib, o‘z minnatdorligimni izhor etish niyatim bor. Ishlaringizda aslo charchamang. “Liderlar” kanali aʼzosi: Alixan Minturganov *** “Assalomu alaykum! Kanalga ulanganimda aʼzolari soni 12 000 nafar edi. Hozir esa 17 000 nafarga yaqinlashmoqda. Demak, shu tarzda davom etsa, hali 100 ming ham bo‘ladi. Takliflarim: 1. Kanalda rus va ingliz tilini o‘rgatuvchi dasturlar tashkil qilishsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Boshqa kanallar ham bor. Lekin sizlarning inson psixologiyasiga ajoyib taʼsir ko‘rsatish uslubingiz bor. 2. Kanal aʼzolaridan faqat korxona yoki biror firma direktorlarining emas, oddiy, yaʼni maʼlum bir kasb egalarining ham start up larini tashkillashtirsangiz yaxshi bo‘lar edi. Kasbim o‘qituvchi bo‘lganligi bois “Garsiyaga maktub” eshittirishingizni o‘quvchilarga ham qo‘yib bergandim. Ko‘pchiligiga ijobiy taʼsir ko‘rsatdi. “Hamma ko‘rishi shart” rubrikangizdagi lavhalarni ham tarbiyaviy ahamiyati kattaligi uchun o‘quvchilarim eʼtiboriga havola qilib bormoqchiman. “Liderlar” kanali aʼzosi: Ixtiyor Allamov *** Assalomu alaykum, “Liderlar” kanali asoschilari, avvalambor, ushbu kanalni ochganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Kanal orqali olayotgan maʼlumotlarim juda foydali bo‘lmoqda. Ayniqsa, “Bir dona mix” hikoyasi har qanday ishni qilayotganimda, yodimga tushaveradi. Iloji bo‘lsa, hayotda muvaffaqiyatga erishgan insonlar bilan intervyularni ko‘paytirishingizni so‘rab qolar edim. Kanal aʼzolari tez orada 100 ming nafarlik marradan o‘tishlarini va “Umidchilar” singari “Liderchilar” degan nom bilan esga olinishlarini tilab qolaman. “Liderlar” kanali aʼzosi: Laziz Mamadaliyev ***

“Assalomu alaykum, hurmatli “Liderlar” kanali adminlari! Men bu kanal yaratuvchilariga, alohida Otabek Xasanovga o‘z tilaklarimni izhor qilmoqchiman. Ushbu kanalni kreativligi, kitob o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqni oshirishi, odamlarni lider bo‘lib o‘zlariga ergashtirishlari, ularni kelajak uchun foydali shaxsga aylanishiga sabab bo‘layotgani hamda ijtimoiy tarmoqdagi o‘zining alohida jihatlari bilan ajralib turadigan yagona motivativ, eng zo‘r kanal, desam adashmayman. Men undan o‘zimning kelajagim uchun foyda beruvchi juda ko‘p nasalarni oldim. Ayniqsa, buyuk odamlar masalan, Toni Stark, Bill Geyts, Stiv Jobs kabi odamlar ham muvaffaqiyatsizliklarga uchrab, ulardan to‘g‘ri xulosa chiqarishganini, yana olg‘a qadam tashlab, o‘z maqsadlariga intilganlari menga qattiq taʼsir qildi. Barchangizga rahmat, hurmatli admin, kanal ijodkorlari! Sizlarga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qo- laman. “Liderlar” kanali aʼzosi: Safinaxon Soataliyeva *** Men “Liderlar” kanalidan maqsadlar qo‘yish, ularga intilish, yo‘lda uchraydigan katta-kichik to‘siqlarni yengib o‘tishni, bir joyda qotib qolmasdan, balki o‘z ustimizda tinimsiz ishlashni, kitoblar mutolaa qilishni o‘rgandim. Bir so‘z bilan aytganda, “Liderlar” kanali menga katta motivatsiya beradi. Kanal aʼzolari bundan-da ko‘payib borishiga ishonchim katta. “Liderlar” kanali bu har xil soha- dagi liderlarni jipslashtirgan va bo‘lg‘usi liderlarni yetishtirib chiqarishga o‘z hissasini qo‘shayotgan kanal deb hisoblayman. Kanal faoliyatida yana-da qiziqarli, foydali maʼlumotlar olishda davom etamiz. “Liderlar” kanali aʼzosi: Sholpanoy Abdijemilova Abdikalikovna *** “Liderlar” kanalini birinchi marta “Arnold Shvarsenegger”ning motivatsion nutqini o‘z ichiga olgan videorolikda linkini ko‘rgandim va shu zahoti qidirib topib aʼzo bo‘lgandim. Ochig‘i, g‘alati odatim bor, ayrim kanallar yoqib qolsa, aʼzo bo‘laman-da, kanalni 3-4 kun kuzataman. Deyarli ko‘p holda yana qaytib chiqib ketaman. Chunki bu yerda haddan tashqari keraksiz maʼlumotlar joy egallagan bo‘lardi. Lekin bu fikrlar faqat “Liderlar” kanali uchun istisnodir. Darhaqiqat, kanal juda foydali, kerakli motivatsiya beruvchi kanaldir. Ishlaringizga omad! Sizlarga katta rahmat! “Liderlar” kanali aʼzosi: Shahzodbek *** O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi bo‘lganimdan so‘ng, “Liderlar” kanali meni eng yaqin do‘stim va hamrohimga aylandi. To‘g‘risini aytsam, bu kanal orqali boshqaruv sohasida, umuman hayotda asqotadigan maʼlumotlar, hikmatlar, asrlar davomida toblanib, zuvalasi mustahkamlangan, hayot chig‘iriqlarida pishgan iboralarni o‘qib, qayta-qayta o‘qib bilimlarimni oshiraman. Jurnalistika sohasi vakili sifatida shuni aytishim joizki, biz TV va radio efirlarini yuzlab, minglab hamkasblarimiz ishtirokida to‘ldiramiz. Siz kuzatadigan teleko‘rsatuvlarda, radioeshittirishlarda

minglab insonlarning ko‘zga ko‘rinmas mehnati bor. U kadr ortida. Demoqchimanki, bugun o‘z maqsadlaridan ortib, ilmiy ishlarini bir chekkaga surib, turmush tashvishlaridan vaqt ajratib, “Liderlar” kanalini rang-barangligini taʼminlab, o‘qimishligini oshirayotgan Otabek Xasanov va uning jamoasini, qolaversa, u kishiga maslahat va yordamlarini ayamayotgan Abdurashid otaning umrlari uzoq bo‘lsin. Men ishonaman, “Liderlar” kanali kelajakda bundan-da yuqori nuqtalarni zabt etadi. Ayniqsa, mamlakatimizdagi barcha davlat boshqaruvi kadrlarining sevimli kanali bo‘lib qoladi. Biz uning yuz minginchi aʼzosini ham birga nishonlaymiz! Bu damlar juda yaqin. Qalamingiz o‘tkir, so‘zingiz keskir bo‘lsin, hurmatli “Liderlar” kanali jonkuyarlari! Liderlar kanali aʼzosi: Botir Dulanov *** Assalomu alaykum, Otabek aka! Kanalda berilayotgan videodarslar, kitoblar, onlayn suhbatlarning barchasi menga ulkan motivatsiya berdi. Men o‘zimda liderlikning xususiyatlarini namoyon qila boshladim! Umuman olganda shaxs sifatida yetilib borishimda katta xizmat qilmoqda! Va bundan juda xursandman! “Otamning o‘gitlari” rubrikasini ham alohida taʼkidlab o‘taman! Kanalning keyingi faoliyatida aynan hozirgi videodarslar bilan birga onlayn suhbatlar ham olib borilsa, xursand bo‘lardim! Chunki har xil soha vakillarining fikrlari – liderlik bo‘yicha umumiylikni kasb etib juda katta foydasi bo‘ladi deb o‘ylayman!.. Kanal faoliyati va auditoriyasi bundan ham kengayishini tilayman! Menga kanalning eng maʼqul jihati – xabarlarning tashlanmasligi va reklama yo‘qligi! Shuning uchun ham kanaldagi har bitta yangi narsani tezlik bilan o‘rganib chiqaman! Kanalning auditoriyasi nihoyatda kengayishini tilayman! Otabek aka, sizga mustahkam sog‘lik tilayman! Aslo charchamang!” “Liderlar” kanali aʼzosi: Berdiyor Kushbakov *** Assalomu alaykum. Men “Liderlar” kanaliga aʼzo bo‘lganimdan so‘ng o‘zimga ishonch, qatʼiyat, talabchanlik kabi tuyg‘ularimning qayta shakllanganiga amin bo‘ldim. Chunki hayot qancha tez qaddingni ko‘tarsang, shuncha tez yanchishiga amin edim. Ammo sizning kanalingizga aʼzo bo‘lganimdan keyin tiz cho‘kish u yoqda tursin, hatto bosh egishga ham majbur emasligimni angladim… Agar avvalroq bu kanalga aʼzo bo‘lganimda ko‘p narsani boshqacha talqin qilgan bo‘lardim. Ammo, eng muhimi, hozir o‘zimni jamoaning bir aʼzosi, kelajagimga maʼsul shaxs sifatida tanimoqdaman. Bunda sizlarning o‘rningiz katta. Bu so‘zlarim samimiy. Buni siz o‘qiganingiz esa menga kuch bag‘ishlaydi. “Liderlar” kanali aʼzosi: Madinabonu *** Assalomu alaykum! “Liderlar” telegramm kanalini 2018 yilning kuz oylari oxiridan buyon kuzatib boraman. O‘tgan vaqt mobaynida kanal orqali berib borilgan juda ko‘plab qimmatli maʼlumotlar va bilimlar oldim. Ushbu kanal kundalik hayotda barcha uchun birdek manzur kelyapti, degan fikrdaman. Kanal faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilayman! “Liderlar” kanali aʼzosi: M.Tilovov, Termiz

davlat universiteti talabasi *** Assalomu alaykum, “Liderlar” kanalining aziz yaratuvchilari! Kanalda berib borilayotgan har xil rukndagi videoroliklar, sitatalar, aforizmlar va maslahatlar orqali, albatta, ko‘p narsani o‘rgandim va hayotimda, hozirgi faoliyatimda ijobiy taʼsir ko‘rsatyapti. To‘g‘risini aytsam, bu kanal oldin rus tilida o‘qigan kitoblarimni yana bir bor takrorladi, faqat yana-da chuqurroq. Asosiysi, O‘zbek tilida! Ayniqsa, “Hamma ko‘rishi shart” ruknidagi videoroliklarni takror va takror ko‘rib chikdim. “Liderlar” kanali kelajakda qanday bo‘lishi kerak: kanal faoliyatini rivojlantirishda o‘zlaringizga o‘xshaydigan liderlarni, yaʼni o‘z ustida doim ishlaydigan, samimiy, mehnatsevar, dunyoqarashi keng va eng asosiysi, katta orzulari bor insonlarni ko‘proq jalb qilish kerak. Men bu kanalni nafaqat telegrammda balki “yutub”, “instagram” va “feysbuk”larda shu logotip ostida millionlab aʼzolari bilan ko‘rishni xohlardim. Jonli treninglar o‘tkazishni yo‘lga qo‘yishlaringiz kerak. “Liderlar” kanali aʼzosi: Shavkat *** “Liderlar” kanalimiz aʼzolari soni 666 666 gacha yetishini va faqatgina kuzatib o‘tirishlarini emas, balki o‘z fikrlarini bildirishlarini, kanal yana-da rivojlanib nomi tillarda doston bo‘lishini, ijodkorlar yangi-yangi qiziqarli sahifalarni taqdim etishini xohlardim. “Liderlar” kanali aʼzosi: Shuhrat Mamirov *** Kanalga gap bo‘lishi mumkin emas. Xudo kuch-quvvat bersin ishlaringizga. Sizlardan iltimos, “Liderlar qahvaxonasi”da ajoyib muvaffaqiyatlarga erishgan odamlar bilan suhbatlarni ko‘paytiring. Men talabaman. Ko‘proq bilimli talabalar bilan suhbatlarni kutib qolaman. “Liderlar” kanali aʼzosi: Mirfayz Karimov *** Kanalga aʼzo bo‘lganimga ko‘p bo‘lgani yo‘q, lekin, maʼnoli, mantiqli maʼlumotlarning berilishi menga juda yoqdi. Lider bo‘lishga intilayotganlar uchun bu zo‘r qo‘llanma bo‘ladi. Taklifim – liderning o‘zini tutishi, kiyinish madaniyati, tarbiyaviy jihatlari va xalqaro tajribalar haqida kengroq to‘xtalsa, yanayam yaxshi bo‘lardi. Chunki hozirgi hayotimizda bu mavzular tobora dolzarb tus olmoqda… “Liderlar” kanali aʼzosi: S.Umarov, Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani. *** Assalomu alaykum, “Liderlar” kanalidan oilamiz nomidan minnatdormiz. Sizning kanalingizdan bolalarimga motivatsiya beradigan ko‘p narsalarni olayapman. O‘zim ham ko‘p narsalarni o‘rgandim, oliy taʼlimda kafedra mudirasi bo‘lib ishlayman, boshqaruv psixologiyasini o‘qiganman, lekin rahbar bo‘lish bilan birga lider ham bo‘lish ko‘p ishlarni to‘g‘ri

tashkillashtirishga imkon berishini tushundim. Asosan jamoa bo‘lib ishlashga o‘rgatish katta ahamiyatga ega ekanini bildim. Qaror qabul qilish masalasida ko‘p savollarimga javoblar oldim. “Liderlar” kanali aʼzosi: Aynagul Bekimbetova *** Men “Liderlar” kanaliga aʼzo bo‘lganimga ko‘p vaqt bo‘lmadi, bu kanalga edu.uz saytidagi “Mening pishlog‘im qani?” deb nomlangan videorolikni ko‘rganimda qiziqishim ortib aʼzo bo‘ldim va bundan juda ham xursandman. Men bu kanalda berib boriladigan motivatsiyalarni har doim o‘qishga, ko‘rishga, eshitishga harakat qilaman, ulardan men o‘zimda liderlik tuyg‘usini paydo qilishni, faol bo‘lishni, o‘z ustimda samarali ishlashni, o‘zimga ishonishni o‘rganmoqdaman va bularning natijasini ham ko‘rayapman. Kanal mening maʼnaviy va ruhiy ehtiyojlarimni qondirishda juda ko‘p yordam bermoqda. “Liderlar” kanali aʼzosi: Moxinur Radjabova *** Assalomu alaykum, “Liderlar” kanali aʼzolari! Kanalga anchadan beri aʼzoman va muntazam kuzatib boraman. Berilayotgan maʼlumotlardan institutda o‘qituvchi bo‘lganligim uchun ish faoliyatimda foydalanaman. Kitob tayyorlab, ulug‘ ish qilibsizlar, omad sizlarga! “Liderlar” kanali aʼzosi: Sohibaxon Asqarova *** Assalomu alaykum, “Liderlar” kanali adminlari! Ushbu kanaldan men asosan, motivatsiya, har qanday holatda inson o‘ziga ishonch, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash kabi bilimlarni o‘zlashtirdim. Kanalning afzalligi – turli soha vakillarini hayotiy ko‘nikmalari real maʼlumotlar bilan boyitilayotganligida, deb bilaman. Kanal adminlari va ijodiy jamoaga muvaffaqiyatli faoliyat tilayman! “Liderlar” kanali yana-da rivojlanib, turli tarmoq va yo‘nalishlarga ega bo‘lishi tarafdoriman. Hammaga katta rahmat! “Liderlar” kanali aʼzosi: Husan Sultaniyozov, TTESI talabasi *** Assalomu alaykum, hurmatli Otabek aka, ushbu kanalingizga aʼzo bo‘lganimdan buyon o‘zimda ham ilmiy, ham saviya jihatidan ancha o‘zgarishlarni his qilyapman. Har kuni ertalabdan, birinchi sizning kanalingizni ochib, bugun qanday yangi narsa o‘rganar ekanman, deyman. Siz mening g‘oyibona ustozimga aylangansiz. Men sizning liderlarni tarbiyalashda beminnat va samimiy mehnatlaringiz uchun rahmat aytib, Sizga kuch-quvvat va sog‘liq tilab qolaman! “Liderlar” kanali aʼzosi: Husniddin To‘xtayev

*** “Liderlar” kanalini doimiy kuzatib boraman. Buning uchun sizga va siz bilan yelkama-yelka xizmat qilayotgan insonlarga o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Bu kanaldan o‘rganganlarimni hayotga tatbiq qilib, farzandlarim, ayolim va o‘zimning bilimimni oshirishga investitsiya tikdim, qatʼiyatli bo‘lishga harakat qilyapman va hokazo. Shu tufayli farzandlarim bilimi ancha o‘sdi, o‘zimning lavozimimda o‘sish bo‘ldi va rahbariyat tomonidan moddiy va maʼnaviy motivatsiyalarga erishyapman. “Liderlar” kanaliga tilaklarim: Omadlaringizni bersin! Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz maʼrifat darajasi o‘sishida qilgan savobli xizmatlaringiz ajrini bersin Alloh! Takliflarim: Biznes boshlashning ilk bosqichlari, hozirgi kunda qaysi yo‘nalishlarga eʼtibor qaratishimiz maʼqulligi va farzandlarimiz vaqtini qanday taqsimlash borasidagi mavzularni yoritib berishingizni so‘rab qolaman. “Liderlar” kanali aʼzosi: Azizjon Karimov *** Aqlli boshqaruv siri nimada? O‘z sohasining bilimdonlari, tajribali mutaxassislar bilan suhbat maroqli va ayni paytda foydalidir. Bu esa natijadorlikka, ish va o‘quv jarayonidagi yutuq va samaraga boshlab boradi. Shuning uchun ham turli o‘quv yurtlarida faoliyat yuritayotgan pedagog, professor o‘qituvchilarni chorlash, ular bilan tajriba almashish mazmunida ijodiy muloqotlar uyushtirish taʼlim tizimining sifati va samarasiga ijobiy taʼsir etishini bilmaslik insofdan emas. Taʼlim muassasalari aro ustozlarni o‘zaro taklif qilish va tashriflarini tizimli amalga oshirish ham maqsadga muvofiqdir. Institutimiz rektorining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasining “Boshqaruv kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash” fakulteti dekani Hasanov Otabek Abdurashidovich bilan tashkil etilgan ijodiy muloqot samarali tarzda bo‘lganini eʼtirof etish o‘rinlidir. Institutimizning professor o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan ushbu muloqotda Otabek Xasanov boshqaruv jarayonida, taʼlim tizimida ish unumiga taʼsir etuvchi salbiy omillar va ularni bartaraf etish, vaqtdan unumli foydalanish yo‘llari borasida hayotiy misol va nazariy asoslar bilan bog‘liq mulohazalarini o‘rtoqlashdi. Jumladan, “Aqlli boshqaruv”ning joriy qilish pog‘onalarini asoslab misollar keltirish asnosida jonli va samimiy tarzda ifodalab bera olgani ko‘pchilikka maʼqul keldi. Uning ushbu etaplarini bilishgina emas, amal qilish zarurligini ham taʼkidlab o‘tdi. Maqsadni aniqlashtirish, taktikani ishlab chiqish, avtomatik ishlaydigan tizimni yaratish, natijani baholash va monitoring qilishgina izchillik va tizimlilikni taʼminlashini taqdimot dasturi orqali asoslab berdi. Ayniqsa, uning ushbu iborasi, aytish mumkinki, aforizmi, hikmatli o‘giti barchaga birdek maʼqul keldi. “Agar maqsadga erisha olmayotgan bo‘lsangiz, maqsadni emas, balki taktikani o‘zgartiring”. Dono fikr! Demak, hayotiy qoidalargina bizga foydali bo‘ladi, taʼlim tizimini yuksaltirishga xizmat qiladi. Har bir insonda, jamoada ushbu tartib va tarkib bo‘lishi hamda amal qilishi zarur. Bular: kreativlik, kommunikativlik (kirishimlilik), taym-menejment va innovatsiya. Otabek Xasanov har biriga alohida to‘xtalib izohlar berib o‘tdi. Shuningdek, Tomas Alva Edisonning ushbu fikrini bejiz keltirmadi. “Innovatsiya - bu bir foiz ilhom va to‘qson to‘qqiz foiz mehnatdir”. Demak, o‘z-o‘zidan harakat va izlanish, tinimsiz intilishgina maqsadlarning ro‘yobini beradi. U o‘z nutqida taassuf bilan bir fikrni eʼtirof etdi. Bu taʼlim sohasida, boshqaruv jarayonida tizimli fikrlashning yo‘qligidir. Maqsad aniq bo‘lgani bilan uni amalga oshirish taktikasi muhim. Bu esa kommunikativ kompetensiya, kirishimlilik, til taktikasidan foydalana olish uquvi, ritorik mahorat bilan bog‘liqdir.

Muloqot yakunida institut rektori O‘ktam Umurzakov Otabek Xasanovga bir og‘iz so‘zlari bilan ijodiy uchrashuvga rozilik bergani uchun minnatdorlik bildirib, o‘z hurmatini izhor qilish asnosida jamoa nomidan ramziy sovg‘alarni armug‘on etdi. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov *** Assalomu alaykum, hurmatli kanal ijodkorlari! Sizning saʼy-harakatlaringiz o‘laroq, men kundan- kunga aʼlo darajadagi muvaffaqiyatlarga erishmoqdaman. Ayniqsa, faqat oldinga intilish, taslim bo‘lmaslik, umidsizlanmaslik, harakatdan qo‘rqmaslik kabi bir qator hayotiy mulohazalaringiz menga dalda bo‘lmoqda. Sizlarga minnatdorchiligimni izhor qilib qolaman. “Liderlar” kanali aʼzosi: Samarqanddan O.Kamolov *** Assalomu alaykum, hurmatli “Liderlar” kanali adminlari! Sizlarga kattakon rahmat, kanaldagi video, audio va kitoblaringizdan ruhlantiruvchi kuch-g‘ayrat, shijoat, ishonch olaman. Men shu kanal aʼzosi bo‘lganimdan keyin hayotga katta umid va ishonch bilan qarashni boshladim. Agar inson o‘zi xohlasa, dunyoda juda katta yutuqlarga erishishga qodir ekan. Sizlardan minnatdorman. O‘ylaymanki, sizlar to‘g‘ri yo‘ldan ketayapsizlar, negaki men har safar shu kanalga kirib kelgan yangiliklarni o‘qisam, to‘g‘ri yo‘ldan borayotganimga ishonch hosil qilib, yana ham kuchli ishonch, shijoat bilan harakatimni davom ettiraman. Yana bir gap, men olim Abdurashid Hasanovga havas qilaman va hurmat qilaman. Shogirdi bo‘lishni niyat qilganman. “Liderlar” kanali aʼzosi: Sardor *** Assalomu alaykum, Otabek aka! Eng avvalo, kanal aʼzolari 17 mingdan oshgani bilan samimiy tabriklayman! Bu yana-da katta masʼuliyat yuklaydi odamga! Kanalni barcha davlat organlari va tashkilotlar o‘tkir nigohlar ila kuzatib bormoqda. Bu esa sifatli mahsulot taqdim etishni taqozo qiladi! “Liderlar” klubi tashkil etilishi bu juda ajoyib yangilik bo‘ldi! Bir taklifim bor. Hozircha kanalda, keyinchalik TVda “Liderlar” klubida “Liderlar” debatlari tashkil etilsa. Bir masala tanlanib, turli fikrlar tӯqnashuvi natijasida bir tӯxtamga kelinadi. Kanal faoliyatiga omadlar tilayman! Aʼzolar soni 100 mingdan oshishiga tilakdoshman! “Liderlar” kanali aʼzosi: Akobir Shamsiyev *** Avvalambor, menga kanalingiz juda ham maʼqul. Siz qilayotgan ishlar tahsinga sazovor. Ushbu kanal orkali siz ko‘pchilikka kuchli motivatsiya beryapsiz hamda vatanparvarlik hissini uyg‘ota olyapsiz, deb o‘ylayman. Buning uchun sizga katta rahmat! “Liderlar” kanali aʼzosi: Jasur Ishankulov

*** “Qani mening pishlog‘im?” Spenser Jonson haqida tayyorlagan lavhangizni ko‘rdim. Kanal orqali ko‘pgina instrumentlarni beg‘araz, bepul ulashmoqdasiz. Minnatdorchilik bildiraman. Kuch- g‘ayratingiz so‘nmasin. Kattadan-katta rahmat. “Liderlar” kanali aʼzosi: Shaxriyor Xalbayev *** Ilk bor ushbu kitobni yozish g‘oyasini Otabek do‘stimdan eshitganimda men uni to‘liq qo‘llab- quvvatladim. Sababi, uning kreativ fikrlari, davlat boshqaruvi bilimi ko‘proq insonlarga yetib borishi kerak. U bilan xizmat safarlariga chiqqanimizda doim olgan yangi bilimlari bilan o‘rtoqlashar, men amaliyotchi bo‘lganim uchun bilan ko‘p baxslashar. Ikkalamiz uchrashgan paytda nazariya va amaliyot o‘rtasida bahslar bo‘lib o‘tadi. Uning kanalini doim kuzatib boraman, shuningdek, uning onlayn vebinarlarida doim ishtirok etaman. O‘ylaymanki, ushbu kitob davlat xizmatchilarining bilimini yana-da oshishiga xizmat qiladi. Eng muhimi ularning haqiqiy Lider bo‘lishiga yordam beradi. “Liderlar” kanali aʼzosi: Axmedjanov Nadirjon *** Liderlar kanali bizning sevimli kanal. Farzandim Xondamir bilan uni doim kuzatib boramiz. Bu kanalda men ham boshqaruv sohasida ham farzand tarbiyasiga oid maʼlumotlar olaman. Bu kanalning ishlariga rivoj tilayman. Ushbu kanal ko‘plab men kabi institutda o‘qishga imkoni bo‘lmagan insonlarga yangi bilim bermoqda. Eng muhimi, u yerdan olgan maʼlumotlarimni har kuni ishxonada sinab ko‘raman va foydasini ham sezaman. Ushbu kitob chiqqan kuni birinchi navbatda farzandlarimga, xodimlarimga olib berishni niyat qilganman. Sizlarga rahmat. Insondan bu dunyoda faqat yaxshi nom qoladi. Barchamiz bir-birimizga tobutkashmiz. Shunday ekan, bu hayotda yaxshilik qilib qolishning o‘zi baxt. “Liderlar” kanali aʼzosi: Telmondan Botirov Abdulaziz

Muallifdan SO‘NGGI SO‘Z Hurmatli kitobxon, avvalo, sizga minnatdorligimizni bildiramiz. Agar siz ushbu so‘zlarni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, demak, kitobdagi barcha maʼlumotlar bilan tanishib chiqqansiz. O‘ylaymanki, ushbu kitobdan o‘zingizga tegishli taassurotlar, foydali ko‘nikmalar va yangi bilimlar oldingiz. Endi oldingizda muhim vazifa turibdi – olgan bilimlaringizni amaliyotda sinab ko‘rish. Dono xalqimizda “Ishlatilmagan bilim – keraksiz yuk”, degan hikmat bor. Sizning bilim va ko‘nikmalaringiz hech qachon keraksiz yukka aylanmasligiga ishonamiz. Unutmang, ortingizda sizga umid va ishonch bilan ko‘z tikkanlar bor, oldingizda esa Vatan kelajagi. Lider sinovlardan va yangi tajribalardan aslo qo‘rqmaydi, balki u vaziyatga moslashadi, bilimi yetmagan joyda izlanadi, o‘rganadi. Bu hayotda doimo o‘quvchi va izlanuvchi bo‘lib qoling. Hech qanday bahona bilim olmasligingizga sabab bo‘la olmaydi. Muvaffaqiyatli va yorqin kelajak uchun olg‘a, qadrli Liderlar! Nasib qilsa, keyingi nashrlarda sizlar bilan yana uchrashamiz. So‘nggi so‘z o‘rnida ushbu rasmni ilinyapman. Unga izoh yozishga hojat yo‘q… Faqat, aytmoqchi bo‘lganim: izlagan imkon topar. O‘qish va bilim olish uchun xohish bo‘lsa kifoya.

MUNDARIJA Alisher Saʼdullayev. “Liderlar” jamoasining maqsad va g‘oyalari bizning yangicha qarash va yondashuvlarimizga ҳамоҳанг!....................................................................................................... 3 Olimjon To‘ychiyev. Innovatsiya – liderni uning ortidan ergashuvchilardan ajratib туради..................................... 6 So‘z boshi....................................................................................................... 8 Birinchi bo‘lim: Hamma o‘qishi shart............................................ 11 Ikkinchi bo‘lim: “7 savolga 7 javob”......................................... 103 Uchinchi bo‘lim: Suhbatlar............................................................... 175 To‘rtinchi bo‘lim: “Otam o‘gitlari”.............................................. 204 Beshinchi bo‘lim: “Kun hikmati”dan eng saralari............... 216 Oltinchi bo‘lim: Ibratli hikoyalar........................................... 233 Yettinchi bo‘lim: Buyuk insonlar hayotidan.............................. 283 Sakkizinchi bo‘lim: Sizda qanday fikr bor........................... 307 Muallifdan so‘nggi so‘z.......................................................................... 337


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook