https://doi.org/10.36078/987654711 manzaraga mos kelishi, yaʼni mantiqiy izchillik muhim ahamiyatga ega. Bularning barchasi qahramon xarakterini oydinlashtirish, uning ichki dunyosini tabiiy tarzda ochishga yordam beradi”. O’Genring tashrif qogʻoziga aylangan “Afsungarlar sovgʻasi” hikoyasida ham endigina turmush qurgan ikki yoshning bir-biriga boʻlgan munosabati tasvirlangan. Asar qahramonlari Della bilan Jim zoʻrgʻagina kun kechirishar, har bir topgan pullarini tejamkorlik bilan ishlatishardi. Bu holatni kitobxon hikoya boshidayoq Dellaning bir dollaru sakson yetti sentini qayta-qayta sanaganida anglashi mumkin. “One dollar and eighty-seven cents. That was all. She had put it aside, one cent and then another and then another, in her careful buying of meat and other food. Della counted it three times. One dollar and eighty-seven cents. And the next day would be Christmas”. “Bir dollar-u sakson yetti sent. Bor –yoʻgʻi shu. Ulardan oltmish senti bir sentli chaqalardan iborat. Ana shu chaqalarning har biri uchun baqqol, rezavorfurush, qassob bilan shu qadar savdolashishga toʻgʻri keldiki, bu tariqa ziqnalik tufayli tugʻilgan soʻzsiz norozilikdan quloqlarigacha qizarib ketardi. Della uch marta sanab koʻrdi. Bir dollar-u sakson yetti sent. Ertaga boʻlsa Rojdestvo”. Hikoyada hayotiy muammolarning qahramonlar ruhiyatiga qattiq taʼsir oʻtkazib, tushkunlikka tushgani bayon qilinadi. Yozuvchi ruhi tushib, qiyin holatga tushgan qahramon xatti-harakatini shunday tasvirlaydi: “There was nothing to do but fall on the bed and cry. So, Della did it”. “Bunday vaziyatda qilish mumkin boʻlgan yagona ish – eski karavotga oʻzini tashlash va oʻkirib yigʻlash, xolos. Della aynan shunday qildi”. Qahramon ruhiyatini har jihatdan, hayotiy sharoitga muvofiq yoʻsinda koʻrsatilishi asarga yanada jonli tus beradi, mazmundorligini oshirgan. Bu hol, albatta, yozuvchining insonni turli ruhiy-emotsional holatlarda tasvirlashi mohir ekanligi va uning uslubining oʻziga xosligidan dalolat beradi. Yozuvchi Dellaning ruhiyatini butunligicha his qiladi va uni shu butunligicha hikoya syujetiga olib kiradi. Hayot ziddiyatlarining ayovsizligi, maishiy turmushdagi har bir kamchilikning qahramon ruhiyatiga taʼsiri hikoyada mohirona aks etgan. Soʻngra yozuvchi qahramon yashaydigan sharoit tasvirlanadi: “Perhaps you have seen a pier-glass in an $8 Bat. A very thin and very agile person may, by observing his reflection in a rapid sequence of longitudinal strips, obtain a fairly accurate conception of his looks”. “Haftasiga sakkiz dollar haq olinadigan mebellar bilan jihozlangan xonadon. Uning holati oʻtaketgan qashshoqlik emas, yaqqol koʻzga tashlanuvchi, sukut saqlovchi 196
https://doi.org/10.36078/987654711 kambagʻallik deb baholanishi mumkin”. Ushbu gapda qahramon ruhiy holatining uy anjomlari vositasida tasvirlanishi uning ichki olamini jonli koʻrsatish imkonini bergan. Asarda nasroniylarning Rojdestvo bayrami arafasida sovgʻaga pul yetkazolmayotgan, lekin juda ham sovgʻa olishni xohlayotgan Dellaning ruhiy iztiroblari tasvirlanadi. Dellaning uzoq oylar davomida tejab yiqqan puli atigi oʻn sakiz sent boʻlganiga va pul Jimga sovgʻa olish uchun yetmasligiga kayfiyatining tushishi asarda mohirona aks etgan. Yozuvchining koʻngil istaklarining bu kabi maromiga yetkazib tasvirlanishi asar qimmatini oshiradi. Della Jimni yaxshi koʻrardi va bunday bayramda uni sovgʻasiz qoldira olmasdi. Ikki qahramonda qimmatli boʻlgan narsalari Jimda ota-bobolaridan qolgan tilla soat, Dellada boʻlsa hamma havas qiladigan uzun sochlari edi. Sevgilisiga sovgʻa olishi uchun Della oʻzining xazinasi deb bilgan sochini sotadi va Jimga sovgʻa oladi. She found it at last. It surely had been made for Jim and no one else. There was no other like it in any of the stores, and she had turned all of them inside out. It was a platinum fob chain simple and chaste in design, properly proclaiming its value by substance alone and not by meretricious ornamentation--as all good things should do. It was even worthy of The Watch. Nihoyat, u izlaganini topdi. Bu narsa, shubhasiz, Jim uchun faqat uning uchun yaratilgan edi. Della deyarli barcha doʻkonlardagi narsalarni agʻdar-toʻntar qilmas ham, hammasini koʻrib chiqdi – bunga oʻxshash narsa topilgani yoʻq. Bu choʻntak soatlariga osib qoʻyiladigan platina zanjir taqinchoq boʻlib, u xoʻjakoʻrsinga yaltiratib qoʻyilmagan, oʻzining oddiy va jiddiy tasviri bilan maftun qilardi. Asar soʻngida ikki yoshning oʻzlari uchun qimmatli boʻlgan buyumlarini qurbon qilishib, oʻz sevgililariga sovgʻa olgani maʼlum boʻladi. Jimning soati uchun zanjir, Dellaning uzun sochlari uchun taroqlar. Hikoyada katta badiiy maʼnoni ifodalashda “soch” va “zanjir” kabi badiiy detallardan mohirona foydalangan. Shuningdek, ayol va erkak, garchi qashshoq boʻlishsa-da, bir- biridan sadoqat, fidoiylik va mehrni ayamaganliklari gʻoyat taʼsirli koʻrsatib berilgan. Qahramonlar ruhiy holatininin teran tasviri hikoya mazmundorligini oshirgan. Bu jhol, albatta, yozuvchining insonni turli ruhiy-emotsional holatlarda tasvirlashi mohir ekanligi va uning uslubining oʻziga xosligidan dalolat beradi. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Eshonqulov J. Ruhiy tahlil metodi xususida. Oʻzbek tili va adabiyoti. – №2. Toshkent. – 1997. 197
https://doi.org/10.36078/987654711 2. Opiyeva Sh. Xayriddin Sultonning hikoyanavislik mahorati. Filol. fan. nomzod. dis. Toshkent. – 2006. 3. O’Henry. The complete works. New York: Garden city. – 1980. 4. О’Генри. Афсунгарлар совғаси. Тошкент: Адабиёт учқунлари. – 2018. Tibbiyot terminologiyasi xususida Dilnura Axmadova Mustaqil izlanuvchi Buxoro davlat universiteti E-mail: [email protected] Kamola Fatullayeva Mustaqil izlanuvchi Buxoro davlat universiteti E-mail: [email protected] Annotatsiya. Metafora – tibbiy atamalarni shakllantirishning samarali usuli. Tibbiy terminlarni hosil qilishda ham metaforaning xizmati katta. Tezisda metafora asosida hosil qilingan tibbiy terminlar lug‘aviy ma’nolari asosida guruhlangan. Kalit so‘zlar: muloqot, til, tibbiy terminlar, metafora, tibbiyotda aloqa vositasi, inson tana a’zolari. Terminlar tilda umumtil qonuniyatlari (derivatsiya, semantik ko‘chish, metanimizatsiya) va boshqalar asosida vujudga keladi. O‘zbek tili terminologiyasining shakllanishi va taraqqiyotida metafora yo‘li bilan ko‘plab tibbiy terminlarning hosil bo‘lganligini kuzatish mumkin. Odatda, termin (lotincha “terminus”- “chek”, “chegara belgisi”) fan, texnika va boshqa sohaga oid narsa haqidagi tushunchani aniq ifodalaydigan, ishlatilish doirasi shu sohalar bilan chegaralangan so‘z yoki so‘z birikmasi, atama. Terminlar bir ma’noli bo‘lishi, ekspressivlik va emotsionallikka ega bo‘lmasligi kabi belgilari bilan ham umumiste’moldagi so‘zlardan farqlanadi. O‘zbek tilining barcha leksik resurslarida boʻlgani kabi terminlarning ham oʻz boyish yo‘llari bor va ular tilimiz taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarga muvofiq keladi. Dunyoda chetdan so‘z o‘zlashtirmagan birorta ham til yo‘q. Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash uchun yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo shu tilning o‘zida mavjud bo‘lgan so‘z yoki termindan foydalaniladi, yoki yangi 198
https://doi.org/10.36078/987654711 termin yasaladi. Shu jumladan, biz so‘z yuritmoqchi bo‘lgan tibbiy terminologiya ham o‘zining ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Terminshunoslarning bildirgan fikriga qaraganda, metafora semantik usulda termin hosil qilishda asosiy rol o‘ynaydi. Bunda umumadabiy yoki jonli tildagi so‘zlarning biror xususiyatini shaklan o‘xshashligini, rang-tusidagi bir xillikni asos qilib olish tufayli mana shunday yangi-yangi terminlar vujudga keladi [2, 18]. O‘zbek tilining turli soha terminologik tizimlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘pgina ishlarda semantik usul bilan termin yasash terminologiyani boyituvchi muhim bir manba sifatida e’tirof etiladi. Biroq, tibbiyotga oid terminlar tadqiq etilganda, metafora yo‘li asosiy vosita hisoblangan terminlar, asosan, semantik-sintaktik usul bilan paydo bo‘lgan. Ma’lumki, juda qadimgi davrlardan shakllana boshlagan tibbiy terminologiyaning boyishida aksar semantik yo‘l bilan termin hosil qilish amal qilib kelgan. XX asr boshlariga kelib, kognitiv tilshunoslikning shakllanishi va jadal rivojlanishi bilan metaforaning ko‘p qirrali, nihoyatda murakkab hodisa ekanligi tan olinib, fundamental bilish faoliyatining namoyon bo‘lishi sifatidagi mohiyati ochib berildi. Metafora – tibbiy atamalarni shakllantirishning samarali usuli. Tibbiy terminlarni hosil qilishda ham metaforaning xizmati katta. Tibbiyotda ishlatiladigan qushtomoq, nog‘ora parda, shox parda, qorason, suvchechak, chechak, qoqshol, to‘rparda, ko‘z olmasi, baliq tangachasi, quloq supachasi, burun suprasi chig‘anog‘i, quloq suprasi chig‘anog‘i, siydik nayi kabi terminlarning ishlatilishi bevosita metafora bilan bog‘liq. Zamonaviy tibbiy terminologiya – terminlar tizimidagi eng murakkablaridan biridir. U o‘zida minglab so‘z va so‘z birikmalarini qamrab olgan. Termin hosil qilishning mahsuldor usullaridan biri esa metaforadir. Metafora voqelikni obrazli aks ettirishning asosiy usullaridan biri bo‘lib, dunyoning ma’lum bir lingvistik tasvirini terminologiyada aks ettiradi. Metaforaning universal xususiyati shundaki, u har qanday inson ongida, qaysi tilda gaplashishidan, qat’i nazar, mavjuddir [4, 271]. Tibbiyot terminologiyasi – bu tarkibiy, semantik, so‘z yasovchi va uslubiy xususiyatlari bilan oddiy so‘zlardan farq qiladigan va shu bilan tilning leksik tizimida alohida o‘rin tutadigan so‘z birikmalarining o‘ziga xos qatlamlaridan biridir. Metafora asosida hosil qilingan tibbiy terminlarni esa quyidagicha bo‘lish mumkin: − Inson bilan bog‘liq holda hosil qilingan metafora asosidagi tibbiy terminlar. Bunda odamning biologik xususiyatlari (o‘lim, uyqu, ko‘rish) kabi o‘xshashliklarga asoslangan terminlar: ko‘richak, o‘lik pulpa, o‘lik hujayra kabi. 199
https://doi.org/10.36078/987654711 Koʻrichak – odam va sut emizuvchi hayvonlarda yoʻgʻon ichakning boshlanish qismi, oʻng yonbosh chuqurchasida joylashgan boʻlib, uning yonbosh ichakka qo‘shilish joyida yarimoysimon burmalari, qopqogʻi bor [5, 25]. Terminga e’tibor qaratadigan boʻlsak, uning bir tarafi yopiq boʻlgani uchun shu nom bilan atalishiga sabab boʻlgan. Shuningdek, antromorfik metafora tarkibiga tarixiy shaxslar, adabiy qahramonlar nomlari, ertaklar, afsonalar qahramonlari nomlarini ham uchratish mumkin: Volter yuzi, Axill payi, “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” sindromi, Edip majmuasi. Tibbiyotda tana qismlari nomlari metafora yo‘li bilan boshqa organ nomi sifatida ham qo‘llanilgan quyidagi qorincha, oyoq, bosh, boshcha, lab, bel, tilcha kabi terminlar birikmali holatda ham ishlatiladi. Suyakning boshi, buyrak beli, yurak qorinchasi, qon tanachasi, bachadon bo‘yni, mushakning orqa qorin qismi, o‘n ikki barmoqli ichak, tanglay tilchasi, miya oyoqchasi, to‘rt boshli muskul, uch boshli muskul singari terminlar buning yorqin misolidir. − Kiyim-kechak va ularning qismlarini anglatuvchi terminlar: miya to‘ni, miya choki, eshituv hoshiyasi, qorin burmasi, yelka Kamari [4, 46]. − Kundalik hayotda ishlatiladigan ro‘zg‘or buyumlari, turli narsa-predmet nomlari metafora yo‘li bilan termin hosil qilishda ishtirok etgan: siydik pufagi, o‘t pufagi, miya o‘rog‘i, quloq saqichi, jigar tuguni, nog‘ora parda, shox parda, kalla gumbazi, suyak qavati, tish toshi, to‘r parda qadahchalari, kindik tizimchasi, buyrak kalavasi, so‘rg‘ich tolalari, nerv tolasi, tovush pardasi, buyrak to‘pi, qorin charvisi, quloq oynasi, soch kepagi, kasallik o‘chog‘i, ko‘krak qafasi, ichak so‘rg‘ichi, buyrak jomi, tasbeh donasi sindromi kabi. − Botanik obyektlar va ularni anglatuvchi terminlar. O‘zbek tilining tibbiy terminologiyasida botanik obyektlarni ifodalovchi qator terminlar ham ishlatiladi. Bu o‘rinda ikki xil obyekt nomlari ana shunday terminlar sifatida yuzaga kelgan: 1) ayrim o‘simlik nomlari tibbiy termin sifatida uchraydi: soch piyozchasi, miya so‘g‘oni, ta’m piyozchasi; 2) o‘simlikning rivojlanish bosqichlari, ular tuzilishidagi qator qismlarning nomlari: ta’m kurtaklari, miya po‘stlog‘i, bronx daraxti, tomoq murtagi, bodomcha bez, buyrak usti bezi po‘stlog‘i, po‘stloq hujayra, ko‘z guli singari. − Ot-ulov jabduqlarining nomlari: turk egari, lab yuganchasi, uzangicha. − Zoomorfik metaforalar hayvonlarning nomlarini, ularning tana qismlarini va ularning mavjudligi bilan bog‘liq boshqa ismlarni birlashtiradi: miya chuvalchangi, yo‘lbars yuragi o‘ynaydi. Rangni ifodalovchi so‘zni o‘z ichiga olgan 200
https://doi.org/10.36078/987654711 terminlar aniq bir alomatni ko‘rsatadi, uni aniqlaydi. Bunday terminlar kasallikni aniqlashtirishda yordam beradi. Tibbiyotda ranglarni kodlash kasalliklarning, simptomlarning, terining va boshqalarning asosiy diagnostik belgilaridan biridir. O‘zbek tili tibbiy terminologiyasida esa quyidagi rang bildiruvchi terminlarni ko‘rish mumkin: malinarang til, miyaning kulrang qobig‘i, qorason, qizilcha, sariq, sariq isitma, sariq tana, ko‘kyo‘tal, pushti rang temiratki, qorajigar, targ‘il tana, qoraqo‘tir, qora oqsoq, sariqdog‘. − Geografik terminlarning tibbiyotda termin sifatida qo‘llanilishi: siydik kanali, qon-tomir kanali, ko‘ruv kanali, qon orolchasi, Langergans orolchasi, suyak kanali, chov kanali, me’da kanali, tish kanali, son kanali. Metafora til doirasi bilan cheklanib qolmaydi, chunki insonning fikrlash jarayonlarining o‘zi metafora. Metafora insonning kontseptual tizimida mavjud va tibbiy terminlarni shakllantirishning samarali usuli hisoblanadi. Metafora nominatsiyalari uni tuzish paytida terminologiyaga xos bo‘lgan izchillikni saqlaydi, shuningdek, metafora modellari va metaforalarning kontseptual shartlanishiga asoslanib, ularning izchilligini terminologiyani tizimiga keltiradi [1, 5-32]. Metafora nominatsiyalari umumiy qabul qilish, qulaylik kabi fazilatlarni egallashga yordam beradi. Tilimizda kasallik nomlarining o‘zbekcha so‘zlar bilan atalish holatlari ham ko‘p uchraydi. Bu tibbiy terminologiya milliy koloritga ega so‘zlar bilan boyib borishini ko‘rsatadi. Tibbiy atamalar sirasida chang chalishi (allergiya), chechak, safroli qizilcha, ziqqinafas, zotiljam kabi kasallik nomlarining mavjudligi, umuman, bunday atamalar nutqda xorijiy nomlarning o‘zbek tilidagi muqobili sifatida qo‘llanishi, ayni paytda, tibbiy terminlarni almashtirishi bilan evfemizatsiyaga imkon yaratishi milliylik omili ustuvorlashuvidan darak beradi. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Арутюнова Н.Д. Метафора и дискурс. Москва: Прогресс. – 1990. 2. Маҳмудов Н. Термин, сўз ва метафора. Ўзбек тили ва адабиёти. – 2013. 3. Мираҳмедова З. Ўзбeк тилининг анатомия терминологияси ва уни тартибга солиш муаммолари. Тошкент. – 2010. 4. Тoрақулов Ё. Русча-лотинча-ўзбекча тиббий терминлар луғати. Тoшкент. – 1996. 201
https://doi.org/10.36078/987654711 5. Ro‘zimatova D.M. Medical term and metaphora. International conference on actual problems and solutions of modern philology. Diplomatik ritorikada paralingvistik vositalar Oqila Bayjanova 2-bosqich tayanch doktorant O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti E-mail: [email protected] Maloxat Badalbayeva Tillar kafedrasi boshligʻi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi E-mail: [email protected] Annotatsiya. Qadimdan ma’lumki, imo-ishoralar jamiyat tarqqiyotida til (nutq) dan ancha avval paydo boʻlgan. Hattoki, nutq soʻzlayotgan shaxsning fikrini ifodalashi uchun imo-ishoralar va jestlar asosiy vosita sanalgan. Mazkur vositalar nutqqa bevosita ta’sir qiluvchi nolisoniy (noverbal) vositalar deyiladi. Kalit soʻzlar: diplomatik ritorika, paralingvistik vositalar, jest, mimika, tana harakati, imo-ishora va boshqalar. Nutqqa bevosita ta’sir qiluvchi nolisoniy (noverbal) vositalar paralingvistik vositalar deyiladi va aynan shunday til vositalarini paralingvistika o‘rganadi. Paralingvistika atamasi 1940-yilda amerikalik tilshunos A.J. Hill tomonidan fanga kiritilgan. Uning fikricha, paralingvistikani oʻrganish noverbal vositalar nutq jarayonini yanada faol va ta’sirchanligini oshirishini takidlagan [1, 111- 116]. “Paralingvistika” lotincha “para” (yondosh), “languya” (til) soʻzlaridan olingan boʻlib, “tilga yondosh”, “til bilan birga qoʻllanuvchi”, ma’nosini ifodalaydi [2, 47]. Tilshunos I.B. Golub nutq ta’sirchanligini shakllantirishda paralingvistik vositalarning o‘rni, tilning tasviriy vositalari bilan bir qatorda qoʻyadi. Uning fikriga ko‘ra, paralingvistika fikr (tushuncha) ning drijyoridir [3, 48]. Biz ham quyidagi tilshunosning fikrlariga qoʻshilamiz, negaki, har qanday shaxs o‘z nutqini (fikrini) shu vositalar (jest-qoʻl, bosh, tana harakati; mimika - imo-ishoro, yuz harakati qiyofa oʻzgarishi) yordamida toʻliq ifodalaydi. Ya’ni har qanday fikr oʻzining ta’sir kuchiga, jozibasiga va shu bilan birga mushohada 202
https://doi.org/10.36078/987654711 ta’labiga mos kelmog‘i lozim. Umuman olganda, paralingvistika aynan shunday jihatlari bilan nutqni yanada jonlantiradi. Chunonchi, rus olimlaridan O.Sovajo (1962, 1972), G.V. Kolshanskiy (1974), Y.A. Zemskaya (1981), N.I. Jinkin (1982, 1998), K.Blansh-Benvenist (1987), R.Yakobson (1996), R.Bart (2021), amerika va nemis olimlaridan esa R.L. Birdwhistell, D.Efron, P.Ekman, V.Friesen, E.Hall, M.R. Key, F.Poyatos, G.L. Tragerlar [4, 47] bu borada chuqur izlanish olib borgan olimlar hisoblanadi. Paralingvistik vositalar nutqning og‘zaki turiga xos hodisa boʻlib, yozma nutqda ular til birliklari yordamida ifodalanadi [5, 48]. Darvoqe, paralingvistik (imo-ishoralarni) vositalarni tarjima qilib boʻlmaydi ulni faqat kuzatish orqali aniqlashimiz mumkin. Bu haqda V.N. Teliya shunday deya ta’kidlaydi [6, 854]: “Paralingvistika soʻz ma’nosining yoritilishiga xizmat qilishi bilan birga, ularda tinglovchini oʻziga rom qilish xususiyati ham mavjud” deya toʻgʻri fikrni aytgan. Biz ham shu fikrga to‘liq qo‘shilgan holda olimning fikrini qo‘llaymiz, negaki nutq paralingvistik vositalar ko‘magisiz tinglovchiga ta’sir qilmaydi va aytilishi mumkin boʻlgan xabar quruq ma’lumot aytganday boʻladi. Diplomatik ritorikada muloqot turlarining har ikkala turi ham faol ishlatiladi biroq paralingvistik vositalardan badiiy adabiyotlardan farqli ravishda ogʻzaki nutq jarayonida faol foydalanamiz shunday ekan, fransuz psixologi Fransua Sulger o‘zining mashhur “Imo-ishoralar haqidagi haqiqatlar” kitobida shunday yozadi, faqat og‘zaki vosital (so‘zlar) umumiy ma’lumotning atiga 7%, shu bilan birga tovushlar 38%, qolgan 55% esa jest va imo-ishoralar [6, 108] tashkil etishini aytgan. Bundan koʻrinadiki paralingvistik vositalardan oʻzimiz bilmagan holda juda faol foydalanar ekanmiz. Bizning fikrimizcha, muloqotning samaradorligi nafaqat suhbatdoshning so‘zlarini tushinish darajasiga, aksincha, muloqot ishtirokchilarining xatti-harakatlarini, ularning mimika va imo-ishoralarini, harakat va holatini, ko‘z qarashlarini yoʻnaltirishlarini toʻgʻri baholash qobiliyati bilan ham belgilanadi. Mimika va jestlar soʻzlovchiga oʻz his-tuygʻularini toʻliqroq ifodalash imkonini beradi. Jest va imo-ishoralar har doim ham ijobiy ma’no ifodalamaydi aksincha ba’zan esa shubha, gumonni ham uyg‘otadi. Quyidagi jadval orqali noverbal vositalarni koʻrishimiz mumkin: noverbal vositalar to‘rtta turga boʻlinib ular: Kinesika (qo‘l, bosh, oyoq, tana harakatlari), Takesika (teginish, qo‘l siqish bilan bog‘liq boʻlgan harakatlar), Proksemika (muloqotni tashkil qilish zamoni va makoni), Prosodika (nutqda prosodik vositalar (intonotsiya, urgʻu, tembr va boshqalar). 203
https://doi.org/10.36078/987654711 Tananing turli qismlari bilan bo‘lgan harakat va hissiy reaksiyani kinesika o‘rganadi. Poza –muloqot jarayonida holat va aloqa usullari Poxodka (Yurish) – yer yuzidagi insonlarning harakat usuli boʻlib, uning komponentlari: ritm, qadam dinamikasi, amplituda hamda tana vaznidan iborat. Olimlarning fikricha, insonning yurishiga qarab uning yoshi va xarakterini aniqlash mumkin. Masalan: “og‘ir yurish” – gʻazabdan, “yengil yurish” – quvnoqlikdan dalolatdir. Imo-ishoralar, imo-ishoralar, imo-ishoralar! Buyuk notiq Demosfenning ta’kidlashicha, kuchli notiq uchun zarur [7, 62] degan fikrlarni bildirganlar. Shuningdek, so‘zlovchining his-tuyg‘ularini asosiy koʻrsatkichi uning yuz ifodasidir. Shunday ekan, mimika bizga raqibni yaxshiroq tushunishga, u qanday his-tuygʻularni boshdan kechirayotganini aniqlashga imkon beradi. Chunonchi, koʻtarilgan qoshlar, katta ochilgan koʻzlar, lablarning titrashi hayratdan dalolat bersa; tushirilgan qoshlar, peshonadagi ajinlar, qisilgan koʻzlar, siqilgan tishlar esa g‘azabni ifodalaydi. Noverbal muloqot vositalari yon-atrofda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarning 90% gachasini ta’minlaydi va idrok etishi [8, 7] haqida manbalarda ta’kidlab oʻtilgan. Paralangvistik vositalar umumiy nom bilan imo-ishoralar deyiladi. Imo- ishoralar maqsadi koʻra quyidagi turlarga bo‘linadi: ritmik, emotsional, ishorali, tasviriy va ramziy [9, 64]. Biz oʻrganilgan tadqiqot natijalarimizdan shuni xulosa qilamizki, paralingvistik vositalardan inson oʻzi bilmagan holda foydalanadi, ular nutqni jonli va ta’sirchan boʻlishida yordam beradi shu bilan birga aytilayotgan fikrni poralingvistik belgilar orqali tasdiqlanishini tahlil jarayonida kuzatdik. Yana shunisi aniqki, har ikkala tilda ham paralingvistik belgilardan faol qoʻllanilishiga amin boʻldik. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Temirova F. Importance of paralinguistic features in communication and their theoretical study. The American Journal of Social Science and Education Innovations. - №2(09). – 2020. 2. Ahmedov H. Paralingvistik (imo-ishoraga asoslangan) frazeologizmlar. Journal of Academic Research in Educational Sciences. – 2021. 3. Джафаров В. О культуре речи. Баку. – 2013. 204
https://doi.org/10.36078/987654711 4. Егоров B. Дипломатический протокол и этикет. Москва. – 2013. Issues on the conceptual aspect of terms Madina Dalieva Independent Researcher Uzbekistan State World Languages University E-mail: [email protected] Annotation. The thesis deals with the issues on the conceptual aspect of terms. We analyzed scientists’ views and examples on this problem. Key words: terminology, logical definition, terminological system, conceptual aspect, borrowing. In lexicographic practice, and especially in the practice of terminological lexicography, the special importance of correlation has long been noted. In some textbooks on working with terminology and compiling terminological dictionaries, it is even strongly recommended that the terms used in the text of the definition be highlighted in a special font. A natural question arises: is it possible to put the formal relation of definability of some units through others (for example, some terms through others) into the basis of a structuring of the entire terminology of a particular field of knowledge or discipline that is essential from a logical-conceptual point of view? It seems that the definability of a term through other terms may underlie the establishment of the conceptual level of the term as the most important indicator of the entire logical-conceptual structure of terminology. It is known that a language system is a set of interdependent language units of different levels and models by which they “work” (combine). Terms are no exception. In this regard, we can recognize the opinion existing in linguistics that the terminology of various fields of knowledge is of great interest to linguists, since the terms are the most indefinite and diverse units of the language. An analysis of the linguistic literature on this issue explicitly states that in modern linguistics there is no single definition of the term “term”. Many researchers are trying to reveal the essence of the term (for example, F.A. Tsitkina, E.N. Luchinskaya, Z.I. Komarova, etc.) 205
https://doi.org/10.36078/987654711 In particular, A.A. Akhmanova believes that a term is a word or phrase of a special language created to accurately express special concepts and designate special objects. Some of the above researchers are invited to recognize that the term is an invariant (word or phrase), which denotes a special subject or scientific concept, limited by definition and place in a certain terminological system. Terminology is recognized as part of the language system, but what word is considered a term, opinions differ here. V.V. Vinogradov believes that the word performs a nominative or definitive function, that is, it is a means of clear designation, in which case it can be a simple sign, or it is a means of logical definition, otherwise it is a scientific term. A.A. Reformatorsky criticized this point of view and suggested using a purely functional approach to distinguish between a term and a non-term. Terms are official, stylistically neutral special words generally accepted in the circle of specialists [1, 21]. Terms exist in the language as part of a certain terminology. It (terminology), in turn, is the most important component of professional culture, as it consolidates and preserves the knowledge of this area in the language (cognitive function) and serves the communicative needs of specialists (communicative function). If in a common language (outside this terminology) a word can be polysemantic, then, falling into a certain terminology, it acquires unambiguity. Linguistics has determined that the term is not given in the context, like an ordinary word, because it is a member of a certain terminology, which acts instead of the context, it can also be used in isolation, for example, in the texts of registers or orders in technology; this causes the circumstance that the term should be unambiguous not in general in the language, but within the given terminology. The same term can be included in different terminologies of the language, it represents interscientific terminological homonymy, for example: reaction 1) in chemistry, 2) in physiology, 3) in politics; reduction 1) in philosophy, 2) in economics, 3) in jurisprudence, 3) in phonetics; assimilation 1) in ethnography, 2) in phonetics, etc. Thus, from the point of view of A.A. Reformatorsky, terminology is a set of terms of a given branch of production, activity, knowledge, forming a special sector of vocabulary, the most accessible to conscious 206
https://doi.org/10.36078/987654711 regulation and ordering. Terms must be \"delimited\" from polysemy, expressiveness, and thus from ordinary non-terminological words, which are predominantly ambiguous and expressive. However, this does not mean that there is an impassable abyss between terminology and non-terminology, and that the terms consist of other sounds and do not obey the grammatical laws of a given language. If this were the case, then the terminology would not belong to the language and would represent another language altogether. The sources of the origin of terms are not opposed to the fact that they are included in the vocabulary of a given language and are subject to its phonetic and grammatical structure [2, 37]. When a word becomes a term, its meaning is specialized and limited. Depending on this or that terminology, where the given word falls, a new meaning is obtained and hence other combinations with surrounding words (definitions, additions, predicates); so, assimilation in politics can be \"forced\" and \"natural\", “Assimilation is carried out”, and in phonetics assimilation is “regressive” and “progressive”, it is “observed”, etc. Almost all illustrative material was borrowed by us from various sources and mainly in relation to the Russian language, since we aim to study the issue of borrowing and translation into Uzbek. In modern linguistics, universal parameters are presented that form the basis of definitions of terms that would apply to all areas and could be provided as the most general. However, we can talk about the parameters that determine the general direction in the interpretation in the field of scientific and technical terminology. These are such concepts as: purpose or function, “place” or scope, mode of action, structural features of a certain unit, its substantial essence. As for the formation of the term, there are, as stated in the linguistic literature, two ways: borrowing foreign words and creating new, artificial words (from Latin and Greek words). All linguists agree with this point of view. But let's consider this problem (on the example of the Russian language) from the point of view of A.A. Reformatorsky. in his opinion, they enter the language as a nickname, a label, almost like proper names (combine, container, bulldozer) as names of things and phenomena (foehn preamble, embargo, etc.) when used in isolation, they are purely nominative and receive a semasiological function only 207
https://doi.org/10.36078/987654711 after the formation of derivative terms, when the commonality of a concept acts as a link between different understandings of different words [3, 30]. Thus, we believe that each science has a system of terminology, that is, limited, precisely defined concepts that are so precisely terminated only within its framework, and a system of named objects - vocabulary. A term in science and technology is a specially cultivated word, artificial or taken from natural language. Almost everything in the progress of science is marked by the creation or refinement of scientific terms. Despite the multiplicity of interpretations of the concept of \"term\", one can single out the main thing that is in them: a term is a specialized word that is the main carrier of information in any branch language. And, if we proceed from the fact that any linguistic sign represents a concept in the language, in communication, we can conclude that the terms have their own conceptual layer, which should be taken into account when translating texts. References 1. Andrenko L.M. Terminological meaning of commonly used words. PhD thes. philol. scien. Moscow. – 1980. 2. Apresyan Y.D. Lexical semantics and synonymic means of language. Moscow: Science. – 1974. 3. Reformatorsky A.A. Introduction to linguistics. Moscow: Higher School. – 1982. Ispan tilida komparativ frazeologizmlarning gapdagi sintaktik vazifalari Umida Dushaeva 1-bosqich tayanch doktorant Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti E-mail: [email protected] Аnnotatsiya. Komparativ frazeologik birliklar tilning intensiv kategoriyasini ifodalashning vositalaridan biri hisoblanadi. Ispan tilining komparativ frazeologik birliklari tilning boshqa turg‘un birliklari kabi yaxlitligicha lug‘atlarda va badiiy asarlarda qo‘llaniladi. Maʼlumki, leksikografik amaliyot tilshunoslik nazariyasi uchun tajriba maydoni hisoblanadi. Komparativ frazeologizmlar sintaktik konstruktsiyalardan iborat. Ular ancha murakkab 208
https://doi.org/10.36078/987654711 strukturalar tarkibida, xususan, atributiv, predikativ va hol bilan ifodalanadigan aniqlovchilar sifatida sodda va qo‘shma gaplarda ishlatiladi. Kalit so‘zlar: atributiv, komparativ, komponent, presuppozitsiya, predikativ. Belgini eksplikatsiya qilish [1, 167] tayanch sintaktik vazifasiga nisbatan tasniflovchi hisoblangan atributiv, murakkab sintagmatik tobe komponent sifatida gapda keladi va ham egani, ham to‘ldiruvchini aniqlashlari mumkin, masalan: Ya el sol de una manana de mayo, brillante como el oro iba iluminando el cuarto [2, 248]. Entonces bastaba ponerle una torcida у encender, para que diese una llama blanca como la leche, que duraba eternamente [3, 32]. Аtributiv aniqlovchi vazifasida komparativ frazeologizmlar kommunikativ avtonomlikdan holi boʼlgan sintaktik konstruktsiyalar hisoblanadi. Ularni tushirib qoldirish gapning yaxlitligini buzmaydi, chunki ular aniqlanayotganni aktuallashtirish uchun xizmat qiladi va gapda aks ettirilgan hodisa bilan faqat bavosita bogʼlanadi. Аmmo sifatlar va ravishlar morfologik ifodalovchi tarzida keladigan kategoriyaning semantik tabiati shundaki, komparativ frazeologizmlarda predikativlik yashirin holda boʼladi. So‘zlovchining yoki yozuvchining kommunikativ ko‘rsatmasi sababli, ushbu til birliklarining mazmuni aktuallashtirilishi, yaʼni voqelikka kiritilishi mumkin, bu holda esa biz unga xos bo‘lgan barcha xarakteristikalar bilan ma’lumotga ega bo‘lamiz. “So‘zning funksional sohasi shu darajada kengki, uning chek chegaralari tilda, bir tomondan, morfemalar sifatida..., ikkinchi tomondan asl kommunikativ birlik – ma’no jihatidan so‘zlarni qo‘llanish holatlari bilan berilgan” [4, 48 ]. Sintagmatik tobe komponent kommunikativ qiymatga ega bo‘lganida, yaʼni o‘xshatma xabarning yadrosiga aylanganda va u tushunchani emas, balki fikrni ifodalaganda, asl maʼno paydo bo‘ladi. Sorda como una tapia. Aunque tampoco se la advierte esa deficiencia [5, 71]. He trabajado como una bestia [6, 91]. Maʼlumki, subyekt presuppozitsiyaga kiradi va predikativlikni shakllantiruvchi grammatik kategoriya hisoblanmaydi. N.Y. Shvedovaning fikricha, u gapning majburiy grammatik formati (affiks, qo‘shimcha), gapning 209
https://doi.org/10.36078/987654711 tarqatuvchisi, yasama konstruktsiya, kontekst bilan ifodalanishi mumkin deb hisoblaydi [7, 52]. Misol uchun, ispan tilida ega vazifasida keluvchi kishilik olmoshlari, odatda tushirib qoldiriladi, feʼl o‘z qo‘shimchasi bilan qaysi shaxsga tegishli ekanligini ko‘rsatib turganligi sababli, bu gapni to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. Sifatlar o‘zining dastlabki atributiv vazifasida markirovkalanmagan shaklda keladi va har qanday aniqlovchi o‘rnini egallashi mumkin. Sifatning markirovkalangan shakli, yaʼni Y.Kurilovichning fikriga ko‘ra “qayd qilingan qo‘llanilish” [8, 60], uning ikkinchi predikativ vazifasida kelgan atribut so‘zning funksional ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, masalan: Somos como una у carne [9, 390]. Todo era rojo como la sangre [10, 193]. Tilshunoslikda ushbu aniqlovchi, predikativ [11, 76] yoki atributiv- predikativ [12, 290 ] deb ataladi. Harakatni, jarayonlarni va holatlarni xarakterlovchi komparativ frazeologizmlar, gapda hol bilan ifodalanadigan aniqlovchilar hisoblanadi: ...tantos señorones que se aburren en casa, como ostras, con una mujer seca [13, 57]. Komparativ frazeologizmlarning nutqda real ishlashini ko’rgazmali tarzda quyidagicha tasavvur qilish mumkin (Shartli belgilar: Ns – gap tarkibi, No – toʼldiruvchi tarkibi, P – kesim tarkibi.): Darajalar Ns No P 1. Atributiv aniqlovchi predikativ aniqlovchi /kommunukativ model/, hol bilan 2. /nominativ model/ ifodalanadigan aniqlovchi /kommunukativ model/ Shunday qilib, komparativ frazeologizmlarni gapda ikki xil: nominativ va kommunikativ modellar ko‘rinishidagi o‘ziga xos gibridlar deb hisoblash mumkin. Maʼnoviy shakli va mazmuniy belgilari bir xil, biroq, nominativdan farqli ravishda, kommunikativ modelga predikativlik xosdir. Xulosalar: Biz yaxlit strukturalar deb qarayotgan komparativ frazeologizmlar sodda va qo‘shma gaplarda atributiv, predikativ va hol bilan ifodalanadigan aniqlovchilar sifatida qo‘llaniladi. 210
https://doi.org/10.36078/987654711 Gapda atributiv aniqlovchi/nominativ model/ sifatida kelgan komparativ frazeologizmlar kommunikativ avtonomlikdan holi va sintagmatik tobe komponent hisoblanadi. Predikativ va hol bilan ifodalanadigan aniqlovchilar /kommunikativ model/ vazifasida ushbu birliklar xabarning yadrosiga aylanadi va mustaqil ma’noni ifodalaydi. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Кацнельсон С.Д. Типология языка и речевое мышление. Ленинград. 1972. 2. Aurora P.B. Aurora roja. Editorial nacional de Cuba. La Habana. – 1965. 3. Ferlosio. Industrias Ferlosio R.S. Industrias у andanzas de Alfanhul. Madrid. – 1970. 4. Уфимцева А.А. Типы словесных знаков. Москва. – 1974. 5. Alvarez Q. OC1 Alvarez Quintero S. у J. Obras completes. Madrid. – 1954. 6. Marse. Cara Marse J. Esta сага de la luna. Barcelona. – 2009. 7. Шведова Н.Ю. Входит ли лицо в круг синтаксических категорий, формирующих предикативность? «Русский язык за рубежом». – 1971. 8. Деривация лексическая и деривация синтаксическая: к теории частей речи. Москва. – 1998. 9. Salinas. Teatro Salinas P. Teatro completo. Madrid. – 2000. 10. Alvarez de Toledo I. La huelga. Bucarest. – 1999. 11. Васильева-Шведе О.К., Степанов Г.В. Теоретическая грамматика испанского языка. Москва. – 1972. 12. Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. Москва. – 1966. 13. Barea. Ralz Barea A. La Raiz rota. Buenos Aires. – 2007. 211
https://doi.org/10.36078/987654711 Antropotsentrizmning tilshunoslikda tutgan o‘rni va diskurs tadqiqi Moxidil Egamberdiyeva 1-bosqich tayanch doktorant O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti E-mail: [email protected] Hayotxon Dadaboyeva Talaba Oʻzbekiston davlat jaxon tillari universiteti E-mail: [email protected] Annotatsiya. Bugungi kunda jadal surʼatlar bilan rivojlanib borayotgan dunyo tilshunosligining lingvopragmatika, lingvokulturologiya, kognitiv tilshunoslik, sotsiolingvistika, psixolingvistika, etnolingvistika, neyrolingvistika, paralingvistika, gender lingvistikasi kabi yoʻnalishlarida ham shaxs omili tadqiqot obyektining markazini tashkil etadi. Mazkur sohalarning yuzaga kelishi lisoniy faoliyatni uning sohibi boʻlgan inson bilan uzviylikda tadqiq etish harakatlari bilan bogʻliqdir. Antropotsentrik paradigmada inson asosiy oʻringa chiqariladi, til esa inson shaxsini tarkib toptiruvchi bosh unsur hisoblanadi. Kalit so‘zlar: tilshunoslik, antropotsentrik, inson, diskurs, sotsiopragmatik, muloqot. Tilshunoslikda antroposentrik paradigmaning mohiyati “til qanday qurilgan” degan masaladan “til qay tarzda foydalaniladi” degan masalaga koʻchilishi bilan izohlanadi. Til qay tarzda foydalanilishini tadqiq qilish uchun uning egasi boʻlgan shaxsning nutqiy-kognitiv jarayonlarini oʻrganish kerak boʻladi. Tabiiyki, antroposentrik yondashuvga asoslangan tilshunoslik zimmasida shaxs lisonida tushuncha yoki konsept sifatida mavjud boʻlgan lingvokulturologik birliklarni qiyosiy, sistem-struktur, tavsifiy va tahliliy xarakterda tadqiq qilish turadi [1, 78]. 1960-yillar boshlarida antropolog Dell Humes birinchilardan boʻlib diskurs tushunchasi va uning ahamiyati bilan qiziqdi. Olim diskurs tushunchasini lingvistik atama sifatida oʻtgan asrning oʻrtalarida tilshunoslikka olib keldi. Dell Humes fikriga koʻra, diskurs ogʻzaki nutqda bir-birimiz bilan muloqot qilishimizdir. Bu mavzu unda kommunikativ hodisalar (xususan afsonalar va folklyor) kelib chiqishini oʻrganish mobaynida 212
https://doi.org/10.36078/987654711 qiziqish uugʻotdi. Dell fikriga ko‘ra, diskurs bu faqatgina muloqotdir, ammo diskurs nafaqat muloqotni balki matn bilan ham oʻzaro uygʻunlikda sodir boʻladigan holat hamdir. Diskurs lotincha “discursus” – muhokama so‘zidan olingan bo‘lib, hissiy, bevosita, intuitiv, yani muhokamatalab bilimdan farqli oʻlaroq, muhokama orqali vosita bilan hosil qilinadigan mantiqiy dalil-isbotli bilim demakdir. Ushbu tarifda diskurs muhokama qilish, suhbat qilishdir deya tariflanadi. Tilshunos Zveginsev g‘arb tilshunosligida keng qo‘llanilayotgan “diskurs” (inglizcha discourse; fran. Discours) tushunchasini dastlab lisonning gapdan yuqori turadigan sathi sifatida tahlil qildi [2, 68]. Lisoniy faoliyatda “markazga intiluvchi kuch” ning ta’siri mavjudligini etirof etgan V.A. Zveginsev, diskursni “bulutlar orqasiga yashiringan lisoniy hudud” deb hisoblagan va bu hodisani lingvistik metodlar vositasida tahlil qilish mumkinligiga toʻliq ishona olmagan edi. “Diskurs – nolisoniy omillar (pragmatik, ijtimoiy-madaniy, ruhiy) bilan birgalikdagi matn; voqea kechishi nuqtayi nazaridan qaralyotgan matn; maqsadli ijtimoiy harakat sifatida qaraladigan nutq”. Ushbu ta’rifda diskurs hodisasini aniqlashda “matn” va “nutqiy faoliyat” tushunchalariga bir xilda murojaat qilinayotganligini sezish qiyin emas. Umumiy qilib aytganda, diskurs bu muloqot va insonning bir biri bilan fikr almashishi, kommunikativligi va informativligidir. Golland tilshunosi T.A. Van Deuk diskursni bir nechta darajada ko‘rib chiqishni taklif qiladi. U keng ma’noda diskursga kompleksli kommunikativ voqea, tor ma’noda esa kommunikativ harakatning yozma yoki nutqiy verbal mahsuloti sifatida qarash lozimligi haqida fikr bildiradi. Ta’kidlash kerakki, T.A. Van Deuk diskurs va matn oʻrtasidagi farqni shunday belgilaydi: diskurs – aktual aytilgan matn, yani faol nutqiy harakat, matn esa til tizimiga yoki shakliy lisoniy bilimlarga tegishli fikrlarning mavhum grammatik tuzilishidir. Diskurs – aniq suhbat, aniqlik esa diskurs tushunchasi qo‘llanadigan vaziyatga, matnga va obyektga ham birdek taalluqlidir. Diskurs – suhbat turi. Deuk tomonidan berilgan ta’rif aniq va tushunarli bayon etilgan. Ko‘rinib turibdiki, diskurs suhbat, diskurs-muloqot va diskurs fikr almashishdir. Diskurs haqida qimmatli fikrlar kognitolog tilshunos Sh.Safarov tomonidan bildirilgan. Olim matn va diskurs muammolari xususida quyidagilarni yozgan: “Agarda matn va diskursning har ikkalasi ham inson lisoniy faoliyatining natijasi bo‘lsa, ularni faqatgina zohiriy – formal koʻrsatkichga asosan “og‘zaki” va “yozma” sifatlari bilan farqlash imkoniga gumonim bor. Xuddi shuningdek, ularning birini moddiy 213
https://doi.org/10.36078/987654711 ko‘rinishli hodisa, ikkinchisini bu xususiyatdan xoli ko‘rinishda tasavvur qilish qiyin masala. Sh.Safarov tomonidan keltirilgan A.Kibrik, V.Plunguanlarning “diskurs – bir paytning o‘zida ham lisoniy faoliyat jarayoni, ham uning (faoliyatning) mahsulidir” mazmunidagi fikriga tayangan holda diskursni keng manoda, ammo oddiyroq, soddaroq tushunishga harakat qilamiz. Demak, diskurs bu insonlarning o‘zaro fikr almashinishi, muloqot qilishi, bir-biriga turli ma’lumotlarni yetkazishi, ma’lumotlarni yetkazish uchun turli vositalardan foydalanishi, ikkala suhbatdoshga ham tushunarli bo‘lgan jarayon diskurs hisoblanadi. Diskurs dialog ham, monolog ham boʻlishi mumkin. Qisqa qilib aytganda, har qanday suhbat jarayoni yoki nutq bu diskursdir [3, 78]. Tilshunoslikda u dastlab gap yoki nutqda bog‘langan va kelishilgan oqibat sifatida tushunilgan boʻlsa, zamonaviy lingvistikada murakkab kommunikativ hodisa sifatida izohlanmoqda. Tilni pragmatik nuqtayi nazardan tadqiq etishga bagʻishlangan ishlarda diskurs atamasi sakkiz xil ma’noda qo‘llangan: 1) so‘z muqobili; 2) frazalardan o‘lchami bo‘yicha ortadigan birlik; 3) nutq vaziyati hisobga olingan holda fikrning adresatga ta’siri; 4) suhbat; 5) matn hosil bo‘lish shartlarini tadqiq etishga mo‘ljallangan nazariy qurilmalar. Diskurs janr kabidir. Nutqiy janr – tipik tuzilishi, lisoniy vositalardan foydalanishning o‘ziga xosligi, aniq adresat, ma’lum kommunikativ maqsad va informativlik, imperativlik, etiketlik kabi jihatlari bilan ajralib turuvchi nutq turi hisoblanadi. Diskursning ijtimoiy tabiati, yangiligi diskurs, publitsistik diskurs, siyosiy diskurs, ilmiy diskurs, badiiy diskurs, baholovchi diskurs kabi yangi tushunchalarning yuzaga kelishiga imkon beradi. Bu tushunchalarni biz har xil holatlarda qoʻllashimiz mumkin. Diskursning yangiligi, biz biror bir xabarni eshitamiz va uni suhbatdoshimizga yetkazamiz. Talqin va izohlarning xilma- xilligi diskurs tushunchasining koʻp qirrali va keng qamrovli ekanligini koʻrsatadi. Insonning nutq orqali amalga oshadigan barcha faoliyati diskursiv xarakterga ega. Nutqning ijtimoiy mohiyati matn bilan bog‘langan bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyatlari matnning u yoki bu ko‘rinishida namoyon bo‘ladi [4, 67]. U aniq sotsiopragmatik matnda amalga oshiriladigan, murakkab maqsadga yo‘naltirilgan nutqiy harakat sifatida bir tomondan, nutqning tarixiyligi bilan, ikkinchi tomondan, ijtimoiyligi bilan, uchinchi tomondan, mafkuraviyligi bilan 214
https://doi.org/10.36078/987654711 bogʻliq. Ma’lum bir individual diskursning alohida tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilishi nutqning lingvopragmatik tabiati toʻgʻrisida mulohaza yuritishga imkon beradi. Diskurs atamasi subyektiv, ijtimoiy-madaniy, shuningdek, stereotip, presedent (namunali) fikrlar, monolog va dialog koʻrinishidagi nutqiy faoliyat jarayonini ifodalovchi tushunchalarni qamrab oladi. Amalda, diskurs – bu matnning shakllanish usulidir. Diskurs ilmiy atama sifatida sintaktik, semantik, pragmatik xususiyatga ega [5, 89]. U sintaktik jihatdan ifoda plani, ya’ni strukturasiga, semantik jihatdan mazmun-ma’no planiga, pragmatik jihatidan esa perlokutsiya – xabar planiga koʻra turli fikrlar, nutqiy aktlardan tashkil topgan faoliyat sifatida tavsiflanadi. Diskurs – bu til birliklarining ma’lum vaqtda va ma’lum joyda malum maqsad bilan qoʻllanilishi, ularning izchil bogʻlanishidir. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Bekmirzayev N. Notiklik asoslari. Toshkent: “Cho‘lpon” nashriyoti. – 2000. 2. Gurochxina A.G. Ponyatiye diskursa v sovremennom yazikoznaniem Nominasiya i diskurs. – 1999. 3. Husanov B. Muomala madaniyati. Toshkent. – 2009. 4. Karasik V.I. Etnokulturnoe tipm institutsionalnogo diskursa. – 2006. 5. Starichenok V.D. Bolshoy lingvisticheskiy slovar. Rostov-na-Donu. – 2008. Konsept tushunchasining reklamalarda aks etishi Gulrux Elmuradova Mustaqil izlanuvchi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti E-mail: [email protected] Annotatsiya. Dunyo miqyosida turizm rivojlanganligini hisobga olsak, ushbu sohaga oid reklamalar tilshunoslikda tadqiq etilishi lozim boʻlgan muhim masalalar sirasiga kiradi. Mazkur tezis tilshunoslikda konsept tushunchasi ifodasi, shuningdek, turizm sohasiga oid reklamalarning konsepti va turizm matnlari semantikasini oʻzida mujassamlashtirgan. Kalit so‘zlar: konsept, moddiylashuv, lisoniy, mental, semantika, reklama, ehtiyoj, adresat. 215
https://doi.org/10.36078/987654711 Konsept kognitiv tilshunoslikning markaziy kategoriyasi bo‘lib, u xotiraning operativ (tezkor), mazmunli birligi, struktur bilimlarning “kvanti”, dunyo tasvirining birligi sifatida aniqlangan [5, 90]. N.F. Alefirenko konsept atamasini kognitiv semantikaning birligi sifatida taʼriflaydi [2]. Konsept obyektlar va ularning xususiyatlari haqida maʼlumotlarni oʻzida mujassamlashtiradi, obyektlarning nafaqat muhim, balki ikkinchi darajali xususiyatlarini ham aks ettiradi. Konsept bilish, anglash natijasidir [3, 24]. A.P. Babushkin tipologiyasiga binoan, tafakkurdagi rasmlar, diagrammalar, ramkalar, ssenariylar, kaleydoskop shakldagi hamda mantiqiy tuzilgan tushunchalar mavjud. Ongimizda aks etgan rasmlar mutlaqo individualdir, ular insonning oʻziga xos hayotiy tajribasiga asoslangan. Olimning fikriga koʻra, konsept doirasi “murakkab vaziyatni nazarda tutadi; uni “ramka” bilan taqqoslash mumkin, uning ichida esa bir qator holatlarni ifodalaydigan odatiy va muhim tushunchalar mavjud. “Konseptning lisoniy moddiylashuv jarayoni yana bir muhim aqliy tafakkurga xos bosqichni bosib o‘tadi. Voqelikning tafakkurdagi umumlashgan inʼikosi – obrazning mantiqiy “qayta ishlanishi” natijasida hosil bo‘lgan konsept lisoniy “libos” olishidan oldin ushbu “libos”ning tasavvurdagi aksi – modeli yuzaga keladi. Lisoniy voqelanish rejasi paydo boʻlgan zahotiyoq uni amalga oshirish uslubi izlanadi. Reja hamda “so‘zsiz” model nolisoniy yoki “botiniy nutq” jarayonida yuzaga keladi”, deydi o‘zbek olimi Sh.Safarov [10, 23]. Konsept ham tafakkur birligi va uning asosida tushuncha, obraz va lisoniy maʼno umumlashmasi yotadi. Konseptning shakllanishi individual obraz tugʻilishidan boshlanib, lisoniy birlikning paydo boʻlishi bilan tugaydi. Taniqli faylasuf va psixolog Jerri Fodor voqelikning ongda inʼikos etishi va bu inʼikosning tafakkurda “qayta ishlanish” jarayonini o‘rganayotib, bu jarayonni “tafakkur lisoni”ga o‘xshatadi, chunki “har qanday mantiqiy tasavvur harakati maʼlum ko‘rinishdagi strukturaga ega bo‘ladi hamda bu struktura tabiiy til birligining sintaktik shakli takroriga ishoradir” [1, 110]. Konsept – mental tuzilma bo‘lib, u turli tarkibdagi va ko‘rinishdagi bilimlar kvanti yoki umumlashmasidir [5, 90]. Konseptlar inson ongida shakllanadigan turli kategoriyalarning asosini tashkil qiladi, ular uchun tayanch nuqta boʻlib xizmat qiladi. Odatda, konseptning umumiy xususiyatlari sifatida uning ichki tuzilishi jihatidan aniq koʻrinishga ega emasligi qayd qilinadi, biroq bu fikr unchalik haqiqatga yaqin emas. Zero, konseptning asosini tashkil qiluvchi predmet obrazi mavhum boʻlsa-da, ular 216
https://doi.org/10.36078/987654711 yagona negiz (yadroviy asos) atrofida o‘zaro munosabatga kirishib birikadilar. Shu sababli, konsept tarkibining tizimli xarakterga ega ekanligini eʼtirof etish maqsadga muvofiqdir. Ko‘plab tilshunoslarning asarlarida konsept lingvokulturologiyaning birligi sifatida koʻrib chiqilgan. So‘z maʼnolarini yaʼni uning sememasini tahlil qilish – soʻzning lugʻat taʼrifini tarkibiy tahlil qilish va tushunchaning maʼlum kognitiv xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. Biroq, ”xatto konseptni obyektivlashtiradigan koʻplab lingvistik belgilarning semantik tahlilidan olingan barcha xususiyatlar to‘plami ham bizga konsept tarkibini toʻliq taqdim eta olmaydi, chunki fikrlar dunyosi hech qachon til tizimida to‘liq ifodasini topmaydi” [7, 58]. Bugungi kunda tilshunoslikda reklama borasidagi bahslarga kognitiv jarayon sifatida qaraladi, negaki reklama yaratuvchisi, albatta, dunyoning muayyan bir milliy tasvirini, konsept doirasini va insonlarga xos mentalitetni bilishga tayanadi. Ammo shuni taʼkidlash joizki, bir qator milliy tushunchalar ommalashgan taqdirda, reklama beruvchi – adresatni mahsulotni sotib olish yoki xizmatdan foydalanish toʻgʻrisida qaror qabul qilish zarurligiga ishontirish borasidagi yakuniy kommunikativ maqsadga erishadi. Aynan yuqorida aytib o‘tilgan sabablar kognitiv lingvistikada tadqiqot usullari va bilim vositalariga murojaat qilish zarurligini ifodalaydi. Quyida reklamalarni kognitiv aspektda – konseptual tahlil qilish xususida soʻz yuritsak. Konsept ko‘p komponentli va ko‘p qatlamli maydonga ega. Reklama obrazida aks etgan mavhum sath (belgi)lar konseptni qurshab turgan qobiqni tashkil etadi. Konsept tuzilishini uning obyektivlash vositalari – so‘zlar, iboralar, frazeologik birliklar, metafora, maqol, matallar va boshqalarni tahlil qilish orqali tadqiq etish mumkin. Har bir konseptda asosiy tasvir (obraz)ga ega boʻlgan yadro mavjud boʻlishi kerak. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, konsept qanchalik murakkab bo‘lsa, u shunchalik mavhum bilim qatlamlarini o‘z ichiga oladi. P.B. Parshin taʼrifi bilan aytganda: “Reklama – reklama auditoriyasining ehtiyojlari va motivlariga, shuningdek, ularning olam va qadriyatlar haqidagi tasavvurlari, gʻoyalari va boshqa tushunchalari bilan uzviy bog‘liqdir. Shu bilan birga, reklama dunyo hamjamiyatining modellarini shakllantirishga ham qodir” [8, 557]. Olamning haqiqiy modeli va reklamada aks etgan olam modeli o‘rtasida juda katta farq bor. Geografik nuqtayi nazardan, reklama xaritalarida dunyo xaritasi har doim ham to‘g‘ri namoyish etilmaydi. Reklamadagi har bir reklama 217
https://doi.org/10.36078/987654711 qilingan manzil (shahar, mamlakat) oʻziga xos geografiya, vizual tasvir, rasmga ega. Bu borada P.B. Parshin misoliga nazar solsak. AQSHda turli xil landshaftlar mavjud. Biroq, Amerikani reklama qilishda landshaftlar soni ikkitaga qisqartirildi – osmonoʻpar binolari boʻlgan shahar manzarasi yoki past togʻlar bilan oʻralgan qizg‘ish cho‘l [7, 564]. Tillarda beriladigan turizmga oid reklamalar nutqi dinamik yaʼni o‘zgaruvchan matn hisoblanadi, bunday matnlar diskursiv makonda o‘rganiladi. Reklamalarning kontsept tahlilida bir-birini toʻldiradigan ikkita sathni kuzatish mumkin. Bu sathlar til sathlariga mutlaqo aloqador emas (fonologik, morfologik, leksik, sintaktik). Mazkur matnlar mantiqiy va uslubiy jihatdan diskursiv dunyoni va matn dunyosini elementlar sifatida taʼkidlab, inklyuziv munosabatlarga kirishish va tengsizlikni koʻrsatish jihatlari, shuningdek, tushunish jarayonlari hamda soʻzlarni to‘g‘ri tanlash singari turli sathlarni oʻz ichiga oladigan maʼlumotlar dunyosidir. Ingliz reklamalarida tajriba orttirish koʻp hollarda yangi bilim, maʼlumot olish hamda shahar, mamlakat madaniyati bilan tanishish, muzeylar, bog‘lar, diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurish jarayonida yuz beradigan yangi narsalarni o‘rganish – “Yangilikni kashf etish\" kognitiv qatlamiga tenglashtiriladi. Quyidagi misolga yuzlansak: Come visit, discover and experience all the culture, history and diversity that makes New York City one of the world’s most exciting and vibrant cities. Nyu-York shahrini dunyoning eng hayajonli va yorqin shaharlaridan biriga aylantiradigan madaniyat, tarix va barcha xilma-xilliklarni tashrif buyurib kashf eting, tajriba orttiring. Mazkur reklamada berilgan “experience” so‘zining konseptlariga ahamiyat qaratsak. “Experience” (feʼl soʻz turkumi sifatida) – tajriba orttirmoq, malaka oshirmoq, sinab ko‘rmoq, tajriba qilmoq, his qilmoq, boshdan kechirmoq degan maʼnolarni ifodalashi mumkin. Biz yuqorida mazkur soʻzni to‘g‘ridan-to‘g‘ri “tajriba orttiring”-tarjimasi bilan berdik, ammo ushbu gapda “experience” so‘zida “o‘zingiz his etib ko‘ring”, “shahar atmosferasini tuying” yoki baʼzan uchraydigan “Nyu-Yorklik boʻlib koʻring” shakllarini ham berish mumkin. Shu boisdan yuqoridagi reklamada Nyu-York shahrini dunyoning eng hayajonli va yorqin shaharlaridan biriga aylantiradigan madaniyat, tarix va barcha xilma- xilliklarni tashrif buyurib kashf eting, “shahar atmosferasini tuying” – maʼnosini muqobil deb topdik. 218
https://doi.org/10.36078/987654711 Tillarning semantik maydonlarini o‘rganish xalqlarning konseptual sohalari haqida tasavvurga ega bo‘lish, shuningdek, turli xil semantik maydonlarni qiyosiy oʻrganish – umuminsoniyatga xos universaliyalarni hamda o‘ziga xos, milliy tushunchalarni anglab yetish imkonini beradi. Reklama sohasi bu – bilimlarning isteʼmolchiga taʼsir samaradorligini belgilaydigan sohadir. Shu boisdan, reklamalarni tayyorlash va ularni isteʼmolchilar diqqatiga havola etishda albatta reklamada aks etgan soʻzlarning konsept qatlamiga alohida eʼtibor qaratish, har bir til birligining mazmunan to‘g‘ri va muvofiq ravishda qoʻllanilayotganligini tahlil qilgan holda reklama yaratish va uni qabul qiluvchilarga uzatish maqsadga muvofiqdir. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Jerry A.F. The language of thought. Harvard University Press. – 1975. 2. Alefirenko N.F. Teoreticheskiye osnovi ucheniya o “vnutrenne forme” frazem. Moskva. – 1996. 3. Babushkin A.P. Tipi konseptov v leksiko-frazeologicheskoy semantike yazika. Voronej: Izdatelstvo Voronejskogo universiteta. – 1996. 4. Boldirev N.N. Kognitivnaya semantika: kurs leksiy po angliyskoy filologii. Tambov: Izdatelstvo Tamb. – 2000. 5. Kubryakova Y., Demyankov V. Kratkiy slovar kognitivnix terminov. Moskva: Izdatelstvo Mosk. – 1996. 6. Maslova V.A. Kognitivnaya lingvistika. Minsk: Tetra Sistems. – 2004. 7. Neroznak V.P. Ot konsepta k slovu: k probleme filologicheskogo konseptualizma. Omsk: Izdatelstvo Omsk. – 1998. 8. Parshin P.B. Zametki o modelyax mira sovremennoy rossiyskoy kommercheskoy reklami. Sbornik dokladov mejdunarodnoy nauchnoy konferensii. – 2001. 9. Popova Z.D., Sternin I.A. Yazik i natsionalnaya kartina mira. Voronej: Izdatelstvo “Istoki”. – 2003. 10. Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik. Jizzax: “Sangzor” nashriyoti. – 2006. 219
https://doi.org/10.36078/987654711 Alisher Navoiy dostonlaridagi me’rojlarda sayyora va burjlar tasviri Fayzulla Iskandarov 3-bosqich tayanch doktorant Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti E-mail: [email protected] Annotatsiya. Meʼroj payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga Аlloh tomonidan berilgan buyuk mo‘jiza bo‘lib, boshqa bironta payg‘ambarga nasib etmagan buyuk – Komil Inson maqomidir. Аyni shu jihati bilan shoirlarning o‘ziga jalb etgan Meʼroj – Navoiy uchun ham sevimli mavzudir. Ushbu tezisda Navoiy me’roj boblaridagi samo jismlarining tasviri, sayyoralar holati va burjlar tavsifi hamda shoirning koinot tuzilishi, tartiboti haqidagi kosmogonik qarashlari haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: me’roj, koinot, sayyora, burjlar, yetti qat osmon, oy, quyosh. Nizomiddin Mir Alisher Navoiy dostonlaridagi payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga bag‘ishlangan boblar – naʼtlarning amaliy qismi bo‘lgan meʼrojlarni o‘rganar ekanmiz, ushbu an’anaviy muqaddimalar “voqelikka shunchaki anʼanaviy kirish bo‘lmay, balki dostonlar mundarijasi uchun ochqich vazifasini ham o‘taydi” [9, 50] dostondagi voqealarga ishora berib, kitobxonga asar haqidagi dastlabki informatsiyalarni yetkazadi. Nabiyning eng buyuk mo‘jizalaridan biri bo‘lgan, “tasavvuf ahli uchun Haqqa yovuqlashish, Olloh bilan muloqotda bo‘lish, Ollohning buyuk inʼom va marhamatiga sazovor bo‘lish... Fanolik va baqolikka yetishishning eng haqiqiy va namunaviy ko‘rinishi” [10, 604] bo‘lgan – meʼroj Navoiy-Foniyning sevgan mavzularidan biri bo‘lib, uning badiiy talqiniga har bir dostonida alohida bob ajratib, o‘zining diniy-tasavvufiy, adabiy-estetik va kosmogonik qarashlarini o‘ta bo‘yoqdor peyzash fonida tanosub, tashxis, tazod va tashbeh orqali sanʼatkorona chiroyli tasvirlab (husni taʼlil), dostonda fikr yuritmoqchi bo‘lgan asosiy maqsadini samoviy jismlar: sayyoralar, burjlar, yetti qat osmon va yulduzlar tasviri fonida ifodalaydi. Me’roj kechasida Rasululloh sallollahu alayhi vasallam Buroq otida oliy maqom sari yo‘l olarkan, Hazrat Navoiy samoviy jarayonlarni maʼlum astronomik qonuniyat asosida mantiqiy ravishda tasavvur qilishga intilgan – 220
https://doi.org/10.36078/987654711 falak ilmi bilimdoni sifatida ko‘z oldimizda gavdalanadi. Sarvari koinot samo sari ilgarilarkan, bu yo‘lda tuynuk vazifasini bajargan Oy birinchi osmonda, Tiyri qalamzan – Аtorud ikkinchi qatda, uchinchi osmonda Zuhra, Quyosh to‘rtinchi osmonda, beshinchi osmon Bahrom amrida, oltinchi osmon Mushtariy rahbarligida, Yettinchi osmon Zuhal boshchiligida “Ul shahi gardunmaqom”ni katta xursandchilik bilan kutib olganini shunday ta’riflaydi: Chun yetibon ko‘k sori tavsan anga, Oy boʼlibon o‘tgali ravzan anga. Tiyra qalamzan chu topib ul sharaf, Buqalamunlug‘ni qilib bartaraf. Zuhra tarab barbaratini noz etib, Zamzamai tahniyat og‘oz etib... Mehrida Bahromki yakro‘ bo‘lub, Tig‘i sharaf yuziga ko‘zgu bo‘lib. Mavkibidin poya topib Mushtariy Yo‘lida bir bo‘lib minbari... Shamʼi Zuhal zulmatini nur etib Zangiyi shabrangni kofur etib[1, 36]. Samo tasviri bilan bog‘liq lavhalar navoiyxonga, avvalo, Hazrat Navoiyning olam tuzilishi, sayyoralar tartibi va osmon jismlari haqidagi kosmogonik qarashlari bilan tanishish imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ushbu tasvirlardagi beqiyos o‘xshatish, tashbeh va husn-u taʼlillar buyuk poetik maxorat natijasi o‘laroq vujudga kelgan shoirning adabiy-estetik qarashlaridan zavq olib, badiiy go‘zalliklarni o‘qib, his etish imkonini yaratadi. Ayni damda, sharq mifologiyasidagi, olamning tuzilishi, koinotning yaratilishi, oy, quyosh, yulduzlar, kun va tun hamda sayyoralar bilan bog‘liq yoshligimizda dono keksalarimizdan eshitgan ko‘plab afsona-yu asotirlarni xayolimizda qaytadan jonlantiradi. Navoiy o‘zining barcha dostonlaridagi meʼroj boblarning ushbu qismlarida, avvalo, Meʼroj kechasining tasviri, Rasululloh yo‘lga chiqqunlarigacha va undan keyingi samo holati, koinot jismlari, sayyora-yu burjlar, oy, quyosh, yer-u osmonni batafsil tasvirlaydi. Samo ahlining ushbu fayzli kechani intizorlik bilan kutayotgani, “Аlloh habibining tashrifidan junbushga kelgan va xuddi jonli olamday bu hodisadan sarafroz” [8, 213] ekanligini keng yoritadi. 1-jadval. 221
https://doi.org/10.36078/987654711 № Dostonlar Sayyoralar tasviri 1. “Hayrat ul- Ul zotning tashrifi sabab Oy-tuynuk bo‘lsa, Tiyra qalamzan- abror” buqalamunlikni tashlab, haqda qotti. Zuhra-oxista kuy bilan tabriklasa, dostonida Mehr jamolin yashirdi. Bahrom birso‘z bo‘lib, sharaf tig‘iga ko‘zgu bo‘ldi. Mushtariy zina bo‘lsa, Zuhra yo‘llarini yorituvchi sham bo‘ldi. 2. Ul zotning oti Qamarga yetarkan, uning yuzini yanada ravshan qildi. “Farhod va Atorud bu otni ko‘rishdan xursand bo‘lsa, uning dag‘dag‘asi Zuhraning Shirin” sozidan ayirib, Quyoshni uyaltirib yerga kirgizdi. Bahrom sari dostonida yurarkan, Nahsi ag‘ar(xosiyatsiz kichik yulduz) Saʼdi akbar(xosiyatli yulduz)ga aylanib, yo‘lovchini Mushtariy sari yo‘llaydi. 3. Ul zotning siymosini ko‘rgan Oy quyoshning minnatli ziyosidan voz “Layli va kechdi. Munshiy xatini qarosini kayvon yulduziga sochsa, Zuhra Majnun” yo‘lida cholg‘uchi bo‘ldi. Quyosh libosi zarbaft-nurli bo‘ldi. Bahrom dostonida qilichin tashlab, uzangisin o‘pti. Birjisqa undan saodat topdi. Zuhal bu otliqning soislikka chog‘landir. 4. Me’rojda Buroq tez uchganidan, Oy yuzida dog‘ bo‘lib, Atorudni qalami “Sab’ai sindi. Ohangidan qo‘rqib Zuhra changgini berkitsa, ul yulduzning sayyor” ulug‘vorligidan Quyosh xijolat bo‘lub yerga kirib ketdi. Uning savlatini dostonida ko‘rib Bahrom qilichiga dam bergani qiniga solsa, Mushtariy minbaridan tushdi. Zuhal asboblarin hindudek yoydi. 5. Tungi soyir ko‘tarilarkan Qamar bekatini nurlari bilan charog‘on qilib, Atoridni qalami sindirib, ilmga mashg‘ul qildi. Zuhra aytayotgan “Saddi qo‘shig‘ini to‘xtatib, sozini berkitib yo‘lni bo‘shatdi. Tun qorong‘uligini Iskandary” yorita olmay uyatdan yerga botgan Quyoshni malomatlar qildi. dostonida Beshinchi falakda Bahromni yengib, xalqni qonini to‘kmasligi uchun qilichini qinga soldirdi. Oltinchi osmon egasi Mushtariy uning nomini xutbaga qo‘shib o‘qib, hukmdorligini eʼlon qildi. Zuhal uning saodatidan bahramand bo‘ldi. Barcha yomonliklari yo‘qolib tole unga yor bo‘ldi. 6. Ul zot Oyni yonidan o‘tganda Oy badr(to‘linoy)ga aylandi. Atorud “Lison ut- qalami durlar sochar, Zuhra unga oshiq bo‘ldi. Yulduzlar shohi Quyosh tayr” o‘ziga undan nur oldi. Beshinchi osmonga yetarkan Nahsi dostonida ag‘ar(xosiyatsiz kichik yulduz) Saʼdi akbar(xosiyatli yulduz)ga aylandi. Saʼdi akbar tomon yurganda, u ham saodat nuridan bahra oldi. Bechora hindu(Zuhal)ni ko‘rib “Allahning nuri” deydi. Astronomiya fanidan bizga maʼlumki, barcha sayyoralar, yulduzlar turkumi yerning quyosh atrofidagi yo‘li bo‘ylab joylashgan. Yer o‘zining yillik harakati davomida ana shularning barchasini aylanib chiqadi. Natijada yerda fasllar, oylar va kecha-kunduzning doimiy ravishda almashinib turishi davom etadi. Ijodkor ana shu oylar - burjlarning zimmasiga ham kecha tasviri bahonasida ulug‘ 222
https://doi.org/10.36078/987654711 vazifani yuklaydi. Barchasi oliy maqomli sayyoh – Rasulullohning yo‘lida intizor, xizmatiga shay. Zuhal qorong‘ulikni yoritsa, Hamal bilan Savr jonini qurbon qilishga tayyor. Javzo, Saraton va Sher (Asad) bir bo‘lib bir go‘shada xizmatga shay holda o‘zini tik tutib jilva qiladi. Sunbula esa u zotning oti – Buroqqa ozuqa bo‘lsa, Palla(Me’zon) uning yo‘lini o‘lchar edi. Aqrab davolash bilan band. Bu paytdan unumli foydalangan Qavs chillada o‘tirib duo qilishga sho‘ng‘igan. Jadiy esa uning roziligini olish bilan ovora. Ular shunday ovora bo‘lganida, Koinot sarvari Dalvga Yusuf kabi qaramay, Hutda Yunus kabi to‘xtamay bir zumda o‘tdi ketdi. Tarixdan maʼlumki, ilk insonlar dunyoqarashi tabiat va atrof-muhit taʼsirida shakllangan. Tabiat hodisalariga bir mo‘jizadek yoxud bir ilohiy qudratdek qarashgan. Ayniqsa, “qadimda osmon jismlari – sayyoralar, yulduz turkumlari, burjlar turli xislat va xususiyatlarga ega deb qaralgan. Ular inson taqdiri hamda hayot hodisalari bilan vobasta qilib tushuntirilgan va ko‘pining nomi hayvonlarning nomi (qisqichbaqa, ho‘kiz, baliq kabi) yoki insonga kerak ashyo – asboblar (dalv, tarozi) yoinki inson kasb-kori (kamon otuvchi kabi) bilan bog‘liq” [8, 213]. Talmeh san’atining ustasi sifatida “Dalvga Yusuf kabi qaramay” va “Hutda Yunus kabi to‘xtamay” jumlalarida o‘tmish payg‘ambarlarining qissalariga ishora qiladi. Shoir ayni shu misralarda taʼrif-u tavsifni kuchaytirib, poetik fikrni nozik did va teran fikrlash orqali sermazmun baytlarda ifodalab, ona tilimiz jozibasini yana bir bor namoyon etadi. “Lison t-tayr” dostonida: Farridan topti Qo‘zi qo‘chqorlig‘, Savrg‘a yetti Asadkirdog‘lig‘. “Farhod va Shirin” dostonida: Tarab aylab damo-dam Ikki paykar, Qo‘yarg‘a ollida boshin mukarrar. “Lison t-tayr” dostonida: Arslon itdek oyogig‘a tushub, Xo‘sha tuxmi dur bo‘lurg‘a yovushub. “Hayrat ul-abror” dostonida: Palla yo‘li gardidin iksirsanj, Aqrab aro no‘shu davo, nishu ranj. “Saddi Iskandariy” dostonida: Bo‘lub qosh uchidin ishoratnamoy, Berib qobi qavsayindin mujda Yoy. 223
https://doi.org/10.36078/987654711 Suti O‘chkuning shirai jon bo‘lub, Aning qatrasi durri g‘alton bo‘lub. “Layli va Majnun” dostonida: Qo‘bqa suyi obi zindagoniy, Ul suv bila toza Hut joni. Turkiy tilning Masihi bo‘lgan Navoiy – ona tilimiz imkoniyatlarini puxta egallab, go‘zalligini zukkolik bilan his etib, oy (burj) larning nomlanishida turkiy tilning buyukligini zakiylik bilan ifodalaydi. Ulug‘ shoir Savrni Qo‘ziga, Javzoni Ikki paykarga aylantirsa, Asad o‘rnida Arslonni qo‘llaydi. Me’zonni Palla bilan, Aqrabni Chayon bilan ifodalaydi. Qavsni Yoy deb atasa, Jadini O‘chkuga, Dalvni Qo‘pqaga almashtiradi. Xulosa qilib aytish mumkinki, Navoiy masnaviylaridagi me’roj boblarning tasvirida nafaqat diniy-tasavvufiy balki, o‘z davrining ilg‘or ilmiy yangiliklariga ham tayangan holda badiiy tasvirlagan. Maʼlumki, o‘z vaqtida Alisher Navoiy Samarqandda Ulug‘bek rasadxonasi yaqinida joylashgan Fazlulloh Abullays madrasasida ham diniy va dunyoviy fanlardan taʼlim olgan edi. Shuning uchun ham, bemalol ayta olishimiz mumkinki, “Ulug‘bek ilmiy maktabi, aniqrog‘i, Samarqand va Hirot astronomik muhiti Alisher Navoiy kosmik dunyoqarashi shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi va bu uning ijodida o‘z aksini topdi” [7, 3]. Bugungi shiddatli va tezkor zamonda Navoiy kabi buyuklarimiz asarlarini har tomonlama o‘qib-o‘rganishimiz, chuqur tahlil qilishimiz va ulardan saboq olib, xalqimiz, millatimiz, davlatimiz hamda ma’naviyatimizning yuksalishiga xizmat qilib, uchinchi renessansga munosib hissamizni qo‘shmog‘imiz darkor. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Azizov S. Alisher Naoiy asarlarida falaqqiyot sirlari. Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyot uyi. – 2018. 2. Komilov N. Xizr chashmasi. Toshkent: “Ma’naviyat” nashriyoti. – 2005. 3. Navoiy A. Hayrat ul-abror. Toshkent: “G‘afur G‘ulom” nashriyoti. – 2006. 4. Navoiy A. Farhod va Shirin. Toshkent: “G‘afur G‘ulom” nashriyoti. – 2006. 5. Navoiy A. Layli va Majnun. Toshkent: “G‘afur G‘ulom” nashriyoti. – 2006. 6. Navoiy A. Sab’ai sayyor. Toshkent: “G‘afur G‘ulom” nashriyoti. – 2006. 7. Navoiy A. Saddi Iskandariy. Toshkent: “G‘afur G‘ulom” nashriyoti. – 2006. 8. Navoiy A. Lison ut-tayr. Toshkent: “G‘afur G‘ulom” nashriyoti. – 2019. 224
https://doi.org/10.36078/987654711 9. Uludağ S. Таsavvuf terımlerı sözlüğü. Istanbul. – 1995. 10.Yusupova D. O‘zbek mumtoz va milliy uyg‘onish adabiyoti: Alisher Navoiy davri. Toshkent: Akademnashr. – 2016. Yuridik nutqiy aktlar: tavsif va tasnif Nuriya Jumaniyozova 2-bosqich tayanch doktorant O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti E-mail: [email protected] Annotatsiya. Tezisda pragmalingvistikaning markaziy tushunchalari boʻlgan nutqiy aktlar va yuridik nutq aktlarining umumiy tavsifi va tasnifi toʻgʻrisida soʻz yuritiladi. Nutqiy aktlar asosan 3 bosqichli, ya’ni lokutiv, illokutiv va perlokutiv harakat tarzida oʻrganiladi. Muayyan shovqin, talaffuz hamda maʻnodan iborat boʻlgan lokutiv aktni sodir etishda hech qanday maqsad koʻzlanmaydi va ushbu akt fonetik, fatik va retik aktlardan tashkil topadi. Ba’zan yuridik diskursda fonetik aktni yuzaga keltirishda talaffuz me’yorining buzilishi pragmatik toʻsiqqa olib kelishi, bu esa tinglovchiga nutqni anglashda qiyinchilik tugʻdirishi mumkin. J.Serl ta’limotida propozitsional akt ham alohida oʻrin egallagan boʻlib, xabar yoki tasdiq ifodalovchi bunday aktlar yuridik diskursda talaygina. Kalit so‘zlar: pragmalingvistika, nutqiy aktlar, yuridik nutq akti, lokutsiya, illokutsiya, perlokutsiya, pragmatik maqsad, performativ fe’llar. XX asrning 60-70-yillariga kelib so‘zlovchi va tinglovchining nutq jarayonidagi kommunikativ maqsadi hamda psixologik-ruhiy holati kabi qator masalalarning pragmatik tadqiqotlar doirasida tadqiq etilishi va har qanday lisoniy ifodaga harakat sifatida baho berilishi asosiy pragmatik mezonlardan biri bo‘lgan nutqiy aktlar nazariyasining alohida ta’limot sifatida ommalashuviga olib keldi. Nutqiy akt lingvofalsafiy tushuncha bo‘lib, nafaqat insonlar tomonidan taqdim etiladigan ma’lum bir axborot, balki bajariladigan harakat ham demakdir. Ma’lumki, muloqot jarayonida adresant va adresat o‘rtasidagi o‘zaro muloqot muayyan maqsad yoki niyatga qaratilgan bo‘ladi, ya’ni nutq ishtirokchilari lisoniy birliklarning asl ma’nosi bilan birga buyurish, ogohlantirish, iltimos qilish, va’da berish va boshqa performativ va noperformativ ifoda shakllarini qo‘llashga moyildirlar. Bu esa kommunikativ qoida va tamoyillarni nutqda o‘rinli 225
https://doi.org/10.36078/987654711 qo‘llay olish va shu orqali tinglovchiga ta’sir ko‘rsatishni taqozo etadi. Shunga ko‘ra, muloqot qonuniyatlarini o‘rganish nutqiy aktlar nazariyasining muhim aspekti sanaladi. Nutqiy akt xususidagi qarashlar V.Gumboldt, E.Benvenist, S.Karsevskiy, L.Yakubinskiy, K.Byuller, Sh.Balli, va M.Baxtin kabi olimlarga tegishlidir [1]. Biroq nutqiy akt nazariyasining asosiy mohiyati ingliz mantiqshunosi J.Ostin va amerikalik faylasuf J.Serl nomi bilan bog‘liq. Binobarin, J.Ostinning nutqiy aktlar, ularni shakllantiruvchi performativ fe’llar va nutqiy akt turlari yuzasidan qilingan ma’ruzalari “How to do things with words” (“So‘zlar bilan qanday muomalada bo‘lmoq darkor?”) nomi bilan olimning o‘limidan so‘ng izdoshlari tomonidan nashr etilgan asarida jamlangan. Mazkur asarda olim nutqdagi gaplarni ikki guruh – konstativ va performativga ajratib, “performativlar – shunday gaplarki, bunda biz biror holat shunchaki mavjud yoki mavjud emas deb aytishdan ko‘ra ma’lum bir harakat bajaramiz”, - deya ta’kidlaydi [2]. Masalan, “I promise” (Men va’da beraman) deyish to‘g‘ri so‘zlarni qo‘llash bilan amalga oshiriladigan harakatdir va bunday gaplar haqiqat qiymatiga ega emas yoki konstativ gaplar singari harakatni tasvirlamaydi; ular harakatning o‘zi. Darhaqiqat, nutqiy akt ham boshqa pragmatik hodisalar singari bir qancha muhim xususiyatlardan iborat. Maqsadga yo‘naltirilganlik, mo‘ljallanganlik va konvensionallik shular jumlasidadir [1]. Shuningdek, nutqiy akt mazmunining reallashuvida lingvistik omillardan tashqari ekstralingvistik omillar ham birdek ahamiyatga ega, chunki har qanday harakatli ifodaning natijasi asosan kontekstda yoki nutq jarayonida oydinlashadi. Shunga ko‘ra, ko‘pchilik pragmalingvistlar nutqiy aktni uch bosqichli faoliyat sifatida baholashadi, ya’ni J.Ostin tomonidan e’tirof etilganidek, nutqiy harakat bajarilishi uchun, avvalo, uch xil harakat bo‘lmog‘i lozim. Bular: lokutiv, illokutiv va perlokutiv harakatlardir [2]. Manbalarda lokutiv akt – muayyan shovqin, ma’lum bir konstruksiyadagi muayyan so‘zlar yoki referensiyalardan iborat ifoda tarzida, illokutiv akt – lokutiv akt bilan bir paytda bajariluvchi muayyan maqsadga yo‘naltirilgan va ma’lum funksiya yoki “kuch” ga ega bo‘lgan munosabatni ifodalovchi akt sifatida va nihoyat perlokutiv akt – illokutiv aktning natijasi yoki ta’siri ko‘rinishida ta’riflanadi [3]. Ko‘rinadiki, lokutiv akt ma’lum ma’noga, illokutiv akt kuchga va perlokutiv akt esa ta’sirga ega. Ammo J.Ostinning tasnifidan farqli o‘laroq, J.Serl nutqiy akt sodir bo‘lishida lokutiv akt, 226
https://doi.org/10.36078/987654711 propozitsional akt va asosiy e’tiborini qaratgan illokutiv aktlar zaruriy elementlar ekanligini qayd etgan [4]. Yuridik diskursda nutqiy aktlar asosan rus tilshunoslari tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, Y.Shevchenko, V.Zayseva, S.Slepuxin, G.Kusov va E.Nikiforovalar ishlarida yuridik diskursda ayrim nutq aktlarining tadqiqot obyekti qilib olganligi, nutqiy aktlar bilan bog‘liq taktika hamda strategiya masalalari va boshqa pragmatik xususiyatlarning yoritganligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin [5]. O‘zbek tilida esa yuridik nutqiy aktlarning maxsus tadqiq etilmaganligi bu muammoning dolzarbligini ko‘rsatadi. Shu sababli, ishda ingliz va o‘zbek tillarida yuridik nutq aktlari bosqichlarini quyidagicha tahlil etdik: Yuridik diskursda lokutiv aktning ifodalanishi. Bugungi kungacha tilshunoslikda ko‘plab semantik nazariyalarning o‘rganish obyekti bo‘lgan lokutsiya pragmalingvistik nuqtayi nazardan so‘zlash akti sifatida talqin qilinadi. Lokutiv akt (ing. Lokutsiya – “nutqiy oborot”, yoki “nutq”) esa lingvistik ifoda bosqichi, ya’ni ma’lum bir ma’noga ega bo‘lgan gapning lingvistik vositalar yordamida bevosita talaffuzidir. Sh.Safarov ta’rifiga binoan, “Biz muloqot jarayonida mazmundor lisoniy kalimani yaratamiz va uni talaffuz qilish yo‘li bilan nutqiy faoliyat bajaramiz, xuddi shu faoliyat ijrochisi lokutsiya yoki lokutiv aktdir” [6]. Bizningcha, lokutiv harakat yuzaga kelishi uchun muloqot verbal ifodasining o‘zi yetarli. Sababi, mazkur akt murakkab tuzilma sifatida o‘z ichiga tovushlar talaffuzi (fonatsiya akti), so‘zlar ifodasi va ularni ma’lum bir grammatik qoidalar asosida bog‘lash, ular yordamida muayyan obyektlarni belgilash (referensiya akti) hamda ushbu obyektlarga aniq bir xususiyat yoki munosabatni kiritish (predikatsiya akti) ni qamrab oladi. Yuridik diskursda propozitsional aktning ifodalanishi. J.Serl ta’limotida propozitsiya tushunchasi alohida aktga yo‘l ochishi to‘g‘risida maxsus ta’kidlab o‘tilgan bo‘lib, unda so‘zlovchi nutqiga xos bo‘lgan nutq obyekti haqida xabar va tasdiq ifodalovchi akt propozitsional akt sifatida talqin qilinadi [7]. Ba’zan nome’yoriy talaffuzga ega bo‘lgan so‘zlash aktiga nisbatan bu turdagi nutqiy harakatda aniq va ma’lum bir ma’noli gap ifodalanadi, ammo har qanday holatda ham propozitsional akt sodir etilishi uchun, avvalo, lokutiv akt mavjud bo‘lishi lozim. Yuridik diskursda illokutiv aktning ifodalanishi. Inson biror bir jumlani talaffuz etar ekan, unda ma’lum bir maqsad ko‘zlangan bo‘ladi va shu 227
https://doi.org/10.36078/987654711 maqsadning reallashuvi esa illokutiv aktning sodir etilishiga olib keladi. Illokutsiya atamasi nutqiy akt nazariyasining markaziy tushunchasi bo‘lib, bunda so‘zlovchi muayyan gapni ifodalash asnosida o‘z suhbatdoshiga shu voqea haqida xabar, buyruq, ogohlantirish, taklif, iltimos va boshqa kommunikativ maqsadlarni bevosita yoki bilvosita yetkazishga harakat qiladi. Manbalarda illokutiv akt (lot. il-ichida) – nutq egasi maqsadini aks ettiruvchi gap ma’nosining pragmatik komponenti sifatida ta’riflanadi [8]. Shunisi xarakterliki, ma’lum bir gap turli xil illokutiv kuchga ega bo‘lishi mumkin. Agar “Clerk: All rise/Turing, sud kelyapti” birikmasi a. I order that all rise. Men buyruq beraman turing. b. I request that all rise. Men iltimos qilaman turing. c. I ask that all rise. Men so‘rayman turing. tarzida tahlil etilsa, jumlada (a) buyruq, (b) iltimos, va (c) so‘roq illokutiv kuchlari borligi ko‘rinadi (sud diskursida ushbu tuzilma buyruq illokutiv kuchiga ega). Tinglovchining so‘zlovchi nazarda tutgan illokutiv kuchini to‘g‘ri anglashi esa IFIDs- Illocutionary Force Indicating Devices (Illokutiv Kuchni Ko‘rsatuvchi Vositalar) va felicity conditions (muvaffaqiyat shartlari) ga bog‘liq. Ingliz lingvisti G.Yule performativ fe’llar asosiy illokutiv kuchni belgilovchi vositalar ekanligi, lekin ba’zida ular gapda oshkora ishlatilmasligi va bunday paytda so‘z tartibi, urg‘u va intonatsiya orqali illokutiv kuchni aniqlash mumkinligi to‘g‘risida fikr yuritadi [9]. Yuridik diskursda perlokutiv aktning ifodalanishi. Darhaqiqat, har qanday talaffuz etilgan lokutsiya ma’lum bir maqsad bilan illokutiv aktni va uning natijasi, ya’ni adresatning fikri, harakati va his-tuyg‘ulariga ta’siri- perlokutsiya hodisasini yuzaga keltiradi. J.Ostin qaydicha, ma’lum bir ifodaning talaffuz etilishi lokutiv akt, uning mazmun va referensiya bilan boyitilishi konvensional kuchga ega bo‘lgan illokutiv akt va shu ifoda orqali muayyan natijaga erishish- perlokutiv akt sanaladi. Binobarin, nutq egasi buyruq, ogohlantirish, iltimos va boshqa illokutiv harakatlar bilan tinglovchiga ishontirish, harakatdan to‘xtatish, qo‘rqitish, hayron qoldirish, chalg‘itish va majburlash kabi ta’sir o‘tkazishi mumkin [2]. Shunga ko‘ra, I warn (men ogohlantiraman) jumlasi illokutiv akt bo‘lsa, I warned (men ogohlantirdim) perlokutsiyadir. Yuridik diskursda perlokutiv akt tushunchasi ham katta ahamiyat kasb etadi va diskurs ishtirokchilari tomonidan ishontirish yoki ko‘ndirish, chalg‘itish 228
https://doi.org/10.36078/987654711 va majburlash kabi ta’sir ko‘rinishlari illokutiv aktning natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Лингвистический энциклопедический словарь. http://tapemark.narod.ru/les/412c.html. 2. Austin J. How to do things with words (2nd ed.). Oxford: Oxford University Press. – 1962. 3. Cruse A. Meaning in language: An introduction to semantics and pragmatics. New York: Oxford University Press. – 2000. 4. Searle J. What is a speech act? New in foreign linguistics. Moscow. – 1986. 5. Никифорова Э.Ш. Стратегии коммуникативного воздействия в аргументативно-суггестивных текстах: на примере текстов судебного дискурса английского, русского и казахского языков. Автореф. дис. канд. фил. наук. Тюмень. – 2013. 6. Кусов Г.В. Оскорбление как иллокутивный лингвокультурный концепт. Автореф. дис. канд. фил. наук. Волгоград. – 2004. 7. Зайцева В.В. Когнитивные, коммуникативно-прагматические и языковые особенности допроса в юридическом дискурсе. Автореф. дис. канд. фил. наук. Тамбов. – 2011. 8. Шевченко Е.В. Коммуникативные особенности английских и русских юридических речевых актов, речевых стратегий и тактик: На материале языка художественных и публицистических произведений. Автореф. дис. канд. фил. наук. Краснодар. – 2003. 9. Слепухин С.Н. Индоевропейские механизмы стереотипизации в юридическом дискурсе: на примере категорий 'persona', 'res mobilis / res immobilis'. Автореф. дис. канд. фил. наук. Чебоксары. – 2014. 229
https://doi.org/10.36078/987654711 Sadriddin Ayniy she’riyatida lingvopoetik vositalarning berilishi Gulmira Komilova 1-bosqich tayanch doktorant O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti E-mail: [email protected] Annotatsiya. Ushbu tezisda o‘zbek va tojik poeziyasida qisqartma formalari o‘zbek va tojik ekvivalentining ma’no ta’siri mavjud bo‘lmagan variantidir, lekin formalar nutq jarayonida ekvivalentidan farqli o‘laroq, emotsional-ekspressivlikni ta’minlaydigan lingvopoetik vositalar haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: Ikki tillilik, zulisonaynlik, mulammaʼ, emotsional- ekspressivligi, poetik ixchamliligi, boshqa nutq uslublari, passivlilik. S.Ayniy asarlari o‘z mazmuni va muammolarini qo‘yish jihatidan tojiklar va o‘zbeklar dunyoqarashiga birdek yaqin va shuning uchun ham uning ijodi o‘zbek kitobxonlari orasida juda mashhur. S.Ayniyning deyarli barcha asarlari tojik va oʻzbek tillarida ikki nusxada bo‘lib, ikkinchi nusxasi muallif tarjimasi jarayonida paydo bo‘lgan. Shu sababli, mazkur bo‘limda tarjima va avtotarjima o‘rtasidagi farqlar S.Ayniyning tarjima faoliyati bilan bog‘liq holda qisqacha tahlil qilinadi. S.Ayniy o‘z asarlarining mazmundor, haqqoniy va realistik bo‘lishi uchun ular tilining badiiy bo‘yoqdor, shirali bo‘lishiga ham alohida e’tibor bergan olim. “Umumhalq tojik tili, - deb ta’kidlaydi ustod Ayniy, - ommaga tushunarli bir til bo‘lib, jumla tuzishda, sifatlash va o‘xshatishlar yaratganda kinoya va isteorada, maqol va mataldan foydalanganda va boshqa shu kabi holatlarda tojik tilining xususuyat va ruhiga rioya qilish lozim”[4, 44]. S.Ayniy tojik tilining sofligi va ravnaqi uchun keskin kurash olib borgan mutaffakir bo‘lib uning shu haqdagi fikr mulohazalari tojik va fors tillariga, ko‘pgina tezis va maktublarida ham o‘z ifodasini topgan. Yana shuni ta’kidlashimiz joizki, S.Ayninyning ko‘pchilik o‘zbek she’rlari o‘ninchi yillarning oxiri va yigirmanchi yillarning boshlarida yaratilgan (shoirning “turkcha inqilobiy she’rlar majmuasi”, Buxoro, 1923-yil) kitobchasidan ma’lum [1, 154]. Topilgan she’rlar orasida “Zaxmatkashlar nag‘masi” she’ri o‘ziga xos takrorlar bilan davom etadi unda S.Ayniy o‘z g‘oyasini asta-sekin ochib, badiiy ifodalab 230
https://doi.org/10.36078/987654711 boradi. She’r 36 misradan iborat bo‘lib, adibning dastlabki muhim o‘zbek asarlaridan biridir. Ey, zahmatkashlar! Ey zahmatkashlar!... Bukun shodlik, bukun shodlik kunidir. Ori! Bukun shodlik kunidir. Qadrin bilinglar! Bu ozodlik, Bu ozodlik kunidir. Ori! Bu ozodlik kunidir. Hokimyatni, hokimyatni bukun qo‘lg‘a, Bukun qo‘lg‘a tushurdik, Ori! Bukun qo‘lg‘a tushurdik, Zulm va sitamdan, zulm va sitamdan Bukun bizlar, bukun bizlar qutuldik. Ori! Bukun bizlar qutuldik [3, 41]. Bu misralardan ko‘rinadiki uning tili ham, uslubi ham murakkab emas, ko‘p jihatdan sodda, tushunarli va xalq tiliga yaqindir. Asar haqida, uning tili va uslubi ustida ma’lum tasavvur hosil qilish uchun undan bir kichik parcha keltirdik. Biz S.Ayniy she’riyatiga konkret-tarixiy yondashsak, uning kamtarinlik bilan yozgan she’rlari xalq uchun tushunarli va g‘oyaviy estetik ahamiyati katta, tarixiy va tarbiyaviy roli ham g‘oyatda muhim va zamonaviy ruh bilan sug‘orilgan. Biz ushbu she’rda refrenlarni ko‘rishimiz mumkin, chunki refren she’rdagi asosiy fikr, bosh g‘oya va asosan takrorlanib bosh ma’noni ifodalaydi. Ushbu she’rda bukun shodlik kunidir, Bu ozodlik kunidir kabi takrorlanuvchi misralar refrenlardir. Unining davit qiluvchi she’rlarida refrentlarni juda ko‘p uchratish mumkin. Biz Sadriddin Ayniy ijodini tahlil qilarkanmiz uning adabiyotimizda ulug‘ Alisher Navoiy boshlab bergan Zulisonaynlik – ikki tilda ijod qilish an’analarini davom ettirgan holda o‘z ijodida uni yuqori bosqichga ko‘targan. U ikki xalq yaratgan boy adabiy merosdan bahramand bo‘ldi, o‘zbek va tojik tillarida yaratgan barcha asarlari ana shu ikki xalqning umumiy mulkiga aylanib qoldi. Adabiyotshunoslikda ikki va uch tilda yaratilgan she’rlar mulammaʼ deb yuritilgan. “Mulammaʼ sheʼr ikki tilda yozilgan bo‘lsa, “shiru shakar”, uch tilda yozilgan bo‘lsa, “shahdu shakar” deb yuritilgan” [9, 360]. Mumtoz sheʼriyatimizda, asosan, arabcha, forscha, o‘zbekcha mulammaʼlar yozilgan bo‘lsa, XX asr jahon sheʼriyatida inglizcha-ruscha, mulammaʼlar yaratila 231
https://doi.org/10.36078/987654711 boshlangan. Аtoulluoh Mahmud Husayniy deptur: “mulammaʼ andin iboratturkim, sheʼrning bir qismi bir tilda, boshqa bir qismi o‘zga tilda bo‘lur. Bu sanʼatning mashhuri uldurkim, bir misrasi arabcha va ikkinchi misrasi forscha yoki bir bayti arabcha va bir bayti forscha bo‘lur” [2, 92]. Biz S.Ayniy she’rlarini tahlil qilish dovomida uning mulamma’lriga murojat qildik va uning yozgan she’rlari baytlari bir necha hil mulamma’lar borligi va bularni ikki tilda estetik jihatdan oqilona foydalanilganining guvohi bo‘ldik: A. Sheʼrning bir qismi (misrasi) bir tilda, ikkinchi misrasi boshqa tilda yoziladi: Bir dasti riyo, dasti jafo, dasti xiyonat Mumkinmi sani aylasa ketdikcha siyonat?!... Ey qotila, ey fojira, ey fitnai Turon! Turon eli fitnang ila bo‘lsunmi parishon?! [5] B. Misraning birinchi yarmi bir tilda, ikkinchi yarmi boshqa tilda yoziladi: Boshingni kesduran qotil, u badtiynat, u sangin dil, Xudodan gar esa g‘ofil, xaloyiqdan uyolmasmu? [6] C. Sheʼrning boshi va oxiri bir tilda, o‘rtadagi so‘zlar boshqa tilda: Ey madfuni insoniyat, ey maqtuli ahror! Ey markazi vahshoniyat, ey mahmani ashror! [7] Biz bilamizki she’riy nutqda ba’zi aktiv uchraydigan so‘zlar adabiy tilda yoki umumiste’molda mavjud so‘zlarning qo‘llanilishi ma’no atsenkasiga ega bo‘lmasa-da so‘z shakli ma’no atsenkasida faqat poeziya tilidagina reallashadi. Misol tariqasida aytishimiz mumkinki, siyonat so‘zini olishimiz mumkin, chunki siyonat so‘zi xiyonat so‘zini takror ishlatmaslik uchun siyonat so‘zi qo‘llanilganini guvohi bo‘ldik. Biz S.Ayniy ijododini tahlil jarayonida bunday misollarni ko‘p uchratdik. Muxtojlikka mahkum etilgan dehqon yer va suvidan mahrum etilgach, uning hayoti qay holatga tushishini yaxshi tasavvur etgan ikki tilli shoir “yerni yana sotmang” she’rida dehqon ahliga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat etgan va beixtiyor tinglovchiga ikkinchi tilda qo‘llangan so‘zlar she’rning estetik barqarorligini ta’minlagan. Kim mehribon onasini sotarkan?! Gar sotsa u, ablah erur albat! Sotma yerni, xor bo‘lgaysan! Bero‘ziyu beqaror bo‘lgaysan! Zinhor yeru bog‘ing sotmagil 232
https://doi.org/10.36078/987654711 Shul erur pandim, qulog‘ingga olgin! [7, 82] Ushbu she’rda qo‘lanilgan tojik tiliga mansub bero‘ziyu so‘zi kunyo‘q degan ma’no bilan she’rda musiqiy ohangdorlikni ta’minlagan. Bero‘ziyu beqaror bo‘lgaysan! She’rida alegorik xarakterdagi “Yer qurti va parvona” dostonida yer qurti orqali mehnatkash dehqon obrazini, parvonada esa ezuvchi sinf vakillari obrazini ko‘rsatadi. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Ayniy zamondoshlari xotirasida. Toshkent. – 1978. 2. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. Toshkent. – 2002. 3. Mehnatkashlar tovushi gazetasi. – 1918. 4. Sadriddin A. Zebonitojik, “Rahbari donnish” jurnali. – 1928. 5. Sadriddin A. Behbudiy afandini esga tushirib, qatl va qatlgohiga xitoban. http://vostoka.ucoz.com/publ/3-1-0-1030. 6. Sadriddin A. Behbudiy ruhig‘a ithof. http://vostoka.ucoz.com/publ/3-1- 0-1030. 7. Sadriddin A. Tahzibus-sib’yon. Samarqand. – 1917. Linguistic conception of aggressiveness Aziz Mukhamadiev Independent Researcher Navoi State Pedagogical Institute E-mail: [email protected] Annotation. Today, the role of women in social life should be especially emphasized. Their activity in education, in business, in production, in agriculture means that the concept of gender equality has been formed in Uzbekistan not only from a theoretical point of view, but also from a practical one. Unfortunately, sometimes there is an aggressive attitude on the part of the male to the female, which prompted us to study aggressiveness from a linguistic point of view. Key words: aggressive, verbal, non-verbal, emotion, motive, internal, external, desire, cause, response. Emotions can rightly be called the basis of people’s relationships in society, among which aggressive emotions and feelings occupy one of the leading places. The implementation of aggressive behavior in the language and speech of an 233
https://doi.org/10.36078/987654711 individual seems to be the most important basis for identifying the emotional state of the speaker, as well as the characteristics of the aggressive emotions experienced by him. The emotional content of language and speech reveals a direct connection with the term \"emotional response\", which refers to the manifestation of a person's attitude to irritation, external influence [2, 182]. At the same time, among the types of emotional response, the most vivid manifestation in language and speech are emotions and feelings, while affects, as a rule, do not find direct realization in speech and are identified by analyzing the language of description of physiological changes in the human body. Aggressive emotions and feelings accompany verbal and non-verbal actions of the corresponding emotionality, which are embodied in the lexical-semantic system of the language, grammatical-syntactic structures, stylistic devices and have a certain structure, including such components as motive, goal, means, process and its result [3, 67]. Among the basic aggressive emotions are the emotions of the triad of hostility of means, as well as through speech, and aimed at harming, damaging or destroying another person or group of people or surrounding objects. Aggression is inherent in man and is part of his nature, however, the possibility of its verbal and non-verbal embodiment directly depends on the amount accumulated in the body at a certain moment aggressive energy, as well as the force of external influence that can cause aggressive reaction. At the same time, a significant role in the emergence aggressive behavior is assigned to such forms of external influence as threat, punishment, physical force. The problem of verbal aggression in philosophy is considered in comparison of concepts that are heterogeneous in content, such as good/evil, love/hatred, virtue/vice, creation/destruction, violence/freedom. Verbal and non-verbal aggression is associated primarily with violence, which involves the suppression, coercion and enslavement achieved means of language and speech. It is implemented through the use of various actions: verbal abuse and humiliation, symbolic acts, calculated to intimidate. The most common aggressive verbal and non-verbal reactions take place when people's interests clash, the desire to suppress the addressee or subjugate him to his will. In general, the study of psychological and philosophical views on nature verbal and non-verbal aggression indicates the main acting force its occurrence is a social 234
https://doi.org/10.36078/987654711 factor. as the main elements the social nature of aggression in the work are highlighted: the subject of action as active acting force; object of influence; the environment to which it belongs subject and object of action; means of action, as well as the goals and objectives of the subject. Non-verbal and verbal communication is characterized by the presence certain components (motives and incentives for communication, relationships and interaction of communicants, etc.), which directly affect its perception by the recipient as aggressive. However, the primary role in creating the aggressiveness of communication play such components as motive, goal, as well as the psychosocial context, since each of these components sets a certain emotional (aggressive) mood communication between speakers. For example: Liza (looking fiercely round at him). I wouldn’t marry you if you asked me; and you’re nearer my age than what he is. Higgins (gently). Than he is: not \"than what he is\". Liza (losing her temper and rising). I'll talk as I like. You’re not my teacher now [1, 23]. The basis of the structure of aggressive communication is the motive (motivating force) and goal (desire to achieve the result of communication), which determine the speaker's intention (intention). In an aggressive act communication motivated by the emotions of the triad of hostility (anger), in the course of aggressive communication, which implies the obligatory presence of an evaluative component, the speaker's aggressive emotions of various nature are realized. Verbal and non-verbal aggression is represented by two aspects - external/formal and internal/meaningful. syntactic means of the English language, timbre, intonation, the loudness of the speaker's speech in the process of embodying the corresponding emotional reactions. The internal aspect reflects the discourse, content, purposefulness of the statement. The external and internal aspects of verbal and non-verbal aggression are in interaction, that is, the identification of the aggressive emotions of the speaker, as well as the definition of their additional characteristics. Aggressive emotions and feelings are universal, “international” in nature, they are inherent in the British and Russians, which is reflected in their verbal and non-verbal behavior of the corresponding emotionality, characterized by certain features. 235
https://doi.org/10.36078/987654711 The purpose of aggressive verbal and non-verbal manifestations is to the desire to harm the object, cause negative emotions, as well as response in the form of various kinds of aggressive manifestations, including actions similar to the actions of the addresser, which have both verbal, and non-verbal character. As a result of verbal and non-verbal aggression there is also a significant degree of overlap, which is due to the possibility of achieving a certain negative physical and emotional state of the object by resorting to both verbal and non-verbal aggressive actions. The greatest difference is observed in the lexical embodiment, as well as the number of lexemes-identifiers of such components of verbal and non-verbal aggression as means and process. Non-verbal aggression is presented in this study as a type of emotional response, which finds its implementation in the form of physical and other (non- verbal) actions aimed at causing moral or physical harm to an object and is represented by a set of lexemes-identifiers of the means used to implement non- verbal aggressive actions, characteristic only of it. Among the identifiers, in the means of punishment, it certainly implies aggressive emotions not only of the subject, but also of the object of action. References 1. Bandura A., Ross D., Ross S.A. Transmission of aggression through imitation of aggressive models. Journal of Abnormal and Social Psychology. – 1961. 2. Berkowitz L. The concept of aggression: Multidisciplinary approaches to aggression research. Oxford: Elsevier. – 1981. 3. Berkowitz L. The frustration-aggression hypothesis revisited: Roots of Aggression. New York: Atherton Press. – 1969. XX asr ingliz adabiyotida satira Muqadas Murodova Mustaqil izlanuvchi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti E-mail: [email protected] Annotatsiya. XX asr ingliz yozuvchilari satira janrini turlicha talqin qilishdi, ba’zi birlar unga nazmning ma’lum bir turi deb, boshqalar esa satirik 236
https://doi.org/10.36078/987654711 qobiliyat bilan yozilgan she’r deb ta’rif berishdi. Ba’zi yozuvchilar esa satira adabiyotning rasmiy janri boʻlib, u nasriy asarda ham, nazmda ham bir xil xususiyatni namoyon etishini ta’kidlashdi. Kalit so‘zlar: satira, janr, mavzu, asar, satirik obraz. Shuni ta’kidlash kerakki, satirada hayotdagi mutanosiblik saqlanmaydi, balki mubolagʻalarga, kinoyaga, oshirib ko‘rsatish, bo‘rttirishlarga keng o‘rin beriladi. Satira jamiyatdagi illatlarni ayovsiz fosh etadi va ularni butkul yoʻqotishni maqsad qiladi. Satirik asar oʻqigan kitobxon yuksak ideallar nuqtayi nazaridan kulgili tarzda fosh etilgan pastkashliklardan nafratlanadi, satira vositasida tarbiyalanadi. Koʻrinadiki, satira eng yaxshi insoniy fazilatlarni, turmushdagi goʻzal va ijobiy tomonlarni yaratishda ham oʻziga xos ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan janrdir [1, 37]. XX asrda Buyuk Britaniya iqtisodiyoti Germaniya va AQShdan orqada qola boshladi. Birinchi jahon urushi oqibatida gʻolib davlatlar qatori Buyuk Britaniya ham o‘z mustamlakalarini kengaytirdi. Dunyo hamjamiyatida sanoatlashuv va urbanizatsiya, immigratsiya rivojlandi. Bu iqtisodiy va demografik o‘zgarishlar Buyuk Britaniya milliy qadriyatlariga ta’sir etmay qolmadi, yangi muhit yangicha ijtimoiy-madaniy tafakkur tarzini shakllantirdi. M.Garkness, U.Marris, S.Batler, T.Gardi kabi realist yozuvchilar oʻz asarlarida tahqirlangan oddiy kishining qadr-qimmatini himoya qildilar, haqiqiy ijtimoiy muhitni badiiylashtirdilar. J.Osborn, K.Emis, D.Ueyn mustamlakachilik siyosatidan yuz oʻgirib, oʻz asarlarida voqelikni toʻgʻri koʻrsatishga intildilar. Ingliz yozuvchilari Stella Gibbonz (1902-1989), Jorj Oruell (1903-1950), Malkolm Maggeridj (1903- 1990), H.F.Ellis (1907-2000), Antoni Burges (1917-1993), S.Norzkot Parkinson, Anna Russell, Jonatan Miller (1934-2019), Alan Bennet (1934), Dadli Mor (1935-2002), Richard Ingrams (1937-), Peter Kuk (1937-1995), Eleanor Bron (1938-) , David Frost (1939-2013) lar urush davridagi jamiyatdagi oʻzgarishlarni oʻzida aks ettirgan satiraning yuksak namunalarini yaratishdi. Jorj Oruell taxallusi bilan mashhur britaniyalik yozuvchi va jurnalist Erik Artur Bler 1903-yil 25-iyunda Hindistonning Bixar shtatining Motixarida shahrida ingliz-hind oilasida tavallud topgan. Blerning otasi Richard Uolmesli Bler Davlat xizmatida ishlagan. Onasi Ida uni bir yoshida Britaniyaga olib kelgan. Erikning Marjori ismli opasi va Avril ismli singlisi boʻlgan. Olti yoshida Bler Hyenli Temzadagi kichik Anglikan cherkov maktabiga yuborilgan. Oruell Vellington kollejida ham, Eton kollejida ham stipendiyalarni muvaffaqiyatli 237
https://doi.org/10.36078/987654711 qoʻlga kiritgan. Vellingtonda oʻqigandan soʻng, Erik Etonga koʻchib oʻtdi va u yerda 1917-yildan 1921-yilgacha qirol olimi boʻlgan. Erik Bler 1933-yilda Jorj Oruell boʻldi. Jorj Oruell boʻlishdan oldin “Kennet Miles” va “H.Lewis Allways” kabi taxalluslarni ham koʻrib chiqqan. U Suffolkdagi Oruell daryosini yaxshi bilardi va yoqtirar edi. Jorj ismi soddaligi bilan Erikni maftun etgan boʻlishi mumkin. “Hayvonlar fermasi” asari bir necha mavzularni qamrab oladi. Asardagi asosiy mavzu “yetakchilik va korrupsiya”dir. Napoleon va uning tashviqotchi vaziri Skvile xatti-harakatlari ushbu mavzuni ochib bergan. Asar boshida Napoleon eng ijodkor hayvon Snovbol bilan birga ish tutadi, ammo keyinroq Skvileni oʻziga yaqin olib, barcha muvaffaqiyatsizliklarga Snovbolni ayblab, fermadan uni badargʻa qiladi. Napoleon obrazi o‘zida yetakchilikni namoyon etib, oʻz kuchini ishlatib inson zoti qila oladigan yumushlarni bajartiradi. Asarning soʻngida u mister Jons kabi yetakchilikni namoyon etadi. Shuningdek, asarda o‘tkir zehnli odamlar qattiq ishlashni xoxlamaydigan kuchsiz odamlar ustidan nazorat olib borishi tasvirlangan. Aqlli cho‘chqalar inqilobni nazorat qilishadi. Ular orasida Napoleon, Snovbol va Skvile yetakchilik koʻrsatadi va bir- biri bilan musobaqalashadi. Napoleon g‘olib bo‘ladi, Snovbol esa hayotini saqlab qolish uchun qochib qutiladi. Keyinchalik, Napoleon barcha choʻchqalardan boshqa hayvonlarni boshqarish uchun foydalanadi, o‘zi esa hayotdan bahramand bo‘lib yashaydi. “Hayvonlar fermasi”da siyosat yolg‘on va fitnalar o‘yini ekanligi ham ko‘rsatilgan. Qari mayor samimiy va vijdonli bo‘lishiga qaramay, uning vorislari unga o‘xshamadi, u kabi rostgoʻy boʻlishmadi. Napoleon Snovbol va Molli haqida ko‘p yolg‘onlar tarqatdi, natijada boshqa hayvonlar inqilob xotiralari haqida unutishdi. Shuni ta’kidlash kerakki, “Hayvonlar fermasi”da tartib-qoidalar yuqori sinf vakillariga mos kelishi, ular kerakli paytda tartib-qoidalardan foydalanib, mos kelmaganda ularni o‘zgartirishi asar mazmunidan o‘rin olgan. Asarda hayvonlar tartib-qoidalar tez-tez oʻzgarayotganligidan hayron boʻlishida, ammo lom-mim deya olishmaydi. Hattoki, ularning asosiy shiori ham o‘zgartiriladi: “Barcha hayvonlar teng, ammo ba’zilari boshqa hayvonlarga nisbatan koʻproq teng”. Asarda “Mister Jons aqlli va dono bo‘lganda, hayvonlar fermadan qoniqqan bo‘lar edi” degan g‘oya ham o‘rin olgan [2, 24]. Hayvonlarning va insonlarning axmoqligi, turli xil axmoqgarchiliklar asar syujetida ochib berilgan. 238
https://doi.org/10.36078/987654711 Qissada hayvonlarning ozodlik haqidagi orzulari, keyingi umid va rejalari ham bayon etilgan. Tovuqlar, otlar, cho‘chqalar va boshqa hayvonlar o‘ziga xos orzu- umidlarga ega. Ular bir-birlari bilan teng bo‘lishni, qari mayorning shioriga mos voris boʻlishni orzu qilishdi. Afsuski, inqilobning so‘nggida ular cho‘chqalar va odamlarning bir-birlariga mulozamat qilib, bazm uyushtirib rohat qilayotganligini koʻrganlarida ularning orzu-umidlari chil-chil sindi. Shuningdek, asarda Napoleon va Skvile xarakteri orqali makkorlik va aqllilik ham ifodalangan. Napoleon xarakteri ayyorlik orqali kuchga ega boʻldi, Skvile xarakteri esa tashviqot ishlariga chaqqon. Shuning uchun ularning ikkalasi Snovbolni qochirishga muyassar boʻldi. Har bir inqilob va kuch tortib olish va zoʻravonlikni o‘z ichiga olishi asar mazmunida yana bir bor oʻz isbotini topgan. Hayvonlar qo‘zg‘alon koʻtarganlarida, ular zoʻravonlik qilib Mister Jonsning mulkini tortib olib, uni egalik huquqidan mahrum qilishdi. Asarda hayvonlar odamlarga qarshi chiqadi, fermadan inson zotini quvib chiqarib, baxtli va ozod hayot uchun kurashadi. Asar so‘ngida hayvonlar odamlar bilan do‘st tutinadi. Asar 1943 va 1944-yil oralig‘ida yozilgan. Yozuvchi siyosiy haqiqatni badiiy haqiqatga aylantira olgan. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Murodova M. Badiiy adabiyotda “satira” atamasining kelib chiqishi. “Filologiya masalalari” elektron ilmiy-metodik jurnali. - №1. – 2021. 2. Oruell J. Hayvonlar xo‘jaligi haqida g‘aroyib qissa (Ingliz tilidan Sanobar Karimova tarjimasi). – 2013. Irrigatsiya va melioratsiya terminlarining ilmiy-nazariy asoslari bo‘yicha umumiy xulosalar Sayyora Nazarova Mustaqil izlanuvchi Toshkent moliya instituti E-mail: [email protected] Annotatsiya. Ushbu tezis tilshunoslikning muhim omillaridan biri boʻlgan terminologiya masalasini yoritadi. Qishloq xoʻjaligi terminologiyasining eng muhim qismi boʻlgan irrigatsiya va melioratsiya terminlarining ilmiy-nazariy 239
https://doi.org/10.36078/987654711 asoslari boʻyicha umumiy xulosalar ilmiy izlanishimizning natijasi sifatida berilgan. Kalit so‘zlar: termin, terminologiya, leksema, lisoniy termin, terminlashish, determinlashish. Bugungi kunda mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy, irrigatsiya va melioratsiya tizimlaridagi islohotlar tilning leksik sathiga kirib kelayotgan xalqaro terminlar oqimini jadallashtirmoqda. Bu hol soha egalarining oʻz kasbiga oid termin va tushunchalarning asl mazmun-mohiyati xususida yetarli bilimga ega boʻlishlarini taqozo etmoqda. Ilmiy izlanishilarimizning ilmiy- nazariy asoslarini quyida umumiy xulosalar tarzida bayon etmoqchimiz: 1. O‘zbek xalqining tarixiy yutug‘i bo‘lgan mustaqillik boy oʻtmish maʼnaviy- maʼrifiy merosimzini bizga qaytarib berdi. Bu nodir boyliklarni ilmiy tadqiq etishga, undan xalqimizni yana bahramand etishga zamin yaratdi. Mamlakatimiz tarixiga oid irrigatsiya va melioratsiya meʼyoriy va ish yuritish hujjatlarini, xususan, ularning tarkibiy qismi boʻlgan irrigatsiya va melioratsiya terminlarini qiyosiy jihatdan tarjimashunoslik aspektida o’rganish, ularni bugungi hayotimizga xizmat qildirish ana shu zaminga tayanadi [1, 65]. 2. Insoniyat tarixidagi boshqaruv va hukmronlikning almashinib kelganligi, turli sulolalarning hokimiyat tepasiga kelishi, ularga mos tarzda davlat tilining, tuzilmalarning oʻzgarishi davrlar silsilasida irrigatsiya va melioratsiya terminlarining ham oʻzgarishiga, takomillashishiga sabab boʻlgan. Bunda irrigatsiya va melioratsiya terminlarining maʼlum qismi forsiy va ruscha soʻzlardan tashkil topgani oʻtmishda oʻzbek adabiy tiliga fors va rus tillarining ham taʼsiri katta boʻlganligi bilan izohlanadi. Anʼanaviy tarzda qadimdan saqlanib kelayotgan irrigatsiya va melioratsiya terminlari bilan zamonaviy irrigatsiya va melioratsiya terminlari oʻrtasida katta farq bor. Bugungi kunga kelib tarixiy terminlarning miqdori ancha cheklangan bo‘lsa, istiqlol davri, yaʼni, mustahkam bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida o‘zlashma qatlam hisobiga irrigatsiya va melioratsiya terminlariga real ehtiyojning ortishi asosida oʻzbek tilining lugʻat tarkibi beqiyos ortib bormoqda [2, 80]. 3. O‘zbekistonning istiqlol yillarida o‘zbek tiliga irrigatsiya va melioratsiya sohalari bilan bog‘liq ko‘plab yangi termin (oʻzlashma)lar jadal kirib kela boshladi. Buning asosiy sabablari quyidagilar bilan izohlanadi: 240
https://doi.org/10.36078/987654711 a) dunyo xaritasida mustaqil davlat sifatida vujudga kelgan O‘zbekistonning boshqa davlatlar bilan siyosiy-iqtisodiy jarayonlarning integrativ rivojlanishi; b) O‘zbekistonning jahon bozorida o‘zining munosib oʻrnini egallashi va qishloq xo‘jaligi sohasida rivojlangan davlatlar bilan hamkorlik qilish talabining ortishi; c) jamiyat muloqotida yangi tushunchalarni to‘liq yoritib bera oladigan terminlarga boʻlgan ehtiyojning ortishi; d) o‘zbek tilida avval faol isteʼmolda bo‘lib, so‘ng esa arxaik irrigatsiya va melioratsiya terminlar qatoriga o‘tgan yoki tarixan mavjud boʻlmagan yangi, zamonaviy irrigatsiya va melioratsiya tushunchalar mazmunini ochib beradigan chet tili terminlarini oʻzlashtirish [3, 113]. 4. XXI asr globallashuv, integratsiyalashuv va axborot asridir. O‘zbekiston ham bu jarayondan tashqarida turishi mumkin emas. Bu hol sohalarga doir maʼlumotlarni tizimli darajada saqlash va qayta ishlash, ulardan samarali foydalanish mexanizmlarini yanada takomillashtirish natijasida til leksikasiga kirib kelgan yangi terminlarning lingvistik tahlili va tarjima muammolarini kun tartibiga chiqardi [4, 37]. 5. Terminlar umumisteʼmoldagi oddiy so‘zlardan leksik jihatdan farqlanmasa-da, o‘ziga yuklatilgan maxsus vazifasi bilan ajralib turuvchi muayyan sohaga tegishli leksik birliklar hisoblanadi [5, 68]. “Leksema” tushunchasi “termin” so‘ziga nisbatan keng maʼnoda qoʻllanilib, terminlarning vujudga kelishida muhim nominativ vazifani bajaradi, ammo har qanday leksema termin vazifasini oʻtay olmaydi. Terminlar lisoniy jihatdan leksemaga nisbatan o’zining quyidagi belgi va xususiyatlari bilan xarakterlanadi: A. Ularning maxsus leksika doirasida bir maʼnoli bo’lishga moyilligi. Terminlar uchun muayyan taʼrif (izohiya)ni qo‘llash zarurligi, uning yordamida tegishli tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda maʼlum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, farqlovchi belgilarini ravshan koʻrsatish mumkin. B. Aksariyat (sof) terminlarning tarjimada berilishida ularning maʼnolari kontekstga bogʻliq boʻlmaydi, ularga ekspressivlik va emotivlik xarakterli emas. Muayyan leksema terminologik maʼnosida va o‘z terminologik maydonida qoʻllanar ekan, ayni maʼno saqlanib qolaveradi. Binobarin, ko‘p maʼnoli 241
https://doi.org/10.36078/987654711 terminlarning aniq maʼnosini ajratib olish uchun kontekstning zarurligi shubha tug‘dirmaydi. C. Stilistik vazifa tarjimada sof terminlarga nisbatan neytral hisoblanadi, ammo tilshunoslikda yuz beradigan “terminlashish va determinlashish” hodisasi ularning tarjimasida muayyan darajada to‘siqlarni, qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. D. Muayyan soha terminlari tizimli xarakterga ega boʻladi, tizimni tashkil etuvchi terminlar esa grammatik va leksik-semantik jihatdan oʻzaro aloqada bo‘ladi [6, 220]. 6. Irrigatsiya va melioratsiya terminologiyasining asosiy xususiyatlaridan biri uning tizimlilik xarakteriga ega boʻlishidir. Soha terminlari mazkur tizim tarkibida bir-birini leksik-semantik jihatdan taqozo etuvchi holatda o‘zaro uzviy bog’liq halqada bo‘ladi. Barcha sohalarda kuzatilganidek, irrigatsiya va melioratsiya sohalarida terminlarni yagona ifoda shakliga keltirish, tarjimadagi unifikatsiyasi o‘ta dolzarb sanaladi [7, 93]. Xulosa shuki, sohaga doir matnlarning semantik asosini tashkil qiluvchi irrigatsiya va melioratsiya terminlari, to‘lov majburiyatlarni aniq va qisqa, jamiyat tomonidan bir xilda tushuniladigan darajada ishlab chiqishga xizmat qiladi. Irrigatsiya va melioratsiya terminlari qishloq xo‘jaligi terminologik maydonining tarkibiy qismi boʻlishi bilan bir qatorda, muayyan leksikologik va morfologik, shuningdek, leksik-semantik xususiyatlarni o‘zida aks ettiruvchi maxsus qatlamdir. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Abduazizov A.A. Tilshunoslikka kirish nazariyasi. Toshkent: “Sharq” nashriyoti. – 2010. 2. Aбдураимов М.A. Очерки аграрных отношений в Бухарском ханства в ХVI первой половине ХIХ. – 1973. 3. Begmatov E. Hozirgi oʻzbek adabiy tilining leksik qatlamlari. Toshkent: “Fan” nashriyoti. – 1985. 4. Begmatov E., Bektemirov H. Mustaqillik davri atamalari. Toshkent. – 2002. 5. Головин Б.Н. Лингвистическийе основи учения о терминах. Москва. – 1987. 242
https://doi.org/10.36078/987654711 6. Nazarova S.A., Axmedov O.S. Irrigatsiya va melioratsiya sohasiga oid terminlarning ruscha-o‘zbekcha-inglizcha izohli lug'ati. Toshkent: “Nihol print” nashriyoti. – 2022. 7. Nazarova S.A. O‘zbek tilidagi irrigatsiya va melioratsiya terminlarini diaxron tahlili. Xorazm Maʼmun akademiyasi axborotnomasi. – 2020. Nanotexnologiya sohasi terminologiyasi Go‘zal Nurmatova Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Profi University E-mail: [email protected] Annotatsiya. Ushbu tezisda nanotexnologiya sohasining dolzarbligi, uning rivojlanishi yo‘lida amalga oshirilayotgan harakatlar to‘g‘risida hamda zamonaviy tilshunoslikda mazkur sohaning terminologiyasi tadqiq masalalari dolzarbligi va zarurati haqida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: nanotexnologiya, nanofan, soha, termin, terminologiya, terminologik kombinatsiya. Ilm-fan, ishlab chiqarish, texnika va texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda, soha terminlarining dinamik rivojlanishi leksik qatlamining kengayib borishi tilshunoslikning yangi ilmiy masalalarning amalga oshuviga sabab bo‘lmoqda hamda tilshunos olimlar uchun muhim vazifalarni belgilaydi. O‘zbek tilshunosi B.O‘rinboevning: “Hayotda ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlar, fan, texnika hamda madaniyatning rivojlanishi tilning ichki imkoniyatlaridan maksimal foydalanishni taqozo etadi” [5, 151], degan fikri zamonaviy ilm-fan va sohalar terminlarining lingvistik tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etishi va shu bilan birga nanotexnologiya kabi zamonaviy sohasini rivojlantiruvchi mutaxassislarni etishitirishda katta ahamiyatga egadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021- yil 19-martdagi PQ-5032-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash [1, 1], shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish, amaliy tusdagi loyihalar bajarilishini yo‘lga 243
https://doi.org/10.36078/987654711 qo‘yish orqali nanotexnologiyalar sohasida innovatsiyalarni yaratish hamda ilmiy tadqiqotlarning ta’lim bilan integratsiyasini yanada kuchaytirish maqsadida mazkur universitet qoshida nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2021-yildan 12-oktabr 640-son qarori qabul qilindi [2, 1]. Mazkur hujjat asosida tashkil etilgan Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi nanotizimlar, nanomateriallar va nanotexnologiyalar sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, nanotexnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirishda qatnashish bilan shug‘ullanadi. Hozirda tilshunoslar terminologiyaga nafaqat fan sifatida, balki uni alohida ilmiy yo‘nalish sifatida qarashlarini boshladilar [6, 952]. Terminlar bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarning samaradorligi esa terminlarning tizimli lingvistik tadqiqotlar doirasida ma’lum me’yorda boshqa fanlarning metodologiyasi bilan birgalikdagi qo‘llanilishi terminshunoslik mavqeyini chegaralab qo‘ymasligi bugungi kunda o‘z isbotini topdi [4, 1]. Darhaqiqat, terminlarga oid izlanishlar ko‘p bo‘lsa-da, zamonaviy sohalar, xususan, nanotexnologiya soha terminlarning tadqiqi O‘zbekistonda hali mukammal amalga oshirilmagan. Terminologik birliklar tizimi – ongli jarayon bo‘lib, ularni muayyan ilm ahli, mutaxassislar yaratadi, ularning moddiy tarkibiy tuzilmasi esa lingvistik qonuniyatlar asosiga bevosita bog‘liq bo‘lib, terminologik kombinatsiyada, yakka va birikmali leksemalar orqali, terminlar potensialini yuzaga chiqarishning o‘ziga xos sifatlaridan biridir [3, 90]. Agar “nanotexnologiya” terminiga e’tibor bersak, uning o‘zi ham birikmali leksemalar yordamida terminologik kombinatsiyada shakllangan. Dunyodagi ko‘plab olimlar nano darajadagi ob'ektlar bilan ishladilar, ammo \"nanotexnologiya\" atamasi birinchi marta 1974-yilda fizik Norio Taniguchi tomonidan taklif qilingan [7, 2]. Nanotexnologiya (nanotechnology) termini bilan bir qatorda nanofan (nanoscience)ni ham qo‘llanilishi, ularning definitsiyasiga aniqlik kiritishni talab etadi. 2003-yilda Buyuk Britaniya hukumati nanotexnologiyalarning istiqbollarini va muammolarini belgilash maqsadida Qirollik jamiyat (Royal Society) va Buyuk Britaniyaning Qirollik muhandislik jamiyati (Royal Academy of Engineering) larga murojaat etdi hamda 2004-yilda “Nanoscience and nanotechnologies: opportunities and uncertainties” (Nanofan va 244
https://doi.org/10.36078/987654711 nanotexnologiyalar: imkoniyatlar va noaniqliklar) nomli ma’ruzada nanofan va nanotexnologiya terminlariga aniqlik kiritildi. Unga ko‘ra: Nanofan – atom, molekulyar va makromolekulyar darajadagi hodisalar va ob’ektlarni o‘rganadigan fan bo‘lib, ularning xarakteristikalari makro analoglarining xususiyatlaridan sezilarli darajada farq qiladi. Yunon faylasufi Demokrit birinchi marta materiyaning eng kichik zarrasini tasvirlash uchun “atom” so‘zini ishlatgani bois, nanofanning otasi hisoblanadi [7, 2]. Nanotexnologiya – bu xossalari nanometr darajasida shakli va o‘lchamlari bilan belgilanadigan tuzilmalar, qurilmalar va tizimlarni loyihalash, tavsiflash, ishlab chiqarish va qo‘llash. Ma’lum bir sohaning terminologiyasining kengayishi ilm-fan va texnologik rivojlanish darajasini ko‘rsatuvchi omilidir. Zamonaviy ilmiy-texnik sohalarda rivojlanayotgan nanotexnologiya terminlari mana shunday darajani belgilovchi yo‘nalishlardan hisoblanadi. Bugungi nanotexnologiya yo‘nalishi shiddat bilan rivojlanayotgan fundamental va amaliy ilm-fan bo‘lib, deyarli barcha sohalarning tabiiy va sun’iy tadqiqotlarida qo‘llanilib kelinmoqda. Tadqiqotlar fanlarda, ularning natijalari esa ishlab chiqarishdagi texnik texnologik jarayonlarda qo‘llanilgani bois, “Nanotexnologiya” termini ostida nano-obyektlarni yaratish va/yoki ularni manipulyatsiya qilish imkonini beruvchi texnologik usullar majmuasi tushuniladi. Adabiyotlar ro‘yxati 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi PQ-5032- sonli “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 640-sonli “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi faoliyatini takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. 3. Даниленко В.П. Русская терминология. Опыт лингвистического описания. – 1977. 4. Татаринов В.А. Проблемы философской рефлексиив научном переводе. 5. O‘rinboev B. O‘zbek terminologiyasi U.Tursunov talqinida. Tilshunoslikning dolzarb masalalari (Ilmiy tezislar to‘plami). – 2006. 245
Search
Read the Text Version
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
- 6
- 7
- 8
- 9
- 10
- 11
- 12
- 13
- 14
- 15
- 16
- 17
- 18
- 19
- 20
- 21
- 22
- 23
- 24
- 25
- 26
- 27
- 28
- 29
- 30
- 31
- 32
- 33
- 34
- 35
- 36
- 37
- 38
- 39
- 40
- 41
- 42
- 43
- 44
- 45
- 46
- 47
- 48
- 49
- 50
- 51
- 52
- 53
- 54
- 55
- 56
- 57
- 58
- 59
- 60
- 61
- 62
- 63
- 64
- 65
- 66
- 67
- 68
- 69
- 70
- 71
- 72
- 73
- 74
- 75
- 76
- 77
- 78
- 79
- 80
- 81
- 82
- 83
- 84
- 85
- 86
- 87
- 88
- 89
- 90
- 91
- 92
- 93
- 94
- 95
- 96
- 97
- 98
- 99
- 100
- 101
- 102
- 103
- 104
- 105
- 106
- 107
- 108
- 109
- 110
- 111
- 112
- 113
- 114
- 115
- 116
- 117
- 118
- 119
- 120
- 121
- 122
- 123
- 124
- 125
- 126
- 127
- 128
- 129
- 130
- 131
- 132
- 133
- 134
- 135
- 136
- 137
- 138
- 139
- 140
- 141
- 142
- 143
- 144
- 145
- 146
- 147
- 148
- 149
- 150
- 151
- 152
- 153
- 154
- 155
- 156
- 157
- 158
- 159
- 160
- 161
- 162
- 163
- 164
- 165
- 166
- 167
- 168
- 169
- 170
- 171
- 172
- 173
- 174
- 175
- 176
- 177
- 178
- 179
- 180
- 181
- 182
- 183
- 184
- 185
- 186
- 187
- 188
- 189
- 190
- 191
- 192
- 193
- 194
- 195
- 196
- 197
- 198
- 199
- 200
- 201
- 202
- 203
- 204
- 205
- 206
- 207
- 208
- 209
- 210
- 211
- 212
- 213
- 214
- 215
- 216
- 217
- 218
- 219
- 220
- 221
- 222
- 223
- 224
- 225
- 226
- 227
- 228
- 229
- 230
- 231
- 232
- 233
- 234
- 235
- 236
- 237
- 238
- 239
- 240
- 241
- 242
- 243
- 244
- 245
- 246
- 247
- 248
- 249
- 250
- 251
- 252
- 253
- 254
- 255
- 256
- 257
- 258
- 259
- 260
- 261
- 262
- 263
- 264
- 265
- 266
- 267
- 268
- 269
- 270
- 271
- 272
- 273
- 274
- 275
- 276
- 277
- 278
- 279
- 280
- 281
- 282
- 283
- 284
- 285
- 286
- 287
- 288
- 289
- 290
- 291
- 292
- 293
- 294
- 295
- 296
- 297
- 298
- 299
- 300
- 301
- 302
- 303
- 304
- 305
- 306
- 307
- 308
- 309
- 310
- 311
- 312
- 313
- 314
- 315
- 316
- 317
- 318
- 319
- 320
- 321
- 322
- 323
- 324
- 325
- 326
- 327
- 328
- 329
- 330
- 331
- 332
- 333
- 334
- 335
- 336
- 337
- 338
- 339
- 340
- 341
- 342
- 343
- 344
- 345
- 346
- 347
- 348
- 349
- 350
- 351
- 352
- 353
- 354
- 355
- 356
- 357
- 358
- 359
- 360
- 361
- 362
- 363
- 364
- 365
- 366
- 367
- 368
- 369
- 370
- 371
- 372
- 373