Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore LIDERLAR Lotin FINAL 1707

LIDERLAR Lotin FINAL 1707

Published by Davroon Nuriddinov, 2021-08-16 13:47:20

Description: LIDERLAR Lotin FINAL 1707

Search

Read the Text Version

Otabek Xasanov LIDERLAR KITOBI Toshkent-2020

UO’K 001 KVK 72 X 31 Xasanov, Otabek. Liderlar kitobi [Matn] / O.Xasanov. – Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2020. - 340 bet. ISBN 978-9943-6288-2-3 Ushbu nashrda juda ko‘p yangi g‘oyalar, hayotga teran nazar bilan qarash, g‘oliblikka intilish, saodat va komillik uchun dadil qadam tashlash, jasurlik va mardlik kabi insoniy fazilatlarni o‘zida shakllantirish, Vatan rivojiga, uning iqtisodini yuksaltirishga astoydil kirishish, aql-zakovatni, ilmni har qanday ishdan ustun qo‘yish kabi holatlar mujassam bo‘lgan. Unutmang, Lider degani, avvalo, doimo o‘z ustida ishlaydigan va o‘zgalarga yordam qo‘lini cho‘zadigan insondir. O‘quvchilar eʼtiboriga havola qilinayotgan ushbu kitob davlat xizmatchilari, xususiy sektor vakillari, yosh olimlar, talaba va bo‘lajak Liderlar hayot yo‘lida ko‘makchi bo‘ladi, deb o‘ylaymiz. UO’K 001 KVK 72 Masʼul muharrir: O‘tkir Abdukarimov Taqrizchilar: Nazrulla Jo‘rayev, siyosiy fanlari doktori, professor; Abdurashid Hasanov, texnika fanlari doktori, professor; Mansur Bekmurodov, sotsiologiya fanlari doktori, professor. Kitobga tegishli barcha huquqlar himoyalangan. Muallif yozma ruxsatisiz uni chop etish man qilinadi. ISBN 978-9943-6288-2-3 © О.Xasanov. © “Muharrir nashriyoti”, Toshkent, 2020.

“LIDERLAR” JAMOASINING MAQSAD VA G‘OYALARI BIZNING YANGICHA QARASH VA YONDASHUVLARIMIZGA HAMOHANG! Tan olishimiz va taʼkidlashimiz joiz, yangi O‘zbekistonni zamonaviy bilim va yangicha dunyoqarashga ega, kreativ fikrlovchi yoshlar barpo etadi. Davlatimiz rahbari O‘zbekistonda yoshlar siyosatini qo‘llab-quvvatlash tizimini mutlaq yangi bosqichga olib chiqmoqda. Albatta, bu bejizga emas. Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev O‘zbekistonimizning har bir yosh yigit-qizining muvaffaqiyatini o‘z yutuqlaridek qabul qiladilar, g‘ururlanadilar. Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashuvda: “Yoshlar orasida “Men Sizning yoningizda turib, kamarbasta bo‘laman!” deb ko‘zi yonib turgan, bilimli, jasoratli yigit-qizlar borligiga ishonaman. Yetakchilikning, o‘z ortidan ergashtirishning eng to‘g‘ri yo‘li shaxsiy o‘rnak va namuna bo‘lishdir”, deb alohida taʼkidlab o‘tganlar. Ularning tashabbusi bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashkil etilib, 30 iyun – Yoshlar kuni deb eʼlon qilindi. Albatta, yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor bizlarni quvontirishi bilan birga zimmamizga juda katta masʼuliyat yuklayapti. Bu masʼuliyat – bugun turli tadbirbozlik va qarsakbozliklardan voz kechib, aniq va natijali ishga o‘tishni, raqamlardagi asosli va asossiz hisobotlar, qog ‘ozlarda aks etgan yutuqlarga mast bo‘lmasdan, amalda muammolarni o‘rganish va hal etish choralarini ko‘rishni, mamlakatdagi har bir yoshni, ayniqsa, chekka hududlardagi isteʼdodi va orzulari changda qolib ketayotgan yoshlarni izlab topish va ularning hayoti, istiqboli bilan qiziqish, orzu-maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga amaliy yordam berishdir. Umuman olganda, jamiyatda biz eʼtibor qaratishimiz va hal qilishga harakat qilishimiz kerak bo‘lgan masalalar bir talay. Endi savol tug‘iladi: bu masala va muammolarning yechimi bilan kim shug‘ullanadi? Kim bizlarga yangi-yangi takliflar va kreativ fikrlar beradi? Kim bizlarga olis hududlardagi yoshlarimizning hayoti va turmush darajasini yaxshilash yo‘lida hamroh va hamkor bo‘ladi? Albatta, biz o‘zimiz. Biz – faol va fidoyi, bilimli yoshlar jamoasi, barchamiz birgalikda hamma masalalar va yechimlar ustida bosh qotiruvchi va harakat qiluvchilarmiz, to‘g‘rimi? O‘zimizdan boshqa kim ham bo‘lishi mumkin?! Axir muammomiz nimada va qayerda ekanini kim ham bizdan yaxshiroq biladi?! Men “Liderlar” kanalini kuzatib borib, bu yerda aynan bizning maqsad va g‘oyalarimizning aks etganini ko‘rdim. Biz izlayotgan, intilayotgan, harakat qilayotgan eng asosiy maqsadlarimizdan biri bu – ilmu maʼrifatli, kitobni, hayotni, oilasini, Vatani va xalqini sevadigan faol, yetakchi, zamonaviy fikrlovchi yoshlar safini kengaytirish va ularning ko‘magida jamiyatda yoshlar hayoti va faoliyatiga oid barcha masalalarning tub-tubigacha kirib borish. “Liderlar” kanali esa bizning ishimizni yengil­lashtirib, aynan mana shunday yoshlarni bir jamoaga to‘plab, ular bilan kreativ muloqot va hamkorlikni boshlab yuborishibdi. Quvonarlisi, bu kanalda berilayotgan har bir mavzu aynan yoshlar hayotida ijobiy aks-sado berish, ongi va tafakkurini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan. O‘zim va oila aʼzolarim bilan berilib, qiziqib, taʼsirlanib ko‘rganlarim, tinglaganlarim – “Far­zandimga maktub”, “Rakesh”, “Miyadagi kinoteatr”, ayniqsa, beqiyos tarbiyaviy ahamiyatga ega. Umuman olganda, bugun jamiyat mutlaqo sifatli va samarali targ‘ibotga muhtoj. Yoshlar ongi va tafakkurida g‘oyaviy immunitetni shakllantirish, ularni fidoyi, vatanparvar, xalqini sevadigan Insonlar bo‘lib yetishishi uchun bor kuch-g‘ayratimizni safarbar etishimiz kerak. Jamiyatimizning har bir muvaffaqiyatida har bir yoshning o‘rni va ishtiroki borligiga ishontirishimiz kerak. “Liderlar” kitobidagi har bir mavzu esa yoshlarimizda mana shu eng muhim bo‘lgan motivatsion xususiyatlarni – ishonch va umid, kuch-g‘ayrat, shijoat, vatanparvarlikni uyg‘otadi. Men O‘zbekistonda, ayniqsa, yosh kadrlar hayotiga Liderlik atamasini kiritgan, har bir yosh mutaxassisda liderlik fazilati shakllanishida zo‘r turtki bo‘layotgan “Liderlar kitobi”ning

ijodiy jamoasiga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman hamda barcha faol va izlanuvchan yoshlar nomidan cheksiz minnatdorlik bildiraman. Alisher Sa’dullayev, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori, Senator

INNOVATSIYA– LIDERNI UNING ORTIDAN ERGASHUVCHILARDAN AJRATIB TURADI Dunyoning mashhur insonlaridan biri Stiv Jobs aynan ushbu fikri bilan liderlikning asosiy xususiyatlaridan biri innovatsiyaga yo‘nalganlik yoki innovatsion g‘oya va tashabbuslar ekanini isbotlaydi. Haqiqatdan ham, innovatsiya, bu yangi g‘oya va tashabbuslarni samarali amalga tatbiq etish sanʼatidir. Innovatsiya, bu hayotga, faoliyatga yangicha qarash va yangicha yondashuv, demakdir. Bugun jamiyatimizda har bir sohada yuz berayotgan jadal islohotlarga innovatsion yondashuv talab etilmoqda. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qurollantirish, iqtisodiyotni raqamlashtirish, “xavfsiz shahar” konsepsiyasini amalga tatbiq etish, qishloq xo‘jaligiga yangi texnologiyalarni tatbiq etish, aholiga qulay va xavfsiz xizmatlarni taqdim etish va boshqa yo‘nalishlarni rivojlantirishning barcha-barchasining zamirida muvaffaqiyatli innovatsion loyihalar ishlab chiqish va ijroga qaratish masalasi turibdi. Biz bugun aynan innovatsion g‘oya va loyihalar tashabbuskori bo‘lgan, zamonaviy bilimga ega kadr­larga muhtojmiz. Bunday kadrlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, albatta, taʼlim, tarbiya va samarali targ‘ibot uyg‘unligida malakali mutaxassislarni tayyorlashimiz, ularni kashf qilishimiz mumkin. Men “Liderlar” kanalini kuzatib borar ekanman, aynan ushbu kanal ijodiy jamoasi kadrlarning liderlik xususiyatlarini rivojlantirish, zamonaviy bilimlarini oshirish, o‘z - o‘ziga ishonch va talabchanlikni kuchaytirish orqali innovatsion g‘oyalar tashabbu skoriga aylantirishdek eng oliy maqsadni amalga oshira olyapti, deb ishonch bilan ayta olaman. Agar biz yoshlarga motivatsiya bera olsak, ularning isteʼdodini, nimaga qodir ekanligini o‘z vaqtida aniqlay olsak va bundan foydalansak, innovatsiyani chetdan izlashimizga hojat qolmaydi. Chunki men aniq ishonch bilan ayta olaman, har bir o‘zbek yigit-qizining tomirida buyuk allomalarimiz qoni jo‘sh urmoqda. Bizda Ulug‘bekning zukkoligi, Ibn Sinoning donoligi, Beruniyning daholigi, Temurning shijoati, Navoiyning oqilligi, Xorazmiyning olimligi mujassam! Albatta, ajdodlarimiz ilmiy merosi bizni xayrli tashabbuslar sari ruhlantiradi Men ezgu va eng hayrli ishlarning boshida turgan, O‘zbekistonimizda haqiqiy liderlar safini kengaytirishdek ulug‘ maqsadni muvaffaqiyatli amalga oshirishni boshlagan “Liderlar” kanali admini Otabek Xasanov va ijodiy jamoaga ulkan zafarlar tilayman. Ushbu xayrli tashabbus bizga ham innovatsion g‘oya va maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarishda, lider yoshlarni topish va hamkorlikni kuchaytirish imkonini beradi. O‘zbekiston yoshlarini, barchamizni yangi marralar sari ruhlantiruvchi, liderlikka yo‘naltiruvchi yangi nashr – “Liderlar kitobi” barchaga muborak bo‘lsin! Men bu kitobni yoshlarimiz uchun liderlik qobi­liyatini shakllanishiga va kelajakda jamiyatda munosib o‘rin egallashiga xizmat qilishiga ishonch bildiraman. Olimjon To’ychiyev, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari

SO‘Z BOSHI Hurmatli bo‘lajak Liderlar! Agar siz bu yozganlarimizni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, demak, kelajagingizga befarq emassiz. Ushbu kitob aynan lider sifatida oilasida, karyerasida va jamiyatda yuksak muvaffaqiyatlarga erishmoqchi bo‘lganlar uchun. Shuning uchun ham qo‘lingizdagi kitobning nomini “LIDERLAR kitobi” deya nomladik. Uning mutolaasiga kirishgan bo‘lsangiz, demak, siz ham bugundan Liderlar aʼzosi bo‘ldingiz.. Kitobda telegrammdagi “Liderlar1” kanalimizda berib borilgan maʼlumotlarimizdan foydalandik. Kitobni nashr etishga ilhomlantirgan eng asosiy omil kanalimiz aʼzolaridan kelgan takliflar bo‘ldi. Qolaversa, ko‘pgina muxlislarimiz bizni doimiy kuzatib borib, o‘zlashtirgan yangi bilimlari tufayli hayotlarini yaxshi tomonga o‘zgartirgani ham kanalimizdagi maʼlumotlarni kengroq yoyishga undadi. Ushbu nashrning dunyo yuzini ko‘rishiga beminnat hissa qo‘shgan barcha do‘stlarimga, “Liderlar1” telegramm kanalining ajoyib jamoasiga cheksiz tashakkurimni izhor etaman. Va, ayniqsa, kitobning shakllanishiga katta meh­nati singgan otam, ilk ustozim Abdurashid Hasanovga hamda menga kanaldagi ijodiy faoliyatimda eng yaqin ko‘makchi bo‘layotgan O‘tkir Abdukarimovga alohida minnatdorlik bildiraman. Shuningdek, mazmunli hikoyalarni jamlashda faollik ko‘rsatgan K.Umaraliyeva, Sh.Sattorov, M.Hakimova va N.Asqarovlarga, faoliyatimizni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan barcha-barcha do‘stlar va hamkorlarimizga tashakkur aytaman.. Sizlar bilan birgalikda ko‘plab xayrli ishlarni amalga oshirishimizga, bundan-da yuqori marralarni zabt etishimizga ishonaman, azizlarim!

YOSHLARGA MASLAHAT Turli anjumanlarda, konferensiya va muloqotlarda, qolaversa, maʼruzalarimda ishtirok etuvchilar ko‘pincha bir xil savol yo‘llashadi: Sizning shu darajaga erishishingizga asosiy sabab nima? Menda bu savolga qisqagina javob bor: “Yoshlikda olingan bilim – toshga o‘yilgan naqsh”, deb bejizga aytishmagan. Bolalikdan ota-onam, ustozlarimning talab va nasihatlariga amal qilib, o‘qib-o‘rganganlarim, izlanib- intilganlarim bugun samarasini bermoqda. Bugun ko‘pchilik uchun murakkab va mashaqqatli tuyulgan ilm yo‘li men uchun o‘ta jozibali va o‘ziga ohanrabodek tortaveradi. Buning sababi esa bitta – yoshligimdan kitobni sevganim, ilm o‘rganishga intilganim. Hayotiy tajribamdan kelib chiqib, men qalblari bir olam orzu-istaklarga to‘la yoshlarga bir maslahat bermoqchiman: o‘qishdan, izlanishdan to‘xtamang, zero, baxtli kelajakka erishishning faqatgina bir yo‘li bor, u ham bo‘lsa, ilm-u maʼrifat, qolgani bekor. Padari buzrukvorim menga doimo shunday nasihat qiladi: “O‘g‘lim, mansab va boylik – o‘tkinchi, uni sendan tortib olishlari mumkin, lekin bilimingni hech kim hech qachon tortib ololmaydi – u doimo sen bilan birga bo‘ladi va seni muvaffaqiyatlarga undaydi. Shuni yodingda tut!” Qolaversa, ilmni ezgulik yo‘lida sarflashning o‘zi ham ulug‘ ishdir. Olgan bilimimizni aziz Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimizning farovon turmushi yo‘lida halollik va fidoyilik bilan mehnat qilib sarf etish biz uchun ham qarz, ham farz va insoniy burchimizdir. Aziz yoshlar! Ushbu kitobga kiritilgan maqola, hikoya va mulohazalarimiz bilan tanishish asnosida Siz o‘zin­giz uchun foydali maslahat, hayotingiz hamda faoliyatingizda asqotuvchi fikr va xulosalar olasiz, degan umiddaman. Turli anjumanlarda, konferensiya va muloqotlar­da, qolaversa, maʼruzalarimda ishtirok etuvchilar ko‘­pincha bir xil savol yo‘llashadi: Sizning shu da Hurmat bilan Otabek Xasanov

BIRINCHI BO‘LIM BIRINCHI MAQOLA HAMMA O‘QISHI SHART Hurmatli kitobxon, barchangizga “Garsiyaga maktub”ni o‘qishni tavsiya etaman.. O‘zim o‘qib behad taʼsirlanganim uchun ham viloyatlar bo‘ylab davlat xizmatchilari, rahbar va hokimlar uchun o‘tkazilgan treninglarda bu maqolaga ko‘p to‘xtaldim va uni barchaga o‘qishni tavsiya etdim. Bugungi kunda bizga ushbu maqola qahramoni bo‘lgan Rouen kabi rahbarlar, xodimlar va, eng muhimi, yoshlar juda kerak. Bunday insonlar jamiyatimizda bor. Faqat ularni izlab topishimiz va yuzaga chiqarish kerak. Xo‘sh, biz juda muhim sanayotganimiz bu maktub qanaqa maktub bo‘ldi? Ushbu ocherk ilk bor 1899 yilning mart oyida “Philistine” jurnalida nashr etildi. Muallifi Elbert Xabbarddir. O‘sha davrda Nyu-York markaziy temir yo‘l stansiyasida uning 1,5 mln.ga yaqin nu sx a si tarqatilgan. Bu kichkina, lekin salmoqli, ulkan ma’no-mazmunga ega bitik o‘zbek tilidan boshqa deyarli barcha tillarga tarjima qilingan. Ocherk 2018 yil 11 iyun kuni ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi Maʼnaviyat va maʼrifat kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar nomzodi N.Umarova tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi. XX asr boshidagi Rossiya-Yaponiya urushi vaqtida har bir rus soldatiga “Garsiyaga maktub”ning nusxasi berilgan va askar qiyin vaziyatga tushgan vaqtida uni qayta-qayta o‘qish tavsiya etilgan. Asirga tushgan har bir rus askarining yonidan ushbu maqola topilavergach, yaponlar oldida jumboq paydo bo‘ldi. Unda qanday sir borligiga qiziqib qolishdi va yapon tiliga tarjima qilishdi. Bugungi kunda Yaponiya imperatorining talabiga binoan davlat ishiga, harbiy sohaga kirayotgan har bir xodimga ushbu maqola taqdim etiladi. “Garsiyaga maktub” dunyo bo‘yicha jami 40 mln.dan ortiq nusxada chop etilgan. Keling, gapni ko‘paytirmay, maqolani eʼtiboringizga havola etaman. Faqat Sizdan iltimos, agar uni o‘qib, nimadir olgan bo‘lsangiz, eng muhimi, mazmunini tushungan bo‘lsangiz, qolgan do‘stlaringizga ham ilining va ulashing. Sababi, yurtimizda shunday fidoyi rahbarlar va xodimlar ko‘paysa, o‘ylaymanki, davlatimizdagi ulkan islohotlar yana-da tezroq va sifatliroq amalga oshgan bo‘lardi. Eng muhimi, Vatanimiz tinchligi va taraqqiyoti, xalqimizning turmush farovonligini yana-da yaxshilash yo‘lida jon kuydiruvchi sobitqadam, fidoyi insonlar safi yana-da kengayardi. O‘qiganingiz uchun rahmat. Garsiyaga maktub Kubadagi 1898 yildagi tashvishlar bilan bog‘liq bir kishi yodimda qolgan. Yulduzli osmonda Mars qanday ajralib tursa, u odam ham boshqalardan shunday ajralib turardi. Ispaniya bilan AQSH o‘rtasida urush boshlanganida isyonchilar yetakchisi bilan tezkor aloqa o‘rnatishga o‘tkir ehtiyoj paydo bo‘ldi. General Garsiya Kubaning bepoyon tog‘larida joylashgan bo‘lib, uning aniq qayerda qo‘nim topgani haqida hech kim tasavvurga ega emas edi. U bilan na pochta orqali bog‘lanish mumkin edi, na telegraf orqali. Prezident uning AQSHga tarafdorligi haqidagi vaʼdasini olishi va buni zudlik bilan amalga oshirishi zarur edi. Nima qilmoq kerak? Kimdir Prezidentga “Rouen degan bir odam bor, u nima bo‘lsa ham, Garsiyani topa oladi”, deb aytadi. Rouenni chaqirib, unga maktubni tutqazdilar. Rouen maktubni qanday olgani, suv o‘tmasligi uchun bir bo‘lak terining ichiga joylashtirgani, maktubni ip bilan qay tarzda

ko‘kragiga bog‘lagani, to‘rt kundan so‘ng kechasi qayiqda Kubaga yetib kelgani, changalzorlarda qanday yashiringani va uch haftadan so‘ng dushman mamlakatini yayov kezib, orolning boshqa tarafida paydo bo‘lgani, Garsiyaga maktubni qay tarzda yetkazgani – hozir bular haqda gapirib o‘tirmoqchi emasman. Lekin bir narsani taʼkidlamoqchiman: Prezident Mak-Kinli Garsiyaga bitilgan maktubni berganida, Rouen buyruqni ado etishga yo‘l olar ekan, hatto “Garsiyani qayerdan topsam bo‘ladi?” deb ham savol bermagan ekan. Bu odamga bronzadan haykal yasab, uni butun dunyodagi barcha maktab va kollejlarga joylashtirish kerak. Yoshlarga kitoblardan taʼlim berish kerak emas, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish kerak emas, balki tishni-tishga qo‘yib, fidokorona va sadoqat bilan ishlash, uddaburonlik bilan harakat qilish, o‘zining bor kuch-quvvatini to‘plab, vazifani bajarish – “Garsiyaga maktubni yetkazish ruhi”da tarbiyalash kerak. General Garsiya ham, jasur Rouen ham vafot etib ketishgan, hozir ular yo‘q. Lekin boshqa Garsiya, Rouenlar bor-ku! Afsus, oramizda biror inson yo‘qki, ko‘pchilik bilan birgalikda biror ishga kirishgach, baʼzan o‘rtamiyona odamning notavonligi va uquvsizligidan dahshatga tushmagan, boshlangan ishni oxiriga yetkazishga shahd va xohishning yo‘qligidan lol qolmagan bo‘lsa. Nari-beri yordam ko‘rsatish, eʼtiborsizlik, pala-partishlik, loqaydlik, “yarim kuch bilan” ishlash, ishiga jon-jahdi bilan kirishmaslik hayot mezoniga aylanib qoldi, shekilli. Bugungi kunda hech kim boshqa odamning bo‘g‘ziga pichoq taqamasa, muvaffaqiyat qozonolmayapti; yoki yordam olish uchun pora beryapti; ayrim hollarda esa, Alloh taolo tomonidan moʻjiza sodir bo‘lishiga, osmondan yordamga farishta tushishiga ishonyapti. Siz, kitobxon, mening so‘zlarimni oddiygina tekshirib ko‘rishingiz mumkin. Tasavvur qiling, siz ishxonangizda o‘tiribsiz, oltita xodimingiz bor. Ulardan istaganingizni chaqiring- da: “Iltimos, qomusdan (ensiklopediyadan) qarab, Korrejio hayoti haqida qisqacha maʼlumot tayyorla”, degan topshiriqni bering. Xodimingiz astagina “ho‘p bo‘ladi” deb qo‘yilgan vazifani bajarishga otlanadimi? Aminmanki, bunday bo‘lmaydi. U sizga nursiz ko‘zlari bilan qaraydi-da, quyidagi savollardan birini beradi: - U o‘zi kim? - Qaysi qomusdan qaray ? - O‘sha qomusni qayerdan olaman? - Meni shunday ishlar uchun yollaganmidingiz?? - Siz Bismarkni nazarda tutdingizmi? - Nima, shu ishni Charliga buyursangiz bo‘lmaydimi? - O‘sha Korrejio tirikmi yoki o‘lgan? - Bu ishni shunchalik tez bajarish kerakmi?? - Balki kitobni olib kelsam, o‘zingiz qarab olarsiz?? - Sizga bu nima uchun kerak? Ishonchim komilki, siz uning barcha savollariga javob berib, qomusni qayerdan topishni aytib, bu axborot sizga nima uchun kerakligini tushuntirganingizdan keyin ham xodimingiz Korrejioni topish uchun o‘ziga yana bir kishini yordamga oladi-da, qaytib kelib, bunday odam umuman bo‘lmaganini aytadi. Balki garov o‘ynasam yutqazib qo‘yarman, lekin ehtimoli juda kam. Agar yetarlicha farosatli bo‘lsangiz, xodimingizga Korrejioni “Kar”dan emas, “Kor”dan boshlab qidirishni tushuntirib o‘tirmaysiz, siz bor-yo‘g‘i yoqimli jilmayib, “Ha, mayli” deysiz va borib, o‘zingizni qiziqtirgan maʼlumotni izlab topasiz. Bu – mustaqil harakat qilishga no‘noqlik, uquvsizlik emas, bu – tentaklik, irodasizlik, arqonni ishtiyoq bilan mahkam ushlab, yukni tortishni istamaslikdir. Aynan shu narsalar sotsializmni ancha kuchsizlantirib qo‘ydi. Odamlar o‘zi uchun harakat qilishni istamaganda, boshqalar uchun harakat qilarmidi? Ehtimol, qattiqqo‘l o‘rinbosardan hayiqib yoki shanba oqshomida ko‘chada qolish kabi noxush holat ayrim xizmatchilarni ish joyida ushlab turar, lekin sizga stenografist kerakligi haqida eʼlon bering, o‘nta daʼvogardan to‘qqiztasi savodsiz bo‘ladi, garchi ular yozishni

bilishlari va vergullarni to‘g‘ri qo‘yishlariga qatʼiy ishonsalar ham. Shunday odam Garsiyaga maktub eltib berishga qodirmikan? - Anavi hisobchini ko‘ryapsanmi? - deb so‘radi mendan katta zavoddagi tsex boshlig‘i. - Xo‘sh, nima qilibdi? - Gap shundaki, u hisobchi sifatida yomon emas, lekin uni biror arzimagan topshiriq bilan shaharga yuborsam, garchi vazifani bajarsa ham, yo‘lda to‘rtta mayxonaga kiradi va aytilgan ko‘chaga yetganida, uni nimaga yuborganliklarini esidan chiqarib qo‘yadi. Bunday odamga Garsiyaga maktub eltishni ishonib topshirib bo‘ladimi? Oxirgi vaqtlarda biz “xarob kulbalarda yashovchi jabrdiydalar”, “munosib ish axtarayotgan boshpanasiz mazlumlar”ga nisbatan hamdard bo‘lishga chaqiriqlarni hamda hokimiyat egalari nomiga haqoratlarni ko‘p eshityapmiz. Lekin negadir aynan shulardan o‘zlariga yuklatilgan ishni ozgina farosat bilan bajarishlarini talab qilish kabi behuda urinishlar tufayli keksayib qolayotgan ish beruvchilar haqida hech kim gapirmaydi. Rahbar yo‘qligida ish vaqtini yalqovlik bilan o‘tkazadigan o‘sha xodimlardan biror yordam olish umidida ish beruvchilarning uzoq sabr qilishi haqida nega lom-mim deyilmaydi? Har bir ustaxonada va har bir korxonada doimiy saralash jarayoni kechadi. Ish beruvchi umumiy ish yo‘lida harakat qilishga qodir bo‘lmagan xodimlarining javobini berib, yangi odamlarni yollaydi. Ishlar qanday ketayotgani muhim emas tanlov doimiy tarzda davom etadi. Ehtimol, ishlar yaxshi ketganida, bu tanlov biroz yumshoqroq amalga oshirilar. Lekin baribir bilimsiz va noloyiq kishilar siqib chiqariladi va ishdan ketishga majbur bo‘ladi. Qo‘lidan ish keladigan insonlarning omon qolishi uchun shu narsa yuz beradi. Shaxsiy manfaati tufayli har bir ish beruvchi o‘zida eng yaxshilarni - Garsiyaga maktubni yetkazib berishga qodir insonlarni saqlab qolishga intiladi. Men bir insonni bilaman, u ajoyib qobiliyat egasi, lekin ishlarni mustaqil uddalay olmaydi va birorta odam uni “kerak” deb bilmaydi, unga ehtiyoj sezmaydi. Chunki “ish beruvchi menga zulm qilyapti yoki zulm qilish niyati bor” degan ahmoqona g‘oya uning miyasiga mahkam o‘rnashib olgan. U buyruq berishni bilmaydi va unga buyurishlarini ham istamaydi. Agar unga Garsiyaga maktubni eltib berishni buyurganlarida, ehtimol, u “O‘zingiz elting!” deya javob bergan bo‘lar edi. Bugun shu odam ish izlab, ko‘cha kezmoqda va uning yirtiq juldur kiyimlari shamol to‘zg‘ib yuribdi. Birorta odam uni ishga olishni xayoliga keltirmaydi, chunki u dong taratgan buzg‘unchi. Sog‘lom aqlga chaqirishlar unga taʼsir qilmaydi, undan qolishi mumkin bo‘lgan yagona iz – bu qirq beshinchi o‘lchamdagi poyabzalning tagcharmidir. Albatta, bunday maʼnaviy ojiz insonga mayib-majruh odamga qaragandek, achinish bilan munosabatda bo‘lish kerak. Lekin unga rahm-shafqat qilish barobarida biror buyuk ish qilishga intilayotgan insonlar, ish soati “qo‘ng‘iroqdan qo‘ng‘iroqqacha” bo‘lgan vaqt bilan chegaralanmaydigan insonlar, pala-partishlik, tartibsizlik, naridan beri ish qilish, befarqlik, farosatsizlik, nochorlik, notavonlik va yaxshilikni bilmaslik bilan doimiy kurash olib borishi oqibatida sochi barvaqt oqarayotgan insonlar, zimmasidagi burch va vazifani vijdonan to‘laqonli ado etish yo‘lida ochlikka ham, boshpanasiz qolishga ham tayyor insonlar uchun ham ko‘z yoshi to‘kaylik. Balki mulohazalarimni o‘ta keskin bayon etgandirman. Bo‘lishi mumkin. Lekin bizning davrimizda, dunyo shunchalik botib ketayotgan paytda, men muvaffaqiyat qozonayotganlar haqida biroz gapirib qo‘ymoqchiman. Shuncha qarshilikka qaramay, boshqa odamlarning kuchini to‘g‘ri o‘zanga yo‘naltirayotgan odamlar, muvaffaqiyatga erishgach, buni oddiy narsadek qabul qiladiganlar haqida gapirmoqchiman. Men o‘zim bir vaqtlar tushlik tashiganman, yugurdak bo‘lib ishlaganman, keyinchalik ish beruvchi bo‘lib, odamlarni yollaganman, shuning uchun men hayotning ikkala tarafini ham bilaman. Bahslashmayman – qashshoqlikning yaxshi tarafi yo‘q, yirtiq-yamoqlarga hech kimning havasi kelmaydi. Lekin tan oling: hamma ish beruvchilar ham ochofat, talovchi va zolim emas, shunga o‘xshash – hamma faqirlar ham fazilatli farishta emas. Men rahbari tepasida turmaganida ham, yoki rahbari uyda ekanida ham o‘z ishini bajaradiganlarga tahsin aytaman. Shuningdek, Garsiya uchun maktubni qo‘liga

tutqazganlarida, uni xotirjamlik bilan olib, hech qanday savol bermasdan, biror bir tarzda noroziligini ko‘rsatmay, yaqin atrofdagi ariqqa maktubni tashlab yuborishni niyat qilmagan holda, undan talab qilinayotgan vazifani bajaradigan, yaʼni maktubni egasiga eltadigan odamlarga qoyil qolaman. Men ishdan bo‘shatilmaydigan insonlar va maoshni oshirish maqsadida ish tashlashga bormaydigan odamlar tarafdoriman. Taraqqiyot – ana shunday odamlarni axtarishning davomli va mashaqqatli jarayoni. Bunday odamlar nimaiki istasalar, shunga erishadilar. Bunday odamlar har bir shaharda, har bir qishloqda, har bir ishxonada, har bir ustaxonada, har bir do‘konda, har bir korxonada bo‘lishi kerak. Bunday odamlar dunyoga kerak. Garsiyaga maktubni eltib berishga qodir odamlar juda kerak. Qaydlar uchun (albatta, o‘zingiz uchun qaydlar kiritib boring. Sababi maʼlum muddat o‘tib yozganla­ringizni o‘qiganingizda siz barcha maʼlumotlarni yodga olasiz). Men nimani tushundim: __________________________________________________________________________ Menga yoqdi: ____________________________________________________________________________ ____ ___ Xulosa:_______________________________________________________________________ ___________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ _________________________________________ IKKINCHI MAQOLA Birinchi maqolada sizlar bilan “Garsiyaga mak­tub”ni yetkazib berishi mumkin bo‘lgan Rouen va bu ishni qilishdan oldin 10 ta savol berib, oxirida baribir o‘zingiz bajarishga majbur qiladigan xodimlar haqida gaplashgandik. Kanalimizda ko‘pchilikning qiziqqanini va o‘qib chiqqanlarning sonini ko‘rib, xursand bo‘ldik. Inson o‘zi olgan foydali maʼlumotlarni o‘zgalarga ham ilinishi kerak, deb o‘ylayman. Maʼnaviyat va maʼrifat faqatgina kutubxonada saqlanishi kerak emas. U qo‘ldan-qo‘lga, odamlardan-odamlarga o‘tishi, insonlar o‘rtasida tarqalishi, doimo harakatlanishi lozim. Bir davlatda mingta kutubxona bo‘lishi mumkin, lekin undan samarali foydalanilmasa, aholisining dunyoqarashi va maʼnaviyati past, aksincha, kutubxonasi ko‘p bo‘lmasa-da, fuqarolari undan unumli foydalanib, maʼnaviyatli va maʼrifatli bo‘lishi mumkin. Bugun sizlarga taqdim etadigan hikoyamiz nomi “Elchi”, muallifi – Umar Sayfiddin. Uni o‘zbek tiliga Jahongir tarjima qilgan. 1995 yilda “Tafakkur” jurnalida chop etilgan. Asarni bir nafasda o‘qib va uqib chiqdim. Demak, hikoyani taqdim etaman. O‘ylaymanki, uni o‘qib tugatganingizdan so‘ng o‘zingizga kamida beshta savol berasiz. Agar maʼqul kelsa, do‘stlaringizga ilining. Tarjimon va muallifdan uzr so‘ragan holda baʼzi joylarini qisqartirdim.

ELCHI Umar Sayfiddin Ulkan gumbazli vazirlar saroyining salqin va nimqorong‘i majlis tolori odatdagidan sokin. Tashqarida bahoriy nafas. Bo‘zrang oftob nurlari koshinlarning yashil naqshlarida tovlanadi. Parqu o‘rindiqlarga cho‘kkan horg‘in vazirlar oyoqlari ostida yal-yal yongan gilamning turfa naqshlarini tomosha qilish bilan band, madorsiz qo‘li uzun oppoq soqolini tutamlagan shayxulaʼzamning nursiz ko‘zlari, go‘yo juda olis ham tushunarsiz narsalar haqida o‘y surayotgandek, bo‘shliqqa qadalgan. – Posholar, biz jasur bir insonga muhtojmiz, – dedi u. – Eron shohining oltinu olmos, zar liboslarga burkangan elchisi podshohimizning qo‘lini o‘pishga musharraf bo‘lolmay, ul zoti oliylarining tizzasini o‘pdi, xolos. Shubha yo‘qki, Eron shohi ham bizning elchimizga xuddi shu yo‘sinda munosabatda bo‘lg‘ay. Vazirlar maʼqulladi: – Albatta. – Turgan gap. – Shak-shubhasiz... Gumonlari vazirlarning fikri bilan hamohang ekanidan dadillashgan shayxulaʼzam endi so‘zlarini ochiqroq izohlashga o‘tdi: – Alalxusus, elchilik qilguchi odam o‘ta jasur bo‘lmog‘i, kerak bo‘lsa, o‘limga ham tik bormog‘i shart. U davlatimiz shaʼniga og‘ir botguchi har bir xatti-harakatga qarshi chiqmog‘i, o‘lim tahdid solib turganda ham haqoratlarga bo‘yin egmasligi lozim. Barcha uning gapiga qo‘shildi: – Ha, ha! – Haq gap! – To‘g‘ri! Shayxulaʼzam soqol tutamlashni qo‘yib qo‘llarini tizzalariga tiradi, boshlarida shukuhli tojlar sollanib turgan vazirlarga bir-bir qarab chiqdi-da, so‘zida davom etdi: – Bale, shunday ekan, jasur birini toping. Men bunday erni na amaldorlar, na saroy va na hatto majlis ahli ichinda uchratdim. Siz ham fikr qiling. Taqvodor, tinchliksevar, beozor podshoh hukmdorlik qilayotgan ulkan davlatning kichik miyasi hisoblanmish majlis ahli sukutga cho‘mgan edi. Elchini yetti yildan so‘ng ko‘pdan-ko‘p qabihliklari uchun turk sultoni Yovuz tomonidan og‘ir jazolangan Eron shohi Ismoil Safaviy (Shoh Ismoil 1502-24 yillar Eronda hukmdorlik qilgan) huzuriga jo‘natish lozim edi. Qulab, kuli ko‘kka sovurilgan Oqqo‘ylilar saltanati xarobalarida shoh Ismoil qaroqchi davlat qurishga muvaffaq bo‘ldi. Yo‘lidagi bironta daraxtni ham aylanib o‘tmagan bu zulmkor shoh ota-bobolari qasosini olgani uchun ham kibru manmanlikni kasb etgan edi. U mislsiz vahshiyliklari bilan dunyoga dong taratgan; bir gal panoh istab kelgan tarafdorlarini bazmga chaqirib, bazm so‘ngida ularni doshqozonda tirik­layin qaynatgan, mag‘lub bo‘lgan o‘zbek sultonining bosh chanog‘ida may ichib ko‘ngilxushlik qilgan edi. Darhaqiqat, dunyo hali bundayin zolimni ko‘rmagan edi. Boyazidning tinchliksevar, taqvodor vazirlari shohning bu vahshiyliklarini titroq bilan eslashardi. Kuni kelib bu yovuz turk chegaralariga ham hujum qilib, sharqiy viloyatlarni bosib olishi mumkinligi barchaga ayon edi. O‘tgan yili u Zulqadriya (qadim Onado‘lining janubi-sharqidagi kichik davlat) hokimi Alauddavlaning qizini tanmahramlikka so‘radi. So‘radi-yu, Alauddavladan rad javobini oldi. Jaholatga mingan Ismoil qo‘shin tortdi. U turk saltanati hududlaridan o‘tib, himoyasiz Zulqadriya chegaralariga hujum qildi, Diyorbakir, Xarput qalʼalarini egallab, Alauddavlaning o‘g‘li va ikki nabirasini asir oldi. (Alauddavlaning o‘zi kishi yetmas tog‘larga qochib jon saqladi.) Shoh Ismoil bandilarni sixga tortib kabob qilishni buyurdi, so‘ng hech tap tortmay undan tanovul qildi. Sharqda bunday dahshatli

voqeani ilk bor eshitishlari edi. Urush qilish niyatidan yiroq podshoh Anqaraga Yahyo posho boshchiligida qo‘shin yuborish bilan cheklandi. Lekin shoh qonxo‘rligiga yarasha ayyor ham edi. U Usmonli yerlaridan beso‘roq o‘tgani uchun afv istab, Istanbulga tez-tez elchi yuborib turdi. O‘sha zamonlar Tirabzon hokimi bo‘lgan valiahd Yovuz otasidek sabrli emasdi: u Tabriz chegarasidan o‘tib, Boyburt va Erzinjonga qadar bo‘lgan yerlarning kulini ko‘kka sovurdi, hatto shoh Ismoilning ukasini asir ham oldi. Ismoil elchisi endi bu hujumdan noroziligini bildirmoqda, Usmonli tuproqlariga qilingan tajovuz umuman turk saltanatiga emas, faqat Alauddavlaga qarshi qaratilganini isbotlashga urinmoqda edi. Bu kun majlis ahli makkor va qonxo‘r Eron shohi huzuriga kimni elchi qilib jo‘natishni bilmay tang qolgan edi. Chunki o‘zini Usmonli sultoniga teng qo‘ygan, hatto Sharqda ulkan saltanat qurishga muvaffaq bo‘lgan bu kibrli shoh elchini turli yo‘llar bilan kamsitishga harakat qilishi, qarshilik ko‘rsatgudek bo‘lsa, qoziqqa o‘tqazishi, tiriklayin terisini shilib olishi, xullas, vahshiylarcha o‘ldirishi mumkinligi har kimga kundek ravshan edi. Shayxulaʼzamning o‘ng tomonida qabr toshidek qimir etmay turgan qizil tojli kavuk (sultonlik amaldorlarining eski bosh kiyimi) harakatga kelib, asta shayxulaʼzam tarafga burildi. – Bunday masʼuliyatli ishning uddasidan chiqadigan kishini bilaman, – dedi kavuk kiygan ulamo. - Otasi qadrdon do‘stim edi. Lekin u davlat xizmatiga kirishdan qatʼiy bosh tortgan. – Kim ekan u? – Muhsin Chalabiy. Shayxulaʼzam bu ismni ilk bor eshitib turgani uchun ham so‘radi: – Shu yaqin atrofda yashaydimi? – Xuddi shunday. – Kasb-kori nima? – U ancha o‘ziga to‘q, deyarli har vaqt kitob mutolaasi bilan mashg‘ul. Tanimasligingizga asos bor, afandim. Nom chiqargan xonadonlarga aslo qadamranjida etmas. Shuhrat ketidan quvmaydiganlar toifasidan ul... – Boisi ne? – Bilmadim. Balki, yuksalish muqarrar suratda qulash bilan intiho topishini anglab yetganidandir... – Ajab... – Lekin u jasur inson. Haq ishga jonini ham ayamaydi. Ko‘p bor harb safarlarida qatnashgan. Yuzidagi chandiqlar shu safarlardan yodgor... – Bunday ishga rozilik berishiga aminmisiz? – Aytish qiyin. – U bilan ko‘rishsak, alhamdulillah, rozi bo‘lg‘u­sidir... – Chaqirtirsangiz, huzuringizga kelmasmi, degan istiholam bor. – Bu deganingiz ne? – Kelmasligi ham ehtimoldan xoli emas. Bu dunyodan etak siltagan u. Uning uchun shohu gado barobar. – Hech qursa, vatanini sevar? – Shak-shubha yo‘q... – Undoq bo‘lsa, bu yerga uni o‘z nomimizdan emas, Vatan nomi ila daʼvat eturmiz. – Urinib ko‘rmoqqa ijozat bergaysiz, afandim. Shu oqshom shayxulaʼzam ishboshisining qo‘liga maktub tutqazib, Muhsin Chalabiyning Istanbulning Osiyo qismi – Uskudordagi uyiga jo‘natdi. Nomada davlat miqyosidagi zarur maslahat yuzasidan shayxulaʼzam huzuriga kelish iltimosi bitilgan edi. Muhsin Chalabiy kelganini bildirganlarida shayxulaʼzam bomdod namozidan so‘ng qasrining erlar tarafidagi hind matosidan tikilgan og‘ir pardali, moʻjazgina nimqorong‘i hujrasida kotibi qoldirgan arznomalarni o‘qish bilan band edi. – Buyuring, kirsin, – dedi u.

Ehtirom, xushomad va qulluqlariga o‘rganib ketgan shayxulaʼzam bir muddat bu odamning tavoze ila oyoqlari ostiga bosh qo‘yishini kutib turdi. U chetlari zalvorli zardo‘zlik bilan bezalgan nafarmon mato qoplangan o‘rindiqda sof oltindan quyilgan haykaldek qotib o‘tirar, kelgindiga taajjub-la boshdan-oyoq razm solib sukut saqlar – qarshisida ko‘ksini kerib, boshini tik tutib turgan odamni umrida ilk bor ko‘rishi edi. Noqulay jimlikni Muhsin Chalabiy buzdi: – Chaqirgan ekansiz, afandim. – Bilasanmi?.. – Qulog‘im sizda, afandim. – Yaqinroq o‘tir, o‘g‘lim. Muhsin Chalabiy hayiqmay, qo‘rqmay shayxulaʼzam yoniga kelib o‘tirdi. Shayxulaʼzam esa hamon qo‘lidagi qog‘ozlarni ko‘zdan kechirayotgandek bo‘lib, “Kim ekan o‘zi bu? Telbamikin yo?” degan o‘yni xayolidan o‘tkazardi. Biroq Muhsin Chalabiyning aqli raso, qolaversa, hech kimga mute bo‘lmay yashash uchun yetarli davlati ham bor edi. Uning kattagina qo‘toni, Chamlija o‘rmoni ortidagi yeri manaman degan boyning mulkidan qolishmasdi. U halol yashar, hech kimning oldida bo‘yin egmas, kambag‘alu bechoraga, kasalmand-u boshpanasizlarga yordam berib kelar edi. Xonadonidan mehmon arimasdi. U xudojuy, ammo aslo mutaassib emasdi. Muhsin Chalabiy ona yurtini haddan ziyod sevar, vatanini Kaʼbadek muqaddas bilar edi. Eʼtiqodi Ollohdan o‘zgasiga sajda qilmaslik, bandasiga sig‘inmaslikdan iborat edi. Uning fazilatu ilmiga hayron edilar. Zamondoshi, taniqli olim Ibn Kamol u haqda “Mening ustozim shu!” degan edi. Muhsin Chalabiy bironta qasida yozmagan va hatto o‘qimagan bo‘lsa ham, qalban shoir edi. U qirqlardan oshgan, ammo qarshisida namoyon bo‘lgan shon-shuhratga eltuvchi hech bir yo‘lni tanlamagan edi. U oltindan jilolangan, havorang anvoyi gullar sochilgan porloq bu yo‘llarning so‘ngida insonni ayanchli o‘lim kutajagini yaxshi bilardi. Inson – Ollohning yerdagi xalifasi, oliy va qudratli mavjudot, deb hisoblardi u. Olloh insonni o‘z fazilatlari bilan siylagan. Inson har narsadan yuksak. Laganbardorlik, xushomad qilish asl insonning ishi emas! Muhsin Chalabiy barcha haqoratlarga chidab, egilib-bukilib shuhrat cho‘qqisiga emaklayotgan kibrli masxarabozlardan, yer yuzida ilondek sudralib yurgan g‘urursiz bandalardan nafratini yashirmasdi. U bunday razolatni ko‘rmaslik uchun ham insonlardan uzoqlashgan, faqat urush bo‘lgandagina kambag‘allardan tashkil topgan qo‘shinga rahbarlik qilish uchun uzlatni tark etmog‘i mumkin edi. Muhsin Chalabiyning o‘zini erkin tutishi shayxul­aʼzamni ancha taajjubga soldi, biroq g‘azabini keltirmadi. – Biz Tabrizga elchi jo‘natmoq niyatidamiz. Borishga rozimisan? – Menmi? – Ha. – Nima uchun aynan meni tanladingiz? – Sendan o‘zga munosib odam topolmadik. – Shu choqqa qadar davlat xizmatiga kirgan emasman. – Sabab? Bir oz sukutda qolgan Muhsin Chalabiy jilmaydi: – Chunki men bo‘yin egolmayman, qo‘lni, etaklarini o‘pishga odatlanmaganman. Bugungi mansabdorlar o‘z mavqeiga egilib-bukilib, ikkiyuzlamachilik va xushomadlar ila qo‘l va etakni, hatto oyoqlarni o‘pib erishganlar. Ularning arzandayu yaqinlari, ular homiyligida kun kechirayotgan kimki bor – bari tuban ikkiyuzlamachi, axloqsiz xushomadgo‘y, vijdonsiz lo‘ttiboz, jirkanch tekinxo‘rlardir. Atroflarida dovyurak, qadr-qimmatini biluvchi halol insonni ko‘rsalar bormi, quturib, xusumatga to‘lib-toshib, uni yo‘q qilish payiga tushadilar. Shayxulaʼzamning tishlari jipslashdi, ko‘zlari qisildi, qo‘lidagi qog‘oz g‘ijimlandi. Jahlga erk beradigan ahvolda bo‘lmasa ham, g‘azabning zo‘ridan yonoqlari uchib-uchib tusha

boshladi. Hali shayxulaʼzamlik rutbasiga ko‘tarilmagan, bor-yo‘g‘i viloyat hokimi bo‘lib yurgan kezlarida ham hech kim u bilan bu tarzda ochiq gaplashishga jurʼat etmagan edi. “G‘irt telbaning o‘zi-ku bu... Aksi bo‘lsa-chi? Betgachoparligini qarang! Axir, bu gaplar dunyoning mavjud tartiboti, qonun-qoidasiga zid emasmi?” degan fikrlar xayolidan kechdi. Shayxulaʼzam ko‘zlari yana-da qisilib, soqchilarni chaqirish taraddudiga tushganda bexosdan ko‘nglining allaqaysi tubida mudrab yotgan vijdon sasini tuydi: “Mana, o‘zing ham xushomad, ikkiyuzlamachilik, laganbardorlik yo‘li bilan yuksalganlar kabi erkin, dangal gaplarni ko‘tarolmaysan. Qarshingda jasur insonni emas, oyog‘ingni yalashga tayyor itni, sharmandalarcha yetti bukilgan masxarabozni, pastkashni ko‘rmoq istaysan”. Shayxulaʼzam qisiq ko‘zlarini ochdi, qo‘lida g‘ijimlab turgan qog‘ozni chetga qo‘yib, Muhsin Chalabiyga qaradi. Qilich izidan qolgan chandiq yaltirab turgan do‘ng peshona, otashin yonoqlar, baquvvat bo‘yin, yirik o‘rkachli burun, bejirim salla. “Shohnoma” sahifalarida uchraydigan qadim pahlavonlarga o‘xshab ketadi. Darhaqiqat, chinakam pahlavon bu. Peshonasida qilich chuqur iz qoldirgan bo‘lsa ham, u tirik – qarshisida turibdi. Shayxulaʼzamga adolat hissi begona emas edi. G‘ururi vijdon ovoziga qarshi chiqa olmadi. “Ha, – xayolidan o‘tdi uning, – ko‘nglimizdagi odam mana shu bo‘ladi. Bunday dovyurak zot vataniga, xalqiga qilingan haqoratni ko‘tarmaydi, o‘limdan qo‘rqib bosh egmaydi”. Shayxulaʼzam so‘zida davom etdi: – Tabrizga elchi bo‘lib borasan. – Shuncha ishonchli kotibu xo‘jalaringiz bo‘laturib, nega meni yubormoqchisiz? – Shoh Ismoilning qabihliklaridan boxabardirsan? – Ha. – Vataningni sevasanmi? – Sevaman. Qudratli shayxulaʼzam qomat rostladi. – Juda soz! Eron shohi elchiga ozor yo‘q, degan qoidaga amal qilmaydi. U bizning dushmanimiz. Jang maydonida bizni mag‘lub eta olmasligini bilaturib, elchimiz bilan hisob- kitob qilish payida bo‘ladi. Olloh g‘azabidan qo‘rqmagan bu nobakor elchini azoblab o‘ldirishdan ham toymaydi. Magar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, elchimizga qilingan haqoratni davlatimizga nisbatan haqorat deb bilgaymiz. Har ne bo‘lmasin, o‘limga tik boradigan inson kerak. U Eron shohiday yaramas maxluqqa yarasha javob bera olmog‘i darkor. Agar chindan ham vataningni suysang, o‘zingni qurbon qilishga rozi bo‘lasan. – Roziman, afandim. Faqat bir shartim bor. – Sharting ne? – Qurbonlikka haq to‘lanmaydi, u ko‘ngildan chiqadi. Aks holda, u qurbonlik emas, shaxsiy manfaatga erishish ilinjiga aylanadi. Shu bois men na haq, na mansab va na nafaqadan umidvorman... – Bu nima deganing, o‘g‘lim? Shohning elchisi zar liboslarga burkanib keldi. Otlariyu xizmatkorlari ham salobatli edi. Elchimizning otlari, xizmatkorlari, kiyim-kechaklari undan- da salobatli, undan-da shohona bo‘lmog‘i darkor. Bu chiqimlar uchun senga xazinadan bir qancha ming oltin ajraturmiz. Muhsin Chalabiy unga o‘girilib, iyagini oldinga chiqardi. – Yo‘q, xazinadan hech narsa olmayman. Otlaru xizmatkorlar tashvishini menga qo‘yib berursiz. Iltifotingizga qulluq. Shayxulaʼzamning ko‘zlari hayratdan chaqnadi. – O‘zim esa shunday shohona libos kiyayki, shoh Ismoilning tushiga ham kirmagan bo‘lsin! – Unday kiyimni qaydan olasan? – Zardo‘z Tur o‘g‘lidan hind matosiga gavhar qadab, venetsiancha uqalar bilan bezalgan hirqa sotib olaman. – Shuncha pulni qaydan topasan, o‘g‘lim? – deya taajjublanib so‘radi shayxulaʼzam. Uning taajjubida jon bor. Bir oy muqaddam tikib bo‘ling‘an bu hirqa Istanbul ahli orasida doston edi. Noyob pushti gavhar bilan bezalgan bu moʻjiza hirqani vaziru vuzaro podshohga

inʼom etish uchun sotib olishga harakat qilgani sari Tur o‘g‘li uning narxini oshirgani oshirgan edi. Muhsin Chalabiy qimmatbaho hirqani qanday sotib olishini tushuntirdi: – Yerni, qo‘tonni, uyimni ham garovga qo‘yib, tujjorlardan o‘n ming oltin qarz ko‘taraman. Ikki mingini ot-ulov va xizmatkorlarg‘a sarflab, qolgan sakkiz mingiga o‘sha hirqani sotib olaman. Shayxulaʼzam uning rejasini aqlsizlikka yo‘ydi. – Qaytib kelganingda, – dedi u, – hirqaga hojat ham qolmaydi. Bu libos faqat tantanali marosimlarga yarashadi. Uni sotib olsang, davlatingdan ayrilib, muhtojlikka giriftor bo‘lasan-ku! – Aslo. Sakkiz minglik hirqani Tur o‘g‘li yetti mingga qaytib olishga rozi bo‘ladi. Bu pulga yerimni qaytarib olishim mumkin. Agar qolgan qarzlarni to‘lay olmasam, na iloj, otamdan meros qo‘tonni sotishga to‘g‘ri keladi. Axir, hadeb davlatdan olaverish insofdan emas, nimanidir fido etish kerak-ku! Muhsin Chalabiyning so‘zlarini eshitgani sari shayxulaʼzamning hayrati ortib borardi. Ko‘ngli taskin topardi. Hukmdorlikka noloyiq zolimning taʼzirini berib qo‘yadigan munosib odamni Xudoning o‘zi yetkazib turibdi. Shayxulaʼzam og‘ir kavugini silkitib jilmayardi. O‘, bu qo‘rqoq, ehtiyotkor maslahatchilar-yey... Hayotlariyu davlatlaridan ajrab qolishdan cho‘chib naqadar titrab-qaqshadilar-a! Agar elchilikni shulardan biriga topshirsa, davlatdan ko‘ra ko‘proq o‘z manfaatini o‘ylar, inʼom ilinjida barcha haqoratlarga bardosh berar edi. Shayxulaʼzam tushlikka taklif qilganiga qaramay, Muhsin Chalabiy izn istadi. Shayxulaʼzam uni eshikka qadar kuzatib chiqdi. Keyingi olti oy ichida Muhsin Chalabiy katta yeri, qo‘toni, uyi, do‘konlari, bog‘i, polizini garovga qo‘yib, tujjorlardan o‘ziga kerakli mablag‘ni yig‘di. Uning otu xizmatkorlari haqiqatan ham shohona edi. Tur o‘g‘lidan tillarda doston bo‘lgan o‘sha hirqani safardan qaytganida yetti mingga qaytarish sharti bilan sotib oldi. Yosh xotini, ikki bolasini qarindoshining uyiga qo‘yib, yo‘qligida xarajatlar uchun ro‘zg‘orga yetarli pul qoldirdi. So‘ng podshohning yorlig‘ini yoniga solib, yo‘lga tushdi. Yo‘l yurgani sayin yangi elchining hashamati-yu ko‘rki, ayniqsa, pushti gavhar bezak berilgan hirqa haqidagi ovozalar ortib bordi. Bu ovoza butun Onado‘liga yoyilib, Eronga ham yetdi. Nihoyat, Muhsin Chalabiy tantana bilan Tabriz qalʼasiga kirib bordi. Bu kichik poytaxtning yasan-tusanu dabdabaga, yaltiroqligu turfa bezaklarga o‘lgudek o‘ch aholisi istanbullik elchining hirqasini ko‘rib lol qoldi. Shaharda, saroyda, bazmlarda ham asosiy mavzu elchining hirqasi edi. Shoh Ismoilning o‘zi pushti gavhar hirqa haqida eshitgan-u, sira ko‘rmagan edi. Shundanmi, ko‘nglida turk elchisiga nisbatan kek olovlandi. Negadir undan o‘ch olgisi keldi. Muhsin Chalabiyni qabul qilishdan oldin taxt ortiga jallodlarni qo‘ydi, taxt oldidagi kimxob to‘shaklaru ipak gilamlarni olib tashlashni buyurdi. Shohning o‘ng tarafida vazirlar, chap tarafida sarbozlar saf tortgan edi. Muhsin Chalabiy ravoq ostidagi eshikdan erkin, dadil qadamlar bilan kirib keldi. Odatdagidek boshi tik, ko‘ksi baland; U yonidan sulton yorlig‘ini olib tavof qildi-da, qirmizi, yashil, zangor, binafsharang ipaklaru oltin uqalarga burkanib, vahshiy qushlarga xos sovuq xotirjamlik bilan oltin taxtda hurpayib o‘tirgan shohga uzatdi. Shohning yuzi murdadek oqardi: elchi hatto oyog‘ini o‘pmadi! Aqlini mislsiz g‘azab chulg‘adi-yu, biroq o‘zini bosib, yorlig‘ni qo‘liga oldi. Muhsin Chalabiy taxtdan uzoqlashib, atrofga boqdi. O‘tiradigan joy yo‘q edi. O‘zicha tabassum qilar ekan, “Gap bu yoqda deng! Shoh oldida ehtirom-la tik turishimni xohlabdilar- da! Bu haqoratga qanday javob qilsam ekan?” deb o‘yladi. Birdan xayolini yashin tilib o‘tgandek bo‘ldi. Muhsin Chalabiy shartta egnidagi pushti gavharli hirqani yechdi-da, taxt qarshisiga – yerga to‘shadi. Shoh Ismoil, uning vazirlariyu qo‘mondonlari elchiga hayrat-la boqib turardi. U esa qimmatbaho hirqaga chordona qurib, so‘zlay boshladi. Ovozidan jinlaru ajdarlarning ajib tasvirlari bilan bezalgan oltin gumbazlar titrab ketdi: – Yorlig‘ini qabul qilib olganingiz buyuk podshohim O‘g‘uz Qoraxon naslidandir. Dunyo yaralgandan beri uning ajdodlaridan hech qaysisi qul bo‘lmagan. Ularning barchasi podshohu

xon o‘tganlar. Dunyo yaralgandan beri ajdodlari hukmdor o‘tgan podshohning elchisi yot podshoh qarshisida tik turolmaydi. Zotan, dunyoda mening podshohimga teng keladigan hukmdor yo‘q... Muhsin Chalabiy baland ovoz bilan sodda turk tilida so‘zlayotganda shoh qizarib-bo‘zarib o‘tirdi (Shoh Ismoil, uning yaqinlari ham asli turk qabilalariga mansub bo‘lib, turk tilini tushunardi). Hayajondan qo‘lidagi ochishga ulgurmagan yorlig‘ titrardi. Taxt ortida turgan jallodlar shay – qilich yalang‘ochlagan edilar. Muhsin Chalabiy esa so‘zida davom etardi. Shohning ayonlari, vazirlar, sarkardalar, jallodlar, hukmdorlarining sabriga hayron edilar. Baʼzilari hatto norozilik oshkor eta boshlagan edi. So‘zini tugatgan Muhsin Chalabiy ketishga ruxsat ham so‘ramay o‘rnidan turdi-da, eshik tomon yo‘naldi. Shoh Ismoil tosh kabi qotgan edi. Bir necha yil burun Chaldironda darz ketgan g‘ururi bugun bor-yo‘g‘i bitta turkning olovli nigohlari ostida erib bitdi. Muhsin Chalabiy chiqib ketayotgan payt shoh o‘zi singari hayratdan qotib qolgan mulozimlaridan biriga: – Hirqasini berib yuboring, – deya oldi, xolos. Navkarlarning biri yerda yotgan hirqani ko‘tarib turk elchisiga yetib oldida: – Hirqangizni unutdingiz. Oling, marhamat, – dedi. Muhsin Chalabiy to‘xtadi, yuzida tabassum jilvalandi. So‘ng eshik tomon burildi-da, shoh eshitar qilib dedi: – Yo‘q. Men uni unutganim yo‘q. Uni sizga qoldiraman. Saroyingizda buyuk podshohning elchisini o‘tqizishga na gilam, na to‘shak ko‘rdim. Buning ustiga, turk yerga to‘shagan narsasini hech zamon qaytib egniga ilmaydi. Nahot shundan bexabar bo‘lsangiz? Muhsin Chalabiy kechayu kunduz demay ot choptirdi. Uskudorga yetganida sariq chaqasi ham qolmagan edi. Shunda u shohona kiyingan xizmatkorlariga qarab: – O‘g‘illarim! – dedi. – Otlarni ham, zebu ziynatlarni, egningizdagi kiyimu qimmatbaho toshlar bilan bezalgan xanjarlarni sizga tortiq etdim. Shunga rozimisiz? – Rozimiz! Rozimiz! – Olloh rozi bo‘lsin, umringizni ziyoda qilsin! Muhsin Chalabiy shu javobni olib, ularni tark etdi-yu yelkasidan tog‘ ag‘darilgandek bo‘ldi. Uyini chetlab, dengiz qirg‘og‘ida qayiqqa o‘tirdi-da, saroy tomon oshiqdi. Shayxulaʼzam bilan yuzlashib, yorlig‘ni shohga topshirgani, o‘zini zinhor haqoratga qo‘ymagani, shohning javobini ham kutmay, Istanbulga qaytganini birma-bir so‘zlab berdi. Elchi burchini sharaf bilan ado etganiga shubhalanmagan shayxulaʼzam undan yo‘l taassurotlarini so‘rab- surishtirdi. Muhsin Chalabiy ketayotgan choq shayxulaʼzam so‘rab qoldi: – Hirqang qani? Men uni sotib olmoqchiman. – Uni olib kelmadim. – Eronda sotdingmi? – Yo‘q. – O‘g‘irlatdingmi? – Yo‘q. – Unday bo‘lsa, nima qilding? – Hech narsa. Shayxulaʼzam har qancha qichab, savol ketidan savol bermasin, hirqaning qayga g‘oyib bo‘lganini bilolmadi. Muhsin Chalabiy qilgan ishlari bilan maqtanib yuradigan insonlardan emas edi. Chalabiy shu oqshom Uskudorga qaytib ketdi. U ertasi kun hirqani qaytib olish uchun yetti ming oltin ko‘tarib kelgan zardo‘z Tur o‘g‘liga ham hirqa haqida lom-lim demadi, Istanbul ahli har qancha uydirma to‘qib chiqarmasin, pushti gavharli hirqaning asl taqdiridan bexabar qoldi. Tabriz qasridagi voqea unutilib, sirligicha qolib ketdi. Bir vaqtlar davlati oshib-toshgan Muhsin Chalabiy qarzlaridan amallab qutuldi, ammo yeru qo‘tonini qaytib olishga qurbi yetmay, daromadidan ajradi. Eronga borib kelgan otiyu qimmatbaho toshlar bilan bezalgan ayilini sotib, Qo‘zg‘unjuqdan bir parcha yer oldi. Yetishtirgan hosilini bozorda sotib ro‘zg‘or tebrata boshladi.

Odamlar keyinchalik: “Bechora, umrining oxirigacha Uskudor bozorida sabzavot sotib kun ko‘rdi, qismati achchiq, hayoti og‘ir kechdi, lekin hech kimning oldida bo‘yin egmadi”, deb gapirib yurdilar. E, odamlar... U bor davlatini yurti uchun bir daqiqada qurbon etganini ular qaydan ham bilsin? JAHONGIR tarjimasi. “Tafakkur” jurnali, 1995 yil. Qaydlar uchun : Men nimani tushundim: _______________________________________________ Menga yoqdi: ______________________________________________________________________________ Xulosa:___________________________________________________________________ __ UCHINCHI MAQOLA Ushbu maqolamizda ko‘tariladigan masala jamiyatimizdagi eng dolzarb va hammaga aloqasi bor bo‘lgan mavzudir. 2019 yil 17 iyul kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida xalq taʼlimi tizimini yana-da isloh qilish masalasida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda ko‘tarilgan asosiy masala bu umumtaʼlim maktablari faoliyatini va taʼlim tizimini tubdan yaxshilash, pedagoglarning jamiyatdagi mavqeini oshirish, farzandlarimizga bilim berish jarayonini mutlaqo yangi sifat bosqichiga ko‘tarishdir. Agar Janubiy Koreya, Yaponiya, Singapur, Xitoy va Malayziya davlatlarining rivojlanish tarixiga nazar solsak, ularning bugungi taraqqiyoti taʼlim sohasidagi islohotlar tufaylidir. Bugun biz farzandlarimizni bilimga chanqoq, doimo o‘z ustida ishlaydigan, masʼuliyatli etib tarbiyalamasak, yoshlikdan kitobga mehr qo‘yishni o‘rgatmasak, ertaga hech qanday rivojlanish va buyuk kelajak haqida gapirmasak ham bo‘ladi. Taʼlim tizimining eng muhim va zarur sharti o‘z ustida ishlashni o‘rgatishdir. Nimaga bu ish muhim? Birinchidan, o‘z ustida ishlash insoniyatga Odam Ato va Momo Havodan meros bo‘lib qolgan. Sababi – ular jannatdan quvilib yer yuziga tushganida, ularning ustozi bo‘lmagan va ular o‘z ustlarida ishlashgan, yaʼni barcha narsani o‘zlari o‘rganishgan. Shu-shu insonga o‘z ustida ishlash ko‘proq samara berishi meros bo‘lib qolgan. Ikkinchi muhimligi, o‘z ustida ishlash ko‘nikmasini yoshlikdan odatga aylantirmas ekansiz, umringiz farzandingizga dars qil, kitob o‘qi, yodla bilan o‘tadi. Xitoyda buning oddiy yechimini topishgan ekan. Bugun taqdim etadigan hikoyamiz “Tirishqoq Yun Su” deb nomlanadi. Yun Su – Xitoyda barcha bolalar uchun qahramon. Deyarli har bir ota-ona farzandiga ushbu hikoyani o‘qib berar ekan. “Tirishqoq Yun Su” hikoyasini ilk bor o‘zbek tiliga tarjima qildik. O‘ylaymanki, uni o‘qib tugatganingizdan so‘ng o‘zingizga kamida ikkita savol berasiz. Agar maʼqul kelsa, do‘stlaringizga ham ilining. Eng muhimi, birinchi navbatda, farzandingizga o‘qib bering. TIRISHQOQ YUN SU Bir zamonlar Fuchjou yaqinida Yun Su ismli bolakay yashagan ekan. Uning otasi vafot etib, onasi bilan yolg‘iz qolibdi. Uylari bo‘m-bo‘sh, faqirlikda turmush kechirar ekanlar. Ayrim paytlari uylarida bir siqim guruch ham topilmas ekan. Yun Su taʼlim olish yoshiga yetibdi, lekin unda na qog‘oz, na siyoh, na yozish uchun cho‘pqalam bor ekan. Shunday bo‘lsa-da, Yun Su “o‘qiyman”, deya qatʼiy ahd qilibdi va

qashshoqlikdan chiqish yo‘llarini izlay boshlabdi. U buni – qashshoqlikdan, nochorlikdan qutulishning yagona yo‘li ilm ekanini bilardi. Va kelajakda bolalari ham o‘ziga o‘xshab kambag‘allikda yashashini xohlamasdi. Ertasiga ertalab badavlat qo‘shnisining yoniga kelib, shunday debdi: “Eshitishimcha, uyingizga xizmatkor izlayotgan ekansiz. Iltimos, meni yollang! To‘g‘ri, yoshim katta emas, lekin shunga yarasha ko‘p narsa ham so‘ramayman: har zamonda o‘g‘illaringiz qanday o‘qiyotganini ko‘rib tursam bas, shuning o‘zi kifoya”. Boy “tekin xizmatkor topildi”, deb xursand bo‘lib, rozilik beribdi. Yun Su boyning uyida ertadan kechgacha mehnat qilar ekan. Hamma og‘ir ishlar uning zimmasida edi. Lekin Yun Su ahyon-ahyonda xo‘jayini farzandlarining kitoblariga ko‘z tashlash imkoniga ega bo‘lardi. Baʼzida esa unga darslarni to‘liq tinglash ham nasib qilar ekan: o‘qituvchi kelganida Yun Su burchakka berkinib olib, darsni kuzatar va shu tariqa bilim olardi. Bir yildan keyin u so‘zlarni mustaqil tahlil qila boshlabdi. Lekin baxtga qarshi u yozishni bilmas ekan! Yozadigan narsasi ham yo‘q ekan. Yun Su “nima qilish mumkin?” deya o‘ylanib qolibdi va yechimini topibdi. Yun Su onasi bilan dengiz bo‘yidagi kichkina uychada yashardi. Dengiz to‘lqinlari qirg‘oqdagi qumni kun davomida tekislar ekan. Shundan foydalanib, Yun Su uzun tayoqni olib, qirg‘oqqa kelibdi. Chaqqonlik bilan qumga so‘z yozibdi. To‘lqin kelib, so‘zni yuvib ketibdi. Bolakay yana yozibdi – boshqa to‘lqin so‘zni yana yuvib ketibdi. Bu tarzda u qalam va qog‘ozsiz bitmas-tuganmas so‘zlar yozishi mumkin ekanini tushunibdi. Lekin endi unda kitobga ehtiyoj paydo bo‘libdi. Kunlarning birida Yun Su boy xo‘jayinining yoniga borib, shunday debdi: “Men xonadoningizda tekin xizmat qildim – endi menga haq to‘lashingizni so‘ramoqchiman: xizmatim evaziga menga kitoblaringizni o‘qishga ruxsat bersangiz, men yana bir yil sizga bepul ishlab berishga roziman”. Xo‘jayin bunday naf keltiradigan xizmatkorni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqib, ruxsat beribdi. Endi Yun Suda kitob ham bor edi. Ko‘pincha, u qorong‘u tushguncha ishlashga majbur bo‘lar, tundagina o‘qishga vaqt topar ekan. U shunchalik yo‘qsil bo‘lgan ekanki, hatto chiroq uchun yog‘ ham sotib ololmas ekan. Biroq Yun Su taslim bo‘lmabdi. U oy yorug‘ida o‘qib, yozishga odatlanibdi. Oy bo‘lmaganida esa Yun Su kechasi yaltirab ko‘rinadigan qurtlarni o‘tlar orasidan terib olib, ularni qog‘oz fonusga solib qo‘yar ekan. Shu hasharotlarning kuchsizgina yorug‘i ostida tirishqoq Yun Su tunda mutolaa qilishni davom ettirar ekan. Oradan ko‘p yillar o‘tibdi. Yun Su niyatiga yetibdi – buyuk olim bo‘lib yetishibdi. Ammo hali-xanuz odamlar kambag‘al kichkintoy Yun Suning tirishqoqligini tez-tez yodga olishar ekan. Qaydlar uchun:. Men nimani tushundim: ____________________________________________________________________ Menga yoqdi: _______________________________________________________________________________ Xulosa:______________________________________________________________________ Farzandingizga o‘qib berdingizmi? Ha________ Yo‘q_______

TO‘RTINCHI MAQOLA Endi sizga aytib bermoqchi bo‘lgan hikoyam “Tirish­qoq Yun Su”ning mantiqiy davomidir. Ushbu voqea o‘zimning hayotimda bo‘lib o‘tgan. HIND RAKESH 2017 yilda o‘g‘lim Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan Mental arifmetika bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etdi. Men kuzatuvchi sifatida u bilan birga bordim. Musobaqada 35 davlatdan 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 700 nafar bola ishtirok etishdi. Musobaqa boshlandi, tashkilotchilar tomonidan shaffoflikni taʼminlash maqsadida katta zalda ota-onalar uchun ekranlar o‘rnatilgan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda hamma kuzatib turipti. Mening diqqatimni tortgan narsa yonimdagi Hindistondan tashrif buyurgan er-u xotin bo‘ldi. Ularning tashqi ko‘rinishidan bilinib turibdi – o‘ziga to‘q oila emas. O‘zlarining haykalchalarini qo‘yib olib tinmasdan duo qilishardi. Men ularning yoniga borib o‘tirdim va suhbatga tortdim. “Nimaga buncha hayajondasizlar, mening o‘g‘lim ham ishtirok etyapti, farzandlarimizning shu yerga kelganining o‘zi katta yutuq”, dedim. Shunda eri o‘z hayotini menga so‘zlab berdi. Uning oilasiga va farzandiga bo‘lgan munosabatini ko‘rib taʼzim qildim. Uning hikoyasi meni butunlay lol qoldirdi. Bugungi kunda Prezidentimizning bolalarimizni, yoshlarimizni jisman sog‘lom, ruhan barkamol, ilmu maʼrifatli, yetuk salohiyatli bo‘lishlari uchun jon kuydirishlari, yaratayotgan imkoniyatlaridan unumli foydalanayotgan, farzandlari taqdiri uchun qayg‘urayotgan va yoki, aksincha, bu jarayonlarga mutlaqo befarq bo‘layotgan ota-onalarni ko‘rsam, shu voqea yodimga tushadi... Voqeaga qaytamiz. Hind kishining ismi, adashmasam, Rakesh edi. Oilasi Kalkutta shahrida yashar ekan. Juda qashshoq holda kun kechirishgan, otasi, bobosi – barchasi muhtojlikda yashashgan ekan. Rakeshning taʼkidlashicha, avloddan avlodga meros bo‘lib kelayotgan kambag‘allik joniga tekkan va farzandlari, nabiralari kelajakda unga o‘xshab qashshoqlikda kun kechirishini mutlaqo xohlamaydi. Uzoq o‘ylab buning yagona yo‘li farzandiga ilm berish va shu yo‘l bilangina bu meros bo‘lib kelayotgan botqoqlikdan chiqishi mumkinligiga ko‘zi yetgan. Shundan so‘ng er-u xotin tun- kun ishlab topgan pulini bolasining ilm olishiga sarflagan. Rakeshning aytishicha, ular faqat nonushta qilarkan, “tushlik va kechki ovqat yemaymiz, agar uch mahal ovqatlansak, yaʼni ota- onamga o‘xshab topgan pulimizga faqat ovqat yesak, unda bolamni o‘qitishga pulimiz yetmaydi va u ham menga o‘xshab nochor hayot kechiradi. Kiyim-kechakdan deyarli voz kechganmiz, to‘rtta faslga bitta kiyim yetadi, hamma topgan pulimizni o‘g‘limizning matematikani o‘rganishi va maktabiga sarflaymiz…” Ha, ilm – yagona najot yo‘li, har qanday nochorlik va kambag‘allikdan qutulish, yorqin kelajakka umid qilishga kuch beradigan moʻjizadir. Musobaqa tugadi, Rakeshning farzandi uchinchi o‘rinni oldi - eru xotinning xursandchiligini, hayotdan mamnunligini ko‘rsangiz edi! Men ishonaman – hindistonlik Rakesh hali o‘zi orzu qilganidek, otameros qashshoqlikdan butunlay qutuladi! Chunki, u eng to‘g‘ri, eng mashaqqatli, eng sharafli yo‘l – farzandini ilmli qilish yo‘lini tanladi. Mana shunday ota-onalar jamiyatda ko‘payishini xohlayman, farzandining ziyoli bo‘lishi uchun jon kuydiradigan, kechasi ishdan charchab kelganida, farzandi yoniga kitob ko‘tarib kelib, o‘qib bering, desa, barcha charchoqlarini unutib, sakrab turib bolasi bilan kitob o‘qiydigan, soatlab ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini ko‘z-ko‘z qilish o‘rniga farzandiga badiiy kitob o‘qib beradigan, choyxona-yu restoranga bormay, farzandi bilan kitob do‘koniga borib, eng sara asarlarni xarid qiladigan, kutubxonalardan kitob qidiradigan ota-onalarga taʼzim qilgim keladi. Jamiyat tanazzulga yuz tutishiga, yemirilishiga asosiy sabab maʼnaviyat va maʼrifatdan uzoqlashishdir. Oramizda shunday odamlar bor – o‘zi hayotida bir martagina ko‘rgan odamini to‘yga chaqirib, har biriga 125 mingdan 500 kishiga pul to‘lab, to‘y qiladi, biroq ingliz tili

repetitoriga 30 ming so‘mni qizg‘anadi. Uch qavatli saroy quradi, yilda bir marta keladigan mehmon uchun katta mehmonxona soladi, yigirmatalab xonasi bo‘laturib, maʼnaviyat o‘chog‘i bo‘lgan bitta kichikkina kutubxonasi yo‘q oilalar qancha... Ming afsus… Hurmatli ota-onalar! Kelajagimiz ilmli, zukko farzandlar qo‘lida. Shunday ekan, kelinglar, birgalikda kelajagimizga mos farzandlar tarbiyalaylik. Agar biz bu yo‘lda birlashmasak, barchamiz birgalikda kelajak uchun qayg‘urmasak, taʼlim va tarbiya bilan shug‘ullanmasak, hech narsaga erisha olmaymiz. Qaydlar uchun:. Men nimani tushundim: ____________________________________________________________________ Menga yoqdi: _______________________________________________________________________________ Xulosa:______________________________________________________________________ FARZANDIMGA MAKTUB Assalomu alaykum! Aziz dilbandim! Bugun senga maktub yozmoqdaman. Ushbu maktubni dadangning xatolarini takrormasliging, yutuqlariga dadangdan-da tezroq erishishing, eng muhimi, har qanday sinovli kunlarda ham Insonligingni saqlab qolishing uchun yozmoqdaman. Sen dunyoga kelganingda mendan baxtli inson yo‘q edi. Ilk bor o‘zing mustaqil qadam bosganing, tiling chuchuklanib “dada” so‘zini aytganing, o‘zing mustaqil ravishda telefon raqamimni terib, “Qachon ishdan kelasiz?” deganlaring kechagiday yodimda. O‘shanda men juda baxtli edim. Farzandim, ushbu maktubni yozishimning asosiy sabablaridan yana biri, bugungi tez o‘zgaruvchan, texnologiyalar kun sayin emas, soniya sayin o‘zgarib, shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda sening kelajaging va ertangi kunga tayyor bo‘lishingdir. Bu narsa men uchun juda muhim. Sening kechagi mulohazalaring, yaʼni “Dada, televizorda ko‘rdim, 2030 yilga borib robotlar odamlarning o‘rnini egallar ekan, 700 million inson ish o‘rinlarini robotlarga topshirar ekan. Men unda ayni 21 yoshga to‘lgan, endi universitetni tamomlagan bo‘larkanman. Nima, men ishsiz qolamanmi?” degan savoling meni tun bo‘yi o‘ylanib chiqishga majbur qildi. O‘g‘lim, faqat ota-onagina farzandi uchun hech ikkilanmay, bir soniya ham o‘ylamasdan jonini fido qila oladi. Misol uchun, buyuk shoh va sarkarda Bobur Mirzo shuncha farzandi va davlati bo‘laturib, shahzoda Humoyunning dardini Ollohdan o‘ziga so‘raydi. Mana shunday fidokorliklari tufayli ham ota-onalarni rozi qilish mukofotiga jannat vaʼda etilgandir. Hech bir ota-ona farzandiga aslo yomonlikni ravo ko‘rmaydi, o‘zi boshidan kechirgan qiyinchilikni u ham bosib o‘tishini xohlamaydi. Farzandim, 2030 yilga kelib, ishsiz qolishni istamasang, texnologiyalar rivojlangan zamonda insoniyligingni yo‘qotishni xohlamasang, ota-onang duosini olib, jannati bo‘lishni istasang, nasihatlarimga amal qil. Eng muhimi, kimdir yoki nimadir uchun ilm olma. Yaʼni baho uchun, men uchun yoki amal uchun. Ilm yo‘li ibodat. Masjidga hamma kirishi mumkin, kimdir tomosha qilishga, kimdir atrofdagilarga o‘zini ko‘rsatish uchun. Kirdingmi, yurakdan Olloh uchun ibodat qilasan. U yerda aldov yo‘liga ibodat qilib bo‘lmaydi – Xudo hammasini bilib turadi. Ilm ham shunday, bu yo‘lga kirdingmi, chin yurakdan ilm ol. Hech qachon erishgan yutug‘ing bilan cheklanib qolma. Imom Buxoriy bobomiz aytganidek, “Ilmdan o‘zga najot yo‘q va bo‘lmagay”.

Ikkinchi muhim maslahatim, har doim xulqing ustida ishla, axloqingni kundan kunga yuksaltirib bor. Buyuk olim bo‘lishing, o‘nta tilda gaplashishing mumkin, biroq tarbiyang, xulqing chiroyli, farosating yuksak bo‘lmasa, seni hech kim tan olmaydi. Bizni g‘arbdan va o‘zga millatlardan ajralib turadigan eng muhim xislatimiz sharqona tarbiyamizdir. 20-asr boshida Abdulla Avloniy bobomiz: “Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, deb taʼkidlagan. Har doim o‘zingdan kattalarga hurmat bilan munosabatda bo‘l, kichiklarga esa izzat ko‘rsat. Maqtovdan uzoq yur – u seni manmanlikka chorlaydi. O‘zingdan kuchsizlar ustidan aslo kulma. Qo‘lingdan kelsa hammaga yordam ber, yaxshilik qilishga imkoning bo‘lmadimi, yomonlik ham qilma, ana shu sening yaxshiliging bo‘ladi. Har doim nafsingni nazorat qilishni o‘rgan. Hamma tarbiyasizlik nafsni jilovlay olmaslikdan boshlanadi. To‘yib ovqatlanma, har doim sal ochroq yur, ham ovqatda, ham bilimda – barcha narsada, shunda senda har doim yangilikka intilish va ishtiyoq bo‘ladi. To‘q qorin faqat uyqu va dangasalikka chorlaydi. Uchinchi maslahatim, jismoniy barkamol bo‘l. Salomatligingga har doim eʼtibor ber. Yoshligingdan bitta passiv va bitta aktiv sport bilan shug‘ullan. Masalan, passiv sport turidan shahmatni tanla. U aqlingni charxlaydi, hayot qonun-qoidalarini o‘rgatadi. Hayot ham shahmatga o‘xshaydi – bitta xato qilsang, jazolanasan. Xato qilishingni kutadiganlar, seni chalishni, chalg‘itishni xohlovchilar juda ko‘p. Shahmatda kim yutadi – 4-5 besh qadam oldinni ko‘ra oladigan, har bir harakatni oldindan hisoblab chiqadigan va qabul qilgan qarorining natijasi qanday tugashini aniq biladigan o‘yinchi yutadi. Hayot ham xuddi shunday, agar hayot qonuniyatlarini yaxshilab o‘rganib chiqib, keyin o‘yinga kirishsang, kamdan-kam yutqazasan. Hayot ham oq-qora yo‘laklardan, yorug‘lik va qorong‘ulikdan iborat. Agar qorong‘ulikka tushganda o‘zingni yo‘qotib qo‘yib, o‘rningdan qayta tura olmasang, seni ustingdan bosib o‘tishadi. Shuning uchun aytishadi, “Kuchli inson g‘olib emas, balki yiqilib, yana turib kurashgan va yutgan inson asl g‘olibdir”. Shuningdek, albatta, yoshligingdan bitta aktiv sport turini tanla, bu futbol bo‘ladimi, suzish, tennis, kurash yoki boks. Ushbu sport turlari sening qaddi-qomating raso, jismonan sog‘lom bo‘lishing uchun juda muhim. Sen sog‘lom bo‘lsanggina, o‘zing va biliming hammaga kerak bo‘ladi. To‘rtinchi maslahatim, to‘g‘ri ovqatlanishga qattiq eʼtibor qaratgin. Har xil kimyoviy moddalar qo‘shiladigan ovqatlar, fast food, gazli ichimliklardan o‘zingni tiyishni o‘rgan. Yana bir bor aytaman, hech qachon to‘yib ovqatlanma, oz-ozdan tez-tez ovqatlanishga odatlan. Meva, sabzavotlarni ko‘proq isteʼmol qil. Beshinchi maslahatim, har doim ozoda, tartibli kiyinib yur. Soching, tirnog‘ing, oyoq kiyimingga eʼtibor ber. Yoningda doim dastro‘mol bo‘lsin. Uydan chiqishdan oldin ko‘zguga qarashni odat qil. Hech qachon modaning ortidan quvma, barchaning eʼtiborini tortadigan rang-barang, ochiq-sochiq kiyinma. Kiygan kiyiming o‘zingga yarashsin. Shuningdek, har kuni bir xil kiyim kiyma, bitta elementni bo‘lsa ham almashtir. Insonlar kiyimingga qarab kutib olishadi va aqlingga qarab kuzatib qo‘yishadi – buni unutma. Oltinchi maslahatim, har kuni ozgina bo‘lsa ham, badiiy kitob o‘qishni odat qil. Sababi, yunon faylasufi Dekart aytganidek, “Cogito ergo sum”, yaʼni “Men fikrlayapman, demak mavjudman”. Bilgilki, badiiy kitob dunyoqarashingni kengaytiradi, har bir masalaga o‘ziga xos yechim, o‘zgacha yondashuv bilan qarashga o‘rgatadi. Shuning uchun ham har kuni nimadir o‘qi va albatta, menga aytib bergin. Men esa ishdan charchab kelishimga qaramay, ishxonadagi muammolar-u barcha asabbuzarliklarni unutib, seni diqqat bilan eshitaman. Chunki senga bugun eʼtibor bersam, sen uchun vaqt ajratsam, ertaga nafaqaga chiqib, kimdir mening gaplarimni eshitishini xohlaganimda, sen ham yonimda turasan. Bu dunyo qaytar dunyo. Navbatdagi maslahatim: agar ertaga o‘rningni robotlar egallashini xohlamasang, albatta, sanʼatga mehr qo‘ygin. Farqi yo‘q, musiqa asbobini (skripka, pianino, rubob va hokazo) chalishmi, aktyorlik to‘garagiga borishmi, rassomchilikmi, albatta, biror ijodiy faoliyat bilan

shug‘ullanishing kerak. Bu senga ijodkorlikni, kreativlikni, fikrlashda mahdudlikni buzib, yangiliklar kiritishga o‘rgatadi. Robotlar esa hech qachon bu ishlarni qila olmaydi. Shu ko‘nikmalaring bilan sen robotlarga yangi ish topib berasan. Shuningdek, farzandim, til o‘rgan. Avvalo, o‘z ona tilingni mukammal o‘rgan. So‘ng maktab davridayoq rus va ingliz tilarini to‘liq o‘zlashtirib ol. Sababi, dunyo adabiyotlari va internetdagi maʼlumotlarning qariyb 70 foizi shu tillardadir. 21 yoshingda ushbu tillarni o‘rganganingdan so‘ng yangi bironta til o‘rgan (xitoy, nemis, fransuz yoki koreys tilini). Bu seni mukammal bo‘lishingga va xotirangni yaxshilashga xizmat qiladi. Nihoyat, oxirgi maslahatim, hayotingda biror jiddiy qaror qabul qilishdan oldin yetmish marta o‘yla, oqibati nima bilan tugashini bil va sening qaroring oilang, ota-onang, yaqinlaring shaʼniga zarar yetkazmasligiga ishonching komil bo‘lgandan so‘nggina uni qabul qil va ijrosini oxirigacha yetkaz. Hayotda o‘z prinsiplaringni ishlab chiq va ularga amal qil. Ichkilik va tamakidan, vaqtinchalik obro‘dan, bemaʼni ziyofatlardan va sinalmagan do‘stlardan yiroq yur. Farzandim, ushbu maslahatlarimga amal qilsang, seni buyuk kelajak kutadi. Vatanga xizmat qilish bu sharafdir. Har bir qilgan ishingdan xalqing rozi bo‘lsa va otangga rahmat, degan so‘zni aytsa, bergan tarbiyamga rozi bo‘laman. Bir faylasufdan so‘rashibdi: – Bu dunyoda eng baxtli ota kim? Faylasuf javob beribdi: – Farzandiga bergan tarbiyani nabirasida ko‘rgan ota eng baxtli otadir. Men ham shunday baxtli ota bo‘lishni istayman. Ushbu maktubdagi maslahatlarimga amal qilib, uni kelajakda o‘z farzandingga o‘qib bersang, demak, men to‘g‘ri yo‘lni tanlagan bo‘laman. Seni doimo jonidan ortiq ko‘radigan va har soniyada sening kamolingni o‘ylaydigan Padari buzrukvoring Otabek Xasanov *Aziz o‘quvchi! Ushbu maktubni siz ham, xohlaganingizcha qo‘shimchalar qo‘shib, farzandingizga yo‘llashingiz mumkin. Qaydlar uchun:. Men nimani tushundim: ____________________________________________________________________ Menga yoqdi: _______________________________________________________________________________ Xulosa:______________________________________________________________________ Farzandingizga o‘qib berdingizmi? Ha________ Yo‘q_______

OLTINCHI MAQOLA RAHBAR VA LIDER Ushbu voqea bundan olti yuz yil muqaddam, yaʼni XV asrda bo‘lib o‘tgan. Ikkita katta kema Yevropadan Osiyoga qarab yo‘lga chiqadi. Ikki kemaning ham o‘z kapitanlari, yaʼni rahbarlari bor edi. Avval birinchi kema voqeasini hikoya qilsak. Birinchi kema kapitani Jon juda qattiqqo‘l edi. U har doim kemaning barcha aʼzolarini nazorat qilar, hech kimni bir soniya ham ishsiz qoldirmaslikka intilar edi. Uning boshqaruv falsafasi - xodimlar har doim harakatda bo‘lishi, hech kimning bir soniya ham bo‘sh vaqti bo‘lmasligi, kema aʼzolarida doim undan cho‘chib turishi kerak, shunda natija bo‘ladi, degan fikrda edi. Haqiqatdan ham, bu o‘z natijasini berardi – kemada qatʼiy tartib-intizom hukmron, hammayoq har doim top-toza, har kim o‘z ishini bilib qilar, jamoa kun-u tun band, 24 soat harakatda edi. Biroq jamoa aʼzolarining ichida yashirin qo‘rquv hukmron edi. Ushbu kemada anʼanalar ustunlik qilar, hech kim hech qachon o‘z tashabbusi bilan yangilik qilishga harakat ham qilmas edi. Sababi, tashabbus jazolanardi. Kema safarning 11 kuni qattiq to‘fonga duch keldi. Kechasi bilan kema bortidagi barcha matroslar to‘fon bilan kurashdi. Tabiat inson kuchidan ustunlik qildi va kema suv tubiga g‘arq bo‘ldi. Kema aʼzo­larining barchasi tirik qoldi, sababi to‘fon shundoqqina kichik bir orolcha yonida sodir bo‘lgandi. Shu orolcha kema aʼzolarining joniga oro kirdi va ularning tirik qolishiga sabab bo‘ldi. Tongda kema kapitani orolni aylanib chiqdi va jamoani yig‘ib majlis o‘tkazdi. Unda kechagi to‘fondan so‘ng bor-yo‘g‘i 5 kunlik oziq-ovqat zaxirasi qolgani va bu yerdan tez ketish taraddudini ko‘rish lozimligini aytdi. Insonlar yashaydigan eng yaqin katta orolga yetib borishlari uchun vaqtinchalik kema qurish kerakligi va bu ishni 3 kunda amalga oshirish lozimligini taʼkidladi. Barchaga ish bo‘lib berdi, o‘zi ularni qattiq nazoratga olishni boshladi. Ikki kunlik tinimsiz mehnatdan so‘ng hamma charchadi va kapitandan biroz dam olishga ruxsat so‘rashdi. Biroq tushuntirish va urinishlar zoye ketdi. Kapitan faqat olg‘a, deb baqirar, bir soniya ham hech kimga tinim bermasdi. Uchinchi kuni kechasi hamma charchagan, holdan toygan holda zo‘r-bazo‘r ishlar edi. Bir chol kemaning eng nozik joyi bo‘lgan pastki qismini randalayotganda ko‘zi ketib qoldi va yog‘ochni qalinligini keragidan ortiq yo‘nib qo‘ydi. Uchinchi kun kapitan taʼkidlaganidek, kema ham tayyor bo‘ldi. Uni tekshirishga ham vaqti bo‘lmadi va barchaga tez kemaga chiqishga topshiriq berdi. Kapitan o‘zining qattiqqo‘lligidan xursand edi, chunki u o‘z natijasini bergan edi, yaʼni 5 kunda tayyor bo‘lishi kerak bo‘lgan kemani 3 kunda tayyorlatgan edi... Hikoyamizni ikkinchi kema sarguzashtlari bilan davom ettirsak. Demak, ikkinchi kema ham dengizga savdo-sotiq uchun yo‘lga chiqqan edi. Kema kapitani shotlandiyalik Allan edi. U haqiqiy lider edi, yaʼni har doim jamoasi uchun qayg‘uradigan, uning uchun shaxsiy yutuqdan ko‘ra jamoa­viy yutuqlar muhim edi. Jamoasini qiyin vaziyatlardan aql-zakovati bilan olib chiqar va safdoshlari u bilan har qanday qiyinchiliklardan aslo qo‘rqmasdi, chunki ularning kapitani haqiqiy yetakchi edi... Jamoa aʼzolari bir-birlari bilan madaniyatli, ziyoli kishilardek munosabatda bo‘lishar, kemada har doim yuqori kayfiyat, do‘stona muhit, xursandchilik avjida, hamma o‘z ishini bilib qilgan, tozalik va tartib hukmron edi. Safarning 9 kuni qattiq shamol va to‘fon boshlandi. Jamoa nechog‘li harakat qilmasin, foydasi bo‘lmadi – kema kichik bir orolchaga borib urildi va dengiz tubiga g‘arq bo‘ldi. Tongda barcha kema aʼzolari orolchada yotishardi. Hammaning ko‘nglidan faqat bir hadik o‘tardi: nima, endi shu orolchada o‘lib ketamizmi?! Kapitan Allan orolni ko‘zdan kechirib chiqib, bu yerda yashash uchun hech qanday imkoniyat yo‘qligini tushundi. U hammani yig‘di va baland ovozda murojaat qila boshladi:

“Hurmatli kemamiz aʼzolari. Biz bir-birimizni ko‘p yillardan beri taniymiz. Biz bir jamoa, bir tan-u bir jon bo‘lib ketganmiz. Hayotimiz davomida juda ko‘p qiyinchiliklarni ko‘rganmiz va ularni birgalikda yengib o‘tganmiz. Bugun Xudo bizni yana bir sinovga duchor qildi. Bizning oldimizda ikkita yo‘l mavjud. Birinchisi, zaxiramizda 5 kunlik oziq-ovqat bor, taqdirga tan beramiz va 5 kun bor zaxiramiz bilan oziqlanamiz. Oltinchi kuni och qolamiz. Sakkizinchi kuni ochlik bizni hayvonga aylantiradi. To‘qqizinchi kuni kuchlilar kuchsizlarni yeyishni boshlaydi. O‘n birinchi kuni kuchlilar bir-birini yeyishni boshlaydi. O‘n to‘rtinchi kuni eng kuchlimiz yolg‘izlikda, azobda, qiynalib o‘ladi. Kelajakda farzandlarimiz bizlarni qidirib kelishadi va taqdirimizni ko‘rib hayratlanadi va bizning farzandimiz bo‘lga­nidan ming marta afsuslanadi hamda biz tarixda “vahshiylar” degan nom olamiz. Ikkinchi yo‘l esa... Biz bor aqlimiz, salohiyatimiz va kuchimizni birlashtiramiz va yangi kema yasaymiz. Bu yerda katta daraxtlar mavjud. Shunday kema yasaymizki, bizdan so‘ng u farzandlarimizga, avlodlarimizga meros bo‘lib qolsin. Ushbu kema kelajak avlod uchun bizning jamoamizning naqadar mustahkam bo‘lganini eslatib tursin. Tasavvur qiling, biz yana okeanga qaytamiz, suv shovqini, yuzingizga urib turgan shabadani his qiling. Marhamat, kelinglar kelishib ikki yo‘ldan birini tanlaylik. Hamma o‘z fikrini aytishga haqli”. Barcha bir ovozdan ikkinchi yo‘lni, yaʼni yangi kema yasashni tanlashdi va o‘zlari bilib- bilib, ishni boshlashdi. Kema lideri Allan ham yeng shimarib barcha qatori mehnat qilar, kerakli joyda jamoa bilan maslahatlashar edi. To‘rtinchi kun kema tayyor bo‘ldi, uni suvga tushirib tekshirishdi. Ushbu kema avvalgi kemadan ancha ishonchli edi. Kema o‘z manzili sari yo‘lga otlandi. Endi yana birinchi kema, yaʼni qattiqqo‘l rahbar Jon hikoyasiga qaytamiz. Dengizga chiqqanining ikkinchi kuni kemaning pastki qismidan suv sizishni boshladi. Barcha tushunib yetdi - dam olishsiz, shoshma-shosharlik bilan yasalgan kema sifatsiz edi. Uchinchi kuni kema dengiz tubiga g‘arq bo‘ldi... Ikkinchisi – Allan boshchiligidagi kema esa manzilga shamol tezligida yetib bordi. Ushbu mustahkam kema yillar davomida xizmat qildi. Eng qizig‘i, bu kema hozir ham Shotlandiyada saqlanyapti. Har yili Allan kabi ajoyib lider va uning mustahkam jamoasining sharofati bilan yaratilgan kemani ko‘rishga millionlab turistlar tashrif buyurishadi. Kapitan Allan aytganidek, bu kema necha asrlardan buyon avlodlarga xizmat qilmoqda. So‘nggi so‘z o‘rnida Har bir rahbar o‘ylaydiki, qattiqo‘llik, doimo nazoratda ushlash natija beradi deb. To‘g‘ri, natija beradi, biroq u tashkilotda yangilik, kreativlik va innovatsiya bo‘lmaydi. Lider bor tashkilotda har bir jamoa maqsadni biladi. Unga yetishish uchun bor kuchi bilan xizmat qiladi. Uning ustidan o‘n nafar nazoratchi kerak emas, u qachon rahbar xonasining chirog‘i o‘chishini va ketishini ham kutib o‘tirmaydi. Vijdoni uning eng katta nazoratchisidir. Agar siz tashkilotingizda yangilik va innovatsiya bo‘lishini xohlasangiz, unda qo‘l ostidagilaringiz bilan shunday munosabatda bo‘lingki, ular o‘zlarini tashkilotning bir qismi ekanini his qilsin, o‘z kelajagini tashkilot kelajagi bilan bog‘lay olsin. Ana shunda mehnat jamoangizning muvaffaqqiyatli natijalari sizni quvontirishi shubhasiz. Qaydlar uchun:. Men nimani tushundim: _____________________________________________________________________ Menga yoqdi: _______________________________________________________________________________ Xulosa:______________________________________________________________________ _ _______________

Savol: Siz rahbarmisiz yoki lider? Men rahbarman (nima uchun, asoslab bering)_______________________________________________ Men liderman (nima uchun, asoslab bering)_________________________________________________ Yettinchi maqola NIMA UCHUN BADIIY KITOB O‘QISHIMIZ KERAK? (yoxud “miyamizdagi kinoteatr”) Bugungi mavzuimiz “Nima uchun badiiy kitob o‘qishimiz kerak?” degan savolga javob topish haqida. Yoshligimda uyimizda eng ko‘p eshitgan so‘zlarimdan biri “badiiy kitob o‘qi”, degan daʼvat bo‘lardi. Menda esa doim bir savol tug‘ilardi, “nima uchun men badiiy kitob o‘qishim kerak?” Biroq bu savolga o‘zim kutgan javobni hech kimdan ololmaganman. Lekin baribir badiiy kitoblarni o‘qirdim. Yillar o‘tib, bu savolga javob topdim. 2012 yili AQSHda xorijiy stajirovkada bo‘ldim. Kaliforniya shtatida bo‘lgan bir uchrashuv umrbod yodimda qoldi. Bir kuni eʼlon o‘qib qoldim. Unda taniqli bir rejissyor bilan “Eng yaxshi kinoteatr va kino” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lishi va unda barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkinligi yozilgandi. Bunday imkoniyatdan foydalanish maqsadida, men ham ushbu uchrashuvga bordim. Binoda 100 ga yaqin men kabi qiziquvchan yoshlar to‘planishgan. Barchamiz rejissyorning kelishini kutmoqdamiz. Undan qandaydir falsafiy yoki professional mazmundagi maʼruza tinglasak kerak, degan xayoldamiz. Nihoyat, biz kutgan rejissyor kirib keldi. Oddiy va kamtarona kiyimda. Tashrif buyurganlarning ko‘pligini ko‘rib hayron ham qoldi. Salom-alikdan so‘ng bir qiziq savol bilan barchamizga murojaat qildi. “Dun­yodagi eng sifatli va qulay kinoteatr qayerda joylashgan?”. Ko‘pchilik kutilmagan savoldan hayron qoldi. Shunda birinchi qatorda o‘tirgan qiz San-Fran­siskoda joylashgan “The Castro Theatre” kinoteatri, deb javob berdi, sababi u AQSHdagi eng qadimiy kinoteatrlardan biridir. Javob noto‘g‘ri. Ikkinchi qatorda o‘tirgan koreyalik yigit “Seul shahridagi “Ciné de Chef” kinoteatri bo‘lib, unda siz kino vaqtida bemalol ovqat buyurtma qilishingiz mumkin. Bir vaqtning o‘zida ham kinodan, ham ovqatdan zavqlanishingiz mumkin. Shunisi bilan ham qulay hisoblanadi”, dedi. Javob yana xato Teparoqda o‘tirgan qiz qo‘lini ko‘tarib, men dunyoning ko‘p mamlakatlarida sayohatda bo‘lganman va albatta, ko‘p kinoteatrlarga ham borganman. Sizning savolingizga javob bu – Afinadagi “Cine Thisio” kinoteatridir. Ushbu kinoteatr ochiq osmon tagida joylashgan. Shundoqqina Akropolya va Panteona yonida joylashgan siz o‘zingizni antik davrga sayohat qilganday his qilasiz, dedi. To‘g‘ri javob yana yo‘q. Shundan so‘ng auditoriyadagilar yana Londondagi, Moskvadagi, Berlindagi, Tokiodagi o‘nga yaqin kinoteatrlarning nomlari va u yerdagi qulayliklar haqida aytishdi. Barchasiga rejissyor tomonidan rad javobi berildi. So‘ng barcha tashrif buyuruvchilar bir ovozdan topa olmadik, o‘zingiz ayting, deyishdi. Rejissyor tomonidan berilgan javob meni butunlay o‘ylantirib qo‘ydi. U o‘ng qo‘li bilan peshonasiga urib “mana eng zo‘r va sifatli kinoteatr”, dedi. Butun zal bir ovozdan kulib yubordi. Shunda u shoshilmay, ushbu fikrini asoslashga o‘tdi. “To‘g‘ri, bu javobim sizlarga g‘alati tuyulayotgandir yoki meni qarib qoldi, deb o‘ylayotgandirsizlar. Yo‘q! Fikrimni sizlarga isbotlab bersam. Har bir inson badiiy kitob o‘qiganida miya­si ishga tushadi va

o‘qiyotgan voqeani syujet shaklida ko‘rishni boshlaydi. Kino – bu rejissyor tasavvuridagi holatni tasmaga tushgan shakli. Shuning uchun avval kitob o‘qib, so‘ng ushbu asarga ishlangan kinoni ko‘rsangiz, birinchi beradigan savolingiz “men voqeani yoki aktyorlarni boshqacha tasavvur qilgan edim. O‘xshamabdi, mening Julyettam boshqacharoq, sal bo‘yi uzunroq edi. Kinoda esa pastroq” deyish bo‘ladi, yaʼni siz kitobni o‘qish jarayonida “kinoteatr”ingiz ishga tushadi va ushbu kinoni rejissyori o‘zingiz bo‘lasiz. Bu yerda savol tug‘iladi, yaʼni nimaga baʼzi kinolar zerikarli bo‘ladi yoki kinoteatrlar huvillab qolgan? Buning javobini sizlarga tushuntirishga harakat qilaman. Demak, keling, avval har birimiz o‘zimizning kinoteatrni qanday qurishimiz mumkinligi haqida gaplashsak. Agar siz ko‘p badiiy kitob o‘qimagan bo‘lsangiz, demak, sizning ongingizda 1925 yillardagi, yaʼni Charli Chaplinning oq va qora tasvirli holatdagi kinoteatr ishlamoqda. Shuning uchun sizning kinoteatringiz juda zerikarli va sifatsiz. Bunday holatda kitob o‘qiganingizda ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i va uyqu kabi holatlarga duch kelasiz hamda kitob boshlanmasdan yopiladi. Tasavvur qiling, hozirgi eng kassabop kinoni olaylik, “Avatar” kinosini ham oq-qora tasvirda sizga hozir qo‘yib bersam, o‘n daqiqadan so‘ng zalda deyarli hech kim qolmaydi. Xuddi shunday badiiy kitobni ham zamonaviy 3D ko‘zoynagida voqealarni ko‘rib o‘qish lozim”. Shunda zaldan savol bo‘ldi, qanday qilib o‘z kinoteatrimizni zamonaviy 3D holatiga keltirishimiz mumkin? “Bunga siz ko‘proq kitob o‘qish bilan erishasiz”, deb javob berdi. “Siz dastlabki beshta badiiy kitobni o‘qish jarayoningizda syujetlarni oq va qora holatda ko‘rasiz. Shuning uchun dastlabki jarayonda juda ham qiziqarli va hajmi katta bo‘lmagan kitobni o‘qishni tavsiya etaman. Sababi kitob o‘qib yurmagan odam boshida biroz qiynaladi, o‘zini noxush his qiladi, uyqusi keladi. Lekin diqqatingizni jamlab, o‘qishdan to‘xtamasangiz, asta-sekin kitob o‘qishni sevimli mashg‘ulot va odatga aylantira olasiz. Va besh-o‘nta badiiy kitobni o‘qiganingizda siz rangli tasmaga o‘tasiz. Misol uchun, “Graf Monte Kristo”ni o‘qiyotganingizda Marselning hatto labini va ko‘z rangini ko‘rishni boshlaysiz. O‘n-o‘n beshinchi badiiy kitobni o‘qiganingizdan so‘ng kinoteatringizda barcha syujetlarni va qahramonlarni Full HD formatida ko‘rishga tushasiz. Bunda muallif tomonidan taʼriflangan barcha voqealarni ipidan-ignasigacha aniq-ravshan ko‘rina boshlaydi. Hatto sizni yarim kechasi uyg‘otib o‘qigan kitobingiz haqida so‘rashsa, hech ikkilanmay har bir betini aytib berish holatiga borasiz”. Auditoriyada qiziqqon talabalar tomonidan yana savol bo‘ldi “O‘n beshinchi kitobdan keyin qanday kinoteatr bo‘ladi?” “Mutlaqo zo‘r bo‘ladi. Siz 3D tasvirdagi kinoni ko‘rishni boshlaysiz. Siz endi tizimli fikrlashga o‘tasiz. Tasavvur qiling, ming betli kitobni o‘qiyapsiz. Bunda siz 1-betdagi syujet bilan 875-betdagi syujet o‘rtasidagi voqealarni bog‘lay olasiz. Siz muallif yozmagan, biroq aytmoqchi bo‘lgan gapini ham tushunishni boshlaysiz. Shuningdek, siz mutolaa qilishni boshlaysiz. Siz savol berishni boshlaysiz, nimaga bunday bo‘ldi, nima uchun yozuvchi qahramonni o‘ldirdi, boshqacha yo‘l tutsa ham bo‘lardi-ku? Mana shu holatga yetgan insonlardagina fikrlash paydo bo‘ladi, fikr mukammallashsa, u g‘oyaga aylanadi, g‘oya noodatiy holatni talab qilsa, bu kreativlik bo‘ladi. Agar siz kreativlikni hayotga tatbiq etsangiz, bu innovatsiya bo‘ladi”. Mana, hurmatli Liderlar, innovatsiya qanday va qayerdan paydo bo‘lishi mumkin?! Ushbu voqeani kuni kecha Prezidentimizning “Har bir rahbar kuniga kamida ellik bet kitob o‘qishi kerak”, degan so‘zlaridan so‘ng yozishga kirishdim. Sababi bugun davlat boshqaruvida, OAV va jamiyatimizda eng ko‘p ishlatilayotgan so‘zlardan biri bu innovatsiyadir. Lekin kuniga ming martalab ushbu so‘zni ishlatganimiz bilan biror sohaga innovatsiya o‘z-o‘zidan kirib qolmaydi. Agar biz davlat va jamiyat

boshqaruvida innovatsiyani qo‘llamoqchi ekanmiz, avvalo, kinoteatrimiz qay ahvolda ekaniga nazar solaylik. Oq-qora tasvirli kinoteatr bilan hech qanday innovatsiya qilib bo‘lmaydi. Agar har birimizning kinoteatrimiz qaysi holatdaligini aniqlaydigan uskuna bo‘lganda bormi, ko‘pchilik 21-asrda haliyam oq va qora “Chayka” televizorlarda yashab kelayotganiga guvoh bo‘larmidik?! Balki, shuning uchun ham innovatsiya juda qiyinchilik bilan jamiyatimizga kirib kelayotgandir. Ko‘pgina davlat xizmatida faoliyat yuritayotganlarga oxirgi o‘qigan badiiy kitob nomini aytib bering, desam, javoblari oddiy – ish ko‘p, kitob o‘qishga vaqt yo‘q. Xo‘sh, shu yerda savol tug‘iladi: Nima uchun baʼzi davlat xodimlari berilgan topshiriqlarni to‘liq tushunmaydi yoki o‘z sohasiga yangilik kirita olmaydi? Bugun 7 yoshdan 70 yoshgacha kitob mutolaa qilishni boshlashimiz kerak. Balki 1 yilga favqulodda holat eʼlon qilib (albatta yaxshi maʼnoda) barcha davlat xodimlari uchun kuniga bir soat ish vaqtida “kitobxonlik soati”ni tashkil qilishimiz lozimdir, shunda barchamiz jamiyatdagi muammolarga yangicha, kreativlik bilan qarashga, ularni innovatsiyani qo‘llagan holda yechishga kirisharmidik?! Nima uchun vaqtlari judayam tig‘iz, ishlari ko‘p bo‘lishiga qaramay, Bill Geyts, Barak Obama yoki Ilon Mask har yili o‘zlari o‘qigan o‘nta kitob ro‘yxatini eʼlon qilishadi? Bill Geyts­ning bir intervyusida, jurnalist unga savol bilan murojaat qildi: “Janob Geyts, doim sizning yangilik qilishingizga ko‘nikib bormoqdamiz. Faqat savol, ushbu yangiliklarni qayerdan olasiz?” Javob juda oddiy bo‘lgandi: “Men har kuni oz bo‘lsa ham, kitob mutolaa qilaman. Bu mening har doim fikrlarim tiniqligiga va yangilik qilishga kuch beradi. Agar men kitob mutolaa qilmasam, demak yangilik qilishdan to‘xtayman. Bu – kompaniyamda innovatsiya to‘xtaydi, degani”. Har yili dunyo mamlakatlarining kitobxonlik reytingi eʼlon qilinadi. 2017 yil yakunlariga ko‘ra, Xitoy, Ispaniya va Rossiya davlatlari fuqarolari haftasiga 7-9 soat kitob mutolaa qilishar ekan. Shuningdek, ushbu tadqiqotda aholi soniga nisbatan kitoblar savdosi soni taqqoslanar ekan. Alam qiladigani, biz hatto yuztalikda ham yo‘qligimizdir. Kuchli yigirmatalikdagi davlatlar bilan davlat boshqaruvida innovatsiyani aniqlaydigan reytingni solishtirsak, aksariyat davlatlar mos keladi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, aynan kitobxonlik madaniyati yuksak darajada shakllangan mamlakatlarda innovatsion faollik ham yuqori bosqichda. Kitob o‘qimaslikka mingta bahonamiz bor, biroq kitob o‘qish uchun bitta bo‘lsa ham bahona topaylik, bu – Insoniylikni saqlab qolish bo‘lsin. Qaydlar uchun: Savol. Sizning kinoteatringiz qanday ahvolda? Qanday formatda kinolarni ko‘rasiz? ___________________ _______________________________________________________ _______ ______________________________________________________________ Oxirgi bir yilda o‘qigan kitoblaringiz ro‘yxatini yozing: __________________________________________ ________________________________________________________ ______ ________________________________________________________ ______ 2020 yilda o‘qishni rejalashtirgan kitoblarim ro‘yxati: ____________________________________________________ ________________________________________________________ ______ ________________________________________________________ ______

Men nimani tushundim: ____________________________ _____________________________________________________________________________ ______________________________________________ Menga yoqdi: _____________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________ Xulosa:_______________________________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________ SAKKIZINCHI MAQOLA REJA-AMAL-NATIJA Oxirgi uch yilda yurtimizda barcha sohalarda islohotlar amalga oshirilmoqda. Har kuni qaysidir sohani rivojlantirish maqsadida Prezident va hukumat qarorlari chiqmoqda. Biz 2030 yilgacha ulkan rejalarni o‘z oldimizga qo‘ydik. Bugun sizlar bilan muhokama qiladigan mavzuimiz juda ham dolzarb va muhimdir. Har bir korxona rahbari, davlat xizmatchisi, mahalliy boshqaruv rahbarlari va tadbirkorlar duch kelayotgan masala yuzasidan gaplashamiz. Achchiq bo‘lsa ham tan olishimiz kerak, ko‘p ishlarimiz, rejalarimiz qog‘ozda qolib ketmoqda. Agar hamma rejalarimiz amaliyotga tatbiq qilinganida edi, 3 yil ichida 3,5 milliondan ortiq murojaat Xalq qabulxonalari va Prezident virtual qabulxonasiga kelib tushmasdi. Xo‘sh, savol tug‘iladi: Qanday qilib “aqlli boshqaruv” yoki “zamonaviy boshqaruvni” qo‘llab, natijadorlikka erishishimiz mumkin? Endigi hikoyamiz Ayvi Li haqida. Qanday qilib uning natijali boshqaruv tizimiga o‘tgani haqida. O‘tgan asrda yashagan Ayvi Li samaradorlik bo‘yicha mutaxassis sifatida shuhrat qozongan. U ishlab chiqqan vazifalarni rejalashtirish usuli amaliyotda juda yaxshi samaraga ega bo‘ldi va muallifga katta daromad keltirdi. 1918 yil Charlz Maykl Shvab dunyodagi eng boy odamlardan biriga aylandi. O‘sha paytda u Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi eng yirik kema quruvchi va ikkinchi yirik po‘lat korxonasi bo‘lgan “Bethlehem Steel”ni boshqargan. Mashhur kashfiyotchi Tomas Edison bir vaqtlar uni “usta tadbirkor” deb atagan. Shvab har doim o‘z raqiblaridan bir qadam oldinda bo‘lishga intilgan. Kunlarning birida biznesmen o‘z jamoasining samaradorligini oshirish va biznes qilishning eng yaxshi yo‘lini topish uchun maslahatchi Ayvi Liga murojaat qiladi. Li o‘zi muvaffaqiyatli tadbirkor va “Public Relations” (PR, Jamoatchilik bilan aloqalar) bo‘yicha mutaxassis edi. Shvab Lini ofisiga taklif qilib, undan biznesining natijadorligini yaxshilashga yordam berishini so‘radi. Bunga javoban Li har bir menejer bilan 15 daqiqadan gaplashish uchun ruxsat so‘raydi. To‘lov haqida gap ochilganda mehmon oldindan pulni olishdan bosh tortib: “Uch oydan so‘ng siz menga munosib deb bilgan summada chek yuborishingiz mumkin, yaʼni natijani o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rganingizdan keyin”, deydi. Ayvi Lining natijali boshqaruv bo‘yicha yondashuvi Menejerlar bilan 15 daqiqalik suhbat davomida maslahatchi maksimal mahsuldorlikka erishishning eng oddiy usulini ishlab chiqdi. Ushbu usul quyidagichadir: Janob Li har bir xodimdan kunning oxirida ertangi kun davomida amalga oshiradigan oltita muhim ishini yozishni so‘radi. Va xodimlardan ushbu miqdordan oshib ketmaslikni talab qildi. “Qayd etilgan vazifalarni muhimligiga qarab tartibga soling. Har bir ish kunining boshida ro‘yxatdagi birinchi vazifaga alohida eʼtibor qarating. Birinchi ishni yakunlang, faqat keyin ikkinchisiga o‘ting. Ro‘yxatning qolgan bandlarini ham shu tarzda bajaring. Kun oxirida tugallanmagan ishlarni keyingi kunning oltitalik vazifalar ro‘yxatiga o‘tkazing. Agar siz bugun ro‘yxatdagi 4 vazifani bajargan bo‘lsangiz, ertangi ro‘yxatga 2 vazifani olib o‘tasiz va unga 4 yangi vazifani qo‘shasiz. Ushbu jarayonni har kuni takrorlang”.

O‘z o‘zidan savol tug‘iladi, qanday qilib ushbu oddiy usul natija berdi? Ushbu usul biznes boshqaruvini iloji boricha osonlashtiradi. Tanqidchilar bunday strategiyalarni yuzaki deb hisoblaydilar va hayotning barcha nozik qirralari hisobga olinmaydi, deb taʼkidlashadi. Agar rejalashtirilmagan holat yuz bersa, unda nima qilish kerak? Yuqori texnologiyali vositalardan foydalanish yaxshiroq emasmi? Biroq qarorlarning qiyin qabul qilinishi – bu aynan ish jarayonini murakkablashtiradi. Albatta, kutilmagan vaziyatlardan qochib bo‘lmaydi, yaʼni rejadan tashqari holatlar sodir bo‘lib turadi. Masalan, eski qadrdoningiz ishxonangizga mehmonga keldi va uzoq vaqtingizni oldi, rahbar chaqirib, bugun kasal bo‘lib qolgan xodimning vazifalarini sizga yukladi.va hokazo.. Agar iloji bo‘lsa, ularni eʼtiborsiz qoldiring, bo‘lmasa, ularni tez bajaring va ro‘yxatdagi muhim vazifalarga tezroq qaytishga harakat qiling. Murakkab muammolarni hal qilishning oddiy qoidalarini qo‘llashga harakat qiling (Bill Geyts taʼkidlaganidek, “men har doim qiyin topshiriqlarni eng dangasa odamlarga topshiraman, ular har doim murakkab topshiriqlarni soddalashtirib, oson va tez hal qilish mumkin bo‘lgan yechimini topadi, bu esa har doim kompaniyaga moliyaviy jihatdan foyda keltiradi”). Bu usul sizni to‘g‘ri qaror qabul qilishga undaydi. Ushbu maqolani o‘qiyotganlarda savol tug‘iladi: nimaga aynan “6” raqami? “6” sonida hech qanday sehr yo‘q. Siz beshta vazifaga ham diqqatingizni qaratib, xuddi shunday muvaffaqiyatga erishishingiz mumkin. Har bir inson o‘z kuchini hisobga olishi hamda shunga qarab o‘z imkoniyatinini belgilashi kerak. Insonning miyasidan ko‘p g‘oyalar o‘rin olgan bo‘lsa, bunda qilishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi holat bu – o‘ta muhimini aniqlab olish, qolganlarini chetga surib turishdir. O‘z-o‘zingizni nazorat qilishingiz juda foydali. Agar siz bir vaqtning o‘zida bitta narsaga eʼtibor qaratmasangiz, qolganlari sizni chalg‘itadi. Eng muhimi, u sizning nimanidir boshlashingizga yordam beradi. Qaysi ishdan boshlasam ekan-a, degan savoldan xoli qiladi. Maqsadga yetishishning eng katta to‘sig‘i – bu, albatta, har qanday ishni boshlab olishdir. Misol uchun, siz xorijiy tilni o‘rganmoqchisiz, faqat har kuni “ertaga” deya o‘zingizni aldaysiz, qarabsizki, shu gapga ham bugun 6 oy bo‘ldi. Bunda eng katta muammo – divandan qo‘zg‘alish. Agar o‘z oldingizga ulkan maqsad qo‘ysangiz-u, uni 30 daqiqa ichida amalga oshirishni boshlamasangiz, demak bu maqsadni amalga oshirish 80 % gacha barbod bo‘lishi ehtimoli bor. Agar siz mashg‘ulotni boshlasangiz, mashqni bajarish ancha oson bo‘ladi. Ayvi Li metodi sizning ish kuningiz boshlanishini oldindan belgilashga yordam beradigan vazifalarni bir kecha avval qaror qabul qilib, ish bajarilishida tayyorligingizni taʼminlaydi. Ishning natijasi uni boshlay olish qobiliyatiga bog‘liq. U izchil bo‘lishni o‘rgatadi. Zamonaviy jamiyat ko‘pqirralikni sevadi. Afsonalardan farqli o‘laroq, band bo‘lish yana-da yaxshi bo‘lishni anglatmaydi. Aksincha, kamroq ustuvorlik samaradorlikni oshiradi. Agar siz har qanday soha mutaxassislarini kuzatsangiz: sportchilar, rassomlar, olimlar, o‘qituvchilar yoki menejerlarni, siz ularda mavjud umumiy xususiyatni ko‘rishingiz mumkin, yaʼni o‘z diqqatini muhim bir narsaga qaratganligini. Buni tushuntirish oson. Siz bitta narsada muvaffaqiyat qozona olmaysiz, agar boshqa ko‘p narsalar bilan doimo chalg‘ib tursangiz. Mohirlikning asosiy sirlaridan biri bu, albatta, o‘z diqqatingizni muhim bir ishga qarata bilishingiz va vazifalarni izchil amalga oshira olishingizdir. Bu usulning muhim jihati shundaki, bunda chindan ham muhim ishlar alohida eʼtibor bilan izchillikda amalga oshiriladi. Endi birgalikda Ayvi Li usulini sinab ko‘ramiz. Tasavvur qiling, bugun haftaning birinchi kuni. Siz 30 daqiqa vaqtingizni ishlaringizni rejalashtirishga sarflang. Eng birinchi ushbu jadvalni to‘ldiring:

Qilinishi lozim 10 Dushanba Bajarilganligi № bo‘lgan barcha ballik haqida ma’lumot baho* ishlar 1 Xatlarga javob 9 Xorijlik Bajarildi yozish mutaxassislar bilan uchrashish Korxona 9 Majlisda Bajarildi faoliyati ishtirok etish 2 bo‘yicha taqdimot tayyorlash Nomzodlar 6 Boshqarma Bajarilmadi, 3 bilan suhbat faoliyati seshanbaga qoldi bo‘yicha 6 qilish oylik hisobot tayyorlash 4 Grant loyihasini 3 Korxona Bajarildi tayyorlash faoliyati bo‘yicha taqdimot tayyorlash Boshqarma 9 Xatlarga Bajarildi faoliyati 10 javob yozish 5 5 bo‘yicha 6 10 oylik hisobot tayyorlash Xorijlik Nomzodlar bilan suhbat 6 mutaxassislar Bajarildi bilan qilish uchrashish Vazirliklar 7 bilan qo‘shma qaror bo‘yicha gaplashish 8 Majlisda ishtirok etish * Izoh: eng muhimiga 10 ball qo‘yasiz. Buni belgilashda dolzarbligi va muhimligiga qarab ball qo‘yilishi kerak. Past ball olganlar seshanba yoki chorshanbaga o‘tadi. Har kuni ish vaqti tugaganida siz qanchalik topshiriqni bajarganingiz bo‘yicha maʼlumot kiritishingiz kerak.

TO‘QQIZINCHI MAQOLA BIR DONA MIX Navbatdagi sahifamizda “Bir dona mix” haqidagi sheʼrni eʼtiboringizga havola etamiz. Juda qiziq mavzu.. Islohotlar va yangilanishlar davrida yashayapmiz. O‘zbekiston bugun ulkan marralarni zabt etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan: 2030 yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichlarini aholi jon boshiga ikki baravar oshirish va boshqa ko‘plab ustuvor maqsadlarni ko‘zlaganmiz.. Ko‘zlangan marralarni zabt etish, ulkan rejalarni amalga oshirish esa, eng avvalo, barchadan birdek fidoyilikni, O‘zbekistonimizning 34 million aholisidan faollikni, Vatani taqdiri va istiqboli uchun o‘zlarining samarali mehnatlarini ayamaslikni talab etadi.. “Sen menga tegma, men senga tegmayman” qabilida ish yuritish, ayniqsa, bugungi kun uchun eng salbiy va kechirilmas illatdir. Islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanmaslik, jarayonlardan chetda turish, o‘ylaymanki, eng katta xatolik bo‘ladi. Bu ish davlatning vazifasi, bunisi – Prezidentning ishi yoki hokimning majburiyati, deb mahallasidagi bitta lampochkani almashtirmay yoki bir tup daraxt ekmay, boqimandaga aylanish, hatto ko‘chasidagi to‘lib qolgan ariqni tozalatib ber, deb hokimiyatga borishlar afsuski, haqiqat. Yurtimizni katta bir kema deb oladigan bo‘lsak, uning oldinga suzishi, yaʼni ko‘zlangan manzilga yetib borishi uchun har birimiz shu kemaning bir bo‘lagi yoki eshkagi sifatida harakat qilishimiz lozim. Agar barchamiz birgalikda harakat qilmay, ayrimlarimiz tomoshabin bo‘lib tursak, hech qanday natijaga erishmaymiz. Maqsadga erishish – birlikni va har birimizdan ishonch, shijoatni talab etadi. 1962 yil Amerika prezidenti Jon Kennedi NASA tashkilotiga tashrif buyuradi. U yerda berilib pol yuvayotgan bir farrosh ayol yoniga kelib, “men Jon Kennediman, siz bu yerda nima qilyapsiz?” deb savol berganida, farrosh ayol unga “Janob prezident, men inson oyga uchib, u yerga qadam qo‘yishi uchun xizmat qilyapman”, deb javob bergan ekan. Agar biz ham har kuni ishlayotganimizda “men bugun yurtimni 2030 yilda top elliktalik davlatlar qatoriga kirishiga xizmat qilyapman”, deb yondashsak, o‘ylaymanki, qilayotgan ishimizning sifati va samaradorligi keskin oshadi. ...Xullas, “Bir dona mix” haqidagi onalar allasini sizlarga taqdim etaman: BIR DONA MIX Prussiyalik onalar allasi Qadimiy Prussiya. Ona alla aytmoqda: “Vatanga yov bostirib kirdi. Ikki qo‘shin bir-birin qirdi. Nogahon halok bo‘ldi prusslar sarkardasi, Oqibatda parokanda bo‘ldi Pruss lashkari, Yovga mag‘lub bo‘lib qochdi janggohdan. Shahar zabt etildi. Tahqirlandi bola-yu qari… Nega bunday bo‘ldi?! Sababini topaylik: Nega shahar dushman qo‘liga o‘tdi?

Chunki qo‘shin yengildi… Qo‘shin nega yengildi? Chunki sarkarda halok bo‘ldi… Sarkarda qanday halok bo‘ldi? Otdan yiqilib… Otdan nega yiqiladi?! Chunki otning taqasini qoqayotganda Taqachiga bir dona mix yetmay qolgandi… Bir dona mix deb butun bir xalq qul bo‘ldi…” Noto‘g‘ri qo‘yilgan bitta g‘isht, bitta chirigan yog‘och ertaga butun bir imoratning qulab tushishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Har kuni har birimiz ushbu mixni qoqamiz. Faqat bir-birimizni aldab, ko‘zbo‘yamachilik qilib yoki boqimandalikka berilib, ushbu mixni qoqish esdan chiqmasa bo‘ldi. Bo‘lmasa, bizning farzandlarimizga ham prussiyalik onalar allasi aytiladi. Aslo va aslo bunday bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaylik! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, “Birinchi – davlat rahbari – Prezidentdan boshlab barcha bo‘g‘indagi rahbarlarning yakuniy natijalar uchun shaxsiy javobgarligi. Ikkinchi – hamma sohada aniq tartib va qattiq intizomni taʼminlashimiz darkor. Yana bir bor taʼkidlayman, ishni birgalikda bajaramiz, natija uchun esa har birimiz shaxsan javob beramiz”. Har birimizga Olloh insof bersin, ayniqsa, mixni qoqayotganda... Qaydlar uchun: Men nimani tushundim: ________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________ Siz jamiyat va davlat rivoji uchun qanday mix qoqyapmiz: _______________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________ __________________ Xulosa:_______________________________________________ _________________________________________________________________________________ _______________________________________________ O‘NINCHI MAQOLA FAOL INVESTITSIYA + BARQAROR IQTISODIYOT = INSON KAPITALI Dunyo tajribasi va amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, inson kapitaliga yo‘naltirilgan mablag‘lar boshqa omillarga nisbatan bir necha barobar ko‘proq foyda keltiradi. Bugungi kunda shiddat bilan o‘zgarib borayotgan davrda inson kapitaliga investitsiya yo‘naltirishni ustuvor vazifa sifatida tanlagan mamlakatlar yuksak taraqqiyotga erishmoqda. Darhaqiqat, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, “Rivojlangan mamlakatlarda taʼlimning to‘liq sikliga investitsiya kiritishga, yaʼni bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta eʼtibor beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu ko‘rsatkich atigi 4 barobarni tashkil etadi. Binobarin, inson kapitaliga eʼtiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart”. Xorijiy tajribaga nazar solsak, Koreyada o‘rtacha 130 mingdan ortiq AQSH dollari miqdoridagi investitsiya bilan 2 milliondan ortiq AQSH dollari yoki xarajatga nisbatan 17

barobarni, AQSHda 250 mingdan ortiq AQSH dollari miqdoridagi investitsiya bilan o‘rtacha 3 milliondan ortiq AQSH dollari yoki xarajatga nisbatan 13 barobarni tashkil etgan. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich bugun bor-yo‘g‘i 4 barobarni tashkil etadi. Mazkur yo‘nalishda Prezidentimizning 2019 yil 24 va 28 may kunlari ilm-fan va oliy taʼlim sohasini rivojlantirish bo‘yicha oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan bo‘lgan uchrashuvida to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha doimiy komissiyalar tuzilib, mazkur komissiyalarning vazifalari, komissiya aʼzolarining ish tartibi va masʼuliyati belgilab berildi. Uchrashuvda kun tartibidagi asosiy masala – inson kapitalini rivojlantirish, unga sarmoya kiritish tizimini qayta ko‘rib chiqish lozimligi taʼkidlandi. “Bu ishlardan asosiy maqsad – mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish. Xom-ashyo va uni qayta ishlash bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi. Qolaversa, ishlab chiqarishda qo‘shimcha qiymat olish uchun ham innovatsiyalar kerak. Shu bois ilm-fan taraqqiyotimizning muhim yo‘nalishi, tayanchi bo‘ladi”, – dedi Prezidentimiz yig‘ilishda. Bugungi kunda xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etgan mamlakatlar reytingiga qaraydigan bo‘lsak, AQSH 275,4 mlrd dollar bilan 1-o‘rinni, Xitoy 136,3 mlrd dollar bilan 2-o‘rin, Gongkong 104,3 mlrd dollar bilan 3-o‘rin, Braziliya 62,7 mlrd dollar bilan 4- o‘rin, Singapur esa 62,0 mlrd dollar bilan 5-o‘rinni band etgan. Ushbu davlatlarning intellektual salohiyati ham juda yuqori, xususan, Singapur 107,1 IQ koeffitsent bilan birinchi, Xitoy 105,8 koeffitsent bilan ikkinchi, Gongkong 105,7 koeffitsent bilan uchinchi, Koreya 104,6 koeffitsent bilan to‘rtinchi o‘rinlarni band etgan. 2018 yil yakunlari bo‘yicha inson kapitali indeksi ko‘rsatkichi doirasida Singapur 0,88 koeffitsent bilan birinchi, Yaponiya 0,84 koeffitsent bilan ikkinchi, Koreya 0,84 koeffitsent bilan uchinchi, Gongkong 0,82 koeffitsent bilan to‘rtinchi, Finlyandiya 0,81 koeffitsent bilan beshinchi o‘rinlarni band etgan. Bundan 20 yil avval to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar ishchi kuchi arzon mamlakatlarga kiritilgan, arzon ishchi kuchi hisobiga mahsulot tannarxi arzonlashar edi. Biroq bugungi kunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar xorijiy arzon ishchi kuchi bo‘lgan mamlakatlarga emas, balki intellektual salohiyati hamda inson kapitali yuqori salohiyatga ega bo‘lgan mamlakatlarga kiritilmoqda. Sababi bugungi kunda investorlar tomonidan olib kirilayotgan texnologiyalarni ishlatish uchun ham yuqori salohiyat, innovatorlik, professionalizm talab qilinadi. Mazkur masalalar 2019 yilda Shveysariyaning Davos shahrida o‘tkazilgan Butunjahon iqtisod forumida ham ko‘tarilgan bo‘lib, unga ko‘ra, “to‘rtinchi sanoat inqilobi” deb ta ʼrif etilgan bugungi kundagi jarayon har doimgidek odatiy o‘zgarishlar bilan emas, balki fundamental o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Forum qatnashchilarining fikriga ko‘ra, biznes modellari bo‘yicha boshlangan “ideal bo‘ron” natijasida barcha sohalarda tubdan o‘zgarishlar yaratiladi. Eskilarning o‘rnini bosadigan yangi kasblar toifasi paydo bo‘ladi. Forum ekspertlarining fikricha, 2030 yilga borib, Yer yuzida 800 millionga yaqin ish o‘rinlari yo‘qolib ketishi mumkin, ularning o‘rinlarini robotlar egallaydi. Bu bugungi kundagi ishchi kuchining beshdan bir qismi, demakdir. Ammo yo‘qolib ketgan kasblar o‘rnini zamonaviy, yangi kasb­lar egallaydi. Buning uchun kelajak avlodning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga alohida eʼtibor qaratish lozim. Ushbu xulosaga McKinsey&Co. ekspertlari 46 ta davlatda 800 ta kasbni tahlil qilish natijasida kelishgan. Buning asosiy sababi, iqtisodiyot sohalaridagi anʼanaviy kasblar emas, balki ko‘nikmalar ekani bilan izohlanadi. Garvard universiteti olimlarining tadqiqotiga ko‘ra, 85 % muvaffaqiyatning siri rahbarlarda SOFT SKILLS mavjudligidadir.

Bu borada raqobat muhitida quyidagi SOFT SKILLS ko‘nikmalar paydo bo‘ladi, xususan: 1. Muammolarni tizimli hal etish. 2. Tanqidiy tahlil. 3. Kreativlik. 4. Liderlik. 5. Harakatlarni muvofiqlashtirish. 6. Hissiy aql. 7. O‘z fikrlarini shakllantirib, ularga asoslangan qarorlarni qabul qilish. 8. Natijaga yo‘naltirilganlik. 9. Muzokaralar asosida o‘zaro aloqalar. 10. Kognitiv moslashuvchanlik. “Forbs” jurnali xulosasi ko‘ra, kelajakda quyi­dagi o‘nta top SOFT­-SKILSlar boshqaruvni hal etadi: 1. Muammoni boshqarish. 2. Taym-menejment. 3. Stressni boshqarish. 4. Muloqot qobiliyati. 5. Kompaniya madaniyati. 6. Isteʼmolchiga yo‘nalganlik. 7. Hissiyotni jilovlash. 8. Shaxsiy natijadorlik. 9. Fikrni yetkaza bilish. 10. Forsayt. 11. O‘zgarishlarni boshqarish. Tahlil qiladigan bo‘lsak, ushbu ko‘nikmalarni shakl­lantirishning muhim jihatlaridan biri kitobxonlikdir. Misol uchun, kitob o‘qish ko‘rsatkichi Xitoyda har bir voyaga yetgan aholi jon boshiga yiliga o‘rtacha sakkiztaga to‘g‘ri keladi. O‘qilgan kitoblarning 58 foizi qog‘oz shaklida, qolgan 42 foizi elektron holatga to‘g‘ri keladi. 2016 yil yakuni bo‘yicha dunyoda eng ko‘p aholiga ega bo‘lgan Xitoy xalqining 79,9 foizi kitob o‘qigan va bu muntazam o‘sish tendensiyasiga ega. Bu ko‘rsatkichga erishishda mamlakatning 220 dan ortiq shaharlarida kitobxonlikni targ‘ib qilish ishlari o‘z samarasini bergan. Har yili dunyo mamlakatlarini kitobxonlik reytingi eʼlon qilinadi. 2017 yil yakunlariga ko‘ra, Xitoy, Ispaniya va Rossiya davlatlari fuqarolari haftasiga 7-9 soat kitob mutolaa qilishar ekan. Shuningdek, ushbu tadqiqotda aholi soniga nisbatan kitoblar savdosi soni ham taqqoslanar ekan. Alam qiladigani shuki, biz yuztalikka ham kirmaganmiz. Men bu haqda, mana shu achchiq haqiqatlar to‘g‘risida yuqoridagi “Nima uchun badiiy kitob o‘qishimiz kerak? Yoxud miyamizdagi kinoteatr” nomli maqolamda ham to‘xtalgan edim. Davlat boshqaruvida innovatsiyani aniqlaydigan reyting bilan solishtirsak, aynan kitobxonlik bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan aksariyat davlatlar mos keladi. Yana qayta va qayta taʼkidlashdan erinmayman: aynan kitobxonlik madaniyati yuksak darajada shakllangan mamlakatlarda innovatsion faollik ham yuqori bosqichda. Bugungi kunda mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha bir qancha muammolar mavjud, xususan:

taʼlimda sifat va investitsiya darajasining pastligi O‘zbekistonda innovatsion rivojlanishga asosiy to‘sqinlik qilayotgan omildir; taʼlimga yo‘naltirilgan investitsiyalar rivojlangan mamlakatlarga qaraganda bizda 10 barobar past. Bularning barchasi - o‘qituvchilar ish haqining kamligi (rivojlangan mamlakatlardagi o‘qituvchilarnikidan 30 barobar past), moddiy-texnik bazaning yetishmasligi, umumtaʼlim maktablaridagi oddiy sharoitlarning mavjud emasligi, kompyuterlar bilan to‘liq taʼminlanmaganlik, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi va boshqa sabablar bilan bilan izohlanadi. Demak, birma-bir tahlil qiladigan bo‘lsak, • xalq taʼlimi vazirligi tizimida o‘qituv­chilarning 60 foizdan ortig‘i akademik malakaga ega emas; • umumiy taʼlim muassasalarida joylarning yetishmasligi va infratuzilmaning past sifati maktab tizimining asosiy muammolaridan biri hisoblanadi; • asosiy vositalarning eskirishi, yuqori darajada bo‘lgan eski taʼlim infratuzilmasi: 3644 ta maktab (38%) kapital taʼmirga muhtoj, maktablarning faqat 37 foizida zamonaviy kompyuter texnikasi mavjud, atigi 7 foizi esa Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatiga ega; • oliy maʼlumotga ega bo‘lish darajasi past - 2017 yilda abituriyentlarning 10 foizdan kamrog‘i oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirgan; • oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida sog‘lom ra­qobatning mavjud emasligi. Mamlakatimiz rivojlanishining yangi bosqichida inson kapitali salohiyatini oshirish borasida muayyan ishlar ham amalga oshirildi, jumladan: • Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi; • oliy maʼlumotlilarning ulushini ko‘paytirish bo‘yicha kvotalar kengaytirilib, ularni moliyalashtirish salmog‘i oshdi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida oliy o‘quv yurtlarida talabalar soni - bitiruvchilarni oliy taʼlimga qamrab olish 2016 yilda 57 907 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich 66 316 taga yetdi. • 51 ta oliy o‘quv yurtida sirtqi taʼlim shakli, 22 ta oliy o‘quv yurtida maxsus sirtqi taʼlim shakli, 9 ta oliy o‘quv yurtida kechki taʼlim shakli tashkil etildi; • To‘rtinchidan, yangi taʼlim yo‘nalishlari joriy etildi, xususan, 2016/2017 o‘quv yilida 15 ta yangi taʼlim yo‘nalishi va 14 ta mutaxassislik, 2017/2018 o‘quv yilida 8 ta yo‘nalish va 10 ta mutaxassislik, 2018/2019 o‘quv yilida 66 ta yangi bakalavr yo‘nalishi va 48 ta magistratura mutaxassisligi joriy qilindi. Hozirgi kunda o‘rta taʼlim muassasalarini bitirgan o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida uchtagacha oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirishlari mumkin. Xulosa o‘rnida shuni taʼkidlash mumkinki, mamlakatimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish, iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda inson kapitalining o‘rni beqiyos. Shundan kelib chiqib, mamlakatimizda inson kapitali salohiyatini oshirish borasida quyidagi takliflarni bildiraman: 1. Har bir taʼlim muassasalarida, xususan, maktabgacha taʼlim, xalq taʼlimi, oliy taʼlim muassasalarida o‘zlarining kichik innovatsion laboratoriyalarini tashkil etish. 2. Taʼlim muassasalari o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘z talabalari tomonidan o‘qishi shart bo‘lgan 100 ta kitob ro‘yxatini tuzib, kitobxonlikni shakl­lantirib borish. 3. Taʼlim muassasalari o‘zining 3, 5 va 7 yillik Forsayt, yaʼni kelajakdagi istiqbolli rejalarini ishlab chiqishi va shundan kelib chiqib, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyo talablariga mos bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash. 4. Taʼlim va amaliyot hamkorligini mustahkamlash maqsadida, sanoat va ishlab chiqarish kompaniyalari rahbarlarini oliy taʼlim muassasalari rektorlar kengashi aʼzoligiga kiritish. 5. Sanoat va ishlab chiqarish kompaniyalari o‘zining 3, 5 va 7 yillik strategiyalarini ishlab chiqqan holda ularga kelajakda qanday ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislar kerakligini alohida shakllantirib borish lozim. Bunda har bir talaba oldindan bilishi lozim: u qaysi tashkilotda ishlamoqchi u yerda ishlashi uchun qanday kompetensiyalarni o‘zida shakllantirishi kerak.

O‘N BIRINCHI MAQOLA G‘URUR NIMA? Hech o‘zingizga savol berganmisiz, nima uchun har bir davlat o‘zining bayrog‘iga ega bo‘lishi lozim? Nima uchun bayroq davlat ramzi hisoblanadi? Nima uchun o‘zga davlatlarda yurganingizda o‘z yurtingiz bayrog‘ini o‘zga davlatda hirpirab turganini ko‘rsangiz, yuragingiz boshqacha uradi? O‘ylaymanki, har bir inson qachondir o‘ziga shu savollar bilan murojaat qilgan. Bugungi kunda dunyo xaritasida 202 tadan ortiq davlat bo‘lsa, barchasi bir-biriga o‘xshamaydigan va o‘z milliy maʼnosini bildiruvchi bayroqlariga ega. Albatta, bayroq bu har bir insonning o‘z vatani ramzidir. Uni ko‘rganingizda g‘ururlanasiz. Ayniqsa, sport bo‘yicha xalqaro nufuzli chempionatlarda sizning bayrog‘ingiz boshqa davlatlarnikidan balandroq tursa… 2018 yilda Jakartada bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida bizning bayrog‘imiz 21 marta eng balandda hilpiradi va uning ketidan madhiyamizni barcha eshitdi – hech birimiz buni shunchaki tomosha qilib, shunchaki eshitmadik, qalbimiz g‘urur-iftixorga to‘­lib-toshdi, shu yurt farzandi ekanimizdan faxrlandik, vujudimizda vatanparvarlik tuyg‘usi yana-da jo‘sh urdi. Bizga mana shu sururbaxsh lahzalarni hadya etgan sportchilarga va ularning ota-onasiga taʼzim qilgingiz keladi. Axir, ushbu bayroq hilpirashi uchun bu sportchilar tun-u kun yillab o‘z ustlarida ishlashgan va albatta, bayrog‘imiz qadrini ular bizdan-da kuchliroq bilishadi, his qilishadi. Tarixga nazar tashlasak, har bir buyuk imperiya qurgan hukmdorning o‘z davlat bayrog‘i bo‘lgan. Yuz minglab askarlar yagona maqsad va yagona bayroq ostida birlashgan. Amir Temur bobomiz davlatining bayrog‘iga eʼtibor bersak, moviy rangda bo‘lgan. Har bir jangga kirishdan oldin, birinchi qatorda baland ko‘targan holda bayroqdor yurgan. Minglab askarlar ushbu bayroq hech qachon yerga tushmasligi, oyoqosti bo‘lmasligi uchun jonlarini fido qilgan. Amir Temur taʼkidlaganidek, “Davlatimiz bay­rog‘i har doim balandda hilpirashi kerak, toki dush­man bilsin, bu yurtda vatanparvar insonlar ko‘pligini va bu o‘g‘lonlar hech qachon o‘z davlatining bayrog‘ini pastga tushirmasligini!” Bugun ushbu mavzuda yozishimga sabab, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video bo‘ldi. Unda eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz bo‘lgan Mustaqilligimizning 28 yilligini nishonlash kuni, baʼzi bir yoshlarimiz tomonidan kechasi osmonda, hech kimga qaram emasmiz, degan maʼnoda mag‘rur hilpirab turgan bayroqlarimizni yechib, oyoqosti qilishganini ko‘rib, kayfiyatim buzildi. Nahotki, oramizda shu darajada tubanlikka boruvchi yoshlarimiz bo‘lsa?! Nahotki tun-u kun uxlamasdan ilmdami, sportdami, harbiy sohadami mehnat qilib, bayrog‘imizni yana-da balandroq ko‘tarish uchun, dunyoga kimligimizni isbotlash uchun mashaqqatli mehnat qilayotgan yoshlarimizning hayoti ularga o‘rnak bo‘lmasa?! Bugun balandparvoz orzular bilan yashayapmiz, yoshlar - bizning kelajagimiz, ular buyuk davlat quradi, deb. Biroq, o‘z bayrog‘iga hurmatsizlik qilib, uni oyoqlari ostiga tashlab, maʼnaviyatsizlik, maʼrifatsizliklarini namoyon etuvchi yoshlar bilan qanday kelajak quramiz?! Yana bir savol tug‘iladi, videoda ko‘rinib turibdiki, bu markaziy ko‘chalarimizda yuz bergan. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi, nahotki atrofdagilar shunchalar befarq bo‘lsa, bironta inson yoki haydovchi yo‘qmi, to‘xtab, “bolam, bu nima qilganing, o‘z yurting bayrog‘ini toptaganingdan ko‘ra o‘lganing yaxshi emasmi?!” deguvchi. Afsus, ming afsus, hammamiz bunday vaqtda yo ko‘rmiz, yo soqov. Sen menga tegma, men senga tegmayman…

Amir Temur bobomiz aytgandek, “Azmi qatʼiy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz va loqayd kishidan afzaldir”. Loqaydlik millatni tubanlikka yetaklaydi. Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Behbudiy va qanchadan-qancha ziyoli ota-bobolarimiz shu mustaqil bayrog‘imiz yuksaklarda hilpirashi uchun qurbon bo‘lib ketmadimi?! AQSH, Janubiy Koreya va Singapur kabi davlatlar bog‘chalarida har kuni ertalabdan yangi kunni bayroq ko‘tarish marosimi bilan boshlashadi va bu ishni har bir bola navbatma-navbat amalga oshiradi. Shu yo‘l bilan bolalikdanoq bayroqni hilpiratib yuksaklarga ko‘tarish orqali vatanparvarlik tuyg‘usi singdirib boriladi. Bayrog‘imiz bilan bog‘liq mazkur noxush holat biz ziyolilarning ko‘zi kattaroq ochilishiga sabab bo‘lishi kerak. Yaʼni xalqimizning, yoshlarimizning maʼnaviyati, milliy g‘ururi, vatanparvarligini oshirish yo‘lida qiladigan ishlarimiz talab darajasida emasligi, natijasi pastligi, targ‘ibot ishlarimiz faqat tadbir va qarsakbozlikdan iborat bo‘lib qolayotgani, amaliy ahamiyati nolga teng ekanini ko‘rsatib turibdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham ushbu taʼkidni bejizga aytmadilar: “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari intilishimiz zarur”. Qaydlar uchun: Men nimani tushundim: ____________________________ ________________________________________________________________________________ ___________________________________________ Menga yoqdi: ________________________________________________________________________ Xulosa: _______________________________________________ ________________________________________________________________________________ __________________________________________ O‘N IKKINCHI MAQOLA FOZILLAR SHAHRI HOKIMINING FAZILATLARI (Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridan) Bunday shaharga hokim bo‘ladigan odam (Allohdan boshqa) hech kimga bo‘ysunmasligi kerak. Fozillar shahrining birinchi boshlig‘i shu shahar aholisiga imomlik qiluvchi oqil kishi bo‘lib, u tabiatan o‘n ikkita xislat-fazilatni o‘zida birlashtirgan bo‘lishi zarur. Fozillar shahri hokimi avvalo to‘rt muchali sog‘-solim bo‘lib, o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarishida biror aʼzosidagi nuqsoni xalal bermasligi lozim. Aksincha, u sog‘-salomatligi tufayli bu vazifalarni oson bajarishi lozim. (Ikkinchidan), bunday shahar hokimi tabiatan nozik farosatli bo‘lib, suhbatdoshing so‘zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg‘ab olishi, shu sohada umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi zarur. (Uchinchidan), u anglagan, ko‘rgan, eshitgan, idrok etgan narsalarni xotirasida to‘la-to‘kis saqlab qolishi, barcha tafsilotlarni unutmasligi zarur. (To‘rtinchidan), u zehni o‘tkir, zukko bo‘lib, har qanday narsaning bilinar-bilinmas alomatlarini va u alomatlari nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi zarur. (Beshinchidan), u fikrini ravshan tushuntira olish maqsadida, chiroyli so‘zlar bilan ifodalay olishi zarur. (Oltinchidan), u (ustozlardan) taʼlim olishga, bilim, maʼrifatga havasli bo‘lishi, o‘qish, o‘rganish jarayonida sira charchamaydigan, buning uchun sira qochmaydigan bo‘lishi zarur. (Yettinchi), taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha, o‘zini tiya oladigan bo‘lishi, (qimor yoki boshqa) o‘yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo‘lishi zarur.

(Sakkizinchi), u haq va haqiqatni, odil va xaqgo‘y odamlarni sevadigan, yolg‘onni va yolg‘onchilarni yomon ko‘radigan bo‘lishi zarur. (To‘qqizinchi), u o‘z qadrini biluvchi va nomus- oriyatli odam bo‘lishi, pastkashliklardan yuqori turuvchi, tug‘ma oliyhimmat bo‘lishi, ulug‘, oliy ishlarga intilishi zarur. (O‘ninchi), bu dunyo mollariga, dinor va dirhamlarga ko‘z tikmaydigan (mol-dunyo ketidan quvmaydigan) bo‘lishi zarur. (O‘n birinchi) tabiatan adolatparvar bo‘lib, odil odamlarli sevadigan, istibdod va jabr-zulmli, mustabid va zolimlarni yomon ko‘ruvchi, o‘z odamlariga ham, begonalarga ham ziddiyat qiluvchi, barchani adolatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga yaxshilikni va o‘zi suygan go‘zalliklarni ravo ko‘ruvchi bo‘lishi zarur. O‘zi haq ish oldida o‘jarlik qilmay, odil ish tutgani holda har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz bo‘lishi zarur. (O‘n ikkinchi), o‘zi zarur deb hisoblagan chora-tadbirlarni amalga oshirishda qatʼiyatli, sabotli, jurʼatli, jasur bo‘lishi, qo‘rqoqlik va hadiksirashlarga yo‘l qo‘ymasligi zarur. Mana shu barcha xislatlarning bir odamda jamlanishi amri mahol, zero, bunday tug‘ma fazilatlar sohibi bo‘lgan odamlar juda kam uchraydi va ular nodir insonlardir. Mabodo, fozillar shahrida shunday barkamol inson topilib qolsa, unda yuqoridagi fazilatlardan oltitasi yoki beshtasi kamol topganida ham, u odil va zakovatda benazirligi tufayli fozillar shahriga rahbarlik qila oladi. Baʼzi mahallarda fozillar shahrida bunday odam yo‘q bo‘lib qolganida ham (vafot etganida yoxud boshqa joyga ketgan vaqtida) ana shu imom (hokim) yoxud uning izdoshlari (agar mazkur imomdan keyin birin-ketin shaharga boshliq bo‘lsalar) chiqargan qonun va tartiblarga amal qilinadi. Avvalgi imom o‘rniga kelgan keyingi rahbarda ham yuqorida aytilgan xislatlar – fazilatlar yoshlikdan shakllangan bo‘lishi zarur. Ana shunda bu keyingi imomda yana oltita fazilat hosil qilinishi zarur: Birinchi – donishmandlik. Ikkinchi – avvalgi imomlar o‘rnatgan qonunlar va tartiblarni xotirida yaxshi saqlab qolish va ularga amal qilishi uchun quvvai hofizaga ega bo‘lish. Uchinchi – agar avvalgi imomlar davridan biror (yoki bir qancha) sohaga taalluqli qonun qolmagan bo‘lsa, bun­day qonunni o‘ylab topish uchun ijod, ixtiro qilish quvvatiga ega bo‘lish. To‘rtinchi – hozirgi haqiqiy ahvolni tez payqab olish va kelgusida yuz beradigan, avvalgi imomlar ko‘zda tutmagan voqealarni oldindan ko‘ra bilish uchun bashoratgo‘ylik xislatiga ega bo‘lish. Bu xislat unga xalq farovonligini yaxshilash yo‘lida kerak bo‘ladi. Beshinchi – avvalgi imomlar o‘rnatgan qonunlarga, shuningdek, avvalgilardan ibrat olib, o‘zi tuzib chiqargan qonunlarga xalq amal qilishi uchun qizg‘in so‘zlash – notiqlik xislatiga ega bo‘lishi. Oltinchi – zarur hollarda harbiy ishlariga mohirona rahbarlik qilish uchun yetarli jismoniy quvvatga ega bo‘lishi ham jang qilishi, ham sarkarda sifatida jangu jadalga rahbarlik qilish uchun harbiy sanʼatni yaxshi bilish. Mabodo, shu xislatlarning barchasini o‘zida jamlagan bir odam topilmasa, lekin ikki kishi birgalashib, shu xislatlarga ega bo‘lishsa (yaʼni biri – donishmand, ikkinchisi – qolgan xislatlar sohibi bo‘lsa) shu ikkovini fozillar shahriga rahbarlikka qo‘yish zarur. Mabodo, bir guruh odamlar birgalikda ana shu xislatlarga ega bo‘lishsa (yaʼni birida bu, ikkinchisida u, uchinchisida yana boshqa xislatlar bo‘lsa) ana shu fozillar guruhini yurt rahbarligiga qo‘yish zarur. Shu guruh aʼzolari birgalashib, o‘zaro kelishib harakat qilsa, har biri fozil hokim bo‘lishi mumkin. Mabodo, biror zamonda fozillar shahrida hokimlik qilayotgan bir yoki bir necha kishida boshqa zarur xislatlar bo‘lsa-yu, ammo donishmandlik bo‘lmasa, fozillar shahri yaxshi hokimsiz qoladi, bunday shahar halokatga yuz tutadi. Manba: Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri” asari, 159–161-betlar.

O‘N UCHINCHI MAQOLA ISTIQBOLLI LIDERLAR UCHUN ZARURIY KO‘NIKMALAR (Xorijiy tahlillar asosida) Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini oshirish uchun, birinchi navbatda, boshqaruvchi rahbarlar, umuman olganda, barcha kadrlarning yuqori saviyali hamda liderlik xususiyatiga ega bo‘lishi talab etiladi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida barcha sohalarda yuqori darajada islohotlarning olib borilayotgani malakali va zamonaviy rahbar kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni orttirib yubordi. Bu esa, o‘z navbatida, mazkur muammoni hal qilish yo‘llarini izlashni talab etmoqda. Mazkur holatni O‘zbekiston Respub­likasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning 18 dekabr kuni zamonaviy kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni to‘ldirish, bilimli yoshlarni strategik sohalarga jalb etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda quyidagicha izohlagan edi: “Yaqin va uzoq istiqboldagi iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan bizga qaysi soha uchun qanday mutaxassis kerak bo‘ladi? Shuni hozirdan chuqur o‘ylashimiz, zamon talabi, islohotlar shiddatiga mos kadrlarni tarbiya­lashimiz kerak. Bu masala bizning kelajagimiz, bizning ertangi kunimiz”. Yuqoridagi holatlar hisobga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida istiqbolli kadrlar va yetakchilarni saralash, ularni o‘qitib, malakasini oshirish va qo‘llab-quvvatlash borasida amaliy saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” PF–5545-sonli Farmoniga muvofiq, mazkur jamg‘arma o‘z faoliyatini boshladi. Jamg‘arma oldiga o‘zbekistonlik iqtidorli yoshlarni doktorantura va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish, turli soha mutaxassislarining malakasini oshirish va stajirovkasini tashkil etish, xorijdagi vatandoshlar bilan doimiy muloqot o‘rnatish, ularni mamlakatimizda bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga jalb qilish, chet eldagi universitetlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlikda yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga ko‘mak berish vazifalari qo‘yilgan bo‘lib, joriy yilning o‘zida jamg‘armaga davlat byudjetidan 45 milliard so‘m ajratilishi rejalashtirilgan. Bunday saʼy-harakatlar, shubhasiz, yaqin kelajakda samarasini ko‘rsatadi, deyish mumkin. Shu bilan birga, istiqbolli kadrlar tayyorlashning bu kabi tendensiyalarini saqlab qolish va rivojlantirish darkor. Bundan tashqari, yetakchi kadrlarni klassik nazariya va anʼanaviy dasturlar nuqtai nazaridan o‘qitish va tayyorlash zamon talabiga javob bermasligi tobora oydinlashmoqda. Kadrlar tayyorlash jarayonida qisqa, o‘rta va uzoq muddatli istiqbollar va bu davrda uchrashi mumkin bo‘lgan muammolarnini hisobga olish mazkur masalaning eng asosiy omiliga aylanib bormoqda. Taʼkidlash joizki, rahbarlar ham bilim va tajriba, ham shaxsiy xususiyatlari jihatidan o‘zining qo‘l ostidagilarga har tomonlama namuna bo‘la olishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, ularda liderlik xususiyatlari shakllangan bo‘lishi darkor. Bu xususiyatlar borasida aniq bir tizim yaratilmagan bo‘lsa-da, ko‘pgina tadqiqotchilar o‘zlarining tahliliy mezonlarini taqdim etishadi. Mavzu yuzasidan tadqiqotlar tahlili. Bu mavzuda so‘z yuritilar ekan, lider-yetakchining rahbardan nimasi bilan farq qilishini, unga qanday taʼriflar berilganligini muayyan sohalar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish talab etiladi. Siyosatshunos olim Muqimjon Qirg‘izboyevning “Siyosatshunoslik” kitobida yozilishicha, “rahbar va yetakchilik bir-biridan farq qilib, yetakchilik – bu ko‘pchilik emas, balki bir shaxs yoki shaxs­lar guruhini ifodalaydigan, yuqoridan pastga yo‘naltiriladigan xususiyatga ega bo‘lgan hokimiyat ko‘rinishlaridan biridir. “Yetakchi” (“lider”) so‘zi ingliz tilidagi “leader” so‘zining tarjimasi – “yetakchi, boshchilik qiluvchi” maʼnolarini beradi. Lider qo‘lida

hokimiyat yo‘qligi uchun rahbardan farq qilsa-da, guruhdagi faolligi sabab yetakchiga aylanadi”. Rus olimi, akademik Vladimir Kvint Lyovovich “Srategiyalash nazariyasi va amaliyoti” kitobida “Yetakchilik ­– menejment tizimining birinchi elementi hisoblanadi. Yetakchi – obyektni nomaʼlum kelajakka yetaklovchi losman, nafaqat o‘ziga itoat etuvchilar, balki ayni paytda jamoa va fuqarolarni birlashtiradigan va ularni safdosh qiladigan tashkilotchi hamdir. Yetakchi maʼlum maʼnoda strategiyani jonlantiruvchi shaxsdir”, deya taʼriflaydi. Yuqoridagi ikkita taʼrifdan xulosa qilish mumkinki, Qirg‘izboyev lider atamasini siyosiy jihatdan taʼriflagan bo‘lsa, Kvint uni iqtisodiy taraflarini ochib bergan. Shu o‘rinda, qayd etish lozimki, aksariyat G‘arb manbalarida, ko‘p hollarda, liderlik va rahbarlik tushunchalari bir-biridan farqlanmaydi. Jumladan, Kvint taʼrifidagi “o‘ziga itoat etuvchilar” jumlasi olimning “lider”ni “rahbar” so‘zi bilan bir qatorda qo‘llagan, deyishga asos bo‘ladi. Shu jihatdan maqolada “lider” (yetakchi) “rahbar” atamasi bilan maʼnodosh holatda qo‘llangan. Antik davrda Gerodot, Plutarx, Arastu, Platon; o‘rta asrlarda Makiavelli, Tomas Karleyl, Ralf Uoldo Emerson, Fridrix Nisshe; XX asrda Gabriyel Tard, Y.Shumpeter, E.Kassirer, J.Blondel kabi olimlar rahbar va liderlar borasida izlanishlar olib borib, o‘z nazariyalarini yaratgan bo‘lsa-da, ularning ko‘pchiligi o‘sha davr nuqtai nazaridan kelib chiqib yozilgan, tabiiyki, ular hozirgi zamonaviy liderlarda bo‘lishi lozim bo‘lgan xususiyatlarga to‘la-to‘kis to‘g‘ri kelmaydi. Taʼkidlash joizki, siyosiy yetakchi va liderlar borasidagi klassik nazariyalar o‘z ahamiyatini saqlab qolish bilan birga, hozirgi kunda bir qancha tadqiqot markazlari, tadqiqotchi olimlar va tahliliy xususiyatga ega bo‘lgan xalqaro nashrlarning kelajakda liderlar uchun qanday bilim va sifatlar zarurligi borasidagi takliflari ham dolzarb ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Bu borada IFTF (“Institute for the Future” – “Kelajak uchun institut”) “aqliy markaz”ning rahbari sifatida faoliyat yuritgan Bob Yoxansen o‘z ilmiy faoliyatining asosiy qismini kelajakda liderlar uchun zarur bo‘ladigan xususiyatlarni o‘rganishga qaratgan. Jumladan, uning “Leaders Make the Future: Ten New Leadership Skills for an Uncertain Age” (“Liderlar kelajakni yaratadi: noaniq muddat uchun o‘nta liderlik mahoratlari”) va “The New Leadership Literacies” (“Yangi liderlik ko‘nikmalari”) nomli asarlari mazkur masalaga qaratilgan. Jumladan, “Liderlar kelajakni yaratadi: noaniq muddat uchun o‘nta liderlik mahoratlari” asarida yaqin kelajakda liderlar o‘zlarida shakllantirishi lozim bo‘lgan xususiyatlar sanalib, izohlab o‘tilgan. Yoxansen fikricha, istiqbolli lider, birinchi navbatda, instinktlarni yaratuvchi bo‘lishi lozim. Yaʼni bu har qanday holatni, har qanday yangilikni oldindan seza olish va bunga tayyor turishni anglatadi. Bundan tashqari, aniqlik, dilemma (qiyin ikkita vaziyatdan birini tanlash)dan chiqib keta olish, tez o‘zlashtirish, boshqalarni tushuna olish, konstruktiv birlashtiruvchi, shaffoflik (ichki va tashqi dun­yosining mutanosib bo‘lishi), prototip (boshqalar uchun namuna) bo‘lish, uddaburon tashkilotchilik hamda yaratuvchilik xususiyatlari asarda zamonaviy lider uchun zarur ekanligi tahlil qilib berilgan. Tadqiqotchining “Yangi liderlik ko‘nikmalari” asarida esa yana beshta muhim xususiyat ochib berilgan. Birinchidan, olim liderlarda prognoz qilish qobiliyati shakllangan bo‘lishi lozimligiga eʼtibor qaratadi. Uning fikricha, o‘tgan davr va hozirgi holatdan kelib chiqib, kelajakdagi ehtimoliy hodisalarni bashorat qilish mumkin.

Ikkinchidan, katta tavakkalchilik (risk) talab etmaydigan qarorlar qabul qilish tavsiya etiladi. Bu kelajakka oid qarorlar qabul qilinganda imkon qadar ehtiyotkor bo‘lish kutilmagan muammo va tahdidlarni keltirib chiqarmasligini kafolatlashi bilan izohlanadi. Uchinchidan, tez o‘zgaruvchan tashkilotlarni bosh­qarishda ko‘nikma hosil qilish zarur bo‘ladi. Mazkur omil liderning moslashuvchanlik qobiliyatini rivojlantirib boradi. To‘rtinchidan, faol va serharakat bo‘lish liderning muvaffaqiyatga erishishining muhim omili sifatida taʼkidlangan. Beshinchidan, lider o‘zida mavjud bo‘lgan to‘rtinchi, yaʼni ishchanlik qobiliyatini butun qo‘l ostidagilarga ham ulashishi, ularda ham xuddi shunday serhara­katlikni yuzaga chiqarishga yordamlashishi lozim. Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, Bob Yoxansen liderlar uchun kelajakda zarur bo‘ladigan ko‘nikmalarda, asosan, zamonaviy texnik bilimlar (zamonaviy axborot- kommunikatsion va u bilan bog‘liq ko‘nikmalar)dan ko‘ra shaxsning ichki xususiyatlariga eʼtibor qaratgan. Eʼtiborlisi, ikkala asarda ham liderlar uchun dastlabki, yaʼni eng muhim xususiyat sifatida prognozlash qobiliyati berilgan. Haqiqatan ham, hozirgi tez va shiddat bilan o‘zgarib, murakkablashib borayotgan davrda har bir rahbar kelajakni ko‘ra olish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, kreativlik (yaratuvchanlik) va faollik sifatlariga ham har ikki kitobda murojaat qilinganligi ahamiyatlidir. Shuningdek, zamonaviy kadrlar va liderlar tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi “Academic impressions” (“Akademik taassurotlar”) va “The Sanaghan Group” (“Sanaghon guruhi”) nomli xususiy taʼlim dargohlarining prezidentlari Amit Mrig va Patrik Sanaghonlar birgalikda yaratgan “The Skills Future Higher-Ed Leaders Need to Succeed” (“Kelajak liderlari uchun zarur bo‘ladigan qobiliyatlar”) asarida ham liderlar kelajakni oldindan ko‘ra oladigan mutafakkir bo‘lishlari yaqin kelajakda talab etiladigan eng muhim xususiyat ekanini taʼkidlashgan. Mualliflar hech bir inson kelajakni bashorat qila olmasligini, lekin liderlar o‘tgan va mavjud jarayondan kelib chiqib, kelajakni ko‘ra olishlari lozimligini qayd etishgan. Ikkinchidan, liderlar har qanday tavakkalchilik (risk) va muvaffaqiyatsizlikka tayyor bo‘lishlari lozim. Bu liderning har qanday omadsizlik oldida yengilib qolishining oldini oladi, uni ruhan quvvatlantiradi, deb izohlangan asarda. Uchinchidan, liderlar butun jamoasi bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishi darkor. Bu o‘z ichiga kamtarlik, boshqalarga ishonish, boshqa madaniyatlar bilan chiqishib ketish (agar jamoada boshqa din yoki sivilizatsiya vakili bor bo‘lsa), kelishuvga asoslangan tizimni yaratish kabi holatlarni qamrab oladi. To‘rtinchidan, ulardan dovyurak qaror qabul qiluvchi lider bo‘lishlari talab etiladi. Boisi muayyan bir jarayonda ozroq vaqtni boy berish umuman tanazzulga olib kelishi mumkin, bunday holda qarorlar ham vaqtidan kechiktirilmasdan, ham o‘ylanib, rejalashtirib qabul qilinishiga alohida urg‘u beriladi. Va nihoyat, asarda beshinchi xususiyat sifatida liderlarning ruhiyati kuchli bo‘lishi zarurligi aytib o‘tilgan. Mazkur xususiyat mazmunan ikkinchi qobiliyatni takrorlaganga o‘xshab ketsa-da, har qanday muvaffaqiyatsizlikdan keyin o‘z yo‘lidan og‘ishmasdan ishlash lozimligini nazarda tutadi. Amit Mrig va Patrik Sanaghonlar ham eng aktual masala sifatida kelajakni ko‘ra olish xususiyatiga eʼtibor qaratgani ahamiyatlidir. Bundan tashqari, sanab o‘tilgan boshqa madaniyatlar bilan chiqishib ketish va bu borada din hamda sivilizatsiyani ham hisobga olish xalqaro miqyosda yoki ko‘p sivilizatsiya­li davlatda faoliyat yuritadigan rahbarlar uchun muhim hisoblanadi.

Bundan tashqari, taniqli jurnallardan biri “Forbes”da ham aynan liderlik mavzusiga oid tahliliy maqola tayyorlangan. “16 Essential Leadership Skills For The Workplace Of Tomorrow” (“Ertangi ish o‘rinlari uchun 16 ta muhim liderlik mahoratlari”) deb nomlangan maqolada mualliflar liderlar tug‘ma qobiliyatli bo‘ladi, degan fikrni inkor etgan holda ularning shakllanib, rivojlanib borishini, kelajakda mukammal lider bo‘lish uchun esa taklif etilayotgan o‘n olti mahoratni o‘zlashtirish darkorligini yozishgan. Yuqoridagi ikkita qarashdagi birlamchi xususiyatdan (Yoxansen hamda Amit Mrig va Patrik Sanaghonlarning kelajakni oldindan his qilish tak­lifi nazarda tutilyapti) farqli ravishda “Forbes” asosiy eʼtiborni qo‘rqmasdan harakatlanish masalasiga qaratgan. Liderlar oppozitsiya tomonidan bildiriladigan tanqid va keskin fikrlar, shuningdek, davr talab etadigan bilim-ko‘nikmalarga yengilmasdan o‘sishda va boshqaruvda davom etishi lozim. Shu bilan birga, lider quyidagicha xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim: - jamoa orasida hurmat qozonish; - xodimlar bilan munosabatda ularni tushuna olish; - xodimlar manfaatini hisobga olib ishlash; - har qanday o‘zgarishlar (texnologik, kun tartibidagi va shu kabilar)ga moslashuvchan bo‘lish; - kelajakni aniq ko‘ra olish; - innovatsion yangiliklar va o‘zgarishlar paytida xodimlar, hamkorlar va mijozlar (yoki xalq)ni eshita olish, ularning fikriga beeʼtibor bo‘lmaslik; - kamtarlik; - “Soft skills”, yaʼni yumshoq mahoratlar, shu jumladan, samarali kommunikatsiyani rivojlantirish; - o‘zgarishlarga moslashuvchan bo‘lish bilan birga qatʼiyatlilikni saqlab qolish; - yangi bilimlarni tez o‘zlashtira olish; – madaniy jihatdan intellegent bo‘lish; – xodimlar bilan individual ishlash mahoratiga ega bo‘lish; – o‘zgalar uchun ishonchli bo‘lish; – xodimlarni o‘zgarishlarga monand ravishda, davr nuqtai nazaridan kelib chiqib boshqarish; – superfaol bo‘lish; – serqirra bo‘lish, yaʼni hayotiy faoliyatning barcha sohalaridan bilimga ega bo‘lish. Taʼkidlash joizki, “Forbes” jurnali tomonidan taklif etilgan xususiyatlarning aksariyati xodimlar bilan o‘zaro munosabatlar va ular bilan ishlash prinsipiga qaratilgan. Tez surʼatlar bilan o‘zgarib, rivojlanib borayotgan zamonda bu, ayniqsa, dolzarb masaladir. Sababi, so‘nggi tendensiyalar rahbar tomonidan o‘z xodimlarini qattiqqo‘llik bilan boshqarish mumkin emasligini allaqachon isbotlab bo‘ldi. Aksincha, liderning jamoada o‘rnak bo‘lishi, xodimlarning manfaatlarini hisobga olib, ular bilan individual ishlashini samarali boshqaruvning “kaliti”, deyish mumkin. Rahbarlar faoliyatiga oid yana bir qarash AQSHning “Fast Company” jurnalida “7 Skills Managers Will Need In 2025” (“2025 yilda rahbarlar uchun zarur bo‘ladigan yetti mahorat”) maqolasi bo‘lib, unda 10 yildan keyin hozir mavjud bo‘lgan kasblarni yarmi yo‘qolib ketishi, shuningdek, rahbar taklif etilayotgan yetti mahoratni o‘zlashtirmasa, kelajakda haqiqiy lider bo‘la olmasligi tahlil qilingan. Ilmiy nashr axborot texnologiyalari bilan bog‘liq bilimlar (1), xodimlar bilan ishlash mahoratlari (2), yumshoq mahoratlar (3), xodimlarga erkinlik va o‘sish uchun imkoniyatlar yaratib berish (4), muayyan vaziyatda keskinlik yoki bag‘rikenglikni to‘g‘ri qo‘llay olish (5), boshqaruvdagi shaffoflik

(6), EI (Emotional Intelligence; Ruhiy Intellegent) qobiliyatlariga ega b o‘lishi, yaʼni, avvalo, o‘zini, o‘z hissiyotlarini nazorat qila olish, bundan tashqari xodimlar ruhiy holatini to‘g‘ri tushunish, zarur paytda ularga ruhiy motivatsiya bera olish (7) kabi xususiyatlarni izohlab o‘tgan. Maqolada asosiy eʼtibor zamonaviy bilimlarni egallash zarurligiga qaratilgan, degan xulosaga kelish mumkin. Eski bilimlar bilan jamoada namuna bo‘lish tugul, rahbarlikni saqlab qolish ham murakkab ekanligi amaliyotda o‘z isbotini topib bormoqda. Bunday holatda yuqorida taʼkidlab o‘tilgan sifatlar, xususan, yumshoq mahoratlarni shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Unutmaslik lozimki, bu kabi tadqiqotlar G‘arb jamiyati va subyektiv nuqtai nazardan yozilgan bo‘lib, ularning aynan bittasiga to‘liq amal qilish maqsadga muvofiq emas. Shu nuqtai nazardan ularning barchasini mukammal o‘rganish va milliy mentalitetimizga mos bo‘lganlaridan samarali foydalanish masalaning ijobiy yechimi bo‘ladi, deyish mumkin. Xulosa va takliflar. Xulosa qilib aytganda, liderning qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi lozimligi barcha davrlarda dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Shu sababli bu borada antik davrlardanoq ilmiy izlanishlar olib borilgan. Bundan izlanish va qarashlar makon va, ayniqsa, zamon talabidan kelib chiqqan holda shakllangan. Shu nuqtai nazardan davr o‘tishi bilan undan oldin yaratilgan nazariyalar yana-da mukammalashtirib borilgan. Hozirgi davr ham oldingilaridan mustasno emas. Hozirgi kunda ham o‘tgan davrlarga o‘xshab liderlar borasida yangicha qarashlar shak llanib boryaptiki, yuqorida kuzatilganidek, ularning aksariyati ilm-fan va axborot- kommunikatsion sohalardagi rivojlanishlar bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Shuningdek, yetakchi (rahbar) va xodim o‘rtasidagi munosabatlar ham avvalgilardan ko‘ra ehtiyotkorlik va o‘zaro tushunishga asoslanishi lozimligi ham muhim omilga aylanib ulgurgan. Tahliliy tadqiqotlardan kelib chiqib, quyidagicha taklif va tavsiyalar berish mumkin: Birinchidan, tadqiqotchi olimlar tomonidan liderlarga oid xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish va ular asosida zamonaviy talablarga mos ravishda qisqa, o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan “Istiqbolli liderlar milliy dasturi”ni ishlab chiqish. Ikkinchidan, yuqorida taklif etilgan dastur asosida prognoz-tahlilga asoslangan “Istiqbolli lider” fanini joriy qilish va uni oliy o‘quv yurtining bitiruvchi bakalavr va magistrlariga hamda O‘zbekiston Res­publikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchilariga o‘qitish. Uchinchidan, “Istiqbolli liderlar milliy dasturi” va “Istiqbolli lider” fanini zamon talabiga mos ravishda belgilangan muddatda (masalan, har besh yilda) yangilab borish. To‘rtinchidan, mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritadigan “aqliy markaz” ko‘rinishidagi tadqiqot markazini tashkil etish yoki xususiy sohada bunday markazlarni tashkil etilishiga yuridik va moddiy-texnik baza jihatidan ko‘maklashish hamda ularning tadqiqotlaridan amaliy faoliyatda foydalanish. Muxtasar qilib aytganda, faqatgina bugungi kun talabiga emas, balki ertangi kunning kutilmagan talab­lariga tayyor turuvchi lider yetishtirish borasida tarixiy, milliy va xorijiy tajribani o‘zida birlashtiradigan nizom yoki milliy dasturni joriy etish va uni amalda qo‘llashni boshlash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz aytganidek, kelajakda bizga ko‘plab mukammal bo‘lgan lider-rahbarlar kerak bo‘ladi. Maqolani liderlar kanali aʼzosi Rahimov Dilmurodjon G‘ulomovich tayyorladi. Qaydlar uchun: Men nimani tushundim: ____________________________ ________________________________________________________________________________ ___________________________________________ Menga yoqdi: ________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________ ____ Xulosa:_______________________________________________ ________________________________________________________________________________ __________________________________________

O‘N TO‘RTINCHI MAQOLA RAHBARLIK – KATTA MASʼULIYAT Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, avvalo, har bir rahbardan yuksak masʼuliyat, g‘ayrat-shijoat, halollik va sadoqat bilan ishlashni talab etmoqda. Chunki mazkur yangilanishlar surʼati va ko‘lami, belgilangan vazifalarning samarali amalga oshirilishi ko‘p jihatdan barcha bo‘g‘indagi rahbarlarning salohiyati hamda maʼnaviyatiga bog‘liqdir. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da rahbar – yo‘l boshlovchi, oldinda boruvchi, boshliq deb izohlangan. Bunday ishonchga sazovor bo‘lish uchun esa, inson o‘z oldiga ulkan maqsadlar qo‘yishi, odamlarni shu maqsadlarga ishontirishi va uni amalga oshirish uchun barcha kuchlarni yo‘naltira olishi zarur. Hozirgi zamon rahbari, avvalambor, muvaffaqiyat sari intiluvchi, javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashkilotchi va irodasi mustahkam shaxs bo‘lmog‘i kerak. Shuningdek, rahbardan o‘z zimmasidagi vazifalarni samarali bajarishi, qo‘l ostidagilarni ham shunga safarbar etishi, jamoani qiynayotgan jiddiy muammolarni chuqur o‘rganib, maqbul yechimini topishi, muammoli vaziyatlarni donolik bilan bartaraf etishi, o‘z ishiga tanqidiy qarash qobiliyatiga ega bo‘lishi talab etiladi. Eng muhimi, vatanparvarlik va odillik rahbarning asosiy sifatidir. Rahbarning vatanparvarligi o‘zining bor bilim va mahoratini Vatan taraqqiyoti yo‘lida sarflashida, boshqalarni ham shunga undashida o‘z ifodasini topadi. U ona Vatanni, muqaddas zaminni, ulug‘ ajdodlarning merosini qadrlashi, uzoq va yaqin tariximizni bilishi, buyuk mutafakkirlarning asarlarini o‘qib-o‘rganishi va muntazam ravishda kasbiy mahoratini oshirib borishi lozim. Rahbarlik faqatgina vakolat, mansab yoki lavozim bo‘lib qolmay, balki ulkan masʼuliyatdir. Yetakchilik, halollik, samimiylik, hurmat-eʼtibor, qatʼiyat, ishonch, kamtarlik, mehnatsevarlik va qo‘l ostidagilarga g‘amxo‘rlik kabilar ham rahbarning zarur xususiyatlaridandir. Buning uchun rahbarlik vazifasiga tayinlangan har qanday shaxs nafaqat o‘z ishini yaxshi bilishi, balki yetarli bilimlarga ega bo‘lib, jamoasiga, jamiyatga va davlatga sadoqat bilan xizmat qilishi, doimo xalq bilan hamnafas yashashi kerak. Vatanga va burchga sadoqat esa, so‘z va ish birligida ko‘rinadi. “Davlat rahbarlaru fuqarolarning sadoqati va fidoyiligi-la qudratlidir”, degan edi ulug‘ bobomiz Amir Temur. Tahlillar va kuzatishlar shuni tasdiqlaydiki, rahbar atrofida sog‘lom fikrlovchi, izlanuvchan va tashabbuskor xodimlar ko‘p bo‘lsa, bunday jamoada muhit ham sog‘lom, xodimlarning ishchanlik kayfiyati ham yuqori bo‘ladi. Rahbar maʼnaviyati faoliyat samaradorligi va jamoaning maʼnaviy-axloqiy jihatlarini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib, yetakchining iqtidori jamoa muvaffaqiyatini taʼminlaydi. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, jamoa yutuqlarining sakson foizi rahbar tashkilotchiligiga, qolgan yigirma foizigina xodimlarning salohiyatiga bog‘liq ekani isbotlangan. Rahbarlarga qo‘yiladigan quyidagi maʼnaviy mezonlar esa, yetuk shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi: Birinchidan, har bir rahbar, avvalo, ko‘ngli ochiq, qalbi toza, aql-zakovat sohibi, yuksak salohiyatli bo‘lishi kerak. Boshqalarga yetakchilik qilishga, birinchi galda, halol va diyonatli, xalqparvar insonlar tanlanmasa, ko‘zlangan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi. Ikkinchidan, rahbar o‘zini tarbiyalab voyaga yetkazgan, ishonch bildirib yuqori lavozimga munosib ko‘rgan xalqiga halol xizmat qilishi, zimmasidagi ulkan masʼuliyatni doimo chuqur his etishi lozim. U xalq oldida, yurt oldida javobgar ekanini unutmasligi kerak. Prezidentimizning “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi

kerak” degan tamoyili barcha bo‘g‘indagi rahbarlar faoliyatida asosiy qoidaga aylanishi zarur. Uchinchidan, rahbar qo‘l ostidagi tajribali, o‘z ishining bilimdoni bo‘lgan mutaxassislarga tayanishi, jamoaning fikriga asoslanib xulosa chiqarishi kerak. Bugungi rahbardan barcha sohalarni yaxshi bilish, iqtisod, axborot texnologiyalari, huquq, siyosat va maʼnaviyat ilmlaridan xabardor bo‘lish, yangi innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirish talab etilmoqda. Shu bois ham u doimo izlanib, o‘z bilim va malakasini yuksaltirib, yangicha tafakkur tarziga ega bo‘lishi lozim. To‘rtinchidan, rahbarning ish uslubi va u qabul qilgan qarorlar faoliyat samaradorligiga xizmat qilishi kerak. Rahbar boshqaruvning maʼmuriy buyruqbozlik usullaridan voz kechishi, rasmiyatchilikka berilmasligi muhim. Kimlargadir yaxshi ko‘rinish, maqtanish uchun qilingan ish ko‘zbo‘yamachilik bo‘lib, faqat salbiy oqibatlarga olib keladi. Beshinchidan, har qanday rahbarda tashabbuskorlik, qatʼiyat va talabchanlik bo‘lmog‘i shart. Talabchanlikni zo‘ravonlikka, qatʼiyatni manmanlikka aylantirish o‘ta kaltabinlikdir. Bunday illatlar rahbarni yaxshi mutaxassis kadrlar va samimiy insonlardan uzoqlashtiradi. Oltinchidan, rahbar qo‘l ostidagilarni tanish-bilish va mahalliychilik hamda shaxsiy sadoqatiga qarab tanlamasligi lozim. U jamoadagi yaxshi mutaxassislarni qadrlashi, ularning xizmat faoliyati davomida orttirgan boy amaliy tajribalaridan unumli foydalanishga intilishi kerak. Yettinchidan, rahbar turli maqtovlardan boshi aylanib, “dohiy”lik kasaliga chalinib qolmasligi muhimdir. Aks holda, bunday rahbarlar atrofida faqat o‘z manfaatini o‘ylovchi “maslahatgo‘ylar”, amalparast, laganbardor, oddiy odamlarga zulm o‘tkazuvchilar to‘planib qoladi. Ig‘vo, tuhmat va hasadgo‘ylik esa, jamoada maʼnaviy muhitning buzilishiga sabab bo‘lib, parokandalikni yuzaga keltiradi. Sakkizinchidan, rahbar adolatsizlikka aslo yo‘l qo‘ymasligi lozim. Har bir ishda odillik bilan qarorlar qabul qilishi, qo‘l ostidagilarga nisbatan hurmat bilan qarab xolisona munosabatda bo‘lishi kerak. Adolat – rahbarlikning eng oliy talablaridan biri. Shu o‘rinda buyuk Sohibqiron bobomizning “Kuch – adolatda” degan hikmatli so‘zlarini taʼkidlab o‘tish o‘rinlidir. To‘qqizinchidan, rahbar o‘z shaxsiy hayotida ham boshqalarga namuna va ibrat bo‘lishi, sog‘lom turmush tarziga rioya qilib, turli zararli odatlardan xoli bo‘lishi zarur. U nafs balosidan saqlanishi, qo‘l ostidagilarni ham taʼmagirlik va loqaydlik kabi turli illatlardan asrashga intilishi kerak. O‘zini boshqara olmagan inson hech qachon boshqalarni idora qila olmaydi. O‘ninchidan, rahbarning barcha ishlari ochiq va oshkora bo‘lishi lozim. Uning vaqti-vaqti bilan jamoa oldida hisobot berib turishi rahbarlik faoliyatiga faqat obro‘ keltirib, atrofdagilarda unga nisbatan ishonchni oshiradi. Bundan tashqari, rahbar o‘z g‘oyasi va harakat dasturiga ega bo‘lib, boshqalarni ham shu yo‘ldan boshlashi, yagona maqsad atrofida birlashtirishi muhim ahamiyatga ega. Xodimlar bilan o‘zaro munosabatlarda yetakchi inson dunyoqarashi, madaniyati va muomalasi bilan boshqalarda o‘ziga nisbatan havas uyg‘otishi, rahbarlik va maʼnaviyat omillarining o‘zaro bog‘liqligini eʼtiborda tutishi lozim. Rahbar o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar tomonidan meʼ­yoriy hujjatlar talablariga amal qilinishiga talabchan bo‘lishi, ularga yuksak kasbiy mahorat, qonuniylik hamda qasamyodga sodiq qolish borasida namuna ko‘rsatishi, tashabbus va intilishlarini rag‘batlantirishi, shuningdek, xizmat intizomini buzuvchi hamda boshqa salbiy holatlar sodir etishga mo­yil xodimlarga nisbatan murosasiz bo‘lishi zarur. Xulosa o‘rnida shuni alohida taʼkidlash joizki, jamiyatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida barcha sohalarda olib borilayotgan tub islohotlarning nechog‘li muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, bugun har bir bo‘g‘indagi rahbarning masʼuliyati va kundalik faoliyatiga bevosita bog‘liq. Shunday ekan, rahbarning faoliyati Vatan taraqqiyoti, mamlakat kelajagi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga yo‘naltirilgan bo‘lib, chinakam rahbar

odamlarning ko‘ngliga yo‘l topib, atrofdagilarni ezgulikka, yaxshilikka, yangilik yaratishga daʼvat qiladi. Eng muhimi, o‘zi ham bu yo‘lda butun borlig‘ini, bor bilim va salohiyati, kuch-g‘ayratini ishga solib, jamiyat istiqboli uchun fidoyilik va sadoqat bilan, vijdonan xizmat qilmog‘i lozim. Zero, davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, “Haqiqiy rahbar, haqiqiy yetakchi odamlarning bardoshini sinash uchun emas, balki ularga munosib shart-sharoit yaratib berish, og‘irini yengil qilish uchun rahbar etib tayinlanadi. Barcha bo‘g‘indagi rahbarlar o‘zining odob-axloqi va madaniyati bilan hammaga o‘rnak va namuna bo‘lishi zarur”. Liderlar kanali a’zosi R.Hotamov tayyorladi. Qaydlar uchun: Men nimani tushundim: ____________________________ ________________________________________________________________________________ ___________________________________________ Menga yoqdi: ______________________________________________________________________ Xulosa:_______________________________________________ ________________________________________________________________________________ __________________________________________ O‘N BESHINCHI MAQOLA SIZ O‘ZINGIZGA ISHONASIZMI? Muvaffaqiyatli insonlar nima uchun o‘ziga bo‘lgan ishonchini kuchaytirishga harakat qiladilar? O‘ziga bo‘lgan ishonch insonga nima beradi? Ishonch shunchalik zarurmi? Bunday insonlar boshqalarga qaraganda kuchliroq ko‘rinishadi. Odamlarning diqqat eʼtiborida bo‘li­shadi. Ishonch insonga kuch va qudrat berib, qo‘rquvni yo‘qotadi hamda odamning zaif tomonlarini yengishga yordam beradi. O‘ziga bo‘lgan ishonch insonning fikri va harakat­lari to‘g‘ri hamda oqilona ekanligini tasdiqlaydi. O‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘q odamning esa to‘g‘ri qarori ham o‘zi uchun shubha tug‘diradi. Shubhalariga berilib, bunga boshqalarni ham ishontirishga urinadi. Ishonch maqsad sari qatʼiyat bilan kurashishga undab, inson yo‘lidagi to‘siqlar va qiyinchiliklar oldida o‘zi erishishni orzu qilganiga qo‘l siltamaslikka undaydi. O‘zingizga bo‘lgan ishonchni qanday shakllantirishingiz mumkin: o‘z maqsad va prinsiplaringizni ang­lab olish, maqsadni faqat xayol qilish bilan cheklanmay, balki uni amalga oshirishga harakat qilish, o‘z sog‘lig‘ingiz va tashqi ko‘rinishingizga eʼtibor berish, shaxsiy rivojlanish, sport bilan shug‘ullanish, salbiy fikrlashni yo‘qotish, yaxshi odatlarni shakllantirish, do‘st orttirish, yaxshiliklar qilish orqali kuchaytirish mumkin. Hayotda qaysi sohada ishlashingiz va kimligingizdan qatʼi nazar, muvaffaqiyat va g‘alaba qozonish uchun o‘zingizga bo‘lgan ishonch juda muhim sanaladi. Sportchi ringga chiqishidan oldin fikran va ruhan g‘alabaga tayyor bo‘lsa, o‘zida g‘olib inson yuragini yoqsa, albatta g‘alaba qozonadi. Nega omadsizlar g‘alaba qozona olishmaydi, sabab ular kurash boshidayoq ruhan o‘zlarini mag‘lub etishadi. Sportchi g‘alabasining 90 foizi uning ruhan tayyorligiga, atiga 10 foiz qismi jismoniy holatiga bog‘liq ekan. Omadga tayyorlanish – bu affirmatsiya deb ataladi va uni takrorlash yordamida ongni, xayollar va kayfiyatni o‘zgartirish mumkin. Boshqa so‘z bilan aytganda bu o‘z-o‘zini ishontirish, demakdir. O‘tkir Abdukarimov

IKKINCHI BO‘LIM “7 savolga 7 javob” Hurmatli kitobxon, siz ushbu nashrimizda “Liderlar” telegramm kanalimizning “7 savolga 7 javob” rukni orqali berib borilgan savol-javoblar ko‘ri­nishidagi ajoyib suhbatlarimiz matni bilan tanishishingiz mumkin. Kanalning ushbu rubrikasini hech ikkilanmay, o‘ziga xos kreativ yondashuv, noanaʼnaviy ijodiy uslub, ochiq va samimiy muloqot, desak ham bo‘ladi. Bunda boshlovchi “Liderlar” kanali admini kamina – Otabek Xasanovga kanal aʼzolari, muxlislar va qiziquvchi yoshlar tomonidan yuborilgan savollar bilan murojaat qilgan. Demak, eʼtiboringizga kanalda videolavha-inter­vyu ko‘rinishida tashkil etilgan suhbat­larimizning matnini havola etamiz. O‘ylaymizki, ushbu savol-javoblar siz uchun ham qiziq va foydali bo‘ladi. 1-SUHBAT (OLIB BORUVCHI: O‘TKIR ABDUKARIMOV) Birinchi savol: “Liderlar” kanalini ochish g‘oyasi sizda qayerdan paydo bo‘ldi? Ikkinchi savol: “Liderlar” kanalining kelajagini qanday tasavvur qilyapsiz? Uchinchi savol: Lider shaxsiga ko‘plab taʼriflar berilgan, sizningcha, Lider qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak? To‘rtinchi savol: Davlat boshqaruvi Akademiyasi haqida qisqacha maʼlumot bersangiz? Beshinchi savol: Menimcha, ko‘pchilik yoshlarimizni qiziqtirayotgan savol, yaʼni ayni paytda Otabek Xasanov qanday kitobni o‘qimoqda? Oltinchi savol: Bugungi kunda rahbar xodimlarga qanday bilim va ko‘nikmalar yetishmayapti? Sizning fikringiz… Yettinchi savol: O‘zingiz haqingizda qisqacha maʼlumot bersangiz, xobbilaringiz, qiziqishlaringiz… O‘.Abdukarimov: Assalomu alaykum, Otabek aka. Siz bilan bugun “Liderlar” kanalining yangi sahifasi – “7 savolga 7 javob” rubrikasining ilk sonidamiz. Ushbu sahifa haqida eʼlon berganimizdan so‘ng kanalimiz aʼzolari tomonidan bizga uch yuzdan ortiq savol yo‘llandi. Albatta, ishtirokchilarning, yoshlarimizning faolligi va qiziquvchanligi bizni juda quvontirdi. Biz esa yangi rubrikamiz uchun belgilangan tartibga muvofiq, eng ko‘p yo‘llangan va barcha uchun qiziq deb bilgan savollarimizdan yettitasini tanlab oldik va bugun shularni sizga bermoqchimiz. Demak, muloqotimizni boshlaymiz. Birinchi savolimiz: “Liderlar” kanalini ochish g‘oyasi sizda qayerdan paydo bo‘ldi ? O.Xasanov: Assalomu alaykum, O‘tkir aka, qadrli kanalimiz aʼzolari! “Liderlar” kanalini yangi sahifalar bilan mazmunan boyitish, yaʼni ushbu rubrikani boshlash uchun ancha vaqt siz bilan birgalikda tayyorgarlik ko‘rdik. Kanalimiz aʼzolarining soni, o‘quvchilarning qiziqish va eʼtiborlari ortib borayotgani, albatta, meni quvontiradi. Maʼlumotingizga qaraganda, yangi rubrikamiz uchun uch yuzdan ortiq savol kelib tushgan. Demak, ko‘pchilikda ushbu sahifaga ham qiziqish uyg‘onmoqda. “Liderlar” kanalining o‘zi maqsadi va vazifasi nima, ochish g‘oyasi qayerdan paydo bo‘ldi, degan savolga batafsil javob bersam. 2018-2019 o‘quv yili uchun Davlat boshqaruvi Akademiyasi tinglovchiligiga qabul vaqtida maxsus kanalni ishga tushirdik, yaʼni o‘qishga hujjat topshirgan nomzodlar bilan to‘g‘ridan- to‘g‘ri tezroq maʼlumotlar almashish uchun. Natijalar eʼlon qilinganidan so‘ng kanalda 250 nafar aʼzomiz bor edi va menda bir g‘oya paydo bo‘ldi.

Bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlayotgan o‘zgarishlarni amalga oshirish, yangicha fikrlash, ishga munosabatni o‘zgartirish uchun, avvalo, rahbarlar o‘zgarishi kerak. Akademiyadagi 60-100 nafar tinglovchi bilan yoki boshqa o‘qitish uslubi orqali keng masshtabda bu ishni amalga oshirish juda qiyin bo‘ladi. Tan olish kerak, bugun ko‘p rahbarlarimizning o‘z ustida ishlashga vaqti yo‘q yoki kutubxonaga borishga imkon topolmaydi. Shu sabab ham menda shunday tashabbus paydo bo‘ldi – ularga yordam berish kerak. Yaʼni hozirgi tez o‘zgarayotgan, axborot almashinuvi tezlashayotgan davrda rahbarlar, bo‘lajak yetakchilar uchun aniq axborot va asosli maʼlumotlarning ishonchli manbalari kerak. 20 yil avval siz bir maʼlumot qidirib kutubxonaga borgansiz yoki 10 yil oldin uni Googleda qidirgansiz. Bugun esa, maʼlumotlar o‘zi eshigingizni taqillatib kelyapti, telegramm yoki Facebookda sizni maʼlumotlar quvlab yuribdi. Internetni – juda katta Axborot bozori, bu yerdan siz o‘zingizga kerak maʼlumotni tanlab olishingiz kerak. Baʼzida internetga kirasiz- da, Facebookda ikki soat vaqtingiz qanday o‘tib ketganini bilmay qolasiz, lekin nima manfaat topding, degan savolni o‘zingizga bering-chi? Mening javobim shu: hech narsa, faqatgina vaqtim ketgani va chalg‘iganim qoldi, xolos. Shuning uchun, eng avvalo, rahbarlar uchun ushbu kanalni ochishga qaror qildim, olgan yangi bilim va ko‘nikmalarim, yangiliklarni o‘rtoqlashib, o‘zim foydali deb bilganlarimni o‘zgalarga ilinish niyatim paydo bo‘ldi. Chunki maʼnaviyat va maʼrifat bir joyda turishi kerak emas, balki u jamiyatda, odamlar orasida tarqalishi, harakatlanishi kerak. Bilsangiz, mening maqsadim – ushbu “Liderlar” kanalini boshqa kanallardan farqli ravishda faqatgina axborot maydoniga emas, balki Garvard olimlari aytganidek, bugungi kunda “Soft skills” (yumshoq ko‘nikmalarni) “Hard skills” (qattiq, yaʼni fundamental ko‘nikmalar)ga nisbatan rahbarlarning o‘sishiga, natijadorligiga ko‘proq yordam beruvchi foydali manbalar makoniga aylantirish. Savol tug‘iladi, bu “Soft skills” qanday ko‘nikmalar? Bu innovatorlik, kommunakabelnik, liderlik, tizimli fikrlash, tez qaror qabul qila olishdir. Demak, biz ushbu kanalni aynan mana shunday xayrli maqsadlarda, jamiyatimizda ilg‘or fikrli rahbarlar, liderlar va yetakchi yoshlarni ko‘paytirish hamda ularda “Soft skills”ni rivojlantirish uchun tashkil etdik. O‘.Abdukarimov: Ikkinchi savolimiz: “Liderlar” kanalining kelajagini qanday tasavvur qilyapsiz? O.Xasanov: Bilasizmi, harbiylarda bir yaxshi gap bor: “General bo‘lishni orzu qilmagan askar askar emas”. Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich taʼkidlaganlaridek, hamisha marrani balandroq olish kerak. Sizning maqsadingiz va marrangizga qarab, hayot yo‘lingiz ham shunday belgilanadi. Paulo Koelyoning “Alkimyogar” asari bosh kahramoni Santyago maqsad qo‘yishdan va, eng muhimi, maqsad sari yurishda mag‘lubiyatga uchrashdan aslo qo‘rqmaydi. Inson o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘yishi kerak. Agar “menga shu ham bo‘laveradi”, deb bir xonada o‘tiraversangiz, yorug‘likka ham chiqa olmay qolasiz, siz tog‘ni maqsad qilib oling, shunda siz kamida qirga chiqasiz, qirni maqsad qilib oling, tepalikka chiqasiz, tepalikni maqsad qilib olsangiz, adirlikka chiqasiz. Agar adirlik ham menga bo‘laveradi deb maqsad qilsangiz xonangizdan, yaʼni joyingizdan qimirlamaysiz. Demak, maqsadim shundan iboratki, kanalga butun Respublikamizdagi o‘zini kelajakda Lider, deb biluvchi, maqsadi O‘zbekistonimiz manfaati va rivojlanishi yo‘lida xizmat qilish bo‘lgan insonlarni aʼzo qilish. Ularga bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda rahbarlarga berilayotgan zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni tahlil qilib yetkazish. Nima uchun? Chunki Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga murojaatnomasida ham alohida taʼkidladi:


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook