OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI OʻZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIM INSTITUTI “FILOLOGIYA MASALALARI” ELEKTRON ILMIY-METODIK JURNALI UCHINCHI RENESSANS: TA’LIM, TARBIYA VA PEDAGOGIKA Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman tezislari to‘plami 2022-yil 10-noyabr
Biz maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi, oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni boʻlgʻusi Renessansning toʻrt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bogʻcha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-oʻqituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uygʻonish davrining toʻrt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz. Sh.M. Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI OʻZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIM INSTITUTI “FILOLOGIYA MASALALARI” ELEKTRON ILMIY-METODIK JURNALI UCHINCHI RENESSANS: TA’LIM, TARBIYA VA PEDAGOGIKA Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman tezislari to‘plami 2022-yil 10-noyabr
DOI: 10.36078/987654711 Mazkur to‘plamda ilm-fan sohasida adolatli jamiyat konsepsiyasi, milliy ta’lim tizimida Barqaror rivojlanish maqsadlarining tatbiqi, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, madaniyatlararo muloqot uyg‘unligi, nazariy-amaliy tarjima muammolari hamda zamonaviy axborot muhitida mediata’lim masalalari doirasida olib borilayotgan tadqiqotlar ifodalangan. Tezislar to‘plami keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. Xususan, jamiyatimiz oldida turgan Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek muhim strategik vazifani amalga oshirishda faol ishtirok etuvchi soha vakillari – professor-o‘qituvchi, doktorant, tayanch doktorant, stajyor-tadqiqotchi, mustaqil izlanuvchi, magistrant va talabalar mazkur to‘plamdan keng miqyosda foydalanishlari mumkin. DOI: 10.36078/987654711 Mas’ul muharrir: Solijon AZIZOV Tahrir hay’ati: Navro‘za O‘KTAMOVA Ma’rifat ISMAILOVA Zuhra YAKUBOVA Nozima SAIDOVA “Uchinchi Renessans: ta’lim, tarbiya va pedagogika” mavzusidagi Respublika ilmiy- amaliy anjumani O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2022-yil 10-noyabrda gibrid (onlayn / oflayn) shaklda bo‘lib o‘tdi. Mazkur to‘plamda ajuman tezislari jamlangan. Ushbu to‘plamda eʼlon qilingan ilmiy tezislarning saviyasi, sifati, ilmiy dalillarning haqqoniyligi va mazmuni uchun mualliflar mas’uldirlar. © S.Azizov. 2022
https://doi.org/10.36078/987654711 1-BO‘LIM. YANGI OʻZBEKISTONDA QONUN USTUVORLIGI – ADOLATLI JAMIYAT KAFOLATI
https://doi.org/10.36078/987654711 O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ayollar faolligini oshirishning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati Feruza Davronova 3-bosqich tayanch doktorant O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti E-mail: [email protected] Annotatsiya. Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab- quvvatlash, davlat boshqaruvidagi faoliyatini kengaytirish, qonunlar qabul qilishdagi ishtirokiga imkoniyat yaratib berish masalasi, shuningdek, ayollar ijtimoiy qatlamining faolligining jamiyat taraqqiyoti va barqarorligidagi ahamiyati borasida siyosiy tahlil yuritilgan. Kalit so‘zlar: siyosat, hokimiyat, gender, ijtimoiy konsolidatsiya, siyosiy partiya, jamiyat, davlat hokimiyati. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida davlat boshqaruvida xotin-qizlar ulushini oshirish, rahbarlik lavozimiga ayol nomzodlarni ko‘rsatish, siyosiy partiyalarda ayollar ulushini ko‘paytirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ayollar ijtimoiy-siyosiy faolligining ahamiyatini nimalarda ko‘rishimiz mumkin: Birinchidan, mamlakat aholisining taxminan yarmini, ya’ni 49,6% foizini [1] ayollar tashkil etadi. Demokratik jamiyat tamoyillariga ko‘ra, mamlakat fuqarolari davlat boshqaruvida bevosita va bilvosita ishtirok etish huquqiga ega. Ayniqsa, erkaklar va ayollarning siyosiy-huquqiy tengligi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida mamlakat hayotini ijobiy tomonga o‘zgartiradi [2, 135]. Davlat va nodavlat tashkilotlarining barcha darajalari (bo‘g‘inlari)da gender nomutanosibligining bartaraf etilishi jamiyat boshqaruvining oqilona mexanizmini yaratishga zamin yaratadi [3]. Ikkinchidan, davlat boshqaruv organlarida ayollar sonining kamligi, asosan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, savdo, uy-joy kommunal xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan xotin-qizlar manfaatlarining yetarli darajada ta’minlanmasligiga, manfaatlar muvozanatining buzilishiga olib keladi. Bu holatning oldini olish davlat boshqaruvida hamda qarorlar qabul qilinishida ayollar ishtirokini ta’minlash zarurati bilan belgilanadi. Uchinchidan, ayollarning siyosiy faolligi ularning iqtisodiy imkoniyatlari va moliyaviy resurslarga egaligi bilan ham uzviy bog‘liq. Xotin-qizlarning moliyaviy 3
https://doi.org/10.36078/987654711 mustaqilligi bevosita teng huquq va imkoniyatlar asosida saylovlarda o‘z nomzodini ko‘rsatish, ishtirok etish, saylash va saylanish imkonini beradi. Bu murakkab va mashaqqatli yo‘l bo‘lib, kutilgan natijalarga erishish qator islohotlar hamda vaqt talab etadi. Ayollar siyosiy faolligi mavzusida tadqiqot olib borgan G.F. Belyaeva Shvesiyada ijtimoiy konsolidatsiyaga (ya’ni umumiy maqsadlar sari kurashishda shaxslar, guruhlar, tashkilotlarning uyushishi) [4, 32] va muhim siyosiy natijalarga erishish uchun gender tengligi to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan keyin ham 20 yildan ko‘proq vaqt talab etilganligini [4, 164] ta’kidlaydi. To‘rtinchidan, davlat boshqaruvida ayollar rolining oshishi mamlakatda xotin-qizlar huquqlari buzilishi bilan bog‘liq muammolarning kamayishiga olib keladi. Boshqacha aytganda, davlat boshqaruvida ayollar vakolatining oshishi qonunchilikning gender omillarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishiga, ayollar vakilligining kengayib borishi ularning manfaatlarini himoya qilinishiga sabab bo‘ladi [6, 2]. Xotin-qizlar qatlamini davlat boshqaruvidagi yetakchi bo‘g‘inga aylantirish tadqiqotimiz asosini tashkil etar ekan, ayollarning jamiyatdagi rolini oshirishda nimalarga e’tibor berish lozimligini ilmiy asoslash [7, 2] maqsadga muvofiqdir. Davlat boshqaruvida ayollar ishtiroki ijobiy natijalarga olib kelar ekan, siyosatchi ayollar miqdorini oshirishda nimalarga ahamiyat berish lozim. Buning uchun, avvalambor, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik, tazyiq, diskriminatsiya va gender tengsizligini bartaraf etish talab etiladi. Qonuniy kafolatlarning mukammal ishlab chiqilishi yuqorida sanab o‘tilgan muammolarni kamayishiga sabab bo‘ladi. Ayollar siyosiy faolligining davlat va jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ahamiyatini quyidagicha tasnifladik (1-jadval): 1-jadval. Davlat siyosatiga Siyosiy partiyaga Siyosiy faol Jamiyatga ta’siri ta’siri ta’siri ayollarga ta’siri Davlat hokimiyati Saylovlarda teng Ayollar va erkaklar teng Partiyaning imiji va organlarida ayollar miqdordagi vakillik huquq va imkoniyatlari obro‘yi oshishiga salmog‘i oshadi tizimi shakllanadi olib keladi Siyosiy faol ayollar Davlat va jamiyatni ta’minlanadi Partiyaning o‘rtasida bir-birini Siyosatda ayol va dasturida vazifalar qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish erkaklarning teng kengayadi va dasturlarida gender vakillikka ega bo‘lishi yaxshilanadi 4
https://doi.org/10.36078/987654711 demokratiyaning zarur Partiya nizomi, hamkorlik qilishga xususiyatlari shartiga aylanadi hujjatlari, caylov imkoniyat yaratiladi e’tiborga olinadi strategiyalari va Gender tengligi Parlament faoliyatining tashviqotlarini Ayollarning qonuniylik va adolatlilik imkoniyatlariga va borasidagi tamoyiliga asoslanishi moliyaviy o‘z-o‘ziga ishonchini jamoatchilik rag‘batlantirilishi oshishiga xizmat fikrining ijobiy Gender tengligi ta’minlanishi iqtisodiy Partiyalar o‘rtasida qiladi tomonga taraqqiyotga xizmat sog‘lom raqobatni o‘zgarishiga xizmat qiladi ta’minlaydi qiladi Fikrimizcha, ayol huquqlariga oid xalqaro huquqiy hujjatlarning yaratilishi hamda tizimli ravishda takomillashib borishida dunyoda ayollar huquqiy himoyasiga alohida ehtiyojning mavjudligi, ularning jamiyatning faol a’zosi sifatidagi huquqiy maqomiga yetarli e’tibor qaratilmaganligi, kamsitilishi, gender stereotiplari, jinsiy kamsitishga uchrayotganligi kabi holatlar sabab bo‘lmoqda. Buning uchun xotin-qizlarni erkaklar bilan tengligini ta’minlash, jamiyat hayotidagi barcha huquqiy munosabatlarda to‘laqonli ishtirok etishining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yaratishga bo‘lgan zaruratini oshiradi. Insoniyat ongu tafakkuri, madaniy darajasi yuksalishi ayollarni qadrlash va gender tenglikni ta’minlash singari demokratik qadriyatning yuzaga kelishiga zamin yaratdi. Aslida, ayol huquqlariga oid normalarning shakllanishiga har bir davrning o‘ziga xosligi, shu davrdagi ayollarga nisbatan munosabatga bog‘liq bo‘ladi. Adabiyotlar ro‘yxati 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistikasi Qo‘mitasi rasmiy sayti. Gender statistikasi. Demografiya. Doimiy aholi soni [4.10.2021]. https://gender.stat.uz/uz. 2. Воронина О.А. Гендерное равенство как структурный элемент государственной политики в скандинавских странах. Международный научный вестник “Новий взгляд”. Под ред. С.С.Чернова. В. 4. –Новосибирск. – 2014. 3. Шведова Н.А. Женщины в Канаде: как действует механизм гендерного равенства. Женщина в российском обществе. 5
https://doi.org/10.36078/987654711 4. Абдрашев А.Б., Эшиев А.К. Политико-терминологический словар. – Жалал-Абад. – 2012. 5. Беляева Г.Ф. Политическая активность женщин в России. Вопроси государственного и муниципального управления. –№1. –М. – 2008. 6. Повышение роли и расширение участия женщин в политических процессах. Аналитический обзор и рекомендации для стран центральной и Восточной Европы и Содружества Независимых Государств. –Братислава. – 2009. O‘zbekistonda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida parlament faoliyatining takomillashuvi Durbek Eshbekov 1-bosqich tayanch doktorant Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti E-mail: [email protected] Annotasiya. Tezisda Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblangan parlament faoliyatini takomillashtirishga oid masalalar, islohotlar jarayoni tahlil qilingan. Shuningdek mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichida islohotlarni tashkiliy va huquqiy jihatdan ta’minlashda davlat hokimyati organlarining, xususan, parlamentning roli alohida ahamiyatga ega eknligi yoritilgan. Kalit so‘zlar: parlament, strategiya, qonun ijotkorligi, deputat so‘rovi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirishga, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilganligi bilan e’tiborga molik [1]. Bu tarixiy hujjat mamlakatning yaqin istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab berdi. Xususan, unda ta’kidlanishicha, iqtisodiyotda davlat ishtirokini strategik asoslangan darajada qisqartirish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni himoya qilishga doir kompleks masalalarni hal etish, hukumat, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajadagi hokimliklar uchun eng muhim ustuvor vazifa sifatida belgilanadi [2]. 6
https://doi.org/10.36078/987654711 Jamiyatni erkinlashtirishning hozirgi bosqichida davlat boshqaruvini modernizatsiya qilishning bir qator yo‘nalishlari va vazifalari “Harakat dasturi”da belgilab berilgan. Birinchidan, demokratik davlat boshqaruv mezonlarini belgilovchi prinsiplarni hayotga sobitqadamlik va jadallik bilan joriy etib borish. Bular boshqaruvda inson huquq va manfaatlarining ustuvorligi, hokimiyatlar taqsimlanishi (shu jumladan, davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlar o‘rtasida vakolatlarning oqilona taqsimlanishi), qonun ustuvorligi, davlat boshqaruviga xalq ommasi hamda fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligi va ochiqligi kabilardir. Ikkinchidan, davlat boshqaruv apparati faoliyatining qonunchilik, huquqiy bazasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirib borish nazarda tutiladi. Uchinchidan, ijroiya hokimiyati tizimidagi boshqaruv bilan shug‘ullanuvchi organlar strukturasi va funksiyalarini ratsionallashtirish ma’muriy islohotning muhim vazifasi hisoblanadi. Bunda davlat boshqaruvida muvoziy tuzilmalarning bo‘lishi va bir-birining vazifalarini takrorlashning mavjud bo‘lishini bartaraf etib borish talab etiladi. To‘rtinchidan, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini ta’minlovchi samarali mexanizmlarni yaratish, ularning faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini faollashtirish zururati. Beshinchidan, davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va ma’muriy islohotlar samarasini oshirishda tegishli vakolatli organlar faoliyatining huquqiy asoslarini (reglamentlarini) izchil takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday huquqiy hujjatlar qatorida Ma’muriy protsessual kodeksning, “Ma’muriy protseduralar to‘g‘risida”gi va “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi dasturda aytib o‘tiladi. Davlat xizmatchilarining malaka darajalari tegishli davlat xizmati lavozimlari tatbiq etilgan malaka talablariga kasbiy tayyorgarlik darajasiga muvofiqligini ko‘rsatadi. Davlat xizmatchilariga malaka darajalarining berilishi davlat xizmatchilarining professional tayyorgarlik saviyasi malaka talablariga muvofiqligiga qarab belgilanadi. Malaka darajalari davlat malaka imtihonlari yoki attestatsiya natijalariga ko‘ra belgilanadi. Malaka imtihonlarining o‘tkazilishi, malaka darajalarining berilishi hamda ularni boshqa ishga 7
https://doi.org/10.36078/987654711 o‘tkazilishi munosabati bilan saqlanishi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi [3]. Mamlakatimizda davlat xizmatchilariga malaka darajalari yoki maxsus unvonlar berish tartibi alohida normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi. Shuningdek, respublikamiz qonunchiligida ham martaba darajalari ijobiy attestatsiya, malakasiga muvofiq oliy ma’lumot mavjud bo‘lgan taqdirda, egallab turgan lavozimi va ish stajiga, shuningdek oldingi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlarni hisobga olgan holda izchil tartibda beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev lavozimga kirishish tantanali majlisidagi nutqida quyidagilarni ta’kidladilar: “Oldimizga qo‘ygan maqsad-muddaolarga yetish uchun kadrlarning amaliy zaxirasini shakllantirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashning muhim masalalarini o‘z ichiga oladigan maqsadli dasturni ishlab chiqish vaqti keldi, deb o‘ylayman. Asosiy vazifa - bu yuqori kasb mahorati va zamonaviy tafakkurga ega, puxta o‘ylangan, har tomonlama to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan, belgilangan maqsadlarga erishadigan rahbarlar va mansabdor shaxslarning yangi tarkibini shakllantirishdan iborat. Bu borada hududiy boshqaruv organlari, eng avvalo, mamlakatimiz tuman va shaharlari hokimliklari uchun malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratish zarur” [4]. Davlat xizmati davlat organlari tomonidan boshqaruvning kadrlar funksiyasini amalga oshirish, davlat organlari apparatida doimiy yoki vaqtincha mansabni egallab turgan hamda davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanuvchi shaxslarning faoliyatidir. Davlat xizmati davlat apparatini boshqarishni tashkil etish va huquqiy tartibga solish bo‘yicha davlat faoliyatining asosiy turlaridan biri bo‘lib, davlat oldida turgan vazifalarning samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi. Professional kadrlarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish xizmatchilarning xizmat pogonalari bo‘ylab ko‘tarilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu maqsadda kadrlarni tayyorlash muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun, ko‘pgina davlatlarda markazlashgan tayyorgarlik bilan birgalikda davlat xizmatchilarini yuqori lavozim bo‘yicha harakatlanishlari hamda rahbarlarning professional rivojlanishlari uchun kadrlar zaxirasini tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan keng qamrovli kurslar tizimi amal qiladi. 8
https://doi.org/10.36078/987654711 Davlat organlarida xizmat bo‘yicha o‘sish tartibida davlat xizmati lavozimlarini egallash maqsadida tanlov asosida rahbar lavozimlarini egallash uchun kadrlar zaxirasi shakllantirilishi muhim ahamiyatga egadir. Shunday qilib, strategik dasturda davlat xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish davlat xizmati faoliyatini to‘g‘ri va samarali faoliyati yuritishida katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o‘tiladi. “Davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga baho berishda qonuniylikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari qanday himoya qilinayotgani, ularga davlat xizmatlari ko‘rsatishning sifati va ochiqligi biz uchun eng asosiy mezon bo‘lishi shart. Shu borada yana bir fikrni yana takrorlab aytmoqchiman: xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” [5]. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz! “Xalq so‘zi” gazetasi. 2016-yil 15-dekabr. 2. Mirziyoyev Sh. Saylovoldi dastur. “Xalq so‘zi” gazetasi. 2016-yil 23- noyabr. 3. Старилова Ю.Н. Служебное право. Москва: БЭК. – 1996. 4. Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti. – 2017. 5. Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti. – 2016. 6. “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (1996-yil 26-dekabr). O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi. – 1997. 9
https://doi.org/10.36078/987654711 Reforming the foreign policy of the Republic of Uzbekistan at a new stage Bobir Halimov PhD Student Uzbekistan State World Languages University E-mail: [email protected] Annotation. Since the inauguration of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev, cardinal positive changes have been observed in the country, large-scale reforms have been carried out to actively develop and modernize the republic. Regarding foreign policy, it is important to note that Uzbekistan has initiated a new course towards its neighbors, which is based on principles such as striving for peace, good-neighborliness, cooperation and strengthening regional stability. In other words, foreign policy is aimed at resuming close interaction with neighboring countries. Key words: foreign policy, reform, strategy, international community, Central Asia. In June 2018, Shavkat Mirziyoyev met with the President of the People's Republic of China Xi Jinping, on October 1, the President of Uzbekistan had a visit to India, and on October 19, President of Russia Vladimir Putin visited Uzbekistan. With regard to the development of bilateral cooperation with Spain, it is important to note the meeting of President Shavkat Mirziyoyev with King Philip VI of Spain, which took place on June 9, 2017 in Astana [1, 33]. Since taking office as head of state, Shavkat Mirziyoyev has quickly gained recognition in the international arena. In particular, the following achievements should be noted: − Uzbekistan was excluded by the United States of America from the list of \"countries of particular concern\" (Uzbekistan is a multinational and multi- confessional country, which is an example of coexistence, integration and tolerance); − developed a strategy aimed at strengthening regional and international cooperation to ensure peace, stability and sustainable development; − despite the short term of office of the head of state, Shavkat Mirziyoyev carried out cardinal reforms in all spheres of the country's life. 10
https://doi.org/10.36078/987654711 The new policy of Shavkat Mirziyoyev has brought positive ideas to the world agenda, which have already begun to be implemented successfully [2, 28]. So, on November 27, 2018, at the initiative of the President of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev, an UN-sponsored Multi-Partner Trust Fund for Human Security was created for the Aral Sea region. From the first days as head of state, President Shavkat Mirziyoyev identified the strengthening of friendship, good-neighborliness and strategic partnership with the countries of Central Asia as a priority in Uzbekistan's foreign policy. Back in December 2017, addressing the Address to the Oliy Majlis, the President emphasized: “We have started to implement the principle “The main priority of Uzbekistan’s foreign policy is Central Asia”, which served as an impetus for active work in this direction. The partnership, which has reached a new level of development at the initiative of the President of Uzbekistan, has become a catalyst for many large, positive ideas and transformations in the Central Asian region. Now our country appears before the world community in a new image of a dynamically developing state with an open foreign policy. The last few years have been unprecedented in the history of independent Uzbekistan in terms of achieving large-scale breakthrough results. Important foreign policy initiatives of President Shavkat Mirziyoyev have been successfully implemented, as evidenced by the figures. Implementation of initiatives in the field of regional cooperation for promoting the foreign policy of Uzbekistan and ideas on the development of the Central Asian region at the 72nd session of the UN General Assembly held in September 2017, the head of our republic put forward a number of constructive proposals and initiatives to strengthen peace and security, sustainable socio- economic development in Central Asia, while noting the extreme interest of Uzbekistan in making the region a zone of stability, sustainable development and good neighborliness. Developing the ways of implementing regional cooperation, the President proposed holding regular consultative meetings of the heads of Central Asian states. Such initiatives were transformed by the country's leader into a holistic program at the international conference \"Central Asia: One Past and Common Future, Cooperation for Sustainable Development and Mutual Prosperity\" held in Samarkand in 2017, where it was emphasized: \"... our main goal is to jointly 11
https://doi.org/10.36078/987654711 transform Central Asia. Asia into a stable, economically developed and prosperous region\" [3, 11]. To implement the task, the President proposed specific tasks, in particular, the development of trade and economic ties and the creation of favorable conditions for the growth of trade and strengthening of cooperation, the effective use of the transit and logistics potential of the region and the provision of the advanced development of the transport infrastructure, the deepening of practical cooperation in order to ensure security and stability in Central Asia, the earliest and final completion of the processes of delimitation and demarcation of state borders, the settlement of the problems of equitable water use in the region, the strengthening of cultural and humanitarian ties and good- neighborliness between states. Following the conference, the head of state proposed to appeal to the UN General Assembly with an appeal to adopt a special resolution on strengthening regional and international cooperation to ensure peace, security and sustainable socio-economic development in Central Asia. Subsequently, the Communiqué of the International Conference on Security and Sustainable Development in Central Asia under the auspices of the UN, held in Samarkand, was distributed at the UN headquarters in New York as an official document of the 72nd session of the General Assembly. The document says: \"... possessing significant energy and natural resource potential, unique transport and communication capabilities, Central Asia is of great geopolitical importance, the processes taking place here have an impact on the stability of the entire Eurasian continent.\" Along with this, the document notes that the security of Central Asia is an integral part of global security. The need for closer and more coordinated cooperation of the countries of the region, as well as interaction with international and regional organizations, was especially emphasized. In December 2017, addressing the Oliy Majlis and summing up the results of the implementation of Uzbekistan's foreign policy in Central Asia, the President emphasized: “We have started to implement the principle”. “The main priority of Uzbekistan’s foreign policy is Central Asia” [4, 6]. Assessing the situation in the region, the head of state noted that a completely new political atmosphere had been created, relations based on trust were being strengthened. This assessment, in his opinion, proceeds from the establishment of strategic cooperation with Turkmenistan and Kyrgyzstan, the signing of a number of important documents to further deepen partnership with Kazakhstan, the 12
https://doi.org/10.36078/987654711 conclusion of economic agreements worth two billion dollars. Partnership with Tajikistan is also being strengthened. Flights have been established between Tashkent and Dushanbe. And the signing of an agreement on the State Border with Kyrgyzstan was a serious step in ensuring security and stability in the region. The first consultative meeting of the heads of state of Central Asia took place in Astana (now Nur-Sultan) on March 15, 2018. The summit discussed issues of expanding political, trade, economic and humanitarian cooperation, joint countering terrorism, extremism, drug and arms smuggling, strengthening security and stability. It was emphasized that Central Asia is not only a geographic and geopolitical, but also a single cultural and civilizational space. Therefore, it is necessary to fully use the industrial, investment and intellectual potential of the regions of our countries. The heads of state noted the need to further strengthen interaction within the CIS, SCO, OIC and other authoritative international structures. The meeting discussed a wide range of issues related to cooperation in political, trade and economic, transport, cultural, humanitarian and other spheres. Speaking about his initiative to hold regular meetings of the heads of states of Central Asia, President Shavkat Mirziyoyev noted that at present, completely new opportunities are being formed for the development of regional cooperation. Based on this, the leader of Uzbekistan formulated the priority areas of regional cooperation of the CA countries, highlighting the key tasks [5, 1]. First, it is the search for new reserves and effective mechanisms for expanding effective regional cooperation in the field of ensuring security and stability in the region. Secondly, the development of specific partnership programs in the trade and economic, innovation, investment, transport and communication, banking and financial, water and energy and cultural and humanitarian spheres. Third, a broad exchange of views on the most pressing issues of the international and regional agenda, agreeing on a common position on them and its further promotion at the platforms of the UN, CIS, SCO and other international organizations [6, 2]. References 1. Anufriev K.S. The policy of Russia and China in Central Asia: the experience of comparative historical analysis: dis. ... Cand. ist. Sciences: 07.00.03. Tomsk. – 2010. 13
https://doi.org/10.36078/987654711 2. Borovskiy Yu.V. Activity of Russian energy companies in the Caspian. Southern flank of the CIS. Central Asia - Caspian - Caucasus: Opportunities and Challenges for Russia, Ed. M.M. Narinsky, A.V. Malgina; MGIMO (U) MFA of Russia; INO-Center. Moscow: Logos. – 2003. 3. Vyazgina E.A. The Idea of \"Greater Central Asia\" in Foreign Policy Discussions in the United States (2004-2008). http://www.hist.msu.ru/Departments/ModernEuUSVyazg01.htm. 4. Jeenbekov R.B. International relations in Central Asia: geopolitical aspects: dis... Cand. polit. scien. 5. Koldunova E. The role of the Shanghai Cooperation Organization in Central Asia: a comparative analysis of research discourses. http://www.perspektivy.info/oykumena/azia/rol_shankhajskoj_organizacii_so trudnichestva_v_centralnoj_azii_sravnitelnyj_analiz_issledovatelskih_diskursov_ 2013-11-02.htm. 6. Kochedykov I. Modern Central Asia and its prospects. http://csef.ru/index.php/ru/politica-i-geopolitica/project/326-russias-future- and-the-world-population-estimate/1-stati/3792-sovremennaya- tsentralnaya- aziya-i-ee-perspektivy. 7. Muratalieva Z. Regional security in Central Asia: problems of architectonics. http://analitika.org/ca/geopolitics/2602-regionalnaya- bezopasnost-v-centralnoy-azii-problemy-arhitektoniki.html. O‘zbekiston Uchinchi Renessans ostonasida Baxadir Isakov Tarix fanlari nomzodi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti E-mail: [email protected] Annotatsiya. Mazkur tezisda bugungi kunda O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish jarayoni va mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: Yangi O‘zbekiston, Uchinchi Renessans, Uyg‘onish davri, Prezident maktablari, ijod maktablari, ta’lim, ilm-fan. Mustaqil taraqqiyotning to‘rtinchi o‘n yilligiga qadam qo‘ygan O‘zbekiston bugun jadal islohotlar va ulkan o‘zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda. 14
https://doi.org/10.36078/987654711 Mazkur islohotlar samarasi o‘laroq, jahon miqyosida yurtimizga nisbatan “Yangi O‘zbekiston” va “Uchinchi Renessans” iboralari keng qo‘llanilmoqda hamda e’tirof etilmoqda. Vatanimiz tarixida yuz bergan ikkita renessans azaldan yurtimizda ilm-fan qadrlanib kelganligini ko‘rsatadi. Shu nuqtayi nazardan, bugun mamlakatimizda ta’lim sohasini isloh qilish va takomillashtirishga katta e’tibor qaratilishi bejiz emas. Insoniyat tarixi shundan guvohlik beradiki, dunyoni doimo g‘oyalar boshqargan. G‘oyalar esa bilim, tafakkur va aql kuchiga suyangan. Bugungi globallashuv sharoitida, ayniqsa, axborot texnologiyalari taraqqiy etgan davrda inson ma’naviy olami, xalqlar madaniyatini belgilaydigan manbalarni asrab- avaylash va boyitish hamda yoshlarni bir g‘oya atrofida birlashtirish va yangi yuksak marralar sari ilhomlantirish har qachongidan ham muhimdir. Shu ma’noda, bugun yangi O‘zbekiston tarixi zarvaraqlariga bitilayotgan “Uchinchi Renessans” jumlasida ana shunday ulug‘ bir ezgulikni, buyuk bir kuchni anglash mumkin. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “bugun biz ulug‘ niyatlar bilan poydevor qo‘yayotgan yangi Uyg‘onish davri mamlakatimizda... ulkan boylik yaratishga, xalqimizning hayotini farovon qilishga va kelgusi avlodlarga o‘zimizdan munosib meros qoldirishga xizmat qiladi” [1]. G‘oyalar haqida so‘z ketar ekan, ularning hayotiyligi jozibasiga bog‘liqligini ta’kidlash kerak. Shu ma’noda, bugun mamlakat ertasini, millat istiqbolini ilmu ma’rifatda deb bilgan Uchinchi Renessans g‘oyasi nihoyatda jozibali va eng to‘g‘ri yo‘ldir. Prezident Sh.M. Mirziyoyev: “Biz keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik”, - deb aytdi [1]. Bu haqda so‘z borar ekan, avvalo, Uchinchi Renessansning mazmun- mohiyatini chuqur anglashimiz kerak. “Renessans” (renaitre) – fransuzcha so‘z bo‘lib, qayta tug‘ilish, uyg‘onish degan ma’noni anglatadi hamda o‘zbek tilidagi “uyg‘onish davri” tushunchasiga hamohang hisoblanadi. Uyg‘onish davrining asosini tafakkur va fanda aqidaparastlik, jaholat va mutaassiblikdan voz kechish, insonni ulug‘lash, iste’dod va aqliy faoliyat imkoniyatlarini ochishda namoyon 15
https://doi.org/10.36078/987654711 bo‘ladi. Natijada bunyodkorlik va tafakkur qudratini namoyon etuvchi muhtasham san’at asarlari yaratilib, muhtasham me’moriy inshootlar barpo etilib, ilm-fan ravnaq topadi. Ajdodlarimizning dunyoda tan olingan yetuk alloma va mutafakkir, ma’rifatparvar bo‘lib yetishganligining sababi, birinchi navbatda, ular o‘z aql- idroki va kuchlarini ta’limga, ilm-fanga bag‘ishlaganlaridadir. Tarixdan ma’lumki, ajdodlarimiz yaratgan har ikki Uyg‘onish davrida dunyo ilmi bizga juda katta turtki bo‘lgan. IX-XII asrlarda yuz bergan Sharq Renessansining birinchi davrida buyuk allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlar paydo bo‘ldi. Muhammad Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Bakr Roziy, Abu Rayxon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy aniq fanlar rivojiga ulkan va bebaho hissa qo‘shdilar. Imom Buxoriy, Hakim Termiziy, Burxoniddin Marg‘inoniy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Bakr ash-Shoshiy, Mahmud Zamaxshariy va boshqa dunyo tan olgan ajdodlarimizning buyuk asarlari insoniyat tafakkur xazinasini nihoyatda boyitdi. Ikkinchi Renessans hisoblangan Temuriylar yaratgan ilm maktablari ham ayni shu yo‘ldan bordi. Bu davrda, ya’ni XIV-XVI asrlarda Samarqandda dunyoning turli mintaqalaridan olimlar, yozuvchilar, me’mor va hunarmandlar to‘plandi. Atoqli matematik, astronom, qomusiy olim Mirzo Ulug‘bek rasadxonaga asos soldi, boy kutubxona to‘pladi, Samarqand olimlar maktabini yaratdi. Uning mashhur asari “Ziji Ko‘ragoniy” butun insoniyatning asariga aylandi. U Samarqand, G‘ijduvon va Buxoroda bir qancha madrasalar qurdirib, kishilarni ilm o‘rganishga chorladi, madrasalarda matematika, astronomiya, fizika, ximiya, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot, tarix, falsafa, adabiyot kabi fanlar bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘ydi. Bu davrda yashab, ijod qilgan Alisher Navoiy, Ali Qushchi, Qozizoda Rumiy, Muin ad-Din, Mansur Koshiy, Muhammad Birjandiy, Meriem Chelebiy kabi ko‘plab mutafakkirlarning boy merosi nafaqat mintaqamizning ma’naviy rivojlanishiga, balki jahon sivilizatsiyasiga ham munosib hissa bo‘ldi. Sharqning har ikkala Uyg‘onish davri – butun insoniyat tarixidagi o‘ziga xos hodisa bo‘lib, ulug‘ ajdodlarning ilm-fan, ma’rifat, diniy bag‘rikenglik, insonparvarlik haqidagi ezgu g‘oyalari bilan singib ketgan. Bugun biz Uchinchi Renessans poydevorini yaratmoqdamiz. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirishga oid qonun, farmon va qarorlar, tasdiqlangan 16
https://doi.org/10.36078/987654711 Davlat dasturlari, ilgari surilayotgan yangi tashabbuslarning mazmun- mohiyatida O‘zbekiston o‘z oldiga yuksak marralarni qo‘yganini ko‘rish mumkin. Shu ma’noda, taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizga bilimli, tajribali, har tomonlama yetuk kadrlar kerak. Buning uchun mustahkam zamin yaratilmoqda, maktabgacha ta’lim, umumiy va oliy ta’lim tizimi yangilanmoqda. Sh.M. Mirziyoyevning Prezident sifatida jamoatchilik bilan ilk uchrashuvi 2016- yil 30-dekabr kuni akademiklar, mamlakatimiz ilm-fani namoyandalari ishtirokida bo‘lib o‘tgani chuqur ramziy ma’noga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 2017-yil sentabr oyida Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida so‘zlagan nutqida musulmon dunyosining ko‘plab mamlakatlari ilm- fan va texnologiyalar sohasida rivojlangan mamlakatlardan sezilarli darajada orqada qolayotganligini ta’kidlab, tashkilotning 2016-2025 yillarga mo‘ljallangan o‘n yillik harakat dasturini har tomonlama qo‘llab-quvvatladi va bu borada qator tashabbuslarni, xususan, musulmon dunyosi ilm-fan yutuqlarini munosib taqdirlash va ularni xalqaro miqyosda targ‘ib qilish uchun Islom hamkorlik tashkilotining maxsus mukofotini ta’sis etish fikrini ilgari surdi. Shu bilan birga, mamlakatimizda Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi. Mamlakatimizda 2020-yil 23-sentabrda yangi tahrirda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va ta’lim sohasiga oid boshqa muhim huquqiy hujjatlarda ta’lim tizimini tubdan takomillashtirishga jiddiy ahamiyat berildi. Shu bilan birga, asosiy maqsad – mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmunini qayta ko‘rib chiqish, xalqaro andozalar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash belgilandi. Natijada, hozirgi kunga kelib, mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari soni 159 taga yetdi. So‘nggi yillarda tashkil etilgan Prezident maktablari va turli ijod maktablari, jumladan, Nukusda Ibroyim Yusupov, Qarshida Abdulla Oripov, Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya, Andijonda Muhammad Yusuf, To‘raqo‘rg‘onda Is’hoqxon Ibrat, Marg‘ilonda Erkin Vohidov, Toshkentda Abdulla Qodiriy, Xivada Muhammad Ogahiy hamda Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktablari yangi avlod kadrlarini tayyorlashda muhim bazaga aylanishi shubhasiz. 17
https://doi.org/10.36078/987654711 Prezident Sh.M. Mirziyoyev yoshlarga ishonch bildirib, “Bugun mustaqilligimizning birinchi yilida tug‘ilgan bolalar o‘ttiz yoshga – ayni kamolot yoshiga yetdi. Men mana shu navqiron yoshlarimizga, aziz o‘g‘il-qizlarimga murojaat qilib aytmoqchiman. Siz istiqlol farzandlari, ozod va erkin, hur fikrli insonlar sifatida hayotga dadil kirib kelayotganingiz biz uchun eng katta baxt, katta davlatdir. Men ishonaman, sizlar zamonaviy bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini puxta egallab, biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirasiz. Yuksak g‘ayrat-shijoatingiz va fidokorona mehnatingiz bilan yurtimizda Yangi O‘zbekistonni – Uchinchi Renessansni bunyod etishga albatta qodir bo‘lasiz”, – deb ta’kidladi [2]. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, farzandlarimizning iste’dod va qobiliyatini, ezgu intilishlarini har tomonlama ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy faolligini oshirish, hayotda munosib o‘rin topishi uchun zarur shart-sharoit yaratish O‘zbekistonda davlat va jamiyatning asosiy maqsadi bo‘lib qoladi. Adabiyotlar ro‘yxati 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 30.09.2020 https://president.uz/uz/lists/view/3864. 2. Vatanimiz mustaqilligi – biz uchun kuch-qudrat va ilhom manbai, taraqqiyot va farovonlik asosi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 31.08.2021 https://president.uz/uz/lists/view/4596. O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida xotin-qizlarga nisbatan davlat siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari Sherzod Minosidinov Magistrant Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti E-mail: [email protected] Annotatsiya. Tezisda mamlakat ijtimoiy barqarorligi va ma’naviy xavfsizligida ayollarning ijtimoiy institut sifatida o‘rni va ahamiyati siyosiy nuqtai nazardan tahlil etiladi. Davlatdagi siyosiy tizim, milliy va hududiy xavfsizlik, tashqi siyosat, mintaqaviy tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash 18
https://doi.org/10.36078/987654711 bevosita aqlan yetuk va barkamol avlod qo‘lida ekan, ularni tarbiyalash esa jismonan va ma’naviy sog‘lom, savodxon va oqila ayollarga bog‘liq. Shunday ekan, xotin-qizlar davlat va jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi faolligini kuchaytirish davr va zamon talabi hamdir. Kalit soʻzlar: siyosat, milliy xavfsizlik, ijtimoiy barqarorlik, siyosiy faollik, gender, ma’rifat, oila. Bugungi global va mintaqaviy ijtimoiy-siyosiy vaziyat, milliy mustaqillik rivojlanishiga ichki va tashqi potensial tahdidlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy barqaror taraqqiyotini, ijtimoiy muvozanat, tinchlikni ta’minlash masalasini benihoyat dolzarblashtiradi. Ushbu masala ma’naviy xavfsizlik bilan uzviy bog‘liqdir. Zero, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, tinchlik va osoyishtaliksiz ma’naviy xavfsizlik taraqqiyot strategiyasini hayotda qaror topishida qiyinchiliklar tug‘diradi. “Mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini turli tahdidlardan himoya qilish, tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlash – barcha yutuqlarimizning bosh garovidir” – deydi Shavkat Mirziyoyev [1]. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan yoshlar va ayollarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular har tomonlama yetuk va barkamol bo‘lishlari uchun shart-sharoitlarni yaratib berish, sog‘lom bola va sog‘lom ona tamoyilini turmush tarziga aylantirish prezidentimiz siyosatida ustuvorlik qiladi. Ana shu asosda beshta muhim tashabbus yuzaga keladi. Jumladan, yoshlarni san’at turlariga qiziqtirish, ularni jismonan chiniqtirish, innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanishlariga imkon yaratish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, savodxonligini oshirish va xotin-qizlarni jamiyat va davlat hayotidagi faolligini oshirishdan iborat. Prezident Sh.M. Mirziyoyev siyosiy qarashlarida millat genofondi, eng avvalo, ayol barkamolligi, jismoniy va ma’naviy yetukligi, uning bunyodkorlik va yaratuvchilik imkoniyatlariga bog‘liqligi, buni qadrlash va ayollarni jamiyatning teng va faol ishtirokchisiga aylantirish lozimligi yetakchilik qiladi. Zero, faol, harakatchan, tashabbuskor, fikran uyg‘oq ayoldan jismoniy sog‘lom, aqlan yetuk farzand tug‘iladi. Demakki, millatni tubdan yangilash, zamonaviy sivilizatsiya talablariga mos keladigan, mamlakat va jahon taraqqiyotiga muhim hissa qo‘sha oladigan, jamiyatda hayotida keskin burilish va innovatsion g‘oyalar taklif qilib, burilish yasaydigan avlodni dunyoga keltirish g‘oyat muhim hisoblanadi. 19
https://doi.org/10.36078/987654711 Jamiyatning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan oilada farzand tarbiyasi, avvalambor, ayol zimmasiga tushadi. Bunda ayol-ona sog‘lom, bilimli, e’tiqodi butun, dunyoqarashi yetuk, tarbiyali va ziyoli bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Zero, bilimli va zukko, ma’rifatli ayol jamiyatga kerakli, foyda keltiradigan avlodni tarbiyalaydi. Bu borada prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev “Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir”, -deb ta’rif beradi [2]. Amerikalik mashhur siyosatchi, faylasuf Frensis Fukuyama o‘zining “Katta bo‘shliq” asarida: “Zamonaviy jamiyatlarda ijtimoiy kapitalning asosiy manbalaridan biri – ijtimoiy qadriyat sifatida ta’minlanadigan ta’lim tizimidir” [3], deb yozadi. Darhaqiqat, bugungi informatsion globallashuv davrida innovatsion g‘oyalarga ega, muntazam ravishda yangiliklardan xabardor bo‘lgan zehnli kishilarga ehtiyoj yuqori bo‘lishi, tabiiy. Informatsiyaning eng yuqori shakli esa bilimdir. Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida kreativ, nostandart fikrlaydigan, o‘z sohasida yangi usullarni taklif qila oladigan professional mutaxassislarga ehtiyoj tobora ortmoqda. Muammoning yechimi shaxsiy imkoniyatlarni muttasil rivojlantirish, demokratik davlatda va fuqarolik jamiyatida yashash ko‘nikmalarini egallash, kasbiy malaka va kompetensiyalarni shakllantirish masalasiga borib taqaladi. 1995-yil 16-noyabrda YUNESKO tomonidan qabul qilingan bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasida tolerantlik va bag‘rikenglikka quyidagicha ta’rif beriladi: “Biz jahon madaniyatlarining boy xilma-xilligini, o‘zini namoyon qilish usullari va insonlarning individualligini bayon etish shakllarini hurmat qilish, qabul qilish va to‘g‘ri tushunishimiz lozim” [4]. Deklaratsiyada insonlar tashqi qiyofasi, mavqei, nutqi, xulq-atvori va qadriyatlari jihatidan farq qiladi. Ular tinch-totuv yashashi va o‘z individualligini saqlab qolish huquqiga ega ekanligini tan olish lozimligi keltiriladi. Shunday ekan, har bir davlat va jamiyat o‘z rivojlanish yo‘lini o‘z imkoniyatlari va salohiyatiga asoslanib belgilaydi. Shunday ekan, aksariyat islom diniga asoslangan o‘zbek oilalarida bag‘rikenglik, boshqa din, irq va millatlar madaniyatiga hurmat, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, bosiqlik, kamtarlik, insoniylik kabi xislatlar ustuvor bo‘lib, an’anaviy oilalarda bolalikdan shakllantirilib boriladi. Jamiyatning ijtimoiy barqarorligini ta’minlash bu kabi milliy va madaniy qadriyatlar muhim hisoblanadi. Jamiyatning ijtimoiy barqarorlik darajasi – bu farovonlikning eng muhim ko‘rsatkichidir. Ijtimoiy barqarorlik va milliy xavfsizlikni ta’minlash jarayonida aholining bag‘rikenglik madaniyatini yuksaltirishning umumbashariy mezonlari sifatida “tolerantlik” va 20
https://doi.org/10.36078/987654711 milliy “bag‘rikenglik” tamoyillari, “sabr-toqatlilik,”, “murosayu-madora” kabi falsafiy komponentlarining mazmun-mohiyati aniqlashtirilgan, islom dinining “murosa”, “rahmdillik” va “sabr-bardoshlilik” tamoyillarida kattalarning yoshlarga pand-nasihat an’analarini o‘rgatish orqali loqaydlik, befarqlik illatidan xalos etish turli yot oqimlarningning oldini olishda asosiy yetakchi omil ekanligi asoslab berilgan. Demak, davlat va jamiyatning farovonligi bevosita uni tashkil etuvchi asos – oila tinchligi, butunligi, diniy qarashlari va ijtimoiy-iqtisodiy mutanosibligiga ham tayanadi. Oila ustunini esa ezgu niyat va maqsadlar sari qonuniy asosda birlashgan erkak va ayolning kelishuvi, birligi tashkil etadi. Jamiyatning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan oila instituti Sharq xalqlari madaniyati va ma’naviyatida muhim o‘rin tatadi. Oila mustahkam ekan jamiyat mustahkam va sog‘lom bo‘ladi. Barkamol avlod yetishib chiqishi bilan birga, yot ta’sirlarga bardosh beradigan ma’naviy immunitetni shakllantirishda oila institutining roli katta hisoblanadi. Bu masala davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi bejiz emas. Oila bo‘lajak fuqaro shakllanadigan ma’naviy-ruhiy muhit, kichik bir jamiyatdir [5]. Yoshlar ongi va qalbida aynan oila, undagi ma’naviy muhit ta’sirida dastlabki ma’naviy immunitet, ijtimoiy qadriyatlar refleksi qaror topadi. Bu borada ayol – ona – buvi rolining ijtimoiy institut sifatidagi ahamiyati yetakchi hisoblanishi tabiiy, albatta. Jamiyatda ijtimoiy barqarorlik va ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash haqida gap ketganda, oila – mahalla – jamoatchilik nazorati hamkorligi mexanizmini kuchaytirish, ular o‘rtasi maqsadli va manfaatli aloqani ta’minlash muhim hisoblanadi. Bugun ijtimoiy boshqaruv idorasi hisoblangan mahallaning jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi roli tobora ortib borayotgani ham alohida ta’kidlash lozim. Binobarin, mahalliy ahamiyatga molik masalalarni ko‘pchilik yordamida hal etishda yuqoridagi uchlikning o‘rni ahamiyatga molikdir. Joylarda ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni aniqlash, o‘rganish va hal etishda mahalla xotin-qizlari faollari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadga muvofiq. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” konsepsiyasi bugunli yoshlarning bosh maqsadiga aylanishini davr taqozo etadi. Xotin-qizlarning kasbiy malaka yutuqlarini egallashi, tadbirkorlik va ishbilarmonlikka innovatsion yondashuvlar, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, qisqasi Vatanga foydasi tegadigan inson bo‘lib yetishish dolzarb bo‘lib bormoqda. “Bilimsizlikka qarshi ma’rifat”, “jaholatga qarshi – ma’rifat” faol 21
https://doi.org/10.36078/987654711 fuqarolik pozitsiyasini tarbiyalash orqali ijtimoiy boshqaruv, korrupsiya va uyushgan jinoyatchikka, diniy ekstremizm va yot ta’sirlarga qarshi kurash uchun yoshlarda sog‘lom turmush tarzi, ta’lim va ma’naviy madaniyat darajasini yuksaltirish, ayniqsa xotin-qizlarga zamonaviy kasb-hunarlarni egallash davlat va jamiyat talabi ekanligini maktab yoshidan boshlab singdirish nihoyatda muhim. Ulardagi boqimandalik, gender stereotiplariga barham berish, ijtimoiy bandlik orqali milliy va diniy bag‘rikenglik immunitetini shakllantirish lozim. Ma’rifatparvar mutafakkirimiz M. Behbudiy aytganidek, “Xotin-qizlarni jamiyatning to‘la qonli a’zolari sifatida qabul qilmasdan, oila masalasini to‘g‘ri hal qilmasdan, yosh avlodni to‘g‘ri yo‘ldan tarbiyalamasdan turib, jamiyatni isloh qilish, uni taraqqiyot sari yo‘naltirish mumkin emas, oxir-oqibat millat taqdiri uning ayollari va oilasining holatiga bog‘liqdir”. Adabiyotlar ro‘yxati 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. “Xalq so‘zi” gazetasi. – № 271–272 (7229–7230). – 2018-yil 29- dekabr. 2. Mirziyoyev Sh. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. “Xalq so‘zi” gazetasi. – № 253 (7211). – 2018-yil 8-dekabr. 3. Фукуяма Ф. Великий разрыв. Москва: Изд. АСТ. – 2003. 4. Декларация принципов терпимости. Принята резолюцией 5.61 Генералной конференции ЮНЕСКО от 16 ноября 1995 года. https://www.un.org/ru/documents/decl_conv/declarations/toleranc.shtml. 5. Karimova V.M. Oilaviy hayot psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: TTM. – 2006. 22
https://doi.org/10.36078/987654711 2-BO‘LIM. MILLIY TAʼLIM TIZIMIDA BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI
https://doi.org/10.36078/987654711 The role of technology for the development of critical thinking in the formation of students’ discursive competence Nilufar Abdurasulova PhD Student Uzbekistan State World Languages University E-mail: [email protected] Annotation. The thesis broke down the hypothetical suggestions with respect to the issue of skill and its parts. The issues of digressive ability and its arrangement by foreign language in secondary school. Open skill alludes to the quantity of fundamental classifications of the cutting-edge hypothesis and practice of showing foreign languages and, specifically, English as a foreign language. In the logical writing there are numerous meanings of discursive competence. There are various ways to deal with the primary investigation of the discursive competence. Key words: communication, competence, discourse, discursive competence, foreign language communicative competence. The expression “communicative competence” showed up on the possibility of the American etymologist Chomsky on semantic (language skill). In any case, the main etymologist who laid out the contrast between language as a framework, which he called “langue” and discourse (“parole”) was Ferdinand de Saussure (Ferdinand de Saussure). As for Saussure under a framework includes just language that can be learned, while the discourse movement - it is a result of a specific speaker. During the 1960s of the last century D. Hymes (Dell Hymes) authored the idea of “communicative competence” (the concept of communicative competence). According to D. Hymes was the pith of open skill in the inner feeling of situational propriety of language [1, 688]. In didactics the term “discursive competence” was brought into logical use M.N. Vyatyutnevym. He proposed to figure out discursive competence “as the decision and execution of projects of verbal way of behaving relying upon an individual’s capacity to explore in a specific climate connection; capacity to characterize circumstances relying upon the subject, targets, correspondence frameworks emerging learners to discourse, as well as during a discussion during the time spent shared variation. Known homegrown Methodist Solovova 23
https://doi.org/10.36078/987654711 E.V. gives the accompanying meaning of foreign language discursive competence, “foreign language communicative competence might be viewed as required and adequate for a specific age level of language abilities, discourse abilities and socio-social information to the learner to be capable and willing communicatively suitable and effectively seek after their verbal way of behaving”. In light of the examination of systemic writing and perspectives on certain analysts E.V. Schuman reasons that the best is the ID of the accompanying parts of discursive competence: etymological, sociolinguistic, socio-social, social, desultory, key. E.V. Schumann is the main homegrown semantics scientist, has proposed a meaning of discourse capability. Desultory part of discursive competence implies quality involving language abilities in discourse movement, rightness and precision in speaking and writing in a foreign language, rationale and the data wealth of articulation, which likewise implies regard for and comprehension of another culture. Hence, rambling capability is one of the underlying components of the foreign language open skill. Foreign language discursive competence is presently characterized as a reason for learning a foreign language. Digressive capability, in light of the meaning of E.V. Schumann is an expertise the learner to comprehend and make the most consistent and cognizant discourse expressions introduced orally or recorded as a hard copy [3, 334]. As for the definition E.S. Kubryakova, discourse is a “type of language use continuously, which mirrors a specific sort of friendly movement, made determined to plan an extraordinary world (picture) with the assistance of his point by point portrayal of the language and is by and large piece of the course of correspondence between individuals, described by correspondence accomplices , and the particulars of the goals”. A.A. Kibrik characterizes discourse as “the solidarity of the course of etymological action and its outcome, ie the text”. A.A. Kibrik considers discourse as a communicative demonstration, the construction of which are recognized speaker and recipient. Concurring V.G. Borbotko in discourse movement discourse seems to be a unit having a place with a more significant level language comprising of related inside the importance of sentences. All syntactic and semantic cycles commonplace levels words and sentences are because of construction of the entire discourse as moderately free etymological unit of a higher request. Discourse, in any case, 24
https://doi.org/10.36078/987654711 varies from the lower units of language that he normally doesn’t play like the phonemes and morphemes, however made in a discourse [4, 90]. Among the properties that you can discuss a particular discourse as one more elevated level language, you can determine the accompanying: 1. Discourse in its design varies from any remaining units of the language from which it is built. 2. Discourse can work overall, standard reproducibility (aggregate or fractional) in the language. 3. Discourse one language is converted into one more language overall unit. Where it very well might be the lexical request holes, yet additionally expressive hole, i.e. the shortfall of the suitable style in the objective language, which expects resort to elaborate rendering. 4. Discourse has semantic and ethno-etymological qualities in the lovely viewpoint, which isn't simply beat and metric idyllic works and their rhymed association. These incorporate Lingvokulturnye linguo-elaborate and minutes that show up at the degree of discourse, as well as classification explicit qualities and different upotrebitelnost digressive models in various phonetic societies. 5. Discourse has a primary explicitness in the language as a model of a circumstance, and hence the framework can match him some language “Stemm” with a mind-boggling structure, with its fundamental significance grid. In view of these meanings of discourse, it could be noticed that the digressive part of discursive competence implies quality involving language abilities in discourse movement, rightness and precision in speaking and writing in an foreign language, rationale and the data lavishness of articulation, which likewise implies regard for and comprehension of another culture. Development rambling capability starts with learning a foreign language in school [5, 118]. Instructive open doors for the advancement of verbose ability in molding learners’ still up in the air by its general person of rambling abilities are relevant to all fields of human action. Its particularity (objective setting, arranging, assurance of the ideal proportion of closures and means, and so on) advances reflection fair and square of the typical inward activity, it is vital for experts in each field, and is a mark of an experienced character with an elevated degree of cognizance and expert personality. In this unique situation, rambling skill is a significant component in the by and large instructive capability, which is the solidarity of hypothetical and down to earth readiness and learners’ capacity to 25
https://doi.org/10.36078/987654711 carry out instructive exercises, eagerness and capacity to advance over the course of life. References 1. Arutyunov D.A. Discourse. Linguistic Encyclopedic Dictionary. Moscow: Soviet Encyclopedia. – 1990. 2. Borbotko V.G. Elements of the theory of discourse. Chechen-Ingush University Press. – 1981. 3. Galskova N.D., Gez N.I. Theory of learning foreign languages: Didactics and methodology. Moscow: Academia. – 2006. 4. Kibrik A.A. Discourse analysis in the cognitive perspective. PhD thesis. Moscow: Institute of Linguistics. – 2003. 5. Kobzev N.A. Communicative competence as a basic category of modern theory and practice of foreign language teaching. – Young Scientist. – №3(2). – 2011. http://www.moluch.ru/archive/26/2790. Talabalarning yozuv kompetensiyasini takomillashtirishning lingvodidaktik asoslari Navbahor Abramova 1-bosqich tayanch doktorant Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti E-mail: [email protected] Annotatsiya. Jahon amaliyotida talabalarning yozuv kompetensiyasini rivojlantirishda ingliz tilidagi yozma nutq ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga doir innovatsion faoliyatni modernizatsiyalash, yozish texnikasi va yozma nutqqa differentsial yondashgan holda yozma nutq kompetensiyasini bosqichma- bosqich takomillashtirish, lingvodidaktik va psixologik omillar ta’sirini aniqlash alohida ahamiyatga molikdir. Bu yozuv kompetensiyasining mohiyatini, uning chet tildagi yozma nutq ko‘nikmalarini o’stirishda asos bo‘lib xizmat qilishini, samaradorligini aniqlashga va yozma nutqqa o‘rgatish metodikasini ishlab chiqishga oid ko‘rsatma, maslahatlar berish hamda nutqiy muloqotga yo‘naltirilgan mashqlar guruhini ishlab chiqishga yordam beradi. Ushbu tezisda 26
https://doi.org/10.36078/987654711 talabalarning yozuv kompetensiyasini takomillashtirishning lingvodidaktik asoslari toʻgʻrisida soʻz yuritilgan. Kalit soʻzlar: nutq faoliyati, lingvodidaktik tahlil, yozuv kompetensiyasi, yozma nutq, kommunikativ metod, informatsion texnologiyalar, chet tili. Mamlakatimizda taʼlim tizimida xorijiy tillarni o‘qitish va ularning metodologik asoslarini takomillashtirish masalalari o‘ta muhim ahamiyat kasb etayotganligidan kelib chiqqan holda, shularni alohida qayd etishimiz lozimki, taʼlim tizimini takomillashtirish borasidagi o‘zgarishlarni zamonaviy bilimlar va xorijiy tillarni egallagan yetuk kadrlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117- sonli «O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida xorijiy tillarni o‘qitishning xalqaro tan olingan dastur va darsliklari taʼlimning barcha bosqichlarida joriy etilishini muvofiqlashtirish hamda o‘qituvchilarda zamonaviy o‘qitish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida taʼlim sifatini yanada oshirish masalasi muhim o‘rin tutganligini qayd etishimiz lozim [1, 2]. Hozirda ilmiy-texnikaviy axborotlar ummonida o‘rganilayotgan chet tiliga oid nazariy bilimlar bilan cheklanib qolmasdan o‘rgangan chet tiliga oid bilimlarni amaliyotda qo‘llash kompetensiyalarini takomillashtirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Bu chet til o‘qitishda talabalar yozuv kompetensiyani takomillashtirishni nazarda tutadi. Bo‘lajak mutaxassis talabalarda yozuv kompetensiyasini rivojlantirish, ularning kasblariga oid xorijiy adabiyotlar bilan ishlashda yozma fikr bildirishga oid yozma nutq kompetentligini shakllantirish bugungi kun talabidir. Bo‘lajak mutaxassis talabalariga chet tilni o‘qitishda darslarni shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, metodik tashkillashtirish til o‘rganish samaradorligini oshiradi va oldinga qo‘yilgan maqsadga erishishni kafolatlaydi. Lingvodidaktik tahlil esa diagnostik xarakterga ega bo‘lib, u yozuv va yozma nutqqa o‘rgatish bilan bog‘liq qiyinchiliklarni oldindan aniqlash, uning sabablarini asoslab berish, yozuv va yozma nutq uchun til materiallarini tanlash, ularning o‘rganish ketma-ketligini, samarador usullarini aniqlash, darslik, o‘quv qo‘llanmalari, hamda dasturlar ishlab chiqishga katta yordam beradi [2, 29]. Mamlakatimizda qabul qilingan Davlat taʼlim standartiga muvofiq nutq faoliyati turlari (gapirish, tinglab tushunish, o‘qish)dan yozuvning farqi, uning til 27
https://doi.org/10.36078/987654711 o‘rganishda tutgan mavqeyi bo‘lib, u o‘qitish maqsadi maqomiga ega emas, balki taʼlim vositasidir. Shuningdek, J.Jalolov o‘z tadqiqotlarida yozuv murakkab psixofiziologik faoliyat ekanligi va unda nutq analizatorlarining barchasi ishtirok etishini taʼkidlaydi. Tadqiqotchilar o‘rtasida yozuv va yozma nutqqa nisbatan turlicha qarashlar mavjud. Masalan, J.J. Jalolov yozuvni chet tilni o‘qitishda vosita va maqsad ekanligi, hamda til o‘rganuvchilarda yozuv kompetensiyasini shakllantirish zarurligini talqin qiladi [3, 11]. G.V. Rogova va I.N. Vereshchagina ham yozuvni mahsuldor faoliyat turi sifatida talqin qilgan holda unga psixo-lingvistik nuqtayi nazardan yondashib, uning hosil bo‘lishidagi uch bosqichni farqlaydi: 1) istak va ehtiyojga asoslangan bosqich; 2) yozma matnni hosil qilish bilan bog‘liq analitik-sintetik bosqich; 3) amaliyot bosqichi, yaʼni yordamchi muloqot vazifasini bajaruvchi yozma matnni hosil qilish [4, 189]. V.Medvedeva yozuvni til yordamidagi muloqot usuli, yozma nutqni esa maxsus ifoda vositalari yordamida amalga oshiriladigan muloqot jarayoni sifatida taʼkidlaydi [5, 258]. Yozuv nutq faoliyati turi sifatida talqin qilinganda yozma nutq nazarda tutiladi. Shuning uchun ham yozma nutqqa o‘rgatishda yozuv va yozma nutq atamalarining har bir xususiyatini aniqlash va ularga nisbatan differensial yondashuv talabalar tomonidan ingliz tilidagi yozuv va yozma nutqni o‘rganishda yo‘l qo‘yilayotgan xatolarni tahlil qilishda ham shunday differensial yondashuv talab qilinadi. Bu esa ingliz tili yozuvi bilan bog‘liq xatolarni alohida tasniflash, xatolar kelib chiqish sabablarini o‘rganish, ularning oldini olishga qaratilgan usullarni topishga katta yordam beradi. Talabalarning xoh mutaxassisligi doirasida bo‘ladimi, xoh boshqa fan yo‘nalishlarida bo‘ladimi, ularning yozuv kompetensiyasini oshirish talabalar tomonidan zarur bilimlar jamlanmasini qo‘lga kiritish jarayoni, muloqot vositasi sifatida xizmat qiladigan yozuv matnini yaratish uchun zarur bo‘lgan nutqiy ko‘nikma va kommunikativ bilimlarni egallash orqali amalga oshiriladi. Ammo, talabalar tomonidan bajarilgan ishlarning natijalari tahlili ko‘rsatishicha, bu borada ularning tayyorgarlik darajasi juda pastligicha qolmoqda. Talabalar tomonidan yozilgan matnlar ko‘p hollarda og‘zaki bayonning yozma ifodasi sifatida baholanishi ham mumkin va bu o‘z navbatida ular tomonidan olingan bilim va ko‘nikmalarning og‘zaki nutqdan yozuv 28
https://doi.org/10.36078/987654711 kompetensiyasiga o‘tkaza olishining muvaffaqiyatli natijasi bo‘lishi mumkin. Chunki, aynan yozuv kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirishning dolzarb ahamiyat kasb etishi – bu zamonaviy texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida, talabalarda yozuv kompetensiyasi borgan sari pasayib borayotganligi namoyon bo‘lmoqda. Shuningdek, aynan informatsion texnologiyalarning nafaqat hayotimizga, balki taʼlim tizimiga ham jadal kirib kelishi, talabalarda yozuv kompetensiyasining borgan sari tushib ketishiga, ular tomonidan har qanday muloqot zamonaviy texnologiyalar vositasida bajarilishiga, ayniqsa, yo‘l qo‘yiladigan ko‘plab texnik, orfografik va stilistik xatolarning ham aynan maxsus dasturlar yordamida bartaraf etilishiga olib kelmoqda. Lekin shuni alohida qayd etishimiz lozimki, talaba qaysi mutaxassislik bo‘yicha taʼlim olishidan qatʼi nazar, ularda yozuv kompetensiyasini rivojlantirish, takomillashtirish va ularni doimiy qo‘llab borish, birinchidan bo‘lajak mutaxassisda har bir ishda sinchkovlik va qatʼiyatni, o‘ziga ishonchni kamol toptirsa, ikkinchi tomondan talaba tomonidan o‘zlashtirilgan daraja pedagoglar tomonidan doimiy baholanib borilishiga zamin yaratadi. Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida chet tillarning mamlakat taraqqiyotida tutgan o‘rni tobora o’sib bormoqda. Bo‘lajak mutaxassis talabalariga xorijiy tilni o‘qitishda asosiy eʼtibor o‘quv materialining mazmuniga va til strukturalarini o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, uni kommunikativ yo‘naltirilganlik nuqtayi nazardan o‘rgatish eʼtibordan chetda qolmoqda. Chet til o‘qitishda kommunikativ metodni qo‘llash nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishni nutqiy vaziyatlar asosida tashkil qilishni nazarda tutadi. Ushbu metod axborot almashuviga, shaxsning intellektual rivojlanishiga va o‘qib o‘rganishga nisbatan motivatsiya hosil qiladi hamda taʼlim jarayonida qayta aloqani o‘rganishga yordam beradi. Yozuv va yozma nutqning lingvodidaktik tahlili quyidagi omillarga eʼtibor qaratish kerakligini taqozo etadi. Yozuvga o‘rgatishda ingliz tilidagi harflarning grafik belgilarini, orfografik qoidalarni bilish, harflarni to‘g‘ri chiroyli yozish ko‘nikmalarini shakllantirish birlamchi bo‘lsa, yozma nutqda asosiy eʼtibor fikrni ifodalashga, mantiqiy bog‘liqlikka, yozma axborot yo‘naltirilgan shaxs, axborot mavzusi, yozayotgan shaxsning psixologik holati, yozma nutqda ishlatilayotgan gap qurilishlarini mavzuga va nutq maqsadiga mos holda qo‘llay bilish kabi omillarga qaratiladi. 29
https://doi.org/10.36078/987654711 Xulosa qilib aytganda, yozma nutq mahsuli yozma matn bo‘lganligi uchun ham matndagi xatolarni bartaraf qilish yo‘llarini izlab topish zarur. Yozma matnni tuzish jarayonini talabalarning fikrlash jarayoni bilan bog‘liqligi yozma matnda o‘z aksini topadi. Yozma matn ushbu fikrlash jarayonining sifatini ham aniqlashga yordam beradi. Yozma nutqqa ingliz tili o‘rgatish vositasigina emas, balki maqsad sifatida ham qarash talabalarga kelgusida yozma nutqdan yozma muloqot vositasi sifatida foydalanishlari uchun imkon yaratadi. Yozma nutqqa o‘rgatishni metodik jihatdan tashkil qilishda yuqorida qayd etilgan yozuv va yozma nutqning o‘ziga xos xususiyatlari va ular bilan bog‘liq qiyinchiliklarni hisobga olgan holda o‘qitish usullari va shaklini ishlab chiqish lozim. Yozma nutqqa ingliz tilini o‘rgatish vositasi sifatida qarash bilan chegaralanib qolmasdan, unga maqsad sifatida qarab, talabalarga yozma nutqdan kasbiy muloqot vositasi sifatida foydalanishlari uchun imkon yaratib berish lozim. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Alimov F.SH. Ingliz tilida yozuv kompetensiyasini shakllantirish (nofilologik fakultetlar misolida). Toshkent. – 2018. 2. Jalolov J.J. English language teaching methodology. Toshkent: Fan va taʼlim nashriyoti. – 2015. 3. Мильруд Р.П. Методика преподавания английского языка. English Teaching Methodology: учеб. пособие для вузов. Москва: Дрофа. – 2007. 4. Рогова Г.В., Верещчагина И.Н. Методика обучения английскому языку на начальном этапе в средней школе. Москва: Просвещение. – 1988. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 5117-son Qarori. – 2021. 30
https://doi.org/10.36078/987654711 Scientific and pedagogical thoughts of eastern thinkers and project method as a means of forming research skills of students Nigorakhon Alimkhanova Independent Researcher Uzbekistan State World Languages University E-mail: [email protected] Annotation. The thesis deals with the issues based on learning scientific and pedagogical thoughts of eastern thinkers and analyzing project method as a means of forming research skills of students. Key words: scientific heritage, project method, information, intellectual activity, communication skills. The content and scope of the scientific heritage of the great scholars of the East is that this heritage serves as an important source for new scientific research without losing its scientific and practical significance. Our great ancestors made a worthy contribution to human civilization with their scientific heritage. The scientific world of the East and the West is united and developed in harmony. They did not limit themselves to the scientific achievements of Asia, but also enjoyed the scientific achievements of foreign thinkers and paid special attention to their further enrichment. If we discuss innovative pedagogical technologies of nowadays, we should mention about project method. It is not fundamentally new in world pedagogy. It originated in the 1920s in the United States. It was also called the method of problems and was based on the theoretical concepts of the humanistic direction in philosophy and education, developed by the American philosopher and teacher Jonon Dewey, as well as his student V.Kh. Kilpatrick. John Dewey proposed to build learning on an active basis, through the expedient activity of the student, relying on his personal interests in this particular knowledge. Hence, it was important to show the students their own interest in the acquired knowledge, which can help them in life. Here the teacher must offer the student a problem, for the solution of which he must apply existing and new knowledge. As a result, the student works independently, and the teacher suggests sources of information and monitors the correct direction of the student’s work. The solution of the problem, thus, acquires the contours of project activity. 31
https://doi.org/10.36078/987654711 The project method attracted the attention of FL teachers as early as the beginning of the 20th century. The ideas of project-based learning arose in Russia almost in parallel with the developments of American teachers. The project method has found wide distribution and gained great popularity due to the combination of theoretical knowledge and their practical application to solve specific problems of the surrounding reality in the joint activities of schoolchildren. “Everything that I know, I know why I need it and where and how I can apply this knowledge” - this is the main thesis of the modern understanding of the project method [1, 66]. The word “project” (literally translated from Latin - “thrown forward”) is interpreted in dictionaries as “a plan, idea, text or drawing of something that precedes its creation.” This interpretation was further developed: “The project is a prototype, a prototype of an object, type of activity, etc., and the design turns into the process of creating a project”; “Designing at the end of the 20th century has become the most common type of intellectual activity. The abundance of humanitarian projects in journalism, on television and in all areas of micro and macro society has almost eliminated the technical sound of this concept [2, 36]. The project method is from the field of didactics, private methods, if it is used within a particular subject. Method is a didactic category. This is a set of techniques, operations for mastering a certain area of practical or theoretical knowledge, a particular activity. This is the way of cognition, a way of organizing the process of cognition. Therefore, if we are talking about the method of projects, then we mean exactly the way to achieve the didactic goal through the detailed development of the problem (technology), which should end with a very real, tangible practical result, formalized in one way or another [2]. The project method is based on the idea that is the essence of the concept of “project”, its pragmatic focus on the result that can be obtained by solving one or another practically or theoretically significant problem. This result can be seen, comprehended, applied in real practice. To achieve such a result, it is necessary to teach children to think independently, find and solve problems, attracting knowledge from different areas for this purpose, be able to predict the results and possible consequences of different solutions. Why is the project method needed in teaching foreign languages and how can it be used taking into account the specifics of the subject? What problems can be solved with language tools available to students? First of all, it must be 32
https://doi.org/10.36078/987654711 emphasized that in the lessons of a foreign language, students learn foreign language speech activity. The subject of speech activity is thought. Language is a means of forming and formulating thoughts. This leads to methodological conclusions that are essential for the subject of our discussion: • In order to form the necessary skills and abilities in students in one form or another of speech activity, to form linguistic competence at the level determined by the program and standard, active oral practice is necessary for each student in the group. • In order to form students' communicative competence outside the language environment, it is important to provide them with the opportunity to think, solve some problems that give rise to thoughts, reason about possible ways to solve these problems so that students focus on the content of their statement, so that the focus is on thought, and the language acted in its direct function - the formation and formulation of these thoughts. • In order for students to perceive the language as a means of intercultural interaction, it is necessary not only to acquaint them with regional studies, which, of course, is important. It is necessary to look for ways to include them in an active dialogue of cultures so that they can learn in practice the features of the functioning of the language in a culture that is new to them. As already mentioned, there is a problem at the heart of the project. To solve it, students need not only knowledge of the language, but also the possession of a large amount of various subject knowledge, necessary and sufficient to solve this problem. In addition, students must possess certain intellectual, creative, communication skills. The first ones include the ability to work with information, with the text (highlight the main idea, search for the necessary information in a foreign language text), analyze information, make generalizations, conclusions, etc., the ability to work with a variety of reference material. The formation of many of these skills is the goal of teaching various types of speech activity. Psychologists refer to creative skills, first of all, the ability to generate ideas, which requires knowledge in different areas, the ability to find not one, but many options for solving a problem, the ability to predict the consequences of a decision. Communication skills include, first of all, the ability to conduct a discussion, listen and hear the interlocutor, defend one’s point of view, supported by arguments, the ability to find a compromise with the interlocutor, the ability to concisely express one’s thoughts. 33
https://doi.org/10.36078/987654711 Thus, for the competent use of the project method, considerable preparatory work is required, which, of course, is carried out in an integral system of education at school, not only in teaching a foreign language, and not at all necessarily, anticipating the work of students in the project. Such work should be carried out constantly, systematically and in parallel with the work on the project. Our subject makes a significant contribution to the overall development of the child. As it is easy to see, the method of projects is the essence of the developing, student-centered nature of education. References 1. Pakhomova N.Y. Method of educational project in an educational institution. Moscow. – 2005. 2. Selevko G.K. Modern educational technologies: Textbook. Moscow. – 1998. Chet tili ta’limida Barqaror rivojlanish maqsadlarining tatbiqi Solijon Azizov 2-bosqich tayanch doktorant Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti E-mail: [email protected] Annotatsiya. Barqaror rivojlanish maqsadlari yoki Global maqsadlar nomi bilan ataluvchi muayyan choralar dasturi dunyo aholisi uchun bir qator dolzarb muammolarga yechim topishda o‘z ahamiyatiga ega bo‘ldi. Mazkur choralar dasturida belgilanganidek, ta’lim jamiyatda barqarorlikning istiqboli uchun barchaning birdek umumjahon harakatiga erishishda muhim bog‘in hisoblanadi. Chet tili ta’limi esa bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan global dunyoda Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilab olingan 17 ta maqsad yo‘nalishlarida sifatli va uzluksiz ta’lim orqali bo‘lajak mutaxassis kadrlarni tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. Shu bois, ushbu tezisda pedagogik oliy ta’lim misolida Barqaror rivojlanish maqsadlarining amaliy tatbiqi to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Kalit soʻzlar: chet tili ta’limi, Barqaror rivojlanish maqsadlari, pedagogik oliy ta’lim, uzluksizlik, amaliy tatbiq, mutaxassis kadr, kompetensiya. Barqarorlik omili jamiyatda insonlarning qulay yashashi va turli ko‘rinishdagi faoliyatlarini olib borishlari uchun zamin yaratishda muhim omil 34
https://doi.org/10.36078/987654711 hisoblanadi. Jumladan, barqaror holat va natijalarga erishish barcha soha mutaxassislarining umumiy maqsad va natija tomon birgalikda harakatlanishi yordamida amalga oshiriladi. Shu o‘rinda “barqaror” va “barqarorlik” so‘zlarining izohlari va etimologik kelib chiqishiga doir ma’lumotlarga murojaat etilsak, quyidagi natijalar olishimiz mumkin: A. Bu so‘z tojik tilida arabcha qaror so‘zi oldiga bar predlogini qo’shib tuzilgan [8, 45, 50]; ‘qat’iy qaror topgan’, ‘mustahkam o‘rin olgan’ kabi ma’nolarni anglatadi [6, 83]; Bu so‘zdan o‘zbek tilida barqarorlik mavhum oti yasalgan [5]. B. (1) ‘Qaror topgan’, ‘qat’iy’, ‘uzil- kesil o‘rnashgan’, ‘ustuvor’; (2) ‘hech qanday o‘zgarish ta’sir etmaydigan’, ‘doim birdek turadigan’; ‘o‘zgarmas’; (3) ‘bir yerda o‘rnashib qolgan’; ‘muqim’ [7, 173]. Natijada barqaror muhit yaratishda yuqorida tilga olingan jihatlar ham nazariy, ham amaliy asoslarga ko‘ra ta’minlanishi lozim. Shiddat bilan rivojlanib va inson hayotining har bir jabhasiga kirib borayotgan globallashuv jarayoni asnosida dunyo hamjamiyatidan oldiga har tomonlama erishilishi lozim bo‘lgan maxsus yo‘nalishlar va ularga oid maqsadlar yuzasidan muayyan bir dastur ishlab chiqilishini zamon va makonning o‘zi talab qildi. Xususan, 2015-yilning 25- sentabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining Barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘tkazilgan sammitida qabul qilingan 70-son rezolyutsiyasiga ko‘ra, BMTga a’zo 193 ta dunyo davlatlari qatorida O‘zbekiston ham Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (keyingi o‘rinlarda – BRM) (Sustainable Development Goals (SDG)) ni ma’qulladi [4; 9]. Mazkur maxsus choralar dasturi o‘zida 2030-yilga qadar erishilishi lozim bo‘lgan 17 ta BRMni o‘z ichiga qamrab oldi, o‘z navbatida, ularda 169 ta maqsad osti vazifalar ham belgilab olindi. Ushbu BRM quyidagilardan iborat: (1) o‘ta qashshoqlikka barham berish; (2) ochlikka barham berish; (3) sog‘lik va farovonlik; (4) sifatli ta’lim; (5) gender tengligi; (6) toza va sanitariya; (7) arzon va toza energiya; (8) munosib ish o‘rinlar va iqtisodiy o’sish; (9) sanoatlashtirish, innovatsiya va infratuzilma; (10) tengsizlikni kamaytirish; (11) barqaror shaharlar va aholi yashash joylari; (12) mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish; (13) iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish; (14) dengiz ekotizimlarini asrash; (15) quruqlikdagi ekotizimlarini asrash; (16) tinchlik, adolat va samarali boshqaruv; (17) barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik [4]. Natijada 2018-yilning 20-oktabrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 841-sonli qarori qabul qilindi. O‘zbekiston misolida 35
https://doi.org/10.36078/987654711 milliy maqsad va vazifalarning amalga oshirilish tartibi va muddati aynan shu qarorda o‘z aksini topdi va bu jarayonning BMT ga a’zo davlatlarning har tomonlama ichki va tashqi imkoniyatlari asosida uzluksiz olib borilishi 2030- yilgacha bo‘lgan muddat davomida ko‘zlangan natijalarga erishish imkoniyatini taqdim etadi [3]. Barqaror rivojlanish sohasida yuqorida qayd etilgan 17 ta maqsadning har biri muhim ahamiyat kasb etadi va ularning barchasi yakka holda jamiyatda va insonlar hayotida barqarorlik holatini yuzaga chiqarishda o‘zaro bir-biriga bog‘liq holda amaliyotga tatbiq etilishi maqsadga muvofiqdir. Biroq, barcha sohalar rivojining kafolatini beruvchi bir soha borki, uning qay tartibda amaliyotga tatbiq etilishi va uning taraqqiyoti uchun yaratilgan shart-sharoit qolgan 16 BRMning ham bir maromda muvaffaqiyatli natijalarga erishishi uchun xizmat qiladi va bu – ta’lim sohasidir, ya’ni sifatli va uzluksiz ta’lim tizimidir. BRMda 4-maqsad sohasi sifatida sifatli ta’limning berilishi ham puxta o‘ylangan rejadir aslida, chunki insonning iqtisodiy jihatdan o‘ta qashshoq holatda bo‘lmasligi, och qolmasdan, ya’ni me’yorida kunlik ovqatlanish rejimiga rioya qilishi, sog‘likda va farovonlikda yashashi ta’limdan oldingi o‘rinlarda keladi, albatta. Zero, insonning o‘z ustida ishlashi va tanlagan sohasi bo‘yicha yuqori natijalarga erishishi uchun ham uning moddiy va ijtimoiy jihatdan ehtiyojlarining birinchi navbatda qondirilishi dolzarb ahamiyatga molikdir. Masalan, BRMning sifatli ta’limga bag‘ishlangan qismida mazkur maqsadning asosiy mohiyati quyidagicha aks ettirilgan: “barchani qamrab oluvchi, teng huquqli hamda sifatli ta’limni ta’minlash va barcha uchun uzluksiz ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish” [4]. Ko‘rinib turibdiki, ta’limning barchani qamrab olishi, teng huquqli, sifatli va uzluksiz bo‘lishi umumiy holatda barqarorlik holatini yaratishda o‘zining bosh konsepsiyasini – mohiyatini namoyon etadi. Shuningdek, dasturda ta’limning nega muhim ekanligi to‘g‘risida ham quyidagicha izoh keltirilgan: “Ta’lim barqaror rivojlanish sohasidagi ko‘pgina boshqa maqsadlarga (BRM) erishish imkonini beruvchi muhim bo‘g‘indir. Agar insonlarda sifatli ta’lim olish imkoniyati mavjud bo‘lsa, ular nochorlik changalidan qutila oladilar. Shuning uchun ta’lim tengsizlikni qisqartirish va gender tengligiga erishishga ko‘maklashadi. Shuningdek, u barcha odamlar uchun sog‘lom va mo‘tadil hayot kechirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ta’lim odamlar o‘rtasidagi munosabatlarda 36
https://doi.org/10.36078/987654711 bag‘rikenglikni kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi hamda tinch va xotirjam jamiyatlarning shakllanishiga ko‘maklashadi” [4]. Ushbu omillar ta’limga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratishning eng muhim natijalarini ko‘rsatmoqda va har qanday sohada ta’lim berishning bosh mazmun-mohiyati undagi barcha ta’limiy resurs va texnologiyalar yordamida amaldagi uzluksizlik va sifatlilikni mustahkamlashdan iboratdir. O‘z navbatida, har bir mamlakat va undagi jamiyat taraqqiyoti u yerda tatbiq etiluvchi amaliy chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va o‘rnida amalga oshirilishi bilan muayyan darajada ahamiyat kasb etadi. Vaholanki, hozirgi kunda O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek muhim masala strategik vazifa sifatida ilgari surilmoqda. Uchinchi Renessans konsepsiyasi ham aynan ta’lim-tarbiya tizimini O‘zbekiston Respublikasi hududida olib boriluvchi barcha islohotlarning tayanch ustuni sifatida e’tirof etildi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’birlari bilan aytganda, biz maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi, oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni boʻlgʻusi Renessansning toʻrt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bogʻcha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-oʻqituvchilar va ilmiy- ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uygʻonish davrining toʻrt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz [1]. To‘rt uzviy halqaning o‘zaro hamkorlikda ish faoliyatini olib borishi ta’limning uzluksizligini ta’minlaydi, ulardagi barcha ta’lim vositalari hamda resurslarining samarali qo‘llanilishi esa sifat omilining mustahkam asosini yaratadi. Chet tili ta’limi misolida olib qaralganda til o‘rganuvchining har bir ta’lim bosqichida muayyan maqsad va vazifalarga muvofiq o‘qitilishi va turli sohalarning bo‘lajak mutaxassis kadrlari sifatida tahsil olishlari ta’limning ham nazariy, ham amaliy natijadorligini oshiradi. Bugun global dunyo muhitida ta’limning sifatli va uzluksiz bo‘lishi o‘qituvchining har tomonlama dars mashg‘ulotlariga tayyorligi orqali tahlil etiladi, chunki raqamli, innovatsion ta’lim muhitida o‘qituvchining nafaqat pedagogik, kasbiy, lingvistik balki zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish kompetensiyasi bilan bir xil darajada dolzarbdir. Zero, bugun har bir oʻqituvchi va tarbiyachi, oliygoh domlasi taʼlim va ilm-fan sohasidagi eng soʻnggi ijobiy yangiliklarni oʻquv jarayonlariga tatbiq eta oladigan, chuqur bilim va dunyoqarash egasi, bir soʻz bilan aytganda, zamonamiz va jamiyatimizning eng ilgʻor vakillari boʻlishlari kerak [1]. O‘qituvchining bu 37
https://doi.org/10.36078/987654711 jarayonda jahon ta’lim standartlari va unda qo‘llaniluvchi yangi texnologiyalardan xabardor bo‘lishi, bevosita tajriba orttirishi uning chet tilini yetarli daraja bilishi va undan faol tarzda foydalana olishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan. Dastavval, chet tili ta’limi doirasidagi tadqiqotlar tilni o‘rgatuvchi shaxs – o‘qituvchiga qaratildi va uning barcha kompetensiyalari, mahorati va vazifalarini o‘rganishga yo‘naltirildi. Mazkur jarayonda qo‘lga kiritilgan nazariy va amaliy asoslar chet tili o‘qituvchisining keyingi faoliyatining qay tartibda yo‘lga qo‘yilishi kerakligini belgilab berdi. Bundan keyingi ilmiy izlanishlar markaziga esa chet til o‘rganuvchisi qo‘yildi va bu yondashuv til o‘rganuvchilarning chet tili dars mashg‘ulotlaridagi mustaqil faoliyati, tashabbuskorligi va imkoniyat darajasiga ko‘ra qobiliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarning yuzaga kelishiga turtki bo‘ldi. Natijada ayni vaqtda dunyo miqyosida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar va innovatsion islohotlar asnosida chet tili o‘qituvchisi va o‘rganuvchisi hamkorligidagi faoliyatga qaratilgan tadqiqot maydoni kengaydi, ya’ni ushbu maydonga yana bir uchinchi tushuncha – chet tili ta’lim muhiti qo’shildi. Chet tili ta’limi muhiti tushunchasi o‘zining ichiga faqatgina o‘qituvchi va o‘rganuvchi o‘quv faoliyatini olib boruvchi an’anaviy hamda raqamli ta’lim muhitini emas, balki unda joriy etiluvchi texnologiya, yondashuv va metodlarning o‘zaro integratsiyasini ham qamrab oldi. Amaliyotga BRMga muvofiq tatbiq etilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5847-sonli Farmoniga binoan 2030- yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini (keyingi o‘rinlarda – Konsepsiya) alohida e’tirof etish lozim. BRMga ko‘ra, sifatli ta’limning amaliy tatbiqi bir qator muhim chora-tadbirlarga bog‘liqdir va Konsepsiyada belgilangan quyidagi vazifalar pedagogik oliy ta’limda chet tilining bo‘lajak mutaxassislarini tayyorlashda quyidagi imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiladi: − Xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish [2]: bu jarayon talabalarning chet tilidagi 38
https://doi.org/10.36078/987654711 produktiv ko‘nikmalari – gapirish va yozishni takomillashtirishda asosan ularni amaliy topshiriq va vazifalar bajarishga yo‘naltirishda o‘z aksini topadi. − Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish [2]: chet tili dars mashg‘ulotlari misolida raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni tatbiq etishning an’anaviy amaliyot ko‘lamining kengayganligini ko‘rish mumkin va bu holatda o‘qituvchi va talabalarning chet tili ta’limini har tomonalama qulay va samarali muhitda olib borishi lozimligi belgilandi. − Individual ta’lim trayektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv rejalar ishlab chiqish orqali talabalar qiziqishlari hamda kadrlar buyurtmachilari ehtiyojlariga muvofiq ta’lim dasturlarini shakllantirish, ularni tasdiqlash bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga bosqichma-bosqich akademik mustaqillik berish [2]: chet tili ta’limi jarayonida bo‘lajak mutaxassis kadrlarga turli ta’limiy va ijtimoiy muammoli vaziyatlarga nisbatan kreativ fikrlash, ularning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan o‘quv rejalar ishlab chiqishda o‘qituvchining dars mashg‘ulotlarini har ikki ta’lim platformasiga moslashtirishi va rejalashtirishi unga talabalar bilan jamoa, guruh va yakka, ya’ni individual tarzda faoliyat olib borishiga imkoniyat yaratadi. − Mustaqil ta’lim soatlari ulushini oshirish, talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quv jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish, bu borada o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy etish [2]: BRMda ko‘zda tutilgan sifatli va uzluksiz ta’lim jarayonlarini chet tili ta’limi misolida yaratishda yuqorida tilga olingan vazifalar bugungi zamon va makon kontekstiga ko‘ra yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, talabalarning chet tili ta’limi sohasining bo‘lajak mutaxassislari sifatida o‘quv jarayonlarini va ayni sohadagi turli muammoli holatlarni tanqidiy, ijodiy va tizimli tahlil eta olishi, dars mashg‘ulotlarini tashkil etishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallardan samarali foydalanish mexanizmi ustida ish olib borishlarida istiqbolli natijalarga erishishga shart-sharoit yaratadi. 39
https://doi.org/10.36078/987654711 Xulosa sifatida shuni qayd etish joizki, BRM Global maqsadlar sifatida butun insoniyat uchun teng huquqli va sifatli ta’lim olishga keng ko‘lamda zamin yaratish orqali amalda sog‘lom va mo‘tadil hayot kechirishning kafolatini ta’minlaydi. Har bir mamlakat va hudud miqyosida islohotlar va chora- tadbirlarning puxta ishlab chiqilishida har tomonlama nazariy-amaliy asoslarni inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek muhim masalaning strategik vazifa sifatida ilgari surilishi va ta’lim tizimining ushbu strategik vazifaning tayanch ustuni sifatida e’tirof etilishi O‘zbekiston misolida ta’lim-tarbiyaning har zamon boqiy tinchlik va farovonlik garovi ekanligiga bevosita guvoh bo‘lish mumkin. Zero, hammamizga ayonki, bugungi murakkab globallashuv davrida jamiyatimizda milliy gʻoya va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, yoshlarimizni turli zararli gʻoya va tahdidlardan asrash, ularni oʻz mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalash har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda [1]. Shunday ekan, barqarorlik holatini yaratish, uni mustahkam saqlash har bir davlatning azaliy tarixi, mentaliteti va milliy g‘oyalarining asosiga qurilishi muhim ahamiyatga ega. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi. “Xalq so‘zi” gazetasi № 207 (7709). – 2020-yil 1-oktabr. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5847-sonli Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/-4545884. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 841-sonli qarori. https://lex.uz/docs/- 4013356. 4. 17 ta dunyoni o‘zgartirishga yo‘naltirilgan Barqaror Rivojlanish Maqsadlari. https://uzbekistan.un.org/uz/110345-17ta-dunyoni-ozgartirishga- yonaltirilgan-barqaror-rivojlanish-maqsadlari. 40
https://doi.org/10.36078/987654711 5. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati: arab so‘zlari va ular bilan hosilalar (2-jild). Toshkent: “Universitet” nashriyoti. – 2003. 6. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Moskva: “Rus tili” nashriyoti. – 1981. 7. O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80000 ga yaqin so‘z va so‘z birikmasi (B harfi). Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. – 2020. 8. Таджикско-русский словарь. Москва: Государственное издательство иностранных и национальных словарей. – 1954. 9. https://en.wikipedia.org/wiki/Sustainable_Development_Goals. Nofilologik OTMda chet tillarni o‘qitishda kontentga asoslangan yondashuv Xilolaxon Bakirova Mustaqil izlanuvchi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti E-mail: [email protected] Annotatsiya. Mazkur tezisda nofilologik OTMda chet tillarni o‘qitishda kontentga asoslangan yondoshuvdan foydalanishning samarasi xaqida fikr yuritiladi. Tadqiqotchi olimlarning bu boradagi olib borgan ishlari taxlil qilinib umumlashtirilgan. Kalit so‘zlar: ESP, chet til o‘qitish yondoshuvlari, kontentga asoslangan yondashuv, ilmiy – texnik adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, kontent. Jahon chet til o‘qitish tajribasiga ko‘ra ESP - ingliz tilini maxsus maqsadlar uchun o‘qitishda olimlar turli yondashuvlarga asoslangan o‘qitish metodlarini taklif etadilar. Jumladan, Task based approach (TBA) – Mashqqa asoslangan yondashuv ya’ni interaktiv mashqlarga asoslanib til o‘qitish, Content based approach (CBA) – kontentga asoslangan yondashuv ya’ni chet tilni mutaxassislik fanlari mazmuniga ko‘ra o‘qitish, Test, Teach, Test Approach (TTT) - Sinov, O‘qitish, Test – talabalarni ijodiy ishlashlarini shakllantirshga yo‘naltirilgan yondashuv, CLIL- Content and Language Integration - bu talabalar bir vaqtning o‘zida kontentni va chet tilni o‘rganadigan yondashuv, Presentation, Practice and Production (PPP) - Taqdimot, Amaliyot va Maxsuldorlik – til o‘qitishda deduktiv yondashuv va xokazolar shular jumlasidandir. 41
https://doi.org/10.36078/987654711 Xorijda, xususan AQShning Massachusets texnologiya instituti, Stenford, Garvard universitetlari, va Yevropa davlatlarining nofilologik o‘quv yurtlari jumladan, Oksford, Manchester, Bristol, Nayl kabi ko‘plab nufuzli universitetlarida, ingliz tilini mutaxassislik tili sifatida o‘qitishda, leksik kompetensiyani shakllantirish va rivojlantirishni zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish borasida jadal ishlar olib borilmoqda. Chet el tajribasiga ko‘ra mutaxassislik leksikasini chet tilda o‘rganishda kontentga asoslangan yondashuv (bundan so‘ng KAYo)dan foydalanish talabalarning motivatsiyasini oshirishi, talabalarning tilni egallashlarini tezlashtirishi, madaniyatlararo bilimlarni kengaytirishi va til o‘rganish tajribasini yanada samarali bo‘lishida foyda beradi. Shuningdek, respublikamizdagi barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun “Xorijiy til” [1] fan dasturida keltirilishicha, nofilologik yo‘nalishlarda xorijiy tilni o‘rgatishdan asosiy maqsad – kelgusi mutaxassislarda kundalik hayotlari, ilmiy va kasbiy faoliyatlarida chet tildan erkin foydalanuvchi mutaxassislarni tayyorlash, ularda vatanparvarlik hissini rivojlantirish, mustaqil izlanish, bilim va ko‘nikmalarini darsdan tashqari paytda ham, OTMni bitirganlaridan keyin ham rivojlantirish, hamda umumbashariy va sohaga oid mavzularda ilmiy maqolalar yoza olish, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar ilgari suriladi: Talabalarning nutq (o‘qish, yozish, tinglab tushunish, gapirish), til (leksik, grammatik), ijtimoiy-madaniy va pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish; − ilmiy, kasbiy va maishiy faoliyatga bog‘lik mavzular yuzasidan og‘zaki va yozma bayon etish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish; − umumbashariy va milliy qadriyatlar bilan tanishtirish, madaniyatlararo bag‘rikenglik va millatlararo hamdo’stlik hislarini singdirish; − ilmiy va kasbiy faoliyatda qo‘llaniladigan termin va atamalarni o‘rgatish; − talabalarning ilmiy va sohaviy yo‘nalishlaridan kelib chiqib, mustaqil ish topshiriqlarini to‘g‘ri va aniq ko‘rsatmalar berish orqali tashkil etish [1, 2]. Demak, jaxonda, xorijda va respublikamizdagi nofilologik oliy o‘quv yurtlarida xorijiy tillarni o‘qitishdan asosiy maqsad chet tillarni ilmiy maqsadlarda va ishlab chiqarishda qo‘llay oladigan mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Bunda talabaning bo‘lajak mutaxassisligiga yo‘naltirilgan 42
https://doi.org/10.36078/987654711 xorijiy tilni, aniq fan va texnika tilining terminlari, leksik, grammatik xususiyatlari o‘rgatilib, kelajakda ilmiy-texnik adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, ularni qo‘llash malakalarini xosil qilish nazarda tutiladi. Bu vaziyatda chet tilni KAYo asosida o‘qitish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Dunyo olimlari KAYo bo‘yicha o‘zlarining turli nazariyalarini taqdim etganlar. Jumladan: Viddousonning ta’kidlashicha, KAYo asosiy e’tiborni til o‘rganishni kontentni o‘rganish bilan birlashtirishga qaratadi. Mazkur ikki soha birlashtirilganda, ingliz tilini - o‘rganilayotgan mavzu konteksti asosida (in the context of the subject matter) o‘rganiladi [10]. Brinton ta’kidlaganidek, KAYoda chet til o‘qitish metodikasi o‘quvchilar o‘rganadigan kontent yoki ma’lumotlar to‘plamiga (set of information) asoslanib tashkil qilinadi [6]. Sveyn esa KAYo til va kontent o‘rganishni integratsiyalovchi falsafiy va uslubiy tizim bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi [5]. Short KAYoni ta’riflashicha bunda o‘qituvchilar grammatik qoidalar yoki lug‘atdan ko‘ra o‘qitish uchun kontent mavzularidan (temы soderjaniya) foydalanadilar [8]. Strayker va Liver fikriga ko‘ra, KAYoda o‘rganish predmeti o‘quvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tanlangan matnlar yoki mavzular asosida belgilanadi [4]. Ushbu kontent yondashuv o‘quvchilar uchun asosiy elementni, ya’ni o‘qituvchilar aynan nimani o‘rgatishi va o‘quvchilar nimani o‘rganishi kerakligini ta’minlaydi [2]. Tomlinson kontentni o‘quvchilarga oson tushuniladigan, mazmunli va o‘z hayotlari bilan bog‘lashga imkon beradigan tarzda o‘rgatish kerakligini ta’kidlaydi [9]. Yuqoridagilardan hulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki kontentga asoslanib o‘qitishning maqsadi talabalarni biror bir akademik fanning mazmunidan kelib chiqqan holda tilni egallashga o‘rgatishdir, ya’ni talabalar tilni ma’lum bir akademik fan mazmuni doirasida o‘rganadilar. Demak kontent bu mazmun, tarkib kabi ma’nolarni anglatadi. Biz tadqiqot ishimizda “kontent” terminini o‘zbek tiliga tarjima qilmasdan halqaro termin sifatida, asl holida ishlatishni afzal bildik. Krandallning fikricha, tilni kontentdan foydalanmagan holda, qoidalar to‘plamiga asoslanib o‘qitish nafaqat noto‘g‘ri, balki imkonsizdir. [3] Brinton, Snou, Vesche va Stoller kabi tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra kontent yondashuvda mashqlar o‘qitilayotgan mavzuga (subject matter) mos bo‘lib, o‘quvchilarni o‘rganilayotgan tilda fikrlashga undaydi. Bunday yondashuv tabiiy ravishda to‘rtta an’anaviy til ko‘nikmalarini integral xolda o‘qitishga imkon 43
https://doi.org/10.36078/987654711 beradi. Masalan, o‘quvchilardan autentik o‘qish materialidagi ma’lumotni nafaqat tushunishni, balki izohlash va baholashni xam talab qiladi. Unda talabalar o‘qish va ma’ruza materiallariga og‘zaki javob berishlari mumkin bo‘lgan ochiq muloqot (forum) xam mavjud. Akademik yozuvga o‘rgatishda tinglab tushunish va o‘qishdan foydalaniladi, bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarni yozishga tayyorgarlik sifatida ko‘plab manbalardan olingan faktlar va g‘oyalarni taxlil qilishni talab qiladi. Ushbu yondashuvda talabalar o‘quv ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar va turli xil til ko‘nikmalarini rivojlantiradilar, bu esa ularni kelgusida duch keladigan mutaxassislik vazifalariga tayyorlaydi [6, 21]. Richards va Rodjerslar bergan ma’lumotlarga ko‘ra til o‘qitishning asosiy maqsadi talabalar o‘rganayotgan til yordamida kontent yoki ma’lumotlarni o‘rgatishdir. Talabalar be’vosita bir vaqtning o‘zida xam til o‘rganuvchi talabalar va xam kontentni o‘rganuvchi talabalar xisoblanadilar. Kontekst yoki mavzu (subject matter) asosiy bo‘lib, til o‘rganish o‘z o‘zidan kontent o‘rganishga aylanadi. Kontentni o‘qitish tilni o‘rgatish asosida tashkil etilmaydi. Aksincha, kontent asosida til o‘qitish axborot, ma’lumot bilan bog‘liq bo‘ladi, vazifa asosida (task-based) tilni o‘qitish esa kommunikativ va kognitiv jarayonlar bilan bog‘liq [7]. Kontentga asoslanib til o‘qitish darsiga misol sifatida talabalarga kerak bo‘lgan yoki o‘rganmoqchi bo‘lgan tilda olib boriladigan mutaxassislik fani darsini olishimiz mumkin. Bunda fanni yanada tushinarli bo‘lishi uchun chet tildan foydalaniladi. Demak o‘rganilayotgan chet til akademik bilimlarni egallashda vositachi vazifasini bajaradi. Demak yuqoridagi tahlillardan xulosa qilgan holda kontentni o‘ziga xos xususiyatlarini quyidagicha belgilash maqsadga muvofiq: • kontent o‘qitiladi; • kontent o‘rganish ustuvor ahamiyatga ega; • til o‘rganish ikkinchi darajali axamiyat kasb etadi; • kontentning maqsadi chet til kursi maqsadi va akademik fanlar o‘quv rejalari bilan belgilanadi; • o‘qituvchilar til o‘qitish vazifalarini tanlashlari kerak; • talabalar kontentni o‘zlashtirishi bo‘yicha baholanadilar. Adabiyotlar ro‘yxati 1. “Xorijiy til” barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun fan dasturi. Toshkent. – 2020. 44
https://doi.org/10.36078/987654711 2. Brinton D., Snow M.A. The content-based classroom: Perspectives on integrating language and content. New York: Longman. –1997. 3. Cook V. Second language learning and language teaching. Beijing: Foreign Language Teaching and Research Press. – 2000. 4. Ju Y.Y., Wen Ch.Ch. Students perspective of using content-based approach in ESP class. English language teaching. Canada. – 2015. 5. Li D., Zhang L. Exploring teacher scaffolding in a CLIL-framed EFL intensive reading class: A classroom discourse analysis approach. Language Teaching Research, 26(3), 333-360. – 2022. 6. Madrid D.Y. García S.E. Content-based second language teaching. E. García Sánchez (ed.): Present and future trends in TEFL. Universidad de Almería: Secretariado de publicaciones. – 2001. 7. Richard J.C. & Rodgers T.S. Approaches and methods in language teaching (2nd ed). Cambridge: Cambridge University Press. – 2001. 8. Short D. How to integrate content and language learning effectively for English language learners. EURASIA Journal of Mathematics Science and Technology Education, 4238–4260. – 2017. 9. Tomlinson C.A. How to differentiated instruction in mixed-ability classroom. ASCD: Alexandria, VA: Association for Supervision and Curriculum Development. – 2001. 10. Widdowson H.G. The relationship between language teaching and subject matter. Paper presented at the meeting of the American International Education and Training Association, San Francisco, CA. – 1981. Texnika oliy o‘quv yurti talabalarining xorijiy til darslarida ma’naviy- axloqiy tarbiyalashning pedagogik muammo sifatida Umida Bazarova Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Navoiy davlat konchilik va texnologiyalari universiteti E-mail: [email protected] Annotatsiya. Tezisda texnika oliy o‘quv yurti talabalarining xorijiy til darslarida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik muammo sifatida o‘rganilgan. Tezisda Uchinchi Renessansning mazmun-mohiyatini ta’lim- tarbiyaga bog‘liqligi har birimiz uchun hamda butun jamiyatimiz uchun muhimligi ko‘rib chiqilgan. 45
https://doi.org/10.36078/987654711 Kalit so‘zlar: xorijiy til, ma’naviy-axloqiy tarbiya, pedagogik muammo, texnika oliy o‘quv yurti, Uchinchi Renessans. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” tushunchasini dunyo siyosati lug‘atiga kiritgani beqiyos ilmiy ahamiyatga ega bo‘lib, Yangi O‘zbekiston – bu ibora Millat Sardori ilgari surgan va bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan ezgu g‘oyadir [1]. Biz keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim- tarbiya islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Renessans fransuzcha so‘z bo‘lib, qayta yuzaga kelmoq, yangidan tug‘ilmoq ma’nosini anglatadi, madaniyat, ilm-fan, san’at, ta’lim-tarbiya, umuman, jamiyat hayotida uzoq muddatli bir xillikdan keyin qayta rivojlanish, ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimining yangilanish jarayonida namoyon bo‘ladi [1]. Turli hududlardan diniy va dunyoviy ilm sohiblari, shoirlar, me’morlar, hunarmandlar va boshqalarni yig‘ib, ular orqali mamlakatning ilmiy va madaniy qudrati yuksalishiga zamin yaratdi. Bugungi kunda ma’naviy -axloqiy tarbiya uning metodologik asoslarini nazariy tushunishga, ularga yaxlit yondashuvni ishlab chiqishga muhtoj. Jamiyat va shaxsiyat mentalitetining o‘zgarishi, yosh avlodning qadriyat yo‘nalishlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq jamiyat rivojlanishining yangi bosqichi boshlandi. Faqat iste’mol qila olmaydigan, yaratishga qodir, ma’naviy boy, yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash zarurati tobora keskin sezilmoqda. Oliy ta’limda ma’naviy va axloqiy rivojlanishi - jamiyatning jadal rivojlanishi sharoitida shaxsni ijtimoiylashtirishning eng muhim jihati, ijtimoiy faoliyat va jamiyat hayotining turli sohalariga bosqichma-bosqich va ongli ravishda qo’shilish omili. Ma’naviy-axloqiy tarbiya muammolari V.A. Belyaeva, Bulgakov, V.P. Vaxterov, K.N. Ventzel, Z.V. Vidyakova, V.V. Zenkovskiy, P.F. Kapterev, P.F. Lesgaft, V.M. Menshikov, N.I. Pirogov, M.M. Rubinshteyn, K.D. Ushinskiy kabi talabalar, psixologlar, faylasuflar va boshqalarning tadqiqotlarida ko‘rib chiqiladi. So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda Uchinchi Renessans atamasi kun tartibiga chiqqan. Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida bunga aniqlik kiritdi. 46
Search
Read the Text Version
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
- 6
- 7
- 8
- 9
- 10
- 11
- 12
- 13
- 14
- 15
- 16
- 17
- 18
- 19
- 20
- 21
- 22
- 23
- 24
- 25
- 26
- 27
- 28
- 29
- 30
- 31
- 32
- 33
- 34
- 35
- 36
- 37
- 38
- 39
- 40
- 41
- 42
- 43
- 44
- 45
- 46
- 47
- 48
- 49
- 50
- 51
- 52
- 53
- 54
- 55
- 56
- 57
- 58
- 59
- 60
- 61
- 62
- 63
- 64
- 65
- 66
- 67
- 68
- 69
- 70
- 71
- 72
- 73
- 74
- 75
- 76
- 77
- 78
- 79
- 80
- 81
- 82
- 83
- 84
- 85
- 86
- 87
- 88
- 89
- 90
- 91
- 92
- 93
- 94
- 95
- 96
- 97
- 98
- 99
- 100
- 101
- 102
- 103
- 104
- 105
- 106
- 107
- 108
- 109
- 110
- 111
- 112
- 113
- 114
- 115
- 116
- 117
- 118
- 119
- 120
- 121
- 122
- 123
- 124
- 125
- 126
- 127
- 128
- 129
- 130
- 131
- 132
- 133
- 134
- 135
- 136
- 137
- 138
- 139
- 140
- 141
- 142
- 143
- 144
- 145
- 146
- 147
- 148
- 149
- 150
- 151
- 152
- 153
- 154
- 155
- 156
- 157
- 158
- 159
- 160
- 161
- 162
- 163
- 164
- 165
- 166
- 167
- 168
- 169
- 170
- 171
- 172
- 173
- 174
- 175
- 176
- 177
- 178
- 179
- 180
- 181
- 182
- 183
- 184
- 185
- 186
- 187
- 188
- 189
- 190
- 191
- 192
- 193
- 194
- 195
- 196
- 197
- 198
- 199
- 200
- 201
- 202
- 203
- 204
- 205
- 206
- 207
- 208
- 209
- 210
- 211
- 212
- 213
- 214
- 215
- 216
- 217
- 218
- 219
- 220
- 221
- 222
- 223
- 224
- 225
- 226
- 227
- 228
- 229
- 230
- 231
- 232
- 233
- 234
- 235
- 236
- 237
- 238
- 239
- 240
- 241
- 242
- 243
- 244
- 245
- 246
- 247
- 248
- 249
- 250
- 251
- 252
- 253
- 254
- 255
- 256
- 257
- 258
- 259
- 260
- 261
- 262
- 263
- 264
- 265
- 266
- 267
- 268
- 269
- 270
- 271
- 272
- 273
- 274
- 275
- 276
- 277
- 278
- 279
- 280
- 281
- 282
- 283
- 284
- 285
- 286
- 287
- 288
- 289
- 290
- 291
- 292
- 293
- 294
- 295
- 296
- 297
- 298
- 299
- 300
- 301
- 302
- 303
- 304
- 305
- 306
- 307
- 308
- 309
- 310
- 311
- 312
- 313
- 314
- 315
- 316
- 317
- 318
- 319
- 320
- 321
- 322
- 323
- 324
- 325
- 326
- 327
- 328
- 329
- 330
- 331
- 332
- 333
- 334
- 335
- 336
- 337
- 338
- 339
- 340
- 341
- 342
- 343
- 344
- 345
- 346
- 347
- 348
- 349
- 350
- 351
- 352
- 353
- 354
- 355
- 356
- 357
- 358
- 359
- 360
- 361
- 362
- 363
- 364
- 365
- 366
- 367
- 368
- 369
- 370
- 371
- 372
- 373