qanchalik hamkorligi bilan belgilanadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda “Mohi sitora” folklor-etnografik jamoasining faoliyati ibratlidir. Jamoaning shuhrat qozonishi uchun Tamara Toshboyeva, folklorshunos olima Saodat Yo‘ldoshevalar jamoaning badiiy salohiyatini oshirishga harakat qildilar. Ulardan nazariy hamda amaliy maslahatlar olib, katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. “Mohi sitora” ansamblining asoschilari T.Toshboyeva va S.Yo‘ldoshevalar o‘z navbatida o‘zlarining qimmatli maslahatlari va vaqtlarini ayamadilar. Natijada “Mohi sitora” shuhrati nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoga yoyildi. Jamoa doimo izlanishda, uning badiiy jihatdan shakllanishda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, bastakor Orif Otayevning xizmatlari katta bo‘ldi. Asta-sekin “Mohi sitora” respublikaga, Markaziy Osiyo va jahonga tanila boshladilar. “Mohi sitora” jamoasining ishtirokchilari turli yosh va kasb egalaridan iborat. Bular madaniyat xodimlari, uy bekalari, maktab o‘qituvchilari, pensionerlar. Jamoa dasturidan joy olgan xalq qo‘shiqlari va raqslarida Buxoro xalqining o‘tmishi, buguni va ertasining istiqboli namoyon etiladi. Hozirgi kunda jamoa repertuarida 200 dan ziyod xalq qo‘shiqlari, kuylari hamda raqslari o‘rin olgan bo‘lib, ularda qadimiy Buxoro san’atining uslubiy jozibasi mukammal saqlangan. 100 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
O‘ngdan chapga: Filologiya fanlari nomzodi, professor Nozim Qosimov, filologiya fanlari nomzodi, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Saodat Yo‘ldasheva (marhuma) “Mohi sitora” folklor-etnografik jamoasi badiiy rahbari Oliyaxon Hasanova (marhuma). Jamoa tarkibida samarali ijod qilib kelayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nishon Otamurodov, iste’dodli san’atkorlar Husan Kozimov, Fozil Sharipov, Bog‘dagul To‘rayeva, Olim Bozorov, Manzura Kenjayeva, Sharofat Jumayeva, Alloma Ro‘ziyeva, Muazzam Sa’dullayeva, Gulnora To‘laganovalar ijro etadigan “Mohi Buxoro”, “Nog‘ora”, “Qayroq”, “Zang”, “Ushtur bachcha mond”, “Yor omad”, “Uf dilam”, “Chorzarb”, “Orzu”, “Murg‘ak”, “Jon Hasanjon”, “Ko‘zlarim senga mudom”, “Begimjon”, “Sebak”, “Jamlagi tillodan qizgina”, “Sumalak kabi” hayotiy qo‘shiqlar, jozibali raqslarda Buxoro xalqi o‘tmish sahifalari, bugungi va ertasining istiqboli namoyon bo‘ladi. “Mohi sitora” jamoasi viloyatda tashkil etiladigan barcha madaniy-ma’rifiy va xayriya tadbirlarining doimiy ishtirokchilaridan hisoblanadi. Jamoaning sahnaga chiqishi xalq amaliy san’atining ko‘rgazmasi desa bo‘ladi. Qatnashchilarning buxorocha zardo‘zi ko‘ylaklari, qadimiy bichuvdagi liboslari, do‘ppilar xalqimizning boy madaniy merosi va ma’naviy dunyosini ko‘z o‘ngimizda gavdalantiradi. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 101
“Mohi sitora” jamoasi o‘tgan yillarda qator qardosh respublikalar shaharlarida qatnashib, nufuzli o‘rin sohibi bo‘ldi. “Orazibon”, “Boysun”, “Chavqi” kabi o‘zbek folklor-etnografik jamoalri qatoridan joy olib, yuksak muvaffaqiyat qozonib, tomoshabinlarda juda katta taassurotlar qoldirdi. Xalqaro folklor festivallarida muvaffaqiyatli qatnashganligi uchun “Mohi sitora” folklor-etnografik jamoasi yuksak diplom, sovrin hamda esdalik nishonlari bilan taqdirlandi. Yosh avlodni ma’naviy-ma’rifiy ruhda tarbiyalashdagi faol xizmatlari, dasturining yuksak badiiy-g‘oyaviy saviyasi hamda ijrochilik mahorati uchun Buxoro shahar madaniyat markazi “Mohi sitora” folklor-etnografik jamoasiga Madaniyat vazirligi yig‘ilishining 1988-yil, 26-fevraldagi 2/6 sonli qaroriga binoan “Xalq havaskorlik badiiy jamoasi” unvoni berildi. Oliyaxon Hasanova sa’y-harakatlari tufayli “Mohi sitora” jamoasi Buxoroda “Mavrigixonlik”, demak “Shavod”, “Sarxona”, “Miyonxona”, “Gardon”, “Chorzarb”ni o‘z ichiga olgan Buxoro xalq termalarini o‘zlashtirdi. Ma’lumki, “Mavrigi” asosan buxoroliklar o‘rtasida vujudga kelib, uzoq asrlar davomida ijro etib kelingan qo‘shiqlar turkumi sanaladi. U qo‘shiq va raqslardan tashkil topgan go‘zal ohanglar majmuasi bo‘lib, buxoroliklarning ijrochilik mahoratini va ijro xususiyatlarini namoyon etadi. “Mavrigi” iborasi Buxoroga Xurosonning har joylaridan ko‘chib kelgan, ayniqsa Mavriylik (hozirgi Turkmanistonning Mari shahri) eroniylariga taalluqli bo‘lgan “mavriy” so‘zidan kelib chiqqan. Eroniylarning musiqiy ijodiyoti buxoroliklar orasida keng tarqalib, mahalliy madaniyatlarning ta’sirida o‘zgarishlar kasb etgan. Natijada Buxoro musiqiy folklorida yangi musiqiy oqim barpo etildi. “Mavrigi” - Buxoroda XIX va XX asr boshlarida rivoj topgan qadimiy xalq qo‘shiqlari silsilasi bo‘lib, asosan doira jo‘rligida ijro etiladi. U Shahd (boshlanish), Taraqqiyot (rivojlanish) va Pirovard (tugun) kabi davr(qism)lardan iboratdir. Davrdan davrga o‘tish qismlari esa o‘zaro uzviy zanjir sifatidagi bog‘lanishga ega. “Shahd” davrida ijro etiladigan qo‘shiqlar asosan mungli nola bilan boshlanib, so‘ngra erkin usulda ijro etiladi. Bu qo‘shiqlar o‘zining ichki maqomiga ega bo‘lib, go‘yo bir jajji dostondek. Bunda lirik va dramatik janrlar uygunligi namoyon etiladi. “Shahd” ila ruhiy kamolga erishishga imkoniyat yaratiladi. Qo‘shiqlarning avval ohista, 102 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
so‘ngra biroz ko‘tarinki ruh bilan ijro etilishi ruhiy parvozga boshlaydi. Tarraqiyot: bu davr – badiiy kompozitsiyali ko‘rinish bo‘lib, unda rang-barang ruhiy holatlar almashinib, ijroda shiddat kasb etadi. Bu qo‘shiqlar tizimi qisqa (maydaxoni) bo‘lib, ichki va tashqi maqomi jihatdan xilma-xildir. U inson qalbini zavqlantirib, ruhiy poklanishga chorlaydi. Pirovard: bu yakuniy davr ijroning eng yuqori avjidir. Bunda insonning ruhiy olami tarannum etiladi. Olami sag‘ir (inson) ruhiy holati olami kabir (koinot) uzra sayohat qilib, o‘zaro uyg‘unlikka erishadi. Qalb qo‘zi ochilib, ilohiy ishq jozibasi paydo bo‘ladi. O‘zining mazmunli va serqirra dasturi bilan “Mohi sitora” mavrigi ijrochilik san’atini tashabbuskori sifatida yangicha talqinda turli xil konsert va festivallarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladi. Shuningdek, butunittifoq xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasida, O‘zbekiston kunlari tantanalarida o‘z mahoratini namoyish etib, katta olqishlar va qimmatbaho mukofot va sovrinlarga sazovor bo‘ldi. 1988-yil Oliyaxon opa va uning “Mohi sitora” folklor-etnografik jamoasi uchun behad qutlug‘ yil keldi. Jamoa Moskvada o‘tkazilgan xalqaro folklor festivalida qardosh va jahonning 21 mamlakatida kelgan san’atkorlar bilan bir qatorda ishtirok etib o‘z san’atlarini namoyish etdilar. Natijada jamoa diplom va esdalik medali bilan mukofotlandilar. 1991-yilda jamoa rahbari Oliyaxon Hasanovaga “Madaniyat a’lochisi” unvoni berildi. Bu yutuqlar jamoa ijrosidagi Buxoroning zamonaviy va qadimiy folklor san’atining o‘ziga xos uslubda kuylab kelinganligidir. Ayniqsa, Oliyaxon opa tomonidan ijro etilgan har bir qo‘shiq, raqs, kiyim munosibligida namoyish etilib, tinglovchi qalbiga tez yetib borishidadir. “Mohi sitora” jamoasi o‘ziga xos uslubi va repertuariga ega. Jamoaning xalq orasida ommalashib, obru-e’tiborga ega bo‘lishida jamoa tashkilotchisi va doimiy rahbari Oliyaxon Hasanovaning xizmatlari cheksiz. Buxoroga kelgan turli chet el delegatsiyalari, aziz mehmonlari “Mohi sitora” dasturini chetlab o‘tmaydi. Jamoa konsert dasturini tomosha qilgan Hindistonning mashhur kino yulduzi Raj Kapur ham Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 103
“Mohi sitora” dasturini tomosha qilib, ijro mahoratiga tasanno aytgan. Buxoro san’atining noyob bir go‘zalligidan hayratlangan Raj Kapur jamoani mo‘jizalar makoni - Hindiston diyoriga taklif etgan. Oliyaxon Hasanova o‘z jamoasi dasturida Buxoroning o‘ziga xos raqslarini, udum va marosimlarini kiritgan. Ayniqsa, “Kelinsalom”, “Kuyovsalom”, “Xinabandon” beshik to‘yi, muchal to‘yi marosimlari jamoa tomonidan mahorat bilan ijro etilgan. Ular ijro uslubining qadimiyligi, badiiy talqini har qanday tomoshabinni sehrlab, hayratga soladi. Dunyoda inson zoti borki, uning yuragida musiqa, qo‘shiq va raqsga moyilligi bo‘ladi. Sehrli ohanglar og‘ushida zavqlanadi. Ma’naviy barkamollikka erishadi. Ayniqsa, millati, e’tiqodi turish- turmushi turlicha bulgan qaysi bir xalqqa qaramang, uning yuragida san’atga, o‘yin-kulguga oshuftalik tuyg‘usini his etish mumkin. Ana shunday san’atga oshuftalik tuyg‘usi bilan oshno bo‘lganlardan biri Amerikalik yosh san’atkorlar Teravis Teresu Meralxonimdir. Ular Oliyaxon Hasanova huzuriga kelib Buxoro raqs san’ati sirlarini puxta o‘rganishga jazm etdi. Ustoz va shogird hamkorligida mashqlar ikki yarim oy davom etdi. Mehmon Oliya opadan Buxoro raqslari bilan birga o‘zbek xalqining mumtoz raqslarini, ya’ni “Munojot”, “Savti munojot”, Buxorocha usuldagi qayroq nog‘ora, zang, mavrigixonlikni o‘rgandi. Mehmon ustoziga 104 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
“Raqs san’atining guli” deb baho berdi. O‘rganganlarini Amerika xalqiga namoyish etib olqish va tahsinlarga sazovor bo‘ldi. Jamoaning repertuari rang-barang, g‘oyaviy yuksak va badiiy mukammal asarlarga boy. Uning repertuarida Buxoroning qadimgi va zamonaviy folklorining eng yaxshi namunalari saralab olingan. Buxoroning san’ati nechog‘li boy, betakror va dunyo qadar qadimiy ekanligini qishloqma-qishloq, mahallama-mahalla yurib, izlanishlar olib borganimizda yana ham chuqurroq his etdim, - deydi Oliyaxon Hasanova. – Xalqimiz san’at shaydosi va fidoyisi. U ota-bobolarimiz, buvijonlarimiz Buxoroning eng qadimiy-mavrchada kuylagan qo‘shig‘i, laparlarini hamon unutmay, sevib, ardoqlab kuylab kelmoqda. Darhaqiqat, “Mohi sitora” Buxoro xalq ogzaki ijodini mukammal o‘zlashtirib olish, uning o‘ziga xos nafosat, go‘zal qirralarini dildan his etish ustida ko‘p izlanishlar olib bordi. “Mohi sitora”ning boshqa regiondagi shu tipdagi folklor etnografik jamoalardan farqi, o‘ziga xos tomoni shundaki, uning repertuaridagi o‘zbekcha qo‘shiqlar, raqslar bilan birga tojik xalq ijodidan namunalar, ya’ni tojikcha qo‘shiklar, raqslar, laparlar, muxammaslar ham ko‘plab uchraydi. Shu nuqtayi nazardan “Mohi sitora” qo‘shiq, kuy, raqs va kiyim-kechakda ramziy, zullisonayn, ya’ni ikki tilli, boshqacha aytganda shiru-shakar ansambldir. ‘Mohi sitora’ jamoasi ijrosida xoh o‘zbekcha, xoh tojikcha qo‘shiqlar, kuylar tinglar ekansiz, raqslar tomosha qilar ekansiz, har ikki xalqning o‘tmish hayoti manzaralarini ko‘rib turganday, dard-alamlari, tashvish-nadomatlarini eshitganday his qilasiz. Ayni chog‘da, bu kuy-qo‘shiqlarda raqslarda bugungi kunning tarovati, istiqlolimizning istiqboli, mazmundoligi-yu jozibasi tarannum etilayotganining shohidi bo‘lasiz. Buning uchun jamoa repertuaridagi “Mohi Buxoro”, “Nog‘ora, qayroq, zang”, “Ushtur bacha mond”, “Yor omadu”, “Uf dilam”, “Chorb zarb”, “Orzu”, “Shart”, “Miyon xona”, “Chashmohi siyoh”, “Murgak”, “Gula burudam da giram”, “Yerakam dar xob bedorast”, “Jon modarakam”, “Yallo, yallo, yallo”, “Oromijon biyo”, “Buxorocha mavrigi”, “Gardon”, 1-sarxona, 3-sarxona, “Ayladi”, “Yallali bobo, yalalum”, ‘Ey, nozanin’, “Hasanjon”, “Begimjon”, “Rafti-nagufti’, “Mehnat bilan”, ‘Olg‘a bos” kabi qo‘shiqlarni tinglash yetarli. Ayniqsa, sahnalashtirilgan buxorocha to‘ylar, kelin uzatish, beshik to‘yi marosimlarini o‘yin, ashula, vositasida ko‘rsatishlari, ular Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 105
tarkibidagi kuy-qo‘shiq, raqslarning tematikasi, ijro uslubi hamda qadimiy Buxoro xalq ijodi, etnografiyasi va san’atini o‘zida mujassamlashtirgani bilan har qancha tahsinga sazovordir. “Salomnoma” yor-yori bilan boshlanuvchi dastur “Shoad- sarxoniy”, “Chorzarb”, “Mavrigiy”, “Miyonxoniy”, “Qayrok” va “Zang” o‘yinlari, doira-yu nog‘ora sadolari jo‘rligida juda jozibali, chiroyli va mazmunli talqin etiladi. “Mohi sitora”ning qiyofasini belgilovchi, uni tom ma’nodagi folklor-etnografik ansambl ekanligini ta’minlovchi omillar mavjud. Ma’lumki, Buxoroning qadimgi qiyofasini ham, hozirgi hayotini ham kashtalarsiz, ularning qilni qirq yoruvchi nozik, nafis, ammo juda katta mahorat, mehnat, zukkolik va uquvni talab qiluvchi zardo‘zliksiz tasavvur kilib bo‘lmaydi. “Mohi sitora” jamoasi masalaning ana shu nozik qirralarigacha e’tibor bergan. Balki ana shunday kiyim tanlashiga ansambl rahbari Oliyaxon Hasanovaning uzoq yillar davomida Buxoro zardo‘zlik fabrikasida ishlagani, bu qadimiy san’atga bo‘lgan cheksiz muhabbati ham sabab bo‘lgandir. Opa o‘z qo‘li bilan yaratilgan va uyda saqlanayotgan zardo‘zlik buyumlarining bir qismini Buxoro shahar muzeyiga takdim etgan. Jamoa liboslari o‘zining milliy ko‘rinishi, favqulodda bezakdorligi, jimjimadorligi bilan ajralib turadi, Buxorocha uslubdagi zarbof ko‘ylaklar, peshbandlar rang-barang matolardan tayyorlangan bo‘lib, ular bu voha an’anasiga mos zardo‘zlik amaliy san’at namunalari hisoblanadi. E’tiborga molik tomonlardan yana biri shundaki, “Mohi sitora”ning san’atsevar, fidoyi, mehnatsevar jamoasining har bir a’zosi o‘z repertuarini boyitish, ijrochilik mahoratini mukammallashtirib borish ustida bosh qotiradi, tinim bilmay izlanishda bo‘ladi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Buxoro folklor qo‘shiq va raqslarining mohir ijrochisi, iste’dodli san’atkor Oliya opa Hasanova tashabbusi bilan qadimiy Buxoro yo‘lida ijro etiladigan “Mavrigi” turkumidagi unutilib borilayotgan xalq qo‘shiqlarini maromiga yetkazib ijro etadigan jamoa – “Mohi sitora” folklor-etnografik xalq jamoasi tashkil etilganiga 40 yil to‘lmoqda. Jamoa o‘z ijodiy faoliyati davrida xalqimizning ma’naviy-estetik qarashlarini o‘ziga xos tarzda badiiy talqin etdi, milliy qadriyatlarimizning eng yashovchan, qadimiy, ardoqli qatlami 106 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
sanalmish xalq og‘zaki ijodiyoti asarlarini mahorat bilan yetkazib ijro etdi va minglab muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi. “Mohi sitora” folklor-etnografik xalq jamoasi va Oliyaxon Hasanovaning shogirdi, pedagogika f.b.f.d, dotsent To‘xtasin Rajabov. (O‘rtada) O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Buxoro folklor qo‘shiq va raqslarining mohir ijrochisi, iste’dodli san’atkor Oliya opa Hasanova tashabbusi bilan qadimiy Buxoro yo‘lida ijro etiladigan “Mavrigi” turkumidagi unutilib borilayotgan xalq qo‘shiqlarini maromiga yetkazib ijro etadigan jamoa – “Mohi sitora” folklor-etnografik xalq jamoasi tashkil etilganiga 40 yil to‘lmoqda. Jamoa o‘z ijodiy faoliyati davrida xalqimizning ma’naviy-estetik qarashlarini o‘ziga xos tarzda badiiy talqin etdi, milliy qadriyatlarimizning eng yashovchan, qadimiy, ardoqli qatlami sanalmish xalq og‘zaki ijodiyoti asarlarini mahorat bilan yetkazib ijro etdi va minglab muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi. Jonkuyar Oliya opa Hasanova badiiy jamoaning faqat buguni emas, ertasi haqida ham qayg‘urgan, fidoiy san’atkorlardan biri edi. U kishi sevimli ustozlari Buxoro musiqiy folklorining yirik namoyondosi Tuhfaxon Pinxasova, Buxoro doirachilar maktabi asoschisi, ustoz Haydar Shodiyev, xalq qo‘shiqlari bilimdoni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Orif Otayev, taniqli mavrigixon san’atkor Ma’di Ibodovalar nomlarini alohida hurmat- ehtirom bilan tilga olarkan, ulardan olgan saboqlarini, o‘rgangan nodir san’at namunalarini yanada sayqallashtirib o‘z shogirdlariga bajonidil o‘rgatib kelgan. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 107
Bundan tashqari, jamoa O‘zbekiston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston respublikalari televideniyelari orqali 30 ga yaqin chiqishlar qilgan. “Mohi sitora” jamoasi “Sehrli olma” (“Qozoqfilm” 1986), “Buxoro ertaklari” (“O‘zbekfilm” 1988), “Yo‘l bo‘lsin” (“O‘zbekfilm” 2000), “Buxoro yodgorliklari” kabi filmlarda ishtirok etgan. “Mohi sitora” folklor-etnografik xalq jamoasining ijodiy faoliyati “Guliston”, “Saodat”, “O‘zbekiston san’ati” jurnallari, “Buxoro sharq durdonasi” (Toshkent 1997), “Folklor-etnografik jamoalari uslubiyoti” (S.Yo‘ldosheva 1999), “Xalq urf-odatlari va an’analari” (S.Yo‘ldosheva 2003) “Olami bekamar raqsi tojik” (N.Nurjonov, 2004), “Folklor kiyimlari va bezaklar” (S.Yo‘ldosheva, S.Davlatova, G.Sattorova, 2007), “Folklor-etnografik ansambllari” (S.Yo‘ldosheva, G.Sattorova, 2007), “Folklor musiqa ijrochiligi” (N.Qosimov, 2008) va boshqa bir qator ilmiy nashrlarda keng yoritilgan. “Mohi sitora” o‘zining rang-barang dasturlari bilan respublika televideniyasining “Ostonasi tillodan”, “Oltin beshik” ko‘rsatuvlarida faol ishtirok etmokda. Quvonarlisi shuki, bugungi kunga kelib ustozning shogirdi To‘xtasin Rajabov va ular bilan qatorda qizi Sharifaxon Majidova va nevarasi Shuhrat Majidovlar Oliyaxon opaning ishni davom ettirib, “Mohi sitora” xalq jamoasining yanada 108 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
yuksak ijodiy cho‘qqilarni zabt etishiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Mohir raqqosa, milliy udum va marosimlar, urf-odatlar bilimini puxta egallagan Sharifa opa ansamblga rahbarlik qilib, uning repertuarini boyitishda tinmay izlanmoqda. Shuhratjon esa buvisidan o‘rgangan xalq termalari, qo‘shiqlarni mahorat bilan ijro etib, o‘z muxlislariga ega bo‘lgan yosh xonanda. Ustozning ana shunday izdoshlari bor ekan, san’ati va ijodi xalq mulkiga aylangan “Mohi sitora” ning kelajagi yorug‘, umri hamisha boqiy bo‘lishiga ishonamiz. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Oliyaxon Hasanova o‘zbek folklor san’atining fidoyilardan biri edi. Uning fidoyilarcha qoldirgan folklor san’atinining benazir merosini o‘rganib, opaning porloq xotirasini yod olish biz uchun oliy burch hisoblanadi. O‘zbek ayolining san’at taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi yoshlar uchun ibratli namuna va madaniy-tarbiyaviy ahamiyatga ega. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Oliyaxon Hasanova (marhuma) va “Mohi sitora” folklor- etnografik xalq havaskorlik jamoasi. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 109
Xorazm viloyatida faol faoliyat olib borayotgan folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoalarining ijodiy faoliyatlarini o‘rganish va tahlil etish. (“Orazibon” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi misolida) ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. Hayot davom etar ekan, bir avlod yaratgan tafakkur durdonalari keyingi avlodlarga meros bo‘lib, yanada sayqal topib, mukammallashib boraveradi. Asrlar osha bizgacha yetib kelgan ma’naviyatimiz durdonalari quyosh nurlari yanglig‘ sochilgan. Bu hayotbaxsh chashma suvini sipqorganing sayin yurak jilg‘alaridan toshib, hayajon daryolariga aylanib boraveradi. Ayollarimiz, ayniqsa, nikoh to‘ylarida childirmani chertib o‘lan aytganlarida, yuzimizda goh tabassum barq urib, goh kipriklarimizda shabnam yiltirab, yuragimiz tubida nimalardir ro‘y berib, o‘zimiz ham ularga jo‘r bo‘layotganligimizni sezmay qolamiz. Mana shunday zavq-shavqqa to‘la, jozibali o‘lanlar, go‘zal qo‘shiq va raqslar keyingi yillarda faol rivoj topayotgan folklor-etnografik jamoalari repertuaridan keng o‘rin olmoqda. So‘nggi yillarda bu jamoalarni xalqimiz va hukumatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanishining sababi qadimiy xalq durdonalarining umrboqiyligidan dalolat beradi. Ha, xalq qo‘shiqlari bu xalqning intilishlari, kurashi, orzu-umidi va xalq donishmandligining badiiy go‘zal ifodasidir. Keyingi yillarda gurkirab rivojlanayotgan bu jamoalar kishilarning hayot go‘zalligiga muhabbatini, bir-birlariga bo‘lgan samimiy munosabatlarini, mehr-u sadoqatlarini oshirishga xizmat qilmoqda. Ulardan yana biri yangi tashkil qilingan “Orazibon” xalq folklor-etnografik jamoasidir. Jamoaning “Orazibon” deb nomlanishining o‘ziga xos sababi bor. Jamoa o‘z dasturini doimo “Orazibon” laparlarini ijro etish bilan boshlaydi. “Orazibon” qayroq bilan ijro etiladigan Xorazm xalq qo‘shig‘i bo‘lib, erkaklar raqsining nomidan olingan. Ansambl madaniy-ma’rifiy ishlar maskani xalq ijodiyoti viloyat ilmiy-uslubiy markazida tashkil etilgan. Ansambl dasturidagi murakkablik shundaki, unda qo‘shiq, raqs, musiqa, 110 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
qayroq, zang asboblari bir vaqtning o‘zida o‘zaro uyg‘unlashtirilgan holda ijro etiladi, bu esa jamoaning o‘ziga xos tomonidir. Jamoa qisqa muddat ichida shon-shuhrat qozondi. 1987-yil 16- 17 aprel kunlari Urganchda “Xorazm ohanglari” deb nomlangan ommaviy xalq sayili bo‘lib o‘tdi. U tantanaga sho‘x raqsga tushib, qo‘shiq kuylab, boshdan-oyoq xorazmcha kiyinib, yal-yal yonib “Orazibon” jamoasi ham kirib keldi. Bayram teatr sahnasiga ko‘chadi. Shundan so‘ng u yerda qo‘shiqqa-qo‘shiq, kuyga-kuy, raqsga-raqs ulanib, kishi qalbini hayajonga solib to‘lqinlanliruvchi onlar boshlandi. Aytish kerakki, “Orazibon”ga repertuar tanlashni hech kim tavsiya etmadi. Hech kim u qo‘shiqni yoki bu raqsni ol deb aytmadi. Bularning hammasini xalq ijodiyotidan yaxshigina xabardor bo‘lgan ansamblning o‘zi hal qildi. Dastur belgilandi, kiyim-bosh tanlandi. Ansamblning rahbari, Xorazm folklorining chuqur bilimdoni va targ‘ibotchisi O‘zbekiston xalq artisti Karim Rahimovning xizmatlari katta bo‘lgandi. Taniqli san’atkor katta mehnat, betinim izlanishlar hisobiga o‘z atrofiga xalq urfodatlari, qo‘shiq-kuy va raqslarini sevadigan, qadrlay oladigan yigirma nafar havaskorni to‘pladi. Yaxshimurod Ashurov, Galiya Otamurodova, Jumaniyoz Ro‘zimetov, Karim Ismoilov ansamblning jonkuyar a’zolaridirlar. Ular Xorazm vohasi san’atining istiqbolini ta’minlovchi ustozlar edilar. Shaklan rang-barang, go‘zal, mazmunan boy, repertuar yaratish ham o‘z- o‘zidan bo‘lmaydi. Bu yo‘lda ansambl fidoiylari viloyatning turli qishloqlariga folklor-etnografik ekspeditsiyalar uyushtirib joylardagi folklorshunos, etnograf, san’atsevar olimlar bilan qizg‘in suhbat- munozaralar olib borildi. Jamoa qatnashchilari unutilgan qadimiy xalq qo‘shiqlari, kuylari, raqslarini qunt bilan o‘rgandilar. Ba’zilarini qayta tiklab, repertuarga kiritdilar. “Orazibon” jamoasi konsertini ko‘rganingizda go‘yo san’at maskani Xorazm diyoriga sayohat qilganday bo‘lasiz. Sahnada ifodalangan xalq san’atining go‘zal namunasi nozikligi-yu, nafosati va ayni chog‘da Xorazmga xos sho‘x, quvnoq, tarovatli raqslar, sodda, beg‘araz tomoshabinni o‘ziga jalb etib oladi. Tomoshabin konsertning birinchi ijrosidan boshlab, to xotimasigacha diqqat-e’tibor bilan goh jiddiy, gohi jilmayib tomosha qiladi. Jamoa ishtirokchilari har bir lapar, qo‘shiq va raqslarda folklor xususiyatini saqlash bilan birga etnografik elementlarni ham ifoda Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 111
etishga harakat qiladilar. Bu avvalo, ularning kiyirnlarida, musiqa asboblarida, lapar, qo‘shiq va raqslarida namoyon bo‘ladi. “Orazibon“ Xorazm vohasining o‘ziga xos, serjilo qo‘shiqlari, jozibali laparlari, o‘ynoqi aytishuvlari-yu, kuy va ohanglarini xalqqa manzur qilib bormoqda. Jamoa xalq ijodiyoti II butunittifoq festivali doirasidagi ko‘rik- tanlovda chiqishlar qilib, ketma-ket g‘oliblikni qo‘lga kirita boshladi. Folklor-etnografik ansambllarining Respublika ko‘rik-tanlovida g‘olib chiqib, birinchi o‘rinni egallagach, Moskvaga Butunittifoq folklor bayramida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi va u yerda ham folklor shinavandalarining olqishiga sazovor bo‘ldi. Aytish o‘rinliki “Orazibon”ning har bir chiqishi san’atsevar shinavandalar o‘rtasida unutilmas voqea bo‘ldi. Jamoa Moskvada Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasining “O‘zbekiston” pavilyonida, shuningdek, Moskvaning “Rossiya” kinoteatri binosidagi chiqishlarida katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. Xorazmda biron-bir tantana, biron-bir marosim, yig‘ilish, ommaviy bayram-sayl yo‘qki, unda “Orazibon” qatnashmagan bo‘lsin. Xalq ijodining ixlosmandlari, san’atsevarlar hamma yerda uni zo‘r olqish, ilhaqlik bilan kutib olardi. Chunki ansambl kishilarga yaxshilik, ezgulik ulashadi, yaxshi kayfiyat baxsh etib, dam olish daqiqalarining ko‘ngilli o‘tishiga ko‘maklashadi. Jamoa qayerga tashrif buyurib, konsertlar o‘tkazmasin, tomoshabinlar har gal uni quvonch bilan kutib olishgan. Ularning maqsadi zamondoshlarimizni qadimiy xalq qo‘shiqlari, kuylari va raqslari, an’analariga mehr-muhabbat uyg‘otish ruhida tarbiyalash, zamonimizga munosib yigit-qizlar bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashish, hormay-tolmay xizmat ko‘rsatishdir. Bu “Orazibon“ folklor-etnografik jamoasining e’tiqodidir. 1988-yili jamoaning folklor san’atini targ‘ib qilishdagi mehnatlarini hisobga olib, “Orazibon“ga “Xalq folklor-etnografik jamoasi“ degan unvon berildi. Jamoa repertuari boy va rang-barangdir. Ishtirokchilarning har bir chiqishlarida o‘ziga xos originallikka intilish ko‘zga tashlanadi. Ular o‘zlari yashab turgan Xorazm xalq san’atiga xos lokal xususiyatlarini ko‘rsatishga alohida e’tibor beradilar. Chunki, jamoa Xorazm ijodining nodir namunalarini qaytadan tiklab xalqqa yetkazishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Ular dasturidan “Mavrigi”, “Lachak” xoreografik suita, “Charx”, “Axtaraman”, 112 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
“Bizdanam uyoladi”, “Rahm ayla“, “Vatan Siva dutori”, “Xalfa qo‘shig‘i” kabi lapar va qo‘shiqlar, jozibali raqslar joy olgan. Jamoa tuzgan dasturida milliylik, o‘ziga xoslikni, milliy kalorilning to‘la sayqallanganligi, qadimiy va zamonaviy qo‘shiq a raqslarni, xalq laparlarini mutanosib ravishda mujassamlashganligi ko‘zga tashlanadi. Masalan, charx yigirish, surnay navosining xorazmcha uslubi va boshqalar qadimiy folklor namunalaridan hisoblanadi. Bu namunalardan biri “Lachak” bu Xorazm ayollarining bosh kiyimi bo‘lib, uni 40 yoshdan so‘ng kiyiladi. Shu marosimning o‘tkazilishi takrorlanmas usulda, zavq bilan tomoshabinga yetkaziladi. Yoki “Mavrigi” deb nomlangan qo‘shiq dastlab Buxorodagi “Nozanin”, Surxondaryodagi “Boysun” jamoalarida tojikcha variantda ijro etilgan bo‘lsa, Xorazmdagi “Orazibon” jamoasida bu uslubning o‘ziga xosligi va o‘ynoqi jozibasini ko‘rish mumkin. “Mavrigi” bahr-u bayt aytishning ashula variantidir. Bu uslub juda qadimdan aytilgan bo‘lib, O‘rta Osiyo xalqlarining ziyrakligini, xushyorligini, zukkoligini belgilaydi. Ayniqsa, ansambl repertuaridan joy olgan “Xalfa” qo‘shig‘i ham faqat shu hududga xos ijro san’atidir. Xorazmda rivoj topgan xalfachilik san’ati juda qadimiy bo‘lib, faqat xotin-qizlar tomonidan ijro etilgan. Bu qo‘shiqlarda xotin-qizlarning yurak kechinmalari yo‘g‘rilgan. Satrlardagi joziba, ma’no teranligi, luyg‘ular silsilasi katta-katta risolalarga sig‘maydi. Ansambl qalbini to‘lqinlantirgan his- tuyg‘ular bizga ham asta singib boradi. Xalq san’ati - hayot ziynati deganda ana shular nazarda tutilgan bo‘lsa ajab emas, eshiting-a: Olti xalfa biri Oysha, Hamma baxti qo‘sha-qo‘sha. Biri-biriga yarasha, Ela balli Olti xalfa. Olti xalfa biri to‘ti, Ojiza bitgan suv o‘ti. Ko‘rgina dam etib o‘tir, Ela balli olti xalfa. Dillarini yayratib, Sozlarini sayratib. Yuraklari urari, Ela balli olti xalfa. Olti xalfa biri enajon, Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 113
Har so‘zi dilga darmon. Bir-biridan qolmagin, Ela balli olti xalfa. Olti xalfaning sardori, El-yurtning sevar yori. Hamma qo‘lda cholar sozni, Ela balli ojiza xalfa. deb kuylab jamoa dovrug‘ini jahonga yoyilishida faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Toshkent shahrida mavjud folklor ertnografik xalq havaskorlik jamoalarining o‘ziga xos jihatlarini tahlil qiling? 2. Surxandaryo-Qashqadaryo vohasiga xos folklor jamoalarni haqida ma’lumot bering? 3. Samarqand-Buxoro vohasi folklor jamoalarinning o‘ziga xos xususiyatlatlarini sanab bering? 4. Xorazm viloyatida faol faoliyat olib borayotgan folklor- etnografik xalq havaskorlik jamoalari haqida ma’lumot bering? 5. Jamoalarning hududiy o‘ziga xos jihatlarini tahlil qiling? Mavzu yuzasidan qo‘shimcha adabiyotlar: 1. S.N.Yo‘ldosheva. Folklor-etnografik jamoalar uslubiyoti. O‘quv qo‘llanma. T.: “Navro‘z” nashriyoti, - 2014. 162-b. 2. J.T.Shukurov. Badiiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti. Darslik. Toshkent-2020. 225-b. 3. N.Qosimov. Folklor musiqa ijrochiligi. O‘quv qo‘llanma.- T.: “Talqin” nashriyoti,-2008. 192-b. Internet saytlari: 1. www.folklore.uz 2.www.ziyonet.uz 3.www.edu.uz 114 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
MAVZU: XALQ UNVONIGA EGA FOLKLOR – ETNOGRAFIK JAMOALARINING REPERTUARLARINI AMALIY TAHLIL ETISH VA SHAKLLANTIRISH MASALALARI. REJA: 1. Folklor-etnografik jamoalarida ijro etilayotgan asarlarning nazariy tasnifi. 2. Folklor-etnografik jamoalarida keng yoritilayotgan asarlarning amaliy tasnifi. 3. Folklor-etnografik jamoalari repertuarlarini shakllantirish masalalari. Tayanch so‘z va iboralar: Nazariy tasnif, amaliy tasnif, folklor- etnografik jamoalari, folklor asarlari, yor-yor, alla, lapar, repertuar. Mustaqillik sharofati bilan milliy qadriyatlar keskin rivojlandi, taqiqlangan juda ko‘p marosimlar qayta tiklandi. Fanda ilgari o‘rganish mumkin bo‘lmagan yoki chetlab o‘tilgan mavzular, masalan, diniy qo‘shiqlarni ilmiy holis tadqiq qilish imkoniyati tug‘ildi. Respublikamizda hozirgi paytda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘nlab folklor-etnografik jamoalari ham ana shu yangilanish, erkinlik tufayli paydo bo‘ldi. Bu ushbu mavzumizning muhim bir tomoni. Masalaning yana bir jihati shundaki, biz o‘rganamizmi, yo‘qmi bu jamoalar zamonning madaniy-ma’naviy ehtiyoji tufayli mavjud bo‘laveradi. Biroq folklorshunoslik fani folklor-etnografik jamoalari kabi fenomenal hodisani o‘rganmasa, juda ko‘p narsani yo‘qotadi. Garchi axborot, bayoniy xarakterdagi maqola, risola, uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan bo‘lsada, zamonaviy folklor-etnografik jamoalarining faoliyati hozirgacha nazariy va amaliy jihatdan maxsus o‘rganilgan, nimalarni o‘rganish zarurligi aniqlangan emas. Dastlabki kuzatishlar jamolar repertuarida an’anaviy folklor asarlari yetakchiligini ko‘rsatadi. Folklor-etnografik jamoalar faoliyatida qo‘shiq ham, kuy ham, raqs ham, dramatik asarlar ham bor. Folklor jamoalarida ko‘pgina qo‘shiqlar halq yo‘lida emas, batsakorlar qayta ishlovi yo‘lida ijro etilishi mumkin. Ammo bunda so‘zlarni buzish, folklor materiallarini qayta ishlash, variantlilik masalalariga ko‘pincha e’tibor berilmayapti. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 115
An’anaviy xalq qo‘shiqlari, dostonlardan parchalar, askiyalar, marosim ko‘rinishlarini ijro etayotgan folklor-etnografik jamoalari ko‘rik-tanlovlari hozirgi paytda uning tashkilochilari tomonidan ko‘ngildagidek qaralmoqda deb bo‘lmaydi. Ba’zan bunday tanlovlarga folklor tabiatidan umuman bexabar kishilar mutasaddi bo‘lib qolmoqda. Hakamlar xayati tarkibiga folklorni bilmagan kishilar kirib qolishlari tufayli g‘oliblarni aniqlashda noholisliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Folklor-etnografik jamoalarining asosiy xususiyati shundaki, O‘zbekiston miqyosida olsak ham, kasbi-kori turlicha bo‘lgan kishilarning juda katta qismi o‘z ishlaridan ajralmagan holda o‘z vaqtining bir qismini doimo, tartibli ravishda san’at, folklor bilan shug‘ullanishga va shu orqali o‘zi va boshqalarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladilar. Ayrim adabiyotlarda folklor ansambllari folklorizmlarning bir ko‘rinishi sifatida baholanib, ularning uch jihati alohida ta’kidlanadi: 1. Folklor jamoalarida jonli xalq an’analari ijrochilarining chiqishlari (sof etnografik yo‘nalish). 2. Jamoalarning an’anaviy, shu jumladan, og‘zaki jarayonda unutilgan janrlar namunalarini qayta ishlashlari (tajribaviy yo‘nalish). 3. Jamoalar repertuarini shakllantirishda professional musiqashunoslar qayta ishlashlaridan foydalanish (silizatsiya yo‘nalishi). Ushbu qarashdagi folklor ansambllarini folklorizmlarning bir ko‘rinishi sifatida baholash munozarali bo‘lsa da, yuqoridagi uch jihat o‘zbek folklor-etnografik jamoalari uchun ham hosdir. Folklor-etnografik jamoalari birinchidan, ma’lum bir tashkiliylik, ikkinchidan, tinglovchilar va tomoshobinlar auditoriyasini talab qiladi. Jamoa ishtirokchilari professional san’at vakillari darajasida bo‘lmasa ham, avvalo folklor asarlarini, qolaversa, folklor nazariyasini ma’lum darajada bilishlari va uni tomoshobinga manzur qilib yetkaza olishlari zarur. Xalq orasida folklorning har bir janri qo‘shiq, latifa, ertak, marosim janrlari namunalarini juda yaxshi biladigan kishilar, ya’ni o‘ziga xos professionallar borki, bizningcha jamoalar ana shunday kishilardan tarkib topishi shart. Ana shular tufayli jamoa faoliyati professionallashib boradi. Natijada ayrim jamoalar mahoratda professional san’at jamoalariga tenglashishi 116 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
mumkin. Shuning uchun ham biz jamoalarning xalq ijodining haqiqiy an’analariga doimo e’tibor berishini, repertuar tanlashda mutaxassis yoki xalq ijodining bilimdoni bo‘lgan kishilardan maslahat olishini itsar edik. Hozirgi vaytda xalq qo‘shiqlarini buzib kuylash shu darajada ommaviylashib ketdiki, ularda na zamonaviy, na an’anaviy mazmun bor. Kim o‘zicha qanday kuylasa, o‘zining ixtiyori. Ammo o‘zicha kuylash boshqa, odamlar uchun kuylash boshqa. Eng yomoni omma oldida kuylangan bunday qo‘shiqlar xalqning badiiy didini buzmasin. Folklor asarlarini buzish, bir to‘rtlikni boshqa to‘rtlikga qo‘shib kuylash, asillikni yo‘qotish folklorshunoslik ilmiga ko‘ra mumkin emas. Folklor-etnografik jamoalarining asosiy vazifalaridan biri haqiqiy an’anaviy folklor asarlarini topish va sahnaga olib chiqishdir. Garchi hozir epik, umuman, folkloriy jarayonda juda ko‘p janrlar so‘nayotgan bo‘lsada, xalq orasida xalq qo‘shiqlarining eng yuksak namunalarini biluvchilar bugunki kunda ham yuzlab topiladi. Ularni topish va folklor asarlarini yozib olishda folklor nazariyasi va amaliyoti juda qo‘l keladi. Yana bir masala etnografik savodxonlikning past darajasida ekanligidir. Jamoa repertuarini yangi xalq qo‘shiqlari bilan boyitishda folklor ekspeditsiyalari to‘plangan matnlar muhim manba hisoblanadi. Chunki ekspeditsiyalardagi jamoa ishtirokchilarining qo‘shiqlarini ijro etish borasidagi mahorati, tajriba va ijodiy malakalari xalq hofizlari, baxshilari bilan bevosita ijodiy muloqotda bo‘lish jarayonida muayyan darajada ortadi. Binobarin, nrepertuar folklor ansamblining g‘oyaviy-badiiy saviyasi va uning professional ijodiy mahoratini aniqlab beradigan ko‘zgu hisoblanadi. Shuning uchun repertuarga kiritiladigan folklor asarining badiiy jihatiga va g‘oyaviy mazmuniga, qo‘shiqlarni tanlashga alohida ahamiyat berish lozim. Repertuarning g‘oyaviy- badiiy nufuzi, uning ijodiy jamoadagi tarbiyaviy salohiyati; ijrochila- rining mahorati va ular san’atidan bahramand bo‘luvchi auditoriya repertuar shakllanishining asosiy tamoyillari hisoblanadi. Shuning uchun repertuarga o‘zbek folklorining xilma-xil janrlaridan: diliga yaqin, raqsbop asarlarni, ayniqsa, marosim folklori namunalarini kiritish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ijrochilikning rang-barang usullarini eng maqbullaridan samarali foydalanish, ularni umumlashtirish jamoa Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 117
ijodiy salohiyatini oshiradi. Aytish o‘rinliki, havaskorlik jamoalari tajribasida bir uslubda ijro etiladigan qo‘shiqlarga tayanish, shuningdek, turli viloyatlardagi qo‘shiqlarni ijro etish usullarini uyg‘unlashtirish an’anasi ko‘zga tashlanadi. Nazarimizda bu uslub, an’anaviy folklorni rivojlantirishda itsiqbolliroqdek ko‘rinadi. Biz folklor ansambllarining mujassamlanishini talab qilishga haqlimiz. Shundagina ular xalq qo‘shiqlarini ijro etishda Farg‘ona, Buxoro, Xorazm, Samarqand va boshqa viloyatlardagi mavjud uslublarni uyg‘unlashtira borib, o‘zbek milliy madaniyatining nihoyatda boy, serqirra ijodiy imkoniyatlarini namoyish eta oladilar. Xalq unvoniga ega folklor – etnografik jamoalarining repertuarlarini amaliy tahlil etish va shakllantirish masalalari (“Rizvongul” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi misolida) ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. “Rizvongul” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamaosi 1986- yil Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani Madaniyat bo‘limining 1-son Madaniyat markazida To‘xta momo Raximova, Munavvara momo Kenjaeva, Xonim momo Hasanovalar kabi hududga mos xalq og‘zaki ijodi merosining mohir ijrochilari boshchiligida tashkil etilgan. To‘xta momo Rahimova, Munavvara momo Kenjayeva, Xonim momo Hasanovalarning boshlarida choynak, ko‘za, kadi qo‘yib, qo‘llaridagi chinni likobchalarni angishvona taqilgan barmoqlari bilan urib, usulga mos raqs harakatlari va qo‘shiq ijrolarida hududga xos, o‘zgacha bir o‘ktamlik ufurib turardi. Hududga xos dastur va ijodiy chiqishlari ko‘p o‘tmay bu jamoa soha mutaxassislari tomonidan e’tirof etilib, turli ko‘rik-tanlovlardagi ishtiroki san’atning bu janri ixlosmandlari e’tiborini qozondi. Jamoa repertuaridan “Urchuq”, “Chorxo-charx”, “Xo‘sh- xo‘sham”, “Xo‘p mayda”, “Cho‘li-cho‘pon”, “Yor-yor”, “Hamalam- ha” kabi o‘nlab mehnat va udum qo‘shiqlar joy olib, “Rizvongul” folklor-etnografik jamaosi bo‘lib shakllandi. Ayniqsa, mamlakatimiz istiqlolga erishgandan keyin bu jamoaning ijodiy parvozi yanada yuksaldi. Folklor jamoalarining viloyat, Respublika ko‘rik tanlov va 118 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
festivallarida faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarga bir necha bor sozovor bo‘ldi. Keyingi yillarda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan folklor etnografik jamoalari faoliyatida yuksak insoniy fazilat bo‘lmush mehr-muruvvatni aks ettiruvchi folklor sahna ko‘rinishlari ko‘payib bormoqda. Folklor-etnografik jamoalari o‘z dasturidagi marosimlar, qo‘shiqlar, rasm-rusumlar, xalq ijodiyotining turli xil namunalarini o‘z muhlislariga tanishtirish orqali ona diyorimizning muqaddas an’analariga sodiq qolish, uni e’zozlashni ibrat qilib ko‘rsatishlari ahamiyatlidir. Folklor-etnografik jamoalarining ijro yo‘li, repertuar tizimi va folklor xazinasiga yondashish uslubida an’anaga munosabatlari turlicha. Lekin ularning ijro usullari, badiiy mahorat darajalari, folklor an’analariga munosabatlari o‘zlari istiqomat qilib turgan hududga bevosita bog‘liq ekanligini ham e’tirof etish lozim bo‘ladi. “Rizvongul” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamaosining o‘ziga xosligi shundaki, jamoa repertuaridan o‘rin olgan tumanning Ayoqchi, Qushchi, Bashir, Qaynar, Jovuz kabi tog‘li hudud xalqlarining betakror urf-odat va mavsum-marosim qo‘shiqlarining tog‘liklarga xos harakatdagi raqslari bilan ijro etilishdadir. Istiqlol tufayli xalq badiiy ijodiyotining barcha tur va janrlari qatori mavsum-marosim folklori qo‘shiqlarining tiklanishi uchun katta imkoniyat yaratdi. Bu imkoniyatlar tufayli asriy qadriyatlar tizimi, bosqichma-bosqich tiklanib, hayotga qaytmoqda. Bu esa mustaqil diyorimizda kechayotgan hozirgi tarixiy-folklor jarayonining muhim qirralaridan biridir. “Rizvongul” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamaosining repertuarida ayniqsa mavsum-marosim qo‘shiqlari alohida ahamiyatga ega. Jamoaning ijodiy izlanishlari natijasida bir qator mavsum-marosim qo‘shiqlari tiklandi. Mavsum marosimlarning boshlanishi ham o‘rganilishini ham negadir Navro‘z bayrami boshlab beradi go‘yo. Sharq mamlakatlari hayotida muhim o‘rin tutgan hamda tadqiqotchilar tomonidan turli tarixiy davrlarda keng ko‘lamda o‘rganilgan va turlicha talqin qilingan “Navro‘z” bayramida o‘zbeklarning asrlar davomida shakllanib kelgan falsafiy, tarixiy va milliy qarashlari namoyon bo‘ladi.53 Ko‘klam kunlari dala ishlari bilan band kishilarning gaplariga quloq tutsangiz “Hamalda amal”, “Hutda tommasin, hamalda 53 Sunnatillayev. A. O‘zbek marosim qo‘shiqlarining tasnifi va badiiyati. Magistrlik diss. Toshkent: 2018. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 119
tinmasin” kabi maqollarini ko‘p eshitasiz. Ammo ba’zida, yog‘ingarchilik haddan ziyod ko‘p bo‘lib, bu hol ham ekin ishlari uchun zarur bo‘lgan. Dehqon vaqtida urug‘ qaday olmasa, hosil yeg‘imi ikki barobar kechikib ketishi mumkin. Shuning uchun, dehqonlar qulay ob-havo bo‘lishini hohlashgan. Ular tabiatning hamma injiqliklarini uning belgilari orqali oldindan aniqlashga urinishgan. Hamal oyida yoqqan yomg‘irlardan quvvat olgan o‘t- o‘lanlar gurkirab o‘sib, tabiatga ko‘rkamlik baxsh etgan. Ulardan ta’sirlangan holda, ba’zida tabiatga hamroh sifatida, ba’zida unga yo‘l boshlovchi bo‘lib qo‘shiqlar yaratishgan. Ana shunday qo‘shiqlardan biri “Rizvongul” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasining repertuaridagi “Hamal-hamal” qo‘shig‘idir: Hamal, hamal keldi hamal Qildi amal hamal, hamal Bobodehon ketmoning ol, Belbog‘ing tort Xovruz yerga amal keldi Yerdan giyohni ko‘kartirar Hamalni yomg‘ir jalasi Butun yo‘lni yashnatar, Savrning gulu lolasi Hamal mindi yelkamga Navro‘z keldi o‘lkamga Demak ko‘kalga yetdigey O‘tlar beray serkamga54 Ma’lumki, Navro‘z keng omma tomonidan nishonlanadigan umumxalq bayramidir. Shu bois bu bayramning ko‘p qo‘shiqlari ommaviy ijrochilikka mo‘ljallangan. “Rizvongul” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasining Navro‘z bilan bog‘liq qo‘shiqlarda yurt ozodligi, ma’naviy qadriyatlarimizning elga qaytish g‘oyasi tarannum etiladi: Navro‘z keladi o‘lkaga Navro‘z keladi, Serfayzu barokot sayli Navro‘z keladi 54 “Rizvongul” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi repertuaridan. 120 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
Borliqni bezab shaftoli-olma gulidaney Shabnam uza bargida sarafroz keladi Navro‘z keladi o‘lkaga Navro‘z keladi, Serfayzu barokot sayli Navro‘z keladi Dehqon keladi omoch-u-ketmon ko‘tarib Oshiq boqadi yoriga zimdan yutalib Bor ol baraka yeringga bersin baraka-e Pok mehnatidan bahra oling jon aka Navro‘ keladi o‘lkaga Navro‘z keladi, Serfayzu barokot sayli Navro‘z keladi55 Qadimda ushbu misralarni bahor kelishi bilan, kuzda hosil mo‘l bo‘lishini umid qilib, ezgu niyatda dalaga don sepgan bobodehqonlarimiz el-u yurtga omonlik, tinchlik, farovonlik tilab kuylaganlar. Bu qo‘shiqlar navro‘z-yilboshi tantanalarining eng nafis qo‘shiqlaridan biri bo‘lgan. Qo‘shiq misralarida el dasturxoniga baraka yog‘ilishi, halol mehnatni ulug‘lash, ezgu umidlarning maysalanishi, to‘kin-sochinlik, oilalar xotirjamligi, yurt boyligi ekanligi g‘oyasi yetakchilik qiladi. Mavsumiy marosimlarda ham oilaviy marosimlar kabi xalq uni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rgan, marosim uchun turli taomlar pishirilgan. Tabiiyki, har bir mavsumning o‘ziga yarasha shoh taomlari bo‘lgan va bu taomlarga bag‘ishlangan xalq qo‘shiqlari ham dunyoga kelgan. Sumalakni tagi olmasligi uchun qozonni muttasil kovlab turish lozim. Bu ish sharbat qozonga solingan oqshomdan tun bo‘yi davom etadi. Shu boisdan uni tayyorlovchi ayollar tun bo‘yi sumalak qozoni atrofida bazm uyushtirib, zavq-shavq bilan yelib- yugurganlar, sumalakni alqagancha qo‘shiqlarni kuylab raqsga tushganlar.56 “Rizvongul” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamaosi repertuaridagi Navro‘z bayramining shox taomi sumalak haqidagi qo‘shiq ham bamisoli daryoday jo‘shib kuylanadi: 55 “Rizvongul” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi repertuaridan. 56 Sunnatillayev. A. O‘zbek marosim qo‘shiqlarining tasnifi va badiiyati. Magistrlik diss. Toshkent: 2018. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 121
Doshqozonlarda sumalak Kovlayolmay kampir halak Kovla jo‘ra qozonni Quvla dildan armonni Yong‘oqlari shaqir-shuqur Qozon qaynar vaqir-vuqur Sumalakjon sumalak Pishar qachon sumalak Taomlarning ichida Oromijon sumalak Qirlarda lola qirmizi Checham cho‘ponning mard qizi Kovla jo‘ra qozonni Quvla dildan armonni57 Navro‘z ayyomi dehqonlar faoliyatida muhim ahamiyat kasb etgan. Chunki aynan shu kunlarda ekin ekish, dala, bog‘ yumushlariga kirishilgan. Dehqonlar, bog‘bonlar va chorvadorlar ayozli kunlardan eson-omon chiqib, bahorning ilk kunlarini intiqlik bilan kutib, katta dehqonchilik ishlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rganlar.58 Insonlar dehqonchilik jarayoni bilan band bo‘lsalarda, bu jarayonda turli xil qo‘shiqlar ham kuylashgan. Ana shunday qo‘shiqlardan biri “Rizvongul” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi repertuaridagi “Shudgor” qo‘shig‘idir: Jon og‘am jonim og‘am Shudgorni boshlang jon og‘am Yer bilan suhbat quring Har korni peshlang jon og‘am Belga belbog‘ yarashar 57 “Rizvongul” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi repertuaridan. 58 Ashirov. A. O‘zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari. T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2007. 270-b. 122 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
Dehqonga gulbog‘ yarashar Belga belbog‘ yarashar Cho‘ponga qir-tog‘ yarashar To‘g‘ri aytding jon checha Yerni haydayin tong kecha Sen pishirgin sumalak Belimga darmondir checha Yerga urug‘ni sep og‘am Niyatni xolis qil og‘am Ajizni quvla jon og‘am Yerda sahovat kon og‘am59 O‘zbek xalqi an’anaviy dehqonchilik bilan bog‘liq qarashlar va mavsum marosim qo‘shiqlarini o‘rganar ekanmiz, yer, don va nonga bo‘lgan o‘ziga xos hurmat-ehtiromning turli-tuman udumlar va marosimlarda hozirgacha saqlanib kelayotganligini ko‘rishimiz mumkin. “Rizvongul” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi ushbu qo‘shiqlarni tiklab, yangi-yangi talqinlarini yaratib xalqimizning asriy qadriyatlarini keyingi avlodga munosib yetkazishda fidoyilik ko‘rsatmoqdalar. Insonlar har bir fasldan o‘zgacha kuch olishgan, ular tabiat kuchlariga uning cheksiz qudratiga ishonishgan. Bahor fasli insonlar uchun yangilanish, yasharish fasli sifatida qalblariga chuqur o‘rnashgan bo‘lsada, pishiqchilik oylarini ko‘proq yaxshi ko‘rishgan. Asad oyidan boshlab bog‘-rog‘larda pishiqchilik boshlanadi. Bu davrda mirishkorlar, dehqonlar yog‘och qo‘riqchi orqali o‘z bog‘laridagi uzumzorlarni, bug‘doyzorlarni chumchuq, zarg‘aldoq, mayna, chug‘urchiq va boshqa qushlardan qo‘riqlaganlar. Albatta bu jarayon bilan bog‘liq turli xil qo‘shiqlar kelib chiqqan. “Rizvongul” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi repertuaridagi ana shunday qo‘shiqlardan biri “Chumchuq” qo‘shig‘idir: Sarg‘aldoq sarig‘-o Yeganing botmon tarig‘-o Ketingda yugura-yugura 59 “Rizvongul” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi repertuaridan. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 123
Bo‘ldim arig‘-o Gala o‘lsin-o Ombor-g‘aladonlarga Donlar to‘lsin-o Gala chumchuq, chumchug‘-o Burning puchuq-puchug‘-o Uzumlarni cho‘qilab Qilding uchuq-uchug‘-o60 Bu kabi qo‘shiqlar xalq orasida ko‘plab yaratilgan, ammo afsuski tabiat bilan bog‘liq qo‘shiqlar, boshqa marosim qo‘shiqlariga nisbatan kam saqlanib qolgan yoki unutilgan. “Rizvongul” folklor- etnografik xalq havaskorlik jamoasi mana shunday yo‘qolib borayotgan mavsumiy marosimlarni xalqdan olib yana xalqqa rang- barang dasturlar yordamida qaytarayotgan eng faol jamoalardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. “Quralay” bolalar namunali folklor-etnografik jamoasi ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. Surxondaryo viloyati, Boysun tumani markaziy madaniyat markazi badiiy rahbari Sattor Qurbonov tomonidan 1987-yilda “Quralay” bolalar folklor to‘garagi va jamoasi tashkil etildi. To‘garak rеpеrtuaridan joy olgan kuy-qo‘shiqlar, bolalar folklori namunalari tеz orada tomoshabinlar va mutaxassislar nazariga tushdi. Jamoaga tumandagi umumta’lim maktablaridan yigirmadan ortiq iqtidorli o‘quvchilar jalb etildi. Jamoa kichik-kichik folklor dasturlari bilan konsеrtlar va bayram tadbirlarida ishtirok etgan dasta kеyinchalik mukammal dasturlar tayyorladi hamda tuman va viloyat ko‘rik- tanlovlarida muvaffaqiyatli qatnasha boshladi. Jamoa a’zolaridan iborat dasturdagi “Chuchvara”, “Sadag‘a”, “Qo‘riqchi”, “Baqa-baqa”, “Mirhaydarim” kabi qo‘shiqlar ommalashib kеtdi. Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi jamoa uchun chinakamiga imkoniyatlar eshigini ochib bеrdi. Milliy 60 “Rizvongul” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi repertuaridan. 124 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
qadriyatlarimizning qayta tiklanishi, bobolarimizdan mеros bo‘lib qolgan bolalar folklor musiqasining ham tiklanishiga ijobiy sabab bo‘ldi. Yillar davomida to‘garakning rеpеrtuari boyib bordi va safi kеngayib, ko‘plab bolalar qo‘shiqlari, bolalar marosimlari, bolalar o‘yinlari qayta ishlanib sahnaga olib chiqildi. Jamoaning bir nеcha dasturlari viloyat tеlеvidеniyasi orqali namoyish ettirildi. Jamoa a’zolari tuman va viloyatda o‘tkazilgan “Mustaqillik”, “Navro‘z” umumxalq bayramlarining doimiy ishtirokchisiga aylandi. 1993-yil jamoa uchun ayniqsa omadli yil hisoblandi. Shu yili Rеspublikada o‘tkazilgan Mustaqillik bayrami tantanalarida S.Qurbonovning “Biz Surxon bolalari” nomli folklor musiqali dasturi bilan ishtirok etdi. Rеspublika tеlеvidеniyasi orqali S.Qurbonovning “Muchal to‘yi” nomli dasturi namoyish etildi. Albatta bu muvoffaqiyatlar natijasidajamoa hukumatimiz, kеng jamoatchilik hamda folklorshunos mutaxassislarning e’tiborini qozondi. 1994-yilda “Quralay” jamoasiga “Bolalar namunali jamoasi” unvoni bеrildi. “Quralay” bolalar namunali folklor-etnografik jamoasi Jamoaga Sattor Qurbonov (hozirda Tеrmiz davlat univеrsitеti, Musiqa ta’limi kafеdrasi o‘qituvchisi) badiiy rahbar, O‘zbеkistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sayyora Qosimova musiqa rahbari etib tayinlandilar. Shundan boshlab jamoa chinakamiga ijodiy izlanishlar olib borib, rеpеrtuarini yanada boyitib bordi. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 125
1996-yildan boshlab jamoada Abdunabi Qodirov badiiy rahbar, Sojida Muxiddinova musiqa rahbari vazifasida ish olib bordi. Shu yillar davomida “Quralay” bolalar folklor-etnografik namunali jamoasi bir nеcha ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etdi. Jamoa 2001, 2002, 2003, 2004, 2005-yillar YUNЕSKO va Rеspublika Madaniyat vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Boysun bahori” ochiq xalqaro folklor fеstivalida qatnashib bir necha bor sovrindor bo‘lgan. “Quralay” bolalar namunali folklor-etnografik jamoasining tashkil etilishi, yillar davomida ijodiy faoliyat olib borishi faqatgina Surxondaryo viloyati bolalar folklor musiqasining emas, balki O‘zbеkistonda bolalar folklor musiqa san’atining rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. O‘nlab bolalar marosim folklori, urf-odatlar va udumlar, bolalar o‘yinlari qayta tiklanib sahnaga olib chiqildi. Ko‘plab folklor musiqa asarlari oltin fonddan o‘rin egalladi. “Quralay” jamoasiga qatnashib chiqqan ko‘plab bolalar kеyingi hayotlarida yеtuk san’atkorlarga aylandilar. “Quralay”dan kеyin viloyatda ko‘plab bolalar folklor jamoalari tashkil etildi va bugungi kunda ham ular faoliyat olib bormoqdalar. Jamoa ijodiy faoliyatining ahamiyati shundaki, bolalarni milliy qadriyatlarni sеvish, ulug‘lash ruhida tarbiyalashda, barkamol avlod tarbiyasida tutgan o‘rnidadir. Jamoa ijrosida namoyish etilgan “Quvnoq karvonsaroy”, mеhnat- marosim folkloridan tashkil topgan “Shamollar-Mirhaydar bobo”, oilaviy marosimlar folklori turkumiga kiruvchi “Muchal to‘yi”, “Navro‘z” bayramiga bag‘ishlangan folklor musiqali dasturlari o‘zbеk bolalar folklor musiqasining xazinasidan o‘rin oldi. “Quralay” bolalar namunali folklor-etnografik jamoasi yillar davomida olib borgan ijodiy faoliyatlari o‘zbеk bolalar folklorining rivojiga katta hissa qo‘shish bilan bir qatorda, ular qayta tiklagan folklor qo‘shiq va raqslarining sog‘lom avlod tarbiyasida ham o‘rni bеqiyosdir. “Quralay” ijro etgan har bir qo‘shiqlari alohida bir asar dеsak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu o‘rinda jamoa tomonidan qayta tiklanib sahna yuzini ko‘rgan bir nеcha folklor qo‘shiqlarining nazariy jihatlarini va amalda zamonaviy talqinda ijro etilishini ko‘rib chiqamiz. Qadimdan bolalar folklor qo‘shiqlarida hazil-mutoiba ko‘proq o‘rin egallagan. O‘zbеk xalqi orasida “Sadag‘ang kеtay” dеgan maqtov ko‘plab uchraydi. Bu albatta ijobiy xitob hisoblanib, biror shaxsning yaxshi bir qilgan ishi yoki fazilati tufayli unga qarata 126 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
aytiladi. Kattalarning ana shu xitoblari, maqtovlari bolalar qo‘shiqlarida sho‘x mutoiba holida ko‘chib o‘tgan. Bolalar o‘yinlaridan charchagan vaqtlarida to‘planib, o‘yin g‘olibini o‘rtaga chiqarib, atrofini o‘rab turib, qarsak chalib, navbatma-navbat kuylagalar. Qo‘shiqning barcha kuplеtlari bir xil ohangda kuylangan. Zamonaviy talqinda qo‘shiqqa naqorat hamda kichik avj ham kiritiladi. Shu bilan birgalikda sozandalar ansambli jo‘rligida ijro etiladi: Naqorat. Hamma: Sadag‘a satig‘ing bo‘lay, oshinga qatig‘ing bo‘lay. Uyginanga mеhmon kеlsa, kishtala qoshig‘ing bo‘lay. Yakka: Qaldirqochning qanotiday, qoshingdan aylanay sеning. Qattiq yеrning sholg ‘omiday boshingdan aylanay sеning. Naqorat. Hamma: Yakka: Samarqandning kulchasiday, yuzingdan aylanay sеning. Kеntalaning kеchasiday, ko‘zingdan aylanay sеning. Naqorat. Hamma: Yakka: Oqsaroyning qo‘rg‘oniday, uyingdan aylanay sеning, O‘rtabo‘zning tеragiday bo‘yingdan aylanay sеning61. “Quralay” jamoasining “Quvnoq karvonsaroy” nomli folklor musiqali tomoshasida qadimda karvon yo‘llarida to‘xtab, dam olib, ovqatlanib, tuyalariga va odamlarga dam bеrib, yana yo‘llarida davom etadigan karvonsaroyda bo‘lib o‘tgan qiziqarli voqеalar namoyish etiladi. Saroybon va xizmatkorlar qo‘shiqlari, karvonboshi hamda uning navkarlari ijrosidagi qo‘shiqlar va ritual raqslar mohirlik bilan ijro etiladi. Karvonni ovqatlantirishda aytiladigan “Mеhmonjon” qo‘shig‘ini saroyning kayvonisi ijro etadi. Qo‘shiqning naqoratida butun jamoa jo‘r bo‘lishadi. Sahna to‘ridagi supadan karvonboshi va karvondagilar joy olishadi. Sahna attrofini yarim oy shaklida Saroybon, kayvoni va xizmatkorlar qo‘llarini qovushtirgan holda turishadi. Kayvoni har bir kuplеtni kuylaganda xizmatkor ijrochilar yugurgilab sahnadan chiqib-kirib aytilgan taomlarni olib kirib 61 S.Qurbonov. Folklor musiqa o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. Termiz -2019. 68-b. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 127
karvonboshiga tutqazib turadi. Qo‘shiq sho‘x-shodon kuylanadi va barcha ishtirokchilar doimiy harakatda, raqsda bo‘ladilar: Kayvoni: - Jon, jon, jon ukajon, dastiyor jon ukajon. Hamma: - Oling-oling mehmonjon, ichib ko‘ring mehmonjon. Kayvoni: - Jon, jon, jon ukajon, dastiyor jon ukajon. Bizga kelibdi mehmon, olib keeling issiq non. Hamma: - Oling-oling mehmonjon, tatib ko‘ring mehmonjon. Kayvoni: - Jon, jon, jon ukajon, dastiyor jon ukajon. Otga iling to‘rvani, mehmon ichsin sho‘rvani. Hamma: - Oling-oling mehmonjon, ichib ko‘ring mehmonjon. Kayvoni: - Jon, jon, jon ukajon, dastiyor jon ukajon. O‘zingiz yeng holvani, mehmon yesin olmani. Hamma: - Oling-oling mehmonjon, ichib ko‘ring mehmonjon62. Jamoa shu kunlarda Rеspublik va viloyat markazidagi tadbirlarda hamda Rеspublika tеlеvidеniyasida yangi dasturlarini namoyish etib bormoqda. “Quralay” bolalar namunali folklor- etnografik jamoasi rеpеrtuarini yanada boyitish maqsadida qishloqlarga chiqib kеksa otaxon va onaxonlarimizdan qadimiy milliy bolalarga xos bo‘lgan qo‘shiq va raqslarni izlab topish va uni sahnalashtirish ishlari doimiy olib borilmoqda. “Quralay” bolalar namunali folklor-etnografik jamoasining kelgusi ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz va ko‘p yillar davomida ijodiy faoliyatini olib borishiga ishonamiz. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Folklor-etnografik jamoalarida ijro etilayotgan asarlarning nazariy tasnifi haqida nimalar bilasiz? 2. Folklor-etnografik jamoalarida keng yoritilayotgan asarlarning amaliy tasnifi haqida nimalar bilasiz? 3. Folklor-etnografik jamoalarida nazariy-amaliy asarlarning ahamiyati nimada? 4. Jamoa repertuarini shakllantirishda jamoa rahbarining ahamiyati qanday? 5. Jamoani yangi repertuarlar bilan boyitishda nimalarga e’tibor berish lozim? 62 S.Qurbonov. Folklor musiqa o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. Termiz -2019. 68-b. 128 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
6. “Rizvongul” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi repertuarlarida asosan qanday marosim qo‘shiqlari mavjud, ular haqida ma’lumot bering? 7. “Quralay” bolalar namunali folklor-etnografik jamoasi reperuarini tahlil qiling? Mavzu yuzasidan qo‘shimcha adabiyotlar: 1. S.N.Yo‘ldosheva. Folklor-etnografik jamoalar uslubiyoti. O‘quv qo‘llanma. T.: “Navro‘z” nashriyoti, - 2014. 162-b. 2. J.T.Shukurov. Badiiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti. Darslik. Toshkent-2020. 225-b. 3. S.Qurbonov. Folklor musiqa o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. Termiz -2019. 233-b. 3. N.Qosimov. Folklor musiqa ijrochiligi. O‘quv qo‘llanma.- T.: “Talqin” nashriyoti,-2008. 192-b. Internet saytlari: 1. www.folklore.uz 2.www.ziyonet.uz 3.www.edu.uz Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 129
MAVZU: BAXSHICHILIK SAN’ATINING TARIXIY-USLUBIY JIXATLARI. XALQARO BAXSHICHILIK SAN’ATI FESTIVALINING AHAMIYATI. REJA: 1. Doston ijrochilik san’atining tarixiy ildizlari. 2. Baxshi - folklor asarlari ijrochisi. 3. Ijodkor baxshi va ijrochi baxshi. Tayanch so‘z va iboralar: Doston, baxshi, ijodkor, folklor asarlari, ijrochilik, san’at, festival, repertuar. “Doston” o‘zbek folklorining keng tarqalgan va yirik janrlaridan biridir. Uning yaratilishi xalqimizning ma’naviy-maishiy qiyofasi, ijtimoiy-siyosiy kurashlari, axloqiy-estetik qarashlari, adolat va haqqoniyat, ozodlik va tenglik, qahramonlik va vatanparvarlik haqidagi g‘oyalari bilan chambarchas bog‘liq. “Doston” so‘zi qissa, hikoya, sarguzasht, maqtov va ta’rif, shon- shuhrat, mashhurlik ma’nolarida ishlatiladi. Adabiy atama sifatida bu so‘z xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotdagi yirik hajmli epik asarni anglatadi. V.M. Jirmunskiyning yanada aniqroq ifodasiga ko‘ra “Epos-bu xalqning qahramonlik g‘oyasi ko‘lamidagi jonli o‘tmishidir”63. Uning ilmiy-tarixiy qimmati, ayni paytda juda katta ijtimoiy, madaniy-tarbiyaviy ahamiyati ham shundadir. Folklorshunos olim Muhammadnodir Saidovning ta’kidlashicha, doston murakkab san‘at asari bo‘lib, uning doston bo‘lishi uchun quyidagilar bo‘lishi zarur64: a) Ma’lum adabiy matn. b) Matnga mos musiqa. c) Kuylovchi xushovoz xonanda bo‘lishi. d) Kuylovchi musiqa asboblaridan birini - sozni chala olishni bilishi. e) Kuylovchi shoirlik iqtidoriga va kuchli xotiraga ega bo‘lishi. Bu ta’riflarning biri ikkinchisini to‘ldiradi. Shuning uchun ham dostonlar sinkretik – omuxta janr hisoblanadi. Xalq 63 Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. T.: Musiqa – 2010. 228-bet. 64 Ko‘rsatilgan manba, 228-bet. 130 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
dostonlarining ijrochilari O‘zbekistonning turli hududlarida turli nomlar bilan yuritiladi. Masalan, Surxondaryo va Qashqadaryoning ayrim joylarida baxshi, yuzboshi, Janubiy Tojikiston o‘zbeklari orasida jirov, jirchi, irchi, oqin, oxun, sannoch yoki sannovchi, shoir, xalfa, kampir va hokazo. “Baxshilar” – doston ijrochilari sifatida mashhur, iqtidorli, shoirtabiat odamlar. Hodi Zarifning yozishicha, baxshi so‘zi mo‘g‘ulcha va buryatcha baxsha, bag‘sha so‘zlaridan olingan bo‘lib, ustod, ma’rifatchi degan ma’nolarni beradi. O‘zbeklarda baxshi keng ma’noda xalq dostonlarini kuylovchi, yodda saqlovchi va nasldan- naslga yetkazuvchi san’atkordir. Xalq orasida baxshi so‘zi turlicha xarakterdagi ikki vazifani bajaruvchi shaxsga nisbatan qo‘llangan. 1. Doston kuylovchi. 2. Folbinlik qiluvchi. Uzoq o‘tmishda bu ikki vazifani bir shaxs bajargan. Baxshilar xalq dostonlarini biror sozda, ko‘p yerlarda do‘mbira, ayrim joylarda qo‘biz yoki dutorda kuylaydilar. Xorazm baxshilari esa dostonlarni, asosan dutorda, torda ijro etadilar. Ularga g‘ijjak va balomonda sozandalar jo‘r bo‘ladilar. 30-yillardan boshlab Xorazm baxshilari dostonlarni asosan tor va rubobda kuylay boshladilar. Xorazmda ba’zan epik asarlarni yoki ularning parchalarini garmonda ijro etish hollari ham uchraydi. Xorazmda epik asarlarni, ulardan olingan parchalar va ayrim termalarni kuylovchi ijodkorlarning yana bir turi xalfalar, deb yuritiladi.65 Xalfachilik, asosan, ayollar orasida keng tarqalgan. Bibi shoira, Xonimjon xalfa, Ojiza, Onajon Safarova, Nazira Sobirova, Roziya Matniyoz qizi, Saodat Xudoyberganova, Poshsha Saidmamat qizi, Anbarjon Ro‘zimetova, Anorjon Razzoqova kabilar xalfachilikda nom qozonganlar. Xalfalar ko‘proq “Oshiq G‘arib va Shoxsanam”, “Oshiq Oydin”, “Asilxon”, “Hurliqo va Hamro”, “Qumri”, “Qissai Zebo”, “Tulumbiy”, “Zavriyo”, “Duransho”, “Bozirgon”, “Xiromon”, “Xirmon dalli” kabi dostonlarni hamda Maxtumquli she’rlarini ijro etganlar.66 O‘zbek dostonchiligida an’anaviy doston kuylash tartibi bor. Odatda dostonchilik kech kuzdan erta bahorgacha kechqurunlari uyushtirilgan. Baxshi taklif qilingan mehmonxonaga barcha 65 Ko‘rsatilgan manba, 231-bet. 66 Ko‘rsatilgan manba, 232-bet. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 131
tinglovchilar yig‘ilib, qo‘r tashlab o‘tirishgan. Baxshi to‘rda o‘tirgan. Doston kuylash kichik bir ziyofatdan keyin boshlangan. Baxshi dastlab bir yoki bir necha terma kuylagan. Asosan, “Nima aytay?” (“Doston terish”) termasi bilan tinglovchilarga murojaat qilgan. So‘ng tinglovchilarning xohishi yoki baxshining tanlashiga ko‘ra biror doston ijro etiladi. Odatda doston kuylash tongga ulanadi. O‘zbek xalq dostonlarining ko`pchiligi bir kun kuylashga mo‘ljallangan. “Alpomish”dek ulkan asarlar ikki va undan ortiq kechalar ijro etilgan.67 Dostonni kuylash juda ham qiziqarli o‘ringa, avj pardalarga etganda, yarim tunda dam olish uchun tanaffus e’lon qilinadi. Buni baxshilar “Do‘mbira to‘ntarmoq” deb aytadilar. Bunda baxshi eshituvchilarga yoki do‘mbirasiga murojjat tarzida bir necha qistirma misralar to‘qib, ijroni to‘xtatadi68. Baxshi taklif qilingan qishloq yoki xonadonda dostonchilik kechalari ba’zan bir necha kun davom etadi. Maxsus dostonchilik kechalaridan tashqari to‘y-hashamlarda, oila tantanalarida, bayramlarda baxshilarning ishtirok etishi odatdagi hol bo‘lgan. XX asrga kelib, shaharlarda baxshilar xizmatidan foydalanish yo‘qoldi. Ammo qishloqlarda bu an’analar hozirga qadar saqlanib kelmoqda. Asrimizning ulkan qurilishlarida - umumxalq hasharlarida, masalan, Kattaqo‘rg‘on suv ombori, Katta Farg‘ona kanali qurilishida, bayram- sayllarda doston va undan parchalar tinglash odat tusiga kirgan.69 Bizda kо‘plab “baxshichilik maktablari” mavjud bо‘lgan. Bu baxshilarni tarbiyalab, voyaga yetkazadigan biror bir joy haqida emas, balki о‘z ijro usuli, mavzusi, epik repurtuari bilan ajralib turuvchi baxshilarga aytiladi. Baxshichilikka о‘qib-о‘rgatib bо‘lmaydi. Bu xudo tamonidan ato etilgan bir inoyatdir. Xalqimizning har bir sо‘zida musiqiylik mavjud. Erta tongdan turib, to quyosh botgunga qadar biz qо‘shiq aytamiz. Bizning salomlashishimiz ham, xayrlashishishimiz ham sigir sog‘sak ham, uy supursak ham, yer haydasak ham, bahor, yoz, kuz kelsa xam, qor yomg‘ir yog‘sa ham, shamol tursa ham, issiqda ham, sovuqda ham biz qо‘shiq aytamiz. Biz buni qо‘shiq deb atamaymiz. Bu bizning oddiy sо‘zlashuvimiz. Biroq bu oddiy murojaatda musiqiylik bor, ma’lum tizim, ma’lum forma bor. Ehtimol 67 Ko‘rsatilgan manba, 234-bet. 68 Ko‘rsatilgan manba, 234-bet. 69 Ko‘rsatilgan manba, 234-bet. 132 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
xuddi mana shu muhit baxshi shoirlarning shakllanishida muhim rol о‘ynar? Bizda baxshi asosan ikki xil ma’noda: folbin va dostonlarni ijro etuvchi ma’nosida keladi. Baxshining folbin manosi qadimda baxshining shomonlik bilan bog‘liq tasavvurlardan tug‘ilganligini kо‘rsatadi. Zero, qadimda baxshi, ya’ni shomon turli vazifalarni ado etgan. Baxshi bizda kо‘proq doston ijro etuvchi sо‘z san’atkori sifatida ishlatiladi. “Baxshi bо‘lib ket-ey” iborasi ham aslida sо‘zga chechanlikni nazarda tutadi. Epik ijrochilarni toiflarga bо‘lishda ham turlicha qarashlar mavjud. Biroq mazkur masalada aniq tо‘xtamga kelingani yо‘q. Xо‘sh, ularni qanday farqlash kerak? Bunga faqat baxshichilik maktablarini, har bir baxshining individual ijro usullari va ijodi yetarlicha о‘rganib chiqilgandagina biz bu masalaga tо‘g‘ri javob topishimiz mumkin. Folklorshunos olim Tо‘ra Mirzayev baxshilarni uch toifaga ajratadi: 1. Baxshi - ijchrochilar; 2. Baxshi - improvizaatorlar; 3. Baxshi - shoirlar.70 Bu baxshilar haqidagi eng tо‘g‘ri xulosa. Chunki, hamma baxshilar ham baxshi ijrochi, baxshi improviziatorlikdan chinakam baxshi shoir darajasiga kо‘tarila olmaydilar. San’atning bunday yuksak chо‘qqisiga Fozil Yо‘ldosh, Ergash Jumanbulbul, Pо‘lkan kabi baxshilarimiz erishganlar. Shuning uchun ularni shoir deb atashganlar. Muayyan doston varianti ko‘pinchilik va yakka ijod birligi jarayonida yuzaga kelgan maxsus asar ekan, unda kuylovchining ijrochilik va ijodkorlik faoliyati asrlar davomida shakllangan epik an’analar doirasida namoyon bo‘ladi. Bu hol hamma baxshilar uchun umumiy tomonlarni, muayyan dostonchilik qoliplarini yuzaga keltiradi. Shu bilan birga, har bir dostonchi yoki dostonchilar guruhi o‘ziga xos poetik yo‘li, uslubi bilan bir-biridan farq qiladi. Boshqacha qilib aytganda, umumlashgan puxta epik an’ana doirasida ma’lum baxshi yoki baxshilar guruhiga xos alohida ijodiy xususiyatlar, yo‘llar, uslublar o‘zgachaligi mavjud.71 70 Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. Darslik. T.: “Musiqa” nashriyoti, 2010. 229-b. 71 Ko‘rsatilgan manba, 237-bet. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 133
Folklorshunoslikda buni shartli ravishda dostonchilik maktablari deb yuritiladi. Hozirga qadar o‘zbek folklorshunosligida quyidagi dostonchilik maktablari aniqlangan: Bulung‘ur, Qo‘rg‘on, Shahrisabz, Narpay, Sherobod, Janubiy Tojikiston, Xorazm.72 Bulung‘ur dostonchilik maktabi vakillari qahramonlik dostonlarini ijro etish bilan mashhur bo‘lganlar. Sodda, yuksak, o‘ta an’anaviy, nisbatan arxaik (eskirgan) bo‘lgan qahramonlik eposini kuylash uslubi bu dostonchilarning poetik yo‘li hisoblanadi. Bu maktabning so‘nggi talantli vakili Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li (1872- 1955), undan “Alpomish”, “Yodgor”, “Yusuf va Ahmad” kabi o‘nlab ajoyib dostonlar yozib olingan. Fozil Yo‘ldoshning ustozi Yo‘ldosh shoir bo‘lgan, u esa Yo‘ldosh bulbulning shogirdi bo‘lgan. Bu maktab Amin baxshi, Chini shoir, Tovbuzar, Qurbonbek, Sultonmurod, Suyar, Rahimbulbul, Jo‘ra, Yorlaqab kabi o‘nlab dostonchilarni birlashtirgan. Mazkur maktab vakillari Chortoqdagi Ko‘libuqon dostonchilik an’analariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatganlar. Qo‘rg‘on dostonchilik maktabining so‘nggi talantli vakillari Ergash Jumanbulbul o‘g‘li (1868-1937) va Muhammadqul Jonmurod o‘g‘li Po‘lkan (1874-1941) hisoblanadi. Bu baxshilardan “Alpomish”, “Yakka Ahmad”, “Oysuluv”, “Kuntug‘mish”, “Qironxon”, “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” kabi o‘nlab dostonlar yozib olingan. Mang‘ishtovdan Nurotaga qadar cho‘zilgan silsila tog‘larning, ayniqsa, Oqtovning shimoliy va janubiy etaklarida yashovchi shoirlar Qo‘rg‘on dostonchilik maktabiga mansubdir. Bu maktab Yodgor, Lafas, Mulla Tosh, Mulla Xolmurod, Jolmon, Bo‘ron, Yorlaqab, Jassoq, Qulsamad, Bo‘ta, Egamberdi, Mardi kabi baxshilarni, Sulton kampir, Tilla kampir singari ayol ijrochilarini birlashtirgan. Mazkur maktab shoirlari ko‘proq ishqiy-romanik dostonlarni kuylaganlar. O‘ziga xos chuqur lirizm, chiroyli tasvirlar, she’riy bezaklar, tafsilotlarni atroflicha ishlash, noziklik va jimjimadorlik Qo‘rg‘on maktabi uslubining asosiy belgilaridir.73 XIX asrda mavjud bo‘lgan yana bir epik markaz Shahrisabz dostonchilik maktabidir. Bu maktabning so‘nggi namoyandasi Abdulla Nurali o‘g‘li (1874-1957) bo‘lib, u XIX asrning yirik dostonchisi Rajab shoirning shogirdi bo‘lgan. Ushbu baxshilar 72 Ko‘rsatilgan manba, 237-bet. 73 Ko‘rsatilgan manba, 237-bet. 134 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
dostonlarni sho‘x, quvnoq, ko‘tarinki ruhda aytishlari, kuylarining yoqimliligi bilan ajralib turadilar. Atoqli shoir Islom Nazar o‘g‘li (1874-1953) Narpay dostonchilik maktabining vakilidir. U XIX asrning ulkan dostonchisi Rajab shoirning shogirdi bo‘lgan. Talantli xalq shoiri Nurmon Abduvoy o‘g‘li ham (1862-1940) shu maktabga mansubdir. Ulardan “Orzigul”, “Sohibqiron”, “Erali va Sherali”, “Kuntug‘mish”, “Zulfizar bilan Avazxon”, “Gulixiromon” kabi o‘nlab dostonlar yozib olingan. Bu dostonlarda xalqchillik keng o‘rin olganini sezamiz. O‘zbekistonning janubida yashovchi ko‘pgina baxshilar Sherobod dostonchilik maktabi bilan bog‘liq. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida yashagan Shernazar Beknazar o‘g‘li bu maktabning mashhur vakili bo‘lib, bir qancha shogirdlar etishtirgan. Mardonqul Avliyoqul o‘g‘li, Umir Safar o‘g‘li, Normurod baxshi, Ahmad baxshi, Nurali Boymat o‘g‘li, Madrayim baxshi, Bo‘riboy Ahmad o‘g‘li, Yusuf O‘tagan kabi o‘nlab baxshilar bu maktabga birlashganlar. Surxondaryo, Qashqadaryo ba’zan janubiy Tojikiston baxshilari o‘zaro doimiy aloqada bo‘lganlar va ularning ko‘pchiligi Sherobod bilan bog`langan. Bu maktab vakillari repertuarida mavjud bo`lgan “Oltin qovoq”, “Malla savdogar”, “Ollonazar Olchinbek” kabi dostonlar boshqa joylarda uchramaydi.74 Janubiy Tojikistonda yashovchi o‘zbek - laqay baxshilari ham repertuari, badiiy tasvir vositalari jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ushbu baxshilar Jorubqo‘l qishlog‘i bilan bog‘liq. Bu erda Haybat Shamol o‘g‘li, Qunduz Soqi degan mashhur baxshilar o‘tgan. O‘zbek-laqay baxshilari repertuarining asosiy qismini “Go‘ro‘g‘li” turkumi dostonlari tashkil etgan. Xorazmdagi o‘zbek dostonchilik san’ati boshqa maktablarga mansub baxshilar uslubidan tubdan farq qiladi. Bu erda badihago‘ylik asosiy rol o‘ynamaydi, matn tom ma`noda variant bermaydi, balki musiqa etakchilik qiladi. Ko‘pchilik hollarda doston ijrochilarining qo‘llarida yozma matn ham bo‘ladi. Shu bilan birga yakka ijrochilik qatorida jamoa bo‘lib ijro etish ham keng tarqalgan. Bunda 3-5 kishidan iborat ijrochilar guruhi tuziladi. Dostonni ustoz torda boshlaydi, qolganlari unga g‘ijjak va bolomonda jo‘r bo‘ladilar. Naqoratni esa hamma birgalikda ijro etadi.75 74 Ko‘rsatilgan manba, 238-bet. 75 Ko‘rsatilgan manba, 239-bet. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 135
Xorazm baxshilarining kuylari ko‘p va xilma-xil. Dostondagi har bir qo‘shiq alohida kuyda ijro etiladi. Dostonchilar bularni baxshi yo‘llari yoki baxshi na`malari deb yuritadilar. Xorazm dostonchiligi repertuar tizimi jihatidan ham o‘ziga xos bo‘lib, asosan “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “G‘o‘ro‘g ‘li” turkumiga kiruvchi dostonlar kuylangan. Bu erda “Alpomish” dostoni juda kam kuylanadi. Xorazm baxshilari kuylaydigan ishqiy-romanik dostonlarining aksariyati O‘zbekistonning boshqa hududlarida kuylanmaydi. Bugungi kunda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda xalqimiz madaniyatining hayotbaxsh sarchashmasi bo‘lgan baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish, uning milliy madaniyatimiz va san’atimizdagi o‘rni va ahamiyatini yanada yuksaltirish, yosh avlodni milliy o‘zlikni anglash, Vatanga sadoqat, tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan say-harakatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu san’at turini asrab-avaylash, saqlash, targ‘ib qilish maqsadida bir qator qaror va farmonlar qabul qilindi. Ushbu qaror va farmonlar baxshichilik san’atini rivojlantirishda dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda. “I XALQARO BAXSHICHILIK SAN’ATI” FESTIVALI ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. I Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining ochilish marosimi. 2019-yil 5-10 aprel kunlari Termiz shahrida I-Xalqaro baxshichilik san’ati festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ishtirok etdi va barchani Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining tantanali ochilishi bilan tabrikladi. “Turli xalqlarning milliy o‘zligini, ularning tili va hayot tarzini, an’ana va urf-odatlarini ifoda etadigan baxshichilik san’ati umumbashariy madaniyatning uzviy qismi sifatida barchamiz uchun qadrlidir. Jahon madaniy merosining bu o‘lmas asarlari bizga insoniyatning naslu nasabi, tarixiy ildizlari, olijanob ideallari bir ekanini, binobarin, turli millat va elat vakillarining kelajak sari 136 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
intilishlari ham mushtarak ekanini anglatadi” - dedi Shavkat Mirziyoyev. Tabrikda bugungi zamon talabi va qadriyatlar himoyasi, baxshilar ijodi va olimlarning vazifasi haqida dolzarb fikrlar ham aytildi. “Folklor san’ati bu – insoniyatning bolalik qo‘shig‘idir”, “Baxshilar nafaqat xalq o‘tmishining aks-sadosi, ayni paytda bugungi kunning ham jarangdor ovozidir” degan so‘zlar butun anjumanning mazmun-mohiyatini ifodalagandek bo‘ldi. Xalq dostonlari faqat sevgi-muhabbat tarannumi emas, balki madaniyat, ma’rifat, tarbiya vositasi bo‘lib kelgan. Yozma manbalar bo‘lmagan qadimgi davrlardayoq ajdodlarimiz og‘zaki ijod orqali avlodlarga mardlik, yaxshilik, halollik, vatanparvarlik, do‘stlik ibratini yetkazgan. Shu jihatdan, baxshilar ezgulik elchilari bo‘lgan va hamisha e’zozlangan. Bugungi globallashuv zamoniga kelib ushbu tarixiy san’at e’tibordan chetda qoldi. Katta baxshilar keksayib, ko‘p joylarda bu meros unutilib borayotgan edi. Chunki e’tibor, qiziqish, rag‘bat yo‘q edi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Surxondaryoda baxshichilik maktabi tashkil etilgani uni asrab-avaylash, yosh avlodga yetkazish uchun yaxshi sharoit yaratdi. 2018-yil 1-noyabr kuni bu sohaga doir yana bir tarixiy qaror - Prezidentimizning “Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Tashkiliy qo‘mita tuzilib, keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borildi. Festival ishtirokchilari, xorijlik mehmonlar va tomoshabinlar uchun zarur sharoit yaratildi. Anjuman o‘tkaziladigan maydon atrofi bayramona bezatilgan. Baxshichilik san’atiga oid ko‘rgazmalar, milliy soz va liboslar, o‘tov va so‘zanalar, tasviriy va amaliy san’at asarlari, kitoblar, albomlar namoyishi tashkil etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ochilish marosimidan so‘ng ushbu ko‘rgazmalar bilan tanishdi. Qoraqalpog‘iston va barcha viloyatlardan kelgan folklor jamoalarning chiqishlarini tomosha qildi, xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi. Ijodkor va hunarmandlar bilan suhbatlashib, kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tiladi. Xalqaro baxshichilik san’ati festivali ikki yilda bir marta o‘tkaziladi, dostonchilik san’atini asrab-avaylash va keng targ‘ib qilish, turli xalqlar o‘rtasida do‘stlik va ijodiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 137
I Xalqaro baxshichilik san’ati festivali (2019-yil, Termiz) “II XALQARO BAXSHICHILIK SAN’ATI” FESTIVALI ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. Xalq ogʻzaki ijodiyotining eng qadimiy turlaridan boʻlgan baxshichilik sanʼati yuksak gumanizm gʻoyalarini, tinchlik va doʻstlik, adolat va haqiqat kabi ezgu fazilatlarni mahorat bilan tarannum etadi. Shu bois ham, baxshi, oqin va jirovlar azaldan xalq qalbining 138 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
kuychilari, turli millat va elatlarni birlashtiradigan olijanob insonlar sifatida ardoqlab kelinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil, 10-aprelda “II Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va baxshichilik san’atini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5070-son qarori qabul qilindi. Mazkur hujjat bilan baxshichilik sanʼatini respublika va xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish maqsadida xalqaro festivalni Surxondaryo viloyatidan boshqa hududlarda ham o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Jumladan, Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida o‘tkazish orqali mavjud bo‘lgan o‘ziga xos ijro uslublari asosida ijodiy maktablarni “ustoz-shogird” anʼanalari asosida qayta tiklash va rivojlantirishga erishiladi. Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali kelgusida bosqichma-bosqich respublikaning boshqa hududlarida ham tashkil etiladi. Ushbu maqsadlardan kelib chiqib, 2022-yildagi “II Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali”ga Nukus shahri mezbonlik qildi. 2022- yil 17-22 sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida “II Xalqaro baxshichilik sanʼati” festivali bo‘lib o‘tdi. Xalqaro festivalga dunyoning 22 davlatidan 100 dan ziyod ishtirokchi va mehmonlar, jumladan, YUNESKO, TURKSOY kabi xalqaro tashkilotlar vakillari, mahalliy madaniy meros, ilm-fan, san’at va boshqa sohalardagi ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari tashrif buyurdi. Nukus shahridagi markaziy amfiteatrda “II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali”ning tantanali ochilish marosimi va kontsert dasturi bo‘lib o‘tdi. 18-sentabr kuni festival doirasida shahardagi Opera va baxshichilik san’ati maktab-internatida “Baxshichilik san’atining jahon madaniyati tsivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyasi o‘tkazildi. Konferentsiyada mahalliy va xorijlik olimlar, baxshichilik san’ati namoyandalari ishtirok etdi. Shu bilan birga, 18-19 sentabr kunlari Nukus shahridagi amfiteatrda xalqaro baxshichilik san’ati tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda ishtirok etadigan xorijiy hamda mahalliy ishtirokchilarning mahoratlari chet ellik va mahalliy mutaxassislardan iborat hakamlar tomonidan baholab borildi. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 139
II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali (2021-yil, Nukus) Bundan tashqari, festival doirasida ishtirokchi va mehmonlar uchun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida “Xalq uchun” milliy operasi namoyishi va Mo‘ynoq tumanidagi madaniy meros obyektlariga ekskursiya tashkil etildi. Festivalni o‘tkazishdan asosiy maqsad baxshichilik san’atini respublika va xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilishdan iboratdir. Xalq ijodiyotini insoniyatning bolalik qoʻshigʻi, har qaysi milliy madaniyatning hayotbaxsh chashmasidir. Bu qoʻshiqlarni sof va 140 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
bezavol holatda saqlash, hamisha magʻrur yangrashini taʼminlash barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas burchimizdir. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Doston ijrochilik san’atining tarixiy ildizlari haqida nimalar bilasiz? 2. Baxshi – folklor asarlari ijrochisi. Baxshi so‘zi qanday ma’noni anglatadi? 3. Ijodkor baxshi bilan ijrochi baxshini farqlab bering? 4. Qanday baxshilarga shoir deb ataladi? 5. Baxshichilik maktablari deganda nimani tushunasiz? 6. Prezidentimizning “Xalqaro baxshichilik san’ati festivali” qarorining mazmun-mohiyati haqida gapirib bering? 7. “Xalqaro baxshichilik san’ati festivali”ning amaliy jihatlarini tahlil eting? Mavzu yuzasidan qo‘shimcha adabiyotlar: 1. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. Darslik. T.: “Musiqa” nashriyoti, 2010. 229-b. 2. S.N.Yo‘ldosheva. Folklor-etnografik jamoalar uslubiyoti. O‘quv qo‘llanma. T.: “Navro‘z” nashriyoti, - 2014. 162-b. 3. Mirziyoyev Sh.M. O‘tmishning aks sadosi, bugungi kunning jarangdor ovozi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro baxshichilik san’ati festivali ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. Xalq so‘zi gazetasi, 2019-yil 7-aprel. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil, 10-aprelda “II Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va baxshichilik san’atini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5070- son qarori. Internet saytlari: 1. www.folklore.uz 2.www.ziyonet.uz 3.www.edu.uz Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 141
MAVZU. FOLKLOR FESTIVALLARI VA KО‘RIK- TANLOVLAR UYUSHTIRISHDA ZAMONAVIY USULLARDAN FOYDALANISH. REJA: 1. Folklor-etnografik jamoalarining an’anaviy festival va ko‘rik tanlovlari haqida ma’lumot. 2. Folklor jamoalari ko‘rik-tanlovlarining o‘tkazish muddatlari. 3. Ko‘rik-tanlov va festivallarning nizomlarini shakllantirish qoidalari. Tayanch so‘z va iboralar: Festival, ko‘rik-tanlov, ko‘rik tanlov o‘tkazish muddatlari, festival nizomlari. ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. “Nurli navolar” Xalqaro folklor musiqa festivali. Bugungi kunda aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma’naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, madaniyat va san’at sohasini boshqarishda eskicha usullar saqlanib qolayotgani, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha kompleks yondashuvning yetishmasligi, madaniyat muassasalarining faoliyatini tashkil etish, aholiga madaniy xizmat ko‘rsatishda oqsoqlikka yo‘l qo‘yilayotgani, aksariyat joylarda madaniyat va san’at maskanlarining moddiy-texnik bazasi bugungi kun talablariga javob bermasligini qayd etish zarur. Ayniqsa, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda mavjud talab va ehtiyojlarni hisobga olmaslik, ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish borasida puxta tizim yaratilmagani madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish, bu yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarni to‘liq bajarish imkonini bermayapti. 142 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
Professional yoki havaskorlik jamoasi bo‘lishidan qat’i nazar har bir badiiy jamoa o‘zining ijod mahsulini tinglovchi va tomoshabinlar e’tiboriga havola etib turmasa, rivojlanishdan to‘xtaydi. Zero, yakunlangan har bir ishni ko‘rsatish va bahosini olish kelajakdagi faoliyatda yutuqlarni kengaytirish, kamchiliklardan holi bo‘lishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, har bir spektakl, konsert namoyishi, ko‘rgazma yoki yangi filmning taqdimoti ijodiy hisobot bo‘lib, o‘tgan davrda qilingan mehnatning natijasini ko‘rsatish, tomoshabin yoki tinglovchilarning obektiv bahosini olish imkonini yaratadi. Shu ma’noda, festiival, ko‘rik-tanlov, ko‘rgazmalar folklor etnografik jamoalarining o‘z kuchini sinab ko‘rishi, o‘sishi, o‘zaro tajriba almashuvi, ijodiy imkoniyatlarining yanada kengayishida muhim ahamiyat kasb etadi. Respublika miqyosida o‘tkaziladigan bunday tadbirlar, odatda tuman (shahar), viloyat bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Bu tadbirlarning Respublika bosqichiga eng munosib jamoalar etib keladi va o‘z jamoasining emas, o‘z viloyatining sharafini himoya qiladi. Xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan festival, tanlov yoki ko‘rgazmalarda ishtirok etgan jamoalar esa bevosita mamlakatimiz sharafini himoya qiladi. Jamoaning har bir a’zosi ana shu mas’uliyatni chuqur his eta olgandagina yaxshi natijalar ko‘rsatilishi va munosib baholanishi mumkin bo‘ladi. Mustaqillik yillarida bir qator folklor-etnografik jamoalarning festivallari an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, “Boysun” jamg‘armasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda “Boysun bahori” Xalqaro folklor musiqa festivali, Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida har 2 yilda bir marta “Buyuk ipak yo‘li” Xalqaro folklor musiqa festivali, Navoiy viloyatida har 2 yilda bir marta “Nurli navolar” Xalqaro folklor musiqa festivali, Xalqaro baxshichilik san’ati festivali har 2 yilda bir marta, Xalqaro hunarmandchilik festivali har 2 yilda bir marta, Buxoro viloyatida an’anaviy “Ipak va ziravorlar” festivali, shuningdek, viloyatlarda turli atoqli sana va bayramlarga bag‘ishlangan festival, ko‘rik-tanlovlar g‘oliblarining joylardagi aholi, ayniqsa yoshlar bilan bevosita muloqotlarini tashkil etish, g‘oliblarning konsert dasturlarini namoyish etishdan iborat. Ushbu festivallarni o‘tkazishdan asosiy maqsad, madaniyat va san’atning noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, uni asrab-avaylash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida san’atga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish, davlatlararo, xalqlararo do‘stlik, Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 143
birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish, milliy qo‘shiqchilik san’atining durdonasi bo‘lgan folklor san’atini, turli xalqlarning qo‘shiq, raqs, musiqa va sahna ko‘rinishlari kabi janrlarini o‘zida mujassam etgan, ularning turmush tarzi, urf-odatlari va qadriyatlarini hamda ma’naviy dunyosini boyitib kelayotgan folklor san’ati ijodkorlari o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zbek folklor san’atini yanada taraqqiy ettirish, xalq ijodiyoti an’analarini jahonga tarannum qilishdan iboratdir. Folklor ijrochilik san’atiga bag‘ishlangan ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilish muddatlari haqida MA’LUMOT Fstival, ko‘rik- Qaysi yil, kun va Qayerda bo‘lib № tanlovning nomi oy o‘tadi 1. “Nurli navolar” xalqaro Har 2 yilda bir Navoiy viloyati marta folklor musiqa festivali Prezident qarori Har 2 yilda bir asosida 2. “Xalqaro baxshichilik marta san’ati” festivali Surxondaryo Har 2 yilda bir viloyati, 3. “Boysun bahori” ochiq marta Boysun tumani Xalqaro folklor Har 2 yilda bir Farg‘ona viloyati, marta Marg‘ilon shahri festivali Har 2 yilda bir Xorazm viloyati, 4. “Buyuk ipak yo‘li” marta Xiva shahri Respublika xalqaro folklor musiqa Har 2 yilda bir miqyosida marta festivali 5. “Lazgi” Xalqaro raqs festivali 6. “Kelajak” Respublika bolalar folklor jamoalari festivali Ko‘rik-tanlov va festivallarning nizomlarini shakllantirish va nizomlar bilan ishlash juda ham muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. Nizomlarda umumiy qoidalar, ko‘rik-tanlov yoki festival qanday shakllarda o‘tkaziladi, festival (ko‘rik-tanlov)ni o‘tkazish tartibi va shartlari, festival (ko‘rik-tanlov) ishtirokchilarini baholash 144 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
shartlari va xalqaro hay’at faoliyatini tashkil etish, tashkiliy-moliyaviy shartlar, ishtirokchilarni mukofotlash tartibi aniq ko‘rsatilishi lozim. Har bir jamoa rahbari ushbu nizomlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Nizomlar asosida to‘g‘ri tayyorgarlik olib borish pirovardida yuksak natijaga erishish demakdir. Quyida folklor musiqa festivallarining nizomlarini tahlil qilib chiqamiz: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 371-son qaroriga 2-ILOVA “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivalini (keyingi o‘rinlarda Festival deb ataladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Festival quyidagilarni nazarda tutgan holda o‘tkaziladi: folklor musiqa san’atini keng targ‘ib etish, musiqiy merosni zamonga mos e’zozlab saqlash, o‘rganish, o‘zlashtirish, rivojlantirish va folklor san’atining mohir ijrochilarini rag‘batlantirish; yoshlar va kelajak avlod qalbida folklor musiqa san’atiga bo‘lgan mehrni oshirish, musiqiy merosning boy, badiiy va estetik imkoniyatlarini tarannum etish, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash; o‘zbek milliy folklor musiqa san’ati hamda boshqa xalqlarning folklor musiqa san’atlarini qamrab olish, ular bilan yaqindan ilmiy va ijodiy muloqotlar va hamkorlik qilish, madaniy-ma’naviy munosabatlarni xalqaro miqyosda kengaytirish. xorijiy davlatlar bilan milliy madaniyatlar uyg‘unligi va turfa xilligini saqlash va rivojlantirish, xalq ijodiyotining eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish, muhofaza qilish va rivojlantirish; turli millat vakillarini ma’naviy muloqotga jalb etish, yaxlit madaniy muhitni asrash hamda milliy an’analar va estetik ideallar umumiyligi asosida davlatlararo va xalqlararo madaniy hamkorlikni mustahkamlash. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 145
3. Festival 2019-yildan boshlab, har ikki yilda bir marta ushbu Nizomga muvofiq uch bosqichda o‘tkaziladi. Festivalni o‘tkazishning aniq sanasi va muddati “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivalini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda Tashkiliy qo‘mita deb ataladi) tomonidan belgilanadi. 4. Festivalning asosiy tashkilotchilari - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi, Tashkiliy qo‘mitaning ishchi organi - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hisoblanadi. 2-bob. Festivalni o‘tkazish tartibi va shartlari 5. Festivalda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tanlovlar o‘tkaziladi: qo‘shiqchilik san’ati (alla, o‘lan, lapar, terma, marosim qo‘shiqlari, xalfachilik, baxshichilik va hokazo); raqs san’ati (turli hududlarga xos xalq raqslari); milliy qadim folklor cholg‘uchilik san’ati (milliy musiqa asboblarida asarlar ijrosi); 6. Festivalni o‘tkazish doirasida ilmiy-ijodiy konferensiya o‘tkaziladi va madaniyat namoyondalari ishtirokida gala konsert tashkil etiladi. 7. Festivalda O‘zbekiston Respublikasidan ishtirok etuvchilar uchun quyidagi tartiblar belgilanadi: Festivalining I bosqichi joylarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar markazlarida va Toshkent shahrida o‘tkaziladi; I bosqich natijalariga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari Festivalning keyingi bosqichlarida qatnashishga tavsiya etilganlarga oid ariza, ijodiy tavsifnoma, tadbir haqida bayonnoma, fotosuratlar hamda videotasvirlardan iborat hujjat va materiallarni Festival o‘tkaziladigan yilning 10-mayiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi taqdim etadilar; Festivalning II bosqichi Toshkent shahrida Festival o‘tkaziladigan yilning iyun oyining ikkinchi yarmida Festivalning I bosqich natijalariga ko‘ra keyingi bosqichda ishtirok etish uchun 146 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
tavsiya etilganlarning hujjatlari va materiallari asosida alohida nominatsiyalar bo‘yicha sirtdan tanlov shaklida o‘tkaziladi va uning natijalariga ko‘ra Festival final bosqichi afishasi shakllantiriladi. Festivalning yakuniy bosqichi Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida o‘tkaziladi. 8. Festivalga xorijiy davlatlardan keladigan ishtirokchilar uchun quyidagi tartiblar belgilanadi: Festivalning xorijiy davlatlardan keladigan ishtirokchilari hujjatlari va materiallari tegishli davlatlardagi mutasaddi tashkilotlar va muassasalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi orqali taqdim etiladi; xorijiy davlatlardan keladigan ishtirokchilar Festivalning II bosqichidan boshlab ishtirok etadilar. 9. Festivalning yakuniy bosqichi, g‘oliblarning gala konserti hamda taqdirlash marosimi Tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilanadigan muddatlarda o‘tkaziladi. 10. Festival doirasida ilmiy-ijodiy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari, sayillar, konsertlar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi. 11. Festivalda idoraviy mansubligidan qat’i nazar turli havaskor folklor jamoalari, ashula, musiqa va raqs ansambllari, yakkaxon ijrochilar ishtirok etishlari mumkin. 12. Festival ishtirokchilarining soni folklor, musiqa cholg‘u jamoalarida — 12 nafardan, xalq raqsi ansambllarida — 14 nafardan oshmasligi lozim. 13. Nominatsiya bo‘yicha har bir ishtirokchining chiqish dasturlari ijrosi 15 daqiqadan oshmasligi kerak. 14. Festivalda ishtirok etishda fonogrammadan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 3-bob. Festival ishtirokchilarini baholash shartlari va xalqaro hay’at faoliyatini tashkil etish 15. Festival ishtirokchilarining chiqishlarini baholash uchun Tashkiliy qo‘mita tomonidan yetti kishidan iborat xalqaro hay’at tuziladi. Xalqaro hay’at tarkibiga yuqori malakali mutaxassislar, taniqli san’at va madaniyat arboblari, olimlar, tadqiqotchilar, amaliyotchilar, Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 147
shuningdek, ishtirokchi davlatlardan tegishli sohalar namoyandalari kiritiladi. 16. Baholash jarayonida: repertuarning badiiy qiymati (etnografik aniqlik va asar qayta ishlanishi yoki stilizatsiyasidagi afzalliklar), materialda hududiy o‘ziga xosliklarining aks etishi; mahorat va artistizm saviyasi, xalq ijrochiligi usullarini egallaganlik darajasi; og‘zaki, musiqiy, ashulachilik va raqs milliy an’analari ijrosi uslublari va yo‘llarining mutanosibligi; bezakning badiiy saviyasi (kiyimlar, rekvizit) va uning milliy an’analarga mosligi, an’anaviy musiqa asboblaridan foydalanish; dekorativ-amaliy ijod asarlari badiiy saviyasi asosiy mezon hisoblanadi. 17. Festival xalqaro hay’ati kollegiallik, erkin fikrlilik va professionalizm normalaridan kelib chiqib, faoliyatini to‘g‘ri tashkil etgan holda yakuniy bosqich barcha ishtirokchilarining dasturlari, asarlari va ishlari bilan tanishib chiqadilar, ular bo‘yicha alohida nominatsiyalar kesimida mustahkam asosli, har tomonlama mulohazali, mutlaqo xolis baho beradilar. 18. Yakuniy bosqich ishtirokchilarni bir necha guruhga bo‘lgan holda Festival o‘tkaziladigan hududdagi turli joylarda tashkil etiladi. Xalqaro hay’at ko‘rigidan o‘tib bo‘lgan yoki o‘z navbatini kutayotgan guruhlardagi ishtirokchilar Tashkiliy qo‘mita tomonidan tuziladigan maxsus jadval bo‘yicha joylarda tashkil etiladigan konsert dasturlari va ko‘rgazmalarda qatnashadilar. 4-bob. Mukofotlash tartibi 19. Festival g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar: 1-o‘rin (har bir nominatsiya) - 3 500 AQSh dollari; 2-o‘rin (har bir nominatsiya) - 2 500 AQSh dollari; 3-o‘rin (har bir nominatsiya) - 1 500 AQSh dollari. 20. Festivalning yakuniy bosqichi g‘oliblariga Tashkiliy qo‘mita tomonidan diplomlar, sovrinlar va Festival ramzlari tushirilgan esdalik sovg‘alari topshiriladi. 148 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
Xalqaro hay’at qarori bilan eng yaxshi deb topilgan ishtirokchilar har bir nominatsiya bo‘yicha bittadan Laureat diplomlari bilan taqdirlanadilar. Bundan tashqari, har bir nominatsiyada bittadan I, II va III darajali diplomlar, Festival ishtirokchisi diplomlari hamda har bir qatnashchiga maxsus diplom beriladi. 21. Xalqaro hay’atning qarorlari qat’iy va qayta ko‘rib chiqilmaydi. 22. Festival muassislari, davlat va nodavlat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, korxonalar, muassasalar, jamg‘armalar, ijodiy uyushmalar va boshqa tashkilotlar ishtirokchilar uchun maxsus mukofotlar, sovrinlar, esdalik sovg‘alari va maxsus mukofotlar ta’sis etishlari mumkin. 5-bob. Tashkiliy-moliyaviy shartlar 23. Festivalning yakuniy bosqichi ishtirokchilari va mehmonlari, shuningdek xalqaro hay’at a’zolari Tashkiliy qo‘mita tomonidan Festival o‘tkaziladigan davr va hududda yotoqxona, ovqatlanish va belgilangan marshrut bo‘yicha transport bilan ta’minlanadilar. 24. Festivalning I bosqichida ishtirok etish hamda yakuniy bosqich o‘tkaziladigan hududga joylardan kelib-ketish bilan bog‘liq xarajatlar ishtirokchilarni yuboruvchi tashkilot va muassasalar yoki ishtirokchilar hamda homiylar tomonidan qoplanishi mumkin. 25. Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Tashkiliy qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan smeta asosida quyidagi tartibda: 50 foizi - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining xarajatlar smetasida madaniy tadbirlarni o‘tkazish uchun har yil nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan; 50 foizi - yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, Farg‘ona viloyati mahalliy budjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. 26. Xorijiy mehmonlarning O‘zbekiston hududidagi alohida mehmonxona va transport xarajatlari ularni taklif etgan mezbon tashkilot va muassasalar yoki mehmonlarning o‘zlari tomonidan qoplanadi. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 149
Search
Read the Text Version
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
- 6
- 7
- 8
- 9
- 10
- 11
- 12
- 13
- 14
- 15
- 16
- 17
- 18
- 19
- 20
- 21
- 22
- 23
- 24
- 25
- 26
- 27
- 28
- 29
- 30
- 31
- 32
- 33
- 34
- 35
- 36
- 37
- 38
- 39
- 40
- 41
- 42
- 43
- 44
- 45
- 46
- 47
- 48
- 49
- 50
- 51
- 52
- 53
- 54
- 55
- 56
- 57
- 58
- 59
- 60
- 61
- 62
- 63
- 64
- 65
- 66
- 67
- 68
- 69
- 70
- 71
- 72
- 73
- 74
- 75
- 76
- 77
- 78
- 79
- 80
- 81
- 82
- 83
- 84
- 85
- 86
- 87
- 88
- 89
- 90
- 91
- 92
- 93
- 94
- 95
- 96
- 97
- 98
- 99
- 100
- 101
- 102
- 103
- 104
- 105
- 106
- 107
- 108
- 109
- 110
- 111
- 112
- 113
- 114
- 115
- 116
- 117
- 118
- 119
- 120
- 121
- 122
- 123
- 124
- 125
- 126
- 127
- 128
- 129
- 130
- 131
- 132
- 133
- 134
- 135
- 136
- 137
- 138
- 139
- 140
- 141
- 142
- 143
- 144
- 145
- 146
- 147
- 148
- 149
- 150
- 151
- 152
- 153
- 154
- 155
- 156
- 157
- 158
- 159
- 160
- 161
- 162
- 163
- 164
- 165
- 166
- 167
- 168
- 169
- 170
- 171
- 172
- 173
- 174
- 175
- 176
- 177
- 178
- 179
- 180
- 181
- 182
- 183
- 184
- 185
- 186
- 187
- 188
- 189
- 190
- 191
- 192
- 193
- 194
- 195
- 196
- 197
- 198
- 199
- 200
- 201
- 202
- 203
- 204
- 205
- 206
- 207
- 208
- 209
- 210
- 211
- 212
- 213
- 214
- 215
- 216
- 217
- 218
- 219
- 220
- 221
- 222
- 223
- 224
- 225
- 226
- 227
- 228
- 229
- 230
- 231
- 232
- 233
- 234
- 235
- 236
- 237
- 238
- 239
- 240
- 241
- 242
- 243
- 244
- 245
- 246
- 247
- 248
- 249
- 250
- 251
- 252
- 253
- 254
- 255
- 256
- 257
- 258
- 259
- 260
- 261
- 262
- 263
- 264
- 265
- 266
- 267
- 268
- 269
- 270
- 271
- 272
- 273
- 274
- 275
- 276
- 277
- 278
- 279