tarzidan kelib chiqqan holda urf-odat, udumlar qo‘shiq, raqs, musiqa orqali ifodalanadi. “Boysun” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi. “Boysun” xalq milliy musiqa asboblari: do‘mbira, chak-chak, zilcha, qo‘biz, tanbur, ushpuloq, sibiziq, nay, g‘ijjaklardan o‘z o‘rnida foydalanadiki, bu ham ijro salohiyatini oshirishga yordam beradi. Jamoa kiyimlari o‘z etnografik xususiyatlarni saqlagan. Erkaklar olacha chopon, oyoqlarida mukki yoki choriq, boshlarida esa quyosh ramzi ifodalangan boysun do‘ppisi bilan sahnada paydo bo‘lishadi. Qadimiy jelak yoki qizil rangli matodan guldor keng ko‘ylak ayollar husniga husn qo‘shib turadi. Ular boshidagi qasaba yoki qadimiy boysuniy do‘ppi tog‘liq xalqlar libosining betakror namunasidir. Badiiy bezak namunasi bo‘lmish tillaqosh, buloqi, haykal gardon, turli shakldagi ziraklar albatta qadimiyatdan darak beradi. Bu holat ansamblning etnografik koloritini yanada boyitmoqda. Darhaqiqat, folklor jamoalarining nufuzini oshirishda mazkur hududga xos kiyimlar, zebu-ziynatlardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. “Boysun” jamoasi kiyimlari esa udumga mos va xosligi, qadimiyligi bilan ajralib turadi. Bu ham tog‘lik hududimizning etnografik tarixidan dalolatdir. Darhaqiqat, birgina Boysunning o‘zida 20 xildan ortiqroq do‘ppi shakllari mavjud (ba’zan “kalapo‘sh” ham deyiladi). Masalan, lolagul, 200 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
to‘ldirma va boshqalar. Ularning har birida quyoshning ramziy ma’nosi o‘z aksini topgan. Ayollar esa jelak, karkasli ro‘mol o‘rashadi. Karkasli ro‘molni asosan o‘zbeklarning qo‘ng‘irot urug‘iga mansub bo‘lgan ayollar o‘rashadi. 16 xil ro‘molning barchasini o‘rab chiqqanda esa kamalak jilosi hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, ayollar jiyakli ko‘ylak, yo‘l-yo‘l chopon kiyadilar. qizlarning ko‘ylagi, iloji boricha qizil, pushti, sariq, to‘q qizil matolardan tikiladi. Chunki qizlar kiygan ko‘ylak lolani namoyon etishi kerak. Kelinchaklar oq g‘ijim yoki qizil shoyi ro‘mol o‘rashadi. Bu liboslar albatta o‘tkazilayotgan marosimga, aytilayotgan qo‘shiqqa, ijro etilayotgan raqsga monand ravishda kiyiladi. Shu liboslarga moslashtirilgan holda turli xil taqinchoqlar taqiladi. Masalan, tillaqosh, buloqi, haykal, chordon, turli shakldagi qimmatbaho toshlar va zanjirlar taqish ko‘proq boysunliklarga xos urf-odatdir. Zarurat bo‘lsa, qiz va juvonlarni yanada ko‘rkamroq ko‘rsatish uchun sochlariga turli shakldagi sochpopuk jamalaklar taqilgan. Boysunliklarning o‘zlari jamalakning turli xillarini qora ipdan yasashadi. Bu xususiyatlar jamoaning o‘zigagina xos bo‘lmay, balki mazkur kiyim-kechak, zebigardon, sochpopuklar butun elning iftixori hisoblanadi. “Boysun” ijrochilarining tashqi ko‘rinishlaridan tortib ijro tomoshalarigacha barcha-barchasi muxlislarning ma’naviy dunyosini boyitishda, qadimiy urf-odat, marosim va an’analarga nisbatan hurmat, e’tiborni kuchaytirishda tarbiyaviy ahamiyatga ega. Jamoaning o‘ziga xosligi dasturning mavzu yo‘nalishini ham belgilaydi. Har bir qo‘shiq, raqs, sahna ko‘rinishlari kundalik turmushning u yoki bu tomonlari san’at tili bilan ifodalanadi. Masalan, qadimdan xalq sayllari jarchilarning chorlov chaqirig‘i bilan boshlanadi. Bu ko‘rinishni jamoa “Chorlov” tarzida badiiy mahorat bilan ijro etmoqda. Erta bahor paytida boychechaklar bodrab chiqadi. “Shamsiya” yilining birinchi kuni odamlar boychechakni omonlik ramzi deb ko‘zlariga surtib, yangi yil bilan bir-birlarini tabriklab, omad tilaydilar. “Navro‘z qo‘shig‘i” xuddi ana shu munosabat bilan aytiladi. Qo‘shiqni jamoa qatnashchisi Davron Abduraimov o‘ziga xos badiiy mahorat bilan ijro etadi. Juma Safiyev tomonidan “Xo‘p mayda” ashulasi va raqsi ijro etilganda o‘zbek dehqonining mehnat faoliyati tasviri namoyon bo‘ladi. Yoki “Ulijon” nomli sahna ko‘rinishida keksa cholning hohish-istaklari o‘g‘li bilan aytishuvida tasvirlangan. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 201
Ma’lumki, tog‘ sharoitida yog‘ingarchilik rizq-ro‘z uchun zarur. Yomg‘ir qancha ko‘p yog‘sa, o‘t-o‘lanlar serob bo‘lib, chorvachilikning rivojiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Qadimda tog‘li xalqlar kutilgan paytda yomg‘ir bo‘lmasa, qurg‘oqchilik uzoq vaqt davom etsa, Yaratgandan yomg‘ir so‘raganlar. Bu voqeaga bag‘ishlangan qo‘shiqning nomi “Sust xotin” bo‘lib, uni jamoa birgalikda ehtiros bilan kuylaydi. Umid Turopov ijrosidagi “Lolajon”, “Lolachaga ishim bor” qo‘shiqlari zamirida so‘z o‘yini yotadi. Ya’ni lolagul, Lola – qiz bolaning ismi bo‘lib, yigit qizga bo‘lgan muhabbat izxorini lola ramzida izhor etadi. Sayyora Qosimova ijro etadigan “Oshpaz qo‘shig‘i”da oshpaz ayol va dehqonlarning hazil-mutoyibasi, o‘zaro tanqidlari orqali yerni haydash, don sepish jarayonlari tasvirlanadi. “Yorg‘inchoq” qo‘shig‘i esa Sayyora Qoziyeva ijrosida maromiga yetib ijro etilgan. Hozirgi kunda Sayyora Qoziyeva havaskorlikdan professional san’atkor darajasiga ko‘tarilib, “Boysun” jamoasidagi yuksak ijrochilik mahorati uchun “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” unvoniga sazovor bo‘ldi. Jamoa dasturidan joy olgan “Ko‘k salla” qo‘shig‘i va kuyi mazmunida tabiatdan ochiq havo so‘raladi, qo‘shiq kuy usullari raqs harakatlariga mos tushganligi uchun kishini rom etadi: “Havor” - daladagi hosil yig‘ib bo‘lingandan so‘ng, eshak va ho‘kizlarga yuklanib yashash joylariga tashilganda, aytilgan qo‘shiqdir. “Yangajon” - novvoy qo‘shig‘i hisoblanib, unda yanga bilan qaynog‘a o‘rtasidagi hazil-mutoyiba, xushchaqchaqlik aks etadi, nonning bir necha turlari sanab o‘tiladi. “Yaqqu-yaq”, “Ufu-jaqala” yakuniy qo‘shiqlarga xos tarzda ko‘tarinki ruhda, bayramona kayfiyat bilan kuylanadi. Qo‘shiq matni xxtermalardan tashkil topgan bo‘lib, bayram va marosimlarning yakunlarida aytiladigan sho‘x, ommaviy qo‘shiqlar sirasiga kiradi. Qo‘shiq musiqa cholg‘ulari, chapak sadolari jo‘rligida jamoaviy ijro va ommaviy raqs orqali ijro etiladi. Umuman, jamoaning har bir qo‘shig‘i, har bir raqsi ohanglar jo‘rligida mukammal bir badiiy asar sifatida namoyon bo‘ladi. Jamoa ijrochilari Surxon vohasining udum, urf-odat, marosim, an’analari, mumtoz merosining targ‘ibotchilari va bilimdonlariga aylandilar. 202 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
Bu davrda jamoaning bir qator fidoiy ishtirokchilari yetishib chiqdi. Bu borada, ayniqsa, Abduxoliq Xursandovning xizmatini alohida ta’kidlash joiz. O‘z yurti udumlarining bilimdoni, xalq ijodiyoti, san’atining haqiqiy jonkuyarlaridan biri bo‘lgan fidoyi insondir. Xalq ijodiyoti, folklor san’atini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi degan yuksak unvonga sazovor bo‘ldi. Abduxoliq Xursandovning bevosita rahbarligida 200 dan ziyod xalq qo‘shiqlari qayta tiklandi va tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Shuningdek, jamoaning faol qatnashchilari: Chorshanba Boboqulov, Sayyora Qosimova, To‘lqin Abdurahmonov, Salom Rahmonov, To‘ra Dolhonov, Hamro Haydarov, Ismoil Jumayev, Davron va Bahriddin Qurbonov, Naim Oripov, Rizqi Ravshanov kabi xalq ijodiyoti fidoyilari mahorati tufayli “Boysun” boshqa jamoalar qatorida o‘ziga munosib o‘rin oldi. Hozirgi kunda jamoa yoshlar hisobiga kengayib, ijro mohiyatini yanada oshirmoqda. Boysun tumanida har uch oilaning biri san’atkor hisoblanadi. Xalq san’atini sevish, uni asrab-avaylab, to‘laligicha saqlagan holda o‘z vorislariga yetkazish ularning kundalik turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan. “Boysun” qo‘shiqlari shaloladay tiniqligi, tog‘lariday mag‘rur va purviqorligi, chashma suviday jo‘shqinligi, odamlariday sodda va samimiyligi bilan xalq qalbidan yanada teran joy olishining boisi ham shu. “ZEVARI” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. Sariosiyo tumani Madaniyat markazining “Zevari” folklor- etnografik jamoasi 1982-yilda yigitlar raqs to‘garagi negizida tashkil topgan. Jamoaning “Zevari” deb nomlanishi bejiz emas, tog‘li Zevar qishlog‘idan ko‘chib kelgan o‘zbek va tojik oilalarining farzandlari jamoaga asos solgan. “Zevari” folklor-etnografik jamoasi 1983-yil “Marhabo talantlar” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida o‘z raqslarini Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 203
namoyish etib sovrindor jamoalardan biri bo‘ldi. Shu dastur respublika televideniyasi orqali ko‘rsatilgandan so‘ng jamoa mamlakat miqyosida tanildi. Bundan g‘ururlangan jamoa tinmay folklor-etnografik raqslarga e’tiborni kuchaytirdi. Raqs san’atining umrboqiyligini yurakdan his etdi. Chunki san’atning bu turi xalqimizning o‘ziga xos an’analari bilan chambarchas bog‘liqdir. Ayniqsa, to‘y marosimlarda, bayram kunlarini nishonlashlarda raqs san’ati davralarining ko‘rkiga ko‘rk qo‘shgan. Yoshu qari o‘z hursandchiligini bir-biriga raqs orqali izhor etgan. “Zevari” jamoasi qatnashchilari SurXondaryo bo‘ylab ana shu raqs va qo‘shiqchilik san’ati borasida ijodiy izlandi. Natijada “Ayiq o‘yini”, “Cho‘p qoshiq”, “Karvon sohili” kabi o‘nlab folklor-etnografik raqs va qo‘shiqlar qayta vujudga keldi. Jamoa 1992-yil Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston Respublikasi folklor jamoalarining ko‘rik tanlovida “Ayiq o‘yini” dasturi bilan qatnashib faxrli ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘lgandi. Shu yili Boysunda mintaqaviy folklor-yetnografik jamoalarining ko‘rik-tanlovida “Man az daram Nihonam” dasturini ijro etib, unda ham ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. “Zevari” folklor-etnografik jamoasining tuman, viloyat, respublikaning ommaviy bayramlarida va ko‘rik-tanlovlaridagi faol ishtiroki, folklor-etnografik raqs va qo‘shiqlarini xalqimizning ma’naviy merosiga aylantirishga qo‘shgan xizmatlarini inobatga olib, 1994-yili Respublika Madaniyat vazirligi tomonidan jamoaga “Xalq ansambli” unvoni berildi. Bu unvon jamoaga ilhom bag‘ishladi. O‘z repertuarlarini yildan-yilga boyitib bordi. Vatanimiz mustaqillik bayramining asosiy tantanalariga har yili yangi musiqiy dasturlarni tayyorladi. Jumladan, “Ey Vatan”, “Yurtboshim”, “Omon bo‘lsin”, “Vatanni kuylayman”, “Cho‘ponbobo”, “Isiqlolim-itsiqbolim” kabi dasturlarida Ona Vatanga mehr-muhabbat his-tuyg‘ularini uyg‘otib, uni ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylash lozimligini tomoshabinga yetkaza oldi. Jamoa repertuarida milliy bayramimiz Navro‘z alohida o‘ringa ega. “Navro‘zingiz muborak”, “Navro‘z muborak”, “Zevara raqsi”, “Navro‘z navosi” sahna ko‘rinishidagi chiqishlari xalqimizga manzur bo‘lishi bilan birga ma’naviy merosimizning xazinasini boyitdi. Jamoaning faol ishtrokchilari M.Qurbonov, A.Holov, A.Umedov, T.Tursunov, M.Musulmanova o‘z ijrochilik mahoratini 204 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
yaqqol ko‘rsatmoqdalar. Jamoaning badiiy rahbari B.Hamidov, musiqa rahbari B.Eshmurodovlardir. Xalq ijodiyotining folklor-etnografik janri asrlar qa‘ridagi o‘lmas san’at, “Zevari” folklor-etnografik jamoasiga o‘xshash jamoalar esa uning jon tomiridir. Biz bunday xayrli ishlarda “Zevari” xalq jamoasiga ijodiy barkamollik tilaymiz. “SHARSHARA” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. “Sharshara” folklor-etnografik jamoasi Oltinsoy tumani, Vahshivor Madaniyat markazi qoshida 1990-yilda tashkil etilgan. Ilk ishtirokchilari o‘qituvchi, tibbiyot xodimi, dehqon, cho‘pon, o‘quvchi va nafaqaxo‘rlardan iborat bo‘lgan. Jamoa milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi dasturlar ustida ishlab, Respublika, viloyat, tuman miqyosida o‘tkazilgan ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etib, o‘z dasturlarini xalq e’tiboriga havola etib, xalq olqishiga sazovor bo‘ldilar. 2000-yilda viloyatda o‘tkazilgan “Chashma” televizion ko‘rik- tanlovida o‘z dasturlari bilan qatnashib, 1-o‘rinni egalladilar. 2001-yilda Shahrisabzda o‘tkazilgan Respublika tanlovida “Qishloqda to‘y” teatrlashtirilgan dasturi bilan ishtirok etib qaytdi. Bu muvaffaqiyatlar jamoa rahbari Mamasaid Roziqovning tashkilotchilik qobiliyati yuksak ekanligi bilan izohlanadi. 2002-yilda “Sharshara” folklor-etnografik ansambli folklor-etnografik ansambllarining Respublika tanlovida ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jamoa ishtirokchilari Yarov, To‘lqin Toshqulov, Matluba Hatamova, Parda Begatov, Anvar Shaymardonov, Akbar Esanov, Homid Xoliqov, Mastona Toshqulova, Erali Esanov, Rustam Jo‘raboyev, Zulfiya Jo‘raboyeva, Pokiza Safarova, Mahbuba Hamdamova, Marjona Olloqulova, Ziyoda Abdug‘aforova, Bashorat Yashnarova, Uljonoy Hidoyatova, Muhabbat Aliqulova, Ashir Yunusovdoimo xalqning urf-odatlari, an’analarini sayqallab, xalqqa yetkazib bermoqdalar. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 205
“Sharshara” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi Xalq orasidan qo‘shiq, raqs, xalq o‘yinlarini to‘plashda o‘qituvchilardan Narzulla Hotamov, A’zam Abdualiyev, Turdi Amonqulov va Hamid Xoliqovlar yaqindan yordam bermoqdalar. Ansamblga xalq raqslarini Muharram Tog‘ayeva va Nigina Qahhorovalar sahnalashtirmoqdalar. “Sharshara” folklor-etnografik ansambliga 2014-yilda “Xalq havaskorlik jamoasi” unvoni berilgan. Jamoa repertuaridan “Yozi-yozi”, “Do‘ppi tikish”, “Bir salom”, “To‘quvchi qiz”, “Navro‘z yor-yori”, “Kishma-kishma”, “Tom boshida turgan qiz”, “Surxon saxovati”, “Non qo‘shig‘i”, “Dehqon qo‘shig‘i”, “Tog‘ qizi”, “Aynamov”, “Hurmala”, “Oysuluv”, “Xoncharbog‘”, “Baxshi qo‘shig‘i”, “Chapaka o‘yini”, “Do‘l-do‘l o‘yini”, “Quloq cho‘zma o‘yini”, “Tog‘ sapasi”, “Bosh-bosh”, “Jon kampir”, “Gulsanam”, “Axtarib kepsi yor” kabi hududga xos qo‘shiq va raqslar o‘rin olgan. “Sharshara” folklor-etnografik ansambli o‘z faoliyatini davom ettirish bilan bir qatorda yangi-yangi dasturlarini umumxalq bayramlarida namoish ettirmoqdalar. Hozirgi kunda jamoa badiiy rahbari Faxriddin Qahhorov, musiqa rahbari Anvar Shoymardonov faoliyat olib bormoqdalar. 206 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
“DASHNOBOD ANORI” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tuman Madaniyat markazi qoshida 1978-yilda Qodir Karimov tomonidan “Dashnobod anori” folklor-etnografik jamoasi tashkil etiladi. 2013-yil jamoaga “Xalq havaskorlik jamoasi” unvoni berilib, hozirgi vaqtda jamoaga M.Imomov rahbarlik qilmoqda va 22 nafar yigit-qiz ansamblda faoliyat ko‘rsatib, ular turli xil kasb egalaridir. Ansambl repertuarlaridan: “Poyondoz tortish”, “Dumkagim”, “Uzum maqtovi”, “Giyohlar maqtovi”, “Doira” (Raqs), “Yor-yor”, “Yeng tashlar”, “Xinabandon”, “Bola dumalatish”, “Poyondoz tortish”, “Charx” , “Maydayo” kabi xalq qo‘shiqlari, raqslari o‘rin olgan. “Dashnobod anori” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi. Jamoa yil davomida tuman, viloyat va Respublika miqyosidagi barcha bayram tadbirlarida faol ishtirok etmoqda. Termiz shahridagi “Amfiteatr” majmuasida, Termiz shaxridagi “Bolajon” madaniyat va istiroxat bog‘ida nishonlangan “Navro‘z” umumxalq bayrami va Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 207
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi bayram sayllarida muntazam ishtirok etib kelishadi. “X.Qulniyozov” nomli bolalar oromgoxida 110 nafar dam olayotgan bolajonlarga kotsert dasturlarini namoyish etishdi. “Dashnobod anori” folklor-etnografik xalq ansambli o‘ziga berkitilgan hududlarda joylashgan korxona, tashkilot va o‘quv muassasalaridan kelgan xasharchi terimchilarga jadval asosida madaniy xizmat ko‘rsatishdi. Jamoa repertuaridan “Dodlanmay”, “Ko‘chadan o‘tib borar boyning qizi”, “Sumalak”, “Oshgim keladi”, “Dashnobodim”, “Boychechagim”, “Sarijarning ko‘chasi”, “Borsa- borsa”, “Gulni dasta boylab”, “Durra”, “O‘tin”, “Aytishuv” kabi o‘ndan ortiq qo‘shiqlardan iborat. TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI QOSHIDAGI “JAYXUN” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI 2000-yilda Termiz davlat universiteti qoshida o‘qituvchi Sattor Qurbonov tomonidan “Folklor to‘garagi” tashkil etildi. To‘garak dastlab universitetda o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda kichik folklor dasturlari bilan chiqishlar qilib, talabalar va professor- o‘qituvchilar diqqatini o‘ziga tortdi va olqishlariga sazovor bo‘ldi. Shundan keyin to‘garak ishlariga jiddiy kirishildi. 2000-yilda viloyatda o‘tkazilgan “Navro‘z” umumxalq bayramida Shafoat Termiziy va Boltajon Sodiqovlar she’ri, S.Qurbonov musiqasi “Xush kelibsan Navro‘zginam” nomli folklor musiqali kompozitsiyasi bilan ilk bor ishtirok etib, tomoshabinlar va xalq olqishiga sazovor bo‘ldi. Ushbu dastur viloyat televideniyesi orqali namoyish ettirildi. Shundan boshlab jamoa ish faoliyati va repertuari ustida malakali mutaxassislar ish olib borib, yangi-yangi folklor qo‘shiqlar va raqslar qayta tahlil qilinib sahnalashtirildi. 2000-2001 yillar davomida jamoa universitet va viloyatda o‘tkazilgan barcha ommaviy tadbirlarda, shuningdek harbiy qismlarda, paxta yig‘im-terim mavsumida ko‘plab konsert dasturlari bilan madaniy xizmat ko‘rsatdilar. Universitet professor-o‘qituvchilari, folklorshunos mutaxassislar, shoir va yozuvchilar bilan maslahatlashgan holda folklor jamoasiga nom berish uchun izlanishlar olib borildi. Jamoa rahbari Qurbonov Sattor jamoaga “Surxon”, “Taramata”, “Jayxun” nomlaridan birini berish taklifini kiritdi. Folklorshunos olimlar, mutaxassislar chuqur tahlil qilgan holda jamoaga “Jayxun” nomini 208 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
berilishini bir ovozdan tasdiqladilar va jamoaga “Jayxun” folklor- etnografik jamoasi nomi berildi. Jamoaning nizomi Termiz davlat universiteti ilmiy kengashida tasdiqlandi. 2001-yil aprel oyida Respublika oliy o‘quv yurtlari badiiy jamoalari va teatr studiyalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Xazina-2001” o‘zbek folklor san’ati va urf-odatlari festivalida S.Qurbonovning “Quvnoq karvonsaroy” nomli folklor musiqali tomoshasi bilan ishtirok etib, faxrli “ІІІ o‘rin” va “ІІІ Darajali Diplom”ni qo‘lga kiritdi. Festival Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Madaniyat saroyida 3 kun davom etdi. Jamoa 30 kishilik tarkib bilan ishtirok etib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi va mutaxassislar diqqatini o‘ziga tortdi. 2001-yilning iyun oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan Respublika oliygohlari talabalari o‘rtasida “O‘zbekiston vatanim manim” qo‘shiqlar bayrami ko‘rik tanlovida Shafoat Raxmatulla Termiziy she’ri Sattor Qurbonov musiqasi “Vatan hur, asr yangi” nomli dasturi bilan ishtirok etib, “Rag‘batlantiruvchi o‘rin”ni qo‘lga kiritdi. 2002-yil may oyida ham “Qo‘shiqlar bayrami” Respublika ko‘rik tanlovida Shafoat Raxmatulla Termiziy she’ri, Sattor Qurbonov musiqasi “Ona yurt O‘zbekistonim” nomli folklor musiqali kompozitsiya bilan ishtirok etib, ІІІ o‘rin va ІІІ darajali diplomga sazovor bo‘ldi. 2002-2003 yillar davomida badiiy jamoa universitet va viloyatda o‘tkazilgan barcha madaniy tadbirlarda, bayram tantalarida faol ishtirok etib keldi. 2003-yil aprel oyida Toshkentdagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitetda o‘tkazilgan “Xazina-2003” o‘zbek folklor san’ati va urf-odatlari festivalida Sattor Qurbonovning “O‘tmishning nurli ertagi” nomli folklor musiqali tomoshasi bilan ishtirok etib “ІІ o‘rin” va “Laurеatlik diplomi”ni qo‘lga kiritdi. Badiiy jamoa shu yili iyun oyida “O‘zbekiston vatanim manim” qo‘shiqlar bayrami ko‘rik- tanloviga folklor dasturi bilan ishtirok etib, “Rag‘batlantiruvchi o‘rin”ni qo‘lga kiritdi. 2004-yil badiiy jamoa uchun eng samarali va tarixiy yil bo‘lib qoldi. Jamoa safi yangi-yangi iqtidorlar bilan to‘ldirildi. Repertuar rejasi to‘liq yangilandi. Universitet rahbariyati g‘amxo‘rligi, Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 209
tashabbusi, sayi-harakatlari tufayli jamoa uchun barcha shart- sharoitlar yaratildi. 2005-yil “Jayxun” folklor jamoasi uchun ayniqsa omadli va sermahsul yil bo‘ldi. Universitet rektorining tashabbusi va homiyligi tufayli jamoa sahna liboslari, sahna atributlari va ovoz kuchaytirgich texnika vositalari bilan ta’minlandi. 2005-yil may oyida Toshkentdagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitetda o‘tkazilgan “Xazina-2005” folklor san’ati va urf- odatlari festivalida S.Qurbonovning “Ko‘hna Surxon sadolari” nomli folklor musiqali dasturi bilan ishtirok etib, “Laurеatlik diplomi” va “Eng mukammal jamoa” nominatsiyalarini qo‘lga kiritdi. Ansamblning ushbu dasturi “Boysun bahori” xalqaro festivali doirasida o‘tkazilgan “Baxshi-shoirlar” ko‘rik tanlovining ochilishida namoyish etildi va viloyat televideniyesi orqali namoyish ettirildi. 2006-yil ham “Jayxun” folklor jamoasi uchun sermahsul yil hisoblandi. Jamoaning dasturi yanada kengaytirildi. Surxon vohasiga xos kuy-qo‘shiqlar, milliy-an’anaviy cholg‘ular (do‘mbira, chanqovuz, sibizg‘a, shupullak) larda ijrochilik yo‘lga qo‘yildi. “Ko‘hna Surxon sadolari” nomi bilan bir yarim soatlik gastrol konsert dasturi tuzildi. Surxondaryo viloyatiga rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vaziri universitet Madaniyat saroyiga kelib jamoa ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda “Gastrol dasturi” namoyish etildi. Uchrashuv so‘ngida vazir jamoa ishtirokchilari bilan suhbat o‘tkazdi va esdalik rasmlarga tushdi. Vazir jamoa to‘g‘risida iliq gaplar aytib, universitet rektorining Respublika oliy o‘quv yurtlariga gastrol konsertlari o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifini ma’qulladi. 2006-yil may oyida “Jayxun” folklor-etnografik jamoasi Toshkent shahriga 10 kunlik gastrol safarida bo‘ldi va mamlakatimizning 12 ta nufuzli universitetlarida konsert dasturlarini namoyish etdi. Har bir konsertni talabalar ko‘tarinki ruh va qiziquvchanlik bilan tomosha qildilar. Jamoani gullar va olqishlar bilan qarshi oldilar, hamda do‘stona munosabatda bo‘ldilar. Bu shuni ko‘rsatadiki, vatanimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlod milliy qadriyatlarimizni, bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan kuy va qo‘shiq, raqslarimizni e’zozlaydilar va kelajak avlodlarga avaylab- e’zozlab yetkazadilar. 210 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
2007-yilda “Jayxun” folklor jamoasi oliy ta’lim muassasalari folklor jamoalarining “Barhayot an’analar” festival tanlovining Respublika bosqichida S.Qurbonovning “Shamollar-Mirhaydar bobo” nomli mehnat-marosim folklor musiqa dasturi bilan ishtirok etib “Rag‘batlantiruvchi o‘rin”ni egalladi. 2008-yilda jamoa “Barhayot an’analar” festivali finalida “Surxon navolari” dasturi bilan ishtirok etib faxrli “Oliy o‘rin”ni egalladi va “G‘oliblik diplomi”ni qo‘lga kiritdi. 2009-yil “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika ko‘rik tanlovida “Jayxun” folklor jamoasi va uning xonandasi Yulduz Xursandova “Vatan mening iymonim” dasturi bilan dastlabki bosqichda Qarshi shahrida Buxoro, Qarshi universitetlari badiiy jamoalari bilan bellashib g‘olib chiqdi va respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Oliygohlar orasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika final bosqichida “G‘oliblik diplomi”ni qo‘lga kiritdi. 2010-yilda ham “Jayxun” jamoasi o‘zining “Vatan madhi” dasturi bilan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik tanlovining barcha bosqichlaridan o‘tib, final bosqichida respublikaning mashhur xonandalari va mashhur ansambllari bilan bir sahnada ijro etib, “G‘oliblik diplomi” ni qo‘lga kiritdi. 2011-yilda ham jamoa ijodiy faoliyatida ko‘pgina yagiliklar kiritildi. Avvalambor, jamoaning tarkibi iqtidorli va talantli talabalar bilan to‘ldirildi. “Navro‘z” umumxalq bayramiga bag‘ishlab yangi dastur tayyorlandi va bayram tantanalarida namoish ettirildi. Ayniqsa, “Barkamol avlod Respubdika sport musobaqalari” ning Termiz shahrida o‘tkazilgani ansambl uchun ham quvonarli hol bo‘ldi. Ushbu sport bayramiga bag‘ishlab rang-barang folklor dasturlari tayyorlandi va bir necha sahnalarda namoish ettirildi. Shu yili oktabr oyida Termizda o‘tkazilgan Al-Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan kurash bo‘yicha “Xotira tiurniri” va “VIII-jahon chempionati”ning tantanali ochilish marosimida “Jayxun” folklor jamoasi ham o‘zining folklor dasturi bilan ishtirok etdi. 2012-yil iyun oyida Qarshi shahrida o‘tkazilgan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovining II- hududiy bosqichida o‘z dasturi bilan ishtirok etib, “I o‘rin” va “I darajali diplom” bilan taqdirlanib, III-Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 211
2012-yil iyul oyida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik- tanlovining Toshkent shahrida, Milliy universitet “San’at saroy”ida o‘tkazilgan III-Respublika bosqichida “Barkamol avlodisan O‘zbek elining” nomli folklor musiqali dasturi bilan ishtirok etib, “III o‘rin” va “III darajali diplom” bilan taqdirlandi. Jamoa shu yili “Xalq havaskorlik jamoasi” yuksak unvoniga sazovor bo‘ldi. Bugungi kunda jamoaga S.Qurbonov rahbarlik qilib, 40 nafar yosh yigit-qizlar muntazam qatnashib kelmoqda. Jamoa repertuarlaridan: “Quvnoq karvonsaroy”, “O‘tmishning nurli ertagi”, Surxon navolari”, “Vatan mening iymonim” kabi qo‘shiq va raqslar keng o‘rin olgan. “OYDINOY” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. Sho‘xchan yalla, kuy-qo‘shiqqa Topilar xarchand vaqtim Chunki azal-azaldan, San’atim mening baxtim Odatda jamoa haqida so‘z borganda, besh-olti yoki undan ham ko‘proq iste’dodlarning bir jamoa bo‘lib faoliyat olib borishlari tushuniladi. Darrov ko‘z o‘ngingizda bir oila a’zolari kabi ham musiqa bastalab, ham qo‘shiq ijro etib, raqsga tushayotgan jamoa gavdalanadi. Shu tasavvurning o‘zigina, biz qalamga olmoqchi bo‘lgan ansambl faoliyati to‘g‘risida so‘z yuritishga undaydi. Kovushim jon kovushim, amirkoni kovushim, Norsuluvni to‘yida, bir poyini alishdim. Bir poyi qo‘limda-ey, eshikma eshik horidi, Bir poyi kimga kerak izlab topishga zor edi86- degan uzoqlardan hazilnamo sho‘x qo‘shiqlarning sadosi quloqqa chalinadi. Doiraning tabora avjlanishidan qo‘shiqning yanada keskinlashuvi bizni jamoa faoliyati haqida fikr yuritishimizga zamin yaratdi. Qarshi shahar Madaniyat markazi qoshidagi “Oydinoy” folklor- etnografik xalq havaskorlik jamoasi o‘z ijodiy faoliyatini 2011-yildan 86 “Oydinoy” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi repertuaridan. 212 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
boshlagan bo‘lsa-da, bugungi kunda shahrimiz va viloyatimiz ahli uchun eng sevimli bo‘lib qolgan ansambllardan biridir. “Oydinoy” folklor xalq havaskorlik jamoasi Qarshi shahrida va viloyatda o‘tkazilinib kelinayotgan Navro‘z, Mustaqillik kabi umumxalq bayrami tantanalarida, folklor jamoalari ko‘rik-tanlovlari, turli festivallar va boshqa madaniy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Ansambl badiiy rahbari Muazzam Jahongirova yoshlarga vohaga xos laparlar va xalq raqslarining sir-asrorlarini o‘rgatishda namuna bo‘lmoqda. Shuningdek, ansamblning etakchi a’zolari G.Saidaliyeva, G.Axmedova, M.Jahongirova, A.Qodirov, M.Xasanova, M.Xoliqova, B.Bekmurodov, Sh.Mavlonovalar o‘z chiqishlari bilan ko‘pchilik tomoshabinlar nazariga tushmoqdalar. “Oydinoy” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi Jamoa dasturidan o‘rin olgan Qarshi shahri aholisining o‘ziga xos urf-odatlarini ifoda etuvchi jelak, urchuq, sog‘lom bola, doira, atlas kuylak, yor qulog‘ida xalqasi, o‘ynasin singari xalqona qo‘shiqlar muxlislarga manzur bo‘lmoqda. Joriy yilning mart oyida o‘tkazilgan “Onam aytgan allalar” viloyat ko‘rik-tanlovida “Oydinoy” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi faxrli I-o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Mazkur folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi “Onam aytgan allalar” Respublika ko‘rik-tanlovida faol ishtirok etib, Madaniyat vazirligining “Ijro mahorati uchun” nominatsiyasi diplomi Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 213
bilan taqdirlandi. Bundan tashqari “Oydinoy” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi Qashqadaryo vohasiga xos repertuari bilan 2015 - 2016-2017yillarda Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan an’anaviy “Ipak va ziravorlar” Xalqaro festivalida faol ishtirok etib ko‘pchilik folklor san’at ixlosmandlari olqishiga sazovor bo‘ldi va mazkur festivalning maxsus diplomi bilan taqdiralandi. Shuning bilan birgalikda “Oydinoy” folklor-etnografik ansambli har yili Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hamda Bolalar madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tadigan “Xalq sayli” da, xalq amaliy san’ati va xunarmandlar ko‘rgazmalarida va boshqa madaniy-ommaviy tadbirlarda ham o‘z kontsert dasturlarini namoyish etib kelmoqda. Xuddi shunday har yili nishonlanadigan xalqimizning eng aziz va eng ulug‘ ayyomi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligi bayrami munosabati bilan tashkil etilayotgan targ‘ibot va tashviqot guruhlari bilan birgalikda Qarshi shahridagi mahallalarda, ta’lim muassasalarida, korxona va tashkilotlardagi ijodiy uchrashuvlarda ham “Oydinoy” folklor-etnografik xalq ansambli munosib ishtirok etib kelayotganligi fikrimizning yorqin dalilidir. Darhaqiqat, “Oydinoy” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasining izlanuvchan ishtirokchilari yangidan-yangi kontsert dasturlarini tuzib, ansambl repertuarini boyitib bormoqdalar. ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. 1998-yil jamoaning yakkaxoni Bekmurod Baxronov “O‘zbekiston vatanim manim” ko‘rik-tanlovida ishtirok etib ikkinchi o‘rinni egalladi. Ansambl tuman va viloyat ko‘rik-tanlovlari bilan chegaralanib kolmasdan, 2008-yil Kitob, 2010-yil Xiva shaharlarida o‘tkazilgan “Asrlar sadosi” madaniyat festivalida o‘zining milliylik ufurib turgan dasturlari bilan ishtirok etib, Qashqadaryo vohasining urf-odat va an’analarini yanada sayqallashtirib ijro etishga muvofiq bo‘ldi. Jamoaning yana bir ishtirokchisi Sarvinoz Baxronova, Mustaqillikning 20 yilligiga bag‘ishlab Andijon shahrida o‘tkazilgan “O‘lan aytgali keldik” mavzusida an’anaviy folklor san’ati bayramida “Lapar”ijrochiligi bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Baxronova 214 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
Feruza esa madaniyat va san’at kollejlari o‘rtasida yosh ijrochilarning Respublika tanlovi faol ishtirokchisi Ro‘zimurodov Doston “O‘zbekiston Vatanim manim” ashulasi bilan tumanda viloyatda qolaversa Respublikada o‘tkazilgan “Yangi avlod” beshinchi bolalar ijodiyoti festivalida maxsus diplom savrindori bo‘lgan. Bu esa Baxronovlar oilasining san’atga aloxida mehr ko‘zi bilan qarashdan yana bir nishona. Yosh bo‘lishiga karamay Dostonbek, musiqa va san’at maktablarini chuqurroq o‘rganishga harakat qilmoqdalar. Bolalar musiqa va san’at maktablari oq‘uvchilarining M.Qori Yoqubov nomidagi Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi 2010-yil Muborak, Qarshi shahalarida o‘tkazilgan madaniy- ommaviy tadbirlardagi faol ishtiroki uchun bir necha bor Qarshi shahar hokimligi va viloyat madaniyat boshqarmasining Faxriy yorliq va Diplomlari bilan taqdirlangan. Hozirgi kunda “Oydinoy” folklor- etnografik xalq havaskorlik jamoasi o‘ziga xos urf-odatlarini ifoda etuvchi “Muchal to‘yi”, “Jelak”, “Urchuq”, “Sog‘lom bola”, “Doira”, “Atlas kuylak”, “Yor qulog‘ida xalqasi”, “O‘ynasin”, “Mirhaydarjon”,“La-laychi keldi” kabi boshqa xalqona qo‘shiqlar, laparlar, vohaga xos raqslarni tarannum etuvchi kontsert dasturlarini Qashqadaryo viloyati va “Diyor” telekanallari orqali ko‘pchilik teletamoshobinlar e’tiboriga havola etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Hay’atining 2015- yil 31-oktabrdagi 4-sonli qaroriga binoan, havaskorlik san’atini rivojlantirish, milliy qadriyatlarni tiklashdagi faol xizmatlari hamda yuksak ijrochilik mahorati uchun Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar madaniyat markazi huzuridagi “Oydinoy” folklor-etnografik jamoasiga “Xalq havaskorlik jamoasi” unvoni berildi. Bu unvon jamoaning yanada shijoat va g‘ayrat bilan ishlashi uchun mas’uliyat xissini yukladi. Ming bir navo ohangida, yo‘rg‘alagan do‘mbiram Baxshilarning qo‘llarida, o‘ynoqlagan do‘mbiram Jon kuydirib jonim berib, termam aytsam yurakdan Nolishimni tinglarmi deb, yig‘loqlagan do‘mbiram deya qo‘shiq avjlanadi. Bu esa jamoaning yana bir ko‘rik-tanlov yoki tadbir oldidan tayyorgarlik mashg‘ulotidan darak. Biz “Oydinoy” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi ijodiy ishlarida ulkan yutuqlar tilagan holda doimo san’atga oshufta ko‘ngillari ilhomlanib, xalqimiz, yurtimiz qalbidan joy oladigan yangroq yallalar, sho‘xchan taronalar kutib qolamiz. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 215
“ZANJIRSAROY” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI Muborakka bahor erta keladi. Sanoatchilar shahri bahorni Navro‘zi olam bilan qarshilashga odatlangan. Bayram shukuhi o‘sha kezlari shaharga o‘zgacha tarovat bag‘ishlaydi. Shaharliklar kuyga, qo‘shiqqa ehtiyoj sezadi. Shunda “Zanjirsaroy” folklor-etnografik jamoasi o‘zining serjilo qo‘shiq va raqslari bilan ularning jonlariga oro kiradi, shahar bahoriy go‘zallik bilan yanada uyg‘unlashadi. “Zanjirsaroy” folklor-etnografik ansambli 1995-yil Muborak tumani madaniyat bo‘limi qoshida tashkil topgan. Uning nomi bevosita tuman tarixi bilan bog‘liq. Jamoa “Muborak madhi”, “Qutlov”, “Cho‘pon qo‘shig‘i”, “Non ta’mi”, “Sovchilik-yelchilik” kabi qo‘shiqlari bilan el og‘ziga tushdi. Jamoa 1996-1997 yillarda Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Navro‘z” tantanalarida xalq kuylari va termalarini, vohaning o‘ziga hos milliy qadriyatlarini va udumlarini mahorat bilan ijro eta bildiki, keyinchalik bu qo‘shiq va raqslar mamlakat miqyosidagi yuksak sahnalarda ham namoyish etildi. 1999-yil Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi tantanalarida jamoa o‘zining yangi repertuari bilan qatnashib, horijlik mehmonlarning ham hayratini oshirdi. Xalq og‘zaki ijodiyoti qaynar buloqqa monand. Uning qatlaridan ming-ming yillik umumbashariy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analar qaynab chiqaveradi. “Zanjirsaroy” jamoasi ana shulardan ilhom olib ijod qiladi. Ularning qo‘shiqlarida o‘tmishni hotirlash, bugunni qadrlash, kelajakni tasavvur qilish tuyg‘usini anglab olish qiyin emas. “Zanjirsaroy” folklor-yetnografik jamoasi 25 yildirki xalq diliga yaqin ohanglarni kuylab kelmoqda. Jamoa tomonidan ko‘pgina san’at durdonalari hayotga qaytarildi. Endilikda ular oltin merosimiz sifatida avaylab saqlanmoqda. Jamoaning milliy qadriyatlarimizni tiklashdagi xizmatlari munosib baholandi. 2007-yilda jamoaga “Xalq havaskorlik jamoasi” unvoni berildi. Jamoada 20 nafardan ortiq turli kasb egalari bo‘lgan ikkinchi itse’dod sohiblari faol ishtirok etib, o‘zlarining mazmunli repertuarlari bilan tuman, viloyatda o‘tkaziladigan bayram va barcha halq sayllarida, paxta, g‘alla mavsumlarida voha ahliga namunali xizmat 216 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
ko‘rsatib kelmoqda. Jamoa respublika miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlar, festivallar, “Navro‘z” va “Mustaqillik” kabi umumhalq bayramlariga bag‘ishlangan tantanalarda faol ishtirok etib tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lmoqda. Hozirgi kunda “Zanjirsaroy” ansambli ijodiy izlanishda. Ansamblning badiiy rahbari Ozod Ro‘ziboyev asosan folklor sohasiga e’tiborni qaratib, xalqimizning boy ma’naviy merosiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Buning uchun jamoaning faol qatnashchilari Fozil Madiyev, Dilbar Karimova, Shukur Antarov, Shoxitsa Qosimova, Farida Madiyeva, Munavvar Esonovalarning mehnati tahsinga loyiqdir. Elga xizmat qilishdek saodat yo‘lida “Zanjirsaroy” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi tinmay mehnat qilmoqda. “BULBULIGO‘YO” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI Surxondaryo vohasi o‘zining tabiati, nabototi, hayvonot olamining xilma-xilligi bilan mamlakatimizda eng go‘zal, tafti qaynoq go‘shalardan biridir. Qadimda asosan chorvachilik bilan shug‘ullanib kelgan bu yerlik aholi o‘ziga hos betakror an’analari, urf-odatlari bilan boshqa vohalardagidan ajralib turgan. Ta’kidlash joizki, Sho‘rchi va unga qo‘shni Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on tumani aholisi Juz, Qo‘ng‘irot, Do‘rmon va boshqa ayrim turkiy qabila vakillaridan iborat bo‘lib, ular madaniyati tog‘, tog‘oldi aholi madaniyatidan farqlangan. Bunday tafovut nafaqat kiyim- kechakda, bezakda, taqinchoqda, yurish-turishda, balki o‘zaro munosabatlarda, ya’ni lahjalarda, san’at sohalarida ham sezilarli bo‘lib, hozir ham shunday. Shu sababli “Bulbuligo‘yo” repertuari Surxondaryoning ayrim tog‘, tog‘ oldi tumanlarida tashkil etilgan ansambl repertuarlaridan farqlanadi. Bunday ajoyib, betakror qadriyatlar zamonlar osha bizning davrimizgacha yetib kelgan. Yuqorida aytib o‘tilgan o‘ziga hoslikni, bugungi kunda ham anglab olish qiyin emas. Agar siz Sho‘rchi va nomlari tilga olingan qo‘shni tumanlarda bo‘lsangiz, jelak kiygan bobolarni, mulla yoqalik ko‘ylak kiygan yigitlarni, g‘ijim ro‘mol o‘ragan, qat-qat ro‘molli salla kiygan qo‘ng‘irot ayollarini, nozigardon tomqay kabi taqinchoq taqqan qizu juvonlarni uchratishingiz mumkin. Sho‘rchi aholisining Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 217
kundalik zamonaviy ro‘zg‘or buyumlari qatorida ko‘za, kadi, keli, jun taroq, kubi, xalaji, jun savob, o‘rmak va boshqa an’anaviy buyumlar ham o‘rin olgan. Uylariga tashrif buyursangiz bo‘yra, kigiz, kattali so‘zana, zardevor, bug‘joma, tashqarida esa ajdodlardan meros bo‘lib qolgan, daraxtlarga osilgan holginchaklarga ko‘zingiz tushadi. Bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Demoqchimizki, hozirgi taraqqiyot davrida jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan radio, televizor, kompyuter, internet kabi zamonaviy texnikalar amaliyotdan mo‘shahkam o‘rin olayotganligi munosabati bilan itse’moldan siqib chiqarilayotgan, ajdodlardan meros bo‘lib qolgan kiyim-kechaklar, uy-ro‘zg‘or jihozlari, mehnat qurollari hozirgi kunlarimizda ham o‘z ahamiyatini saqlab qolmoqda. Ta’kidlash o‘rinliki, Surxon vohasi, jumladan, Sho‘rchi tumani aholisining o‘ziga hos milliy madaniyati va san’ati mavjud. Bu yerda ko‘plab dostonchi, jirovchilar, kechani kunduzga ulab ertak aytadigan bobo va momolar bor. Ko‘chalarda shuvilmak, hushtak, sibizg‘a, chanqovuz chalib yurgan yosh bolalarga ko‘zingiz tushadi. Savag‘ich bilan jun savalayotgan, gilam to‘qiyotgan, qo‘lida jimjimador xina cho‘p, qamchi tutgan, ot-ulovlariga xurjun, to‘rva osib bozorga ketayotgan, qo‘llarida o‘roq, ketmon ko‘tarib borayotgan turli kishilarni uchratasiz. Ular yo‘l-yo‘lakay ajdodlaridan meros bo‘lib o‘tib kelayotgan, bugungi kunda unutilayozgan qo‘shiqlarni xirgoyi qilib boradilar. Fazilatli davrlar boshlanishi munosabati bilan olimlarimiz, san’atkorlarimiz, madaniyat hodimlarimiz kattadan-katta xayrli ishlarga qo‘l urib, jumladan, ajdodlardan meros qadriyatlarni tiklashga kirisha boshladilar. Mamlakatimizning turli joylarida folklor- yetnografik ansambllari tuzila boshlandi. 1982-yili Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumani madaniyat markazi qoshida “Bulbuligo‘yo” xalq folklor-etnografik jamoasi tashkil etildi. Ansambl faoliyat boshlagan dastlabki kunlardan boshlab, sho‘rchilik Rahmatillo Mo‘minovning xizmatlari katta bo‘ldi. O‘zining chorak asrlik faoliyati davomida ansambl deyarli unutilayozgan 100 dan ortiq qo‘shiq, mahalliy udumlarni tarannum etuvchi raqslarni qayta tikladi. 103 yoshda vafot etgan marhum Nodir boboning sibizg‘ada: “Kakku”, “Bedana sayrashi”, “Xalinchak”, “Tuya to‘rtish”, “Yorg‘a salom” ijro etgan. U kishining o‘g‘li Rashid bobo ijro etgan: “Bulbul sayrashi”, “Chaqiriq”, “Andarxayo”, 218 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
“Xudoga nola” “Xilila yor” kuylari nafaqat o‘zbek, balki chet el san’atsevarlarini befarq qoldirmadi. Chanqovuzchi Oysoat Zokirovaning “O‘yin bazmi”, “Yor izlab”, “Guli ko‘ka” kuylari; Abduhamid Yangiboyevning “Cho‘pon chalish”, “Oh vo”, “Barchinoy”, “Ot chopish” kuylari; “O‘zbegim alplari”, “Qo‘shig‘im qo‘shiq”, “Xo‘ppa-xo‘p”, “Hut keldi-yo”, “Shoda munchoq”, “Podachi”, “Bibigul”, “Oldimho-sotdimho”, “Hazrispand”, “Sumalak”, “Oynomov”, “O‘rmagim”, “Juppa toq”, “Jigit pirlari” va boshqa kuy qo‘shiq, raqslari “Bulbuligo‘yo”ni baland parvozga chorladi. Jamoa respublika va undan tashqarida bo‘lib o‘tgan ko‘rik bellashuvlari, festivallarida ishtirok etib, ilg‘or nufuzli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. O‘tgan yillar mobaynida “Navro‘z”, Mo‘staqillik bayramlarida, 1997-yil Toshkent XII halqaro kinofestivali ochilish hamda 1998-yilgi Turkiyada o‘tgan XVIII Xitit festivalida, Al Farg‘oniy tavalludining 1200 yillik bayram tadbirida, Buhoro shahrining 2500 yillik, “Alpomish” dostoni yaratilganining 1000 yilligi, Termiz shahrining 2500 yillik yubileyi va boshqa tadbirlarda ajoyib dasturlarni namoyish etib, el olqishlariga sazovor bo‘ldi. 2005-yili Tojikitsonda o‘tkazilgan “Sadoyi dilho” 2002–2005 yillarda “Boysun bahori” xalqaro qo‘shiq festivalida ishtirok etib, nufuzli diplomlarni qo‘lga kiritdi. 2006-yili noyabrda Toshkentda o‘tkazilgan “Barhayot navolar” respublika an’anaviy ko‘rik bellashuvida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, diplom va qimmatbaho sovg‘alar sohibi bo‘ldi. “Bulbuligo‘yo” jamoasining yuksak natijalarga erishishida Xayrullo To‘raqulov, Muzaffar Bo‘riyev, Soatmo‘min Aliqulov, Nabi Bahromov; xonandalar – Ro‘stam Usmonov, Muxammad Shoymardonov, Baxtiyor Bobohonov, Muqaddas Sattorova, Gulchehra Turdiyeva, Zilola Holmo‘minova, raqqosalar – Rayhona Raximova, Lobar Jumayeva, Nigora Tursunova; laparchilar Hayitgul Soatova, Qizlarsora Safarova, Xalima Qurbonova, Atirgul Qudratova, raqqoslardan – Abduraxmon Raximov, O‘ktam Shoyimardonov, Turg‘un Muxammadiyev va boshqalar katta jonbozlik ko‘rsatdilar. Jamoa a’zolarining barakali mehnati munosib taqdirlandi. Ansamblning jonkuyar, tashabbuskor, izlanuvchi rahbari Rahmatilla Mo‘minovga “O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi” unvoni berildi. Respublika rahbariyati Rahmatilla Mo‘minovni samarali ijodiy Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 219
mehnati tufayli “Fidokorona mehnatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi. “Bulbuligo‘yo” jamoasining keksa laparchi-qiziqchisi Meng- qobil Ismoilov, baxshi-do‘mbirachi Abduhamid Yangiboyevlar 2000- yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq “Shuhrat” medali bilan mukofotlandilar. Shuningdek, jamoaning raqs o‘rgatuvchisi Shoira Qurbonova ham 2002-yilda “Shuhrat” medali sohibasi bo‘ldi. Hozirda jamoa yangi dastur va repertuarlar usida ijodiy izlanish olib bormoqda. “MOMOGUL” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. 1986-yil Qarshi tuman Madaniyat markazida ishchi, pensioner, buxgalter, kutubxona mudirasi, qo‘yingki, barcha soha bo‘yicha ishlovchi onaxonlardan iborat “Momogul” folklor-etnografik jamoasining tuzilishi ajoyib yangilik bo‘ldi. 1986-yilda Nodira Sayidaminova Madaniyat kollejini bitirib, markazga ishga keldi. Markaz ishlari ancha jonlandi. 1988-yilning fevral oyida Nodira G‘ubdin qishlog‘iga to‘yga bordi. Shu to‘yda qishloq onaxonlari doira chertib lapar aytishadi, raqsga tushishadi. Ularning sho‘x laparlari-yu, o‘yinlarini zavq bilan tomosha qilayotib, Nodiraning ko‘nglida onaxonlar ishtirokida jamoa tuzish istagi paydo bo‘ladi. Shirkat ma’muriyati uning tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Nodira endi, qishloqma-qishloq yurib, san’atsevarlarni to‘play boshladi. San’atsevar onaxonlar o‘zlari bilan bor tarixiy kiyim va taqinchoqlarni ham olib kelishdi. Shirkat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Muqaddam Mahmudova, ishchilardan Hakimova Sarvar, Hamdamova Kichik, Temirova Momagul, Rasulova Omongul birinchilardan bo‘lib ansamblga kelib qo‘shilishdi va jamoa repertuarini yanada boyitishga katta hissa qo‘shishdi. Dastlab 5-6 kishidan iborat bo‘lgan ansambl vaqt o‘tib, kengayib 20 kishidan oshib ketdi. Ular o‘zaro maslahatlashib ansamblga 220 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
“Momogul” nomini berishdi. 1988-yilning 21-martida Gubdin qishlog‘i shiyponida sumalak bahonasida Navro‘z bayrami o‘tkazildi. Bayramda “Momogul” jamoasi qizg‘in ishtirok etdi. 1988-yil 6-may kuni shirkatda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashuv kechasi o‘tkazildi. Bu kechaning badiiy qismi “Momogul” jamoasining dasturi bilan boshlandi. Xalq qo‘shiqlaridan “Sumalak”, “Uchib-uchib”, “Yakdona sanam”, “Momogul” qo‘shiqlari va bir necha xalq o‘yinlari tomoshabinlarda zo‘r qiziqish uyg‘otgan. 1988-yil 22-may kuni viloyatda o‘tgan folklor jamoalarining XX butunittifoq festivalida ular faxrli birinchi o‘rinni egallab, diplom va qimmatbaho buyum va medal bilan taqdirlandilar. Ijrochilardan Zulxumor Nasimova, Momagul Temirova, Nodira Sayidami- novalarga festival diplomi va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shundan so‘ng ansambl har shanba va yakshanba kunlari dala va fermalarga chiqib, dala mehnatkashlariga xizmat qila boshladi. Qolgan kunlari kelgusi chiqishlarga tayyorgarlik ko‘rishadi. Jamoaning qisqa vaqt ichida el nazariga tushishiga, albatta, ansambl ishtirokchilarining san’atga bo‘lgan mehri va qiziqishi sabab bo‘ldi. Shunday qilib, tuman va viloyatda bo‘ladigan har qanday tadbir-tantana ularning ishtirokisiz o‘tmaydigan bo‘ldi. Shirkat ma’muriyati jamoaga yaqindan yordam berdi. Kasaba uyushmasi tomonidan onaxonlarga jamoa uchun zarur kiyim-kechak, doira, ovoz kuchaytirgich va boshqa jihozlar olib berildi. Shirkat direksiyasi onaxonlarni bir necha bor rag‘batlantirdi. Erishilgan muvaffaqiyatlar natijasida “Momogul” folklor- etnografik jamoasiga Madaniyat vazirligi Hay’atining qarori bilan 1996-yilda “Xalq havaskorlik jamoasi” unvoni berildi. Onalarimiz yurt farovonligini, xursandchiligi-yu, tashvish- larini, yurak-yurakdan kuylab ijro etishgan. Ansamblda Momogul opa ijro etgan “Ona nidosi” o‘lani ham ezgu niyatlarining izhori bilan ajralib turadi: Istiqlol bolalari chor atrofga qarashar, Shunday shirin zamonda, o‘ynab kulsak yarashar. Onaman-u, onaman, bolam uchun yonaman, Bolam tinchlikda o‘ssa, orzularga qonaman. Tog‘da o‘sib yetibdi, qarag‘ay bilan archa, Niyati yomonlarni qilamiz parcha-parcha. Otam mullo, onam mullo, Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 221
Men ham boisam deyman mullo, Qashqadaryosidan o‘tib o‘qiy deyman Kalamullo. Qora otlig‘ qora tunlig‘ Kuydirgani keldingmi-yo, Ochilgan lolazorimni, hazon urgani keldingmi-yo87. Bugungi kunda jamoa yangi dasturlar bilan Respublika va xalqaro miqyosda tashkil etilayotgan folklor festivallarida yuqori o‘rinlarni egallab kelishmoqda. “KULOL-SHODASI” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. Ayol bu yaratganning mo‘jizasi, hayotimiz chirog‘i, bizni jasoratlarga undovchi buyuk xilqatdir. Ayol qalbini ba’zan daryoga o‘xshatadilar. Chunki uning qalb chashmasidan oila ham, farzandlar ham, hamma-hamma bahramand bo‘ladi. Har bir xonadondagi sarishtalik, farovonlik, to‘kin sochinlik, ro‘zg‘ordagi qut-baraka, farzandlarning barkamolligiga asosiy sababchi ham ana shu ayoldir. Xalqimizning buyuk tarixida o‘zining jasorati va matonati, aql – zakovati, nafosat va nazokati bilan o‘chmas iz qoldirgan To‘maris, Bibixonim, Gulbadanbegim, Zebiniso, Nodirabegim, Uvaysiy, Anbar otin, Zulfiyaxonim va boshqa yuzlab ayollarimiz hamisha ehtirom bilan tilga olinadi. Xalqimizda ayollarimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromning yana bir sababi shundaki, ayol – avvalo har bir insonning beshigini tebratadigan, oq suti bilan yuragiga odamiylik fazilatlarini singdiradigan, ularning hayot bo‘ronlaridan asrab avaylaydigan fidoiy insondir. Fidoiy inson degan bir og‘iz so‘zning ortida necha yillik ta’lim- tarbiya, zaxmat va matonat, katta-kichik sinovlardan o‘ta olgan inson siymosi ko‘z oldimizga keladi. Ana shunday insonlardan biri, folklor san’atining moxir ustasi, xalq urf-odat va marosimlarining faol targ‘ibotchisi, yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelayotgan, xalqimiz qalbidan alohida o‘rin olgan fidoiy inson Moxira Ergashevadir. 87 “Momogul” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi repertuaridan. 222 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
O‘zbek milliy folklor san’ati o‘zining mazmundorligi, tarbiyaviyligi, umrboqiyligi bilan boshqa san’at turlaridan ajralib turadi. Xalqimizning milliy urf-odatlari, an’analari, marosimlarini hayotga tadbiq etib, yaxlitligicha olib qolishda folklor-etnografik jamoalari muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu mas’uliyatli vazifani sidqidildan bajariyotgan, xalqimizning boy madaniy merosini targ‘ib qilayotgan jamoalardan biri “Kulol shodasi” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasidir. “Kulol-shodasi” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi badiiy rahbari, folklor san’atining tolmas targ‘ibotchisi Moxira Ergasheva. Moxira Ergasheva Kasbi tumanidagi Denov qishlog‘ida “Kulol shodasi” folklor-etnografik jamoasini tashkil etib, unitilib borayotgan xalq qo‘shiqlari, lapar va aytishuvlar, marosimlar, urf-odatlarimizni xalqning milliy an’analarini, og‘zaki ijodning noyob namunalarini saqlashda, unga sayqal berib, xalqning o‘ziga qaytarishda jonbozlik ko‘rsatmoqdalar. Onaxonlar ijrosidagi qo‘shiqlar, qo‘llaridagi chinni likobchalarni angishvona taqilgan barmoqlari bilan urib, usulga mos raqs harakatlari Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 223
va qo‘shiq ijrolarida hududga xos, o‘zgacha bir o‘ktamlik ufurib turadi. “Kulol shodasi” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 30 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlardan tuzilgan bu jamoa 2019-yilda “Xalq havaskorlik jamoasi” unvoniga sazovor bo‘lgan. Bu yutuqni qo‘lga kiritishimizda jamoamizning qo‘shiqchi onaxonlarining hissasi juda katta, - deydi jamoa rahbari Mohira Ergasheva. “Kulol-shodasi” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi. Jamoa repertuaridan oila, mehnatkash xalq, axloq, vatanparvarlik, tinchlik va Vatanga mehr mavzusidagi qo‘shiqlar keng o‘rin olgan. Jamoa ijrosidagi ayollar aytishuvi xalqimizga manzur bo‘lmoqda. Jamoa repertuarida “Yog‘urchog‘im”, “Do‘ppi tikdim”, “Quroq”, “Guppiginam” kabi yangi qo‘shiqlar bor. Milliy qo‘shiqlarda allaqanday sehr bor. Ular hech qanday tarjimon yordamisiz tushuniladi. Ona allasidan tortib, laparu yor- yorlar, qo‘sh haydash, shamol to‘xtatishdan tortib yomg‘ir va shamol chaqirish qo‘shiqlarining bajarilishi o‘ziga xos ijro san’atiga egaligini, dunyoning qaysi bir burchagiga bormang o‘sha yerda umr guzaronlik qilayotgan odamlarning urf va odatlari, marosim va an’analari, milliy qadriyatlari mavjud bo‘lib ularga amal qilish bu 224 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
noyob merosni e’zozlash o‘sha xalq va millatning milliy iftixori - deydi Moxira opa Ergasheva. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, fidoiy inson Moxira Ergashevaning bosib o‘tgan hayot yo‘li, mehnat va zaxmatlari yoshlar uchun hayot maktabini o‘taydi. Ularning har bir o‘gitlari, pand- nasixatlari hayot yo‘lida qoqilmaslikka, o‘z intilish va maqsadlar sari olg‘a qadam tashlashga undaydi. Ana shunday fidoiy insonlar bor ekan asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy folklor san’atimiz mangu yashaydi. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 225
SAMARQAND-BUXORO VILOYATI FOLKLOR ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOALARI “QASRI ORIFON” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. “Qasri Orifon” folklor-etnografik jamoasi 1989-yil Kogon tuman Madaniyat markazi qoshida tashkil etildi. Jamoa turli yoshdagi keksa otahonu onahonlar, havaskor yoshlardan tashkil topgan. Jamoa repertuarlaridan o‘zligimizni, milliyligimizni, urf- odatlarimizni, qadriyatlarimizni tarannum etuvchi kuy va qo‘shiqlar joy olgan. 2004-yil fevral oyida o‘tkazilgan viloyat folklor-etnografik jamoalarining ko‘rik-tanlovida tuman Madaniyat markazida tashkil etilgan “Qasri Orifon” folklor-etnografik jamoasi ham ishtirok etib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar va YUNESKO ishtirokidagi “Boysun bahori” xalqaro festivalida qatnashish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritib, festivalda 2-o‘rin sohibi bo‘lishdi. O‘zbekistondagi YUNESKO vakolatxonasi tomonidan faxrli diplom bilan taqdirlandilar. Jamoaning yuksak sovringa ega bo‘lishida badiiy rahbar S.Fayziyev, musiqa rahbari T.Muhammedov, etnograf T.Egamberdiyeva, R.Suvanov, Sh.Jo‘rayev, Sh.Salomov, F.To‘rayevlarning hissasi katta bo‘ldi. Shuningdek, tuman Madaniyat markazi jamoa havaskorlari tumanda, viloyatda o‘tkaziladigan “O‘zbekiston qo‘shiq bayrami” ko‘rik-tanlovlarida ham o‘z dasturlari bilan ishtirok etdilar. Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab tuman hokimligida o‘tkazilgan “Mehri cheksiz onalar” bayram uchrashuvida “Qasri Orifon” folklor jamoasi o‘zining konsert dasturi bilan ishtirok etdi. Navro‘z bayramlarida jamoa xo‘jaliklari, korxona tashkilotlari, mehnatkashlar huzurida o‘z konsert dasturi bilan chiqish qildilar. “Qasri Orifon” folklor-etnografik jamoasi 2002-yil may oyida Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida o‘tkazilgan folklor-etnografik jamoalarining respublika ko‘rik-tanlovida qatnashib 2-o‘rinni olib qo‘lga kiritdilar. 226 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
Ko‘rsatilgan xizmatlar, erishilgan yutuqlar munosib baholanib “Qasri Orfon” folklor-etnografik jamoasiga 2003-yilda “Xalq havaskorlik jamoasi” unvoni berilgan. Hozirgi kunda “Qasri Orifon” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi o‘z dasturini yangi asarlar bilan boyitish borasida samarali ishlarni amalga oshirmoqdalar. Xalqimizning milliy urf- odatlari, an’analari, marosimlari va qadriyatlarimizni avloddan- avlodga olib o‘tishni o‘z burchlari deb biladilar va bu borada tinmay izlanishdalar. “MARDONA” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI “Mardona” folklor-etnografik jamoasi 1989-yili Vobkent tuman F.Xo‘jayev nomli maktab o‘qituvchisi Shomurod Shodiyev rahbarligidagi bir guruh qobiliyatli havaskor yigitlar tashabbusi bilan tuman madaniyat markazida tashkil etildi. Jamoa qatnashchilari birinchi kundanoq yigitlarning davra qo‘shiqlarini qayta tiklash, urf-odatlar bilan bog‘liq ashulalarni o‘rganish va shu yo‘nalishda ijod qilishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar.Bu borada ibratli ishlarni amalga oshirdilar. Jamoa yigirmaga yaqin badiiy havaskorlardan iborat. “Mardona” folklor jamoasi ikki yillik faoliyatidan so‘ng 1994-yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Chashma – 94” nomli halq folklor-etnografik jamoalarining ko‘rik-tanlovida ishtirok etib, “Xalq havaskorlik jamoasi” unvoniga ega bo‘ldilar. Jamoa qatnashchilarining hammasi yigitlar bo‘lib, ijodiy jamoa yosh bo‘lishiga qaramay tez orada el nazariga tushdi. Havaskorlar bevosita turli joylarda bo‘lib, keksa otaxonlar bilan suhbatlashib, ulardan xalq orasida aytib kelayotgan termalarni, xalq qo‘shiqlarini yozib olib, turli marosim va urf-odatlar bilan birga sahnalashtirdilar. Masalan, jamoa tomonidan sahnalashtirilgan “Davri ug‘ir”, “Laka-laka”, “Xo‘p mayda”, “Aka, mana donashurak”, “Xililla yor” kabi qo‘shiqlar hozirgi kunda xalq qalbiga yaqin bo‘lganligi uchun ham xalqimiz tomonidan qizg‘in kutib olinmoqda. “Mardona” folklor-etnografik jamoasi nafaqat respublika miqyosida, balki viloyat va tuman miqyosida o‘tkaziladigan an’anaviy bayramlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 227
Jamoa folklor asarlarini tayyorlashda asosan xalq og‘zaki ijodiga tayanadi. Tuman qishloqlarida yashayotgan keksa va nuroniy otahonlar, onahonlarimizdan yozib olingan to‘rtliklar, xalq og‘zaki namunalari ularga asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. 1992-yildan 1997-yilgacha respublika miqyosida o‘tkazilgan Navro‘z umumxalq bayrami hamda Mustaqillik bayrami tantanalarida o‘zining rang-barang dasturlari bilan muntazam ishtirok etib kelgan. Bu davrda “Navro‘z sayli”, “Hunarmandlar”, “Chalama-chakki”, “Bedana”, “Xasis xo‘ja” kabi xalq og‘zaki ijodi namunalaridan iborat ajoyib folklor asarlar xalqimiz e’tiboriga havola qilindi. Xorazm viloyatida jamoa o‘zining repertuaridan joy olgan folklor asarlarini bir oy davomida Xorazm san’at muxlislariga namoyish etib keldilar. Jamoa Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida bo‘lib o‘tgan xalqaro “Boysun bahori” folklor-etnografik jamoalarining festivali bir necha marotaba ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi va YUNESKOning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi. “Mardona” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi hozirgi kunda yangi asarlar yaratish ustida ish olib bormoqda. Bundan keyin ham jamoa xalq og‘zaki ijodidan foydalangan holda betakror folklor asarlar yaratib, ularni kelajak avlodga o‘lmas meros qilib qoldirishga, xalqimizni boy, milliy va ma’naviy merosimizdan bahramand bo‘lishiga o‘z bilimi, kuch-quvvati va salohiyatini ayamaydi deb umid qilamiz. “NURJAHON” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. Navoiy viloyati, Nurota tuman Markaziy madaniyat markazi qoshida 1976-yili yangi “Nurjahon” folklor-etnografik jamoasi tashkil etilib, turli yoshdagi, har xil soha egalaridan iborat 22 nafar qatnashchini birlashtirdi. Jamoa ilk konsert dasturini 1977-yil Navro‘z bayramida tuman mehnatkashlariga namoyish etdi va keyinchalik turli bayram tadbirlarda o‘z chiqishlari bilan turli soha mehnatkashlarining madaniy dam olishi uchun xizmat qildi. 1992-yildan boshlab esa 228 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
“Nurjahon” folklor-etnografik jamoasi Navro‘z va Mustaqillik bayramlarida respublikamiz xalqiga o‘z san’atlarini namoyish etib kelmoqda. 1998-yil jamoa ishtirokchilari Germaniyada bo‘lib Butunjahon hor jamoalari va folklor ansambllari festivalida qatnashib, faxrli o‘rinlardan birini egallashga muvaffaq bo‘ldi. Jamoa dasturlarida xalqimizning qadimiy qo‘shiqlari, unutilib borilayotgan an’analar, urf-odatlar, halq termalari o‘rin olgan. Ulardan “Kurkopa”, “Cho‘pon tayog‘i, bobo meros”, “Navro‘z sayli”, “Itsiqloling muborak” mavzularidagi tomoshalar, “Ho layli”, “Biyo yak”, “Dahol bor”, “Mayda-mayda” kabi sahnaviy kompozitsiyalar muhlislarga manzur bo‘lmoqda. 1994-yil respublika folklor-etnografik ansambllari ko‘rik- tanlovida “Nurjahon” jamoasi oliy o‘ringa sazovor bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5 yilligi munosabati bilan “Qomusimiz – nomusimiz” mavzusidagi respublika san’at o‘shalari va badiiy havaskorlik jamoalari konsertida ham jamoa faol qatnashdi. 1995-yil respublika miqyosida o‘tkazilgan “Buyuk ipak yo‘li” anjumanida, 1996-yil “Zilol” Respublika ko‘rik-tanlovida, 1997-yil Respublika televideniyesining “Ostonasi tillodan” teleko‘rsatuvida faol ishtirok etdi. Jamoaning repertuarlaridan “Aravacha”, “Burgan”, “Nonvoy”, “Jaka junburjak”, “Tovuq”, “Palov”, “Biyo yak”, “Dahol bor”, “Rallo”, “Ho Layli”, “Paxta”, “Ona-Vatan”, “O‘zbekiston-ona Vatan”, “Hapala bola, yor-yor”, “Oshiq”, “Lamkacha”, “Moy juvoz”, “Kadi”, “Sumalak”, “Tegirmon”, “Sartarosh”, “Echki o‘yin”, “Kelin omad”, “Cho‘pon bola”, “Laka-laka”, “O‘ynang qizlar laka-laka”, “Cho‘pon”, “Qaynona”, “Uloq tortish marosimi” kabi kuy-qo‘shiqlar o‘rin olgan. “Nurjahon” folklor-etnografik jamoasi qatnashchilari bugungi kunda tinim bilmay ijodiy izlanishlar olib bormoqdalar. Jamoaning bevosita tashabbuskorligi bilan Nurota tumanida unutilib borayotgan qadriyatlar sahna yuzini ko‘rib, xalqqa sayqallangan holda qaytarilmoqda. Jamoa “Xalqaro hunarmandchilik festivali”, “Xalqaro baxshichilik san’ati festivali”, “Xalqaro Maqom san’ati anjumani”, “Ipak va ziravorlar” an’anaviy festivali, “Buyuk ipak yo‘li, “Nurli navolar” “Boysun bahori” kabi folklor musiqa festivallarida Navoiy Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 229
viloyati nomidan munosib ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelishmoqda. “BESHQARSAK” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. Urgut tumanida yashaydigan aholi qadimdan hunarmandchilik san’atini qadrlab keladi. Bu yerda kulolchilik, zardo‘zlik, kashtachilik, duradgorlik hamda temirchilik azal-azaldan keng taraqqiy etib kelgan. Mahalliy aholining san’atga, ayniqsa, havaskorlik san’atiga katta qiziqishi seziladi. Urgutliklar san’atni nihoyatda qadrlashadi. To‘y- tomoshalarni, bayramlar, tantanalarni kuy-qo‘shiqsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Oddiy kishilar ham qarsak jo‘rligida xalq termalarini mohirlik bilan ijro etadilar. Baland tog‘ tizmalari yon bag‘rida joylashgan Urgut tumanining G‘o‘s qishlog‘i qadim-qadimdan xalq og‘zaki ijodi namunalaridan biri - qarsak jo‘rligida xalq qo‘shiqlari, aytishuvlar, laparlar, hazil qo‘shiqlar va o‘yinlarni davralarda, to‘y- tomoshalarda ijro etib yuruvchi havaskor san’atkorlarga ega. Respublikada folklor-etnografik xalq jamoalarini tashkil etish va ular ishlarini keng targ‘ib etishga katta e’tibor bo‘lmagan davrda ham shu soha jonkuyarlari tomonidan 1955-yilda G‘o‘s qishlog‘ida “Beshqarsak” folklor jamoasi tashkil etildi. Jamoaga xalq termalarini mohirlik bilan ijro etuvchi iste’dodli qo‘shiqchilar jalb etildi. Ahror Turobov, Ro‘zi Latipov, Ne’matillo Ismatovlar ishtirokida milliy urf- odatlarimizni tarannum etuvchi, Ona-Vatan va mehnatni ulug‘lovchi xalq termalaridan tuzilgan 12 kishilik jamoa tashkil etilib, ular “Beshqarsak” suitasini yaratdilar. Bu jamoa 1957-yilda tuman, viloyatda folklor jamoalarining ko‘rik tanlovida ishtirok etib birinchi o‘rinni egalladi. Shu yili Moskvada o‘tkazilgan yoshlarning xalqaro festivalida qatnashib faxrli birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. shundan so‘ng “Beshqarsak” folklor-etnografik ansambli nomini oldi hamda tuman madaniyat markazi ixtiyoriga o‘tkazilib, uning dasturlari kengaytirildi. 230 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
“Beshqarsak” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi. 1972-yilda “Beshqarsak” folklor-etnografik jamoasi Toshkentda o‘tkazilgan “Marhabo talantlar” televizion festivalida namunali ishtirok etib, faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Badiiy jamoa qatnashchilari Ahror Turobov, Ne’matillo Ismatov, Ro‘zi Latipov mohir xalq o‘yin ustalari Xolbobo Ma’rupov, Mamajon Safoyev, Mahkam Gadoyev hamda ashulachilar Matlab Nazarov, Samandar Qandahorov, Istad Sharipova kabi san’atkorlar Muqaddas Hakimov boshchiligida “Beshqarsak” folklor jamoasining dasturiga kiritilgan xalqimizning to‘ylari, tantana va xursandchiliklarini tarannum etuvchi “Yor-yor”, “O‘ynasin”, “Oq paxtazorim yashna”, “Navro‘z bazmi”, “Sumalak” kabi xalq termalaridan iborat “Beshqarsak syuitasi”ni mohirlik bilan ijro etdilar. “Beshqarsak” respublikada birinchi folklor-etnografik badiiy jamoasi bo‘lib tanildi hamda O‘zbekiston televideniyesi va radiosining oltin fondiga jamoa ijrosidagi asarlar yozib olindi. 1979-yilda Moskvaning “Ostankino” televideniyesi tomonidan o‘tkazilgan Xalqaro telefestivalda qatnashib birinchi darajali diplom bilan taqdirlandi. 1983-1984-yillarda jamoaning dasturi xalqaro “ВВС” telekanali tomonidan tasvirga tushirildi. “Beshqarsak” folklor-etnografik xalq jamoasi xalqaro miqyosdagi festivallarda namunali ishtirok etdi. Jumladan, Shrilanka, Belgiya, Italiya va Fransiyaning shaharlarida o‘zbek folklor san’atini namoyish etdi. 1991-yilda jamoa a’zolarining bir guruhi Yevropaning Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 231
6 ta davlati: Ispaniya, Belgiya, Gollandiya, Fransiya, Germaniya, Shveysariyada o‘tkazilgan “Ipak yo‘li” festivalida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Jamoa respublikamizda o‘tkazilgan Navro‘z va Mustaqillik tantanalarida teatrlashtirilgan bayram dasturlari bilan qatnashib kelmoqda. O‘zbekiston televideniyasi “Beshqarsak” folklor-etnografik xalq jamoasining ijodiy faoliyatiga bag‘ishlab “Urgutda Navro‘z” telefilmini yaratgan. Tasvirga tushirilgan bir qator dasturlar televideniya orqali muntazam namoyish etib kelinmoqda. 2002-yilda Koreyada o‘tkazilgan folklor jamoalarining xalqaro festivalida “Beshqarsak” O‘zbekiston folklor san’atini namoyish etib katta olqish oldi. 2004-yilda o‘tkazilgan “Boysun bahori” festivalida ham ishtirok etib, festival laureati diplomi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. “Beshqarsak” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi ishtirokchilari ayni kunlarda 50 nafardan ortiq turli soha kishilarini birlashtirgan. Jamoa Navro‘z bayramining asda “Navro‘z sayli” mavzuida yangi dastur bilan ishtirok etdi. Bu jamoa tomonidan tayyorangan dasturlar Zarafshon vohasida qadimdan mavjud bo‘lgan marosim va udumlar folklor ijrochilik san’atining o‘ziga xos qirralarini sayqallagan holda sahnalashtirib, shuhrat qozonib kelmoqda. Jamoa “Xalqaro hunarmandchilik festivali”, “Xalqaro baxshichilik san’ati festivali”, “Xalqaro Maqom san’ati anjumani”, “Ipak va ziravorlar” an’anaviy festivali, “Buyuk ipak yo‘li, “Nurli navolar” “Boysun bahori” kabi folklor musiqa festivallarida Samarqand viloyati nomidan munosib ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelishmoqda. Hozirgi kunda jamoa yangi dastur va reprtuarlar ustida ish olib bormoqda. “CHAVQI” FOLKLOR – ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. “Chavqi” o‘ziga xos etnofolklor hodisasi bo‘lib, turfa qo‘shiq, laparlar, o‘yinlarni o‘z ichiga olgan bu silsila Bulung‘ur tumani 232 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
markaziy madaniyat uyi qoshida “Chavqi” folklor-etnografik xalq jamoasi tashkil qilinishiga sabab bo‘ldi. “Chavqi” asli kechasi o‘ynaladigan o‘yinlardan hisoblangan. Bu o‘yin Samarqand viloyatining Bulung‘ur, Poyariq tumanlarida, Jizzax viloyatining G‘allaorol, Baxmal, Zomin tumanlarida yashaydigan aholi o‘rtasida keng tarqalgan. Nurota tumani Qirqshodilik keksalarining hikoya qilishlaricha, – deb hikoya qiladi taniqli folklorshunos Mamatqul Jo‘rayev. – “Chavqi” to‘y-tomoshalarda, sayillarda ijro etiladigan o‘yin. Aytishlaricha, sunnat to‘ylari “Chavqi”siz o‘tmagan. To‘y arafasida qishloq yigitlari bazmga alohida tayyorgarlik ko‘rishgan. Qurigan daraxt kundalari, g‘o‘lalarini kesib, o‘tin qilishgan. To‘y kuni qorong‘u tushgach, “Chavqi”da ishtirok etadigan qarsakbozlar-u laparchilar, qo‘shiqchi-yu o‘yinchilar kela boshlaydi. To‘yning avj nuqtasi ham “Chavqi” hisoblanadi. Hovli o‘rtasiga yig‘ib qo‘yilgan to‘nkalar yoqiladi. Katta gulxan alangasining alvon tillari qorong‘u bag‘rini tilgach, ko‘kka qarab o‘rlaydi. Yigitlar va keksa yoshli ijrochilar davra qurib o‘tiradi. “Chavqi”ni Samarqand viloyatining ayrim tumanlarida “bazm” ham deb atashadi. “Chavqi”ning boshqa folklor namunalaridan farqi shundaki, uning ijrosida musiqa asboblaridan foydalanilmaydi.Qo‘shiq ohangi qarsak bilan boshqarib turiladi. Dastlab yakka qarsak bilan boshlanib, o‘yin avjiga chiqqani sayin qarsaklar soni oshib boraveradi. Folklorshunos Shomirza Turdimovning aytishicha, Baxmal tumanining Novqa qishlog‘ida ham “Chavqi” atamasi sunnat to‘yida bo‘ladigan bazm ma’naosini anglatar ekan. Olim o‘sha qishloq keksa kishilaridan bu so‘z qanday ma’no anglatishini so‘raganda, ular chavqi gulxan ma’nosini anglatishini aytishgan. “Chavqi” folklor-etnografik jamoasi 1986-yili Bulung‘ur tuman madaniyat markazi qoshida tashkil topgan. Xalq ijodiyotining jonkuyari Suvonqul Abduqodirov jamoasining repertuarini shakillantirishda bosh-qosh bo‘ladi. Madaniyat markazining sobiq rejissyori S.Abduqodirov qator tumanlarda bo‘lib, “Chavqi”ni yaxshi biladigan keksalardan ko‘plab qo‘shiqlarni yozib olgan. 1989-yili “Chavqi” “Xalq havaskorlik jamoasi” unvoniga sazovor bo‘lgan. O‘sha kezlarda “Chavqi” tarkibida “Chavqi”ning qadimiy qo‘shiq va o‘yinlarini yaxshi biladigan iste’dodli ishtirokchilar faoliyat olib borardi. Hasan Qobilov, Eshonqul Arslanov, Sharif Mirzayev, Meliboy Raximov, Damin To‘lanov, Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 233
Mamarasul Qulcherayev, Qo‘ng‘ir Normurodov, Mamatqul Abdurahmonov, Shomat Ermatov, Abdulla Toshmatov, Abdulla Soatov, O‘rol Norboyevlar katta ishlarni amalga oshirdilar. Deyarli unutilish darajasiga kelib qolgan “Chavqi” qayta tiklandi va kelajak avlodga yetib boradigan bo‘ldi. Jamoaning badiiy rahbari “Chavqi”ni tiklashda bo‘lgan bahs-u munozaralar, uning bosib o‘tgan yo‘li haqida quyidagilarni hikoya qiladi: Darhaqiqat, sizga tanishtirmoqchi bo‘lganimiz – “Chavqi” qadimiy beshqarsakni butun ko‘rinishi va nafosati bilan sahnaga olib chiqa olgan, uni zo‘r mahorat bilan ijro etib, tomoshabinlarni qoyil qoldira olgan folklor-etnografik ansambllarning qaldirg‘ochidir. Bulung‘ur tuman Markaziy madaniyat markazi xalq teatrining rejissori bo‘lib ishlab yurganimda ko‘pdan beri qadimiy qo‘shiqlar, laparlar, raqslar, xususan, “Beshqarsak” o‘yinlarini o‘rganish, sahnaga olib chiqish, qisqasi, keksa otaxonlar, onaxonlar hali ham xotiralarida saqlab kelayotgan folklor namunalarni to‘plab, shu qariyalarning o‘zlari ishtirokida folklor-etnografik jamoasi tuzishni orzu qilib yurar edim. Bir kuni shifoxonada davolanayotgan qarindoshimning holidan xabar olish uchun u yerga bordim. Shu payt ikki-uch qariyaning Samarqandliklardagi qadimgi o‘yin - “Chavqi” xususida bo‘layotgan tortishuvlarining ustidan chiqib qoldim. Qadimda ota-bobolarimizning “Chavqi” o‘yini bo‘lar edi, - deya hikoya qilardi shifoxonada yotgan xasta otalardan biri. – Bu uyinda o‘rtaga gulxan yoqilib, uning atrofida qadimiy termalar, laparlar aytilar, aytishuvlar qilinar, o‘yinga tushilar edi. Hozir ham shu o‘yinni biladigan va bajara oladigan qariyalar qishloqda, ayniqsa, tog‘liklar orasida ko‘p. Men bir zumda otaxonni savollarga ko‘mib tashladim. O‘zini Abdulla Toshmatov deb tanishtirgan deb tanishtirgan bu kishi “Chavqi” o‘yinining o‘ziga xos qirralari, nafosati haqida maroq bilan hikoya qildi, so‘zining oxirida bu o‘yinni biladigan 10–12 kishining ismi, familiyasini, qayerda turishini va ular bilan qanday muomalada bo‘lishligini ham aytib berdi. Shunda men ko‘p yillardan buyon qiynab kelayotgan dardimni yordim, folklor-etnografik ansambl tashkil etish borasida orzu-niyatlarimni o‘rtaga tashladim. Birdan o‘tirishda jonlanish paydo bo‘ladi. O‘tirganlar uni ma’qullashadi. Shundan ulardan biri, jahonga mashhur Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li kabi ajoyib baxshi yashab o‘tgan bu elda xalq qo‘shiqlarini, raqslarini ijro etadigan folklor-etnografik jamoa tashkil qilinishi kerak. 234 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
Bordi-yu bu ishni amalga oshirishga kirishilsa, ular qo‘llarini jim qovushtirib turmasdan, imkoniyatlari boricha yordam berishlarini aytdilar. Bu fikrni hamma o‘tirganlar ma’qulladilar. Axir bolam, Bulung‘urliklar tomirida Fozil boboday zabardast xalq shoirining qoni jo‘shib, oqadi-ya. Shuning uchun aytilgan ansamblning tuzilmasligi uyat. Kimda-kim bunday yumushga qo‘lini cho‘zsa, xayrli ish qilgan bo‘ladi, – deb luqma tashladi boshqa birovi. Bu suhbatdan keyin oradan kunlar, haftalar, oylar o‘tdi. Bir kun... G‘ubdintog‘ etagidagi sayxonlikda, zabardast Fozil shoirning ovozi uzilib qolgan joyda qo‘shiq yangraydi. O‘rtalig‘da /maydonda/ davra, unda bir guruh yosh-u qari erkaklar goh birgalikda, goh biri qo‘yib, ikkinchisi qo‘shiqlar aytishmoqda, laparlar kuylashmoqda edi. Qarsakka qarasak ulanib ketdi. O‘rtada yuz maqom-u xirom aylab yigitlar raqsga tushmoqdalar. Xullas, hamma yoqni o‘zgacha ohanglar raqs-o‘yinlar bosib ketgan. Qo‘shiq, kuy, raqs avjiga chiqqanndan chiqaveradi. Keng maydonga ming-minglab yoshu-qari, erkak-u ayol yog‘ilib ketadi. Yaxshi so‘z, ezgu ishning qanoti bor, deyishadi. G‘ubdintog‘da bo‘lib o‘tgan bu tantana shu kundayoq qo‘shni qishloqlarga, tumanga, hatto undan uzoq-uzoqlargacha yetib boradi... Hozirda og‘izga tushgan, bir qancha festivallar, ko‘rik, konkurslar sovrindori bo‘lgan. “Chavqi” folklor-etnografik jamoasining ilk qadami ana shunday boshlangan edi. Hozirgi paytda “Chavqi” respublikamizdagi dongdor folklor-etnografik jamoalardan biridir. Hayotning shunday o‘ziga xos ajib qonuniyati bor. Har bir yangilik, har bir xayrli ishning boshlanishi mushkul bo‘lib, u qarshiliklarga uchraydi, to‘siqlarga duch keladi. Yangilikni ko‘ra olmaydigan, ko‘rsa ham o‘zini ko‘rmaslikka solib turadigan bema’ni kishilarning xatti-harakati tufayli, ba’zan madaniy-ma’naviy dunyomizda hayot taqozosi bilan, kishilar ma’naviy- estetik ishtiyoqi bilan paydo bo‘lgan yangiliklar tug‘ilgan zahoti yo‘q bo‘lgan yoki yo‘lda qolib ketgan. Bu narsa folklor-etnografik hamda oilaviy ansambllar harakatida ham ro‘y bermoqda, deya olamiz. Shu boisdan ham folklor-etnografik yoxud oilaviy ansambl tuzmoqchi bo‘lgan fidoiy kishilarning bu xayrli ishga qo‘l urishlari bir joyda rahbarlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, ma’naviy rag‘batlantirilsa, hatto Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 235
moddiy baza yaratib berilgan bo‘lsa, boshqa joyda bunday harakat qarshilikka uchraydi, yo‘liga g‘ov tashlanib, qanoti qirqiladi. Mutaxassislar orasida har qanday ansambl nomlanishidan boshlanadi, nomiga qarab ham uning yo‘nalish, repertuar xarakteri haqida fikr yuritish mumkin, degan gap yuradi. Shu naqtayi nazardan qaralganda, “Chavqi” folklor-etnografik jamoasining nomlanishi muvaffaqiyatli chiqqan bo‘lib, uning repertuari, mazmuni va ijro usuliga mos tushadi. “Chavqi”ning boshqa shu tipdagi jamoalardan yana bir farqi shundaki, u respublikamizdagi folklor-etnografik ansambllar tarkibi asosan ayollar yoki ayol-erkaklardan aralash holda tuzilgan bo‘lsa, bu ansambl faqat keksa-yu yosh erkaklardan tashkil topgan. Shu boisdan ham uning repurtuarini ko‘proq erkaklar aytadigan qo‘shiq, to‘rtliklar, laparlar, shuningdek, raqslar tashkil etgan. Ma’lumki, “Chavqi” juda qadim zamonlardan beri yashab kelayotgan o‘zbek xalq o‘yinlardan biri bo‘lib, asosan, Samarqandning Bulung‘ur, Oqdaryo, Poyariq, Jomboy hamda Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol, Zomin kabi tumanlarida yashovchi aholi o‘rtasida keng tarqalgan. Mazkur o‘yin, uning tarkibidagi elementlar haqida ko‘plab maxsus ilmiy tadqiqotlar yaratish mumkin va u kelgusida albatta amalga oshiriladi. Biz bu o‘rinda “Chavqi” nomi bilan ataluvchi ansambl xususida gapirar ekanmiz, uning ijrosi bilan bog‘liq ayrim o‘rinlarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz, xolos. Ma’lumki, “Chavqi” murakkab, ko‘p qirrali va beqiyos katta mehnat, topqirlik, ijodiy mushohada talab qiladigan xalq o‘yinidir. Unda bir paytning o‘zida sho‘x kuy, jarangdor qo‘shiq, shiddatkor ritm-harakat birlashib, ajoyib bir manzara hosil bo‘ladi. O‘yin boshlanishidan avval daraxt kundalari, g‘o‘lalar, balandroq, ko‘rinarliroq joyga qalashtirilib taxlangan va yoqilgan. Katta gulxan atrofida kishilar davra bo‘lib o‘tirib, o‘z san’atlarini namoyish qilganlar. “Chavqi” asosan katta to‘ylarda, marosimlarda, bayram sayillarda nihoyatda mas’uliyat, diqqat-e’tibor bilan ijro etilgan. Ba’zi hollarda bir qishloq yigitlari qo‘shni qishloq yigitlarini mehmonga chaqirib, zim-ziyo tunlar bag‘rini yorib, alangalanayotgan gulxanlar atrofida birlashishi uchun guruh-guruh bo‘lib davraga tushganlar. “Chavqi” avval kurash bilan boshlanib, so‘ngra laparchilar, qiziqchilar va o‘yinlarning birlashuviga aylanib ketgan. O‘yin 236 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
qarsak bilan boshqarib borilgan. O‘yinlar avjiga chiqqan paytida yakka qarsak, uch qarsak, uch qarsak esa besh qarsak va to‘qqiz qarsak o‘yinlariga ulanib ketgan. Ba’zan erkaklar ayol kiyimini kiyib ham raqsga tushganlar. Baytchilar va laparchilar bellashuvida yutib chiqish uchun, tomoshabinlar diqqatini o‘ziga jalb qilish uchun, baytning o‘ynoqi, hajviy xususiyatlarga ega bo‘lishiga e’tibor berganlar. Qishloqning yigit-u chollari gulxan atrofida uyushib bayt aytishuvlar, qarsaklar ostida o‘yinga tushishlari ajib bir bayramona holatni yuzaga keltiradi... “Chavqi”da qo‘shiq, lapar, aytishuv, hatto raqsning tabiiyligi, soddaligi, hazil-mutoyibaga moyilligi, hazil-mutoyibaning goho qo‘shiqqa aylanib, badihaviy holatlarda qalblardan qaynab-toshib chiqishi sayilning mazmuniga mazmun qo‘shadi. Bunday paytlardagi bayram holatlari, kulgu, qahqaha, hazil-mutoyiba va emotsional his- tuyg‘ular nidolaridan yer-u ko‘k titrab, tong yorishib qolgani ham sezilmay qolardi... “Chavqi” jamoasining dasturida 30 dan ortiq qo‘shiq va raqslar bor bo‘lib, ular milliy-etnografik ijodiyotga asoslangan. O‘rganilayotgan o‘yin va qo‘shiqlarni 6 guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin. Bular: 1. Lapar turkumidagi o‘yinlar. 2. Beshqarsak turkumidagi o‘yinlar 3. Qo‘shqarsak turkumidagi o‘yinlar. 4. Yakkaqarsak turkumidagi o‘yinlar. 5.Xalq qo‘shiqlari. 6. Dutor kuyiga solingan o‘yinlar. 1. Lapar turkumiga kirgan o‘yinlarda, lapar terminlarini ijro etgan kishi, o‘yinni ham o‘zi bajargan, ya’ni lapar mazmuniga xos harakatlarni laparchilarning o‘zi bajarib borgan. Naqorat va jamoa tomonidan xor bo‘lib, umumiy qarsak jo‘rligida ijro qilingan. Bu turkumdagi o‘yinlarga: “Gul shaydo”, “Chamanda gul”, “Gullola”, “Ikkala marjoning”, “Yorim uyg‘onsin”, “Chamannoriningdan” kabi laparlarni ko‘rsatish mumkin. 2. Beshqarsak turkumidagi o‘yinlarda qarsak ritmi boshqaruvchi rolga ega bo‘lib, naqorat aytilmaydi. Qarsak avji va jo‘shqin harakat, ichki tuyg‘uni ifoda etuvi ovoz bilan uyg‘unlashib boradi. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 237
Beshqarsak o‘yinlarining hammasida hazil-mutoyiba xarakteridagi baytlar aytiladi. a) qarsaklar sonining toqligi. Agar qarsak juft tugallansa, ritm oxirida yopiq holat vujudga keladi, jo‘shqinlik pasayadi. b) toq tugallangan qarsaklar sonini oshirib, murakkab ritmlar hosil qilish qulay bo‘ladi. c) qarsaklar tuzilishida pauzalar o‘rnini almashtirish yo‘li bilan ritmni o‘zlashtirish mumkin. Ta’bir joiz bo‘lsa, toq sonli, qarsakni ochiq bo‘g‘ingi, juft sonli qarsakni yopiq bo‘g‘inga o‘xshatish mumkin. Barcha mavjudodlar hayotidagi muhim o‘zgarishlar toq sonlar bilan bog‘liq ekanligini qadimgi yunonlar bilganlar. Toq sonlar biologik soatning raqamlari hisoblangan. Bunga ota- bobolarimiz ham amal qilgan. Ma’raka-movludlar, inson hayotidagi muhim kunlar, urf-odatlarni bajarish 3, 7, 9, 11 sonlari bilan belgilangan matematikaning bu o‘yini, beshqarsak turkumidagi o‘yinlarimizga asos qilib olingan. Bu turkum o‘yinlarga: “yakka qarsak”, “uch qarsak o‘yini”, “besh qarsak o‘yini”, “yetti qarsak o‘yini”, “o‘n bir qarsak o‘yini”, “o‘n uch qarsak o‘yinlari”ni kiritish mumkin. 3. Qo‘shqarsak turkumidagi o‘yinlar keng tarqalgan bo‘lib, bu o‘yinlarni asosan baytchi boshqarib boradi, jamoa qarsak jo‘rligida naqorat ijro etadi, o‘yinchi – solist qarsak va bayt mazmuniga mos harakatlar bilan o‘yinga tushadi. Qo‘shqarsak turkumidagi qarsaklar faqat ikki xil pauzali qarsaklar bilan izohlanadi. Bu turkum o‘yinlarga quyidagilar kiradi: “Hoy, bola, bola”, “Taralliho”, “Gulqaychi”, “Hay yor-yor”, “Yallama yor”, “Zebomxon”. 4. Yakkaqarsak turkumidagi o‘yinlarda qarsaklardagi oraliq pauzalar teng bo‘lib, ritmda bir xillik hosil qilinadi: “Layli badaxshon”, “Mayda, mayda”, “Olmacha”, “Yakdona”, “Ho tarali- layli”, “Kichkina bola”, “Sangina bola” kabi o‘yinlarni shu turkumga kiritish mumkin. 5. “Chavqi” ansambli ishtirokchilari tomonidan xalq termalari asosida aytiladigan: “Qadring o‘tdi”, “Boqqa borsam”, “Elga xizmat”, “Dardim yomon”, “Aylanay yorim”, “Navo derlar” kabi bir qator qo‘shiqlar ham kiradi. Bu milliy qo‘shiqlar yakkaxon ashulachilar tomonidan ijro etilgan. Likopcha yoki belbog‘ni kulcha qilib o‘rab, likopcha uriladi. 238 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
6. Chavqi davralarida keyingi paytlarda cholg‘u asboblaridan: dutor va qo‘biz ko‘p ishlatilgan. Dutorchilar xalqimizning milliy qo‘shiqlari yoki o‘yinlariga kuy bastalab jo‘r bo‘lishgan: “O‘ynasin”, “Gulyor”, “Beshqarsak”, “Yodingda tursin”, “Vah, vah, to‘ram” kabi dutor taronalari xalqimiz orasida keng tarqalgan. “Chavqi” repertuarida o‘zbek xalqining atoqli dostonchisi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lining she’rlaridan “Kunlarim” termasiga o‘xshatma, dostonlaridan parchalar, shuningdek, urushda halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlab aytiladigan she’rlar ham kiritilgan. “Chavqi” davrasida ijro etiladigan terma baytlaridan 200 dan ortig‘i xalq og‘zidan yozib olingan. Termalarni tematik jihatdan quyidagicha sharhlash mumkin: Termalarining mazmuni mahalliy xalqning ijtimoiy va tarixiy rivojlaninidagi jarayoniga bog‘langan. Har bir terma to‘g‘riligi hayotiy voqealarga nisbatan hozirjavoblik, xalqchilik, oddiy va teranlik ruhi bilan sug‘orilgan. Shuningdek, har bir terma, lapar va o‘yinga mos keladigan qarsak ritmlari yaratilgan. Bayt naqoratlarini boshqarish borasida yakka qarsakdan 38 qarsakkacha uriladi, qarsak sonlari teng naqoratlarida esa ritmni almashtirish yo‘li bilan turli ohangga solinadi. “Chavqi” jamoasi tomonidan tiklangan terma va o‘yinlarga e’tibor bilan nazar tashlasak, uning har birida ota- bobolarimizning san’atga bo‘lgan yuksak didi va e’tiqodini ko‘ramiz. “VANG‘OZI” FOLKLOR– ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI Mamlakatimizda folklor qo‘shiqlarisiz biron bir tadbir yoki bayramlarni o‘tkazilishini tasavvur qilish qiyin. Ustoz san’atkorlarning betakror ijrochilik uslubini yanada rivojlantirish, xalq og‘zaki ijodi namunalari, ijro an’analarini tiklash, ushbu merosni asrab-avaylash lozim. Bunda folklor-etnografik jamoalarining o‘ziga xos o‘rni bor. Ana shunday jamoalardan biri Buxoro viloyati, Qiziltepa tuman hokimligi Madaniyat bo‘limiga qarashli “Vang‘ozi” folklor-etnografik jamoasidir. “Vang‘ozi” folklor-etnografik jamoasi 1995-yil tumandagi madaniyat va san’at ixlosmandlari va jonkuyarlari Muzaffar Ismatov, Sharif Ahadov, Husan Saidovlar tashabbusi bilan tashkil etilgan. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 239
Jamoa ijodiy izlanishlari, xalq orasida ijro etilgan qadimiy qo‘shiqlarni izlab topib, ularni aslicha ijro etishi, shuningdek o‘z hududiga mos kiyinishi bilan ajralib turadi. Ahamiyatli tomoni shundaki, erkaklar qo‘shiqlarini ayollar ijro etmaydi. “Vang‘ozi” folklor-etnografik jamoasi doimiy ravishda milliy an’analarimiz udumlar, qadimiy xalq qo‘shiq va raqslarini targ‘ib etgan holda Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlovlarda qatnashib, faxrli o‘rinlarga sazovor bo‘lib kelmoqda. Jamoa bir necha bor Respublikada o‘tkazilgan Navro‘z umumxalq bayrami tantanalarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligi bayram tantanalarida ijod namunalari bilan ishtirok etgan. Folklor-etnografik jamoasi 2009-yil 13-aprelda O‘zbekiston xalq artisti Rahima Mazohidova xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan folklor-etnografiik jamoalarning ko‘rik-festivalida qatnashib III-darajali diplomi bilan taqdirlangan. 2013-yil 21-fevralda xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘z hududiga xos bo‘lgan milliy an’analarini, udumlarini qadimiy xalq qo‘shiqlari va raqslarini o‘rganish va uni rivojlantirishda yoshlarni milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini yanada oshirishdagi hissasi hamda Folklor-etnografik jamoalari, baxshi shoirlar va katta ashula ijrochilarining an’anaviy ko‘rik-festivali viloyat bosqichidagi faol ishtiroki uchun viloyat xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy metodik markazining 1-darajali diplomi bilan taqdirlangan. Respublika televideniyasining “Yoshlar”, “Diyor”, “Navo” kanallarida “San’at va sayohat”, “Sharq gavhari” turkum ko‘rsatuvlari orqali “Vang‘ozi” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasining konsert dasturlari namoyish etilib, ko‘rsatuvlar MTRKning Oltin fondidan joy egallagan. “Vang‘ozi” Folklor-etnografik jamoasi 2014-2016 yillarda Buxoro shahrida o‘tkazilgan XV an’anaviy “Ipak va ziravorlar” festivalida faol ishtirok etib, “Milliy urf-odat va an’analar targ‘iboti” uchun Buxoro viloyati hokimligi madaniyat va sport ishlari boshqarmasi tomonidan diplom bilan taqdirlangan. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hay’atining qaroriga binoan, “Xalq havaskorlik” san’atini rivojlantirish, milliy qadriyatlarni tiklashdagi faol xizmatlari hamda yuksak ijrochilik mahorati uchun “Vang‘ozi” folklor-etnografik jamoasiga “Xalq havaskorlik” jamoasi unvoni berildi. 240 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
“Vang‘ozi” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 2017 yil mart oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan Navro‘z umumxalq bayramida, 2018-yil 28-29-aprel kunlari Surxondaryo viloyati Boysun tumanida o‘tkazilgan “Boysun bahori” Xalqaro folklor festivalida, 2018-yil 30-31-may kunlari Nurota tumanida o‘tkazilgan “Nurli navolar” festivalida, 2019-yil 5-10-aprel kunlari Surxandaryo viloyati Termiz shahrida o‘tkazilgan “Baxshilar yurtni kuylaganda” Xalqaro baxshichilik festivalida hamda 2021-yil Respublikamizda o‘tkazilgan Navro‘z umumxalq bayrami tantanalarida o‘z dasturlari bilan ishtirok etgan. Ijodiy jamoaning xalqimiz madaniyatini keng ommaga targ‘ib etishdagi faoliyati besamar ketmadi. 2020-yil dekabr oyida “Vang‘ozi” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi badiiy rahbari Ravshan Ostonov Madaniyat Vazirligi tomonidan “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 2021-yil O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikning 30 yilligi arafasida “Vang‘ozi” Folklor-etnografikxalq havaskorlik jamoasi badiiy rahbari Ravshan Ostonov Prezidentimiz tomonidan “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Hukumatimiz xalqning milliy, madaniy qadriyatlarini yuksaltirishga oid qarorlari bugungi kunda har bir yosh avlod qalbida milliylikni uyg‘otish, hurmat e’tiborli bo‘lish, xalq amaliy san’atini shakllantirish, eng asosiysi o‘zbek atamalari, o‘lanlari, laparlarini yana qayta targ‘ib etish bo‘yicha dasturiamal bo‘lmoqda. Qiziltepaliklarning “Vang‘ozi” folklor-etnografik jamoasi ana shu maqsadda respublika va xalqaro miqyosdagi tanlovlarda qatnashib, faxrli o‘rinlarga sazovor bo‘lishga harakat qilmoqda. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 241
XORAZM VILOYATI FOLKLOR ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOALARI “AVAZXON” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI Shovot tuman madaniyat bo‘limi qoshidagi “Avazxon” folklor- etnografik xalq jamoasi 1980-yilda havaskor jamoa sifatida tashkil etilgan. Dastlab unga xalq og‘zaki ijodi, dostonlarni sevib ijro etadigan 6-7 nafar havaskor yigit-qizlar jalb qilindi. Bular Yo‘ldosh Sobir, Abdullayev Davlatyor, Ro‘zmetov Nizomiddin, Yo‘ldosheva Zulfiya, Nurmetov Ilhom va Qilicheva Zulfiya kabi yoshlar edi. Ansamblga Qalandar baxshi Normetov rahbarlik qilib keldi. Jamoa repertuaridan “Tohir va Zuhra”, “Oshiq g‘arib va Shoxsanam”, “Oshiq Maxmud”, “Sayothon va Hamro” kabi xalq dostonlari qatorida halq masharabozlik o‘yinlari, lapar, aytishuvlar ham o‘rin olgan. Jamoa 1987-yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi medali bilan taqdirlandi. 1992-yilda jamoa Turkmanitson Respublikasining Oshiq Oydin Pir qadamjosida o‘tkazilgan xalqaro baxshi-shoirlar tanlovida qatnashib g‘oliblikka erishdi. Jamoa “Tabiat-96” viloyat ko‘rik- tanlovida maxsus diplomni olishga sazovor bo‘ldi. 2001-yil “Avazxon” jamoasi Surhondaryo viloyati Termiz shahrida o‘tkazilgan baxshi-shoirlar va oqinlarning XX an’anaviy xalqaro ko‘rik-tanlovida qatnashib birinchi o‘rinni egalladi. Jamoa jamoasining xalq oldidagi ko‘p yillik xizmatlarini hisobga olib Madaniyat vazirligi hay’atining 2004-yil 14-fevraldagi qaroriga binoan “Xalq havaskorlik jamoasi” unvoni berildi. 2004-yil 15-22-may kunlari Surxondaryo viloyati Boysun tumanida o‘tkazilgan navbatdagi “Boysun bahori” ochiq xalqaro folklor festivalida qatnashib, Gran Pri sohibi bo‘ldi va tashkiliy qo‘mitaning 1-darajali diplomi bilan taqdirlandi. Jamoa tuman va viloyatda o‘tkazib kelinayotgan Navro‘z va Mustaqillik umumhalq bayramlari, “Qo‘shiq bayrami” va boshqa ommaviy tadbirlarda faol qatnashib kelmoqda. 242 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
Hozirgi kunda “Avazxon” folklor-etnografik xalq jamoasi yangi xalq laparlari, o‘yinlari, aytishuvlar, dostonlar ijrosi usida ish olib borishmoqda. “DOSTON” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI Xiva tuman markaziy madaniyat markazi “Doston” folklor- yetnografik halq ansambli. 1986-yilda Xiva tuman madaniyat ishlari bo‘limi tashabbusi bilan Ogahiy nomidagi jamoa xo‘jaligida “Doston” folklor-etnografik jamoasi tashkil etildi. Jamoa dasturiga o‘zbek xalq dostonlari va xalq og‘zaki ijodidan namunalar kiritildi. 1987-yil “Doston” jamoasi uchun nihoyatda muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. Jamoa baxshi-shoirlar viloyat ko‘rik-tanlovida g‘olib chiqib respublikada o‘tkazilgan baxshi-shoirlar ko‘rik-tanlovida faxrli birinchi o‘rin bilan taqdirlandi va Hinditsonda o‘tkazilgan O‘zbekiton Madaniyat kunlari festivaliga yo‘llanma oldi. Shu yilning o‘zida Moskvada o‘tkazilgan XX xalq ijodiyoti Butunittifoq festivalida qatnashib uning laureati bo‘lib qaytdi. 1988-yili Ukrainaning Ternopol shahrida o‘tkazilgan “Oltin kuz” bayramida qatnashib, ukrain qardoshlarimizning olqish va xurmatiga sazovor bo‘ldilar. Shu yili Ozarbayjon Respublikasining Kirovobod shahrida o‘tkazilgan O‘rta Osiyo Qozog‘itson, Dog‘iton hamda Kavkaz orti baxshi-shoirlarining ko‘rik-tanlovlarida qatnashib zafar qozondi. “Doston” folklor-etnografik jamoasi 1991-yilda Surxondaryo viloyatining Denov shahrida bo‘lib o‘tgan respublika baxshi-shoirlar ko‘rik-tanlovida qatnashib faxrli birinchi o‘rinni egallab qaytdi. Shu yili Samarqand viloyati, Oqtosh shahri, Narpay tumanida bo‘lib o‘tgan baxshi va shoir Po‘lkan tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda qatnashib oliy o‘rin sovrindori bo‘ldi. Guruhning badiiy rahbari Norbek Abdullayev Oqtosh shahri Narpay tumani faxriy fuqaroligiga qabul qilindi. “Doston” jamoasi o‘z konsert dasturlari bilan 1992-yil Toshkent shahrida o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi xodimlari qurultoyida ishtirok etdi. Jamoa a’zolari “O‘zbekfilm” ijodkorlari tomonidan suratga olingan ‘Xivacha ajrim” filmida faol ishtirok etib, o‘z san’at namunalarini kino-lentalariga ham muhrlashga muvaffaq bo‘ldilar. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 243
“Doston” folklor-etnografik jamoasi 1994-yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Chashma 94” folklor bayramida qatnashib faxrli birinchi o‘rinni egallab qaytdi. 1996-yil iyun oyida “Doston” folklore- etnografik jamoasiga “Xalq havaskorlik ansambli” unvoni berildi. 2000-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan “Doston” folklor-etnografik xalq jamoasi rahbari Qurbonnazarov Abdulla (Norbek baxshi)ga O‘zbekiston xalq baxshisi unvoni berilgan. “OLTIN QO‘LLAR” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI “Oltin qo‘llar” folklor-etnografik jamoasi 1978-yilda tashkil topgan. Jamoada 16 ta qatnashchi mavjud bo‘lib, 1979-1980 yillarda Qadam Polvonov, 1980-yildan 1982-yilgacha Xajiboy Ortiqov, 1983- 1991-yilgacha Xudargan Qurbonov, 1992-yildan 2003-yilgacha Rustam Doschanov rahbarlik qilgan. 2008 -yildan shu bugungacha jamoaga Akmalbek Qurbonov rahbarlik qilib kelmoqda. Jamoa repertuaridan Xorazm xalq kuy qo‘shiqlari o‘rin olgan. 1979-1980 yilgacha jamoa dastlab ish faoliyatini tuman bo‘ylab konsert dasturlarini namoyish qilish bilan boshlagan. Jamoa o‘z konsert dasturlarini respublikamizni barcha viloyatlarida undan tashqari Chita, Vengeriya, Moskva shaharlarida ham davom ettirib tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lgan. 1980-1982 yillarda jamoas Navoiy viloyati, Buxoro viloyati Surxondaryo viloyatinimg Sherobod tumani, Termiz shaharlarida bo‘ylab gastrol konsert dasturini uyushtirgan. 1982-yil Qashqadaryo viloyatini Qarshi shahri Kitob tumani, Jizzax viloyatini Zarbdor tumanlarida ijodiy safarlarda bo‘lib, o‘z konsert dasturlarini namoyish etishgan. 2010 yil 7-8-9 may kunlari Xiva tumanida bo‘lib o‘tgan “Asrlar sadosi” forum festivalida, tumanda, viloyatda, respublikada o‘tkazilib kelinayotgan Navro‘z, Mustaqillik bayramlarida o‘zlarining konsert dasturlari bilan qatnashdilar. 2015-yil 27-29 may kunlari Samarqand shahrida “Ashula va raqs” ansambllarining Respublika ko‘rik tanlovida. “Oltin qo‘llar” folklor-etnografik jamoasi faol ishtirok etib O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy 244 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
ishlar metodik markazi tomonidan III-darajali diplom bilan taqdirlandi. Jamoa qatnashchilaridan Jasur Qurbonov “Eng zamonaviy qo‘shiq talqini” naminatsiyasi bo‘yicha, ansambl laparchisi Roxatoy Polvonova “Qadim laparlar mohir ijrochisi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldilar va homiylar, hamkor tashkilotlarining faxriy yorliqlari va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 2015-yil 25-iyun kuni Shovot tumanidagi Komiljon Otaniyozov nomli madaniyat va istirohat bog‘ida O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan Respublika ko‘rik tanlovida “Oltin qo‘llar” folklor-etnografik jamoasi badiiy rahbari Akmal Qurbonov I-o‘rinni egalladi va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 2018-yil Xiva shahrida bo‘lib o‘tayotgan barcha bayram tadbirlarida jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 26 yilligi va Vatan ximoyachilari kuniga bag‘ishlab “Milliy armiyamiz - yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda, Xalqaro Xotin- kizlar bayrami munosabati bilan “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol” mavzusida va Navro‘z umumxalq sayliga bag‘ishlab, “Nurullaboy” madaniyat va istiroxat bog‘i xududi va Ma’mun Akademiyasi oldida o‘tkazilgan “Aziz vatandoshlar, har kuningiz Navro‘z bo‘lsin!” mavzusidagi tadbirlarda “Oltin qo‘llar” folklor halq ansambli jamoasi o‘zlarining konsert dasturlari bilan ishtirok etib xalq olqishiga sazavor bo‘ldilar. 2018-yil 5-6 iyun kunlari viloyat madaniyat boshqarmasi tamonidan tashkil qilingan “Maqom ” ko‘rik tanlovida Xiva shahar madaniyat bo‘limiga qarashli Xiva madaniyat markazi qoshidagi “Oltin qo‘llar” jamoasi ishtirok qilib faxrli II- o‘rinni egallab diplom va qimmatbho estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 245
ZARAFSHON VOHASI FOLKLOR JAMOALARINING LOKAL XUSUSIYATLARI. “ZOMIN SAYQALI” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. “Zomin sayqali” folklor-etnografik jamoasi 2001-yil iyun oyida tuman Markaziy madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan. Jamoa repertuari asosan Zomin tumaniga hos urf-odatlar, marosimlar, yerlik aholining qadimiy kuy-qo‘shiqlaridan iboratdir. Ushbu jamoaning tashkil etilishi va shakllanishida viloyat madaniyat boshqarmasi, halq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy metodik markazi, Zomin tuman hokimligining moddiy- ma’naviy, amaliy say’i harakatlari alohida tahsinga loyiq. Jamoa faoliyatini unda faol ishtirok etayotgan Shamsiddin Jiyanmurotov, Baxtiyor Hakimov, Inoyatulla Turdiyev, Dilrabo Qurbonova, Mamlakat Bo‘ronova, Nishonoy Urdusheva, Tursunqul Mavlonov, Gulnora Xo‘jamqulovalarsiz tasavvur qilish qiyin. “Zomin sayqali” folklor-etnografik jamoasining dastlabki mashg‘ulotlarini hozirgi kunda tuman Madaniyat va sport ishlari bo‘limiga rahbarlik qilayotgan Shamsiddin Jiyanmuratov olib borib, o‘z atrofiga tog‘li Zomin tumanining qadimiy kuy-qo‘shiqlarini yaxshi biladigan kishilarni, qariyalarni yig‘ishdan boshlagan edi. Hozirgacha bu boradagi izlanishlar davom etmoqda. “Zomin sayqali” folklor-etnografik jamoasining shakllanishida viloyat “Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy metodik markazi”, (avval shunday nomlangan) “Xalq ijodiyoti” bo‘limi mudiri Saidbaxrom Fayzullayevning xizmati beqiyosdir. Bu kishining bevosita ishtirokida yaratilgan va u kishining tog‘li tumanning o‘ziga hos kuy-qo‘shiqlari, o‘lanlarini yig‘ib, raqslarini sahnalashtirib hatto, ohanglariga sayqal berib yaratgan bir necha asarlari jamoa repertuarlaridan munosib o‘rin olgan. Bu asarlar sirasiga keyingi yillarda yaratilgan “Beshkarti” (Beshikkertdi), “Molguzarning 246 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
irchisi(qo‘shiqchisi)”, “O‘lanchilar” kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. “Zomin sayqali” folklor-etnografik jamoasi tuman, viloyat va respublika miqyosida o‘tkazilayotgan madaniy va ommaviy tadbirlarda, ko‘rik tanlovlar va festivallarda muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. 2003-yili viloyatda o‘tkazilgan folklor jamoalarining an’anaviy ko‘rik-tanlovida 1- o‘rinni egallagan jamoa Jizzax viloyati nomidan respublika “Navro‘z–2003” tantanalarida muvaffaqiyatli qatnashib qaytdi. O‘zbekiston televideniyesining “O‘zbekiston” kanali orqali namoyish etiladigan “Otsonasi tillodan”, “Oltin beshik”, “Assalom, O‘zbekiston”, “Munavvar tong”, “O‘lan aytgani keldik”, “Bir o‘lkaki” kabi teleko‘rsatuvlarda jamoa faoliyati keng omma hukmiga havola etildi. “Zomin sayqali” folklor-etnografik jamoasining yana bir yutug‘i o‘z ijod namunalarini YUNESKO tomonidan o‘tkaziladigan “Boysun bahori” Xalqaro ochiq folklor festivalida namoyish qilganligidir. 2003 yilning may oyida Surhondaryo viloyatining tog‘li Boysun tumanida o‘tkazilgan ushbu nufuzli halqaro anjumanda jamoa Zomin tumani udumiga xos “Beshikkertdi” deb nomlangan ajoyib dasturi bilan ishtirok etdi va festival tashkiliy qo‘mitasining esdalik sovg‘alari, diplomi bilan taqdirlandi. Shuningdek, jamoa YUNESKOning maxsus mukofotini ham qo‘lga kiritdi. YUNESKO tomonidan Zomin tumani etnografiyasi bilan yaqindan tanishish maqsadida halqaro ekspeditsiya ish boshlashi rejalashtirilmoqda. Har bir halqning tarixi o‘ziga hos madaniyati va turmush tarzi bilan ifodalanadi. Uning shakllanishida milliy an’analar muhim o‘rin tutadi. Madaniyat o‘z hayotiyligini an’analar doirasida saqlab qololmaydi. An’analar doim rivojlantirilishi, ular asrlar davomida to‘plangan tajribalar asosida yangilanib, mo‘shahkamlanib borilishi kerak. Bu borada Zomin tumani “Zomin sayqali” folklor- etnografik jamoasining izlanishlari tahsinga sazovordir. “GASHTAK” FOLKLOR- ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI Jizzax viloyati, G‘allaorol tuman markaziy Madaniyat markazi qoshida 1991-yilda “Gashtak” folklor-etnografik jamoasi tashkil etildi. Ansamblning ilk tashkilotchilari turli kasb egalaridan iborat Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 247
bo‘lib, ular tuman madaniyat ishlari bo‘limi mudiri Husan O‘talov, madaniyat uyi badiiy rahbari Saidbahrom Fayzullayev, shirkat xo‘jaligi raisi Akrom Qorayev, g‘allachilik ilmiy ishlab chiqarish insituti rahbari Toshpo‘lat O‘rinboyev, Madaniyat markazining musiqa rahbari Ismatilla G‘afforov, qishloq Madaniyat markazi rahbari Abdusamad G‘aybullayevlardan tashkil topdi. Jamoaning ijro repertuari mahalliy aholining terma qo‘shiqlaridan tashkil topgan edi. Folklor jamoasining ish faoliyatiga qiziqish shu darajada ortdiki, ijodiy guruh a’zolari tumanning chekka qishloqlarida izlanishlar olib borib, tez orada juda ko‘plab halq termalarining ijrochilari bilan uchrashib, termalarni yig‘ib jamoa repertuariga kirita boshladilar. “Gulsandiq”, “Zebomчon”, “Tushimda ko‘rdim” kabi qo‘shiqlar shu tariqa ansambl dasturidan joy oldi. 1992-yilga kelib jamoa repertuaridagi asarlar ssenariylar asosida bir tizimga to‘planib dastur ko‘rinishida tayyorlanadigan bo‘ldi. Bu yuqorida aytib o‘tilgan xalq marosim va urf-odatlarni chuqur o‘rganish borasida olib borgan ishlarning samarasi edi. “Gashtak bazmi” ssenariysi asosida tuzilgan tomosha dasturi (muallif Saidbaxrom Fayzullayev) Baxmal tumanida 1992-yil bo‘lib o‘tgan Respublika folklor jamoalari anjumanida namoyish etilib, nufuzli Hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi. 1993-yilda folklor jamoalarining viloyat ko‘rik-tanlovida ham “Gashtak” birinchi o‘rinni egalladi va Hakamlar hay’atining qaroriga asosan Qorabayir zotli toy sohibi bo‘ldi. Respublikadagi Mustaqillik va Navro‘z tantanalarida “Gashtak” ansamblining chiqishlari namunali deb baholanib kelinmoqda. Ular ijrosidagi “Gashtak” bazm qo‘shig‘i, “Tush marosimi”, “Alyor”, “Jizzaxim”, “Chovgan ko‘pkari” kabi ko‘plab qo‘shiqlar mahalliy aholining o‘ziga hos bo‘lgan shevalarida va sahna liboslarida o‘zgacha talqin etiladi. “Gashtak”ning xalq og‘zaki ijodi, urf-odatlar va marosimlarni puxta o‘rganib, ularni keng jamoatchilikka targ‘ib qilish borasidagi olib borayotgan ishlarini inobatga olinib, 1997-yilda “Xalq havaskorlik jamoasi” unvoni berilgan. 2002-yil may oyida halqaro YUNESKO tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan “Boysun bahori” ochiq festivalida “Gashtak” xalq jamoasi “Tush”, “To‘g‘iz toboq” deb nomlangan dasturi bilan 248 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
festivalning diplomi va eng katta qimmatbaho sovg‘asini qo‘lga kiritgan. Hozirgi kunda “Gashtak” folklor-etnografik xalq jamoasiga Ismatilla G‘afforov rahbarlik qilayotir. Uning atrofida iqtidorli Azamat Tugalov, Abdusamad G‘aybullayev, Ismatilla Umirov singari o‘ttizdan ortiq halq ijodiyotining fidoyilari jamlangan. “OYPARI” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI “Oypari” folklor-etnografik jamoasi 1993-yil Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida tashkil etilgan. Jamoa 2016-yilda “Xalq havaskorlik jamoasi” unvonini qo‘lga kiritgan, 2017-yil Toshkent viloyatining Abdulla Qodiriy bogʻida Navroʻz saylida, 2019-yil Surxandaryo viloyatida boʻlib oʻtgan “Xalqaro baxshichilik san’ati” festivalida, 2020-yil Respublika “Navroʻz” bayramida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. 2018-yil Navoiy viloyatida boʻlib oʻtgan “Nurli navolar” Xalqaro folklor festivalida, 2020-2021 yillarda “Bahor taronalari” Jizzax viloyat koʻrik tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi hisoblanadi. Qolaversa viloyatda oʻtkaziladigan Mustaqillik hamda Navroʻz bayram tantanalarida muntazam ishtirok etib kelmoqda. “Oypari” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi Jamoa repertuaridan “Qalliq o‘yini” xalq udumi, “Hashar”, “Navro‘z sayli” kabi marosimlar, “Sumalak”, “Kalimtoz”, “Ha dursi”, Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 249
Search
Read the Text Version
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
- 6
- 7
- 8
- 9
- 10
- 11
- 12
- 13
- 14
- 15
- 16
- 17
- 18
- 19
- 20
- 21
- 22
- 23
- 24
- 25
- 26
- 27
- 28
- 29
- 30
- 31
- 32
- 33
- 34
- 35
- 36
- 37
- 38
- 39
- 40
- 41
- 42
- 43
- 44
- 45
- 46
- 47
- 48
- 49
- 50
- 51
- 52
- 53
- 54
- 55
- 56
- 57
- 58
- 59
- 60
- 61
- 62
- 63
- 64
- 65
- 66
- 67
- 68
- 69
- 70
- 71
- 72
- 73
- 74
- 75
- 76
- 77
- 78
- 79
- 80
- 81
- 82
- 83
- 84
- 85
- 86
- 87
- 88
- 89
- 90
- 91
- 92
- 93
- 94
- 95
- 96
- 97
- 98
- 99
- 100
- 101
- 102
- 103
- 104
- 105
- 106
- 107
- 108
- 109
- 110
- 111
- 112
- 113
- 114
- 115
- 116
- 117
- 118
- 119
- 120
- 121
- 122
- 123
- 124
- 125
- 126
- 127
- 128
- 129
- 130
- 131
- 132
- 133
- 134
- 135
- 136
- 137
- 138
- 139
- 140
- 141
- 142
- 143
- 144
- 145
- 146
- 147
- 148
- 149
- 150
- 151
- 152
- 153
- 154
- 155
- 156
- 157
- 158
- 159
- 160
- 161
- 162
- 163
- 164
- 165
- 166
- 167
- 168
- 169
- 170
- 171
- 172
- 173
- 174
- 175
- 176
- 177
- 178
- 179
- 180
- 181
- 182
- 183
- 184
- 185
- 186
- 187
- 188
- 189
- 190
- 191
- 192
- 193
- 194
- 195
- 196
- 197
- 198
- 199
- 200
- 201
- 202
- 203
- 204
- 205
- 206
- 207
- 208
- 209
- 210
- 211
- 212
- 213
- 214
- 215
- 216
- 217
- 218
- 219
- 220
- 221
- 222
- 223
- 224
- 225
- 226
- 227
- 228
- 229
- 230
- 231
- 232
- 233
- 234
- 235
- 236
- 237
- 238
- 239
- 240
- 241
- 242
- 243
- 244
- 245
- 246
- 247
- 248
- 249
- 250
- 251
- 252
- 253
- 254
- 255
- 256
- 257
- 258
- 259
- 260
- 261
- 262
- 263
- 264
- 265
- 266
- 267
- 268
- 269
- 270
- 271
- 272
- 273
- 274
- 275
- 276
- 277
- 278
- 279