Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore A_Sunnatillayev_Folklor_etnografik_jamoalar_bilan_ishlash_uslubiyoti

A_Sunnatillayev_Folklor_etnografik_jamoalar_bilan_ishlash_uslubiyoti

Published by Asatilla Sunnatillayev, 2023-03-09 17:39:17

Description: A_Sunnatillayev_Folklor_etnografik_jamoalar_bilan_ishlash_uslubiyoti

Search

Read the Text Version

Bunda, O‘zbekiston Respublikasi hududida Festivalning barcha xorijiy ishtirokchilari va mehmonlari uchun ichki qatnovlar bo‘yicha avia va temir yo‘l chiptalari belgilangan tartibda sotiladi, mehmonxona haqi ham so‘mda qabul qilinadi. 6-bob. Yakuniy qoidalar. 27. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq madaniyat va ko‘rik-tanlov g‘oliblariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi, shuningdek, yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari bo‘yicha soliqqa solish obekti hisoblanmaydi. 28. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi Festivalni tashkil etish va o‘tkazish uchun ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi va to‘g‘ri to‘lanishini nazorat qiladi. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/371/1254-son) Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 noyabrdagi 946-son qaroriga 1-ILOVA Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini о‘tkazish tartibi tо‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini (keyingi о‘rinlarda Festival deb ataladi) о‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Festival quyidagilarni nazarda tutgan holda о‘tkaziladi: - sharq xalqlari folklor san’atining yetakchi janri bо‘lgan baxshichilikni keng targ‘ib qilish, folklor an’analari va qadriyatlarini saqlash, о‘rganish, targ‘ib etish, rivojlantirish va baxshichilik san’atining mohir ijrochilarini rag‘batlantirish; - baxshichilik va dostonchilik san’atining tarixi, baxshilar va dostonchilar ijodini mukammal о‘rganish, xalq og‘zaki ijodi yodgorliklarini tо‘plash, yosh avlod qalbida baxshichilik san’atiga bо‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish, yosh avlodni mardlik, halollik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ona yurtga va ajdodlar merosiga yuksak sadoqat ruhida tarbiyalash; 150 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

- baxshichilik va dostonchilik san’atini rivojlantirish, baxshi- shoir, oqin va jirovlar ijodining sharq madaniyati va san’atidagi о‘rni hamda ahamiyatini yanada oshirish, о‘zbek dostonchiligi hamda boshqa xalqlarning turdosh va nomdosh folklor janrlarini qamrab olish, ular bilan ilmiy, ijodiy muloqotlar о‘tkazish va hamkorlik qilish, madaniy-ma’naviy munosabatlarni xalqaro miqyosda kengaytirishdan iborat. 3. Festival har ikki yilda bir marta, 5 - 10 aprel kunlari Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida о‘tkaziladi. Festivalni о‘tkazishning aniq sanasi va muddati Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik kо‘rish va uni о‘tkazish bо‘yicha Tashkiliy qо‘mita (keyingi о‘rinlarda Tashkiliy qо‘mita deb ataladi) tomonidan belgilanadi. 4. Festival О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (keyingi о‘rinlarda tashkilotchi deb ataladi) tomonidan tashkil etiladi va о‘tkaziladi. 2-bob. Festivalni о‘tkazish tartibi va shartlari 5. Festival doirasida quyidagi tadbirlar о‘tkaziladi: baxshichilik va dostonchilik san’atini rivojlantirish, baxshi- shoir, oqin va jirovlar ijodining sharq madaniyati va san’atidagi о‘rni hamda ahamiyatini yanada oshirish va boshqa masalalarga oid ilmiy- amaliy konferensiya (keyingi о‘rinlarda ilmiy-amaliy konferensiya deb ataladi); xorijiy va О‘zbekiston baxshichilik san’ati ustalarining yakka konsertlari; baxshi-shoir, oqin va jirovlar hamda folklor jamoalarining Xalqaro kо‘rik-tanlovi (keyingi о‘rinlarda kо‘rik-tanlov deb ataladi); sayillar, mamlakatimizning dunyoga mashhur shaxslari hayoti va ijodiy faoliyati haqida zamonaviy usulda sahnalashtirilgan dastur namoyishlari; baxshichilik san’ati tarixiga oid kо‘rgazma, о‘zbek, fors, arab, ingliz va rus tillarida nashr etilgan ilmiy-tadqiqot asarlari hamda ilmiy-ma’rifiy adabiyotlar namoyishi. Festival kо‘rik-tanlovning g‘oliblari va sovrindorlari ishtirokida “Surxondaryo san’at saroyi” davlat muassasasida tantanali taqdirlash marosimi va gala-konsert bilan yakunlanadi. 6. Festivalga Tashkiliy qо‘mita tomonidan tasdiqlangan hay’at a’zolari va ishtirokchi sifatida har bir mamlakatdan 8 nafargacha Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 151

kishidan iborat ijodiy delegatsiya (4 nafargacha ansambl tarkibi va 4 nafargacha ijodiy guruh a’zolari) taklif etiladi va ularning yashash, ovqatlanish, О‘zbekistonga kelib-ketish (uchinchi davlat orqali uchishlari ham), ichki transport va yо‘l xarajatlari tashkilotchi tomonidan qoplanadi. chiqish uchun fonogrammalardan Ko‘rik-tanlovda foydalanishga ruxsat etilmaydi, lekin tarkibi 5 nafar musiqachidan ko‘p bo‘lmagan 1 ta cholg‘u ansambli (jonli) jo‘r bo‘lishi mumkin. Festivalda о‘z hisobidan ishtirok etish istagini bildirgan (ijodiy delegatsiyaning 8 nafargacha a’zolaridan tashqari) baxshichilik san’ati ijodkorlari, xorijiy davlatlardan taniqli folklorshunos olimlar, baxshi- shoir, oqin va jirovlar, ijodiy jamoalar, mutaxassislar va faxriy mehmonlar tashkilotchining taklifi asosida qatnashishi mumkin. 7. Kо‘rik-tanlovda ishtirok etuvchilarga qо‘yiladigan talablar: konsertlarda chiqish tajribasiga ega bо‘lishi; о‘z davlatida yoki boshqa davlatlardagi tanlov va festivallarda qatnashgan bо‘lishi; tegishli madaniyat va san’at sohasidagi yuqori tashkilotlar yoki Festival direksiyalarining tavsiyanomasiga ega bо‘lishi. 8. Kо‘rik-tanlovda ishtirok etishni istagan san’atkorlar va jamoalar kо‘rik-tanlov о‘tkaziladigan yilning 1 fevraliga qadar tashkilotchiga quyidagilarni taqdim etishlari lozim: ishtirok etish uchun ma’lumotnoma (rezyume); 2 ta MR-3 yoki SD audio hamda 1 ta DVD diskda 30 daqiqalik taqdimot ijod namunasidan qо‘shiqlar; qо‘shiq matni va asar notalari; 6 x 9 sm. о‘lchamdagi 3 dona rangli fotosurat. Taqdim etiladigan barcha hujjatlar о‘zbek, ingliz va rus tillarida tayyorlanishi zarur. 9. Festival doirasida о‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etuvchilar quyidagilarni taqdim etishlari lozim: ishtirokchi ma’ruzasining 4-5 betdan iborat tо‘la matni va 300 sо‘zdan kam bо‘lmagan tezislari; ishtirok etish uchun ma’lumotnoma (rezyume); ma’ruza taqdimoti (prezentatsiya); ma’ruzaning о‘zbek, ingliz va rus tillariga tarjima qilingan matni; 152 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

6 x 9 sm. о‘lchamdagi 3 dona rangli fotosurat. Konferensiyada ishtirok etishni istagan olim va mutaxassislar tomonidan ushbu hujjatlar Festival о‘tkaziladigan yilning 1 fevraliga qadar tashkilotchiga taqdim etilishi zarur. 10. Kо‘rik-tanlov va ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etuvchilarning rо‘yxati Tashkiliy qо‘mita tomonidan aniqlanib, Festival о‘tkaziladigan yilning 1 mart kuniga qadar ishtirokchilarga ma’lum qilinadi. 11. О‘zbek, ingliz va rus tillari festivalning ishchi tillari etib belgilanadi. 12. Festivalni tashkil etish va о‘tkazish bilan bog‘liq sarf- xarajatlar tashkilotchi tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida teng ulushlarda: О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari; Surxondaryo viloyati mahalliy byudjeti mablag‘lari; homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. 13. Festivalning ishtirokchilari va xorijiy mehmonlari, shuningdek, xalqaro hay’at a’zolari Tashkiliy qо‘mita tomonidan Festival о‘tkaziladigan davr va hududda yotoqxona, ovqatlanish va belgilangan marshrut bо‘yicha transport bilan ta’minlanadilar. 14. Festival xorijiy mehmonlarining О‘zbekiston hududida alohida mehmonxona va transport xarajatlari ularni taklif etgan mezbon tashkilot va muassasalar yoki mehmonlarning о‘zlari tomonidan qoplanadi. Bunda О‘zbekiston Respublikasi hududida Festivalning barcha xorijiy ishtirokchilari va mehmonlari uchun ichki qatnovlar bо‘yicha avia va temir yо‘l chiptalari belgilangan tartibda sotiladi, mehmonxona haqi ham sо‘mda qabul qilinadi. 3-bob. Festival ishtirokchilarini baholash shartlari va Xalqaro hay’at faoliyatini tashkil etish 15. Kо‘rik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini baholash uchun Tashkiliy qо‘mita tomonidan yetti kishidan iborat xalqaro hay’at tuziladi. Xalqaro hay’at tarkibiga yuqori malakali mutaxassislar, taniqli san’at va madaniyat arboblari, olimlar, tadqiqotchilar, amaliyotchilar, Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 153

shuningdek, ishtirokchi davlatlardan tegishli sohalar namoyandalari taklif etiladi. Xalqaro hay’at a’zolari Xalqaro hay’at raisini saylaydi. Xalqaro Hay’at raisiga - 2000 AQSH dollari, hay’at a’zolariga - 1000 AQSH dollari miqdorida gonorar puli tо‘lanadi. 16. Baholash jarayonida dostonchilik san’ati namunalarining asl milliy xususiyatlari, badiiy va estetik purma’noligi, ijrochilarning ijro mahorati, kiyinish va sahna madaniyati, ijro etiladigan kuy, nag‘ma va termalarning badiiy qiymati va о‘ziga xosligining aks etishi, xalq ijrochiligi usullarini egallaganlik darajasi, ijro uslublari va yо‘llarining mutanosibligi, bezakning badiiy saviyasi (kiyimlar, rekvizit) va uning milliy an’analarga mosligi, an’anaviy musiqa asboblaridan foydalanish asosiy mezon hisoblanadi. 17. Xalqaro hay’at tomonidan kо‘rik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlari ikkita yо‘nalish bо‘yicha baholanadi: Doston ijrochiligi yо‘nalishi; Cholg‘u ijrochiligi yо‘nalishi. 4-bob. Mukofotlash tartibi 18. Kо‘rik-tanlov g‘oliblari Tashkiliy qо‘mita tomonidan diplom, statuetka va quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: “Gran-pri” - 7 000 AQSH dollari; I - о‘rin (har bir yо‘nalish bо‘yicha) 2 x 5 000 - 10 000 AQSH dollari; II - о‘rin (har bir yо‘nalish bо‘yicha ) 2 x 3 500 - 7 000 AQSH dollari; III - о‘rin (har bir yо‘nalish bо‘yicha) 2 x 2 500 - 5 000 AQSH dollari; Xalqaro hay’at qaroriga muvofiq loyiq nomzod topilmaganda «Gran-pri» berilmaydi. Xalqaro hay’at qaroriga muvofiq faqatgina «Gran-pri» mukofoti bо‘linmaydi. I, II va III - о‘rinlarning pul mukofotlari bо‘linishi mumkin. Kо‘rik-tanlovda qatnashgan va sovrindor bо‘lmagan ishtirokchiga “Xalqaro baxshichilik san’ati festivali” Diplomanti diplomi beriladi. 154 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

Kо‘rik-tanlov sovrindorlari “Xalqaro baxshichilik san’ati festivali”ning tantanali yopilish marosimi konsert dasturida qatnashishi shart. Kо‘rik-tanlovda sovrindor (laureat) bо‘lgan ishtirokchilar keyingi yillarda о‘tkaziladigan ushbu kо‘rik-tanlovda boshqa ishtirok etolmaydi, faxriy mehmon sifatida festivalga taklif etilishi mumkin. Kо‘rik-tanlovda qatnashib, о‘rin egallamagan ishtirokchi kо‘rik- tanlovda qayta qatnashish huquqiga ega. 19. Tashkilotchi, ijodiy uyushmalar, jamg‘armalar va boshqa tashkilotlarning mustaqil ravishda hay’at a’zolari va muxlislar e’tirofiga sazovor bо‘lgan ishtirokchilar “Eng yosh baxshichilik san’ati ishtirokchisi”, “Muxlislar e’tirofiga sazovor bо‘lgan eng yaxshi ishtirokchi”, “Eng yaxshi cholg‘u ijrochisi” kabi nominatsiyalar va boshqa nominatsiyalar bо‘yicha maxsus diplom va 500 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. Festivalning har bir qatnashchisiga “Xalqaro baxshichilik san’ati festivali”ning faol ishtirokchisi sertifikati beriladi. 5-bob. Tashkilotchi huquqlari 20. Tashkilotchi quyidagi huquqlarga ega: Festival qatnashchilarining ijrolarini efirga uzatish hamda boshqa tashkilotlarga translyatsiya qilishi uchun ruxsatnoma berish; Festivalni о‘tkazish va uning yakuni davomida tayyorlangan barcha turdagi audio, video, bosma va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatish; Festivalda ishtirok etishni istagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Tashkiliy qо‘mitaga yuboriladigan materiallardan reklama maqsadida foydalanish; Festivalga jahondagi yetakchi soha mutaxassislari va san’at namoyondalarini jalb etish. 6-bob. Yakunlovchi qoidalar 21. Festivalning har bir qatnashchisi о‘z tibbiy sug‘urtasiga ega bо‘lishi shart. 22. О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi Festivalni tashkil etish va о‘tkazish uchun ajratilgan byudjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishini va tо‘g‘ri tо‘lanishini nazorat qiladi. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 155

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Folklor-etnografik jamoalarining an’anaviy festival va ko‘rik tanlovlari haqida ma’lumot bering? 2. Folklor jamoalari ko‘rik-tanlovlarining o‘tkazish muddatlari haqida gapirib bering? 3. Ko‘rik-tanlov va festivallarning nizomlari tarkibi nimalardan iborat? 4. Folklor musiqa festivallari nizomlarini amaliy tahlil qilib bering? 156 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

MAVZU. FOLKLOR KIYIMLARI VA BEZAKLARINI JAMOA DASTURIGA TADBIQ ETISHNING NAZARIY-TARIXIY ASOSLARI. REJA: 1. Folklor-etnografik jamoalarida bezak san’atining o‘rni. 2. Kashtachilik san’ati. 3. Zardo‘zlik san’ati. 4. Do‘ppi kashtachiligi. Tayanch so‘z va iboralar: Bezak san’ati, kashtachilik san’ati, zardo‘zlik san’ati, do‘ppi kashtachiligi. ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan taraqqiyot sari sobit qadam qo‘yib rivojlanayotgan yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessansga asos solinib, “Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy- madaniy rivojlanishning xalq uchun xizmat qiladigan samarali tamoyil asosida mardona borayotganligini bugingi kunda barcha olimlarimiz va jahon hamjamiyati ham e’tirof etayotganligi quvonarlidir. Bugungi kunda barcha sohalar kabi madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga, nomoddiy madaniy merosimizni asrab avaylashga katta e’tibor qaratilib, oxrigi besh yilda aynan shu soha uchun ham bir qator qonun hujjatlari yaratildi. Bu esa soha mutaxasislarini yanada talabchanlik va shijoat bilan ishlashga undadi. Yo‘qolib va unitilib borilayotgan qadryatlarimiz qatori o‘zbek milliy liboslari ham o‘z qadrini topib milliy zamonaviy ko‘rinishda yangicha tus olib xalq e’tiborini tortib bormoqda. Milliy gazlamalarimiz bo‘lgan atlas, adras, shoyi matolarga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotganligi kishida faxr tuyg‘usini oshiradi. Folklor jamoalarida bezak san’atining o‘rni beqiyosdir. Uning zamirida mahalliy halqning urf-odat, marosim, bayram diniy va dunyoviy qarashlari bilan bog‘liq tasavvurlar, ramziy ohanglar yetakchi mavzu sifatida talqin etiladi. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 157

Bezak san’ati milliy-badiiy madaniyat tarixining ajralmas qismi bo‘lib, xalqning turmush tarzi bilan bog‘liq marosimlarni o‘rganishda o‘ziga hos an’anaviy shaklda namoyon bo‘ldi. O‘zbek halqining tarkibiga kiruvchi turli etnik guruhlardagi bezak san’atini folklor jamoalari ijrochiligiga uyg‘unlashtirsak, milliy qadriyatlarimizning benazir ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi. Masalan, qo‘ng‘irotlar, kenagaslar, manhitlar, qatag‘onlar, xitoylar, naymanlar, chig‘atoylar, xo‘jalar, turklar, kaltatoylar, musabozorilar, barloslar, karliklar, mo‘g‘ullar, juzlar, lahaylar, uzlar, minjirlar, yobular, tog‘chilar, mang‘itlar, saroylar, qirg‘lar juzlar, sayitlar va boshqa o‘zbeklarning 92 urug‘ining ko‘rinishlari kiyim va bezaklari bilan birini ikkinchisidan farqlash turgan. Har bir viloyat haqida so‘z yuritilganda o‘sha hududga hos kiyim va an’anaviy bezak san’ati to‘g‘risida bahs yuritilishi tabiiy. Folklor-etnografik jamoalarida sahnani bezash uchun turfa hil urf- odatlarini aks ettirish uchun amaliy bezak san’atlaridan biri bo‘lgan kashtachilik san’atining o‘rni ham beqiyosdir. O‘zbek milliy kashtachiligi amaliy san’atning eng qadimiy turlaridan bo‘lib, u halqning turmushini go‘zal qilish itsagi natijasida yuzaga kelgan. Kashtachilik san’ati nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuhrat qozongan. O‘zbek milliy o‘shalari qo‘llari bilan tikilgan kirpech, so‘zana, zardevor, gulko‘rpa, choyshab kabilar Germaniya, Belgiya, AQSH, Hindiston, Afg‘oniston kabi xorijiy mamlakatlarda va, shuningdek, mamlakatimizning Farg‘ona vodiysida, faqat xonadonlarda emas, balki muzeylarda doimiy ekspozitsiyaga aylanib qolgan. Hozirgacha buyumlar o‘ziga xos go‘zallik nafis bezaklarning rang-barangligi bilan kishilarni hayratga solib kelmoqda. Badiiy kashtachilik uzoq, tarixga ega, buni arxeologik topilmalar va yozma manbalar isbotlab bermoqda. O‘zbek kashtachiligi iqlim, tabiiy sharoit, muhit bilan bog‘liq holda barcha kasb-hunarlari bilan birgalikda rivoj topgan. Kashtachilik san’atining eng qadimiysi saqlanmagan. XXI-XX asrlarga mansub miniatyuralar orqali kashtachilikning juda qadimdan rivojlanganligini ko‘rish mumkin. Ispan elchisi Rui Gonzales de Klaviho Amir Temur saroyida o‘zbek milliy kashta bezaklarini ko‘rganini yozib qoldirgan. 1467-yili Kamoliddin Behzod “Zafarnoma”ga ishlagan “Temur taxtda” miniatyurasida chodirga ishlangan kashtani ham aks ettirgan. XIX asrning ikkinchi yarmida kashta tikish mashinasining ixtiro etilishi 158 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

kashtachilik korhonalarining vujudga kelishiga asos soldi. Mashinada kashtalarning ko‘p ishlab chiqarilishi ularning badiiyligiga putur yetkazdi. Qo‘l kashtalari unutila boshlandi. Lekin ayrim xillarigina saqlanib qoldi. O‘zbek kashtachiligi qo‘shni halqlar kashtachiligi ta’sirida boyidi va rivojlandi. O‘zbek kashtalariga nazar solsak unda hind, xitoy, rus, afg‘on, qozoq, qirg‘iz va tojik kashtachiliklarining usul va uslublarini uchratamiz. XX asr boshlarida kashtachilikda qardosh halqlar madaniyatining ta’siri kuchli bo‘ldi. Bu san’atda har bir millatning o‘ziga hos eng ko‘p qo‘llaydigan naqshlari uchraydi. Chunonchi, o‘zbek kashtalarida o‘simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko‘p bo‘lsa, rus kashtachiligida geometrik o‘simliksimon shakllar, gullar, qush va mevalar ko‘p tasvirlanadi. qozoq va qirg‘iz kashtachiligida esa ko‘proq hayvonlar, shox va tuyohlarni eslatuvchi elementlar namoyon etilgan. Qadimiy an’analarga ko‘ra, o‘zbek qizlari – bo‘lajak kelinchaklar seplari – har xil kashtachilik buyumlarini o‘zlari tayyorlashlari lozim edi. Kashtalar qanchalik nozik, chiroyli bo‘lsa, qayiq shunchalik yuqori baholanar edi. Qizlar 7-9 yoshidan boshlab kashta tikishga o‘rgatiladi. Ular uch, to‘rt yildan keyin mo‘shaqil kashta tika boshlaydilar. Yetishib chiqqan kashtachilar o‘zlarining san’ati va tabiatiga ko‘ra go‘zallik haqidagi orzularni ifodalashga harakat qilganlar. Kashtachilikning maxsus turlaridan biri – applikatsiyadir. Markaziy Osiyoda kashtachilik juda keng tarqalgan bo‘lib, oilada har bir ayol kashta tikishni bilishi kerak bo‘lgan. Shuning uchun har bir oila o‘zi uchun kirpech, so‘zana, dorpech, oynaxalta, choyxalta va boshqalarni o‘zi tayyorlagan. Bezak buyumlarining turi juda ko‘p, masalan, so‘zana, kirpech, choyshab, oynaxalta, choy xalta, zardevor, palak gul ko‘rpa, dorpech, bug‘joma, parda, belbog‘, takyapush (yostiq usiga yopiladigan), do‘ppi, ko‘ylak datsro‘mol, hamyon, joynamoz, sumka, nimcha, maxsikavush, xaltacha va boshqalar badiiy did bilan bezatilgan. O‘tmishda bu kashtalar oq va malla matolarga tikilgan. Keyinchalik satin, shoyi baxmalga tikiladigan bo‘ldi. Kashtachilikda ishlatiladigan bezak buyum turlari bilan tanishib chiqamiz. Do‘ppi - O‘zbekistonda keng tarqalgan yengil bosh kiyim. Do‘ppi kiyish dastlab Eronda va turkiy halqlar o‘rtasida, Rossiyada Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 159

XX asrda rasm bo‘lgan. Asrlar davomida do‘ppining turli xillari vujudga kelgan. Baxmalga, satinga, sidirg‘a shoyiga ip, ipak va zar bilan do‘ppi gullari tikilgan. O‘zbekistonda – Toshkent, Chus, Buhoro, Samarqand, Boysun, Shahrisabz do‘ppilari mashhur bo‘lib, ular o‘ziga hosdir. Jumhuriyatimizning barcha tumanlarida do‘ppi tikiladi. Iroqi, qizil gul, Piltado‘zi, Zardo‘ppi, To‘ldirma deb nomlanadigan milliy do‘ppilar bor. har bir do‘ppi yaratilish uslubiga ega bo‘lib, ular bir-biridan farq qiladi. O‘zbekistonda ommaviy bosh kiyimi asosan uch xil shaklga ega bo‘ladi. “Quroq”, “araqchin”, “Chusdo‘ppi”. Kuloq - konussimon bosh kiyim. U asosan darveshlar qalpog‘i. Uning matohi toq uchburchak parchalaridan bichilib yonlamasiga tikiladi. Kuloq (erkaklar bosh kiyimi) hozir juda kam uchraydi. Arag‘chin – sharsimon do‘ppi, uni asosan keksalar kiyadi. Toshkentda sharsimon do‘ppilar kanda xayol, bosma, chakmatur, iroqi chok usullarida tikiladi. Chusdo‘ppi – keng tarqalgan yassi yuzali do‘ppi. Ko‘pincha chusdo‘ppi deb yuritiladi. Joynamoz – yerga solib usida namoz o‘qiydigan to‘shama. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar ishlatishadi. U ibodat vaqtida kishini bu dunyodan ajratuvchi omil deb tasavvur qilinadi. Joynamoz har xil matodan tayyorlanib, uning uch tomoni mehrob shaklida tikilgan bo‘ladi. Undan Masjid, Madrasa va uylarda foydalaniladi. U turli o‘lchamda bo‘ladi. Ibodatni kanda qilmaslik uchun boshqa narsalardan foydalanish mumkin. Masalan, chopon, qiyiqcha, sholcha kabilardan, chunki ular diniy nuqtai nazardan pok hisoblanadi. Joynamoz kashtachilikda juda chiroyli qilib bezatilgan bo‘ladi. Zardevor – uy jihozi, u sidirg‘a shoyi baxmal, satinga kashta tikib bezatilgan badiiy buyum. Zardevor o‘zbek hamda tojiklarda yangi tushgan kelinnig uyiga, shiftiga yoki devoriga ilib qo‘yiladi. U zar ip yoki ip gajimli bo‘lib, eni 40-70 sm, uzunligi mo‘ljallangan uyning devoriga moslab tikiladi. Palak – devorlarga ilinadigan eng yirik, eng qimmat bezak buyumlaridan biri. Palakda osmon va to‘lin oy aks ettiriladi. Uni qadimda oq yoki malla bo‘zga kashta tikib tayyorlangan. U so‘zanadan gullarining yirikligi, zaminiga ham kashta qoplanishi bilan farq qiladi. Palakning o‘rtasida yirik oy tasviri qizil qirmizi, pushti ipak bilan kashtalanadi va atrofiga juda chiroyli qilib o‘simliksimon naqshlar tikiladi. Naqshlar ichida ko‘pincha bodom, qalampir 160 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

elementlari qo‘llaniladi. Palakda qirqtacha oy ham tasvirlash mumkin, shuning uchun oyini soniga qarab olti oyli palak o‘n ikki oyli palak hattoki katta uylar uchun qirq oyli palak, tikilgani ma’lum. Oylar turli ranglar bilan bir necha xil tasvirlangan. Mashhur kashtado‘zlar ba’zida oyni ajoyib naqshlar bilan bezab, o‘z mahoratlarini namoyon etganlar. Agar oyning ichini bezashda tasviri sidirg‘a rangdan foydalangan bo‘lsa, uni oypalak, agar naqshli bo‘lsa, gulpalak va hokazo nomlar bilan yuritiladi. Keyingi vaqtlarda palakni qo‘l mehnati ko‘p bo‘lgani uchun so‘zana deyila boshlandi. Hozir palakni ho‘lda tikishga katta ahamiyat berilmoqda. Kirpech - kirpo‘sh, tokchaga taxlab qo‘yilgan kiyim-kechak usidan yoki devorni vertikal bo‘sh joylariga ilib, uyni bezatib turishi uchun ishlatiladigan badiiy buyum. Kirpech kashtalari qo‘lda yoki mashinada tikiladi. Har bir qiz turmushga chiqishidan oldin o‘zi uchun so‘zana tayyorlagan. Kirpech qo‘lda ilma kashta bilan bezatiladi. U kiyim-kechakni changdan saqlaydi va uyni bezab turadi. Odatda, palakka o‘xshatib tikilgani kirpechpalak deb yuritiladi. Bu turi ham keng ishlatiladi. So‘zana – forscha so‘zani deb ham yuritiladi, igna bilan tikib tayyorlangan badiiy buyum bo‘lib, honani bezatish uchun devorga ilib qo‘yiladi. U satin, baxmal, shoyi va boshqa matolarga kashta tikib tayyorlanadi. U o‘ziga hos badiiy ko‘rinishga ega. Matoning rangidan o‘shalarimiz kashta zamini sifatida foydalanganlar. Shuning uchun palakdan farq qiladi. So‘zana har bir honadonda bo‘lgan, chunki bir qiz turmushga chiqishidan oldin o‘zi uchun so‘zana tayyorlanadi. So‘zana kelinlarning sepi hisoblangan. Kambag‘al oilada so‘zanani malla, oq bo‘zdan, badavlatroqlari esa shoyi, baxmaldan tikishgan. So‘zana uchun kompozitsion joylashgan o‘simliksimon naqshlardan foydalaniladi. So‘zana o‘rtasida ko‘pincha doirasimon gul tikilib atrofi guldor islomiy naqshlar bilan bezatiladi. So‘zana tikish juda qadimdan rivojlangan bo‘lib, XIX asrgacha bo‘lgan so‘zanalar saqlanmagan. Faqat XIX asrga oid Samarqand, Buhoro, Nurota, Farg‘ona va boshqa joylardagi so‘zana turlaridan namunalar bor. San’atning bu turi ayniqsa O‘zbekiston va Tojikitson hududida qadimdan keng tarqalgan. Keyingi paytlarda 40 yillardan boshlab so‘zana mashinada ham tikib kelinmoqda. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 161

Choyshab – forscha-tojikcha ruyjo – tun chodiri degan ma’noni bildiradi. Choyshab asosan taxmonga tutish, yotganda yopinish uchun, to‘shak usidan to‘shaladi. To‘shak usidan yoziladigan choyshab kam kashtali oq surp, taxmonga tutiladigan satin, shoyi, baxmal va boshqalardan tikiladi. Hozirgi vaqtda choyshabdan so‘zana kabi badiiy buyum sifatida ham foydalanib kelinmoqda. Kashta – turli rangdagi ipak mulina, zar ip bilan igna, ilmoqli bigizda har xil matoga mashinada gul tikishdir. Kashta har xil kiyimlarga po‘zqop buyumlariga tikiladi. Kashtachilikda mato, kigiz, charm, karton, zig‘ir, jun, ipak sun’iy iplar, zar iplar, mayin sim, hom charmdan tayyorlangan tasmalar, munchoq, marjon, metall bo‘lakcha, qimmatbaho tabiiy va sun’iy toshlar, shishadan tayyorlangan munchoqlar va boshqa materiallar ishlatiladi. Kashtachilikda o‘ziga hos ish qurollari mavjud bo‘lib, ular o‘ziga hos operatsiyani bajaradi. Kashtachilikda ignalar, ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar, to‘g‘nog‘ich, angishvona, qaychi hamda chambaraklar ishlatiladi. Chamak choki - kashta tikish choklaridan biri bo‘lib, chapdan o‘ngga ikki parallel chiziq bo‘ylab tikiladi va ip o‘tkazilgan igna o‘ngdan sanchiladi. So‘ng yuqoriga chapga tomon qiya qilib chiqariladi va patski chiziqqa parallel ravishda tufi qadaladi, hamda patsi ham qiya qilib chiqariladi. Chamak choki ko‘pincha naqshlarni ramkaga olishda yoki do‘ppiga badiiy bezak berishda ishlatiladi. qaychini kichik, o‘tkir uchlisi ishlatiladi. Chamak choki rus kashtado‘zlari orasida «kozlik» deyiladi. Baxya choki – kashta chetlarini mo‘shahkamlashga xizmat qilib, matoga xuddi ko‘klagandek lekin bir tekis chok hamda masofa hisobga olinib tikiladi. Shundan so‘ng mato o‘girilib, yana tikib chiqiladi, natijada tekis ip chiziq hosil qilinadi. Bu chok juda qadimdan qo‘lda, keyinchalik mashinada tikiladigan bo‘lgan. U ikki qator bo‘ladi, ya’ni qatorlar o‘zaro tutashib chiqishi ham mumkin. Ko‘ppa choki - turli yo‘nalishda, ya’ni chapdan o‘ngga, o‘ngdan chapga, yuqoridan pastga, patsdan yuqoriga sidirg‘a tikib hosil qilinadi. Yonma-yon tikiladigan choklar bir tekis yoki gul shakliga qarab kichikdan kattalashib, kattadan kichiklashib boradi. Bu chok duruya (ikki tomonlama), sanama, piltado‘zi nomlari bilan yuritiladi. Do‘ppido‘zlikda va kashtalarda juda keng foydalanadi. Chindi xayol – duruya choka, matoga igna qadalib bir meyorda tikib chiqiladi, teskari o‘girib yana tikib chiqiladi. Shu tariqa matoning 162 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

oldi va orqa tomonida bir xilda gul hosil qilinadi. Bu chok bilan ikki tomoni ham ko‘zga tashlanadigan buyumlar, ya’ni sochiq, ro‘mol va boshqalarni bezashda ishlatiladi. Yo‘rma choki – yo‘rmaki, ilmoqli bichik yoki igna bilan matoning o‘ng tomonida halqalar zanjiri hosil qilib tikilib, bigizga o‘tkazilgan ipak matoning sirtida chap qo‘l bilan ushlab turiladi. Sanchilib chiqqan igna bilan esa halqa hosil qilinadi. Yo‘rma choklari bilan yirik kashtalarning hoshiyalari, gul va barglari asosiy shoxga ulaydigan band va boshqalar qadimdan shunday usul tikilgan. Yo‘rma chokdan Samarqand, Buhoro, Qashqadaryo kashtado‘zlari ko‘p foydalanadilar. Yevropada kashtado‘zlik uyg‘onish davrida yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Davrning buyuk rassomlari kashtado‘zlar uchun andozalar tayyorlab beradilar. Bu kashtaning badiiyligini oshiradi. Kashta tikuvchi hunarmand – kashtado‘z yoki kashtachi deb ataladi. Kashtado‘zlik ayollar hunari bo‘lib, kashta mashinasini yaratilishi munosabati bilan mashinada erkaklar ham kashta tikadigan bo‘ldilar. Mashinada yo‘rma chok bilan kashta tikiladi. Lekin mashinada gullarning mayda detallarini aks ettira olmaydi, mashina kashtasining sifati ham qo‘lda tikilgan kashtadan ancha pats. Shunga qaramay, mashina bilan tikish oson va ish tez bajarilishi tufayli keyingi paytlarda mashina kashtasi kashtado‘zlikda katta o‘rin egalladi, bu – yo‘rma chokning asosiy chok bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Yo‘rma choki - yo‘rmaki, ilmoqli bichik yoki igna bilan matoning o‘ng tomonida halqalar zanjiri hosil qilib tikilib, bigizga o‘tkazilgan ipak matoning sirtida chap qo‘l bilan ushlab turiladi. Sanchilib chiqqan igna bilan esa halqa hosil hilinadi. Yo‘rma choklari bilan yirik kashtalarning hoshiyalari, gul va barglarni asosiy shoxga ulaydigan band va boshqalar qadimdan shunday usulda tikilgan. Yo‘rma chokdan Samarqand, Buhoro, Qashqadaryo kashtado‘zlari ko‘p foydalanadilar. Yevropada kashtado‘zlik uyg‘onish davrida yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Davrning buyuk rassomlari kashtado‘zlar uchun andozalar tayyorlab berganlar. Bu kashtalarning badiiyligini oshirdi. Chambarak – asosan yog‘ochdan yasaladi, u doira, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘ladi. Kichik kashtalarga doira chambarak ishlatiladi, chunki u qulaydir. Hamma kashtalarga ham chambarak ishlatilavermaydi. Ip va igna kashta tikiladigan matolar qalinligiga mos qilib tanlanadi. Kashtachilikda yog‘och datsali ikki Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 163

xil, ya’ni ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar ishlatiladi. Ayrim materiallarga masalan, charm va kartonga qiynalmasdan tikish uchun ilmoqsiz bigizlar ishlatiladi. Naqshlar uchun o‘tkir uchli 10-12 sm uzunlikdagi qaychilar ishlatiladi. Tikish qulay bo‘lishi uchun qatim 50-60 smdan uzun bo‘lmasligi lozim, kashta chambarakda tikilsa angishvona qo‘llanilmaydi. Naqsh nusxasi har xil materiallarga har-xil yo‘llar bilan tushiriladi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Folklor-etnografik jamoalarida bezak san’atining o‘rni qanchalik ahamiyatga ega. 2. Kashtachilik san’ati haqida ma’lumot bering? 3. Zardo‘zlik san’ati haqida gapiib bering? 4. Do‘ppi kashtachiligi va turlari haqida nimalar bilasiz ? 5. Sahna asarlarini yaratishda xalq amaliy san’atidan foydalanishning amaliy ahamiyati nimalarda ko‘rinadi? Mavzu yuzasidan qo‘shimcha adabiyotlar: 1. S.N.Yo‘ldosheva. Folklor-etnografik jamoalar uslubiyoti. O‘quv qo‘llanma. T.: “Navro‘z” nashriyoti, - 2014. 162-b. 2. S.Yo‘ldosheva., S.Davlatova., G.Sattorova. Folklor kiyimlari va bezaklari. Toshkent-2006. 3. S.Qurbonov. Folklor musiqa o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. Termiz -2019. 233-b. Internet saytlari: 1. www.folklore.uz 2.www.ziyonet.uz 3.www.edu.uz 164 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

III. BOB AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN TARQATMA MATERIALLAR Respublika bo‘yicha “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Bolalar namunali jamoasi” unvoniga ega folklor-etnografik jamoalar haqida MA’LUMOT T/r Jamoaning Tashkil Unvo Qatnash Shtat Rahbari Manzili nomi topgan n chilar birligi soni yili olgan yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi (46 ta unvonga ega badiiy jamoalar) Folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoalari “Bes perde” Ayzada Chimboy folklor- 1985 1993 15 Qudaybe tumani 1. etnografik 3 rgenova Madaniyat xalq markazi ansambli Minayim Nukus tumani “Oq mang‘it Aytimbet Madaniyat Tongi” 1993 2008 12 3 ova markazi 2. folьklor- etnografik ansambli Renat Аmudaryo “Ofarin” folklor- 2005 2008 12 Saparbay tumani 3. etnografik 3 ev Madaniyat xalq markazi ansambli Alauatdi Qorao‘zak “Ming tumen” n tumani Qorako‘l 4. folklor - 1990 2006 22 3 Nag‘met etnogrfik ullayev qishloq xalq Madaniyat ansambli markazi “Аyimxon Askarov Nukus shahar lapizi” Yerisbay “Аmet va 5. folklor - etnografik 2002 2017 15 - Аyimxan Shamuratovla xalq r” uy muzeyi ansambli Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 165

“Miyras” Janabay Taxtako‘pir folklor- 1998 2017 21 Berdimu tumani 6. etnografik - ratov Madaniyat xalq markazi ansambli Andijon viloyati (20 ta unvonga ega badiiy jamoalar) Folklor – etnografik xalq havaskorlik jamoalari “Zilol” Baliqchi 1. folklor - 1992 2000 29 3 D.Mama tumani etnografik jonov Madaniyat xalq ansambli markazi Buxoro viloyati (38 ta unvonga ega badiiy jamoalar) Folklor – etnografik xalq havaskorlik jamoalari “Mohi-sitora” Buxora shahar Madaniyat 1. folklor- 1987 1988 15 3 Umid markazi etnografik 1988 12 Xasanov 2010 25 xalq ansambli 1994 12 Buxora shahar “Nozanin” 2011 24 Madaniyat 2003 24 markazi 2. folklor- 1983 3 Nigina etnografik xalq Farmonova ansambli Ixtiyor Galaosiya “Mavji Buxoro” Matyoqu shahar 3. folklor- 2002 3 bov Madaniyat etnografik xalq markazi ansambli Vobkent “Mardona” 4. folklor- 1988 3 Oybek tumani etnografik Jumayev Madaniyat xalq ansambli markazi “Jondor” Jondor tumani 5. folklore- 1984 2 Moxira Madaniyat etnografik Qodirova markazi xalqansambli Kogon tumani “Qasri Orifon” Madaniyat 6. folklor- 1989 3 Xamid etnografik G‘ofurov markazi xalqansambli “Аfshona” Peshko‘ 7. folklor- 1986 1989 20 3 Burxon tumani etnografik Avezov Madaniyat Xalq ansambli markazi 166 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

“Mirishkor” Peshko‘ folklor- 1997 2000 20 3 Tolip tumani 8. etnografik 2016 20 G‘oipov Madaniyat 2016 12 xalq 2018 22 markazi 2018 15 ansambli 2018 20 “Olot Gulchehr durdonalari” 3 a Olot tumani 9. folklor- 2010 Ro‘ziqul Madaniyat etnografik ova markazi Xalq ansambli “Vardonze Shofirkon navolari” 1992 3 Botir tumani 10. folklor- Amonov Madaniyat etnografik markazi xalqansambli “Saxro sabolari” Qorovulbozor 11. folklor- 1992 Jonibek tumani etnografik 3 Nosirov Madaniyat xalqansambli markazi “Xo‘jai Jahon” G‘ijduvon tumani 12. folklor- 1992 O‘lmas etnografik 3 Tog‘ayev Madaniyat markazi xalq ansambli “Omonyor” Qorako‘l 13. folklor- 2012 Hamdam tumani etnografik 3 Rajabov Madaniyat xalq ansambli markazi Jizzax viloyati (21 ta unvonga ega jamoalar) Folklor – etnografik xalq havaskorlik jamoalari “Bog‘don Baxrom Forish tumani gullari” 1. folklore 1978 1996 25 3 Usmono Madaniyat 1991 1997 60 v markazi etnografik 1985 2000 35 4 Ahmad G‘allaorol xalq ansambli Jumanaz tumani “Gashtak” arov Madaniyat 2. folklore- markazi etnografik xalq Kamol Jizzax shahri ansambli “Zebomxon” 3 Zamono Madaniyat 3. folklor- v markazi etnografik xalq Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 167

ansambli “Zomin 2001 2008 22 3 Buvisofi Zomin tumani sayqali” 1993 2016 33 ya Madaniyat 4. folklor- 2010 2018 18 markazi 1998 2018 14 Mavlono etnografik va xalq ansambli Zaribdor “Oypari” 5. folklore- 3 Qodir tumani etnografik xalq Sanginov Madaniyat ansambli markazi “Bahora” Yulduz Paxtakor tumani 6. folklor- etnografik 3 Sulaymo Madaniyat nova markazi ansambli “Oqtosh” G‘apparo Baxmal tumani 3 v Mavlon madaniyat 7. bolalar folklor markazi ansambli Navoiy viloyati (17 ta unvonga ega badiiy jamoalar) Folklor – etnografik xalq ansambllari “Nurjahon” 1991 1996 24 Rajabbo Nurota tumani 1. folklor 2 y Madaniyat etnografik Jumaev markazi xalq ansambli “Xushon- Navbahor zamon” 2. folklor 1987 2007 20 - Gulnora tumani Mirzaeva Madaniyat etnografik markazi xalq ansambli “Yor-yor” Xatirchi 3. folklor 1986 2013 18 3 Raxim tumani etnografik Xushiev Madaniyat xalq ansambli markazi “Vang‘ozi” 1995 2016 26 3 Ostonov Qiziltepa 4. folklor Ravshan Madaniyat etnografik xalq markazi ansambli “Karmana Jalilov Karmana 5. yulduzlari” 2000 2016 25 3 Xolmuro tumani folklor d Madaniyat etnografik xalq Muxtoro markazi 168 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

ansambli vich Namangan viloyati (27 ta unvonga ega badiiy jamoalar) Folklor - etnografik xalq ansambllari “Yor-yor” 1974 2008 19 3 Yoqutxo Namangan 1. folklor- 1989 2018 26 n shahar Shodlik etnografik xalq Raxmatu ansambli llaeva Madaniyat markazi “Uychi tongi” Djanbek Uychi 2. folklor – 2 ova tumanimadani etnografik Elmira yat markazi jamoasi “Yallam- 1984 2018 20 Atamirza Uchqo‘rg‘on yorim” 3 eva shaharmadani 3. folklor- Dilbar yat markazi etnografik xalq jamoasi Samarqand viloyati (28 ta unvonga ega badiiy jamoa) Folklor - etnografik xalq ansambllari “Beshqarsak” 16 2 Olim Urgut tumani 1. folklor-etnografik 1957 1988 Do‘stov Madaniyat markazi xalq ansambli “Sarbozi” 22 2 Nurullo Kattaqo‘rg‘on 2. folklor-etnografik 1986 1991 Shodmon tumani xalq ansambli ov Madaniyat markazi “Chavqi” folklor- 20 2 Eshbek Bulung‘ur 3. etnografik xalq 1986 1988 Namurato tumani ansambli v Madaniyat markazi Sirdaryo viloyati (13 ta badiiy jamoa) Folklor - etnografik xalq ansambllari “Sayxun Mamarai Guliston tumani 1. yigitlari” folklor- 1990 1999 20 2 m Madaniyat etnografik xalq Haqnazar ansambli ov markazi “Jan-janay” 2. qirg‘iz folklor- 1994 2008 18 1 Oysapar Sardoba Dushaeva tumani etnografik xalq Madaniyat Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 169

ansambli markazi “Bodom gullari” 15 2 Sojida Sirdaryo 3. folklor-etnografik 2008 2014 18 Umirzaqo tumani Madaniyat xalq ansambli va markazi “Dehqon Guliston bolalari” 4. namunali bolalar 1997 2017 2 Abduvali tumani folklor etnografik O‘rozov madaniyat ansambli bo‘limi Surxondaryo viloyati (32 ta badiiy jamoa) Folklor - etnografik xalq ansambllari “Zevari” folklor- Sariosiyo 1. etnografik xalq 1983 1994 22 2 Oxunjon tumani ansambli Majidov Madaniyat markazi “Boysun” folklor- Boysun 2. etnografik xalq 1987 1989 30 3 Bo‘riqul tumani ansambli 22 Jumaev Madaniyat “Bulbuligo‘yo” markazi Sho‘rchi 3. folklor – 1985 2000 2 Baxrom tumani etnografik xalq Qurbonov Madaniyat ansambli markazi “Qo‘ng‘irot” 26 2 Maxamm Qiziriq 4. folklor-etnografik 1988 2001 40 ad tumani 21 Madaniyat xalq ansambli Eshaboev markazi “Quralay” Baxodir Boysun Xamdamo tumani 5. namunali bolalar 1990 1994 3 Madaniyat folklor-etnografik v markazi ansambli Matluba Qumqo‘rg‘on “Mahliyo” Xudoyberdi 6. namunali bolalar 1997 2002 2 eva tumani folklor-etnografik Madaniyat ansambli markazi “Sharshara” Oltinsoy 7. folklor-etnografik 1990 2014 31 3 Muxarram tumani xalq ansambli 22 Tog‘aeva Madaniyat markazi 8. “Dashnobod 1978 2013 3 Muxamm Sariosiyo anori” folklor- ad tumani 170 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

etnografik xalq Imomov Madaniyat ansambli markazi “Jayxun” 2001 2012 45 - Sattor Termiz davlat 9. folklor-etnografik 2013 2018 25 Qurbonov universiteti ansambli 21 Jarqo‘rg‘on “Jarqo‘rg‘on” 10. folklor-etnografik O‘ktam tuman 3 Qodirov madaniyat xalq ansambli markazi “Ohu-voh” Axmad Uzun tuman 11. folklor-etnografik 1999 2018 3 Narzullae madaniyat xalq ansambli v markazi Toshkent shahri (49 ta badiiy jamoa) Folklor - etnografik xalq ansambllari Toshkent “Nodirabegim” 12 2 Ma’mura shahar 1. folklor-etnografik 1995 2003 12 Avazova markaziy Madaniyat xalq ansambli markazi “Hilola” Hilola Olmazor Ilmuratov tumani 6-son 2. namunali folklor- 2008 2015 3 Madaniyat etnogrfik a markazi ansambli “O‘zbekoyim” Olmazor 3. folklor-etnografik 2008 2016 14 3 Jamila tumani 6-son xalq ansambli Xamidova Madaniyat markazi “Rus kashtalari” Mirzo 4. rus xalq 1981 1986 12 2 Nataliya Ulug‘bek havaskorlik Perova tumani Madaniyat ansambli markazi “Durdona” 20 - Boymirza Chilonzor 5. folklor-etnografik 2006 2017 eva tumani xalq ansambli Maxfuza G‘.G‘ulom Churanba bog‘i evna “Buvijonlar” 15 2 Sunnatillaev Mirobod 6. folklor-etnografik 2014 2017 Asatilla tumani 1-son Madaniyat xalq ansambli Sunnatovich markazi Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 171

Toshkent viloyati (35 ta badiiy jamoa) Folklor - etnografik xalq ansambllari “Gulyor” Bo‘stonliq 1. folklor-etnografik 1977 1988 14 3 Dilnoza tuman xalq ansambli Karimova madaniyat saroyi “Sudarushka” Olmaliq 2. folklor-etnografik 1985 1990 15 3 V.Krilov shahar xalq ansambli 20 Madaniyat 12 41 markazi 18 “Munojat” 22 Yuqori 3. folklor- Shoira Chirchiq etnografik xalq 1980 1994 3 Qayumov tuman ansambli a Madaniyat “Zarrin markazi Yangiyo‘l 4. yaproqlari” 1984 1989 3 A.Husano shahar folklor-etnografik v Madaniyat xalq ansambli markazi Oqqo‘rg‘on “To‘rg‘ay” 5. folklor-etnografik 1991 2015 3 D.Rahmo tumani nova Madaniyat xalq jamoasi markazi “Orzu” namunali Parkent 6. bolalar folklor 1992 2015 3 M.Akbaro tumani jamoasi v Madaniyat markazi “Qurama” folklor- Otamurod Oxangaron 7. etnografik 2010 2018 shahar 3 ov Madaniyat ansambli Bayram markazi “Chotqol Kimyoxo n Angren shahar 8. navolari”folklor- 2015 2018 15 Madaniyat etnografik 3 Qosimxon markazi ansambli ova “Parkent Parkent tumani Madaniyat 9. chashmasi”folkl 2003 2018 16 3 A.Begmat markazi or-etnografik ov ansambli 172 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

Farg‘ona viloyati (53 ta unvonga ega badiiy jamoalar) Folklor etnografik xalq ansambllari Marg‘ilon “Chodir-jamol” 1. xalq folklor- 1989 1991 20 2 Inomjon shahar etnografik Axmedov Madaniyat jamoasi markazi Qo‘qon “Qo‘qon yor- 2. yori” folklor- 1982 2003 39 3 Xursanoy shahar etnografik xalq Qodirova Madaniyat jamoasi markazi “Kabutar” Avazbek Qo‘shtepa Axmadjono tumani 3. folklor – 1989 1991 28 3 etnografik xalq 25 v Madaniyat 14 markazi ansambli “So‘x Abduvaqq So‘x tumani 2 os Madaniyat 4. chashmasi” 1990 2012 folklor-etnografik Yusupov markazi xalq jamoasi “Qo‘shchinor” Mirzaeva Quvasoy Mansurjo shahar 5. tojik fol’klor 1986 2018 3 madaniyat etnografik xalq n markazi ansambli “Shodiyona” 3 Yakubova Furqat tumani 6. fol’klor xalq 1991 2018 10 Odinaxon madaniyat markazi jamoasi Xorazm viloyati (36 ta badiiy jamoa) Folklor - etnografik xalq ansambllari “Orazibon” Tozagul Viloyat 1. folklor-etnografik 1985 1987 13 Madaniyat 2 O‘razboev xalq ansambli 13 a boshqarmasi “Doston” folklor- Zumrad Xiva tumani 2. etnografik xalq 1986 1996 3 Madraimo Madaniyat ansambli va markazi “Avazxon” Shovot 3. folklor-etnografik 1983 2004 9 3 Doston tumani xalq ansambli 13 Normetov Madaniyat markazi 4. “Xiva” folklor- 2008 2013 3 Masharip Xiva tumani etnografik Allaberga Madaniyat Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 173

ansambli nov markazi “Xorazm” Nurullaev Urganch 5. folklor-etnografik 2005 2013 24 3 Muzaffar shahar ansambli 13 Ko‘palovi Madaniyat 24 17 ch markazi 30 “Sayqal” folklor- 24 Xiva tumani 25 Madaniyat 6. etnografik 2008 2013 27 3 Zulfiya ansambli 15 Ortiqova markazi 9 “Navro‘z”folklo To‘raeva Gurlan tuman 7. r etnografik 2016 2018 Gavxar 3 Ibragimov Madaniyat xalq ansambili markazi na “Navro‘z”folklo Achilov Shovot tuman 8. r etnografik 2017 2018 Jasurbek 3 Sultonovi Madaniyat xalq ansambili markazi ch “Hazorasp” Ravshan Xazorasp tuman Jumanyoz Markaziy 9. folklor 2018 2018 3 ov etnografik xalq Sa’dullae Madaniyat markazi ansambili vich “Jayhun”folklor Rajabov Yangibozor 10. etnografik xalq 2016 2018 3 Ulug‘bek tumani ansambili Shukurber Madaniyat dievich markazi “Jo‘ralar”folklor Xayitmeto Qo‘shko‘pir 11. etnografik xalq 2004 2018 tuman ansambili 3 va Madaniyat Zulayxo markazi “Mash’al”folklo Yangiariq 12. r etnografik 2011 2018 3 Sapaev tuman xalq ansambili Akbar Madaniyat markazi “Sarapayon”folk Saidov Xonqa tuman 13. lor etnografik 2015 2018 Davron 3 O‘ktamov Madaniyat xalq ansambili markazi ich “Xiva Xiva shahar 14. xalfalari”folklor 2003 2018 3 Madrimov Madaniyat etnografik xalq a Zumrad markazi ansambili 174 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

“Muborak”folkl Madraxim Urganch tuman 15. or etnografik 2017 2018 17 3 ov Madaniyat xalqansambili 32 18 Sherzod markazi “Amu Bog‘ot tuman 16. sohili”folklor 2014 2018 3 Tillaev Madaniyat etnografik xalq Abdulla markazi ansambili “Oltin Xiva shahar 17. qo‘llar”folklor 2003 2018 3 Qurbonov Madaniyat etnografik xalq Akmal markazi ansambili Qashqadaryo viloyati (29 ta badiiy jamoa) Folklor - etnografik xalq ansambllari “Momogul” 12 2 Malika Qarshi tumani 1. folklor-etnografik 1986 1996 14 Madatova Madaniyat markazi xalq ansambli “Chiroqchi Mahkamt Chiroqchi 2. chiroqlari” 1973 1980 2 osh tumani folklor-etnogafik Qayumov Madaniyat xalq ansambli a markazi “Zanjirsaroy” 18 3 Ozod Muborak 3. folklor-etnogafik 1995 2007 Rajabboe tumani Madaniyat xalq ansambli v markazi “Nasaf” folklor- 12 Dilorom Qarshi shahar 4. etnogafik xalq 2012 2015 3 Boymuro Madaniyat ansambli dova markazi “Oydinoy” 15 Muazzam Qarshi shahar 5. folklor-etnogafik 2012 2015 3 Jahongiro Madaniyat xalq ansambli va markazi “Nurafshon” Nishon 6. folklor-etnogafik 1992 2015 14 3 Meyligul tumani xalq ansambli Niyozova Madaniyat markazi “Rizvongul” 10 3 Toshpo‘la Kitob tumani 7. folklor-etnogafik 1996 2016 t Xalilov Madaniyat markazi xalq ansambli “Kulol Ergasheva Kasbi tumani 8. shodasi”folklor- 2015 2018 16 3 Mohira Madaniyat etnogafik markazi ansambli Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 175

“Nurhayot”folkl 17 Qamashi 9. or-etnogafik 2012 2018 17 Shamsiev tumani 3 Asliddin Madaniyat ansambli markazi “Zebiniso”folklo 10. r-etnogafik 2014 2018 3 Boymuro Qamashi dovaMehr tumani ansambli Madaniyat iniso markazi Shundan turli millatlarga mansub bo‘lgan “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Bolalar namunali jamoasi” jamoalarining RO‘YXATI T/r Jamoaning Tashkil Unvon Qatna Shtat Rahbari Manzili va nomi topgan olgan sh birligi telefon vaqti Dushaeva raqami yili chilar Oysapar soni Sardoba tuman “Jan-janay” Sirdaryo viloyati Madaniyat 2008 20 3 markazi 1. qirg‘iz folklor- 1994 etnografik xalq ansambli Toshkent viloyati “Sudarushka”r 1985 1990 11 2 Didenkov Olmaliq 1. us folklor – 1998 Farg‘ona viloyati Aliksey shahar 2012 25 - Madaniyat etnografik xalq markazi ansambli Abduvaqqos Farg‘ona “So‘x Yusupov shahar chashmasi” Markaziy 1. tojik folklor- Madaniyat etnografik markazi ansambli 176 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

FOLKLOR JAMOALARNINING HUDUDIY IJRO XUSUSIYATLARI Xalq madaniyati va ma’naviyatining eng qadimiy ko‘rinishi bo‘lgan folklor namunalarida o‘sha xalqning turmush tarzi, hayotiy tajribasi, yutuq va muvaffaqiyatlari aks etadi. Shu bois u asrlar osha avloddan-avlodga o‘tib, yoshlar tarbiyasida “hayot maktabi” vazifasini o‘tab kelmoqda. Milliy ruhni o‘zida asrlar bo‘yi ortmoqlab kelayotgan, qadimiy an’analarni bugungi kunda ko‘z-ko‘z etayotgan, o‘z ortidan millionlab kishilarni ergashtirayotgan har tomonlama ibrat maktabi bo‘lib, omma mehrini qozonayotgan, yoshlar qalbiga ma’naviyat urug‘ini singdirayotgan ijodkorlardan biri bu - folklor- etnografik jamoalaridir. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, har qanday havaskorlik jamoasi o‘z faoliyatining dastlabki bosqichida ham tashkiliy jihatdan, ham ijodiy tomondan ma’lum muammolarga, hal etilishi qiyin bo‘lgan vazifalarga duch keladi. Avval ushbu yo‘lni bosib o‘tganlarning tajribasi shunday hollarda asqotadi. Ijodiy jarayonda, ayniqsa, bu jarayon bungacha ma’lum kishilar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, yaxshi natija qayd etilgan bo‘lsa, boshqalar bosib o‘tgan yo‘lni mustaqil ravishda qidirib topib, har bir muammo ustida bosh qotirib, uni hal etishning eng qisqa yo‘lini qidirishning aslo hojati yo‘q. Shu maqsadda hozirgi kunda respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan eng ilg‘or havaskorlik jamoalarining tashkil etilishi, ularning shakllanishi, rivojlanishi hamda ravnaqi bilan bog‘liq ma’lumotlarni keltirishni lozim topdik. Zero, Respublikamizning turli burchaklarida, turli xil sharoitlarda ish olib borayotgan mazkur jamoalarning tajribasi o‘rganishga va lozim paytda foydalanishga arziydi. Oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan har bir talaba o‘zi tug‘ilib o‘sgan hududdagi biror jamoa to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur o‘quv qo‘llanmasiga kiritilganligini ko‘rishining o‘zi, avval unchalik e’tibor bilan qaramagan havaskor jamoaning faoliyatidagi yorqin sahifalardan voqif bo‘lishi talabaning munosabati va o‘zi tanlagan kasbiga bo‘lgan qiziqishida ijobiy natijalarga olib keladi, degan umiddamiz. Biz quyida respublikamizdagi eng ilg‘or havaskorlik jamoalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hududlarga bo‘lingan holda keltirdik. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 177

FARG‘ONA-TOSHKENT FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOALARI “OMON YOR”, “QO‘QON YOR-YORI” FOLKLOR- ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOALARI76 ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. Ayni paytda mavjud folklor-etnografik jamoalari qalbning oynasi bo‘lgan xalq ijodiyoti namunalarini, turfa xil marosim, an’analar, rasm-rusum va udumlarimizni o‘z dasturlarida namoyish etish orqali milliy qadryatlarimiz, qadimiy an’ana va marosimlarimizni tiklab, kelajak avlodga qoldirish uchun harakat qilmoqdalar. Xalq og‘zaki ijodi namunalarini keng ommalashtirish, har bir hududga xos udumlar, qadimiy urf-odatlar, marosimlar hamda an’analarni tiklash maqsadida Respublikamizning barcha hududlarida folklor-etnografik jamoalar faol faoliyat olib bormoqda. Ana shunday yuksak faoliyat olib borayotgan jamoalardan biri, ulkan salohiyatga ega bo‘lgan, folklor san’ati chamanzoridan o‘rin olgan jamoalaridan biri O‘zbekiston xalq artisti Rahima Mazoxidova tomonidan tashkil etilgan “Omonyor” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasidir. Rahima Mazoxidova o‘zining samarali mehnat faoliyati jarayonida xalqimiz orasida munosib o‘rin topdi. 1967-yili O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan artist, 1976-yili O‘zbekiston SSR xalq artisti unvonlariga ega bo‘ldi. 1981-yil Toshkent viloyati hokimligi ustozni chaqirib yangi tashkil etilgan “Gulyor” folklor jamoasi dasturlariga yordam berishlarini iltimos qiladi. Ustoz ushbu jamoaga o‘zining munosib xissasini qo‘shdi. Ijodiy safardan qaytgan Raxima aya 1982-yili Qo‘qonda ham shunday jamoa tashkil qilsam bo‘ladi-ku deya Qo‘qon shahar Madaniyat bo‘limida “Omon yor” folklor-etnografik jamoa tashkil etdi. Shu mahalladagi doira chalib qo‘shiq aytuvchi ayollar va yosh qizlarni jamoa tarkibiga oldi. 76 O‘zDSMI “Folklor va etnografiya” kafedrasi o‘qituvchisi, tadqiqotchi Shirin Asqarovaning mavzu yuzasidan olib borgan ilmiy izlanishlari natijalaridan foydalanildi. 178 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

Dastlab 38 nafar ayollardan tashkil topgan jamoa keyinchalik 50 nafarga yetdi. Jamoaning eng keksa yakkaxon xonandasi 90 yoshlik Baxrixon Dehqonova edi. O‘zbekiston SSR xalq artisti Rahima Mazoxidova (1971-yil Teatrda konsert) Ilk ishtirokchilar ayrimlarini keltirib o‘tamiz. Nazorat Mirzaliyeva, Baxrixon Dehqonova, Xursanoy Qodirova, Umilxon Mamajonava, Muxabbat Tashpulatova, Sanobarxon Tashmatova, Zulfiya Badalboyeva, Qizlar Raxmanovalardir. Аnsambldagi “Tinchlik”. “Qo‘qonga bordim”, “Bogʼda bodom”, “Ishonma”, “Yallama yorim”, “Olmacha anor”, “Аtirgul”, “Xush keldingiz”, “Evoy sanam”, “Naxori nashta”, “Dilbarjon”, “Аlla jonim”, “Na- qilay”, “Uyg‘on bolam”, “Yorima yorim”, “Omon yor III” kabi bir qator qo‘shiq, yalla, lapar, aytishuvlarni xalq orasidan izlab topadilar. Yonlarida doim olib yuradigan kichkina magnitafonda yalla va xalq qo‘shiqlarini xalq orasida ijro etib yurgan keksa onaxonlardan yozib Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 179

olib, sayqallab jamoa ishtirokchilariga o‘rgatib, xalq sayllarida, viloyat hamda shahar tadbirlaridagi kontsertlarda ijro etdilar. Respublika miqyosida o‘tkazilgan barcha ko‘rik-tanlovlarda munosib o‘rin olib xalqimiz olqishiga sazovor b bo‘ldilar. 1988-yilda Respublika Madaniyat va sport ishlari vazirligi jamoani ijodiga alohida e’tibor berdi. Rejssyor Nodir Qo‘ldoshev jamoa haqida “Xalq qo‘shiqlarini qalbingda saqla” nomli telefilmni yaratdi. 1997-yil Turkiyaning Bursa shahrida o‘tkazilgan “Qora ko‘zim” nomli butun dunyo folklor festivalida “Qo‘qonda yuz ochar” teatrlashtirilgan dastur bilan qatnashdilar. Dastur repertuaridan o‘rin olgan qo‘qon yor-yori, kelin salom, sho‘x yalla va laparlar o‘zbek folklor san’atini dunyoga tanitdi. Jamoa munosib sovrinlar bilan taqdirlandi. O‘sha yil Samarqand shahrida birinchi marotaba bo‘lib o‘tgan “Sharq taronalari” festivalida yalla va laparlari bilan qatnashib xalqimiz olqishiga sazovor bo‘lishdi. Davlat tadbirlarida ishtirok etishdi. Rahima ayaning sermaxsul ijodi munosib taqdirlanib, O‘zbekistonning birinchi Prezedenti Islom Karimov tomonidan “Mehnat shuxrati” ordeni bilan taqdirlandi. 2003-yil Tadbirkor ayollar uyushmasi raisi Sohibaxon Mahkamova Rahima aya va kenja shogirdi Xursanoy Qodirovani chaqirib “Omon yor” ansamblini hozirgi davlat dasturi asosida yoshlardan jalb qilib yanada rivojlantirish hamda o‘zbek folklor san’ati bizni o‘zligimizni namoyon qiladi deya aytadi. Siz yurtimiz mustaqillikka erishgandan keyin birinchilardan bo‘lib Turkiyada O‘zbekistonni dunyoga tanishtirgan buyuk san’atkorsiz-ku - deb maslaxat berdilar. Rahima aya bu taklifga rozi bo‘lib kenja shogirdi Xursanoy Qodirvaga jamoaning rejssyorligini topshiradi. Taklif sifatida esa “Omon yor” ni “Qo‘qon yor yori” deb nomlashadi. 2003-yildan esa ansambl “Qo‘qon yor yori” deb yuritildi. 2005- yilda Andijon shahrida o‘tkazilgan Respublika mintaqaviy folklor festivalida oliy o‘rinni egallab, Angilyaga yo‘llanma olindi. Yalla va lapar qo‘shiqlariga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Yulduzxon Ismatova “Tanovar” ansambli bilan raqslar sahnalashtirildi. Yulduzxon opa esa so‘zlarida “Rahimaxon opamiz tashkil qilgan bu ulug‘ maktabga ko‘proq o‘quvchilarni qabul qilish kerak” degan taklifni olg‘a surdilar. Keyinchalik Yulduzxon opa bilan “Qo‘qon ayoli” telefilmi ham yaratildi. 2007-yilda “Qo‘qon yor yori” jamoasiga “Xalq havaskorlik jamoasi” unvoni berildi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining xalq ijodiyoti 180 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

bo‘limi rahbarlari tantanali ravishda diplomni Rahima aya qo‘llariga topshiradi. 2008-yil, 25-fevralda Rahima aya vafot etdilar. O‘sha yilgi festivalning katta sahnasida Madaniyat va sport ishlari vazirligi jamoani Rahimaxon Mazohidova nomidagi “Qo‘qon yor yori” folklor- etnografik xalq jamoasi deb e’lon qilindi. Rahima aya haqida kenja shogirdi Xursanoy Qodirova shunday eslaydi. “Maktab sahnasida “Boy ila xizmatchi” spektaklida Jamila rolini ijro etganimda, onamga dugonalari qizingizning iqtidori bor, uni o‘qitib, teatrga ishga olib boring, deya maslahat berishgan ekan. Onam maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlardilar, san’atni juda qadrlaydigan ayol edilar. Mening qo‘limdan yetaklab, O‘zbekiston xalq artisti, taniqli san’at ustasi, teatrning yetakchi aktrisasi Rahimaxon Mazohidovaning oldiga olib bordi. Aya bizni quchoq ochib kutib oldi. Keyinchalik, A.Qodiriy nomidagi Toshkent davlat Madaniyat institutining (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti) “Xalq teatri rejissyori” fakultetida tahsil olish bilan birga, Qo‘qon teatrida ishlay boshladim. Chunki ustozim birinchi kundayoq ovozimni eshitib ko‘rib, ishga olamiz, degandi. Qutlug‘ dargohda ulug‘ san’atkorlarni ko‘rganimdan, ular bilan hamsuhbat bo‘lganimdan o‘zimni baxtiyor his etardim. Mana, 33 yildan beri san’at sohasidaman. Ustozim meni xuddi o‘z qizidek ko‘rgan. Endi ustoz bo‘lganimda, shogirdlar orttirganimda, ustozimning oltinga teng o‘gitlarini eslayman va ularga amal qilishga imkon qadar harakat qilaman. “Shogirdlarim mendan yo‘l-yo‘riq so‘rashganida, “Kasbga nisbatan halollikni maqsad qilib ol, hayot yo‘llari tekis emas. Maqsading yo‘lida mehnat qilishdan toliqma”, deyman ularga. Har bir inson egallab turgan kasbining ortidan bola-chaqasini boqadi, hurmat-izzat orttiradi, buning uchun halol bo‘lishi, elga, jamiyatga foydasi tegishi kerak. Tadbirlarda biror muammoga duch kelsam “Hozir ustoz bo‘lganlarida qanday yo‘l qo‘llardilar” deb o‘ylab, mulohaza qilib, yechim topaman. Yo‘llarida uchragan to‘siqlarni, muammolarni askiya, xazil mutoyiba bilan yengib ketardilar. Teatrdagi artistlarga ham, oddiy ishchilarga ham har doim samimiy munosabatda bo‘lganlar” - deya xotirlaydi. Bugungi kunda Xursanoy Qodirova o‘z ijodi davomida ildiz otgan qo‘shiqlarni kuylab xalq yuragidan joy olgan “Qo‘qon yor yori” jamoasi badiiy rahbari sifatida lapar qo‘shiqlarini ishtiyoq bilan kuylab ustoz-shogird an’analarini davom ettirib kelmoqda. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 181

Rahima aya shogirdlar ardog‘idagi ustoz edi. Jumladan Muborakxon Akramova, Mavjudaxon xoji ona Mamajonova, Gulnora Isaqova, Nargiza G‘oziyeva, Salimaxon Toshmatova, Melixon Mo‘minova, Oqibatxon G‘ofurova, Maftunaxon G‘ofurova, E’zozxon Haydarova kabi iste’dodli izdoshlaridir. O‘zbekiston SSR xalq artisti Rahima Mazoxidovaning sevimli shogirdlaridan biri Xursanoy Qodirova. 2010-yil Rahima aya tavalludining 80-yilligiga bag‘ishlangan “San’atkor xotirasi” adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi. Kechada folklorshunos olimlar, san’atkorlar, ayaning barcha shogirdlari ishtirok etishdi. Andijon, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahridan kelgan izdoshlar Rahima aya yaratgan Qo‘qon ayollar yallachilik maktabini yanada mustahkamlash hamda ijro yo‘lini saqlab qolish maqsadida 2015-yil “Omon yor” folklor- etnografik jamoasi Nodira aya Mazoxidova tomonidan qayta tikladi. 2016-yil “O‘zbek xalqaro turizm” festivalida xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi. Shahar, viloyat va respublika tadbirlarida doimiy ishtirok etib, xalqaro va respublika miqiyosida o‘tkaziladigan festival hamda man’aviy-ma’rifiy telekursatuvlarda o‘zlarininng chiqishlari bilan muntazam ravishda ishtirok etib kelmoqda. 182 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

“Omon yor” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi ishtirokchilari va badiiy rahbar Nodira Mazoxidova. (Chapdan uchinchi) Folklor san’ati avloddan avlodga o‘tib keladigan xalq merosi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shunday ekan, milliy madaniyatimiz, urf-odatimiz va yoshligimizda bobo va buvijonlarimizdan eshitib kelayotgan bolalik qo‘shiqlarimiz umrboqiy bo‘lsin. Bunga esa albatta mana shunday folklor jamoalarining va izlanuvchi tadqiqotchilarning o‘rni muhimdir. “YOR-YOR” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. “Nikoh to‘yi” marosimi. Xalqning eng ezgu tilaklarini ifodalaydigan, yuksak insoniy fazilatlari, boy va chuqur ruhiy kechinmalarida aks etadigan san’at turlaridan biri xalq qo‘shiqlaridir. Xalq qo‘shiqlarida mehnatkash xalqqa xos kamtarlik, poklik, ko‘ngillarning beg‘uborligi, samimiylik ravshan aks etadi. Har bir viloyat folklor-etnografik jamoasi shu Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 183

yurtning milliy urf-odatlari, madaniyatini, tarixiy qadriyati, san’atdagi o‘rnini kelajak avlodga yetkazib bormoqdalar. Shunday fidoiy insonlardan biri, xalq qo‘shiqlari, lapar va yallalarining mohir ijrochisi Yoqutxon Raxmatullayevadir. Yoqutxon Raxmatullayeva 1958-yil, Namangan viloyati, Uchqurg‘on tumanining Mashad qishlog‘ida dunyoga keladi. Uning san’at shaydosi bo‘lgan otasi - Mirzakarimov Tursunboy rubob chalib qo‘shiq kuylardi. Onasi Muxiddinova Xolisxon aya havaskorlik darajasida o‘gangan qo‘shiq, lapar va yallalarni to‘y marosimlari va ayollar bazmida ijro etib kelgan.77 Yoqutxon Raxmatullayeva G‘anijon Mallaboyev va uning otasi Mallaboylar shu qishloqda tashkil etgan “Mash’al” folklor ansambliga iste’dodli Yoqutxon ham taklif qilingan edi. 1973-yili “Mash’al” ansambli bilan “Marxabo talantlar” tanlovida ishtirok etadi. Keyinchalik Nasriddin Majidov tavsiyasi bilan Yoqutxon “Yor-yor” ansamblida ijodiy faoliyatini davom ettiradi.78 1990-yilda Shaxrisabzning Oq saroyida laparchilar tanlovida qatnashib, “Zarpechak” yallasini ijro etadi hamda qoraqalpog‘istonlik Baxtiyor baxshi bilan bo‘lgan aytishuvda mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritadi.79 77 Turg‘unova N. Farg‘ona yallachilik san’ati. Monografiya. Namangan-2016. 253-bet. 78 Ko‘rsatilgan manba, 253-bet. 79 Ko‘rsatilgan manba, 253-bet. 184 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

1991-yili Qoq‘on shahrida o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘lgach, “Buyuk ipak y‘li” bo‘ylab o‘tkazilgan xalqaro festivalda ishtirok etishga muyassar bo‘lgan. Shuningdek, Turkiya, Germaniya, Shveysariya, Gollandiya, Fransiya, Belgiya, Ispaniya mamlakatlarida bo‘lib, “Zarpechak”, “Oxo yalli”, “Qoshi qaro”, “Qaylama”, “Bozorga boqqol” kabi lapar va yallalarni Xalim ota bilan birgalikda ijro etgan. “Yor-yor” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi va badiiy rahbar Yoqutxon Raxmatullayeva. (O‘ngdan ikkinchi) 2005-yili Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan folklor jamoalari ko‘rik-tanlovida Yoqutxon aya Kunduzxon Egamberdiyeva bilan birgalikda ishtirok etib 2-o‘rin sohibi bo‘ladi.80 Yoqutxon Raxmatullaeva ayni paytda Namangan shahridagi “Yor- yor” folklor-etnografik xalq ansamblining rahbari sifatida faoliyat yuritmoqda. Munavvarxon, Zulfiyaxon, Fotimaxon, Muborakxon, Maxmudaxon va Tatyana Petuxova singari yoshlarga ustozlik qilib, bisotidagi lapar, qo‘shiq va yallalarni o‘rgatib kelmoqda.81 80 Ko‘rsatilgan manba, 253-bet. 81 Ko‘rsatilgan manba, 253-bet. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 185

“DURDONA” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. So‘nggi yillarda Toshkent shahrida folklor-etnografik jamoalari faoliyati sezilarli darajada o‘zgardi. Bir qator folklor-etnografik jamoalari tashkil etildi, ular orasida faol ijodiy faoliyat olib borayotgan folklor-etnografik jamoalari esa O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Xalq havaskorlik jamoasi unvoniga sazovor bo‘lishdi. “Gavhar”, “Nodirabegim”, “O‘zbekoyim”, “Hilola”, “Buvijonlar”, “Durdona” kabi folklor-etnografik jamoalari shular jumlasidandir. Toshkent shahridagi “Gavhar” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi badiiy rahbari, “Shuxrat” medali sovrindori Oyxon Yoqubovaning (marhuma) sevimli shogirdlaridan biri Mahfuza Boymirzayeva tashabbusi va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi O‘tkir Toxirov boshchiligida 2006-yil Toshkent shahrida “Durdona” nomli folklor-etnografik jamoa tashkil etiladi. Jamoa rahbari Mahfuza Boymirzayeva ustozi Oyxon Yoqubovadan olgan saboqlarini davom ettirgan holda jamoani yangi qo‘shiqlar, laparlar, udum va marosim qo‘shiqlari bilan boyitdi. Jamoa tomonidan oilaviy-maishiy marosimlar, Toshkent shahri udum va marosimlari asosida dasturlar tayyorlanib xalqimizga havola etildi. Jamoaning repertuar dasturida asosan “Navro‘z” bayrami bilan bog‘liq marosim qo‘shiqlari, “Beshik to‘yi”, “Kelin salom”, “Nikoh to‘yi”, “Sumalak sayli” kabi marosim qo‘shiqlari keng o‘rin olgan. Doshqozonda sumalak Tuni bilan qaynaydi Qizlar sochi jamalak Atrofida o‘ynaydi Qayna qozonim qayna O‘yna kapkirim o‘yna82 Jamoa Respublika va xalqaro miqyosida tashkil etilgan barcha ko‘rik-tanlov va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori 82 “Durdona” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi repertuaridan. 186 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Jamoa asosan Toshkent shahriga xos udum va marosimlarni sahnaga olib chiqishga harakat qiladi. Jamoa ishtirokchilari tomonidan hududga xos yangi qo‘shiqlar ham yaratilgan. Masalan: Doiramiz jarangi Toshkentonadur, Qo‘lga olsak zavq berar ko‘ngil qonadur. Diyorimiz poytaxtin salomi sizga, Yaxshi tilaklar aytmoq nasibdur bizga83. “Durdona” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi va badiiy rahbar Mahfuza Boymirzayeva (O‘ngdan to‘rtinchi) “Durdona” folklor-etnografik jamoasiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qaroriga muvofiq 2017-yilda “Xalq havaskorlik jamoasi” unvoni berilgan. “Durdona” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi Respublika va xalqaro miqyosida tashkil etiladigan ko‘rik-tanlov va festivallarda, jumladan “Asrlar sadosi”, “Boysun bahori”, “Nurli navolar”, “Onam aytgan allalar”, Ko‘hna zamin ohanglari”, “Buyuk ipak yo‘li” folklor musiqa festivallarida, “Baxshichilik san’ati”, “Hunarmandchilik”, “Ipak va ziravorlar”, “Zargarlik va zardo‘zlik san’ati” xalqaro festivallarida faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga 83 “Durdona” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi repertuaridan. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 187

kiritib kelishmoqda. Hozirda jamoa yangi folklor asarlari, hududga xos marosim va dasturlar ustida izlanishlar olib bormoqda. “HILOLA” FOLKLOR-ETNOGRAFIK BOLALAR NAMUNLI JAMOASI ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. Bugungi kunda folklor-etnografik jamoalari xalqimizning qadimiy an’analari, xalq og‘zaki ijodining noyob namunalarini saqlashda, ularga sayqal berib, yana xalqimizning o‘ziga qaytarishda jonbozlik va fidoyilik ko‘rsatuvchi ijodiy laboratoriya vazifasini o‘tab kelmoqda. Toshkent shahrida ana shunday ma’suliyatli vazifalarni sidqidildan bajarayotgan jamoalardan biri “Hilola” “Namunali” bolalar folklor-etnografik jamoasidir. “Hilola” namunali bolalar folklor-etnografik jamoasi filologiya fanlari nomzodi, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Saodat Yo‘ldosheva (marhuma) va is’tedodli san’atkor Jamila Hamidovaning tashabbuslari bilan 2008-yil, Toshkent shahar Olmazor tumani 6-son Madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan. Jamoaga Olmazor tumanidagi kam ta’minlangan va yordamga muxtoj oilalarning farzandlari, yigirma nafardan ortiq yigit-qizlar qatnashib, ular qadimiy xalq qo‘shiqlari, an’ana va marosimlarni o‘rganib kelmoqdalar. O‘tgan yillar davomida mazkur “Hilola” namunali bolalar folklor-etnografik jamoasi qatnashchilari tuman, shahar va Respublika miqyosida o‘tkazilgan turli madaniy tadbirlarda, shuningdek, “Navro‘z” va “Mustaqillik” umumxalq bayram tantanalarida, sayllarda o‘z konsert dasturlari bilan faol ishtirok etib kelgan. Jamoa repertuarida hududga xos marosim va udumlar asosida tayyorlangan dastur va qo‘shiqlar mavjud. Ulardan “O, layli-layli”, “Uchchala qiz”, “Bo‘zto‘rg‘ay”, “Chittigul”, “Lolajon”, “Oyijon”, “Navro‘z keldi”, “Chuchmomo”, “Muchal to‘yi” kabi qo‘shiqlar shular jumlasidandir. “Hilola” bolalar namunali folklor-etnografik jamoasi bir-necha marta O‘zbekiston televideniyesining taklifiga binoan, bolalar uchun tayyorlangan musiqali ko‘rsatuvlarda o‘z konsert dasturlari bilan 188 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

chiqishlar qilib tomoshabinlar nazariga tushdilar. Jamoa O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan “Ko‘hna zamin ohanglari” nomli folklor jamoalarining Respublika telefestivalida Toshkent shaharidan “Muchal to‘yi” deb nomlangan dasturi bilan ishtirok etib, tanlov “Faxriy yorlig‘i” bilan mukofotlandi. “Hilola” bolalar namunali folklor-etnografik jamoasi Bog‘da o‘sar qizil gul Shoxida o‘ynar bulbul Muchal ayyom to‘yida Yayrab ketadi ko‘ngil Ro‘molim bor ming turli O‘rtasi qizil gulli Muchal yoshli qizchani Ko‘ylagi bodom guli84. Xalqimiz etnik madaniyatida gul sayllari – “Boychechak sayli”, “Binafsha sayli”, “Chuchmomo sayli”, “Qizil gul sayli”, “Lola sayli” keng o‘rin olgan. Qadimdan Toshkent atroflarida “Lola sayli”, “Gul sayli”, “Boychechak” sayli uyushtirilgan. Ushbu yo‘qolib borayotgan udum va marosimlarni tiklash maqsadida “Hilola” bolalar namunali 84 “Hilola” bolalar namunali folklor-etnografik jamoasi. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 189

folklor-etnografik jamoasi repertuarida “Gul sayli” marosimi ham alohida o‘rin tutadi. O, layli, layli, layli Bizda bugun gul sayli O‘zbek elida bayram Bahor ayyom tufayli Qizlar kelar eshikdan Mo‘ralamang teshikdan Ayirmasin onani Go‘zal oltin beshikdan85. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusi ijrosini ta’minlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kelajak bolalari” Repsublika bolalar folklor jamoalari festivali tashkil etildi. Mazkur festivalning tuman va shahar bosqichlarida “Hilola” bolalar namunali folklor-etnografik jamoasi “Gul sayli”, “Sunnat to‘yi”, “Lola sayli”, Navro‘z sayli” kabi marosim va dasturlar bilan bir necha marotaba faol ishtirok etib, festivalning “Birinchi darajali diplomi” bilan taqdirlangan. Hozirda iqtidorli san’atkor, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yillik esdalik nishoni sohibi, “Ta’lim fidokori” ko‘krak nishoni sohibi, “O‘zbekoyim” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi badiiy rahbari Jamila Hamidovaning qizlari Hilola Mirjalilova rahbarlik qilmoqda. Bugungi kunda “Hilola” bolalar namunali folklor-etnografik jamoasi qadimiy xalq qo‘shiqlar, an’ana va marosimlarda ijro etiladigan raqslar, yallalar asosida yangi konsert dasturlarini tayyorlab va namoyish etish uchun tayyorgarlik ishlarini olib bormoqdalar va ota-bobolarimiz asrlar bo‘yi asrab- avaylab kelgan qadriyatlarni yoshlar turmush tarziga singdirishga yordam berib, kelajagi buyuk o‘zbek yurtining haqiqiy egalari bo‘lgan har tomonlama yetuk komil insonni tarbiyalashdek ma’suliyatli vazifani sidqidildan bajarmoqdalar. Darhaqiqat, xalqqa xos eng ezgu fazilatlar san’at namunalarida yashab, ma’naviy tarbiyada muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Inson dunyoga kelgach, shaxs bo‘lib tarbiya topishda avvalo ona 85 “Hilola” bolalar namunali folklor-etnografik jamoasi. 190 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

allasi, buvijonlari aytgan ertaklar va pandu nasihatlar, bobolar o‘giti uning qon-qoniga singib boraveradi. Milliy an’analar, urf-odat va qadriyatlarimiz negiziga singib ketgan yaxshilik chashmasi har bir yosh avlod shuuriga o‘z nurlari bilan kirib borar ekan, hozirgi globallashuv jarayonidagi “ommaviy madaniyat” tahdidlaridan yoshlarni beminnat himoya qiluvchi vosita bo‘lib xizmat qilishi tabiiydir. Binobarin, folklor san’ati, adabiyot, musiqa yoshlarimiz ko‘nglida yuksak estetik ideallarni hosil qilishda, ularning tobora mustahkamlashda muhim ma’naviy immunitet - ichki qarshilik ko‘rsatish barqaror hislati shakllanishiga yordam beradi. “TO‘RG‘AY” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. Qadimiy qo‘shiqlar, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar va marosimlarni o‘rganish, ularni takomillashtirilgan holda xalqning o‘ziga qaytarish hamda xalq ijodiyoti durdonalarini kelgusi avlodga meros sifatida qoldirish – folklor-etnografik jamoalarning asosiy vazifalaridan biridir. 2002-yil “Qariyalarni qadrlash yili”ga bag‘ishlab Qashqadaryo viloyatining Kitob shahridagi Madaniyat va istirohat bog‘ida folklor- etnografik jamoalarning an’anaviy respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilgan edi. U vaqtda endigina tashkil etilgan, ko‘proq yosh yigit- qizlardan iborat bo‘lgan “To‘rg‘ay” folklor jamoasi Toshkent viloyatining “Qurama” elatiga hos bo‘lgan to‘y marosimi namunalaridan iborat teatrlashtirilgan badiiy-musiqiy dasturni namoyish etdi: Bo‘zto‘rg‘ay, Bo‘zto‘rg‘ay, Bo‘zlamasang ne bo‘lg‘ay. Shunday baxtli zamonda O‘ynamasang ne bo‘lg‘ay, (xalq so‘zi) Tomoshabinlar va tanlov hakamlar hay’ati a’zolarida o‘zining qiziqarli dasturi bilan yaxshi taassurot qoldirdi, mazkur ko‘rik- Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 191

tanlovning yuqori o‘rin sohibi bo‘ldi va tanlovning qimmatbaho sovrini bilan taqdirlandi. Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani markaziy madaniyat markazi qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan “To‘rg‘ay” folklor- etnografik jamoasi 1997-yilda iqtidorli san’atkorlar Alisher Qurbonov, Botir Mirzayev va Sayyora Sayidaliyevalarning tashabbusi bilan tashkil etilgan. Unda turli kasbdagi o‘ttizga yaqin yigit-qizlar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Jamoa qatnashchilari Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi yoshi ulug‘ momolar va bobolar bilan suhbatda bo‘lishib, ulardan yerli aholining qadimiy udumlari, marosimlari, halq qo‘shiq va raqslari hamda shu hududga hos bo‘lgan liboslar haqida so‘zlab, ularni o‘rganib, shular asosida tomosha dasturlarini tayyorladilar. “To‘rg‘ay” jamoasi qatnashchilari tuman va viloyat mehnat korhonalari, tashkilotlar, o‘quv muassasalari, mahalla hamda dala mehnatkashlari huzurida konsert dasturlarini namoyish etib, aholiga madaniy xizmat ko‘rsatib kelmoqdalar. “To‘rg‘ay” jamoasi respublika miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rik- tanlovlar, festivallar, Navro‘z va Mustaqillik singari umumxalq bayramlariga bag‘ishlangan tantanalarda faol ishtirok etib kelmoqda. 2003-yili Toshkent shahrida Alisher Navoiy nomidagi akademik opera va balet katta teatrida Shvetsariya elchihonasining O‘zbekistondagi Ochiq Jamiyat Insituti – Ko‘mak jamg‘armasi va 192 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Charx – 2003” raqs festivalida “To‘rg‘ay” folklor jamoasi Oqqo‘rg‘on tumanining “Quvonch” namunali raqs jamoasi ishtirokchilari bilan birgalikda yangi tomosha dasturi tayyorlab qatnashdilar va festivalning rag‘batlantiruvchi mukofotiga sazovor bo‘ldilar. “Biz o‘z hududimizga xos bo‘lgan an’analar, urf-odatlar, milliy xalq qo‘shiq va raqslari, o‘lan hamda aytishuvlarni tinmay izlab topamiz. Shuningdek, usozlar, folklorshunos olimlar va mutaxassislar bilan maslahatlashib, tomosha dasturlarimizga tayyorgarlik ko‘ramiz. Dasturimiz tayyor bo‘lgach, sahnaga chiqamiz” - deydi jamoaning badiiy rahbari Alisher Qurbonov. “Jamoamiz qatnashchilari asosan qishloq yoshlari bo‘lganligi uchun ularning asosiy ishlaridan bo‘sh vaqtlarida yig‘ilib mashg‘ulotlar o‘tkazamiz. Biz Respublikamiz miqyosida tashkil etib kelinayotgan folklor festivallarida, ko‘rik-tanlovlarda muntazam ishtirok etib kelmoqdamiz. Kelgusida xorijiy davlatlarga ijodiy safarlarga chiqishni ham o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz” - deydi Alisher Qurbonov. “To‘rg‘ay” folklor-etnografik jamoasi qatnashchilari bugungi kunda tinim bilmay ijodiy izlanishlar olib bormoqdalar. Jamoaning bevosita tashabbuskorligi bilan Oqqo‘rg‘on tumanida unutilib borayotgan qadriyatlar sahna yuzini ko‘rib, xalqqa sayqallangan holda qaytarilmoqda. Jamoa “Xalqaro hunarmandchilik festivali”, “Xalqaro Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 193

baxshichilik san’ati festivali”, “Xalqaro Maqom san’ati anjumani”, “Ipak va ziravorlar” an’anaviy festivali, “Buyuk ipak yo‘li, “Nurli navolar” “Boysun bahori” kabi folklor musiqa festivallarida Toshkent viloyati nomidan munosib ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelishmoqda. “CHOTQOL NAVOLARI” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. “Chotqol navolari” folklor-etnografik jamoasi 2015-yil Angren shahar Madaniyat bo‘limi Angren shahar A.Navoiy nomli Madaniyat markazi qoshida, folklor san’atining tolmas targ‘ibotchisi Kimyoxon Qosimxonova tashabbusi va boshchiligida tashkil etilgan. “Chotqol navolari” folklor-etnografik jamoasi ishtirokchilari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni musiqa san’atiga qiziqtirish, milliy qo‘shiq va raqslar, an’analarimizni va urf- odatlarimizni, milliy xalq o‘yinlari, o‘lan va laparlarimizni, nomoddiy - madaniy merosimizni, qadriyatlarimizni asrab avaylash, targ‘ib qilish, yoshlarimiz ongiga singdirish, Ona-Vatannni madh etuvchi qo‘shiqlar bilan Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashdek vazifalarni sidqidildan bajarib kelishmoqda. “Jamoada nafaqat yoshi ulug‘ onaxonlarimiz balki yoshlarni ham uchratish mumkin. Muntazam ravishda o‘quvchi yoshlar orasidan iqtidorli, bilimli yoshlarimizni “Chotqol navolari” folklor- etnografik jamoasiga jalb etib kelmoqdamiz. Ularni ota-onalari va ustozlari bilan maslahatlashgan holda qatnashchilarga sahna liboslarini tayorladik. Jamoa repertuari ustida doimiy ishlanish natijasida, yo‘qolib borayotgan milliy xalq o‘yinlari, laparlar, bolalarga xos o‘lanlar jamoa dasturlariga kiritib borilmoqda” - deydi jamoa rahbari Kimyoxon Qosimxonova. Jamoa ishtirokchilari O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Mahalla” telekanalining “Qadr topgan qadriyatlar” “O‘zbekiston” telekanalining “Ko‘ngil obodligi”, “Madaniyat va ma’rifat” kanalining 194 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

“Ona zamin ohanglari” teleko‘rsatuvlarida o‘z dasturlari bilan ishtirok etishgan. “Chotqol navolari” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi va badiiy rahbar Kimyoxon Qosimxonova. (O‘ngdan uchinchi) Jamoa ishtirokchilari O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Mahalla” telekanalining “Qadr topgan qadriyatlar” “O‘zbekiston” telekanalining “Ko‘ngil obodligi”, “Madaniyat va ma’rifat” kanalining “Ona zamin ohanglari” teleko‘rsatuvlarida o‘z dasturlari bilan ishtirok etishgan. Jamoa ishtirokchilari O‘zbek milliy xalq o‘yinlaridan “Oq sholi, ko‘k sholi”, “Arqon tortish”, “Lanka”, “Chillak”, “To‘p-tosh”, “Xo‘roz urushtirish”, “Belog‘ tortish”, “Arqondan sakrash”, “Eshak mindi” “Mushuk sichkon” kabi o‘yinlarini maroq bilan o‘ynashadi. Bunda 3-4-5-6-7 sinf o‘quvchilari faol ishtirok etishadi. Ayniqsa jamoa ishtyirokchilaridan o‘lan ijrosini maromiga yetkazib ijro etgan Abrorbek va E’zozaxonlarning o‘lan aytishuv ijrolari barchaga manzur bo‘lmoqda. Jamoa ishtirokchilari “Navro‘z” umumxalq bayram sayli tadbirlarida turli xalq o‘yinlari, lapar va o‘lan ijrochiligi bilan faol ishtirok etib kelishmoqda. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 195

Jamoaning faol ijodiy faoliyati Madaniyat vazirligi tomonidan munosib baholanib, 2018-yilda “Xalq havaskorlik jamoasi” unvoni bilan taqdirlandi va onaxonlar va yoshlar safi yanada kengaytirildi. Onaxonlar tomonidan Xadicha Xasanova tomonidan urf-odatlarimizga xos xalq qo‘shiqlari sherlari yozilib xalqona qo‘shiqlari yaratildi va jamoa tomonidan ijro etib kelinmoqda. “Chotqol navolari” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi. Jamoa shahar, viloyat, respublika miqyosida tashkil etib kelinayotgan tadbirlarda, ko‘rik-tanlov va festivallarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallab kelishmoqda. Jamoa repertuaridan “Urchuq”, “Alacha”, “Sholi”, “Zarang”, “Olicha”, “Qoshiq”, “Belbog‘” kabi kabi yangi yaratilgan xalq qo‘shiq va laparlari xalqimizga manzur bo‘lmoqda. “Chotqol navolari” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasini bugungi kunda faol faoliyat olib borayorgan jamoalardan biri sifatida e’tirof etishimiz mumkin. Jamo hozirda yangi marosim va dasturlar, yo‘qolib borayotgan folklor asarlarini tiklash uni xalqimizga turli shakllarda namoyish etish ustida ish olib borishmoqda. 196 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

SURXONDARYO-QASHQADARYO VOHASI FOLKLOR- ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOALARI “BOYSUN” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. Boysun tog‘ etaklari bahor ayyomida afsonalardagidek go‘zal bo‘ladi. Qor suvlari shaloladay oqib, tabiatni uyg‘otadi, atrof gullab- yashnaydi. Shu suvlarning jildirashini, jilg‘alarining mayin ohanglariga quloq tutsangiz – xuddi shu shaloladay – jilg‘alaridan mayin ohanglaru, o‘ynoqi kuylar taralib turganligiga guvoh bo‘lasiz. Shu hududda tashkil etilgan “Boysun” jamoasi tog‘ bag‘ridan enib kelayotgan billur suvlarday ko‘p yillardan buyon odamlarga huzur halovat, zavq-shavq bag‘ishlab kelmoqda. Qator yillar “Boysun” uchun tajriba to‘plash, san’at sirlarini o‘rganish, xalq ijodiyotining bag‘riga teran kirib borish davri bo‘ldi. Ansambl havaskorlikdan professional darajaga odimladi. “Boysun” “Shalola” ansambli huzurida tug‘ilib, atak-chechak qilayotgan davrida – 1975-yil Polshaning Zakapanye shahrida bo‘lib o‘tgan “Tog‘li o‘lkalar” XIII xalqaro festivalida ishtirok etib, ikkinchi darajali “Kumush bolg‘a” mukofoti sovrindori bo‘ldi. 1977-yilda xalq ijodiyoti II butunittifoq festivaliga qizg‘in tayyorgarlik boshlandi. Mazkur festivalning ilk bosqichida ham, uning yakuniy tadbirlarida ham “Boysun” yaqqol ko‘zga tashlandi. Chunki festivalga tayyorlanish davomida bir qator folklor-etnografik ansambllari va havaskorlik jamoalariga asos solindi. Shu bilan birga, yuzlab iste’dodlar aniqlandi, folklor amaliyotida ancha tajriba to‘plandi. Bu esa xalq ijodiyoti festivali doirasida o‘tkazilgan folklor- etnografik ansambllari, katta ashula ijrochilari va oilaviy ansambllar ko‘rik-tanlovi natijalarida yaqqol ko‘rinadi. Jamoalar orasida “Boysun” birinchi o‘rinni egalladi. Shundan so‘ng, “Boysun” o‘zbek xalqining qadimiy, milliy urf-odatlarini o‘zlari ijro etgan ashula va raqslar orqali ifoda etib, Afg‘onistonning Balx viloyatida, Moskvada Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 197

bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kunlari anjumanida qiziqarli dasturini namoyish etdi. “Boysun” folklor-etnografik jamoasi o‘zining betakror, sermazmun, serjilo, o‘ynoqi repertuarlari orqali tez tanildi. Ansambl ishtirokchilari ijro etgan laparlari, mavsumiy marosim qo‘shiqlari san’at shinavandalarining tiliga tushdi. Xronika va hujjatli filmlar studiyalari mazkur jamoa faoliyati va ijrosi haqida bir necha telefilmlarni suratga oldi. 1988-yilning 25-26 sentabrida Qo‘qon shahrida “Xalq ijodiyotini saqlash va rivojlantirish muammolari” mavzusida yirik anjuman bo‘lib, unda respublikadan va chet mamlakatlardan taniqli folklorshunos olimlar va madaniyat xodimlari ishtirok etdilar. Qiziqarli ma’ruza va bahslar jarayonida “Boysun” jamoasining o‘ziga xos repertuari, ijro usuli, kiyim-kechagi-yu bezaklari xususida bahs yuritilib, jamoa yaxshi baho oldi. 1988-yil dekabr oyida “Boysun”ga “Xalq havaskorlik jamoasi” unvoni berildi. Qisqa vaqt ichida bunday yuksak unvonga sazovor bo‘lishning boisi bor edi, albatta. Jamoa respublikaning boshqa jamoalari orasida tanilishining sababi shunda ediki, jamoa Boysun tumanida saqlanib kelayotgan qadimiy an’analarni qanday bo‘lsa shundayligicha sahnaga olib chiqib, tomoshabinlar diqqatiga havola qila oldi. Uning dasturi boyligi, rang-barangligi bilan ko‘pchilikni mamnun etdi. Jamoa a’zolari mahorati tufayli O‘zbekistonning janubiy tumani bo‘lmish Boysunning qadimiy, bahor mavsumiga oid marosim folklori o‘zining to‘liq ifodasini topdi. Bu bilan ana shu jamoa mamlakatimizda va chet ellarda tomoshabinlarning iliq olqishlari va tahsinlariga sazovor bo‘la oldi. “Omon yor”, “Yor-yor”, “To‘rg‘ay”, “Momogul”, “Mohi sitora”, “Chavqi”, “Doston”, “Orazibon”, “Cavqi” va boshqa bir qator jamoalar mamlakat miqyosida tanildilar. “Boysun” ular orasida eng peshqadami sifatida xalqaro miqyosda ham mashhur bo‘ldi. Chunki bu jamoa folklor namunalarini, etnografik xususiyatlarini o‘z dasturida mukammal saqlay oldi. Keyingi yillarda ijodiy jamoa xalqimizning qadimiy qo‘shiqlarini, marosim va bayramlarini chuqur o‘rganib, ularni qayta ishlashga katta e’tibor bermoqda. Jamoa a’zolari tog‘ etaklaridagi qishloqlarga tez-tez borib turishadi. Borgan joylaridagi aholining qo‘shiqlari, raqslari bilan qiziqishadi, tomosha qilib o‘rganishga harakat qilishadi. Ovoz yozish qurilmalariga 198 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

tushirilgan qo‘shiqlarning folklor xususiyatlarini, etnografik unsurlarini sahnaga moslashtirib qayta tiklashadi. Jamoada erkaklar-u ayollar baravar qatnashadi, bu jamoa uchun folklor va etnografiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini saqlash omili bo‘lib xizmat qilmoqda. Dasturdagi ko‘p sahnalarni ham erkaklar, ham ayollar ijro etishlari talab qilinadi. Dasturning o‘ziga xosligi uning mavzu yo‘nalishi bilan ham bog‘liqdir. Kundalik turmushning u yoki bu ko‘rinishlari san’at tili bilan ifodalanadi. Dehqonning yer haydashi, bu jarayonda jonivor bilan muloqoti, xatti-harakatlari, yomg‘ir chaqirish odatlari tabiiy tarzda mazmunan boy, nafis ohanglar, jo‘shqin qo‘shiqlar va dilrabo raqslar ila tomoshabinga havola etiladi. Tomoshabin go‘yo moziyga safar qilib, bu voqealarda aynan o‘zi ishtirok etayotganday bo‘ladi. Yildan-yilga izchil izlanishlar evaziga jamoa o‘z repertuarini yangidan-yangi dasturlar bilan boyitib kelmoqda. “Halinchak qo‘shig‘i”, “Ko‘pkari-uloq”, “Sovchilar qo‘shig‘i”, “O‘tin yor”, “Turna keldi”, “Ulijon” va boshqa qadimiy terma qo‘shiqlar va raqslar jiddiy izlanishlar tufayli tomoshabinlar tomonidan samimiy kutib olinmoqda. Boysun deganda, ko‘z oldimizga osmono‘par yuksak Boysun tog‘lari-yu mag‘rur va o‘ktam yigitlari, lobar qiz-juvonlari namoyon bo‘ladi. “Boysun” jamoasi deganda, bir necha yillardan buyon muxlislarni xushnud etib kelayotgan serjilo, maftunkor san’at guruhi gavdalanadi. Boysun tog‘ etaklarida yashab ijod etayotgan jamoa Surxon vohasining udum, urf-odatini, marosimlarini nisbatan buzilmagan holda o‘z ijrosi orqali saqlab kelmoqda. Ayniqsa, o‘zbek va tojik san’atining tutash nuqtalarini, o‘ziga xos tomonlarini o‘z dasturida takrorlanmas ijro orqali tarannum etmoqda. Masalan, “Sarak-sarak” qo‘shig‘ida yosh qizginaning dadasi bilan muloqoti tasvirlanadi. Qizcha dadasiga erkalanib, istaklarini bayon etib, ularni bajo keltirishni so‘raydi. Bunday erkalash qo‘shiqlari o‘zbeklarda ham, tojiklarda ham udum bo‘lgan qo‘shiqlarning bir ko‘rinishidir. Yoki “Bo‘zakam”, ya’ni yo‘qolgan echki haqidagi qo‘shiqni olaylik. Ma’lumki, tog‘ sharoitida chorva izidan podachi yurmaydi, ular erkin o‘tlab yuraverishadi. “Bo‘zakam”da shu haqda hikoya qilinadi. Echkisi uyga qaytmagan boboning hasrati, keyin uni topib olgandagi quvonchi tasvirlandi. Ijro davomida tog‘li xalqlarning turmush Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 199


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook