Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore A_Sunnatillayev_Folklor_etnografik_jamoalar_bilan_ishlash_uslubiyoti

A_Sunnatillayev_Folklor_etnografik_jamoalar_bilan_ishlash_uslubiyoti

Published by Asatilla Sunnatillayev, 2023-03-09 17:39:17

Description: A_Sunnatillayev_Folklor_etnografik_jamoalar_bilan_ishlash_uslubiyoti

Search

Read the Text Version

“Ko‘pkari”, “Otarda”, “Cho‘pon qiz”, “Zarbdorlik checham”, “Oypari”, “Qilpillama”, “Hovli to‘yi” xalq qo‘shiqlari “Quloq cho‘zma”, “Eshshak mindi”, “Chillik o‘yini” kabi xalq o‘yinlari keng o‘rin olgan. “SAYHUN YIGITLARI” FOLKLOR-ETNOGRAFIK XALQ HAVASKORLIK JAMOASI ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. Ismi jismiga mos “Sayhun yigitlari” folklor-etnografik jamoasi Guliston tuman madaniyat markazi qoshida 1992-yilda tashkil etilgan. Jamoaning bunday nomlanishiga sabab Sirdaryoning o‘tmishda Sayhun deb nomlanganligidir. Sayhun bo‘yida yashovchi xalq udumlari, marosimlari avloddan-avlodga o‘tib, bugungi kunimizgacha yetib kelgan. Ana shu milliy qadriyatlarimizni puxta o‘rganib, uni xalqimizga qayta armug‘on etish jamoaning asosiy maqsadidir. Jamoaning “Sayilga, ho, sayilga”, “Jon akajonlar”, “Qichqir xo‘rozim”, “Polvonxonto‘ra”, “Vohay-vohay”, “O‘zbekistonim yasha” singari kuy va qo‘shiqlarini el sevib tinglamoqda. Tez orada jamoaning elga tanilishida o‘z repertuarlarida ajdodlarimiz yaratgan, biroq buzib ijro etilayotgan qo‘shiqlarini jonlantirib asl qiyofasiga keltirish, Sirdaryoga xos urf-odatlarni sahnalashtirish singari omillar sabab bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. 1993-yilda jamoa folklor-etnografik jamoalari o‘rtasida viloyatda o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda faxrli 1-o‘rinni, respublika bosqichida esa 1994-yil 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Xorazmda Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tantanalari munosabati bilan o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda 3-o‘ringa munosib topildi. Shundan so‘ng respublika televideniyesi orqali “Sayhun yigitlari” jamoasi badiiy dasturining namoyish etilishi jamoaning kamtarona mehnatiga munosib sovg‘a bo‘ldi. “Sayhun yigitlari” jamoasi 2004-yilda “Boysun bahori” xalqaro festivaliga qatnashib, “Sir bo‘yida to‘y bo‘lsin”, “To‘y keldi”, “Palovxon to‘ra”, “Mosh polvon” kabi folklor qo‘shiqlari bilan festivali qatnashchilari va mehmonlarning olqishiga sazovor bo‘ldi. 250 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

Jamoa mamlakat miqyosida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlarda, festivallarda hamda Navro‘z va Mustaqillik kabi umumxalq bayramlariga bag‘ishlangan tantanalarda faol ishtirok etib kelmoqda. “Sayhun yigitlari” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi Jamoa yangi dasturlar ustida ijodiy izlanishda, yaratilayotgan ashulalarning badiiy mazmuniga e’tiborni qaratmoqda. Ayniqsa, To‘xtaniyoz Tojiyev, Mamarayim Haqnazarov, Abduvali O‘rolov, Ravshan Ziyoyev, Nasim Bobonazarov, Dushanboy Sultonovlarning sa’y-harakatlari tufayli jamoa faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bugungi kunda “Sayhun yigitlari” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi yangi dastur va marosimlar ustida ish olib borishmoqda. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 251

“FOLKLOR-ETNOGRAFIK JAMOALAR BILAN ISHLASH USLUBIYOTI” FANIDAN TEST SAVOLLARI 1. Folklor jamoasini yaratgan birinchi mutaxassis? *M.Qoriyoqubov T.Mirzayev X.Zarifov B.Sarimsoqov 2. Folklor - etnografik jamoalarining yо‘nalishlari? *Raqs, qо‘shiq Variantlilik Ijrochilik Og‘zakilik 3. Xalq milliy marosimlarida eng kо‘p qо‘llanadigan folklor janri *Xalq qо‘shiqlari Yor-yor, kelinsalom Askiya, kiziqchilik Alla, erkalama, sanama 4. Zamonaviy folklorning yangicha badiiy ijod shakli usuli? *Postfolklor usuli Tilshunoslik Etnografik usul Folklorshunos-lik 5. Folklor – etnografik jamolarining shakllanishi haqida tadqiqot olib borgan olimani kо‘rsating? *S.Yо‘ldosheva M.Jо‘rayev О‘.Toshmatov J.Eshonqulov 6. Xalq turmush tarzini ifodalovchi fan? *Etnografiya 252 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

Tarix Adabiyot Musiqa 7. О‘zbek bolalar folklori janrlarini aniqlang? *Topishmoq, tez aytish Doston Rivoyat Maqol 8. “Navrо‘znoma” asarining muallifini toping? *Umar Xayyom Behbudiy Kaykavus Alisher Navoiy 9. “Xalq urf-odat va an’analari” qо‘llanmasining muallifi kim? *S.Yо‘ldosheva M.Jо‘rayev О‘.Toshmatov J.Eshonqulov 10.Qoraqalpogiston Respublikasida faoliyat kо‘rsatayotgan jamoani aniqlang? *Miyras Chavqi Sarvinoz Boysun 11.“Chavqi” folklor - etnografik jamoasi qaysi viloyatda faoliyat kо‘rsatadi? *Toshkent viloyatida Farg‘ona viloyatida Buxoro viloyatida Samarqand viloyatida 12.“Hilola” folklor - etnografik jamoasi Toshkent shahrining Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 253

qaysi tumanida faoliyat kо‘rsatadi? *Olmazor tumanida Yashnabod tumanida Mirobod tumanida M.Ulug‘bek tumanida 13.“Tо‘sh qaytarar” udumini qaysi jamoa sahnaga olib chiqqan? *Tо‘rg‘ay Gulyor Navbahor Munojot 14.Qarsak usulida ijro mahoratini kо‘rsatgan jamoani aniqlang? *Chavqi Momogul Besperda Nozanin 15. “Momogul” folklor - etnografik jamoasi qaysi viloyatda tashkil etilgan? *Qashqadaryo Samarqand Xorazm Buxoro 16.“Rizvongul” folklor - etnografik jamoasi Qashqadaryo viloyatining qaysi tumanida tashkil etilgan? *Kitob tumanida Qamashi tumanida Koson tumanida Shaxrisabz tumanida 17.“Quralay” bolalar namunali folklor - etnografik jamoasi qaysi viloyatda faoliyat ko‘rsatadi? *Surxondaryo Andijon 254 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

Sirdaryo Namangan 18.“Durdona” folklor – etnografik xalq jamoasining rahbari kim? *M.Boymirzayeva L.Nurimova G.Raximova T.Pinxasova 19. “Rizvongul” folklor – etnografik xalq jamoasining rahbari kim? *T.Xalilov S.Qosimova B.Pardaxо‘jayeva G.Ibragimova 20. Folklor jamoalarida qо‘llanadigan musiqa asboblari? *Karnay - surnay, chanqovuz Tor, akardion Setor, rubob Pianino, fortepiano 21. Xorazm vohasi musiqa folklori qaysi cholg‘uda ijro etiladi? *Tor, Bulamon Dutor, Nay Chang, rubob Pianino, fortepiano 22. “Buvijonlar” folklor – etnografik xalq jamoasi qayerda tashkil etilgan? *Toshkent shahrida Chirchiq shahrida Angren shahri Yangi yо‘lshahrida 23. “Muchal tо‘yi” risolasining muallifini aniqlang? Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 255

*S.Yо‘ldosheva M.Jо‘rayev A.Musaqulov N.Qosimov 24. Askiya janrining о‘ziga xosligi *Badihagо‘yligi Xazil mutoiba asosi Sо‘z ketma- ketligi Sо‘z о‘tkirligi 25. Folklorga xos xususiyatlarni sanab bering? *Xamma javoblar tо‘g‘ri Ommaviylik Variantlilik Og‘zakilik 26. Qaysi ilmiy tekshirish institutida folklor arxivi saqlanadi? * O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Folklor bо‘limida Tarix ilmiy tekshirish institutida Falsafa ilmiy tekshirish instituti Kibrtexnika ilmiy texnika institutida 27. О‘zbek folklor asarlarini sahnalashtirishda qaysi amaliy san’at bezagidan foydalaniladi? *О‘zbek xalq amaliy san’ati Tatar xalq amaliy san’ati Rus xalq amaliy san’ati Ukrain xalq amaliy san’ati 28. Folklor - etnografik jamoalarida qaysi janr asosiy hisoblanadi? * Folklor qо‘shiqlari Ertak va rivoyat janri Bolalar folklori Askiya janri, xalq qо‘shiqlari 256 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

29. Buxoro folklor – etnografik jamoalari yо‘nalishi qо‘shiqlarini tanlang? *Mavrigi Rok qо‘shiqlari Alla Estrada qо‘shiqlari 30. О‘zbekiston xalq artisti R.Mazoxidova tashkil etgan jamoa? * Omon yor Momogul Chavqi Gulyor 31.“Folklor” sо‘zi nimani anglatadi? * Xalq donishmandligi Falsafa Xalq pedagogikasi San’at 32. I Xalqaro baxshichilik san’ati festivali qachon va qayerda о‘tkazilgan? 2019-yil Termezda 2018-yil Surxondaryoda 2020-yil Nukusda 2021-yil Jizzaxda 33. “Qо‘sh qо‘shiqlari”, “О‘rim qо‘shiqlari’, “Xirmon kо‘tarish” qо‘shiqlari qaysi qо‘shiq turiga kiradi? * Dehqonchilik bilan bog‘liq Chorvalik bilan bog‘liq Xunarmandchilik bilan bog‘liq Kosiblik bilan bog‘liq 34. “Alla” qо‘shig‘ini qaysi viloyatda erkaklar ijro etadi? *Surxondaryo, Qashqadaryo Farg‘ona,Namangan Buxoro, Samarqand Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 257

Xorazm, Toshkent 35. Olqishlar qachon va qayerda ishlatiladi? *Xamma javoblar tо‘g‘ri Safarga bornsh oldida Tо‘y xashamlarda Dasturxon atrofida 36. Folklor asarlarini necha uslubda yozib olish mumkin? *3 xil 5 xil 7 xil 9 xil 37. “О‘zbek topishmoqlari” asarining muallifi? *Z.Xusainova M.Alaviya M.Yoqubbekova A.Musaqulov 38. “Avesto” asarida inson axloq - odobi, manaviyati qanday ifodalanadi? *Xamma javoblar tо‘g‘ri Yaxshi sо‘z Yaxshi ish va niyat Yaxshi fikr 39. “Boysun bahori” xalqaro folklor musiqa festivali qayerda о‘tkaziladi? *Boysunda Termezda Chirchiqda Urganchda 40. О‘zbek folklori asoschilari? *Xamma javoblar tо‘g‘ri V.Jirmunskiy, T.Mirzayev G.Yunusov, M.Alaviya 258 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

X.Zarif, M.Afzalov 41. Folklor etnografik jamoasini tuzish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni ko‘rsating? *Barcha javoblar to‘g‘ri. Ansambl tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni rahbar bilan muhokama qilish Ansambl qatnashchilarini jalb qilish. Ansamblga kiruvchilarni ovoz va musiqiy qobilyatlarini telshirib chiqish. 42. Jamoa rahbari jamoaga kiruvchi ishtirokchilarni musiqiy qobilyatlarini tekshirish jarayonini nimadan boshlashi lozim? *Suhbat jarayonidan Musiqaga qiziqishidan Raqsdan Qo‘shiq ayta olishidan 43. Janr sifatida nisbatan kichik diapazonli kuydan tashkil topgan barmoq vaznidagi mustaqil to‘rtlik……...deyiladi? *Qo‘shiq Ashula, Ariya Terma 44. Mehnat qo‘shiqlari nechta guruhga bo‘linadi? *4 ta 2 ta 3 ta 5 ta 45. Dehqonchilik bilan bog‘liq mehnat qo‘shiqlarini ko‘rsating? *Ho‘p mayda, O‘rim qo‘shiqlari O‘rmak qo‘shiqlari Xo‘sh-xo‘shlar Turey-tureylar Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 259

46. Baxshi shoirlar repertuaridan keng o‘rin egallagan termalarni ko‘rsating? *Do‘mbiram, Kunlarim Nima aytay Armonim qolmadi Barcha javoblar to‘g‘ri 47. “Qizlar majlisi”, Qiz oqshomi” kabi turli nomlar bilan nomlanadigan tantanada ijro etiladigan marosim qo‘shig‘i? *O‘lan Yor-yor Omon yor Tanovor 48. Termaning lug‘aviy ma’nosi nima? *Tanlangan, saylangan, terib, tanlab tizish demakdir. Qofiyalangan, saralangan Terilgan, aytilgan To‘g‘ri javob yo‘q 49. Baxshi doston boshlamasdan to‘plangan xalqning diqqat- e’tiborini tortish uchun nima aytadi? *Terma Qo‘shiq Doston Ashula 50. Xorazm xalfachilik san’ati nechta shaklda kuylanib kelinadi? *Yakkaxon ijrochilik, ansambl tarzida guruhli ijrochilik Yakka ijrochilik, xor ijrochilik Ansambl ijrochilik, Guruxli ijrochilik To‘g‘ri javob yo‘q 51. Farg‘ona-Toshkent musiqa uslubida qaysi marosim qo‘shiqlari keng tarqalgan? *Lapar 260 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

Yalla Katta ashula, Barcha javoblar to‘gri 52. “Kelin salom” marosimi qachon o‘tkaziladi? *To‘ydan keyin Nikoh kechasi Fotihadan keyin Non sindirgandan keyin. 53. Havaskorlik jamoalarida ishtirok etishning ijobiy tamonlari? Barcha javoblar to‘g‘ri Shaxsning fikri, tasavvuri, irodasi, ijobiy potensiallarini faollashtiradi San’atni tushunadigan, ularga baho bera oladigan kishiga aylanadi Kishilarning ijodiy imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirishga imkon yaratadi 54. Navro‘z qo‘shiqlari qaysi marosim qo‘shiqlari sirasiga kiradi? *Mavsum-marosim Oilaviy marosim Nomarosim va mavsum-marosim Lirik qo‘shiqlar 55. Farg‘ona vodiysi laparlarining o‘ziga xos musiqiy ijro uslubini ko‘rsating? *Barcha javoblar to‘g‘ri Kuyning ohangdorligi Ritmik tuzilmaning ravonligi Laparning dialog shaklida ijro etilishi 56. “Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo‘llamoq kerak. Biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun odat bo‘lib qolgan musiqa va ashuladir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 261

bolaning tanasi bilan badan tarbiyaga va ruxi bilan musiqaga bo‘lgan iste’dodi xosil qilinadi”, ushbu jumla qaysi allomaga tegishli? *Ibn Sino Beruniy Al-Xorazmiy Amir Temur 57. Xalq qo‘shiqlarini kuylash mahoratini, ya’ni jimjimador qo‘shiq ijrosini belgilovchi jixatlarni ko‘rsating? *Barcha javoblar to‘g‘ri Nolish Qochirim To‘lqinlantirish, Xang 58. Asarning adabiy matni so‘zlarini tinglovchilarga aniq yetkazib berish vositasi…….. ..deyiladi? *Artikulyatsiya, talaffuz Terma Mutatsiya Badixago‘ylik 59. Ansamblda ma’naviy-ma’rifiy ishlar ikki ko‘rinishdan iborat. Ular qaysilar? *G‘oyaviy-siyosiy, badiiy-estetik tarbiya Siyosiy-ijtimoiy, badiiy-ilmiy tarbiya Ilmiy-texnikaviy, badiiy-g‘oyaviy tarbiya To‘g‘ri javob ko‘rsatilmagan 60. O‘zbek xalq musiqasining eng muhim ifodaviy vositasi? *Usul Qochirim Temp Dinamik belgilar 61. “Chotqol navolari” folklor etnografik xalq ansambli qaysi viloyatda faoliyat ko‘rsatadi? *Toshkent viloyati 262 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

Samarqand viloyati Jizzax viloyati Andijon viloyati 62. 1950-yillarda Samarqand viloyati Urgut tumanida tashkil topgan folklor ansambli? *Beshqarsak Chavqi Mohi Sitora Nozanin 63. Jamoalarni tashkil etishda rahbarlar ish uslubiga qarab qanday toifaga ajratiladi?? *Barcha javoblar to‘g‘ri Avtoritar Demokratik Yakka hokimlik va demoktarik xususiyatlarga ega rahbar 64. Ongli -botiniy intizom bu -………………? Ishtirokchilar jamoa manfaatini o‘zining shaxsiy manfaatidan ustun qo‘yishi, vazifalarni qalban his etib, vijdonan bajarishi Ishtirokchilarlar o‘z manfaatlarini ansamblda ustun qo‘yishi Ma’naviy-ma’rifiy ishlarga jalb etish Ilmiy-ijodiy ishlarga bo‘lgan intizom 65. Badiiy jamoalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping? *Ko‘rsatilgan barcha javoblar to‘g‘ri Folklor jamoalari, cholg‘u jamoalari Raqs jamoalari, teatr jamoalari Estrada jamoalari, dorbozlik san’ati 66. “Xalq” va “Namunali” unvonlari kim tomonidan tasdiqlanib, topshiriladi? *Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan tasdiqlanib, topshiriladi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi tomonidan tasdiqlanadi va topshiriladi Madaniyat va turizm vazirligi tasdiqlaydi Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 263

Barcha javoblar to‘g‘ri 67. Folklor ansambllari qayerlarda tashkil etiladi? *Barcha jvoblar to‘g‘ri Madaniyat markazi va saroylarda, OTM va O‘MKHKda, mahallalarda Kasaba uyushmalarida Korxona va tashkilotlarda 68. Folklor asarlarini qo‘lda yozib olish usulining qulayliklarini ko‘rsating? *Ko‘rsatilgan barcha qulayliklar to‘g‘ri Ijrochi va yozib oluvchi o‘rtasidagi muloqot Matnni to‘liq va aniq qog‘ozga tushirish So‘zlarga bevosita izoh berish 69. Unvonga ega folklor jamoalariga nechta shtat birligi ajratiladi? *3-ta 1-ta 4-ta 2-ta 70. Ko‘rik-tanlov va festivallarning nizomlari qanday qisimlardan tashkil topadi? *Ko‘rsatilgan barcha qisimlar Kirish qismi, umumiy qoidalar Tadbirni o‘tkazish tartibi Hakamlar hay’atiga ko‘rsatmalar, g‘oliblarni taqdirlash 264 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

GLOSSARIY Avlod – oila shajarasi. Ajdod – otadan bolaga, boladan nabiraga o‘tadigan davomiylik. Azon aytish – chaqaloqning ismini rasmiylashtirish. Aytishuv – qiz va yigit o‘rtasidagi ijodiy musobaqa. Aytis – qirg‘iz oqinlarning badeha tarzida o‘zaro she’riy, musiqiy musobaqalari. Alla – ona tomonidan bolani uxlatish uchun aytiladigan qo‘shiq Allegro – tez va jonli ijro ko‘rsatgichi. Ansambl – folklor-etnografik jamoalari tomonidan ijro etiladigan dasturlar. Arafa – ro‘za va qurbon oylarining oxirgi kuni. Arpa soldi – kelin-kuyov serfarzand bo‘lishi uchun bajariladigan udum. Askiya – so‘zamollik, zakiylik, so‘z o‘yiniga, qochiriqqa asoslangan hozirjavoblik musobaqasi. Afsona – avloddan-avlodga, og‘izdan-og‘izga o‘tib kelgan fantastik xikoya. Afsun – duo, bitik va aytimlar. Ashula – keng tarqalgan vokal musiqa janri va shakli bo‘lib, unda she’riy va musiqiy obrazlar bir-biriga uyg‘unlashgan holda gavdalanadi. Aqin, oqin – qozoq va qirg‘izlarda xalq shoiri, baxshi sozanda. Aqiqa – oilada yangi farzand kelishi munosabati bilan o‘tkaziladigan marosim. Ashshadarozi-Sumalak pishirish bilan aloqador marosim. Bayt aytilishi – kelin bilan kuyovni ertalab choy ichib o‘tirgandagi udum. Bak-bavak – Xorazm viloyatida chaqaloq besh kunlik bo‘lganda o‘tkaziladigan an’anaviy marosim. Barot keldi – yil boshi qadimiy yil bilan bog‘liq mavsumiy marosimlaridan biri. Baqan tutish – kelinni kuyovnikiga olib kelayotganda uning yo‘lini to‘sish udumi. Bastakor – melodiya uslubida asarlar yaratuvchi ijodkor. Baxshi – xalq dostonlarini kuylovchi shoir, oqin. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 265

Baxshi-shoir – do‘mbira va dutor jo‘rligida doston yo‘llarini ijro etish bilan birga, turli mavzularda o‘zlari ham she’r va dostonlar yaratuvchisi. Badiha – biror voqea-hodisa munosabati bilan to‘satdan aytib yuboriladigan she’r yoki musiqa asari. Bayram – muhim tarixiy voqea, shodlik, rasmiy tantana o‘tkazish uchun berilgan kun. Bezak ilgi – Surxon vohasida kelinni kiyintirish udumi. Belbog‘ yechar – nikoh to‘yi marosimida kelinning yangalari tomonidan kuyovning belbog‘ini yechish udumi. Bet ochar – to‘yning ertasi kuni kelinchakning yuzini ochishga bag‘ishlab o‘tkaziladigan marosim. Beshik to‘yi – chaqaloqni beshikka belash marosimi. Bir tegirmon – bug‘doyni yanchadigan uskuna. Bir qo‘sh – dalani shudgorlashda ishlatiladigan mehnat quroli. Boychechak xabari – erta bahorda boychechak ochilganda bolalar tomonidan o‘tkaziladigan udum. Bug‘doy to‘ldirar – kelin-kuyov serfarzand bo‘lishi uchun kuyovning oyoq kiymiga bug‘doy solib qo‘yish odati. Buxorochi – buxorolik. Bayram – xalq tomonidan nishonlanadigan tantana. Bo‘ta solay marosimi – qizlar va yigitlar tomonidan musobaqa tarzida o‘tkaziladigan marosim. Bo‘zchi – bo‘z tikuvchi kosib. Bo‘ri keldi – kuyov tomonidan kelinni zudlik bilan chimildiqqa olib kirib ko‘rpaga yotqizish udumi. Vokalizatsiya – so‘zsiz ashula aytish. Go‘yanda – Buxoroda xotin-qizlar tomonidan yig‘i-yo‘qlov qo‘shig‘ini ijro etuvchilar. Ganch – yog‘ochdan o‘yib yasaladigan jihozlar. Guldurgup – bolalar tomonidan bajariladigan o‘yin shakli. Gul sayli – yilning avgust oyi oxirgi haftasida o‘tkaziladigan sayl. Gul barra – Namangan viloyatida ko‘klamning birinchi chechagi gul barra ochilganda o‘tkaziladigan marosim. Duet – ikki ijrochidan tuzilgan ansambl. Diniy qadriyatlar – dindorlar tomonidan bajariladigan marosimlar. 266 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

Dahliz – uyning kirish qismi. Dastalar – Buxoro shahrida qo‘shiqchi va raqs ijrochilari. Yo haydar – o‘zbek dexqonlarining xirmon sovurayotgan paytdagi shamol chaqirish marosimi. Jaloq qizdirar – sovchilar qiz tomonidan rozilik olganda qo‘y so‘yib o‘g‘li uylanayotganligi elga ma’lum qilish udumi. Jamoa – kishilarning guruhlarga uyushuv shakli. Improvizatsiya – doston, qo‘shiq yoki musiqa asarining bir yo‘la ijod qilinib, badiha tarzida aytilishi. Isiriq solish – turli ko‘z va xusumatlardan voqif bo‘lish uchun tutatiladi. Innovatsiya – yangilik. Kelin tushdi – nikoh to‘yida kelinni kuyovnikiga olib borish marosimi. Kuyov oshi – to‘yning ertasi kuni kuyov o‘z jo‘ralari bilan ziyofat qilish odati. Kulminatsiya – folklor qo‘shiqlari yo uning ma’lum bir qismining eng yuqori nuqtada ijro etilishi. Kelinsalom – kelinlarni qarindoshlariga tanishtirish uchun bajariladigan marosim, aytiladigan qo‘shiq. Kamzul – ayollar kiyimi. Kandakorlik – temirdan yasalgan uy-ro‘zg‘or jihozlari. Korfarmon – masxaraboz va qiziqchilar teatri, ijrochilar rahbari, xalq an’anaviy teatri ishboshchisi. Kulchacha – onalar tomonidan bolalarga tandirda kichkina qilib non yopiladi. Kumush to‘y – er va xotinning oila qurganiga 50 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkaziladigan marosim. Ko‘rpacha – mehmonlarga o‘tirish uchun to‘shaladigan mato. Ko‘chmanchi – chorvador xalqi. Lagan – idish. Lapar – ikki jinsga mansub shaxslar tomonidan ijro etiladigan qo‘shiq. Lapar aytish – nikoh to‘yidan bir kun avval qizning uyida dugonalari kuyovning jo‘ralari bilan yig‘ilib, so‘z musobaqasi o‘tkazish odati. Lachak to‘yi – Xorazmda ayollar 60 yoshga to‘lganda o‘tkaziladigan marosim. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 267

Latifa – kattalar tomonidan aytiladigan aytimlar. Lahja – dialekt. Lutf – suxandonlik. Mavrigixonlik – Buxoro san’atiga xos bo‘lgan qo‘shiq ijrochiligi Masal – majoziy xarakterdagi qisqa hikoya bo‘lib, axloqiy va tarbiyaviy fikrlarni ifodalaydi. Mesh – suv to‘ldiradigan qop. Mirob – suvchi. Mavsum qo‘shiqlari – yil fasllari bilan bog‘liq qo‘shiqlar Magiya – so‘z sehrgarligi. Marosim qo‘shiqlari – o‘zbek xalqining turli marosimlarida aytiladigan qo‘shiqlari. Maqom – klassik kuy va qo‘shiq. Milliy qadriyatlar – xalqimizning turmush tarzida muhim rol o‘ynaydigan rasm-rusm, marosim va an’analar kiradi. Mehrjon – kuz faslida o‘tkaziladigan marosim; kuzdagi hosil bayrami. Muchal to‘yi – bola 12 yoshdan 13 yoshga qadam qo‘yganda o‘tkaziladigan marosim. Naqorat – ashulaning bir necha bor qaytariladigan qismi. Nikoh – er va xotinning qonuniy birligi. Non ushatish – nikohdan oldingi marosim. Oyna ko‘rsatar – nikoh to‘yi kechasi chimildiqda kelin bilan kuyovga oyna tutish udumi. Parodiya – satirik ijodning bir turi bo‘lib, xalqning kamchiliklarini ko‘rsatib ijro etiladigan asar. Pauza – vaqtincha jim turish, ya’ni folklor asarining biror qismida yoki ayrim ovozlarida tovush chiqazmay ma’lum bir muddat to‘xtash belgisi. Soch silatar – nikoh to‘yi kuni kuyov kelinning sochini oq mato bilan yuqoridan pastga qarab silash udumi. Sog‘im qo‘shiqlari – uloqni emizish paytida aytiladigan qo‘shiq Terma - o‘zbek folklorining janr turlaridan bo‘lib, aytiladigan ashula so‘zining har bir bandi turlicha mazmundan iborat. Tushov kesdi – bolani birinchi qadam qo‘yayotgandagi marosim. To‘qqizta bog‘ – nikoh to‘yida kuyov jo‘ralari bilan kelinni olib ketish uchun kelgandagi bajariladigan odatlardan biri. 268 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

Festival – (ing. va fran. Festival- xush chaqchoqlik bayram) katta madaniyat va sport bayrami, musiqa, qo‘shiq, teatr, folklor san’ati tanlovi, konkurs va bellashuvlar o‘tkazilishi. Folklor – xalq donishmandligi, xalq zukkoligi, xalq ijodi Xalfa – Xorazmdagi shoira, sozanda va ashulachi xotin-qizlar. Charx qo‘shig‘i – ipni yigirayotganda aytiladigan qo‘shiq. Choy momo marosimi – yoz paytida shamolni to‘xtatish maqsadida o‘tkaziladigan udum. Ekspromt – xech qanday tayyorgarliksiz, biryo‘la badiha tarzida yaratilgan qo‘shiq yoki musiqa asari. Etnografiya – xalq turmush tarzini o‘rganuvchi fan. Etnologiya – urug‘, qabila, elat, xalq, millat ma’nosini bildirib, etnos deb ham yuritiladi. O‘rmak qo‘shiqlari – hunarmandchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar Qo‘sh qo‘shiqlari – dexqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar. Qo‘shiq – kuyga solib aytiladigan she’r bo‘lib kishilarning his- tuyg‘u kechinmalari ifodalanib, musiqa uyg‘unligida ijro etiladi. Xalq tomonidan ijod qilinib va xalq orasida keng tarqalgan janr. Folklor san’ati – Xalq badiiy faoliyatining tarkibiy qismi bo‘lmish xalq san’atining ijrochilik turlari bilan (folklor, musiqa folklori, raqs) ajralib turudigan qismi. Folklorshunoslik – Xalq ijodi haqidagi fan. Jamoa – Kishilarning qadimiy uyushuv shakli. Urug‘, oila, xonadon, qishloq (qo‘shnichilik) jamoalari mavjud bo‘lganligi ma’lum. San’at sohasida vocal yoki cholg‘u musiqa asarining bir necha ijrochi tomonidan ijro etilishi tushuniladi. Rahbar – Biror davlat, tashkilot, guruh, jamoa va shu kabilarga yo‘l ko‘rsatib, boshchilik qilib boruvchi, rahbarlik qiluvchi, yo‘lboshchi, rahnamo. Ma’naviyat – (arab. “ma’naviyat” – ma’nolar majmui) – kishilarninmg estetik, axloqiy , diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui. Madaniy Meros – Avlodlar tomonidan yaratilgan amaliy tajriba, ahloqiy, ilmiy, tafakkuriy, diniy va ruhiy qarashlar, moddiy va ma’naviy boyliklar yig‘indisi. Ommaviy Tadbir – Katta yig‘in, keng nishonlanadigan tantanali yig‘in. Ko‘pchilik tarzda, ommaviy ravishda tashkil etiladigan bayram, tadbir. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 269

Targ‘ibot – Biror maqsadni ko‘zlangan holatda ana shu maqsadga erishish yo‘lida olib boriladigan ishlar. Ssenariy – (ital. scenario) – pyesa mazmunining qisqa bayoni, tadbir, bayramning o‘tkazilish jarayoni aks etgan asar, ommaviy tomosha va boshqa o‘yinlar yaratiladigan syujet tuzilishi, kino san’ati va televideniya vositalari yordamida gavdalantirib ko‘rsatishga mo‘ljallangan asar. Tarbiya – Shaxsda muayyan jismoniy, ruxiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarnishakllantirishga qaratilgan amaliy pedogogik jarayon, insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora tadbirlar yig‘indisi. Zamonaviy usullar – (tadqiqot yo‘li, nazariya, ta’limot) voqealikni amaliy va nazariy egallash, o‘zlashtirish, o‘rganish, bilish uchun yo‘l-yo‘riqlar, usullar majmuasi. Qizil gul (Guli surx) sayli – Agrar kultlar va hosildorlik g‘oyasini о‘zida mujassamlashtirgan qadimiy marosim Darveshona – Har yili bahorda serhosillik niyatida о‘tkaziladigan marosim. Shoxmoylar – Erta kо‘klamda dalaga qо‘sh olib chiqqan dehqonlarning hо‘kizlarining shoxini yog‘ bilan moylash udumi Kadi sindirdi – Navrо‘z sayili kuni mahalla ahli bir yerga jam bо‘lib, idish sifatida foydalanib kelinayotgan suv va moyqovoqlarning bir nechtasini yerga urib sindirish udumi. Qozon tо‘ldi – Navrо‘z bayramiga о‘tar kechasi oila davrasida о‘tkaziladigan udum. Halinchak uchish – Kо‘klamda qiz-juvonlarning arg‘imchoq uchish udumi. Sumalak pishirish – Sumalak pishirish bilan bog‘liq an’anaviy marosim. Navrо‘z bayrami – Quyosh hamal burjiga kiradigan kunni nishonlash odati. 270 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil yakunlari va 2017-yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi. 2017-yil 16-yanvar, №11. 2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. 2017-yil. 3. Mirziyoyev Sh.M.Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi. 2017 yil. 4. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va faravon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda quramiz. 2017-yil. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4038-son Qarori. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28- yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29- oktabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-son Farmoni. 8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2- fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-112-son Qarori. 9. Vazirlar Mahkamasining taʼlimga doir qarorlari va farmoyishlari, Madaniyat va turizm vazirligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklarining normativ-huquqiy hujjatlari. 10. Yo‘ldosheva S.N. “Folklor etnografik jamoalar uslubiyoti”. O‘quv qo‘llanma. T.: -2014. 11. Mirzayev T., Safarov O., O‘rayeva D. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi xrestomatiyasi. T.: “Aloqachi” - 2008. 560 b. 12. Murodova M.. Folklor va etnografiya. O‘quv qo‘llanma. T.: “Aloqachi”-2008. 13. Ashirov A. O‘zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari. T.: - 2007. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 271

14. Sarimsoqov V. O‘zbеk folklorining janrlar sostavi. // O‘zbеk folklori ochеrklari. Uch tomlik. 1-tom. T.: “Fan”, 1988. 15. Safarov O. Alishеr Navoiy-folklorshunos. – O‘zbеkistonda ijtimoiy fanlar. 1991, 7-son, 37-45-b.; To‘ra Mirzayev // Adabiy portrеt. Toshkеnt, 2006. 16. Fitrat. Adabiyot qoidalari. T.: “O‘qituvchi”, 1995. 17. Shoabdurahmonov Sh. Folklorshunosning kamoloti. – O‘zbek tili va adabiyoti, 1987. 18. Jo‘rayev M, L.Xudoyqulova. Marosimnoma. T.: - 2008. 19. Jo‘rayev M. Navro‘z qo‘shiqlari. T.: - 2007. 20. Jo‘rayev M, O‘. Tohirov. Ostonasi tillodan. T.: 2003. 21. Imomov K. O‘zbek xalq nasri poetikasi. T.: “Fan” - 2008. 22. Imomov K. О‘zbek xalq prozasi. – Toshkent: Fan, 1981. 23. Inoyatov M.O‘zbek xalq ijodiyoti an’analari. T.: -2010. 24. Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti va folklor. Darslik. T.: - 2006. 25. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. Darslik. T.: “Musiqa” nashriyoti. – 2010. 26. Saitova E.Y., Abraykulova N.E. Xoreografiya va raqs san’ati asoslari. –T.: “Fan va texnologiya”, 2015. 27. Nomoddiy madaniy meros va etnomadaniy qadriyatlar. Ilmiy seminar materiallari. T.: “Navro‘z”, -2014. 28. Mirzayev T. О‘zbek xalq qahramonlik eposi “Alpomish” // Turkologiya materiallari. - Boxum, 1984 (nemis tilida); Yana о‘sha. Voprosi sravnitelnogo izucheniya “Alpamish” i “Alip-Manash” // Folklornoye naslediye narodov Sibiri i Dalnego Vostoka. - Gorno- Altaysk, 1986. S.110-112. Yana о‘sha. “Alpamis” destani uzerinde arastirmalar // Uluslar arasi turk dunyasi halk edabiyati kurultayi. – Ankara. 2000. S.58-59; Yana о‘sha. Alpomish dostonining о‘zbek variantlari // Karl Rayxl. О‘zbek qahramonlik eposi “Alpomish”. - Vaysbaden, 2001. 77-107-betlar (nemis tilida); Yana о‘sha. “Alpamis” destanining ogrenilmesi // Uluslari turk dunyosi halk adebiyati kurultayi bildiriklari. Ankara, 2002. 545-547. 29. Mas’ul muharir: Sayfullayev B.. Folklor san’atining fidoyisi. Ilmiy maqolalar to‘plami. T:, Navruz - 2017. 30. Yusupaliyeva D., Xudoyberganova G. Madaniy-ma’rifiy muassasalarda ijodiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. Navro‘z nashriyoti – 2019. 272 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

31.Yo‘ldosheva S.N. Folklor-etnografik jamoalar uslubiyoti. - T; Navro‘z -2014. 32. Yo‘ldosheva S., G.Sattorova. Folklor-etnografik ansambllari. Qo‘llanma. -T.:-2007. 33. Qosimov N. Folklor musiqa ijrochiligi. O‘quv qo‘llanma.- T.: “Talqin” nashriyoti,-2008. 34. Qurbonov S. Folklor musiqa o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. Termiz -2019. 35. Shukurov J. Badiiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti. Darslik. Toshkent-2020. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 273

MUNDARIJA KIRISH......................................................................................... 4 I. BOB MA’RUZA MASHG‘ULOTLAR. “FOLKLOR- ETNOGRAFIK JAMOALAR BILAN ISHLASH USLUBIYOTI” FANINING NAZARIY MASALALARI....... 7 1.1 “Folklor etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti” fanining maqsad va vazifalari 7 1.2 Folklor-etnografik jamoalarini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari 28 1.3 Badiiy jamoalar dasturiga qо‘yiladigan talablarning amaliyotga tadbiq etilish usullari. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Xalq havaskorlik jamoasi va “Namunali bolalar jamoasi” Nizomi tahlili) 49 1.4 Folklor raqs san’ati hududiy о‘ziga xosligini tahlil etish usullari 63 1.5 Folklor-etnografik jamoalari repertuarini shakllantirish va rivojlantirish masalalari 69 II. BOB AMALIY MASHG‘ULOTLAR................................... 89 2.1 Respublikamizda mavjud bo‘lgan folklor etnografik jamoalarining ijro faoliyatini o‘rganish 89 “Buvijonlar” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 90 “Rizvongul” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 95 “Mohi sitora” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 98 “Orazibon” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 110 2.2 Xalq unvoniga ega folklor – etnografik jamoalarining repertuarlarini amaliy tahlil etish va shakllantirish masalalari 115 “Rizvongul” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 118 “Quralay” bolalar namunali folklor-etnografik jamoasi 124 2.3 Baxshichilik san’atining tarixiy-uslubiy jihatlari. Baxshichilik san’ati festivalining ahamiyati 130 2.4 Folklor festivallari va kо‘rik-tanlovlar uyuushtirishda zamonaviy usullardan foydalanish 142 2.5 Folklor kiyimlari va bezaklarini jamoa dasturiga tadbiq etishning nazariy-tarixiy asoslari 157 III. BOB AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN TARQATMA MATERIALLAR................................................ 165 FOLKLOR JAMOALARNINING HUDUDIY IJRO XUSUSIYATLARI...................................................................... 177 274 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

3.1 Toshkent-Farg‘ona viloyati folklor etnografik xalq havaskorlik jamoalari 178 “Omon yor”, “Qo‘qon yor-yori” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoalari 178 “Yor-yor” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 183 “Durdona” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 186 “Hilola” bolalar namunli folklor-etnografik jamoasi 188 “To‘rg‘ay” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 191 “Chotqol navolari” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 194 3.2 Surxondaryo-Qashqadaryo vohasi folklor etnografik xalq havaskorlik jamoalari......................................................... 200 “Boysun” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 197 “Zevari” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 203 “Sharshara” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 205 “Dashnobod anori” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 207 Termiz davlat universiteti qoshidagi “Jayxun” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 208 “Oydinoy” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 212 “Zanjirsaroy” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 216 “Bulbuligo‘yo” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 217 “Momogul” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 220 “Kulol-shodasi” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 222 3.3 Samarqand-Buxoro viloyati folklor etnografik xalq havaskorlik jamoalari................................................................. 226 “Qasri orifon” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 226 “Mardona” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 227 “Nurjahon” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 228 “Beshqarsak” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 230 “Chavqi” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 232 “Vang‘ozi” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 239 3.4 Xorazm viloyati folklor etnografik xalq havaskorlik jamoalari....................................................................................... 242 “Avazxon” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 242 “Doston” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 243 “Oltin qo‘llar” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 244 3.5 Zarafshon vohasi folklor jamoalarining lokal xususiyatlari................................................................................. 246 “Zomin sayqali” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 246 Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 275

“Gashtak” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 247 “Oypari” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 249 “Sayhun yigitlari” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 250 “Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti” fanidan test savollari................................................................... 252 Glossariy....................................................................................... 265 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati........................................... 271 276 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA TURIZM VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI ASATILLO SUNNATILLAYEV FOLKLOR-ETNOGRAFIK JAMOALAR BILAN ISHLASH USLUBIYOTI (O‘quv qo‘llanma) Bosishga ruxsat etildi: 30.12.2022-yil Bichimi 60x84 1/16. «TimesNewRoman» garniturada raqamli bosma usulda chop etildi. Shartli bosma tabog‘i 17,5. Аdadi 100. “Fan va ta’lim poligraf” MChJ bosmaxonasida chop etildi. Toshkent shahri, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, 24-uy Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 277


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook