jamoalari mavjud. Ularda mavjud shtat birliklari soni esa qariyb 1500 ga yaqin. Ushbu jamoalarga “Xalq havaskorlik jamoasi” hamda “Bolalar namunali jamoasi” unvoni berilgan. Oxirgi maʼlumotlarga qaraganda, 160 ga yaqin ashula va raqs, 170 ga yaqin folklor- etnogarfik ansambli, 50 ga yaqin raqs ansambli, 30 ga yaqin maqom ansambli, 30 ga yaqin vokal-cholgʻu estrada ansambllari xalqimizga xizmat qilib kelmoqda38. Unvonga tavsiya etilayotgan jamoalar ijrochilik mahorati yuqori saviyaga ko‘tarilgan, san’atsevar tomoshabinlar mehrini qozongan, milliy urf-odat va an’analarimiz, qadriyatlarimiz, madaniy merosimizni omma orasida keng targ‘ib etadigan repertuarga ega bo‘lishi lozim. Xalq amaliy san’ati, tasviriy san’at, kino, suratga olish kabi yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan jamoalar, san’atning musiqiy yo‘nalishidagi badiiy havaskorlik jamoalariga “Xalq havaskorlik jamoasi” unvoni, bolalardan iborat jamoalarga “Bolalar namunali jamoasi” unvonlari ko‘rinishidagi diplomlar rasmiylashtirilib, Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy- metodik markazi tomonidan beriladi. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGINING BUYRUG‘I Toshkent sh. № 401 “15” fevral 2017-yil “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Bolalar namunali jamoasi” Nizomini tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” PQ-2778-sonli qaroriga muvofiq “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Bolalar namunali jamoasi” Nizomini tasdiqlash maqsadida B U Y UR A M A N: 38 Karimova E. Badiiy havaskorlik jamolari faoliyatiga nazar/ “Oriental Art and Culture” Scientific Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 3 Issue 4 / December 2022. 257-261-b. 50 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
1. “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Bolalar namunali jamoasi” Nizomi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi (A.Haydarov) o‘n kun muddatda zarur hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Madaniyat boshqarmalari boshliqlariga: - “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Bolalar namunali jamoasi” Nizomini madaniyat va aholi dam olish markazlarida faoliyat ko‘rsatayotgan unvonga ega havaskorlik jamoalari ish faoliyatida joriy etishni ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2014-yil 29-oktyabrdagi 1113-son buyrug‘ining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Xalq havaskorlik jamoalari” (Bolalar namunali jamoasi) Nizomi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari K.Akilova zimmasiga yuklansin. Vazir M.Muratov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “15” - fevral 2017- yildagi 401 - sonli buyrug‘iga ilova “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Bolalar namunali jamoasi” to‘g‘risida NIZOM I. “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Bolalar namunali jamoasi” unvonini berish shartlari va tartibi Xalq ijodiyoti va havaskorlik san’atini rivojlantirish, madaniyat va aholi dam olish markazlarida tashkil etilgan va yangi tuziladigan to‘garaklar faoliyatini takomillashtirish va qo‘llab-quvvatlash, ularning imkoniyat va salohiyatini yanada oshirish, badiiy havaskorlik jamoalarining tizimli ravishda doimiy faoliyat ko‘rsatishini yo‘lga qo‘yish, qobiliyatli yosh iste’dodlarni badiiy havaskorlik jamoalariga Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 51
jalb etish maqsadida “Xalq havaskorlik jamoasi” va bolalar jamoalari uchun – “Bolalar namunali jamoasi” unvoni ta'sis etiladi (matn davomida unvonning mazkur ikki nomi “Unvon”, unga sazovorlar esa “Jamoa(lar)” deb yuritiladi). Unvon madaniyat va aholi dam olish markazlari va boshqa madaniy-ma'rifiy hamda maktabdan tashqari muassasalarda, korxona va tashkilotlarda aholiga folklor, maqom, ashula, teatr, musiqa, xor, vokal, xoreografiya, askiya, miniatyura, dorbozlik, sirk va boshqa yo‘nalishlarda madaniy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha namunali faoliyat olib borayotgan, repertuari va ijro mahorati, o‘quv-tarbiyaviy va ijodiy ishlarini g‘oyaviy-badiiy jihatdan professional san’at talablari darajasiga ko‘tarilgan badiiy havaskorlik va bolalar jamoalariga beriladi. Unvonni berish O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Unvonga sazovor bo‘lgan jamoaga Diplom topshiriladi. Unvonga tavsiya etilayotgan jamoalar kamida 3 yil davomida muntazam faoliyat ko‘rsatayotgan, ijrochilik mahorati yuqori saviyaga ko‘tarilgan, doimiy izlanishda bo‘lgan, tomoshabinlar mehriga sazavor bo‘lgan, milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz, madaniy merosimizni omma orasida, ayniqsa yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etayotgan, shuningdek ko‘rik-tanlov va festivallarda yuqori natijalarga erishayotgan bo‘lishi lozim. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Madaniyat boshqarmalarining unvonga tavsiya etayotgan jamoa faoliyati haqidagi tegishli hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markaziga taqdim etiladi va uning huzuridagi Badiiy Kengashda muhokama qilinadi. Tavsiya etilayotgan jamoaning Unvonga munosibligi masalasi mazkur Markaz taqdimnomasi, Badiiy Kengash xulosasi va Vazirlik tegishli boshqarmasi bildirishnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Hay’atida ko‘rib chiqiladi. Lozim deb topilgan jamoaga Hay’at qaroriga asosan Unvon beriladi va Diplom topshiriladi. Unvonga sazovor bo‘lgan jamoalar har 3 yilda ijodiy sinov (attestasiya)dan o‘tkazib turiladi va uning natijalariga ko‘ra Unvon qaytadan tasdiqlanadi yoki bekor qilinadi. 52 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
Jamoalar yuridik maqomga ega emas, ular joylardagi madaniyat va aholi dam olish markazlarining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va ularga hisobot beradi. Hududiy Madaniyat boshqarmalari ularga nazariy va amaliy yordam ko‘rsatadi. II. Jamoalar faoliyatining mazmuni Jamoalar faoliyati asosan qatnashchilarning ijodiy izlanishiga qaratilgan bo‘lib, badiiy mezonlarga mos musiqa va sahna asarlari, xalq ijodiyoti, an’anaviy ijrochilik, folklor, maqom, ashula, teatr, musiqa, xor, vokal, xoreografiya, askiya, miniatyura, dorbozlik, sirk va boshqa san’at turlarini mukammal o‘rganishga yo‘naltiriladi. Jamoa mashg‘ulotlarida o‘quv-tarbiyaviy ishlar ham amalga oshiriladi. Jamoa o‘z hududida Unvonga ega bo‘lmagan jamoa va to‘garaklarga amaliy yordam ko‘rsatadi, ularning repertuarlarini boyitishga ko‘maklashadi. Jamoalar doimiy ravishda repertuarning g‘oyaviy-badiiy saviyasini oshirishlari, ijro mahoratini takomillashtirishlari, ta'lim- tarbiya va ijodiy ishlarini namunali tashkil etishda barcha badiiy havaskorlik to‘garaklari va jamoalari uchun o‘rnak bo‘lishlari talab etiladi. Jamoa repertuari milliy g‘oya, Vatanga muhabbat tuyg‘usi, barkamol avlodning kamol topishi va ma’naviy dunyoqarashni boyitishga xizmat qiladigan asarlarni qamrab olgan bo‘lib, zamonaviy talablarga javob beradigan bo‘lishi lozim. U, eng avvalo, milliy ma’naviyatimiz durdonalarini o‘zida mujassam etgan kuy va qo‘shiqlar, shuningdek, mamlakatimiz va xorijiy davlatlar mumtoz san’atining, folklor va hozirgi zamon xalq ijodiyotining eng sara namunalaridan shakllantirilib, yurtimizning go‘zalligi, xalqimizning ma’naviy-ruhiy boyligini ifoda etishi kerak. Jamoaning repertuari va o‘quv-tarbiyaviy ishlar rejalari tegishli Madaniyat va aholi dam olish markazi huzuridagi jamoatchilik asosida ishlaydigan Badiiy Kengashda ma’qullanadi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahri hamda viloyatlar Madaniyat boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi. Jamoalar o‘z repertuarlarini boyitib, ijro mahoratini oshirish, ijodiy natijalarni namoyish etish bilan bir qatorda quyidagi talablarga javob berishi lozim: Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 53
“XALQ HAVASKORLIK JAMOASI” UNVONI DIPLOMI KO‘RINISHI 54 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
“BOLALAR NAMUNALI JAMOASI” UNVONI DIPLOMI KO‘RINISHI Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 55
- drama va qo‘g‘irchoq teatrlari yil davomida bitta 1 pardali, bitta 2 pardali yoki ko‘p qismli yangi spektaklni sahnalashtirishi shart. Jamoa rahbari teatrlashtirilgan tomoshalar, xalq sayillari va bayramlarning badiiy dasturlariga rejissyorlik qilishi va ularni o‘tkazishda ishtirok etishi kerak; - xalq cholg‘u ansambllari (orkestrlari), estrada, ashula va raqs ansambllari, xor, vokal va maqom jamoalari, havaskorlik sirk jamoalari va dorbozlik guruhlari yil davomida ikki qismli (90 daqiqaga mo‘ljallangan) yangi tomosha dasturini tayyorlaydi. Har yili yangilanadigan dasturning to‘rtdan bir qismi o‘tgan yili foydalanilmagan asarlardan tashkil topgan bo‘lishi shart; - folklor-etnografik ansambllar yil davomida milliy urf- odatlar, o‘lanlar, allalar, aytishuv va to‘y marosimlari qo‘shiqlaridan tashkil topgan ikkita mavzuli badiiy tomosha dasturini tayyorlaydi. Shuningdek, Jamoalar aholiga har chorakda hisobot konsert-tomosha dasturlarini namoyish etadi. Bundan tashqari, har chorakda kamida beshta badiiy tadbir tashkil etish orqali aholiga pullik madaniy xizmat ko‘rsatishi lozim. Mazkur talablarning bajarilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahri hamda viloyatlar Madaniyat boshqarmalari tomonidan nazorat qilinadi. Jamoalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan tartib va shakllar asosida har yilning yakuni bo‘yicha Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy- metodik markaziga hisobot topshiradilar. Belgilangan talablar bajarilmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga Unvon muddatidan avval bekor qilinishi haqida tavsiya kiritiladi. III. Jamoalarni ijodiy sinov (attestasiya)dan o‘tkazish tartibi Jamoa har uch yilda bir marta maxsus ijodiy sinovdan o‘tkazib turiladi. Buning uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining buyrug‘i bilan Respublika komissiyasi tashkil etiladi. Shuningdek, komissiyaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Madaniyat boshqarmalari tavsiyasiga asosan madaniyat va san’at soxasining tajribali 56 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
mutaxassislari ham jalb etiladi. Guruh faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi mas’ul xodimi rahbarlik qiladi. Sinov guruhi xulosasiga ko‘ra Unvon tasdiqlanishi yoki bekor qilinishi tavsiya etiladi. Faoliyati qoniqarli deb topilgan Jamoaga Sertifikat beriladi va bu hujjat uning keyingi muddatda moliyalashtirilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Jamoaning unvonini bekor qilish to‘g‘risidagi xulosa O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi va moliyalashtirish to‘xtatilishi haqida buyruqdan ko‘chirma hududiy bo‘linmalar orqali joylardagi Moliya idoralariga taqdim etiladi. IV. Jamoani boshqarish Jamoa har uch yilda bir marta maxsus ijodiy sinovdan o‘tkazib turiladi. Buning uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining buyrug‘i bilan Respublika komissiyasi tashkil etiladi. Shuningdek, komissiyaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Madaniyat boshqarmalari tavsiyasiga asosan madaniyat va san’at soxasining tajribali mutaxassislari ham jalb etiladi. Guruh faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi mas’ul xodimi rahbarlik qiladi. Sinov guruhi xulosasiga ko‘ra Unvon tasdiqlanishi yoki bekor qilinishi tavsiya etiladi. Faoliyati qoniqarli deb topilgan Jamoaga Sertifikat beriladi va bu hujjat uning keyingi muddatda moliyalashtirilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Jamoaning unvonini bekor qilish to‘g‘risidagi xulosa O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi va moliyalashtirish to‘xtatilishi haqida buyruqdan ko‘chirma hududiy bo‘linmalar orqali joylardagi Moliya idoralariga taqdim etiladi. V. Jamoaning shartlari Madaniyat va aholi dam olish markazlarida faoliyat olib borayotgan unvonga ega Jamoalarga Madaniyat vazirligining Hay’at qaroridan ko‘chirma, shuningdek, mazkur Nizomga asosan unvonni tasdiqlovchi tegishli “Diplom” asli va uning nusxasi tuman (shahar) moliya bo‘limlariga taqdim etilganda 2017-yil 14-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2-sonli, Moliya Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 57
vazirligining 80-sonli hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 15-sonli qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan “Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarning namunaviy shatatlari” asosida shtat birliklari ajratiladi hamda ular mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Boshqa muassasa, korxona va tashkilotlardagi hamda kasaba uyushmalari huzuridagi Jamoalar shtatlari tegishli muassasa, korxona, tashkilot va uyushmalar tomonidan moliyalashtiriladi. Ushbu Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi Jamoalar uchun majburiy hisoblanadi. “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Bolalar namunali jamoasi” unvoniga ega badiiy havaskorlik jamoalarini ijodiy sinov (attestasiya)dan o‘tkazish to‘g‘risida NIZOM 1. Umumiy qoidalar. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15- fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” PQ-2778-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2017-yil 30-iyundagi 401-son buyrug‘ining ilovasi bilan tasdiqlangan “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Bolalar namunali jamoasi” to‘g‘risidagi Nizom ijrosini ta'minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi mavjud tasdiqlangan “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Bolalar namunali jamoasi” (matn davomida unvonning mazkur ikki nomi “Unvon”, unga sazovorlar esa “Jamoa(lar)” deb yuritiladi) unvoniga ega badiiy havaskorlik jamoalarini ijodiy sinov (attestasiya)dan o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Ijodiy sinov (attestasiya) Madaniyat vazirligi tomonilan tasdiqlangan “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Bolalar namunali jamoasi” unvoniga ega badiiy havaskorlik jamoalarini attestasiya (ijodiy sinov)dan o‘tkazish to‘g‘risidagi mazkur Nizom asosida amalga oshiriladi. 3. Ijodiy sinov (attestasiya) Vazirlikning buyrug‘i bilan tasdiqlangan ijodiy sinov (attestasiya)dan o‘tkazish bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Ijodiy sinov 58 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
(attestasiya) Madaniyat vazirligi tizimidagi “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Bolalar namunali jamoasi” unvoniga ega badiiy havaskorlik jamoalari faoliyatini baholashda davlat nazoratining asosiy shakli hisoblanib, hududlarda faoliyat olib borayotgan Madaniyat vazirligi tizimidagi barcha xalq havaskorlik jamoalarining ijodiy saviyasini aniqlaydi va yakuniy xulosa chiqaradi. 4. Ijodiy sinov (attestasiya)da sababsiz ishtirok etmagan jamoalar attestasiyadan “o‘tmagan” deb hisoblanadi. II. Ijodiy sinov (attestasiya)ni o‘tkazish tartibi va shartlari 2.1. “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Bolalar namunali jamoasi” unvoniga ega jamoalar har 3 yilda bir marta ijodiy sinov (attestasiya)dan o‘tkazib boriladi. 2.2. Unvonga ega jamoalarni ijodiy sinov (attestasiya)dan o‘tkazish bo‘yicha Respublika komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim: - Unvonga ega badiiy havaskorlik jamoalarining oxirgi marta ijodiy sinovdan o‘tganligini tasdiqlovchi yig‘ilish bayoni; - Unvonga ega badiiy havaskorlik jamoasiga oxirgi o‘tkazilgan ijodiy sinov (attestasiya)da berilgan “Sertifikat”; - jamoa xaqida ma’lumotnoma; - qatnashchilar ro‘yxati; - ijodiy sinovga tayyorlagan dasturi; - Unvonga ega badiiy havaskorlik jamoaning 3 yil davomida amalga oshirgan ijodiy ish faoliyati hamda pullik konsert-tomoshalar tashkil etish orqali ishlab topilgan mablag‘lar miqdori haqida hisobot (yozma, foto, va video materiallar) taqdim etiladi. 2.3. Ijodiy sinov (attestasiya)dan o‘tkazilayotgan Unvonga ega badiiy havaskorlik jamoalari o‘z dasturlarini quyidagi shartlar asosida namoyish etishlari lozim: - drama, musiqali hamda qo‘g‘irchoq xalq teatrlari yil davomida bitta 1 pardali, bitta 2 pardali yoki ko‘p qismli yangi spektaklni sahnalashtirgan bo‘lishi shart. Jamoa rahbari teatrlashtirilgan tomoshalar, xalq sayllari, bayram badiiy dasturlariga rejissyorlik qilganligi va o‘tkazishda ishtirok etganligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi; Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 59
-xor, vokal, orkestr, dorboz, sirk, estrada, ashula va raqs jamoalari yil davomida ikki qismli (90 daqiqaga mo‘ljallangan) yangi tomosha dasturining mavjudligi; - folklor-etnografik jamoalari yil davomida milliy urf-odatlar, o‘lanlar, allalar, aytishuv va to‘y marosimlari qo‘shiqlaridan tashkil topgan 2 ta mavzuli badiiy tomosha dasturining tayyorlagangligi. 2.4. Mazkur shartlar asosida o‘z dasturlarini namoyish etgan xalq havaskorlik jamoalari, namunali bolalar jamoalari va xalq studiyalari ijodiy sinovdan o‘tkazilib, ularga ijodiy sinovdan o‘tganligini tasdiqlovchi “Sertifikat” beriladi. 2.5. Yuqorida belgilangan talablarni bajarmagan jamoalar unvonini o‘rnatilgan tartibda muddatidan avval bekor qilish uchun attestasiya komissiyasi tomonidan taklif kiritiladi va qaror qabul qilinadi. III. Ijodiy sinov (attestasiya)dan o‘tkaziladigan unvonga ega badiiy havaskorlik jamoalarini baholash tartibi. 3.1. Unvonga ega badiiy havaskorlik jamoalari faoliyatiga doir me’yoriy hujjatlar (yig‘ilish bayoni, badiiy jamoa uchun berilgan “Sertifikat”, jamoa haqida ma’lumotnoma, qatnashchilar ro‘yxati, ijodiy sinovga tayyorlangan dasturi, pullik tushim va h.k) mavjudligi, tanlangan asarning tarbiyaviy ahamiyati, ijro mahorati, ovoz va sozlarning uyg‘unligi, matnning to‘g‘ri talaffuz etilishi, sahna madaniyati va liboslarning mosligi hamda Nizom talablariga mos tomosha dasturining mavjudligi asosida baholanadi. Komissiya a’zolari tomonidan maxsus baholash varaqalariga yuqorida ko‘rsatilgan mezonlar asosida baholar qo‘yiladi va imzolanadi. 3.2. Ijodiy sinov (attestasiya) komissiyasining yakuniy xulosasidan keyin e'tirozlar qabul qilinmaydi. IV. Ijodiy sinov (attestasiya) komissiyasini tashkil etish 4.1. Ijodiy sinov (attestasiya) komissiyasi tarkibi va uning o‘tkazish muddati Vazirlikning maxsus bo‘yrug‘i bilan tasdiqlanadi. Ijodiy sinov (attestasiya) komissiyasi tarkibi 5 yoki 7 kishidan iborat bo‘lib, mazkur komissiyaga madaniyat va san'at soxasining tajribali va malakali mutaxasisslari hamda mahalliy moliya sohasi vakillari jalb etiladi. Komissiya a'zolarining 3 dan 2 qismi qatnashganida uning faoliyati vakolati hisoblanadi. 60 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
4.2. Ijodiy sinov (attestasiya)ning tashkil etish va o‘tkazish joyi sharoitdan kelib chiqib, bevosita hududlarga bo‘lingan holda o‘tkazilishi mumkin. 4.3. Taqdim etilgan hujjatlar, tegishli savol-javoblar natijalariga ko‘ra komissiya a’zolarining xulosalari umumlashtiriladi va komissiya raisi boshchiligida ochiq ovoz berish yo‘li bilan yakuniy xulosa chiqariladi. V. Ijodiy sinov (attestasiya) natijalarini rasmiylashtirish. 5.1. Har bir hududlarda o‘tkazilgan attestasiya yakuni bo‘yicha komissiya bayonnomasi tayyorlanib, komissiya raisi hamda a'zolari tomonidan imzolanadi. 5.2. Komissiya ijodiy sinov (attestasiya)ga jalb etilgan jamoalar bo‘yicha ijodiy sinov (attestasiya)dan “o‘tdi”, “shartli o‘tdi” va “o‘tmadi” xulosalardan birini qabul qiladi. 5.3. Ijodiy sinov (attestasiya) yakuni Madaniyat vazirligining bo‘yrug‘i bilan rasmiylashtiriladi va tizim tashkilotlari hamda hududiy madaniyat boshqarmalariga ijro uchun yuboriladi. Shuningdek, ijodiy sinov (attestasiya)dan o‘tmagan jamoalar faoliyati to‘xtatiladi hamda joylardagi mahalliy moliya organlari xabardor etiladi. Ijodiy sinov (attestasiya)dan shartli o‘tgan xalq havaskorlik jamoalarining qaysi muddatda qayta ijodiy sinov (attestasiya)dan o‘tishi komissiya yig‘ilish bayonida belgilab qo‘yiladi. Eslatma: Ijodiy sinov (attestasiya) bo‘yicha yakuniy hisobot hamda sinov jarayoni video (DVD diskda) va foto tasvirlari Madaniyat vazirligining Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazida saqlanadi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Folklor-etnografik jamoalar dasturiga qo‘yiladigan talablarning amaliy ahamiyati haqida nimalar bilasiz? 2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Xalq havaskorlik jamoasi va “Namunali bolalar jamoasi” Nizomida folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoalairga qo‘yilgan talablar haqida gapirib bering? 3. “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Namunali” bolalar jamoasi unvonlarini olish tartiblari va qoidalari haqida ma’lumot bering? 4. Jamoaning ijodiy sinov (attestasiya)dan o‘tkazish tartibi va shartlari haqida ma’lumot bering? Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 61
5. Unvonga sazovor jamoalar necha yilda ijodiy sinovdan o‘tkaziladi va ular bu jarayonda nimalarga e’tibor berishlari lozim? Mavzu yuzasidan qo‘shimcha adabiyotlar: 1. S.N.Yo‘ldosheva. Folklor-etnografik jamoalar uslubiyoti. O‘quv qo‘llanma. T.: “Navro‘z” nashriyoti, - 2014. 2. J.T.Shukurov. Badiiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti. Darslik. Toshkent-2020. 3. D.Yusupaliyeva.,G.Xudoyberganova. Madaniy-ma’rifiy muassasalarda ijodiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti. T.: “Navro‘z” nashriyoti, - 2014. 4. N.Qosimov. Folklor musiqa ijrochiligi. O‘quv qo‘llanma.- T.: “Talqin” nashriyoti,-2008. Internet saytlari: 1. www.folklore.uz 2.www.ziyonet.uz 3.www.edu.uz 4. www.artist.uz 5.www.nota.ru 62 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
4-MAVZU. FOLKLOR RAQS SAN’ATI HUDUDIY О‘ZIGA XOSLIGINI TAHLIL ETISH USULLARI. REJA: 1. O‘zbek raqs san’atining taraqqiyot bosqichlari. 2. Folklor-etnografik jamoalarida raqs san’atining o‘rni. 3. Raqs san’atining hududiy o‘ziga xosligi. Tayanch so‘z va iboralar: Folklor, o‘zbek raqs san’ati, folklor- etnografik jamoalari, hududiy o‘ziga xos xususiyatlari. ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video darsni tamosha qilishingiz mumkin. Har bir san’at sohasi hayotimizni badiiy obraz orqali ifoda etadi. Shu qatorda raqs ham san’at turlari ichida kishilik jamiyati rivojida alohida o‘rin tutuvchi bir yo‘nalishdir. Raqs san’ati - ijod ruhiyatini, his-tuyg‘ulami, fikrni so‘zsiz, faqat harakatlar va yuz ifodasi bilan xalqqa yetkazishga asoslangan san’at turidir. “Raqs - o‘zingni kuyga, ohangga baxshida etib, sehrlar dunyosiga sho‘ng‘ib ketmoq, ko‘ngildagi bor-yo‘g‘ingni ko‘zlarga, harakatlarga joylab tomoshabinlarga hayrat ato etmoq, istaklaringni bir dasta gul shaklida tomoshabin hayajonlari ustidan sochmoq, ularning olqishiga muyassar bo‘lmoq”39 – degan ma’noni anglatadi. Bunday buyuk tuyg‘u mukammal raqs qobiliyatiga ega bo‘lgan insonlaming yuragida bo‘ladi. “Xoreografiya” - o‘zi nima? Bu so‘z zamirida nima yotibdi? U grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, “choreia” - o‘yin, “grapho” - yozaman, ya’ni so‘zma-so‘z taijima qilinganda “Raqsni yozaman”, degan ma’noni bildiradi40. Ko‘pchilik esa xoreografiyani raqs deb tushunadi. Lekin xoreografiya so‘zi keng ma’noni o‘z ichiga oladi. Fan sifatida rivojlanib bu atama ikki turda tavsiflandi: l. Professional raqs ijrochiligi. 2. Xalq ijodiyoti negizidagi havaskorlik raqs ijrochiligi. 39 Saitova E.Y., Abraykulova N.E. Xoreografiya va raqs san’ati asoslari. –T.: “Fan va texnologiya”, 2015, 6-b. 40 Ko‘rsatilgan manba, 6-b. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 63
Professional raqs ansambllarining davlat va xususiy ansambllari mavjud. “Bahor” (1957-yil), “Shodlik” (1968-yil), “Lazgi” (1968-yil) ansambllari ilk tashkil qilingan professional raqs ansambllaridan hisoblanadi. 1990-yillarda “Tanovar”, “Ofarin”, “Toshkent zebolari”, “Sabo”, “Tumor”, “Parizoda” va shu kabi xususiy raqs ansambllari paydo bo‘di. Unga shu yo‘nalish bo‘yicha oliy ta’lim tizimida o‘qib fundamental bilimga ega bo‘lgan mutaxassislar ishga qabul qilinadilar. Ular ansambl rahbariyati bilan mehnat shartnomasini tuzadi va oylik maoshi bilan ta’minlanadilar. Shartnomada keltirilgan talablar bir tomondan buzilishiga yo‘1 qo‘yilsa, ikkinchi tomon shartnomani bekor qilish huquqiga ega bo‘ladi. Raqqos va raqqosalarning yoshi chegaralanadi. 18 yoshdan ishga qabul qilinib, 36 yoshdan keyin nafaqaga chiqadilar. Ijodiy faoliyatiga qarab raqqos va raqqosalar ansambl rahbariyati yoki davlat tomonidan rag‘batlantirilishi mumkin.41 Havaskorlik raqs ansambllari madaniyat va san’at muassasalarida, tashkilot yoki korxonalar qoshida alohida raqs ansambli, xalq ashula va raqs ansambllari yoki folklor-etnografik ansambllar tasarrufida bo‘ladi. Bunday ansambllar raqs san’atiga ishtiyoqi baland bo‘lgan, iqtidorli havaskorlardan tashkil topadi. Ularning mutaxassisligi, ma’lumoti va Yoshi chegaralanmaydi. Ansambl ishtirokchilari rahbariyat yoki davlat tomonidan ishga qabul qilinmaydilar va ihtiyoriy tarzda qatnashchi sifatida faoliyat olib boradilar. Hozirgi kunda juda ko‘plab bolalar va kattalar havaskorlik raqs ansambllari ijodiy faoliyatini olib bormoqdalar. Bunday ansambllar qatoriga Farg‘onadagi “Anor”, Surxondaryodagi “Surxon gullari”, “Zevari”, “Quralay”, Namangandagi “Namangan gullari”, Jizzaxning “Gulira’no”, Sirdaryoning “Sirdaryo navolari” kabi ansambllar nomini keltirishimiz mumkin.42 Xalq raqs san’ati qo‘shiq va musiqa bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Bu an’ana hozirgi kungacha ham davom yetib kelmoqda. Shu sababdan, bugungi kunda respublikamizda xalq badiiy ijodiyotining eng rivojlangan turi folklor-etnografik jamoalari madaniy hayotimizda oldingi o‘rinlarda turadi. Shu o‘rinda viloyatlardagi jamoalarning ijodiy faoliyatlariga to‘xtalib o‘tsak. 41 Ko‘rsatilgan manba, 73-b 42 Ko‘rsatilgan manba, 73-b 64 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
XX asming 60-yillaridan boshlab respublikamizning barcha viloyatlaridagi tumanlarda bir emas, bir nechtalab folklor-etnografik jamoalari gurkirab o‘sa boshladi. Joylardagi faoliyat yuritayotgan ilg‘or madaniyat xodimlari bo‘lgan xonandalar, sozandalar, raqqosalarga uslubiy va amaliy yordam berish uchun poytaxtdan malakali mutaxassislar, bastakorlar, baletmeysterlar taklif qilingan. Ular yangi jamoalarni tashkil qilishda, repertuarlarini boyitishda o‘z hissalarini qo‘shganlar. O‘zbek musiqa va raqs san’atining merosiga aylangan “Bayot”, “Namanganning olmasi”, “Otmagay tong”, “Tanovar”, “Munojot”, “Rohat”, “Ko‘ngil taronasi”, “Andijon polkasi” kabi ko‘plab ommaviy va yakka raqslarni sahnalashtirib berganlar. Bunday jamoalar yillar davomida xalqning xizmatida bo‘lib, ularning mehrini qozongan.43 Respublika miqyosida o‘tkazilgan turli tanlovlar, festivallarda ishtirok etib yuqori natijalarga erishgan jamoalarga “Xalq havaskorlik jamoasi” unvonlari berilgan, ularning chet davlatlarda o‘tkaziladigan xalq ijodiyoti festivallarida ishtirok etishi ta’minlangan. O‘zbekistonda mustaqillik e’lon qilinganidan so‘ng, istiqlolimiz sharofati bilan milliy an’analarimiz, qadriyatlarimiz tiklanib xalq badiiy ijodiyotiga keng yo‘1 ochildi. Umumxalq bayramlari keng nishonlana boshlandi, xalq ijodi festivallari, turli ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishi natijasida folklor janri rivojlanib respublikamizning turli hududlaridagi ashula va raqs jamoalari negizida o‘ziga xos bolgan folklor-etnografik juamoalar tashkil qilindi. Folklor-etnografik jamoalar faoliyati ijodiy jarayon. Ularning asosiy vazifasi - xalqimiz uchun badiiy, ommaviy tadbirlami o‘tkazishdan iborat. Mustaqillik va Navro‘z umumxalq bayramlari, “Sharq taronalari”, “Nurli navolar”, “Boysun bahori”, “Xalqaro hunarmandchilik ”, “Barhayot an’analar”, “Xalqaro baxshichilik san’ati”, “Buyuk ipak yo‘li” festivallari, M.Turg‘unboyeva nomidagi yosh raqqosalar respublika ko‘rik- tanlovi, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligini nishonlash, turli sport musobaqalari, olimpiyadalar va boshqa shu kabi davlat tadbirlarini o‘tkazishda maydon raqslari, folklor raqslar, bolalar raqslari janrlari vujudga keldi. Bunday katta bayram va tadbirlarni tashkillashtirish, hamda ijodiy dasturini tayyorlashda, ayniqsa, raqs san’atining o‘rni kattadir. Chunki qo‘shiq va kuy ijrosi raqs san’ati bilan yanada to‘ldiriladi, ulaming mazmuni tomoshabinga harakatlar 43Ko‘rsatilgan manba, 73-b Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 65
va obrazlar orqali yetkazib beriladi. O‘tkazilayotgan tadbirlarning mazmun va mohiyatini to‘la ochishga imkon beradi. Maromiga yetkazib ijro etilgan raqs esa, tomoshabinni zeriktirmaydi, estetik didini oshiradi, zavq beradi. Badiiy ommaviy tadbirlarda joylardagi qadimdan mavjud bo‘lgan marosim raqslari, mehnat raqslari, oilaviy va maishiy raqslardan foydalanish yaxshi samara beradi. Ushbu raqslarda urf-odatlar, an’analar, qadriyatlarimiz aks ettiriladi. Masalan, Surxondaryo vohasining raqs maktabiga xos bo‘lgan “Chanqovuz”, “Qoshiq”, “Kadi” raqslari ayollarning xursandchiligini, “So‘zana”, “Urchuq” raqslari o‘zbek ayollarining nozik mehnat jarayonini tasvirlaydi. “Chiroq” raqsi bir tomondan falsafiy-tarbiyaviy ma’noga ega bo‘lib insonning zulmatdan yorug‘likka, yomonlikdan yaxshilikka, yovuzlikdan ezgulikka intilishi tasvirlanadi. Ikkinchi tomondan marosim raqs hisoblanib, qadimda yilning eng uzun kechasida o‘tkaziladigan marosim aks ettiriladi. Erkaklarning “Podachilar”, “Tovoq”, “Chorqarsak”, “Pichoq”, “Ufu-jaqala”, “Yaqqu-yaq”, “Chavandozlar”, “Duchova” kabi raqslari jangovor, mehnat va marosimlami tasvirlaydi. 44 Xorazm vohasi folklor raqs san’atining eng go‘zal namunalari bo‘lgan to‘qqiz turdagi “Lazgi” raqsining har-biri alohida o‘z tarixi va mazmuniga ega. “Olov”, “Qayroq”, “Garmon”, “Dutor”, “Surnay”, “Xiva”, “O‘g‘lon bola”, “Masxaraboz”, “Zamonaviy” lazgi raqslarining o‘z ijrochilari bor. “Masxaraboz lazgi”sining murakkab yo‘sindagi epchillik bilan o‘tirish va umbaloq oshib bajariladigan “Kosa”, “Pichoq», “Tayoq” raqslari, maishiy turmush bilan bogiiq “Cho‘girma”, “Sipsa o‘yini”, “Non yopish” kabi raqslar, yomon fazilatli insonlami tanqid qiluvchi, hayvon yoki qushlarga taqlid qilib ijro etiladigan taqlidiy-pantomimik “Chag‘alloq”, “Xo‘roz”, “Qumpishak”, “G‘oz”, “Ot o‘yini” kabi raqslari xalq xarakterini ochib beradi. 45 Toshkent-Farg‘ona vodiysiga xos “Kichkinajon-kichkina”, “Omon yor”, “Vohay bola”, Buxoro-Samarqand vohasiga xos mehnat va hazil-mutoyibali raqslari bilan tomoshabin qalbidan chuqur joy oladi. Shuning uchun marosim va bayramlarda folklor janridagi xalq raqslari zo‘r qiziqish bilan tomosha qilinadi. Folklor-etnografik jamoalar dasturidagi raqslaming ijrosi natijasida milliy 44 Saitova E.Y, Abraykulova N.E. Xoreografiya va raqs san’ati asoslari. –T.: “Fan va texnologiya”, 2015, 73-b. 45 Saitova E.Y, Abraykulova N.E. Xoreografiya va raqs san’ati asoslari. –T.: “Fan va texnologiya”, 2015, 74-b. 66 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
qadriyatlarimiz, go‘zal va nafis san’atimizning qirralari, urf- odatlarimiz, an’ana va marosimlarimiz yanada jonlanadi. Folklor raqslari xalq qalbiga yaqin bo‘lgan oddiy va sodda harakatlar ijrosi bilan sahnaviy raqslardan farq qiladi. Xalq orasida shakllangan raqslarda ijrochi o‘zi bilganiday erkin taqlidiy harakatlar qiladi. Professional ijrochi esa ma’lum harakatlar majmuasi chegarasidan chiqmasdan, ma’lum qoidalar asosida muayyan harakatlami ijro etib, o‘zi ijro etayotgan raqsning falsafiy mazmunini anglagan holda ijro etadi. Bundan tashqari folklor raqslarda ishlatiladigan qoshiq, so‘zana, kadi, tayoq, palak, urchuq, qayroq, angishvona va likob, choynak- piyola, yog‘och tovoq kabi atributlaming hamda har bir vohaning o‘ziga xos bo‘lgan, betakror liboslari, taqinchoqlarining o‘mi beqiyosdir. Bu jamoalar “Navro‘z”, “Mustaqillik” umumxalq bayramlari, “Sharq taronalari”, “Xalqaro hunarmandchilik festivali”, “Xalqaro baxshichilik san’ati”, “Boysun bahori”, “Buyuk ipak yo‘li”, “Nurli navolar” festivallarida ishtiroki orqali nafaqat o‘zbek xalqining, balki chet davlatlardan kelgan mehmonlarning ham olqishi va tahsiniga sazovor bo‘lmoqdalar.46 Respublikamiz va jahonning ko‘plab davlatlariga o‘zbek xalq san’atini, xususan, folklor raqs janrini tanitishga erishgan “Boysun”, “Chaqqi”, “Mohi sitora” kabi folklor-etnografik jamoalar shular jumlasidandir. Birgina misol qilib olsak, “Boysun” folklor-etnografik xalq jamoasi “YUNESKO” Xalqaro tashkilotning ro‘yxatiga kiritilishi fikrimizga dalil bo‘la oladi. Bugungi kunda folklor-etnografik jamoalariga dastur tayyorlashda xalq raqs an’anasining muhim xususiyatlaridan biri bo‘lmish syujetli raqslardan foydalanishga jiddiy e’tibor berish lozim. Chunki syujetli raqs ommaviy tadbirlardagi teatrlashtirilgan kompozitsiyaning epizodlarini bir-biriga bog‘lab yuborishi tabiiydir. Folklor-etnografik jamoalar faoliyatini tarbiyaviy jarayon deyishimiz mumkin. U inson tarbiyasini har tomonlama qamrab oladigan kompleks ishdir. Xilma-hil tarbiya sohalari, shu jumladan, estetik, ahloqiy, madaniy tarbiya sohalarini uzviy bog‘liq holda olib boradi. Shuning uchun ham, folklor-etnografik jamoalar raqqosalaridan raqsni shunchaki, nomigagina ijro etib tomoshabinning vaqtini olish emas, balki estetik didli, nafosatga yetaklovchi, ma’naviyatini rivojlantiruvchi shaxs bo‘lishi talab etiladi. Folklor- 46 Ko‘rsatilgan manba, 74-b Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 67
etnografik jamoalarida ijodiy va tarbiya sohalari uzviy bog‘liq holda olib borilgandagina barkamol avlodni voyaga yetkazish, tomoshabinning xalq san’atiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish mumkin. Bugungi kunda viloyatlarda folklor-etnografik jamoalari rahbari ixtisosligi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislar yetarli. Faqatgina ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatilib g‘amxo‘rlik qilinsa va talabchanlik bilan bilimidan oqilona foydalanilsa bas. Doimo ijodiy izlanishda bo‘lib, davr bilan baravar, iloji bo‘lsa bir qadam oldinda odim tashlasak, nomoddiy madaniy merosimiz bo‘lgan folklor raqs san’atini avaylab- asrashga, targ‘ib qilishga, kelajak avlodga bus-butun yetkazishga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. O‘zbek raqs san’atining taraqqiyot bosqichlari haqida gapirib bering? 2. Folklor-etnografik jamoalarida raqs san’atining o‘rni nimalarda ko‘rinadi? 3. Raqs san’atining hududiy o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirib bering? 4. Folklor jamoalarida raqsning ahamiyati nimada? 5. Viloyatlardagi folklor-etnografik raqs jamoalari haqida ma’lumot bering? Mavzu yuzasidan qo‘shimcha adabiyotlar: 1. S.N.Yo‘ldosheva. Folklor-etnografik jamoalar uslubiyoti. O‘quv qo‘llanma. T.: “Navro‘z” nashriyoti, - 2014. 2. E.Y. Saitova, N.E.Abraykulova. Xoreografiya va raqs san’ati asoslari. –T.: “Fan va texnologiya”, - 2015. 3. J.T.Shukurov. Badiiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti. Darslik. Toshkent-2020. 4. D.Yusupaliyeva.,G.Xudoyberganova. Madaniy-ma’rifiy muassasalarda ijodiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti. T.: “Navro‘z” nashriyoti, - 2014. Internet saytlari: 1. www.folklore.uz 2.www.ziyonet.uz 3.www.edu.uz 68 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
5-MAVZU. FOLKLOR-ETNOGRAFIK JAMOALARI REPERTUARINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH MASALALARI. REJA: 1. Repertuar - folklor etnografik jamoalarining mahoratini aniqlab beradigan ko‘zgu. 2. Folklor etnografik ansambllarining repertuarini shakllantirishda rahbar faoliyati. 3. Hududlardagi folklor-etnografik jamoalar repertuarini amaliy tahlil etish masalalari. Tayanch so‘z va iboralar: Repertuar, folklor-etnografik jamoalari, ijro mahorati, rahbar faoliyati, hudud. ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video darsni tamosha qilishingiz mumkin. Havaskorlik jamoasi repertuarini to‘g‘ri shakllantirish rahbar oldiga qo‘yiladigan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Repertuarning to‘g‘ri tanlanishi jamoadagi ijodiy jarayonning borishi, ishtirokchilar faolligining o‘sishi va pirovard natijada jamoaning har tomonlama rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Havaskor jamoalarning repertuari janr va shakl jihatidan professional jamoalarnikidan farq qilsada, ular uchun umumiy bo‘lgan jihatlar mavjud. Mutaxassislar jamoa repertuarini shakllantirishda quyidagilarga e’tibor berish lozimligini ko‘rsatib o‘tishadi: 1. G‘oyaviy yo‘naltirilgan, badiiy jihatdan pishiq asarlarni tanlash. 2. Rang-barang janrlarni qamrab olish. Repertuarning sekin- asta murakkablashib borishi. 3. Qatnashchilar imkoniyatlari, qobiliyatlari, shuningdek, ularning qiziqishlari va itsaklarini nazarda tutish. 4. Jamoa faoliyat ko‘rsatayotgan hudud, u yerdagi ishlab chiqarish yoki qishloq xo‘jalik tarmog‘i, shuningdek, joyning tabiati bilan bog‘liq asarlardan keng foydalanish. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 69
5. Xalq ijodiyoti namunalari, shuningdek, mahalliy mualliflar asarlarini repertuarga kiritish. Har qanday jamoada olib boriladigan ijodiy jarayon albatta biror nuqtaga yetib borib, tinglovchi yoki tomoshabinlarning e’tiboriga havola etilishi lozim. Shuning uchun, jamoa reperturi shakllanishining ilk davrida, tanlangan asarlardan qay yo‘sinda foydalanish mumkinligini aniqlab olish talab etiladi. Jamoa repertuarida rang-barang asarlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, turli mavzulardagi namoyishlarni tashkil qilish shuncha osonlashadi. Xalq ijodiyotini asrash va rivojlantirishda folklor-etnografik jamoa rahbarlarining bu sohadagi ijodiy iqtidori muhim amaliy ahamiyatga ega. Ijodiy jamoada olib boriladigan amaliy ishlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uning badiiy so‘z qadrini, musiqiyligini chuqur his qilishiga, xalq qo‘shiqlarining eng yaxshi namunalarini tanlay olish va targ‘ib qilish qobiliyatiga, shuningdek, shaxsning kamol topishida o‘zbek xalq qo‘shiqchiligi va raqs san’atini qanchalik teran tushunishiga bog‘liq. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Xalq ijodiyoti fakulteti, “Folklor va etnografiya” kafedrasi, shuningdek, Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy metodik markazi folklor-etnografik jamolari uchun kerakli asarlarni saralashda, xalq ijodiyoti bo‘yicha dasturlar tuzishda qimmatli maslahatlar berib kelmoqda. Bu markazlar arxivlarida saqlanayotgan matnlar va chop etilgan xalq qo‘shiqlari to‘plamlaridan (manbalardan) foydalanish, folklor jamoalarining keng qamrovli repertuarini ta’minlash imkonini yaratmoqda. Chunki xalq qo‘shiqlari qadimiy tarixga ega bo‘lib, u jonli og‘zaki ijroda ko‘proq qishloq joylarida yaxshi saqlangan. Biroq bunday qo‘shiqlarning shijoatli ijrochilarini izlab topish, ular kuylagan qo‘shiqlar matnini yozib olib, jamoa a’zolariga o‘rgatish hamisha ham oson ko‘chavermaydi. Ammo bu yo‘lda tinmay izlanish lozim bo‘ladi. Xalqning eng sara qo‘shiqlarini jamoaga jalb qilingan ijrochilarning o‘zidan yozib olish mumkin. Bundan tashqari, muayyan hududdagi keksa avlod vakillaridan o‘rganib olingan qo‘shiqlarni ijro etgan yosh ijrochilarni yoki shunday qo‘shiqlarni bilgan qarindosh-urug‘lar va tanish-bilishlarni shu qo‘shiqlarni ijro etish uchun jamoaga jalb 70 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
etish mumkin. Qadimiy an’anadagi qo‘shiqlarni xalq orasida tanilgan ijrochilar guruhi yoki yakka xonandalardan ham yozib olsa bo‘ladi. Jamoa repertuarini yangi xalq qo‘shiqlari bilan boyitishda folklor ekspeditsiyalaridan to‘plangan matnlar muhim manba hisoblanadi. Chunki ekspeditsiyalardagi jamoa ishtirokchilarining qo‘shiqlarni ijro etish borasidagi mahorati, tajriba va ijodiy malakalari, xalq hofizlari, baxshilari bilan bevosita ijodiy muloqotda bo‘lish jarayonida muayyan darajada ortadi. Binobarin, repertuar folklor jamoasining g‘oyaviy-badiiy saviyasi va uning professional ijodiy mahoratini aniqlab beradigan ko‘zgu hisoblanadi. Shuning uchun repertuarga kiritiladiga folklor asarining badiiy jihatiga va g‘oyaviy mazmuniga, qo‘shiqlarni tanlashga alohida ahamiyat berish lozim. Quyidagilar repertuarning g‘oyaviy-badiiy nufuzi, uning ijodiy jamoadagi tarbiyaviy salohiyati, ijrochilarining mahorati va ular san’atidan bahramand bo‘luvchi auditoriya repertuar shakllanishining asosiy tamoyillari hisoblanadi. Shuning uchun repertuarga o‘zbek folklorining xilma-xil janrlaridan: diliga yaqin, raqsbop asarlarni, ayniqsa, marosim folklori namunalarini kiritish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ijrochilik rang-barang usullarining eng maqbullaridan samarali foydalanish, ularni umumlashtirish jamoa ijodiy salohiyatini oshiradi. Aytish o‘rinliki, havaskorlik jamoalari tajribasida bir uslubda ijro etiladigan qo‘shiqlarga tayanish, shuningdek, turli viloyatlardagi qo‘shiqlarni ijro etish usullarini uyg‘unlashtirish an’anasi ko‘zga tashlanadi. Nazarimizda bu uslub, an’anaviy folklorni rivojlantirishda istiqbolliroqdek ko‘rinadi. Biz folklor jamoalarining mujassamlanishini talab qilishga haqlimiz. Shundagina ular xalq qo‘shiqlarini ijro etishda Farg‘ona, Buxoro, Xorazm, Samarqand va boshqa viloyatlardagi mavjud uslublarni uyg‘unlashtira borib, o‘zbek milliy madaniyatining nihoyatda boy, serqirra ijodiy imkoniyatlarini namoyish eta oladilar. Folklor-etnografik jamoasi repertuarida ayniqsa ijro uslubining muayyan tomonlari shakllangan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Jamoa repertuariga an’anaviy xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan birga (qayta ishlangan yoki mustaqil yaratilgan), mualliflar asarlarining kiritilishi zamonaviy ohanglarni kuchaytirish, Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 71
shuningdek, milliy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday yangi qo‘shiqlar va mualliflar asarlari vatanparvarlik, Vatan istiqboli tuyg‘usi bilan to‘lib-toshgan hozirgi kunimiz qahramonlarining qalb istaklarini aks ettiruvchi asarlar bo‘lib, yoshlar tarbiyasiga alohida ta’sir ko‘rsatadi. Unutmaslik kerakki, ko‘pincha xalq qo‘shiqlarining qayta ishlangan va badiiy sayqal berilgan namunalari aholining estetik didi va badiiy so‘zni his qilish ko‘nikmasiga, ko‘hna musiqa folkloriga nisbatan ko‘proq, ma’qul va mos bo‘ladi. Shuning uchun folklor-etnografik jamoalari repertuari shakllanishining dastlabki bosqichlarida qayta ishlangan qo‘shiqlarga shuningdek, qo‘shiq mualliflarining folklor uslubida xalq ruhiyatiga mos yaratgan qo‘shiqlariga asosiy e’tiborni qaratish lozim. Bunda folklor jamoasi repertuariga mualliflar asarlarini puxta o‘ylab, asarga tanqidiy yondashib saralash nihoyatda muhim. Ayniqsa, tanlab olingan materiallar jamoa ijodiy faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq bo‘lishi, ijro etiladigan asar jamoada shakllangan ijro uslubiga mos kelishi lozim. Esdan chiqarmaslik lozimki, muallif asarlari an’anaviy xalq qo‘shiqlarida asrlar mobaynida shakllangan xalqona ruhni o‘ziga to‘la singdirgan bo‘lishi maqsadga muvofiq. Jamoa u yoki bu viloyatning qo‘shiqchilikka xos boy merosidan foydalanishda hamisha unga ijodiy yondashishi lozim. Chunki, muayyan hududda shakllangan milliy an’analarning xususiyatlari, badiiy ifodaning sevimli vositalari mavjudligi, qo‘shiqni ijro etishning lokal-hudud farqlari o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Masalan, Xorazm xalq qo‘shiqlari sho‘x-shodon va o‘ynoqi bo‘lsa, farg‘onaliklarniki zalvorli va vazminroq bo‘ladi. Samarqand xalq q‘shiqlarida shiddatli, isyonkor ruh ufurib tursa, buxoroliklarnikida dardchil va nafislik yaqqol bilinib turadi. Xalq qo‘shiqlarining ijro usuli va matniy tuzilishiga ko‘ra har bir viloyatniki o‘ziga xos bir-biridan farqlanadi. Ammo, ularning maqsadi bitta - xalq orzu- umidlari, armon-istaklarini izhor etishdir. Jamoa repertuarini badiiy jihatdan mukammallashtirishda folklor san’atining badihago‘ylik, hozirjavoblik, variantlilik xususiyatlarini ham hisobga olish lozim. “Improvizatsiya” - hozirjavoblik va badihago‘ylik san’ati xalq og‘zaki ijodi badiiy xazinasini shakllantiruvchi asosiy 72 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
omillardandir. Badihago‘ylikni rivojlantirishda folklor jamoalarining o‘rni katta. Bu muammo bo‘yicha maxsus uslubiy ish olib borish, turli tavsiyanomalar yaratish, keng qamrovli, ilmiy-ijodiy izlanishlar asosida ish ko‘rish talab qilinadi. Ma’lumki, xalq qo‘shiqlari ijrochiligining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri qo‘shiqning, xususan laparlarning raqs-o‘yin san’ati bilan bevosita bog‘liqligi va uyg‘unlashib ketganligidir.47 Folklor jamoasining rahbari to‘y marosim qo‘shig‘i hisoblangan lapar janrining o‘ziga xos tomonlarini hamisha e’tiborga olishi, uning matnlariga zamonaviy ruhni singdirib borishi zarur. Biroq bu uyg‘unlikda ham har bir viloyatning hududiy o‘ziga xosligi, badiiy xususiyatlari, jo‘shqinligi, raqs harakatlarining zalvorliligi keskin farqlanib turadi. Hatto sahnada kiyib chiqiladigan liboslarning o‘sha ansambl faoliyat ko‘rsatayotga joyga xos bichimga ega bo‘lishi ham ahamiyat kasb etadi. Masalan, buxorocha raqsda zardo‘zi kamzul, yengil va etaklariga manzarali kashtalar tikilgan kiyim kiyilsa, farg‘onacha raqsda oldi ochiq, beli xipcha beqasam beshbel chopon, Namanganda beli ixcham nimcha-yu, harir ko‘ylak kiyiladi. Bordi-yu, raqs guruhi alohida bo‘lsa, yanada yaxshi. Chunki qo‘shiqchilar bilan raqqosalarning vazifasi va jamoadagi burchi aniq bo‘lib, ularning ijodiy faoliyati mazmunan teran bo‘ladi. Folklor-etnografik jamоalarining muhim, o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri folklor asarlarining sahnaviy talqinlarini yaratishdir. Bu ish anchagina qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘lib, jamoa rahbarlari va ishtirokchilar an’anaviy ijrochilik xususiyatlari va sahna san’ati qonuniyatlaridan boxabar bo‘lishlari lozim bo‘ladi. Shuning uchun jamoaning sahnaviy chiqishlarini puxta tayyorlash, konsert dasturi qismlarining o‘zaro mintaqaviy va mazm uniy mutanosibligiga erishish lozimdir. Jamoa dasturini tuzishda guruh rahbari quyidagilarga alohida e’tibor berishi lozim: - jo‘shqin va vazminligi turli-tuman bo‘lgan qo‘shiqlarning navbatma navbat ijro etilishini ta’minlash kerak. Ijro etiladigan qo‘shiqlarning ohangi yo bir-biriga juda yaqin, yo bir-biridan juda uzoq bo‘lgani yaxshi. Bu esa qo‘shiqlarning bir meyorda, ravon yangrashiga hamda dasturning qiziqarli chiqishiga imkon beradi; 47 Yo‘ldosheva S. Folklor-etnografik jamoalar uslubiyoti. - T; Navro‘z -2014. 96-b Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 73
- konsert dasturida ayrim xonandalar, laparchi, raqqos va raqqosalarning alohida-alohida chiqishlaridan foydalanib, ijro shaklining usluban rang-barang bo‘lishiga erishish mumkin. Bu konsertning tomoshabinbop va jonli chiqishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, jamoa dasturi murakkab sujet unsurlaridan tuzilishi shuningdek, xalqning biror-bir an’anaviy urf-odatlari (hosil bayrami, navro‘z, to‘y, kelin va kuyov tomonlarning arqon tortib bellashuvi) asosidagi marosim folklori janrlari bolishi ham mumkin; - dasturning avj nuqtasi, ya’ni kulminatsiyasi bo‘lishi: mazmunan chuqur, shaklan yirik asar konsert dasturining yo o‘rtasida, yo eng oxirida ijro etilishi lozim; - tomoshabinlarga bilvosita ta’sir ko‘rsatish vositalarining boy xazinasidan - xatti-harakatlar, imo-ishoralar, xonandalarning sahnadagi o‘zaro munosabati, qo‘shiq ijro etib turgan holatda sahnaga chiqish va harakatlanish; - kiyim-kechaklar ansamblning ijro uslubiga, dastur mohiyati va mazmuniga, ishtirokchilarning jinsi va yoshiga mos kelishi kerak. Folklor-etnografik jamoalari o‘z xalqining milliy an’analarini, og‘zaki ijodining noyob namunalarini saqlashda, unga sayqal berib yana xalqning o‘ziga qaytarishda jonbozlik ko‘rsatuvchi ijodiy markazdir. Bir-biriga qo‘shni, urf-odatlari mushtarak bo‘lgan Markaziy Osiyo Respublikalaridagi folklor- etnografik jamoalari bir-birini takrorlamay, aksincha, biri ikkinchisini to‘ldirishga munosib xizmat qilmoqda. Masalan, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi folklor-etnografik jamoalarining o‘zaro aloqa va munosabatlari buning yorqin dalilidir. O‘zbekistonda, xususan Xorazmda tashkil etilgan “Orazibon“, “Avazxon”, “Doston” kabi jamoalar Turkmanistondagi folklor jamoalari bilan yaqin ijodiy aloqada. Jumladan, Buxorodagi “Nozanin“, “Mohi sitora” jamoalari do‘stona munosabat o‘rnatgan holda, o‘z repertuaridagi ham o‘zbek, ham tojik tilidagi laparlarni, musiqasini, raqslarini hamon saqlab kelmoqda. Ayniqsa, “Nozanin” jamoasi buxorolik sozanda ayollar ijrochiligi yo‘nalishi o‘zining rang- barang uslubi bilan, Farg‘ona vodiysi yallachiligidan keskin farq qiladi. Ularning ijro uslubidagi doira, qayroq, zang jo‘rligidagi 74 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
sho‘xchan qo‘shiq, o‘ynoqi raqslar tahsinga sazovor. Shunga o‘xshash ansambl Tojikiston Respubiikasida ham bor.48 Mustaqillik sharofati bilan milliy qadriyatlar keskin rivojlandi, taqiqlangan juda ko‘p marosimlar qayta tiklandi. Fanda ilgari o‘rganish mumkin bo‘lmagan yoki chetlab o‘tilgan mavzular, masalan, diniy qo‘shiqlarni ilmiy holis tadqiq qilish imkoniyati tug‘ildi. Respublikamizda hozirgi paytda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘nlab folklor etnografik jamoalari ham ana shu yangilanish, erkinlik tufayli paydo bo‘ldi. Bu ushbu mavzumizning muhim bir tomoni. Masalaning yana bir jihati shundaki, biz o‘rganamizmi, yo‘qmi bu jamoalar zamonning madaniy-ma’naviy ehtiyoji tufayli mavjud bo‘laveradi. Biroq folklorshunoslik fani folklor-etnografik jamoalari kabi fenomenal hodisani o‘rganmasa, juda ko‘p narsani yo‘qotadi. Garchi axborot, bayoniy xarakterdagi maqola, risola, uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan bo‘lsada, zamonaviy folklor-etnografik jamoalarining faoliyati hozirgacha nazariy va amaliy jihatdan maxsus o‘rganilgan, nimalarni o‘rganish zarurligi aniqlangan emas. Folklor-etnografik jamoalari tarkibi qanday folklor-etnografik jamoalarining repertuarida folklorning qanday janrlari yetakchi va qalq ulardan asosan nimalarni kutadi? Folklor asarlari jamoalar repertuariga o‘tganda asosan qanday o‘zgarishlarga uchraydi? Jamoalar repertuari faqat folklor asarlaridan iboratmi? Bu savollarning har biri alohida tadqiqotlarga asos bo‘lishi mumkin. Dastlabki kuzatishlar jamolar repertuarida an’anaviy folklor asarlari yetakchiligini ko‘rsatadi. Folklor-etnografik jamoalar faoliyatida qo‘shiq ham, kuy ham, raqs ham, dramatik asarlar ham bor. Folklor jamoalarida ko‘pgina qo‘shiqlar xalq yo‘lida emas, bastakorlar qayta ishlovi yo‘lida ijro etilishi mumkin. Ammo bunda so‘zlarni buzish, folklor materiallarini qayta ishlash, variantlilik masalalariga ko‘pincha e’tibor berilmayapti. Jamoa badiiy rahbar ko‘proq ekspeditsiyalar tashkil etishi va o‘zbek xalq og‘zaki ijodining mavsum marosimlari bilan bog‘liq janrlarini yozib olishga alohida e’tibor berishi kerak. Mavsum- marosim qo‘shiqlari sirasiga kiruvchi matnlarni yozib olishda magnitofonda yozib olish usulidan, shuningdek, turli xatti-harakatlar va voqealar rivoji bilan bog‘lab to‘liq aks ettirish uchun qo‘lda yozib olish usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki marsiya, 48 Yo‘ldosheva S. Folklor-etnografik jamoalar uslubiyoti. - T.: Navro‘z -2014. 120-b Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 75
yor-yor va o‘lanlar qishloq joylarda hech qanday musiqa asboblarisiz ijro etiladi. Bu holat o‘zbek qo‘shiqchiligining mushtarak belgisi hisoblanadi. Shuning uchun qo‘shiq matni o‘z ohangi bilan magnit tasmasiga yozib olinsa, butun jozibasi, ma’naviy ta’siri chuqur lirizmi bilan namoyon bo‘ladi. Bu esa yozib olinayotgan asarning amaliy- uslubiy va ilmiy qimmatini yanada oshiradi. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xalqimiz tarixi, turmush tarzi, e’tiqodi va qarashlari qadimiy urf- odatlarni, raqs san’ati harakatlarini o‘rganishda turli marosimlarni to‘liq holda tasavvur etish va o‘rganish uchun esa qo‘lda yozib olish usulidan foydalanish zarur. Chunki ayrim marosimlar bevosita qo‘shiq aytish bilan bog‘liq bo‘lsa, ayrimlarida verbal qism bo‘lmaydi, faqat harakatlar tizimidan iborat bo‘ladi. Marosimlarni to‘laligicha izohlar bilan aniq va ravshan tavsif qilish uchun uchun boshlanishdan to oxirigacha yozib borish lozim. Xalq og‘zaki ijodini respublikamizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan soha muatxassislari, ilmiy- tadqiqot markazi xodimlari, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Xalq ijodiyoti: (folklor va etnografiya) ta’lim yo‘nalishining 3-4 kurs talabalari folklor amaliyotlari davomida yozib olishlari mumkin. Talabalar tomonidan to‘plangan folklor namunalari institut arxivida saqlanadi va undan nazariy kurslarni o‘tishda foydalaniladi. Xalq og‘zaki ijodi namunalarini 3 xil usulda yozib olish mumkin: Fonografik usul. Fonografik usulda yozib olishda texnika vositalaridan foydalaniladi. Folklor san’ati asarlarini ovoz yozish uskunalari vositasida to‘plash ishlari bugungi kunda ham keng qo‘llanilmoqda. Magnitofon yoki tasvirga olish texnikasi yordamida folklor san’ati janrlariga oid marosim folklori namunalarini yozib olish “Folklor-etnografik jamoalari uslubiyoti” fanini ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki aynan shu janrdagi asarlar magnitofon yordamida tabiiy, jonli og‘zaki ijro holida ovozi, ohangi va kuyi bilan yozib olinadi. Yozuvga aynan tushmaydigan tovushlar, ayrim ijrochilar ijrosi jarayonidagi ohang va kuylar faqat magnitofon yordamida yozib olinsagina, tabiiyligicha saqlanib qolishi mumkin. Magnitofon yordamida yozib olingan folklor asarida ijrochilik amaliyotida avloddan avlodga o‘tib davom etib kelayotgan an’analar 76 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
to‘la saqlanib qoladi. Ijrochi badihago‘ylikka berilib asar matniga ayrim o‘zgartirishlar kiritishi, cheklanishlar qilishi, ayrim bandlarning tushib qolishi yoki o‘rin almashinishiga yo‘l qo‘yishi mumkin. Biroq aytuvchining ijrochilik mahorati, ijro usullariga xos an’analar magnitofon orqali yozilganda to‘la saqlanib qoladi. Magnitofonga yozib olingan asarlar aytuvchining o‘z ovozi, kuyi, ohangi bilan yozib olingani sababli o‘zbek folklor musiqa san’ati bilan shug‘ullanuvchi san’atshunoslar, xalqimizning urf-odat hamda marosimlarini tadqiq etuvchi etnolog olimlar uchun ham qimmatli ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi. Bu asarlar keyinchalik muayyan folklor namunasining nashr etilishi, variantlarni kiyosiy o‘rganishda ham asosiy faktik manba vazifasini o‘taydi. Magnit lentasiga yozib olingan folklor san’ati asarlarini mukammal nashrga tayyorlashga imkoniyat yaratadi. Folklor asarlarini tasvirli tasmaga yozib olishda tasvirga olish uskunalaridan foydalanish ilg‘or fan yutuqlaridan biri hisoblanadi. Folklor asarlarini to‘plashda videokameradan foydalanish folklor san’ati janrlarini yozib olish amaliyotida faol ko‘llanilishi maqsadga muvofiqdir. Qo‘lda yozib olish usuli. Bu usullarga qat’iy amal qilgan holda xalq ijodining mukammal san’at asarlari darajasida haqiqiy durdonalarni yozib olish mumkin. Hozirgi kunga kelib esa folklor to‘plovchilik ishida zamonaviy ovoz va tasvir yozish uskunalaridan foydalanilmoqda. Biroq, xalq ijodi asarini qo‘lda yozib olish - ijrochi aytgan matnni aniq va to‘la qog‘ozga tushirish, ma’nosi tushunarsiz bo‘lgan arxaik so‘zlar yoki shevaga xos dialektal leksikaga oid atamalarga bevosita yozib olish jarayonida izoh berib ketish imkonini beradi. Bu usul boshqa usullardan farqlanib turadi. Qo‘lda yozib olish jarayonida ijrochi bilan folklor asarini yozib oluvchi mutaxassis o‘rtasida muloqot tizimi saqlanib turadi. Folklor asarini boshqa usullarda yozib olganda esa bunday muloqot mavjud bo‘lmaydi. Folklor san’ati asarlarini yozib olishda har doim magnitofondan foydalanish imkoniyati bo‘lavermaydi. Shuningdek, folklor asarini ijro etayotgan vaqtda yozib olishga to‘g‘ri keladi. Biroq ba’zi ijrochilar ijro jarayonida o‘zini erkin tutolmasligi mumkin. Folklor san’atining marosim folklori sirasiga kiradigan afsona, rivoyat, maqol, topishmoq, tez aytish, sanama, matal va iboralarni magnitofonda emas, balki qo‘lda yozib olish maqsadga muvofiq. Folklor asarlarini Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 77
qo‘lda yozib olish yozib oluvchidan maxsus filologik tayyorgarlikni talab qiladi. Xalq og‘zaki badiiy ijodi asarini to‘plashga bel bog‘lagan kishi, u havaskormi, mutaxassismi folklorshunoslik, tilshunoslik, dialektologiya, tarix va etnologiya fanlarini bilishi lozim. Agar yozib oluvchi bu fanlardan bexabar bo‘lsa, o‘zi yozib olayotgan asarning mohiyatini, asarning g‘oyaviy-estetik xususiyatlarini yaxshi tushuna olmaydi. Ikkinchidan, folklor janrlarining o‘ziga xos xususiyatlari, ijrochiligining tabiatini yorita olmaydi. Shuningdek, badiiy matndagi ba’zi bir frazeologik birikmalar, tarixiy shaxslar nomi, etnonimlar, toponimlar, urf-odat va marosimlarga doir atamalarning ma’nosini sharhlash, talqin qilish bilan bog‘liq qator qusurlar kelib chiqadi. Tasviriy usul. Magnitofonning texnik jihatdan nuqsonsiz ishlashiga ishonch hosil qilib yozib olish kerak. Qo‘shiqni o‘rganishda ijrochi mahoratidan foydalangan holda yozib olish uchun tasviriy usulning afzalliklari bor. Folklorshunoslarga bu vosita har bir qo‘shiq matnining ijro uslubini o‘rganishiga imkon beradi. Qo‘shiqlarni yozib olishda tasviriy usuldan foydalanishning afzalliklari quyidagilardan iborat: 1.Zamonaviy repertuarni aniqlash va o‘zlashtirish uslubi; 2. Tarixiy manbalar, arxivlarni saralash va ular ustida ishlash tartibi; 3. Ilmiy va dasturiy ma’lumotlar; 4. Tarix, o‘lkashunoslik, etnografik muzeylarda, milliy musiqa cholg‘ularining tarixini o‘rganish; 5. Xalq amaliy san’ati namunalarini aks ettiruvchi muzeylar faoliyatini o‘rganish va yozib olish; 6. Qo‘shiqni o‘rganish va ijro etish uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rish; 7. Folklorshunoslarga xalq qo‘shiqlarini har tomonlama o‘rganishga shart sharoit yaratish; 8. Talabalar xalq ijodi namunalarini va folklor-etnografik ansambllari repertuaridagi qo‘shiqlarni ohang bilan magnit tasmaga yozib olishlari tavsiya etiladi; 9. Qat’iy amal qilgan holda xalq ijodining mukammal san’at asarlari darajasida haqiqiy durdonalarni yozib olish mumkin; Har bir asar yozib olinganda asarning pasporti aniq va ravshan bo‘lishiga qat’iy amal qilish talab etiladi. Yozib olingan folklor asarining “pasporti” haqida aniq ma’lumot berish jarayonida 78 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
ijrochining shaxsi aniqlanadi. To‘plovchi yozib olgan folklor san’ati janrlarining ijro usullarini qayerda va kimdan yozib olinganligi haqida ma’lumot beradi. Asarni ijro etgan ijrochining yoshi, ma’lumoti, qaysi hududga mansubligi, asarni kimdan o‘rganganligi, asar yozib olingan vaqti haqida ma’lumot beradi. Yozib oluvchining shaxsi haqida to‘la ma’lumot keltirishi kerak. Shuningdek, folklor asarini ijro etayotgan baxshi, qo‘shiqchi, ertakchi, roviy, askiyachi yoki boshqa ijrochilarning asarni ijro etish usuli, o‘ziga xos ijro mahorati, tinglovchilar bilan muloqotiga ham e’tibor beriladi. Mustaqillik davri tajribasi shuni ko‘rsatdiki, jamoalar repertuarida marosim bilan bog‘liq xalq qo‘shiqlari birinchi o‘rinda turadi. Bu tabiiy holdir. Chunki xalq qo‘shig‘i eng ommaviy, eng halqchil janr bo‘lsa, marosimlar halq ijodi, maishiy turmushining o‘zidir. Shuning uchun ham folklor-etnografik jamoalari atamasini juda aniq va muvaffaqiyatli topilgan nom desak, xato bo‘lmaydi. Ana shu qo‘shiqlardan biri “Yor-yor”lardir. “Yor-yor”larning mavzu doirasi juda keng bo‘lib, unda gox xazil, gox quvnoq, gox yengil yumor, gox achchiq, hajviy ohanglar uchraydi. Bu narsa turmushga chiqmagan qizning, o‘tkazilayotgan to‘yning va nihoyat uylanayotgan yigitning axloqiy xislatlari, jamiyatda tutgan mavqei, insoniy fazilatlari kabi ko‘pgina jixatlari bilan shartlangan. Qolaversa, “yor-yor”larda qaysi ohangning ustunlik qilshi uning ijrochilari bilan ham bog‘liqdir. Masalan, qizni kuyovnikiga olib kelishda “yor-yor” qo‘shig‘ining erkin bandlari kayvoni xotin yoki qizning qarindoshi tomonidan aytilsa, u holda kelinning yaxshi fazilatlari, xulq-atvoridagi go‘zal jixatlari, uning kamoloti madh etiladi. “Yor-yor” kelinning dugonalari tomonidan ijro etilsa, qo‘shiqda qizning dard-alamlari, ota- onadan, tug‘ilib o‘sgan xonadonidan ayro tushishi, zo‘rlik bilan turmushga uzatilishi, sevganiga yetolmaganligi haqidagi mungli ohanglar ustunlik qilishi mumkin. Xullaski, yor-yorda qanday ohang, qanday ohangning ustunlik qilishi asosida juda ko‘p sabablar yotadi. O‘zbek “yor-yor”lari ijro uslubi va musiqiy tabiatiga ko‘ra bir necha xillarga bo‘linadi. Hozircha ularni Farg‘ona, Zarafshon va Xorazm “yor-yor”lari kabi turlarga shartli ravishda bo‘lish mumkin. Keyinchalik jiddiy izlanish va kuzatishimiz tufayli mazkur turlarning miqdori yo ko‘payishi, yo qisqarishi mumkinki, bu narsani kelajak ko‘rsatadi. Umumiy tarzda aytganda, barcha turdagi “yor-yor”larning ohangi asosida muayyan metroritmik tartibga solgan tor diapazonli Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 79
kuylar uyg‘unligi yotadi. Ularning har biri o‘zining kuy tuzilish tartibi, ohang xarakteri, ritmi, ijro uslubi, shevasi va emotsional ta’sirchanligi bilan farq qiladi. Mehnat qo‘shiqlari faqat mehnat jarayonida: qo‘sh haydashda, xosil ko‘tarishda, paxta terimida, charx yigirishda, ov qilish vaqtida, meva terishda va boshqa vaqtlarda aytiladi. Bu qo‘shiqlarda inson kechinmalari, mehnat, ish turi, tabiat xodisalariga qiyos etilib ifodalangan. Allalar onalarning jigarband farzandlariga aytgan xasratlaridir. Qadimda allalar inson mehr-muhabbati bilan siynasi to‘la onalarning orzu-umid sadolari, vafosiz, zolim erlarga, jafokor zamonga, toshmehr ota-onaga bildirilgan g‘azab va noroziliklardan iborat bo‘lgan. Ularga katta qalin badaliga sotiladigan knyaz, cho‘ri, kanizak, sevgilisidan zulm bilan ajratilgan ma’shuqaning nola-faryodlari eshitilardi. Hozirgi allalar esa butunlay boshqacha zamonaviy mazmun kasb etadi. Allalar onalar, buvilar, xotin-qizlar tomonidan bola uxlatish paytlarida aytiladi. Allalarning boshqa qo‘shiqdardan farqi shuki, u qachon bo‘lmasin, go‘daklar bor xonadonda aytilaveradi. Laparlar esa boshqa qo‘shiqdardan voqeabandligi, raqsbop kuyga ega bo‘lishi hamda dialog shaklida ikki qo‘shiqchi tomonidan ijro etilishi bilan ajralib turadi. Laparlarning matnlari asosan ishq- muhabbat, xazil, ro‘zg‘ordagi totuvsizlik, ota-onalarning farzandlari bilan bo‘lgan munosabatlari ba’zan yengil, ba’zan achchiq kulgi asosida tashkil topgan bo‘ladi. An’anaviy xalq qo‘shiqlari, dostonlardan parchalar, askiyalar, marosim ko‘rinishlarini ijro etayotgan folklor-etnografik jamoalari ko‘rik-tanlovlari hozirgi paytda uning tashkilochilari tomonidan ko‘ngildagidek qaralmoqda deb bo‘lmaydi. Ba’zan bunday tanlovlarga folklor tabiatidan umuman bexabar kishilar mutasaddi bo‘lib qolmoqda. Hakamlar hay’ati tarkibiga folklorni bilmagan kishilar kirib qolishlari tufayli g‘oliblarni aniqlashda noholisliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Folklor-etnografik jamoalar faoliyatini yuksaltirishda madaniyat markazlari, madaniyat bo‘yicha mutasadi tashkilotlarning roli katta. O‘zbekiston, Yevropa yoki boshqa qit’a mamlakatlaridagi ma’noda xalq teatrlari yo‘q. Biroq folklor-etnografik jamoalari o‘z repertuarlarini folklorning dramatik turi namunalari bilan boyitib borsalar, bundan faqat yutadi. Masalan, sahnadagi to‘y o‘z 80 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
xususiyatlariga ega bo‘lgan etnografik spektakldir. Bunda to‘yning hayotdagi izchilligi, irimlar aniqligi, hatto har bir detalga alohida e’tibor berish lozim. Hayotda kelinchak chimildig‘i bog‘iga kelin- kuyov rizqli bo‘lsin deb, bir juft yog‘och qoshiq ilib qo‘yadilar: Chimildiqning bog‘ida, Bir juft qoshiq, yor-yor. Kelin-kuyov so‘rasang, Oltin oshiq yor-yor.49 Hozirgi paytda yog‘och qoshiq ishlatish rusum bo‘lmay qoldi. Yog‘och qoshiqni umuman ko‘rmagan yoshlar ham ko‘p. Biroq sahnada chimildiq epizodi o‘ynalar ekan, topilmadi deb, yog‘och qoshiq o‘rniga temir qoshiq ilish folklorning amaliy an’anasiga butunlay ziddir. Agar shunday bo‘lsa qo‘shiqni ham: Chimildiqning bog‘ida, Temir qoshiq, yor-yor. Kelin-kuyov so‘rasang.50 Oltin oshiq yor-yor, - deb o‘zgartirishga to‘g‘ri keladiki, bu folklor poetikasiga butunlay ziddir. Folklor uchun variantlilik hos. Biroq, folklor-etnografik jamoalari o‘z repertuariga asar tanlab olar ekan, har bir so‘z, har bir detal, har bir harakatga alohida e’tibor berish kerak. Chunki bunday jamoalar folklor asarlarini buzish yoki zamonaviylashtirish uchun emas, balki an’anaviy nafosatini to‘liq avlodlardan-avlodlarga, tomoshobinga yetkazish uchun tuziladi. Ana shuning uchun ham respublikamiz rahbari va hukumati umumfolklorga bo‘lgani kabi folklor- etnografik jamoalar faoliyatiga ham katta e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelmoqda. Folklor-etnografik jamoalarining asosiy xususiyati shundaki, O‘zbekiston miqyosida olsak ham, kasbi-kori turlicha bo‘lgan kishilarning juda katta qismi o‘z ishlaridan ajralmagan holda o‘z vaqtining bir qismini doimo, tartibli ravishda san’at, folklor san’ati bilan shug‘ullanishga va shu orqali o‘zi va boshqalarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladilar. Ayrim adabiyotlarda folklor ansambllari folklorshunoslikning bir ko‘rinishi sifatida baholanib, ularning uch jihati alohida ta’kidlanadi: 49Yo‘ldosheva S. Folklor-etnografik jamoalar uslubiyoti. - T.: Navro‘z -2014. 116-bet. 50 Ko‘rsatilgan manba, 118-bet. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 81
1. Folklor jamoalarida jonli xalq an’analari ijrochilarining chiqishlari (sof etnografik yo‘nalish). 2. Jamoalarning an’anaviy, shu jumladan, og‘zaki jarayonda unutilgan janrlar namunalarini qayta ishlashlari (tajribaviy yo‘nalish). 3. Jamoalar repertuarini shakllantirishda professional musiqashunoslar qayta ishlagan folklor asarlaridan foydalanish (stilizatsiya yo‘nalishi). Ushbu qarashdagi folklor-etnografik jamoalari folklorshunoslikning bir ko‘rinishi sifatida baholash munozarali bo‘lsada, yuqoridagi uch jihat o‘zbek folklor-etnografik jamoalari uchun ham xosdir. Folklor-etnografik jamoalari birinchidan, ma’lum bir tashkiliylik, ikkinchidan, tinglovchilar va tomoshobinlar auditoriyasini talab qiladi. Jamoa ishtirokchilari professional san’at vakillari darajasida bo‘lmasa ham, avvalo folklor asarlarini, qolaversa, folklor nazariyasini ma’lum darajada bilishlari va uni tomoshobinga manzur qilib yetkaza olishlari zarur. Xalq orasida folklorning har bir janri qo‘shiq, latifa, ertak, marosim janrlari namunalarini juda yaxshi biladigan kishilar, ya’ni o‘ziga hos professionarlar borki, bizningcha jamoalar ana shunday kishilardan tarkib topishi shart. Ana shular tufayli jamoa faoliyati professionallashib boradi. Natijada ayrim jamoalar mahoratda professional sa’nat jamoalariga tenglashuvi mumkin. Shuning uchun ham biz jamoalarning halq ijodining haqiqiy an’analariga doimo e’tibor berishini, repertuar tanlashda mutaxassis yoki halq ijodining bilimdoni bo‘lgan kishilardan maslahat olishini itsar edik. Hozirgi paytda halq qo‘shiqlarini buzib kuylash shu darajada ommaviylashib ketdiki, ularda na zamonaviy, na an’anaviy mazmun bor. Kim o‘zicha qanday kuylasa, o‘zining ixtiyori. Ammo o‘zicha kuylash boshqa, odamlar uchun kuylash boshqa. Eng yomoni omma oldida kuylangan bunday qo‘shiqlar xalqning badiiy didini buzmasin. Folklor-etnografik jamoalarining asosiy vazifalaridan biri haqiqiy an’anaviy folklor asarlarini topish va sahnaga olib chiqishdir. Garchi hozir epik, umuman, folkloriy jarayonda juda ko‘p janrlar so‘nayotgan bo‘lsa da, halq orasida halq qo‘shiqlarining eng yuksak namunalarini biluvchilar bugunki kunda ham yuzlab topiladi. Ularni topish va folklor asarlarini yozib olishda folklor nazariyasi va amaliyoti juda qo‘l keladi. Yana bir masala, etnografik 82 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
savodhonlikning pats darajasida ekanligidir. Folklor-etnografik jamoalari biror tadbir uchun liboslar tanlashar ekan, doim ham milliy belgilarga e’tibor berishmaydi. Folklor-etnografik jamoalari va folklor munosabati bizning kunlarimizda malakaviy ommalashtirishga muhtojdir. Folklorshunoslik xalq ijodining barcha sohalari bilan shug‘ullana olmaydi. Bu uning vazifasiga kirmaydi ham. Muhimi shundaki, u zamonaviy folklor ijro-ijodchiligi, folklor-etnografik jamoalari faoliyatiga ilmiy mezonlardan turib baho, tavsiyalar berishi, shu yo‘l bilan amaliy yordam ko‘rsatishi mumkin. Folklor-etnografik ansambllarining ijro yo‘li, repertuar tizimi va folklor xazinasiga yondashish uslubida an’anaga munosabatlari turlicha. Lekin ularning ijro usullari, badiiy mahorat darajalari, folklor an’analariga munosabatlari o‘zlari istiqomat qilib turgan hududga bevosita bog‘liq ekanligini ham e’tirof etish lozim. Masalan, Janubiy O‘zbekiston, Buxoro va Samarqsmd, Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatlarining o‘ziga xosligi, ya’ni kiyimidan tortib, to musiqa asbobining ishlatilishigacha bir-biridan farqlanib turadi. Hozirgi kunda folklor jamoalarini tuzish ishlari keng avj olmoqda. Bu, albatta, quvonchli hol. Biroq, ular an’anaviy qo‘shiqmatniga bepisand qarab, uning so‘zlarini buzib aytmoqdalar. Ayrim jamoalar mazmunan juda sayoz, zamonaviy shoirlar tomonidan yozilgan ba’zi qo‘shiqlarni ham xalq qo‘shig‘i deb ijro etmoqdalar. Ba’zan esa xalq og‘zaki ijodining jonli jarayonidan bexabar, ya’ni folklor va etnografiyaga aloqasi bo‘lmagan olimlarimiz jamoalarga noto‘g‘ri ko‘rsatmalar bermoqdalar. Bu kishini ranjitadigan bir holdir. Jamoa rahbaridan yuqori kasbiy va pedagog tayyorgarlik talab etiladi. U qatnashchilar psixologiyasini o‘rganishi va har bir ishtirokchiga nisbatan individual yondashuvi, mashg‘ulot jarayonida qatnashchilarning talab va itsaklarini qondirilishi uchun harakat qilishi, yaxshi ijodiy natijaga erishishga har bitta qatnashchini safarbar eta olishi, bir so‘z bilan aytganda, qatnashchilarning ma’naviy ehtiyojini qondirishlari uchun sharoit yaratishi lozim. Jamoaning yaxlit bir ko‘rinishga kelishi qatnashchilarning jamoa mashg‘ulotlariga oshiqishiga, bir-birlarini sog‘inishi va qadrdonlarga aylanishiga sabab bo‘ladi. Jamoa a’zolarining jipslashuviga ijodiy safarlar va birgalikda uyushtirilgan ekskursiyalar, mashg‘ulotdan Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 83
tashqari birga bo‘lish imkonini yaratadigan tadbirlar katta hissa qo‘shadi. (Namuna) Toshkent shahar, Mirobod tumani 1-son Madaniyat markazi qoshidagi “Buvijonlar” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasining 1-yillik repertuar rejasi “TASDIQLAYMAN” Mirobod tumani 1-son Madaniyat markazi mudiri ________________ А.Аkbarov “____” ___________2020-yil Toshkent shahar Mirobod tumani 1-son Madaniyat markazi qoshidagi “Buvijonlar” folklor-etnografik “Xalq havaskorlik jamoasi”ning 2020-yil uchun REPERTUAR REJASI № Qo‘shiq nomi She’r Musiqa Jamoa Muddati Mas’ul muallifi muallifi rahbari Yanvar 1. “Hunarmandchi Yanvar Badiiy lik qo‘shiqlari” Xalq Xalq Jamoa Yanvar rahbar so‘zi kuyi rahbari Yanvar 2. “Do‘ppi Jamoa Fevral Badiiy tikdim” Xalq Xalq rahbari Fevral rahbar so‘zi kuyi Jamoa Fevral 3. “Hunarmand rahbari Fevral Badiiy kulol” Xalq Xalq Jamoa Mart rahbar so‘zi kuyi rahbari Mart 4. “Gilamchilar” Jamoa Badiiy Xalq Xalq rahbari rahbar 5. “Palov” so‘zi kuyi Jamoa rahbari Badiiy 6. “Voxay bola” Xalq Xalq Jamoa rahbar so‘zi kuyi rahbari 7. “Yallo qilaylik” Jamoa Badiiy Xalq Xalq rahbari rahbar 8. “Yalo-yalo” so‘zi kuyi Jamoa rahbari Badiiy 9. “Boychechak” Xalq Xalq Jamoa rahbar so‘zi kuyi 10. “Gul” Badiiy Xalq Xalq rahbar so‘zi kuyi Badiiy Xalq Xalq rahbar so‘zi kuyi Badiiy Xalq Xalq 84 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
11. “Yor aylanay” so‘zi kuyi rahbari Mart rahbar Mart Badiiy 12. “Yalili bobo” Xalq Xalq Jamoa Aprel rahbar so‘zi kuyi rahbari Aprel 13. “Kalmana shoyi Aprel Badiiy xoy-xoy” Xalq Xalq Jamoa Aprel rahbar so‘zi kuyi rahbari May 14. “Kashta” May Badiiy Xalq Xalq Jamoa May rahbar 15. “Toshkentlik so‘zi kuyi rahbari May hunarmandlar” Iyun Badiiy Xalq Xalq Jamoa Iyun rahbar 16. “Vaq-vaqa so‘zi kuyi rahbari Iyun sumalak” Iyun Badiiy Xalq Xalq Jamoa Iyul rahbar 17. “Sumalagim” so‘zi kuyi rahbari Iyul Iyul Badiiy 18. “Yalama-yorim Xalq Xalq Jamoa Iyul rahbar yalloli” so‘zi kuyi rahbari Badiiy 19. “Yalama- Xalq Xalq Jamoa rahbar yorim” so‘zi kuyi rahbari Badiiy 20. “Sho‘rva” Xalq Xalq Jamoa rahbar so‘zi kuyi rahbari 21. “Qilpillama” Badiiy Xalq Xalq Jamoa rahbar 22. “Mayda- so‘zi kuyi rahbari mayda” Badiiy Xalq Xalq Jamoa rahbar 23. “Ko‘rgani so‘zi kuyi rahbari keldingmi yor” Badiiy Xalq Xalq Jamoa rahbar 24. “Qutlug‘ so‘zi kuyi rahbari bo‘lsin” Badiiy Xalq Xalq Jamoa rahbar 25. “Namangani so‘zi kuyi rahbari olmasi” Badiiy Xalq Xalq Jamoa rahbar 26. “Sumalagim ox so‘zi kuyi rahbari sumalak” Badiiy Xalq Xalq Jamoa rahbar 27. “Sumalakni so‘zi kuyi rahbari boshladik” Badiiy Xalq Xalq Jamoa rahbar 28. “Asra qizil so‘zi kuyi rahbari gulingni” Badiiy Xalq Xalq Jamoa rahbar so‘zi kuyi rahbari Badiiy Xalq Xalq Jamoa rahbar so‘zi kuyi rahbari Badiiy Xalq Xalq Jamoa rahbar so‘zi kuyi rahbari Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 85
29. “Shoxchalab” Xalq Xalq Jamoa Avgust Badiiy so‘zi kuyi rahbari rahbar 30. “Maktubim” Xalq Jamoa Avgust Xalq kuyi rahbari Badiiy 31. “Oshiqman” so‘zi Xalq Jamoa Avgust rahbar kuyi rahbari 32. “Olmacha Xalq Xalq Jamoa Avgust Badiiy anoringga balli” so‘zi kuyi rahbari rahbar Xalq Jamoa Sentyabr 33. “Bog‘ arolab Xalq kuyi rahbari Badiiy boraman” so‘zi Xalq Jamoa Sentyabr rahbar kuyi rahbari 34. “Aka dul-dur Xalq Xalq Jamoa Sentyabr Badiiy toy” so‘zi kuyi rahbari rahbar Xalq Jamoa Sentyabr 35. “Mehnat Xalq kuyi rahbari Badiiy qo‘shiqlari” so‘zi Xalq Jamoa Oktyabr rahbar kuyi rahbari 36. “Bo‘g‘macha Xalq Xalq Jamoa Oktyabr Badiiy bilagim” so‘zi kuyi rahbari rahbar Xalq Jamoa Oktyabr 37. “Lolajon” Xalq kuyi rahbari Badiiy so‘zi rahbar 38. “Lola gulim” Xalq Jamoa Oktyabr Xalq kuyi rahbari Badiiy 39. “Nikoh so‘zi rahbar marosim Xalq Jamoa Noyabr qo‘shiqlari” Xalq kuyi rahbari Badiiy so‘zi Xalq Jamoa Noyabr rahbar 40. “Beshik to‘y kuyi rahbari marosim Xalq Xalq Jamoa Noyabr Badiiy qo‘shiqlari” so‘zi kuyi rahbari rahbar Xalq Jamoa Noyabr 41. “Kelin salom Xalq kuyi rahbari Badiiy qo‘shiqlari” so‘zi rahbar Xalq Jamoa Dekabr 42. “Yor-yor Xalq kuyi rahbari Badiiy qo‘shiqlari” so‘zi Xalq Jamoa Dekabr rahbar kuyi rahbari 43. “Qari navo” Xalq Badiiy so‘zi rahbar 44. “Muchal to‘y marosim Xalq Badiiy qo‘shiqlari” so‘zi rahbar 45. “To‘y marosim Xalq Badiiy qo‘shiqlari” so‘zi rahbar 46. “Ajab-ajab” Xalq Badiiy so‘zi rahbar Xalq Badiiy so‘zi rahbar 86 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
47. “U yonga Xalq Xalq Jamoa Dekabr Badiiy tashlab o‘yna” so‘zi kuyi rahbari rahbar 48. “Galmadi” Xalq Xalq Jamoa Dekabr Badiiy so‘zi kuyi rahbari rahbar “Buvijonlar” folklor-etnografik “Xalq A.Sunatillayev havaskorlik jamoasi” badiiy rahbari: Hozirgi vaqtda rahbarning roli, havaskorlik ishlari natijalariga bo‘lgan javobgarligi ortib bormoqda. Rahbar butun jamoa faoliyatining tashkilotchisi hisoblanadi. Uning oldida juda ko‘p va xilma-xil vazifalar turadiki, rahbar ularni uddalashi uchun qator fazilatlarga ega bo‘lishi lozim. Uning oldidagi birinchi vazifa yosh, madaniy saviya, qiziqish jihatlaridan xilma-xil bo‘lgan qatnashchilaridan yagona maqsad bilan nafas oladigan mustahkam jamoa yaratishdir. Bu jarayonda u jamoaning ijtimoiy va madaniy qiyofasini shakllantiruvchi, aqlli va xushyor pedagog-tarbiyachi sifatida ish ko‘radi, yaxshi tashkilotchi va faol jamoatchi ekanligini namoyish qiladi. Rahbardan qatnashchilarda jiddiy badiiy qiziqish va yaxshi musiqa didini o‘stirish talab qilinadi. Buni chuqur musiqa bilimiga va ijrochilik malakasiga ega bo‘lgan rahbargina uddalay oladi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, repertuarni shakllantirish va rivojlantirish ishlari folklor-etnografik jamoa ijodiy faoliyatida muhim va asosiy rol o‘ynaydi. Jamoa tinglovchi hamda tomoshabinlarning mehr-muhabbatini qozonishi yoki o‘z-o‘zidan tarqalib ketishi, ko‘p jihatdan repertuarga, yanada aniqroq qilib aytsak, uning mazmuniga bog‘liq. Folklor jamoasi ishining g‘oyaviy-estetik yo‘nalishi, ijodiy guruhning haqiqiy va to‘laqonli kamolotga yetishi asosan repertuarni tanlay bilish mahorati va asarlarning o‘ziga hos ba’zi jihatlariga bog‘liq. Shuning uchun folklor-etnografik jamoalari va ilmiy-uslubiy markazlarning rahbarlari repertuarni shakllantirish jiddiy masala deb qarash va qat’iy tanqidiy munosabatda bo‘lishi zarur. Binobarin, folklor-etnografik jamoalar o‘z oldilarida xalqimizning ko‘hna san’atini asrab-avaylash, targ‘ib qilish va ijodiy yuksaltirishdek g‘oyat ezgu, mas’uliyatli vazifa turganligini yoddan chiqarmasliklari lozim. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 87
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Repertuar – nima? 2. Folklor etnografik jamoalari repertuarini shakllantirishda rahbarning o‘rni qanday? 3. Hududlardagi folklor-etnografik jamoalarining repertuari va ijro mahoratlarining o‘ziga xosligi haqida gapirib bering. 4. Bugungi kunda jamoa repertuarini yangi folklor asarlari bilan boyitishda nimalarga ko‘proq e’tibor berish lozim? 5. Havaskorlik jamoalarida intizomning rasmiy va ongli ko‘rinishlari mavjud, ular haqida ma’lumot bering? 6. Folklor asarlarini yozib olish usullari haqida nimalar bilasiz? 7. Folklor ekspeditsiyalari deganda nimani tushunasiz? Mavzu yuzasidan qo‘shimcha adabiyotlar: 1. S.N.Yo‘ldosheva. Folklor-etnografik jamoalar uslubiyoti. O‘quv qo‘llanma. T.: “Navro‘z” nashriyoti, - 2014. 2. J.T.Shukurov. Badiiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti. Darslik. Toshkent-2020. 3. D.Yusupaliyeva.,G.Xudoyberganova. Madaniy-ma’rifiy muassasalarda ijodiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti. T.: “Navro‘z” nashriyoti, - 2014. Internet saytlari: 1. www.folklore.uz 2.www.ziyonet.uz 3.www.edu.uz 4. www.artist.uz 5.www.nota.ru 88 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
II BOB. AMALIY MASHG‘ULOTLAR. MAVZU: RESPUBLIKAMIZDA MAVJUD BO‘LGAN FOLKLOR-ETNOGRAFIK JAMOALARINING IJRO FAOLIYATINI O‘RGANISH. REJA: 1. Toshkent shahrida mavjud folklor-ertnografik xalq havaskorlik jamoalarining o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish. 2. Surxandaryo-Qashqadaryo vohasiga xos folklor jamoalarni ish tajribalarini tahlil etish. 3. Samarqand-Buxoro vohasi jamoalarini amaliy tahlil qilishning o‘ziga xos jihatlari. 4. Xorazm viloyatida faoliyat olib borayotgan faol folklor- etnografik xalq havaskorlik jamoalarini ijodiy faoliyatlarini o‘rganish va tahlil etish. Tayanch so‘z va iboralar: Folklor etnografik jamoalari, voha, tajriba, tahlil, amaliy jihatlari, o‘ziga xos xususiyatlari. Respublika hududlarida mavjud folklor jamoalarining ijodiy ish jarayonlarini o‘rganish, xalq havaskorlik jamoasi, namunali unvoniga ega jamoalarning ijodiy ishlarini tahlil etish, ularning repertuar va dasturlarini o‘rganish bo‘lajak rahbar kadrlar uchun ijodiy maktab vazifasini o‘taydi. Har bir viloyatda “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Bolalar namunali jamoasi” unvoniga ega jamoalar mavjud. Ular o‘zlarining faol va semahsul ijodiy faoliyatlari bilan endi tashkil etilayotgan jamoalar hamda tashkil etilgan jamoalar uchun alohida o‘rnak vazifasini bajarmoqda. O‘zbek san’atini yoshlar shuuriga singdirishda faol mehnat qilayotgan jamoalar dasturini o‘rganish uni takomillashtirish bo‘lim talabalari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Ajdodlar merosining nodir namunalarini kelajak avlodga yetkazishda folklor- etnografik jamoalari ansambllari barakali va xayrli ijod etib, o‘z ijodlarini turfa xil ko‘rinishlarda namoyon qilib jamoalarning ish usullarini folklor san’atini rivojlantirishga katta xissa qo‘shmoqdalar. Xalq ijodiyoti: (folklor va etnografiya) ta’lim yo‘nalishi talabalari Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 89
milliy qadriyat va an’analarini rivojlantirishda nazariy va amaliy jihatdan malakaviy bilimga ega bo‘lmoqlari zarur. Xalq madaniyati va ma’naviyatining eng qadimiy ko‘rinishi bo‘lgan folklor namunalarida o‘sha xalqning turmush tarzi, hayotiy tajribasi, yutuq va muvaffaqiyatlari aks etadi. Shu bois u asrlar osha avloddan-avlodga o‘tib, yoshlar tarbiyasida “hayot maktabi” vazifasini o‘tab kelmoqda. Xalqona ruh, betakror samimiyati va qadimiy madaniyatimizning go‘zalligini namoyon etuvchi folklor chinakam ma’naviy xazina, tuganmas buloq singari asrlar davomida xalqimiz ma’naviyatini boyitib, ongu tafakkuri va his-tuyg‘ularini teranlashtirib kelgan. Ajdodlarimizdan qolgan bu ulkan meros millat qalbida ezgu niyat va ulug‘ maqsadlarga intilish, ona vatanga muhabbat va e’tiqod tuyg‘ularini uyg‘otadi. Milliy ruhni o‘zida asrlar bo‘yi ortmoqlab kelayotgan, qadimiy an’analarni bugungi kunda ko‘z-ko‘z etayotgan, o‘z ortidan millionlab kishilarni ergashtirayotgan har tomonlama ibrat maktabi bo‘lib, omma mehrini qozonayotgan, yoshlar qalbiga ma’naviyat urug‘ini singdirayotgan ijodkorlardan biri bu - folklor-etnografik jamoalaridir. Mavzu doirasida Toshkent shahrida mavjud folklor ertnografik xalq havaskorlik jamoalari, Surxondaryo-Qashqadaryo vohasiga xos folklor-etnografik jamoalari hamda Samarqand-Buxoro vohasida faol faoliyat olib borayotgan folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoalarining o‘ziga xos jihatlari va ijodiy dasturlarini amaliy tahlil qilib chiqamiz. Toshkent shahrida mavjud folklor ertnografik xalq havaskorlik jamoalarining o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish. (“Buvijonlar” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi misolida) ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. So‘nggi yillarda Toshkent shahrida folklor-etnografik jamoalari faoliyati sezilarli darajada o‘zgardi. Bir qator folklor-etnografik jamoalari tashkil etildi, ular orasida faol ijodiy faoliyat olib borayotgan folklor-etnografik jamoalari esa O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Xalq havaskorlik jamoasi unvoniga 90 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
sazovor bo‘lishdi. “Gavhar”, “Nodirabegim”, “O‘zbekoyim”, “Hilola”, “Buvijonlar”, “Durdona”, “Ohangrabo” kabi folklor- etnografik jamoalari shular jumlasidandir. Toshkent shahri folklor-etnografik jamoalar repertuarida milliy qadriyatlar va an’anaviy marosimlarining vositasi bo‘lmish mehr- muruvvat, saxovat va insoniy fazilatlarni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari shakllandi. Yuzaga kelgan ijodiy erkinlik, ruhiy yangilanish folklor asarlarini hayotga yanada keng targ‘ib qilish jarayonini boshladi. Masalan, xalqimiz badiiy salohiyatining eng go‘zal namunalarini o‘zida mujassamlashtirgan umumxalq shodiyonasi – Navro‘zi olam bilan bog‘liq qo‘shiqlar, udumlar va marosimlar qayta tiklandi. Navro‘z bayramining kelib chiqish tarixi, taraqqiyot bosqichlari, uning tarkibidagi folklor asarlarini badiiy xususiyatlari, bayramni o‘tkazilishi bilan bog‘liq lokal belgilar ro‘yobga chiqdi. “Yil boshi”, “Sumalak pishirish”, “Hashar uyushtirish”, “Lola sayli”, “Gul sayli”, “Muchal to‘yi”, “Sunnat to‘yi”, “Mehrjon” kabi o‘zligimizni tarannum etuvchi qadimiy udum va marosimlarimiz yana hayotga qaytdi. Toshkent shahrida ana shunday ma’suliyatli vazifalarni sidqidildan bajarayotgan, fidoiy ishtirokchilardan iborat folklor jamoalaridan biri “Buvijonlar” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamaosini alohida ta’kidlash lozim. “Buvijonlar” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 2014- yil Toshkent shahar Mirobod tumani 1-son Madaniyat markazi qoshida folklor san’atining tolmas targ‘ibotchilari Asatilla Sunnatillayev va Dilshod Umarovlar tashabbusi va boshchiligida tashkil etilgan. “Buvijonlar” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamosiga о‘n besh nafardan ortiq turli yoshdagi onaxonlar faol ishtirok etib kelmoqda. Jamoa repertuarlaridan о‘zligimizni, milliyligimizni, urf-odatlarimizni, qadriyatlarimizni tarannum etuvchi kuy-qо‘shiqlar, udum va marosimlar joy olgan. Jamoa repertuaridan “Shaydini-shaydo”, “Hunarmandlar”, “Toshkentlik hunarmandlar”, “O, layli”, “Nurli hayot”, “Shundanmikin”, “Bahor fasli”, “Oynaga qarang”, “Sumalak”, “Bugun navro‘z ekan” kabi o‘nlab mehnat va marosim qo‘shiqlari joy olib, “Buvijonlar” folklor-etnografik jamaosi bo‘lib shakllandi. Folklor jamoalarining viloyat, Respublika ko‘rik tanlov va Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 91
festivallarida faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarga bir necha bor sozovor bo‘ldi. Erishilgan muvaffaqiyatlar, kо‘rsatilgan xizmatlari evaziga “Buvijonlar” folklor-etnografik jamosiga 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyrug‘i bilan “Xalq havaskorlik jamoasi” unvoni berildi. Jamoa bir necha bor О‘zbekiston televideniyesi orqali chiqishlar qilib о‘z dasturini xalqqa namoyish etdi. Folklor-etnografik jamoalarining ijro yo‘li, repertuar tizimi va folklor xazinasiga yondashish uslubida an’anaga munosabatlari turlicha. Lekin ularning ijro usullari, badiiy mahorat darajalari, folklor an’analariga munosabatlari o‘zlari istiqomat qilib turgan hududga bevosita bog‘liq ekanligini ham e’tirof etish lozim bo‘ladi. “Buvijonlar” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi “Boysun bahori”-2019 ochiq xalqaro folklor festivalida. (2019-yil, aprel) Folklor-etnografik jamoalari qayerda tashkil qilingan bо‘lsa, о‘sha yerlik xalqning milliy an’analarini, og‘zaki ijodning noyob namunalarini saqlashda, unga sayqal berib, xalqning о‘ziga 92 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
qaytarishda jonbozlik kо‘rsatmoqdalar. “Buvijonlar” folklor- etnografik xalq havaskorlik jamoasi ham o‘z repertuarida Toshkent shahriga xos udum va marosimlar, lapar, yalla, qo‘shiqlar o‘rin olgan. Bugungi kunda xalq badiiy ijodiyotining barcha tur va janrlari qatori mavsum-marosim folklori qo‘shiqlarining tiklanishi uchun katta imkoniyat yaratilmoqda. Bu imkoniyatlar tufayli asriy qadriyatlar tizimi, bosqichma-bosqich tiklanib, hayotga qaytmoqda. Bu esa mustaqil diyorimizda kechayotgan hozirgi tarixiy-folklor jarayonining muhim qirralaridan biridir. “Buvijonlar” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamaosining repertuarida ayniqsa mavsum-marosim qo‘shiqlari alohida ahamiyatga ega. Jamoaning ijodiy izlanishlari natijasida bir qator mavsum-marosim qo‘shiqlari tiklandi. Mavsum marosimlarning boshlanishi ham o‘rganilishini ham negadir Navro‘z bayrami boshlab beradi go‘yo. Sharq mamlakatlari hayotida muhim o‘rin tutgan hamda tadqiqotchilar tomonidan turli tarixiy davrlarda keng ko‘lamda o‘rganilgan va turlicha talqin qilingan “Navro‘z” bayramida o‘zbeklarning asrlar davomida shakllanib kelgan falsafiy, tarixiy va milliy qarashlari namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, Navro‘z keng omma tomonidan nishonlanadigan umumxalq bayramidir. Shu bois bu bayramning ko‘p qo‘shiqlari ommaviy ijrochilikka mo‘ljallangan. “Buvijonlar” folklor-etnografik Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 93
xalq havaskorlik jamaosining Navro‘z bilan bog‘liq qo‘shiqlarda yurt ozodligi, ma’naviy qadriyatlarimizning elga qaytish g‘oyasi tarannum etiladi: Boychechak chiqibdi bugun navro‘z ekan Hamma bir-biriga jigar so‘z ekan Olam ham barobar kecha-kunduz ekan Boychechak chiqibdi bugun navro‘z ekan Yangi yil muborak bo‘lsin hoy bobo Yangi yil muborak bo‘lsin hoy momo Yangi yil muborak bo‘lsin onajon Boychechak chiqibdi bugun navro‘z ekan51 Qadimda ushbu misralarni bahor kelishi bilan, kuzda hosil mo‘l bo‘lishini umid qilib, ezgu niyatda dalaga don sepgan bobodehqonlarimiz el-u yurtga omonlik, tinchlik, farovonlik tilab kuylaganlar. Bu qo‘shiqlar navro‘z-yilboshi tantanalarining eng nafis qo‘shiqlaridan biri bo‘lgan. Qo‘shiq misralarida el dasturxoniga baraka yog‘ilishi, halol mehnatni ulug‘lash, ezgu umidlarning maysalanishi, to‘kin-sochinlik, oilalar xotirjamligi, yurt boyligi ekanligi g‘oyasi yetakchilik qiladi. Mavsumiy marosimlarda ham oilaviy marosimlar kabi xalq uni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rgan, marosim uchun turli taomlar pishirilgan. Tabiiyki, har bir mavsumning o‘ziga yarasha shoh taomlari bo‘lgan va bu taomlarga bag‘ishlangan xalq qo‘shiqlari ham dunyoga kelgan. Sumalakni tagi olmasligi uchun qozonni muttasil kovlab turish lozim. Bu ish sharbat qozonga solingan oqshomdan tun bo‘yi davom etadi. Shu boisdan uni tayyorlovchi ayollar tun bo‘yi sumalak qozoni atrofida bazm uyushtirib, zavq-shavq bilan yelib- yugurganlar, sumalakni alqagancha qo‘shiqlarni kuylab raqsga tushganlar. “Buvijonlar” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamaosi repertuaridagi Navro‘z bayramining shox taomi sumalak haqidagi qo‘shiq ham bamisoli daryoday jo‘shib kuylanadi: Sumalak oh, sumalak Dardimga darmon sumalak Momomdan qolgan sumalak Bobomdan qolgan sumalak Bolasini risqini so‘rab Onadan qolgan sumalak 51 “Buvijonlar” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi repertuaridan. 94 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
Qozonga qaran akasi Qozonni kovlang xolasi Sumalak tag olmasi Toshlarni tashlang tog‘asi52 O‘zbek folklorida “Lola sayli” bilan bog‘liq xalq qo‘shiqlari ko‘p uchraydi. Bunga sabab qish qirovli kunlardan zerikkan kishilar, bolalar, yigit-qizlarning yayrab o‘yin-kulgu, shodiyona qiladigan tantana bo‘lganligi deyishimiz mumkin. Ayniqsa bu qo‘shiqlar bir- biriga ko‘ngil qo‘ygan yigit-qizlarning uchrashuv maydoni bo‘lganligi ham qo‘shiqlarning yanada ommalashishi, ko‘ngillarda chuqurroq qolishiga sabab bo‘lgan. Qo‘shiqlarda lola elning chiroyi ekanligi, bu gulning ochilishi odamlar diliga faraxbaxsh nur ato etishi, chaqmoqdan, sellardan qo‘rqmay insonlarga ham jasorat, g‘ayrat bag‘ishlashi tarannum etiladi. Jamoa repertuarini shakllantirish va rivojlantirish ishlari folklor- etnografik jamoa ijodiy faoliyatida muhim va asosiy rol o‘ynaydi. Jamoa tinglovchi hamda tomoshabinlarning mehr-muhabbatini qozonishi yoki o‘z-o‘zidan tarqalib ketishi, ko‘p jihatdan repertuarga, yanada aniqroq qilib aytsak, uning mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Folklor-etnografik jamoa ishining g‘oyaviy-estetik yo‘nalishi, ijodiy guruhning haqiqiy va to‘laqonli kamolotga yetishi asosan repertuarni tanlay bilish mahorati va asarlarning o‘ziga xos ba’zi jihatlariga bog‘liq. Shuning uchun folklor jamoalari va madaniyat markazlarning badiiy rahbarlari repertuarni shakllantirishiga jiddiy masala deb qarashlari va qat’iy tanqidiy munosabatda bo‘lishlari zarur. Binobarin, folklor jamoalari o‘z oldilarida xalqimizning ko‘hna san’atini asrab-avaylash, targ‘ib qilish va ijodiy yuksaltirishdek g‘oyat ezgu, mas’uliyatli vazifa turganligini yoddan chiqarmasliklari kerak. Surxandaryo-Qashqadaryo vohasiga xos folklor jamoalarni ish tajribalarini tahlil etish. (“Rizvongul” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi misolida) ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. 52 “Buvijonlar” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi repertuaridan. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 95
“Rizvongul” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi 1986- yil Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani Madaniyat bo‘limi qoshida tashkil etilgan. Jamoaning ilk tashkilotchilari To‘xta momo Raximova, Munavvara momo Kenjayeva, Xonim momo Hasanova kabi xududga mos xalq og‘zaki ijodi merosining mohir ijrochilari bo‘lib, boshlarida choynak, ko‘za, kodi qo‘yib, qo‘llaridagi chinni likobchalarni angishvona taqilgan barmoqlari bilan urib, usulga mos raqs harakatlari va qo‘shiq ijrolarida xududga xos, o‘zgacha bir o‘ktamlik ufurib turardi. Ko‘p o‘tmay bu jamoa soha bilimdonlari tomonidan e’tirof etilib, turli ko‘rik-tanlovlardagi ishtiroki san’atning bu janridagi ixlosmandlarini e’tiborini qozondi. “Rizvongul” folklor-etnografik jamoasining o‘ziga xosligi shundaki, jamoa repertuaridan o‘rin olgan tumanning Ayoqchi, Qushchi, Bashir, Qaynar, Jovuz kabi tog‘li xudud xalqlarining betakror urf-odat va marosim qo‘shiqlarining tog‘liklarga xos harakatdagi raqslari bilan ijro etilishdadir. 1989-yilga kelib jamoa safi Munavvara momo Kenjayeva, Toshbibi momo Xusanova, Xonim momo Hasanova, To‘ti aya Rajabova, Sarvinoz Bahronova, Asqar Karimov, Toshpo‘lot Xalilov kabi 10 dan ziyod ijrochilar bilan kengaydi. Jamoa cholg‘ulari tarkibiga doira, dumbira, chanqovuz, hushtak, rubob, dutor kabi qadimiy cholg‘u asboblari qo‘shildi. Jamoa repertuaridan “Urchuq”, “Chorxo-charx”, “Xo‘sh-xo‘sham”, “Xo‘p hayda”, “Cho‘liq- cho‘pon”, “Yor-yor”, “Hamalam-ha” kabi o‘nlab mehnat va udum qo‘shiqlar joy olib, “Rizvongul” jamoasi bo‘lib shakllandi. Ayniqsa, mamlakatimiz istiqlolga erishgandan keyin bu jamoaning ijodiy parvozi yanada yuksaldi. Folklor jamoalarining viloyat va Respublika ko‘rik tanlovlarida “Granpri”, “birinchi”, “ikkinchi” kabi nufuzli o‘rinlarga bir necha bor sozovor bo‘ldi. “Asrlar sadosi” madaniyat fond forumining Kitob – 2008, Xiva – 2010 festivallaridagi muvaffaqiyatlari, jamoa badiiy dasturlari Respublika televideniyasi orqali namoyish etib kelinayotganligi ham, jamoaning beto‘xtov ijodiy izlanishda ekanligidan dalolatdir. Jamoa bugungi kunda respublika va xalqaro miqyosda tashkil etilayotgan turli ko‘rik-tanlov va festivallarda jumladan, “Asrlar sadosi”, “Boysun bahori”, “Nurli navolar”, “Buyuk ipak yo‘li”, “Ko‘hna zamin ohanglari”, “Onam aytgan allalar”, “Alla” kabi fesivallarda ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishmoqda. 96 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
“Rizvongul” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi xay’atining 2016-yil 30-yanvardagi 1-sonli qaroriga binoan, havaskorlik san’atini rivojlantirish, milliy qadriyatlarni tiklashdagi faol xizmatlari hamda yuksak ijrochilik mahorati uchun “Rizvongul” folklor-etnografik jamoasiga “Xalq havaskorlik jamoasi” unvoni berilgan. Hozirgi vaqtda jamoa tarkibi 25 nafar turli yoshdagi ijrochi ishtirokchilar ijod qilmoqdalar. Badiiy rahbar - Toshpo‘lot Xalilov, xoriograf - Zamira Murodova, musiqa rahbari - Jaloliddin Burxonov. Jamoa repertuaridan “Yor-yor”, “O‘lan”, “Qarsakli ijrolar”, “Mehnat qo‘shiqlari”, “Xalq og‘zaki ijodiga mansub qadimiy qo‘shiqlar”, “Lapar”, “Aytishuv”, “Xalq o‘yinlari” qo‘shiqlari, “Marosim qo‘shiqlari”, “An’ana va urf-odat turkum qo‘shiqlari” o‘rin olgan. Jamoa cholg‘ulari tarkibi: doira, qo‘shnog‘ora, surnay, karnay, kamoncha, hushtak, nay, sibizg‘i, do‘mbira, chanqovuz, qo‘shqoshiq, angishvona va likobchalardan iborat. Jamoa liboslari: shilshila-tumor, tikma do‘ppi, gilam-kuloh, kigiz-kovush, teri-choriq, jabduq kamzul, gilamnimcha, shovdir- munchoq, do‘lona-shoda, kizak-yaktak, mag‘iz-sharvar, sarandon, anbari-peshvand, kulata, misiri chopon, paxta-sochpo‘pak. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 97
Etnografik qadimiy buyumlari: dondon qin-pichoq, keli, yorg‘ichoq, kuvi, omoch, yarma-qov, qamchin, lahodak, mis-chovgan, mis-qumg‘on, mis-barkash, qorachiroq, isfan-patnis, jun-arqon, kigiz- to‘qim, gilam-hurjun, kigiz-sholcha, namat-to‘shak, echki-po‘stak va hokazolar. Men jamoaning muxlisi va ijodiy hamkori sifatida ayta olamanki, hozirgi jamoani repertuarlari va a’zolarini kengaytirib borayotgan Toshpo‘lot Xalilov kabi ijodkor soha mutaxassislari bor ekan, jamoa faoliyati bundan keyin sayqallanib, yanada ravnaq topib boraveradi. Samarqand-Buxoro vohasi folklor jamoalarinning o‘ziga xos xususiyatlatlari. (“Mohi sitora” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi misolida) ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video materialni tamosha qilishingiz mumkin. Jahondagi eng qadimgi shaharlardan biri Buxoro o‘zining hayratga soluvchi bebaho moddiy yodgorliklari bilangina emas, balki ma’naviy olami - nafis, betakror san’ati bilan ham qadimdan mashhur 98 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
va manzur. Darvoqe, odamga olam-olam quvonch, shodlik baxsh etuvchi, uning ruhiga o‘zgacha ta’sir qiluvchi, qalbini larzaga soluvchi “Shashmaqom”i, adabiyot va san’at hamda og‘zaki ijod namunalari, dilrabo raqslari azaldan kishilarni maftun etib kelganligi ayon. Buxoro san’ati - moddiy yodgorliklari-yu, ma’naviy boyliklari o‘zlarining ilk poydevoridan boshlab, do‘st-birodarlik asosiga qurilgan, zamonaviy ibora bilan aytganda qon-qardoshlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan. Darhaqiqat, nodir yodgorliklarga birinchi bor tosh qo‘yishda ham adabiyot, san’at va ilm-fan rivoji-yu, moddiy va ma’naviy madaniyatning boshqa jabhalari ravnaqida nafaqat buxoroliklar qatnashgan, balki boshqa millat, boshqa mazhab kishilari ham faol ishtirok etganlar. Bu yerda qalblar qalblarga, dillar dillarga tutashib, taqdirlar taqdirlarga qo‘shilib ketgan. Shu boisdan ham Buxoro kishilar do‘st-birodarlik timsoli, ota-bobolarimizdan qolgan birodarlik yodgorligi, qon-qardoshlik maskani deb atalishi mumkin. Bu joyni muqaddas dargoh deb hisoblab, unga talpinishning, sog‘inishning boisi ham ana shundadir. Moddiy va ma’naviy yodgorliklarda bo‘lganidek, qadimiy kuy- qo‘shiklar, raqslarni ko‘z qorachig‘idek saqlab qolishda, ularni asrab- avaylab avlodlardan-avlodlarga yetkazib, meros sifatida qoldirishda, “Mohi sitora” jamoasining alohida o‘rni bor. Hozirgi kunda har tomonlama shakllangan, repertuari puxta va boy, musiqa, raqs, libos, qiyofa, ijroda folklor-etnografik jamoa oldiga qo‘yilgan talablarga javob bera oluvchi bu ansambl chiqishlarini ko‘rganda ko‘ngilga orom, dilga zavq baxsh etuvchi kuy- qo‘shiqlaridan hayratga tushmagan, u ko‘rsatgan folklor-etnografik lavhalar, ko‘rinishlardan rohatlanmagan kishi kam topiladi. “Mohi sitora” xalq ijodining o‘ziga xos jozibasi-yu, ma’naviy kamolotini, zamonga hamnafasligi-yu nafosatini tarannum etib kelmoqda. Buxoro folklor san’atini o‘tmish madaniy merosi bilan uyg‘unlashtirgan holda rang-barang dastur yaratgan. “Mohi sitora” ilk qadamlaridayoq muxlislar orttirganligi tufayli obro‘, shon-shuhrat ham tez keldi. Buni anglamok uchun ansambl repertuarini ko‘zdan kechirmok, ijrosini kuzatmok, shuningdek har bir a’zosining qalbiga chuqurroq nazar tashlamok lozim. Zero, har qanday ansambl qiyofasini, dastavval uning repertuari, uning yo‘nalishi, ijro usuli, mahorati, ramziy vositalardan qay darajada foydalana bilishi, xalq ichiga kirib uning qalbidan qanchalik joy olgani, zamon bilan Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 99
Search
Read the Text Version
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
- 6
- 7
- 8
- 9
- 10
- 11
- 12
- 13
- 14
- 15
- 16
- 17
- 18
- 19
- 20
- 21
- 22
- 23
- 24
- 25
- 26
- 27
- 28
- 29
- 30
- 31
- 32
- 33
- 34
- 35
- 36
- 37
- 38
- 39
- 40
- 41
- 42
- 43
- 44
- 45
- 46
- 47
- 48
- 49
- 50
- 51
- 52
- 53
- 54
- 55
- 56
- 57
- 58
- 59
- 60
- 61
- 62
- 63
- 64
- 65
- 66
- 67
- 68
- 69
- 70
- 71
- 72
- 73
- 74
- 75
- 76
- 77
- 78
- 79
- 80
- 81
- 82
- 83
- 84
- 85
- 86
- 87
- 88
- 89
- 90
- 91
- 92
- 93
- 94
- 95
- 96
- 97
- 98
- 99
- 100
- 101
- 102
- 103
- 104
- 105
- 106
- 107
- 108
- 109
- 110
- 111
- 112
- 113
- 114
- 115
- 116
- 117
- 118
- 119
- 120
- 121
- 122
- 123
- 124
- 125
- 126
- 127
- 128
- 129
- 130
- 131
- 132
- 133
- 134
- 135
- 136
- 137
- 138
- 139
- 140
- 141
- 142
- 143
- 144
- 145
- 146
- 147
- 148
- 149
- 150
- 151
- 152
- 153
- 154
- 155
- 156
- 157
- 158
- 159
- 160
- 161
- 162
- 163
- 164
- 165
- 166
- 167
- 168
- 169
- 170
- 171
- 172
- 173
- 174
- 175
- 176
- 177
- 178
- 179
- 180
- 181
- 182
- 183
- 184
- 185
- 186
- 187
- 188
- 189
- 190
- 191
- 192
- 193
- 194
- 195
- 196
- 197
- 198
- 199
- 200
- 201
- 202
- 203
- 204
- 205
- 206
- 207
- 208
- 209
- 210
- 211
- 212
- 213
- 214
- 215
- 216
- 217
- 218
- 219
- 220
- 221
- 222
- 223
- 224
- 225
- 226
- 227
- 228
- 229
- 230
- 231
- 232
- 233
- 234
- 235
- 236
- 237
- 238
- 239
- 240
- 241
- 242
- 243
- 244
- 245
- 246
- 247
- 248
- 249
- 250
- 251
- 252
- 253
- 254
- 255
- 256
- 257
- 258
- 259
- 260
- 261
- 262
- 263
- 264
- 265
- 266
- 267
- 268
- 269
- 270
- 271
- 272
- 273
- 274
- 275
- 276
- 277
- 278
- 279