Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore A_Sunnatillayev_Folklor_etnografik_jamoalar_bilan_ishlash_uslubiyoti

A_Sunnatillayev_Folklor_etnografik_jamoalar_bilan_ishlash_uslubiyoti

Published by Asatilla Sunnatillayev, 2023-03-09 17:39:17

Description: A_Sunnatillayev_Folklor_etnografik_jamoalar_bilan_ishlash_uslubiyoti

Search

Read the Text Version

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA TURIZM VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI ASATILLO SUNNATILLAYEV FOLKLOR-ETNOGRAFIK JAMOALAR BILAN ISHLASH USLUBIYOTI (O‘quv qo‘llanma) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 5151600-Xalq ijodiyoti (folklor va etnografiya) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti” fanidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan) TOSHKENT – 2022

UDK 394.21 BBK 82.3(5O‘zb) А C 95 Sunnatillayev A.S. “Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti”. O‘quv qo‘llanma. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti. – Toshkent: 2022. – 278 bet. Mazkur o‘quv qo‘llanma 5151600-Xalq ijodiyoti: (folklor va etnografiya) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda folklor-etnografik jamoalarining tarixiy taraqqiyot bosqichlari, folklor ijrochilik san’ati tarixi, folklor raqs san’atining hududiy o‘ziga xos jihatlari, folklor-etnografik jamoalarini tashkil etish va tuzish, shakllantirish, rivojlantirish usullarini bilish, amaliyotga qo‘llay olish, hududlarga xos urf-odat va marosimlarni tahlil qilish hamda marosimlarni sahnalashtirish haqidagi ma’lumotlar va zarur ko‘rsatmalar berilgan. O‘quv qo‘llanmadan oliy o‘quv yurtlarining bakalavr bosqichi kunduzgi va sirtqi bo‘lim talabalari, professor-o‘qituvchilar, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari, folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoalari badiiy rahbarlari o‘z faoliyatlarida foydalanishlari mumkin. Amaliy mashg‘ulotlar qismida erkin izlanuvchi A.Sunnatillayevning “O‘zbek xalq to‘y qo‘shiqlarining struktural va badiiy talqini” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi asosiy natijalaridan, elektron qismida esa “Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘iboti markazi tomonidan amalga oshirilgan “O‘zbekiston nomoddiy madaniy meros elementlarini muhofaza qilish” mavzusidagi davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida tayyorlangan video materiallari, “Alpomish media” YoTube kanali, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan suratga olingan “Ona zamin ohanglari” ko‘rsatuv video materiallaridan foydalanilgan. UDK 394.21 BBK 82.3(5O‘zb) Mas’ul muharrir: S.Alimov O‘zDSMI “Folklor va etnografiya” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi. Taqrizchilar: S.Davlatov O‘zDSMI “Kutubxona-axborot faoliyati” fakulteti dekani, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. O.Axmedova O‘zMMSI Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, filologiya fanlari nomzodi, professor v.b. Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-sonli buyrug‘i bilan nashrga tavsiya etilgan. © Asatillo Sunnatillayev., 2022 2 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

Ushbu o‘quv qo‘llanma o‘zining ko‘p yillik tajribasi, ilmiy izlanishlari, tadqiqotchilik va pedagoglik faoliyati bilan soha rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli folklorshunos olima, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, filologiya fanlari nomzodi, professor, ustozim YO‘LDOSHEVA SAODAT NAZIROVNA tavalludining 75-yilligiga bag‘ishlanadi Yo‘ldosheva Saodat Nazirovna (1947-2017) O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti (2015-yil) Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 3

KIRISH “Ayni vaqtda hozirgi globallashuv davrida, tijorat vositasiga aylangan “ommaviy madaniyat”, shou- biznesning salbiy ta’siri tobora kuchayib borayotgan murakkab zamonda har qanday milliy madaniyatning bulog‘i bo‘lgan folklor san’atiga e’tibor va qiziqish, afsuski, susayib borayotgani ham sir emas. Holbuki, folklor san’ati, ta’bir joiz bo‘lsa, bu – insoniyatning bolalik qo‘shig‘idir”1 SHAVKAT MIRZIYOYEV O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mamlakatimizda “Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan “2022-2026- yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da madaniyat, ilm-fan, adabiyot, sanʼat sohalarini yuksaltirish ijtimoiy sohani rivojlantirishning asosiy yoʻnalishi sifatida belgilangan. Bugungi kunda aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini oshirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda maʼnaviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh isteʼdod egalarining qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarish, ustoz-shogird an’anasini davom ettirish masalalari davlatimizning ustuvor vazifalariga aylanib bormoqda. Badiiy tafakkur rivojining hosilasi bo‘lgan xalq og‘zaki ijodi milliy ma’naviyatimizning asosiy negizlaridan hisoblanadi. Adolatli jamiyat qurish va barkamol shaxs tarbiyalash borasida ma’naviy merosning o‘rni benihoya kattadir. O‘z o‘tmishi, dini, tarixi, adabiyoti, madaniyati, tili, urf-odatlaridan bexabar xalq o‘z kelajagini qura olmasligini davr isbotlamoqda. Shu bois ham bugungi globallashuv sharoitida yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash asnosida ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan boy ma’naviy merosni 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Xalqaro baxshichilik san’ati festivali” ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. Xalq so‘zi gazetasi.: 7-aprel, 2019-yil. 4 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

asrab avaylash, tadqiq etish, kelgusi avlodga yetkazishga burchlidirmiz. So‘nggi yillarda yurtimizda fan, ta’lim, madaniyat va qolaversa, asriy qadriyatlar negizida qaror topgan boy musiqa merosimizning o‘tmish taqdirini idroklash, tarixini chuqur va xolis o‘rganish masalalari yangi bosqichga ko‘tarildi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev barcha soha va tarmoqlar qatori madaniyat va san’at, adabiyot, ommaviy axborot vositalari rivojiga katta e’tibor qaratayotkanliklari taqsinga loyiq. Ayniqsa, keyingi paytda bu soha ravnaqini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev san’at va madaniyat, adabiyotga shunday ta’rif beradi: “Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’atimiz ham albatta bo‘ladi” 2. Xalq madaniyati va ma’naviyatining eng qadimiy ko‘rinishi bo‘lgan folklor namunalarida o‘sha xalqning turmush tarzi, hayotiy tajribasi, yutuq va muvaffaqiyatlari aks etadi. Shu bois u asrlar osha avloddan-avlodga o‘tib, yoshlar tarbiyasida “hayot maktabi” vazifasini o‘tab kelmoqda. Xalqona ruh, betakror samimiyati va qadimiy madaniyatimizning go‘zalligini namoyon etuvchi folklor chinakam ma’naviy xazina, tuganmas buloq singari asrlar davomida xalqimiz ma’naviyatini boyitib, ongu tafakkuri va his-tuyg‘ularini teranlashtirib kelgan. Folklor san’ati an’analarini yanada rivojlantirib, ularni yosh avlod turmush tarziga singdirib borish shu jarayonning muhim qirrasidir. O‘zbek xalq ijodiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur biladigan, mustaqillik davri folklorining taraqqiyoti qonuniyatlarini teran anglaydigan, havaskorlik san’atini to‘g‘ri tashkil etib, folklor- etnografik jamoalarida xalq og‘zaki ijodiyotining barcha tur va janrlari asosida sahna ko‘rinishlari yarata oladigan malakali kadrlar tayyorlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Shu sababli mazkur sohaning ilmiy salohiyatini takomillashtirishda “Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti” fanini o‘qitish muhim ahamiyat 2 Mirziyoyev Sh.M. 2017-yil 3-avgustda mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasi.. “Xalq so‘zi” gazetasi.: 2018-yil, 4-avgust. (149) Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 5

kasb etadi. “Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti” fani folklor-etnografik jamoalari uchun rahbar kadrlarni tayyorlashga xizmat qilib, maxsus mutaxassislik fanlar turkumiga kiradi. Ushbu fanning asosiy maqsadi respublikamizdagi badiiy jamoalariga mutaxassis kadrlar tayyorlab berishdan iboratdir. Talabalarga o‘zbek xalq urf-odat va marosimlari, xalq og‘zaki ijodi haqida ma’lumotlar berish bilan birga, folklor ijrochilik san’ati tarixi, Surxondaryo- Qashqadaryo, Buxoro-Samarqand, Farg‘ona-Toshkent, Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan folklor- etnografik xalq havaskorlik jamoalarining hududga xos ijodiy chiqishlarini ilmiy tahlil etish, jamoani tashkil etish va tuzish, shakllantirish, rivojlantirish usullarini bilish va amaliyotga qo‘llay olish, hududlarga xos urf-odat va marosimlarni tahlil qilish hamda marosimlarni sahnalashtirish haqidagi ma’lumotlar va zarur ko‘rsatmalar beriladi. Mazkur o‘quv qo‘llanma 5151600-Xalq ijodiyoti: (folklor va etnografiya), 60211900-Xalq ijodiyoti: (folklor va etnografiya) ta’lim yo‘nalishining (kunduzgi, sirtqi) bakalavr bosqichida tahsil olayotgan talabalarga mo‘lljalangan bo‘lib, folklor-etnografik jamoalariga fidoiy rahbarlikni amalga oshirish, jamoani boshqarish va shakllantirish, rivojlantirish, jamoada marosim, urf-odat va folklor asarlarini sahnalashtirish kabi muhim masalalarga bag‘ishlanadi. Muallifdan 6 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

I. BOB MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI. “FOLKLOR ETNOGRAFIK JAMOALAR BILAN ISHLASH USLUBIYOTI” FANINING NAZARIY MASALALARI. 1-MAVZU. “FOLKLOR ETNOGRAFIK JAMOALAR BILAN ISHLASH USLUBIYOTI” FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI. REJA: 1. O‘zbek folklor san’ati va folklorshunoligi tarixi. 2. “Folklor-etnografik jamoalari bilan ishlash uslubiyoti” fanining maqsad va vazifalari. 3. “Folklor-etnografik jamoalari bilan ishlash uslubiyoti” fanining o‘zlashtirishdagi tashkiliy-ijodiy usullar. 4. Rahbar shaxs. Jamoani shakllantirishda rahbarning asosiy fazilatlari va vazifalari. Tayanch so‘z va iboralar: Xalq ijodi, folklor san’ati, folklorshunoslik, jamoa, rahbar, maqsad, ma’naviyat. ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video darsni tomosha qilishingiz mumkin. Xalq madaniyati va ma’naviyatining eng qadimiy ko‘rinishi bo‘lgan folklor namunalarida o‘sha xalqning turmush tarzi, hayotiy tajribasi, yutuq va muvaffaqiyatlari aks etadi. Shu bois u asrlar osha avloddan-avlodga o‘tib, yoshlar tarbiyasida “hayot maktabi” vazifasini o‘tab kelmoqda. Xalqona ruh, betakror samimiyati va qadimiy madaniyatimizning go‘zalligini namoyon etuvchi folklor chinakam ma’naviy xazina, tuganmas buloq singari asrlar davomida xalqimiz ma’naviyatini boyitib, ongu tafakkuri va his-tuyg‘ularini teranlashtirib kelgan. Ajdodlarimizdan qolgan bu ulkan meros millat qalbida ezgu niyat va ulug‘ maqsadlarga intilish, ona vatanga muhabbat va e’tiqod tuyg‘ularini uyg‘otadi. Folklor haqidagi fan – folklorshunoslik bo‘lib, xalq og‘zaki ijodiyotining so‘z san’ati sifatidagi xususiyatlarini, folklorning paydo bo‘lishi, shakllanishi va taraqqiyot bosqichlarini, undagi ijodiy Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 7

jarayon va yashash tarzi qonuniyatlarini, hayotiy mazmuni, ijtimoiy tabiati, g‘oyaviy mohiyati, badiiy o‘ziga xosligi, janrlarining bo‘linishi, shuningdek, yozma adabiyot bilan munosabati – o‘zaro ta’siri, aloqalari va tipologiyasi kabi masalalaridan bahs yuritadi. O‘zbek xalq badiiy ijodi asrlar davomida yaratilib, og‘izdan- og‘izga, avloddan-avlodga, ustozdan shogirdga o‘tib kelgan jamoa ijodi mahsulidir. Chunki folklor asarlari bir kishi tomonidan emas, balki butun bir jamoaning ijodiy tajribasi asosida vujudga keladi va jamoa tomonidan ijro etiladi. Ba’zi folklor asarlar esa iste’dodli ijodkorlar tomonidan yaratilib, o‘z qabilasi va urug‘lari odatlari, e’tiqodi, orzu istaklari, tabiat bilan bo‘lgan munosabatlari hikoya qilingan. Qabila va urug‘ a’zolarga ma’qul tushgan bu asarlar og‘izdan-og‘izga o‘tib, jamoa ijodiga aylangan. Asarlar shu tariqa jamoa orasida takomillashib, umumxalq mulkiga aylangan. Xalqimizning mustaqillika erishgani va jahon hamjamiyatida munosib o‘rnini egalashi tarixiy voqea sifatida folklorshunoslik sohasining ham yangi bosqichga chiqishiga imkon yaratdi. Rasman yuz yilga yaqin tarixga ega o‘zbek folklorshunosligining ildizlar ancha qadimga borib bog‘lanadi. Xususan, qadimiy ashyolar, arxiologik yodgorliklar, sur’at va chizmalarda aks etgan folkloristik tasavvurlar, og‘zaki yetib kelgan xalq ijodi asarlari namunalariga nisbatan folkloriy-estetik munosabatlar, bundan ming yil muqqadam yashab o‘tgan Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asaridan o‘rin olgan turli folklor asarlari, mumtoz adabiyotimiz namayondalarining folkloristik qarashlari, ularning asarlarida kelgan folklor namunalari xalq og‘zaki ijodi to‘g‘risida ilk tasavvurlarni, badiiy-estetik munosabatlarni shakllantiradi. O‘zbеk folklorshunosligi xalqimizning o‘z-o‘zini anglashdan iborat intilishlari taqozosiga ko‘ra vujudga kеldi. XIX asrning so‘nggi choragida izchil bir yo‘nalishga kira bordi va XX asrda to‘la – to‘kis barqaror hodisaga aylandi. Zеro, folklor asarlarini to‘plash, kitobat qilish, o‘rganish va ulardagi g‘oyalardan ilhomlanib yangi asarlar yaratish, bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish barcha davrlarda ham dolzarb masalaga aylangan edi. XX asrning birinchi choragi oxirlaridan e’tiboran o‘zbеk folklorshunosligi chinakam fan tusini oldi: xalq ijodini ilmiy asosda to‘plash, nashr etish va o‘rganish yo‘lga qo‘yildi. O‘tmishda o‘zbеk folklorshunosligi, asosan, to‘plovchilik va kitobat qilish yoki nashr 8 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

etish qobig‘ida amal qilgan bo‘lsa, endi bu jarayonlar tadqiqotlar hisobiga to‘lisha bordi. Xususan, 30-yillardan e’tiboran to‘plovchilik, nashr etish va tadqiqotchilikning uyg‘unlashuvi sеzilarli rol o‘ynay boshladi. Bunda Turkiston Rеspublikasi Maorif Komissariati Davlat ilmiy kеngashining o‘zbеk bilim komissiyasi (1921-24), O‘zbеkiston Maorif Komissariati ilmiy markazining o‘zbеklarni o‘rganish komitеti (1924-29), O‘zbеkiston Davlat ilmiy tеkshirish instituti (1929-30), Madaniy qurilish ilmiy-tеkshirish instituti (1931-33) va nihoyat, Til va adabiyot instituti Folklor bo‘limi (1934-2006) alohida rol o‘ynadi. Ular tomonidan tashkil etilgan folklor ekspеdisiyalari va to‘plovchilik ishlariga Е.D.Polivanov, A.K.Borovkov, G‘.O.Yunusov, M.Y.Elbеk, H.T.Zarifov, L.P.Potapov, V.A.Uspеnskiy, N.N.Mironov, Е.Е.Romanovskaya, Yunus Rajabiy, M.I.Afzalov, T.M.Mirzayev kabi atoqli olim va musiqashunoslar boshchiligida hamda o‘zbеk folklorshunoslarining barcha avlodiga mansub G‘.Zafariy, Sh.Rajabiy, A.Alaviy, Sh.Rizo, B.Karimov, M.Alaviya, Z.Husainova, M.Zarifov, Sh.Abdullaеva, Y.Sultonov, T.G‘oziboyеv, F.Karomatov, H.Razzoqov, J.Qobulniyozov, O.Sobirov, M.Saidov, M.Qodirov, M.Murodov, Y.Jo‘rayev, T.Ochilov, G‘.Jahongirov, R.Muhammadiyеv, T.Ashurov, S.Asqarov, G‘.Jalolov, B.Sarimsoqov, K.Imomov, O.Safarov, S.Ro‘zimboyеv, K.Ochilov, A.Qahhorov, G‘.Musina, U.Jumanazarov, M.Jo‘rayev, S.Alimov, A.Musaqulov, X.Egamov, M.Qo‘shmoqov, Sh.Turdimov, J.Eshonqulov, S.Mirzayeva, D.O‘raеva, O.Qayumov singari talay zahmatkashlarning faoliyatlari tufayli ikki yuzdan ortiq xalq dostonchilari, juda ko‘p ertakchilar, qo‘shiqchilar, qiziqchi va masxarabozlar aniqlandi, o‘zbеk folklorining xilma-xil janrlariga mansub durdonalar yozib olinib, nashr va tadqiq qilindi. Ular orasida Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Po‘lkan Jonmurod o‘g‘li, Islom Nazar o‘g‘li, Abdulla shoir kabi faqat epik an’analarni davom ettiruvchilargina emas, balki uni yangi sharoitda yanada rivojlantiruvchi ulkan san’atkorlar ham borki, bular o‘zbеk folklori va adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shdilar. Juda ko‘p ertaklar, latifalar, og‘zaki drama, maqollar, topishmoqlar qatorida yuzga yaqin syujеtga ega uch yuzdan ortiq xalq dostonlari yozib olindiki, bular hozir O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 9

instituti huzuridagi H.T.Zarifov nomi bilan atalayotgan o‘zbеk folklori arxivida 2000 ga yaqin saqlov birligini tashkil etadi.3 1925-1928 yillarda folkloristik ishlar О‘zbekiston Maorif komissarligi Ilmiy shо‘rosining О‘zbeklarni о‘rganish komitetida markazlashtirilgan. Bu davrda G‘ozi Olim Yunusov, Hodi Zarif, Abdulla Alaviy kabi milliy qadriyatlarimiz fidoyilari xalq baxshilarini, ertakchi va qо‘shiqchilarni aniqlash, ularning repertuaridagi asarlarni yozib olishni tashkil etib, Fozil Yо‘ldosh о‘g‘li, Pо‘lkan shoir, Ergash Jumanbulbul о‘g‘li, Nurmon Abduvoy о‘g‘li, Berdi baxshi, Abdulla shoir va boshqa kо‘plab baxshilardan xalq dostonlarini yozib olishgan. Bu sharafli ishga Mahmud Zarifiya, Iso Ernazar о‘g‘li, Fotima (hozirgacha tо‘la ismi-sharifi aniqlanmagan), Tovfiq Mustafoyev, Bahrom Ibrohimov, Muqim Hamzabekov, Nazarqosim Mirzayev, Husayn Karimiy kabi havaskor folklor tо‘plovchilar ham jalb qilingan. О‘sha davrda tо‘plangan materiallar bugungi kunda о‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodi durdonalari saqlanayotgan О‘zR FA Til va adabiyot instituti Folklor arxivining yuzaga kelishiga zamin hozirlagan.4 О‘zbek folklorshunosligining filologik yо‘nalishdagi fan sifatida shakllanishi Hodi Zarifov ilmiy faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir. U folklor asarlarini yozib olish, tо‘plash, nashr etish va о‘rganishga ulkan hissa qо‘shgan alloma, о‘zbek folklorshunosligining asoschisidir. 1928-yilda uning tashabbusi bilan tashkil etilgan “Etnografiya folklor va arxeologiya bо‘yicha ilmiy-tekshirish kabineti” negizida keyinchalik Til va adabiyot institutining Folklor bо‘limi yuzaga kelgan. H.T.Zarifov ana shu bо‘limning rahbari sifatida butun umrini о‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotini tо‘plash va ilmiy о‘rganishga bag‘ishlagan.5 H.T.Zarifovning yirik fan tashkilotchisi sifatidagi faoliyati havaskor folklor tо‘plovchilar ishini markazlashtira olganligi va bu ezgu ishga kо‘pgina ziyolilarni jalb eta bilganligida yaqqol kо‘zga tashlanadi. Uning topshirig‘i va bevosita rahbarligi ostida havaskor folklor tо‘plovchi, xalq ijodiyotining haqiqiy fidoiylari biri bо‘lgan Iso Ernazar о‘g‘li 1927-yilda Jizzax va Samarqand viloyatlaridagi 3 Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. Darslik. T.: “Musiqa” nashriyoti. – 2010, 27-bet. 4 Mas’ul muh: Yo‘ldosheva S. O‘zbek milliy musiqa san’ati va etnomadaniy qadriyatlar / Jo‘rayev M. O‘quv qo‘llanma. T.: “Navro‘z” nashriyoti. – 2014, 6-bet. 5 Mas’ul muh: Yo‘ldosheva S. O‘zbek milliy musiqa san’ati va etnomadaniy qadriyatlar / Jo‘rayev M. O‘quv qo‘llanma. T.: “Navro‘z” nashriyoti. – 2014, 7-bet. 10 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

qishloqlarni kezib chiqib, о‘zbeklarning yaylovga kо‘chish, ot sotib olish, qamchi saqlash, chо‘pon tayog‘i, pichoq berish, nikoh tо‘yi, bolaga ism qо‘yish, chechakni davolash bilan bog‘liq materiallarni, dafn marosimi folklori, irim-sirim va ta’qiqlarni tо‘plagan. U folklorshunoslik amaliyotida birinchi bо‘lib qoqimchi, azayimxon va baxshilarning davolash amallariga doir etnofolkloristik materiallarni – qaytarma, qoqim, badik namunalarini yozib olgan.6 H.T.Zarifovning bevosita ishtiroki va rahbarligida institutda Folklor arxivi yuzaga kelgan va shu xazinadagi eng yaxshi materiallar asosida “О‘zbek xalq ijodi” kо‘p tomligi nashr etila boshlagan. О‘zbek folklorshunosligi maktabining asosiy ilmiy yо‘nalishi xalq ijodiyoti yuzasidan fundamental ilmiy tadqiqotlar yaratishdan iborat bо‘lib, H.Zarifovning ilk tadqiqotlari bilan о‘zbek folklorini ilmiy о‘rganish ishiga asos solingan. Ayniqsa, uning yirik eposshunos V.M.Jirmunskiy bilan hamkorlikda yaratilib, rus tilida nashr ettirilgan “О‘zbek xalq qahramonlik eposi” monografiyasi, shuningdek, о‘zbek xalq dostonlarining epik tabiati va tarixiy asoslarini tekshirishga oid qator maqolalari xalq eposini fundamental tadqiq etishning mumtoz namunasi bо‘lishi bilan birga о‘zbek folklorshunosligi maktabining ilmiy-nazariy asosi ham hisoblanadi.7 Folklor san’atining о‘ziga xos janrlaridan biri xalq qо‘shiqlarini tо‘plash va о‘rganishga katta hissa qо‘shgan Muzayyana Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida folklor ekspeditsiyalarida bо‘lib, xalq qо‘shiqlari, afsona, rivoyat, ertaklarni tо‘plagan.8 M.Alaviya о‘zbek xalq marosim qо‘shiqlarining mavzu qamrovi, g‘oyaviy mazmuni, badiiy xususiyatlari, ijtimoiy mohiyati, qо‘shiqchilarning ijrochilik san’ati, qо‘shiqlarning tarixiy asoslariga doir kо‘plab ilmiy tadqiqotlar muallifidir. M.Alaviya О‘zRFA Til va adabiyot institutining folklor ekspeditsiyalari ishtirokchisi sifatida oilaviy-maishiy marosimlar bilan aloqador о‘lan, yor-yor, kelin salom, lapar kabi janrlarga oid matnlarni tо‘plagan. 1969-yilda Sayram, Turkiston, Iqon, Qorabuloq bо‘ylab о‘tkazilgan folklor ekspeditsiyasi chog‘ida shamol tо‘xtatish marosimi bilan bog‘liq “Choymomo” qо‘shig‘ining kо‘plab variantlarini aniqlagan.9 6 Ko‘rsatilgan manba, 7-bet. 7 Ko‘rsatilgan manba, 7-bet. 8 Ko‘rsatilgan manba, 8-bet. 9 Ko‘rsatilgan manba, 8-bet. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 11

Marosim folklori namunalarini izchil tо‘plab, tadqiq etgan M.Alaviya 1957-yilda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi Dо‘sbergan qishlog‘ida yashovchi Qirmiz momo hamda Ashiroy Rо‘ziyevadan boqimchilik va baxshichilik amaliyotining tо‘liq tavsifini yozib olgan. Olima baxshi chorlovi, xudo va avliyolarni yodga olishi, pir va parilarni chaqirishi, pirlardan yо‘l sо‘rashi, momolarni chorlashi, qirq chilton, pari, devlar, lashkarga о‘z boshidan о‘tganini aytib berishi va lashkarni yо‘lga solishi, shuningdek, gulafshonni davolash bilan bog‘liq aytimini yozib olgan bо‘lib, bu materiallar о‘zbek shomon folklorini tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi. M.Alaviyaning о‘zbek marosim folklorini ilmiy tadqiq etish borasidagi izlanishlari 1974-yilda chop ettirilgan “О‘zbek xalq marosim qо‘shiqlari” nomli monografiyasida umumlashtirildi.10 О‘z ilmiy faoliyatini 1932-yilda Toshkentdagi Madaniy qurilish institutida boshlagan Mansur Afzalov о‘zbek xalq nasri asarlarini tо‘plash, nashr etish va ilmiy о‘rganishga katta hissa qо‘shgan. О‘zbek xalq nasrining janrlar tarkibi, xalq baxshilarining hayoti va ijodi, folklor va ijtimoiy hayot, folklorshunoslik tarixi masalalari bilan shug‘ullangan olimning “О‘zbek xalq ertaklari haqida” (1964) asari о‘zbek ertaklari haqidagi birinchi yirik tadqiqotdir. Bu kitobda о‘zbek xalq ertaklari tasnif qilingan, ertaklarning о‘rganilish tarixi, obrazlar tizimi, motivlarning tarixiy asoslari, ertaklarning yuzaga kelish tarixi va badiiy xususiyatlari, ertak ijrochiligi tadqiq etilgan.11 О‘zbek folklorini tо‘plash, nashr etish, tadqiq etishga katta hissa qо‘shgan olima Zubayda Husainova 1951-yildan buyon О‘zRFA Til va adabiyot institutining folklor ekspeditsiyasi safida Respublikamizning barcha viloyatlarida, Janubiy Tojikiston va О‘shda bо‘lib, xalq og‘zaki ijodiyotining qо‘shiq, maqol, topishmoq, ertak, latifa kabi janrlariga doir matnlarni tо‘plagan.12 О‘zbek folklor san’atining rivojlantirishda ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xalq teatrini о‘rganishni an’anaviy og‘zaki dramalarni yozib olishdan boshlagan Muhsin Qodirov 1958-yildan boshlab Hamza nomidagi San’atshunoslik institutining folklor ekspeditsiyasi tarkibida Surxondaryo, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon, О‘sh, Xorazm 10 Ko‘rsatilgan manba, 8-bet. 11 Ko‘rsatilgan manba, 8-bet. 12 Ko‘rsatilgan manba, 8-bet. 12 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

viloyatlarida bо‘lib, 300 ga yaqin xalq teatri ijrochilarining ijodiy faoliyatini о‘rgangan, ellikdan oshiq professional va havaskor masxarabozlar bilan ijodiy suhbatlar о‘tkazgan, yuzga yaqin xalq dramasi, kulgi-hikoya va qiziqchilik namunalarini yozib olgan, kо‘plab pantomima, xalq raqslari va tomosha san’atiga doir materiallar tо‘plagan. M.Qodirov tomonidan yig‘ilgan materiallar о‘zbek xalq tomosha san’atini о‘rganishda yangi yо‘nalishlarni ochib berdi. Chunki ilgari “о‘zbek xalq teatri” deganda faqat Farg‘ona vodiysi qiziqchilik san’ati nazarda tutilardi, xolos. M.Qodirov esa Respublikamizda о‘zbek xalq teatrining Buxoro, Qо‘qon va Xorazm maktabi mavjudligi hamda har bir an’ananing umumiy va о‘ziga xos tomonlarini aniqlagan. U о‘zbek xalq og‘zaki dramasining folklor asari sifatidagi о‘ziga xos badiiy xususiyatlari, obrazlar tizimi, xalq san’atkorlarining ijrochilik mahoratini chuqur tadqiq etib, folklor san’ati, ya’ni teatr folklorshunosligi yо‘nalishiga asos solgan.13 Muhsin Qodirov о‘zbek folklorshunosligi tarixida birinchi bо‘lib xotin-qizlar folklor teatri mavjudligini ilmiy jihatdan asoslab bergan. U 1958-yilda Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi G‘о‘s qishlog‘ida yashovchi ayollardan о‘ttizta og‘zaki drama va kulgi- hikoyalarni yozib oldi va ayollar xalq teatrining tarixiy asoslari, asosiy yо‘nalishlari, ustoz-shogird munosabatlari, ijro usullari, og‘zaki dramalarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini о‘rgangan. О‘zbek xalq san’atining muqallid, tanqid, kulgi-hikoya, masxarabozlik, qiziqchilik, qо‘g‘irchoqbozlik, ot о‘yin, askiya, qarsak о‘yin, muallaqchilik- dorbozlik, nayrangbozlik kabi qadimiy turlariga doir boy materiallarni tо‘plab, tadqiq etgan. О‘zbek xalq teatrini jonli aktyor teatri va qо‘g‘irchoq teatriga bо‘lib tasniflagan M.Qodirov “Laylak ilonni ovladi”, “Yumronqoziq”, “Kichkinajon”, “Kadi badbaxt”, “Buva qovoq”, “Tevarak о‘yin”, “Ajdaho о‘yin”, “Mavrigi” kabi xalq о‘yinlari hamda Yusufjon qiziq, Usta Olim, Mulla Tо‘ychi, Toshkanboy darboz, Karim chavandoz, Aka Buxor, Komil qori singari xalq san’atkorlarining ijodiy merosini о‘rgangan.14 О‘zbek xalqining musiqa merosini tо‘plash bilan izchil shug‘ullangan Yunus Rajabiy 1955-1959 yillarda о‘zi tо‘plagan materiallar asosida mingdan oshiq xalq qо‘shiqlari va cholg‘u kuylarini о‘z ichiga olgan “О‘zbek xalq musiqasi” majmuasining besh 13 Ko‘rsatilgan manba, 9-bet. 14 Ko‘rsatilgan manba, 9-bet Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 13

jildini nashr ettirgan. U Toshkent-Farg‘ona maqom yо‘llari, Buxoro “Shashmaqom”i va uning tarkibiy qismlarini tо‘plab, mukammallashtirib nashrga tayyorlagan hamda 1966-1975 yillar davomida olti jildlik kitob holida chop ettirgan. Folklorshunos olim R.Muhammadiyevning tashabbusi va ishtirokida askiya san’ati materiallarini tо‘plash, о‘rganish va ommalashtirish maqsadida maxsus folklor ekspeditsiyalari о‘tkazilgan. 1961-yilda Farg‘ona vodiysida ish olib borgan birinchi ekspeditsiyada askiya janrining tarqalish doirasi va tarixiy taraqqiyotini о‘rganishga doir materiallar tо‘plangan, askiya payrovlarini yozib olingan. 1963-yilda о‘tkazilgan ikkinchi ekspeditsiya chog‘ida mashhur askiyabozlarning repertuari tadqiq etilgan. Ustoz sо‘z san’atkorlari haqidagi xotiralar, rivoyatlar, latifalar va о‘zbek askiyachilarining ijodiy merosi tо‘plangan. 1965 yilning yozida esa Farg‘ona vodiysining shimoliy tumanlarida, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi yosh askiyachilar ijodiyoti о‘rganilgan.15 Komiljon Imomovning 1974-yilda bosilib chiqqan “О‘zbek satirik ertaklari’ nomli ilk monografiyasida xalq ertaklarining alohida turi hisoblangan satirik va yumoristik ertaklar tadqiq etilgan. Olimning “О‘zbek xalq prozasi”16 nomli monografik tadqiqoti folklorimizdagi og‘zaki nasriy asarlarning janrlar tarkibini keng kо‘lamda tadqiq etishga bag‘ishlangan. Unda ertak janri va uning poetikasi, о‘zbek ertaklarining ichki turlariga xos xarakterli belgilari, ayrim epik syujetlar va an’anaviy motivlarning genezisi ochib berilganligi e’tiborlidir. Afsona, rivoyat va matal (naql) kabi janrlar epik turga mansub alohida janrlar silsilasi sifatida о‘rganilib, har bir janrning о‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari yoritilgan. Marosim folklorni tipologik aspektda о‘rgangan Bahodir Sarimsoqov о‘zining bu yо‘nalishdagi tadqiqotlarini “О‘zbek marosim folklori” (1986) nomli monografiyasida umumlashtirgan. Mazkur asarning ilmiy qimmati shundan iboratki, unda “marosim” va “marosim folklori” tushunchalarining mohiyati oydinlashtirilgan, о‘zbek marosim folklorining janrlar tarkibi bir necha mezonlar asosida izchil tasniflangan. “Yas-yusun”, “Oblo baraka”, “Shox moylar”, “Lola sayli”, “Loy tutish”, shamol chaqirish va yomg‘ir yog‘dirish 15 Ko‘rsatilgan manba, 10-bet 16 Imomov K. О‘zbek xalq prozasi. – Toshkent: Fan, 1981. 14 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

bilan bog‘liq marosimi folklor namunalari, sо‘z magiyasiga asoslangan badik va kinna janrlari tadqiq etilgan.17 XX asrning 70-80-yillarida Qashqadaryo (A.Qahhorov, K.Ochilov, Ch.Hamro, A.Ergashev), Buxoro (O.Safarov, Y.Nurmurodov, D.О‘rayeva), Xorazm (S.Rо‘zimboyev, H.Abdullayev, N.Saburov), Namangan (T.G‘oziboyev), Andijon (H.Razzoqov), Surxondaryo (Q.Mamashukurov), Qо‘qon (G‘.Akramov, I.Bekmurodov)da о‘z ilmiy faoliyatlarini olib borgan folklorshunoslar о‘zbek xalq dostonlarining poetikasi, variantlari va lokal xususiyatlari, dostonchilik an’analarining saqlanishi va yetakchi baxshilarning badiiy mahorati, dostonlarda turkumlilik, bolalar folklorining о‘ziga xos tabiati va janrlar tarkibi, mehnat qо‘shiqlarining badiiyati, mifologiya va boshqa mavzularda yirik tadqiqotlarni yaratdilar.18 Bu davrda uch jildlik “О‘zbek folklori ocherklari”ning ikki tomi nashr etilganligi, epik repertuarning о‘ziga xosligi, xalq baxshilarining badiiy mahorati, xalq dostonchiligining hududiy-lokal tabiati (T.Mirzayev, M.Murodov, M.Qо‘shmoqov, S.Rо‘zimboyev, H.Abdullayev, O.Madayev), xalq dostonchiligida turkumlilik (M.Mirzayeva, M.Obidova, Q.Mamashukurov), dostonlar poetikasi (M.Saidov, S.Yо‘ldosheva, T.Zufarov, T.Ashurov), mifologiya va uning о‘zbek folklori epik janrlarida tutgan о‘rni (G‘.Akramov, B.Sarimsoqov, M.Jо‘rayev), о‘zbek marosim folklorining janrlar silsilasi, genetik asoslari va poetikasi (M.Alaviya, B.Sarimsoqov), ertak badiiyati va epik syujetlar tipologiyasi (G‘.Jalolov, X.Egamov, K.Imomov, M.Jо‘rayev), о‘zbek bolalar folklori (G‘.Jahongirov, O.Safarov), yozma adabiyot va folklor munosabati (O.Sobirov, G‘.Mо‘minov, B.Sarimsoqov, I.Yormatov), о‘zbek folklori va tarixiy voqelik (M.Boboyev, U.Jumanazarov, S.Umarov)ning tadqiq etilganligi, terma (A.Musaqulov, A.Tursunqulov), topishmoq (Z.Husainova), lirik qо‘shiqlar (Sh.Turdimov), musiqa folklori (F.Karomatov, R.Abdullayev), о‘zbek xalq og‘zaki dramasi (M.Qodirov, R.Muhammadiyev) chuqur о‘rganilganligi о‘zbek folklorshunosligini yangi bosqichga kо‘tardi.19 17 Mas’ul muh: Yo‘ldosheva S. O‘zbek milliy musiqa san’ati va etnomadaniy qadriyatlar / Jo‘rayev M. O‘quv qo‘llanma. T.: “Navro‘z” nashriyoti. – 2014, 10-bet. 18 Ko‘rsatilgan manba, 10-bet. 19 Ko‘rsatilgan manba, 10-bet. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 15

XX asrning 80-yillariga kelib О‘zRFA Til va adabiyot institutining Folklor bо‘limida markazlashgan о‘zbek folklorshunosligi maktabi xalq og‘zaki badiiy ijodiyotini о‘rganish borasida eng yetakchi ilmiy maktablardan biri darajasiga kо‘tarildi. Bо‘lim rahbari To‘ra Mirzayev dunyo folklorshunosligida ilk bor о‘zbek xalq qahramonlik eposining klassik namunasi hisoblangan “Alpomish” dostonini tо‘la о‘rganib, bu epik asarning о‘zbek baxshilari repertuarida qayd qilingan barcha variantlarini qiyosiy tadqiq etish asnosida dostonning о‘zbek xalqi epik tafakkuri taraqqiyotida tutgan muhim о‘rnini belgilab berdi. Olim doston syujetining tarixiy asoslari, shakllanish bosqichlari va badiiy rivoji, syujet tizimidagi yetakchi motivlar poetikasini izchil о‘rganib, “Alpomish” dostoni yaratilgan davrni aniqlab berdi. Juda boy tarixiy, etnografik va filologik dalillarga asoslangan T.Mirzayev “Alpomish” dostonining mukammal epik asar sifatidagi shakllanish davri X-XI asrlarga oid deb belgilashi jahonning kо‘plab nufuzli ilmiy markazlari tomonidan e’tirof etilgan. T.Mirzayevning “Alpomish” dostoni haqidagi monografik tadqiqotlari Germaniya, Turkiya, Rossiya kabi mamlakatlarda chop ettirilganligi ham buning yorqin dalilidir.20 О‘zbek xalq baxshilari va dostonchilik maktablarining epik an’analarini uzoq yillar mobaynida о‘rgangan T.Mirzayev “Dostonchilik maktablari” (1973), “Baxshilar” (1975), “Pо‘lkan shoir haqida sо‘z” (1976), “О‘zbek xalq dostonchiligi va Islom shoir” (1978) kabi maqolalarida dostonchilik maktablari va ular о‘rtasidagi ijodiy aloqalar, xalq baxshilari epik repertuarining shakllanishi va boyib borish qonuniyatlari, baxshi ijrochiligining badiiy hodisa sifatidagi xossalari keng yoritib berdi. Bu tadqiqotlar yaratilgunga qadar folklorshunoslikda Bulung‘ur, Qо‘rg‘on, Shahrisabz, Xorazm dostonchilik maktablari ma’lum edi, xolos. Folklor ekspeditsiyalarida tо‘plangan yangi materiallarga asoslangan T.Mirzayev bu dostonchilik maktablaridan tashqari Nurota, Narpay, Sherobod, Qamay, Piskent, Janubiy Tojikiston kabi boshqa baxshichilik maktablari va bir necha xil uslubiy yо‘nalishlar mavjudligini aniqlab, har bir maktabga 20 Mirzayev T. О‘zbek xalq qahramonlik eposi «Alpomish» // Turkologiya materiallari. - Boxum, 1984 (nemis tilida); Yana о‘sha. Voprosi sravnitelnogo izucheniya «Alpamish» i «Alip-Manash» // Folklornoye naslediye narodov Sibiri i Dalnego Vostoka. - Gorno-Altaysk, 1986. S.110-112. Yana о‘sha. “Alpamis” destani uzerinde arastirmalar // Uluslar arasi turk dunyasi halk edabiyati kurultayi. – Ankara. 2000. S.58-59; Yana о‘sha. Alpomish dostonining о‘zbek variantlari // Karl Rayxl. О‘zbek qahramonlik eposi “Alpomish”. - Vaysbaden, 2001. 77-107-betlar (nemis tilida); Yana о‘sha. “Alpamis” destanining ogrenilmesi // Uluslari turk dunyosi halk adebiyati kurultayi bildiriklari. Ankara, 2002. S.545-547. 16 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

mansub baxshilar repertuari, ijro usuli, shogird tayyorlash an’analari va ijro etadigan о‘ziga xos epik asarlar xususida mufassal ma’lumot berganligi о‘zbek folklorshunosligi uchun muhim yangilik bо‘ldi.21 T.Mirzayev о‘zbek folklorining janrlar tarkibi, folklor ijodkorlari va ijrochilari, tarixiy-folkloriy jarayonning hozirgi holati, ertak, maqol, qо‘shiq, lapar kabi folklor janrlarining poetik tabiati, folklor va yozma adabiyot munosabati masalalariga doir ilmiy tadqiqotlar olib borgan. T.Mirzayev о‘zbek folklorshunosligida birinchi bо‘lib har bir folklor ijrochisining ijodiy merosini tо‘la nashr etishning ilmiy prinsiplarini ishlab chiqdi. Milliy mustaqillikka erishganimizdan keyin folklor san’ati asarlarini tо‘plash, sistemalashtirish, ommaviy va akademik nashrlarni amalga oshirish hamda keng kо‘lamli fundamental tadqiqotlarni yaratish borasida bugungi kunda yirik ishlarni amalga oshirib kelayotgan О‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining Folklor arxiviga mamlakatimizning boy madaniy merosni о‘zida mujassamlashtirgan noyob ilmiy obyektlaridan biri maqomi berildi. Folklor arxivi mamlakatimizning yetakchi ilmiy fondlaridan biri bо‘lib, unda saqlanayotgan materiallar о‘zbek filologiyasining taraqqiyotini belgilovchi yirik ilmiy ishlarning yaratilishi uchun manba bо‘ladi. Xususan, “El desa Navoiyni. Hazrat Mir Alisher Navoiy haqidagi rivoyatlar” (tо‘plab, nashrga tayyorlovchi: M.Jо‘rayev, 1991-yil). “Ipak yо‘li afsonalari” (tо‘plab, nashrga tayyorlovchi: M.Jо‘rayev, 1993-yil), “Predaniye glasit” (nashrga tayyorlovchi: M.Abdurahimov, 1994 yil), ‘Bobolardan qolgan naqllar” (tо‘plab, nashrga tayyorlovchi: M.Jо‘rayev, 1998-yil), “Buxoro afsonalari” (tо‘plab, nashrga tayyorlovchilar: M.Jо‘rayev va R.Saidova, 2002-yil) kabi tо‘plamlar mustaqillik davri о‘zbek folklorshunosligi tarixida muhim о‘rin tutadi.22 Istiqlol tufayli marosim folklorining ilgari nashr etilmagan yoki qisman ommalashtirilgan namunalari chop ettirildi. Xususan, о‘zbek folklorshunosligi tarixida birinchi marta navrо‘z bayrami bilan bog‘liq о‘zbek folklori asarlaridan tuzilgan “Navrо‘z” kitobi (tuzuvchilar: T.Mirzayev va M.Jо‘rayev, 1992-yil), yilboshi bayrami va bahoriy udumlar bilan aloqador urf-odat hamda marosimlar, unda ijro 21 Mas’ul muh: Yo‘ldosheva S. O‘zbek milliy musiqa san’ati va etnomadaniy qadriyatlar / Jo‘rayev M. O‘quv qo‘llanma. T.: “Navro‘z” nashriyoti. – 2014, 11-bet. 22 Ko‘rsatilgan manba, 11-bet. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 17

etiladigan qо‘shiqlar tahliliga bag‘ishlangan “Navrо‘z qо‘shiqlari” (M.Jо‘rayev, 2007 yil), xalqimizning tabiat hodisalari bilan aloqador inonch va ta’birlari jamlangan “Ob-havo darakchilari’ tо‘plami (tо‘plab, nashrga tayyorlovchi: M.Jо‘rayev, 1996-yil), “Ulug‘ oy umidlari. “Yo ramazon” qо‘shiqlari” (tо‘plab, nashrga tayyorlovchilar: M.Jо‘rayev va Sh.Shomusarov, 2001-yil), о‘zbek dafn va ta’ziya marosimlari folklori namunalaridan tarkib topgan “Bо‘zlardan uchgan g‘azal-yey” (nashrga tayyorlovchilar: O.Safarov, D.О‘rayeva, 2005-yil) singari kitoblar xalqimizning marosim folklorini tо‘la nashr etish yо‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.23 Shuningdek, folkloristik izlanishlar samarasi о‘laroq “Ostonasi tillodan. Tо‘y marosim qо‘shiqlari” (tо‘plab, nashrga tayyorlovchilar: M.Mirzayeva, A.Musaqulov, 1993 yil), “Qizil gulning g‘unchasi. “Kelin salom”lar” (tо‘plab, nashrga tayyorlovchilar: M.Jо‘rayev va O.Ismonova, 1999-yil), “Oy oldida bir yulduz. О‘zbek xalq marosim qо‘shiqlari” (tо‘plab, nashrga tayyorlovchi: M.Jо‘rayev, 2000-yil), “Tо‘y muborak yor-yor” (nashrga tayyorlovchi: O.Safarov, 2003-yil), “Sarchashmadan tomgan injular. Surxon vohasi о‘zbek tо‘y marosim qо‘shiqlari” (tо‘plab, nashrga tayyorlovchi: L.Xudoyqulova, 2007-yil) kabi folklor tо‘plamlari nashrdan chiqdi. Har bir xalqning milliy о‘zligi avvalo, uning urf-odatlari va marosimlarida namoyon bо‘ladi. Shuning uchun mustaqillik yillarida о‘zbek folklorshunosligida marosim folklorining janrlar tarkibi, genezisi va badiiy xususiyatlari, ayniqsa, ilgari kam о‘rganilgan janrlarni tadqiq etish tamoyili kuchaydi. Professor T.Mirzayevning “lapar” janrining о‘ziga xos badiiy tabiatiga doir maqolasi (1998), O.Ismonovaning О‘sh viloyati о‘zbek nikoh tо‘yi marosimi folklorining janrlar tarkibi va unda “kelin salom” janrining tutgan о‘rniga doir tadqiqoti (1999), S.Davlatovning Qashqadaryo vohasi о‘zbek tо‘y marosim folkloriga bag‘ishlangan ilmiy ishi (1996), N.Quronboyevaning Xorazm tо‘y marosim qо‘shiqlarini о‘rganish borasida olib borgan tadqiqotlari (1994), R.Abdullayevning marosim folklori janrlarining Markaziy Osiyo xalqlari musiqa folklori tizimida tutgan о‘rniga oid izlanishlari (2007), O.Safarov, M.Jо‘rayev, SH.Shomusarov, Z.Jumayev, M.Pirmatovalarning “yo ramazon” 23 Mas’ul muh: Yo‘ldosheva S. O‘zbek milliy musiqa san’ati va etnomadaniy qadriyatlar / Jo‘rayev M. O‘quv qo‘llanma. T.: “Navro‘z” nashriyoti. – 2014, 12-bet. 18 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

janriga oid tadqiqotlari; L.Xudoyqulovaning Surxon vohasi aholisi tо‘y marosim folklorining lokal xususiyatlari va о‘ziga xosligini ochib berishga qaratilgan izlanishlari (2005-2007), M.Jо‘rayev, M.Pirmatovalarning о‘zbek xalq taqvimi va mavsumiy marosimlar folklori janrlarini о‘rganishga oid ilmiy tadqiqotlari (1997-2007), O.Qayumovning о‘zbek shomon marosimlari folklorini yozib olish va ilmiy о‘rganish borasidagi ishlari (2006), buxorolik olima D.О‘rayevaning о‘zbek motam marosimi folklorining genezisi, janrlar tarkibi va poetikasiga bag‘ishlangan monografik tadqiqoti (2005), F.Eshboyevaning о‘zbek xalq qarg‘ishlariga doir dissertatsiya ishi (2008), M.Murodovaning O‘rta Zarafshon vohasi materiallari asosida yozilgan o‘zbek nikoh to‘yi folklorining janrlar tarkibi va badiiyatiga bag‘ishlanga falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi (2018), M.Rahmonovaning o‘zbek xalq afsonalarining badiiyatiga bag‘ishlangan doktorlik (DSc) ishi (2019), M.Rizoyevaning o‘zbek xalq mifologik afsonalarining o‘ziga xos xususiyatlari, tasnifi va obrazlar yechimiga bag‘ishlangan falsafa doktori (Phd) dissertatsiya ishi (2020) muhim ilmiy qimmatga ega.24 О‘zbek folklor san’ati va folklorshunosligi tarixi XXI asrda yanada rivojlantirilmoqda. Bu bebaho merosni о‘rganish, tahlil etish, bugungi kun yoshlarini yangi ma’naviy kamolot bosqichiga kо‘tarish ishlarida dasturul amal bо‘ladi degan umiddamiz. Bugungi kunda folklor san’atini bevosita udum va marosimlar bilan uyg‘unlashgan holda rivojlantirishning o‘z o‘rni va ahamiyati katta. Zero yetilib kelayotgan barkamol avlod O‘zbekistonni jahonga tanitishi, yurtimizning milliy qiyofasini namoyish etuvchi asriy tafakkur durdonalarini dunyo xalqlari orasida keng ommalashtirishi zarur. Bo‘lajak yosh folklor-etnografik jamoa rahbarlari o‘zbek milliy folklor san’ati va folklorshunosligi tarixini mukammal o‘rganib, o‘zbek milliy folklor san’atini yanada ommalashtirishga o‘z xissalarini qo‘shishlari, ushbu san’at turini asrab-avaylashlari lozim hisoblanadi. 24 Mas’ul muh: Yo‘ldosheva S. O‘zbek milliy musiqa san’ati va etnomadaniy qadriyatlar / Jo‘rayev M. O‘quv qo‘llanma. T.: “Navro‘z” nashriyoti. – 2014, 12-bet. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 19

“Folklor-etnografik jamoalari bilan ishlash uslubiyoti” fanining maqsadi: “Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti” o‘quv fanining asosiy maqsadi, bakalavr bosqichi kunduzgi va sirtqi bo‘lim talabalariga folklor-etnografik jamoalarining yuzaga kelish tarixi, folklor asarlarining nazariy-amaliy tasnifi, folklor – etnografik jamoalar dasturida oilaviy maishiy marosimlarining o‘rni, ommaviy tadbirlarni tashkil etishda folklor etnografik jamoalari dasturidan foydalanish borasida dastlabki bilimlarni berish va ularning kelgusidagi mustaqil faoliyatlarida zarur bo‘ladigan darajadagi ma’lumotlar bilan tanishtirishdir. Shu bois ushbu o‘quv kursida folklor-etnografik jamoalarini shakillantirishdagi omillar, folklor san’atining barkamol avlod tarbiyasidagi o‘rni, folklor milliy – ma’naviy tarbiya vositalaridan biri sifatidagi ahamiyati, folklor – etnografik jamoalarining repertuarida marosimlardan foydalanish usullari, badiiy jamoa ishtirokchilarining dasturlarini o‘rganish va tahlil etish usullari, badiiy jamoalarini tashkil etish ilmiy- nazariy ahamiyati bilan bog‘liq ustuvor nazariy metodologik qarashlar, borasidagi bahs-munozoralari tahliliy ma’lumotlar asosida yetkaziladi. Folklor-etnografik jamoalari o‘ziga mansub bo‘lgan xalqning milliy an’analarini, og‘zaki ijodining noyob namunalarini saqlashni, unga sayqal berib, xalqning o‘ziga qaytarishni amalga oshirish “Folklor etnogarfik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti” fanini maqsadi hisoblanadi. “Folklor etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti” fanining maqsadi folklor-etnografik jamoalari uchun malakali rahbar - tashkilotchilarni tayyorlashdir. Fanning vazifalari: – yosh mutaxassislarning yuksak ma’naviy-axloqiy, fuqarolik sifatlarini shakllantirish, inson or-nomusi, sha’ni, iymoni, mas’uliyati kabi tuyg‘ularni, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi ma’naviy-ruhiy fazilatlarni egallashlari uchun ma’naviy merosni o‘zlashtirishga ilmiy-nazariy ko‘mak berish; – mutaxassisliklarning kasbiy ixtisoslik tayyorgarligi millatimizning boy ma’naviy merosidan ozuqa oladigan, ularning yuksak ma’naviy-axloqiy imkoniyatlari, keng dunyoqarashi, aql- idroki bilan o‘zaro uyg‘un kelishi; 20 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

– mustaqillik davri o‘zbek folklori taraqqiyot bosqichlari, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yashlarni ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishda folklor san’atining o‘rni; – folklor – etnografik jamoalarini tashkil etish va shakillantirish usullari; – tomosha san’atidan folklor jamoalari repertuardan foydalanishning nazariy jihatlari; – folklor san’atining an’anaviy va jamoaviy ijod usullarining o‘ziga xosligini ilmiy materiallar asosida yetkazish hisoblanadi. “Folklor etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti” fanining muhim vazifalaridan biri talabalarni folklor jamoalarining yoshlar ma’naviy tarbiyasidagi o‘rni, folklor jamoalari faoliyatining ommaviy axborot vositalarida yoritilishi masalalari, folklor-etnografik jamoalari faoliyatini nomoddiy madaniy meros sifatida o‘rganish va tahlil etish, postfolklor hodisasi va folklor-etnografik jamoalarining repertuari masalalariga oid yangi zamonaviy materiallar asosida o‘rgatishdir. Fanni o‘zlashtirishga qo‘yiladigan talablar: – ma’naviyat jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar va insonlar orasidagi o‘zaro aloqalarni tartibga soluvchi talab va qoidalar majmui ekanligini; – ma’naviyatni umuminsoniy axloq, urf-odat va an’analar, ideallar, ezgu g‘oyalar va maqsadlar tizimi sifatida o‘rganish va tahlil etishni; – talabalarda “Folklor etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti” faniga qiziqish uyg‘otish; – fanni o‘rganish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakasi bilan bog‘liq bilish faoliyatini tashkil qilish; – talabalarni tafakkur, ijodiy qobiliyat va mustaqil o‘zlashtirishga o‘rgatish; – ta’limda ko‘nikma bilan malakasini takomillashtirish. – talabalar “Folklor etnogarfik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti” fanidan olingan nazariy bilimlarini amaliy qo‘llay olishlari; – talabalarni “Folklor etnogarfik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti” fani mavzulari bilan tanishtirish barobarida tashkilotchi Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 21

sifatida folklor-etnografik materiallar yig‘ish va to‘plangan dala materiallarini mustaqil tarzda qayta ishlash, tahlil qilishga; – mazkur fan bo‘yicha tizimli bilimlarga ega bo‘lishi, fan haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lishi, fan haqida bilimga ega bo‘lishi; – zamonaviy ilmiy asoslarda ulardan hayotiy va kasbiy faoliyatida foydalana olishni bilishi; – ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, ishlov berish va foydalanish usullariga ega bo‘lish; – o‘z kasbiy faoliyatida asoslangan mustaqil qarorlarni qabul qilishni bilishi; – folklor-etnografik jamoalarini tashkil etish va boshqarish bo‘yicha tafakkur doirasini kengaytirish va talabalarda predmet bo‘yicha ilmiy-pedagogik va ma’rifiy – targ‘ibot ishlari olib borish layoqatini shakllantirishdan iboratdir. “Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti” fani eng avvalo o‘quv rejadagi gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan uzviy aloqada. “Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti” fani o‘z maqsadi, vazifalari, obyekti, uslubiyoti, uslubi vositalariga suyanib ish ko‘rishi bilan birga O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi, Folklorshunoslikka kirish, Folklorshunoslik va etnografiya sohasi namoyondalari, Folklor tarixi, Etnologiya, O‘zbek xalq etnografiyasi, Folklor jamoa ijrochiligi, Folklor asarlarini sahnalashtirish kabi fanlar bilan chambarchas bog‘liq. “Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti” fanining vazifalari: Bu fan folklor san’ati yutuqlarini o‘rgatib, talabalarni ma’naviy barkamolligini oshirishda muhim manba vazifasini o‘taydi. Shu bilan birga milliy qadriyatlarimizni talabalar qalb shuuriga singdirgan holda folklor-etnografik jamoalari ixtisosligiga taalluqli nazariy va amaliy masalalarni o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi vazifasini bajaradi.  fan nimadan iborat ekanligi haqida axborot berish;  fanning rivojlanishidagi shart-sharoitlarning o‘ziga hos jihatlarini o‘rganish;  mustaqillik sharoitida folklor-etnografik jamoalarining taraqqiyot haqida ma’lumot berish; 22 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

 jamoalarning amaliy va nazariy usullarini o‘rganish;  xalq milliy urf-odat va an’analarining folklor jamoalarida aks etishini ta’minlash;  hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan folklor jamoalarining ijro usullari va dasturlarini o‘rganish fanning vazifasi hisoblanadi. “Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti” fanining o‘zlashtirishdagi asosiy qoidalar va mahorat ko‘nikmalari: - mustaqillik sharoitida folklorni rivojlantirishning ahvoli va o‘ziga xos xususiyatlari; - xalq ijodiyotida an’ana va zamonaviylik xususiyatlarining o‘zaro uzviy bog‘liqligi; - folklorshunoslikning asosiy yo‘nalishlari va ularda aks etadigan amaliy va nazariy masalalar; - professional va havaskorlik ijodiyotida folklor janri zamonaviylashuv jarayoni; - an’anaviy folklorning sahnaviy talqini; - festival va bayramlardagi yangi urf odatlar va an’analar; - folklor janrining tasnifi va tavsifi masalalari; - badiiy havaskorlik to‘garaklari – folklorni asrash va targ‘ib qilishning o‘ziga xos shakli, folklor-etnografik jamoalarining turi va vazifalari; - folklor-etnografik jamoalarini tashkil etish mezonlari, uning asosiy burchi va vazifalari. - folklor-etnografik jamoasi faoliyatini tashkil etuvchi asosiy ijtimoiy-ijodiy yonalishlarining shakllanishi; - havaskorlik folklor-etnografik jamoasini tashkil etish usullari va badiiy rahbar kishining o‘ziga xos xususiyatlar. - jamoa rahbari olib boradigan ijtimoiy, guruhiy, professional va tarbiyaviy ishlarining mushtarakligi; - jamoani tashkil etish va yuksak mahoratli ijodiy guruhga aylantirishda rahbarning roli va vazifalari. Uning shaxsiy vazifalari: bilimdonligi, tashabbuskorligi, uzoqni ko‘ra bilishni, odamlar bilan ishlay olishi, yuksak madaniyatliligi, samimiyligi va jonkuyarligi; - havaskor folklor-etnografik jamoasi ishining asosiy ta’limiy- ma’rifiy mezonlaridan iborat. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 23

- folklor asarlarni yozib olish masalalari, folklor qo‘shiqlarini qayta ishlash usullari; - jamoa badiiy rahbarining folklorga oid dastlabki manbalar ustida ishlashi kabi asosiy qoida va mahorat ko‘nikmalaridan iborat. Folklor-etnografik jamoasining tashkiliy-ijodiy ishlari: - folklor jamoasi faoliyatida tashkiliy ijodiy yo‘nalishning asosiy tamoyillari; - folklor ekspeditsiyalarini tashkil etish va o‘tkazish yo‘llari; xalq qo‘shiqlari va laparlarining zukko bilimdoni bilan ishlashning maqsadi, vazifasi, unga tayyorganrlik ko‘rish bosqichi; - folklor san’ati ijrochilari va ularning badiiy merosini yozib olish usullari, tadqiqot usullari. Dastlabki manbaning badiiy qiymatiga baho berish mezonlari. Ekspeditsiya ishlarining texnikaviy ta’minoti; - folklor materiallarini arxivlashtirish usullari; - an’anaviy va zamonaviy kuyi qo‘shiq folklorini to‘plash va yozib olish; - folklorni to‘plash va yozib olish ishlarining turlari, an’anaviy xalq ijrochiligi merosini yozib olish usullari; - folklor jamoalarini turlari va ularning turli yoshdgi ijrochilar guruhiga uyushishiga ko‘ra tavsiflash; ayrim ijrochilar bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari va usullari; - xalq urf-odatlari va turmush tarzini o‘rganish; - qayta ishlab chiqilgan, sahna uchun qayta ishlangan me’yoriga yetkazilgan folklordan foydalanish; - folklor asarlarining tayyor matnlardan foydalanish; - folklor asarlarini tartibga solish, arxivlashtirish va katologlashtirish muammoalari; - havaskor folklor jamoalarining ish tajribasida milliy kiyim- kechaklarini o‘rganish va udumlardan foydalanish; - badiiy haskorlik jamoalari faoliyatining ilmiy uslubiy va moddiy texnikaviy ta’minoti masalalarini qamrab oladi. Folklor-etnografik jamoasining ta’lim-tarbiyaviy usullari: - folklor jamoalarida ta’lim tarbiyaviy ishlarning asosiy vositalari va usullari, unga yondashuv xususiyatlari; 24 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

- folklor jamoasi ishtirokchilari va tinglovchilarini ma’naviy estetik jihatdan tarbiyalashning muhim vositasi repertuar ekanligi; - repertuar va dasturni shakllantirish mezonlari; - bolalar folklor jamoalari repertuarini shakllantirish; - folklorni keng miqyosda o‘rganish va o‘zlashtirish usullari; - folklorni mahalliy, lokal va regional ijro etish usullari; - xalq ijrochiligining estetik xusiyatlarini o‘rganish, xalq ijodiyoti ustalarining ijro usullari va yollarini o‘zlashtirish; - ijrochilik mahoratini takomillashtirish; - zamonaviy repertuarning asosiy tamoyillarini aniqlash, uni shakllantirish va o‘zlashtirish uslubiyoti; - xalq ijodi merosiini sahnada namoyish etishning asosiy shakllari va uslublari; - ommaviy bayramlar, festivallar, teatrlashgan tomoshalarda folklorning o‘yin va marosimga oid shakllari; - ijodiy jamoa ishtirokchilarining dunyoqarashini kengaytirishga oid tarbiyaviy ishlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ma’lum bir joydagi an’analarning vujudga kelishi va rivojlanishining ijtimoiy tarixiy shart-sharoitlari, muhim hududdagi xalqlar etnografiyasi, atoqli xalq baxshilari va hofizlar merosi, musiqiy va badiiy folklorning professional sahna san’atining qaror topishida tutgan o‘rnidan iboratdir. Rahbar shaxs. Rahbarga qo‘yilgan talablar Hozirgi vaqtda rahbarning roli, havaskorlik ishlari natijalariga bo‘lgan javobgarligi ortab bormoqda. Rahbar butun jamoa faoliyatining tashkilotchisi hisoblanadi. Uning oldida juda ko‘p va xilma-xil vazifalar turadiki, rahbar ularni uddalashi uchun qator fazilatlarga ega bo‘lishi lozim. Uning oldidagi birinchi vazifa yosh, madaniy saviya, qiziqish jihatlaridan xilma-xil bo‘lgan qatnashchilaridan yagona maqsad bilan nafas oladigan mustahkam jamoa yaratishdir. Bu jarayonda u jamoaning ijtimoiy va madaniy qiyofasini shakllantiruvchi, aqlli va xushyor pedagog-tarbiyachi sifatida ish ko‘radi, yaxshi tashkilotchi va faol jamoatchi ekanligini namoyish qiladi. Rahbardan qatnashchilarda jiddiy badiiy qiziqish va yaxshi musiqa didini o‘stirish talab qilinadi. Buni chuqur musiqa bilimiga va ijrochilik malakasiga ega bo‘lgan rahbargina uddalay oladi. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 25

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 1. O‘zbek xalq og‘zaki ijodiyoti va folklor san’ati haqida gapirib bering? 2. “Folklor etnografik jamoalari bilan ishlash uslubiyoti” fanining maqsad va vazifalari haqida nimalar bilasiz? 3. “Folklor etnografik jamoalari bilan ishlash uslubiyoti” fanini o‘zlashtirishdagi tashkiliy-ijodiy usullari haqida ma’lumot bering? 4. Rahbar shaxs. Jamoani shakllantirishda rahbarning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 5. Folklor-etnografik jamoasining ta’lim-tarbiyaviy usullari haqida nimalar bilasiz? 6. Folklor-etnografik jamoasining tashkiliy-ijodiy ishlari haqida gapirib bering? Mavzu yuzasidan qo‘shimcha adabiyotlar: 1. Mas’ul muh: Yo‘ldosheva S. O‘zbek milliy musiqa san’ati va etnomadaniy qadriyatlar / Jo‘rayev M. O‘quv qo‘llanma. T.: “Navro‘z” nashriyoti. – 2014. 2. Jo‘rayev M., Eshonqulov J. Folklorshunoslikka kirish: O‘quv qo‘llanma / Mas’ul muh. Fil.f.n., dots. O.Axmedova. Toshkent: “Fan va texnologiyalar”, – 2017. 3. Jo‘rayev M. Folklorshunoslik asoslari. O‘quv qo‘llanma / Mas’ul muh.: O‘zb. xizm. ko‘rs. yoshl. murabbiysi S. Yo‘ldosheva. – Toshkent: Fan, 2009. 4. Yo‘ldosheva S. “Folklor etnografik jamoalar uslubiyoti”. O‘quv qo‘llanma. T.: – 2014. 5. Toshmatov O‘. “Badiiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti” T. – 2006 y. 6. Yo‘ldosheva S., Sattorova G. Folklor-etnografik ansambllari. O‘quv o‘llanma. -T.: – 2007. 2. N.Qosimov. Folklor musiqa ijrochiligi. O‘quv qo‘llanma.- T.: “Talqin” nashriyoti, – 2008. 3. M. Jo‘rayev, O‘.Tohirov. Ostonasi tillodan. T. – 2003. Internet saytlari: 1. www.folklore.uz 2.www.ziyonet.uz 26 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

3.www.edu.uz 4. www.artist.uz 5. www.nota.ru Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 27

2-MAVZU. FOLKLOR-ETNOGRAFIK JAMOALARINI TASHKIL ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. REJA: 1. Folklor-etnografik jamoalarining tarixiy taraqqiyot bosichlari. 2. Folklor etnografik jamoalarini tuzishda rahbarlik faoliyati. 3. Jamoa rahbarining asosiy vazifalari va fazilatlari. 4. Folklor-etnografik jamoalarini tuzishda tashkiliy masalalar. 5. Ishtirokchilarni jalb etish jarayonidagi tashkiliy ishlar. Tayanch so‘z va iboralar: Folklor-etnografik jamoalar, rahbarlik faoliyati, tashkiliy masalalar, jamoa, rahbar, psixologiya, vazifa va fazilatlar. ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video darsni tamosha qilishingiz mumkin. Bugungi kunda folklor san’atining serjilo chamanlari gurkirab rivojlanib, xalqimizning milliy ongi, milliy g‘ururi, milliy iftixori, ma’naviy dunyosi kundan-kunga boyib bormoqda. Milliy ruh, milliy g‘ururning tiklanishi bu - rivojlanish bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy jarayondir. Xalqona ruh, betakror samimiyati va qadimiy madaniyatimizning go‘zalligini namoyon etuvchi folklor chinakam ma’naviy xazina, tuganmas buloq singari asrlar davomida xalqimiz ma’naviyatini boyitib, ongu tafakkuri va his-tuyg‘ularini teranlashtirib kelgan. Folklor san’ati an’analarini yanada rivojlantirib, ularni yosh avlod turmush tarziga singdirib borish shu jarayonning muhim qirrasidir. Ijodiy jamoalar shaxsni ijodiy rivojlantirish va tarbiyalashda katta imkoniyatlar ega bo‘lib milliy va jahon madaniyatining ijodiy merosini asrab, targ‘ib qiladi. Aslida, yangi g‘oyalar, san’at sohasida aholiga madaniy xizmat ko‘rsatadigan har qanday jamoani ijodiy jamoa deb hisoblash mumkin. 28 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

Jamoa – umumiy maqsadlari, ijtimoiy manfaatlari qadriyatlarga yo‘nalgan birgalikdagi faoliyati, majburiyat va bog‘lik munosabatlarga ko‘ra birlashgan kishilarning tashkiliy guruhi25. Ijodiy jamoa – umumiy ijodiy maqsadlari, manfaatlari, qadriyatlarga yo‘nalgan, majburiyat va bog‘liqlik munosabatlari, birgalikdagi ijodiy faoliyatiga ko‘ra san’at sohasida birlashgan kishilarning tashkiliy guruhi26. Folklor asarlarini jamoa bo‘lib ijro etish an’anasi ham uzoq tarixga ega. uzoq o‘tmishda guruh-guruh bo‘lib xalq sayllarida, ommaviy bayramlarda turli-tuman tomoshalar ko‘rsatgan xalq qiziq- chilari, qo‘g‘irchoqbozlar, dorbozlar, raqqos va honandalarning ijodiy uyushmalarini folklor-etnografik ansamblining o‘ziga hos namunalari deyish mumkin. Chunki folklor asarlarini ommaviy ravishda ijro etuvchilarning aksariyati professional bo‘lmay, balki havaskor ijrochilar bo‘lib, ularning repertuari ham sof xalqonadir. XX asrning 1920-yillarida Muhiddin Qoriyoqubov va Tamaraxonimlarning bevosita tashabbusi hamda boshchiligida o‘zbek etnografik ansambli va mashhur “Ko‘k ko‘ylak” ansambli tuzildi. Bu ijodiy ansambl an’anaviy folklorni sahnaga ko‘chirgan ilk folklor- etnografik ansambllari hisoblanadi. 1920-yillarda tuzilgan ansambllar hamda 1950-yillarda Urgut shahrida tashkil topgan “Beshqarsak” erkaklar folklor ansambli o‘zining ishtirokchilari tarkibiga hamda repertuarida jamlangan qo‘shiqlariga ko‘ra rosmana hozirgi folklor- etnografik jamoasi ko‘rinishini olgandi. Binobarin, 1920-yillarda tuzilgan ijodiy jamoa ishtirokchilarining aksariyati professional ijrochi bo‘lmagan, ammo vaqt o‘tib, ularning ko‘pchiligi o‘zbek milliy san’atining yetakchi namoyondalari bo‘lib yetishdi.27 1930-1940 yillarga kelib respublikamiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan o‘zgarishlar tufayli folklor-etnografik jamoalarining faoliyati ma’lum darajada susaydi. Bunga sabab, bir tomondan, jamoalarning ish faoliyati davomida ular ishtirokchilari bo‘lgan ko‘pgina itse’dodlar o‘z mahoratlarini oshira borib, professional san’atkor bo‘lib yetishdilar.28 Professional san’atning izchil rivojlanishi natijasi o‘laroq, etnografik jamoalarga ma’naviy ehtiyoj 25 Yusupaliyeva D, G.Xudoyberganova. Madaniy-ma’rifiy muassasalarda ijodiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. Navro‘z nashriyoti – 2019. 118-b. 26 Yusupaliyeva D, G.Xudoyberganova. Madaniy-ma’rifiy muassasalarda ijodiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. Navro‘z nashriyoti – 2019. 118-b. 27 Yo‘ldosheva S. Folklor-etnografik jamoalar uslubiyoti. - T; Navro‘z -2014. 175-b 28 Yo‘ldosheva S. Folklor-etnografik jamoalar uslubiyoti. - T; Navro‘z -2014. 175-b Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 29

kamayganday bo‘ldi. Boshqa tomondan, bu yillardagi vaziyat shunday murakkab ediki, ajdodlarimizning badiiy tafakkuri va etsetik qarashlari bilan bog‘liq har qanday an’anaga eskilik tamg‘asi bosilib chetga surib qo‘yilar yoki hukmron mafkura tazyiqi otsida qatag‘on qilinardi. O‘zbek folklorining ajoyib durdonalari bo‘lmish “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li” singari yirik xalq dostonlarini esa o‘tmish an’analarini targ‘ib qiluvchi asarlar sifatida baholashga urinishlar bo‘ldi. Xalq qo‘shiqlaridagi mungli ohanglar, dardchil satrlar, sevgi- muhabbat mavzusidagi xalq qo‘shiqlari “farovon zamon” ruhiga mos emas, deb taqiqlandi. Xalq qalbidan otilib chiqqan quyidagi dardchil: Oh ururman, oh ururman, Ohlarim tutgay seni. Ko‘z yoshim daryo bo‘lib, Baliqlari yutgay seni29 – satrlaridan tushkunlik ruhi izlandi. Buning o‘rniga “Xalqlar otasi” deb ulug‘langan “dohiylar” haqida soxta, sun’iy qo‘shiqlar to‘qildi. “Turg‘unlik davri” deb atalmish 1960-1970 yillarda deyarli barcha sohalarda “mustaqillik”, “xalq talantlarini asrash” haqida ayyuhannos solindi-yu, aslida milliy ma’naviyatimiz va san’atimizga mafkuraviy zug‘um o‘tkazish avjida edi.30 Folklor san’ati musiqa bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Bu an’ana hozirgi kungacha ham davom etib kelmoqda. Shu sababdan, bugungi kunda respublikamizda xalq badiiy ijodiyotining eng rivojlangan turi folklor-etnografik jamoalari madaniy hayotimizda oldingi o‘rinlarda turadi. Shu o‘rinda viloyatlardagi jamaolarning ijodiy faoliyatlariga to‘xtalib o‘tsak. XX asming 60- yillaridan boshlab respublikamizning barcha viloyatlaridagi tumanlarda bir emas, bir nechtalab folklor-etnografik jamoalar gurkirab o‘sa boshladi. Joylardagi faoliyat yuritayotgan ilg‘or madaniyat xodimlari bo‘lgan xonandalar, sozandalar, raqqosalarga uslubiy va amaliy yordam berish uchun poytaxtdan malakali mutaxassislar, bastakorlar, baletmeysterlar taklif qilingan. Ular yangi ansambllarni tashkil qilishda, repertuarlarini boyitishda o‘z hissalarini qo‘shganlar. Ular yangi jamoalarni tashkil etishda va repertuarlarini boyitishda o‘z hissalarini qo‘shdilar. Ular orasida Tamara Toshboeva, 29 Yo‘ldosheva S. Folklor-etnografik jamoalar uslubiyoti. - T; Navro‘z -2014. 175-b 30 Yo‘ldosheva S. Folklor-etnografik jamoalar uslubiyoti. - T; Navro‘z -2014. 175-b 30 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

Saodat Yo‘ldoshevalarni alohida ta’kidlash lozim. Ushbu fidoyi insonlar sa’yi-harakati bilan joylarda bir nechta folklor-etnografik jamoalar tashkil etildi. Aytish o‘rinliki, folklor hamma zamon va hamma tuzumlarda ham xalq qalbining oynasi bo‘lib kelgan. Shunday ekan, xalqning asrlar mobaynida qalb to‘rida saqlab kelgan ijod namunalari, badiiy so‘z durdonalari ma’naviyatimizni boyitish uchun suv va havodek zarur. Binobarin, folklor asarining xalqona mohiyatini inkor etish ma’naviyatdan mahrum bo‘lish bilan teng. 1980-yillarga kelib folklor-etnografik jamoalari faoliyatining qayta tiklanishi madaniy hayotimizdagi tahsinga sazovor ijtimoiy hodisa bo‘ldi. Jamoalar o‘z ishlarini yana qayta boshlashlari an’anaviy folklor taraqqiyotida alohida bosqich sifatida muhimdir. Oradan sal vaqt o‘tmay, respublikamizda bunday jamoalarning soni 200 taga yetdi. Ammo bu madaniy hodisa ilmiy asosda o‘rganilmay qolaverdi.31 Ularning tashkil etilish tarixi yoritilmadi. Shu bilan bog‘liq holda jamoalar uchun zaruriy amaliy qo‘llanma va uslubiy tavsiyanomalar ham kam yaratilgandi. Binobarin, bunday jamoalar repertuarining badiiyati va janr jihatdan rang-barang bo‘lishi uchun, shuningdek, borlarini qayta tiklash va yangi folklor-etnografik jamoalarini tashkil qilishga bel bog‘lagan madaniyatimiz jonkuyarlari uchun maslahat, tavsiyalar beradigan qo‘llanmalar bo‘lishi zarurligini hayotning o‘zi talab etmoqda. Ta’kidlash lozimki, ko‘pgina folklor- etnografik jamoalari rahbarlarining ma’naviy olami va bilim doirasini kengaytirish, ularni zamon ruhiga moslab tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Bu sohada ularga ilmiy va amaliy yordam berish davr talabidir. Shuning uchun ham folklor-etnografik jamoalarining 80- yillar boshida yana paydo bo‘lishi madaniy hayotimizda g‘oyat tahsinga sazovor ijtimoiy hodisa bo‘ladi. Bu jamoalarning paydo bo‘lishi an’anaviy folklorning taraqqiyotida alohida bosqich sifatida muhim ahamiyatga ega. O‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodiyotining bugungi holati va taraqqiyotiga nazar soladigan bo‘lsak, unda ko‘plab fidoyi folklorshunos olimlar, madaniy-ma’rifiy muassasalarning xodimlari, folklor durdonalarini o‘z tafakkur bo‘stonida saqlab, rivojlantirib kelayotgan chechan ijrochilarning o‘rni yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu o‘rinda folklor san’atining eng yaxshi an’analarini ko‘z qorachig‘iday 31 Yo‘ldosheva S. Folklor-etnografik jamoalar uslubiyoti. - T; Navro‘z -2014. 175-b. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 31

asrashdek sharafli, ezgu va o‘ta mas’uliyatli sohada uzoq yillar mehnat qilgan iqtidorli olimalarimizdan biri, filologiya fanlari nomzodi, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Saodat Nazirovna Yo‘ldoshevaning xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim bo‘ladi32 Olimaning faol sa’y-harakatlari tufayli O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida mamlakatimiz tarixida ilk bora folklor yo‘nalishi ta’lim tizimiga olib kirildi va “Folklor va etnografiya” kafedrasi, “Folklor-etnografik jamoalariga rahbarlik” bo‘limi tashkil etildi33. Darhaqiqat, xalq ijodining o‘ziga xos jihatlarini chuqur o‘rganish, milliy qadriyat namunalarining tub ildizlariga qiziqish Saodat Yo‘ldoshevani xalq og‘zaki ijodini yanada rivojlantirishga yetakladi. U folklor asarlarini tinmay o‘rgandi, vohalar bo‘yicha o‘ziga xos xususiyatlarga egaligini, ayniqsa, bu borada folklor- etnografik jamoalarning beqiyos o‘rnini asoslashga harakat qildi34. Mustaqillik yillarida, O‘zbekiston hududidagi xalq qo‘shiqlari va raqslari repertuarlari asosida ish ko‘radigan milliy musiqa havaskorlik to‘garaklari paydo bo‘la boshladi. Bu davrda milliy musiqa an’analari yo‘llari o‘zlashtirilib, ularni xalq ommasi orasida targ‘ib etuvchi 32 Mas’ul muharir: B.Sayfullayev. Folklor san’atining fidoyisi. Ilmiy maqolalar to‘plami. T:, Navruz - 2017. -36- b. 33 Ko‘rsatilgan manba, 6-b 34 Ko‘rsatilgan manba, 6-b 32 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

o‘ziga xos havaskorlik folklor-etnografik jamoalari maydonga keldi. Ularning soni yildan yilga o‘sib bordi. Ular orasida bir qanchalari “Xalq havaskorlik jamoasi” unvoniga sazovor bo‘ldi. “Xalq havaskorlik jamoasi” unvoniga muyassar bo‘lgan jamoalarning aksariyati xalq san’ati an’analarini rivojlantirish hamda professional musiqa tajribalarini o‘zlashtirishda muhim yutuqlarni qo‘lga kiritdi, ijodiy tajriba orttirdi va jamoatchilik e’tiborini qozondi. Saodat Yo‘ldosheva birinchilardan bo‘lib mamlakatimizda folklor-etnografik jamoalarning tashkil topishi va ularning repertuari xususiyatlarini o‘rganishga kirishgan olimadir. U o‘z maqola va kitoblarida yigirmadan ortiq folklor-etnografik jamoalarining ijrochilik san’ati, repertuari, kiyim-kechaklari, taqinchoqlari va hatto cholg‘u asboblaridagi o‘ziga xosliklarni tavsiflab berdi, ular ijrosidagi namunalar matnlarini yozib oldi va e’lon qildi. Xarakterli tomoni shundaki, olima har bir jamoa o‘zi tashkil topgan hudud aholisining maishiy va folklor hayoti, estetik didi, urf-odatlari bilan mahkam bag‘liqligini, ularning repertuari ana shu hayot tarzini ifodasi yanlig‘ shakllanganligini tahlilar asosida isbotladi35. Mustaqillikning dastlabki yillarida Navrо‘z bayramining asosiy tantanalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning folklor 35 Mas’ul muharir: B.Sayfullayev. Folklor san’atining fidoyisi. Ilmiy maqolalar to‘plami. T:, Navruz - 2017. – 6- b Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 33

jamoalari о‘z hududlariga xos tomosha dasturlari bilan ishtirok etishlari uchun har bir viloyatning birinchi rahbari, hokim mas’ulligida tayyorgarlik kо‘rilib, zarur mablag‘, mehmonxona va transport vositalari ajratilar edi. Ana shu sa’yi-harakatlarning natijasi bois Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Bes perde”, Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi “Chavqi”, Surxondaryo viloyati Shо‘rchi tumanidagi “Bulbuligо‘yo”, Qashqadaryo viloyatining “Rizvongul”, Buxoro shahridagi “Mohi sitora”, Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi “Sayhun yigitlari”, Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “Zomin sayqali”, Navoiy viloyati Nurota tumanining “Nurjahon”, Farg‘ona viloyatining Qо‘qon shahridagi “Qо‘qon yor- yori”, “Omon yor”, Toshkent viloyatining “To‘rg‘ay”, “Qurama”, Toshkent shahrining “Gavhar”, “Durdona”, “O‘zbekoyim” va boshqa kо‘plab folklor-etnografik xalq jamoalari poytaxtimizda bо‘lib о‘tadigan Navrо‘z umumxalq bayramida ishtirok etib, о‘zlarining jozibador chiqishlari bilan nafaqat yurtimiz aholisi, balki kо‘plab xorijiy davlatlar vakillarining ham olqishlariga sazovor bо‘ldilar. Istiqlol yillarida o‘zbek milliy folklor ijrochilik san’ati, etnomadaniy qadriyatlari, folklor-etnografik jamoalarining rivojlanish va tarixiy taraqqiyot bosqichlari, jamoalarning repertuari, ijrochilik mahorati bo‘yicha soha mutaxassislari, folklorshunos olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borildi. Ta’kidlash lozimki, ko‘pgina folklor-etnografik jamoalari rahbarlarining ma’naviy olami va bilim doirasini kengaytirish, ularni zamon ruhiga moslab tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Bu sohada ularga ilmiy va amaliy yordam berish davr talabidir. Shuning uchun ham folklor-etnografik jamoalarining 80-yillar boshida yana paydo bo‘lishi madaniy hayotimizda g‘oyat tahsinga sazovor ijtimoiy hodisa bo‘ladi. Bu jamoalarning paydo bo‘lishi an’anaviy folklorning taraqqiyotida alohida bosqich sifatida muhim ahamiyatga ega. Binobarin, bunday jamoalar repertuarining badiiyati va janriy turlanishlaridan tortib yangidan folklor-etnografik datsalarni tashkil qilishga bel bog‘lagan madaniyatimiz jonkuyarlari uchun maslahat, tavsiya beradigan qo‘llanmalar bo‘lishi zarurligini hayotning o‘zi talab etmoqda. Bu o‘rinda shuni ham ta’kidlamoq lozimki, ko‘pgina folklor-etnografik jamoalari rahbarlarining ma’naviy olami va bilim doirasini kengaytirish, ularni zamon ruhiga moslab tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, bu sohada ularga ilmiy va amaliy 34 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

yordam berish davr talabidir. Mana shularni hisobga olib, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat insituti 5151600-Xalq ijodiyoti (folklor va etnografiya) hamda 60111900-Xalq ijodiyoti (folklor va etnografiya) ta’lim yo‘nalishi talabalariga “Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti” fanini o‘qitish xalq ijodiyoti bilan shug‘ullanuvchi yetakchi mutaxassislar uchun zarur hisoblanadi. Mazkur fan xalq ijodiyoti bo‘yicha faoliyat olib boradigan bo‘lajak kadrlarni malakali mutaxassislar bo‘lib yetishishida katta hissa qo‘shadi. Ajdodlar tomonidan yaratilib, xalqimiz turmush tarziga singib ketgan an’ana va urf odatlar, ham bevosita, folklor san’atida o‘z ifodasini topgan. Bu san’at ma’naviyat bo‘sonining chamanlarida turfa xil jilvalanmoqda. “Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti” fani bugungi kunda folklor san’atining serjilo chamanlari rivojlanishga, milliy mustaqilligimiz tufayli xalqimizning milliy ongi, milliy g‘ururi, milliy iftihori, milliy ma’naviy dunyosini kundan- kunga boyib borishiga xizmat qiladi. Ular folklor san’atining rivojlanish bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy jarayonda yuzaga keladi. Milliy folklor san’ati an’analarini rivojlantirib, ularni yosh avlod turmush tarziga singdirish ana shu jarayonining turfa xil qirralarini namoyon etadi. Folklor san’ati merosi o‘zining mazmundorligi, tarbiyaviyligi, umrboqiyligi farovon turmush tarzini ifodalashi bilan boshqa san’at turlaridan ajralib turadi. U millat qalbida ezgu niyat va ulug‘ maqsadlarga intilish, e’tiqod va orzu armonlarini uyg‘otadi. Shuning uchun ham folklor san’ati o‘zbek millatining barcha orzu-armonlarini iymonu e’tiqodini, toza ruhi va xotirasini, xalqning yaxshi niyatini, qadimiy an’analarini o‘zida jamuljam etib, yosh avlod hayotiga qalb shuuriga singdirish folklor san’atining taraqqiyot jarayonini ta’minlaydi. Bugungi kunda faoliyat olib borayotgan folklor-etnografik jamoalarining sa’y-harakatlari tufayli unutilish arafasiga kelib qolgan milliy qadriyatlarimiz tiklanmoqda. Folklor-etnografik jamoalari o‘zi mansub bo‘lgan хalqning milliy an’analarini, og‘zaki ijodning noyob namunalarini saqlashni, unga sayqal berib хalqning o‘ziga qaytarishni “Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti” fanini o‘rgatish jarayonini nazariy va amaliy jihatdan ma’naviy tarbiya mahsuli sifatida ko‘nikma hosil qiladi. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 35

Folklor-etnografik jamoalari badiiy rahbarlari va baletmeysterlari lavozimiga mas’uliyatni chuqur his etadigan, soha bо‘yicha yetarli tajriba va ilmiy salohiyatga, oliy ma’lumotga ega kadrlar tayinlanmas ekan, ijodiy jarayonni tashkil etish, jamoa a’zolarini birlashtirish, folklor an’analarini davom ettirish va shu orqali jamiyat ma’naviyati taraqqiyotiga hissa qо‘shishdek masalalar hal qilinmay qolaveradi. Binobarin, folklor jamoalari faoliyatini о‘rganib, qayta shakllantirish, yangilarini tashkil etish, buning uchun yо‘llanma va tavsiyalar beradigan ilmiy risolalar, metodik qо‘llanmalar tayyorlash, jamoalarning dasturlarini hududlarga xos marosim qо‘shiqlari va qadimiy raqslar bilan boyitish, musiqa cholg‘ulariga ahamiyat qaratish, sahna liboslarini tayyorlashda dizaynerlar bilan hamkorlikda ishlash va ansambllarga yosh iste’dodli ijrochilarni jalb etish zarurligini davrning о‘zi talab etmoqda. Folklor san’ati xalqimizning turmush tarzi, dunyoqarashi, ruhiy-estetik olami, ichki kechinmalari yuksak badiiy ifoda ettirilgan qadriyat bо‘lishi bilan birga ajdodlarimizdan qolgan ulkan meros sifatida о‘zining mazmundorligi, tarbiyaviyligi va umrboqiyligi bilan san’atning boshqa turlaridan ajralib turadi. Shuning uchun ham mamlakatimizdagi tegishli ilm maskanlarida folklor san’atining istiqlol davridagi dolzarbligi, ahamiyati, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi о‘rni va rolini ilmiy jihatdan asoslab beruvchi tadqiqotlar olib borilsa, ayni muddao bо‘lardi. Ajdodlar merosining nodir namunalarini kelajak avlodga yetkazishda folklor-etnografik jamoalari barakali va xayrli ijod etib, o‘z ijodlarini turfa xil ko‘rinishlarda namoyon qilib folklor san’atini rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqdalar. O‘zbek san’atini yoshlar shuuriga singdirishda faol mehnat qilayotgan jamoalar dasturini o‘rganish uni takomillashtirish “Folklor va etnografiya” ta’lim yo‘nalishi talabalari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bu jarayonda “Folklor va etnografiya” ta’lim yo‘nalishi talabalari milliy qadriyat va an’analarini rivojlantirishda nazariy va amaliy jihatdan malakaviy bilimga ega bo‘lmoqlari zarur hisoblanadi. Folklor-etnografik jamoalarini tuzishda rahbarlik faoliyati O‘z xususiyatiga ko‘ra, badiiy havaskorlik o‘z-o‘zidan vujudga keladigan jarayon emas, balki, tashkil etiladigan sun’iy uyushmadir. 36 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

Biz yashab turgan jamiyatimizda havaskorlik har tomonlama qo‘llab- quvvatlanib, tegishli sharoit yaratilishi ko‘zda tutilgan. Ularni boshqarish uchun esa o‘rta maxsus va oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi. Masalan, maktab sharoitida havaskorlik to‘garagiga rahbarlik qilish uchun pedagogika universitetlari va insitutlarining musiqa fakultetlari kadrlar tayyorlasa, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, madaniyat markazlari, kasaba uyushmalar qoshidagi to‘garaklar, shuningdek, turli korxona va tashkilotlar qoshidagi havaskorlik jamoalariga rahbarlar madaniyat va san’at yo‘nalishidagi o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari va O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat insitutida tayyorlanadi. Folklor-etnografik jamoalar madaniyat markazlari va saroylari hamda oliy o‘quv yurtlari, kollejlar, mahallalar qoshida tuziladi. Madaniyat markazlarida tashkil etiladigan havaskorlik jamoalarning rahbarlari, aksariyat hollarda, jamoatchilik asosida ish olib boradilar. Ular mazkur madaniyat muassasasining xodimlaridan yoki yangidan tashkil etilgan jamoaga hayrihoh bo‘lgan, tashqaridan kelgan kishilar tarkibidan tayinlanishi mumkin. “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Bolalar namunali jamoasi” unvonga ega bo‘lgan jamoalar bundan moustasno, albatta. Jamoa rahbari qanday sharoitda ishlashidan qat’i nazar jamoadagi ishlarni rejalashtirishi, bunda, mashg‘ulotlarni tashkil etish tartibi, spektakl, ko‘rgazma, konsert chiqishlarini tayyorlash va o‘tkazish, shuningdek, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish masalalari yoritilishi lozim. Folklor-etnografik jamoa qatnashchilarini jalb etish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Folklor-etnografik jamoalarini tashkil etishda tashkiliy ishlar quyidagilardan iborat: ■ Jamoa tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni rahbar bilan muhokama qilish; ■ Jamoa qatnashchilarini jalb qilish; ■ Jamoaga kiruvchilarni ovoz va musiqiy qobilyatlarini tekshirib chiqish. Bu ishlarning muvaffaqiyatli tashkil etilishi ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishning garovidir. Dastlab jamoa tuzish ishlarini muassasa rahbari bilan tashkiliy ishlarni muhokama qilishdan boshlash lozim. Jamoani tashkil etish bilan bog‘liq ishlarni muassasa rahbari bilan muhokama qilingandan so‘ng jamoaga qatnashchilarni jalb etish jarayoni boshlanadi. Folklor-etnografik havaskorlik jamoasi yaratish Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 37

g‘oyasini keng ommalashtirish niyatida olib boriladigan tashviqot yuritishdan boshlash lozim. Jamoa tashkil etilayotgan muassasaning barcha bo‘limlarida va mahalla, maktabgacha ta’lim muassasalarida, tashkilotlarda jamoa tashkil etilyotganligi to‘g‘risida xabar yozilgan chiroyli e’lonlar osilishi lozim. E’londa jamoaga qachon va kim tomonidan ro‘yxatga olinishi, kimga murojaat qilinishi bo‘yicha aniq ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Faqat e’lon bilangina kifoyalanib qolmasdan, shu niyatni amalga oshirishda mahalliy matbuotdan (ko‘p tirajli bosma va devoriy gazetalardan), ijtimoiy tarmoq vositalaridan ham unumli foydalanish lozim. Ularda beriladigan ma’lumotlarda xalq hayotida havaskorlik san’atining ahamiyati tobora o‘sib borayotgani hamda shu tashkilot huzurida tuzilayotgan folklor-etnografik havaskorlik jamoa bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalar yoritilgan bo‘lishi zarur. Jamoa qatnashchilari birdaniga yig‘ilmaydi. Jamoaning shakllanishida faol ishtirokchilar kuchidan foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jamoa rahbari faollarni birlashtira borib, o‘zi ko‘zlagan maqsadlarga ularni ishontira olganda, jamoaning boshqa ishtirokchilari ham faollar harakatiga ishonadi va albatta ergashadi. Jamoa birinchi yig‘ilishining qanday o‘tishi va yozilganlarda qanday taassurot qoldirishi, jamoa ishlarining bundan keyingi taraqqiyotida sezilarli iz qoldiradi. Bu holat mahalliy jamoat tashkilotlari va jamoa rahbarlari zimmasiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish mas’uliyatini yuklaydi. Yig‘ilishdan ancha oldin jamoaning moddiy bazasi to‘liq tayyorlanib tartibga keltirib qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Birinchi yig‘lishga kelgan qatnashuvchi yaxshi tayyorgarlikni ko‘rib quvonishi, iliq munosabatlarni sezib turishi, jamoa tashkilotchilarining quvonch bilan kutib olayotganliklariga ishonch hosil qilishi lozim. Bunday kutib olish qatnashchilarda yaxshi kayfiyat uyg‘otadi, ularning ruhini ko‘taradi. Aksincha, moddiy bazaning tayyorlanmaganligi, turli jihatlardagi yetishmovchiliklar, qatnashuvchilarga iliq munosabatning yoq‘ligi yig‘ilganlarda noxush kayfiyat tug‘dirishi va ulardan ko‘pchiligining shashtini sindirishi mumkin. Jamoa rahbarlarining yangi tashkil etilgan jamoa bilan birinchi uchrashuvi tashkiliy majlis xarakterida bo‘lib, folklor-etnografik jamoasining tashkiliy masalalari muhokamadan o‘tkazilib, mashg‘ulotlar jadvali belgilanishi mumkin. 38 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

(E’lon namunasi) Majlis ochiq, tarzda mahalliy madaniyat xodimlari tomonidan olib borilishi kerak. Kun tartibining birinchi masalasi yuzasidan jamoa rahbariga so‘z beriladi. Rahbar jozibali va to‘lqinlantiruvchi nutq bilan havaskorlik san’atining xalq hayotidagi ahamiyati, tuzilayotgan jamoaning maqsadi va vazifalarini ochib berib, uning yaqin kelajakka mo‘ljallangan rejalarini bayon qilib berishi lozim. Majlisda jamoa ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun musiqa rahbari va baletmeyster, ishtirokchilarning mulohazalarini ham tinglash foydali bo‘ladi. Shundan so‘ng ko‘pchilik ovoz bilan jamoaning mashg‘ulotlar kuni va soatlari belgilanadi. Jamoa rahbarining endigina tashkil qilingan jamoalarni yangi a’zolar bilan doimo to‘ldirib borishda yordam berishlarini so‘rab yig‘ilganlarga qilgan murojaati bilan majlisni yakunlash mumkin. Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 39

Folklor jamoalari badiiy ijodiyotning biror turi bo‘yicha tashkil etilganda, o‘sha hududning nomi yoki jamoa dasturidagi qo‘shiqlarga qarab jamoaga nom beriladi. Jamoaga qatnashchilarning qiziqishlari, saviyasidan kelib chiqib, ma’lum miqdordagi kishilarni yoshi, kasbi, irqi, millati va jamiyatdagi mavqeidan qat’iy nazar ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. Folklor jamoalarining qatnashchilari, odatda, turli kasb egalaridan iborat bo‘lib, ular o‘z ish joylarida professional hisoblanadilar, badiiy havaskorlik bilan esa bo‘sh vaqtlarida shug‘ullanadilar. Yuqorida eslatib o‘tilganidek, folklor-etnografik havaskorlik jamoasiga kiruvchilarga har-xil talablar qo‘yish, ya’ni jamoa tashkil etilishiga qarab oddiy yoki murakkab talablar qo‘yish mumkin. Tajribada jamoa tashkil etilayotgan dastlabki bosqichda musiqiy va raqs qobiliyatlarini tekshirib o‘tirmasdan, xoxlovchilarning hammasini olaverish lozim, degan mulohaza uchrab turadi. Agar jamoaga kiruvchilarga hech qanday talab qo‘yilmasa, uning tarkibi musiqiy qobiliyati yo‘q, kuylash va raqs tushish san’atidan mahrum kishilar bilan to‘lib ketadi. Bunday jamoa hech qanaqa badiiy- ijrochilik istiqboliga ega bo‘lolmaydi, shuningdek, o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishga ham ojizlik qiladi. Garchi jamoa tuzish ishlari ommaviy jalb etish me’yoridan boshlansa ham, ammo jamoaga kiruvchilarga hamisha qandaydir talablar qo‘yiladi. Bunday talablar ko‘pincha: musiqa tinglash qobiliyati ritmini ilg‘ash, musiqiy xotira va qo‘shiqchi (kuylovchi) ovozining mavjudligi kabilardan iborat bo‘ladi. Jamoa rahbari shunday bir tinglash va kuzatish yo‘lini topishi kerakki, unda har bir ansamblga kiruvchi o‘zini erkin tutish imkoniyatiga ega bo‘lsin. Bunga erishish uchun tanishishni suhbatdan boshlash kerak. Qatnashuvchilarning musiqaga qiziqishi va egallagan tajribasini aniqlash mumkin bo‘ladi. Bu jarayonda suhbat sinovdan o‘tkaziluvchining o‘zini erkin sezishi va tortinchoqlik qilmasligi lozim. Suhbatdan so‘ng jamoa rahbari jamoaning musiqiy va raqsga bo‘lgan o‘quvini tekshirishga kirishadi. Sinovdan o‘tayotganlar ko‘pincha ovoz tekshirayotgan paytda tortinchoqlikka yo‘l qo‘yadilar. Shu boisdan ham ovozni tekshirishni oxirgi o‘ringa qo‘yish lozim. Avval musiqa tinglash qobiliyati, ritmni ilg‘ash, musiqa xotirasi sinab borilsa, sinovdan o‘tuvchidagi hayajon asta-sekin bosila boradi va 40 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

shu yo‘l bilan vokal qobiliyatini tekshirib ko‘rish uchun yaxshi sharoit yaratiladi. Jamoa rahbaridan yuqori kasbiy va pedagog tayyorgarlik talab etiladi. U qatnashchilar psixologiyasini o‘rganishi va har bir ishtirokchiga nisbatan individual yondashuvi, mashg‘ulot jarayonida qatnashchilarning talab va istaklarini qondirilishi uchun harakat qilishi, yaxshi ijodiy natijaga erishishga har bitta qatnashchini safarbar eta olishi, bir so‘z bilan aytganda, qatnashchilarning ma’naviy ehtiyojini qondirishlari uchun sharoit yaratishi lozim.36 Ushbu vazifalarni amalga oshirishda undan yuqori badiiy did, yangilikni tez his qilish, hayot bilan hamnafas bo‘lish, mohir tashkilotchilik qobiliyati talab qilinadi. Badiiy havaskorlikning bosh vazifasi badiiy ijodiyot yoki san’atning biror tor yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash emas, balki har tomonlama komil insonni tarbiyalash uchun uni axloqiy pok, go‘zallik va ezgulikni yaxshi his eta oladigan, o‘z axloqi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘la oladigan ma’naviy yetuk insonlarni tarbiyalash ishiga ko‘maklashishdir. Rahbarning boshqaruv san’ati sirlarini bilishi xodimlarni tanlashdan tortib ular bilan bog‘liq ziddiyatli vaziyatlarda oqilona yechim topa olishi, o‘zi mas’ul jabhada yuksak mehnat samaradorligiga erishish uchun jamoaning bunyodkorlik kuchlarini safarbar eta olish, samimiyat, adolat, muomila, ishbilarmonlik asosiy muammo bilan ikkinchi darjali vazifalarni o‘z vaqtida bilish, tashabbuskorlik, optemizim rahbar madaniaytini tashkil etuvchi omillardir. Rahbarning uzoqni ko‘ra bilishi, hayot va ijtimoiy hayotda vujudga keladigan murakkab vaziyatlarda o‘zini yo‘qotmasdan noan’anaviy kutilmagan yechimlar o‘ylab topishi, jamoadagi har bir xodim, ishtirokchi ko‘ngliga yo‘l topa olishi rahbar mahoratining namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Bugungi kunning rahbarlari ta’lim jarayonida bo‘layotgan o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishlari uchun ularning malakasini oshirib qayta tayyorlab turish lozim hisoblanadi. Ya’ni jamoada haqiqiy rahbar ruhiy ko‘tarinki kayfiyat bilan ish olib bormog‘i va yashamog‘i lozim. Shu tarizda rahbarlikning eng yaxshi tashkilotchilik, tadbirkorlik fazilatlari shakllanib, mukammallashtirib boriladi. Boshqarish eng avvalo kishilar bilan ishlashdir. Rahbar notiqlik mahoratiga ega bo‘lishi, tushunarli ifodali, ta’sirchan ishonarli va 36 Yo‘ldosheva S. Folklor-etnografik jamoalar uslubiyoti. - T; Navro‘z -2014. 132-b Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 41

davatkor ruhda gapirishga o‘rganish kerak. Rahbarning tinglash mahorati bugungi kunda dolzarb vazifaga aylangan. Chunki tinglash qobiliyati gapruvchini ilhomlantiradi, ruhlantiradi. Shu tariqa yangi fikrlar g‘oyalarning shakllantirishiga imkon tug‘iladi. Rahbar qalbi toza shijoatli ishbilarmon rahbarlik faoliyatida salbiy yoki ijobiy hatti- harakatlar o‘zida shakllangan solahiyat kuchi bilan javob bera olish qobiliyatiga ega bo‘lish kerak. Demak, zamonaviy boshqaruvning mahorati - jamoaning maqsadga intilishini ta’minlashdir. Ushbu fikrni pedagogik psixologiyadagi holat bilan qiyoslasak, quyidagi misol o‘rinli bo‘lardi. Bola o‘z rivojlanishida hamma me’yorlar bo‘yicha ulg‘ayib borayotgan bo‘lsa, ota-ona uning o‘sishiga deyarli aralashmaydi va lekin ulg‘ayishida biron muammo yuzaga kelsa, darxol kerakli choralar ko‘riladi. Jamoani boshqarishda ham rahbar, birinchi navbatda, maqsadga erishish sharoitini yaratishi va xodimlar harakatiga kam aralashuvi yuksak boshqaruv belgisidir. - ijtimoiy soha obektlarini boshqarish va boshqaruvchilik xususiyatlarini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o‘rganish; - davlatimiz tomonidan yoshlarda boshqaruvchilik va yetakchilik qobiliyatini shakllantirish va boshqaruv mahoratini rivojlantirish sohasida olib borilayotgan ishlarni tizimli tahlil qilish; - yoshlarda boshqaruvchilik va yetakchilik xususiyatlarini shakllantirishga ta’sir etuvchi turli ehtiyoj va omillarni o‘rganish; - ijtimoiy sohaning samaradorligini yanada oshirish orqali boshqaruv mahoratini rivojlantirishda yangi qirralarini yuzaga chiqarish. Havaskor jamoalar bilan ishlash uslubiyotiga bag‘ishlangan qo‘llanmalarda jamoa rahbarida quyidagi fazilatlar bo‘lishi lozimligi uqtiriladi: - yuqori axloqiy fazilatlar, maqsadga qaratilganlik, keng dunyoqarash, vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘ularining shakllanganligi; - badiiy ijodiyot va o‘z sohasi bo‘yicha professional ko‘nikmalarning mavjudligi; - yuksak mahorat, pedagogika va psihologiya asoslaridan xabardor bo‘lish, tajriba, tashkilotchilik qobiliyati, o‘z usida tinmay ishlash, jamoadagi o‘sishni ta’minlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish; 42 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

- jamoa bilan ishlay bilish qobiliyati, o‘z-o‘ziga va jamoa a’zolariga nisbatan talabchanlik; - dunyo voqealardan, yangiliklardan xabardor bo‘lish, o‘z sohasi, halq ijodiyotiga muhabbat, mehnat qilishga ishtiyoq, fidoyilik, yuksak mas’uliyat. Havaskorlik jamoalaridagi pedagogik jarayon ta’lim muassasalari yoki professional jamoalardagi pedagogik jarayondan farq qiladi. Ta’lim muassasasida ham, professional jamoalarda ham jarayon ishtirokchilariga qo‘yilgan vazifalarning to‘liq bajarilishini talab qilish, lozim bo‘lganda esa ma’muriy va intizomiy jazo choralarini qo‘llash mumkin bo‘ladi. Havaskorlik jamoalari o‘z mohiyatiga ko‘ra ixtiyoriy uyushma bo‘lganligi munosabati bilan qat’iy jazo choralarini qo‘llash, hammaning bir xil natija ko‘rsatishini talab qilish jamoadagi qo‘nimsizlikka olib kelishi mumkin. Havaskorlikdagi jamoalarning muntazamligi va qatnashchilarning qo‘nimsizligi ko‘p hollarda rahbarga bog‘liq bo‘lib qoladi. Shuning uchun havaskor jamoa rahbari har bir ishtirokchi psixologiyasini chuqur o‘rganib, unga nisbatan qanday darajadagi jazo chorasi yoki rag‘batlantirishni qo‘llashni to‘g‘ri hal etishi lozim. Hayotda ba’zan qattiqqo‘l rahbarlar boshqaradigan jamoalarda ham muntazamlik kuzatiladi va aksincha, ko‘ngilchan rahbarlarning jamoasida qo‘nimsizlik kuzatiladi. Havaskorlikda birinchi navbatda rahbarga ishonish, uning aytganlariga so‘zsiz amal qilish va unga ergashish katta samara beradi. Uslubiyot bilan bog‘liq adabiyotlarda rahbarlarni ularning ish uslubiga qarab 3 toifaga ajratishadi: 1. Avtoritar (yakka hokimlik) rahbar. 2. Demokratik rahbar. 3. Yakka hokimlik va demokratik xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan rahbar.37 Aksariyat hollarda uchinchi toifadagi rahbarlik rag‘batlantiriladi. Ish jarayonida har bir mashg‘ulotning tashkil etilishiga qarab mashg‘ulotning samarasi va ko‘zlangan maqsadga erishish darajasi aniqlanadi. Ko‘p hollarda rahbarning shaxsiy namunasi, o‘rnagi, ishtirokchilar orasiga singib ketishi, ularni ishontira bilishi va ularning hurmatini qozonishi – rahbar tomonidan qo‘llaniladigan qattiqqo‘llik, qo‘yiladigan yuqori talablarni oqlashi mumkin bo‘ladi. Jamoaning 37 Yo‘ldosheva S. Folklor-etnografik jamoalar uslubiyoti. - T; Navro‘z -2014. 122-b Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 43

tarkibida qo‘nimsizlikka qarshi kurashishda rag‘batlantirish juda muhimdir. Rahbar har bir jamoa a’zosining dangasalik qilayotganligini sezib, unga dakki berishi, katta qobiliyatga ega bo‘lmagan har bir qatnashchining kichkina yutug‘ini ham sezib, uni rag‘batlantirishi lozim bo‘ladi. Havaskor jamoalarning mashg‘ulotlari o‘zaro ishonch sharoitida o‘tgani ma’qul. Har bir ishtirokchi o‘zi ishtirok etayotgan ijodiy jarayonga va undagi o‘zining o‘rni va bajarayotgan ishining ahamiyatiga munosabat bildira olishi, o‘z fikrini ochiq-oydin ayta olishi jamoani mo‘shahkamlaydi. Jamoaning yaxlit bir ko‘rinishga kelishi qatnashchilarning jamoa mashg‘ulotlariga oshiqishiga, bir-birlarini sog‘inishi va qadrdonlarga aylanishiga sabab bo‘ladi. Jamoa a’zolarining jipslashuviga ijodiy safarlar va birgalikda uyushtirilgan ekskursiyalar, mashg‘ulotdan tashqari birga bo‘lish imkonini yaratadigan tadbirlar katta hissa qo‘shadi. Ko‘p hollarda bir hafta, o‘n kun davomida ijodiy safarda birga bo‘lgan san’atkorlarning safar yakunida uzoq yillik qadrdonlarday xayrlashganligini kuzatganmiz. Chunki, safar kishilarning bir-birini chuqurroq o‘rganishlari, sinab ko‘rishlari va haqqoniy baholay olishlari uchun imkoniyat yaratadi. Ba’zi tortinchoq kishilar bunday tadbirlardan keyin ochiq ko‘ngil, xushchaqchaq bo‘lib, qoladilar. O‘ziga bino qo‘ygan, maqtanchoq kishilarning esa aksincha, fikrini jamlab, o‘ylab gapiradigan bo‘lib qolishlari ham mumkin. Rahbar shaxs. Jamoa rahbarining fazilatlari va vazifalari Hozirgi paytda rahbarning roli, havaskorlik ishlari natijalariga bo‘lgan javobgarligi ortab bormoqda. Rahbar butun jamoa faoliyatining tashkilotchisi hisoblanadi. Uning oldida juda kup va xilma-xil vazifalar turadiki, rahbar ularni uddalashi uchun qator fazilatlarga ega bo’lishi lozim. Uning oldidagi birinchi vazifa yosh, madaniy saviya, qiziqish jihatlaridan xilma-xil bo’lgan qatnashchilaridan yagona maqsad bilan nafas oladigan mustahkam jamoa yaratishdir. Bu jarayonda u jamoaning ijtimoiy va madaniy qiyofasini shakllantiruvchi, aqlli va xushyor pedagog-tarbiyachi sifatida ish ko‘radi, yaxshi tashkilotchi va faol jamoatchi ekanligini namoyish qiladi. Rahbardan qatnashchilarda jiddiy badiiy qiziqish va yaxshi musiqa didini o‘stirish talab qilinadi. Buni chuqur musiqa 44 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

bilimiga va ijrochilik malakasiga ega bo‘lgan rahbargina uddalay oladi. Jamoa rahbarining fazilatlari: ■ Yuksak mahorat, pedogogika va psixologiya asoslaridan xabardor bo‘lish, tajriba, tashkilotchilik qobilyati; ■ O‘z ustida tinmay ishlash, jamoadagi o‘sishini ta’minlash ko’nikmalariga ega bo‘lish; ■ Badiiy ijodiyot va o‘z sohasi boyicha professional ko‘nikmalarning mavjudligi; ■ Jamoa bilan ishlay bilish qobilyati, o‘ziga va jamoa a’zolariga nisbatan talabchanlik; ■ Dunyo voqealaridan, yangiliklaridan xabardor bo‘lish; ■ Xalq ijodiyotiga muhabbat, mehnat qilishga ishtiyoq, yuksak ma’naviyat. ■ Jamoa rahbariga eng kerakli fazilatlardan biri bu – fidoyilikdir. Havaskorlik folklor-etnografik jamoa ishlarini rejalashtirish uning faoliyatining asosiy shartlaridan birini tashkil etadi. Rejali faoliyat ko‘rsatilgandagina jamoa ijobiy natijalarga erishadi. Jamoa ishlari rejasini bir yilga yoki yarim yilga mo‘lljallab tuzish mumkin, ya’ni kuzgi-qishki yoki bahorgi-yozgi materiallar rejasi. Reja ansambl faoliyatining barcha tomonlarini qamrab olishi lozim: 1. O‘quv ishlari; 2. Repertuar ustida ishlash; 3. Tarbiyaviy ishlar; 4. Jamoaning ma’naviy-ma’rifiy ishlari; 5. Tashkiliy ishlar. Birinchi qismda - Respublikamizning madaniy hayotidagi va musiqiy san’ati taraqqiyotidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan ma’ruza va suhbatlar o‘tkazish, jamoaning dam olish kechalarini uyushtirish va boshqa tadbirlar rejalashtiriladi. Ikkinchi qismda – musiqa savodi, musiqa tinglash qobiliyati va ijrochilik mahorati sohalari bo‘yicha barcha o‘quv ishlarini rejalashtirish ko‘zda tutiladi. Uchinchi qismda - folklor va etnografik jamoaning ishlashi lozim bo‘lgan asarlar ro‘yxati beriladi. Repertuar rejasi jamoaning konsert chiqishlarini hisobga olgan holda tuziladi. Unda qanday Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 45

asarlar yangidan o‘zlashtiriladi va eskidan foydalanib kelingan qaysi asarlarning qayta tiklanishi aniq ko‘rsatiladi. To‘rtinchi qismda - jamoaning konsert faoliyati qamrab olinadi. Unda qaysi ijtimoiy-siyosiy bayramlarda, kechalarda jamoaning xizmat qilishi hamda ijodiy hisobot chiqishlari oldindan belgilab qo‘yiladi va jamoaning rejalashtirilgan davrda necha marta konsert berishi hisoblab qo‘yilgan bo‘ladi. Beshinchi qismda - jamoani yangi iste’dod hisobiga to‘ldirish, o‘z-o‘zini boshqarish organlarini saylash, jamoaning umumiy majlislarini xal etish, rahbarning jamoat tashkilotlariga hisobotlari rejalashtirilgan bo‘ladi. Folklor-etnografik havaskorlik jamoalarida o‘tkazilgan barcha ishlar, dars mashg‘ulotlari doimiy hisobga olib borilishi lozim. Bu jarayon jamoaning ishlash tajribalarini qayd qilib borish imkoniyatini beradi. Hisob-kitob ishlari olib borilmas ekan, jamoaning taraqqiyot jarayonini aniqlab bo‘lmaydi. Busiz qilingan ishlar to‘grisida to‘liq tasavvurga ham ega bo‘lish mumkin emas. Qilingan ishlarning hisobi, o‘tilgan yo‘lni tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni to‘g‘irlash va kelajak uchun ishning qulay shakl hamda usullarini belgilab chiqarish imkoniyatini yaratadi. Jamoaning faoliyatini aks ettiradigan asosiy xujjat qilingan ishlarning kundalik daftari yoki hisobot daftari hisoblanadi. Bu daftarda jamoada o‘tkazilgan barcha tadbirlar hamda mashg‘ulotlarda qilingan ishlar yozib boriladi. Shuningdek, kundalikda (hisobot daftari)da rahbar bajargan barcha ishlar, jamoat tashkilotlari majlislarida, metodik yig‘ilishlarda qatnashishlari, musiqa san’ati namoyandalari bilan uchrashuvlar, jamoa repertuarlarini tayyorlash ishlari ham yozib boriladi. Jamoaning kundalik ishlari daftari (hisobot daftari)ni rahbarning o‘zi to‘ldirib beradi. Havaskorlik jamoalarida ijodiy barkamollikka erishish omillaridan biri unda ma’lum intizomni joriy etish hisoblanadi. Umuman, havaskorlik jamoalarida intizomning rasmiy va ongli ko‘rinishlari ma’lum. Rasmiy-zoxiriy intizomga quyidagilar kiradi: - ishtirokchilarning mashg‘ulotlarga faol qatnashishi; - mashg‘ulotlarga o‘z vaqtida kelishi; - ish jarayonida odob saqlashi; 46 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

- qo‘shiq aytish yo‘l-yo‘riqlariga amal qilib, ko‘rsatilgan ishoralarga aniq javob qilishi va hokazolar kiradi. Ongli-botiniy intizom - bu ishtirokchilarning jamoa manfaatini o‘zining shaxsiy manfaatidan ustun qo‘yishlari va jamoa oldiga qo‘yilgan vazifalarni qalbdan xis etib, vijdonan bajarishi demakdir. Ongli yoki ichki intizom ansambl ishtirokchilarini o‘z fikrini, diqqatini jamlab, berilgan vazifani bajarishga tayyorlanib turishga va uni ongli ravishda bajarishga chorlaydi. Havaskorlik jamoalari tajribasidan ma’lumki, ishtirokchi mashg‘ulotga kechikib kelsa, u o‘z o‘rnini egallaguncha ma’lum vaqt o‘tadi yoki ishtirokchi gap sotib o‘tirsa, o‘rgatilayotgan qo‘shiqni yaxshi o‘zlashtirmaydi, qo‘shiqning e’tiborsiz qolgan yerini yana qaytarishga to‘g‘ri keladi. Bu boshqalarning diqqatini bo‘ladi, ijodiy jarayonini buzadi. Natijada vaqt o‘tadi, bajarilishi kerak bo‘lgan ish oxiriga yetmaydi. Shuning uchun ham ongli intizomga erishiladi. Bu ishda rahbarning namuna bo‘lishi muhim rol o‘ynaydi. Rahbar jamoa ishtirokchilariga do‘stona muomala qilib, sira qo‘pollikka yo‘l qo‘ymasligi zarur. Aks holda havaskorlarning ixlosi qaytib, ijroga ijodiy yondasha olmaydilar. Shuning uchun ham jamoada tushuntirish, ijodiy muhit yaratish va pedagogik ta’sir qilish yo‘li bilan asta-sekin mustahkam intizom o‘rnatiladi. Shunday qilib, badiiy jamoa juda ko‘p omillar asosida yuzaga keladi. Biroq eng muhimi, havaskorlar bilan rejali ravishda badiiy-tarbiyaviy ish olib borishdir. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Folklor-etnografik jamoalarining rivojlanish tarixi haqida gapirib bering? 2. Mustaqillik yillarida folklor-etnografik jamoalarining taraqqiyoti qay holatda? 3. Milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni tiklanishida folklor jamoalarining o‘rni nimalarda ko‘rinadi? 4. Folklor etnografik jamoalari va ma’naviyat deganda nimani tushunasiz? 5. Folklor etnografik jamoalarini tuzishda rahbarlik faoliyati? 6. Jamoa rahbarining asosiy vazifalari va fazilatlari haqida gapirib bering? 7. Folklor-etnografik jamoalarini tuzishda tashkiliy masalalar nimalardan iborat? Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 47

8. Ishtirokchilarni jalb etish jarayonidagi tashkiliy ishlar haqida nimalar bilasiz? 9. Folklor-etnografik jamoalarining rivojlanish tarixi haqida gapirib bering? Mavzu yuzasidan qo‘shimcha adabiyotlar: 1. S.N.Yo‘ldosheva. Folklor-etnografik jamoalar uslubiyoti. O‘quv qo‘llanma. T.: “Navro‘z” nashriyoti, - 2014. 2. J.T.Shukurov. Badiiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti. Darslik. Toshkent-2020. D.Yusupaliyeva.,G.Xudoyberganova. Madaniy-ma’rifiy muassasalarda ijodiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti. T.: “Navro‘z” nashriyoti, - 2014. 4. N.Qosimov. Folklor musiqa ijrochiligi. O‘quv qo‘llanma.- T.: “Talqin” nashriyoti,-2008. Internet saytlari: 1. www.folklore.uz 2.www.ziyonet.uz 3.www.edu.uz 4. www.artist.uz 5.www.nota.ru 48 | Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti

3-MAVZU. BADIIY JAMOALAR DASTURIGA QО‘YILADIGAN TALABLARNING AMALIYOTGA TADBIQ ETISH USULLARI. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Xalq havaskorlik jamoasi va “Namunali bolalar jamoasi” Nizomi tahlili) REJA: 1. Folklor-etnografik jamoalar dasturiga qo‘yiladigan talablarning amaliy ahamiyati. 2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Xalq havaskorlik jamoasi va “Namunali bolalar jamoasi” Nizomini amaliy tahlil qilish. Tayanch so‘z va iboralar: Folklor, folklor-etnografik jamoalari, nizom, badiiy jamoa, xalq havaskorlik jamoasi, bolalar namunali jamoasi. ! Quyidagi QR-kodni smartfoningiz yordamida skaner qilib ushbu mavzu bo‘yicha video darsni tamosha qilishingiz mumkin. Badiiy havaskorlikning rivojlanishi natijasida ba’zi jamoalar keyinchalik doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi, doimiy ishtirokchilarni birlashtirgan, muhim mashg‘ulot tashkil etilgan, katta ijodiy repertuaga ega jamoaga aylanishi mumkin. Bunday jamoalar faoliyatini rag‘batlantirish, ularning rahbarlarini moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlash maqsadida jamoalarga “Xalq havaskorlik jamoasi”, bolalar jamoalariga esa “Namunali bolalar jamoasi” unvonlari ta’sis etilgan. Bu holda mazkur jamoalarga tegishli shtat birliklari ajratilib, mahalliy mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. “Xalq havaskorlik jamoasi” hamda “Namunali bolalar jamoasi” unvonlari madaniy- ma’rifiy muassasalar, maktabdan tashqari muassasalar, korxona va tashkilotlar, shuningdek, kasaba uyushmalar qoshida doimiy faoliyat ko‘rsatayotgan havaskorlik jamoalarga beriladi. Bugungi kunda respublikamizda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan aholining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga, estetik talablarini qondirish va milliy madaniyatimizga mehr ruhida tarbiyalashga xizmat qilishga qaratilgan 597 ta badiiy havaskorlik Folklor-etnografik jamoalar bilan ishlash uslubiyoti | 49


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook